saylov huquqi - tsulfiles.tsul.uz/student/11.pdf · 2017. 3. 30. · 11-mavzu. saylov jarayonida...
TRANSCRIPT
Loyiha
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
O.K.TURG‘UNOV
SAYLOV HUQUQI
DARSLIK
TOSHKENT – 2016
2
Turg‘unov O.K. Saylov huquqi. Darslik. –
Toshkent: TDYU, 2016. – 243 b.
Mas`ul muharrir:
O.T.Xusanov — Yuridik fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar:
X.S.Islamxodjaev — Yuridik fanlari doktori, Toshkent
davlat yuridik universiteti, professori.
A.E.Raxmanov — Yuridik fanlari nomzodi, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi
raisining o’rinbosari.
Saylov huquqi bo‘yicha tayyorlangan darslik oliy o‘quv yurtlarining
bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan.
Darslikda saylov huquqi fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular
yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan demokratik islohotlar izchilligi, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligiga muvofiq saylovlarni tashkil etish
jarayonlari va o‘tkazish bosqichlari ketma-ketligiga mos keladi. Unda
Konstitutsiya va milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan barcha so‘nggi
o‘zgarishlar e'tiborga olingan.
Darslik oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallanib, undan boshqalar
ham hozirgi zamon saylov huquqi nazariyasi va saylov jarayonlarini
o‘rganishda foydalanishlari mumkin.
3
MUNDARIJA
KIRISH ............................................................................................. 4
GLOSSARIY .................................................................................... 6
I UMUMIY BO‘LIM
1-mavzu. Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi ................. 11
2-mavzu. Saylov huquqi prinsiplari .................................................. 27
3-mavzu. Saylov huquqi institutini shakllanishi va rivojlanishi ....... 46
4-mavzu. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari ..................................... 63
5-mavzu. Saylov ishtirokchilari(sub'ektlari) ..................................... 82
6-mavzu. Siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning saylovda
ishtiroki …………………………………………………………………100
7-mavzu. Saylov komissiyalari ....................................................... 114
8-mavzu. Markaziy saylov komissiyasi .......................................... 133
II MAXSUS BO‘LIM
9-mavzu. Saylov jarayoni. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon
qilish ....................................................................................................... 153
10-mavzu. Nomzodlar ko‘rsatish, ro‘yxatga olish .......................... 170
11-mavzu. Saylov jarayonida kuzatuvchilar va vakillar instituti ... 191
12-mavzu. Saylovoldi tashviqoti, saylovchilar ro‘yxatini tuzish
................................................................................................................. 204
13-mavzu. Ovoz berishni tashkil etish, natijalarni aniqlash ............ 217
14-mavzu. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov, bo‘shab qolgan
o‘rinlarga saylov o‘tkazish ..................................................................... 232
15-mavzu. Deputat va senatorlarni chaqirib olish ........................... 241
16-mavzu. Fuqarolar yig‘ini raisi(oqsoqoli) va uning maslahatchilarini
saylash .................................................................................................... 250
17-mavzu. Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishda referendum
instituti .................................................................................................... 261
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................. 280
ILOVALAR ................................................................................... 285
KIRISH
Saylov insoniyat o’ylab topgan, hokimiyat vakolatini vujudga keltiruvchi eng
qadimiy usullardan hisoblanib, u demokratiyaning yorqin ifodasi, fuqarolarning
jamiyat va davlat ishlarida ishtirokining muhim shakli, davlat boshlig’i, vakillik
organlarini (qonunchilik organini) vujudga keltirishning asosiy vositasidir.
Vujudga kelib, qo’llanila boshlagandan to hozirgacha saylovlar takomillashib
keldi va hamma joyda bir nechta ijtimoiy funksiyalarni bajarib kelmoqda.
Birinchidan, saylovlar mavjud hokimiyatning legitimligini ta’minlaydi, bu
aholi saylov natijasidagina vujudga kelgan hokimiyat tuzilmalarinigina tan olib,
ularning ko’rsatmalarini ixtiyoriy bajarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi turli siyosiy kuchlar nisbatini aniqlash imkonini
beradi, bu qaysi siyosiy kuch nimaga qodirligini, aholi nimani ma’qul ko’rishini,
kimga ishonishini bildiradi.
Uchinchidan, siyosiy hokimiyatni, siyosiy boshchilarni, siyosatchilarni tinch
yo’l bilan almashishini ta’minlaydi, bu – hokimiyatga yangi kuchlar kelishi,
ishonchni oqlamagan shaxslar, vakillik organlarining a’zolari siyosat maydonidan
chiqishi, ularning o’rniga yangilari kelishi demakdir.
To’rtinchidan, xalq suverenitetini, demokratik siyosiy rejimni ta’minlab,
siyosiy elitani aholi nazoratida bo’lishini ta’minlaydi. Bu degani har bir yangi saylov
davrida avval saylanganlar saylovchilar oldida hisobot berishini ta’minlashni
bildiradi.
O’zbekiston o’z taraqqiyotini insonparvar demokratik huquqiy davlat qurishda
ko’rmoqda. Shu maqsadda barcha jabhalarda demokratik islohotlar o’tkazilmoqda,
natijada demokratiyaning o’zi ham takomillashmoqda. Demokratiyaning
takomillashuvini esa saylovlarning takomillashuvisiz, demokratlashuvisiz tasavvur
qilib bo’lmaydi.
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan 2010-yil 12-noyabrda ilgari
surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da “O’zbekistonda saylov huquqi
erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish” masalasiga alohida bob
ajratilishining o’zi ham, saylov masalasi, saylov huquqi demokratiya tizimida,
jamiyat, fuqarolar hayotida muhim masala ekanligini ko’rsatadi. Konsepsiyada qayd
qilinishicha “erkin saylov va o’z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi
navbatda, har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va
saylanish bo’yicha Konstitusiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini
tashkil etadi”.
Saylov saylov huquqi orqali amalga oshiriladi. Saylov huquqi esa
konstitusiyaviy huquqning muhim institutidir. Saylov huquqining jamiyat, fuqaro
hayotidagi muhim ahamiyati uni alohida maxsus o’quv kursi sifatida o’qitish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Toshkent davlat yuridik universiteti o’quv rejasiga “Saylov huquqi”ning
alohida o’quv kursi sifatida kiritilishi ushbu o’quv kursi dasturini tuzish va uning
asosida darslik tayyorlashga ehtiyoj tug’dirdi. Shuning asosida mazkur o’quv kursi
darsligi tayyorlangan.
5
Darslik o’quv kursi dasturidagi mavzular negizida tayyorlanib, dasturda ko’zda
tutilgan barcha masalalar qamrab olingan. Unda mavzularni ikki “Umumiy” va
“Maxsus” qismlarga bo’linganligi uslubiy jixatdan to’g’ri bo’lib, “Umumiy” qismda
saylov huquqiga tegishli umumiy-nazariy masalalar, “Maxsus” qismda esa amaliy
masalalarga taalluqli mavzular haqida bilimlar berilgan.
Darslikda Prezident va deputat, senator saylashga tegishli masalalardan boshqa
masalalar, jumladan: “Fuqarolar yig’ini raislari (oqsoqollari) va ularning
maslahatchilarini saylash”, “Deputat va senatorlarni vakolat muddatidan oldin
chaqirib olish”, “Referendum o’tkazish” masalalari ham alohida mavzular sifatida
berilgan hamda ular O’zbekiston saylov tizimining ajralmas tarkibiy qismi ekanligi
ko’rsatilgan.
Darslik tayyorlashda rahbariy manbalardan, normativ hujjatlardan unumli
foydalanilgan.
Saylov huquqi o’quv kursi bo’yicha tayyorlangan mazkur darslik
respublikamizda ilk bor tayyorlangan ishdir. Shuning uchun unda ayrim kamchiliklar
bo’lishi tabiiydir. Darslikdan foydalanish davomida aniqlangan kamchiliklar,
noaniqliklar muallifga еtkazilsa, darslikni kelajakda yanada mukammal bo’lishiga
olib kelar edi.
XUSANOV O.T.,
yuridik fanlari doktori,
professor
GLOSARRIY
SAYLOV. Bu demokratiyaning asosiy ko’rinishi bo’lib, yoqlab yoki qarshi
ovoz berishni bildiradi.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu
huquq fuqarolarning referendumlarda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida
va davlat hokimiyatining vakillik organlari saylovlarida qatnashishi orqali amalga
oshiriladi.
SAYLOV HUQUQI. Saylov huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri
bo’lib, u fuqarolarga nafaqat vakillik organlarini tashkil etish, balki bunday
organlarga o’z vakillarini yuborish yoki shaxsan qatnashish imkoniyatini ham beradi.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolarida saylash va saylanish huquqlari
mavjud bo’lib, bu huquqlar saylov jarayonlarida vujudga keladi.
Saylov huquqi saylovchi (fuqaro)da hokimiyat vakillik organlarini
shakllantirish, davlat hokimiyati vakillarini, xususan davlat rahbarini saylash
imkonini beradi.
Saylov huquqi tushunchasi faol va passiv saylov huquqlariga bo’linadi.
FAOL SAYLOV HUQUQI. Bu saylash huquqi bo’lib, bevosita
demokratiyaning bir ko’rinishi hisoblanadi. Faol saylov huquqi har bir fuqaroning
davlatni boshqarishda o’z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini ko’zda tutadi.
PASSIV SAYLOV HUQUQI. Bu saylanish huquqi bo’lib, nomzodning
saylovchilar tomonidan e’tirof etiladigan kerakli kasbiy va aqliy fazilatlariga bog’liq
jarayon.
SAYLOVNING REFERENDUMDAN FARQI. Referendum (lotincha
“referendum” so’zi – “umumxalq ishi” ma’nosini anglatadi) bevosita
demokratiyaning muhim belgisi va instituti bo’lib, davlat va jamiyat qurilishidagi eng
muhim masalalarni ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladigan jarayonni aks
ettiradi.
Saylovlar referendumdan farq qiladi, ya’ni saylovlar davlat va jamiyat
ahamiyatiga molik masalalarni qonun, qonun loyihasi, konstitusiyaga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritish kabi muammolarni o’z ichiga olmasdan, u muayyan bir
tuzilmani shakllantirish yoki mansabdor shaxslarni tegishli organ yoki ma’lum bir
lavozimga saylashdan iboratdir.
SAYLOV TIZIMI. O’zbekiston Respublikasida saylov tizimi deganda, keng
ma’noda hokimiyat vakillik organlarini va O’zbekiston Respublikasi Prezidentini
saylash tartibi tushuniladi.
Tor ma’noda majoritar, proporsional va aralash saylov tizimlariga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi saylov tizimi majoritar saylov tizimiga asoslangan.
SAYLOV JARAYONI VA UNING AMALGA OShIRISh
BOSQICHLARI. Saylov jarayoni – saylovlarni tashkil etish va o’tkazish yuzasidan
amalga oshiriladigan tadbir va choralar yig’indisidir.
Saylov jarayoni to’rt bosqichda amalga oshiriladi:
1) Saylovlar kunini belgilash, nomzodlar ko’rsatish;
7
2) Saylov okruglarini belgilash va ularda saylov uchastkalarini tashkil etish,
saylov organlarini tashkil etish, saylovchilar ro’yxatini tuzish;
3) Saylovoldi tashviqoti olib borish;
4) Ovoz berish va ovoz berish natijalarini aniqlash.
SAYLOV HUQUQINING ASOSIY PRINSIPLARI. Saylov huquqi
prinsiplari deyilganda saylov jarayonini tashkil qilish va o’tkazish bilan bog’liq
bo’lgan ustuvor qoidalar yig’indisi tushuniladi.
Saylov huquqining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
- umumiy saylov huquqi prinsipi;
- teng saylov huquqi prinsipi;
- to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi prinsipi;
- yashirin ovoz berish huquqi prinsipi.
Ushbu prinsiplar O’zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligidan o’rin olgan.
UMUMIY SAYLOV HUQUQI PRINSIPI. Umumiy saylov huquqi
deyilganida, voyaga еtgan, ruhan sog’lom va ayni damda ozodlikdan mahrum etish
joylarida jazo o’tamayotgan fuqarolarning saylovlarda qatnashish huquqi tushuniladi.
Bu prinsip O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga kirgan har bir fuqarosi
saylov huquqiga egaligida, saylovchilar ro’yxatiga saylov uchastkasi hududida
saylovchilar ro’yxati tuzilayotgan paytda muqim yoki vaqtincha yashab turgan barcha
fuqarolar kiritilishida, har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro’yxatiga kiritilishi
mumkinligida, barcha fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab
qo’yilgan saylov huquqlari davlat muhofazasiga olinganligida namoyon bo’ladi.
TENG SAYLOV HUQUQI PRINSIPI. Teng saylov huquqi prinsipiga ko’ra
har bir fuqaro – ijtimoiy kelib chiqishi, irqi va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti,
tili, dinga munosabati, mashg’ulotining turi va xususiyati, shaxsiy, ijtimoiy va mulkiy
mavqеidan qat’iy nazar ovoz berishda teng saylov huquqiga (bir ovozga) ega.
TO’G’RIDAN-TO’G’RI SAYLOV HUQUQI PRINSIPI. To’g’ridan-to’g’ri
saylov huquqi deganda har bir saylovchining saylovlarda shaxsan ishtirok etish va
bevosita ovoz berish huquqlari tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlarining deputatlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari va
Respublika Prezidenti fuqarolar tomonidan bevosita ya’ni to’g’ridan-to’g’ri
saylanadilar.
YaShIRIN OVOZ BERISh HUQUQI PRINSIPI. Saylovchi yashirin ovoz
berish jarayonida, ya’ni saylov byulletenida o’zi ovoz berishni istagan nomzodning
nomini ko’rsatmoqchi bo’lgan jarayonda uni hech kim kuzatishga haqqi yo’q.
Saylovchi kimga ovoz berganini sir tutishi, u ovoz berishni tugallab tashqariga
chiqqanida undan kimga ovoz berding, kimning nomzodini qo’llab-quvvatlading,
degan savollarga javob bermasligi mumkin. Saylov organlari esa saylovchiga
yashirin ovoz berish uchun sharoit yaratib berishlari shart. Ovoz beruvchilarning
xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
SAYLOV HUQUQINING QO’ShIMCHA PRINSIPLARI. Saylov
huquqining asosiy konstitusiyaviy prinsiplaridan tashqari quyidagi qo’shimcha
prinsiplari ham mavjud: erkinlik; oshkoralik; adolatlilik; mas’ullik.
8
ERKINLIK PRINSIPI. Fuqaroning saylov huquqini amalga oshirishda biron
bir tazyiqqa uchramasligi nazarda tutiladi. Saylovchilarning haq-huquqlari amaldagi
qonunlar bilan muhofaza etiladi.
OSHKORALIK PRINSIPI. Oshkoralik prinsipi deganda saylovlarnin
ochiqdan ochiq, saylov vaqti va ovoz berish joylari oldindan e’lon qilingan holda
o’tkazilishi va uning borishi va natijalari haqida axborot berilishi tushuniladi. Har bir
fuqaro saylovlarning borishi haqida xabardor bo’lishga va o’zining saylovchilar
ro’yxatiga kirganligini tekshirishga haqli.
ADOLATLILIK PRINSIPI. Bu prinsip saylov jarayonlarida barcha
saylovchilar uchun ham, nomzodlar uchun ham bir xil sharoitlarning yaratilishida o’z
aksini topadi. Adolatlilik prinsipini ta’minlash maqsadida hamma nomzodlarga
tashviqot yuritish uchun bir xil vaqt ajratiladi, bir xil sharoit yaratiladi.
