o'zbekistonda demografik rivojlanishning hozirgi davrdagi
TRANSCRIPT
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
Saidabdullayev Sultonboyning
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
O’zbekistonda demografik rivojlanishning hozirgi davrdagi
tendentsiyalari Ilmiy rahbar: dots. Sadullayev A.
Urganch 2015 yil
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“TURIZM” kafedrasi
O’zbekistonda demografik rivojlanishning hozirgi
davrdagi tendentsiyalari
Bajaruvchi: Saidabdullayev Sultonboy
Rahbar: dots. Sadullayev A.
Urganch shahri
2015-yil
O‘ZBEKISTONDA DEMOGRAFIK RIVOJLANISHNING HOZIRGI
DAVRDAGI TENDENSIYALARI KIRISH
1-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING
DEMOGRAFIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
1.1 Axolining takror barpo bo‘lishi
1.2 O‘zbekistonda oila, nikohlar va ajralishlar
1.3 O‘zbekistonda axolining migratsion ko‘payish xususiyatlari
2-BOB. MINTAQADA DEMOGRAFIK RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI (XORAZM VILOYAT MISOLIDA)
2.1 Viloyat aholisining ko‘payib borish xususiyatlari
2.2 Axoli ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar
2.3 Viloyatda demografik rivojlanish istiqbollari
XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Muammoning dolzarbligi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida
tenglar ichra teng bo‘lib, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat
bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil odimlab
bormoqda. Mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida erishilayotgan natijalarning
yildan-yilga tobora salmoqli va ahamiyatli bo‘lib borayotganligi mustaqil
taraqqiyot davrida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning puxta va
asosli ekanligini, eng muhimi, ular negizida fuqarolarimizning orzu-umidlari va
manfaatlari o‘z aksini topganligini yaqqol namoyon etmoqda. Iqtisodiyotimizning
turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror
o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush
darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizning
tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Jamiyatning buyuk kelajagini yaratishda bosib o‘tilayotgan har bir yil o‘ziga
xos hissa qo‘shishi, yuksalishning murakkab, izchil va davomli yo‘lida alohida
pog‘ona bo‘lib xizmat qilishi e’tiborlidir. Ayni paytda, o‘tgan yilda mamlakat
miqyosida erishilgan yutuq va natijalarni o‘rganish, kelgusida yanada yuksakroq
marralarni qo‘lga kiritish borasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida aholi, barqaror
iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish o‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlashga
erishilmoqda. Demografik omillar esa iqtisodiy, ijtimoiy strategiyalar va dasturlar
ishlab chiqishga ma’sul bo‘lgan muassasalar tomonidan yanada to‘laroq e’tiborga
olinadigan bo‘ldi.
BMT tomonidan 1994 yil sentyabrida Qoxirada Aholishunoslik va
rivojlanish bo‘yicha butunjahon anjumani o‘tkazildi. Anjuman sayyoramizning
demografik rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. U erda dunyo aholisi
rivojlanishining dolzarb va keskin muammolarini hal qilishga qaratilgan qarorlar
qabul qilindi. Anjuman Dunyo aholishunosligi sohasida xalqaro hamkorlik qilish
bo‘yicha yangi davrni ochib bergan amaliy yo‘nalish bo‘ldi.
Aholi rivojlanishining global va milliy maqsadlarini amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarning kompleks rejalarini o‘z ichiga olgan 20-
yillik harakat Dasturi Anjuman tomonidan qabul qilindi. Dastur butun dunyo
mamlakatlari oldiga aholi rivojlanishi sohasida eng muhim maqsadlarni belgilab
berdi. Aholishunoslik sohasidagi oldingi global dasturlardan farq qilgan holda,
ushbu dastur kambag‘allik va qashshoqlikka, ishlab chiqarish va ist’emol tarkibiga,
atrof-muhitga bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘zaro aloqalarini hisobga olib
ishlab chiqilgan edi. Dasturda aholishunoslik va rivojlanish masalalariga chuqur
yondashilgan, 20- yillik davrda erishilishi zarur bo‘lgan demografik va ijtimoiy
maqsadlarning kompleks ko‘rsatkichlari aniqlangan. Harakat dasturida aholining
o‘sishi, tarkibi va taqsimlanishi ko‘rsatkichlarining miqdoriy baholanishi
ko‘rsatilmagan, lekin unda dunyo aholisi sonining jadallik bilan barqarorlashuvi
sayyoraning barqaror rivojlanishga erishish maqsadlarini amalga oshirishga katta
xissa qo‘shadi degan fikr yotadi.
Harakat dasturi, uni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro va ijtimoiy
sheriklikning kuchaytirilishi O‘zbekiston aholisining rivojlanishida katta
ahamiyatga egadir. Anjumanning maqsad va vazifalari umumjahon jarayonlari
bilan bog‘langan aholi rivojlanishi bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqishda asos
bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda “Aholi farovonligini oshirishning 2005-2010
yillarga bo‘lgan strategiyasi” dasturlardan biri bo‘ldi, uni amalga oshirish
respublikada kam ta’minlangan aholi qatlamini kamaytirish va aholi turmush
darajasini oshirishda katta imkoniyatlar yaratdi.
Umumjahon jarayonlariga muvofiq rivojlanayotgan hozirgi O‘zbekistonda,
keyingi ikki o‘n yillikda demografik vaziyatda sezilarli miqdoriy va sifat
o‘zgarishlari yuz berdi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy
ishining oldiga O‘zbekistonda demografik rivojlanishining xozirgi davrdagi
tendensiyalarini tadqiq qilish va uni jamiyat manfaatlariga mos ravishda
takomilashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadi qo‘yilgan
bo‘lib, ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar
qo‘yildi:
- axolining takror barpo bo‘lishi xususiyatlarini tahlil qilish;
- O‘zbekistonda oila, nikohlar va ajralishlar jarayonlarini o‘rganib chiqish;
- O‘zbekistonda axolining migratsion ko‘payish xususiyatlari yoritib berish;
- viloyat aholisining ko‘payib borish xususiyatlarini tahlil qilish;
- axoli ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berish;
- viloyatda demografik rivojlanish istiqbollari ko‘rsatib berish.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti qilib
O‘zbekiston va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm viloyati aholisi olindi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Bitiruv malakaviy ishi predmeti
sifatida demografik rivojlanish tendensiyalarini aniqlash borasidaagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar bo‘lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi
materiallaridan mamlakat va viloyat demografik rivojlanishi jarayonlarini va
istiqbollarini o‘z ichiga olgan dasturlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi
Respublika Davlat statistika qo‘mitasi va uning Xorazm viloyati bo‘limi,
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va
uning Xorazm viloyati boshqarmasi o‘z faoliyatida foydalanishlari mumkin. SHu
bilan birgalikda ushbu matriallardan oliy ta’limning “Iqtisodiyot”, “Turizm”
yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va ularga dars beruvchi o‘qituvchilar ham
foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish,
ikkitabob, oltita paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar tarkibidan
iborat bo‘lib, ishda ____ ta jadvallar, _____ ta rasm va diagrammalardan ham
foydalanigan.
1--BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING
DEMOGRAFIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
1.1. O‘zbekistonda axoli takror barpo bo‘lishining xozirgi davrdagi
xususiyatlari
BMT tomonidan 1994 yil sentyabrida Qoxirada Aholishunoslik va
rivojlanish bo‘yicha butunjahon anjumani o‘tkazildi. Anjuman sayyoramizning
demografik rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. U erda dunyo aholisi
rivojlanishining dolzarb va keskin muammolarini hal qilishga qaratilgan qarorlar
qabul qilindi. Anjuman Dunyo aholishunosligi sohasida xalqaro hamkorlik qilish
bo‘yicha yangi davrni ochib bergan amaliy yo‘nalish bo‘ldi.
Aholi rivojlanishining global va milliy maqsadlarini amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarning kompleks rejalarini o‘z ichiga olgan 20-
yillik harakat Dasturi Anjuman tomonidan qabul qilindi. Dastur butun dunyo
mamlakatlari oldiga aholi rivojlanishi sohasida eng muhim maqsadlarni belgilab
berdi. Aholishunoslik sohasidagi oldingi global dasturlardan farq qilgan holda,
ushbu dastur kambag‘allik va qashshoqlikka, ishlab chiqarish va ist’emol tarkibiga,
atrof-muhitga bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘zaro aloqalarini hisobga olib
ishlab chiqilgan edi. Dasturda aholishunoslik va rivojlanish masalalariga chuqur
yondashilgan, 20- yillik davrda erishilishi zarur bo‘lgan demografik va ijtimoiy
maqsadlarning kompleks ko‘rsatkichlari aniqlangan. Harakat dasturida aholining
o‘sishi, tarkibi va taqsimlanishi ko‘rsatkichlarining miqdoriy baholanishi
ko‘rsatilmagan, lekin unda dunyo aholisi sonining jadallik bilan barqarorlashuvi
sayyoraning barqaror rivojlanishga erishish maqsadlarini amalga oshirishga katta
xissa qo‘shadi degan fikr yotadi.
Harakat dasturida aholi, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish o‘rtasida
o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatuvchi masalalar muhim o‘rin egallaydi. Erkaklar va
ayollarning teng huquqliligi va tengligi masalalari va ayollarga kengroq huquqlar
berish, reproduktiv hohishlari va reproduktiv salomatligi borasida huquqlar bilan
ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Mamlakatlarning iqtisodiy rejalari va
rivojlanishida demografik omillarni albatta hisobga olish vazifasi qo‘yildi, bu esa
keyingi ikki o‘n yillikda amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Anjuman vazifalariga
muvofiq ravishda, dunyo mamlakatlari bo‘yicha an’anaviy demografik
jarayonlarni (tug‘ilish, o‘lim, aholi migratsiyasi va h.) tadqiq va taxlil qilishda
resurslar, oziq-ovqat, xom-ashyo manbalari, ta’lim, bandlik, sog‘liqni saqlash,
daromadlar va iste’mol, aholi joylashuvi va atrof-muhit kabi omillar bilan bog‘lab
o‘rganiladigan bo‘ldi. Natijada mamlakatlarda rivojlanish bo‘yicha qabul
qilinadigan qarorlar ancha asosli bo‘ladigan bo‘ldi. Hozirgi paytda dunyoning
deyarli barcha mamlakatlarida aholi, barqaror iqtisodiy o‘sish va barqaror
rivojlanish o‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlashga erishilmoqda. Demografik omillar
esa iqtisodiy, ijtimoiy strategiyalar va dasturlar ishlab chiqishga ma’sul bo‘lgan
muassasalar tomonidan yanada to‘laroq e’tiborga olinadigan bo‘ldi.
Harakat dasturi sog‘liqni saqlash, kasalliklar va aholi o‘limi kabi kompleks
masalalarni ham o‘z ichiga qamrab oldi. Asosiy tibbiy xizmatga erishishni
ta’minlash masalalari qo‘yildi, rivojlanayotgan mamlakatlarda go‘daklar o‘limini
kamaytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar belgilandi, reproduktiv salomatlikni
ta’minlash masalalari, reproduktiv huquqlarni kengaytirish, shu jumladan
ayollarning oilalarni rejalashtirish, abortlar va onalar o‘limini kamaytirish, erkaklar
va ayollar o‘rtasida tenglik va teng huquqlilikni ta’minlash vazifalari qo‘yildi.
Ushbu dasturga muvofiq 2015 yilda erkaklar va ayollarning reproduktiv
salomatligini saqlash sohasidagi xizmatlar bilan to‘liq ta’minlash vazifasi
qo‘yilgan. Ayollarning huquqlarini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirish,
ularning mustaqilligini kuchaytirish hamda ayollarning siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy maqomini oshirish masalalariga e’tibor kuchaytirildi. Harakat dasturi
maqsadiga erishishda butun aholini va ayniqsa ayollarni sog‘liqni saqlash va ta’lim
sohasidagi xizmatlar bilan ta’minlash uchun investitsiyalarni ko‘paytirishga katta
e’tibor qaratilgan.
SHunday qilib, harakat Dasturida mamlakatlarda demografik vaziyatni
yaxshilash bo‘yicha, ayniqsa bolalar va onalar o‘limi, reproduktiv salomatlik,
oilani rejalashtirish, ta’lim kabi aholi rivojlanishining muhim sohalarida
muvaffaqiyatlarga erishish uchun aniq maqsadlar, vazifalar va tavsiyalar ishlab
chiqilgan. Demografiya sohasida, kambag‘allik va kam ta’minlangan aholini
o‘rganish, aholi farovonligini ta’minlash sohasida yangi texnologiyalarni qo‘llash,
ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar kengaytirishni ko‘zda tutilgan.
Dasturning yakuniy bo‘limi anjumanda keyingi faoliyat yo‘nalishlariga
qaratilgandir: milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyoslarda ko‘rsatiladigan faoliyat
amaliy ahamiyatga egadir va dunyo mamlakatlarida izchil amalga oshirilmoqda.
Jadval - 1.1.1
Dunyo mamlakatlari bo‘yicha aholi soni o‘sishining sur’atlari, %da
Mamlakatlar 2004 yil 2010 yil 2013 yil
Butun dunyo 1,3 1,2 1,2
Rivojlangan mamlakatlar 0,1 0,2 0,1
Kam rijovlangan mamlakatlar 1,5 1,7 1,4
Eng kam rivojlangan mamlakatlar 1,8 2,3 2,3
O‘zbekiston Respublikasi 1,6 1,8 1,6
Manba: World Population, Data SHeet. Population Reference Bueau, 2004, 2010, 2013.
Bu vazifalarning hammasi milliy darajadagi faoliyat jarayonida amalga
oshirish va aholishunoslik sohasida milliy strategiya va harakat dasturlarini ishlab
chiqishga tavsiya qilingandir.
Anjumanning dunyo aholisi rivojlanishidagi ahamiyati juda beqiyosdir.
Harakat dasturini bajarishda xalqaro va ijtimoiy sheriklikning sa’yi harakati aholi
rivojlanishi uchun katta ahamiyatga egadir. Harakat dasturi aholining sifat
jihatidan rivojlanishiga, qashshoqlikning barcha ko‘rinishlarini, daromadlar
darajasining pastligi, ocharchilik, ta’lim va tibbiy xizmat sifatining pastligi, gender
tengsizlik, atrof-muhitning ifloslanishi kabilarni kamaytirishga qaratilgandir.
Anjuman ishi davomida 179 mamlakat tomonidan harakat dasturi qabul qilinib, u
aholi rivojlanishi strategiyasida inson huquqlari tamoyillarini o‘z ichiga qamrab
olgandir. Bu dastur oilalarga va ayrim kishilarga, ayniqsa ayollarga, bolalar soni,
oilaning kattaligi borasida ongli ravishda qarorlar qabul qilishga imkon beradi va
odamlarga bunday qarorlarni chiqarish uchun ma’lumotlar beradi.
Jadval – 1.1.2 Dunyo mamlakatlarida tugilishning umumiy va yig‘indi koeffitsientlari
(2013 yil) Dunyo mamlakatlari Tug‘ilishning
umumiy koeffitsienti, promilleda
Yig‘indi koeffitsient, har bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar
soni
Tug‘ilishning yig‘in-di koeffitsienti O‘zbekistonda boshqa mamlakatlarga nisbatan
Dunyo bo‘yicha 20 2,5 1,1 Rivojlangan mamlakatlar 11 1,6 0,7 Kam rivojlangan mamlakatlar
22 2,6 1,1
Eng qoloq mamlakatlar 34 4,4 1,9 G‘arbiy Evropa 10 1,7 0,7
AQSH 13 1,9 0,8 Qanada 11 1,6 0,7 Afrika 37 4,8 2,1 Osiyo (Xitoydan tashqari) 21 2,5 1,1 YAponiya 8 1,4 0,6 Xitoy 12 1,5 0,6 Rassiya 13 1,7 0,7 Qozog‘iston 23 2,6 1,1 Qirg‘iziston 27 3,1 1,3 O‘zbekiston 21 2,3 1,0
Manba: World Population,Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013
Davlatlarning hamkorlikdagi harakatlari tufayli dunyodagi demografik
vaziyat ancha yaxshilanib qoldi. Demografik jarayonlarda kechayotgan miqdoriy
va sifat o‘zgarishlari soni o‘sishiga va uning tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Buni dunyoda kechayotgan ijobiy tendensyalar tasdiqlab turibdi. Jumladan,
ko‘pchilik mamlakatlarda aholi soniningo‘sishi sur’atlari pasaydi. XXI asrning
boshlarida dunyo aholisining o‘sish sur’atlari 1,7% dan 1,2% gacha pasaydi (jadval
1.1.1)
Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (ayolning butun reproduktiv hayoti
davomida tuqqan bolalari soni) anchaga pasaydi. Vaholanki 30 yil avval dunyo
aholisi tug‘ilishining yig‘indi koeffitsienti 4,5 darajaga teng edi, hozirgi paytga
kelib u 2,5 gacha qisqardi (jadval 1.1.2).
Harakat dasturi, uni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro va ijtimoiy
sheriklikning kuchaytirilishi O‘zbekiston aholisining rivojlanishida katta
ahamiyatga egadir. Anjumanning maqsad va vazifalari umumjahon jarayonlari
bilan bog‘langan aholi rivojlanishi bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqishda asos
bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda “Aholi farovonligini oshirishning 2005-2010
yillarga bo‘lgan strategiyasi” dasturlardan biri bo‘ldi, uni amalga oshirish
respublikada kam ta’minlangan aholi qatlamini kamaytirish va aholi turmush
darajasini oshirishda katta imkoniyatlar yaratdi. Respublikada kam ta’minlangan
aholi qatlami 2001 yilda 27,5 %ni tashkil qilgandi, ammo bu ko‘rsatkich har yili
0,6 - 0,7 punktga kamayib bordi.
Umumjahon jarayonlariga muvofiq rivojlanayotgan hozirgi O‘zbekistonda,
keyingi ikki o‘n yillikda demografik vaziyatda sezilarli miqdoriy va sifat
o‘zgarishlari yuz berdi. Avvalombor, demografik o‘sish kamaydi, hozirgi kunda
aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,1 - 1,6% ni tashkil qilmoqda, vaholanki, bu
ko‘rsatkich o‘tgan asrning 70 - yillarida 3,0-3,2% ni va 90 - yillar boshida 2,2 -
2,3% ni tashkil qilardi. Keyingi o‘n yilda respublikada tug‘ilishning yig‘indi
koeffitsienti dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lib kelmoqda (muvofiq
ravishda 2,3 va 2,5). O‘zbekiston aholisi kontratsepsiya vositalaridan foydalanish
darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga yaqinlashib qoldi
(jadval 1.1.3).
Jadval - 1.1.3
Dunyo mamlakatlarida kontratsepsiya vositalaridan foydalanish
darajasi, (15-49 yosh ayollarda), %da Mamlakatlar 2004 2010 2013
Dunyo bo‘yicha 59 62 62
Rivojlangan mamlakatlar 69 71 71
Kam rivojlangan mamlakatlar 57 60 60
Eng qoloq mamlakatlar 48 52 52
G‘arbiy Evropa 75 73 72
AQSH 76 79 79
Qanada 75 74 74
Afrika 28 29 31
Osiyo (Xitoydan tashqari) 51 56 56
YAponiya 56 54 54
Xitoy 83 84 85
Rossiya 67 73 68
Qozog‘iston 66 51 54
Qirg‘iziston 60 48 51
O‘zbekiston 68 65 69
Manba: World Population,Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013
Dunyoda hozirgi kunda aholining o‘lim darajasi pasayish tendensiyasiga ega
bo‘lmoqda. Butun dunyo bo‘yicha u, 2013 yilda 8 promillegacha pasaydi (jadval
1.1.4).
2000 yilda bu ko‘rsatkich 9 promillega teng edi. Binobarin, dunyo
aholisining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi erkaklarda 65 yoshgacha, ayollarda 69
yoshdan 73 yoshgacha oshdi.1 Bu dunyo aholisi turmush darajasining oshib
borayotganlini ko‘rsatdi.
Xuddi shunday vaziyat O‘zbekistonda ham yuz bermoqda. Keyingi 20 yilda
aholi o‘limi 6,2 promilledan 4,6 promillegacha pasaydi. Ayniqsa, aholining eng
kam ta’minlangan ijtimoiy demografik guruhlarida ijobiy siljishlar yuz berdi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda onalar o‘limi darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari
ichida eng past ko‘rsatkichga egadir.
