oµzbekiston · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan...

90
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ―Boshlang‗ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasikafedrasi Abidova Azizaxon Avazovna 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish‖ mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishi Ilmiy rahbar: katta o‗qituvchi M.Shirinov TOShKENT 2013

Upload: others

Post on 05-Jul-2020

95 views

Category:

Documents

0 download

TRANSCRIPT

Page 1: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM

VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA

UNIVERSITETI

―Boshlang‗ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi‖

kafedrasi

Abidova Azizaxon Avazovna

―3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish‖

mavzusidagi

Bitiruv malakaviy ishi

Ilmiy rahbar: katta o‗qituvchi M.Shirinov

TOShKENT 2013

Page 2: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

MUNDARIJA

Kirish

I.BOB 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning nazariy asoslari.

1.1. "O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi‖

konsepsiyasi

.......................................................................................6-16

1.2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga

oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari

.............16-21

I bob yuzasidan xulosa 22

II BOB 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning metodik mazmuni.

2.1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning usul va metodlari

…………………………….......23-34

2.2. Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo`nalishlari

mazmuni (ommaviy madaniyatga qarshi kurashish tadbiri)

...............35-55

II bob yuzasidan xulosa 56-57

III BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish bo`yicha tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili

3.1 Tajriba-sinov ishlari va uni o`tkazish metodikasi

…………………......58-63

III bob yuzasidan xulosa 64

Umumiy xuloslar va tavsiyalar

65-66

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

67-68

Page 3: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Kirish

Muammoning dolzarbligi: Mustaqil O`zbekistoning xalqparvar siyosati

natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida

kun sayin jiddiy o`zgarishlar bo`lmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma‘naviy

rivojining Yangi omillari xalqning milliy o`z-o`zini anglashda samarali

ta‘sir ko`rsatayapti. Mamlakatimiz hayotining barcha tomonlarini

demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy

kuch-qudratini ma‘naviy jihatdan tiklash, g`oyaviy jihatdan yangilash

va o`z-o`zini anglashdan iborat muhim vazifalarni qo`ymoqda.

Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun

iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratilmoqda. Jumladan,

hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me‘yoriy hujjatlarda

o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator

tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta‘limda

o‘qitishga alohida e‘tibor qaratilib, bugun zamonaviy

texnologiyalardan unumli foydalanish qayd qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX

sessiyasida qabul qilingan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun va

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da oliy ta‘lim oldiga qo‘yilgan

qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, ta‘limning fan va

ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab

chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni

individuallashtirish, masofaviy ta‘lim tizimi texnologiyasi va

vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda

axborot texnologiyalari asosida modul tizimidan foydalangan holda

talabalar o‘qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar

sirasiga kiradi.

Yuqori malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borayotgan

hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib

kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga

ega bo‘lgan, fanning fundamental asoslarini puxta egallagan, pedagogika

va psixologiya fanlarining zamonaviy metodlari bilan chuqur qurollangan,

kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik

va axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirib olgan ijodkor pedagog

kadrlarni shakllantirish talab etiladi.

Bunday vazifalarni bajarish mavjud ta‘lim tizimini mukammallashtirishni,

uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan oliy pedagogik

ta‘lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini

o‘zlashtirishga, oliy pedagogik ta‘lim muassasalarida mutaxassislikka

oid fundamental bilimlarni mustahkam egallashga qodir pedagoglar

tayyorlashga yo‘naltirishni taqozo etadi.

Darhaqiqat, yangilangan ta‘lim tizimini joriy etishda har bir

o‘qituvchi o‘zining faniga va barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid

axborotlarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida

izchil qo‘llay bilish mahorati oqibatidagina ta‘lim-tarbiya jarayonini

zamon talablari darajasida tashkil eta olishi mumkinligi sir emas.

Bu esa ta‘lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi.

Shu o`rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning ‖Yuksak ma‘naviyat –

yengilmas kuch ‖ asarida : ‖ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa

ta‘limdan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot

Page 4: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

falsafasi‖ deb aytgan so`zlarini ta‘kidlab o`tish joizdir. Bugungi

maktab o‘qituvchisi jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub

o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rayotgan, uni aql

chig‘irig‘idan o‘tkazadigan, har bir masalaga o‘z munosabatini

bildira oladigan, dunyoqarashi rivojlangan, fikrlash olami keng

o‘quvchidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezdintining Oliy

Majlisning IX Sessiyasida (1997 yil, 29 avgust) so‘zlagan nutqda:

―Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan

etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan

ta‘lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo

bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir‖ – deb

qayd qiladi.

Shunday ekan, bolaning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishi uchun

eng avvalo oila mustahkamligi ta‘minlanishi zarur. Oila jamiyat tayanchi

ekanligini unutmasligimiz lozim. Ammo barcha vazifalarni oilaga tashlash

ham noto`g`ri. Oiladagi ta‘lim-tarbiyaning to`ldiruvchi maktab va

jamoatchilik mavjud. Mana shu tashkilotlarning o`zaro hamkorlikda ishlashi

bola tarbiyasi, xususan barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarurdir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan ―Mustahkam oila yili‖

Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta‘lim

maskanlari o‗rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har jihatdan

sog‗lom va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida

e‘tibor qaratilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi ‖

Konsepsiyasi asosida umumta‘lim maktablari bilan o‗zini o‗zi

boshqarish organlari va oila institutlari o‗rtasida yaqin hamkorlik

yo‗lga qo‗yilgan. Bu esa o‗quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini

o‗z vaqtida aniqlash, bo‗sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni

ta‘limning keyingi bosqichiga yo‗naltirishda muhim omil bo‗lmoqda.

Ayni paytda "oila-mahalla-maktab" hamkorligi oilalardagi

ma‘naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ularda ulg‗ayayotgan

o‗g‗il-qizlarni zamon talablari asosida, milliy va umumbashariy

qadriyatlar ruhida tarbiyalashda o‗z samarasini berayotir.

―Oila-mahalla-maktab‖ hamkorligining yosh avlod

ta‘lim-tarbiyasidagi ahamiyati beqiyosdir. Yigit-qizlarning oila

haqidagi tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladigan ―Oila – muqaddas

tushuncha‖, ―Oilaviy an‘analar‖, ―Ota va ona – oila

tayanchi‖, ―Oilada sharqona sadoqat» mavzularidagi ma‘rifiy

tadbirlar, tanlov va davra suhbatlari yoshlarimiz uchun har tomonlama

foydali bo‗lmoqda.

Ayniqsa, ta‘lim maskanlarida o‗tkazilayotgan

―Bola tarbiyasi – kelajak mevasi‖, ―Ilm ol, hunar o‗rgan‖,

―Tanlagan kasbing – sening kelajaging‖ hamda ―Etuk mutaxassis –

kelajak mevasi‖ mavzularidagi suhbatlar, savol-javob kechalari yaxshi

samara berayotir. Ushbu tadbirlarga malakali professor-o‗qituvchilar,

iqtidorli talaba-yoshlar hamda ibratli oilalar vakillari jalb

etilayotgani ularning ta‘sirchanligini oshirmoqda. Erta turmush qurish

va yaqin qarindoshlar o‗rtasida nikohlarning oldini olishga qaratilgan

tushuntirish ishlariga ham shahar va tumanlarda alohida e‘tibor

qaratilmoqda. ―Bir bolaga yetti qo‗shni ota-ona‖

ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga

ma‘naviy-ruhiy tomondan tayyorlash, ularda oilaga mas‘uliyat hissini

Page 5: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

uyg‗otish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham e‘tiborga sazovor.

Aholiga ta‘lim tizimidagi islohotlar samaralari haqida kengroq

tushuncha berish maqsadida fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish

organlari qoshida ―Ota-onalar universitetlari‖ning faoliyatiga

bag‗ishlangan burchaklar tashkil etilmoqda, buklet, eslatmalar

chiqarilmoqda, ular hisobotlari eshitilmoqda.

Darhaqiqat, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan hech kimdan

kam bo‗lmagan, yuksak ma‘naviyatli avlodni voyaga yetkazish

yo‗lidagi keng ko‗lamli ishlarda oila, mahalla va ta‘lim

muassasalari hamkorligining ahamiyati beqiyos. Zero, ta‘lim va

tarbiyaning uyg‗unlikda olib borilishi mustaqil fikrli, barkamol

yoshlarni ulg‗aytirishda asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi. Bugungi

kunga nazar tashlasak ham oila, maktab, jamoatchilik hamkorligiga alohida

ahamiyat kasb etadi. Biz yuqoridagi fikrlarga tayangan holda

bitiruv-malakaviy ishning mavzusini ―3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirish‖ shaklida rasmiyalshtirishni

lozim topdik.

Bitiruv-malakaviy ishning maqsadi: 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirish yo`llari, usul va metodlarini

ishlabchiqish.

Bitiruv-malakaviy ishning ob‘ekti: 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirish jarayoni.

Bitiruv-malakaviy ishning predmeti: Ta‘lim-tarbiya jarayonida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishning (metod va vositalari)

маzmuni.

Bitiruv-malakaviy ishning vazifalari:

- Maktab ta‘lim tizimida o`quvchilarini tarbiyalashda oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirishning dolbzarb muamolarini taxlil

qilish;

- 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishda sinf rahbarining tutgan o‘rnini aniqlash;

shakllantirishning metodik asoslarini yoritib berish;

- o`quvchilarini tarbiyalashda oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini shakllantirish bo`yicha ilg`ora pedagogik

texnologiyalarning qo`llash orqali tarbiyada muamolarini ochib

berish samaradorligiga erishish.

- 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini shakllantirishga doir tajriba sinov ishlarni

natijalari taxlil qilish

Bitiruv-malakaviy ishning metodologiyasi: O`zbekiston Respublikasining

―Ta‘lim to`g`risida‖gi qonuni, Sharq va G`arb pedagogikasi,

olimlarning ilg`or tajribasi, shu sohadagi tadqiqotlar taxlili.

Bitiruv-malakaviy ishning metodlari:

- DTS, o‘quv dasturi va darsliklarni o‘rganish,pedagogik jarayoni

kuzatish,suhbat,ijodiy test,so‘rovnomalar o‘tkazish;

- Zamonaviy pedagogik texnologiyalari nazariyasi bo`yicha xorij va

respublikamizda nashr qilingan pedagogika, psixologiya soxasidagi

Page 6: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

adabiyotlar, internet saytlar xamda bu soxadagi tajribalar taxlili,

so‘rov savollari, so‘xbat, pedagogik tajriba, ma‘lumotlarga

matematik ishlov berish;

- Tajriba ishlarining borishi natijalarini tavsiyanomalar, ishlanmalar

yoritish.

Ishning tuzilishi: BMI kirish, uch bob, umumiy xulosa va foydalanilgan

adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning nazariy asoslari.

1.1. "O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi‖

konsepsiyasi

…«Kelajak bugundan boshlanadi.

Hozir tarbiya masalasiga e‘tibor

berilmasa, kelajak boy beriladi…»

I.A.Karimov

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish

maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi

‖ Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy

barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini

muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda

keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator

me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim

to`g`risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi‖ bozor

iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil

fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini

yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.

Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh

islohotchidir. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek:

birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimizni

anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllanagan ezgu

orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni

anglashsingdirish;

ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy

nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini

asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda

O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida

tarbiyalash;

to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak

odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;

beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari

ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini

egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni

tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.

Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta‘lim-tarbiya sohasidagi

islohotlar:

Page 7: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga,

umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga;

ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga;

uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsni shakllantirishga;

to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga,

beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,

zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan,

kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga

qaratilgan.

Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma‘naviy – axloqiy negizi –

milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e‘tirof

etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar

uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi:

Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy

g`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik,

milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi.

Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,

ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu

Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga

mosligini ta‘minlaydi.

Sog‗lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni

har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay

turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng

ko‗lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2009 yil 13 apreldagi ―Ona va bola salomatligini

muhofaza qilish, sog‗lom avlodni shakllantirishga doir qo‗shimcha

chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ hamda 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan

―2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash,

sog‗lom bola tug‗ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni

voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va

samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‗g‗risida‖gi

qarorlari bunday xayrli ishlarning izchilligini ta‘minlashga xizmat

qilayotir.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli tibbiy-ijtimoiy

islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv

salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga

xizmat qilmoqda. Skrining xizmati qamrovining kengayayotgani, perinatal,

pediatriya, akusher-ginekologiya sohalarida erishilayotgan natijalar

onalik va bolalik muhofazasida yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir

muhim loyiha – homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta‘minlash

chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko‗zlangan maqsad –

oilada sog‗lom farzandlar tug‗ilishini ta‘minlash va tug‗ma

nogironlikning oldini olishdir.

Yurtimizdagi oilalarning demografik holati, yosh oilalarni

qo‗llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda

tibbiy madaniyatni oshirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash,

birlamchi tibbiy-profilaktika ko‗rigi qamrovini kengaytirish, istalmagan

homiladorlikning oldini olishda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali

foydalanish masalalariga bag‗ishlangan tadbirlar sog`lom oilada

barkamol avlodni voyaga yetishini ta‘minlaydi.

Konsepsiyada oilaga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil

―Oila yili‖ deb e‘lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada

Page 8: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz

taqdiri va uning dunyo miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy

salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda

qabul qilingan ―Ijtimoiy-ma‘naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish,

diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi

130-sonli qarori misol bo`la oladi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risida‖gi

Qonunining 30-moddasida ―Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari yoki

qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya

qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, makatabgacha, umumiy o`rta,

o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishlari uchun javobgardirlar‖, deb

belgilab qo`yilgan.

―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi‖ning 3.2-bandida esa ta‘lim

oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar

yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini

rivojlantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu ―Oila, mahalla, maktab

hamkorligi‖ bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy,

tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi.

Yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy,

madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy

qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning

ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi; shaxsni tarbiyalash va uni

har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy

hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari

orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish –

―Oila, mahalla, maktab hamkorligi‖ Konsepsiyasining asosiy

maqsadidir.

O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar ―Oila, mahalla, maktab

hamkorligi‖ yo`nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,

maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni

taqazo qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, ―Oila

jamiyatimizning asosiy bo`g`inidir‖ . Haqiqatan ham oila bu jamiyatni

tashkil etuvchi katta kuchdir. Jamiyat mavjudligi mana shu oilaga

tayanishi hech kimga sir emas. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir.

Unda inson dunyoga keladi. Shu paytda oila insoniyatning uzluksiz naslini

davom ettiruvchi bo`lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan

ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to`g`ri

tarbiya berishni yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta

yoki kichik narsa bo`lmaydi. Hamma narsa, xatto eng oddiy bo`lib

ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta`sir ko`rsatadi. Shunga

muvofiq ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi‖ Konsepsiyasini amalga

oshirish jarayonida oilaning quyidagi vazifalari belgilab qo`yilgan:

- oilada sog`lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga

olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`lishi,

farzandlarning ota-onasiga, Vataniga muhabbat tuyg`usini shakllantirish,

o`zaro g`amxor bo`lishni ta‘minlash;

- oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a‘zolarining o`z huquq va

burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini

ta‘minlash;

- farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma‘rifatli va

Page 9: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

ma‘naviyatli kishilar bo`lib yetishishlarini ta‘minlash;

- bozor munosabatlariga mos bo`lgan kasb-hunar o`rgatish, iqtisodiy

tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;

- bolalarning ma‘naviy barkamol va jismonan sog`lom bo`lishlari uchun

iqtisodiy muhitni yaratish;

- bolalarni mustaqil fikrlashga o`rgatish; istiqlol g`oyalari va milliy

mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

- bolalarning bo`sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib

unumli tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta‘lim berish;

- farzandlariga mavjud bo`lgan iste‘dod kurtaklarini yaratish;

- o`z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi

burchlarini to`la ado etishlari uchun oilada mas‘uliyatli bo`lish;

- ota – onalar o`zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini

doimo oshirib boorish;

- bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma‘naviy-axloqiy

tomonlarini shakllantirish;

- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo`nalishlarini uyg`un

holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas‘ullikni ta‘minlash;

- sanitariya-gigiyenik, ekologik ko`nikmalarni singdirish, diniy

aqidaparastlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;

- oila, maktab va mahalla oldida o`z farzandlarining barcha

xatti-harakatlari uchun javobgardir;

- sog`lig`ida va aqlida nuqsonlari bo`lgan farzandlarga hayot talablariga

mos ravishda bilim va kasb-korlik berishdan iborat.

Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o`zbekona ta‘bir bilan aytganda

farzandga yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`liga topshirib savodini

chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan

iboratdir.

Shu o`rinda 2012 yilga mamlakatimiz rahbari tashabbuslari ―Mustahkam

oila yili‖ deb nom berilishi va shu asosda azal-azaldan hayotimizning

tayanchi va suyanchi bo'lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'ini

bo'lmish oila institutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot

abadiyligini, har qaysi insonning baxtu saodati, kelajagi,

orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va

farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni

yangi bosqichga ko'tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko'zda

tutilgani hammamizga yaxshi ayon.

Ta'kidlash kerakki, ―Mustahkam oila yili‖ jamiyatimizning ma'naviy

negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarni asrab-avaylash,

yuksak ma'naviy muhitni qaror toptirishda, milliy mentalitetimizga yot

bo'lgan zararli ta'sirlarga qarshi turishda beqiyos kuch bo'lgan oilaning

o'rni va nufuzini oshirishga qaratilgan oila, maktab va jamoatchilik

hamkorligida tashkil etilgan ko'plab tadbirlarga, jumladan, turli

ko'rik-tanlovlar, festivallar, ko'rgazma va ijodiy kechalarga boy bo'ldi.

Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida 2013-yilning ―Obod turmush

yili‖ deb e‘tirof etilishi ham bejizga emas. Oilalarning mustahkamligi

va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo`lib yetishi uchun

tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi

asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham,

makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o`zaro hamjihatliligi talab

etiladi.

Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir.

Page 10: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib

yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla" so‘zi arabcha

„Mahallun" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy,

guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaharlar

ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib

kelmoqda. Bejizga yurtboshimiz ―Mahalla – yurt mustahkam bo`lsagina,

davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi‖ , deb

ta‘kidlamagan.

―Bir bolaga yeti mahalla – ota – ona‖ degan naqldan kelib chiqib

kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta‘lim berish jarayonini amalga

oshirish borasida kichik Vatan bo`lmish mahallaning oldida quyidagi

vazifalar turadi:

- mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda

ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni

muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik

ko`rasatilishi;

- mahalla o`z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni

aniqlab, ularni qo`llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya

olishlariga bosh-qosh bo`lishi;

- ma‘nan nosog`lom oilalarni mahalla yig`inlarida muhokama qilish,

ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko`rish;

- mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy

yordam ko`rsatilishini qo`llab-quvvatlash;

- ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy

g`urur, vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik, baynalmilallik

kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag`batlantirish;

- yoshlarga diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini

to`g`ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta‘sir ko`rsatish, ulug`

ajdodlarimizning tarbiyaviy o`gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni

safarbar qilish;

- mahalla yig`inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g`oyalarini,

respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli

tadbirlar tashkil qilish;

- ―Ma‘naviyat va ma‘rifat‖, ―Sog`lom avlod uchun‖,

―Mahalla‖, ―Ekosan‖, ―Umid‖, ―Ulug`bek‖, ―Nuroniy‖,

―Kamolot‖ jamg`armalari, xotin-qizlar qo`mitalari, turli jamiyatlar,

birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlod milliy istiqlol g`oyalari

asosida tarbiyalash ishiga muammoli masalalarning yechimini topishga faol

jalb qilish;

- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining

imkoniyatlarini o`quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini

mustahkamlashga jalb qilish;

- mahalla hududida o`quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli

ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar

tashkil qilish;

- turli yo`nalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni maktablar

tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash;

- ilg`or pedagog xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib

chiqib, har tomonlama yordam ko`rsatish;

- farzandlariga ta‘lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga

erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla

hududida ―Oila saboqlari‖ mashg`ulotlarini tashkil qilish;

Page 11: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

- mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san‘atkorlar, ziyolilar

va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to`garak va

―Usta-shogird‖ rusumida billim va kasb berish faoliyatini tashkil

qilish;

- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada

istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari

kvotasining ajratilishiga erishish;

- har bir yosh fuqaroda O`zbekistonda, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga

qiziqish, mahalla obodonchiligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhini

shakllantirish.

Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu ulkan va mas‘uliyatli vazifalarni

amalga oshirishda ―Kichik biznes va tadbirkorlik‖ning ahamiyati ortib

bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy

taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini

yaratish, aniq maqsadlar ko`zlangan istiqbolli rejalarni amalga

oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bo`lib bormoqda.

Ishbilarmonlikning faol qo`llab-quvvatlanishi xalqimiz turmush

farovonligini oshirish omili bo`lib qolmoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasida kichik biznes

va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilaviy

biznesni tashkil etish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish

ơrinlari yaratish orqali oilalar turmush farovonligini oshirishga alohida

e'tibor berilishi tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi.

Mamlakatimizda oilaviy biznesni tashkil etish, oilalarning farovonligini

oshirish bơyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan

kreditlar miqdori 956 mlrd. sơmdan, jumladan xotin-qizlarni tadbirkorlik

sohasiga faol jalb etishga yơnaltirilgan kreditlar hajmi 451 mlrd.

sơmdan kơproqni tashkil etdi. Natijada minglab oilalar o`zlarining

oilaviy bizneslarini yơlga quydilar, shaxsiy yordamchi xơjaliklarini

tashkil etish imkoniga ega bơldilar. Yuzlab bog'dorchilik va

sabzavotchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bilan

shug'ullanadigan yangi xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyat yurita

boshladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy

yaratish, aniq maqsadlar kơzlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda

hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bơlib bormoqda. Ishbilarmonlikning faol

qơllab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bơlib

qolmoqda.

Bolalarga ta‘lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy

vazifalari O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan qabul

qilingan ―Ta‘lim to`g`risida‖gi Qonunning, ―Kadrlar tayyorlash

Milliy Dasturi‖ va respublika rahbariyatining dasturiy

fikrlarimazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya‘ni:

- maktabda bolaga biron bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor

yaratish;

- o`quvchi yoshlarning sport turlari bilan shug`ullanishlariga yordam

berish, ularning bo`sh vaqtlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda

to`garak mashg`ulotlarini tashkil qilish;

- bolalarga ta‘lim berishni ilg`or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy

o`quv uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya

jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta‘minlash;

Page 12: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

- o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini tahlilidan, iqtisodiy

va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo`yicha kasb

asoslariga yo`naltirish va ta‘limda tabaqalashtirilgan yondashuvni

joriy etish;

- yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy-tarbiyaviy, huquqiy,

ma‘naviy-ma‘rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus

tadbirlarni amalga oshirish;

- o`z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad

yo`lida muvofiqlashtirish;

- tarbiyasi og`ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash,

oilalarga pedagogik yordam berish;

- bola tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan oilalarni tegishli idoralar

hamkorligida o`rganib, tajribalarini ommalashtirish;

- o`qishni va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan

o`smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda

zarur choralar ko`rib, ota-onalar yig`ilishlarida muhokama qilish;

- tarbiya sub‘yektlari bo`lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar,

yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va ―Ekosan‖, ―Qizil yarim oy‖,

barcha jamg`arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari,

inson huquqlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, nodavlat

tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv

idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas‘uliyat va javobgarligini

muvofiqlashtirish;

- turar joyda va mahallada olib borilayotgan tarbiyaviy, ma‘naviy,

ma‘rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi maktab bo`lishiga

erishish;

- o`quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani

amalga oshjrish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida

milliy mafkurani targ`ib qilish, aqidaparastlik va milliy

taraqqiyotimizga zararli g`oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz

kurashni tashkil qilish;

- makatb negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma‘naviy va

ma‘rifiy bilimlar beruvchi ―Ota-onalar unversitetlari‖ faoliyatini

tashkil qilish.

Page 13: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

1.2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga

oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari

Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib

tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat

berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishib

bo`lmaydi.

Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga

amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo`ladi:

- ta‘lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari

harakatlarining ish birligi;

- tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg`unligi;

- hamkorlik jarayoni sub‘yektlarini teng huquqliligi va yuksak

mas‘uliyati;

- faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;

Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va

uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu

masalalarga tibbiyot xodimlari, obro`li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb

qilib, ―Yosh onalar va otalar maktablari‖ faoliyatini yo`lga qo`yish

muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchi bosqich. Farzandning maktabgacha bo`lgan davridagi jismoniy,

aqliy va ma‘naviy rivojlanishini ta‘minlash borasida ularga rasm

chizish, voqealarni bayon qilish, o`ziga o`zi xizmat qilish, harf tanish,

qo`shiq aytish va raqs tushish, turli o`yinlarda ongli qatnashish

tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko`nikmalarini

shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, ―yakshanbalik

maktablar‖ ishini tashkil qilish.

Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning

jismoniy, ma‘naviy va ijtimoiy shakllanishini ta‘minlash, uning ilk

iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o`z

xatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo`sh vaqtini to`g`ri

tashkil qilishni o`rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lish,

do`stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.

To`rtinchi bosqich. O`smirlarni (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga

chanqoqlik va aql-zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga

tortish, jismonan baquvvat bo`lishini ta‘minlash, maishiy mehnat

faoliyati orqali turli kasblarga yo`naltirish, o`smirlar guruhlari va

jamoatchilik orasida o`z o`rnini topa olishiga ko`maklashish, o`z

xatti-harakatlari uchun jamiyat,, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik

tuyg`usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini

yuzaga keltirish.

Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 va undan yuqori) dunyo andozalariga mos

bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini

ta‘minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta‘lim olishlariga,

tanlagan kasblari bo`yicha ish bilan ta‘minlanishlariga, iqtisodiy

Page 14: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

mustaqil bo`lishlariga shart-sharoit yaratish, Vatan, Davlat va jamiyat

oldidagi fuqaroli burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to`la

shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.

―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi‖ning 4-bo`lim 6-bandida ―Muassis

tashkilotlarning , mahalliy hokimiyat organlarining, savdo- sanoat

doiralarining jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning

vakillarini o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish

orqali ta‘lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy

etiladi‖, deb belgilab qo`yilgan.

O`zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o`z tarkibiga

mahallar faollari, obro`li ota-onalardan, o`quv-tarbiya muassasalarining

tajribali xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari

tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o`z zimmasiga olgan vazifalardan

kelib chiqib, o`z tarkibida turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatadigan

kichik tashabbuskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi

ma‘lum bir muddatga mo`ljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla

yig`inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo`ladi. Qayd etyilgan

tadbirlar davra suhbatlaridan, biron bir mavzuga yoki muammoga qaratilgan

kengash va majlislardan, anjumanlardan, oqsoqollar kengashlaridan ,

mahalla yig`inlaridan, mahalla ahlini birlashtiruvchi, ularni sog`lom

turmush tarziga yetaklovchi ko`rik-tanlovlar, musobaqala, bellashuvlar,

uchrashuvlar va turli sanalarga bag`ishlangan anjuman va tantanalardan

iborat bo`lishi mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o`z faoliyati

to`g`risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi.

Zarurat tug`ilganda o`quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla

hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarni ta‘lim-tarbiya

yuzasidan olib borayotgan ishlari to`g`risida hisobotlarini tinglab,

ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning

izchilligiga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.

Hamkorlik kenagshi mahalla hududida istiqomat qilayotgan o`z farzandalari

tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari,

huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma‘muriy

choralarni qo`llashi mumkin. Hamkorlik kenagshi mahalla hududida o`zbek

milliy tarbiya an‘analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o`tkazish,

bolalar va kattalarning bo`sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar,

o`yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o`smirlar

klublari, maktabgacha tarbiya va makatabdan tashqari muassasalar ishini

muvofiqlashtiradi.

Hamkorlik kenagshi o`tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada

uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot

vositalarida yoritadi.

Hamkorlik kenagshi yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila

hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarini mahalla hududidagi

o`quv-tarbiya muassasalari, tashkilotlar va idoralari ishi

rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning

bahamjihatliligini ta‘minlaydi.

Ta‘lim-tarbiya sohasiga e‘tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz

tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, ma‘muriy ko`rsatmalarni

samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligifaoliyati o`ziga

xos pedagogik tizim uslub va shakllarga ega bo`lishi zarur.

O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning

yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran,

Page 15: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

qiziqarli va ko`rgazmali, ta‘sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va

lo`nda, estetik jihatdan keng ko`lamli bo`lishi kerak.

Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshdagi va

toifadagi fuqarolarni qamrab olishi va ularning qiziqish va intilishlariga

mos bo`lishi lozim.

Hamkorlik tadbirlarining mavzulari ―Sog`lom avlod uchun‖,

―Ota-onangga rahmat‖, ―Odobingga balli‖, ―Sog` tanda – sog`lom

aql‖, ―Mehr chashmasi‖, ―Qizlar ibosi‖, ―Bir yigitga qirq

hunar oz‖, ―O`g`lim - posbonim‖, ―Hayot-ustoz, xalq muallim‖,

―O`zbekiston – Vatanim manim!‖, ―Milliy burch va mas‘uliyat‖,

―Oila saboqlari‖, ―Oila etikasi‖, ―Oila tinch – mahalla

tinch‖, ―Mustaqil hayot bo`sag`asida‖, ―Askarlik – yigitlik

maktabi‖, ―Oila baxti – Vatan baxti‖, ―Sportchi oila‖,

―Oilamiz ohanglari‖, ―Vatan ostonadan boshlanadi‖, ―Biz

kimmiz‖ kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.

Xalq amaliy san‘ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va

tarixini o`rganish, o`quvchi yoshlarda vatanparvarlik g`ururini hisobga

olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan tadbirlar kattalar va yoshlar

xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik tashkiliy

ishlar samarasini oshiradi.

Mahalla hududida o`tkaziladigan sport va turli madaniy tadbirlar

yoshlarning intilish va imkoniyatlarini kattalar tomonidan chuqur

o`rganish imoniyatini beradi.

Yuqoridagi tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda

har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o`zining shart-sharoiti,

atrof-muhitini tahlil qilib:

- ―o`quvchi-o`qituvchi-ota-ona‖;

- ―maktab-oila-mahalla-jamoatchilik‖;

- ―oila-mahalla-bog`cha-makatb‖ yo`nalishlarida amaliy – tarbiyaviy

ishlarni hayotga tatbiq etadi va shu kun talabi darajasida targ`ibot

qiladi.

Shu tariqa yoshlarni tarbiyalashda mutafakkir Abdulla Avloniyning

―Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo

saodat – yo falokat masalasidir‖ iborasi oila, mahalla va maktabning

ish tamoyiliga aylanishiga erishiladi.

Page 16: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

I bob yuzasidan xulosalar

Shu asnoda, ushbu bobda olingan asosiy xulosalarni ko‘rib chiqamiz:

1. Bugungi kunda pedagog va yosh mutaxassislar oldida o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga oid talabalarning uzviy

hamkorlik va doimiy birgalikdagi harakatni shakllantirishga yordam berish

uchun, hamkorlik asosida ta‘lim-tarbiya berishga va nostandart

masalarni hal qilishga qiziqish uyg‘otadigan ta‘lim tizimini ishlab

chiqish masalalari turibdi.

2.Ushbu masalalarni, 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini amalga oshirishda faol harakatlarga undovchi tamoyil va

bosqichlarni chuqur o‘ylagan holda amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

3.Bizningcha ko‘pgina hollarda hamkorlikning faol mexanizmi, xususan

uslublari ushbu talablarning barchasiga javob beradi.

4.Talabalarning mustaqil ishlari «O‘qituvchining bevosita ishtirokisiz

amalga oshiriladigan o‘quv faoliyatining har xil ko‘rinishdagi

turlari»ni amalga oshiradi.

5. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini amalga

oshirishda quyidagi masalalarni hal etish imkonini yaratadi: ijodiy

faollik, kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; aqliy va

jismoniy mehnat madaniyatini singdirish; hamkorlik asosida mehnat

qilishni o‘rgatish, qo‘yilgan maqsadga erishishga qiziqish va

unumdorlik bilan intilish; Shu bilan birga hamkorlik faqatgina

o`quvchilarning tarbiyasini emas, balki ularda bilimlarni hamkorlik

asosida egallash ko‘nikmalarining shakllanishini ta‘minlab berish

kerak.

II BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning metodik mazmuni.

