ehcb z - tdi.uzuzviylik.tdi.uz/upload/iblock/c65/c65988c214b8b015ee43...7 alfons dode. “so‘nggi...
TRANSCRIPT
Лойиҳа
2
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi huzuridagi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning
2020-yil 14-avgustdagi № 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan
tasdiqlangan.
Ijodiy guruhtarkibi:
T/r Ism-sharifi Ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi
1 Karimov Bahodir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va
adabiyoti universiteti professori
2 Adizov Bekjon
Qo‘chchiyevich ToshDO‘TAU akademik litseyi direktori
3 Eshpo‘latova Saodat
Maxmatovna
ToshDO‘TAU akademik litseyi ona tili va adabiyot fani
o‘qituvchisi
4 Matkarimova Nasiba
Bekchanovna
ToshDO‘TAU akademik litseyi ona tili va adabiyot fani
o‘qituvchisi
5 Tajiyeva Zuhra
Kamalbayevna
TDIU qoshidagi akademik litseyi ona tili va adabiyot fani
o‘qituvchisi
Лойиҳа
3
KIRISH
Adabiyot fanining namunaviy o‘quv dasturi Davlat ta’lim standartlarining
B1+ darajasi talablari asosida tuzilgan. Davlat ta’lim standartining B1+ darajasi
akademik litseyning I-II bosqich o‘quvchilari uchun me’yor hisoblanadi. Mazkur
sinflar bitiruvchilari davlat ta’lim standartining ushbu darajasi uchun qo‘yilgan
talablarga javob berishlari shart. Shundan kelib chiqib, har bir sinf uchun ta’lim
mazmuni uzviylik va uzluksizlik asosida taqsimlangan.
Adabiyot ta’limining asosiy maqsad hamda vazifalari o‘quvchilarning
dunyoqarashini kengaytirish va tafakkurini rivojlantirish, so‘z san’atiga, Vatanga,
milliy an’ana va boy ma’naviyatimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdir.
Bosh maqsaddan kelib chiqqan holda adabiyot o‘quv fanining oldiga
qo‘yilgan maqsad quyidagilardan iborat:
-o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan,
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar
fikrini anglaydigan muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol
toptirish;
-milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali
o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish
hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma,
malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
-o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida
olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek,
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini,
dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borish.
Adabiyot fanini o‘qitishning vazifalari:
-o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki
hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy
kompetensiyani rivojlantirish;
-yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish,
uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish hamda fanning mazmunidan kelib
chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat.
I-II bosqichlarda adabiyot ta’limi quyi sinflarda olingan bilimlarni
chuqurlashtiradi va rivojlantiradi. Bu esa adabiyot ta’limida o‘rganilgan o‘quv
materialining maxsus takrorlanishini inkor etmaydi.
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
-nasriy, she’riy, dramatik asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-
mohiyatini tushuna oladi;
-badiiy asar sujetini qayta so‘zlab beradi;
-qadimgi yodgorliklarni qadrlaydi;
-badiiy asarda aks etgan voqelikni tanqidiy tahlil qiladi;
-jahon adabiyoti bilan o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos jihatlarini farqlaydi;
-she’r, g‘azal tuzilishini mazmunini tushuntiradi;
-vatani oldida fuqarolik burchini tushunadi;
Лойиҳа
4
-murakkab reja tuzadi, mustaqil fikrlari asosida insholar yaratadi, testlar
tuzadi.
-o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining janr xususiyatlarini ajrata oladi;
-adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha,
tasavvurlarni tushuntira oladi;
-turli janr va hajmdagi 14-18 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi;
-musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni
so‘z bilan ifodalay oladi;
-asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.
1- bosqich (36 soat)
1-BOB. KIRISH
Xalq og‘zaki ijodi (2 soat)
Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Badiiy adabiyot inson
kamolotida asosiy vosita ekanligi. Insonning eng yaxshi fazilatlar sohibi,
mustaqil, erkin shaxs sifatida shakllanishida, o‘z-o‘zini tarbiyalashida
adabiyotning ahamiyati. Xalq og‘zaki ijodining tur va janrlari.