Aholi o‘limining kamayib borishi hozirgi kunda O‘zbekistonda eng muhim
ijtimoiy - demografik ijobiy o‘zgarish hisoblanadi. Uning darajasi nafaqat
demografik vaziyatni holatini, balki davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi va
uning fuqarolarining sog‘lig‘i holatini belgilab beradi. Transformatsiya davrining
murakkab sharoitlariga qaramasdan, respublikada o‘lim darajasining izchil
kamayib borishi va aholi o‘rtacha umr ko‘rish darajasining oshib borishi
kuzatilmoqda. Go‘daklar, bolalar va onalar o‘limining kamayib borayotganligi
Harakat dasturida tanlangan milliy darajadagi faoliyatning ustivor yo‘nalishi
hisoblanadi. O‘zbekistonda u ijtimoiy siyosatning asosiy ustivorligi hisoblanib,
yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2-3 barobar qisqargan. SHu bilan birgalikda
Respublikada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib bormoqda (keyingi 20
yilda u 3,6 yoshga ko‘paydi). Salomatlik, tibbiy xizmat, reproduktiv salomatlik
masalalari mahalliy o‘zini boshqarish organlaridan tortib, davlat organlarining
hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining doimiy nazoratidadir.
Qohira anjumanida qabul qilingan Harakat dasturi 2000 yildagi Ming yillik
Sammitida ishlab chiqilgan Global Rivojlanish Maqsadlarining asosi bo‘lib xizmat
qildi. Unga muvofiq dunyo mamlakatlarida aholi rivojlanishining milliy
1 World Population,Data Sheet.Population Reference Bureau, 2013.
xususiyatlari hisobga olingan o‘z strategiyalari ishlab chiqildi. O‘zbekiston Ming
yillik Deklaratsiyasini imzolab, Milliy Ming yillik Rivojlanish maqsadlarini ishlab
chiqdi, unda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan, sifat jihatdan
rivojlanish asosiy ustivorlik kasb etdi:
Jadval – 1.1.4
Dunyo mamlakatlarida aholi o‘limi darajasi (2013) Mamlakatlar O‘limning umumiy
koeffitsenti promilda Go‘daklar o‘limi *
Onalar o‘limi (2010y)
Dunyo bo‘yicha 8 40 400 Rivojlangan mamlakatlar 10 5 11 Kam rivojlangan mamlakatlar
7 44 450
Eng qoloq mamlakatlar 10 66 870 G‘arbiy Evropa 10 4,2 6 AQSH 9 5,9 11 Qanada 7 4,9 7 Afrika 10 68 820 Osiyo (Xitoydan tashqari) 7 40 320 YAponiya 8 2,2 26 Xitoy 7 16 45 Rassiya 11 7,4 28 Qozog‘iston 8 28 140 Qirg‘iziston 7 27 150 O‘zbekiston 5 46 24
Manba: World Population,Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013
*Xalqaro metodika bo‘yicha hisoblangan
- kam ta’minlanganlar va ovqatida kamchilik bo‘lganlar sonini kamaytirish;
- boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish;
- ayollar va erkaklar tengligini rag‘batlantirish va ayollarning huquqlari va
imkoniyatlarini kengaytirish;
- bolalar o‘limini kamaytirish;
- onalar sog‘lig‘ini yaxshilash;
- OITS, sil va malyariyaga qarshi kurash;
- ekologik barqarorlikni ta’minlash;
- O‘zbekistonning rivojlanish maqsadlaridagi global sherikchiligi.
O‘zbekistonda aholi rivojlanishi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan
maqsadlarga erishishga katta e’tibor qaratilmoqda. “Aholi farovonligini
oshirishning 2005-2010 yillarga bo‘lgan strategiyasi” ishlab chiqildi va amalga
oshirildi. Bu esa hozirda o‘z natijalarini namoyon qilmoqda. 2001 yilda kabag‘allik
darajasi 27,5% ni tashkil qilardi, u hozirgi kunda yildan-yilga pasayib bormoqda.
Demografik rivojlanishning yangi tendensiyalari respublikadagi demografik
vaziyatga ijobiy o‘zgarishlar kiritdi. Eng muhim ijobiy natijalardan quyidagilarni
ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- ona va bola sog‘lig‘i nuqtai nazaridan: tug‘ilishlar o‘rtasidagi oraliqlar
oshdi. Hozirgi paytda tug‘ilishning 90 foizi 3 yillik va undan oshiq
oraliqlar bilan amalga oshmoqda. Natijada onalar sog‘lig‘ini tiklash va
ularning yosh bolalarini tarbiyalash imkoniyatlari oshirildi, onalar va
go‘daklar o‘limi darajasi qisqardi;
- iqtisodiy nuqtai nazardan: mehnatga yaroqli aholiga bo‘lgan demografik
yuklama qisqardi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat oxirgi 15 yil ichida
mehnatga yaroqli yoshdagi har 1000 aholi hisobiga demografik yuklama
1037 dan 619 gacha kamaydi, shu jumladan bolalar yuklamasi – 853 dan
488 gacha kamaydi.2
- aholi yosh tarkibini yaxshilash jihatidan, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning
mamlakat butun aholisi umumiy sonidagi ulushi muntazam qisqarib
bormoqda (1991 yildagi 43,1% dan 2013 yildagi 30,1% gacha), mehnatga
yaroqli yoshdagi aholi ulushi esa ko‘payib bormoqda (20 yil ichida 45%
dan 61,7% gacha)3. Bunday tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishga,
aholining iqtisodiy faolligi va turmush darajasi oshishiga olib keladi.
Binobarin, O‘zbekistondagi hozirgi demografik vaziyat barqaror ijobiy
tendensiya mohiyatiga ega bo‘lib, kelajakda aholi takror barpo bo‘lishiga asos
hisoblanadi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda aholi takror barpo bo‘lishining
zamonaviy yoki oqilona turi vujudga keldi. Bunday aholi takror barpo bo‘lish turi
dunyoda “ishlab chiqaruvchi kuchlarning kuchli rivojlanishi, agrar iqtisodiyotning
industrial iqtisodiyotga aylanishi bilan paydo bo‘ldi. Bu rivojlanish demografik
2 Ўзбекистон аҳолиси. 2013, Ўзбеистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент, 2013.101 б. 3 Ўша жойда, 103 б.
rivojlanishning yangi sharoitlari uchun moddiy asos yaratib beradi va demografik
mexanizmni shunga muvofiq rivojlanishini talab qildi”.4
Hozirgi dunyoda demografik rivojlanishning ahvoli ijtimoiy barqarorlikning
muhim omili hisoblanadi. Bunga ko‘pchilik mamlakatlarda aholining keskin
muammolari va demografik inqirozning chuqurlashuvi natijasida ijtimoiy
barqarorlikning zaiflashuvi misol bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun ham
“demografik xavfsizlik” degan tushuncha tobora ilmiy sohada ko‘p ishlatilmoqda.
Mamlakatda demografik xavfsizlikning holati uni mustahkamlashi (yoki
zaiflashtiruvi) mumkin, demografik vaziyat davlat va uning fuqarolari iqtisodiy va
ijtimoiy manfaatlariga mos kelishi kerak bo‘ladi. SHundan kelib chiqqan holda,
oilalar, jamiyat va davlatning manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi qulay demografik
vaziyatga erishish har bir mamlakatning milliy demografik manfaati hisoblanadi.
Keyingi ikki o‘n yillikda aholi rivojlanishi holati va dinamikasini tadqiq qilish
natijalarini umumlashtirgan holda, shunday xulosa qilish mumkinki,
O‘zbekistondagi hozirgi demografik vaziyat ijobiy tendensiyaga ega bo‘lgan ancha
barqaror mohiyatga egadir. Uni demografik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashda
aytish mumkinki, hozirgi paytda O‘zbekistondagi demografik vaziyat anchagina
qulay ko‘rinishga ega. Buni tug‘ilishning optimallashgani, aholi yosh tarkibining
yaxshilangani, o‘lim darajasining, shu jumladan bolalar va onalar o‘limining
qisqargani, migratsiya salbiy ko‘rsatkichining pasayganligi yaqqol namoyon
qilmoqda. Vaholanki, 20 yil avval bu ko‘rsatkichlar ancha muammoli holatda edi.
Respublikadagi demografik vaziyatning barqarorligini tug‘ilganlar va o‘lganlar
soni o‘rtasidagi optimal nisbat ham isbotlaydi. Bunday vaziyat iqtisodiy va
ijtimoiy munosabatlarning transformatsiyasi tizimi ta’sirida va aholi demografik
xulq-atvorining o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgandir.
Ammo bir qancha muammolar ham mavjuddir: rivojlangan mamlakatlarga
nisbatan go‘daklar o‘limi darajasi, reproduktiv salomatlik, aholiga tibbiy xizmat
ko‘rsatish, sabablarini yo‘qotish mumkin bo‘lgan o‘lim, shu jumladan, mehnatga
yaroqli yoshdagi aholi o‘limi kabilarda erishilgan natijalarga qaramasdan, yuqori
4 Вишневский А.Г. Избранные демографические труды.Том I.М. Наука, 2005,41 б.
hisoblanadi. Aholining sifati va turmush sifati, sog‘lig‘i, shahar va qishloq aholisi
davolanishining va dori-darmonlarning zamonaviy turlariga erishishda ijtimoiy
xizmatlar va ta’lim sifatidagi kamchiliklar mavjuddir.
Ammo respublikada amalga oshirilgan katta ishlar ijobiy holatiga qaramasdan,
aholi sog‘lig‘i sohasida bir qator muammolar mavjuddir, shuning uchun ham
demografik vaziyatni yaxshilash, hamda Mingyillik strategiyasidan kelib chiquvchi
maqsadlarga erishish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisining bir qismi ekologik jihatdan noqulay
hududlarda joylashgandir. Birinchi navbatda, bu - 3 mln. dan oshiq aholi
yashaydigan Quyi Amudaryo mintaqasiga taalluqli bo‘lib, u erda aholining
sog‘lig‘iga tashqi omillarning salbiy ta’siri kuchlidir.
Aholining mehnat migratsiyasi sohasida ham bir qancha muammolar
mavjuddir. Bu jarayonlarda asosan aholining yoshi va o‘rta yoshdagi qatlamlari
qatnashadilar. Ko‘pchilik migrantlar oilali hisoblanadi. Oilalarda bir yoki bir necha
a’zolarining uzoq vaqt uyida bo‘lmasligi oila munosabatlari buzilishiga olib keladi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ularning 35 - 40% o‘z oilalari bilan kam muloqatda
bo‘ladilar, 10 - 15% umuman muloqat qilmaydilar, 25% esa uzoq vaqt uyda
bo‘lmaslik - oilaviy muammolar keltirib chiqaradi deb hisoblaydilar. Ommaviy
mehnat migratsiyasi aholining oilaviy tarkibiga, ma’lum ma’noda esa aholi takror
barpo bo‘lishiga, hamda migrantlarning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi, bular
barchasi davlat idoralari tomonidan ushbu muhim ijtimoiy-demografik muammoga
etiborni kuchaytirishni talab qiladi.
Ushbu barcha muammolar davlat va mahalliy idoralar tomonidan e’tiborni
kuchaytirishni va inson kapitali rivojlanishiga mablag‘larni ko‘paytirishni talab
qiladi. Respublika uchun ustivor bo‘lgan ushbu muammolarga O‘zbekiston
Prezidenti I.A.Karimov ham “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida e’tiborni qaratib
o‘tgandilar. SHundan kelib chiqqan holda, davlat va mahalliy darajalarda aholi
sifat rivojlanishiga yordam beruvchi faoliyat yo‘nalishlarini kuchaytirish zarur
bo‘ladi. Etakchi demograflar fikriga ko‘ra demografik siyosat nafligi nuqtai
nazardan samarali bo‘lishi uchun, davlat bu siyosatni o‘tkazganida, hamda unga
ketgan harakatlar o‘zini oqlashi uchun, bu siyosat global optimumga ya’ni
maksimum umumiy ijtimoiy natijani berishi kerak. Bunday optimum demografik
maqsadni jamiyat oldida turgan ko‘pgina maqsadlardan biri sifatida qarashi, va
nafaqat maqsadlarga erishishga qaratilishi, balki mavjud mablag‘larni ham hisobga
olishi zarur.5
Xalqaro Qoxira Anjumani tomonidan qabul qilingan yigirma yillik harakat
dasturining 2014-yilga kelib muddati tugadi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida
uning natijalarini baholash yuzasidan anjuman yakunlari muhokama qilinmoqda.
Xalqaro darajada yangi demografik tendensiyalarning global mohiyatga ega
ekanligi borasida, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya urbanizatsya va aholi qarib borishi
sohasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha xulosalar chiqarilib, demografiyadagi
o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va siyosiy sohalardagi o‘zgarishlar
bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratish zarurligi gapirilmoqda. Evropa Iqtisodiy
Komissiyasi, BMT va YUNFPA tomonidan Jenevada (2013 yil 1 – 2 iyul) katta
xalqaro Anjuman o‘tkazilib, unda Evropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan Qoxira
anjumanining qarorlarining bajarilishi bo‘yicha 45 ta mamlakatda o‘tkazilgan
so‘rovnomaning natijalari muhokama qilindi.
Jahon aholisi rivojlanishida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga e’tibor
qaratildi, va shu bilan birgalikda dastur tomonidan belgilangan hamma vazifalar
ham bajarilmaganligi qayd qilindi.
Dunyo aholisi tez qarib bormoqda, BMT ekspertlarining hisob kitobiga
ko‘ra 65 yoshdan katta bo‘lgan aholi ulushi 2004 yilda 7% ni tashkil qilgan bo‘lsa,
2008 yilda u 8% gacha ko‘tarildi, keyinchalik u, shu darajada saqlanib turibdi,
lekin kata yoshli aholining mutloq soni oshib bormoqda, ularning soni har yili
2,6% ga oshmoqda, bu esa dunyo aholisining o‘sish sur’atlaridan 2,2 barobar
yuqoridir. Ayniqsa, YAponiyada va Evropa mamlakatlarida demografik qarishning
yuqori ko‘rsatkichlari namoyon bo‘lmoqda (jadval 1.1.6).
Jadval – 1.1.6
5 Вишневский А. Г. Избранные демографические труды. Том.1. М., Наука, 2005
Dunyo mamlakatlari aholisining yosh tarkibida bolalar va qariyalarning
ulushi (2013 yil),%da
Mamlakatlar 0-14 yosh 65 yosh va undan kattalar
Dunyo bo‘yicha 26 8 Rivojlangan mamlakatlar 16 17 Kam rivojlangan mamlakatlar 29 6 Eng qoloq mamlakatlar 41 3 G‘arbiy Evropa 16 18 AQSH 19 14 Qanada 16 15 Afrika 41 3 Osiyo (Xitoydan tashqari) 29 6 YAponiya 13 25 Xitoy 16 9 Rassiya 16 13 Qozog‘iston 25 7 Qirg‘iziston 31 4 O‘zbekiston 29 4
Manba: World Population, Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013
Aholining qarib borishi uning rivojlanishida salbiy tendensiyadir, chunki
mehnatga yaroqli aholiga iqtisodiy yuklamani ko‘paytiradi va ijtimoiy-iqtisodiy va
demografik jihatdan ko‘pgina muammolarni keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda
demografik qarib borish ma’lum ma’noda O‘zbekiston aholisiga ham taalluqli
bo‘lmoqda, lekin bu jarayon unchalik sezilarli bo‘lmayapti, ya’ni jarayon tarkibida
yosh bolalar va o‘smirlarning kamayishi (“pastdan qarish”) bilan yuz bermoqda.
Respublika aholisining o‘rtacha yoshi 2013 yilda 27,8 yoshni tashkil qilganligi
Xalqaro klassifikatsiyaga ko‘ra mamlakat axolisi yosh avlod deb xisolanadi.6
Ammo, tug‘ilish kamayishi tendensiyasining yanada davom etishi, albatta, aholi
qarib borishi jarayonini kuchaytiradi. SHu munosabat bilan respublikada
jamiyatning mehnatga yaroqligini, mehnat yoshidagi aholining mehnat faoliyati
davomiyligini va sog‘lig‘ini saqlab turish maqsadida demografik siyosatni
kuchaytirish zarur bo‘ladi.
6 Население Узбекистана 2013. Статистический сборник. Госкомитета Республики Узбекистан по статистике. Ташкент,2013.
Jahon hamjamiyatining aholini rivojlantirish sohasidagi keyingi faoliyati
yo‘nalishini aniqlash uchun 2014 yil 22-sentyabrda BMT Bosh Assombleyasining
maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda aholishunoslik bo‘yicha Xalqaro Anjumanning
harakat Dasturini 2014 yildan keyin amalga oshirish borasida muzokara bo‘ldi.
Sessiyaning 65/234 rezolyusiyasi bilan yigirma yillik harakat Dasturini 2014
yildan keyin ham davom qildirishga qaror qilindi.
1.2. O‘zbekistonda oila, nikohlar va ajralishlar
Aholining nikoh va oila tarkibi. Aholining nikohda turish tarkibi-aholining
jinsiy va yosh guruhlarining nikohda turish holati bo‘yicha taqsimlanishi. Nikoxda
turishi asosan yosh guruhlari bo‘yicha o‘rganilganligi uchun ham ko‘p
adabiyotlarda aholining «nikoh-yosh tarkibi» ham deyiladi. Aholining nikoh holati
bo‘yicha asosiy manba aholi ro‘yhati ma’lumotlari hisoblanadi. Aholi ro‘yhati
o‘tkazilayotganda aholi nikohda turuvchilar va nikohda turmaydiganlar guruhiga
ajratib ro‘yhatga olinadi. Nikohda turmaydiganlar guruhiga bo‘ydoqlar, bevalar va
ajralganlar kiradi.
Aholining nikohda turishi aholi takror barpo bo‘lishi va oilalar
shakllanishida asosiy demografik omil sifatida ahamiyatlidir.
Aholi tabiiy o‘sishining yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi aholi o‘rtasida
nikohga kirish darajasining yuqoriligi, nikohlarning mustahkamligi, katta
oilalarning keng tarqalganligi sababli kelib chiqadi.
O‘zbekistonda nikohlar va oilalarning rivojlanish xususiyatlarini respublika
va uning Quyi Amudaryo mintaqasi misolida tahlil qilish natijalarida quyidagilarni
qayd qilish mumkin bo‘ldi.
Nikohdagi aholining soni ular amal qiladigan an’analarga (nikohga kichik
yoshda yoki kattarok yoshlarda kirishish) va aholining jins-yosh tarkibiga
bog‘liqdir. 1960-1990 yillar davomida olib borilgan maxsus tadqiqotlar nikohga
kiruvchilarning yasharib borayotganligini ko‘rsatgan edi. O‘rta Osiyo
respublikalarida ilgari nikohga kiruvchilar ittifoqning Evropa qismida
yashaydiganlarga nisbatan kichikroq yoshda bo‘lgan bo‘lsalar, 80 yillarga kelib
qizlar kechroq turmushga chiqadigan bo‘ldilar. Bu, nikohga yoshroq kirish
an’analarining tugab borayotganligini va ayollar ma’lumotlilik darajasi oshib
borayotganligi bilan izohlanar edi.
Bu aytib o‘tilgan jarayon 80-yillar oxirlarida Quyi Amudaryo hududida ham
kuzatildi. Agar, qizlar ilgari ko‘proq 20 yoshgacha bo‘lgan davrda turmushga
chiqqan bo‘lsalar, bu davrga kelib 20 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan davrda
turmushga chiqadigan buldilar.7
SHuni aytib o‘tish kerakki, nikohdagi erkaklar hissasi nikohdagi ayollar
hissasiga nisbatan ko‘pdir, chunki ajrashgan erkak odatda ikkinchi marta uylanadi,
turmushi buzilgan ayollar esa ko‘pchilik hollarda ikkinchi marta turmushga
chiqmaslikni ma’qul ko‘rganlar.
Quyi Amudaryo mintaqasida nikohdagilarning hissasi butun
O‘zbekistondagi shunday ko‘rsatkichga nisbatan yuqori bo‘lishi ayollarning yosh
tarkibi bilan bog‘liqdir, vaholanki aholi tabiiy o‘sishining yuqori bo‘lishi yoshroq
va o‘rta yoshdagilar hissasi ko‘proq bo‘lishiga olib keladi.
Biz tahlil qilayotgan davrda aholining yosh-jins tarkibidan kelib chiqqan
holda O‘zbekistonda ham, Quyi Amudaryo mintaqasida ham aholining nikoh
holati o‘zgarib turgan. 60 yillar o‘rtalarida va 70 yillar boshlarida nikoh yoshiga
urush yillarida va urushdan keyingi dastlabki yillarda tug‘ilgan kam sonli aholi
qatlami kirib keldi. SHuning uchun ham nikohga kirish koeffitsienti8 past bo‘ldi.
70 yillar oxiri – 80 yillar boshlarida nikohga kirish koeffitsientining oshishi
tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan 50 - yillar oxiri va 60 - yillar boshida tug‘ilganlar
nikoh yoshiga kirib kelishi bilan bog‘liqdir.