MAS’ULLIK PRINSIPI. Masullik prinsipi ham saylov jarayonida saylovchi
va saylangan shaxsning keyingi faoliyati uchun o’ta muhim. Bu prinsip saylovchining
xalq oldidagi, saylangan shaxsning saylovchilari oldidagi masulligida ko’rinadi. Shu
sababli ham saylovchi ovoz berayotgan nomzodi haqida, uning saylanayotgan
lavozimiga yoki hokimiyat vakillik organiga naqadar munosib yoki munosib emasligi
haqida hеch qanday ehtiroslarga berilmasdan, g’araz va boshqa past niyatlarni
ko’zlamasdan chuqur va teran mushohada yuritishi lozim bo’ladi.
SAYLOV SЕNZLARI. Saylov sеnzlari saylovchi va saylanuvchilarga
qo’yiladigan talablar. Masalan, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga saylovlarga nisbatan yosh va o’troqlik sеnzlari mustahkamlangan.
Bu sеnzlar tegishli qonunlarda saylov xuquqlarini olish yoki amalga oshirish
uchun o’rnatilgan shartlar bo’lib ular turli davlatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Bu
sеnzlar ichida eng ko’p uchraydigani yosh va fuqarolikka tegishli bo’lsa, ba’zi
davlatlarda mulkiy holati, jinsi, irqi, tiliga qarab belgilanadigan, demokratik
prinsiplarga mutlaqo tug’ri kelmaydigan cheklovlar ham uchrab turadi.
YOSH SЕNZI. Saylovlardagi yosh sеnzi – fuqarolarning saylovda ishtirok
etishlari uchun muayyan, qonunda belgilangan yoshga еtishlari talab etilishidir. Yosh
chegarasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Braziliya va Eronda
fuqarolar 16 yoshdan, Indoneziyada 17 yoshdan saylash huquqiga ega bo’lsa, ayrim
mamlakatlarda saylash huquqini olishga bo’lgan chegara yosh ancha yuqori
qo’yilgan. Masalan, Malayziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga
to’lganidan keyingina saylash huquqiga ega bo’lishadi. Fransiya va Rossiyada saylov
kunigacha 18 yoshga to’lgan Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega bo’ladi.
Qirg’izistonda ham saylov huquqiga ega bo’lish uchun fuqarolarnig 18 yoshga
to’lgan bo’lishi kerakligi 1999-yil 29 aprelda qabul qilingan “Qirg’iziston
Respublikasining saylovlar to’g’risida”gi kodeksi bilan belgilab qo’yilgan.
SAYLOVLARDA O’TROQLIK SЕNZI. O’troqlik (muqimlik) sеnzi –
muayyan bir hududda ovoz bergan fuqarolar, aynan o’sha hududda, saylovgacha
ma’lum muddat davomida muqim yashagan bo’lishlari talab etiladi. O’troqlik sеnzi
turli davlatlarda turlicha bo’lishi mumkin, masalan, Fransiyada fuqarolar saylovda
qatnashishlari uchun shu hududda yarim yil, GFRda esa – uch oy, AQShda – 1-2 oy
yashagan bo’lishi talab etiladi.
9
O’zbekistonda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish
uchun fuqaro, bevosita saylovgacha kamida o’n yil O’zbekiston hududida muqim
yashayotgan bo’lishi haqidagi talab o’troqlik sеnzi tushunchasini beradi.
MULK SЕNZI. Mulk sеnzi bu – saylovchilarning saylovda qatnashishlari
uchun muayyan mulkka, daromadga ega bo’lishlarini talab etadi. Mulk sеnzi, asosan
o’tgan asrlarda mavjud bo’lgan, hozirgi zamon saylov amaliyotida, ayrim
istisnolardan tashqari, aytarli qo’llanilmaydi. O’zbekiston saylov qonunchiligida
mulk sеnzi nazarda tutilmagan.
SAYLOV MADANIYATI. Madaniyat – bu itoat etish, rioya qilish demakdir.
Shu sababli ham madaniyatlilik belgilari rasmiy va norasmiy qonun-qoidalarni, urf-
odatlarni qadrlash, ularga itoat etish, rioya qilish va bu borada o’rnak ko’rsatish
alomatlari bilan namoyon bo’ladi.
Saylov madaniyati, deganda saylovchilarning o’z siyosiy huquqlaridan oqilona
foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek ularning hamda saylov
tashkilotchilarining saylovlarni o’tkazish, unda qatnashish va ovoz berish chog’ida
amaldagi qonunlarga, o’rnatilgan tartiblarga amal qilishi, saylov qatnashchilarining
bir birlarini hurmat qilishi tushuniladi.
ABSENTEIZM. Absenteizm atamasi lotin tilidan olingan bo’lib,
“qatnashmaslik”, “bosh tortish” degan ma’nolarni bildiradi. Absenteizmning
mohiyati shundaki, unga ko’ra saylovchilar vakillik organi yoki mansabdor
shaxslarni saylashda qatnashmaydi. Aholi o’zining siyosiy huquqlarini amalga
oshirishga befarq qaraydi. Ba’zi bir xorijiy davlatlarda uchraydigan bunday holat
O’zbekistonda uchramaydi.
O’zbekiston xalqi saylovlarda faol ishtirok etishi, o’zining siyosiy
huquqlaridan oqilona foydalana olishi, saylov qonunchiligi va belgilangan tartib-
qoidalar asosida o’zi xohlagan shaxsga ovoz bera bilishi, xullas huquqiy
madaniyatining yuqoriligi bilan e’tiborga molik.
SAYLOV KOMISSIYALARI TIZIMI. O’zbekiston Respublikasida saylov
komissiyalari tizimi – doimiy asosda ish olib boruvchi Markaziy saylov komissiyasi
hamda saylov jarayonlarida tashkil etiladigan va saylovlar nihoyasiga еtganidan
keyin tugatiladigan okrug va uchastka saylov komissiyalaridan iborat.
I UMUMIY BO’LIM
1-mavzu. O’zbekiston Respublikasi saylov huquqi
Saylov huquqi tushunchasi, predmeti. Saylov huquqi – konstitusiyaviy
institut. Saylov huquqining manbalari. Saylov huquqi o’quv kursi sifatida va
uning vazifasi. Saylov huquqi o’quv kursining tizimi va mazmuni. O’quv
kursining boshqa fanlar bilan munosabati.
Mavzuda saylov huquqining huquq sifatida, hamda o’quv kursi sifatida
tushunchasi (saylov huquqi atamasining ma’nolari), predmeti, saylov huquqining
normalari, ularning alohida konstitusiyaviy-huquq instituti ekanligi, saylov
huquqining manbalari va ularning yuridik tabiati, huquq va o’quv kursining tizimi,
o’quv kursining vazifasi hamda boshqa fanlar va o’quv kurslari bilan munosabati
ochib beriladi.
1-§. Saylov huquqi tushunchasi, predmeti.
Saylov kishilik jamiyatidagi eng qadimiy tadbirlardan hisoblanadi. Albatta
saylovlarni hozirgi darajadagi mazmunga ega bo’lishi uchun ko’p vaqt o’tdi. Saylov
har bir ijtimoiy tizimda (davrda) o’ziga xos ko’rinishda, mazmunda namoyon
bo’lgan. Masalan: quldorlik, feodal tuzum davridagi saylovlar kapitalizm, sosializm
davrlaridagi saylovlardan tubdan farq qilgan. Har bir tuzum saylov mazmun
mohiyatiga ta’sir qilgan bo’lsa, saylov ham o’z navbatida ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir
qilgan.
Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo’lib, u kishilarni, jamiyat
a’zolarini xohish irodasini ro’yobga chiqarish vositasidir. Saylovda xohish-iroda ovoz
berish orqali namoyon bo’ladi. Ovoz berishni esa turlari har xil bo’lib, ular orasida
eng ahamiyatlisi, ommaviy xarakterga ega bo’lgani bu – hokimiyat organlarini,
tuzulmalarni tuzishda qo’llaniladigan ovoz berish, ya’ni saylovdir. Bu ovoz berish
qonunlarda fuqarolarning saylov huquqi sifatida mustahkamlanib, siyosiy huquq
tarzida e’tirof etiladi.
Saylov – saylov huquqi orqali namoyon bo’ladi. Saylovlar XX asrda ayniqsa
rivojlandi va ahamiyati oshdi. Xalqaro miqyosdagi munosabatlarga aylandi. Hozirgi
paytda har qanday demokratik mamlakatlarda saylov huquqi mavjud ekan, u ma’lum
xalqaro-huquqiy standartlarga mos kelishi zarur. Bunday standartlar, talablar ikkinchi
jahon urushidan so’ng ishlab chiqilib, xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan.
Fuqarolarning saylov huquqiga egaligi BMT tomonidan 1948 yilda qabul
qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi” da belgilab qo’yilgan. Uning
21-moddasi “a” bandida “Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar
vositasi orqali o’z mamlakatlarini boshqarishda qatnashish huquqiga ega”1 ekanligi
yozib qo’yilgan. Хuddi shu mazmundagi qoida “Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to’g’risidagi xalqaro Pakt”da ham mustahkamlangan2.
1 Qarang: Insоn huquqlari bо‘yicha xalqarо shartnоmalar. T.: “Adоlat”, 2004. 34-bet. 2 Qarang: Shu manba, 45-bet
11
Hozirgi kunda saylov huquqi fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan
saylovlarda qatnashish huquqidir.
Saylov huquqini aniq tushunish, bilish uchun, “saylov huquqi” atamasini bilish
zarur. Chunki bu atama bir necha mazmunda yoki boshqacha qilib aytganda, bir
necha tushunchalarga nisbatan ishlatiladi.
Ko’pchilik manbalarda saylov huquqiga ta’rif berishda u ikki ma’noda
ishlatilishi hisobga olinadi va tushuncha shunga mos ravishda beriladi.
“Saylov huquqi” ikki ma’noda ishlatiladi, birinchisi – saylov huquqi saylov
yo’li bilan shakllantiriladigan davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy
normalar tizimidir. Ikkinchisi – saylov huquqi fuqarolarning saylab qo’yiladigan
organlarni tuzishda qatnashish, ya’ni unga o’zlarining saylanish (passiv saylov
huquqi) va ularning tarkibini saylash (faol saylash huquqi) huquqlaridir. 1 Bu
ta’rifdagi saylov huquqi normalari saylov yo’li bilan shakllantiriladigan davlat
organlari faoliyatini tartibga soladi degan ta’rifga qo’shilish qiyin. Chunki, saylov
huquqi davlat organlarini tashkil qilish tartibinigina belgilaydi, ularning faoliyatini
esa boshqa huquqiy normalar masalan, “Parlament huquqi” tartibga soladi.
“Saylov huquqi” atamasi shu ikki ma’no bilan tugallanmaydi. U yana boshqa
ma’noda ham ishlatiladi.
Birinchidan, “Saylov huquqi” atamasi ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni
(saylov munosabatlarini) tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisiga nisbatan
ishlatiladi. Bunda saylov huquqining huquqiy institut ekanligi ko’rinadi.
Ikkinchidan, “saylov huquqi” fuqarolarning siyosiy huquqlariga nisbatan
ishlatiladi. Fuqarolarning saylov huquqi saylash va saylanish huquqidan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasida fuqarolar davlat
hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar – deb
belgilab qo’yilgan. Demak, fuqarolarning “saylov huquqi” siyosiy huquq va u saylash
hamda saylanish huquqining umumlashgan ifodasidir.
Uchinchidan, “saylov huquqi” atamasi alohida o’quv kursiga nisbatan
ishlatiladi. Bu o’quv kursi saylov munosabatlarini, ularni tartibga soluvchi normalarni
o’quvchilarga o’rgatadi.
Saylov huquqining huquq tizimidagi o’rniga kelsak, u alohida huquq tarmog’i
bo’lmasdan, Konstitusiyaviy huquqning instituti sifatida e’tirof etiladi.
Darslikning bu bandidagi asosiy masala: saylov huquqi nima? u qanday huquq?
degan savollarga javob berishdir. Bunday javoblarni ko’plab manbalarda, darsliklarda
uchratamiz.
Saylov huquqi deganda, birinchidan, mamlakatda saylovlarni tashkil etuvchi
huquq normalari tushinilsa, ikkinchidan fuqarolarning saylash va saylanishga bo’lgan
huquqi tushiniladi. (aktiv va passiv saylov huquqi)2.
Xuddi shunday ta’rif va tushunchalarni xorijiy adabiyotlarda ham uchratish
mumkin3.
1 Qarang: U.Tadjihanоv, X.Оdilqоriev, A.Saidоv.- О‘zbekistоn respublikasining kоnstitutsiyaviy huquqi. T.:
“Sharq” 2001, 478-479-betlar. 2 Qarang: Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013. 299-bet. 3 Qarang: Баглай М.В. Конституционное право Российской Федерации. М.: Норма. Инфра. 1998, стр-345.
12
Bu ta’rif, ya’ni saylov huquqi tushinchasiga boshqa manbalarda berilgan
tushunchaga o’hshash bo’lib faqat bir jihati bilan ulardan farq qiladi. Ya’ni bu еrda
saylov huquqini faqat fuqarolarning saylov huquqini o’rnatishi va ta’minlashigina
nazarda tutilmay, saylov huquqini cheklovchi normalardan ham iboratligi e’tirof
etilgan. Konstitusiya va saylov to’g’risidagi qonunlarda kimlar saylovda ishtirok eta
olmasligi haqida aniq normalar mavjud bo’lib, bular zaruriy cheklashlardir. Bunday
cheklashlar aksariyat mamlakatlar qonunlarida uchraydi va demokratiyaga aslo zid
emas.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida “Sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas
va saylovda ishtirok etmaydilar”. Bundan tashqari saylov qonuni saylanuvchilar
oldiga ba’zi talablarni qo’yadi, masalan ma’lum yoshga еtgan bo’lishi, shu joyda
ma’lum yil muqim yashagan bo’lishi va boshqalar.
Demak saylov huquqi faqat o’rnatuvchi, ta’minlovchi normalardan iborat
bo’lmay, huquqlarni cheklovchi normalardan ham iborat. Chunki bu normalar ham
saylov o’tkazishga bevosita tegishlidir.
Saylov huquqini aniqlashda uning mazmunini bilish, anglash muhimdir. Saylov
huquqi mazmunini saylov prinsiplarining, saylov tashkil qilinadigan va
o’tkaziladigan qoida va holatlarning, saylov ishtirokchilari maqomining davlat
tomonidan huquqiy normalar orqali mustahkamlanganligi tashkil etadi. Saylov
huquqi mazmunini yana saylov tadbirlari, xarakatlarining tartibi, bosqichlari,
vakolatli organlarning qarorlari tashkil etadi.
Saylov huquqini aniqlashda uning predmetini aniq bilish alohida ahamiyat kasb
etadi.
Saylov huquqining fan sifatidagi predmeti yuqoridagi tushunchalardan,
mazmunidan kelib chiqadi. Saylov huquq normalari bilan o’rnatiladigan, tartibga
solinadigan munosabatlar saylov huquqning predmeti hisoblanadi. Bu munosabatlar
fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishi natijasida vujudga kelib buning
oqibatida tegishli hokimiyat tuzilmalari: Prezident, xalq deputatlari (Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy kengash deputatlari) saylanadi.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining tashkil etishda saylov huquqi
normalari amal qiladi. Saylov jarayonida vujudga keladigan barcha munosabatlar
saylov huquqning predmeti bo’lib, shu huquq normalari bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyoti bilan mutanosib ravishda huquq tizimi,
huquqiy institutlar ham rivojlanib bormoqda. Ularni chuqur o’rganish zaruriyati
vujudga kelmoqda va shu tufayli oliy yuridik o’quv yurtlarida “Saylov huquqi”ni
alohida o’quv kursi sifatida o’qitish maqsad qilib qo’yilgan).