“Rustamxon” dostoni (2 soat)
“Rustamxon” ishqiy-qahramonlik dostonlarining eng yaxshi namunalaridan
biri ekanligi. Dostonda millatga xos urf-odatlar va insoniy fazilatlarning
ulug‘lanishi.
Rustamxon timsoli, unga xos mardlik, jasurlik, irodalilik.
Huroyim va Oftoboy timsollarida o‘zbek ayollariga xos oqilalik,
bardoshlilik. Asarda ifodalangan milliy qadriyatlar va inson ruhiyati tasviri.
2-BOB. ADABIYOT TARIXI (16 soat)
Mahmud Qoshg‘ariy. “Devonu lug‘otit-turk” asari. (2 soat)
Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Devonu lug‘otit-turk” – izohli lug‘at va qomusiy asar sifatida. Unda
badiiy durdonalarning o‘ziga xos tarzda ifoda etilgani. Mehnat va marosim
qo‘shiqlari. “Alp Er To‘nga” marsiyasi. “Devon”dagi maqollar xalq donoligining
ifodasi sifatida.
Atoiy g‘azallari (2 soat)
Atoiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Navoiyning Atoiy haqidagi
fikrlari. Atoiy lirikasining janr xususiyatlari. Atoiy – g‘azal ustasi. Shoir
g‘azallarida xalqona ohanglarning ustuvorligi.
“Ul sanamkim...”, “Ey do‘st”, “Jamoling vasfini...” g‘azallarining tahlili.
G‘azallarning tuzilishi, badiiy xususiyatlari va ularda qo‘llangan she’riy san’atlar.
Tazod va husni ta’lil san’atlari haqida nazariy ma’lumot.
Лойиҳа
5
Alisher Navoiy lirikasi. Oraliq nazorat (4 soat)
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Navoiy haqida zamondoshlarining
fikri. Navoiy – davlat arbobi.
Navoiy lirikasi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti.
“Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur....”, “Meni men istagan o‘z suhbatiga
arjumand etmas”, “Ey sabo” g‘azallari. She’riy san’atlar va ularning mohirona
qo‘llanishi.
Navoiy g‘azallari, ruboiylari va qit’alari tahlili.
Navoiy haqida zamondoshlarining fikrlaridan namunalar.
Zahiriddin Muhammad Bobur. “Boburnoma” – memuar asar (4 soat)
Bobur – buyuk nosir. “Boburnoma” – o‘zbek mumtoz nasrining nodir
namunasi, uning tarix, tabiatshunoslik, jug‘rofiya, elatshunoslik, adabiyot va
san’at tarixiga oid nodir manba ekanligi. “Boburnoma” – memuar asar.
“Boburnoma”ning ilmiy-ma’rifiy hamda badiiy qiymati. Badiiy adabiyotda Bobur
obrazi.
Memuar asar haqida nazariy ma’lumot.
Turdi Farog‘iy lirikasi (2 soat)
Turdi Farog‘iyning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Turdining
zullisonayn shoir ekanligi. Shoirning o‘z zamonidagi ijtimoiy hayotdagi illatlarni
tanqid qilishdagi ma’naviy jasorati. “Tor ko‘ngulluk beklar...”g‘azali va
“Turdiman” muxammasining tahlili. Shoir she’riyatidagi badiiy ta’sirchanlikni
ta’minlovchi omillar. Turdi o‘zbek tilining ichki imkoniyatlarini ko‘rsatib bergan
mohir ijodkor sifatida
Musammat haqida nazariy ma’lumot.
She’riy san’atlar.(2 soat)
So‘zlar takroriga asoslangan san’atlar. Tashbeh, istiora, tazod, talmeh,
tajohuli orif, husni ta’lil va tajnis san’atlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
3-BOB. XX ASR O‘ZBEK ADABIYOTI (12 soat)
Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Padarkush” dramasi (2soat)
Behbudiyning hayoti va ijodiy faoliyati. Behbudiy o‘zbek jadidchilik
harakatining asoschisi. Behbudiy – ma’rifatparvar va noshir. Uning milliy teatr
san’atini barpo etish borasidagi sa’y-harakatlari. “Padarkush” – ilk o‘zbek
realistik dramasi. Asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va ma’rifiy ahamiyati.