Quyi Amudaryo mintaqasida nikohlar va oilalarning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri aralash nikohlarning ko‘payishi bo‘ldi. Aralash nikohlarning
ko‘pchilik qismi maxalliy aholi (o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlar)
o‘rtasida qayd kilingan. Bunga birgalikda ishlash, o‘qish va boshka munosabat
7 Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 37 б. 8 Никоҳга кириш коэффициенти, ҳар 1000 киши аҳолига нисбатан никоҳга кирганларнинг сони билан аниқланади.
jarayonlari sabab bo‘ladi. Aralash nikohlar ayniqsa, milliy tarkibi juda xilma-xil
bo‘lgan Qoraqalpog‘istonda juda ko‘p bo‘lgan.
Nikoh oila munosabatlarining aholi tabiiy o‘sishiga ijobiy ta’siri ularning
mustahkamligi bilan izohlanadi. Oilalarning ajrashishi Quyi Amudaryo
mintaqasida shahar aholisi uchun ham, qishloq aholisi uchun ham juda kamsonligi
bilan ajralib turadi. Bunga mahalliy millatlarda saqlanib kelayotgan an’analar va
urf-odatlar sabab bo‘lib, nikohdan ajrashish odatda do‘stlar, birga ishlaydiganlar,
qarindoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Mintaqa aholisida oilalarning
ajrashishi darajasi O‘zbekistonda eng past ko‘rsatkichlardan hisoblangan.
Ammo, bu erda ham 70-yillarda oilalarda ajrashish ko‘rsatkichlarining oshib
borishi kuzatildi. SHunga qaramasdan, ajrashish koeffitsienti butun Ittifoq
ko‘rsatkichlariga nisbatan (3,4 promille) O‘zbekistonda 2,5 marta past bo‘lsa,
Xorazmda 6 marta, Qoraqalpog‘istonda esa 7 barobar past bo‘lgan.9
SHaharlarda qishloq joylariga nisbatan ajrashishlar ko‘p kuzatiladi. Masalan,
shahar aholisi oilalarida ajrashish koeffitsienti Qoraqalpog‘istonda 1985 yilda
qishloq aholisi ko‘rsatkichlaridan 2,5 barobar, Xorazm viloyatida 4 barobar, butun
O‘zbekistonda esa 3,5 barobar yuqori edi.
Ajrashishlarni ajraluvchilarning yoshlari bo‘yicha va nikohlarining
qanchalik davom etganligi (muddati) bo‘yicha tahlil qilish qiziq xulosalarga olib
keladi. O‘zbekiston aholisida ajrashgan oilalar uchun quyidagi xususiyatlar xos
edi: a) erkaklar ko‘pincha (hamma ajrashgan erkaklarning 54 foiz) 25-34 yoshlarda
ajrashadilar; b) ayollarning eng ko‘p ajrashishi 20-29 yoshlarga (57,1 foiz) to‘g‘ri
keladi; v) ajrashgan oilalar ko‘pchiligining nikoh muddati 2-4 yilgacha bo‘lgan
(hamma ajrashganlarning 35,3 foiz).
Biz tahlil qilayotgan mintaqada oilalarning ajrashish ko‘rsatkichlari ham
xuddi shunday tarzda bo‘lgan. Masalan, Qoraqalpog‘istonda ajrashgan
erkaklarning 57,4 foizi 25-34 yoshlarda, ayollarning 59,6 foizi 20-29 yoshlarda
bo‘lgan. Ko‘pgina ajrashishlarda nikoh muddati 2-4 yil (33,0 foiz) davom etgan.
9 Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 39 б.
Xorazm viloyatida ham ko‘pincha shu yoshlarda va shunday muddatli nikohlar
ajrashadilar (mos ravishda, 53,1 foiz, 56,0 foiz va 31,4 foiz)10.
SHahar va qishloq joylarida ajrashishlar yoshlari bo‘yicha ham, nikoh
muddati bo‘yicha ham bir-biridan farq qilmaydi.
Erkaklar va ayollar ajrashishlarida ko‘prok to‘g‘ri keladigan yoshlarning
farq qilishi nikohga kirish yoshlari turlicha bo‘lishidan kelib chiqadi. Xususan,
erkaklar ayollarga nisbatan 4-5 yosh kattaroq yoshda nikoh quradilar.
Endi Quyi Amudaryo mintaqasi sharoitida ajrashishlarning sabablarini va
omillarini tahlil qilish natijalarini keltiramiz11. Quyi Amudaryo mintaqasi
aholisining ajrashish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan omillar o‘ziga xos
xususiyatlarga ega, chunki bu jarayon etnografik xususiyatlar, mahalliy aholi
tomonidan rioya kilinadigan urf-odatlar, an’analar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ajrashishlarning asosiy sababi kelin va qaynona o‘rtasidagi kelishmovchilik
hisoblanadi, chunki ko‘pchilik oilalar aralash tarkibdagi oilalar bo‘lib, yosh kelin-
kuyovlar kuyovning ota-onalari bilan birga yashaydilar.
Ajrashishlarga sabab bo‘ladigan, ahamiyati bo‘yicha ikkinchi omil er-xotin
o‘rtasidagi f’el-atvorlari to‘g‘ri kelmasligidan kelib chiqadigan janjallar
hisoblangan, chunki ko‘pchilik oilalar sevgi-muxabbat asosida emas, balki ota-
onalarining istagi bilan qurilgan. Erlarining aroqxo‘r bo‘lishi va oilada
farzandlarning bo‘lmasligi ajrashishlar uchun keyingi sabablar hisoblangan.
Quyi Amudaryo mintaqasida 80- yillarda aholi o‘rtasida ajrashishlar
koeffitsientining biroz oshishi ayollarning bandligi oshib borayotganligi bilan
izohlangan. Binobarin, bu yuqori ma’lumot olish, kasbga ega bo‘lish, iqtisodiy
mustaqil bo‘lish, dunyoqarashi, muomala va qiziqishlar doirasi kengayishi, eriga
nisbatan talabchanligi oshishi bilan bog‘liq bo‘lib, ajrashishda asosiy tashabbus
ayollardan chikishiga olib keladi.
Quyi Amudaryo mintaqasida oilalar tarkibi ham o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Oila jamiyatning eng muxim bo‘g‘ini sifatida qator murakkab biologik,
10 Ўша жойда, 41 б. 11 Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 39 б.
demografik va iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ammo, oilaning asosiy vazifasi yangi
avlodni bunyod qilishdir. Quyi Amudaryo mintaqasida ko‘p bolalik an’analari
mavjudligi tufayli oilalar ko‘p sonli bo‘lib, kattaligi bo‘yicha ittifoqda eng oldinda
hisoblangan. Agar, ittifoq bo‘yicha oilalar kattaligi o‘rtacha 3,5 kishi bo‘lsa,12
O‘zbekistonda u ancha kattarok – 5,5 kishi, Qoraqalpog‘iston va Xorazm
viloyatida esa umumrespublika ko‘rsatkichlaridan ham yuqori edi (mos ravishda,
6,6 va 6,9 kishi). Qishloq joylarida oilalar kattaligi shaharga nisbatan yuqoridir. Bu
aralash tarkibdagi oilalarning (er-xotin, bolalari, kelinlari, nevaralari birga
yashaydigan) ko‘pligi bilan izohlanadi.
Xorazm viloyatida qishloq oilasining kattaligi – 7,4 kishiga,
Qoraqalpog‘istonda – 7,1 kishiga teng bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha
respublika ko‘rsatkichidan (6,2 kishi) biroz yuqorirok bo‘lsada, o‘rtacha ittifoq
ko‘rsatkichidan (3,7) ikki barobar katta bo‘lgan.13
SHahar va qishloq joylarida oilalarning kattaligida farqlarning mavjudligi
Xorazm viloyatida ayniqsa, yaqqol ko‘rinardi. Bu erda shahar oilalari qishloq
joylaridagi oilalarga nisbatan 1,5 barobarga kichik bo‘lgan. Qoraqalpog‘istonda bu
farq 0,9 ni tashkil kilgan. Binobarin, avtonom respublika shahar oilalarining
kattaligi ittifoqda eng kattalardan hisoblangan.
Katta oilalarning ko‘pligi ularning tarkibiga bog‘liqdir. Masalan, butun
ittifok bo‘yicha 2-3 kishidan iborat oilalar katta hissaga ega bulgan. Quyi
Amudaryo mintaqasida esa, xuddi butun O‘zbekistondagidek bunday kichik
oilalarning hissasi juda kam edi, bu erlarda katta oilalar – 7 va undan ortiq a’zosi
bo‘lgan oilalar ko‘pchilikni tashkil kilgan.
12 Население СССР 1988г. Статистический сборник. – М.: Финансы и статистика, 1989. - 187 с. 13 Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 39 б..
Jadval 1.2.1. Xorazm viloyatida 2011 yilda kelinlar va kuyovlar yoshlari bo‘yicha nikohlar soni
Kelinning yoshi kuyovning yoshi 18 gacha 18-19 16-19 20-24 25-29 30-34 35-39 40-44 45-49 50-54 55-59 60 va Jami yuqori
18 gacha 1 41 42 158 44 1 1 - - - - - 246 18-19 1 247 248 1850 524 28 2 - - - - - 2652 16-19 2 288 290 2008 568 29 3 - - - - - 2898 20-24 - 107 107 6188 3576 208 29 3 1 - - - 10112 25-29 - 1 1 300 1596 409 71 10 2 - - - 2389 30-34 - - - 6 89 221 86 23 10 3 - - 438 35-39 - - - - - 14 55 40 16 13 7 2 147 40-44 - - - - - 3 16 14 7 13 7 3 63 45-49 - - - - - - - 1 11 7 - 5 24 50-54 - - - - - - - - - 3 4 7 14 55-59 - - - - - - - - - - 1 5 6 60 va undan yuqori - - - - - - - - - - 1 - 1 Jami 2 396 398 8502 5829 884 260 91 47 39 20 22 16092
*Xorazm viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumotlari asosida
Mustaqillik yillarida Xorazm viloyatidagi nikohga kiruvchilar tarkibini tahlil
qilish (1.2.1-jadval) ko‘rsatadiki, qizlar ko‘rproq 18-24 yoshlarda, yigitlar esa 20-
29 yoshlarda turmush quradilar.
Tug‘ilish darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadigan yana bir sabab,
nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30
yilga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollarning yoshi oshib borishi bilan
homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish
yoshining har qancha ko‘tarilishi ayollar tomonidan tug‘adigan bolalar soni
kamayishiga olib keladi.
Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin
iqtisodiy mustaqilligini oshirishga intilishi natijasida nikohga kirish yoshi ancha
ko‘tarildi. Agar, o‘tgan asrning 80-yillarida 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi
turmushga chiqqan bo‘lsa, xozirgi paytda bunday yoshda faqat 18 % qizlar
nikohga kiradilar (1.2.1-jadval).
Jadval 1.2.2.
O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi
Bola soniga ko‘ra oila turi Bolalar soni Foizda Ko‘p bolali 7-8 nafar 5,9 Ko‘p bolali 5-6 nafar 17,4
O‘rtacha sonli oila 3-4 nafar 38,1 Kam sonli 1-2 nafar 36,5
Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha
O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi shuni
ko‘rsatadiki (1.2.2-jadval) ko‘p bolalik deb hisoblanadigan 5-8 ta bolalik bo‘lgan
oilalar ulushi kamayib bormoqda, ularning hissasi xozirgi kunda 23,3 foizni tashkil
qiladi (2008 yil), 3-4 bolalik oilalar esa 38, 1 foizni, 1-2 bolalik oilalar 36,5 foizni
tashkil qiladi.
Nikohning yig‘indi koeffitsienti nikohning yosh guruhlari (16-69 yoshdagi
erkaklar yoki ayollar) koeffitsientining yirindisi bo‘lib, o‘rganilayotgan avlodning
hayoti davomidagi nikohlar sonini ifodalaydi. Ushbu koeffitsientda o‘lim hollari va
avlod soniga ta’sir etuvchi omillar hisobga olinmaydi. Odatda nikohning yirindi
koeffitsienti bir kishiga nisbatan xisoblanadi va ma’lum avlodning nikohda bo‘lish
holatini ifodalaydi, SHuningdek mazkur koeffitsient orqali o‘rganilayotgan
avlodda birinchi, ikkinchi nikohga kirish va nikohsizlik holatlari ham o‘rganiladi.
Ajralish va uning koeffitsientlari. Ajralish er-xotinning hayotlik davrida
nikohning bekor etilishidir. Ajralish murakkab soo‘ial jarayon bo‘lib, qator omillar
ta’sirida sodir bo‘ladi. Ularga jamiyatda nikohning tutgan o‘rni, nikoh turlari, har
bir davlatda nikoh va ajralish haqidagi mavjud qonunlar, davlat tomonidan oila
mustaxkamligi borasida olib borilayotgan siyosat, ayollarning ijtimoiy hayotda
tutgan o‘rni, farzandsizlik, oila turmush tarzi, din, urf odatlar. alkogolizm va
narkomaniya kabilarni kiritish mumkin. Ushbu omillar ta’sirida jamiyat
taraqqiyotining gurlicha bosqichlarida, davlatlarda, xalqlarda va aholi guruhlarida
ajralish darajasi turlicha bo‘ladi. Ajralish jarayonini o‘rganishda qator
koeffitsientlardan foydalaniladi.
Ajralishning umumiy koeffitsienti ma’lum davrdagi ajralish sonini shu
davrdagi aholini o‘rtacha soniga nisbatini ifodalaydi, va promileda belgilanadi.
a= 1000•РА
A - ma’lum davrdagi ajralish soni.
P - o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni.
SHuningdek, ajratshshning yosh guruhlari koeffitsienti (ma’lum yosh
guruhlari erkaklar va ayollarda sodir bo‘lgan jami ajralishlar sonini shu yosh
guruhidagi jami erkaklar va ayollarga nisbatan); ajralishning maxsus koeffitsienti
(ma’lum yosh guruhida erkaklar yoki ayollarda sodir bo‘tlgan jami ajralishlar
sonini shu yosh guruhidagi oilali erkaklar va ayollarga nisbatan) va nikoh
davomiyligi bo‘yicha ajralishning maxsus koeffitsient (nikohda turishning ma’lum
davrida ajralganlar sonining ana shu davr boshida qayd etilgan jami nikohlar
soniga nisbati) lari ham mavjud bo‘lib, ular orqali ajratshsh jarayonidagi
o‘zgarishlar mukammal o‘rganiladi.
Oila jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o‘zining paydo bo‘lishi va
rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida
paydo bo‘ldi. Ma`lumki, ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida insonlar
to‘da-to‘da bo‘lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib - qoidaga
ega bo‘lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan bir oila bo‘lib
yashaganlar, o‘zaro turmush kechirishgan. Oilaning bunday shakli fanda
«Poligamiya» - ko‘p nikohlik, deb ataladi.
Quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy - iqtisodiy
o‘zgarishlar asosan, xususiy mulkning paydo bo‘lishi natijasida, oilaning tarkibi
xam, shakli ham o‘zgardi. Dexqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy
ishlab chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi, moddiy maxsulotlar yaratishda erkaklar
ulushi yuqori bo‘la boshladi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarhal oila
vujudga keldi.
Endi bir erkak oila boshlig‘i bo‘lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan
oila bo‘lib yashardilar. Bunday oilalar ko‘pxotinlik, ya`ni «poliginiya» asosida
tashkil bo‘lgan poligamiya oila shakli bilan monogam - bir nikohli oila o‘rtasidagi
oraliq oilalarni tashkil etganlar.
Quldorlik davridan feodalizmga o‘tish, hamda feodalizm ishlab chiqarish
munosabatlarining rivojlanishi oilaning «monogam», ya`ni yakka nikohlilik
ko‘rinishining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Ushbu davrda xo‘jalik yuritishda ota-
ona farzandlari, nabira - chevaralari bilan birga ishtirok etishgan. Ular birgalikda
ekin ekib, xosil yig‘ib, moddiy boylik yaratishgan. Ushbu davrda ota -ona, o‘g‘il-
qiz, kelin -kuyov, nabiralari birga bir nechta bo‘g‘inli oila bo‘lib yashashgan.
Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida esa, yirik -yirik sanoat
korxonalarining paydo bo‘lishi natijasida, mayda dexqon xo‘jaliklar, mayda
hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan foydalanish, ularga
ishchi kuchi sifatidagi talab asta -sekin kamayib boradi. Ko‘p bo‘g‘inli katta oila
bo‘lib yashash hollari yo‘qola boshladi va oilaning yangi tuzilishi - er -xotin va
bolalardan iborat bo‘lgan nuklear - yadro oila yuzaga keladi.
Oila paydo bo‘lishi va rivojlanishini ilmiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
oilaning tashkil bo‘lishida asosiy omil-nikoh va qarindoshlik munosabatlari bo‘lib,
bu hol oilaga berilgan ilmiy ta`rifda o‘z ifodasini topgan1.
Oila-insonlarning tabiiy biologik, nikoh. Qon-qarindoshlik, iqtisodiy,
xuquqiy, ma`naviy munosabatlarda asoslangan, turmush birligi va o‘zaro
javobgarlik orqali bog‘langangan ijtimoiy guruhidir.
Jadval 1.2.3
O‘zbekiston aholisida nikoh va ajrimlar soni, ming kishi
Yillar Nikohlar Ajralishlar
Soni koeffitsienti Soni Koeffitsienti
1991 16,3 7,8 0,8 0,4
1995 9,6 4,1 0,5 0,9
2000 10,6 4,3 0,7 0,8
2005 11,2 7,7 0,7 0,7
2010 15,3 7,1 0,9 0,4
2014 17,0 5,6 1,0 0,3 Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilalar tarkibida yuz bergan
o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, nikohga kirganlar soni yildan yilga oshib
bormoqda. Buni 1.2.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘radigan bo‘lsak, nikohlarning
mutloq soni oshib borayotganligiga qaramasdan, har yuz ming aholiga nikohga
kirganlar koeffitsienti bilan hisoblaydigan bo‘lsak, nikoh koeffitsienti 1995 va
2000 yillarda kamayib,2005 yilga kelganda osha boshlagan, va 2014 yilga kelib
yana kamaygan. Buni aholi o‘rtasida tug‘ilish darajasining o‘zgarib turishi,
tug‘ilganlarning ma’lum yillardan keyin nikoh yoshiga kirib kelishi bilan izohlash
mumkin. 20g‘25 yil oldin tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, nikohga
kiruvchilar soni ham oshib boradi va aksincha.
Oilalarning ajralishiga keladigan bo‘lsak, Oilaning bugungi shaklida oila
a`zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, ma`naviy xuquqiy, psixologik
munosabatlar va o‘zaro javobgarlik xis-tuyg‘ulari bilan boglanib turadilar. Oilada
har bir oila a`zosining o‘z ijtimoiy o‘rni bordir. Oila asosini er - xotin tashkil etadi.
Lekin oilada er-xotin uning farzandlari, ota-onasi, aka-uka, opa -singil va boshqa
qarindosh-urug‘lar xam yashashlari mumkin.
Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o‘z
mazmuniga ko‘ra, shartli ravishda demografik, ijtimoiy va iqtisodiy mezonlarga
ajratish mumkin.
Oila xaqidagi statistik ma`lumotlar, ularning tuzilish tizimi jaxondagi
hamma davlatlarda ham aynan bir xil emas. U xar bir davlat statistikasi uchun qayd
etilgan oilaning statistik tushunchasiga va o‘tkazilayotgan aholi ro‘yxati
dasturiga bog‘liqdir. Dastur tuzishda aholining oilaviy tarkibi, oilaviy yashash
turlari asos qilib olinadi. Qator iqtisodiy rivojlangan davlatlarda oiladagi farzandlar
kamolot yoshiga etib oila qurgach, ular iqtisodiy jixatdan mustaqil yashaydilar va
aloxida oila hisoblanadilar. Ba`zi davlatlarda esa 20 yoshdan oshgan xar bir yigit
qiz oila qurmasa xam, o‘zi aloxida oila xisoblanadi. YAna boshqa davlat
statistikasida turmush qurib ota - onasi oilasiga qaytib kelsa xam ularni aloxida
oila yoki yolg‘iz yashovchilar qatorida hisoblanadi. Ba`zi xollarda qarindosh,
qondosh bo‘lmagan begona kishilar ham bir oila bo‘lib yashaydilar.
1.3 O‘zbekistonda axolining migratsion ko‘payish xususiyatlari
Migratsiya so‘zi lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘chish degan ma`noni
bildiradi. Kishilarning yashash, ishlash, o‘qish maqsadida, ma`muriy chegaralardan
o‘tgan holda, bir manzilgoxdan ikkinchi manzilgohga doimiy yoki ma`lum
muddatga ko‘chishi migratsiya deyiladi. Demak, ayholining xududlar bo‘ylab
harakati aholi migratsiyasini ifodalaydi. Migratsiyada ishtirok etgan kishilarni esa
«migrantlar» deb ataladi.
Migratsiya yo‘nalishiga binoan tashqi va ichki migratsiyaga bo‘linadi.