2-§. Saylov huquqi – konstitusiyaviy institut
Saylov huquqi fuqarolarning asosiy, siyosiy huquqlaridan hisoblanadi. Bu
huquq normalari avvalo Konstitusiyada mustahkamlangan. O’zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasida alohida XXIII bob, saylov tizimiga bag’ishlanib,
unda saylov huquqining asosiy qoidalari, prinsiplari belgilangan.
13
Hamma mamlakatlarning Konstitusiyasida ham saylov masalasi, huquqi
(tizimi) uchun alohida bob yoki bo’lim ajratilmagan.
Jumladan, Rossiya Konstitusiyasining 32-moddasi 2-, 3-bandlari va 81-
moddasida saylov huquqiga tegishli normalar mavjud. Yuqoridagi normalarda
fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishi saylov huquqi orqali
amalga oshishi, kimlar saylovda ishtirok etmasligi, Rossiya prezidentini saylash
prinsiplari, prezident nomzodiga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yilib, qolgan
masalalar qonunlar bilan tartibga solinishi nazarda tutadi1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida saylov uchun alohida bob
ajratilgani saylovning ahamiyati yuqori ekanligidan kelib chiqadi va bu mazkur
huquqiy institutning konstitusiyaviylik hususiyatini aniq ko’rsatadi.
Konstitusiyaning saylov tizimi haqidagi normalari fuqarolarning saylov
huquqiga egaligini, har bir saylovchi teng ekanligini, ovoz berishda o’z xohish-
irodasini bildirishida erkin ekanligini o’rnatadi va bu huquqlar qonun bilan
kafolatlanishini e’tirof etadi.
Konstitusiyaning 117-moddasi normalari saylov o’tkazishni aniq kunini
o’rnatish bilan birga saylovning asosiy prinsiplarini, hamda saylash huquqi yoshini
belgilab qo’yadi.
Konstitusiyaviy norma saylovlardagi asosiy cheklashni belgilaydi, unga ko’ra
natijasida sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, shuningdek sud
xukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda
qatnashmaydi.
Konstitusiya normasida boshqa har qanday holatda fuqarolarning saylov
huquqlarini cheklashga yo’l qo’yilmasligi ham belgilab qo’yilgan.
2014-yil 16-aprelda Konstitusiyaga kiritilgan qo’shimchaga asosan Markaziy
saylov komissiyasining huquqiy holati, vazifasi, ish yuritish prinsiplari, tashkil etish
tartibi konstitusiyaviy asosda belgilandi, natijada saylov huquqining konstitusiyaviy
asoslari yanada kengaydi.
Saylov huquqiga taalluqli konstitusiyaviy normalar faqat konstitusiyaning
XXIII bobidagi (117-modda) normalar bilan cheklanmaydi. Ular konstitusiyaning
boshqa bob va moddalaridagi normalarda ham uchraydi.
Jumladan, Konstitusiyaning 32-moddasida fuqarolarning davlat organlarini demokratik
tarzda tashkil etishda ishtirok etish huquqi (saylov huquqi), Konstitusiyaning 90-moddasida
O’zbekiston Prezidenti nomzodiga qo’yiladigan talablar haqidagi normalar, prezident saylovi
muddati va saylov prinsiplari haqidagi normalar, Konstitusiyaning 96-moddasidagi muddatdan
tashqari Prezident saylovini o’tkazish haqidagi normalar saylov huquqining konstitusiyaviy
asosidir.
Saylov huquqining konstitusiyaviy asosini, bevosita konstitusiyaviy
normalardan tashqari, konstitusiyaviy qonunlardagi saylovga taalluqli normalar ham
tashkil etadi.
1 Qarang: Коментарий к Конституции РФ. М:, “БЕК” 1994, 101, 261- стр.
14
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy
prinsiplari to’g’risida”gi1 konstitusiyaviy qonun va “Davlat boshqaruvini yangilash
va yanada demokratlaashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi konstitusiyaviy qonunning ko’plab
normalari saylov huquqining konstitusiyaviy asosini tashkil etadi.
Saylov huquqining huquqiy asoslari faqat konstitusiyaviy asoslar bilan
cheklanmaydi. Huquqiy asos konstitusiyaviy asosga nisbatan keng bo’lib, huquqiy
asoslar boshqa hujjatlardagi normalardan, ya’ni qonun, farmon, qaror va boshqa
normativ hujjat qoidalaridan iboratdir.
Saylov to’g’risidagi maxsus qonunlar va saylovga tegishli boshqa hujjatlar
hamda ularning normalari, qoidalari haqida keyingi paragraflarda batafsilroq
to’xtalamiz.
Demokratik jarayonlarni o’sib borishi natijasida hozirgi davrda saylov huquqi
va qonunchiligi mantiqiy jihatdan sekin-asta ommaviy huquqning mustaqil
tarmog’iga aylanib bormoqda2.
3-§. Saylov huquqining manbalari
Saylov-huquqiy munosabatlar, saylovlarni tashkil qilish va o’tkazish uchun
saylov ishtirokchilarining tengligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlarini buzilishiga
yo’l qo’ymaslik, buzilgan huquqlarni tiklash murakkab masalalardan hisoblanadi.
Ularni amalda ro’yobga chiqishida qat’iy, aniq huquqiy normalar bo’lishi
zarur.
Saylovlar mustahkam huquqiy baza asosida o’tsagina tegishli maqsadga
erishish mumkin.
Saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan boshlab, saylov
yakunlari e’lon qilinguncha bo’lgan barcha tadbirlar, jarayonlar qat’iy huquqiy
normalar bilan tartibga solinishi talab etiladi. Chunki saylov siyosiy tadbir bo’lib,
kurashlardan iborat. Kurashsiz demokratik saylov bo’lmaydi. Kurashlar esa izdan
chiqib ketmasligi, vayronkorlik, buzg’unchilik, mamlakatning yo’q bo’lib ketishiga
olib kelmasligi uchun qonun talablari asosida o’tishi o’ta muhimdir. Buning uchun
saylov qonunchiligi mustahkam bo’lishi zarurdir.
Saylov-huquqiy munosabatlar doirasi, uning ishtirokchilari doirasi ancha keng.
Saylov-huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi, ishtirokchilarning maqomini
belgilovchi huquqiy normalar saylov huquqining manbasi bo’lib, bunday huquqiy
normalar o’z o’rnini turli qonuniy hujjatlarda topgan. Saylov-huquqiy munosabatlar
turli darajadagi qonunlar va huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinib, ular saylov
huquqini manbasi hisoblandi.
O’zbekiston Respublikasi saylov huquqining manbalari quydagilar hisoblanadi:
1. Saylov ahamiyati jihatidan konstitusiyaviy institut, shuning uchun uning
asosiy bosh manbasi konstitusiyadir. Konstitusiya saylovning asosiy prinsiplarini,
saylov fuqarolarning asosiy huquqi ekanligini, saylov o’tkazish muddatlari va vaqtini,
saylov o’tkazishga boshchilik qiladigan organ, Markaziy saylov komissiyasining
1 О‘zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi, 2002 yil, 4-5, 60-mоdda. 2 Bu haqda qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. М.: “НОРМА”; 1999, 10-11 стр.
15
maqomi, vazifasini belgilab beradi va saylov o’tkazish qonunlar bilan belgilanishini
qayd qilishi bilan, boshqa qonunlarni vujudga kelishiga asos yaratadi.
Konstitusiyaning maхsus XXIII bobi “Saylov tizimi”ga bag’ishlangan. Undan
tashqari, Konstitusiyaning 32, 77, 78-moddasining 14-bandi, 96, 98-moddaning
tegishli qismlari va 105-moddasida saylovga tegishli normalar mavjud.
2. O’zbekiston konstitusiyasining “Muqaddimasi”da хalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi qayd qilingan. Shunday ekan saylovga
taalluqli xalqaro hujjatlarni ham saylov huquqining manbasi hisoblash mumkin.
“Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi”da, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to’g’risida xalqaro Pakt” kabi hujjatlar saylov huquqining manbasi hisoblanadi.
3. O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy qonunlari saylov huquqining
manbasidir.
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy
prinsiplari to’g’risida”gi1 Konstitusiyaviy qonunning 3-, 5-, 6-moddalarida saylov
o’tkazish muddatlari, Qonunchilik palatasiga deputat saylash, Senat a’zolarini saylash
masalasi tartibga solingan.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi
konstitusiyaviy qonunning 4-, 6-moddalari saylov munosabatini, saylovlarning
huquqiy asosini belgilaydi2, xuddi shuningdek, “O’zbekiston Respublikasining Oliy
Majlisining Senati to’g’risida”gi3 konstitusiyaviy qonunning 4-, 6-moddalari Senatni
shakllantirishdagi saylov munosabatlarini tartibga soladi.
2007-yil 11-apreldagi “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish to’g’risida”gi konstitusiyaviy qonunda ham saylovga taalluqli,
ya’ni saylovda siyosiy partiyalarning olgan o’rinlarini qonunchilik hokimiyati roli
haqida normalar mavjud.
Saylov huquqi manbasi bo’lib O’zbekiston Respublikasining qonunlari
hisoblanadi. Qonunlarni ikki guruhga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi guruhga faqat saylovga tegishli maxsus qonunlarni, ikkinchi guruhga turli
masalalarni tartibga soluvchi o’zida saylov munosabatlariga tegishli normalar mavjud
qonunlarni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining saylovga tegishli maxsus qonunlari quyidagilar.
1. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi 1991-yil 18-
noyabrdagi qonun (bunga hozirgi davrda ko’plab o’zgartirishlar kiritilgan)4.
2. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi 2003-yilda
(yangi tahrirda) qabul qilingan qonun5.
3. “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi
1994-yil 5-maydagi qonun6.
1 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2002 yil, № 4–5, 60-mоdda 2 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2003 yil, № 5, 67-mоdda 3 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2003 yil, № 5, 67-mоdda 4 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi, 2003 й. 9-10-sоn, 134-mоdda 5 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi, 2003 й. 9-10-sоn, 134-mоdda 6 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi, 2008 yil, № 12, 637-mоdda
16
4. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosini chaqirib olish
to’g’risida”gi 2004-yil 2-dekabrdagi qonun1.
5. “O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi
1998-yil 30-apreldagi qonun2.
6. “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi 1994-yil 5-
maydagi qonun3.
7. “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to’g’risida”gi 2004-yil 26-aprelda qabul qilingan qonun. Bu qonun 2013-yil 22-
aprelda yangi tahrirda qabul qilingan4.
Bu maxsus saylovga taalluqli qonunlarning dastlabki uchtasi turli hokimiyat
organlari — Prezident, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga saylovlarning barcha
asosiy munosabatlarini tartibga solsa, 4-qonun vakillik organlarining deputatlari va
senatorlarini vakolat muddatidan oldin chaqirib olish asoslari tartibini belgilab
qo’ygan. 5-qonun shu saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishga mas’ul tuzilma
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tartibga soladi. 6-qonun saylov qonunchiligi
tizimida alohida o’ringa ega. Konstitusiya va boshqa qonunlarda fuqarolarning saylov
huquqlari еtarli darajada kafolatlangan bo’lsa-da, kafolatlarni yanada kuchaytirish,
kafolatlarni asl holga aylantirish maqsadida bu qonun qabul qilingan. Fuqarolarning
saylov huquqlari alohida qonunda belgilanishi O’zbekiston qonunchiligining o’ziga
xos xususiyatidir. Bunday qonun barcha davlatlarda ham mavjud emas.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib qo’ygan
ekan, so’zsiz, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beradi.
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy
asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko’lamini kengaytrish… alohida
dolzarb ahamiyat kasb etadi” deb ta’kidlagan O’zbekistonning Birinchi Prezidenti5.
Shuningdek Birinchi Prezident tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyada “Fuqarolar
yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi qonunga o’zini
o’zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha,
oqsoqollar va ularning maslahatchilarni eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini,
mahalla roli va ahamiyati oshirilishini ta’minlaydigan chora tadbirlarni nazarda
tutadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklif qilindi. Uning natijasida mazkur
qonun 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilindi.
Fuqarolar yigini raislari va maslahatchilarini saylovi ham O’zbekiston saylov
tizimining tarkibiy qismidir. Shuning uchun bu saylovning takomillashuvi, o’z
navbatida, saylov tizimini takomillashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Saylov huquqi manbalari bo’lib yuqorida tilga olingan, turli masalalarni
tartibga solish uchun qabul qilingan, lekin o’zida saylov munosabatlariga taalluqli
normalar mavjud bo’lgan boshqa qonunlar (2-guruh) ham hisoblanadi.
1 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi. –2005. – № 1. – 12- mоdda. 2 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi 2005 yil, №1 18 mоdda 3 О’zbekistоn Respublikasi qоnun hujjatlari tо‘plami, 2013 й., 17-sоn, 220-mоdda 4 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi, 2008 yil, № 12, 637-mоdda 5 I.A.Karimоv. Mamalakatimimiзda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirish Kоnseпsiyasi. – T.: “О’zbekistоn”, 2010. 45-bet.
17
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunning 16-moddasi, “Siyosiy
partiyalar to’g’risida”gi qonunning 7-, 8-moddalaridagi normalar saylov
munosabatlariga taalluqli bo’lgani uchun ularni ham saylov huquqini manbasi sifatida
e’tirof etish mumkin.
Saylov huquqi manbalari tizimida Markaziy saylov komissiyasining qabul
qiladigan huquqiy hujjatlari alohida o’rin egallaydi.
“Markaziy saylov kommisiyasi to’g’risida”gi qonunning 5-moddasi 3-
xatboshisida Markaziy saylov komissiyasi saylovni tashkil etishga oid masalalar
yuzasidan o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yo’riqnomalar chiqaradi
hamda nizomlarni tasdiqlaydi degan qoida mavjud.
Masalan, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovi to’g’risida”gi qonunning 57-
moddasida davlat hokimiyati vakillik organlarida Senat a’zosini saylash tartibi to’g’risidagi nizom
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilishi kerakligi belgilab qo’yilgan1.
4-§. Saylov huquqi o’quv kursi sifatida va uning vazifasi
Mamlakatimizda saylov huquqining rivojlanib borishi (fuqarolar saylov
huquqining kengayishi, ta’minlanishining kuchayishi, saylov qonunchiligining
takomillashib borishi) yangi saylov-huquqiy munosabatlarini vujudga keltirmoqda.
Bu esa mazkur masala haqida asosiy bilimlar bo’lishini, ularni aholiga, bo’lajak
huquqshunoslarga еtkazish zaruratini tug’diradi. Toshkеnt davlat yuridik instituti
o’quv rejasida magistrlar uchun “Saylov huquqi va jarayoni” maxsus o’quv kursi
o’qitilishi nazarda tutilib, uning dasturi asosida o’quv qo’llanmasi tayyorlangan edi2.
TDYuU tashkil etilgach, uning o’quv rejalarida bakalavr bosqichi uchun
“Saylov huquqi”ni alohida o’quv kursi sifatida o’qitish nazarda tutilgan ekan, bu
albatta shu kursda beriladigan boshlang’ich va asosiy bilimlarni o’zida
mujassamlashtirgan darslik bo’lishi zarurligini keltirib chiqardi va shu bois quyidagi
darslik tayyorlandi. Bu darslik saylov, uning ahamiyati va saylov huquqi asosida
vakillik organlariga saylovlar tashkil qilish hamda o’tkazish bilan bog’liq masalalar
haqida malakali ma’lumot berishni va talabalarni mustaqil ishlashga, izlanishga
yo’llashni nazarda tutadi.