Drama haqida nazariy ma’lumot.
Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” romani (2 soat)
Adib hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Abdulla Qodiriy – o‘zbek realistik
romanchiligining asoschisi. Uning o‘zbek tarixiy romanlarini yaratish bobidagi
faoliyati.
“O‘tkan kunlar” romanining bosh g‘oyasi, syujet va kompozitsiyasi,
Лойиҳа
6
obrazlar tizimi, asarning badiiy qimmati va o‘zbek badiiy nasri rivojida tutgan
o‘rni.
Abdulla Qodiriy ijodining tarixiy, badiiy ahamiyati. Badiiy asar tahlili.
Hamid Olimjon. She’riyati (2 soat)
Shoir hayoti va ijodi. Hamid Olimjon – jo‘shqin lirik shoir. Uning
she’rlaridagi badiiy o‘ziga xoslik: xalq she’riyatiga xos o‘ynoqilik va oddiylik.
Shoir lirikasida baxt va shodlikning kuylanishi. “O‘rik gullaganda”, “Chimyon
esdaliklari”, “G‘azal” she’rlarining badiiy tahlili. “G‘azal” asarida mumtoz
g‘azalchilik an’analarining ifodasi.
Hamid Olimjonning XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni.
Said Ahmad. “Qorako‘z Majnun” hikoyasi (2 soat)
Said Ahmadning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni. “Qorako‘z majnun”
hikoyasidagi Saodat obrazining o‘ziga xos milliy tasviri. Ona va bola o‘rtasidagi
e’tiqodiy munosabatning teran badiiy talqini. Hikoyadagi it obraziga yuklangan
g‘oyaviy mazmun. Hikoyaning tarbiyaviy qiymati.
Abdulla Oripov she’riyati. (2 soat)
Abdulla Oripovning hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Abdulla
Oripov – zamonaviy o‘zbek she’riyatining zabardast vakili. “Ishonch
ko‘priklari”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi?”, “Bahor kunlarida”, “Birinchi
muhabbatim” she’rlari.
Shoir lirikasining o‘ziga xos xususiyatlari. She’rlaridagi kuchli ehtiros,
tabiiylik, fikriy teranlik, poetik mukammallik. Badiiy talqinning pishiqligi.
She’riy intonatsiyaning betakrorligi, shiddatkor ohang bilan sokin, osoyishta,
samimiy ruhning uyg‘unligi. Shakliy-uslubiy rang-baranglik.
She’rida shoir hayot yo‘li, ijodiy maslagi, shaxs va jamiyat munosabatlari
masalalarining badiiy-lirik talqini. “Bahor kunlarida”, she’rida tabiatga
munosabat orqali lirik qahramon kayfiyatlari, o‘ylarining, she’rida esa,
tabiiylikning o‘ziga xos yo‘sinda ifodalanishi.
O‘tkir Hoshimov. “Ikki eshik orasi”asari. Oraliq nazorat (2 soat)
Adib hayoti va ijodi. “Mashaqqatli safar”da adib biografiyasiga oid
ma’lumotlar.
“Ikki eshik orasi” romanida urush va uning fojialari, urush odamlarining
qismati muammosi. Asarning ifoda uslubi, tili va kompozitsiyasi.
4-BOB. JAHON ADABIYOTI (4 soat)
Jek London. “Hayotga muhabbat” hikoyasi (2 soat)
Jek London XX asr Amerika adabiyotining yirik namoyandasi.
Yozuvchi asarlarida chuqur badiiy tahlillar orqali betakror obrazlarning
yaratilganligi. “Hayotga muhabbat” hikoyasi inson irodasi va ishonchiga
bag‘ishlangan asar ekanligi.