Tashki migratsiya-bir davlatdan ikkinchi davlatga, bir qit`adan ikkinchi
qit`aga aholining ko‘chishidir. Bu jarayonda davlatlar aholisi qayta taqsimlanadi va
ularda aholining kamayishi va ko‘payishi ko‘zatiladi.
Ichki migratsiya bir davlatning ichida aholining hududlar bo‘ylab
ko‘chishidir. Bunday migratsiyada ma`lum davlat ichida shahar va qishloq,
tumanlar bo‘ylab aholining qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Lekin shu davlat
aholisining umumiy soni o‘zgarmaydi. Aholi migratsiyasi o‘z mohiyatiyaga ko‘ra
uch turga, ya`ni doimiy, vaqtincha (mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon)
migratsiyaga bo‘linadi.
Doimiy migratsiya BMT ta`rifiga binoan aholining bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chib, bir yildan ko‘p yashab qolishidir. Vaqtincha migratsiya esa
aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chib, ma`lum muddat yashab
qaytishidir. Vaqtincha migratsiyaga aholinng o‘qish, armiya xizmati, shartnoma
asosida ishlash uchun vaqtincha yashash joyini o‘zgartirishini kiritish mumkin.
Tebranma migratsiyada kishilar bir manzilgohdan boshqa bir manzilgoxga ishlash
yoki o‘qish maqsadida xar kuni yoki bir xaftada qatnashidir. Ushbu migratsiya
aksariyat hollarda urbanizatsiya sharoitida rivojlanib boradi. Tebranma
migratsiyani asosiy yo‘nalishi qishloqdan shaharga, kichik shaharlardan katta
shaharlarga tomon bo‘ladi.
Iqtisodiy erkinlikka va raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoiti
aholininig ijtimoiy - iqtisodiy va hududiy harakatchanligi oshib borishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Respublikamiz mehnat bozorida talab va taklifning
nomutanosibligi sharoitida, ya’ni ishchi kuchining taklifi umuman yuqori bo‘lgan
bir vaziyatda tarmoq va hududiy tuzilmalarda unga bo‘lgan talabning turlichaligi
mavjuddir. SHuning uchun ham, oqilona va tartibga solinadigan migratsiya mehnat
bozorida talab va taklif muvozanatiga erishishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda mustaqillik sharofati bilan bozor munosabatlarining
istiqboldagi rivojlanish yo‘li qilib belgilanishi aholi migratsiyasi jarayonlarida
o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Ilgari aholi ko‘chib yurishini keltirib
chiqaruvchi sabablar quyidagi ketma-ketlikda: iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va
siyosiy sabablar ko‘rinishida bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yildan keyin bu sabablarning
yuzaga chiqishi davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib bordi.
Ma’lumki, sobiq ittifoq parchalanishi arafasida O‘zbekistonda yashayotgan
ko‘pgina millatlarning tarixiy vatanlariga qaytib ko‘chib ketishi jarayoni kuchaya
boshlagan edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham bu jarayonning jadalligi
natijasida aholining migratsiya harakatlari ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanib
turdi. YUqori migratsion jadallik butun respublika bo‘yicha 1991-1994 yillar
davomida yuz berib turdi. Bu davrda O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar ham,
ko‘chib ketuvchilar ham ko‘p bo‘lgan. Masalan, 1991-1994 yillar davomida
mamlakatimizda har yili 600 ming kishi atrofida o‘z yashash joyini o‘zgartirib
turganlar. Bunda rusiy zabon millatlar o‘z tarixiy vatanlariga ko‘chib ketgan
bo‘lsalar, O‘zbekistondan tashqarida yashayotgan o‘zbeklar o‘z vataniga qaytib
kelganlar. Xuddi shunday Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashayotgan qozoqlar
va turkmanlar ham qo‘shni Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga ko‘chib
o‘tgan bo‘lsalar, boshqa joylarda yashayotgan o‘zbeklar va qoraqalpoqlar o‘z
yurtlariga qaytib kelganlar. Migratsiya aylanmasi, ya’ni ko‘chib keluvchilar va
ko‘chib ketuvchilar yig‘indisi 1993 yilgacha Qoraqalpog‘istonda har yili 60-80
ming kishi atrofida bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 50 ming
kishidan oshmadi. Xorazm viloyatida ko‘chib yurishlar eng yuqori bo‘lgan
davrlarda (1991-1993), bu jarayonda har yili 20-30 ming qatnashgan edi, keyingi
yillarda ko‘chib yuruvchilar soni 20 ming kishi atrofida bo‘ldi.
Jadval 1.3.1 O‘zbekistonda aholi migratsiyasidagi o‘zgarishlar
(1991-2013 yillar) yillar O‘zbekiston respublikasi Xorazm viloyati
kelgan ketgan saldo kelgan ketgan Saldo 1991 371054 401285 -30231 16695 11810 4885
1992 349374 424086 -74712 13281 10713 2568
1993 302440 356470 -54030 13859 11035 2824
1994 221747 360661 -138914 9046 8972 74
1995 167829 256800 -88971 5849 6545 -696
2000 145880 212472 -66592 7182 8565 -1383
2005 144778 246386 -101608 6433 9981 -3548 2006 144038 209227 -65189 5743 8134 -2391
2007 151172 214310 -63138 5768 8732 -2964
2008 149732 195836 -46104 5989 7526 -1537
2009 138077 187710 -49633 6250 7852 -1602
2010 139775 183858 -44083 7239 8315 -1076
2011 136565 184149 -47584 7737 7781 -44
2012 169701 210653 -40952 7192 9511 -2319
2013 155084 189650 -33846 7333 7655 -322 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Keyingi yillardagi aholining migratsiya xarakatlari mazmuni shuni
ko‘rsatadiki (1.3.1-jadval), 2008 yildan boshlab ko‘chib yuruvchilar soni (ko‘chib
keluvchilar soni ham, ko‘chib ketuvchilar soni ham) yildan yilga kamayib bordi.
2013 yilda 2012 yilga nisbatan ko‘chib ketuvchilar soni 21,0 ming kishiga, ko‘chib
keluvchilar soni esa 14,7 ming kishiga kamaygan. Migratsiya saldosida ham
o‘zgarishlar yuz berib, 2005 yildagi – 101,6 ming kishi saldodan, 2013 yilda -
33,8 ming kishi saldogacha qisqargan.
O‘zbekiston Respublikasining tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm viloyati
aholisining migratsiya xarakatlarida ham shunday tendensiya namoyon bo‘lmoqda.
Faqat, farq qiluvchi tomoni shundaki, ko‘chib keluvchilar soni 90-yillarga nisbatan
kamaygan bo‘lsada, 2005 yildan keyingi davrda viloyatga ko‘chib keluvchilar soni
5,7 ming kishidan 7,3 ming kishigacha ko‘paygan. Migratsiyaning minus saldosi
ham viloyat uchun kamayib bormoqda. Masalan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan
minus saldo – 2319 dan – 322 gacha kamaygan. Bu holat shu bilan izohlanadik,
xozirgi kunda ko‘chib yuruvchilarning ko‘pchiligi ishchi kuchi migrantlar
hisoblanib, mamlakat va viloyat iqtisodiyotida ishchi o‘rinlari ko‘plab
ochilayotganligi tufayli ilgari ish izlab MDH mamlakatlariga ko‘chib o‘tganlar, o‘z
yurtlarida ishlash uchun qaytmoqdalar.
Aholining ma’lum bir hududga kirib kelishi yoki chiqib ketishi joylardagi
aholi sonining o‘sishi dinamikasiga, aholini ish bilan ta’minlash darajasiga o‘z
ta’sirini o‘tkazadi. SHu bilan birgalikda, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlari aholi migratsiya ko‘rstakichlarini belgilab beruvchi omillardan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Aholining ko‘chib yurish faolligi darajasini migratsiya intensivligi
ko‘rsatkichi orqali aniqlashimiz mumkin. Ma’lumki, migratsiya intensivligi bilan
butun aholiga nisbatan ko‘chib yuruvchilar darajasi aniqlanib, har ming aholiga
qancha kishi ko‘chib kelgan yoki ko‘chib ketganligin bilishimiz mumkin bo‘ladi.
Mamlakatimizda aholi ko‘chib yurishining kamayishi dastlabki
davrlardanoq siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi, 1995 yildan keyingi davrda
iqtisodiy barqarorlikka erishilishi, 2000 yillarda esa ekologik holatni yaxshilash
borasida olib borilgan chora-tadbirlar tufayli yuz berdi.
Ekologik vaziyatning aholi ko‘chib yurishiga ta’sirini Quyi Amudaryo
mintaqasi misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Orol dengizining qurib borishi
bilan yuzaga kelgan ekologik tanglik ko‘pchilik aholining dengizga yaqin bo‘lgan
hududlardan Qoraqalpog‘istonning janubiy hududlariga, Xorazm viloyatiga va
boshqa viloyatlarga, respublikadan tashqariga ko‘chib ketishlariga sabab bo‘ldi.
Ko‘chib keluvchilarga nisbatan ko‘chib ketuvchilarning ko‘pligi, ya’ni manfiy
saldo butun O‘zbekiston bo‘yicha ham kuzatilayotgan bo‘lsada, 2003-2006
yillarda bu ko‘rsatkichning Qoraqalpog‘iston bo‘yicha oshib ketganligi (1.3.1-
jadval) Amudaryoda suvning kamayib ketishi (2001-2002 yillar) tufayli yuz
bergan qurg‘oqchilik natijasida ekologik vaziyatning yana biroz og‘irlashganligi
bilan izohlanadi.
Migratsiya sohasida olib borilgan ayrim tadqiqotlar14 natijasiga ko‘ra
mintaqalar bo‘yicha aholining harakatchanligi oshgan sari ularning ijtimoiy-
iqtisodiy farovonlik darajasi ham oshishi kuzatilgan. Jumladan, migratsion
intensivligi yuqori bo‘lgan mintaqalar Navoiy viloyati hamda Toshkent shahrida 14 Джунайдуллаев Д.А. Ўзбекистон минтақаларида аҳоли миграцияси ва уни тартибга солишни такомиллаштириш. Иқтисод фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация автореферати. Тошкент, 2012. 24 б.
YAHM (yalpi hududiy mahsulot) ning jon boshiga nisbatan ulushi ham yuqori
ekan. Lekin, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2010 yilga kelib aholining ko‘chish
darajasi yuqori bo‘lsada, YAHMning aholi jon boshiga nisbatan darajasi pasayib
ketishi u erda iqtisodiy faol aholining ko‘p qismi iqtisodiyotning norasmiy
sektorida bandligini, mintaqada ish joylarining etishmasligi, shuningdek, tabiiy-
ekologik vaziyatning keskinlashuvi oqibatida aholini respublikaning boshqa
mintaqalariga hamda uning tashqarisiga bo‘lgan mehnat migratsiyasiga
moyilligining oshishiga asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda.
Aholining migratsiya intensivligi ko‘rsatkichi ko‘chib yuruvchilar
hissasining 2012 yilda 1991 yilga nisbatan butun O‘zbekiston aholisi bo‘yicha
ham, shu jumladan Quyi Amudaryo mintaqasining hududlarida ham 2,5 barobarga
kamayganligini ko‘rsatadi (2.1.3-jadval). Agar, 1991 yilda butun O‘zbekiston
bo‘yicha xar ming kishiga 37,0 kishi yashash joyini o‘zgartirgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 2012 yilga kelib 12,8 kishigacha kamaydi. Xorazm viloyatida bu
davrda migratsiya aylanmasining intensivligi, mos ravishda 26,7 va 10,2 ni tashkil
qildi. Qoraqalpog‘istonda har ming kishiga ko‘chib yuruvchilar soni bu davrda
49,6 dan 20,7 gacha, deyarli ikki yarim barobarga kamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi va uning tarkibiy qismlari bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining 2012 yildagi
mamlakatdan tashqari hududlarga bo‘lgan migratsiya harakatlarida quyidagi
holatlar kuzatiladi. Umuman O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha tashqi migratsiya
jarayonlari 2012 yilda 40,9 ming kishiga manfiy saldo kuzatilgan (1.3.2 jadval).
1.3.2-jadval. O‘zbekiston va Quyi Amudaryo mintaqasida tashqi migratsiya
yo‘nalishlari tarkibi, 2012 yil
Hududlar
O‘zbekiston Respublikasi
SHu jumladan: Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Xorazm viloyati
Kel-gan-lar
Ket-gan-lar
Migratsiya sal-dosi
Kel-gan-lar
Ket-gan-lar
Migratsiya sal-dosi
Kelgan-lar
Ket-gan-lar
Migratsiya sal-dosi
Umumiy migratsiya
169701 210653 -40952 12091 23099 -11008 7192 9511 -2319
Respublikaning boshqa hududlari
165206 165206 0,0 11578 12480 -902 104 8727 -1639
Respublikadan tashqari
4495 45447 -40952 513 10619 -10106 7088 784 -680
MDH mamlakatlari
4369 44811 -40442 135 10614 -10101 104 776 -672
Boshqa mamlakatlar
126 636 510 - 5 -5 - 8 -8
*Jadval O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblab chiqilgan.
Jami tashqi migratsiyaning 98,8 foizi MDH mamlakatlari bilan amalga
oshirilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi migratsiyasining 53,7 foizi
mamlakat ichidagi aholi ko‘chib yurishiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatdan tashqariga
bo‘lgan migratsiyada Qoraqalpog‘iston ancha katta manfiy saldo migratsiyaga ega
(-10,1 ming kishi). Ularning deyarli hammasi MDH mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Xorazm viloyatida aholi migratsion aloqalarining asosiy qismi, ya’ni 94,7 foizi
mamlakat ichidagi, 5,3 foizigina respublikadan tashqari hududlarga to‘g‘ri keladi.
Quyi Amudaryo mintaqasi aholisining istiqlol yillaridagi migratsiya
harakatchanligini o‘rganish quyidagi xulosalar chiqarish imkonini beradi:
- mustaqillikning dastlabki yillaridagi kuchli migratsion harakatlar keyingi
yillarda ancha pasaydi;
- qishloq aholisining migratsion faolligi oshib bormoqda;
- tashqi migratsiya yo‘nalishlarida asosan Rossiya Federatsiyasi va
Qozog‘iston Respublikasi bilan migratsiya almashinuvlari yuqoridir;
- Qoraqalpog‘istogn Respublikasida aholi migratsiyasiga ekologik
vaziyatning ta’siri saqlanib qolmoqda.
Migrantlar oqimi aholining yosh jinsiy tarkibida o‘z aksini topadi. Mehnat
resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha
mehnat resurslarining kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu
ham muammolarga sabab bo‘ladi
Aholining shakllanish jarayoni, uning takror barpo bo‘lishi va aholi
migratsiyasi o‘rtasidagi aloqalar bilan bog‘liq. Aholining takror barpo bo‘lishi,
uning tabiiy harakatini o‘z ichiga olsa, migratsiya bu aholining xududiy
harakatidir.
Migratsiya aholi soniga, uning milliy tarkibiga va turli ijtimoiy guruhga
xos aholi shakllanishiga o‘z ta`sirini ko‘rsatadi. Ma`lumki, O‘zbekiston qadimda
Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi, CHor Rossiyasining va sho‘rolar tuzumining
Turkistonda olib borgan xalqlarni aralashtirib yuborishdek mustamlakachilik
siyosati va qolaversa, respublikamizning boy tabiiy resurslarini o‘zga xalqlar
tomonidan bosib olishga urinishlar kabi tarixiy voqealar bu erga ko‘plab evropalik
(asosan rus) xalqlarning ko‘chib kelishiga qulay sharoit yaratdi.
1.3.3-jadval Quyi Amudaryo mintaqasi aholisi migratsiya intensivligi (har ming kishiga)
Yillar
O‘zbekiston Respublikasi SHu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xorazm viloyati
Ko‘chib kelgan
Ko‘chib ketgan
Migra-siya saldosi
migratsiya aylanma-si
Ko‘chib kelgan
Ko‘chib ketgan
Migra-siya o‘sishi
migratsiya aylanma-si
Ko‘chib kelgan
Ko‘chib ketgan
Migra-siya o‘sishi
migratsiya aylanma-si
1991 17,8 19,2 -1,5 37,0 24,7 24,8 -0,1 49,6 15,7 11,1 4,6 26,7 1992 16,2 19,7 -3,5 35,9 24,5 27,1 -2,6 51,6 12,1 9,8 2,3 21,9 1993 13,7 16,2 -2,5 29,9 28,1 30,2 -2,1 58,3 12,2 9,7 2,5 22,0 1994 9,9 16,0 -6,2 25,9 15,8 17,1 -1,3 32,9 7,8 7,7 0,1 15,4 1995 7,3 11,2 -3,9 18,5 9,5 13,5 -4,0 23,0 4,9 5,5 -0,6 10,4 1996 6,4 8,5 -2,2 14,9 8,1 12,1 -4,0 20,2 4,3 4,8 -0,5 9,1 1997 6,2 8,2 -2,0 14,4 7,4 10,8 -3,4 18,1 4,9 5,5 -0,7 10,4 1998 5,9 8,0 -2,1 13,9 7,0 10,3 -3,3 17,3 4,6 5,5 -0,9 10,1 1999 6,6 9,2 -2,5 15,8 9,3 11,1 -1,9 20,4 6,5 7,2 -0,7 13,7 2000 5,9 8,6 -2,7 14,5 8,6 11,2 -2,6 19,8 5,4 6,5 -1,0 11,9 2001 6,0 9,1 -3,1 15,1 7,9 15,3 -7,4 23,2 4,7 6,3 -1,6 11,0 2002 6,0 9,3 -3,3 15,3 11,2 19,7 -8,5 30,9 4,1 6,1 -2,0 10,2 2003 5,4 9,1 -3,6 14,5 7,3 16,9 -9,5 24,2 3,8 5,9 -2,1 9,7 2004 5,7 9,4 -3,7 15,1 9,4 20,5 -11,1 30,0 4,5 6,6 -2,1 11,1 2005 5,5 9,4 -3,9 14,9 8,1 21,7 -13,6 29,9 4,5 7,0 -2,5 11,5 2006 5,5 8,0 -2,5 13,5 7,9 17,9 -10,0 25,8 4,0 5,6 -1,6 9,5 2007 5,8 8,2 -2,4 14,0 9,6 19,4 -9,8 29,0 3,9 5,9 -2,0 9,8 2008 5,8 7,6 -1,8 13,4 8,6 14,8 -6,2 23,4 4,0 5,0 -1,0 9,0 2009 5,7 7,7 -2,0 13,4 7,9 17,5 -9,7 25,4 4,1 5,1 -1,0 9,2 2010 6,6 8,6 -2,1 15,2 8,7 16,5 -7,8 25,3 4,6 5,3 -0,7 10,0 2011 4,7 6,3 -1,6 11,0 8,3 17,7 -9,4 26,0 4,8 4,8 0,0 9,6 2012 5,7 7,1 -1,4 12,8 7,1 13,6 -6,5 20,7 4,4 5,8 -1,4 10,2 2013
Jadval O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Tashqaridan O‘zbekistonga ko‘chib keluvchi migrantlarning miqdori 1917
yildan keyin yana ham ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab
evropaliklar evakuatsiya qilindi. Bundan tashqari 1966 yilda Toshkent zilzilasi
talofatlarini bartaraf etish maqsadida Rossiya, Ukraina, Belorussiya davlatlaridan
keluvchi yosh migrantlar oqimi yanada kuchaydi. Ularning bir qismi o‘z yurtlariga
ma`lum vaqdan keyin qaytib ketgan bo‘lsa, ma`lum qismi shu erda qolib
yashadilar. Bularning hammasi respublikada aholining etnik tarkibida keskin
o‘zgarish yasadi. SHu bilan birga mahalliy millatlarning turmush tarziga, ularning
kiyinish va urf-odatiga, qadriyatlariga ta`sir ko‘rsatdi.
Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishiga avvalambor iqtisodiy-
ijtimoiy omillar, jumladan ishsizlik, ya`ni ish qidirish, madaniy-maishiy sharoitdan
qoniqmaslik, o‘qish va boshqalar sabab bo‘ladi. 2006 yilda respublikada jami
391.2 mingdan ortiq kishi o‘z yashash joyini o‘zgartirdi. Bu ko‘rsatkich 1990 yilda
864 ming kishini tashkil etgan. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi
sababli O‘zbekistonda yashovchi nomahalliy millatlarning ko‘pchiligi tarixiy
vatanlariga qaytdilar. 1991-2006 yillar mobaynida O‘zbekiston aholisi soni tashqi
migratsiya hisobiga 1,5 million kishiga kamaydi.Albatta, bu hol aholi soning o‘sish
sur`atlariga ham ta`sir ko‘rsatdi. 90-nchi yillarning o‘rtalaridan boshlab
mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida migratsiya
hajmi ancha kamaydi.