Mustaqillikka erishganimizdan to hozirgi kungacha o’tkazilib kelinayotgan
siyosiy va davlat qurilishidagi islohotlar davlat hokimiyati vakillik organlarini va
jumladan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini tashkil qilishni
demokratlashtirishni maqsad qilib qo’yadi. O’tkazilayotgan demokratik islohotlarni,
saylov tizimini islohotisiz tasavvur qilib bo’lmaydi va usiz tegishli natijaga ham
erishib bo’lmaydi. Saylov tizimining islohoti hamma vaqt demokratik islohotlarning
tarkibiy, ajralmas qismi bo’lib qolaveradi. Buning isbotini O’zbekistonning Birinchi
Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da
“O’zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini
1 Markaziy saylоv kоmissiyasi qabul qiladigan hujjatlar, ularni yuridik tabiati, maqsadi, darslikninng 8-mavzusida
batafsil berilgan. 2Qarang: О.Turg‘unоv “Saylоv huquqi va jarayoni”. О‘quv qо‘llanma. T.: 2009 й.
18
rivojlantirish” – deb nomlangan maxsus bo’limning mavjudligidan ham ko’rsa
bo’ladi.
Saylov huquqi rivojlanar ekan, saylov huquqi va qonunchiligini ilmiy tadqiq
etish, saylovlarni tashkil etish va o’tkazishning muhim masalalari va muammolarini
еcha olish qobiliyatiga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlash davr talabi bo’lib
qolaveradi.
Saylov huquqi, saylov tizimi takomillashib borgani sari, saylash va saylanish
huquqi, umumxalq ovozida (referendumda) ishtirok etish huquqi ommaviy
huquqning eng muhim va markaziy masalalaridan bo’lib boraveradi.
O’zbekistonda o’tkazilayotgan saylovlar borgan sari sifat jihatidan yuqori
saviyada o’tkazilmoqda. Saylovlar endi faqat umumiy, to’g’ri, teng asosda emas,
balki yanada erkin o’tishi uchun chora tadbirlar ko’rish asosiy vazifa bo’lib
qolmoqda.
Har qanday fan, o’quv kursi bir biridan o’zining predmeti bilan farq qiladi.
“Saylov huquqi” o’quv kursining predmeti shu kurs o’rganayotgan narsalar, hodisalar
hisoblanadi. “Saylov huquqi” o’quv kursi saylov-huquqiy munosabatlarni va ularni
tartibga soluvchi huquqiy normalarni o’rganadi. Bunda qanday ijtimoiy munosabatlar
saylov-huquqiy munosabatlar bo’lishi, ular qanday vujudga keladi yoki bekor bo’ladi,
qaysi huquqiy normalar ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi,
ya’ni eskirib qolgan degan masalalar o’rganilib, tahlil qilinib, muammolar aniqlanib,
ularni hal etish yo’llari haqida fikr, mulohazalar bildiriladi.
Saylov murakkab jarayon bo’lib, u uch elementdan tashkil topgan, ya’ni –
saylov huquqi, saylov jarayoni, saylov tizimi. Mazkur o’quv kursi shu masalalarni
o’rganadi va ular haqidagi bilimlarni fuqarolarga, mutaxassislarga еtkazadi. O’quv
kursini vazifasi ham shundan kelib chiqadi.
Hozirgi kunda saylov huquqi faqat davlat hokimiyati vakillik organlarini
shakllantirishdagina qullanilmay, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarishni tashkil
etishda ham asosiy vosita bo’lib turibdi va bu bilan saylov tizimining demokratik
xususiyatini yanada ko’proq aks ettirmoqda.
Saylov huquqi fuqarolarning va ularning jamoat birlashmalari (siyosiy
partiyalar) siyosiy faoliyati bilan bog’liq yuridik xodisa kategoriyasidir. Shuning
uchun uning mazmuni jamiyat va davlat, fuqaro va hokimiyat o’rtasidagi
munosabatlarning o’zgarishiga (demokratlashuviga) qarab o’zgarib boradi.
Saylov natijasida hokimiyat tarkibida muntazam o’zgarishlar bo’lishi,
yangilanib turishi, fuqarolarning siyosiy tizimga bo’lgan ta’sirini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda saylov qonunchiligini demokratlashtirish bo’yicha ilgari
surilgan, ilmiy asoslangan g’oyalar natijasida saylov qonunchiligi takomillashdi va
ko’plab muammolar o’z еchimini topdi.
Bu bilan hamma muammolar hal bo’ldi degani emas, hayot va u bilan yuog’liq
ijtimoiy munosabatlarning rivojlanib borishi saylovlarni o’tkazish va unda ishtirok
etishning yangi shakl va texnologiyalarini ishlab chiqish zaruriyatini vujudga
keltiraveradi va buni hal qilish uchun mutaxassislarning fuqarolarning bilimini
oshirishda “Saylov huquqi”ga tayaniladi. Ana shu narsa saylov huquqini vazifasini
belgilab beradi.
19
5-§. “Saylov huquqi” o’quv kursining tuzilishi va mazmuni
O’quv kursining tuzilishi uning predmetidan kelib chiqib, predmetga kiruvchi
masalalarni qamrab olish va ular haqida bilimlarni berish asos qilib olinadi. Kurs
tuzilishining asosiy xususiyati har bir voqеa yoki saylov-huquqiy institutlar alohida
mavzuga biriktirilib, mavzular ahamiyatiga qarab joylashtirilgan, Mavzular shunday
joylashtirilganki avvalgi mavzuni o’rganmasdan turib keying mavzularni o’rganish
ancha qiyin kechadi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi mavzuni o’zlashtirish,
o’rganish, keyingi mavzularni o’zlashtirishga asos yaratadi.
O’quv kursi tizimi o’quv kursi haqida ma’lumot berishni, “Saylov huquqi”ni
huquq instituti sifatida o’rganishni, saylovlarning rivojlanish tarixi va jamiyat
hayotidagi o’rnini o’rganish maqsadidan kelib chiqib, shu masalalarga alohida
mavzular ajratilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, o’quv kursi bevosita saylash bilan bog’liq bo’lmagan, lekin unga
yaqin kategoriyalarni ham o’rganishni maqsad qilib qo’ygan. Bu esa uning tuzilishida
o’z ifodasini topgan.
Jumladan, deputat va senatorlarni chaqirib olish tartibi, referendum o’tkazish
bevosita saylovga tegishli emas, lekin bu ikki institutda ham saylov prinsiplari,
saylov o’tkazish tartiblari mavjud. Shuning uchun ularni o’rganmaslik “Saylov
huquqi” haqida bilimlarni to’la bo’lmaslikka olib kelishi mumkin. Va shu tufayli bu
masalalar xususida tegishli mavzular mavjud.
“Saylov huquqi” o’quv kursida uning predmetidan kelib chiqib belgilangan
mavzular mazmun, maqsadiga qarab nazariy va amaliy masalalarga taalluqli
mavzulardan iborat.
Shuning uchun o’quv kursini tuzilishi ikki qismdan, “Umumiy qism” va
“Maxsus qism”dan iborat.
O’quv kursining umumiy qismi nazariy xarakterdagi quyidagi mavzulardan
iborat:
1. Saylov huquqi tushunchasi va predmeti.
2. Saylov huquqi prinsiplari.
3. Saylov huquqi institutining rivojlanishi
4. Saylov tizimi: tushunchasi, tuzilishi.
5. Saylov ishtirokchilari (sub’ektlari).
6. Siyosiy partiyalar va Ekoharakatning saylovda ishtirok etishi.
7. Saylov komissiyalari.
8. Markaziy saylov komissiyasi.
O’quv kursining maxsus qismi quyidagi mavzulardan iborat bo’lib, ular,
asosan, saylov jarayoniga taalluqli masalalar hisoblanadi:
1. Saylov jarayoni: uning boshlanishi.
2. Nomzodlar ko’rsatish, ro’yхatga olish.
3. Saylov jarayonida kuzatuvchilar, vakillar ishtiroki.
4. Saylovoldi tashviqoti, saylovchilar ro’yxatini tuzish.
5. Ovoz berishni tashkil etish, natijalarni aniqlash.
6. Takroriy ovoz berish. Takroriy saylov. Bo’shab qolgan o’rinlarga saylov
o’tkazish.
7. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi.
20
8. Deputat va senatorlarni chaqirib olish.
9. Umumiy ovoz berish usuli sifatida referendum
Yana shuni qayd qilish kerakki, saylov masalalari haqida o’quv kursida turli
saylovlar: Prezident saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengash
deputatlari saylovi, alohida-alohida mavzularda berilmay har bir mavzuda qiyosiy
tarzda berilib boradi. Shuningdek, o’quv kursida Markaziy saylov komissiyasining
saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishdagi muhim o’rni hisobga olib, alohida mavzuda
Markaziy saylov komissiyasi haqida ma’lumotlar berildi.
6-§. O’quv kursining boshqa fanlar va o’quv kurslari bilan munosabati
Hech qaysi fan alohida, boshqalardan mutlaqo holi, ajralgan holda
rivojlanmaydi va oldiga qo’ygan vazifalarni bajara olmaydi.
“Saylov huquqi” o’quv kursi ma’lum ijtimoiy munosabatlar, ularni tartibga
soluvchi normalar haqidagi bilimlardan iborat ekan, bu bilimlar boshqa fanlarda ham
u yoki bu darajada mavjud bo’ladi.
Avvalo, “Saylov huquqi” – huquqiy institut, shuningdek fuqarolarni siyosiy
huquqlari ekan, bu masalalarni o’rganuvchi, ularning nazariy qoidalarini o’zida
mujassam qilgan, “Davlat va huquq nazariyasi” fani bilan yaqin munosabatda
bo’ladi. Chunki huquq, huquqiy munosabat, huquq sub’ekti, qonuniylik kabi
kategoriyalar “Davlat va huquq nazariyasi” fanining predmetidir. “Saylov huquqi”
o’quv kursi esa umumiy nazariy qoidalarga tayangan holda shu masalalarni “Saylov
huquqi” doirasida yanada aniqlashitirib, o’ziga xos xususiyatlarni aniqlab o’rganadi.
“Saylov huquqi”ni huquqiy institut sifatida mavjud bo’lishi, shakllanishi, uni
konstitusiyaviy institut darajasiga aylanishida rivojlanish bosqichlarni “Davlat va
huquq tarixi” fani o’rganadi va tegishli bilimlarni beradi. “Saylov huquqi”ning
rivojlanish bosqichlari unga ta’sir qiluvchi sharoitlarni o’rganishda “Saylov huquqi”
o’quv kursi “Davlat va huquq tarixi” bilimlariga tayanadi.
Vaqt o’tishi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi saylov huquqining bir
mamlakat doirasidan chiqib, xalqaro ahamiyat kasb etishiga olib keldi. “Saylov
huquqi”ning asosiy prinsiplari saylovdagi xalqaro andozalar xalqaro hujjatlarda
belgilanib, “Xalqaro huquq” fani predmetini tashkil etadi.
Shu tufayli “Saylov huquqi” o’quv kursining “Xalqaro huquq” bilan o’zaro
munosabati vujudga keldi.
“Saylov huquqi” konstitusiyaviy-huquqiy munosabat u konstitusiyaviy
huquqning bir institutidir deb ta’kidlandi. Bu esa “Saylov huquqi”o’quv kursini
“Konstitusiyaviy huquq” fani bilan chambarchas aloqasini, o’ta uzviy munosabatini
bildiradi. Saylov huquqining tamal toshi, asosi “Konstitusiyaviy huquq”da belgilab
qo’yilgan. Saylov-huquqiy munosabatlar, ularning sub’ektlari, saylov huquqining
asosiy prinsiplari, saylov o’tkazish muddatlari va saylovning asosiy qoidalari
konstitusiyaviy normalar bilan bir qadar tartibga solingach, “Saylov huquqi” ularni
yanada aniqlashtirib, kengaytirib tartibga soladi.
“Saylov huquqi” o’quv kursi boshqa huquqiy fanlar: “Jinoyat huquqi”,
“Ma’muriy huquq”, “Moliya huquqi”fanlari bilan ham munosabatda bo’ladi. “Jinoyat
huquqi” va “Ma’muriy huquq” fanlarida fuqarolarning saylov huquqlari buzilganligi
uchun javobgarlik belgilangan.
21
"Saylоv huquqi"
о'quv kursi
Kоnstitutsiyaviy huquqi
Davlat va huquq
nazariyasi
Xalqarо huquq
Siyоsatshunоslik
Mоliya nuquqi
Ma'muriy huquq
Jinоyat huquqi
Davlat va huquq tarix
Saylovlarni moliyalashtirish, siyosiy partiyalar saylov faoliyatini
moliyalashtirish “Moliya huquqi” fanida belgilangan.
“Saylov huquqi” o’quv kursi nafaqat huquqiy fanlar bilan, balki boshqa
ijtimoiy fanlar bilan, jumladan, “Siyosatshunoslik” fani bilan ham munosabatga
kirishadi. “Siyosiy hokimiyat, siyosiy hokimiyatlarning faoliyati, saylov
texnologiyalari kabi masalalar siyosatshunoslik fani predmeti bo’lib, ularning
ro’yobga chiqishi, siyosiy partiyalarning saylovdagi o’rni, aniq ishtiroki “Saylov
huquqi” o’quv kursi orqali o’rganiladi, fuqarolar va mutaxassislarga еtkaziladi.
“Saylov huquqi” o’quv kursi sxemasi
Xulosa
Saylov huquqi – ma’lum huquqiy normalar yig’indisi, shuningdek, u
fuqarolarning asosiy siyosiy huquqlaridan hisoblanadi.
Bu huquq orqali fuqarolar o’z xohish-irodalarini erkin bildirishib, davlat
hokimiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. Saylov orqali fuqarolar davlat
institutlarining (organlari) huquqiy layoqatiga baho beradi. Saylov huquqi orqali
fuqarolarning shaхs sifatidagi erkinligi, ularning o’z taqdirini o’zi belgilashi va
mustaqillik mavqеlari aniqlanadi. Buning natijasida davlat tuzilmalari doimiy
ravishda fuqarolar oldida javobgarligini his qiladi.
Saylov huquqi – konstitusiyaviy institut, sababi bu huquqni asosi asosiy
prinsiplari konstitusiyada mustahkamlangan, konstitusiyaning tegishli normalari
saylov qonunchiligini yaratilishiga asos bo’ladi.
22
Saylov huquqi normalari ichki va xalqaro huquq normalaridan iborat bo’lib,
ular turli darajadagi huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan. “Saylov huquqi” o’quv
kursining vujudga kelishi va zarurati saylov munosabatlarining takomillashib borishi,
jamiyat hayotida saylovlar rolining oshib borishi, bundan buyon saylov
qonunchiligini takomillashtirish, yangi saylov texnologiyalaridan foydalanishga
sabab bo’ladi. Saylov huquqining huquqiy institutdan alohida huquq tarmog’iga
aylanib borish jarayoni, bu boradagi muammolarni hal qilish zaruriyati, fuqarolarda,
bo’lajak mutaxassislarda tegishli bilim olish extiyojini paydo qiladi. Bu vazifalar esa
“Saylov huquqi” o’quv kursi orqali bajarilishi mumkin.
Saylov huquqi tizimi (tuzilishi) uning predmetiga mos hamda o’quv kursi
qismlari nazariy va amaliy bilimlardan iborat bo’lib, mavzular ahamiyatiga qarab
joylashtirilgan.
Nazorat uchun savollar.
1. Saylov huquqi Konstitusiyaviy huquq tizimida o’zining alohida o’rniga
ega bo’lib, bu huquq fuqarolarga davlat boshqaruvida, davlat hokimiyatini
shakllantirishda hamda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlab beradi.
Saylov huquqi qanday huquqiy institut hisoblanadi? Uning boshqa
huquqiy oilalaridan qaysi jihatlari bilan farq qilishini muhokama qiling.
2. Saylov huquqi manbalarining ichida Konstitusiyaning hamda umum
e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining o’rni beqiyos hisoblanadi.
Nima uchun Konstitusiya va хalqaro hujjatlar saylov huquqining manbai
hisoblanadi? Uning yuridik ahamiyatini aniqlang hamda muxokama qiling.