2.1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning usul va metodlari

Bizning yosh avlod xalqimizning milliy va umuminsoniy an‘analarni

o`zlashtirib, o`ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini – g`oyaviy

Page 17: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

e‘tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisoidiy, siyosiy va

milliy qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishini

singdiribgina o`z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko`paytira

oladi. Ma‘lumki, o‘quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat,

nafosat va jismoniy jihatdan to‘liq shakllangan kishilar qilib

tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o‘quvchilarning kundalik

o‘sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlarini faqat

dars jarayoni bilangina cheklab bo‘lmaydi. Bunday ulkan vazifani amalga

oshirishda maktab, oila, jamoatchilik hamkorligining o`rni katta. Shu

o`rinda oila asosiy bo`g`in hisoblanishi barchamizga sir emas.

Ilmiy adabiyotlar va izohli lug`atlarda ta‘kidlanishicha oila bu

–kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi,

ijtimoiy-madaniy organizm.

Oila – tarbiya o‘chog`i. Oila – jamiyat negizi. Har bir insonda ilk

yoshligidan boshalb ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu

niyat, maslaklar, qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma‘naviy

tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O‘zbek oilasi o‘zida ko‘p

asrlik mustahkam ma‘naviy qadriyatlarimiz ravnaq topadigan shunday

maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim

omillaridan biridir. Agar oiladagi muhit sog`lom bo‘lsa, unda kamol

topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga ezgu xususiyatlar, milliy va

umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g`oyasini singdirish uchun

qulay sharoit yaratilgan bo‘ladi.

Oila manfaatlarini ta‘minlash borasida 1998 yilda qabul qilingan va

muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g`risida davlat

dasturi va Ushbu dasturda belgilangan tadbirlarning strategik

yo‘nalishlariga e‘tibor berilsa, ular mamlakatimizdagi oilalarning

mustahkam bo‘lishiga imkon beruvchi vazifalarni nazarda tutadi.

1998 yilning «Oila yili» deb e‘lon qilinishi vash u yilning o‘zida

Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor

tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham

davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi

siyosatiga hamohang bo‘lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy

an‘analarni avylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan

uyg`unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga

chuqur singdirish yo‘li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini

ta‘minlash, oila a‘zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish

muammolarini ilmiy o‘rganish, oilaviy hayotga bog`liq muammolarni tadqiq

eti shva fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.

Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oila masalalariga katta

e‘tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng

muhimi qadrli ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila

haqida gapirar ekanmiz, avvalambor oila hayotning abadiyligini,

avlodlarning davomiyligini ta‘minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni

saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo‘lib

etishishiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog`i

ekanligini tan olishimiz darkor» . Mustaqillik yillarida respublika

hukumati va Prezidenti I.A.Karimov tomonidan oilaga ko‘rsatilayotgan

etibor, yillarga maqom berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni

qadriyat sifatida e‘zozlashga qaratilgan chora tadbirlar tom ma‘noda

yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy g`amxo‘rligi

ekanligidan dalolatdir.

Page 18: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Shuni alohida ta‘kidlash lozimki «Oila» konstepstiyasini yaratish va

bu bilan bog`liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga

muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov

tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga

oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy

muhofaza qilishga qaratilganligi, xukumat tomonidan oila manfaatlariga

ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral

6-sonli «Ona va bola» Davlat dasturi to‘g`risidagi qarorida

belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.

Yuqorida oila bilan bir qatorda bola tarbiyasida mahallaning o`rni beqiyos

ekanligini e‘tirof etib o`tdik. Izohli lug`tlar va ilmiy adabiyotlarni

o`rganganimizda mahalla ham oila kabi o`zining ilmiy ta‘rifiga ega

ekanligi ma‘lum bo`ldai. Mahalla bu – arabcha – joy, o`rin, makon.

Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning

butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir

ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta‘sir ko‘rsatadi. Oila va mahalla

hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va

psixologik ta‘sir ko‘rsatishning chuqur o‘ziga xosligi bilan

uyg`unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta‘sirchan qilibgina

qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur

bo‘g`iniga ham aylantiradi.

Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng

yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma‘lumotlarini e‘tiborga

olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini

shakllantirishga oilani qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda

turlicha bo‘ladi va to‘lqinsimon o‘zgaradi.

Bunday hamkorlikni keng yo`lga qo`yishda sinf rahbarining o`rni

beqiyosdir. Sinf rahbarining ota-onalar va jamoatchilik bilan mustahkam

aloqasi o`quvchilarga uyushqoqlik bilan ko`rsatiladigan tarbiyaviy

ta‘sir doirasini kengaytiradi va o`quvchilarga tarbiya berish vazifasini

yanada muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi. Ota-onalar bilan olib

boriladigan ishlar yanada katta samara bermog`i uchun ular bilan aloqaning

turli – tuman shakllaridan foydalanmoq zarur. Hamkorlikda ishlashda

jamoa va yakka tartibdagi ish shakllarini qo`shib olib borish maqsadga

muvofiqdir.

Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir.

Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e‘tiboriga havola etilayotgan

huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko‘rsatuv, eshittirish, shuningdek,

ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g`oyalar

yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok,

savodxonlik, tafakkur, faollik, mas‘ullik, e‘tiqod va salohiyatni

qaror topishiga olib keladi.

Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to‘g`risidagi ma‘lumotlarni

berib borish, o‘z navbatida huquqlaridan foydalanish yo‘llarini

ko‘rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi.

Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg`ularini hosil qiluvchi

o‘ziga xos maskan sanaladi. Bolalar ―Vatan‖, ―xalq‖

tushunchalarining mohiyatini dastlabana shu maskanda o‘zlashtiradilar.

Binobarin, oilaning o‘zi Vatanning bir bo‘lagidir. Oila sha‘nini

himoya qilish, uni saqlash to‘g`risida qayg`urishning Vatanning

sha‘ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg`ulari bilan uzviy bog`liq

Page 19: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

bo‘lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy

tarbiyasining asosi bo‘lishi lozim.

Yuqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni

tarbiyalab voyaga etkazish muvaffaqiyati uchun poydevor bo‘ladi.

Farzandlarning har tomonlama etuk bo‘lib voyaga etishlarida ota-ona,

oilaning boshqa a‘zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondoshuvlari va

ma‘naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Shuningdek, ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega

bo‘lishlari ham ahamiyatlidir. Oila va ta‘lim muassasalari o‘rtasida

tashkil etilgan hamkorlikning bosh g`oyasi ota-onalar uchun pedagogik

yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Farzand dastlabki ma‘lumot va ijtimoiy me‘yorlarga amal qilish

borasidagi ko‘nikmalarga oilada ega bo‘ladi. Chunki oilaviy ijtimoiy

munosabatlar, xususan, madaniy-maishiy, iqtisodiy-moliyaviy, mulkiy

muosabatlar hamda mehnat faoliyatini tashkil etishda farzandlar o‘zlari

sezmagan, mohiyatini tushunib etmagan holda mazkur munosabatlar jarayonida

ishtirok etadilar, demakki, ijtimoiy masalalar bilan to‘qnash keladilar,

natijada bu tarzidagi muloqotlarning doimiy, qisqa muddatlarda takrorlanib

turishi ular uchun ota-onalar, farzandlarning huquq, burch, majburiyat va

mas‘uliyatlarini tushunib etishga yordam beruvchi ijtimoiy ob‘ektiv

shart-sharoitlarni yaratadi.

Shu jihatdan pedagogika fani oldiga milliy va hududiy xususiyatlarni

inobatga olgan holda tarixan tarkib topgan oila — ta‘lim muassasasi

– jamoatchilik tarzidagi uchlikning ijtimoiy-ma‘rifiy roli ular

o‘rtasidagi o‘zaro birlik, aloqadorligini asoslash, bolalarda idrok va

tafakkurni shakllantirishda oila va jamoatchilik imkoniyatlarini aniqlash

hamda ulardan unumli foydalanish talabi o‘rtaga qo‘yilmoqda.

Oila tarbiyasi ning farzandlarga tarbiyasi berish, ularda

ma‘naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash

yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Shu borada ota-onalar

bilan olib borilgan ishlar hamda o‘tkaziladigan tadbirlardan ayrimlarini

namuna sifatida keltiramiz:

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar:

I. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar.

Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog`ida

o‘quvchilarni ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyasilash, ularda

ma‘naviy-axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini

ta‘minlash kafolati bo‘lgan ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy

onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa

so‘rovlarini o‘tkazish mumkin. So‘rovnomalar ikki turda bo‘lib,

ulardan birinchisi har bir o‘quvchining umumiy portretini tasvirlovchi,

diagnostik tavsifga ega, ikkinchi turdagi so‘rovnoma esa ota-onalarning

ijtimoiy tarbiyasini yo‘lga qo‘yish, farzandlar ma‘naviy

madaniyatini shakllantirishga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini

aniqlashga xizmat qiluvchi so‘rovnomalardir.

Quyida birinchi turdagi so‘rovnomaning umumiy mazmunini keltiramiz:

―Siz o‘z farzandingizni qay darajada bilasiz?‖ nomli so‘rovnoma

mazmuni quyidagicha:

1. Farzandingiz ushbu o‘quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

2. Farzandingizni so‘nggi o‘quv yilidagi o‘zlashtirish darajasi

Sizni qoniqtiradimi?

3. Farzandingizning fanlarga bo‘lgan munosabati qanday?

Page 20: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

4. Uning fanlarga bo‘lgan qiziqishini baholay olasizmi?

5. Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik

o‘rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki

qanday?

6. Farzandingiz mansub bo‘lgan mikro hamda makro muhitning

ma‘naviy-axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do‘stlashgan, ularning

ma‘naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi?

7. Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta‘sir

ko‘rsatganliklarining guvohi bo‘lganmisiz?

8. Uning oilada tutgan o‘rni qanday?

9. O‘quv yurti yoki oila o‘rtasida vujudga kelgan shaxsiy

ziddiyatlari bormi?

Dastlabki suhbat hamda ota-onalar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar

natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar

yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi.

II. Maktabning o‘quv yili davomida ota-onalar bilan olib boradigan ishlari:

1. Sinf ota-onalar majlisi. Majlis o‘quv yili davomida besh marta

o‘tkaziladi, ya‘ni, o‘quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va

IV choraklar yakunida. Majlislarda o‘quv yurti ichki-tartib qoidalari,

umumjamoa ijtimoiy me‘yorlariga rioya etish holatlari, yuzaga kelgan

ziddiyatlar tahlil etiladi, navbatdagi davr uchun belgilangan ishlarni

rejalashtirish, ularni hal etish yo‘llari, chora-tadbirlari belgilanadi.

Maktabda ta‘lim olayotgan, jamoa hayoti, shuningdek, tarbiyasiviy

tadbirlar faollik ko‘rsatayotgan, o‘qishda, mehnatda alohida o‘rnak

bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor

etiladi.

Ayrim o‘quv yurtida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok

etmasliklari aytib o‘tiladi va buning sabablari aniqlanadi, bunday

holatlarga barham berish borasida fikrlashib olinadi.

2. Umummaktab ota-onalar majlisi. Ota-onalarning umumiy yig`ilishida

o‘quv yili davomida o‘quvchilar, ota-onalar bilan olib boriladigan

tarbiyasiviy ishlarning borishi va yakuni muhokama qilinadi. Ota-onalar

maktab hayoti va o‘quvchilarning intizomi, xulq-atvori, ijtimoiy

me‘yorlarga amal qilishlari, o‘quvchilarni ma‘naviy jihatdan

tarbiyasilash borasida erishayotgan natijalar bilan tanishtiriladi.

3. Ijtimoiy-ma‘naviy mazmundagi suhbat va ma‘ruzalar. Bunday ma‘ruza

va suhbatlar ota-onalarda ijtimoiy, shuningdek, ta‘lim-tarbiyasiga oid

bilimlarni egallash, farzand tarbiyasi ishiga jiddiy e‘tibor berish, bu

borada ta‘lim muassasasi bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishda muhim

ahamiyatga ega.

Maktab amaliyotidan kuzatganlarimiz asosida 3-sinf o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish bo`yicha o`quvchilar

ota-onalari bilan olib boriladigan ishlarning ancha keng tarqalgan

shakllari bilan tanishib chiqamiz.

O`quvchi oilasiga borib turish – ota-onalar bilan yakka tartibda ish

olib borishning bir muncha keng tarqalgan va samarali shaklidir. Sinf

rahbari o`quvchi oilasiga borganda, o`z o`quvchisining yashash sharoiti

bilan tanishadi. Sinf rahbari o`quvchining ota-onasi bilan va uning

boshqa oila a‘zolari bilan suhbatlardan bu o`quvchining harakteri, uning

qiziqishlari va mayllari haqida, uning o`z ota-onalariga, oiladagi

katta-kichikka nisbatan munosabati to`g`risida ma‘lumotlar oladi. Shu

Page 21: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

bilan birga, u ota-onalarga, oiladagi katta kishilarga o`quvchining uy

mashg`ulotlarini tashkil etish, uning kundalik tartibi to`g`risida,

shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilishi to`g`risida, bolalarni

mehnatga o`rgatish shakl hamda metodlari to`g`risida pedagogik maslahatlar

beradi. Ayni vaqtda u ota-onalarga o`quvchining o`zlashtirishi va

tartib-intizomi to`g`risida, jamoat ishlarida faolligi to`g`risida axborot

beradi.

O`quvchilar uylariga birinchi marta, odatda, o`quv yili boshlangunga qadar

yoki birinchi chorak boshida borib kelinadi. Agar sinf rahbari sinfda

birinchi yil ish boshlagan bo`lsa, bu ishni amalga oshirishi zarurdir.

Birinchi marta borishdan maqsad o`quvchining uyidagi hayot va turmush

sharoiti bilan tanishib kelishdan iborat. Ota-onalar bilan o`tkaziladigan

suhbatlar aniq va mazmundor bo`lishi uchun, oilaga borishdan oldin

o`qituvchilar bilan suhbatlashib, o`quvchinig o`zlashtirishi va

xulq-atvori to`g`risida ma‘lumotlar olish kerak.

O`quvchining uyiga borganda ko`pincha shunday hol aniqlanadiki, u maktabda

sinf hamda umummaktb jamoalari umumiy ishiga faol ishtirok etadigan, uyda

esa o`zini boshqacha tutadigan, ya‘ni hech kimga qarashmaydigan,

oiladagi katta yoshdagi kishilarga qo`pol muamala qiladigan bo`ladi. Agar

maktab yordamga kelib, ota-onalar bilan birgalikda bu kamchilikka barham

bermasa, bunday yigit-qizlar hayotda ham ―ikki xil axloq‖ bilan ish

tutadigan bo`lib qoladilar.

Odatda, sinf rahbarlari o`z kundaliklariga oilalarga brogan vaqtlari,

ota-onalar bilan o`tkazgan suhbatlari mazmunini yozib boradilar, o`quvchi

tarbiyasiga doir qanday maslahatlar berganliklarini qayd qilib boradilar.

Faqat maslahatlar beribgina qolmasdan, balk iota-onalarning gaplarini ham

inobatga oladigan pedagoglar to`g`ri ish qiladilar. Ular ota-onalarga

topshiriqbozlik qilmaydilar, ularga nasixat o`qimaydilar, balki ochiq

ko`ngillik va samimiyat bilan muomala qilishga, ularning ishonchini

qozonib, ochiqchasiga gaplashishlariga erishishga harakat qiladilar.

Odatda, ular ota-onalarga: ―Siz qanday qaraysiz‖, ―Keling

birgalashib yuzaga kelgan ahvoldaqanday tadbir ko`rish kerakligini o`ylab

ko`ramiz‖ qabilida yaxshi muomala qiladilar.

Ota-onalarni makatabga taklif etish. Sinf rahbarida ko`pincha ota-onalar

bilan uchrashish, ular bilan o`quvchi tarbiyasi haqida maslahatlashish

ishtiyoqi tug`iladi. O`quvchilarning uylariga borishga esa hamma vaqt

imkon topavermaydi. Ana shunda ota-onalar o`z bolalarining tarbiyasi

to`g`risida suhbat uchun maktabga taklif etadilar. Bunday uchrashuvlar

ta‘lim va tarbiyaga doir ko`pgina masalalarni birgalikda hal etish

imkonini beradi. Ota-onalar bilan yakka tartibda suhbat o`tkazganda,

o`quvchilarning turmush va ish sharoitlarigina aniqlanibgina qolmasdan,

balki shu bilan birga, ular hatti-harakatlaridagi aniq voqea-hodisalar,

ularning o`quv, mehnat faoliyatlaridagi, kundalik xulq-atvorlaridagi

kamchiliklarga barham berish yo`llari ham belgilab olinadi.

Ota-onalarni o`quvchi tartib-intizomni buzgan yoki yomon o`qiy boshlagan

vaqtdagina chaqirib qolmaslik darkor. Ba‘zan u o`zini yaxshi tutib

yurgan, yaxshi o`qiyotgan bo`lsa-da, sinf rahbari mazkur o`quvchining

sinfdan tashqi o`qishlarini tashkil etish haqida, uni qandaydir

ijtimoiy-foydali ishga jalb etish haqida, bolaning biron-bir sohadagi

qobiliyatini taraqqiy ettirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish haqida

uning ota-onasi bilan kelishib olish lozim bo`lib qoladi.

O`quvchilar ota-onalari bilan yozishmalar. Ba‘zi sinf rahbarlari

Page 22: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

ota-onalar bilan yozishmalar olib borish singari oilalar bilan aloqa

qilish shakllarini qo`llaydilar. Bu ish ota-onalarni o`quvchilarning

o`zlashtirishi va xulq-atvoridan xabardor qilib turish imkonini beradi.

Ota-onalar bilan olib boriladigan aloqaning bu shakli, odatda, ba‘zi

ota-onlar maktabdan uzoq masofada turadigan va ular bilan jonli, bevosita

aloqa bog`lab turish qiyin bo`lgan hollarda qo`llaniladi. O`quvchilarning

kundalik daftaridan bugungi kunda ota-onalar bilan yozishma sifatida

foydalaniladi. Sinf rahbari o`quvchi kundalik daftariga o`quvchining o`z

o`quv va jamoatchilik vazifasiga munosabati to`g`risida, uning

tartib-intizomni buzganligi to`g`risidaqisqagina qilib yozib qo`yadi.

Ota-onalar kundalik daftarlarini ko`rib chiqib, qo`l qo`yadilar. So`ngra

ular sinf rahbarining tanbehini hisobga oladilar hamda bolalarga

kamchiliklarini tuzatishda yordam beradilar.

Sinfda ota-onalar majlislari. Har bir o‘quv yilining boshida

o‘tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma‘naviy

va metodik jihatdan mazmunan tashkil qila bilish ota-onaning bunday

majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo‘lishiga zamin

hozirlaydi. Bundan majlis o‘qituvchidan ko‘p bilim va mahorat talab

etadi.

Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash

kerak. Bular: har bir oila a‘zosi va shart-sharoiti haqidagi

ma‘lumotta ega bo`lish:

- oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini

aniqlash;

- har bir o‘quvchi shaxsi hahida to‘liq ma‘lumotga ega bulish;

- oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.

Birinchi majlisni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchining tayyorgarligi:

1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.

2. Majlis o‘tadigan joyni jihozlash.

3. Majlis o‘tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.

4. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma‘lumot tayyorlash.

5. Ota-onalar jamoasi nizomini ko‘rgazma tariqasida tayyorlash (maktab

rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash).

6. Sinf ota-onalar qo‘mitasini saylash.

Birinchi ota-onalar majlisi samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining

shaxsiga bog`liqdir. Uning o‘zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi,

har bir o‘quvchi va oilasi haqida ma‘lumotga ega bo‘lishi,

ota-onalarga ijobiy taassurot qoldiradi.

Kuzatishlarimiz shuni kursatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini yuqori

saviyada bo‘lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi.

Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki

tabellarni berib qo‘l qo‘ydirishdir.

Ayniqsa «yomon» o‘qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida

obro‘sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan

uzoqlashib ketishiga sabab bo‘ladi.

Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustaqil O‘zbekiston

Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha

munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir.

Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda

tashkil qilish, talabga muvofiqdir. Ya‘ni:

– «Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar;

– «Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sanat madaniyat arboblari);

Page 23: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

– bahs majlislari: ta‘lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki

pedagogik adabiyotlar yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari;

– bola tarbiyasiga doir Qur‘oni Karim, Hadis va mutafakkirlarning dono

fikrlaridan foydalanish;

– sinf ota-onalar majlisini o‘tkazish tartibi;

– sinf o‘qituvchisi va ota-onalar qo‘mitasi a‘zolarining oldingi

majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari

eshitiladi.

Majlis maqsadiga ko‘ra mavzuning e‘lon qilinishi (yuqorida

ko‘rsatilgan majlis turiga ko‘ra uning mazmuni asoslab beriladi).

Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi. O‘quv-tarbiya ishlaridan

savol va talablarni muhokama etiladi.

Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori chiqarilib,

tasdiqlanadi. O‘qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi.

Majlis o‘tkazish tartibi mavzuning o‘ziga xos xususiyatiga kura

o‘zgarib boradi.

Ota-onalarga pedagogik bilim berish . Inson kamoloti shunchalik murakkabki

unga hayotiy tajriba etarli emas uning uchun o‘rganish, bilim, o‘qish

nihoyatda zarurdir. K.D.Ushinskiy «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» hamda

«Pedagogik adabiyot orasida»gi risolalarida Ota-ona uchun pedagogik

bilim dastlab pedagogik adabiyotlar o‘rganishdan boshlanadi. Bola

tarbiyasidagi bilim xalq ruhi bilan sug`orilgan-xalqchilik g`oyasiga

asoslangandagina ota-ona bilimdon tarbiyachilik san‘atiga ega bo‘la

oladilar» , – deyilgan.

Pedagogik bilim ota-onalar uchun nihoyatda zarur. Bu bilim maktabda,

mahallada va kundalik axborot vositalari orqali berib boriladi. Lekin

hayotimizdagi yangi-yangi muammolar pedagogik bilimini yanada

kuchaytirishni, chuqurlashtirishni talab etadi.

Maktabdagi pedagogik bilim turli shakllarda amalga oshiriladi:

Pedagogik ma‘ruza, ilmiy, metodik kengash.

«Savollaringizga javob beramiz» (ota-onalar kuni).

Ota-onalar uchun ma‘ruza. Ma‘ruza ota-onalarga pedagogik bilim

beradigan turlardan biridir. Ota-onalar uchun mo‘ljallangan ma‘ruza

ta‘limi-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak.

Ota-onalar uchun pedagogik bilim beradigan ma‘ruzalar mavzulari:

– millin istiqlol mafkurasini shakllantirish va barkamol inson

tarbiyasida ota-onalar o‘rni.

– oilada iqtisodiy tarbiya.

– ma‘naviy meros va oila.

– siz o‘tmish avlodlaringizni bilasizmi? Oilanoma yaratish masalalari.

– mutafakkirlar ijodiyotida oila tarbiyasi.

– farzand tarbiyasida xalqimiz qo‘llagan usullar.

– oiladagi adolat –to‘g`ri tarbiya asosidir.

– farzandingiz sahiy, muruvvatli bo‘lsin desangiz?

– oilada iymon-e‘tiqod tarbiyasi.

Ota-onalar uchun tanlangan mavzular quyidagicha rejalashtiriladi.

Mavzu: «Ma‘naviy meros va oila».

Maqsad: Ota-onalarga o‘tmish merosimizdan bolani oilada tarbiyalash

haqidagi mutafakkir va ma‘rifaparvarlar asarlaridagi ta‘limotlar

haqida bilim berish.

Ma‘ruzani ta‘minlovchi manbalar:

a) utmish ma‘rifatparvar va mutafakkirlarning asarlari (Abu Ali Ibn

Page 24: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Sinoning «Tadbir al-manozil», Alisher Navoiyning «Maqbubul qulub»,

Voiz Koshifiyning «Axloqiy Muxsiniy» asarlaridagi oila tarbiyasidagi

g`oyalar.

b) ko‘rgazmalar-allomalarning rasmlari va kitob namunalari. v) didaktik

materiallar, dono so‘zlar yozilgan kartochkalar, faktlar.

Ota-onalar faoli bilan ishlash. Sinf rahbari o`quvchilar ota-onalari bilan

muomala qilar ekan, ular orasida ota-onalar faolini belgilab oladi va bu

faol sinf rahbarining o`quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda unda

kundalik yordam ko`rsatib boradi. Faol ota-onalar faqat o`z bolalari

tarbiyasi haqidagina emas, balki barcha bolalar tarbiyasi haqida

g`amxo`rlik qiladilar. Ular jamoat tashkilotlari orqali umumiy majburiy

talim qonunining bajarilishida maktabga yordam beradilar. Sinf rahbari

vaqti-vaqti bilan ota-onalar faolini yig`ib, ular bilan o`quvchilar

ta‘lim-tarbiyasini yo`lga qo`yish ishlarini maslahatlashib boradi.

2.2. Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo`nalishlari

mazmuni

(ommaviy madaniyatga qarshi kurashish tadbiri)

Bugungi kunda bolalar tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilmoqda.

Ayniqsa, mahallalar, ―Kamolot‖ YoIH, ―Kamalak‖, ―Kelajak

ovozi‖ va boshqa turli - tuman jamoat tashkilotlari maktabga hamda

oilaga bolalar tarbiyasida juda katta yordam ko`rsatmoqdalar.

Jamoatchilikni o`quvchilar tarbiyasiga jalb etishda sinfdan va makatabdan

tashqari ishlar tashkilotchisining roli kattadir. Tashkilotchi maktabning

o`ziga qarashli tumanida bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishini

tashkil etuvchi markaz bo`lib qolmog`i uchun chora-tadbirlar ko`radi, shu

maqsadda u o`quvchilar ota-onalari ishlaydigan korxona va muassasalar

jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o`rnatadi, maktabga homiylik

qilayotgan tashkilotlar bilan bolalarning yashash joylarida ular bilan

tarbiyaviy ishlar olib borish to`g`risida suhabtlashadi.

Jamoatchilikning bolalar tarbiyasi borasida olib boradigan eng muhim

yo`nalishlari: o`qishdan tashqari vaqtlarda o`quvchilar xulq-atvorini

kuzatib borish, ularni xilma-xil ijtimoiy foydali ish-faoliyatiga jalb

etish, o`quvchilarning uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida

ularga alohida-alohida yordam uyushtirish, oilalarga o`quvchilarning

pedagogik jihatdan qarovsizligiga olib keladigan sabablarni bartaraf

qilishda yordam ko`rsatish, tarbiyasi qiyin o`smisrlarni tarbiyalash va

qayta tarbiyalashda yordam berish, bolalar bilan ularning yashash

joylarida sport va madaniy-ommaviy ishlar olib borishdan iboratdir.

Sinf rahbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bo`lib, ularga

mumkin qadar ko`proq yordam berishlari va qo`llab-quvvatlashlari uchun

ularga murojaat qilib turmog`i zarur. Eng avvalo ota-onalar qo`mitasi

bilan, mahalla faollari bilan doimiy aloqa o`rnatish juda muhim ahamiyat

kasb etadi. Bu tashkilotlar bolalar tarbiyasida nihoyatda katta yordam

ko`rsatadilar.

Jamoat tashkilotlari ayniqsa maktabdan tashqari kattalar qarovida

Page 25: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

qolmaydigan o`quvchilarning bo`sh vaqtlaridan to`g`ri foydalanishlariga,

ularning qarovsizligini bartaraf etishga juda katta yordam ko`rsatishlari

mumkin. Sinf rahbari jamoatchilikning ko`magi bilan sayohatlar va boshqa

tadbirlar tashkil etishi va o`tkazishi, mahalla fuqarolar yig`ini binosi

va boshqa tashkilotlar binosida uy vazifasini tayyorlash xonalarini

jihozlashi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.

Har bir umumiy o`rta ta‘lim muassasasida ota-onalar qo`mitasi bo`lib, u

―Maktab nizomi‖ bo`yicha tashkil etiladi.

Ota-onalar qo`mitasi ishining vazifalari va mazmuni, uning huquqlari,

hisoboti va ish yuritishi ham ―Ota-onalar qo`mitasi haqidagi nizom‖da

aks ettirilgan.

Bu qo`mita ota-omnalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi.

Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi, ular orasidan rais va

kotib saylanadi.

Qo`mitani saylashda saylanayotgan ota-onaning ma‘naviy qiyofasi, bo`sh

vaqti bor-yo`qligi, ishbilarmonligi, obro`si, bola tarbiyasiga qiziqishi

va hokazolarni hisobga olish kerak.

Umumiy o`rta ta‘lim muassasasi rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar

qo`mitasiga faol, harakatchan, tarbiya masalalaridan uzoq bo`lmagan

kishilar saylanishi tarafdoridir. Sinf rahbarlari u yoki bu oila qanday,

ota – onalar qo`mitasiga a‘zo bo`lgandan so`ng maktabga qanday yordam

berishi mumkin, ular jamoat tarbiyasi hayoti bilan qiziqishadimi, maktabda

bo`lishi kerakligi haqidagi, mashg`ulotlarni, tartibni kuzatish, sayr

qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi?

Degan savollarga javob berishlari kerak.

Ota-onalar qo`mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash

mumkin. Bunday ota-onalar odatda, qiziqib va samarali ishlaydilar.

Ota-onalar faoliyati samarali bo`lishi uchun uning a‘zolarining

pedagogik mafaniyatini oshirish doimo diqqat-e‘tiborda bo`lishi zarur.

Shu maqsadda rejali o`qishning turli xil shakllari o`tkaziladi.

Ota-onalar qo`mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga

avval qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi.

Ota-onalar qo`mitasi ishida faol qatnashmaydigan a‘zolari, ota-onalar

qo`mitasining taklifi bilan qo`mitani qayta saylash muddatlari kelgunga

qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o`rniga boshqalar saylanadi.

Ota-onalar qo`mitasi a‘zolarining makatab bilan aloqasi pedagoglardan

o`ziga va ishiga nisbatan yanada talabchan bo`lishni talab qiladi. Sinf

rahbarlari mahalla faollari va ota-onalar qo`mitasi bilan mustahkam

aloqada bo`lib, ularning faoliyatlarini faollashtirishga harakat

qilishlari zarur. Ular ota – onalar qo`mitasiga bolalar o`rtasida

yashash joylarida ommaviy tarbiyaviy ishlar o`tkazishda, badiiy

havaskorlik to`garaklari tashkil etishda, kitobxonlar konferensiyalari,

suhbatlar, ekskursiyalar o`tkazishda yordam beradilar. Ular bolalarning

faol ishtirokida hovli maydonlari, sport maydonchalari qilishlari mumkin.

Bolalarning yashash joylari bo`yicha jamoatchilik sportning turli

xillaridan hovli yoki ko`cha guruhlari musobaqalarini o`tkazsa bo`ladi.

Ota-onalar qo`mitasi tashabbusi bilan mahallar qoshida bolalar uchun foto

to`garaklar, ―Mohir qo`llar‖, ―Yosh rassomlar‖, ―Matematik

olimlar‖, ―Bilag`onlar‖, ―Hunarmand ustalar‖ kabi to`garaklar va

sport inshootlarini tashkil etish mumkin.

Bundan tashqari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etishda turli

tadbirlar, kechalar va seminar mashg`ulotlarini ham uyushtirish maqsadga

Page 26: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

muvofiqsir. Bunda sinf rahbari boshchiligida o`quvchilar bilan tadbir yoki

kechalar uyushtirib jamoatchilik tashkilotlarini taklif etishi yoki

ulardan yordam so`rashi mumkin. Sinf rahbari bolalar tarbiyasiga

jamoatchilikni jalb etar ekan, o`z tarbiyaviy doirasini ko`p darajada

kengaytiradi. U murakkab va mas‘uliyatli ishda – bolalarni tarbiyalash

ishida ko`pgina yordamchilar topadi.

Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo‘nalishlari

mazmuni

Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalarida ham shunday tarbiyaviy

an‘analar borki, ularni tiklash, boyitish, zamonaviylashtirish, maktab

tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish, nafaqat har bir oila, balki butun

O‘zbekiston ijtimoiy madaniy hayotini ma‘nan boyitishga yanada

samaraliroq xizmat qila oladi. Qolaversa, mustaqil O‘zbekiston

Konstitutsiyasida ota-onaning bola tarbiyasi uchun davlat oldidagi

javobgarliklarining qayd qilinishi; Prezident I.A.Karimovning yoshlarni

o‘qitish, tarbiyalash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi

haqidagi dasturiy fikrlari ota-onalar, mahallalar oldiga qator yangi,

milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtda ko`z oldimizda

barcha sohada chuqur o`zgarishlar ro`y bermoqda. Bugungi kunning

mafkuraviy manzarasi o`zgarmoqda. Shu o`rinda ta‘kidlash joizki

Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ―fikrga qarshi fikr, g`oyaga

qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan kurashish har qachongidan

ko`ra muhim ahamiyat kasb etmoqda‖ .