Migratsiyada ishtirok etuvchilarning asosiy qismi shahar aholisiga to‘g‘ri
keladi. Agar 1000 ta shahar aholisining 23,7 tasi o‘z yashash joyini o‘zgartirgan
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq aholisi orasida 9,2 tani tashkil etdi. Ko‘rinib
turibdiki, qishloq aholisining migratsion intensivligi shahar aholisiga nisbatan
deyarli 3 marta kam. Qishloq aholisining sust darajada migratsiya jarayonida
ishtirok etishida qarindosh-urug‘chilik aloqalarining mustahkamligi va tug‘ilib
o‘sgan erida yashashni afzal ko‘rishi bilan izohlanadi. Biroq, keyingi yillarda
ko‘chib yuruvchilar orasida shaharliklar salmog‘i qisqarib qishloq aholisining
ulushi ortib bormoqda.
Iqtisodiyotdagi isloxatlarning chuqurlashuvi hamda bozor munosabatlarining
shakllanishi qishloqdan shaharga bo‘lgan migratsiyaning o‘sishiga obyektiv sharoit
yaratdi. Lekin, buning uchun shahar joylar ham katta migratsion oqimini qabul
qilishga «tayyor» bo‘lishlari talab etiladi. Hozirgi kunda qishloqlardan asosan hech
qanday malakaga ega bo‘lmagan ishchilar kelmoqda. SHahardagi mavjud ish
o‘rinlari esa kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlarni talab etadi.
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq joylarida ortiqcha
ishchi kuchining to‘planib qolishidir. O‘zbekiston iqtisodiyotining hozirgi
taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi,
kichik va o‘rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi. Kichik va
o‘rta shaharlarda mahalliy hom-ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil
etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste`moli buyumlari ishlab
chiqarishning xilma-xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini
tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta`minlash muammolsini
ma`lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o‘rta shaharlarda ishlab chiqarishni
rivojlantirish hisobiga u erga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb qilish
maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Aholini ish o‘rinlari bilan ta`minlashni yaxshilashda, ularni nafaqat ish joyi
ko‘p bo‘lgan xududlarga ko‘chirib o‘tishga yordamlashish, balki ishlab
chiqarishni, jumladan sanoat tarmog‘ining mehnatni ko‘p talab qilib, hom-ashyo,
suv va elektr energiyasini kam iste`mol etuavchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
korxonalarni, maishiy hizmat ko‘rsatish sohalarini aholi zich joylashgan
xududlarda keng ko‘lamda rivojlantirishni amalga oshirish lozim.
Aholining bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi muhitga o‘tishi uning
demografik mayliga (nikohga kirish va oila qurishiga, oiladagi farzandlar soniga,
oila mustahkamligiga munosabati va h.k.) bevosita ta’sir etadi. SHuningdek, aholi
migratsiyasi mehnat resurslari shakllanishida ham muhim omillardan hisoblanadi.
Migrantlar oqimi aholining yosh jinsiy tarkibida o‘z aksini topadi. Mehnat
resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha
mehnat resurslarining kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu
ham muammolarga sabab bo‘ladi.
2-BOB. MINTAQADA DEMOGRAFIK RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI (XORAZM VILOYAT MISOLIDA)
2.1 Viloyat aholisining ko‘payib borish xususiyatlari
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar
iqtisodiyotning hamma jabhalarida ijobiy natijalarni keltirib chiqazmoqda. Moddiy
boyliklar ishlab chiqarishning o‘sib borishi bilan birgalikda aholining turmush
farovonligi ham asta-sekinlik bilan ko‘tarilib bormoqda. Turmush farovonligining
eng asosiy ko‘rstakichlaridan hisoblangan aholi salomatligini muhofaza qilish
Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazida bo‘lib, mustaqillikning
dastlabki kunlaridanoq sog‘liqni saqlash sohasiga alohida e’tibor qaratib
kelinmoqda.
Aholining salomatligini yaxshilash demografik vaziyatni
qulaylashtirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Tug‘ilish darajasi
barqarorlashib, va hatto pasayib borayotgan bir sharoitda aholi o‘rtasida
kasallanish va o‘lim hodisalarini kamaytirish demografik rivojlanishning oqilona
yo‘nalishiga imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizning demografik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
«Sog‘lom ona – sog‘lom bola» dasturini izchil amalga oshirish bilan sog‘lom
avlodni voyaga etkazish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza
qilish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom
bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi
o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish uchun yanada qulay
shart-sharoitlar yaratish mustaqillik yillarida O‘zbekiston demografik siyosatining
asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
1991-2011 yillarda aholi sonining o‘sishi xususiyatlari. Mamlakatimizda
istiqlol yillaridagi iqtisodiy va ijtimoiy sohada yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar
aholi soni va tarkibining holatiga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Ushbu
yillarda mamlakat aholisi 20,6 mln kishidan 29,1 mln kishigacha ya’ni, 141,3
foizga ko‘paydi. Quyi Amudaryo mintaqasida Xorazm viloyati aholisi esa 1066,0
ming kishidan 1601,0 ming kishigacha (150,2 foizga) ko‘paydi. Mamlakatimizda
aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan, yillik o‘sish sur’atlari
pasaymoqda. Agar, 1991 yilda yillik o‘sish 2,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2011
yilda faqat 1,5 foizga teng bo‘ldi. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi
Quyi Amudaryo mintaqasi hududlarida ham namoyon bo‘lib bordi.
Masalan, Xorazm viloyatida ushbu davrda yillik o‘sish sur’atlari, mos ravishda
3,1 dan 2,1 foizgacha pasaydi. Aholining yillik o‘sish sur’atlari Xorazm viloyatida
32,5 foizga pasaygan (2.1.1-jadval)15.
Natijada Xorazm viloyati aholisining butun O‘zbekiston aholisidagi ulushi
5,2 dan 5,5 foizgacha ko‘paydi.
Tug‘ilish jarayonidagi tendensiyalar. Aholi soni o‘sib borish
sur’atlarining nafaqat Quyi Amudaryo mintaqasida balki butun O‘zbekiston
miqyosida kamayib borishi birinchi navbatda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining
pasayishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi 90-yillar
avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda. Masalan, 1991 yilda
butun O‘zbekiston bo‘yicha har ming aholiga 34,68 ta tug‘ilish qayd qilingan
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich xozirgi kunga kelib (2013 yil) 22,51 tagacha pasaydi,
pasayish darajasi ushbu davrda -35,1 foizni tashkil qildi. Tug‘ilishning pasayish
tendensiyasi Quyi Amudaryo mintaqasida ancha yaqqolroq namoyon bo‘ldi.
15 Жадвалда акс этган 2011 йилдаги аҳоли сонининг кескин кўпайиб кетганлиги кўрсаткичи ҳисоб-китобларнинг янада аниқлаштирилганлиги, яъни Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 14 мартдаги 71-сонли Қарори асосида ўтказилган танлама статистик кузатуви натижасида олинган.
2.1.1-jadval. O‘zbekiston va Quyi Amudaryo mintaqasida aholi sonining o‘sishi dinamikasi*
O‘zbekiston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xorazm viloyati
Yillar Doimiy aholi soni,
yil boshiga, ming kishi
Axolining yillik o‘rtacha o‘sishi, foizda
Doimiy aholi soni, yil boshiga, ming kishi
Axolining yillik o‘rtacha o‘sishi, foizda
Qoraqalpo-g‘iston aholisining respublika aholisidagi hissasi
Doimiy aholi soni, yil boshiga,
ming kishi
Axolining yillik o‘rtacha o‘sishi, foizda
Viloyat aholisining respublika aholisidagi hissasi
1991 20607,7 2,4 1270,6 2,9 6,2 1066,0 3,1 5,2 1992 21106,3 2,3 1307,5 2,5 6,2 1097,8 3,1 5,2 1993 21602,2 2,3 1339,6 2,2 6,2 1133,0 3,1 5,3 1994 22091,9 1,7 1368,5 1,8 6,2 1167,0 2,7 5,3 1995 22461,6 2,0 1393,5 1,5 6,2 1195,9 2,4 5,3 1996 22906,5 1,9 1414,9 1,5 6,2 1223,5 2,2 5,4 1997 23348,6 1,8 1435,9 1,6 6,1 1249,7 2,1 5,4 1998 23772,3 1,5 1459,1 1,4 6,1 1276,5 2,0 5,4 1999 24135,6 1,5 1478,8 1,7 6,1 1298,7 1,8 5,4 2000 24487,7 1,3 1503,3 1,6 6,1 1323,9 1,9 5,4 2001 24813,1 1,2 1527,0 0,9 6,2 1347,7 1,7 5,4 2002 25115,8 1,2 1540,1 0,7 6,1 1369,3 1,6 5,5 2003 25427,9 1,1 1551,6 0,6 6,1 1390,9 1,5 5,5 2004 25707,4 1,2 1560,3 0,6 6,1 1410,3 1,5 5,5 2005 26021,3 1,1 1569,9 0,1 6,0 1432,8 1,5 5,5 2006 26312,7 1,3 1571,9 0,7 6,0 1453,9 1,6 5,5 2007 26663,8 1,5 1582,7 0,8 5,9 1477,8 1,7 5,6 2008 27072,7 1,7 1595,4 1,3 5,9 1504,2 1,8 5,6 2009 27533,4 1,7 1615,7 1,0 5,9 1530,8 1,9 5,6 2010 28001,6 4,0 1632,0 3,0 5,8 1561,6 2,3 5,5 2011 29123,4 1,5 1680,9 0,7 5,8 1601,0 2,1 5,5 2012 29555.4 1,0 1692.8 1,0 5,7 1629,1 1,0 5,5 2013 29993.5 1,1 1711,8 1,0 5,7 1653,8 1,0 5,5
Ushbu davrda Xorazm viloyatida tug‘ilish darajasi - – 36,6 foizga (36,05
dan 22,84 promillegacha) kamayish tendensiyasini namoyon qildi (1.1.2-jadval).
2.1.2-jadval.
O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2013 yillarda
tug‘ilish darajasining o‘zgarishi dinamikasi* Har ming aholiga tug‘ilganlar soni
1991
yil
1995
yil
2000
yil
2005
yil
2010
yil
2013
yil
2013 yilda
1991 yilga
nisbatan
o‘zgarish, %
O‘zbekiston
Respublikasi
34,68 29,89 21,40 20,39 21,39 22,51 - 35,1
shu jumladan:
Xorazm viloyati 36,05 29,26 24,03 21,69 21,73 22,84 - 36,6
*Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Tug‘ilish darajasining pasayib borishi nafaqat aholi yosh tarkibining
o‘zgarishi bilan, balki aholining ko‘pchilik qismida kam bolalik oilalarning keng
tarqalishi bilan bog‘liqdir.
Keyingi yillarda tug‘ilish koeffitsienti respublikaning deyarli hamma
viloyatlarida pasayib bordi. Ayollarning yoshlari bo‘yicha tug‘ilish
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, tug‘ilish kattaroq yoshdagi ayollar
guruhida barqaror pasayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Tibbiyot sohasidagi
olimlarning xulosasiga ko‘ra ayollar uchun sog‘lig‘iga zarar qilmagan holda
tug‘ish uchun eng qulay davr 20-35 yoshlar orasi hisoblanadi. 2011 yildagi
ko‘rsatkichlarga ko‘ra Xorazm viloyatida tug‘ilishlarning asosiy qismi (70,8 foizi)
ayollarning 20-30 yoshlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eng asosiysi 20 yoshgacha bo‘lgan
davrda, ya’ni ayollarning organizmi tug‘ish uchun hali to‘liq shakllanmagan
davrda tug‘ilishlar soni kamayib ketgan. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari 35-39, 40-44 va
45-49 yoshlarda ham ancha katta hajmda kamaygan. Bu oilada bolalar sonini
cheklash tendensiyasining keng tarqalib borayotganligi tasdiqlaydi.
Umuman, demografiyada demografik o‘tish davri degan tushuncha bor.
Aholi takror barpo bo‘lishining bir turdagi sifat va miqdoriy mazmun-mohiyatidan
ikkinchi turiga o‘tishi demografik o‘tish davri deyiladi. Unga ba’zi tadqiqotchilar
demografik inqilob deb ham nom berganlar.
Dunyodagi turli xalqlar demografik o‘tish davrini turli davrlarda boshidan
kechirganlar. Demografik o‘tish davrini turli tadqiqotchilar turlicha bosqichlarga
bo‘ladilar. Eng ko‘p uchraydigani BMT mutaxassislari tomonidan uzoq muddatli
bashoratni tuzishda qo‘llanilgan to‘rt bosqichli davr hisoblanadi. Unga ko‘ra
demografik o‘tish davri 4 bosqichni bosib o‘tadi.
- birinchi bosqichda o‘lim koeffitsienti tug‘ilish koeffitsientiga qaraganda
tezroq pasayib boradi, binobarin tabiiy o‘sish yuqori sur’atlarda o‘sib borib, eng
yuqori nuqtasiga etadi;
- ikkinchi bosqichda tug‘ilish koeffitsienti o‘lim koeffitsientiga qaraganda
tezroq pasayadi, va bu o‘lim koeffitsienti eng minimal nuqtaga pasayguncha
davom etadi;
- uchinchi bosqichda tug‘ilish koeffitsientining pasayishi juda past
sur’atlarga tushadi, o‘lim koeffitsienti esa shu vaqtning o‘zida osha boshlaydi;
- va nihoyat, to‘rtinchi bosqichda tug‘ilish koeffitsienti oddiy takror barpo
bo‘lishi darajasigacha pasayadi, o‘lim koeffitsienti esa oshib boradi va aholi soni
kamaya boshlaydi16.
Demografik o‘tish davrining o‘lim darajasi pasayishi bilan boshlanishi
modernizatsiya tufayli yuzaga keladigan turmush darajasining oshishi, tibbiyotning
rivojlanishi, jamiyatning sanitar holati yaxshilanishi bilan yuz beradi. Turmush
sharoitlarining yaxshilanishi bilan o‘lim darajasi tezda pasayib boradi.
Tug‘ilishning pasayishi uchun esa, jamiyatni tartibga soladigan qoidalar tizimining
tubdan o‘zgarishi zarur bo‘ladi. CHunki, diniy qoidalar, oila an’analari va h.k.
16 Вишневский А.Г. Демографическая революция. М., 1976, с.240.
o‘zgarishi ancha qiyin bo‘lgani sababli tug‘ilishning pasayishi o‘limning
qisqarishiga qaraganda ancha kech yuz beradi.17
Demografik o‘tish davri – hamma mamlakatlar va halqlar bosib o‘tishi zarur
bo‘lgan demografik rivojlanishning yagona yo‘lidir. Ijtimoiy xayotning o‘sib
borayotgan baynalminallashuvi, iqtisodiy aloqalarning kundan-kunga kuchayib
borishi, axborotlar almashinuvi, madaniyatlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri va
boshqa shu kabi jarayonlar dunyoning deyarli barcha aholisini, shu jumladan, eng
qoloq mamlakatlarni ham o‘z ta’siriga tortib olmoqda.
Demografik o‘tish davriga birinchi bo‘lib Evropa xalqlari o‘tgan asrning
o‘rtalarida kirib kelganlar. Ular asta-sekin birinchi va ikkinchi bosqichlarni bosib
o‘ta boshladilar. Masalan, 1960 yilda, tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (15-49
yoshdagi har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni) Germaniyada 2,37 ni,
Buyuk Britaniyada 2,72 ni, Fransiyada 2,73 ni tashkil qilgan18. Lekin 1980-
yillarga kelib ular uchinchi bosqichni bosib o‘tib, to‘rtinchi bosqichga – ya’ni,
tug‘ilish koeffitsientining oddiy takror barpo bo‘lishi darajasigacha pasayishi,
o‘lim koeffitsienti esa oshib borishi va aholi soni kamayib borishi holatigacha etib
keldilar.
O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab O‘zbekistonda tug‘ilish darajasining
pasayib borishi davom etayotganligi shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz
aholisi rivojlanishida xozirgi vaqtda demografik o‘tish davrining ikkinchi
bosqichiga xos xususiyatlar namoyon bo‘layotganligini ko‘rsatadi.
2.1.3-jadval.
O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida tug‘ilishning yig‘indi
koeffitsienti o‘zgarishi dinamikasi*
15- 49 yoshdagi har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar
soni
17 Tompson W.S. Population // American Journal of Sociology. 1929. Vol. 34, № 6. Pp. 959-975. 18 Клупт М..А. Демография регионов Земли. – СПб.: Питер, 2008. с.18.
1996
yil
2000
yil
2005
yil
2011
yil
2013
yil
2013 yilda
1996 yilga
nisbatan
o‘zgarish, %
O‘zbekiston
Respublikasi
3,31 2,59 2,21 2,24 2,30 - 30,5
SHu jumladan:
Xorazm viloyati 3,06 2,66 2,09 2,01 2,08 - 31,9 *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘zbekistonda tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (15- 49 yoshdagi har bir
ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni) ham yildan-yilga pasayib bormoqda
(1.1.3-jadvalga qarang). Butun O‘zbekiston aholisida tug‘ilishning yig‘indi
koeffitsienti ko‘rsatkichlarining pasayish sur’atlari Quyi Amudaryo
mintaqasinikiga nisbatan yuqoridir.
O‘zbekiston va uning mintaqalarida tug‘ilganlarning navbati bo‘yicha
taqsimlanishini tahlil qilganimizda shunday xulosaga kelish imkonini beradiki,
yuqori navbatda tug‘ilgan farzandlarning soni tobora kamayib bormoqda. Xorazm
viloyati bo‘yicha 2011 yil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki oilada to‘rtinchi
farzandlarning tug‘ilishi – 57,5 foizga, beshinchi va undan yuqori navbatdagi
farzandlarniki – 90,0 foizga kamayib ketgan. Beshinchi va undan yuqori
navbatdagi farzandlarning tug‘ilishi ancha kam uchraydigan hodisa bo‘lib qoldi.
Kuzatilayotgan yirik miqyosli demografik o‘zgarishlarni turli ko‘rinishdagi
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy o‘zgarishlar (bozor munosabatlariga o‘tilishi,
shaharlashuv darajasining oshishi, aholi ma’lumotlilik darajasining oshib borishi,
ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan
bog‘lash zarur. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, demografik
o‘zgarishlarning barcha boshqa ijtimoiy o‘zgarishlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
nafaqat kishilar demografik ongining va demografik hulq-atvorining yangi
sharoitlarga moslashuvi bilan yuz beradi, balki sifat jihatdan yangi ijtimoiy
munosabatlarga, yangi turmush tarziga moslashuv amalga oshib boradi.
Tug‘ilishga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy omillar ichida avvalambor,
ayollarning jamiyatda tutgan o‘rnini aytib o‘tish kerak. Masalan, xozirgi kunda
Xorazm viloyati iqtisodiyotining korxona va tashkilotlarida band bo‘lgan
ayollarning hissasi 1997 yildagi 47,0 foizdan 2010 yilda 57,7 foizgacha oshgan.19
Ayollarning ijtimoiy mehnatda band bo‘lishi, albatta, tug‘ilish darajasining
kamayish tomon o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ayollarning jamiyatda tutgan o‘rnining tug‘ilish darajasiga ta’sirini band
bo‘lgan va band bo‘lmagan ayollar o‘rtasida tug‘ilish darajasini taqqoslash orqali
ham bilib olish mumkin. Fakat eng yosh paytlarda (20 yoshgacha) band
bo‘lmagan ayollarda tug‘ilish koeffitsienti bandlarnikiga nisbatan pastdir. Boshqa
hamma yoshlarda ulardagi tug‘ilish darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega.
Aholi moddiy va madaniy ehtiyojlarining qondirilish darajasi yana bir asosiy
ijtimoiy omillardan hisoblanadi. Ushbu ehtiyojlar qondirilishining oshishi ma’lum
bir sharoitlarda tug‘ilish darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kam bolalik
oilalar o‘z ehtiyojlarini qondirishi nuqtai nazaridan ko‘p bolalik oilalarga nisbatan
ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Ayollarning bandlik darajasi yuqoriligi natijasida ularning ijtimoiy hayotda
faolroq qatnashish hohishi bilan reproduktiv hohishi o‘rtasida bittasini tanlash
munosabati yuzaga chiqadi. Bunda ayollarning ma’lumotlilik darajasi ham muhim
o‘rin tutib, ijtimoiy hayotda faolroq qatnashish hohishi ustun chiqadi.
Tug‘ilishlar jadalligining pasayib borishi ommaviy ravishda kam bolalik
oilalarga o‘tish sababli yuz beradi. Oilada bolalar sonini ongli ravishda cheklash
qator ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va omillar tufayli paydo bo‘ladi. Ularning oilalar
reproduktiv hohishlariga ta’siri tug‘ilishning ijtimoiy-iqtisodiy omillaridan tashqari
madaniy-turmush omillaridan kelib chiqadigan hududiy xususiyatlarga ham egadir.