3. “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi qonunning 17-
moddasi 2-qism 4-bandi talablariga binoan mamlakat fuqaroligiga qabul qilingan
Martin Kross milliy qonunchilikda mustahkamlangan o’zining siyosiy huquqlari
to’g’risida ma’lumot olish uchun “Legal Support” nomli advokatlik firmasiga
murojaat qildi. U o’zining sobiq davlati qonunchiligida saylov tizimi proporsional
saylov tizimiga asoslanganligini va O’zbekiston saylov qonunchiligi bilan tanish
emasligini aytib o’tdi.
Mazkur holatda siz advokat sifatida mijozga O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligi asosida saylov huquqi tushunchasi, saylov prinsirlari, manbalari va
saylov tizimi to’g’risida еtarli ma’lumot berish orqali o’z firmangizning salohiyatini
ko’rsatib bering.
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov
bo’layotgan paytda “Sardoba” saylov okrugining 44-uchastka saylov komissiyasiga
ovoz bеrish uchun kelishi kerak bo’lgan fuqarolarning bir qanchasi kasal bo’lib
qolishi natijasida ovoz berishda qatnasha olmadilar. Uchastka saylov komissiyasining
a’zosi G. kasal bo’lib, ovoz berishga kela olmagan saylovchilar o’rniga saylov
byulletenlarini to’ldirib, ularni saylov qutisiga tashlaydi. Kech soat 18.00 larda kasal
bo’lib qolgan saylovchilardan biri K. uchastkaga kelib, voqeadan xabar topdi. Bu
holat yuzasidan komissiya raisi T.dan tushuntirish berishini so’raydi. T. o’z
xodimining hatti-harakatlari qonuniyligini, saylov byulletenlarini mazkur holatda
komissiya a’zosi tomonidan to’ldirilishi mumkinligini aytadi.
Savol
23
1. Mazkur holatda T. tomonidan qilingan hatti-harakatlar qonuniymi?
2. Agar noqonuniy bo’lsa, nima uchun?
3. Masala еchimining huquqiy asoslarini keltiring?
2-mavzu. Saylov huquqi prinsiplari
Saylov huquqi prinsiplarining umumiy tasnifi. Umumiy saylov prinsipi.
Teng saylov prinsipi. To’g’ri va pog’onali saylov prinsipi. Yashirin ovoz berish
va saylovlarda oshkoralik. Saylovlarda ixtiyoriylik va erkinlik. Saylov sеnzlari.
Mavzuda saylov huquqining umumiy prinsiplari, tushunchasi, ularning
ahamiyati, qo’llanilishi va O’zbekistonda demokratik islohotlar, saylov tizimini isloh
etish orqali ularning chuqurlashib borayotganligi, umumiy prinsiplarining qonuniy
asoslari haqida bilimlar beriladi. Saylov huquqi prinsiplarining xalqaro hujjatlarda
mustahkamlanganligi va uni ahamiyati ko’rsatiladi.
Shuningdek, saylov sеnzlari tushunchasi hamda uning turlari va ahamiyati
haqida umumiy va zarur bilimlar o’z ifodasini topgan.
1-§. Saylov huquqi prinsiplarining umumiy tasnifi
Prinsip atamasi o’zbek tilida ko’pincha tamoyil deb yuritiladi. Bularning
ma’nosi deyarli bir xil. Lekin shunday atamalar borki, ular barcha tillarda aslicha
qo’llaniladi. Bu atama O’zbekiston Konstitusiyasida ham qo’llanilgan, masalan, 14-
moddada. Prinsip ijtimoiy kategoriya bo’lib, eng muhim g’oyalarni qoida sifatida
namoyon bo’lishidir. Davlat va huquqning turli sohalarida prinsip tushunchasi
qo’llaniladi. Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi.
Saylov huquqida ham prinsip atamasi qo’llanilib, u eng avvalo saylovlarning
adolatliligini, qonuniyligini ko’rsatuvchi asosiy mezon sifatida namoyon bo’ladi.
Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o’tgan edik. Ular kishilik
jamiyatining hamma bosqichlarida qo’llanilib kelingan bo’lib, jamiyat rivojiga mos
ravishda takomillashib bordi. Uning takomillashuvida ma’lum qoidalarni vujudga
kelishi, ularni bajarilishi, qo’llanilishi shart etib belgilanishi muhim rol o’ynaydi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, saylovlarning demokratlashuvida yangi
davr boshlandi. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan
hujjatlar muhim o’rin tutadi.
Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga ega “Inson huquqlari
umumjahon deklarasiyasi”da xalqaro miqyosda o’z ifodasini topdi. Uning 21-
moddasida: “har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o’z
mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Xalq irodasi davriy va
soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo’li bilan,
ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida
o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi zarur” – deb belgilab qo’yildi1.
1 Qarang: Insоn huquqlari bо‘yicha xalqarо shartnоmalar (tо‘plam). T.; “Adоlat”, 2004, 34-bet
24
Bu еrda bevosita to’g’ri saylov, erkin saylov, yalpi-umumiy saylov, teng
saylov, yashirin ovoz berish prinsiplari saylov o’tkazishda zarur shart sifatida
belgilanganligini ko’ramiz.
BMT qabul qilgan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro
Pakt”ning 25-moddasida “har bir fuqaro hеch qanday cheklashlarsiz, kamsitilishsiz,
bevosita – to’g’ridan-to’g’ri, erkin, yalpi-umumiy, teng, yashirin ovoz berish
huquqiga ega bo’lishi kerak”- degan qoida o’z ifodasini topdi1.
Natijada umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi, yashirin ovoz berish,
erkin ravishda xohish irodasini bildirish xalqaro miqyosda saylov huquqining asosiy
qoidasi – prinsipi sifatida e’tirof etildi. Buning muhim ahamiyati shunda bo’ldiki, bu
hujjat uni tan olgan, imzolagan davlatlar uchun majburiy kuchga ega bo’lganligi
uchun, uni imzolagan barcha davlatlar o’z qonunchiligida yuqoridagi qoidalarni,
umumiy prinsip sifatida mustahkamlab qo’ydi
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida va saylov qonunlarida
umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi prinsiplari, saylovlarning yashirin
o’tishi, oshkora o’tishi, xohish-irodani erkin bildirish saylov huquqining asosiy
prinsiplari sifatida belgilab qo’yildi. Bu prinsiplar asosiy prinsiplar bo’lishi bilan
birga umum e’tirof etilgan prinsiplardir.
Ayrim adabiyotlarda saylov huquqining muhim, umum e’tirof etilgan
prinsiplari deb faqat umumiy, teng, to’g’ri va yashirin ovoz berish ko’rsatilgan2.
Ayrimlarida esa saylovda ishtirok etish erkinligi, oshkoralik ham saylov huquqining
asosiy prinsiplaridan deb baholangan3.
Xaqiqatda ham erkinlik va oshkoralikni asosiy prinsip deb aytish, bu
qoidalarning saylovlardagi muhim ahamiyatini e’tirof etishdir. Bundan tashqari ular
O’zbekiston Konstitusiyasi va qonunlarida mustahkamlangan va saylov o’tkazishda
asosiy qoida hisoblanadi.
Hozirgi kunda aksariyat mamlakatlarning konstitusiyalarida umumiy, to’g’ri,
teng, yashirin ovoz berish qoidalari o’rnatib qo’yilgan. Agar bu prinsiplar qonunlarda
belgilangan bo’lsa-yu, saylovlar erkin va oshkora o’tmasa, unday saylovlarni
demokratik saylov deb hisoblash mumkin emas.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga, asosan ularning erkin va oshkora
o’tkazilishi yoki aksincha bo’lishiga qarab baho berishadi. Shuning uchun ularni ham
saylov huquqining umum e’tirof etilgan prinsiplari deb hisoblash mumkin. Saylovlar
faqat oshkoralik va erkinlik asosida o’tkazilgan taqdirdagina umumiy, teng,
to’g’ridan-to’g’ri saylovlar to’la ravishda o’z ifodasini topishi mumkin va shundagina
ularning ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Konstitusiyasining 117-moddasida: “saylovlar umumiy, teng,
to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi”
degan qoida kiritilib, umumiy, teng, to’g’ri, yashirin ovoz berish konstitusiyaviy
prinsip darajasida mustahkamlangan. Fuqarolarning o’z xohish-irodasini bildirishda
1 Qarang: Shu tо‘plam, 45-bet. 2 Qarang: Коституционное право зарубежных стран. М: Норма, 2010, стр. 229; Баглай М.В. Коституционное
право РФ. М: Норма, 1998, 349-350; Таджиханов У. ва бошқалар, Ўзбекистон Республикаси конституциявий
ҳуқуқи. Т.:“Шарқ”, 2001, 484-бет. 3 Qarang: Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2014, 203-204-бет.
25
tengligi va erkinligi ham Konstitusiyaning shu moddasida mustahkamlab qo’yildi.
Saylov to’g’risidagi qonunlarda ham bular saylov huquqining asosiy prinsiplari
sifatida qayd qilingan.
Amalga oshirilgan siyosiy islohotlar natijasida saylov huquqining bu
prinsiplarini qo’llash, ularning amal qilishi kengayib bordi, fuqarolik jamiyati qurish
jarayonida saylovlarni erkinligini ta’minlash dolzarb masala bo’lib qoldi. Shuning
uchun Birinchi Prezident tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyada saylov huquqi
erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berildi1.
2-§. Umumiy saylov prinsipi
Bu prinsip amal qilgunga qadar, saylovlar umumiy bo’lmay, ko’plab
cheklashlar orqali fuqarolar saylovda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum edilar.
Sobiq ittifoq davrida, SSSRning 1922-yilda tashkil etilishdan boshlab, to 1936-
yilgacha, ya’ni 14 yil umumiy bo’lmagan saylovlar o’tkazilgan. Buning natijasida
ko’plab fuqarolar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab saylov huquqidan mahrum qilingan.
Faqat 1936-yilgi SSSR Konstitusiyasida, so’ng 1937-yilgi O’zbekiston
Konstitusiyasida rasman umumiy saylov prinsipi belgilab qo’yildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’z taraqqiyotini demokratik o’zgarishlar
bilan bog’lab olib borar ekan, demokratik saylov prinsiplarini qonun darajasida
mustahkamlashga alohida e’tibor berdi.
Qonunlarda nafaqat umumiy saylov huquqi prinsip darajasida mustahkamlab
qo’yildi balki, umumiy saylov prinsipi tushunchasini ham saylov qonunlarining
alohida moddalarida belgilash yo’li tutildi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 2-
moddasi “Umumiy saylov huquqi” deb nomlanib, unda “Qonunchilik palatasiga
deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni o’n sakkiz yoshga to’lgan O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
Qonunchilik palatasiga saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida
besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar saylanish
huquqiga egadirlar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud
hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi
mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar” – deb umumiy saylov huquqining
qonuniy tushunchasi va shartlari mustahkamlab qo’yilgan.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi
Qonunning 2-moddasi ham “Umumiy saylov” deb atalib unda ham aynan shu
qoidalar mustahkamlangan, faqat unda saylanish huquqi 21 yosh qilib belgilangan.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunda bu
prinsipni belgilashga boshqacha yondashilgan.
Uning 2-moddasi “Fuqarolarning saylov huquqi” deb nomlanib, unda
“O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
1 Qarang: Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T.: О’zbekistоn, 2010, 35-41-betlar.
26
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy
mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg’ulot turi va
xususiyatiga qarab O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-
bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek
sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar” – degan qoidalar
belgilangan bo’lsa, Qonunning 1-moddasida, Prezident lavozimiga o’ttiz besh
yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha
kamida o’n yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi
fuqarosi saylanishi mumkinligi ko’rsatilgan. Umumiy saylov huquqi mamlakatdagi
hamma fuqarolarni yoppasiga emas, ko’pchiligini, ya’ni voyaga еtgan fuqarolarni
saylovda ishtirok etishini bildiradi. Saylov huquqi 18 yosh qilib belgilangan bu,
shaxsning voyaga еtish yoshi bo’lib, shu paytdan boshlab shaxs o’zini harakatlari
uchun o’zi javob berish, voqеalarni ongli anglash qobiliyatiga ega bo’ladi.
Ba’zi mamlakatlarda (Eron, Kuba) aktiv saylov huquqi 16 belgilangan. Yosh chegarasini 18
yosh etib belgilanishi birdaniga bo’lmagan, ko’pchilik mamlakatlarda u ancha baland bo’lib,
yoshlarning olib borgan uzoq kurashlari, talablari natijasida, Angliya va Germaniyada 1970 yildan,
Amerikada 1971 yildan, Fransiyada 1974 yildan, Italiyada 1975 yildan o’rnatilgan.
Ko’pchilik mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, sud hukmiga ko’ra ozodlikdan mahrum qilish
joylarida saqlanayotganlar saylovda ishtirok etmaydi1.
O’zbekiston Konstitusiyasi va saylov qonunlari, saylanish huquqlariga ega
bo’lish uchun yuqoriroq yosh chegarasi va boshqa turdagi cheklashlarni o’rnatgan.
Mahalliy kengash deputatlari bo’lib saylanish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi bo’lib saylanish uchun 25 yoshga,
Prezident bo’lib saylanish uchun esa 35 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
Yosh chegarasi turli organlarning huquqiy holati, hal qiladigan masalalar
doirasining hajmi va ahamiyatiga qarab o’rnatiladi. Bu fuqarolarni ma’lum bilmga,
hayot tajribasiga ega bo’lishini nazarda tutadi.
Bundan tashqari deputat bo’lib saylanish uchun mamlakatimizda oxirgi besh
yil, Prezident bo’lib saylanish uchun oxirgi o’n yil muqim yashagan fuqarolar shu
o’rinlarga saylanish huquqiga ega bo’ladi. Prezident bo’lib saylanish uchun esa yana
qo’shimcha davlat tilini yaxshi bilish kerak degan shart mavjud. Bunday va shunga
o’xshash talablar boshqa davlatlarning saylov qonunchiligida ham nazarda tutilgan.
Masalan, AQSh Prezidenti bo’lib saylanish uchun AQSh fuqarosi fuqarolikni AQShda
tug’ilish natijasida olishi kerak. Keyinchalik fuqarolikni olganlar Prezident bo’lib saylanish
huquqiga ega emas.
Mamlakatimizda umumiy saylov prinsipi qonunlarda belgilanibgina qolmay,
undan amalda ham foydalaniladi, uning keng amal qilishi uchun yana qo’shimcha
1 Qarang: Коституционное право зарубежных стран. М: “Норма”, 2010, стр. 234.
27
tadbirlar belgilab berilmoqda. 2012-yil 19-dekabrda saylov qonunchiligiga kiritilgan
o’zgartirish va qo’shimchalarga asosan, ishi sudda ko’rilguncha vaqtincha qamoq
joylarida o’tirgan fuqarolar ham ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega bo’ldi. Bu
umumiy saylov prinsipining yanada kengayganligini, aybsizlik prеzumpsiyasining
amaliy ifodasi bildiradi.
Saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar yig’indisi “saylov
korpusi” deb atalib, “saylov korpusi”ga kiruvchi fuqarolar soni, mamlakatdagi
fuqarolarning umumiy sonidan farq qiladi, kamroq bo’ladi, chunki qonuniy
cheklanganlar (yoshga qarab, sud yo’li bilan) barcha mamlakatlarda ham mavjud.
Sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan
fuqarolarning saylov huquqi vaqtincha to’xtatilib, ular ozodlikdan mahrum qilish
joyidan chiqishi bilan saylov huquqi hеch qanday harakatlarni amalga oshirish
nazarda tutilmasdan tiklangan hisoblanadi. Hozirgi kunda O’zbekiston
qonunchiligida o’tmishda bo’lgan (1959-yilgacha) saylov huquqidan mahrum qilish
jazosi yo’q. Sovet davrida 1959-yilgacha qilingan jinoyat uchun asosiy jazo bilan
birga qo’shimcha jazo sifatida, ma’lum muddatga saylov huquqidan mahrum qilish
jazosi mavjud edi.