Лойиҳа
7
Alfons Dode. “So‘nggi saboq” hikoyasi (2 soat)
Alfons Dodening hayoti va ijodi. “So‘nggi saboq” hikoyasida fransuz tiliga
munosabatning ifodalanishi. Ona tili muallimining ruhiy holati. Hikoyada o‘z ona
tilida erkin ta’lim olish yuksak qadriyat ekaniga urg‘u berilishi.
2-bosqich (72 soat)
KIRISH
I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODI (4 soat)
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni sujetining o‘ziga xosligi. Dostondagi
asosiy qahramonlar tavsifi. Dostonning badiiy xususiyatlari. Dostonning badiiy-
estetik hamda tarbiyaviy ahamiyati.
II BOB. ADABIYOT TARIXI (10 soat)
Yusuf Xos Hojib. “Qutadg‘u bilig” asari.( 4 soat)
Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Yusuf Xos
Hojibning didaktik dostonchilikning asoschisi ekanligi. Doston matni ustida
ishlash. Undagi to‘rt timsol tavsifi. Asarning badiiy va tarbyaviy ahamiyati.
Nosiriddin Rabg‘uziy. “Qisasi Rabg‘uziy”asari. (6 soat)
“Qissasi Rabg‘uziy”da avtobiografik ma’lumotlar. “Qissasi Rabg‘uziy” –
o‘zbek nasrining ilk yirik yodgorligi. Asarda nasr va nazm uyg‘unligi. Uning
payg‘ambarlar haqidagi qissalardan iborat ekanligi. Asarga xalq og‘zaki ijodining
ta’siri. Asarning mavzu qamrovi.
Hikoyatlar matni ustida ishlash. “Uzum hikoyasi”, “Sulaymonning
qarinchg‘a bila so‘rashgani”, “Ilon va Qarlug‘och” hikoyatlari tahlili.
III BOB. O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI (24 soat)
Navoiyning epik asarlari. Xamsachilik tarixi (4 soat)
Navoiyning epik asarlari. “Xamsa” – besh dostonni o‘z ichiga olgan asar.
Xamsachilik an’analari rivojida Alisher Navoiyning o‘rni. “Xamsa”
dostonlarining mantiqiy aloqadorligi. Ularda dunyoviy va tasavvufiy g‘oyalarning
aks etishi. Dostonlarda ishq, vatan, vatanparvarlik, adolat, mehnatsevarlik
g‘oyalarining ulug‘lanishi.
“Xamsa”.“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlari (4 soat)
“Farhod va Shirin” dostonida Navoiyning komil inson haqidagi
qarashlarining aks ettirilishi. Asarda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini
o‘rnatish. Asarda ishq inson hayotining mohiyati tarzida tasvirlanishi. Dostonning
badiiy xususiyatlari.
Лойиҳа
8
“Layli va Majnun” dostonining ma’rifiy va adabiy ahamiyati. Layli va
Majnun obrazlarining talqinlari. Dostonning poetik xususiyatlari.
“Sab’ayi sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlari .(4 soat)
“Sab’ayi sayyor” – ishqiy-sarguzasht xarakteridagi asar. Asar bosh
qahramonlari Bahrom va Dilorom o‘rtasidagi ishq-muhabbat tasviri. Asarda
qoliplovchi hikoya usulidan foydalanishdagi mahoratning namoyon bo‘lishi.
Dostonning badiiy xususiyatlari.
“Saddi Iskandariy” – “Xamsa”ning yakunlovchi dostoni ekanligi. Asarning
bosh qahramoni Iskandarning shoh va olim tarzida namoyon bo‘lishi. Doston
orqali markazlashgan davlat qurush haqidagi shoirning orzu-umidlarining aks
ettirilishi.
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi. ( 4 soat)
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Bobur
haqida zamondoshlari va undan keyingi buyuk shaxslar e’tirofi.
Bobur devonlari, ulardagi adabiy janrlar. “Jonimdin o‘zga yori vafodor
topmadim”, “Yaxshilig‘”, “Sochining savdosi tushti...”, “Xazon yaprog‘i yanglig‘
gul yuzung hajrida sorg‘ordim”, “Lola”g‘azallari matni ustida ishlash.