Milliy o‘zlikni chuqur anglanishi va yaratuvchanlik maqsadlariga

yo‘naltirilishida oilaning ulkan hissasi bor va bundan oilaning o‘zi

ham manfaatdor. SHuning uchun oila milliy o‘zlikni anglashni

tarbiyalashning ilk va doimiy omiliga aylantirilishi kerak. CHunki, har

bir O‘zbekistonlikning o‘z ota-onasi, bobo-buvilari, katta bobo va

katta buvi va h.k.larini yaxshi bilishi orqali davlat, xalq,

millatimizning tarixiga daxldorlik eshigi ochiladi.

Oila tarbiyasi tarixidan shu narsa ma‘lumki, ―Mehnat qilish‖

tushunchasi tabiiy zarurat sifatida talqin qilingan, chunki oilalar ishlab

chiqarish jamoalarini eslatar, bunda bolalar imkoniyatiga yarasha yumushni

bajarar, birga mehnat qilar edilar. Oilaviy mehnat oilaning mustahkamligi,

bolalarni ulg‘aytirish, ularda mehnatsevarlik, halollik, so‘zi va ishi

birlik kabi bebaho sifatlarni avloddan-avlodga tarbiya orqali o‘tkazish

vositasiga aylanib keldi.

O‘zbek oilasi – milliy dunyoqarash manbai hamdir. Bu hozir

o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta

ahamiyatga ega. Har bir avlod o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan

dunyoqarashni interiorizatsiya qilib, o‘z oilaviy dunyoqarashlariga

aylantirar va shu asosda farzandlarning milliy dunyoqarashlarini

shakllantirib, meros tarzida uzatib keldilar. Dunyoqarashning birligi –

milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat,

maqsad birligi, samimiylik tantana qilar edi.

Page 27: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

O‘zbek oilasi o‘g‘il qizlarda milliy fe‘l-atvor, husni xulq

tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kunlik, har soatlik, har

daqiqalik tarbiyaviy muloqot jarayonida bolalarga xatti-harakatlar,

yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish,

mezbon va mehmon munosabatlari me‘yorlarini singdirib kelmoqdalar.

Ayniqsa, o‘g‘ilni otalikka, qizni onalikka, uy bekaligiga tayyorlash

milliy tarbiyadagi ikki yo‘nalish – o‘g‘il va qiz bolalar

tarbiyasi mavjudligini ko‘rsatadi.

O‘zbek oilasi o‘z farzandlari uchun tan-sihatlik tarbiyasining

o‘ziga xos maktabi bo‘lib keldi. 7 yoshli opaning vodoprovod

jo‘mragidan suv ichmoqchi bo‘layotgan ukasiga ―Umidjon, to‘xta!

Sovuq suv ichma, tomog‘ing og‘riydi‖, yoki ―Oyi mana, maktabimiz

yo‘lida o‘sgan ekan, ukamning ichi ketsa, qaynatib ichirasiz‖ - deya

zuptrum dastasini berishi; 11 yoshli akasining 7 yoshli singlisiga:

―Marhabo yuzingni chala yuvibsan‖. ―Televizordan uzoqroq o‘tir,

ko‘zing og‘riydi‖, - deya uqtirishlari va boshqa misollarni

ko‘plab uchratish mumkin. Bunday misollar ibtidoiy tibbiy

tushunchalarning zamonaviylashib, ota-onalardan bolalarga qanday

o‘tayotganligiga namunalardir. Darhaqiqat, ilgari har bir o‘zbek onasi

chaqaloqni bedard katta qilish haqida milliy tibbiy choralarni o‘rgangan

va qo‘llay bilgan. Tabobatni xalq tabobatiga aylanganligi ham

millatimizning yuqori tibbiy madaniyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Jumladan tabobat ilmining asoschisi Ibn Sinoning inson sog‘ligini

saqlash uchun tug‘ilgan kundan to umring oxirigacha, amal qilishi lozim

bo‘lgan tadbirlar xususidagi o‘gitlariga amal qilingan.

―Oila ijtimoiy tarixiy belgiga ega bo‘lgan muayyan tuzilishli ijtimoiy

guruhning ko‘rinishidir, deb yozadilar o‘zbek olimlari H.Uzoqov,

E.G`oziyev va A.Tojievlar. Ularning ta‘kidlashlaricha, ―Oila

a‘zolarini qarindosh-urug‘chilik, nikoh, turmush sharoitining birligi,

odob-axloq me‘yorlarining umumiyligi, ma‘naviyatning birligi kabi

aloqalar o‘zaro bog‘lab turadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib,

biologik-ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning

birlashuvi natijasida vujudga keladi‖ .

Oilaning yana bir muhim ma‘naviy, madaniy xususiyatlaridan biri –

uning milliyligidir. Shu tufayli u o‘zida, muayyan milliy madaniyat,

milliy tarbiya madaniyatni ham u yoki bu darajada aks ettiradi. Oilani

milliy, istiqloliy tarbiyaning faol omiliga aylanishi uchun uning milliy

madaniy, mafkuraviy, ma‘naviy muhiti o‘rganilishi kerak. Jumladan

oilalarda milliylikka munosabat qanday ekanligini tadqiqot qilish zarur.

Ushbu nuqtai-nazardan o‘zbek oilalarini shartli ravishda 4 guruhga

bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir;

1. Bola tarbiyasiga qadimiychasiga yoki avtoritar yondashuv;

2. Liberal – ko‘ngilchan yondashuv;

3. Milliy zamonaviy, demokratik yondashuv;

4. Marginal yondashuv (boshqa milliy madaniyat asosida tarbiyalash).

Ota-ona obro‘si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali ular

farzandlarining ongiga, xulq atvoriga ma‘naviy ta‘sir qiladilar.

Ota-ona obro‘si baland bo‘lgan oilalarda bolalarning hurmat-izzat,

e‘tibor, mushtipar ona maslahat so‘rab qilgan munosabatlaridan ham

bilish mumkin. Xullas ota-onaning oiladagi hurmati, obro‘si, mavqei

ularning bola tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanayotganligi yoki

shug‘ullanmayotganliklariga bog‘liq. Ota-ona obro‘sini ularning

Page 28: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

farzandlari shaxsi bilan qiziqishlari, o‘quvchi farzandlarining

rivojlana borayotgan ehtiyojlarini o‘rganib, boshqarib, qondirib

borishlari oshiradi. Olib borgan kuzatuvlarimiz hayotda ota-onaning

tarbiyachilar sifatidagi obro‘larini tushiruvchi sabablari ham

mavjudligi ko‘rsatdi. Bular:

- ota-onaning o‘zlarini farzandlarining boquvchilar sifatida anglab,

tarbiyachilari ekanliklarini chuqur anglamasliklari;

- oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi;

- ota-onaning bolalarga aytgan so‘zlari, pand-nasihatlari va amaldagi

hatti-harakatlari orasidagi tafovut;

- ota-onalarning farzandlariga qilgan xizmatlarini minnat qilaverishlari,

ular bilan asosan, buyruq, hukm orqali gapirishlari;

- ota-onaning o‘quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga

e‘tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari.

O‘quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik, ayniqsa, o‘smirlar

o‘zlariga nisbatan befarqlikdan qattiq iztirob chekadilar. Befarqlik

ota-ona va o‘smir orasida sovuqlik tushiradi;

- o‘quvchi farzandlar bilan munosabatda ularni yosh xususiyatlarini

bilmaslikning (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari) ota-onaning

qarashlariga, fe‘l-atvorlariga, taqlid qilib keladilar. O‘smirlik

davri boshlang‘ich, bolada keskin o‘zgarish – o‘tish davri

boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning asosiy qismi

shu davrga to‘g‘ri kelishining boisi ham shundan. Ota-onaning o‘z

farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati

o‘smirlarning ota-onadan (ko‘pchilik hollarda otadan) qalban

uzoqlashuviga olib keladi); - ota-onaning o‘zlarining farzandlari uchun

har kuni, har soat, har daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay

bilmasliklari; - ota-ona, oila a‘zolari tomonidan o‘quvchi

farzandlariga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablarda yakdillikning

yetishmasligi; - o‘quvchining kundalik hayotidagi rejasizlik,

tartibsizlik, aniq maqsadga yo‘naltirilmaganlik; - rag‘batlantirish va

jazolashda tarbiyaviy maqsad ustuvorligini ta‘minlay bilmaslik; - milliy

qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirishda izchillikning yetishmasligi;

- tan jazosi bilan qo‘rqitish; - ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida

janjal qilib turishlari; - uyda oshkora ichkilikbozlik qilinishi; - behayo

so‘zlar, qarg‘ishlar, so‘kinishlar; - o‘z farzandini ―eng

yaxshi‖ deb hisoblash; - ―biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat

qilsin‖- deya o‘quvchilarni erkalatib yuborish; - yasantirishga hirs

qo‘yish yoki buning aksi; - ―bola qiynalib katta bo‘lsa,

ota-onaning, mehnatning, hayotning qadriga yetadi‖ – deya

ko‘r-ko‘rona qattiq qo‘llik, zarda qilaverish; -

o‘quvchi-farzandiga va‘da berib bajarmaslik; - maktab bilan

ta‘lim-tarbiyaviy hamkorlikdan o‘zini chetga olish; - o‘quvchi

bolalarini o‘z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va h.k.

O‘zbek oilasida yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda

otalarning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero, maqollarimizda

qayta-qayta takrorlanib kelinayotganidek, ―otaning ochgan yo‘li bor,

onaning bichgan to‘ni bor‖, ―otasi borning unumi bor, onasi borning

tinimi bor‖, ―ota-olamning faxri‖, ―erta tur, otangni ko‘r,

otangdan so‘ng otingni ko‘r‖, ―Otangni ko‘rsang, otdan tush‖,

―Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin‖, ―Ota bolaga sinchi‖,

―O‘g‘lingni sevsang qulingday ishlat‖, ―Otalar so‘zi xitob

Page 29: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

bo‘lur, ani yig‘sang kitob bo‘lur‖...

Onaning o‘zbek oilasidagi hurmati, o‘rni alohida, jipslashtiruvchi

ahamiyatga ega. Chunki ―Onaga bo‘lgan muhabbat- Vatanga bo‘lgan

muhabbatning kurtagi‖, ―Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli

dalada‖, ―Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas‖, ―Bola-

loy, ona- kulol‖. ―Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi‖,

―Onangning yaxshiligini bemor bo‘lsang bilarsan‖ va h.k. Bu esa

o‘zbek qizlarini onalikka tayyorlash: ularda mehribonlik,

g‘amxo‘rlik, mayinlik, yaqin kishilarini qadrlashiga, himoya qilishga

ehtiyojni shakllantirishga alohida e‘tibor berishni taqozo qiladi.

Ota-onaning izchil tarbiyachilik mehnati ularni yaxshi farzandlarning

ota-onalari bo‘lish sharafiga muyassar qiladi. O‘z tarbiyachilik

burchlarini bajarmasliklari yoki bajara olmasliklari natijasida ular

―yomon‖ deb nom chiqargan o‘g‘il-qizlarning ota-onalariga

tayanadilar. Chunki o‘g‘il-qizlarning yomon bo‘lib

tug‘ilmasliklari bundan qariyib 1300 yil ilgari Yusuf Xos Hojib

tomonidan ―o‘g‘il-qizning fe‘li-xulqi yaxshi yoki yomon bo‘lsa,

uning sababchisi ota va onadir‖ shaklida ifodalangan edi .

Ota-onaga mehrlilik o‘zbek bolasining milliy odobining eng birinchi

sifatidir. Shu bilan birga ushbu sifatning eng birinchi bosh tarbiyachisi

ham oila, ota-onaning o‘zidir. Keyingi yillarda ilmiy pedagogik

adabiyotlarda ―ota-ona nazokati‖ tushunchasi kiritildi2. Bu pedagogik

xislat ota-onalar tomonidan farzandlarga oqilona tarbiyaviy ta‘sir

o‘tkaza olish: to‘g‘ri va iliq munosabatda bo‘la olish,

g‘amxo‘rlik qilish, farzandlariga omilkorlik bilan talablar qo‘ya

olish; inson qadr-qimmatini hurmatlashga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.

Xullas, ―ota-ona nazokati‖ tushunchasi kelajakda har bir ota-ona ilmiy

pedagogik madaniyatini tarkibiy qismiga aylantirilmog‘i kerak.

Ota-onaning ilmiy pedagogik madaniyati-ota va onaning umumiy

madaniyatining tarkibiy qismidir. Unda ota-ona mansub xalqning tarix

davomida to‘plagan oilaviy tarbiya tajribasi sintezlashadi va muayyan

ota-onaning oilaviy tarbiyachilik faoliyatida namoyon bo‘ladi.

Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi o‘zbek oilalarida mohiyatan

yangi, sifat o‘zgarishni sodir qilmoqda, Bu sobiq ―sotsialistik

oila‖dan ―milliy oila‖ga ko‘tarilishni, ya‘ni ma‘nan, madaniy

axloqiy, g‘oyaviy boyishni anglatadi, oilaninig ichki va tashqi

munosabatlari ham milliylik va zamonaviylik bilan tobora boyitila

borilishi lozim. Chunki milliy mustaqillik oila manfaatlarini millat,

Davlat va maktab manfaatlari bilan uyg‘unlashuviga zamin yaratdi. Ana

shu tarbiyaviy birlik ehtiyoji maktab, o‘qituvchilar tomonidan

o‘quvchi va uning oilasini pedagogik o‘rganish va takomillashtirish

orqali ta‘minlanadi.

Oilani milliy pedagogik o‘rganish sinf rahbariga o‘quvchi o‘sayotgan

oilaning turmush tarzi; milliy tarbiyaviy imkoniyatlari; oila

tarkibi;oilaning milliy, istiqloliy qadriyatlarga munosabati va boshqalar

haqida qimmatli ma‘lumotlar to‘plashga imkon beradi. Oilani milliy

pedagogik o‘rganish bola maktabga qabul qilingan kundan boshlanishi

kerak. Bu keyinchalik har bir o‘quvchining milliy tarbiyasiga yakka

yondashuv dasturini yaratish imkonini beradi. Oilani milliy pedagogik

o‘rganish usullari quyidagilardan iborat:

-o‘quvchilarning milliy odobi va o‘qishini kuzatish;

-oilalarga tashrif buyurganda ota-ona, ona-bola, ota-bola, aka-uka, va

Page 30: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

h.k. munosabatlarni kuzatish;

-oilaviy marosimlarda qatnashish;

-ota-onani maktabga taklif qilib, yakka suhbatlashish;

-oilada milliy madaniyat, o‘tirish-turish, jihozlar, ma‘rifatga,

ma‘naviy qadriyatlarga munosabatni kuzatish;

-televidenie, radio, gazeta, jurnallardan qanday mavzularni

yoqtirishlarini aniqlovchi anketa-so‘rovlarni tashkil qilish;

-o‘quvchilarga o‘z oilalari, ajdodlari haqida insho yozdirish;

ota-onalar yig‘ilishlari qo‘mitasi ishiga milliy tarbiyaviy

vazifalarni kiritish va h.k.

Yuqoridagi uslublarning faol qo‘llanilishi, ota-onalar bilan

o‘tkazilgan tarbiyaviy xuquq va majburiyatlar haqidagi suhbatlar, ularni

zamonaviy bolalar tarbiyasi muammolariga jalb etish, milliy tarbiyani

mahalla, qishloq oqsoqollari kengashlari faoliyati yo‘nalishiga

aylantirish va boshqa choralar ota-onalarning tarbiyachilar sifatidagi

faolliklarining oshishiga olib keldi. Sinf rahbarlari tarbiyaviy ishlar

tashkilotchilarining sistemali olib borgan ishlari milliy tarbiyani amalga

oshirishda oila, mahalla imkoniyatlarini to‘laroq ishga solishni

ta‘minladi.

Dunyodagi har bir xalqning o‗ziga xos an‘analari, urf-odatlari milliy

qadriyatlari bor. Muayyan zaminda kurtak ochib, necha yuz yillar davomida

shakllangan va sayqal topgan ma‘naviy mezonlar shu millatning, shu

xalqning bebaho boyligi hisoblanadi. Hayotimizga shiddat bilan kirib

kelayotgan texnika va texnologiyalar, globallashuv jarayonlarida bunday

boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb

etadi. Bugun keskin tus olayotgan ―ommaviy madaniyat‖ ham ma‘naviy

tahdidlardan biridir.

Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot bilan hamqadam bo‗lish yoshlarimizning

hayot tarziga aylanib bormoqda. Albatta, bu quvonarli hol. Chunki bir

necha tilda bemalol so‗zlasha olish, internet olamiga kirib dunyo

yangiliklaridan boxabar bo‗lish imkoniyatining mavjudligi ularning

bilimi, dunyoqarashi kengayayotganidan darak beradi. Biroq globallashuv

jarayonlarida turli g‗oyalar kurashi, axborot xurujlari, mafkuraviy

tazyiqlar tobora avj olayotgani sir emas. Bugun arzimasdek tuyulgan kichik

xabar ham odamlarning, ayniqsa yoshlarning hayotini o‗zgartirishga qodir

kuch bo‗lishi mumkin.

Ayni paytda dunyoda demokratiya va erkinlik, oshkoralikning ―yagona

standart‖ini zo‗r berib targ‗ib qilayotgan buzg‗unchi kuchlar

insonlar ongiga ta‘sir ko‗rsatishning turli yo‗llaridan

foydalanishga harakat qilmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ ana shu yo‗lda

juda muhim vazifani – inson ma‘naviyatini yo‗qotish orqali uni

bo‗ysundirishga xizmat qiladi. Ularning fikricha, har bir millat,

mamlakatning milliy madaniyati, ma‘naviyati va qadriyatlari ―eskilik

sarqiti‖ bo‗lib, ular ―ko‗z-ko‗z‖ qilayotgan ―madaniyat‖

esa inson huquqlarini cheklamaydigan, har kim erkinligidan bemalol

foydalanishga asoslangan emish.

Shu o‗rinda bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi satrlari yodga

tushadi:

Oldig‗a qo‗yganni yemak – hayvon ishi,

Og‗ziga kelganni demak – nodon ishi.

Page 31: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Bu so‗zlarni chuqur tahlil qilsak, har bir narsaga erkinlik beradigan

―ommaviy madaniyat‖ niqobining tagidagi asl maqsad yaqqol ko‗rinadi.

Aslida ―ommaviy madaniyat‖ soyasida kirib kelayotgan axloqsizlik,

behayolik, zo‗ravonlik va buzuqlik kabi illatlar dunyodagi hech bir

xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham

to‗g‗ri kelmaydi. Xususan, bizning zaminimizda tug‗ilib o‗sgan,

jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‗shgan Imom Buxoriy,

Burhoniddin Marg‗inoniy, Ahmad Farg‗oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo

Ulug‗bek va boshqa ko‗plab buyuk ajdodlarimiz qoldirgan meros bugun

ham dolzarbligini yo‗qotgani yo‗q. Xalqimizning go‗zal ma‘naviy

qadriyatlarga yo‗g‗rilgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo kabi

tushunchalari hayotimizga singib ketgan. Ayniqsa, ota-onaga hurmat, ayolga

ehtirom, mardlik va jasurlik singari tuyg‗ularimiz butun dunyo

xalqlarini rom etib keladi.

Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois

―ommaviy madaniyat‖ tahdidiga qarshi tura olish tobora dolzarb

ahamiyat kasb etayotir. Prezidentimiz Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat

– yengilmas kuch‖ asarida bu masalaga to‗xtalib, axloqsizlikni

madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma‘naviy qadriyatlarni

mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‗liq holatlar bugungi

taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta

xavf solmoqda , deya alohida ta‘kidlaydi.

Bugun turli yo‗llar bilan, har xil ―ezgu‖ niqoblar ostida ―ommaviy

madaniyat‖ mamlakatimizga ham tahdid solayotgani sir emas. Ayniqsa,

jangari filmlar, yoshlarni soatlab o‗tirishga ―majbur‖ qilayotgan

kompyuter o‗yinlari beto‗xtov yovuzlikni targ‗ib etsa, bolasining

otasi kimligini bilmasdan boshi qotib DNK tekshiruvini o‗tkazmoqchi

bo‗lgan xonimlar haqidagi seriallar, internet olamida ayol va erkaklarga

lazzatlanish haqida berilayotgan ―eng yaxshi maslahatlar‖ fahsh hamda

buzuqlik ko‗chasi sari chorlaydi.

Buning ustiga estrada san‘atiga kirib kelayotgan ayrim yo‗nalishlar va

qo‗shiqlar, kliplar, yaratilayotgan kinofilmlar, reklama roliklarida

targ‗ib etilayotgan turlicha kiyinish va so‗zlashuv ―madaniyati‖,

umuman hayot tarzimizga to‗g‗ri kelmaydigan holatlarga yo‗l

qo‗yilayotgani achinarlidir.

―Ommaviy madaniyat‖ning eng xavfli tomoni – u to‗satdan kirib

kelmaydi. Avvalo, juda kichik detallar, arzimas veqealar orqali odamlarni

o‗ziga o‗rgatadi, ko‗niktiradi. Ana shunda 3-4 yoshdagi farzandimiz

repper bo‗lib kuylasa ham, o‗g‗limiz qulog‗iga zirak taqib,

qizimiz yirtiq shimni kiyganida ham ―zamona zayli‖ deya beparvo

bo‗lamiz. Qolaversa, farzandimizning zamonaviyligidan quvonamiz.

Mintaqamizdagi davlatlardan birida qandaydir nodavlat tashkilotining

granti, ―beg‗araz‖ ko‗magi asosida maktab o‗quvchilari uchun

ko‗p ming nusxada darslik chop etildi. Bir qarashda bu xayrli tadbir

ezgulikni, yoshlarning bilim olishini ko‗zlab amalga oshirilgandek.

Lekin darslikning ichiga kiritilgan ayrim sahifalar, turli xulosayu

tavsiyalar, erkinlik va demokratiya to‗g‗risidagi yondashuvlar

murg‗ak yoshlar ongiga buzg‗unchi g‗oyalarni pinhona kiritishga

qaratilgani kitob tarqalib bo‗lgandan keyingina aniqlandi.

―Ommaviy madaniyat‖ni targ‗ib qilayotgan g‗arazli kuchlarga aslida

hech qanday madaniyat va inson ma‘naviyati, axloqiy qoidayu

qadriyatlarning aslo keragi yo‗q. Ularning strategik reja va siyosiy

Page 32: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

maqsadlariga erishish, ayrim mamlakatlarning yer osti, yer usti

boyliklariga ega bo‗lish, o‗z izmiga solish uchun bu bir vosita,

xolos. Bir so‗z bilan aytganda hamma narsaga erkinlik nuqtai nazaridan

qaraydigan ―ommaviy madaniyat‖ning asosiy maqsadi – odamning

irodasini susaytirish, o‗zining hayotiga, atrofidagi odamlarga qarshi

qo‗yish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilishdir.

Prezidentimiz Islom Karimov shu yil 9 may – Xotira va qadrlash kunida

jurnalistlar bilan suhbatda qo‗shni Afg‗onistondagi vaziyat haqida

fikr bildirar ekan, Afg‗oniston xalqini, uning tarixini, madaniyatini,

diniy-milliy qadriyatlarini toptash emas, aksincha, hurmat qilish yo‗li

bilangina turli millat va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirish, u yerda

tinchlik va barqarorlik o‗rnatish mumkinligini alohida ta‘kidladi.

Ushbu fikrning o‗ziyoq xalqning ma‘naviyatini mensimaslik, ―ommaviy

madaniyat‖ni keng yoyish qanchalik ayanchli oqibatlarni keltirib

chiqarishi mumkinligini isbotlaydi.

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq umumbashariy va

demokratik qadriyatlarni chuqur o‗zlashtirgan holda barpo etilayotgan

huquqiy va demokratik jamiyat qurish yo‗li bugun o‗zini to‗la

oqlamoqda. Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir

halqning an‘ana va qadriyatlariga ehtirom ko‗rsatish jamiyatimizning

eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib bo‗lish har

birimizning fuqarolik burchimizdir. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy

madaniy va ma‘naviy merosni, mardlik va jasoratni allaqanday ―ommaviy

madaniyat‖ga almashtirishga esa hech kimning haqqi yo‗q.

Bugun eng serdaromad sohalardan biri sifatida internet e'tirof etilmoqda,

desak yanglishmaymiz. Hozirgi kunda taraqqiyotning yuqori texnologiyalari

hayotimizga dadil qadamlar bilan kirib kelmoqda. To‗g‗riroq qilib

aytganda, kirib kelishga ulgurdi ham. Shunday yutuqlardan biri global

internet tarmog‗idir. Siz internetga kirsangiz, qaysiki axborotni

olmoqchi bo‗lsangiz mos manzilni terasiz. Manzilki, tayin faqat va

faqat 3ta bir xil harf: WWW bilan boshlanadi.

Aslida WWW inglizcha qisqartma so‗z bo‗lib, ―Butun dunyo

o‗rgimchak to‗ri‖ ma'nosini beradi. Haqli savol tug‗iladi: Nima

uchun aynan o‗rgimchak to‗ri? Internetning o‗rgimchakka va uning

to‗riga nima aloqasi bor? Balki, ular jarangli eshitilsin deb, uni

ma'joziy nom bilan atagandirlar. Balki, nomlashdan maqsad boshqadir.

O‗rgimchakning o‗z to‗rini qaysi maqsadda ishlatishi ayon ekan,

har qanday kishining ongida nom tasodifan berilmagan degan fikr

shakllanishi aniq. Chunki, u o‗z nomini ma'lum miqdorda oqlamoqda.

Aks holda o‗rgimchak hali qanoti qotmagan hasharotlarni o‗z domiga

qanday tortgani singari, intеrnеt hali ongi to‗la shakllanmagan

yoshlarni o‗zining noto‗g‗ri, asossiz va yolg‗on axborotlari

bilan zaharlash darajasigacha bormas edi.

Lekin, bu bilan biz internet to‗la ―o‗rgimchak to‗ri‖

vazifasini bajaryapti deyishdan yiroqmiz, chunki bu to‗r ichida erkin

harakatlanish imkoni mavjudligi bizga tasalli beradi. Sabab shuki,

internetni ijobiy maqsadga ham yo‗naltirsa bo‗ladi va

―o‗rgimchak to‗ri‖ning haqiqiy egalari buni chegaralay olmaydi.

Biz o‗z xalqimiz mеntaliteti, madaniyati va mafkurasidan kelib

chiqqan holda ezgu mazmundagi veb-sahifalarni ko‗paytirib internetga

joylashti-rishimiz mumkin. Lekin, shu bilan birga, bunday mafkuraviy

xurujdan butunlay ozodmiz, bizni boshqara olishmaydi, deyishdan

Page 33: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

chekinishimiz kerak. Shuni unutmaslik kerakki, har qalay o‗rgimchak

to‗rining o‗z o‗rgimchagi bo‗lgani singari bu to‗rning ham

o‗z ―o‗rgimchak‖lari bor. Men ularni shunday atamadim: ular

o‗zlariga o‗zlari shunday nomni berib qo‗yganlari kundek

ravshanku. Hayron bo‗lishingiz, tabiiyki, muallif taraqqiyotga

qarshi, internetni qoralayapti dеyishingiz mumkin. Aslo, yo‗q, men

internetni qoralamadim, men WWW haqida gapirdim. Internet bilan WWW

orasida farq bor. Biz internetda ishlovchi oddiy insonlardan farq

qilishimiz, devorning orqasini ham ko‗ra bilishimiz zarur.

Xususan, chegarasiz maydon va poyonsiz sarhadga ega virtual olamning eng

jozibador ko'rinishlaridan biri bo'lmish ijtimoiy tarmoqlar hali 30

yoshning nari-berisida bo'lgan Mark Tsukerberg, Albert Popkov, Pavel

Durov, Djek Dorsi kabi kishilarni allaqachon dunyo milliarderlari

ro'yxatiga tirkab qo'ydi. Boz ustiga ularni bugun G'arb matbuoti «yangi

dunyo yaratuvchilari» sifatida olqishlamoqda. Ammo facebook, twitter,

odnoklasniki, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishi va

supertezlikda juda katta auditoriyani qamrab olayotganini milliy

mentalitetlarning kushandasi sifatida e'tirof etayotganlar ham yo'q

emas. Buni statistik faktlar ham tasdiqlaydi. Facebook bugun dunyodagi

eng yirik ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Unga 2004 yili o'sha vaqtda

Garvard universitetining talabasi bo'lgan Mark Tsukerberg asos solgan.

Hozirda facebookning auditoriyasi 901 million kishi (130 ming

o'zbekistonlik)ni qamrab olgan. Shundan 500 million kishi saytga telefon

orqali tashrif buyuradi. Har kuni foydalanuvchilar 3 milliarddan ortiq

sharhlar qoldirishadi, tarmoqqa 300 millionta surat joylashtirishadi.

facebookda hozirga qadar 125 milliard do'stlik aloqasi

o'rnatilgan.Kompaniyaning daromadi joriy yilning birinchi choragida bir

milliard dollardan oshib ketdi. Reklamadan esa qariyb 900 million dollar

foyda olindi. O'z mushtariylariga «Hozir nima qilayapsiz?» degan

savolga javob berish imkoniyatini yaratish maqsadida ochilgan twitter

esa internet tarmog'idagi eng mash¬hur mikroblog servis bo'lib, u o'z

mushtariylariga 140 harfgacha bo'lgan qisqa xabarlarni ma'lum qilish

imkonini beradi. twitter — ingliz tilidan tarjima qilinganda

chug'urlamoq, shivirlamoq, valjiramoq ma'nolarini beradi. Unga 2006 yil

15 iyul kuni Djek Dorsi, Evan Uilyams, Biz Stounlar tomonidan asos

solingan. Hozirda mazkur mikroblogdan 500 million kishi ro'yxatdan

o'tgan. Hatto ko'pgina davlat rahbarlarining twitterda o'z akkaunti

(shaxsiy hisob, tashrif buyuruvchilarning identifikatsiya nomeri) bor

hamda ular o'z o'quvchilarini rag'batlantirib turishadi. Masalan, shu

yilning may oyida Venesuela prezidenti Ugo Chaves o'zining tvitterdagi 3

millioninchi follover (o'quvchisi)ga uy sov¬g'a qildi. Ikki

millioninchi folloveriga esa shaxsan o'zi telefon qilib, kompyu¬ter

sovg'a qilgandi. Bir so'z bilan aytganda twitterda dunyoning mashhur

kishilari, san'at va sport yulduzlarini uchratish, do'stlashish mumkin.

Agar twitterdagi akkaunt mashhur bo'lsa, pul ishlab olish imkoniyati ham

mavjud. «Vkontakte» kompyuter texnologiyalari ustasi Pavel Durov

tomonidan 2006 yil 10 oktyabr kuni yaratilgan. Saytga kuniga 35 million

kishi tashrif buyurmoqda. Qisqa muddatda 100 ming a'zoni yig'ish

bo'yicha rekord o'rnatgan «odnoklasniki» ijtimoiy tarmog'i esa o'z

faoliyatini 2006 yil 26 martdan boshlagan. Hozirda rus, ukrain, gruzin,

arman, moldav, o'zbek tillarida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Loyiha

muallifi kelib chiqishi rus millatiga mansub, ayni paytda Londonda

Page 34: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

istiqomat qiluvchi Albert Popkov hisoblanadi. Sayt shiddat bilan

rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo'lib, u ayni paytda 14 yoshdan 55

yoshgacha bo'lgan 135 millionlik auditoriyaga ega. Shundan ikki million

profil (foydalanuvchining shaxsiy sahifasi) mamlakatimiz fuqarolari

tomonidan ochilgan. Bir kunda unga 30 million kishi tashrif buyuradi.

Qizig'i shundaki, mazkur ijtimoiy tarmoq yaratilganida, muallif unga

bor-yo'g'i reklama joylashtirishni maqsad qilgandi. Biroq qisqa fursat

ichida Albert juda katta daromad manbaiga ega bo'lganini anglab yetdi.