Tug‘ilish omillariga nisbatan shart-sharoitlarni, ya’ni qator omillarning ta’sir
ko‘rsatishiga olib keladigan muayyan ijtimoiy vaziyatlarni farq qilish kerak
19 Хоразм вилояти меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш бошқармаси маълумотлари.
bo‘ladi. Ularning ichida birinchi navbatda, shahar aholisining o‘sib borishini aytib
o‘tish kerak, u tug‘ilishning pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi. SHahar aholisining o‘sib
borishi tug‘ilish darajasiga o‘z-o‘zidan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki shaharga ko‘chib
o‘tish ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga, umumiy madaniyat darajasining va
sanitar-madaniy bilimlarining oshib borishiga olib keladi. Boshqacha aytganda,
shahar hayoti tarzi yuqorida tilga olgan omillarning ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi.
SHahar va qishloq aholisining tug‘ilish darajasidagi farqlar hozirgi paytda
ancha katta bo‘lib, Xorazm viloyatida shaharlarda tug‘ilish darajasi (har ming
kishiga) qishloqlar darajasining 72,3 foizini tashkil qilgan. Butun O‘zbekiston
bo‘yicha bu ko‘rsatkich ushbu yilda 76,0 foizni tashkil qildi. SHaharlarda tug‘ilish
darajasining qishloqlarga nisbatan past bo‘lishi shahar turmush tarzining o‘ziga
xosligi, ayollarning bandlik darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi. Tug‘ilishning
kamayishiga urbanizatsiya jarayonida individualizmning kuchayishi, moddiy va
madaniy ehtiyojlarning oshishi, an’anaviy jamiyat tomonidan belgilangan,
endilikda eskirgan ta’qiqlardan voz kechishni engillashtiradigan shahar xayotning
biqiqligi (anonimligi) imkoniyat yaratadi.
SHahar aholisining o‘sishi tug‘ilishning pasayishiga olib kelishi ayollar
o‘rtasida ongli onalikning keng tarqalishi bilan ham namoyon bo‘ladi. Binobarin,
bu erda tug‘ilishlar soniga ta’sir ko‘rsatadigan bevosita sabab tug‘ilishning oldini
olish vositalarini qo‘llashning keng tarqalganligi hisoblanadi.
Oilada bolalar sonini rejalashtirish hozirgi paytda nafaqat shaharlarda balki
qishloqlarda ham amalga oshirilmokda. Buni bizning 2007 yilda o‘tkazgan
sotsiologik tadqiqotlarimiz ham tasdiqladi (quyida ushbu tadqiqot natijalari batafsil
tahlil qilinadi). Mintaqaning qishloq tumanlarida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining
xozirgi davrdagi holatini 1.1.4-jadval ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan tumanlarga (Bog‘ot) nisbatan eng yuqori
bo‘lgan tumanda (Xonqa) ko‘rsatkich 18,6 foizga yuqoridir. Qishloq tumanlari
o‘rtasida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining farqlanishi birinchi navbatda aholi yosh
tarkiblarining turlichaligi sabablidir. Migratsiya saldosining turlicha bo‘lishi aholi
yosh tarkiblaridagi farqlarga olib kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy
va markaziy tumanlarining salbiy migratsiya saldosiga ega bo‘lishi va ko‘chib
yuruvchilarning asosiy qismi yoshlardan iborat bo‘lganligi sababli qishloq
tumanlari o‘rtasida tug‘ilish darajasidagi farqlarga olib kelgan.
Tug‘ilish darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadigan yana bir sabab,
nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30
yilga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollarning yoshi oshib borishi bilan
homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish
yoshining har qancha ko‘tarilishi ayollar tomonidan tug‘adigan bolalar soni
kamayishiga olib keladi.
Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin
iqtisodiy mustaqilligini oshirishga intilishi natijasida nikohga kirish yoshi ancha
ko‘tarildi. Agar, o‘tgan asrning 80-yillarida 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi
turmushga chiqqan bo‘lsa, xozirgi paytda bunday yoshda faqat 18 % qizlar
nikohga kiradilar.
2.1.4-jadval.
Xorazm viloyati qishloq tumanlarida demografik jarayonlar
ko‘rsatkichlarining farqlari, 2011 yil (promilleda)
Tug‘ilish darajasi
Past YUqori bo‘lmagan YUqori Juda yuqori
22,0 gacha 22,1-24,0 24,1-26,0 26,1dan yuqori
Bog‘ot; Urganch, SHovot,
YAngiariq,
YAngibozor,
Qo‘shko‘pir;
Gurlan, Xiva, Xonqa; Xazarasp;
O‘lim darajasi
4,0 gacha 4,0-5,0 5,0-6,0 6,0 dan yuqori
Bog‘ot; Urganch, Xiva,
Xonqa, SHovot;
YAngiariq, Xazorasp,
Qo‘shko‘pir;
Gurlan. YAngibozor
Jadval O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Ma’lumki onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlashda bolalar tug‘ilishi o‘rtasida
oraliqlar uzoqroq (3 va undan ko‘p yil) davr bo‘lishi tibbiyot nuqtai nazaridan
maqsadga muvofiqdir. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga
qaraganda tug‘ish davrida oraliq bir yildan kam bo‘lgan davrda dunyoga kelgan
bolalar ikki yil va undan ortiq oraliq bilan dunyoga kelgan bolalarga nisbatan
nimjon bo‘lib, ular o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlari ikki barobar ko‘p bo‘ladi.20
O‘zbekistonda tug‘ilish tendensiyalaridagi o‘zgarishlar tufayli tug‘ishlar soni
o‘rtasidagi oraliqlar yildan yilga oshib bormoqda. Masalan, 1990 yilda barcha
tug‘ishlarning 74,6 foizi ikki va undan ziyod yil oraliq bilan yuzaga kelgan bo‘lsa,
2010 yilga kelib bu ko‘rsatkich 95, 5 foizga etdi. Demak, ikki yildan kam oraliq
bilan tug‘ishlar juda kam uchraydigan holga aylandi.
2.2 Axoli ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar
Aholi ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar ichida tug‘ilish omillaridan tashqari
aholi o‘limi ko‘rsatkichlari ham muhim o‘rin tutadi. Tug‘ilish darajasi yildan-yilga
pasayib borayotgan bir sharoitda aholi o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarini
kamaytirishda ijobiy natijalarga erishish muhim o‘rin tutadi. Aholining turli
guruhlarida, shu jumladan, mintaqaviy jihatdan ham, kasallanish va o‘lim
ko‘rsatkichlaridagi farqlar nafaqat kishi organizmining xususiyatlariga, balki
ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillarga ham bog‘liqdir.
O‘lim darajasiga asosan to‘rt guruh omillar asosida ta’sir ko‘rsatadi:
1. Turmush darajasi, unga odamlarning mehnat sharoitlari va turmush tarzi,
daromadlar darajasi va uy-joy bilan ta’minlanganlik, yashash sharoitlari sifati,
xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanganligi, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlanish, aholi ehtiyojlarining qondirilishi darajasi kabilar kiritiladi.
2. Atrof-muhitning holati – atmosfera va ichimlik suvining ifloslanganlik
20 И.А.Мануилова «Планирование семьи и здоровье женщины» М:. 1988
darajasi, shovqinlar darajasi va h.k.
3. Sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanganligi, ya’ni sifatli tibbiy xizmat olish
imkoniyati, aholining sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi, davolashning
eng zamonaviy turlari keng tarqalganligi, tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish
sifati va h.k.
4. Aholining sanitar-gigienik madaniyati, ya’ni kishilarning o‘z sog‘lig‘iga
bo‘lgan munosabati, mehnat qilish va turmush tarzida gigienaga amal qilish, turli
zararli odatlarning uchrashi darajasi va h.k.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida aholi turmush farovonligini oshirib borish
bilan birgalikda uning salomatligini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Jumladan,
1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi» to‘g‘risidagi farmoni
sog‘liqni saqlashning zamonaviy tarkibiy tizimini shakllantirish, ayollar va bolalar
salomatligini muxofaza qilish tizimining sifatini tubdan oshirish, pediatriya va
tug‘ruq muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va
mustahkamlash, qishloq aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni
takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini
takomillashtirish, tibbiy xodimlarning malakasi va kasb mahoratini muttasil
oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, kabi chora tadbirlarni o‘z ichiga
olgan edi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sifat jiqatidan yangi, eng yuksak talablarga
javob beradigan va respublika hamda viloyatlar shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatish markazlarini o‘z ichiga olgan tibbiyot muassasalari tarmog‘i shakllandi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot
markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbob-uskunalari bilan
jixozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qishloq vrachlik
punktlarining soni 2000 yilga nisbatan 2 barobar ko‘payib, 3 ming 200 tadan oshdi.
Mana shunday sa’i-harakatlar natijasida, aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa,
bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Aholi o‘lim ko‘rsatkichlari o‘zgarib borishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 1991-
2013 yillar ichida umumiy o‘lim koeffitsienti (har ming kishiga o‘lganlar soni)
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,83 dan 4,93 gacha, ya’ni 27,1 foizga, Xorazm
viloyatida 5,92 dan 4,42 gacha (-25,2 foizga) kamaydi. Ushbu davrda butun
O‘zbekiston bo‘yicha mazkur ko‘rsatkichlar, mos ravishda, 6,25, 4,85 va – 22,6
foizni tashkil qildi (2.2.1-jadval). Qoraqalpog‘istonda umumiy o‘lim
ko‘rsatkichlarining pasayish sur’atlari nisbatan yuqoriligi davr boshida (1991 yil)
uning ancha yuqoriligi va xozirgi kunga kelib, ekologik vaziyatning biroz
yaxshilanganligi bilan umumiy O‘zbekiston ko‘rsatkichlariga yaqinlashib
qolganligi bilan izohlanadi.
2.2.1-jadval.
O‘zbekistonda va Xorazm viloyatida 1991-2013 yillarda aholi o‘limi
darajasining o‘zgarishi dinamikasi*
Har ming aholiga o‘lganlar soni
1991
yil
2000
yil
2010
yil
2012
yil
2013
yil
2013 yilda
1991 yilga
nisbatan
o‘zgarish, %
O‘zbekiston
Respublikasi
6,25 5,50 4,84 4,93 4,85 - 22,6
SHu jumladan:
Xorazm viloyati 5,92 5,24 4,43 4,71 4,42 - 25,2 *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘lim ko‘rsatkichlarini sabablariga ko‘ra tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
O‘zbekistonda xozirgi paytda o‘lim sabablarining tarkibida yurak-qon tomir
kasalliklari, o‘simtalar, baxtsiz hodisalar, zaharlanishlar va jarohatlar eng oldingi
o‘rinda bo‘lib kelmoqda. Bu sabablar, yuqumli va oshqozon-ichak kasalliklariga
nisbatan ham kishilarning turmush tarzi, xulq-atvori va ruhiy holatiga bog‘liq
bo‘ladi.
Lekin o‘limga olib keluvchi sabablar tarkibida Quyi Amudaryo mintaqasida
yuqumli va parazitar kasalliklar, nafas olish organlari kasalliklari va havfli o‘sma
kasalliklari umumiy O‘zbekiston ko‘rsatkichlariga nisbatan ham ancha yuqoriligi
bilan ajralib turadi (2.2.2-jadval). Masalan, Qoraqalpog‘istonda aholining bronxial
astma bilan kasallanishi intensivligi ko‘rsatkichi 66,7 ni tashkil qilib, bu butun
O‘zbekiston darajasidan ikki barobar yuqoridir.21 Bu albatta, ekologik vaziyatning
og‘irligiga, va shu bilan birgalikda, aholining tibbiy-sanitar madaniyatiga ham
bog‘liqdir. Lekin, shuni alohida qayd etish kerakki, bu kasalliklardan o‘lim
ko‘rsatkichlari yildan-yilga kamayib bormoqda. Binobarin, butun O‘zbekiston
aholisining ham, Quyi Amudaryo mintaqasi aholisining ham sabablariga ko‘ra
o‘lim ko‘rsatkichlari rivojlangan mamlakatlar aholisining o‘lim ko‘rsatkichlari
tarkibiga o‘xshab bormoqda.
2.2.2-jadval.
Respublika va mintaqa aholisi o‘lim sabablarida kasalliklarning o‘rni (har
100 ming aholiga nisbatan)
O‘lim sabablari
O‘zbekiston Respublikasi
SHu jumladan: Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Xorazm viloyati
2000 y. 2011 y. 2000 y. 2011 y. 2000 y. 2011 y. 1. Jami vafot etganlar 548,0 509,7 559,6 530,0 520,0 463,6 2. YUqumli va
parazitar kasalliklar 20,7 14,7 44,5 26,1 14,3 8,0
3. Havfli o‘sma kasalliklari
39,1 36,1 40,1 40,8 29,9 28,8
4. Qon aylanish tizimi kasalliklari
288,5 297,7 180,9 211,8 291,4 314,9
5. Nafas olish tizimi kasallaiklari
63,5 36,7 120,1 45,5 77,4 31,8
6. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari
30,6 32,2 26,9 39,8 19,3 13,5
7. SHikastlanish va zaharlanishlar
43,2 34,7 41,0 33,4 26,2 22,0
8. Boshqalar 62,4 57,4 106,1 132,6 61,5 44,5 *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 21 Мамбетуллаева С.М., Камалова Г.Н., Атаджанова А.Д. Анализ влияния негативных экологических факторов на уровень заболеваемости населения в условиях Республики Каракалпакстан. Вестник Каракалпакского отделения Академии наук Республики Узбекистан. Нукус – «Илим»- 2011. № 1. с.41.
Bu mamlakatlarda aholi o‘limi sabablarida birinchi o‘rinda yurak-qon tomir
kasalliklari, keyingi o‘rinlarda o‘smalardan, baxtsiz hodisalar, zaharlanishlar va
jarohatlardan o‘lim sabablari turadi.
Umuman aytganda, har qanday biologik organizmning o‘limi ikki guruh
omillar ta’siri natijasidir: endogen omillar – organizm o‘z ichki rivojlanishi tufayli
yuzaga keladi, va ekzogen omillar – tashqi muhitning ta’sirida paydo bo‘ladi.
Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari endogen kelib chiqishga, yuqumli kasalliklar
ekzogen esa kelib chiqishga ega. O‘sma kasalliklarini ba’zi olimlar ekzogen kelib
chiqishga ega desa, ba’zilari endogen kelib chiqishga ega deydilar. Jamiyatning
rivojlanib borishi bilan ekzogen kelib chiqishga ega kasalliklar kamaytirilib, aholi
o‘limi asosan endogen kasalliklar tufayli yuz beradi.
Aholi o‘limi darajasining qishloq tumanlari bo‘yicha tahlili shuni
ko‘rsatadiki (2.1.3-jadval) mintaqada va Xorazm viloyati tumanlarida nisbatan
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi albatta ekologik holatning
ushbu hududlarda talabga javob bermasiligi bilan izohlanadi.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholining turmush farovonligini oshirib
borish, ularning sog‘lig‘ini saqlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Aholi
sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan dasturlar qabul qilinib, ular asosida tibbiyot
tizimini zamonaviy asbob uskunalar, bino-inshoatlar, sifatli dori-darmonlar va
malakali kadrlar bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Natijada aholining
kasallanishi va o‘lim hodisalari tobora kamayib bormoqda. Bunda ayniqsa, bolalar
va onalar o‘limini kamaytirishda katta muvafaqqiyatlarga erishildi.
«Sog‘lom ona – sog‘lom bola» dasturini izchil amalga oshirish asosida
sog‘lom avlodni voyaga etkazish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini
muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog‘liqni
saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq
masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini
kuchaytirish va yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun yanada qulay
shart-sharoitlar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilishga O‘zbekistonda davlat darajasida
katta e’tibor berib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida «Ekologiya va ayol», «Ayollar
mehnatini ijtimoiy himoyalash», «Sog‘lom avlod – sog‘lom jamiyat asosidir»,
«YAngi tug‘ilgan bolalarda va homilador ayollarda tug‘ma va boshqa kasalliklarni
oldindan aniqlash bilan bolalikdan nogiron bo‘lib qoluvchilarning tug‘ilishini
oldini olish davlat tizimini – «Ona va bola skriningni (o‘rganish)» tashkil qilish
to‘g‘risida», «O‘sib borayotgan avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini hal qilish
to‘g‘risida»gi xukumat darajasida qabul qilingan dasturlar bunga misol bo‘ladi.
Keyingi yillarning o‘zida ona va bola salomatligini muhofaza etish bo‘yicha
katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2009 yil 13 aprelda “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni
shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2009 yil 1
iyulida “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash,
sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazish
borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari bu sohada amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
ishlarning yo‘nalishini belgilab berdi.
Millatning salomatligi ko‘p jihat inson hayotining dastlabki davri bilan
bog‘liqdir. O‘z navbatida, bolalar salomatligini asosiy qismi onalar sog‘lig‘iga,
organizmning tug‘ilishgacha va tug‘ilishdan keyingi davrlardagi rivojlanishi,
hamda bola hayotining birinchi yilida beriladigan tibbiy yordamning sifatiga ham
bog‘liqdir.
Go‘daklar o‘limi koeffitsienti hududning ijtimoiy-iqtisodiy darajasini va
binobarin, butun aholining hayot darajasi qandayligini belgilab beruvchi
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
2.2.3-jadval.
O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2010 yillarda
go‘daklar o‘limi darajasining o‘zgarishi dinamikasi* Har ming tug‘ilgan bolaga o‘lganlar soni
1991 1995
2000
2005
2010
2013
2013 yilda 1991 yilga nisbatan
yil yil yil yil yil yil
o‘zgarish, %
O‘zbekiston Respublikasi
35,5 26,0 18,9 14,9 11,0 9,8
3,6 barobarga kamaygan
shu jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi
51,2 30,5 20,5 17,4 11,8 11,0
4,7 barobarga kamaygan
Xorazm viloyati 38,9 23,2 24,6 16,3 12,0 11,2
3,5 barobarga kamaygan
*Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Keyingi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida
go‘daklar o‘limi koeffitsienti (har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolaga 1 yoshgacha
bo‘lgan davrda o‘lganlar soni) 1991 yildagi 35,5 dan 11,0 gacha, ya’ni 3,2
barobarga kamaygan. Xorazm viloyatida ham umumrespublika ko‘rsatkichlariga
mos ravishda go‘daklar o‘limi kamayishi yuz bergan. Qoraqalpog‘iston
Respublikasida esa bu ko‘rsatkichning ancha yuqori darajada kamayishiga
erishildi. Bu erda 1991 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdan (51,2) 2010 yilgacha
(11,8) 4,3 barobargacha kamayish yuz bergan (2.2.3-jadvalga qarang). Onalar
o‘limi ushbu davrda ikki barobarga kamaygan.
Albatta, go‘daklarda o‘lim ko‘rsatkichlari pasayishi sur’atlari boshqa yosh
guruhlariga nisbatan yuqori bo‘lishi, ilgari bolalar o‘limi asosan ekzogen
mohiyatga ega bo‘lishi bilan, yoshi kattalashib borishi bilan esa, bartaraf qilinishi
qiyin bo‘lgan endogen omillarning ahamiyati oshib borishi bilan bog‘liqdir. SHuni
ham aytib o‘tish kerakki, bolalarning yoshida ta’sir ko‘rsatadigan ekzogen
omillarni aniqlash va bartaraf qilish ancha oson ekan, yuqori yoshlarda ular
endogen omillar ta’siri bilan birlashib ketgani uchun bartaraf qilish qiyin bo‘ladi.
Quyi Amudaryo mintaqasida go‘daklar o‘limini sabablariga ko‘ra (butun
O‘zbekiston ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab) o‘rganganimizda, shu narsa ayon
bo‘ldiki, go‘daklar o‘limiga sabab bo‘luvchi, ekzogen kelib chiqishga ega bo‘lgan
yuqumli va parazitar kasalliklar hamda nafas olish a’zolari kasalliklaridan o‘lim
koeffitsienti 12,5 barobardan (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) to 90
barobargacha (Xorazm viloyatida) kamaygan. YAna bir shunday ekzogen kelib
chiqishga ega bo‘lgan - nafas olish a’zolari kasalliklaridan go‘daklar o‘limi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 28,3 foizga, Xorazm viloyatida 23,8 foizga
kamaytirishga erishildi.
2.2.4-jadval.