Bobur she’riyatida badiiy san’atlar. Tajnis, talmeh va tanosib she’riy
san’atlari haqida nazariy ma’lumot
Mashrab hayoti va ijodi. Mashrab lirikasi.( 4 soat)
Mashrab hayoti va ijodi. Mashrab lirikasi. Mashrab she’riyatidagi
tasavvufiy ohanglar.“Ishqing o‘tig‘a kuygoni keldim”, “Bu tani xokingni-yu ruhi
ravonni na qilay”, “O‘rtar” g‘azallari va “Dastingdan” musaddasi o‘zbek
tasavvufiy she’riyatining yorqin namunasi sifatida. Mashrab ijodining keyingi
ijodkorlarga ta’siri.
Anbar Otin. “Risolayi falsafayi siyohon” (“Qarolar falsafasi”)( 2soat)
Shoiraning hayoti va ijodi haqqida qisqacha ma’lumot. Asar matni ustida
ishlash. Asarning mazmuni va mohiyati. Unda ijtimoiy muammolarning ifodasi.
Asarda o‘zbek ayolining ijtimoiy mavqei haqidagi badiiy estetik kuzatishlar.
Anbar Otinning poetik mahorati.
Mustaqil o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat (2 soat)
O‘qilgan badiiy asarlar yuzasidan savol-javob o‘tkazish
IV BOB. XX ASR O‘ZBEK ADABIYOTI (10 soat)
Abdurauf Fitrat. “Abulfayzxon” dramasi. (2 soat)
Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiy faoliyati. Abdurauf Fitrat –
ma’rifatparvar. Uning milliy teatr san’ati rivoji yo‘lidagi sa’y-harakatlari.
“Abulfayzxon”– ilk o‘zbek realistik dramasi. Dramadagi asosiy qahramonlar
talqini. Asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va ma’rifiy ahamiyati.
Лойиҳа
9
Cho‘lpon. “Kecha va kunduz” romani. (4 soat)
Shoir hayoti va ijodi. Cho‘lpon – yetuk nosir. Uning “Kecha va kunduz”
romanida Zebi ishtirokidagi voqealar tasviri va rivoji. Asardagi Mingboshi,
Razzoq so‘fi, Qurvonbibi va boshqa qahramonlar talqini. “Kecha va kunduz”
romanining kecha, bugun va erta haqida, inson umrining mazmuni to‘g‘risida
fikrlashga undashi. Cho‘lpon ijodining XX asr o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
Badiiy asar tahlili (amaliy)
Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni” dostoni.(2soat)
Shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Uning she’riyatiga xos kechinmalar
nozikligi va ifoda go‘zalligi, mumtoz she’riyatga xos ilg‘or an’analarning
she’riyat an’analari bilan uyg‘unligi.
Erkin Vohidov – dostonnavis “Ruhlar isyoni” dostonida ijodkor va millat
ozodligi muammosining badiiy-falsafiy talqini. Asarning shoir ijodiy qiyofasini
belgilashdagi o‘rni.
Rauf Parfi she’riyati. ( 2 soat)
Rauf Parfining hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Shoir
she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, ularda inson ruhiy kechinmalarining
kuylanishi.
Shoirning “Tong otmoqda”, “Yomg‘ir yog‘ar”, “Yoz kechasi”, “Yana
qaytib keldim”, “Yurak” she’rlari talqini. She’rlardagi lirik qahramon his-
tuyg‘ularining ta’sirchan ifodasi. Tabiat go‘zalliklarini tasvirlashda shoirning
o‘ziga xos mahorati.
V BOB. MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI (12 soat)
XX asr o‘zbek adabiyotining xalqimizga xos qadimiy adabiy meros, boy
madaniyat va badiiy tafakkur tarixida sifat jihatidan o‘ziga xos alohida bosqichni
tashkil etishi. XX asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘li – barkamol realistik
tasvirning tadrijiy yo‘lidan iborat ekanligi. Bu davrda adabiyotning hayot bilan
aloqasi yanada chuqurlashganligi, zamonaviy mavzular va muammolarning
adabiyotda keng aks etishi.