Sayt tashrif buyuruvchilarga alohida va umumiy muloqot qilish, turli

o'yinlar o'ynash, sharhlar qoldirish, guruhlar ochish, do'stlar

orttirish, suratlar, videoroliklar yuklash uchun keng imkoniyatlar

yaratib beradi. Bir so'z bilan aytganda, juda katta muloqot maydonidir.

Kimlar uchundir u eski do'stlar va qadrdonlarni, yillar ortidagi

tanish-bilishlar, yo'qotilgan qarindoshlar, birinchi muhabbatni topish

imkonini bersa, kimlar uchundir mo'maygina daromadga ega bo'lish manbai,

virtual e'lonlar makonidir. Ayni paytda sayyoramizda istiqomat

qilayotgan bir yarim milliard yoshlar ijtimoiy tarmoqlarning asiri

hisoblandi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarning foydali tomonlarini inkor

etib bo'lmaydi. Biroq yovuz niyatli kishilar ham bunday beminnat

yordamchilardan foydalanmaydi deb o'ylash, kulguli, albatta. Masalan,

Afg'onistondagi Tolibonlar, Al Qoida, Somalidagi «Al-Shabab» terrorga

ixtisoslashgan ekstremistik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda o'z

profili va minglab «do'st»¬lariga ega. Xususan, ular o'zlarining

jihodiy g'oyalarini, va'zlarini targ'ib va tashviq qilishda,

inqiloblarga chorlashda hadsiz imkoniyatlarga ega bo'lmoqda. Ayni

paytda ularni qo'llab-quvvatlayotganlar ham, e'tirozlarni, nafratlarini

izhor etayotganlar ham kam emas. Hatto muqaddas islom dini yuziga loy

chaplashni niyat qilgan qora kuchlar ijtimoiy tarmoqlarga

payg'ambarlarning karikaturalarini joylashtirib, o'zlarning manfurona

basharalarini namoyish qilmoqdalar. Bu o'z navbatida, millatlararo,

dinlararo nizolarga sabab bo'layotgani, achinarli. Bundan ham yomoni,

ijtimoiy tarmoqlar Yaqin Sharq va Osiyoda turli namoyish¬lar

uyushtirishning qulay vositasiga aylanganini bir necha bor amalda isbot

etdi.Hozirda dunyoning eng qaynoq nuqtasi bo'lib turgan Suriyada

kechayotgan xunrezliklarda ijtimoiy tarmoqlar ham faol rol o'ynamoqda.

Masalan, amaldagi tuzumga qarshi kurashishga chaqiriqlar, buning uchun

xayriya yig'ini tashkil qilishga da'vatlar (Otning o'limi — itning

bayrami, deb shuni ayt¬salar kerak-da) shular jumlasidan. «Arab

bahori» deb nom olgan va hali beri poyoni ko'rinmayotgan bu harakatlar

Tunis, Liviya, Misr, endi esa Suriyada qator xudkushliklarga sabab

bo'lmoqda. Taraqqiyotni yillar ortiga surib yuborayapti… Statistik

ma'lumotlarga qaraganda, Rossiyada har bir foydalanuvchi bir kunda

o'zining 10,4 soat, Angliyada 5,3, Turkiyada 7,8, yurtimizda esa

taxminan 6 soat vaqtini sarflayapti. Afsuski, mazkur gapning kesimi

yoniga «behuda» so'zini qo'shib qo'yish, yoki uni «isrof qilgan»

jumlasiga almashtirish ham mumkin. Taraqqiyot odimlari bugun internet

qiyofasida dunyoning eng chekka mamlakatlariga ham bo'ylayapti. Bugun

bo'lajak kelin yoki kuyovlar haqidagi dastlabki ma'lumotlar ham ijtimoiy

tarmoqlardan qidirilayotgani ularning nechog'li ijtimoiy hayotimizga

ta'sir ko'rsatayotganini anglatadi. Taassufki, mamlakatimizda eng

mash¬hur ijtimoiy tarmoq hisoblanmish «Odnoklassniki.ru» saytida

yuzlab, minglab axloqqa zid profil yoki guruhlarga ko'zingiz tushishi

Page 35: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

mumkin. Afsuski, fohishabozlik, bachchavozlik, qonxo'rlikka undaydigan

e'lonlar, mavjud ijtimoiy tuzumlarga qarshi qaratilgan chaqiriqlarni

hech bir to'siqsiz o'qiyotgan, tomosha qilayotgan yoshlar ham yo'q emas.

Achinarlisi, ularni nazorat qilishning iloji yo'q. Yaqinda Chexiya

poytaxti Praga shahridagi mehmonxonalarning birida o'zlarini xalqning

daholari deb sanaydigan va tuzilmalariga demokratiya, xalq, tayanch,

adolat, tiklanish kabi dabdabali yorliqlarni yopishtirib olgan bir guruh

tovlamachilarning yig'ilishi bo'lib o'tdi. Maqsadlari hokimiyat,

yurtimizdagi taraqqiyotni izdan chiqarish bo'lgan bu noshud kimsalar ham

o'zlarining faoliyat ko'lamlarini kengaytirishda ijtimoiy tarmoqlardan

unumli foydalanish harakatiga tushib qoldilar. Demak, vaziyat yanada

hushyorlikni talab etadi. Ha, dunyo taraqqiyoti bizga mana shunday

qarama-qarshi vaziyatlarni ro'baro' qilmoqda. Muammoni yechishning esa

bitta yo'li bor: u ham bo'lsa, istiqlolning ilk kunlaridan muhtaram

Yurtboshimiz tomonidan ta'kidlab kelinayotganidek, tarbiyani oiladan,

mahalladan, maktabdan boshlash kerak. Ma'naviy immuniteti mustahkam

bo'lgan kishi hech qachon lo'ttivozlarning yolg'on aldovlariga,

dabdabali va'dalariga uchmaydi. Qolaversa, mahalliy o'z domenida

joylashgan va nazorat qilish imkoni bo'lgan doira.uz, muloqot.uz,

sinfdosh.uz, olam.uz kabi ijtimoiy tarmoqlarni yanada rivojlantirish

zamonning o'zi taqozo etib turgan vazifalardan hisoblanadi.

Taraqqiyot haqida gapirganda ―Yuksak ma'naviyat — yеngilmas kuch‖

asarida keltirilgan Mahmudxo‗ja Behbudiyning fikrlari esga tushadi:

―Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va

fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‗lur‖. Xo‗sh, millatni

poymol etmasdan taraqqiyotni olg‗a surish va bu yo‗lda

―o‗rgimchak‖lardan ozod bo‗lishning yo‗li qanday? O‗shanda

muhtaram Prezidentimiz-ning so‗zlari esimga tushadi: ―Fikrga qarshi

fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq

kеrak‖. Ular bilan kurashish uchun sayt yaratish bo‗yicha ilmiy

salohiyat kuchli bo‗lishi kerak va biz aynan o‗sha ilmimiz va boy

mafkuramiz bilan qarshi turishimiz zarur. Ilmiy salohiyatimiz tufayli ular

bilan bemalol kurasha olsak, ularning jaholatini еngishda esa

ma'rifatimiz qo‗l keladi. Bir so‗z bilan aytganda, internetda

o‗zgacha muhitni yaratishimiz zarur. Keyin bu muhit shunday bir ummonga

aylanadiki, uning ichida tengsiz ma'naviyatimiz, tubsiz madaniyati-miz,

davlatimizning jonkuyar siyosati o‗z ifodasini topgan bo‗ladi.

Qarabsizki, bizdan keyingi avlod aynan o‗sha olamda sayr qiladi,

―o‗rgimchak‖lar bizga xavf sola olmaydi.

Yuqorida bayon etilgan milliy tarbiyani o`quvchilar ongiga singdirish va

―Ommaviy madaniyat‖ga o`quvchilarning kirib qolishlarini oldini olish,

―O`rgimchak to`ri‖ga tushib qolish va virtual olamdan asrash maqsadida

kerakli chora-tadbirlarni ko`rish oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi

talab ertiladi. Hamkorlik ishlari esa o`z navbatida tizimli izchillikda

olib borilishi zarur. O`z maqsadi, shakl, usul va bosqichlariga ega

bo`lgan har qanday tadbir samara berishi tabiiy. Albatta, ushbu natijaga

erishish uchun oldindan reja tuzib olish zarur. Yuqorida

ta‘kidlaganimizdek, hamkorlik ishlarini samarali olib borish maqsadida

o`quvchilar o`rtasida ommaviy madaniyatni bartaraf etish bo`yicha

―Ommaviy madaniyatga qarashi kurashish‖ chora-tadbirlari rejasini

tuzib chiqdik. Namuna sifatida quyidagi chora-tadbirlar rejasini

keltiramiz.

Page 36: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

―Ommaviy madaniyatga qarashi kurashish‖

chora-tadbirlari rejasi

№ Bajariladigan ishlar mazmuni Muddati Mas‘ullar

1 ―Ommaviy madaniyat‖ga qarshi kurashish bo`yicha tadbirlar uyushtirish:

1.1. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – hayotimiz kafolati»

Maxsus reja asosida,

Tarbiyaviy soatlarda Tashkilotchi

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

1.2. «Ijtimoiy tarmoq - vertual qarmoqmi?»

1.3. «O`rgimchak to`ri»dan ogoh bo`ling!

1.4. «Farzand tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar va

ularni oldini olishda jamoatchilikning roli»

1.5. «Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid»

1.6. «Giyohvandlik - asr vabosi»

1.7. «Odam savdosiga qarshi kurash - davr talabi»

1.8. «Hayot – bebaho ne‘mat, o‘z joniga qasd qilish – kechirilmas

holat»

2 O‘quvchilar o`rtasida ―Ommaviy madaniyat‖ ga qarshi kurashsish

ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish:

2.1 «Konstitutsiya – baxtimiz poydevori» hamda «Prezident asarlarini

o‘rganamiz» ko‘rik-tanlovlarini tashkil

etish Noyabr-dekabr Tashkilotchi

Sinf rahbari

«Kamolot» YoIH bo‘limlari

Jamoatchilik

2.2. «Ajdodlar merosi – kelajak poydevori» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish

Aprel

O‘QUVCHILARNI BO‘SH VAQTLARINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH BO‘YICHA

BELGILANGAN TADBIRLAR

3 O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan

tadbirlarni uyushtirish:

3.1. O‘quvchilarning o‘quv dasturlaridan olgan bilimlarini

mustahkamlash maqsadida ularni maktablardagi fan to‘garaklari,

«Barkamol avlod» bolalar markazlariga jalb etish O‘quv yili

davomida Tashkilotchi

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

Page 37: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

3.2. O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy an‘ana va qadriyatlarga

sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida teatrlar, muzeylar va boshqa madaniy

maskanlarga tashriflarini uyushtirish Reja asosida Tashkilotchi

Sinf rahbari

Kutubxona mudiri

Hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda

3.3. O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xalq

og‘zaki ijodi va boy adabiy merosimizni kengroq o‘rganishga jalb

qilish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon»

ko‘rik-tanlovini va ota-onalar o‘rtasida «Bir farzandga uch kitob»

aktsiyasini o‘tkazish

3.4. O‘quvchilarning yurtimiz bo‘ylab sayohatlarini uyushtirish

rejasini ishlab chiqish va Toshkent shahri, viloyatlararo va mahalliy

yo‘nalishlardagi tarixiy, me‘moriy obidalarga, zamonaviy inshootlarga

va tabiatning betakror go‘shalariga sayohatlar tashkil etish Ta‘til

kunlarida

4 O‘quvchilarning ta‘til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida

turli ko‘ngilochar tadbirlar majmuini amalga oshirish:

4.1. Dam olishning turli tashkiliy shakllari orqali sog‘lomlashtirish

oromgohlariga ko‘proq bolalarni jalb etish choralarini

ko‘rish O‘quvchi-larning ta‘til kunlari Tashkilotchi

Sinf rahbari

Kutubxona mudiri

Hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda

4.2 Maktablar qoshida sport sog‘lomlashtirish maydonchalarini tashkil

etish, ularda ma‘naviy-ma‘rifiy-intellektual tadbirlar va sport

musobaqalarini uyushtirish

O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA ―OMMAVIY MADANIYAT‖GA QARSHI PROFILAKTIK

TADBIRARNI TASHKIL ETISH

5 O‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga va ular

o‘rtasida noxush holatlarning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan

omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish:

5.1. O‘quvchilarining spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini

iste‘mol qilishning zararlari haqidagi tushunchalari va ularning bunga

munosabatlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish O`quv yili

davomida Tashkilotch

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

5.1. O‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlik bilan bog‘liq

huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik vositalarining zarari,

uning og‘ir asoratlari to‘g‘risida davra suhbatlari va uchrashuvlar

tashkil etish Oylik davomida alohida reja asosida Tashkilotch

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

5.2. Ta‘lim muassasalarida giyohvandlik profilaktikasi bo‘yicha ishlab

chiqilgan videolavhalarni namoyish etish

5.3. Ta‘lim muassasalarida giyohvandlikning zararli oqibatlarini aks

Page 38: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

ettiruvchi plakatlar, foto va rasmlar ko‘rgazmasini tashkil etish; Reja

asosida Tashkilotch

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

5.4. O‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash va sog‘lom

turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida asfaltga rasm chizish tanlovini

o‘tkazish

II bob yuzasidan xulosa

O`zbek xalqi juda qadimdan o`rganib kelinayotgan o`tmishi, o`z tarixi,

madaniyati va ma‘naviyati, yillar davomida avloddan avlodga o`tib

kelayotgan o`zbek xalqining o`tmishi va kelajagidan darak beruvchi milliy

qadriyatlari va urf-odat, an‘analariga ega. Mana shu urf-odatlar,

an‘ana va marosimlarda xalqimizning ezgu niyatlari, odob-axloqi, ichki

intizomi, ibo-hayosi, sabr-toqati va mehr-saxovati aks ettirilgan.

Asrlar osha yetib kelgan oila va mahallarning birligi, bola tarbiyasiga

barchaning mas‘ulligi kabi an‘ana-yu urf-odatlarimiz orqali yosh

avlodga ta‘lim-tarbiya berish o`tgan yillar davomida man etilgan edi.

Mustaqillikka erishilgach millatimizi o`zligini angladi. Hozirgi davrga

kelib yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda oila, maktab va

jamoatchilik hamkorligi asosiy vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Shaxs shakllanishida milliy tarbiyaning o`rni beqiyosdir. Har bir yosh

avlod ma‘nan yetuk bo`lishida, ayniqsa, ma‘naviy-axloqiy jihatdan

kamol topishida xalqimizning milliy an‘analaridan xabardor qilish juda

muhimdir. Bu o`z navbatida o`qituvchida katta ma‘suliyat talab etadi.

Biz buni dars jarayonida va darsdan tashqari amalga oshirishimiz mumkin.

Bugungi kunda milliy tarbiya bilan birga ‖ommaviy madaniyat‖

tushunchasi ham kirib keldi. Unga qarshi kurashish uchun katta kuch va

aql talab etiladi. Shu o`rinda ‖ommaviy madaniyat‖ga qarshi kurashish

chora-tadbirlari rejasini tuzish talab etiladi. Bugungi kun yoshlarini

tarbiyalashni hamkorlik asosi tashkil etishini unutmasligimiz lozim.

Page 39: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Xulosa qilib aytganda, mustaqillikning ma‘naviy mustahkamligini

ta‘minlash uchun yosh avlodning milliy qadriyatlarimizga va urf -

odatlarimizga sodiqligini ta‘minlash, xalqimizning ma‘naviy merosini

mustahkamlash va rivojlantirish, yoshlarimizning o`z imkoniyatlarini erkin

namoyon qilishi va vatanparvarlikni bundanda kuchaytirish zarur.

Vatanimizning gullab -yashnayotganligi, uning jahon jamiyatiga yuz

tutayotgani, urf - odatlarimizni, qadriyatlarimizni, milliy

udumlarimizni qaytadan tiklayotganimiz va bularni davlat siyosati

darajasiga ko`targanimiz bizning va yoshlarimizning ma‘naviyatli

bo`lishi kerakligidan dalolat beradi.

Inson bolasi yoshligidan yaxshi va yomon odatlarning qaysisiga ko`nikib,

o`rganib qolgan bo`lsa, bu udum uni bir umr tark etmaydi. Shuning uchun

ham xalqimizda, «beshikda tekkan-kafanda ketar» yoki «dard ketar-odat

qolar», «illat ketar-odat ketmas» degan maqollar bor.

Shuning uchun yosh avlod ongida ma‘naviy bo`shliqni paydo bo`lishiga

yo`l qo`ymasligmiz lozim.

III BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish bo`yicha tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili

3.1 Tajriba-sinov ishlari va uni o`tkazish metodikasi

Tadqiqot muammosini yechishga yo`naltirilgan tajriba — sinov ishlari

quyidagi tashkiliy vazifalarni hal etish asosida olib borildi:

1. Tajriba — sinov maydonlarini belgilash.

2. Umumiy o`rta ta‘lim muassasasining rahbari va pedagogik jamoasi

roziligi asosida tajriba — sinov sinflarini rasman tasdiqlanishini

ta‘minlash.

3. Tajriba — sinov ishlarini olib borishga mas‘ul bo`lgan

Page 40: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

o`qituvchilar guruhini shakllantirish.

4. Tajriba va nazorat sinflarini belgilash, sinaluvchi — o`quvchilar

sonini aniqlash.

5. Tajriba jarayoniga jalb etilgan o`qituvchilarni sinov ishlarining

mohiyati bilan tanishtirish.

6. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishga oid maxsus metodikani ishlab chiqish.

Qayd etib o`tilganidek, tajriba — sinov ishlari 160-maktabning 3 —

sinflarida amalga oshirildi. Sinaluvchi — o`quvchilarning soni sinflar

bo`yicha quyidagi ko`rsatkichlarni tashkil etdi (3.1.2 — jadval):

3.1.2— jadval. Tajriba — sinov ishlariga jalb etilgan o`quvchilar soni

(sinflar bo`yicha)

№ Sinflar O`quvchilar soni (nafar hisobida) O`quvchilar soni (foiz

hisobida)

1. 3-a sinf 35 100

2. 3-b sinf 37 100

Jami 72 100

Pedagogika hamda psixologiya yo`nalishlarida olib borilayotgan

tadqiqotlarning samaradorligi muayyan metodikaning ishlab chiqilganligi

(ma‘lum g`oyalarning ilgari surilganligi) va uning uzluksiz ta‘lim

tizimini takomillashga qo`shayotgan hissasi bilan belgilanishi barchaga

yaxshi ma‘lum. Shu sababli tajriba va nazorat sinflarini shakllantirib

olish tajriba sinovidan o`tkazilayotgan metodikaning samaradorligini

aniqlashda muhim omil sanaladi. An‘anaga tayangan holda 3-sinf

o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga

oid metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida bir — biriga muqobil

bo`lgan ikki guruh shakllantirildi.

Tajriba — sinov ishlarining asosiy g`oyasi — 3-sinf o`quvchilarida

oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishdan iborat bo`lib,

amaliy faoliyat jarayonida quyidagi vazifalar hal etildi:

1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligiga

egaliklarini va ularning darajasini aniqlash.

2. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning pedagogik shart — sharoitlarini o`rganish.

3. Tizimli bilimlarni berish 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga hizmat qilishi to`g`risidagi

g`oyaga asoslanuvchi maxsus metodika samaradorligini tajriba sinovi

asosida aniqlash.

Tadqiqot jarayonida tajriba — sinov ishlari quyidagi ikki yo`nalishda

tashkil etildi:

1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishga oid metodikani ishlab chiqish, uni 160-maktab amaliyotida

sinovdan o`tkazish va samaradorligini aniqlash.

2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ta‘lim-tarbiya olish jarayonida

ishtirok etish asosida ularda oila, maktab, jamoatchilik hamkorligining

shakllanganlik darajasini doimiy ravishda aniqlab borish. Bu harakat

o`quvchilarning bilish faoliyatini o`rganish, ular o`rtasida anketa va

test so`rovlarini o`tkazish, suhbatlar tashkil etish asosida amalga

oshirildi. Nazorat ishlari uch bosqichda yo`lga qo`yildi.

3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida qo`llanilgan har bir nazorat

Page 41: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

turi bo`yicha muayyan mezonlarga tayanib ish ko`rildi. Jumladan:

1. Anketa so`rovlari bo`yicha o`quvchilarning javoblari:

- ijobiy;

- salbiy tarzida baholab borildi.

2. Test so`rovlari bo`yicha o`quvchilarning javoblari:

- To`g`ri;

- Noto`g`ri tarzida baholab borildi.

3. Suhbatlar va o`quvchilar faoliyatini o`rganishda ularning tabiatni oila

va mahalla faollariga bo`lgan munosabatlari:

- ijobiy, barqaror;

- salbiy, beqaror tarzida baholab borildi.

Quyida birinchi turdagi so‘rovnomaning umumiy mazmunini keltiramiz:

―Siz o‘z farzandingizni qay darajada bilasiz?‖ nomli so‘rovnoma

mazmuni quyidagicha:

1. Farzandingiz ushbu o‘quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

2. Farzandingizni so‘nggi o‘quv yilidagi o‘zlashtirish darajasi

Sizni qoniqtiradimi?

3. Farzandingizning fanlarga bo‘lgan munosabati qanday?

4. Uning fanlarga bo‘lgan qiziqishini baholay olasizmi?

5. Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik

o‘rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki

qanday?

6. Farzandingiz mansub bo‘lgan mikro hamda makro muhitning

ma‘naviy-axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do‘stlashgan, ularning

ma‘naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi?

7. Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta‘sir

ko‘rsatganliklarining guvohi bo‘lganmisiz?

8. Uning oilada tutgan o‘rni qanday?

9. O‘quv yurti yoki oila o‘rtasida vujudga kelgan shaxsiy

ziddiyatlari bormi?

Dastlabki suhbat hamda ota-onalar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar

natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar

yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi.

Yuqorida qayd etilgan nazorat ishlari bo`yicha o`quvchilarni

ta‘lim-tarbia berish jarayonida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi

qay darajada yo`l qo`yilganligining umumiy holati esa quyidagi uch daraja

bilan belgilandi:

1. Yuqori daraja.

2. O`rta daraja.

3. Past daraja.

2. Qayd etilgan darajalarni belgilashda bitiruv-malakaviy ishning birinchi

bobida yoritilgan va ―O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab

hamkorligi‖ konsepsiyasi mezonlarga asoslanildi.

Tajriba — sinov ishlarining muayyan tizim asosida olib borilganligi

boshlang`ich sinf o`quvchilarida oila, maktab va mahalla hamkorligini

shakllantirishda ijobiy natijalarni qo`lga kiritishga imkon berdi.

Nazorat sinflarida ma‘lum mavzular bo`yicha ota-onalar yig`ilishlari

o`tkazildi. Biroq ularning an‘anaviy metodlardan foydalanilganligi bois

kutilgan natijalar qo`lga kiritilmadi.

Page 42: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

3.2.1-jadval. o`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi

tavsifi (tajribadan oldin)

Sinflar Darajalar Hamkor institutlar

Oila Mahalla Maktab

Tajriba sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 12 25 22

O`rta 24 15 36

Past 32 28 10

Nazorat sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 14 20 23

O`rta 24 30 35

Past 30 18 10

Tajriba va nazorat sinflariga biriktirilgan o`quvchilariga tajriba

ishlarining yakuniy bosqichida o`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla,

maktab hamkorligi mohiyatini yorituvchi test savollari yana bir marta

berildi. Mazkur savollarga ota-onalar va jamoatchilik faollari tomonidan

qaytarilgan javoblarining ko`rsatkichlari haqida quyida so`z yuritiladi.

Tajriba — sinov ishlarining yakuniy bosqichida tajriba sinflarida

sezilar o`zgarishlar qayd etildi.

(tajriba yakunida)

Sinflar Darajalar Hamkor institutlar

Oila Mahalla Maktab

Tajriba sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 20 35 22

O`rta 24 15 36

Past 24 18 10

Nazorat sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 34 45 23

O`rta 24 13 35

Past 10 10 10

III bob yuzasidan xulosalar

Bitiruv-malakaviy ishning ushbu bobida yoritilgan fikr — mulohazalar

ular borasida muayyan xulosalarga kelishimizga imkon beradi. Xususan:

1. Tajriba — sinov ishlarini olib borishda amaliy faoliyatni tartibga

solishga imkon beruvchi dasturga ega bo`lish, bosqichma —bosqich

ma‘lum vazifalarni ijobiy hal etib borish, ularning yagona maqsadni

amalga oshirishga yo`naltirilishi boshlang`ich sinf o`quvchilarida

tabiatni bilishga bo`lgan qiziqishni shakllantirishda muvaffaqiyatlarga

erishishni kafolatlaydi. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

Page 43: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

hamkorligini muayyan tizimga solish, ularni tasniflash asosida

o`quvchilarga yetkazib berish g`oyasini ilgari suruvchi metodika 3-sinf

o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga

yo`naltirilgan tajriba — sinov ishlarining asosini belgilab berdi.

2. Tajriba — sinov ishlarining izchil, uzluksiz va tizimli olib

borilishi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish borasida samaralarga erishishimizga zamin yaratdi. Tajriba

va nazorat guruhlariga jalb etilgan o`quvchilarda shakllangan hamkorlikni

bilishga bo`lgan qiziqishni ifoda etuvchi ko`rsatkichlarning

V.Bespalg‘ko metodi asosida matematik — statistik tahlili maxsus

metodikaning samaradorligini tasdiqladi. 3-sinf o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligi darajasi va uning sifati tadqiqotni olib

borishdan ko`zlangan maqsad, belgilangan vazifalarning to`laqonli

bajarilganligidan dalolat beradi.

UMUMIY XULOSALAR

Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarining ko`rsatishicha, 3-sinf

o`quvchilarida oila, maktab jamoatchilik hamkorligini shakllantirishda

uyushqoqlik, birdamlik va birgalik harakatlari muammoning ijobiy

yechimini kafolatlaydi. Tajriba — sinov ishlarining natijalariga muvofiq

quyidagi xulosalarga kelindi:

1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi mazmunini

o`rganish, bu boradagi hamkorlik darajasini aniqlashga yo`naltirilgan

harakat muammoning nazariy va amaliy yechimlari to`la hal etilmaganligini

ko`rsatdi. O`quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish ularda

tabiatni oilaga, mahallaga bo`ysunish xissi mavjud, biroq uning chuqur va

barqaror xususiyatga ega emasligidan dalolat berdi. Oila va mahallaning

maktab bilan o`zaro birga ishlashi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligi shakllanganligiga bog`liq. Bu g`oya 3-sinf

o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish

masalasining dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslashga imkon beradi.

2. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish jarayonida o`ziga xos psixologik — pedagogik xususiyatlar

ko`zga tashlanadi. Jumladan, bu yosh davri o`quvchilari oila a‘zolari,

kattalar ko`magiga muxtojdirlar. Biroq bu muxtojlik o`rganilayotgan

ob‘yektning mohiyatini to`la ochib bera olmaydi. SHu sababli 3-sinf

o`quvchilarida tizimli oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish va ularda hamkorlarga tayangan holda ishlashni qaror

toptirish maqsadga muvofiqdir.

3. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning an‘anaviy va samarali usullarni mavjud holati bugungi

kun talablari darajasida emasligidan dalolat beradi. Tadqiqot doirasida

amalga oshirilgan dastlabki tajriba natijalarining ko`rsatishicha, buning

asosiy sabablaridan biri o`quvchilar bilan sinf rahbarining yakka o`zi

doimiy faoliyat olib borishidadir.

Page 44: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

4. Tajriba — sinov ishlarini olib borishda amaliy faoliyatni tartibga

solishga imkon beruvchi dasturga ega bo`lish, bosqichma —bosqich

ma‘lum vazifalarni ijobiy hal etib borish, ularning yagona maqsadni

amalga oshirishga yo`naltirilishi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirishda muvaffaqiyatlarga erishishni

kafolatlaydi. Hamkorlik ishlarini muayyan tizimga solish, ularni

tasniflash asosida o`quvchilarga yetkazib berish g`oyasini ilgari suruvchi

metodika boshlang`ich sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini shakllantirishga yo`naltirilgan tajriba — sinov ishlarining

asosini belgilab berdi.

5. Tajriba — sinov ishlarining izchil, uzluksiz va tizimli olib

borilishi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish borasida samaralarga erishishimizga zamin yaratdi. Tajriba

va nazorat guruhlariga jalb etilgan o`quvchilarda shakllangan hamkorlikni

ifoda etuvchi ko‘rsatkichlarning V.Bespalg‘ko metodi asosida matematik

— statistik tahlili maxsus metodikaning samaradorligini tasdiqladi.

TAVSIYALAR

1. Sinf rahbari o`z ish faoliyati davomida 3-sinf o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish bo`yicha trening-seminar

mashg`ulotlarini, tadbir va kechalarni tashkil etishiga alohida ahamiyat

berish.

2. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishda hamkorlikning o`zaro aloqadorlik va bogliqlikning yuzaga

kelishiga alohida e‘tibor qaratish.

3. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishga oid metodik majmualarning chop etilishiga erishish.

4. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida

3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish bo`yicha ilg`or texnologiyalar asosida ishlash bo`yicha

malakalarini shakllantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1. «O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,

«Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» –

Toshkent: Sharq, 1997-65 b.

2. ―O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi

konsepsiyasi‖. T.: ―O`qituvchi‖, 1998.

3. Karimov I.A. «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent:

O‘zbekiston 1992-62 b.

4. Karimov I.A. «Yangi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Toshkent:

O‘zbekiston 1993. – 24 b.

5. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard

maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.

6. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent. 2008.

7. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillik ostonasida. – Toshkent. 2012.

8. Yo`ldoshev.H.Q. ― Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla,

maktab hamkorligi konsepsiyasi‖. T.: 2004.

9. Frolov P.T. Yosh direktor maktabi. T.: ―O‘qituvchi‖, 1991.

10. Hasanboeva O. Uzaytirilgan guruhlarga tarbiyaviy ishlar. T.:

―O‘qituvchi‖, 1994.

11. Inomova K.M. «Oilada bolalarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi»

–Toshkent: Fan, 1999, – 151 b.

12. Jo‘raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o‘tish. T.: ―O‘qituvchi‖,

Page 45: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

1994.

13. Karimova.O.A. ―Oila, farzand va jamiyat‖. T.: ―O‘qituvchi‖,

1991.

14. Mavlonova,R, Raxmonqulova.N, Normurodova.B. ―Tarbiyaviy ishlar

metodikasi‖ – T.: ―Tib-kitob‖, 2010.

15. Musurmonova O. «Oila ma‘naviyat-milliy g‘urur». – Toshkent:

O‘qituvchi. 1999, – 200 b.

16. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O‘qituvchi, 1994.

17. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: ―O‘qituvchi‖. 1994.

18. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari.

T.: 1996 .

19. Nishonova.S. ―Komil inson tarbiyasi‖ – T.: ―Istiqlol‖, 2003 y.

20. Otavaliyeva.O`. ―Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi‖. T.:

―O`qituvchi‖. 1994.

21. Rasulova.Y, Nurmatova.O. ―Pedagogika‖ o`quv qo`llanma – T.:

―Voris‖, 2009.

22. ―Tarbiayviy ish metodikasi‖(pedagogika institutlari uchun o`quv

qo`llanma). T.: ―O‘qituvchi‖, 1991.

23. Uzoqov X., G‘ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi.

T.: ―O‘qituvchi‖. 1992.

24. Xo`jamurotova.S. ―KUG tarbiaychilari uchun ma‘ruza matnlari‖ –

Urganch. 2009.

25. ―O`quvchi ma‘naviyatini shakllantirish‖ (o`quv qo`llanma). T.:

―Sharq‖, 2000.

26. ―Mustaqillik‖ izohli ilmiy-ommabop lug`at. Toshkent ―Sharq‖, 2006

27. ZiyoNET

28. Pedagog.uz

29. Eduportal

30. Google.com

Mavzu yuzasidan o`zbekcha-inglizcha lug`at

1. Concordamce hamkorlik

2. Family oila

3. City block mahalla

4.School maktab

5. Spirituality ma‘naviyat

6. Education tarbiya

7. Morality axloq

8. Thinking tafakkur

Page 46: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

9. Parents ota-ona

10. Feature xususiyat

11. Social ijtimoiy

12. Personality inson

13. Method metod

14. Education ta‘lim

15. Knowledge bilim

16. Purpose maqsad

17. Person shaxs

18. Reason sabab

19. Speech nutq

20. Experiment tajriba

21. Society jamiyat

22. Forming, shope shakllantirish

23. Environment muhit

24. Action tadbir

25. Pedagogics pedagogika

26. Ungency dolzarb

27. Questionnaire anketa

28. Problem vazifa

29. Investigation tadqiqot

30. Observation kuzatish MUNDARIJA

Kirish

1-5

I BOB 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning nazariy asoslari.