3-§. Teng saylov prinsipi
Bu huquq Konstitusiyamizda va Prezident saylovi to’g’risidagi, vakillik
organlariga saylovi to’g’risidagi qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.
Konstitusiyaning 117-moddasi saylovchilarning o’z xohish-irodasini bildirish tengligi
kafolatlanishi, saylovlar teng saylov huquqi asosida o’tkazilishi belgilangan.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasida
saylov teng saylov huquqi asosida o’tishi, 3-moddasida har bir fuqaro bittadan
ovozga ega ekanligi belgilangan bo’lsa, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to’g’risida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to’g’risida”gi qonunlarning tegishlicha 3-moddasi “Teng saylov huquqi” – deb
nomlanib, unda:
“Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqеi, ma’lumoti, mashg’ulotining turi va
xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov huquqiga ega” – deb belgilangan. Bu qoidalar
asosan fuqarolar saylov huquqining tengligiga tegishli bo’lib, bu tenglik har bir
saylovchining bitta ovozga egaligini ta’minlashdir.
Tenglik prinsipining tariхda qo’pol ravishda buzilishiga yaqqol misol sifatida
o’tmishdagi yondoshuvni ko’rish mumkin. Jumladan, sobiq ittifoq davrida o’tgan
asrning 30-yillarida umuman teng bo’lmagan saylovlar mavjud bo’lgan. Bunda
davlatning “proletariat diktaturasi” mohiyatidan kelib chiqib ishchilar sinfi
(proletariat) uchun, dehqonlarga nisbatan saylovda katta imtiyoz berilgan. Ittifoq
vakillik organiga dehqonlardan 125 000 saylovchidan bir deputat saylansa,
ishchilardan 25 000 saylovchidan bir deputat saylangan. Ya’ni, bir ishchining ovozi
bеshta dеhqon ovoziga tеngashtirilgan.
Saylovchilardagi tenglikni faqat fuqarolarning tengligi bilangina
chegaramaslik, faqat shu asosda saylovlarga baho bermaslik kerak. Tenglik prinsipi
28
saylovda fuqarolar teng huquqligi doirasidan chiqib boshqa holatlarga ham
qo’llanilishi kerak. Tenglik prinsipi barcha saylov ishtirokchilari uchun bir xil,
imkoniyat yaratilishida ham o’z ifodasini topadi. “Bizning qonunchiligimizda saylov
kampaniyasining biron-bir ishtirokchisi uchun qandaydir alohida imtiyoz va
preferensiyalar berilmasligi belgilab qo’yilgan”1.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyotining dastlabki kunlaridan to hozirgacha
saylovladrni teng asosida o’tkazilishini ta’minlash borasida izchil ishlarni amalga
oshirib kelmoqda.
Masalan: Dastlabki davrlarda nomzod ko’rsatish huquqi davlat hokimiyati vakillik
organlariga va partiyalarga berilagan edi (fuqarolarga ham). Bu saylovlarda notenglikni keltirib
chiqarar edi. Siyosiy partiyalar nomzod ko’rsatish huquqiga ega bo’lish uchun saylovchilarning
imzosini to’plashi, vakillik organlariga esa hеch qanday imzo to’plamay nomzod ko’rsatishi
mumkin edi. Saylov kampaniyasi davrida ham siyosiy partiyalar bilan vakillik hokimiyati
organlarining imkoniyati har xil edi. Shuning uchun ham saylovda hokimiyat organlari tomonidan
nomzodi ko’rsatilib saylangan deputatlar ko’pchilikni tashkil etar edi. Amaldagi qonunchilikda
vakillik hokimiyati organlari tomonidan nomzod ko’rsatish tartibi bekor qilingan va faqat siyosiy
partiyalarda nomzod ko’rsatish huquqi qoldirilgan.
Mamlakatimizda hozirgi fuqarolik jamiyatini shakllantirish davrida saylovlarda
tenglikni ta’minlashga yanada ehtiyoj ortdi. “Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi”da saylovlarda raqobat kuchayayotganligi, saylovoldi tashviqotlarining
shakl va usullarini kengayib borayotgani ko’rsatiladi. “Shuning uchun saylov
qonunchiligida saylov kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish
jarayonida, deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish
mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan normalarni nazarda tutish
lozim” – deb qayd qilindi2.
Konsepsiya asosida saylov qonunlariga 2013-yil 19-dekabrda muhim
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi va ular saylovoldi tashviqotlarining
tushunchasini, olib borish shartlarini, ruxsat etilgan shakl usullarini qonun normalari
asosida belgilab qo’ydi. Natijada saylovdagi tenglik yanada kuchaydi.
Saylovlarda saylov ishtirokchilariga teng imkoniyat yaratishda ommaviy
axborot vositalarining o’rni alohidadir.
Qonunga asosan O’zbekiston Respublikasining ommaviy ahborot vositalari
saylovga tayorgarlikning borishi va saylov qanday o’tayotganligini yoritib boradilar.
Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishgan holda o’zlarida
nomzodlarni, siyosiy partiyalarni chiqishlari uchun efir vaqti ajratilishiga
ko’maklashadi. Bunday ishlar teng asosida bo’lishi uchun Markaziy saylov
komissiyasi ishtirokchilarni ommaviy axborotdan foydalanishining teng efir
vaqtlarini belgilab beradi.
1 Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T.: О’zbekistоn, 2010, 37-bet. 2 Karimоv I.A. – Shu asar. 39-bet.
29
Saylovlarning teng asosda o’tishi, saylov okruglarida (vakillik organlariga)
saylovchilar sonini bir xil bo’lishida, saylov uchastkalarini teng normada tuzilishida
ham o’z aksini topadi.
Ayrim manbalarda teng saylov huquqi fuqarolarning bir ovozga egaligi va
saylov okruglarini bir xil saylovlardan iborat normada tashkil etish bilan ta’minlanadi
deb ta’kidlanadi1. Buni e’tirof etish bilan birga teng saylovni ta’minlashda saylov
ishtirokchilariga bir xil, teng imkoniyat yaratilishini e’tibordan chetda qoldirmaslik
kerak.
4-§. To’g’ri va pog’onali saylov prinsipi
O’zbekistonda saylovlarni to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) o’tkazilishi
Konstitusiyaning 117-moddasida belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasida ham saylovlar to’g’ridan-to’g’ri
o’tkazilishi ko’rsatilgan.
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning
2-moddasi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasi “to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi” – deb
nomlanib, ularda Qonunchilik palatasining bir yuz o’ttiz besh deputati,
Kengashlarning barcha pog’onasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanishi
mustahkamlangan.
To’g’ridan-to’g’ri saylov ovoz berishda fuqarolarning bevosita, shaxsan
ishtirok etishidir. To’g’ridan-to’g’ri saylov orqali fuqarolar o’zlari bilgan, ishongan
nomzodiga, siyosiy partiyalarga ishonchini bildiradi va ularga shu mansab yoki
darajani loyiq deb hisoblaydi.
To’g’ridan-to’g’ri saylovlar orqali eng qo’yi vakillik organlari deputatlari ham,
oliy vakillik organlarining deputatlari ham, davlat boshlig’i – Prezident ham bevosita
fuqaro – saylovchilar tomonidan saylanadi. To’g’ri saylov mavjud bo’lganda
saylovchi bilan deputat, prezident o’rtasida bevosita hеch qanday oraliq
bog’lovchilarsiz, vositachilarsiz aloqa vujudga keladi. Saylanganlar fuqarolar,
saylovchilar oldida javobgar, mas’ul bo’ladi.
To’g’ri saylov natijasida fuqarolar barcha bo’g’indagi deputatlarni, Prezidentni
o’zlari istiqomat qilib turgan yashash joyidan saylaydi.
Lekin hozirga qadar ayrim mamlakatlarda to’g’ri saylovlarning aksi pog’onali
saylovlar ham qo’llaniladi, bu degani shunday saylovlar demokratiyaga zid degani
emas. Saylovlarni qaysi turini tanlashni, saylaydigan organlarning darajasiga,
mavqеiga qarab har bir mamlakatni o’zi hal qiladi.
Masalan, eng demokratik mamlakat hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida to’g’ri
saylov bilan birga pog’onali saylovlardan ham foydalaniladi. AQSh Prezidenti har to’rt yilda
saylovchilar tomonidan saylanadigan 438 kishi (saylovchi) tomonidan saylanadi. Ya’ni, Prezident
saylash uchun saylovchilar 438 vakilni saylaydi.2
1 Qarang: Избрательное право и избрательный процесс в РФ. М: “Норма”, 1999, стр-37. 2 Qarang: Баглай М.В. Коституционное право в РФ. М: “Норма”, 1998, 350 стр.
30
O’zbekistonda parlament – Oliy Majlis ikki palatali tuzilishida tashkil
qilingandan so’ng, quyi palata – Qonunchilik palatasining 135 ta deputati to’g’ridan-
to’g’ri saylov orqali, 15 tasi pog’onali saylov orqali va Senatning ko’pchilik qismi
pog’onali saylov orqali saylanish tartibi belgilanadi. Bu bilan saylov tajribamizga
pog’onali saylov prinsipi kirib keldi. Bu aslo demokratiyaga zid emas, aksincha uni
to’ldiradi, yuqorida tilga olingan organlarning a’zolarini tanlashni samarali vositasi
hisoblanadi.
Amaldagi saylov qonunchiligiga asosan Qonunchilik palatasining o’n bеsh
deputati O’zbеkiston ekologik harakatidan (bundan buyon matnda, Ekoharakat)
saylanadi. Bu 15 deputat Ekoharakatni hududiy tuzilmalarining vakillari ishtirok
etadigan Respublika anjumanlarida saylanadi. Ya’ni Ekoharakatning hududiy
tuzilmalari Qonunchilik palatasiga deputat saylash uchun vakillarini saylaydi.Ular o’z
navbatida 15 ta deputatni saylaydi.
Oliy Majlis Senati a’zolarining bir qismi, hududiy tuzilmalaridan teng
miqdordagi vakillar orqali saylanadi1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasiga asosan
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati a’zolari Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati
vakillik organlari deputatlarning qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan
yashirin ovoz berish yo’li bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi” – deb belgilangan.
Konstitusiyaning shu moddasiga binoan, saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan
hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan
O’zbekiston fuqarosi Senat a’zosi bo’lib saylanishi mumkin.
Konstitusiyasining 117-moddasiga asosan, Senat a’zolari Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati
va vakillik organlarining qo’shma majlislarida mazkur deputatlar saylangandan so’ng
bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning
II-qismi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shaklantirish” deb
atalib, uning normalari yuqoridagi Konstitusiya normalarini rivojlantiradi va Senat
saylovini boshqa jihatlarini tartibga soladi. Shu qonunning 55-moddasi Senat
a’zolarini saylash tartibi to’g’risidagi nizom ishlab chiqish vakolatini Markaziy
saylov komissiyasiga yuklagan. Shundan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasi
2004-yil 18-sеntyabrdagi 198-sonli qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida Nizom”ni tasdiqlagan. Keyinchalik
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari bilan unga bir necha o’zgartirishlar ham
kiritilgan. Хususan, ushbu Nizomga Markaziy saylov komissiyasining 2005-yil 4-
yanvardagi 240-sonli va 2006-yil 14-aprеldagi 270-sonli qarorlari bilan bir qator
o’zgartishlar kiritilgan.
Konstitusiya va boshqa qonun hujjatlariga asosan Senat hududiy vakillik
palatasi. Uning a’zolari fuqarolar saylagan deputatlar tomonidan saylanadi. Bunday
1 Senatning 16ta a’zоsi О’zbekistоn Respublikasi Prezidenti tоmоnidan tayinlanadi.
31
saylov natijasida Senat a’zolari bilan fuqaro o’rtasida bir tabaqa (mahalliy vakillik
organlari deputatlari) mavjud.
Lekin Senat a’zolar bilan saylovchilar o’rtasida bir tabaqani mavjudligi fuqaro
va Senat a’zosini aloqasini mutlaqo yo’qqa chiqarmaydi. Senat a’zosi Senat a’zoligi
davrida ham tegishli Kengash deputati bo’lib qolaveradi va deputatlik vazifasini to’la
bajaradi va saylovchilar oldida ma’suliyatdan ozod bo’lmaydi. Bundan tashqari Senat
a’zosini tegishli asoslar mavjud bo’lib, muddatdan avval chaqirib olish masalasi
qo’yilsa, chaqirib olish uni mahalliy Kengash deputati saylangan okrugidan chaqirib
olinadi.
Demak, O’zbekiston saylov tizimida saylov huquqining asosiy prinsiplaridan
hisoblangan to’g’ridan-to’g’ri saylov bilan birga, pog’onali saylov ham mavjud
bo’lib u Qonunchilik palatasiga Ekoharakatdan 15 ta deputat saylashda va Senat
a’zoligiga hududiy tuzilishlardan a’zo saylashda qo’llaniladi.
5-§. Yashirin ovoz berish va saylovlarda oshkoralik
Saylovlarda adolatni ta’minlash vositalaridan biri ovoz berishni yashirin
bo’lishidir. Saylovlar yashirin ovoz berish orqali o’tkazilishi Konstitusiyaning 117-
moddasida belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi
Qonunning 1-moddasida yashirin ovoz berish orqali Prezident saylanishi qayd
qilingan bo’lsa, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi
Qonunning 5-moddasiga va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to’g’risida”gi Qonunning 5-moddasi “Yashirin ovoz berish” deb nomlanib
ularga asosan deputatlar saylovida yashirin ovoz beriladi.
Yashirin ovoz berish saylov huquqini asosiy prinsipi bo’lishi bilan birga
demokratik saylovni asosiy xususiyati, ajralmas sharti va saylovchilarning mutloq
huquqi (imtiyozi) hisoblanadi 1 . Yashirin saylov faqat deputatlar saylovida emas,
boshqa saylovlarda ham qo’llaniladi. Bular haqida ham alohida to’xtalamiz.
Yashirin ovoz berish saylovda ovoz berishning eng maqbul usuli hisoblanadi.
Yashirin saylovda saylovchi hеch qanday tashqi ta’sirga berilmay, tashqi ta’sirdan
mutlaqo holi ravishda, hеch kimga ko’r-ko’rona ergashmay ovoz beradi. Ovoz berish
natijasi uni o’zidan boshqa hеch kimga ma’lum bo’lmaydi. Bu saylovchining
keyinchalik turli ta’qiblarga uchrashini oldini oladi.
Yashirin ovoz berish qonun va boshqa hujjatlarda belgilangan turli qoida va
tartiblar orqali kafolatlanadi. Saylov qonunchiligiga asosan ovoz berish yashirin
xonalarda amalga oshirilishi, saylovchi byulleten bilan tanishganda saylov
kabinalarida undan boshqa hеch kim (saylov komissiyasi a’zolari, kuzatuvchilar)
bo’lmasligi kerak. Ovoz berish kabinalari duch kelgan joyda emas byulleten olgandan
so’ng, saylov qutisiga borguncha yo’lda bo’lishi, saylovchi albatda undan o’tishi
kerak. Faqat saylovchi saylov byulleteni bilan tanisha olish imkoniyatiga ega
bo’lmasa, o’z xohishi bilan byulletenni to’ldirishda biror kishining yordamidan
foydalanishi mumkin. Yana bular saylov komissiyasi a’zolari, kuzatuvchilar
bo’lmasligi kerak. Saylovchi ovoz berib bo’lgandan keyin ham uning kimga ovoz
1 Qarang: http://lawbооks.news/pravо-kоnstitutsiоnnоe/kоnstitutsiоnnоe-pravо-rоssiyskоy.html
32
berganligini hech kim so’rashi mumkin emas. Saylov byulletenlariga hech qanday
belgi, raqam komissiya tomonidan qo’yilmaydi.