Mustaqillik davri she’riyati. (4 soat)
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotining estetik saboqlari, erishilgan
yutuqlar va kamchiliklar. O‘zbek adabiyotining jahon adabiy jarayonining
tarkibiy bir qismiga aylanganligi va o‘zga xalqlar badiiy tajribalari bilan
aloqadorlikda taraqqiy etayotganligi. Istiqlol davri adabiyotning vujudga kelishi
va uning tarixiy-estetik ahamiyati.
O‘zbek she’riyatida yangicha ifoda usullari va badiiy tadqiq yo‘llarining
kashf etilayotganligi. Mustaqillik davri she’riyatida taniqli ijodkorlar safida
ko‘plab yosh iste’dodlarning faol ishtirok etayotganligi. Ular ijodida inson, dunyo
va abadiyot muammolarining ko‘plab qirralari butun murakkabligi bilan
ifodalanayotganligi.
Hozirgi kunda ijod qilayotgan O‘zbekiston xalq shoirlarining she’rlaridan
Лойиҳа
10
ayrim namunalar(parchalar)
Mustaqillik davrida nasr.( 4 soat)
XX asr o‘zbek adabiyotining dunyo adabiy jarayoniga uyg‘unligi. Adabiy
jarayonni tashkil etuvchi ijodkor – badiiy asar – o‘quvchi(tanqidchi) o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarning faollashuvi. Jahon adabiyoti saboqlari, xalq ijodi va
mumtoz adabiyotimiz ilg‘or an’analaridan oziqlanish, hozirgi adabiy jarayonni
harakatga keltirib turuvchi omillar ekanligi. Adabiyotimizning milliy o‘ziga
xosligi saqlangan holda voqelikni badiiy idrok etish va tasvirlashda yangi-yangi
shakllarning ifoda etilishi. Adabiyotda ijobiy va salbiy obrazlar emas, balki butun
murakkabligi bilan inson obrazi turganligi, unda insonga, vatanga va fidokor
xalqqa muhabbat tuyg‘ularining ustivor tamoyilga aylanganligi.
Hozirgi o‘zbek nasri rivojida taniqli nosirlar bilan bir qatorda yosh
adiblarning qo‘shayotgan hissalari. Prozada inson ma’naviyati sarhadlarini
yangicha qamrov, yangicha estetik sathlarda o‘lchashga intilishning vujudga
kelishi. Nasrimiz badiiyati sathlariing rang-baranglanishi.
Hozirgi kunda ijod qilayotgan O‘zbekiston xalq yozuvchilarining
asarlaridan ayrim namunalar (parchalar).
Mustaqillik davri dramaturgiyasi (2 soat)
Hozirgi o‘zbek dramaturgiyasi jahon va milliy dramaturgiyamizning eng
yaxshi an’analarini davom ettirayotganligi. Bu jarayonda qalamkashlarning
tutgan o‘rni.
Hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida hayotni, voqelikni nisbiy tugallangan,
mafkuraviy baholangan kesimlarda emas, balki davom etayotgan jarayon sifatida
aks ettirish tamoyilining yetakchilik qilishi. Hozirgi o‘zbek adabiyotiga xos
ikkinchi estetik tamoyil adabiyotning bosh predmeti bo‘lmish insonni faqat salbiy
yoki ijobiy nuqtai nazardan emas, balki borligicha – bir butun va yaxlit holda
badiiy tadqiq etishdan iboratligi. Hozirgi adabiyotimizda voqelikni kitobxonga
tayyor xulosalar tarzida yetkazib berish asosiy tamoyil emasligi. Dramatik
asarlardan ayrim namunalar (parchalar).
Mustaqil o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat (2 soat)
O‘qilgan badiiy asarlar yuzasidan savol-javob o‘tkazish
VI BOB. JAHON ADABIYOTI (8 soat)
A.P.Chexov. “Garov” hikoyasi (4 soat)
A.P.Chexov rus adabiyotining taniqli vakili. Uning hikoyalarida inson
tabiatining xilma-xil qirralarining tasvirlanishi. Yozuvchining “Garov” hikoyasi
talqini va undagi yetakchi qahramonlar tavsifi. A.P.Chexovning hikoyachilikdagi
o‘ziga xos mahorati.