1.1. "O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi‖

konsepsiyasi

.......................................................................................6-16

1.2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga

oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari

.............16-21

I bob yuzasidan xulosa 22

II BOB 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning metodik mazmuni.

2.1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning usul va metodlari

…………………………….......23-34

2.2. Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo`nalishlari

mazmuni (ommaviy madaniyatga qarshi kurashish tadbiri)

...............35-55

II bob yuzasidan xulosa 56-57

III BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish bo`yicha tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili

3.1 Tajriba-sinov ishlari va uni o`tkazish metodikasi

Page 47: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

…………………......58-63

III bob yuzasidan xulosa 64

Umumiy xuloslar va tavsiyalar

65-66

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

67-68

Kirish

Muammoning dolzarbligi: Mustaqil O`zbekistoning xalqparvar siyosati

natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida

kun sayin jiddiy o`zgarishlar bo`lmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma‘naviy

rivojining Yangi omillari xalqning milliy o`z-o`zini anglashda samarali

ta‘sir ko`rsatayapti. Mamlakatimiz hayotining barcha tomonlarini

demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy

kuch-qudratini ma‘naviy jihatdan tiklash, g`oyaviy jihatdan yangilash

va o`z-o`zini anglashdan iborat muhim vazifalarni qo`ymoqda.

Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun

iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratilmoqda. Jumladan,

hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me‘yoriy hujjatlarda

o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator

tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta‘limda

o‘qitishga alohida e‘tibor qaratilib, bugun zamonaviy

texnologiyalardan unumli foydalanish qayd qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX

sessiyasida qabul qilingan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun va

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da oliy ta‘lim oldiga qo‘yilgan

qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, ta‘limning fan va

ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab

chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni

individuallashtirish, masofaviy ta‘lim tizimi texnologiyasi va

vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda

axborot texnologiyalari asosida modul tizimidan foydalangan holda

talabalar o‘qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar

sirasiga kiradi.

Yuqori malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borayotgan

hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib

kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga

ega bo‘lgan, fanning fundamental asoslarini puxta egallagan, pedagogika

va psixologiya fanlarining zamonaviy metodlari bilan chuqur qurollangan,

kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik

va axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirib olgan ijodkor pedagog

kadrlarni shakllantirish talab etiladi.

Bunday vazifalarni bajarish mavjud ta‘lim tizimini mukammallashtirishni,

uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan oliy pedagogik

ta‘lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini

o‘zlashtirishga, oliy pedagogik ta‘lim muassasalarida mutaxassislikka

Page 48: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

oid fundamental bilimlarni mustahkam egallashga qodir pedagoglar

tayyorlashga yo‘naltirishni taqozo etadi.

Darhaqiqat, yangilangan ta‘lim tizimini joriy etishda har bir

o‘qituvchi o‘zining faniga va barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid

axborotlarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida

izchil qo‘llay bilish mahorati oqibatidagina ta‘lim-tarbiya jarayonini

zamon talablari darajasida tashkil eta olishi mumkinligi sir emas.

Bu esa ta‘lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi.

Shu o`rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning ‖Yuksak ma‘naviyat –

yengilmas kuch ‖ asarida : ‖ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa

ta‘limdan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot

falsafasi‖ deb aytgan so`zlarini ta‘kidlab o`tish joizdir. Bugungi

maktab o‘qituvchisi jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub

o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rayotgan, uni aql

chig‘irig‘idan o‘tkazadigan, har bir masalaga o‘z munosabatini

bildira oladigan, dunyoqarashi rivojlangan, fikrlash olami keng

o‘quvchidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezdintining Oliy

Majlisning IX Sessiyasida (1997 yil, 29 avgust) so‘zlagan nutqda:

―Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan

etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan

ta‘lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo

bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir‖ – deb

qayd qiladi.

Shunday ekan, bolaning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishi uchun

eng avvalo oila mustahkamligi ta‘minlanishi zarur. Oila jamiyat tayanchi

ekanligini unutmasligimiz lozim. Ammo barcha vazifalarni oilaga tashlash

ham noto`g`ri. Oiladagi ta‘lim-tarbiyaning to`ldiruvchi maktab va

jamoatchilik mavjud. Mana shu tashkilotlarning o`zaro hamkorlikda ishlashi

bola tarbiyasi, xususan barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarurdir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan ―Mustahkam oila yili‖

Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta‘lim

maskanlari o‗rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har jihatdan

sog‗lom va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida

e‘tibor qaratilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi ‖

Konsepsiyasi asosida umumta‘lim maktablari bilan o‗zini o‗zi

boshqarish organlari va oila institutlari o‗rtasida yaqin hamkorlik

yo‗lga qo‗yilgan. Bu esa o‗quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini

o‗z vaqtida aniqlash, bo‗sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni

ta‘limning keyingi bosqichiga yo‗naltirishda muhim omil bo‗lmoqda.

Ayni paytda "oila-mahalla-maktab" hamkorligi oilalardagi

ma‘naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ularda ulg‗ayayotgan

o‗g‗il-qizlarni zamon talablari asosida, milliy va umumbashariy

qadriyatlar ruhida tarbiyalashda o‗z samarasini berayotir.

―Oila-mahalla-maktab‖ hamkorligining yosh avlod

ta‘lim-tarbiyasidagi ahamiyati beqiyosdir. Yigit-qizlarning oila

haqidagi tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladigan ―Oila – muqaddas

tushuncha‖, ―Oilaviy an‘analar‖, ―Ota va ona – oila

tayanchi‖, ―Oilada sharqona sadoqat» mavzularidagi ma‘rifiy

tadbirlar, tanlov va davra suhbatlari yoshlarimiz uchun har tomonlama

foydali bo‗lmoqda. Ayniqsa, ta‘lim maskanlarida o‗tkazilayotgan

―Bola tarbiyasi – kelajak mevasi‖, ―Ilm ol, hunar o‗rgan‖,

Page 49: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

―Tanlagan kasbing – sening kelajaging‖ hamda ―Etuk mutaxassis –

kelajak mevasi‖ mavzularidagi suhbatlar, savol-javob kechalari yaxshi

samara berayotir. Ushbu tadbirlarga malakali professor-o‗qituvchilar,

iqtidorli talaba-yoshlar hamda ibratli oilalar vakillari jalb

etilayotgani ularning ta‘sirchanligini oshirmoqda. Erta turmush qurish

va yaqin qarindoshlar o‗rtasida nikohlarning oldini olishga qaratilgan

tushuntirish ishlariga ham shahar va tumanlarda alohida e‘tibor

qaratilmoqda. ―Bir bolaga yetti qo‗shni ota-ona‖

ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga

ma‘naviy-ruhiy tomondan tayyorlash, ularda oilaga mas‘uliyat hissini

uyg‗otish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham e‘tiborga sazovor.

Aholiga ta‘lim tizimidagi islohotlar samaralari haqida kengroq

tushuncha berish maqsadida fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish

organlari qoshida ―Ota-onalar universitetlari‖ning faoliyatiga

bag‗ishlangan burchaklar tashkil etilmoqda, buklet, eslatmalar

chiqarilmoqda, ular hisobotlari eshitilmoqda.

Darhaqiqat, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan hech kimdan

kam bo‗lmagan, yuksak ma‘naviyatli avlodni voyaga yetkazish

yo‗lidagi keng ko‗lamli ishlarda oila, mahalla va ta‘lim

muassasalari hamkorligining ahamiyati beqiyos. Zero, ta‘lim va

tarbiyaning uyg‗unlikda olib borilishi mustaqil fikrli, barkamol

yoshlarni ulg‗aytirishda asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi. Bugungi

kunga nazar tashlasak ham oila, maktab, jamoatchilik hamkorligiga alohida

ahamiyat kasb etadi. Biz yuqoridagi fikrlarga tayangan holda

bitiruv-malakaviy ishning mavzusini ―3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirish‖ shaklida rasmiyalshtirishni

lozim topdik.

Bitiruv-malakaviy ishning maqsadi: 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirish yo`llari, usul va metodlarini

ishlab chiqish.

Bitiruv-malakaviy ishning ob‘ekti: 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirish jarayoni.

Bitiruv-malakaviy ishning predmeti: Ta‘lim-tarbiya jarayonida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishning (metod va vositalari)

маzmuni.

Bitiruv-malakaviy ishning vazifalari:

- Maktab ta‘lim tizimida o`quvchilarini tarbiyalashda oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirishning dolbzarb muamolarini taxlil

qilish;

- 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishda sinf rahbarining tutgan o‘rnini aniqlash;

- 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning metodik asoslarini yoritib berish;

- o`quvchilarini tarbiyalashda oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini shakllantirish bo`yicha ilg`ora pedagogik

texnologiyalarning qo`llash orqali tarbiyada muamolarini ochib

berish samaradorligiga erishish.

- 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

Page 50: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

hamkorligini shakllantirishga doir tajriba sinov ishlarni

natijalari taxlil qilish

Bitiruv-malakaviy ishning metodologiyasi: O`zbekiston Respublikasining

―Ta‘lim to`g`risida‖gi qonuni, Sharq va G`arb pedagogikasi,

olimlarning ilg`or tajribasi, shu sohadagi tadqiqotlar taxlili.

Bitiruv-malakaviy ishning metodlari:

- DTS, o‘quv dasturi va darsliklarni o‘rganish,pedagogik jarayoni

kuzatish,suhbat,ijodiy test,so‘rovnomalar o‘tkazish;

- Zamonaviy pedagogik texnologiyalari nazariyasi bo`yicha xorij va

respublikamizda nashr qilingan pedagogika, psixologiya soxasidagi

adabiyotlar, internet saytlar xamda bu soxadagi tajribalar taxlili,

so‘rov savollari, so‘xbat, pedagogik tajriba, ma‘lumotlarga

matematik ishlov berish;

- Tajriba ishlarining borishi natijalarini tavsiyanomalar, ishlanmalar

yoritish.

Ishning tuzilishi: BMI kirish, uch bob, umumiy xulosa va foydalanilgan

adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning nazariy asoslari.

1.1. "O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi‖

konsepsiyasi

…«Kelajak bugundan boshlanadi.

Hozir tarbiya masalasiga e‘tibor

berilmasa, kelajak boy beriladi…»

I.A.Karimov

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish

maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi

‖ Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy

barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini

muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda

keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator

me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim

to`g`risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi‖ bozor

iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil

fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini

yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.

Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh

islohotchidir. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek:

birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimizni

anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllanagan ezgu

Page 51: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni

anglashsingdirish;

ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy

nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini

asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda

O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida

tarbiyalash;

to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak

odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;

beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari

ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini

egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni

tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.

Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta‘lim-tarbiya sohasidagi

islohotlar:

birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga,

umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga;

ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga;

uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsni shakllantirishga;

to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga,

beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,

zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan,

kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga

qaratilgan.

Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma‘naviy – axloqiy negizi –

milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e‘tirof

etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar

uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi:

Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy

g`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik,

milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi.

Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,

ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu

Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga

mosligini ta‘minlaydi.

Sog‗lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni

har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay

turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng

ko‗lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2009 yil 13 apreldagi ―Ona va bola salomatligini

muhofaza qilish, sog‗lom avlodni shakllantirishga doir qo‗shimcha

chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ hamda 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan

―2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash,

sog‗lom bola tug‗ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni

voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va

samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‗g‗risida‖gi

qarorlari bunday xayrli ishlarning izchilligini ta‘minlashga xizmat

qilayotir.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli tibbiy-ijtimoiy

islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv

salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga

Page 52: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

xizmat qilmoqda. Skrining xizmati qamrovining kengayayotgani, perinatal,

pediatriya, akusher-ginekologiya sohalarida erishilayotgan natijalar

onalik va bolalik muhofazasida yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir

muhim loyiha – homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta‘minlash

chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko‗zlangan maqsad –

oilada sog‗lom farzandlar tug‗ilishini ta‘minlash va tug‗ma

nogironlikning oldini olishdir.

Yurtimizdagi oilalarning demografik holati, yosh oilalarni

qo‗llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda

tibbiy madaniyatni oshirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash,

birlamchi tibbiy-profilaktika ko‗rigi qamrovini kengaytirish, istalmagan

homiladorlikning oldini olishda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali

foydalanish masalalariga bag‗ishlangan tadbirlar sog`lom oilada

barkamol avlodni voyaga yetishini ta‘minlaydi.

Konsepsiyada oilaga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil

―Oila yili‖ deb e‘lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada

kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz

taqdiri va uning dunyo miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy

salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda

qabul qilingan ―Ijtimoiy-ma‘naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish,

diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi

130-sonli qarori misol bo`la oladi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risida‖gi

Qonunining 30-moddasida ―Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari yoki

qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya

qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, makatabgacha, umumiy o`rta,

o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishlari uchun javobgardirlar‖, deb

belgilab qo`yilgan.

―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi‖ning 3.2-bandida esa ta‘lim

oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar

yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini

rivojlantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu ―Oila, mahalla, maktab

hamkorligi‖ bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy,

tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi.

Yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy,

madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy

qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning

ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi; shaxsni tarbiyalash va uni

har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy

hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari

orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish –

―Oila, mahalla, maktab hamkorligi‖ Konsepsiyasining asosiy

maqsadidir.

O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar ―Oila, mahalla, maktab

hamkorligi‖ yo`nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,

maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni

taqazo qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, ―Oila

jamiyatimizning asosiy bo`g`inidir‖ . Haqiqatan ham oila bu jamiyatni

tashkil etuvchi katta kuchdir. Jamiyat mavjudligi mana shu oilaga

tayanishi hech kimga sir emas. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir.

Page 53: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Unda inson dunyoga keladi. Shu paytda oila insoniyatning uzluksiz naslini

davom ettiruvchi bo`lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan

ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to`g`ri

tarbiya berishni yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta

yoki kichik narsa bo`lmaydi. Hamma narsa, xatto eng oddiy bo`lib

ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta`sir ko`rsatadi. Shunga

muvofiq ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi‖ Konsepsiyasini amalga

oshirish jarayonida oilaning quyidagi vazifalari belgilab qo`yilgan:

- oilada sog`lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga

olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`lishi,

farzandlarning ota-onasiga, Vataniga muhabbat tuyg`usini shakllantirish,

o`zaro g`amxor bo`lishni ta‘minlash;

- oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a‘zolarining o`z huquq va

burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini

ta‘minlash;

- farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma‘rifatli va

ma‘naviyatli kishilar bo`lib yetishishlarini ta‘minlash;

- bozor munosabatlariga mos bo`lgan kasb-hunar o`rgatish, iqtisodiy

tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;

- bolalarning ma‘naviy barkamol va jismonan sog`lom bo`lishlari uchun

iqtisodiy muhitni yaratish;

- bolalarni mustaqil fikrlashga o`rgatish; istiqlol g`oyalari va milliy

mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

- bolalarning bo`sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib

unumli tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta‘lim berish;

- farzandlariga mavjud bo`lgan iste‘dod kurtaklarini yaratish;

- o`z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi

burchlarini to`la ado etishlari uchun oilada mas‘uliyatli bo`lish;

- ota – onalar o`zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini

doimo oshirib boorish;

- bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma‘naviy-axloqiy

tomonlarini shakllantirish;

- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo`nalishlarini uyg`un

holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas‘ullikni ta‘minlash;

- sanitariya-gigiyenik, ekologik ko`nikmalarni singdirish, diniy

aqidaparastlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;

- oila, maktab va mahalla oldida o`z farzandlarining barcha

xatti-harakatlari uchun javobgardir;

- sog`lig`ida va aqlida nuqsonlari bo`lgan farzandlarga hayot talablariga

mos ravishda bilim va kasb-korlik berishdan iborat.

Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o`zbekona ta‘bir bilan aytganda

farzandga yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`liga topshirib savodini

chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan

iboratdir.

Shu o`rinda 2012 yilga mamlakatimiz rahbari tashabbuslari ―Mustahkam

oila yili‖ deb nom berilishi va shu asosda azal-azaldan hayotimizning

tayanchi va suyanchi bo'lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'ini

bo'lmish oila institutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot

abadiyligini, har qaysi insonning baxtu saodati, kelajagi,

orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va

farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni

yangi bosqichga ko'tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko'zda

Page 54: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

tutilgani hammamizga yaxshi ayon.

Ta'kidlash kerakki, ―Mustahkam oila yili‖ jamiyatimizning ma'naviy

negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarni asrab-avaylash,

yuksak ma'naviy muhitni qaror toptirishda, milliy mentalitetimizga yot

bo'lgan zararli ta'sirlarga qarshi turishda beqiyos kuch bo'lgan oilaning

o'rni va nufuzini oshirishga qaratilgan oila, maktab va jamoatchilik

hamkorligida tashkil etilgan ko'plab tadbirlarga, jumladan, turli

ko'rik-tanlovlar, festivallar, ko'rgazma va ijodiy kechalarga boy bo'ldi.

Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida 2013-yilning ―Obod turmush

yili‖ deb e‘tirof etilishi ham bejizga emas. Oilalarning mustahkamligi

va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo`lib yetishi uchun

tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi

asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham,

makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o`zaro hamjihatliligi talab

etiladi.

Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir.

Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib

yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla" so‘zi arabcha

„Mahallun" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy,

guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaharlar

ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib

kelmoqda. Bejizga yurtboshimiz ―Mahalla – yurt mustahkam bo`lsagina,

davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi‖ , deb

ta‘kidlamagan.

―Bir bolaga yeti mahalla – ota – ona‖ degan naqldan kelib chiqib

kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta‘lim berish jarayonini amalga

oshirish borasida kichik Vatan bo`lmish mahallaning oldida quyidagi

vazifalar turadi:

- mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda

ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni

muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik

ko`rasatilishi;

- mahalla o`z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni

aniqlab, ularni qo`llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya

olishlariga bosh-qosh bo`lishi;

- ma‘nan nosog`lom oilalarni mahalla yig`inlarida muhokama qilish,

ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko`rish;

- mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy

yordam ko`rsatilishini qo`llab-quvvatlash;

- ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy

g`urur, vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik, baynalmilallik

kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag`batlantirish;

- yoshlarga diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini

to`g`ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta‘sir ko`rsatish, ulug`

ajdodlarimizning tarbiyaviy o`gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni

safarbar qilish;

- mahalla yig`inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g`oyalarini,

respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli

tadbirlar tashkil qilish;

- ―Ma‘naviyat va ma‘rifat‖, ―Sog`lom avlod uchun‖,

―Mahalla‖, ―Ekosan‖, ―Umid‖, ―Ulug`bek‖, ―Nuroniy‖,

―Kamolot‖ jamg`armalari, xotin-qizlar qo`mitalari, turli jamiyatlar,

Page 55: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlod milliy istiqlol g`oyalari

asosida tarbiyalash ishiga muammoli masalalarning yechimini topishga faol

jalb qilish;

- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining

imkoniyatlarini o`quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini

mustahkamlashga jalb qilish;

- mahalla hududida o`quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli

ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar

tashkil qilish;

- turli yo`nalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni maktablar

tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash;

- ilg`or pedagog xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib

chiqib, har tomonlama yordam ko`rsatish;

- farzandlariga ta‘lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga

erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla

hududida ―Oila saboqlari‖ mashg`ulotlarini tashkil qilish;

- mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san‘atkorlar, ziyolilar

va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to`garak va

―Usta-shogird‖ rusumida billim va kasb berish faoliyatini tashkil

qilish;

- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada

istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari

kvotasining ajratilishiga erishish;

- har bir yosh fuqaroda O`zbekistonda, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga

qiziqish, mahalla obodonchiligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhini

shakllantirish.

Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu ulkan va mas‘uliyatli vazifalarni

amalga oshirishda ―Kichik biznes va tadbirkorlik‖ning ahamiyati ortib

bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy

taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini

yaratish, aniq maqsadlar ko`zlangan istiqbolli rejalarni amalga

oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bo`lib bormoqda.

Ishbilarmonlikning faol qo`llab-quvvatlanishi xalqimiz turmush

farovonligini oshirish omili bo`lib qolmoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasida kichik biznes

va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilaviy

biznesni tashkil etish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish

ơrinlari yaratish orqali oilalar turmush farovonligini oshirishga alohida

e'tibor berilishi tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi.

Mamlakatimizda oilaviy biznesni tashkil etish, oilalarning farovonligini

oshirish bơyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan

kreditlar miqdori 956 mlrd. sơmdan, jumladan xotin-qizlarni tadbirkorlik

sohasiga faol jalb etishga yơnaltirilgan kreditlar hajmi 451 mlrd.

sơmdan kơproqni tashkil etdi. Natijada minglab oilalar o`zlarining

oilaviy bizneslarini yơlga quydilar, shaxsiy yordamchi xơjaliklarini

tashkil etish imkoniga ega bơldilar. Yuzlab bog'dorchilik va

sabzavotchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bilan

shug'ullanadigan yangi xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyat yurita

boshladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy

taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini

yaratish, aniq maqsadlar kơzlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda

Page 56: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bơlib bormoqda. Ishbilarmonlikning faol

qơllab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bơlib

qolmoqda.

Bolalarga ta‘lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy

vazifalari O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan qabul

qilingan ―Ta‘lim to`g`risida‖gi Qonunning, ―Kadrlar tayyorlash

Milliy Dasturi‖ va respublika rahbariyatining dasturiy

fikrlarimazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya‘ni:

- maktabda bolaga biron bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor

yaratish;

- o`quvchi yoshlarning sport turlari bilan shug`ullanishlariga yordam

berish, ularning bo`sh vaqtlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda

to`garak mashg`ulotlarini tashkil qilish;

- bolalarga ta‘lim berishni ilg`or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy

o`quv uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya

jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta‘minlash;

- o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini tahlilidan, iqtisodiy

va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo`yicha kasb

asoslariga yo`naltirish va ta‘limda tabaqalashtirilgan yondashuvni

joriy etish;

- yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy-tarbiyaviy, huquqiy,

ma‘naviy-ma‘rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus

tadbirlarni amalga oshirish;

- o`z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad

yo`lida muvofiqlashtirish;

- tarbiyasi og`ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash,

oilalarga pedagogik yordam berish;

- bola tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan oilalarni tegishli idoralar

hamkorligida o`rganib, tajribalarini ommalashtirish;

- o`qishni va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan

o`smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda

zarur choralar ko`rib, ota-onalar yig`ilishlarida muhokama qilish;

- tarbiya sub‘yektlari bo`lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar,

yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va ―Ekosan‖, ―Qizil yarim oy‖,

barcha jamg`arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari,

inson huquqlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, nodavlat

tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv

idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas‘uliyat va javobgarligini

muvofiqlashtirish;

- turar joyda va mahallada olib borilayotgan tarbiyaviy, ma‘naviy,

ma‘rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi maktab bo`lishiga

erishish;

- o`quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani

amalga oshjrish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida

milliy mafkurani targ`ib qilish, aqidaparastlik va milliy

taraqqiyotimizga zararli g`oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz

kurashni tashkil qilish;

- makatb negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma‘naviy va

ma‘rifiy bilimlar beruvchi ―Ota-onalar unversitetlari‖ faoliyatini

tashkil qilish.

Page 57: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

1.2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga

oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari

Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib

tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat

berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishib

bo`lmaydi.

Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga

amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo`ladi:

- ta‘lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari

harakatlarining ish birligi;

- tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg`unligi;

- hamkorlik jarayoni sub‘yektlarini teng huquqliligi va yuksak

mas‘uliyati;

- faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;

Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va

uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu

masalalarga tibbiyot xodimlari, obro`li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb

qilib, ―Yosh onalar va otalar maktablari‖ faoliyatini yo`lga qo`yish

muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchi bosqich. Farzandning maktabgacha bo`lgan davridagi jismoniy,

aqliy va ma‘naviy rivojlanishini ta‘minlash borasida ularga rasm

chizish, voqealarni bayon qilish, o`ziga o`zi xizmat qilish, harf tanish,

qo`shiq aytish va raqs tushish, turli o`yinlarda ongli qatnashish

tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko`nikmalarini

shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, ―yakshanbalik

maktablar‖ ishini tashkil qilish.

Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning

jismoniy, ma‘naviy va ijtimoiy shakllanishini ta‘minlash, uning ilk

Page 58: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o`z

xatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo`sh vaqtini to`g`ri

tashkil qilishni o`rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lish,

do`stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.

To`rtinchi bosqich. O`smirlarni (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga

chanqoqlik va aql-zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga

tortish, jismonan baquvvat bo`lishini ta‘minlash, maishiy mehnat

faoliyati orqali turli kasblarga yo`naltirish, o`smirlar guruhlari va

jamoatchilik orasida o`z o`rnini topa olishiga ko`maklashish, o`z

xatti-harakatlari uchun jamiyat,, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik

tuyg`usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini

yuzaga keltirish.

Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 va undan yuqori) dunyo andozalariga mos

bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini

ta‘minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta‘lim olishlariga,

tanlagan kasblari bo`yicha ish bilan ta‘minlanishlariga, iqtisodiy

mustaqil bo`lishlariga shart-sharoit yaratish, Vatan, Davlat va jamiyat

oldidagi fuqaroli burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to`la

shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.

―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi‖ning 4-bo`lim 6-bandida ―Muassis

tashkilotlarning , mahalliy hokimiyat organlarining, savdo- sanoat

doiralarining jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning

vakillarini o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish

orqali ta‘lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy

etiladi‖, deb belgilab qo`yilgan.

O`zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o`z tarkibiga

mahallar faollari, obro`li ota-onalardan, o`quv-tarbiya muassasalarining

tajribali xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari

tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o`z zimmasiga olgan vazifalardan

kelib chiqib, o`z tarkibida turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatadigan

kichik tashabbuskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi

ma‘lum bir muddatga mo`ljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla

yig`inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo`ladi. Qayd etyilgan

tadbirlar davra suhbatlaridan, biron bir mavzuga yoki muammoga qaratilgan

kengash va majlislardan, anjumanlardan, oqsoqollar kengashlaridan ,

mahalla yig`inlaridan, mahalla ahlini birlashtiruvchi, ularni sog`lom

turmush tarziga yetaklovchi ko`rik-tanlovlar, musobaqala, bellashuvlar,

uchrashuvlar va turli sanalarga bag`ishlangan anjuman va tantanalardan

iborat bo`lishi mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o`z faoliyati

to`g`risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi.

Zarurat tug`ilganda o`quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla

hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarni ta‘lim-tarbiya

yuzasidan olib borayotgan ishlari to`g`risida hisobotlarini tinglab,

ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning

izchilligiga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.

Hamkorlik kenagshi mahalla hududida istiqomat qilayotgan o`z farzandalari

tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari,

huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma‘muriy

choralarni qo`llashi mumkin. Hamkorlik kenagshi mahalla hududida o`zbek

milliy tarbiya an‘analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o`tkazish,

bolalar va kattalarning bo`sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar,

o`yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o`smirlar

Page 59: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

klublari, maktabgacha tarbiya va makatabdan tashqari muassasalar ishini

muvofiqlashtiradi.

Hamkorlik kenagshi o`tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada

uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot

vositalarida yoritadi.

Hamkorlik kenagshi yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila

hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarini mahalla hududidagi

o`quv-tarbiya muassasalari, tashkilotlar va idoralari ishi

rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning

bahamjihatliligini ta‘minlaydi.

Ta‘lim-tarbiya sohasiga e‘tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz

tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, ma‘muriy ko`rsatmalarni

samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligifaoliyati o`ziga

xos pedagogik tizim uslub va shakllarga ega bo`lishi zarur.

O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning

yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran,

qiziqarli va ko`rgazmali, ta‘sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va

lo`nda, estetik jihatdan keng ko`lamli bo`lishi kerak.

Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshdagi va

toifadagi fuqarolarni qamrab olishi va ularning qiziqish va intilishlariga

mos bo`lishi lozim.

Hamkorlik tadbirlarining mavzulari ―Sog`lom avlod uchun‖,

―Ota-onangga rahmat‖, ―Odobingga balli‖, ―Sog` tanda – sog`lom

aql‖, ―Mehr chashmasi‖, ―Qizlar ibosi‖, ―Bir yigitga qirq

hunar oz‖, ―O`g`lim - posbonim‖, ―Hayot-ustoz, xalq muallim‖,

―O`zbekiston – Vatanim manim!‖, ―Milliy burch va mas‘uliyat‖,

―Oila saboqlari‖, ―Oila etikasi‖, ―Oila tinch – mahalla

tinch‖, ―Mustaqil hayot bo`sag`asida‖, ―Askarlik – yigitlik

maktabi‖, ―Oila baxti – Vatan baxti‖, ―Sportchi oila‖,

―Oilamiz ohanglari‖, ―Vatan ostonadan boshlanadi‖, ―Biz

kimmiz‖ kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.

Xalq amaliy san‘ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va

tarixini o`rganish, o`quvchi yoshlarda vatanparvarlik g`ururini hisobga

olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan tadbirlar kattalar va yoshlar

xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik tashkiliy

ishlar samarasini oshiradi.

Mahalla hududida o`tkaziladigan sport va turli madaniy tadbirlar

yoshlarning intilish va imkoniyatlarini kattalar tomonidan chuqur

o`rganish imoniyatini beradi.

Yuqoridagi tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda

har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o`zining shart-sharoiti,

atrof-muhitini tahlil qilib:

- ―o`quvchi-o`qituvchi-ota-ona‖;

- ―maktab-oila-mahalla-jamoatchilik‖;

- ―oila-mahalla-bog`cha-makatb‖ yo`nalishlarida amaliy – tarbiyaviy

ishlarni hayotga tatbiq etadi va shu kun talabi darajasida targ`ibot

qiladi.

Shu tariqa yoshlarni tarbiyalashda mutafakkir Abdulla Avloniyning

―Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo

saodat – yo falokat masalasidir‖ iborasi oila, mahalla va maktabning

ish tamoyiliga aylanishiga erishiladi.

Page 60: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

I bob yuzasidan xulosalar

Shu asnoda, ushbu bobda olingan asosiy xulosalarni ko‘rib chiqamiz:

1. Bugungi kunda pedagog va yosh mutaxassislar oldida o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga oid talabalarning uzviy

hamkorlik va doimiy birgalikdagi harakatni shakllantirishga yordam berish

uchun, hamkorlik asosida ta‘lim-tarbiya berishga va nostandart

masalarni hal qilishga qiziqish uyg‘otadigan ta‘lim tizimini ishlab

chiqish masalalari turibdi.

2.Ushbu masalalarni, 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini amalga oshirishda faol harakatlarga undovchi tamoyil va

bosqichlarni chuqur o‘ylagan holda amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

3.Bizningcha ko‘pgina hollarda hamkorlikning faol mexanizmi, xususan

uslublari ushbu talablarning barchasiga javob beradi.

4.Talabalarning mustaqil ishlari «O‘qituvchining bevosita ishtirokisiz

amalga oshiriladigan o‘quv faoliyatining har xil ko‘rinishdagi

turlari»ni amalga oshiradi.

5. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini amalga

oshirishda quyidagi masalalarni hal etish imkonini yaratadi: ijodiy

faollik, kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; aqliy va

jismoniy mehnat madaniyatini singdirish; hamkorlik asosida mehnat

qilishni o‘rgatish, qo‘yilgan maqsadga erishishga qiziqish va

unumdorlik bilan intilish; Shu bilan birga hamkorlik faqatgina

Page 61: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

o`quvchilarning tarbiyasini emas, balki ularda bilimlarni hamkorlik

asosida egallash ko‘nikmalarining shakllanishini ta‘minlab berish

kerak.

II BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning metodik mazmuni.

2.1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning usul va metodlari

Bizning yosh avlod xalqimizning milliy va umuminsoniy an‘analarni

o`zlashtirib, o`ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini – g`oyaviy

e‘tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisoidiy, siyosiy va

milliy qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishini

singdiribgina o`z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko`paytira

oladi. Ma‘lumki, o‘quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat,

nafosat va jismoniy jihatdan to‘liq shakllangan kishilar qilib

tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o‘quvchilarning kundalik

o‘sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlarini faqat

dars jarayoni bilangina cheklab bo‘lmaydi. Bunday ulkan vazifani amalga

oshirishda maktab, oila, jamoatchilik hamkorligining o`rni katta. Shu

o`rinda oila asosiy bo`g`in hisoblanishi barchamizga sir emas.