Ovoz berishni yashirinligi, muddatdan oldin ovoz berilganda ham,
nogironlarga, kasallarga maxsus saylov qutisi olib borilganda ham ta’minlanadi.
Yashirin ovoz berish faqat umumiy saylovlardagina qo’llanilmay,
Ekoharakatdan uning konfеrеnsiyasida 15 deputat saylanganda, shuningdek, mahalliy
vakillik organlarining Senat a’zolarini saylashga bag’ishlangan qo’shma
majlislaridagi saylovda ham qo’llaniladi.
Yashirin ovoz berish parlamentning turli organlari, mansabdor shaxslarni
saylash faoliyatida ham qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi
Spikeri Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan Qonunchilik palatasi deputatlari
tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi hamda lavozimidan muddatdan
avval chaqirib olinadi.
Senat Raisi Senat a’zolari orasidan Senat majlisida yashirin ovoz berish yo’li
bilan lavozimiga saylanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Palatalar o’z vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham yashirin ovoz berish
yo’li bilan hal qilish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Yuridik adabiyotlarda, manbalarda yashirin ovoz bilan birga oshkoralik degan
so’z ko’p uchraydi. Shuning uchun ba’zan savol ham tug’ilib turadi: yashirin nima?,
oshkoralik nima? degan.
Yashirin bu faqat ovoz berishgagina taalluqli xususiyat. Ovoz berishgina
yashirin amalga oshiriladi. Saylovdagi boshqa barcha masalalar oshkora o’tkaziladi.
Oshkora o’tmagan saylovlar, tayyorgarlik oshkora olib borilmasa, bunday saylovlarni
demokratik deb hisoblanmaydi.
Shuning uchun oshkoralikni ham saylovning muhim prinsiplaridan desa
bo’ladi.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 5-
moddasi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi
qonunlarning 6-moddasi saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishdagi
oshkoralikka bag’ishlangan bo’lib, ularda oshkoralikni ta’minlovchi, namoyon
etuvchi shartlar, talablar mustahkamlangan.
Shu moddalarning qoidasiga ko’ra saylovlarga tayyorgarlik ko’rish hamda
o’tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishdagi oshkoralik quyidagi tadbirlar
orqali amalga oshiriladi:
Birinchi, saylov komissiyalarining ishlari, saylov okruglarini va
komissiyalarini tuzilganligi, komissiyalarning tarkibi, ularning joylashgan еri va ish
vaqti saylovchilarga ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinadi; ikkinchi,
saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning dasturlari, nomzod ko’rsatish
faoliyati, nomzodlarni ro’yxatga olish va ular haqidagi ma’lumotlar, nomzodlar bilan
tashkil qilinadigan uchrashuvlar haqida ma’lumot ommaviy axborot vositalari orqali
xabar qilinadi, nomzodlar va ularning vakillarini ommaviy axborot vositalarida
chiqishlari tashkil qilinadi; uchinchi, saylovchilarning ro’yxati tuzilganligi, qaysi
saylovchi qanday raqamda ro’yxatga kiritilganligi ko’rsatilgan xabarnoma va ovoz
33
berish manzili va vaqti ko’rsatilgan taklifnomalar barcha saylovchilarga uchastka
saylov komissiyalari tomonidan еtkaziladi; to’rtinchi, ovoz berish yakunlari haqida
saylovchilarga ma’lumot OAV orqali еtkaziladi; beshinchi, saylovga tayyorgarlik
ko’rish va uni o’tkazishga bog’liq barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz
berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzod ko’rsatgan
siyosiy partiyalardan, Ekoharakatdan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot
vositalarining vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan
kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega.
Bundan tashqari saylov to’g’risidagi qonunlarning 171-moddasiga asosan
saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqish vaqtida nomzod ko’rsatgan siyosiy
partiyalarning vakolatli vakili ishtirok etadi.
Saylovlarni tayyorlash va o’tkazishda oshkoralik prinsipi, saylovlarni qonuniy
va adolatli o’tishini ta’minlovchi eng muhim vosita bo’lishi bilan birga, saylovlarning
qonuniy, xalqaro talablar buzulmasdan o’tishini va uning asosida o’tkazilgan
saylovlarni chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishiga ham sabab
bo’ladi.
6-§. Saylovlarda ixtiyoriylik va erkinlik
Bu ikki tushuncha alohida-alohida ham, birgalikda ham demokratik
saylovlarning muhim sharti hisoblanadi. Fuqaro erkin bo’lsa, o’z iхtiyori o’zida
bo’lsa xohish irodasini ham erkin bildira oladi.
Fuqaro erkinligi daхlsiz ekanligi xalqaro hujjatlarda, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 19-moddasida belgilangan bo’lsa, 20-moddada
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning
huquqlari va erkinliklariga putur еtkazmaslik shartlari mustahkamlangan.
Konstitusiyaning 117-moddasida ham “fuqaroning o’z xohish- irodasini
bildirish erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” deb belgilangan. Agar Konstitusiyaning
19-, 20-moddalaridagi qoidalar umuman fuqaro, shaxs erkinligiga taalluqli bo’lsa,
117-modda qoidasi saylovda fuqaroning xohish-irodasini bildirishdagi erkinlikni
Konstitusiyaviy darajada mustahkamlaydi.
Saylovlardagi erkinlik va ixtiyoriylik faqat ovoz berishda, xohish-irodani
bildirishda emas, saylovning barcha tadbirlarida amal qiladi.
Masalan: faqat fuqaro xohishi bo’yicha siyosiy partiyalardan nomzod sifatida ko’rsatilishi,
nomzodni ishonchli vakili, siyosiy partiyalarning vakolatli vakili, kuzatuvchi, saylov komissiyalari
a’zosi bo’lishi mumkin. Fuqaro xohlasa, saylov oldi uchrashuvlarda ishtirok etishi, xohlamasa,
ishtirok etmasligi mumkin.
Fuqaroning saylovda erkin, iхtiyoriy ishtiroki, ovoz berishda ayniqsa yaqqol
namoyon bo’ladi. Ovoz berish huquq ekan, o’z-o’zidan u iхtiyoriy bo’lishi kerak.
Shuning uchun ba’zida xatto OAVda ham uchrab turadigan saylovda ishtirok etish
fuqarolarning burchi degan so’zlar mutlaqo haqiqatga to’g’ri kelmaydi.
Saylovda ovoz berishda ishtirok etish uchun majburlash, qatnashmaganlik
uchun ta’qib qilishlik qonun bilan taqiqlanadi.
34
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 147-moddasi “Saylov
huquqining yoki ishonchli vakillar vakolatlarini amalga oshirishiga to’sqinlik qilish”
– deb atalib, unda fuqarolarning saylash va saylanish, targ’ibot olib borish
huquqlarini erkin amalga oshirilishiga zo’rlik ishlatish, qo’rqitish, aldash yoki
og’dirib olish bilan to’sqinlik qilish jazolanishi belgilangan 1 . Bu esa saylovda
ixtiyoriy ishtirok etishning ta’minlashni muhim vositasidir.
O’zbekistonda saylovda, ovoz berishda ishtirok etmaganlik uchun hech qanday
chora, jazo ko’rish tartibi yo’q. Ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda saylovlarda
ishtirok etmaganlik uchun ayrim choralar ko’rish tartibi bor. Ayrim mamlakatlarda
saylovda ishtirok etishning majburiyligi belgilangan.
Jumladan, Italiya Konstitusiyada saylovni amalga oshirish fuqarolik burchi deb belgilangan,
uning qonunchiligida bunday holat yuz bersa jamoat izzasi qo’llanilishi belgilangan. Ayrim
mamlakatlarda saylovda ishtirok etmaganlik uchun turli choralar ko’rilishi belgilangan.
Avstraliyada saylovda ishtirok etmaslik uchun jarima solish nazarda tutilgan. Gretsiya va Turkiyada
saylovda ishtirok etish majburiyat hisoblanib, ovoz berishda ishtirok etmagan fuqaro ozodlikdan
mahrum etilishi ham mumkin. Saylovni burch sifatida belgilash va majburiy tus berish Belgiya,
Gollandiya ayrim Lotin Amerikasi davlatlarida ham mavjud2.
Ayrim mamlakatlarda saylov ishtirok etish majburiyat ekanligi shu
mamlakatlarda “absenteizm”ning mavjudligidir 3 . Saylov madaniyatining pastligi,
saylov natijalariga qiziqmaslik, fuqarolarni saylovlarda ishtirok etmasligiga sabab
bo’ladi.
Bundan tashqari norozilik, hukumatni olib borayotgan siyosatiga
qo’shilmaslik, ovoz berish natijasini qalbakilashtirilishiga bo’lgan ishonch
saylovlarda fuqarolarning ishtirok etmasligiga olib keladi. Shunga qarshi fuqarolarni
saylovda ko’prok ishtirokini ta’minlash maqsadida yuqoridagi davlatlarda majburiy
ovoz berish o’rnatilgan.
O’zbekistonda saylovlarda ishtirok etish iхtiyoriy bo’lsada fuqarolar faollik
bilan ishtirok etib kelmoqdalar.
Saylovlarni haqiqiy bo’lishi uchun 33% lik chegara belgilangan bo’lsa-da,
saylovlarda ro’yxatga olinganlarning mutloq ko’pchiligi ishtirok etadi.
2014-yil 21-dekabrda mamlakatimizda bo’lib o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi, viloyat, tuman va shahar
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda saylovchilar ro’yхatiga 20 million
789 ming 572 nafar saylovchi kiritilgan bo’lsa, shularning 18 million 490 ming 245
nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 88.94 foizini tashkil etadi.4
7-§. Saylov sеnzlari
“Sеnz” atamasi aslida cheklash ma’nosini bildirib, saylov huquqida ham
cheklash ma’nosida ishlatilsa-da, uning ma’nosi ancha kengroq.
1 О’zbekistоn Respublikasi Kоdekslari. T.Adоlat., 2013, 56-57-betlar. 2 Bular haqida qarang: Албастров И.А Конституционное право зарубежных стран. М.: 2009, стр-264. 3 Azizxо‘jaev A. va bоshqalar. Kоnstitusiyaviy huquq (izоhli lug‘at) T.: Sharq, 2001, 14-bet. 4 Xalq sо‘зi gaзetasi, 2014-yil, 26-dekabr.
35
Saylоv huquqiga ega bо‘lish va amalga оshirish uchun kоnstitutsiya va
saylоv qоnunlari bilan о‘rnatilgan shart-saylоv senzidir, degan ta'rif saylоv
senzi ma'nоsini tо‘larоq оchadi.
Turli mamlakatlarning saylov tizimida turli tuman saylov sеnzlari mavjud
bo’lgan va hozir ham mavjud.
Masalan, yosh, fuqarolik, savodxonlik, mulkiy, o’troqlik, jinsiy, irqiy, xizmat faoliyati, til,
diniy sеnzlar. Olib borilgan uzoq va kuchli demokratik kurashlar natijasida hozirgi zamon saylov
tajribasida bu sеnzlarning ba’zilari umuman qo’llanilmaydi, yoki qo’llanish doirasi qisqargan.
Uzoq vaqt mavjud bo’lgan sеnzlardan biri mulkiy sеnz bo’lib, u saylovda qatnashish
huquqiga ega bo’lish uchun ma’lum mulklarni, AQShda ko’chmas mulkka ega bo’lish, ma’lum
summa soliq to’lashi shart bo’lib, 1964-yilgacha AQShning ba’zi shtatlarida saylovchilardan ovoz
berish uchun soliq to’lash talab etilgan. Hozirgi davrda to’g’ridan-to’g’ri mulk sеnzi demokratik
davlatlarda yo’q, lekin ayrim mamalakatlarda saylovda ishtirok etish uchun ma’lum miqdorda garov
qo’yish tartibi mavjud.
Uzoq vaqt saylov o’tkazishda jinsiy sеnz mavjud bo’lib, saylovlarda ishtirok etish
huquqidan erkaklar imtiyozli foydalanishgan. 1917-yilgacha juda kam sonli mamlakatlarda
(Avstriya, Daniya, Ispaniya, Yangi Zellandiya va Norvegiyada) ayollar aktiv saylov huquqidan
foydalangan. Ayollarning siyosiy hayotdan, ovoz berishdan chetlatilishi, ularning oiladagi ishtiroki
muhim degan qoida bilan izohlangan. Angliyada 1918-yilda, AQShda 1920-yilda, Fransiyada 1944-
yilda, Italiya va Yaponiyada 1945-yilda eng demokratik mamlakatlardan hisoblanuvchi
Shvesariyada esa 1971-yilda ayollar ovoz berishda ishtirok etishadigan bo’ldi
Saylov tizimida savodxonlik sеnzi ham mavjud bo’lib, u aholini savodsizligi
byulletenlarni mustaqil to’ldirish imkonini bermaydi, byulleten to’ldirishga
boshqalarni jalb qilish esa, yashirin saylovlarga zid deb asoslanar edi. Ba’zi
mamlakatlarda oxirgi paytlarda qabul qilingan konstitusiya va qonunlarda bu sеnz bir
muncha takomillashtirilib o’rnatilgan.
Masalan, 1998-yilgi Ekvador konstitusiyasida savodxonlar (o’qish, yozishni biladiganlar)
saylovda albatta ishtirok etishi, savodsizlar ixtiyoriy ishtirok etishi belgilandi. Umuman bu sеnz
ko’pgina mamlakatlarning qonunchiligidan olib tashlanmoqda va saylovda ishtirok etuvchilar soni
ko’payib bormoqda. Masalan, 1980-yilda Peruda bo’lgan saylovda bu sеnzning olib tashlanishi
natijasida mamlakat bo’yicha 857 ming saylovchi ovoz berishda ishtirok etgan.
Xorijiy mamlakatlarda ancha keng tarqalgan sеnzlardan biri o’troqlik sеnzidir.
Bu еrda gap aktiv saylov huquqidagi o’troqlik sеnzi haqida ketmoqda. Bu sеnz
natijasida ko’plab fuqarolar ayniqsa mavsumiy ish bilan shug’ullanuvchilar
saylovlarda ishtirok eta olmaydilar.
Ayrim mamlakatlarda jumladan, Gollandiya va Turkiyada hamda asosan Lotin
Amerikasi davlatlarida (Peru, Panama, Argentina, Braziliya, Meksikada) harbiylar
saylovda ishtirok ettirilmaydi. Bu armiya siyosatdan tashqarida degan Konsepsiya
bilan asoslantiriladi. Shu mamlakatlarning ba’zilarida polisiyachilar, turli (qamoq)
xizmatdagilar ham saylovda ishtirok etmaydi.
36
Ayrim mamlakatlarda diniy tashkilot xizmatchilari ham saylovda ishtirok
etmaydi. Bu diniy sеnz natijasidir. Bu cherkov va davlat ajratilgan degan prinsip
bilan isbotlanadi.
Ayrim mamlakatlarning qonunchiligida ayrim toifadagi fuqarolarni saylov
huquqidan mahrum qilish asoslari belgilangan, aniqrog’i, saylov huquqidan sud
qarorlariga asosan mahrum qilinishi mumkin. Bunday fuqarolar toifasiga turmalarda
jazo o’tayotgan siyosiy huquqlardan mahrum qilinganlar, bankrotga uchraganlar,
davlat g’aznasidan qarzdorlar kiradi. Bundan tashqari “ahloqiy” sеnzlar ham mavjud
bo’lib, uning asosida daydilar, alkagollar (narkomanlar), ota-onasiga xurmatsizlik
qilganlar saylovda ishtirok etmaydi. (Meksika Konstitusiyasi 38-modda).