Rishod Nuri Guntekin. “Choliqushi” romani.( 4 soat)
Лойиҳа
11
Rishod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi. “Choliqushi” romanida
tasvirlangan muhit. Feride obraziga xos bo‘lgan insoniy fazilatlar. Adibning
tasvirlash mahorati.
Nazorat ishi: (4 soat)
Xulosa
XX asr o‘zbek adabiyotining estetik saboqlari, erishgan yutuqlar va
nuqsonli jihatlar. Ikki ming yillik o‘zbek adabiyotining XX asrda jahon adabiy
jarayonining tarkibiy bir qismiga aylanganligi va o‘zga xalqlar badiiy tajribalari
bilan aloqadorlikda taraqqiy etishi. Asr so‘ngida istiqlol davri adabiyotning
vujudga kelishi va uning tarixiy-estetik ahamiyati.
ADABIYOT FANIDAN O‘QUV REJASIDA AJRATILGAN SOAT MIQDORI VA
MAVZULARI BO‘YICHA TAQSIMOTI
1-bosqich
№ Fan bo‘limlari va mavzular
Umumiy yuklama (soatlarda)
Ham
masi
Auditoriyadagi o‘quv
yuklamasi
Mu
staq
il i
sh
Jam
i
Naza
riy
Am
ali
y
Sem
inar
Ku
rs i
shi
1
Kirish. Xalq og‘zaki ijodi. “Rustamxon”
dostoni 5
1
II. Adabiyot tarixi ( 16 soat)
2 Mahmud Koshg‘ariy 3 2 2
1
3 Atoiy 3 2 2
1
4
A.Navoiy hayoti, ijodi, lirikasi.
Oraliq nazorat ishi.(1soat) 6 4 4
2
5
Zahiriddin Muhammad Bobur.
“Boburnoma” 6 4 4
2
6 Turdi Farog‘iy lirikasi. 3 2 2
1
7 She’riy san’atlar haqida 2 2 2
III. XX asr o‘zbek adabiyoti (12 soat)
8 Behbudiy. “Padarkush” dramasi. 3 2 2
1
9 Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” romani. 4 2 2
2
10 Hamid Olimjon she’riyati. 3 2 2
1
11 S.Ahmad. “Qorako‘z majnun” hikoyasi. 3 2 2
1
12 Abdulla Oripov she’riyati. 3 2 2
1
13
O‘tkir Hoshimov. “Ikki eshik orasi”. Oraliq
nazorat ishi. (1soat) 4 2 2
2
IV. Jahon adabiyoti (4 soat)
14 Jek London. “Hayotga muhabbat” hikoyasi 3 2 2
1
15 Alfons Dode. “So‘nggi saboq” hikoyasi 3 2 2
1
16 Yakuniy nazorat ishlari (4-soat) 4
Jami 54 36 36
18
Лойиҳа
12
2-bosqich
№ Fan bo‘limlari va mavzular
Umumiy yuklama (soatlarda)
Ham
masi
Auditoriyadagi o‘quv
yuklamasi
Mu
staq
il i
sh
Jam
i
Naza
riy(m
ar
uza
)
Am
ali
y
Sem
inar
Ku
rs i
shi
(loyih
asi
)
I. Xalq og‘zaki ijodi 1 “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni 6 4 2 2 2
II. Adabiyot tarixi 2 Yusuf Xos Hojib. “Qutadg‘u bilig” asari 6 4 2 2 2
3 N.Rabg‘uziy. “Qissasi Rabg‘uziy”
Oraliq nazorat (1 soat)
8 6 2 4 2
4 Navoiyning epik asarlari. Xamsachilik tarixi 4 4 2 2
5 Navoiy “Xamsa”si. Farhod va Shirin”, ”Layli
va Majnun” dostonlari
6 4 2 2 2
6 “Sab’ayi sayyor“, ”Saddi Iskandariy” dostoni.