Ilmiy adabiyotlar va izohli lug`atlarda ta‘kidlanishicha oila bu

–kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi,

ijtimoiy-madaniy organizm.

Oila – tarbiya o‘chog`i. Oila – jamiyat negizi. Har bir insonda ilk

yoshligidan boshalb ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu

niyat, maslaklar, qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma‘naviy

tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O‘zbek oilasi o‘zida ko‘p

asrlik mustahkam ma‘naviy qadriyatlarimiz ravnaq topadigan shunday

maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim

omillaridan biridir. Agar oiladagi muhit sog`lom bo‘lsa, unda kamol

topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga ezgu xususiyatlar, milliy va

umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g`oyasini singdirish uchun

qulay sharoit yaratilgan bo‘ladi.

Oila manfaatlarini ta‘minlash borasida 1998 yilda qabul qilingan va

muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g`risida davlat

dasturi va Ushbu dasturda belgilangan tadbirlarning strategik

yo‘nalishlariga e‘tibor berilsa, ular mamlakatimizdagi oilalarning

mustahkam bo‘lishiga imkon beruvchi vazifalarni nazarda tutadi.

1998 yilning «Oila yili» deb e‘lon qilinishi vash u yilning o‘zida

Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor

tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham

davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi

siyosatiga hamohang bo‘lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy

an‘analarni avylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan

uyg`unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga

chuqur singdirish yo‘li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini

Page 62: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

ta‘minlash, oila a‘zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish

muammolarini ilmiy o‘rganish, oilaviy hayotga bog`liq muammolarni tadqiq

eti shva fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.

Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oila masalalariga katta

e‘tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng

muhimi qadrli ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila

haqida gapirar ekanmiz, avvalambor oila hayotning abadiyligini,

avlodlarning davomiyligini ta‘minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni

saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo‘lib

etishishiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog`i

ekanligini tan olishimiz darkor» . Mustaqillik yillarida respublika

hukumati va Prezidenti I.A.Karimov tomonidan oilaga ko‘rsatilayotgan

etibor, yillarga maqom berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni

qadriyat sifatida e‘zozlashga qaratilgan chora tadbirlar tom ma‘noda

yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy g`amxo‘rligi

ekanligidan dalolatdir.

Shuni alohida ta‘kidlash lozimki «Oila» konstepstiyasini yaratish va

bu bilan bog`liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga

muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov

tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga

oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy

muhofaza qilishga qaratilganligi, xukumat tomonidan oila manfaatlariga

ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral

6-sonli «Ona va bola» Davlat dasturi to‘g`risidagi qarorida

belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.

Yuqorida oila bilan bir qatorda bola tarbiyasida mahallaning o`rni beqiyos

ekanligini e‘tirof etib o`tdik. Izohli lug`tlar va ilmiy adabiyotlarni

o`rganganimizda mahalla ham oila kabi o`zining ilmiy ta‘rifiga ega

ekanligi ma‘lum bo`ldai. Mahalla bu – arabcha – joy, o`rin, makon.

Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning

butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir

ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta‘sir ko‘rsatadi. Oila va mahalla

hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va

psixologik ta‘sir ko‘rsatishning chuqur o‘ziga xosligi bilan

uyg`unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta‘sirchan qilibgina

qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur

bo‘g`iniga ham aylantiradi.

Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng

yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma‘lumotlarini e‘tiborga

olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini

shakllantirishga oilani qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda

turlicha bo‘ladi va to‘lqinsimon o‘zgaradi.

Bunday hamkorlikni keng yo`lga qo`yishda sinf rahbarining o`rni

beqiyosdir. Sinf rahbarining ota-onalar va jamoatchilik bilan mustahkam

aloqasi o`quvchilarga uyushqoqlik bilan ko`rsatiladigan tarbiyaviy

ta‘sir doirasini kengaytiradi va o`quvchilarga tarbiya berish vazifasini

yanada muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi. Ota-onalar bilan olib

boriladigan ishlar yanada katta samara bermog`i uchun ular bilan aloqaning

turli – tuman shakllaridan foydalanmoq zarur. Hamkorlikda ishlashda

jamoa va yakka tartibdagi ish shakllarini qo`shib olib borish maqsadga

muvofiqdir.

Page 63: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir.

Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e‘tiboriga havola etilayotgan

huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko‘rsatuv, eshittirish, shuningdek,

ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g`oyalar

yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok,

savodxonlik, tafakkur, faollik, mas‘ullik, e‘tiqod va salohiyatni

qaror topishiga olib keladi.

Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to‘g`risidagi ma‘lumotlarni

berib borish, o‘z navbatida huquqlaridan foydalanish yo‘llarini

ko‘rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi.

Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg`ularini hosil qiluvchi

o‘ziga xos maskan sanaladi. Bolalar ―Vatan‖, ―xalq‖

tushunchalarining mohiyatini dastlabana shu maskanda o‘zlashtiradilar.

Binobarin, oilaning o‘zi Vatanning bir bo‘lagidir. Oila sha‘nini

himoya qilish, uni saqlash to‘g`risida qayg`urishning Vatanning

sha‘ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg`ulari bilan uzviy bog`liq

bo‘lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy

tarbiyasining asosi bo‘lishi lozim.

Yuqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni

tarbiyalab voyaga etkazish muvaffaqiyati uchun poydevor bo‘ladi.

Farzandlarning har tomonlama etuk bo‘lib voyaga etishlarida ota-ona,

oilaning boshqa a‘zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondoshuvlari va

ma‘naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Shuningdek, ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega

bo‘lishlari ham ahamiyatlidir. Oila va ta‘lim muassasalari o‘rtasida

tashkil etilgan hamkorlikning bosh g`oyasi ota-onalar uchun pedagogik

yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Farzand dastlabki ma‘lumot va ijtimoiy me‘yorlarga amal qilish

borasidagi ko‘nikmalarga oilada ega bo‘ladi. Chunki oilaviy ijtimoiy

munosabatlar, xususan, madaniy-maishiy, iqtisodiy-moliyaviy, mulkiy

muosabatlar hamda mehnat faoliyatini tashkil etishda farzandlar o‘zlari

sezmagan, mohiyatini tushunib etmagan holda mazkur munosabatlar jarayonida

ishtirok etadilar, demakki, ijtimoiy masalalar bilan to‘qnash keladilar,

natijada bu tarzidagi muloqotlarning doimiy, qisqa muddatlarda takrorlanib

turishi ular uchun ota-onalar, farzandlarning huquq, burch, majburiyat va

mas‘uliyatlarini tushunib etishga yordam beruvchi ijtimoiy ob‘ektiv

shart-sharoitlarni yaratadi.

Shu jihatdan pedagogika fani oldiga milliy va hududiy xususiyatlarni

inobatga olgan holda tarixan tarkib topgan oila — ta‘lim muassasasi

– jamoatchilik tarzidagi uchlikning ijtimoiy-ma‘rifiy roli ular

o‘rtasidagi o‘zaro birlik, aloqadorligini asoslash, bolalarda idrok va

tafakkurni shakllantirishda oila va jamoatchilik imkoniyatlarini aniqlash

hamda ulardan unumli foydalanish talabi o‘rtaga qo‘yilmoqda.

Oila tarbiyasi ning farzandlarga tarbiyasi berish, ularda

ma‘naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash

yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Shu borada ota-onalar

bilan olib borilgan ishlar hamda o‘tkaziladigan tadbirlardan ayrimlarini

namuna sifatida keltiramiz:

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar:

I. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar.

Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog`ida

o‘quvchilarni ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyasilash, ularda

Page 64: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

ma‘naviy-axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini

ta‘minlash kafolati bo‘lgan ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy

onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa

so‘rovlarini o‘tkazish mumkin. So‘rovnomalar ikki turda bo‘lib,

ulardan birinchisi har bir o‘quvchining umumiy portretini tasvirlovchi,

diagnostik tavsifga ega, ikkinchi turdagi so‘rovnoma esa ota-onalarning

ijtimoiy tarbiyasini yo‘lga qo‘yish, farzandlar ma‘naviy

madaniyatini shakllantirishga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini

aniqlashga xizmat qiluvchi so‘rovnomalardir.

Quyida birinchi turdagi so‘rovnomaning umumiy mazmunini keltiramiz:

―Siz o‘z farzandingizni qay darajada bilasiz?‖ nomli so‘rovnoma

mazmuni quyidagicha:

1. Farzandingiz ushbu o‘quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

2. Farzandingizni so‘nggi o‘quv yilidagi o‘zlashtirish darajasi

Sizni qoniqtiradimi?

3. Farzandingizning fanlarga bo‘lgan munosabati qanday?

4. Uning fanlarga bo‘lgan qiziqishini baholay olasizmi?

5. Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik

o‘rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki

qanday?

6. Farzandingiz mansub bo‘lgan mikro hamda makro muhitning

ma‘naviy-axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do‘stlashgan, ularning

ma‘naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi?

7. Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta‘sir

ko‘rsatganliklarining guvohi bo‘lganmisiz?

8. Uning oilada tutgan o‘rni qanday?

9. O‘quv yurti yoki oila o‘rtasida vujudga kelgan shaxsiy

ziddiyatlari bormi?

Dastlabki suhbat hamda ota-onalar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar

natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar

yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi.

II. Maktabning o‘quv yili davomida ota-onalar bilan olib boradigan ishlari:

1. Sinf ota-onalar majlisi. Majlis o‘quv yili davomida besh marta

o‘tkaziladi, ya‘ni, o‘quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va

IV choraklar yakunida. Majlislarda o‘quv yurti ichki-tartib qoidalari,

umumjamoa ijtimoiy me‘yorlariga rioya etish holatlari, yuzaga kelgan

ziddiyatlar tahlil etiladi, navbatdagi davr uchun belgilangan ishlarni

rejalashtirish, ularni hal etish yo‘llari, chora-tadbirlari belgilanadi.

Maktabda ta‘lim olayotgan, jamoa hayoti, shuningdek, tarbiyasiviy

tadbirlar faollik ko‘rsatayotgan, o‘qishda, mehnatda alohida o‘rnak

bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor

etiladi.

Ayrim o‘quv yurtida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok

etmasliklari aytib o‘tiladi va buning sabablari aniqlanadi, bunday

holatlarga barham berish borasida fikrlashib olinadi.

2. Umummaktab ota-onalar majlisi. Ota-onalarning umumiy yig`ilishida

o‘quv yili davomida o‘quvchilar, ota-onalar bilan olib boriladigan

tarbiyasiviy ishlarning borishi va yakuni muhokama qilinadi. Ota-onalar

maktab hayoti va o‘quvchilarning intizomi, xulq-atvori, ijtimoiy

me‘yorlarga amal qilishlari, o‘quvchilarni ma‘naviy jihatdan

tarbiyasilash borasida erishayotgan natijalar bilan tanishtiriladi.

Page 65: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

3. Ijtimoiy-ma‘naviy mazmundagi suhbat va ma‘ruzalar. Bunday ma‘ruza

va suhbatlar ota-onalarda ijtimoiy, shuningdek, ta‘lim-tarbiyasiga oid

bilimlarni egallash, farzand tarbiyasi ishiga jiddiy e‘tibor berish, bu

borada ta‘lim muassasasi bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishda muhim

ahamiyatga ega.

Maktab amaliyotidan kuzatganlarimiz asosida 3-sinf o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish bo`yicha o`quvchilar

ota-onalari bilan olib boriladigan ishlarning ancha keng tarqalgan

shakllari bilan tanishib chiqamiz.

O`quvchi oilasiga borib turish – ota-onalar bilan yakka tartibda ish

olib borishning bir muncha keng tarqalgan va samarali shaklidir. Sinf

rahbari o`quvchi oilasiga borganda, o`z o`quvchisining yashash sharoiti

bilan tanishadi. Sinf rahbari o`quvchining ota-onasi bilan va uning

boshqa oila a‘zolari bilan suhbatlardan bu o`quvchining harakteri, uning

qiziqishlari va mayllari haqida, uning o`z ota-onalariga, oiladagi

katta-kichikka nisbatan munosabati to`g`risida ma‘lumotlar oladi. Shu

bilan birga, u ota-onalarga, oiladagi katta kishilarga o`quvchining uy

mashg`ulotlarini tashkil etish, uning kundalik tartibi to`g`risida,

shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilishi to`g`risida, bolalarni

mehnatga o`rgatish shakl hamda metodlari to`g`risida pedagogik maslahatlar

beradi. Ayni vaqtda u ota-onalarga o`quvchining o`zlashtirishi va

tartib-intizomi to`g`risida, jamoat ishlarida faolligi to`g`risida axborot

beradi.

O`quvchilar uylariga birinchi marta, odatda, o`quv yili boshlangunga qadar

yoki birinchi chorak boshida borib kelinadi. Agar sinf rahbari sinfda

birinchi yil ish boshlagan bo`lsa, bu ishni amalga oshirishi zarurdir.

Birinchi marta borishdan maqsad o`quvchining uyidagi hayot va turmush

sharoiti bilan tanishib kelishdan iborat. Ota-onalar bilan o`tkaziladigan

suhbatlar aniq va mazmundor bo`lishi uchun, oilaga borishdan oldin

o`qituvchilar bilan suhbatlashib, o`quvchinig o`zlashtirishi va

xulq-atvori to`g`risida ma‘lumotlar olish kerak.

O`quvchining uyiga borganda ko`pincha shunday hol aniqlanadiki, u maktabda

sinf hamda umummaktb jamoalari umumiy ishiga faol ishtirok etadigan, uyda

esa o`zini boshqacha tutadigan, ya‘ni hech kimga qarashmaydigan,

oiladagi katta yoshdagi kishilarga qo`pol muamala qiladigan bo`ladi. Agar

maktab yordamga kelib, ota-onalar bilan birgalikda bu kamchilikka barham

bermasa, bunday yigit-qizlar hayotda ham ―ikki xil axloq‖ bilan ish

tutadigan bo`lib qoladilar.

Odatda, sinf rahbarlari o`z kundaliklariga oilalarga brogan vaqtlari,

ota-onalar bilan o`tkazgan suhbatlari mazmunini yozib boradilar, o`quvchi

tarbiyasiga doir qanday maslahatlar berganliklarini qayd qilib boradilar.

Faqat maslahatlar beribgina qolmasdan, balk iota-onalarning gaplarini ham

inobatga oladigan pedagoglar to`g`ri ish qiladilar. Ular ota-onalarga

topshiriqbozlik qilmaydilar, ularga nasixat o`qimaydilar, balki ochiq

ko`ngillik va samimiyat bilan muomala qilishga, ularning ishonchini

qozonib, ochiqchasiga gaplashishlariga erishishga harakat qiladilar.

Odatda, ular ota-onalarga: ―Siz qanday qaraysiz‖, ―Keling

birgalashib yuzaga kelgan ahvoldaqanday tadbir ko`rish kerakligini o`ylab

ko`ramiz‖ qabilida yaxshi muomala qiladilar.

Ota-onalarni makatabga taklif etish. Sinf rahbarida ko`pincha ota-onalar

bilan uchrashish, ular bilan o`quvchi tarbiyasi haqida maslahatlashish

ishtiyoqi tug`iladi. O`quvchilarning uylariga borishga esa hamma vaqt

Page 66: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

imkon topavermaydi. Ana shunda ota-onalar o`z bolalarining tarbiyasi

to`g`risida suhbat uchun maktabga taklif etadilar. Bunday uchrashuvlar

ta‘lim va tarbiyaga doir ko`pgina masalalarni birgalikda hal etish

imkonini beradi. Ota-onalar bilan yakka tartibda suhbat o`tkazganda,

o`quvchilarning turmush va ish sharoitlarigina aniqlanibgina qolmasdan,

balki shu bilan birga, ular hatti-harakatlaridagi aniq voqea-hodisalar,

ularning o`quv, mehnat faoliyatlaridagi, kundalik xulq-atvorlaridagi

kamchiliklarga barham berish yo`llari ham belgilab olinadi.

Ota-onalarni o`quvchi tartib-intizomni buzgan yoki yomon o`qiy boshlagan

vaqtdagina chaqirib qolmaslik darkor. Ba‘zan u o`zini yaxshi tutib

yurgan, yaxshi o`qiyotgan bo`lsa-da, sinf rahbari mazkur o`quvchining

sinfdan tashqi o`qishlarini tashkil etish haqida, uni qandaydir

ijtimoiy-foydali ishga jalb etish haqida, bolaning biron-bir sohadagi

qobiliyatini taraqqiy ettirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish haqida

uning ota-onasi bilan kelishib olish lozim bo`lib qoladi.

O`quvchilar ota-onalari bilan yozishmalar. Ba‘zi sinf rahbarlari

ota-onalar bilan yozishmalar olib borish singari oilalar bilan aloqa

qilish shakllarini qo`llaydilar. Bu ish ota-onalarni o`quvchilarning

o`zlashtirishi va xulq-atvoridan xabardor qilib turish imkonini beradi.

Ota-onalar bilan olib boriladigan aloqaning bu shakli, odatda, ba‘zi

ota-onlar maktabdan uzoq masofada turadigan va ular bilan jonli, bevosita

aloqa bog`lab turish qiyin bo`lgan hollarda qo`llaniladi. O`quvchilarning

kundalik daftaridan bugungi kunda ota-onalar bilan yozishma sifatida

foydalaniladi. Sinf rahbari o`quvchi kundalik daftariga o`quvchining o`z

o`quv va jamoatchilik vazifasiga munosabati to`g`risida, uning

tartib-intizomni buzganligi to`g`risidaqisqagina qilib yozib qo`yadi.

Ota-onalar kundalik daftarlarini ko`rib chiqib, qo`l qo`yadilar. So`ngra

ular sinf rahbarining tanbehini hisobga oladilar hamda bolalarga

kamchiliklarini tuzatishda yordam beradilar.

Sinfda ota-onalar majlislari. Har bir o‘quv yilining boshida

o‘tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma‘naviy

va metodik jihatdan mazmunan tashkil qila bilish ota-onaning bunday

majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo‘lishiga zamin

hozirlaydi. Bundan majlis o‘qituvchidan ko‘p bilim va mahorat talab

etadi.

Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash

kerak. Bular: har bir oila a‘zosi va shart-sharoiti haqidagi

ma‘lumotta ega bo`lish:

- oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini

aniqlash;

- har bir o‘quvchi shaxsi hahida to‘liq ma‘lumotga ega bulish;

- oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.

Birinchi majlisni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchining tayyorgarligi:

1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.

2. Majlis o‘tadigan joyni jihozlash.

3. Majlis o‘tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.

4. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma‘lumot tayyorlash.

5. Ota-onalar jamoasi nizomini ko‘rgazma tariqasida tayyorlash (maktab

rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash).

6. Sinf ota-onalar qo‘mitasini saylash.

Birinchi ota-onalar majlisi samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining

shaxsiga bog`liqdir. Uning o‘zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi,

Page 67: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

har bir o‘quvchi va oilasi haqida ma‘lumotga ega bo‘lishi,

ota-onalarga ijobiy taassurot qoldiradi.

Kuzatishlarimiz shuni kursatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini yuqori

saviyada bo‘lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi.

Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki

tabellarni berib qo‘l qo‘ydirishdir.

Ayniqsa «yomon» o‘qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida

obro‘sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan

uzoqlashib ketishiga sabab bo‘ladi.

Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustaqil O‘zbekiston

Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha

munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir.

Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda

tashkil qilish, talabga muvofiqdir. Ya‘ni:

– «Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar;

– «Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sanat madaniyat arboblari);

– bahs majlislari: ta‘lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki

pedagogik adabiyotlar yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari;

– bola tarbiyasiga doir Qur‘oni Karim, Hadis va mutafakkirlarning dono

fikrlaridan foydalanish;

– sinf ota-onalar majlisini o‘tkazish tartibi;

– sinf o‘qituvchisi va ota-onalar qo‘mitasi a‘zolarining oldingi

majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari

eshitiladi.

Majlis maqsadiga ko‘ra mavzuning e‘lon qilinishi (yuqorida

ko‘rsatilgan majlis turiga ko‘ra uning mazmuni asoslab beriladi).

Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi. O‘quv-tarbiya ishlaridan

savol va talablarni muhokama etiladi.

Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori chiqarilib,

tasdiqlanadi. O‘qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi.

Majlis o‘tkazish tartibi mavzuning o‘ziga xos xususiyatiga kura

o‘zgarib boradi.

Ota-onalarga pedagogik bilim berish . Inson kamoloti shunchalik murakkabki

unga hayotiy tajriba etarli emas uning uchun o‘rganish, bilim, o‘qish

nihoyatda zarurdir. K.D.Ushinskiy «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» hamda

«Pedagogik adabiyot orasida»gi risolalarida Ota-ona uchun pedagogik

bilim dastlab pedagogik adabiyotlar o‘rganishdan boshlanadi. Bola

tarbiyasidagi bilim xalq ruhi bilan sug`orilgan-xalqchilik g`oyasiga

asoslangandagina ota-ona bilimdon tarbiyachilik san‘atiga ega bo‘la

oladilar» , – deyilgan.

Pedagogik bilim ota-onalar uchun nihoyatda zarur. Bu bilim maktabda,

mahallada va kundalik axborot vositalari orqali berib boriladi. Lekin

hayotimizdagi yangi-yangi muammolar pedagogik bilimini yanada

kuchaytirishni, chuqurlashtirishni talab etadi.

Maktabdagi pedagogik bilim turli shakllarda amalga oshiriladi:

Pedagogik ma‘ruza, ilmiy, metodik kengash.

«Savollaringizga javob beramiz» (ota-onalar kuni).

Ota-onalar uchun ma‘ruza. Ma‘ruza ota-onalarga pedagogik bilim

beradigan turlardan biridir. Ota-onalar uchun mo‘ljallangan ma‘ruza

ta‘limi-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak.

Ota-onalar uchun pedagogik bilim beradigan ma‘ruzalar mavzulari:

– millin istiqlol mafkurasini shakllantirish va barkamol inson

Page 68: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

tarbiyasida ota-onalar o‘rni.

– oilada iqtisodiy tarbiya.

– ma‘naviy meros va oila.

– siz o‘tmish avlodlaringizni bilasizmi? Oilanoma yaratish masalalari.

– mutafakkirlar ijodiyotida oila tarbiyasi.

– farzand tarbiyasida xalqimiz qo‘llagan usullar.

– oiladagi adolat –to‘g`ri tarbiya asosidir.

– farzandingiz sahiy, muruvvatli bo‘lsin desangiz?

– oilada iymon-e‘tiqod tarbiyasi.

Ota-onalar uchun tanlangan mavzular quyidagicha rejalashtiriladi.

Mavzu: «Ma‘naviy meros va oila».

Maqsad: Ota-onalarga o‘tmish merosimizdan bolani oilada tarbiyalash

haqidagi mutafakkir va ma‘rifaparvarlar asarlaridagi ta‘limotlar

haqida bilim berish.

Ma‘ruzani ta‘minlovchi manbalar:

a) utmish ma‘rifatparvar va mutafakkirlarning asarlari (Abu Ali Ibn

Sinoning «Tadbir al-manozil», Alisher Navoiyning «Maqbubul qulub»,

Voiz Koshifiyning «Axloqiy Muxsiniy» asarlaridagi oila tarbiyasidagi

g`oyalar.

b) ko‘rgazmalar-allomalarning rasmlari va kitob namunalari. v) didaktik

materiallar, dono so‘zlar yozilgan kartochkalar, faktlar.

Ota-onalar faoli bilan ishlash. Sinf rahbari o`quvchilar ota-onalari bilan

muomala qilar ekan, ular orasida ota-onalar faolini belgilab oladi va bu

faol sinf rahbarining o`quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda unda

kundalik yordam ko`rsatib boradi. Faol ota-onalar faqat o`z bolalari

tarbiyasi haqidagina emas, balki barcha bolalar tarbiyasi haqida

g`amxo`rlik qiladilar. Ular jamoat tashkilotlari orqali umumiy majburiy

talim qonunining bajarilishida maktabga yordam beradilar. Sinf rahbari

vaqti-vaqti bilan ota-onalar faolini yig`ib, ular bilan o`quvchilar

ta‘lim-tarbiyasini yo`lga qo`yish ishlarini maslahatlashib boradi.

2.2. Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo`nalishlari

mazmuni

(ommaviy madaniyatga qarshi kurashish tadbiri)

Bugungi kunda bolalar tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilmoqda.

Ayniqsa, mahallalar, ―Kamolot‖ YoIH, ―Kamalak‖, ―Kelajak

ovozi‖ va boshqa turli - tuman jamoat tashkilotlari maktabga hamda

oilaga bolalar tarbiyasida juda katta yordam ko`rsatmoqdalar.

Jamoatchilikni o`quvchilar tarbiyasiga jalb etishda sinfdan va makatabdan

tashqari ishlar tashkilotchisining roli kattadir. Tashkilotchi maktabning

o`ziga qarashli tumanida bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishini

tashkil etuvchi markaz bo`lib qolmog`i uchun chora-tadbirlar ko`radi, shu

maqsadda u o`quvchilar ota-onalari ishlaydigan korxona va muassasalar

jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o`rnatadi, maktabga homiylik

qilayotgan tashkilotlar bilan bolalarning yashash joylarida ular bilan

tarbiyaviy ishlar olib borish to`g`risida suhabtlashadi.

Page 69: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Jamoatchilikning bolalar tarbiyasi borasida olib boradigan eng muhim

yo`nalishlari: o`qishdan tashqari vaqtlarda o`quvchilar xulq-atvorini

kuzatib borish, ularni xilma-xil ijtimoiy foydali ish-faoliyatiga jalb

etish, o`quvchilarning uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida

ularga alohida-alohida yordam uyushtirish, oilalarga o`quvchilarning

pedagogik jihatdan qarovsizligiga olib keladigan sabablarni bartaraf

qilishda yordam ko`rsatish, tarbiyasi qiyin o`smisrlarni tarbiyalash va

qayta tarbiyalashda yordam berish, bolalar bilan ularning yashash

joylarida sport va madaniy-ommaviy ishlar olib borishdan iboratdir.

Sinf rahbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bo`lib, ularga

mumkin qadar ko`proq yordam berishlari va qo`llab-quvvatlashlari uchun

ularga murojaat qilib turmog`i zarur. Eng avvalo ota-onalar qo`mitasi

bilan, mahalla faollari bilan doimiy aloqa o`rnatish juda muhim ahamiyat

kasb etadi. Bu tashkilotlar bolalar tarbiyasida nihoyatda katta yordam

ko`rsatadilar.

Jamoat tashkilotlari ayniqsa maktabdan tashqari kattalar qarovida

qolmaydigan o`quvchilarning bo`sh vaqtlaridan to`g`ri foydalanishlariga,

ularning qarovsizligini bartaraf etishga juda katta yordam ko`rsatishlari

mumkin. Sinf rahbari jamoatchilikning ko`magi bilan sayohatlar va boshqa

tadbirlar tashkil etishi va o`tkazishi, mahalla fuqarolar yig`ini binosi

va boshqa tashkilotlar binosida uy vazifasini tayyorlash xonalarini

jihozlashi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.

Har bir umumiy o`rta ta‘lim muassasasida ota-onalar qo`mitasi bo`lib, u

―Maktab nizomi‖ bo`yicha tashkil etiladi.

Ota-onalar qo`mitasi ishining vazifalari va mazmuni, uning huquqlari,

hisoboti va ish yuritishi ham ―Ota-onalar qo`mitasi haqidagi nizom‖da

aks ettirilgan.

Bu qo`mita ota-omnalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi.

Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi, ular orasidan rais va

kotib saylanadi.

Qo`mitani saylashda saylanayotgan ota-onaning ma‘naviy qiyofasi, bo`sh

vaqti bor-yo`qligi, ishbilarmonligi, obro`si, bola tarbiyasiga qiziqishi

va hokazolarni hisobga olish kerak.

Umumiy o`rta ta‘lim muassasasi rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar

qo`mitasiga faol, harakatchan, tarbiya masalalaridan uzoq bo`lmagan

kishilar saylanishi tarafdoridir. Sinf rahbarlari u yoki bu oila qanday,

ota – onalar qo`mitasiga a‘zo bo`lgandan so`ng maktabga qanday yordam

berishi mumkin, ular jamoat tarbiyasi hayoti bilan qiziqishadimi, maktabda

bo`lishi kerakligi haqidagi, mashg`ulotlarni, tartibni kuzatish, sayr

qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi?

Degan savollarga javob berishlari kerak.

Ota-onalar qo`mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash

mumkin. Bunday ota-onalar odatda, qiziqib va samarali ishlaydilar.

Ota-onalar faoliyati samarali bo`lishi uchun uning a‘zolarining

pedagogik mafaniyatini oshirish doimo diqqat-e‘tiborda bo`lishi zarur.

Shu maqsadda rejali o`qishning turli xil shakllari o`tkaziladi.

Ota-onalar qo`mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga

avval qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi.

Ota-onalar qo`mitasi ishida faol qatnashmaydigan a‘zolari, ota-onalar

qo`mitasining taklifi bilan qo`mitani qayta saylash muddatlari kelgunga

qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o`rniga boshqalar saylanadi.

Ota-onalar qo`mitasi a‘zolarining makatab bilan aloqasi pedagoglardan

Page 70: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

o`ziga va ishiga nisbatan yanada talabchan bo`lishni talab qiladi. Sinf

rahbarlari mahalla faollari va ota-onalar qo`mitasi bilan mustahkam

aloqada bo`lib, ularning faoliyatlarini faollashtirishga harakat

qilishlari zarur. Ular ota – onalar qo`mitasiga bolalar o`rtasida

yashash joylarida ommaviy tarbiyaviy ishlar o`tkazishda, badiiy

havaskorlik to`garaklari tashkil etishda, kitobxonlar konferensiyalari,

suhbatlar, ekskursiyalar o`tkazishda yordam beradilar. Ular bolalarning

faol ishtirokida hovli maydonlari, sport maydonchalari qilishlari mumkin.

Bolalarning yashash joylari bo`yicha jamoatchilik sportning turli

xillaridan hovli yoki ko`cha guruhlari musobaqalarini o`tkazsa bo`ladi.

Ota-onalar qo`mitasi tashabbusi bilan mahallar qoshida bolalar uchun foto

to`garaklar, ―Mohir qo`llar‖, ―Yosh rassomlar‖, ―Matematik

olimlar‖, ―Bilag`onlar‖, ―Hunarmand ustalar‖ kabi to`garaklar va

sport inshootlarini tashkil etish mumkin.

Bundan tashqari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etishda turli

tadbirlar, kechalar va seminar mashg`ulotlarini ham uyushtirish maqsadga

muvofiqsir. Bunda sinf rahbari boshchiligida o`quvchilar bilan tadbir yoki

kechalar uyushtirib jamoatchilik tashkilotlarini taklif etishi yoki

ulardan yordam so`rashi mumkin. Sinf rahbari bolalar tarbiyasiga

jamoatchilikni jalb etar ekan, o`z tarbiyaviy doirasini ko`p darajada

kengaytiradi. U murakkab va mas‘uliyatli ishda – bolalarni tarbiyalash

ishida ko`pgina yordamchilar topadi.

Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo‘nalishlari

mazmuni

Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalarida ham shunday tarbiyaviy

an‘analar borki, ularni tiklash, boyitish, zamonaviylashtirish, maktab

tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish, nafaqat har bir oila, balki butun

O‘zbekiston ijtimoiy madaniy hayotini ma‘nan boyitishga yanada

samaraliroq xizmat qila oladi. Qolaversa, mustaqil O‘zbekiston

Konstitutsiyasida ota-onaning bola tarbiyasi uchun davlat oldidagi

javobgarliklarining qayd qilinishi; Prezident I.A.Karimovning yoshlarni

o‘qitish, tarbiyalash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi

haqidagi dasturiy fikrlari ota-onalar, mahallalar oldiga qator yangi,

milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtda ko`z oldimizda

barcha sohada chuqur o`zgarishlar ro`y bermoqda. Bugungi kunning

mafkuraviy manzarasi o`zgarmoqda. Shu o`rinda ta‘kidlash joizki

Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ―fikrga qarshi fikr, g`oyaga

qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan kurashish har qachongidan

ko`ra muhim ahamiyat kasb etmoqda‖ .