O‘zbekiston va Quyi Amudaryo mintaqasida ma’lum sabablarga ko‘ra
go‘daklar o‘limi koeffitsienti (har 10 000 tug‘ilgan bolaga)* Uzbekiston
Respublikasi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Xorazm viloyati 1996 2000 2005 1996 2000 2005 1996 2000 2005 YUqumli va parazitar kasalliklardan 28,0 11,6 6,7 25,1 10,2 2,0 27,3 9,6 0,3 Nafas olish organlari kasalliklaridan
128,1
88,6
69,1
148,7
112,0 106,6 124,6 123,0
94,9
Ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan 0,7 0,8 1,1 1,4 1,7 0,9 0,6 0,3 0,6 Tug‘ma nuqsonlardan 12,8 14,9 10,9 6,7 8,9 10,2 27,9 30,6 11,1 Perinatal davrda sodir bo‘lgan holatlardan 53,9 62,3 53,1 74,9 56,7 48,8 46,8 79,7 54,8 Baxtsiz xodisalar, zaharlanish va jarohatlardan 8,5 5,6 4,1 3,3 4,4 1,8 0,9 0,6 0,6
* A.Sadullaev. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch 2014.
104 b. SHu bilan birgalikda, go‘daklar o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida
perinatal holatlardan o‘lim yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Buni ayniqsa, bizda
oxirgi yillarning ma’lumotlari bo‘lgan butun O‘zbekiston bo‘yicha go‘daklar
o‘limini sabablariga ko‘ra tahlil qilganimizda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi
paytda (2010 yilda) go‘daklar o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida perinatal
davrda sodir bo‘lgan holatlardan o‘lim eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Go‘daklar
o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida ilgari eng oldingi o‘rinda turgan nafas olish
a’zolari kasalliklaridan (bu esa ekologik vaziyatning yaxshi emasligi, tibbiyot
tizimining rivojlanishidagi kamchiliklar, aholi tibbiy madaniyatini pastligi tufayli
yuz bergan) o‘limning 2,5 barobarga yaqin kamaytirilishi yuqoridagi jarayonlarni
yaxshilashda erishilgan yutuqlar natijasi bo‘ldi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqumli yoki oshqozon-ichak kasalliklariga
sabab bo‘ladigan ekzogen omillardan bolalar o‘limi juda kam hisoblanadi. Ular
yuqumli kasalliklardan o‘limni kamaytirishga asosan sog‘liqni saqlash sohasining
maqsadli sa’i-harakatlari, yuqori sifatli dori-darmonlarni yaratish va boshqalar
hisobiga erishgan bo‘lsalar, oshkozon-ichak kasalliklari yoki shamollash
kasalliklariga qarshi kurash ancha murakkab kechgan, chunki bu hayotning barcha
sharoitlarini o‘zgartirishni, aholi sanitar madaniyati yuqori bo‘lishini talab etardi.
Perinatal davrda sodir bo‘lgan holatlardan o‘lim endogen kelib chiqishga ega
bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarda ham go‘daklar o‘limida eng oldingi o‘rinda
turadi.
Onalar va bolalar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishda mamlakatda
turmush darajasini oshirish, tibbiyot xizmatlari bilan ta’minlashni kengaytirish,
oilani rejalashtirish bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish, tug‘ruq
davridagi sog‘liqni, hamda ona va bola sog‘lig‘ini yaxshilash chora-tadbirlari
muhim o‘rin tutadi. Binobarin, go‘daklar o‘rtasida perinatal davrda sodir
bo‘ladigan holatlardan o‘lim darajasini kamaytirishda, bizning fikrimizcha,
homilador ayollarda anemiya kasalligini va vaqtidan oldin tug‘ilishlarning oldini
olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
2.2.5-jadval.
Xorazm viloyatida o‘lganlarning yoshi va jinsi bo‘yicha taqsimlanishi koeffitsienti, 2011 y., shu yoshdagi har ming aholiga o‘lganlar
soni* YOshlari Erkaklar ayollar Jami aholi
0-4 4,1 3,1 3,6 5-9 0,4 0,4 0,4
10-14 0,3 0,4 0,4 15-19 0,5 0,4 0,4 20-24 0,8 0,7 0,8 25-29 1,3 0,8 1,1 30-34 1,8 0,9 1,3 35-39 2,2 1,3 1,8 40-44 4,0 2,0 2,9 45-49 5,0 3,0 4,0 50-54 8,1 5,0 6,5 55-59 14,4 9,1 11,6 60-69 29,1 20,9 24,9 70-79 68,8 57,8 62,8 80-84 143,1 114,2 125,9
85 va undan katta 141,8 127,4 131,4 Jami 4,7 4,2 4,5
SHu jumladan: mehnatga yaroqli yoshda
2,7 1,4 2,1
* A.Sadullaev. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch 2014.
107 b.
YAna shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, bolalar sog‘lig‘ining yaxshilanishiga va
go‘daklar o‘limining qisqarishiga tug‘ruq yoshidagi ayollar va bolalarni
sog‘lomlashtirish bo‘yicha majmuaviy tadbirlar, homilador va tug‘ayotgan
ayollarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza
qilish xizmati bilan ta’minlash va uning sifatini yaxshilash, kontratseptiv
vositalarning zamonaviy turlari bilan ta’minlashni yaxshilash, bolalarni tug‘ish
sonlari o‘rtasidagi davrni uzaytirishni targ‘ibot qilish kabi jarayonlar ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillarida mintaqaning demografik rivojlanishi xususiyatlarini
o‘rganib chiqish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
- mamlakatimizda aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan,
yillik o‘sish sur’atlari pasaymoqda. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi
Quyi Amudaryo mintaqasi hududlarida ham namoyon bo‘lib bordi;
- aholi soni o‘sib borish sur’atlarining nafaqat Quyi Amudaryo mintaqasida
balki butun O‘zbekiston miqyosida kamayib borishi birinchi navbatda tug‘ilish
ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining
pasayishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda;
- tug‘ilish darajasining pasayib borishi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy
o‘zgarishlar (bozor munosabatlariga o‘tilishi, shaharlashuv darajasining oshishi,
aholi ma’lumotlilik darajasining oshib borishi, ayollarning ijtimoiy ishlab
chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan bog‘liqdir;
- mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash borasidagi sa’i-harakatlar natijasida
aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta
muvaffaqiyatlarga erishildi;
- ekologiyaning yomonlashuvi tufayli o‘limga olib keluvchi sabablar
tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqumli va parazitar kasalliklar, nafas
olish organlari kasalliklari va havfli o‘sma kasalliklari umumiy O‘zbekiston
ko‘rsatkichlariga, shu jumladan Xorazm viloyati ko‘rsatkichlariga nisbatan ham
ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi;
- mintaqada, xuddi butun O‘zbekistondagi kabi, mustaqillik yillarida
go‘daklar o‘limi koeffitsienti 3 - 4 barobarga kamaygan. Go‘daklar o‘limiga olib
keluvchi sabablar ichida perinatal holatlardan o‘lim yuqori darajada saqlanib
qolmoqda.
- onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish,
profilaktikaga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy
xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish mustaqillik yillarida O‘zbekiston
demografik siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari bo‘ldi.
2.3 Viloyatda demografik rivojlanish istiqbollari
Demograflar va statistlarning hisob - kitobiga qaraganda, aholining tabiiy
o‘sish ko‘rsatkichi hozirgi kattalikda saqlanib qolsa 2040 yilga kelib O‘zbekiston
aholisi 50 mln. kishini tashkil qiladi. YUqori raqamli o‘sish ko‘rsatkichi, umumiy
o‘lim ko‘rsatkichi, go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi past bo‘lganda ijobiy hisoblanadi.
Aholi tabiiy o‘sishining pasayib ketishi barcha holatlarda ham jamiyat
taraqqiyotining aniq noxushliklaridan dalolat beradi. YUqoridagilardan kelib
chiqqan holda, O‘zbekiston aholisining tabiiy o‘sish jarayonini ijobiy holat deb
baholasa bo‘ladi, chunki bu jarayon umumiy o‘limning past ko‘rsatkichlari asosida
kechmoqda.
2.3.1-rasm. O‘zbekistonda onalar va go‘daklar o‘limi
Onalar o‘limi ko‘rsatkichi mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy omillari bilan bir
qatorda, jamiyatning an’analari va urf - odatlariga ham bog‘liqdir. Umuman
olganda, O‘zbekiston Respublikasida 1991 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davrda
onalar o‘limi ko‘rsatkichining darajasi 3,0 martadan ko‘proqqa kamaygan, ya’ni
65,3‰00 dan 21,2‰00 gacha. Go‘daklar o‘limi esa 34,6‰dan 9,1‰gacha yoki
3,5 barobarga kamaydi (2.3.1-rasm). (2.3.1-rasm). Onalar o‘limi (100 ming tirik
tug‘ilganlarga) va go‘daklar o‘limi (1000 tirik tug‘ilganlarga) dinamikasi 2013
yilning 11 oyida amalga oshirilgan ishlar natijasida onalar o‘limi ko‘rsatkichi har
100 ming tirik tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan 18,6 tashkil qildi, go‘daklar o‘limi
1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan 8,6 ga teng bo‘ldi.Onalar
o‘limining oldini olish va kamaytirish sog‘liqni saqlash tizimining etakchi
vazifasiga kiradi.SHu sababdan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash
Vazirligi tomonidan onalar kasalligi va o‘limining oldini olishga qaratilgan qator
chora tadbirlar ishlab chiqilgan.
Ular quyidagilardan iborat:
• reproduktiv salomatlikka oid barcha xizmat va ma’lumotlarni etkazish
yo‘llarini oilalar va shunga ehtiyoj sezuvchilar uchun yaxshilash;
• fertil yoshidagi barcha ayollarni tibbiy profilaktik ko‘riklarga jalb qilishni
kengaytirish va samarali davolash xizmatini yaratish;
• akusherlik - ginekologik xizmatni takomillashtirish;
• tuman shifoxonalarining moddiy - texnik bazasini va shifokorlar malakasini
yaxshilash choralarini amalga oshirish;
• jamoat tashkilotlari, nashriyot, radio va televideniyani jalb qilish yo‘li bilan
targ‘ibot va tashviqotni kuchaytirish, kontratsepsiyaning xavfsiz uslublari
haqida aholiga ma’lumot berishni kuchaytirish.
Oxirgi o‘n yilda onalar o‘limining sezilarli kamayishi, albatta mamlakat
miqyosida joriy qilingan dasturlarning natijasidir.Onalar o‘limi bilan bir qatorda 1
yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi (go‘daklar o‘limi) davlatning ijtimoiy - iqtisodiy
rivojlanishi va aholining tibbiy - biologik ravnaqini belgilovchi muhim indikatori
hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati sifatini belgilashda go‘daklar o‘limi
muhim o‘rin tutadi.
Go‘daklar o‘limining kamayishiga bolalar o‘limiga olib keluvchi
kasalliklarning kamayishi, respublikadagi tug‘ilish ko‘rsatkichining yaxshilanishi,
tug‘ruqlar orasidagi davrni uzaytirish, fertil yoshidagi ayollarning kontratsepsiya
vositalaridan foydalanishining ortishi va kasallikka chalingan, zaif bolalarning
tug‘ilish hollarini pasayishi kabi omillar sabab bo‘ladi.Oxirgi yillarda go‘daklar
o‘limining kamayishi yosh va yoshi katta bo‘lgan ayollar orasida tug‘ruqlar
sonining kamayganligi sababli yuz berdi. Optimal yoshda bo‘lgan ayollarda, ya’ni
20-30 yosh oralig‘idagi tug‘ruqlar salmog‘i 82,0- 85,0 % ni tashkil
etdi.O‘zbekistonda ayollarning kontratseptiv vositalar va usulari haqidagi
tushunchasini, ularning yoshi, ma’lumoti va millatidan qat’iy nazar yuqori deb
baholash mumkin. Ko‘plab ayollar kontratsepsiya vositalarini davlat sektori orqali
oladi: statsionarlar, ayollar maslahatxonalari, poliklinikalar va dorixonalar orqali.
Fertil yoshidagi ayollarning kontratsepsiya vositalarini qo‘llashiga nisbatan
bo‘lgan ijobiy munosabatini quyidagi omillar belgilaydi:
• Farzand tug‘ilishini bir qancha kechroq muddatga qoldirish istagi;
• Ikkita yoki uchta farzand bilan cheklanish istagi;
• Farzandlar soni bir necha bo‘lganda tug‘ish faoliyatini to‘xtatish istagi.
Oila reproduktiv salomatligi bo‘yicha olib borilgan ishlarning asosiy natijasi
onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichining kamayishidir.
O‘zbekiston Respublikasida bolaning salomatligi haqida qayg‘urish uning
tug‘ilishidan ancha oldin boshlanadi. Har bir oilada sog‘lom bola tug‘ilishini
ta’minlash maqsadida bo‘lg‘usi ona - qizlar va o‘smir qizlar salomatligini
mustahkamlashga katta e’tibor beriladi. Bunda erta nikohlarning oldini olish,
oilada bola tug‘ilishini ongli nazorat qilish, reproduktiv salomatlik masalalariga
erkaklarni jalb qilish oilaning barkamol ravishda demografik rivojlanishi va uning
tibbiy - biologik holatini yaxshilashga qaratilgan chora - tadbirlarga alohida e’tibor
beriladi. Aholi orasida jamoatchilikning keng doiralari va diniy tashkilotlar,
hokimyatlar va Respublikaning mahalliy boshqaruv organlari bilan o‘tkazilgan
tibbiy - tashkiliy va targ‘ibot ishlari natijasida erta yoshdagi va qarindosh - urug‘lar
orasidagi nikohlarning qayd qilinishi, katta yoshdagi ayollar orasida tug‘ruqlar
kamayib, har bir tug‘ruqlar orasidagi davr uzaydi. Bularning hammasi reproduktiv
yoshdagi ayollar salomatligining yaxshilanishida aks etdi, umuman mamlakat
bo‘yicha va uning mintaqalarida onalar va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlarining
kamayishiga olib keldi .SHunday qilib, biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri
bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida izchil islohotlar amalga
oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Prezidentimiz va
davlatimiz tomonidan sog‘lom avlodni dunyoga keltirish hamda o‘sib kelayotgan
yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol etib tarbiyalash uchun barcha shart
sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bolalikdan nogironlikning oldini olish maqsadida Respublika skrining
markazlarida nasliy va tug‘ma kasalliklarga chalinish xavfli guruxga kirayotgan
227 ming homiladorlar tibbiy-genetik tekshiruvdan o‘tkazildi. Tug‘ma gipotireoz
va fenilketonuriyaga 553 ming chaqaloq tekshirildi. Nerv nayi nuqsoni va AFP/XG
xromosomalarning sindromlari kasalliklariga chalinish xavfli guruhga kiradigan 45
mingdan ortiq homilador ayol biokimyoviy skrining tekshiruvidan o‘tkazilib,
ulardan 3916 nafarida homila nerv nayi nuqsoni va xromosomalarning kasalliklari
aniqlanganligi sababli xomiladorligi to‘xtatildi va nogiron bolalar tug‘ilishi oldi
olindi.Istalmagan homiladorlikni oldini olish maqsadida ekstragenital kasalligi
aniqlangan 1 mln. 760 mingdan ziyod tug‘ish yoshidagi ayollar zamonaviy
kontratseptiv vositalar bilan qamrab olindi.
Tug‘ma va tranzitor gipotireoz bilan xastalangan bolalar va xomilador ayollar
uchun 3600 o‘ram “L-tiroksin-100”, fenilketonuriya bilan kasallangan bolalarga
6146 banka shifobaxsh ovqat maxsulotlari tarqatildi.
“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida respublikaning
olis hududlarida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida 193 ming aholi
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va
resurslardan samarali foydalanish maqsadida JSSTning zamonaviy klinik
standartlari va texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan onalar va go‘daklar o‘limini
kamaytirish, antenatal parvarishni takomillashtirish mavzusida 5864 nafar akusher-
ginekolog, neonatolog va pediatrlar YUNFPA ko‘magida o‘qitildi. Tug‘ish
yoshdagi ayollar, shuningdek, bolalar va o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
to‘liq ta’minlandi. 2011 - 2013 yillarda 535 ming nafar homilador ayol irsiy va
tug‘ma kasalliklar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu 2013 yilda qariyb 2,7 ming
bolaning tug‘ma xastaliklar va rivojlanishdagi nuqsonlar bilan tug‘ilishini oldini
olish imkonini berdi. Muxtasar aytganda, “Ona va bola skriningi” dasturining
hayotga tadbiq etilishi natijasida rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning tug‘ilishi
2000 yilga nisbatan 1,8 marta kamaydi (I.Karimov).Respublikada 12 marotaba
«Fertil yoshdagi ayollar, bolalar va o‘smir-qizlarni sog‘lomlashtirish haftaligi»
o‘tkazilib, 793 nafar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan hududlarda 143
ming tug‘ish yoshidagi ayollar va 100 ming o‘smir yoshdagi qizlar va bolalar
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 2013 yil davomida jami 7 mln. 190 ming tug‘ish
yoshidagi ayollar va 7 mln. 290 ming bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi,
ayollarning 40,9% foizida va bolalarning 38,1% foizida sog‘lomlashtirish ishlari
olib borildi.
Vitamin A tanqisligini profilaktika qilish maqsadida joriy yilda o‘tkaziladigan
“Sog‘lom bola xaftasi”da respublikaning barcha xududlarida 5 yoshgacha bo‘lgan
bolalar orasida vitamin A saplementatsiyasining 20 va 21-turlarini o‘tkazish
uchun YUNISEF tomonidan 11 ming 286 flakon vitamin A preparati muruvvat
yo‘li bilan olib kelindi va joylarga etkazilmoqda. Mamlakatimizdagi har bir ota
ona, butun halqimizning ezgu orzusi bo‘lmish har tomonlama sog‘lom naslni
voyaga etkazishda “Sog‘lom ona sog‘lom bola” dasturi doirasida barcha
xududlarimizda biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan perinatal va skrining hamda
reproduktiv salomatlik markazlarining zamonaviy tizimi yaratilganligi soha
rivojida alohida yorqin sahifa bo‘ldi. SHu o‘rinda mamlakatimizda tibbiyot
sohasida izchil o‘tkazilayotgan islohotlarning miqyosi va ko‘lami, darajasi hamda
mohiyatini tasavvur qilish uchun quyidagi raqamlarga e’tibor qarataylik. 2013
yilda yurtimizda mutlaqo sog‘lom bolalar tug‘ilishi 63 foizdan oshdi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan
islohotlarning amalga oshirilishi natijasida aholining turmush farovonligi ko‘tarilib
bormoqda. Turmush farovonligining eng asosiy ko‘rstakichlaridan hisoblangan
aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar natijasida
mamlakatimiz demografik rivojlanishida ijobiy tendensiyalar namoyon
bo‘lmoqda. Binobarin, tug‘ilish jarayonining sifatiy ko‘rsatkichlari tubdan
yaxshilandi, onalar va bolalar sog‘lig‘i mustahkamlandi, aholining umumiy o‘lim
ko‘rsatkichlari past darajada saqlanib kelmoqda, go‘daklar o‘limi 3,5 barobarga
qisqardi. Mamlakatimizning keyingi rivojlanish davrida ham aholi salomatligiga
bo‘lgan e’tibor saqlanib qoladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada
mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi
Davlat dasturi to‘g‘risida” qabul qilingan qarori yaqin istiqbolda demografik
jarayonlar kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy sohada yuz
berayotgan ijobiy o‘zgarishlar aholi soni va tarkibining holatiga ham ta’sir
ko‘rsatmasdan qolmadi. Ushbu yillarda mamlakat aholisi 20,6 mln kishidan 30,5
mln kishigacha ya’ni, 148,1 foizga ko‘paydi. Xorazm viloyati aholisi esa 1066,0
ming kishidan 1684,1 ming kishigacha (158,0 foizga) ko‘paydi. Mamlakatimizda
aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan, yillik o‘sish sur’atlari
pasaymoqda. Agar, 1991 yilda yillik o‘sish 2,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2013
yilda faqat 1,6 foizga teng bo‘ldi. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi
Xorazm viloyatida ham namoyon bo‘lib, u 3,1 dan 1,8 foizgacha pasaydi.
Aholining yillik o‘sish sur’atlari Xorazm viloyatida ushbu davrda 41,9 foizga
kamaygan. Viloyat demografik rivojlanishining istiqbollarini taxlil qilishni biz
demografik bashorat yordamida amalga oshirishga harakat qildik. Demografik
bashoratning asosiy maqsadi mamlakatning, ayrim mintaqalarning va aholi
punktlarining (shaharlar va qishloqlar) aholisini kelajakdagi sonini va yosh-jins
tarkibini baholab berish hisoblanadi. Bunday ma’lumotlarni hisobga olmasdan
butun jamiyatning yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari rivojlanishini ijtimoiy –
iqtisodiy jihatdan belgilab olish yoki bashorat qilish mumkin emas.
Xorazm viloyatida yaqin 15 yil ichida, ya’ni 2030 yilgacha aholi soni qanday
sur’atlarda ko‘payib borishi, unga ta’sir qiluvchi demografik jarayonlar: tug‘ilish,
umumiy o‘lim va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarib borishini
aniqlashda men demografik bashoratning ekstrapolyasiya usulidan foydalandim.
ekstrapolyasiya usuli bashorat davrida bevosita yaqin yillarda yuz bergan
demografik jarayonlar tendensiyasi saqlanishi va rivojlanishini ehtimol tutadi.