Oraliq nazorati (1 soat)
6 4 2 2 2
7 Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi 6 4 2 2 2
8 Mashrab ijodi 6 4 2 2 2
9 Anbar Otin ijodi 2 2 2
10 Mustaqil o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat 2 2 2
III. XX asr o‘zbek adabiyoti 11 Abdurauf Fitrat. “Abulfayzxon” dramasi 4 2 2 2
12 Cho‘lpon. “Kecha va kunduz” romani 6 4 2 2 2
13 Erkin Vohidov ijodi 3 2 2 1
14 Rauf Parfi she`riyati 3 2 2 1
IV. Mustaqillik davr adabiyoti 15 Mustaqillik davri she’riyati 6 4 2 2 2
16 Mustaqillik davrida nasr 6 4 2 2 2
17 Mustaqillik davri dramaturgiyasi 3 2 2 1
18 Mustaqil o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat 2 2 2
V. Jahon adabiyoti
19 A.P.Chexov. “Hikoyalar” 5 4 4 1
20 Rishod Nuri Guntekin. “Choliqushi” 6 4 2 2 2
21 Yakuniy nazorat (4 soat) 4 4 4
Jami 100 72 36 36 28
Hammasi 154 108 72 36 46 Лойиҳа
13
FOYDALANILADIGAN ADAIYOTLAR
1. O.Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi” – T., G‘ofurG‘ulom, 1978.
2. “Alpomish” dostoni.,– T., O‘qituvchi, 1987.
3. Rabg‘uziy. “Qisasi Rabg‘uziy”., Yozuvchi, 1990.
4. Cho‘lpon. “Yana oldim sozimni”– T., 1991.
5. A. Buxoriy. “Al-jome’ as-sahih” – T., 1997.
6. Furqat. Saylanma. – T., “Ma’naviyat”., 2009.
7. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. – T., “Ma’naviyat”., 2009.
8. P.Qodirov. “Yulduzli tunlar”. – T., Sharq., 2012.
9. A.Qahhor. “Tanlangan hikoyalar” O‘zb.milliy ensiklopediyasi. 2013.
10. Jonatan Svift. “Gulliverning sayohatlari”. – T.,Cho‘lpon. 2014.
11. X.To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”. – T., G‘afur G‘ulom., 2015.
12. Hamid Olimjon. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
13. Zulfiya. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
14. Erkin Vohidov. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
15. Abdulla Qahhor. “O‘g‘ri”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
16. O‘lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
17. Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
18. Yusuf Xos Hojib. “Qutadg‘u bilig”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
19. Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
20. Oybek. “Qutlug‘ qon”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
21. Muhammad Sharif Gulxaniy. “Zarbulmasal”. – T.
22. M. Shayxzoda. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
23. Mirtemir. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
24. Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
25. Ernest Seton-Tompson. “Yovvoyi yo‘rg‘a”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
26. Ezop. Ezop masallari. – T., G‘afur G‘ulom nashriyoti 2015 yil
27. Nodar Dumbadze. “Hellados”. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
28. Antuan de Sent-Ekzyuperi. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
29. Muqimiy. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
30. O‘tkir Hoshimov. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
31. G‘afur Gulom. Saylanma. – T., G‘afur G‘ulom. 2015.
32. Zahiriddin Muhammad Bobur. “Boburnoma”. – T., G‘afur G‘ulom. 2016.
33. Iqbol Mirzo. She’rlar– T., 2017.
34. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 5-sinfi uchun darslik. “Sharq”
nashriyoti.T.,-2020.
35. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 6-sinfi uchun darslik. “Ma’naviyat”
nashriyoti.T.,-2017.
36. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 7-sinfi uchun darslik. “Sharq”
nashriyoti.T.,-2017.
37. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 8-sinfi uchun darslik. Sharq
nashriyoti.T.,-2019.
38. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 9-sinfi uchun darslik. Sharq
nashriyoti.T.,-2019.
Лойиҳа
14
39. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 10-sinfi uchun darslik.O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti.T.,-2018.
40. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 11-sinfi uchun darslik. O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti .T.,-2018.
41. Internet saytlari: Ziyonet,Vikipediya.
Лойиҳа