to'garak ishlanma: xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari

18
O`quvchilar bilan hamkor To`garak nomi “Yosh ijodkor”

Upload: ferghanasoft

Post on 13-Jan-2017

566 views

Category:

Education


5 download

TRANSCRIPT

O`quvchilar bilan hamkor

To`garak nomi “Yosh

ijodkor”

Adabiyotga e`tibor – kelajakka, ma`naviyatga e`tibor.

To`garakning umumiy rejasi:

Badiiy so`z qudrati.

Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari.

Xalq maqollari.

Topishmoqlar.

Ertaklar olamiga sayohat.

Nazm va nasr uyg`unligi.

She`rxonlik darslari.

Tabiat lirikasi. Tabiat qo`yniga sayohat.

Vatan madhi she`rlarda.

She`rlarda musiqiy ohang.

Hikoyalar haqida ma`lumot.

Qissa haqidagi nazariyalar.

Obraz.Ramziy obrazlar.

Obrazlar o`quvchilar talqinida.

Roman va uning shakllari.

Adabiyot – odamni tanish vositasi.

To`garakning

Maqsadi:

O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish

Ulardagi iqtidorni shakllantirish,vatanga muhabbat

ruhida tarbiyalash

Olgan bilimlarini hayotga tatbiq etish ko`nikmasini shakllantirish

Vazifasi:

Fanga bo`lgan qiziqishini orttirish

O`quvchilarning bilim, ko`nikma,malakasini

oshirish

O`quvchilarni ijodkorlikka undash

To`garakning shiori:

Qancha o`rgansang, shuncha oz!

Mavzu: Xalq og`zaki ijodining

o`ziga xos xususiyatlari.

Farzandlari sog`lom yurt

qudratli bo`lur.

I.A.Karimov

Maqsad:Ta`limiy maqsad: xalq og`zaki ijodi haqida tushunchalar berish

Tarbiyaviy maqsad:

milliy urf-odat va

qadriyatlarni

singdirish

Rivojlantiruv

chi maqsad:

o`quvchilarni

ng bilimi va

fikrlash

qobiliyatlarini

shakllantirish

Darsning turi:

aralash

Darsning metodi:

Noan`anaviy: …….

Dars shiori:“Xalq san`ati – hayot ziynati”

Darsning rejasi:

Xalq og`zaki ijodi haqida

tushunchalar

Milliy qadriyatlar

Mavsumiy xalq kuylari

Ma`lumki,adabiyot dastlab og`zaki shaklda bo`lgan. Asta-sekin

odamlar ongi shakllanib,yozma adabiyot ham yuzaga kelgan.Lekin og`zaki ijod namunalari hali ham o`z o`rnini yo`qotgani yo`q,balki

sayqal topib bormoqda.Xalq og`zaki ijodining muallifi

bo`lmaydi.Bu xildagi asarlar otalardan,bolalarga og`izdan og`izga o`tib, yetib keladi.

Har bir xalqning o`z milliy urf-odatlari,qadriyatlari bo`lgani kabi biz

o`zbeklarning ham o`chmas qadriyatlari xalqimiz orasida qadrlidir.

Bularni quyidagi xalq og`zaki ijod namunalarida ko`rish mumkin:

Dostonlar

Laparlar

Mavsumiy qo`shiqlar

Topishmoq,

maqol va matallar

Tez aytish

Alla

Topishmoqlar inson tarbiyasi vositasi bo`lib, ular insonlarni

topqirlikka,hozirjavoblikka, zukkolikka undaydi. Topishmoqlar

deyarli barcha janrlarda ko`p uchraydigan xalq og`zaki ijod

namunasidir.

Shahari bor,odami yo`q,Daryosi bor,suvi yo`q.

Yuzi oppoq qor emas,Non bo`lmasa un emas.

Bir qop un, ichida ustun.

Onasi bitta,bolasi mingta

Xarita

Shakar

Oy va yulduzlar

Jiyda

Boychechagim boylandi, Qozon to`la ayrondi.

Ayroningdan bermasang, Qozonlaring vayrondir.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan

boychechak. Boychechakni tutdilar, Tut yog`ochga osdilar. Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Qo`shiq – jon ozig`i Boychechak

Alla48 Alla3.mp3

E`tiboringiz uchun rahmat!