Bashorat ssenariysi ham, aynan mana shunga, ya’ni kuzatilayotgpn tendensiyalar
yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi degan gepotezaga asoslanadi. CHunki butun
demografik tarix tomonidan shu narsa tasdiqlanganki, demografik jarayonlar
yuqori inersiyaga ega hisoblanadi.Ushbu bitiruv malakaviy ishimda men Viloyat
demografik rivojlanishi bashoratining umumiy natijalari to‘g‘risida gapirib
o‘taman. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar demografik
rivojlanishidagi ijobiy tendensiyalarning saqlanib qolishi ehtimolligi yuqoriligini
belgilab beradi. YAqin istiqbolda aholi sonining o‘sish sur’atlari pasayish
tendensiyasi davom qiladi, ya’ni xozirgi 1,8 foizlik yillik o‘sish sur’atlari sekin
asta pasayib bashorat davrining oxiriga borib 1,2-1,3 foizga tushadi. Mintaqada
aholi soni o‘sib borish sur’atlarining pasayib borishi birinchi navbatda tug‘ilish
ko‘rsatkichlarining qisqarishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining
qisqarishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda.
Masalan, 1991 yilda butun O‘zbekiston bo‘yicha har ming aholiga 34,68 ta
tug‘ilish qayd qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich xozirgi kunga kelib (2013 yil) 25,47
tagacha pasaydi, pasayish darajasi ushbu davrda -26,6 foizni tashkil qildi.
Tug‘ilishning pasayish tendensiyasi Xorazm viloyatida ancha yaqqolroq namoyon
bo‘lib, u ushbu davrda – 37,0 foizga (36,05 dan 22,71 promillegacha) kamayganini
ko‘rishimiz mumkin buldi. Viloyatda tug‘ilish darajasining pasayib borishi
tendensiyasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, istiqbolda ham bu tendensiyaning
davom etishi ehtimolligi juda yuqoridir. Tug‘ilishning umumiy darajasi, ya’ni har
ming aholiga tug‘ilganlar soni 2013 yildagi 22,3 promilledan 2030 yilga borib 16,0
promillegacha pasayadi. Tug‘ilish darajasining pasayib borishi, birinchi navbatda
aholi o‘rtasida oilada bolalar sonini rejalashtirish tendensiyasining keng tarqalib
borayotganligi bilan bog‘liqdir. Xozirgi kunda viloyat aholisi, xuddi
respublikamizda bo‘lganidek kam bolalik oilalarni ma’kul ko‘radigan davrga etib
keldi. Ushbu jarayonning yuz berayotganligini bizning viloyatda o‘tkazgan
sotsiologik tadqiqotlarimiz (2007-2008 y.) xam yaqqol tasdiqlab bergandi. Ayollar
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, aholi o‘rtasida oilada bolalar
sonini rejalashtirish fikri to‘liq shakllangan. Buning uchun ular xohlamagan
homiladorlikdan saqlanish vositalarini ham bilishadi va keng qo‘llaydilar. Ayollar
ko‘p bola tug‘ilishining va ular o‘rtasidagi oraliqlar qisqa bo‘lishi, o‘zlarining va
tug‘iladigan farzandlarining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham biladilar.
Ular xatto, farzandlariga o‘zlariga nisbatan kam farzandlar ko‘rishni maslahat
bergan bo‘larkanlar.
Viloyatda tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (15- 49 yoshdagi har bir ayolga
to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni) ham yildan-yilga pasayib bormoqda.
Tug‘ilganlarning navbati bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilish shunday xulosaga
kelish imkonini beradiki, yuqori navbatda tug‘ilgan farzandlarning soni tobora
kamayib bormoqda. Xorazm viloyatida 2011 yil ma’lumotlari bo‘yicha oilada
to‘rtinchi farzandlarning tug‘ilishi – 57,5 foizga, beshinchi va undan yuqori
navbatdagi farzandlarniki – 90,0 foizga kamayib ketgan. Beshinchi va undan
yuqori navbatdagi farzandlarning tug‘ilishi ancha kam uchraydigan hodisa bo‘lib
qoldi. Viloyatda xozirgi kunda tug‘ilishlarning asosiy qismi (70,8 foizi)
ayollarning 20-30 yoshlariga to‘g‘ri kelmoqda. eng asosiysi 20 yoshgacha bo‘lgan
davrda, ya’ni ayollarning organizmi tug‘ish uchun hali to‘liq shakllanmagan
davrda tug‘ishlar soni kamayib ketgan. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari 35-39, 40-44 va
45-49 yoshlarda ham ancha katta hajmda kamaygan. Bu oilada bolalar sonini
cheklash tendensiyasining keng tarqalib borayotganligi tasdiqlaydi.Ayollarning
jamiyatda tutgan o‘rni yildan-yilga oshib borayotganligi tug‘ilishga ta’sir
ko‘rsatadigan ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi.
Tug‘ilish darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatadigan yana bir omillardan
biri bu hududning shaharlashish darajasi, ya’ni urbanizatsiya ko‘rsatkichining
oshib borishi hisoblanadi. Qishloq joylarida qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq
bo‘lmagan sohalarning hissasi va ularda band bo‘ladiganlarning hissasi oshib
borishi shaharlashish jarayonini yanada tezlashtiradi. SHahar va qishloq
aholisining tug‘ilish darajasidagi farqlar hozirgi paytda ham ancha katta bo‘lib,
Xorazm viloyatida shaharlarda tug‘ilish darajasi (har ming kishiga) qishloqlar
darajasining 72,3 foizini tashkil qilgan. SHaharlarda tug‘ilish darajasining
qishloqlarga nisbatan past bo‘lishi shahar turmush tarzining o‘ziga xosligi,
ayollarning bandlik darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi.
Tug‘ilish darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadigan yana bir sabab,
nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30
yilga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollarning yoshi oshib borishi bilan
homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish
yoshining har qancha ko‘tarilishi ayollar tomonidan tug‘adigan bolalar soni
kamayishiga olib keladi.
Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin
iqtisodiy mustaqilligini oshirishga intilishi natijasida nikohga kirish yoshi ancha
ko‘tarildi. Agar, ilgari 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi turmushga chiqqan
bo‘lsa, xozirgi paytda bunday yoshda faqat 18 % qizlar nikohga kiradilar. Aholi
sonining o‘sishiga ta’sir ko‘satadigan asosiy omillardan biri, bu aholi o‘rtasida
o‘lim ko‘rsatkichlarining darajasidir. Bu jarayon aholining yosh tarkibi,
mamlakatda tibbiyotning rivojlanish darajasi, aholining tibbiy va sanitariya-gigiena
bilimlarining darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida aholi turmush farovonligini oshirib borish
bilan birgalikda uning salomatligini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Sog‘liqni
saqlashning zamonaviy tarkibiy tizimini shakllantirish, ayollar va bolalar
salomatligini muxofaza qilish tizimining sifatini tubdan oshirish, pediatriya va
tug‘ruq muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va
mustahkamlash, qishloq aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni
takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining malakasi va kasb mahoratini muttasil
oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash kabi chora tadbirlarning amalga
oshirilishi aholi salomatligini yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Mana shunday sa’i-harakatlar natijasida, aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar
o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Aholi o‘lim
ko‘rsatkichlari o‘zgarib borishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 1991-2010 yillar
ichida umumiy o‘lim koeffitsienti (har ming kishiga o‘lganlar soni) Xorazm
viloyatida 5,92 dan 4,43 gacha (-25,2 foizga) kamaydi.
Istiqbolda viloyatning demografik rivojlanishida aholi o‘rtasida o‘lim
ko‘rsatkichlarining barqaror past darajada saqlanib turishi davom etadi. Bu
ko‘rsatkich darajasi 2013 yilgi 4,4 promiledan (har ming kishiga o‘lganlar soni)
2030 yilga borib, deyarli shu darajada saqlanib qoladi, va 4,3 promilleni tashkil
qiladi. Umumiy o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishda mintaqa sharoitida ekologik
ahvolning tangligidan kelib chiqadigan kasalliklardan, ya’ni turli o‘smalar, ovqat
hazm qilish tizimi kasalliklari, buyrak kasalliklaridan o‘lim hodisalarini
kamaytirish muhim hisoblanadi. Tibbiyot tizimining zamonaviy diagnostika va
davolash uskunalar bilan qurollantirilishi, malakali tibbiyot xodimlarini bilan
ta’minlash, va ayniqsa aholining tibbiy madaniyati oshib borayotganligi ushbu
kasalliklarga qarshi kurashda ijobiy natijalarni berishi darkor. Millatning
salomatligi ko‘p jihat inson hayotining dastlabki davri bilan bog‘liqdir. O‘z
navbatida, bolalar salomatligini asosiy qismi onalar sog‘lig‘iga, organizmning
tug‘ilishgacha va tug‘ilishdan keyingi davrlardagi rivojlanishi, hamda bola
hayotining birinchi yilida beriladigan tibbiy yordamning sifatiga ham bog‘liqdir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekistonda demografik rivojlanishning xozirgi davrdagi tendensiyalarini
tadqiq qilish natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
1. Umumjahon jarayonlariga muvofiq rivojlanayotgan hozirgi
O‘zbekistonda, keyingi ikki o‘n yillikda demografik vaziyatda sezilarli miqdoriy
va sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Avvalombor, demografik o‘sish kamaydi, hozirgi
kunda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,1 - 1,6% ni tashkil qilmoqda, vaholanki,
bu ko‘rsatkich o‘tgan asrning 70 - yillarida 3,0-3,2% ni va 90 - yillar boshida 2,2 -
2,3% ni tashkil qilardi. Keyingi o‘n yilda respublikada tug‘ilishning yig‘indi
koeffitsienti dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lib kelmoqda (muvofiq
ravishda 2,3 va 2,5). O‘zbekiston aholisi kontratsepsiya vositalaridan foydalanish
darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga yaqinlashib qoldi.
Xuddi shunday vaziyat O‘zbekistonda ham yuz bermoqda. Keyingi 20 yilda
aholi o‘limi 6,2 promilledan 4,6 promillegacha pasaydi. Ayniqsa, aholining eng
kam ta’minlangan ijtimoiy demografik guruhlarida ijobiy siljishlar yuz berdi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda onalar o‘limi darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari
ichida eng past ko‘rsatkichga egadir.
Aholi o‘limining kamayib borishi hozirgi kunda O‘zbekistonda eng muhim
ijtimoiy - demografik ijobiy o‘zgarish hisoblanadi. Uning darajasi nafaqat
demografik vaziyatni holatini, balki davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi va
uning fuqarolarining sog‘lig‘i holatini belgilab beradi. Transformatsiya davrining
murakkab sharoitlariga qaramasdan, respublikada o‘lim darajasining izchil
kamayib borishi va aholi o‘rtacha umr ko‘rish darajasining oshib borishi
kuzatilmoqda. Go‘daklar, bolalar va onalar o‘limining kamayib borayotganligi
Harakat dasturida tanlangan milliy darajadagi faoliyatning ustivor yo‘nalishi
hisoblanadi. O‘zbekistonda u ijtimoiy siyosatning asosiy ustivorligi hisoblanib,
yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2-3 barobar qisqargan. SHu bilan birgalikda
Respublikada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib bormoqda (keyingi 20
yilda u 3,6 yoshga ko‘paydi).
2. O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi shuni
ko‘rsatadiki ko‘p bolalik deb hisoblanadigan 5-8 ta bolalik bo‘lgan oilalar ulushi
kamayib bormoqda, ularning hissasi xozirgi kunda 23,3 foizni tashkil qiladi (2008
yil), 3-4 bolalik oilalar esa 38, 1 foizni, 1-2 bolalik oilalar 36,5 foizni tashkil qiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilalar tarkibida yuz bergan
o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, nikohga kirganlar soni yildan yilga oshib
bormoqda. Nikohlarning mutloq soni oshib borayotganligiga qaramasdan, har
yuz ming aholiga nikohga kirganlar koeffitsienti bilan hisoblaydigan bo‘lsak,
nikoh koeffitsienti 1995 va 2000 yillarda kamayib,2005 yilga kelganda osha
boshlagan, va 2014 yilga kelib yana kamaygan. Buni aholi o‘rtasida tug‘ilish
darajasining o‘zgarib turishi, tug‘ilganlarning ma’lum yillardan keyin nikoh
yoshiga kirib kelishi bilan izohlash mumkin. 20g‘25 yil oldin tug‘ilish darajasi
yuqori bo‘lgan bo‘lsa, nikohga kiruvchilar soni ham oshib boradi va aksincha.
Keyingi yillardagi aholining migratsiya xarakatlari mazmuni shuni
ko‘rsatadiki (1.3.1-jadval), 2008 yildan boshlab ko‘chib yuruvchilar soni (ko‘chib
keluvchilar soni ham, ko‘chib ketuvchilar soni ham) yildan yilga kamayib bordi.
2013 yilda 2012 yilga nisbatan ko‘chib ketuvchilar soni 21,0 ming kishiga, ko‘chib
keluvchilar soni esa 14,7 ming kishiga kamaygan. Migratsiya saldosida ham
o‘zgarishlar yuz berib, 2005 yildagi – 101,6 ming kishi saldodan, 2013 yilda -
33,8 ming kishi saldogacha qisqargan.
O‘zbekiston Respublikasining tarkibiy qismi bo‘lgshan Xorazm viloyati
aholisining migratsiya xarakatlarida ham shunday tendensiya namoyon bo‘lmoqda.
Faqat, farq qiluvchi tomoni shundaki, ko‘chib keluvchilar soni 90-yillarga nisbatan
kamaygan bo‘lsada, 2005 yildan keyingi davrda viloyatga ko‘chib keluvchilar soni
5,7 ming kishidan 7,3 ming kishigacha ko‘paygan. Migratsiyaning minus saldosi
ham viloyat uchun kamayib bormoqda. Masalan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan
minus saldo – 2319 dan – 322 gacha kamaygan. Bu holat shu bilan izohlanadik,
xozirgi kunda ko‘chib yuruvchilarning ko‘pchiligi ishchi kuchi migrantlar
hisoblanib, mamlakat va viloyat iqtisodiyotida ishchi o‘rinlari ko‘plab
ochilayotganligi tufayli ilgari ish izlab MDH mamlakatlariga ko‘chib o‘tganlar, o‘z
yurtlarida ishlash uchun qaytmoqdalar.
4. Aholining salomatligini yaxshilash demografik vaziyatni qulaylashtirishning eng
muhim omillaridan hisoblanadi. Tug‘ilish darajasi barqarorlashib, va hatto pasayib
borayotgan bir sharoitda aholi o‘rtasida kasallanish va o‘lim hodisalarini
kamaytirish demografik rivojlanishning oqilona yo‘nalishiga imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizning demografik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
«Sog‘lom ona – sog‘lom bola» dasturini izchil amalga oshirish bilan sog‘lom
avlodni voyaga etkazish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza
qilish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom
bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi
o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish uchun yanada qulay
shart-sharoitlar yaratish mustaqillik yillarida O‘zbekiston demografik siyosatining
asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida mintaqaning demografik rivojlanishi xususiyatlarini
o‘rganib chiqish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
- mamlakatimizda aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan,
yillik o‘sish sur’atlari pasaymoqda. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi
Quyi Amudaryo mintaqasi hududlarida ham namoyon bo‘lib bordi;
- aholi soni o‘sib borish sur’atlarining nafaqat Quyi Amudaryo mintaqasida
balki butun O‘zbekiston miqyosida kamayib borishi birinchi navbatda tug‘ilish
ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining
pasayishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda;
- tug‘ilish darajasining pasayib borishi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy
o‘zgarishlar (bozor munosabatlariga o‘tilishi, shaharlashuv darajasining oshishi,
aholi ma’lumotlilik darajasining oshib borishi, ayollarning ijtimoiy ishlab
chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan bog‘liqdir;
- mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash borasidagi sa’i-harakatlar natijasida
aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta
muvaffaqiyatlarga erishildi;
- ekologiyaning yomonlashuvi tufayli o‘limga olib keluvchi sabablar
tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqumli va parazitar kasalliklar, nafas
olish organlari kasalliklari va havfli o‘sma kasalliklari umumiy O‘zbekiston
ko‘rsatkichlariga, shu jumladan Xorazm viloyati ko‘rsatkichlariga nisbatan ham
ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi;
- mintaqada, xuddi butun O‘zbekistondagi kabi, mustaqillik yillarida
go‘daklar o‘limi koeffitsienti 3 - 4 barobarga kamaygan. Go‘daklar o‘limiga olib
keluvchi sabablar ichida perinatal holatlardan o‘lim yuqori darajada saqlanib
qolmoqda.
- onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish,
profilaktikaga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy
xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish mustaqillik yillarida O‘zbekiston
demografik siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari bo‘ldi.
Xorazm viloyatida yaqin 15 yil ichida, ya’ni 2030 yilgacha aholi soni
qanday sur’atlarda ko‘payib borishi, unga ta’sir qiluvchi demografik jarayonlar:
tug‘ilish, umumiy o‘lim va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarib borishini
aniqlashda men demografik bashoratning ekstrapolyasiya usulidan foydalandim.
ekstrapolyasiya usuli bashorat davrida bevosita yaqin yillarda yuz bergan
demografik jarayonlar tendensiyasi saqlanishi va rivojlanishini ehtimol tutadi.
Bashorat ssenariysi ham, aynan mana shunga, ya’ni kuzatilayotgpn tendensiyalar
yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi degan gepotezaga asoslanadi. CHunki butun
demografik tarix tomonidan shu narsa tasdiqlanganki, demografik jarayonlar
yuqori inersiyaga ega hisoblanadi.Ushbu bitiruv malakaviy ishimda men Viloyat
demografik rivojlanishi bashoratining umumiy natijalari to‘g‘risida gapirib
o‘taman. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar demografik
rivojlanishidagi ijobiy tendensiyalarning saqlanib qolishi ehtimolligi yuqoriligini
belgilab beradi. YAqin istiqbolda aholi sonining o‘sish sur’atlari pasayish
tendensiyasi davom qiladi, ya’ni xozirgi 1,8 foizlik yillik o‘sish sur’atlari sekin
asta pasayib bashorat davrining oxiriga borib 1,2-1,3 foizga tushadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizni
2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
2. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yilningasosiy yakunlari va 2013 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimizda keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: “O‘qituvchi” NMIU. - 2013.
4. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995. - 264-b.
5. I.Karimov. “O‘zbekiston XX asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: “O‘zbekiston” 1997.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so‘zi, 2010 yil 22 sentyabr, 1-2-b.
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2010. – 40 b. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi // www.lex.uz 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 martdagi “Aholi
sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori // www.lex.uz.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 15 maydagi “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida” 97-sonli qarori // www.lex.uz.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 353-son qarori // www.lex.uz.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1999 yil 24 apreldagi “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomi // www.lex.uz
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi indikatorlarini har
chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 117-sonli qarori // www. lex.uz.
14. Ata-Mirzaev O.B. Narodonaselenie Uzbekistana: istoriya i sovremennost. Tashkent: Ijtimoiy fikr, 2009. – 209 s.
15. Djunaydullaev D.A. O‘zbekiston mintaqalarida aholi migrasiyasi va uni tartibga solishni takomillashtirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati. Toshkent, 2012. 24 b.
16. Klupt M..A. Demografiya regionov Zemli. – SPb.: Piter, 2008. s.18. 17. Mambetullaeva S.M., Kamalova G.N., Atadjanova A.D. Analiz vliyaniya
negativnyx ekologicheskix faktorov na uroven zabolevaemosti naseleniya v usloviyax Respubliki Karakalpakstan. Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. Nukus – «Ilim»- 2011. № 1. s.41.
18. Mo‘minov X.I. Buxoro viloyatida mehnat bozorini shakllantirish va uning faoliyatini rivojlantirish. – T.: O‘zR FA iqtisodiyot instituti, 2008. – b.89.
19. Sadullaev A. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch-2014. 147 b
20. Soliev S., Nazarov M. O‘zbekiston qishloqlari. (Qishloq joylar geografiyasi). Toshkent-“Fan va texnologiya”-2009.
21. Statisticheskiy ejegodnik regionov Uzbekistana. Statisticheskiy sbornik. Tashkent 2013.
22. Naselenie Uzbekistana. Statisticheskiy sbornik. Tashkent 2013. 23. O‘zbekistonda ming yillik maqsadlari bo‘yicha Asosiy doklad. – PROON,
ABR, Toshkent, Sentyabr, 2004 y. 24. Obzor rezultativnosti ekologicheskoy deyatelnosti. Uzbekistan. Vtoroy obzor.
OON. Nyu-YOrk i Jeneva, 2010 god. 25. Xorazm viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi
ma’lumotlari.