Milliy o‘zlikni chuqur anglanishi va yaratuvchanlik maqsadlariga

yo‘naltirilishida oilaning ulkan hissasi bor va bundan oilaning o‘zi

ham manfaatdor. SHuning uchun oila milliy o‘zlikni anglashni

tarbiyalashning ilk va doimiy omiliga aylantirilishi kerak. CHunki, har

bir O‘zbekistonlikning o‘z ota-onasi, bobo-buvilari, katta bobo va

katta buvi va h.k.larini yaxshi bilishi orqali davlat, xalq,

Page 71: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

millatimizning tarixiga daxldorlik eshigi ochiladi.

Oila tarbiyasi tarixidan shu narsa ma‘lumki, ―Mehnat qilish‖

tushunchasi tabiiy zarurat sifatida talqin qilingan, chunki oilalar ishlab

chiqarish jamoalarini eslatar, bunda bolalar imkoniyatiga yarasha yumushni

bajarar, birga mehnat qilar edilar. Oilaviy mehnat oilaning mustahkamligi,

bolalarni ulg‘aytirish, ularda mehnatsevarlik, halollik, so‘zi va ishi

birlik kabi bebaho sifatlarni avloddan-avlodga tarbiya orqali o‘tkazish

vositasiga aylanib keldi.

O‘zbek oilasi – milliy dunyoqarash manbai hamdir. Bu hozir

o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta

ahamiyatga ega. Har bir avlod o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan

dunyoqarashni interiorizatsiya qilib, o‘z oilaviy dunyoqarashlariga

aylantirar va shu asosda farzandlarning milliy dunyoqarashlarini

shakllantirib, meros tarzida uzatib keldilar. Dunyoqarashning birligi –

milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat,

maqsad birligi, samimiylik tantana qilar edi.

O‘zbek oilasi o‘g‘il qizlarda milliy fe‘l-atvor, husni xulq

tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kunlik, har soatlik, har

daqiqalik tarbiyaviy muloqot jarayonida bolalarga xatti-harakatlar,

yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish,

mezbon va mehmon munosabatlari me‘yorlarini singdirib kelmoqdalar.

Ayniqsa, o‘g‘ilni otalikka, qizni onalikka, uy bekaligiga tayyorlash

milliy tarbiyadagi ikki yo‘nalish – o‘g‘il va qiz bolalar

tarbiyasi mavjudligini ko‘rsatadi.

O‘zbek oilasi o‘z farzandlari uchun tan-sihatlik tarbiyasining

o‘ziga xos maktabi bo‘lib keldi. 7 yoshli opaning vodoprovod

jo‘mragidan suv ichmoqchi bo‘layotgan ukasiga ―Umidjon, to‘xta!

Sovuq suv ichma, tomog‘ing og‘riydi‖, yoki ―Oyi mana, maktabimiz

yo‘lida o‘sgan ekan, ukamning ichi ketsa, qaynatib ichirasiz‖ - deya

zuptrum dastasini berishi; 11 yoshli akasining 7 yoshli singlisiga:

―Marhabo yuzingni chala yuvibsan‖. ―Televizordan uzoqroq o‘tir,

ko‘zing og‘riydi‖, - deya uqtirishlari va boshqa misollarni

ko‘plab uchratish mumkin. Bunday misollar ibtidoiy tibbiy

tushunchalarning zamonaviylashib, ota-onalardan bolalarga qanday

o‘tayotganligiga namunalardir. Darhaqiqat, ilgari har bir o‘zbek onasi

chaqaloqni bedard katta qilish haqida milliy tibbiy choralarni o‘rgangan

va qo‘llay bilgan. Tabobatni xalq tabobatiga aylanganligi ham

millatimizning yuqori tibbiy madaniyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Jumladan tabobat ilmining asoschisi Ibn Sinoning inson sog‘ligini

saqlash uchun tug‘ilgan kundan to umring oxirigacha, amal qilishi lozim

bo‘lgan tadbirlar xususidagi o‘gitlariga amal qilingan.

―Oila ijtimoiy tarixiy belgiga ega bo‘lgan muayyan tuzilishli ijtimoiy

guruhning ko‘rinishidir, deb yozadilar o‘zbek olimlari H.Uzoqov,

E.G`oziyev va A.Tojievlar. Ularning ta‘kidlashlaricha, ―Oila

a‘zolarini qarindosh-urug‘chilik, nikoh, turmush sharoitining birligi,

odob-axloq me‘yorlarining umumiyligi, ma‘naviyatning birligi kabi

aloqalar o‘zaro bog‘lab turadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib,

biologik-ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning

birlashuvi natijasida vujudga keladi‖ .

Oilaning yana bir muhim ma‘naviy, madaniy xususiyatlaridan biri –

uning milliyligidir. Shu tufayli u o‘zida, muayyan milliy madaniyat,

milliy tarbiya madaniyatni ham u yoki bu darajada aks ettiradi. Oilani

Page 72: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

milliy, istiqloliy tarbiyaning faol omiliga aylanishi uchun uning milliy

madaniy, mafkuraviy, ma‘naviy muhiti o‘rganilishi kerak. Jumladan

oilalarda milliylikka munosabat qanday ekanligini tadqiqot qilish zarur.

Ushbu nuqtai-nazardan o‘zbek oilalarini shartli ravishda 4 guruhga

bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir;

1. Bola tarbiyasiga qadimiychasiga yoki avtoritar yondashuv;

2. Liberal – ko‘ngilchan yondashuv;

3. Milliy zamonaviy, demokratik yondashuv;

4. Marginal yondashuv (boshqa milliy madaniyat asosida tarbiyalash).

Ota-ona obro‘si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali ular

farzandlarining ongiga, xulq atvoriga ma‘naviy ta‘sir qiladilar.

Ota-ona obro‘si baland bo‘lgan oilalarda bolalarning hurmat-izzat,

e‘tibor, mushtipar ona maslahat so‘rab qilgan munosabatlaridan ham

bilish mumkin. Xullas ota-onaning oiladagi hurmati, obro‘si, mavqei

ularning bola tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanayotganligi yoki

shug‘ullanmayotganliklariga bog‘liq. Ota-ona obro‘sini ularning

farzandlari shaxsi bilan qiziqishlari, o‘quvchi farzandlarining

rivojlana borayotgan ehtiyojlarini o‘rganib, boshqarib, qondirib

borishlari oshiradi. Olib borgan kuzatuvlarimiz hayotda ota-onaning

tarbiyachilar sifatidagi obro‘larini tushiruvchi sabablari ham

mavjudligi ko‘rsatdi. Bular:

- ota-onaning o‘zlarini farzandlarining boquvchilar sifatida anglab,

tarbiyachilari ekanliklarini chuqur anglamasliklari;

- oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi;

- ota-onaning bolalarga aytgan so‘zlari, pand-nasihatlari va amaldagi

hatti-harakatlari orasidagi tafovut;

- ota-onalarning farzandlariga qilgan xizmatlarini minnat qilaverishlari,

ular bilan asosan, buyruq, hukm orqali gapirishlari;

- ota-onaning o‘quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga

e‘tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari.

O‘quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik, ayniqsa, o‘smirlar

o‘zlariga nisbatan befarqlikdan qattiq iztirob chekadilar. Befarqlik

ota-ona va o‘smir orasida sovuqlik tushiradi;

- o‘quvchi farzandlar bilan munosabatda ularni yosh xususiyatlarini

bilmaslikning (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari) ota-onaning

qarashlariga, fe‘l-atvorlariga, taqlid qilib keladilar. O‘smirlik

davri boshlang‘ich, bolada keskin o‘zgarish – o‘tish davri

boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning asosiy qismi

shu davrga to‘g‘ri kelishining boisi ham shundan. Ota-onaning o‘z

farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati

o‘smirlarning ota-onadan (ko‘pchilik hollarda otadan) qalban

uzoqlashuviga olib keladi); - ota-onaning o‘zlarining farzandlari uchun

har kuni, har soat, har daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay

bilmasliklari; - ota-ona, oila a‘zolari tomonidan o‘quvchi

farzandlariga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablarda yakdillikning

yetishmasligi; - o‘quvchining kundalik hayotidagi rejasizlik,

tartibsizlik, aniq maqsadga yo‘naltirilmaganlik; - rag‘batlantirish va

jazolashda tarbiyaviy maqsad ustuvorligini ta‘minlay bilmaslik; - milliy

qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirishda izchillikning yetishmasligi;

- tan jazosi bilan qo‘rqitish; - ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida

janjal qilib turishlari; - uyda oshkora ichkilikbozlik qilinishi; - behayo

so‘zlar, qarg‘ishlar, so‘kinishlar; - o‘z farzandini ―eng

Page 73: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

yaxshi‖ deb hisoblash; - ―biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat

qilsin‖- deya o‘quvchilarni erkalatib yuborish; - yasantirishga hirs

qo‘yish yoki buning aksi; - ―bola qiynalib katta bo‘lsa,

ota-onaning, mehnatning, hayotning qadriga yetadi‖ – deya

ko‘r-ko‘rona qattiq qo‘llik, zarda qilaverish; -

o‘quvchi-farzandiga va‘da berib bajarmaslik; - maktab bilan

ta‘lim-tarbiyaviy hamkorlikdan o‘zini chetga olish; - o‘quvchi

bolalarini o‘z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va h.k.

O‘zbek oilasida yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda

otalarning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero, maqollarimizda

qayta-qayta takrorlanib kelinayotganidek, ―otaning ochgan yo‘li bor,

onaning bichgan to‘ni bor‖, ―otasi borning unumi bor, onasi borning

tinimi bor‖, ―ota-olamning faxri‖, ―erta tur, otangni ko‘r,

otangdan so‘ng otingni ko‘r‖, ―Otangni ko‘rsang, otdan tush‖,

―Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin‖, ―Ota bolaga sinchi‖,

―O‘g‘lingni sevsang qulingday ishlat‖, ―Otalar so‘zi xitob

bo‘lur, ani yig‘sang kitob bo‘lur‖...

Onaning o‘zbek oilasidagi hurmati, o‘rni alohida, jipslashtiruvchi

ahamiyatga ega. Chunki ―Onaga bo‘lgan muhabbat- Vatanga bo‘lgan

muhabbatning kurtagi‖, ―Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli

dalada‖, ―Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas‖, ―Bola-

loy, ona- kulol‖. ―Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi‖,

―Onangning yaxshiligini bemor bo‘lsang bilarsan‖ va h.k. Bu esa

o‘zbek qizlarini onalikka tayyorlash: ularda mehribonlik,

g‘amxo‘rlik, mayinlik, yaqin kishilarini qadrlashiga, himoya qilishga

ehtiyojni shakllantirishga alohida e‘tibor berishni taqozo qiladi.

Ota-onaning izchil tarbiyachilik mehnati ularni yaxshi farzandlarning

ota-onalari bo‘lish sharafiga muyassar qiladi. O‘z tarbiyachilik

burchlarini bajarmasliklari yoki bajara olmasliklari natijasida ular

―yomon‖ deb nom chiqargan o‘g‘il-qizlarning ota-onalariga

tayanadilar. Chunki o‘g‘il-qizlarning yomon bo‘lib

tug‘ilmasliklari bundan qariyib 1300 yil ilgari Yusuf Xos Hojib

tomonidan ―o‘g‘il-qizning fe‘li-xulqi yaxshi yoki yomon bo‘lsa,

uning sababchisi ota va onadir‖ shaklida ifodalangan edi .

Ota-onaga mehrlilik o‘zbek bolasining milliy odobining eng birinchi

sifatidir. Shu bilan birga ushbu sifatning eng birinchi bosh tarbiyachisi

ham oila, ota-onaning o‘zidir. Keyingi yillarda ilmiy pedagogik

adabiyotlarda ―ota-ona nazokati‖ tushunchasi kiritildi2. Bu pedagogik

xislat ota-onalar tomonidan farzandlarga oqilona tarbiyaviy ta‘sir

o‘tkaza olish: to‘g‘ri va iliq munosabatda bo‘la olish,

g‘amxo‘rlik qilish, farzandlariga omilkorlik bilan talablar qo‘ya

olish; inson qadr-qimmatini hurmatlashga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.

Xullas, ―ota-ona nazokati‖ tushunchasi kelajakda har bir ota-ona ilmiy

pedagogik madaniyatini tarkibiy qismiga aylantirilmog‘i kerak.

Ota-onaning ilmiy pedagogik madaniyati-ota va onaning umumiy

madaniyatining tarkibiy qismidir. Unda ota-ona mansub xalqning tarix

davomida to‘plagan oilaviy tarbiya tajribasi sintezlashadi va muayyan

ota-onaning oilaviy tarbiyachilik faoliyatida namoyon bo‘ladi.

Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi o‘zbek oilalarida mohiyatan

yangi, sifat o‘zgarishni sodir qilmoqda, Bu sobiq ―sotsialistik

oila‖dan ―milliy oila‖ga ko‘tarilishni, ya‘ni ma‘nan, madaniy

axloqiy, g‘oyaviy boyishni anglatadi, oilaninig ichki va tashqi

Page 74: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

munosabatlari ham milliylik va zamonaviylik bilan tobora boyitila

borilishi lozim. Chunki milliy mustaqillik oila manfaatlarini millat,

Davlat va maktab manfaatlari bilan uyg‘unlashuviga zamin yaratdi. Ana

shu tarbiyaviy birlik ehtiyoji maktab, o‘qituvchilar tomonidan

o‘quvchi va uning oilasini pedagogik o‘rganish va takomillashtirish

orqali ta‘minlanadi.

Oilani milliy pedagogik o‘rganish sinf rahbariga o‘quvchi o‘sayotgan

oilaning turmush tarzi; milliy tarbiyaviy imkoniyatlari; oila

tarkibi;oilaning milliy, istiqloliy qadriyatlarga munosabati va boshqalar

haqida qimmatli ma‘lumotlar to‘plashga imkon beradi. Oilani milliy

pedagogik o‘rganish bola maktabga qabul qilingan kundan boshlanishi

kerak. Bu keyinchalik har bir o‘quvchining milliy tarbiyasiga yakka

yondashuv dasturini yaratish imkonini beradi. Oilani milliy pedagogik

o‘rganish usullari quyidagilardan iborat:

-o‘quvchilarning milliy odobi va o‘qishini kuzatish;

-oilalarga tashrif buyurganda ota-ona, ona-bola, ota-bola, aka-uka, va

h.k. munosabatlarni kuzatish;

-oilaviy marosimlarda qatnashish;

-ota-onani maktabga taklif qilib, yakka suhbatlashish;

-oilada milliy madaniyat, o‘tirish-turish, jihozlar, ma‘rifatga,

ma‘naviy qadriyatlarga munosabatni kuzatish;

-televidenie, radio, gazeta, jurnallardan qanday mavzularni

yoqtirishlarini aniqlovchi anketa-so‘rovlarni tashkil qilish;

-o‘quvchilarga o‘z oilalari, ajdodlari haqida insho yozdirish;

ota-onalar yig‘ilishlari qo‘mitasi ishiga milliy tarbiyaviy

vazifalarni kiritish va h.k.

Yuqoridagi uslublarning faol qo‘llanilishi, ota-onalar bilan

o‘tkazilgan tarbiyaviy xuquq va majburiyatlar haqidagi suhbatlar, ularni

zamonaviy bolalar tarbiyasi muammolariga jalb etish, milliy tarbiyani

mahalla, qishloq oqsoqollari kengashlari faoliyati yo‘nalishiga

aylantirish va boshqa choralar ota-onalarning tarbiyachilar sifatidagi

faolliklarining oshishiga olib keldi. Sinf rahbarlari tarbiyaviy ishlar

tashkilotchilarining sistemali olib borgan ishlari milliy tarbiyani amalga

oshirishda oila, mahalla imkoniyatlarini to‘laroq ishga solishni

ta‘minladi.

Dunyodagi har bir xalqning o‗ziga xos an‘analari, urf-odatlari milliy

qadriyatlari bor. Muayyan zaminda kurtak ochib, necha yuz yillar davomida

shakllangan va sayqal topgan ma‘naviy mezonlar shu millatning, shu

xalqning bebaho boyligi hisoblanadi. Hayotimizga shiddat bilan kirib

kelayotgan texnika va texnologiyalar, globallashuv jarayonlarida bunday

boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb

etadi. Bugun keskin tus olayotgan ―ommaviy madaniyat‖ ham ma‘naviy

tahdidlardan biridir.

Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot bilan hamqadam bo‗lish yoshlarimizning

hayot tarziga aylanib bormoqda. Albatta, bu quvonarli hol. Chunki bir

necha tilda bemalol so‗zlasha olish, internet olamiga kirib dunyo

yangiliklaridan boxabar bo‗lish imkoniyatining mavjudligi ularning

bilimi, dunyoqarashi kengayayotganidan darak beradi. Biroq globallashuv

jarayonlarida turli g‗oyalar kurashi, axborot xurujlari, mafkuraviy

tazyiqlar tobora avj olayotgani sir emas. Bugun arzimasdek tuyulgan kichik

xabar ham odamlarning, ayniqsa yoshlarning hayotini o‗zgartirishga qodir

kuch bo‗lishi mumkin.

Page 75: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Ayni paytda dunyoda demokratiya va erkinlik, oshkoralikning ―yagona

standart‖ini zo‗r berib targ‗ib qilayotgan buzg‗unchi kuchlar

insonlar ongiga ta‘sir ko‗rsatishning turli yo‗llaridan

foydalanishga harakat qilmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ ana shu yo‗lda

juda muhim vazifani – inson ma‘naviyatini yo‗qotish orqali uni

bo‗ysundirishga xizmat qiladi. Ularning fikricha, har bir millat,

mamlakatning milliy madaniyati, ma‘naviyati va qadriyatlari ―eskilik

sarqiti‖ bo‗lib, ular ―ko‗z-ko‗z‖ qilayotgan ―madaniyat‖

esa inson huquqlarini cheklamaydigan, har kim erkinligidan bemalol

foydalanishga asoslangan emish.

Shu o‗rinda bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi satrlari yodga

tushadi:

Oldig‗a qo‗yganni yemak – hayvon ishi,

Og‗ziga kelganni demak – nodon ishi.

Bu so‗zlarni chuqur tahlil qilsak, har bir narsaga erkinlik beradigan

―ommaviy madaniyat‖ niqobining tagidagi asl maqsad yaqqol ko‗rinadi.

Aslida ―ommaviy madaniyat‖ soyasida kirib kelayotgan axloqsizlik,

behayolik, zo‗ravonlik va buzuqlik kabi illatlar dunyodagi hech bir

xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham

to‗g‗ri kelmaydi. Xususan, bizning zaminimizda tug‗ilib o‗sgan,

jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‗shgan Imom Buxoriy,

Burhoniddin Marg‗inoniy, Ahmad Farg‗oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo

Ulug‗bek va boshqa ko‗plab buyuk ajdodlarimiz qoldirgan meros bugun

ham dolzarbligini yo‗qotgani yo‗q. Xalqimizning go‗zal ma‘naviy

qadriyatlarga yo‗g‗rilgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo kabi

tushunchalari hayotimizga singib ketgan. Ayniqsa, ota-onaga hurmat, ayolga

ehtirom, mardlik va jasurlik singari tuyg‗ularimiz butun dunyo

xalqlarini rom etib keladi.

Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois

―ommaviy madaniyat‖ tahdidiga qarshi tura olish tobora dolzarb

ahamiyat kasb etayotir. Prezidentimiz Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat

– yengilmas kuch‖ asarida bu masalaga to‗xtalib, axloqsizlikni

madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma‘naviy qadriyatlarni

mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‗liq holatlar bugungi

taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta

xavf solmoqda , deya alohida ta‘kidlaydi.

Bugun turli yo‗llar bilan, har xil ―ezgu‖ niqoblar ostida ―ommaviy

madaniyat‖ mamlakatimizga ham tahdid solayotgani sir emas. Ayniqsa,

jangari filmlar, yoshlarni soatlab o‗tirishga ―majbur‖ qilayotgan

kompyuter o‗yinlari beto‗xtov yovuzlikni targ‗ib etsa, bolasining

otasi kimligini bilmasdan boshi qotib DNK tekshiruvini o‗tkazmoqchi

bo‗lgan xonimlar haqidagi seriallar, internet olamida ayol va erkaklarga

lazzatlanish haqida berilayotgan ―eng yaxshi maslahatlar‖ fahsh hamda

buzuqlik ko‗chasi sari chorlaydi.

Buning ustiga estrada san‘atiga kirib kelayotgan ayrim yo‗nalishlar va

qo‗shiqlar, kliplar, yaratilayotgan kinofilmlar, reklama roliklarida

targ‗ib etilayotgan turlicha kiyinish va so‗zlashuv ―madaniyati‖,

umuman hayot tarzimizga to‗g‗ri kelmaydigan holatlarga yo‗l

qo‗yilayotgani achinarlidir.

―Ommaviy madaniyat‖ning eng xavfli tomoni – u to‗satdan kirib

Page 76: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

kelmaydi. Avvalo, juda kichik detallar, arzimas veqealar orqali odamlarni

o‗ziga o‗rgatadi, ko‗niktiradi. Ana shunda 3-4 yoshdagi farzandimiz

repper bo‗lib kuylasa ham, o‗g‗limiz qulog‗iga zirak taqib,

qizimiz yirtiq shimni kiyganida ham ―zamona zayli‖ deya beparvo

bo‗lamiz. Qolaversa, farzandimizning zamonaviyligidan quvonamiz.

Mintaqamizdagi davlatlardan birida qandaydir nodavlat tashkilotining

granti, ―beg‗araz‖ ko‗magi asosida maktab o‗quvchilari uchun

ko‗p ming nusxada darslik chop etildi. Bir qarashda bu xayrli tadbir

ezgulikni, yoshlarning bilim olishini ko‗zlab amalga oshirilgandek.

Lekin darslikning ichiga kiritilgan ayrim sahifalar, turli xulosayu

tavsiyalar, erkinlik va demokratiya to‗g‗risidagi yondashuvlar

murg‗ak yoshlar ongiga buzg‗unchi g‗oyalarni pinhona kiritishga

qaratilgani kitob tarqalib bo‗lgandan keyingina aniqlandi.

―Ommaviy madaniyat‖ni targ‗ib qilayotgan g‗arazli kuchlarga aslida

hech qanday madaniyat va inson ma‘naviyati, axloqiy qoidayu

qadriyatlarning aslo keragi yo‗q. Ularning strategik reja va siyosiy

maqsadlariga erishish, ayrim mamlakatlarning yer osti, yer usti

boyliklariga ega bo‗lish, o‗z izmiga solish uchun bu bir vosita,

xolos. Bir so‗z bilan aytganda hamma narsaga erkinlik nuqtai nazaridan

qaraydigan ―ommaviy madaniyat‖ning asosiy maqsadi – odamning

irodasini susaytirish, o‗zining hayotiga, atrofidagi odamlarga qarshi

qo‗yish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilishdir.

Prezidentimiz Islom Karimov shu yil 9 may – Xotira va qadrlash kunida

jurnalistlar bilan suhbatda qo‗shni Afg‗onistondagi vaziyat haqida

fikr bildirar ekan, Afg‗oniston xalqini, uning tarixini, madaniyatini,

diniy-milliy qadriyatlarini toptash emas, aksincha, hurmat qilish yo‗li

bilangina turli millat va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirish, u yerda

tinchlik va barqarorlik o‗rnatish mumkinligini alohida ta‘kidladi.

Ushbu fikrning o‗ziyoq xalqning ma‘naviyatini mensimaslik, ―ommaviy

madaniyat‖ni keng yoyish qanchalik ayanchli oqibatlarni keltirib

chiqarishi mumkinligini isbotlaydi.

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq umumbashariy va

demokratik qadriyatlarni chuqur o‗zlashtirgan holda barpo etilayotgan

huquqiy va demokratik jamiyat qurish yo‗li bugun o‗zini to‗la

oqlamoqda. Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir

halqning an‘ana va qadriyatlariga ehtirom ko‗rsatish jamiyatimizning

eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib bo‗lish har

birimizning fuqarolik burchimizdir. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy

madaniy va ma‘naviy merosni, mardlik va jasoratni allaqanday ―ommaviy

madaniyat‖ga almashtirishga esa hech kimning haqqi yo‗q.

Bugun eng serdaromad sohalardan biri sifatida internet e'tirof etilmoqda,

desak yanglishmaymiz. Hozirgi kunda taraqqiyotning yuqori texnologiyalari

hayotimizga dadil qadamlar bilan kirib kelmoqda. To‗g‗riroq qilib

aytganda, kirib kelishga ulgurdi ham. Shunday yutuqlardan biri global

internet tarmog‗idir. Siz internetga kirsangiz, qaysiki axborotni

olmoqchi bo‗lsangiz mos manzilni terasiz. Manzilki, tayin faqat va

faqat 3ta bir xil harf: WWW bilan boshlanadi.

Aslida WWW inglizcha qisqartma so‗z bo‗lib, ―Butun dunyo

o‗rgimchak to‗ri‖ ma'nosini beradi. Haqli savol tug‗iladi: Nima

uchun aynan o‗rgimchak to‗ri? Internetning o‗rgimchakka va uning

to‗riga nima aloqasi bor? Balki, ular jarangli eshitilsin deb, uni

ma'joziy nom bilan atagandirlar. Balki, nomlashdan maqsad boshqadir.

Page 77: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

O‗rgimchakning o‗z to‗rini qaysi maqsadda ishlatishi ayon ekan,

har qanday kishining ongida nom tasodifan berilmagan degan fikr

shakllanishi aniq. Chunki, u o‗z nomini ma'lum miqdorda oqlamoqda.

Aks holda o‗rgimchak hali qanoti qotmagan hasharotlarni o‗z domiga

qanday tortgani singari, intеrnеt hali ongi to‗la shakllanmagan

yoshlarni o‗zining noto‗g‗ri, asossiz va yolg‗on axborotlari

bilan zaharlash darajasigacha bormas edi.

Lekin, bu bilan biz internet to‗la ―o‗rgimchak to‗ri‖

vazifasini bajaryapti deyishdan yiroqmiz, chunki bu to‗r ichida erkin

harakatlanish imkoni mavjudligi bizga tasalli beradi. Sabab shuki,

internetni ijobiy maqsadga ham yo‗naltirsa bo‗ladi va

―o‗rgimchak to‗ri‖ning haqiqiy egalari buni chegaralay olmaydi.

Biz o‗z xalqimiz mеntaliteti, madaniyati va mafkurasidan kelib

chiqqan holda ezgu mazmundagi veb-sahifalarni ko‗paytirib internetga

joylashti-rishimiz mumkin. Lekin, shu bilan birga, bunday mafkuraviy

xurujdan butunlay ozodmiz, bizni boshqara olishmaydi, deyishdan

chekinishimiz kerak. Shuni unutmaslik kerakki, har qalay o‗rgimchak

to‗rining o‗z o‗rgimchagi bo‗lgani singari bu to‗rning ham

o‗z ―o‗rgimchak‖lari bor. Men ularni shunday atamadim: ular

o‗zlariga o‗zlari shunday nomni berib qo‗yganlari kundek

ravshanku. Hayron bo‗lishingiz, tabiiyki, muallif taraqqiyotga

qarshi, internetni qoralayapti dеyishingiz mumkin. Aslo, yo‗q, men

internetni qoralamadim, men WWW haqida gapirdim. Internet bilan WWW

orasida farq bor. Biz internetda ishlovchi oddiy insonlardan farq

qilishimiz, devorning orqasini ham ko‗ra bilishimiz zarur.

Xususan, chegarasiz maydon va poyonsiz sarhadga ega virtual olamning eng

jozibador ko'rinishlaridan biri bo'lmish ijtimoiy tarmoqlar hali 30

yoshning nari-berisida bo'lgan Mark Tsukerberg, Albert Popkov, Pavel

Durov, Djek Dorsi kabi kishilarni allaqachon dunyo milliarderlari

ro'yxatiga tirkab qo'ydi. Boz ustiga ularni bugun G'arb matbuoti «yangi

dunyo yaratuvchilari» sifatida olqishlamoqda. Ammo facebook, twitter,

odnoklasniki, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishi va

supertezlikda juda katta auditoriyani qamrab olayotganini milliy

mentalitetlarning kushandasi sifatida e'tirof etayotganlar ham yo'q

emas. Buni statistik faktlar ham tasdiqlaydi. Facebook bugun dunyodagi

eng yirik ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Unga 2004 yili o'sha vaqtda

Garvard universitetining talabasi bo'lgan Mark Tsukerberg asos solgan.

Hozirda facebookning auditoriyasi 901 million kishi (130 ming

o'zbekistonlik)ni qamrab olgan. Shundan 500 million kishi saytga telefon

orqali tashrif buyuradi. Har kuni foydalanuvchilar 3 milliarddan ortiq

sharhlar qoldirishadi, tarmoqqa 300 millionta surat joylashtirishadi.

facebookda hozirga qadar 125 milliard do'stlik aloqasi

o'rnatilgan.Kompaniyaning daromadi joriy yilning birinchi choragida bir

milliard dollardan oshib ketdi. Reklamadan esa qariyb 900 million dollar

foyda olindi. O'z mushtariylariga «Hozir nima qilayapsiz?» degan

savolga javob berish imkoniyatini yaratish maqsadida ochilgan twitter

esa internet tarmog'idagi eng mash¬hur mikroblog servis bo'lib, u o'z

mushtariylariga 140 harfgacha bo'lgan qisqa xabarlarni ma'lum qilish

imkonini beradi. twitter — ingliz tilidan tarjima qilinganda

chug'urlamoq, shivirlamoq, valjiramoq ma'nolarini beradi. Unga 2006 yil

15 iyul kuni Djek Dorsi, Evan Uilyams, Biz Stounlar tomonidan asos

solingan. Hozirda mazkur mikroblogdan 500 million kishi ro'yxatdan

Page 78: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

o'tgan. Hatto ko'pgina davlat rahbarlarining twitterda o'z akkaunti

(shaxsiy hisob, tashrif buyuruvchilarning identifikatsiya nomeri) bor

hamda ular o'z o'quvchilarini rag'batlantirib turishadi. Masalan, shu

yilning may oyida Venesuela prezidenti Ugo Chaves o'zining tvitterdagi 3

millioninchi follover (o'quvchisi)ga uy sov¬g'a qildi. Ikki

millioninchi folloveriga esa shaxsan o'zi telefon qilib, kompyu¬ter

sovg'a qilgandi. Bir so'z bilan aytganda twitterda dunyoning mashhur

kishilari, san'at va sport yulduzlarini uchratish, do'stlashish mumkin.

Agar twitterdagi akkaunt mashhur bo'lsa, pul ishlab olish imkoniyati ham

mavjud. «Vkontakte» kompyuter texnologiyalari ustasi Pavel Durov

tomonidan 2006 yil 10 oktyabr kuni yaratilgan. Saytga kuniga 35 million

kishi tashrif buyurmoqda. Qisqa muddatda 100 ming a'zoni yig'ish

bo'yicha rekord o'rnatgan «odnoklasniki» ijtimoiy tarmog'i esa o'z

faoliyatini 2006 yil 26 martdan boshlagan. Hozirda rus, ukrain, gruzin,

arman, moldav, o'zbek tillarida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Loyiha

muallifi kelib chiqishi rus millatiga mansub, ayni paytda Londonda

istiqomat qiluvchi Albert Popkov hisoblanadi. Sayt shiddat bilan

rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo'lib, u ayni paytda 14 yoshdan 55

yoshgacha bo'lgan 135 millionlik auditoriyaga ega. Shundan ikki million

profil (foydalanuvchining shaxsiy sahifasi) mamlakatimiz fuqarolari

tomonidan ochilgan. Bir kunda unga 30 million kishi tashrif buyuradi.

Qizig'i shundaki, mazkur ijtimoiy tarmoq yaratilganida, muallif unga

bor-yo'g'i reklama joylashtirishni maqsad qilgandi. Biroq qisqa fursat

ichida Albert juda katta daromad manbaiga ega bo'lganini anglab yetdi.

Sayt tashrif buyuruvchilarga alohida va umumiy muloqot qilish, turli

o'yinlar o'ynash, sharhlar qoldirish, guruhlar ochish, do'stlar

orttirish, suratlar, videoroliklar yuklash uchun keng imkoniyatlar

yaratib beradi. Bir so'z bilan aytganda, juda katta muloqot maydonidir.

Kimlar uchundir u eski do'stlar va qadrdonlarni, yillar ortidagi

tanish-bilishlar, yo'qotilgan qarindoshlar, birinchi muhabbatni topish

imkonini bersa, kimlar uchundir mo'maygina daromadga ega bo'lish manbai,

virtual e'lonlar makonidir. Ayni paytda sayyoramizda istiqomat

qilayotgan bir yarim milliard yoshlar ijtimoiy tarmoqlarning asiri

hisoblandi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarning foydali tomonlarini inkor

etib bo'lmaydi. Biroq yovuz niyatli kishilar ham bunday beminnat

yordamchilardan foydalanmaydi deb o'ylash, kulguli, albatta. Masalan,

Afg'onistondagi Tolibonlar, Al Qoida, Somalidagi «Al-Shabab» terrorga

ixtisoslashgan ekstremistik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda o'z

profili va minglab «do'st»¬lariga ega. Xususan, ular o'zlarining

jihodiy g'oyalarini, va'zlarini targ'ib va tashviq qilishda,

inqiloblarga chorlashda hadsiz imkoniyatlarga ega bo'lmoqda. Ayni

paytda ularni qo'llab-quvvatlayotganlar ham, e'tirozlarni, nafratlarini

izhor etayotganlar ham kam emas. Hatto muqaddas islom dini yuziga loy

chaplashni niyat qilgan qora kuchlar ijtimoiy tarmoqlarga

payg'ambarlarning karikaturalarini joylashtirib, o'zlarning manfurona

basharalarini namoyish qilmoqdalar. Bu o'z navbatida, millatlararo,

dinlararo nizolarga sabab bo'layotgani, achinarli. Bundan ham yomoni,

ijtimoiy tarmoqlar Yaqin Sharq va Osiyoda turli namoyish¬lar

uyushtirishning qulay vositasiga aylanganini bir necha bor amalda isbot

etdi.Hozirda dunyoning eng qaynoq nuqtasi bo'lib turgan Suriyada

kechayotgan xunrezliklarda ijtimoiy tarmoqlar ham faol rol o'ynamoqda.

Masalan, amaldagi tuzumga qarshi kurashishga chaqiriqlar, buning uchun

Page 79: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

xayriya yig'ini tashkil qilishga da'vatlar (Otning o'limi — itning

bayrami, deb shuni ayt¬salar kerak-da) shular jumlasidan. «Arab

bahori» deb nom olgan va hali beri poyoni ko'rinmayotgan bu harakatlar

Tunis, Liviya, Misr, endi esa Suriyada qator xudkushliklarga sabab

bo'lmoqda. Taraqqiyotni yillar ortiga surib yuborayapti… Statistik

ma'lumotlarga qaraganda, Rossiyada har bir foydalanuvchi bir kunda

o'zining 10,4 soat, Angliyada 5,3, Turkiyada 7,8, yurtimizda esa

taxminan 6 soat vaqtini sarflayapti. Afsuski, mazkur gapning kesimi

yoniga «behuda» so'zini qo'shib qo'yish, yoki uni «isrof qilgan»

jumlasiga almashtirish ham mumkin. Taraqqiyot odimlari bugun internet

qiyofasida dunyoning eng chekka mamlakatlariga ham bo'ylayapti. Bugun

bo'lajak kelin yoki kuyovlar haqidagi dastlabki ma'lumotlar ham ijtimoiy

tarmoqlardan qidirilayotgani ularning nechog'li ijtimoiy hayotimizga

ta'sir ko'rsatayotganini anglatadi. Taassufki, mamlakatimizda eng

mash¬hur ijtimoiy tarmoq hisoblanmish «Odnoklassniki.ru» saytida

yuzlab, minglab axloqqa zid profil yoki guruhlarga ko'zingiz tushishi

mumkin. Afsuski, fohishabozlik, bachchavozlik, qonxo'rlikka undaydigan

e'lonlar, mavjud ijtimoiy tuzumlarga qarshi qaratilgan chaqiriqlarni

hech bir to'siqsiz o'qiyotgan, tomosha qilayotgan yoshlar ham yo'q emas.

Achinarlisi, ularni nazorat qilishning iloji yo'q. Yaqinda Chexiya

poytaxti Praga shahridagi mehmonxonalarning birida o'zlarini xalqning

daholari deb sanaydigan va tuzilmalariga demokratiya, xalq, tayanch,

adolat, tiklanish kabi dabdabali yorliqlarni yopishtirib olgan bir guruh

tovlamachilarning yig'ilishi bo'lib o'tdi. Maqsadlari hokimiyat,

yurtimizdagi taraqqiyotni izdan chiqarish bo'lgan bu noshud kimsalar ham

o'zlarining faoliyat ko'lamlarini kengaytirishda ijtimoiy tarmoqlardan

unumli foydalanish harakatiga tushib qoldilar. Demak, vaziyat yanada

hushyorlikni talab etadi. Ha, dunyo taraqqiyoti bizga mana shunday

qarama-qarshi vaziyatlarni ro'baro' qilmoqda. Muammoni yechishning esa

bitta yo'li bor: u ham bo'lsa, istiqlolning ilk kunlaridan muhtaram

Yurtboshimiz tomonidan ta'kidlab kelinayotganidek, tarbiyani oiladan,

mahalladan, maktabdan boshlash kerak. Ma'naviy immuniteti mustahkam

bo'lgan kishi hech qachon lo'ttivozlarning yolg'on aldovlariga,

dabdabali va'dalariga uchmaydi. Qolaversa, mahalliy o'z domenida

joylashgan va nazorat qilish imkoni bo'lgan doira.uz, muloqot.uz,

sinfdosh.uz, olam.uz kabi ijtimoiy tarmoqlarni yanada rivojlantirish

zamonning o'zi taqozo etib turgan vazifalardan hisoblanadi.

Taraqqiyot haqida gapirganda ―Yuksak ma'naviyat — yеngilmas kuch‖

asarida keltirilgan Mahmudxo‗ja Behbudiyning fikrlari esga tushadi:

―Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va

fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‗lur‖. Xo‗sh, millatni

poymol etmasdan taraqqiyotni olg‗a surish va bu yo‗lda

―o‗rgimchak‖lardan ozod bo‗lishning yo‗li qanday? O‗shanda

muhtaram Prezidentimiz-ning so‗zlari esimga tushadi: ―Fikrga qarshi

fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq

kеrak‖. Ular bilan kurashish uchun sayt yaratish bo‗yicha ilmiy

salohiyat kuchli bo‗lishi kerak va biz aynan o‗sha ilmimiz va boy

mafkuramiz bilan qarshi turishimiz zarur. Ilmiy salohiyatimiz tufayli ular

bilan bemalol kurasha olsak, ularning jaholatini еngishda esa

ma'rifatimiz qo‗l keladi. Bir so‗z bilan aytganda, internetda

o‗zgacha muhitni yaratishimiz zarur. Keyin bu muhit shunday bir ummonga

aylanadiki, uning ichida tengsiz ma'naviyatimiz, tubsiz madaniyati-miz,

Page 80: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

davlatimizning jonkuyar siyosati o‗z ifodasini topgan bo‗ladi.

Qarabsizki, bizdan keyingi avlod aynan o‗sha olamda sayr qiladi,

―o‗rgimchak‖lar bizga xavf sola olmaydi.

Yuqorida bayon etilgan milliy tarbiyani o`quvchilar ongiga singdirish va

―Ommaviy madaniyat‖ga o`quvchilarning kirib qolishlarini oldini olish,

―O`rgimchak to`ri‖ga tushib qolish va virtual olamdan asrash maqsadida

kerakli chora-tadbirlarni ko`rish oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi

talab ertiladi. Hamkorlik ishlari esa o`z navbatida tizimli izchillikda

olib borilishi zarur. O`z maqsadi, shakl, usul va bosqichlariga ega

bo`lgan har qanday tadbir samara berishi tabiiy. Albatta, ushbu natijaga

erishish uchun oldindan reja tuzib olish zarur. Yuqorida

ta‘kidlaganimizdek, hamkorlik ishlarini samarali olib borish maqsadida

o`quvchilar o`rtasida ommaviy madaniyatni bartaraf etish bo`yicha

―Ommaviy madaniyatga qarashi kurashish‖ chora-tadbirlari rejasini

tuzib chiqdik. Namuna sifatida quyidagi chora-tadbirlar rejasini

keltiramiz.

―Ommaviy madaniyatga qarashi kurashish‖

chora-tadbirlari rejasi

№ Bajariladigan ishlar mazmuni Muddati Mas‘ullar

1 ―Ommaviy madaniyat‖ga qarshi kurashish bo`yicha tadbirlar uyushtirish:

1.1. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – hayotimiz kafolati»

Maxsus reja asosida,

Tarbiyaviy soatlarda Tashkilotchi

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

1.2. «Ijtimoiy tarmoq - vertual qarmoqmi?»

1.3. «O`rgimchak to`ri»dan ogoh bo`ling!

1.4. «Farzand tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar va

ularni oldini olishda jamoatchilikning roli»

1.5. «Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid»

1.6. «Giyohvandlik - asr vabosi»

1.7. «Odam savdosiga qarshi kurash - davr talabi»

1.8. «Hayot – bebaho ne‘mat, o‘z joniga qasd qilish – kechirilmas

holat»

2 O‘quvchilar o`rtasida ―Ommaviy madaniyat‖ ga qarshi kurashsish

ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish:

2.1 «Konstitutsiya – baxtimiz poydevori» hamda «Prezident asarlarini

o‘rganamiz» ko‘rik-tanlovlarini tashkil

etish Noyabr-dekabr Tashkilotchi

Sinf rahbari

«Kamolot» YoIH bo‘limlari

Jamoatchilik

Page 81: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

2.2. «Ajdodlar merosi – kelajak poydevori» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish

Aprel

O‘QUVCHILARNI BO‘SH VAQTLARINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH BO‘YICHA

BELGILANGAN TADBIRLAR

3 O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan

tadbirlarni uyushtirish:

3.1. O‘quvchilarning o‘quv dasturlaridan olgan bilimlarini

mustahkamlash maqsadida ularni maktablardagi fan to‘garaklari,

«Barkamol avlod» bolalar markazlariga jalb etish O‘quv yili

davomida Tashkilotchi

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

3.2. O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy an‘ana va qadriyatlarga

sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida teatrlar, muzeylar va boshqa madaniy

maskanlarga tashriflarini uyushtirish Reja asosida Tashkilotchi

Sinf rahbari

Kutubxona mudiri

Hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda

3.3. O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xalq

og‘zaki ijodi va boy adabiy merosimizni kengroq o‘rganishga jalb

qilish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon»

ko‘rik-tanlovini va ota-onalar o‘rtasida «Bir farzandga uch kitob»

aktsiyasini o‘tkazish

3.4. O‘quvchilarning yurtimiz bo‘ylab sayohatlarini uyushtirish

rejasini ishlab chiqish va Toshkent shahri, viloyatlararo va mahalliy

yo‘nalishlardagi tarixiy, me‘moriy obidalarga, zamonaviy inshootlarga

va tabiatning betakror go‘shalariga sayohatlar tashkil etish Ta‘til

kunlarida

4 O‘quvchilarning ta‘til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida

turli ko‘ngilochar tadbirlar majmuini amalga oshirish:

4.1. Dam olishning turli tashkiliy shakllari orqali sog‘lomlashtirish

oromgohlariga ko‘proq bolalarni jalb etish choralarini

ko‘rish O‘quvchi-larning ta‘til kunlari Tashkilotchi

Sinf rahbari

Kutubxona mudiri

Hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda

4.2 Maktablar qoshida sport sog‘lomlashtirish maydonchalarini tashkil

etish, ularda ma‘naviy-ma‘rifiy-intellektual tadbirlar va sport

musobaqalarini uyushtirish

O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA ―OMMAVIY MADANIYAT‖GA QARSHI PROFILAKTIK

TADBIRARNI TASHKIL ETISH

5 O‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga va ular

o‘rtasida noxush holatlarning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan

omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish:

5.1. O‘quvchilarining spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini

Page 82: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

iste‘mol qilishning zararlari haqidagi tushunchalari va ularning bunga

munosabatlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish O`quv yili

davomida Tashkilotch

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

5.1. O‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlik bilan bog‘liq

huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik vositalarining zarari,

uning og‘ir asoratlari to‘g‘risida davra suhbatlari va uchrashuvlar

tashkil etish Oylik davomida alohida reja asosida Tashkilotch

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

5.2. Ta‘lim muassasalarida giyohvandlik profilaktikasi bo‘yicha ishlab

chiqilgan videolavhalarni namoyish etish

5.3. Ta‘lim muassasalarida giyohvandlikning zararli oqibatlarini aks

ettiruvchi plakatlar, foto va rasmlar ko‘rgazmasini tashkil etish; Reja

asosida Tashkilotch

Sinf rahbari

Hamkorlik tashkilotlari

5.4. O‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash va sog‘lom

turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida asfaltga rasm chizish tanlovini

o‘tkazish

II bob yuzasidan xulosa

O`zbek xalqi juda qadimdan o`rganib kelinayotgan o`tmishi, o`z tarixi,

madaniyati va ma‘naviyati, yillar davomida avloddan avlodga o`tib

kelayotgan o`zbek xalqining o`tmishi va kelajagidan darak beruvchi milliy

qadriyatlari va urf-odat, an‘analariga ega. Mana shu urf-odatlar,

an‘ana va marosimlarda xalqimizning ezgu niyatlari, odob-axloqi, ichki

intizomi, ibo-hayosi, sabr-toqati va mehr-saxovati aks ettirilgan.

Page 83: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Asrlar osha yetib kelgan oila va mahallarning birligi, bola tarbiyasiga

barchaning mas‘ulligi kabi an‘ana-yu urf-odatlarimiz orqali yosh

avlodga ta‘lim-tarbiya berish o`tgan yillar davomida man etilgan edi.

Mustaqillikka erishilgach millatimizi o`zligini angladi. Hozirgi davrga

kelib yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda oila, maktab va

jamoatchilik hamkorligi asosiy vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Shaxs shakllanishida milliy tarbiyaning o`rni beqiyosdir. Har bir yosh

avlod ma‘nan yetuk bo`lishida, ayniqsa, ma‘naviy-axloqiy jihatdan

kamol topishida xalqimizning milliy an‘analaridan xabardor qilish juda

muhimdir. Bu o`z navbatida o`qituvchida katta ma‘suliyat talab etadi.

Biz buni dars jarayonida va darsdan tashqari amalga oshirishimiz mumkin.

Bugungi kunda milliy tarbiya bilan birga ‖ommaviy madaniyat‖

tushunchasi ham kirib keldi. Unga qarshi kurashish uchun katta kuch va

aql talab etiladi. Shu o`rinda ‖ommaviy madaniyat‖ga qarshi kurashish

chora-tadbirlari rejasini tuzish talab etiladi. Bugungi kun yoshlarini

tarbiyalashni hamkorlik asosi tashkil etishini unutmasligimiz lozim.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillikning ma‘naviy mustahkamligini

ta‘minlash uchun yosh avlodning milliy qadriyatlarimizga va urf -

odatlarimizga sodiqligini ta‘minlash, xalqimizning ma‘naviy merosini

mustahkamlash va rivojlantirish, yoshlarimizning o`z imkoniyatlarini erkin

namoyon qilishi va vatanparvarlikni bundanda kuchaytirish zarur.

Vatanimizning gullab -yashnayotganligi, uning jahon jamiyatiga yuz

tutayotgani, urf - odatlarimizni, qadriyatlarimizni, milliy

udumlarimizni qaytadan tiklayotganimiz va bularni davlat siyosati

darajasiga ko`targanimiz bizning va yoshlarimizning ma‘naviyatli

bo`lishi kerakligidan dalolat beradi.

Inson bolasi yoshligidan yaxshi va yomon odatlarning qaysisiga ko`nikib,

o`rganib qolgan bo`lsa, bu udum uni bir umr tark etmaydi. Shuning uchun

ham xalqimizda, «beshikda tekkan-kafanda ketar» yoki «dard ketar-odat

qolar», «illat ketar-odat ketmas» degan maqollar bor.

Shuning uchun yosh avlod ongida ma‘naviy bo`shliqni paydo bo`lishiga

yo`l qo`ymasligmiz lozim.

Page 84: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

III BOB. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish bo`yicha tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili

3.1 Tajriba-sinov ishlari va uni o`tkazish metodikasi

Tadqiqot muammosini yechishga yo`naltirilgan tajriba — sinov ishlari

quyidagi tashkiliy vazifalarni hal etish asosida olib borildi:

1. Tajriba — sinov maydonlarini belgilash.

2. Umumiy o`rta ta‘lim muassasasining rahbari va pedagogik jamoasi

roziligi asosida tajriba — sinov sinflarini rasman tasdiqlanishini

ta‘minlash.

3. Tajriba — sinov ishlarini olib borishga mas‘ul bo`lgan

o`qituvchilar guruhini shakllantirish.

4. Tajriba va nazorat sinflarini belgilash, sinaluvchi — o`quvchilar

sonini aniqlash.

5. Tajriba jarayoniga jalb etilgan o`qituvchilarni sinov ishlarining

mohiyati bilan tanishtirish.

6. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishga oid maxsus metodikani ishlab chiqish.

Qayd etib o`tilganidek, tajriba — sinov ishlari 160-maktabning 3 —

sinflarida amalga oshirildi. Sinaluvchi — o`quvchilarning soni sinflar

bo`yicha quyidagi ko`rsatkichlarni tashkil etdi (3.1.2 — jadval):

3.1.2— jadval. Tajriba — sinov ishlariga jalb etilgan o`quvchilar soni

(sinflar bo`yicha)

№ Sinflar O`quvchilar soni (nafar hisobida) O`quvchilar soni (foiz

hisobida)

1. 3-a sinf 35 100

2. 3-b sinf 37 100

Jami 72 100

Pedagogika hamda psixologiya yo`nalishlarida olib borilayotgan

tadqiqotlarning samaradorligi muayyan metodikaning ishlab chiqilganligi

(ma‘lum g`oyalarning ilgari surilganligi) va uning uzluksiz ta‘lim

tizimini takomillashga qo`shayotgan hissasi bilan belgilanishi barchaga

yaxshi ma‘lum. Shu sababli tajriba va nazorat sinflarini shakllantirib

olish tajriba sinovidan o`tkazilayotgan metodikaning samaradorligini

aniqlashda muhim omil sanaladi. An‘anaga tayangan holda 3-sinf

o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga

oid metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida bir — biriga muqobil

bo`lgan ikki guruh shakllantirildi.

Tajriba — sinov ishlarining asosiy g`oyasi — 3-sinf o`quvchilarida

oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishdan iborat bo`lib,

amaliy faoliyat jarayonida quyidagi vazifalar hal etildi:

1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligiga

egaliklarini va ularning darajasini aniqlash.

2. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning pedagogik shart — sharoitlarini o`rganish.

3. Tizimli bilimlarni berish 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

Page 85: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga hizmat qilishi to`g`risidagi

g`oyaga asoslanuvchi maxsus metodika samaradorligini tajriba sinovi

asosida aniqlash.

Tadqiqot jarayonida tajriba — sinov ishlari quyidagi ikki yo`nalishda

tashkil etildi:

1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishga oid metodikani ishlab chiqish, uni 160-maktab amaliyotida

sinovdan o`tkazish va samaradorligini aniqlash.

2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ta‘lim-tarbiya olish jarayonida

ishtirok etish asosida ularda oila, maktab, jamoatchilik hamkorligining

shakllanganlik darajasini doimiy ravishda aniqlab borish. Bu harakat

o`quvchilarning bilish faoliyatini o`rganish, ular o`rtasida anketa va

test so`rovlarini o`tkazish, suhbatlar tashkil etish asosida amalga

oshirildi. Nazorat ishlari uch bosqichda yo`lga qo`yildi.

3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida qo`llanilgan har bir nazorat

turi bo`yicha muayyan mezonlarga tayanib ish ko`rildi. Jumladan:

1. Anketa so`rovlari bo`yicha o`quvchilarning javoblari:

- ijobiy;

- salbiy tarzida baholab borildi.

2. Test so`rovlari bo`yicha o`quvchilarning javoblari:

- To`g`ri;

- Noto`g`ri tarzida baholab borildi.

3. Suhbatlar va o`quvchilar faoliyatini o`rganishda ularning tabiatni oila

va mahalla faollariga bo`lgan munosabatlari:

- ijobiy, barqaror;

- salbiy, beqaror tarzida baholab borildi.

Quyida birinchi turdagi so‘rovnomaning umumiy mazmunini keltiramiz:

―Siz o‘z farzandingizni qay darajada bilasiz?‖ nomli so‘rovnoma

mazmuni quyidagicha:

1. Farzandingiz ushbu o‘quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

2. Farzandingizni so‘nggi o‘quv yilidagi o‘zlashtirish darajasi

Sizni qoniqtiradimi?

3. Farzandingizning fanlarga bo‘lgan munosabati qanday?

4. Uning fanlarga bo‘lgan qiziqishini baholay olasizmi?

5. Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik

o‘rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki

qanday?

6. Farzandingiz mansub bo‘lgan mikro hamda makro muhitning

ma‘naviy-axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do‘stlashgan, ularning

ma‘naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi?

7. Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta‘sir

ko‘rsatganliklarining guvohi bo‘lganmisiz?

8. Uning oilada tutgan o‘rni qanday?

9. O‘quv yurti yoki oila o‘rtasida vujudga kelgan shaxsiy

ziddiyatlari bormi?

Dastlabki suhbat hamda ota-onalar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar

natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar

yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi.

Yuqorida qayd etilgan nazorat ishlari bo`yicha o`quvchilarni

ta‘lim-tarbia berish jarayonida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi

qay darajada yo`l qo`yilganligining umumiy holati esa quyidagi uch daraja

Page 86: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

bilan belgilandi:

1. Yuqori daraja.

2. O`rta daraja.

3. Past daraja.

2. Qayd etilgan darajalarni belgilashda bitiruv-malakaviy ishning birinchi

bobida yoritilgan va ―O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab

hamkorligi‖ konsepsiyasi mezonlarga asoslanildi.

Tajriba — sinov ishlarining muayyan tizim asosida olib borilganligi

boshlang`ich sinf o`quvchilarida oila, maktab va mahalla hamkorligini

shakllantirishda ijobiy natijalarni qo`lga kiritishga imkon berdi.

Nazorat sinflarida ma‘lum mavzular bo`yicha ota-onalar yig`ilishlari

o`tkazildi. Biroq ularning an‘anaviy metodlardan foydalanilganligi bois

kutilgan natijalar qo`lga kiritilmadi.

3.2.1-jadval. o`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi

tavsifi (tajribadan oldin)

Sinflar Darajalar Hamkor institutlar

Oila Mahalla Maktab

Tajriba sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 12 25 22

O`rta 24 15 36

Past 32 28 10

Nazorat sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 14 20 23

O`rta 24 30 35

Past 30 18 10

Tajriba va nazorat sinflariga biriktirilgan o`quvchilariga tajriba

ishlarining yakuniy bosqichida o`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla,

maktab hamkorligi mohiyatini yorituvchi test savollari yana bir marta

berildi. Mazkur savollarga ota-onalar va jamoatchilik faollari tomonidan

qaytarilgan javoblarining ko`rsatkichlari haqida quyida so`z yuritiladi.

Tajriba — sinov ishlarining yakuniy bosqichida tajriba sinflarida

sezilar o`zgarishlar qayd etildi.

(tajriba yakunida)

Sinflar Darajalar Hamkor institutlar

Oila Mahalla Maktab

Tajriba sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 20 35 22

O`rta 24 15 36

Past 24 18 10

Nazorat sinflari

(respondentlar soni - nafar) Yuqori 34 45 23

O`rta 24 13 35

Past 10 10 10

Page 87: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

III bob yuzasidan xulosalar

Bitiruv-malakaviy ishning ushbu bobida yoritilgan fikr — mulohazalar

ular borasida muayyan xulosalarga kelishimizga imkon beradi. Xususan:

1. Tajriba — sinov ishlarini olib borishda amaliy faoliyatni tartibga

solishga imkon beruvchi dasturga ega bo`lish, bosqichma —bosqich

ma‘lum vazifalarni ijobiy hal etib borish, ularning yagona maqsadni

amalga oshirishga yo`naltirilishi boshlang`ich sinf o`quvchilarida

tabiatni bilishga bo`lgan qiziqishni shakllantirishda muvaffaqiyatlarga

erishishni kafolatlaydi. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini muayyan tizimga solish, ularni tasniflash asosida

o`quvchilarga yetkazib berish g`oyasini ilgari suruvchi metodika 3-sinf

o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishga

yo`naltirilgan tajriba — sinov ishlarining asosini belgilab berdi.

2. Tajriba — sinov ishlarining izchil, uzluksiz va tizimli olib

borilishi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish borasida samaralarga erishishimizga zamin yaratdi. Tajriba

va nazorat guruhlariga jalb etilgan o`quvchilarda shakllangan hamkorlikni

bilishga bo`lgan qiziqishni ifoda etuvchi ko`rsatkichlarning

V.Bespalg‘ko metodi asosida matematik — statistik tahlili maxsus

metodikaning samaradorligini tasdiqladi. 3-sinf o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligi darajasi va uning sifati tadqiqotni olib

borishdan ko`zlangan maqsad, belgilangan vazifalarning to`laqonli

bajarilganligidan dalolat beradi.

UMUMIY XULOSALAR

Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarining ko`rsatishicha, 3-sinf

o`quvchilarida oila, maktab jamoatchilik hamkorligini shakllantirishda

uyushqoqlik, birdamlik va birgalik harakatlari muammoning ijobiy

yechimini kafolatlaydi. Tajriba — sinov ishlarining natijalariga muvofiq

quyidagi xulosalarga kelindi:

1. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi mazmunini

o`rganish, bu boradagi hamkorlik darajasini aniqlashga yo`naltirilgan

harakat muammoning nazariy va amaliy yechimlari to`la hal etilmaganligini

ko`rsatdi. O`quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish ularda

tabiatni oilaga, mahallaga bo`ysunish xissi mavjud, biroq uning chuqur va

barqaror xususiyatga ega emasligidan dalolat berdi. Oila va mahallaning

maktab bilan o`zaro birga ishlashi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligi shakllanganligiga bog`liq. Bu g`oya 3-sinf

Page 88: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish

masalasining dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslashga imkon beradi.

2. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish jarayonida o`ziga xos psixologik — pedagogik xususiyatlar

ko`zga tashlanadi. Jumladan, bu yosh davri o`quvchilari oila a‘zolari,

kattalar ko`magiga muxtojdirlar. Biroq bu muxtojlik o`rganilayotgan

ob‘yektning mohiyatini to`la ochib bera olmaydi. SHu sababli 3-sinf

o`quvchilarida tizimli oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish va ularda hamkorlarga tayangan holda ishlashni qaror

toptirish maqsadga muvofiqdir.

3. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishning an‘anaviy va samarali usullarni mavjud holati bugungi

kun talablari darajasida emasligidan dalolat beradi. Tadqiqot doirasida

amalga oshirilgan dastlabki tajriba natijalarining ko`rsatishicha, buning

asosiy sabablaridan biri o`quvchilar bilan sinf rahbarining yakka o`zi

doimiy faoliyat olib borishidadir.

4. Tajriba — sinov ishlarini olib borishda amaliy faoliyatni tartibga

solishga imkon beruvchi dasturga ega bo`lish, bosqichma —bosqich

ma‘lum vazifalarni ijobiy hal etib borish, ularning yagona maqsadni

amalga oshirishga yo`naltirilishi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab,

jamoatchilik hamkorligini shakllantirishda muvaffaqiyatlarga erishishni

kafolatlaydi. Hamkorlik ishlarini muayyan tizimga solish, ularni

tasniflash asosida o`quvchilarga yetkazib berish g`oyasini ilgari suruvchi

metodika boshlang`ich sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik

hamkorligini shakllantirishga yo`naltirilgan tajriba — sinov ishlarining

asosini belgilab berdi.

5. Tajriba — sinov ishlarining izchil, uzluksiz va tizimli olib

borilishi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish borasida samaralarga erishishimizga zamin yaratdi. Tajriba

va nazorat guruhlariga jalb etilgan o`quvchilarda shakllangan hamkorlikni

ifoda etuvchi ko‘rsatkichlarning V.Bespalg‘ko metodi asosida matematik

— statistik tahlili maxsus metodikaning samaradorligini tasdiqladi.

TAVSIYALAR

1. Sinf rahbari o`z ish faoliyati davomida 3-sinf o`quvchilarida oila,

maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish bo`yicha trening-seminar

mashg`ulotlarini, tadbir va kechalarni tashkil etishiga alohida ahamiyat

berish.

2. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishda hamkorlikning o`zaro aloqadorlik va bogliqlikning yuzaga

kelishiga alohida e‘tibor qaratish.

3. 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirishga oid metodik majmualarning chop etilishiga erishish.

4. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida

3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini

shakllantirish bo`yicha ilg`or texnologiyalar asosida ishlash bo`yicha

malakalarini shakllantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1. «O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,

«Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» –

Toshkent: Sharq, 1997-65 b.

2. ―O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi

konsepsiyasi‖. T.: ―O`qituvchi‖, 1998.

Page 89: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

3. Karimov I.A. «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent:

O‘zbekiston 1992-62 b.

4. Karimov I.A. «Yangi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Toshkent:

O‘zbekiston 1993. – 24 b.

5. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard

maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.

6. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent. 2008.

7. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillik ostonasida. – Toshkent. 2012.

8. Yo`ldoshev.H.Q. ― Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla,

maktab hamkorligi konsepsiyasi‖. T.: 2004.

9. Frolov P.T. Yosh direktor maktabi. T.: ―O‘qituvchi‖, 1991.

10. Hasanboeva O. Uzaytirilgan guruhlarga tarbiyaviy ishlar. T.:

―O‘qituvchi‖, 1994.

11. Inomova K.M. «Oilada bolalarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi»

–Toshkent: Fan, 1999, – 151 b.

12. Jo‘raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o‘tish. T.: ―O‘qituvchi‖,

1994.

13. Karimova.O.A. ―Oila, farzand va jamiyat‖. T.: ―O‘qituvchi‖,

1991.

14. Mavlonova,R, Raxmonqulova.N, Normurodova.B. ―Tarbiyaviy ishlar

metodikasi‖ – T.: ―Tib-kitob‖, 2010.

15. Musurmonova O. «Oila ma‘naviyat-milliy g‘urur». – Toshkent:

O‘qituvchi. 1999, – 200 b.

16. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O‘qituvchi, 1994.

17. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: ―O‘qituvchi‖. 1994.

18. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari.

T.: 1996 .

19. Nishonova.S. ―Komil inson tarbiyasi‖ – T.: ―Istiqlol‖, 2003 y.

20. Otavaliyeva.O`. ―Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi‖. T.:

―O`qituvchi‖. 1994.

21. Rasulova.Y, Nurmatova.O. ―Pedagogika‖ o`quv qo`llanma – T.:

―Voris‖, 2009.

22. ―Tarbiayviy ish metodikasi‖(pedagogika institutlari uchun o`quv

qo`llanma). T.: ―O‘qituvchi‖, 1991.

23. Uzoqov X., G‘ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi.

T.: ―O‘qituvchi‖. 1992.

24. Xo`jamurotova.S. ―KUG tarbiaychilari uchun ma‘ruza matnlari‖ –

Urganch. 2009.

25. ―O`quvchi ma‘naviyatini shakllantirish‖ (o`quv qo`llanma). T.:

―Sharq‖, 2000.

26. ―Mustaqillik‖ izohli ilmiy-ommabop lug`at. Toshkent ―Sharq‖, 2006

27. ZiyoNET

28. Pedagog.uz

29. Eduportal

30. Google.com

Page 90: OµZBEKISTON · hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bolgan, fanning fundamental

Mavzu yuzasidan o`zbekcha-inglizcha lug`at

1. Concordamce hamkorlik

2. Family oila

3. City block mahalla

4.School maktab

5. Spirituality ma‘naviyat

6. Education tarbiya

7. Morality axloq

8. Thinking tafakkur

9. Parents ota-ona

10. Feature xususiyat

11. Social ijtimoiy

12. Personality inson

13. Method metod

14. Education ta‘lim

15. Knowledge bilim

16. Purpose maqsad

17. Person shaxs

18. Reason sabab

19. Speech nutq

20. Experiment tajriba

21. Society jamiyat

22. Forming, shope shakllantirish

23. Environment muhit

24. Action tadbir

25. Pedagogics pedagogika

26. Ungency dolzarb

27. Questionnaire anketa

28. Problem vazifa

29. Investigation tadqiqot

30. Observation kuzatish