Deyarli barcha mamlakatlarda yosh sеnzi bo’lib (aktiv va passiv siyosiy huquqda),
dastlabki davrlarda juda yuqori o’rnatilgan va buning natijasida aholining ko’pchilik qismi
saylovlardan chetlatilgan. Olib borilgan kurashlar natijasida yosh sеnzi pasaytirilgan, natijada
Angliya va Germaniyada 1970-yil, AQShda 1971-yil, Fransiyada 1974-yil, Italiyada 1978-yilda
aktiv saylov huquqi 18 yosh qilib belgilangan1.
Umuman saylov sеnzlari aktiv saylov huquqi uchun alohida, passiv saylov
huquqi uchun alohida, yoki ikkalasi uchun bir xil bo’lishi mumkin.
O’zbekiston saylov tizimida ham saylov sеnzlari mavjud va ular aktiv saylov
huquqi uchun alohida, passiv saylov huquqi uchun alohida belgilangan.
Aktiv saylov huquqida (saylash huquqiga ega bo’lishda) sеnzlar quyidagilardan
iborat:
1. Fuqarolika ega bo’lish;
2. Ma’lum yoshga – 18 yoshga to’lgan bo’lish;
3. Muomala layoqatiga ega bo’lish;
4. Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni o’tamayotgan bo’lish.
5. Passiv saylov huquqida (saylanishda) quyidagi sеnzlar mavjud:
6. Fuqarolik;
7. Yosh sеnzi. Ma’lum yoshga to’lgan bo’lishlik – Prezident bo’lib saylanish
uchun 35 yosh, mahallliy davlat organlariga deputat bo’lib saylanish uchun 21 yosh,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senatga saylanish uchun 25 yoshga
to’lgan bo’lish.
8. O’troqlik sеnzi – deputat va Senator bo’lib saylanish uchun oxirgi besh yil
ichida O’zbekistonda muqim yashagan bo’lish, Prezidentlikka saylanish uchun esa
oxirgi o’n yil ichida O’zbekistonda muqim yashagan bo’lish.
9. Til bilish sеnzi – bu faqat Prezidentlikka saylanuvchilarga nisbatan tadbiq
etiladi.
10. Muomala layoqatiga ega bo’lish.
11. Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazo o’tamayotgan bo’lish.
1 Shu bandni yozishda kо‘rsatkichlar va raqamlar “Конституционное право зарубежных стран” darsligidan (M.
“Норма”, 2010, 232-237-betlar) оlindi.
37
Bulardan tashqari saylov qonunchiligida Prezidentlikka nomzod uchun,
deputatlikka va Senator bo’lib saylanadiganlar nomzodi uchun ba’zi talablar, shartlar
ham qo’yiladi. Bular haqida darslikning 10-mavzusida keng va atroflicha to’xtalinadi.
Xulosa
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqlari sifatida vujudga kelib,
rivojlanib bormoqda va saylov fuqaro, jamiyat hayotida muhim rol o’ynamoqda.
Fuqarolar hayotida shunchaki saylovlar emas, demokratik saylovlar, muhim
tashkilotchilik, yaratuvchilik vazifasini o’tovchi saylovlar alohida ahamiyat kasb
etadi. Saylovlarning demokratik o’tishida turli davrlarda fuqarolarning kurashi, qat’iy
talabi natijasida vujudga kelgan va rivojlanib, kengayib borayotgan saylov prinsiplari
muhim rol o’ynaydi. Bu prinsiplar umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri, yashirin ovoz
berish prinsiplari bo’lib ular, xalqaro hujjatlarda mustahkamlanib, umum e’tirof
etilgan prinsiplar doirasiga ko’tarilgan. Saylovlarning yanada takomillashuviga,
demokratlashuviga ularni faqat shu prinsiplarda o’tkazilishining o’zi еtarli bo’lmay
qoldi. Xozir umum e’tirof etilgan saylovlarni oshkora o’tishi, xohish iroda bildirish
ixtiyoriyligi asosiy prinsiplar qatoriga qo’shildi.
O’zbekiston Respublikasi yuqoridagi prinsiplarni o’z konstitusiyasi va
qonunlarida mustahkamlash bilan birga har bir saylovda ularning qo’llanilishini
kengaytirish choralarini ko’rib bormoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
saylov huquqining umumiy prinsiplarini saylovlarda qo’llash kengayib bormoqda.
Mamlakatimizda o’ziga xos saylov tizimi mavjud bo’lib, Ekoharakatdan qonunchilik
palatasiga deputat saylash va Oliy Majlis Senatini saylash tartibi, saylov tizimimizni
pog’onali saylovlar bilan boyitdi. Saylov qonunchiligida o’rnatilgan “saylov sеnzlari”
demokratik prinsiplar va talablarga zid emas. Ular saylovlarni sifatli o’tkazish,
tegishli lavozim va o’rinlarga munosib shaxslarni saylanishini nazarda tutadi.
Nazorat uchun savollar.
1. Dunyoda saylov huquqi prinsiplari orasida yashirin ovoz berish prinsipi
o’zining alohida prinsip ekanligi bilan ajralib turadi.
Yashirin ovoz berish prinsipi nima uchun demokratik saylovni asosiy sharti
hisoblanadi? Ushbu prinsipning boshqa prinsiplar bilan qiyosiy tahlil qilib,
muxokama qiling.
2. Saylovlarda “sеnz” tushunchasi mavjud. Ushbu atamaning dunyoda, har bir
mamlakatda turli ko’rinishlari mavjud.
O’zbekistonda o’tkaziladigan saylovlarda qanday “saylov sеnzlari”
qo’llaniladi? Unga huquqiy baho bering hamda boshqa mamlakatlardagi “saylov
sеnzlari” bilan qiyosiy tahlil qiling.
3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylovlarini kuzatishga
kelgan Bruney Sultonligi Oliy yuridik akademiyasi professori Shayx Subhiddin
Salmon mamlakatda olib borilayotgan saylov kampaniyalari bilan tanishib chiqar
ekan, Markaziy saylov komissiyasi mas’ul xodimidan saylov instituti rivojlanish
tarixi va mazkur jarayonning O’zbekiston sharoitida qay tarzda amalga
oshirilayotganligi hamda davlat hokimiyatini tashkil etishda demokratik saylov
tizimining tutgan roli haqida еtarli axborot berishini so’radi.
38
Mazkur vaziyatda siz Shayx Subhiddin Salmonning davlat boshqaruv shakli
meros tariqasida o’tadigan Bruney Sultonligi fuqarosi ekanligini hisobga olgan
holda, unga saylovlarning davlat hayotida tutgan o’rnini izohlab, uning savollariga
javob bering.
4. Siz ta’lim olayotgan oliy o’quv yurti rahbariyati tomonidan “O’zbekiston
Respublikasida saylov tizimining o’ziga xos xususiyatlari” nomli mavzuda Toshkent
shahrining o’rta maxsus ta’lim muassasalarida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib
boruvchi guruhga biriktirib qo’yildingiz. O’quvchilar sizdan O’zbekiston
Respublikasida mavjud parlament, prezidentlik, mahalliy kengashlar, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkaziladigan saylovlarning o’ziga xos
xususiyatlari haqida ma’lumot berishingizni so’rashdi.
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib, davlat hokimiyati tizimida saylovlarning
tutgan o’rni va ahamiyatini yoritish nuqtai-nazaridan o’quvchilarning savollariga
javob bering.
3-mavzu. Saylov huquqi institutini shakllanishi va rivojlanishi
Sobiq tuzum davrida saylov. Mustaqillikka erishishda saylovlarning roli.
Saylov qonunchiligini takomillashib borishi. Saylovlarni jamiyat hayotidagi
vazifasi va ahamiyati. Saylov turlari. Saylov demokratiya ifodasi, saylovlarni
e’tirof etish.
Mavzuda sobiq sovet tuzumi davridagi saylov qonunchiligni faqat qog’ozda
demokratik hisoblanganligi, bir partiyaning manfaatlarini namoyon etgani;
mustaqillikka erishishda saylovlardan to’g’ri foydalanganlik, muqobil saylovlarni
vujudga kelishi; saylov qonunchiligini xalqaro va milliy tajribalar asosida
takomillashtirilishi natijasida saylov institutini shakllanishi va rivojlanishi;
saylovlarning ijtimoiy hayotdagi vazifasi va roli, saylov turlari, saylov demokratiya
ifodasi ekanligi, demokratiya bilan chambarchas bog’liqligi, saylovlarning e’tirof
etilishi va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
1-§. Sobiq tuzum davrida saylov
Saylovlar insoniyat tarixidagi qadimiy institutlardan (hodisalaridan)
hisoblanadi. Uning eng oddiy shakllari hali davlat paydo bo’lmasdan vujudga kelgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida urug’ qabila boshliqlarini saylashda saylovlardan
foydalanilgan. Albatta u vaqtdagi saylovlar aniq hujjatlarda mustahkamlanmasdan
odat normalariga asoslangan.
Jamiyat taraqqiyoti, o’zgarishi ijtimoiy munasabatlarini takomillashib borishi
bilan saylovlar ham takomillashib bordi. Ijtimoiy hayotning ajralmas hodisa-
voqеalariga, huquqiy institutlariga aylandi.
Saylovlar demokratiyaning ajralmas qismi, xususiyati sifatida burjua tuzumida
yaqqolroq namoyon bo’la boshladi. Mamlakatlar taraqqiyotida muhim rol o’ynagan
parlamentlarni vujudga kelishida, davlat boshlig’ining avloddan avlodga o’tish
holatlariga barham berilishi va prezidentlik institutlarini vujudga kelishida saylovlar
muhim rol o’ynadi. Shu bilan birga saylovlarning o’zi ham takomillashib bordi.
39
Uning prinsiplari rivojlanib xalqaro ahamiyat kasb eta boshladi. Saylov huquqi milliy
qonunlarda mustahkamlanishi bilan cheklanmay, xalqaro hujjatlarda ham
mustahkamlanadigan bo’ldi.
Sovet tuzumi o’rnatilgach shakllantirilgan saylov tizimi dastlab to’laligicha shu
zo’ravon tuzumga mos ravishda tashkil qilindi. Tuzumning dastlabki davrlarida
(1936-yilgi Konstitusiya qabul qilingunicha) saylov huquqida katta cheklashlar,
alohida imtiyozlar o’rnatildi. Aholini kelib chiqishiga qarab (ekspluatator sinfiga
mansublar) saylov huquqidan mahrum qilindi. Ishchilar sinfiga dehqonlarga nisbatan
katta imtiyozlar berildi. Ovoz berishda yashirin ovoz berishning aksi ochiq ovoz
berish qo’llanildi.
1936-yilgi SSSR konstitusiyasida rasman dunyoda tan olingan umumiy, teng,
to’g’ri saylov prinsipi, yashirin ovoz berish mustahkamlab qo’yildi. Lekin saylov
huquqidan cheklash holatlari (qonun asosida) turli yo’llar bilan amalga oshirilib
kelindi. 1959-yilgacha sud hukmi bilan saylov huquqidan mahrum qilish jazosi
qo’llanib kelingan.
1977-yilgi SSSR Konstitusiyasida, 1978-yilgi O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasida saylovning demokratik prinsiplari rasman saqlanib qolindi. Lekin
Sovet tuzumi saylovlardan o’z manfaati yo’lida foydalanishning ko’plab yo’llaridan
foydalanishni davom ettirib keldi.
Oliy hokimiyat organlariga ham, mahalliy hokimiyat organlariga ham saylovlar
to’la asosda kommunistik partiya nazoratida o’tar edi. Partiya organlari qaysi organ
tarkibi qanday bo’lishini avvaldan belgilab berar edi. Sovetlarning vakillik xarakteri
tarkibi sun’iy ravishda tashkil qilinar edi. Har bir sovetda deputatlarning qanchasi
partiya a’zosi, qanchasi partiyasiz, qanchasi erkak, qanchasi ayol, qaysi millat
vakillari qancha, qanday yoshdagi kishilar qancha bo’lishi oldindan belgilab qo’yilar
edi. Saylovlar esa shu belgilangan ko’rsatkichlarni shakllantirib berar undan
tashqariga chiqa olmas edi. Eng muhimi sovet tuzumi davrida deputatlik ayrim
mansablarga albatta qo’shimcha sifatida mavjud beriladigan unvon edi. Ministr
albatta deputat bo’lishi, har xil rahbar xodimlar albatta deputat bo’lishi shart edi.
Eng muhimi sovet davridagi saylovlarda saylovlarni muhim xususiyati tanlash
huquqi umuman bo’lmagan. Sovet davridagi o’tkazilgan biror bir saylov muqobillik
asosida o’tkazilmagan. Har bir okrugda avvaldan tanlangan nomzod ovozga
qo’yilgan va saylangan. Saylovchi ovozi hеch narsaga ta’sir etmagan.
XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmida SSSRda boshlangan qayta qurish,
siyosiy tizimni isloh qilish, saylovlarning takomillashtirilishi zarurligini ko’rsatdi.
Demokratik chiqishlar, xalqaro hamjamiyatning ta’siri natijasida saylovlarni
demokratlashtirishga qaratilgan harakatlar amalga oshirildi. Mahalliy vakillik
organlariga 1987-yilda o’tkazilgan saylovlarda ekspеriment sifatida saylovlar
o’tkazildi va muqobillik asosida deputat saylash, deputat bilan birga deputatni
o’rinbosarlarini saylash tartibi joriy qilindi. Toshkent viloyatining Kommunistik
(hozirgi Yuqori Chirchiq) tumanidagi “Bordonko’l” qishloq sovetiga 21 okrugdan
110 deputat 142 ta nomzod orasidan saylandi. Bu O’zbekistonda birinchi muqobillik
40
asosida o’tgan saylov edi1. Lekin bular cho’kayotgan odamni cho’pga tarmashishi
kabi holatga o’xshardi. Mutlaqo saylov tizimini o’zgartirmasdan hеch narsaga erishib
bo’lmasligi haqiqatga aylanib bordi. Natijada SSSRda, keyinchalik ittifoqchi
respublikalarda saylovga taalluqli o’zgartirishlar qo’shimchalar qonunlarga kiritila
boshladi.
SSSR Konstitusiyasiga kiritilgan qo’shimchaga asosan yangi oliy vakillik
organi – xalq deputatlari s’ezdi tashkil qilinishi ko’zda tutilib uni saylash tartiblari
belgilandi.
Unga asosan SSSRning eng oliy vakillik organi – 2250 deputatdan iborat: - xalq deputatlari
s’ezdi bo’ldi. Uning 750 ta deputati ittifoq bo’yicha teng saylovchilar miqdoridagi bir mandatli
saylov okrugidan umumiy, teng, to’g’ri saylov huquqi asosida saylandi. 750 deputat ittifoqchi
respublikalar, avtonom oblast va avtonom okruglardan teng miqdorda saylandi. 750 deputat esa
yirik jamoat birlashmalaridan ajratilgan kvotalar (deputatlar soni) asosida saylanadi. S’ezdga
umumiy saylovlar (750 deputat) birinchi marta muqobillik asosida o’tkazildi. Aytish mumkinki
muqobillik asosida saylov o’tkazilishi natijasida oliy vakillik organlariga birinchi marta yuqoridan
tanlangan emas, xalq ishonchini qozongan kishilar deputatlikka saylandi va ular kommunistik
partiyaning yakka hukumronligini yo’q qilish, shaxs erkinliklarini ta’minlash, boshqaruv tizimini
o’zgartirish uchun o’z hissalarini qo’shdi.
2-§. Mustaqillikka erishishda saylovning roli
Mustaqillikka erishishda saylovlarning roli deb mavzuni nomlashimizning
sababi esa, hali mustaqillikka erishilmasdan sobiq ittifoq tarkibida turgan
vaqtimizdayoq, saylov qonunchiligimizni takomillashtirish masalasi boshlangan
bo’lib, bu ittifoqning roziligisiz qilingan dastlabki ishlardan edi.
2015-yil 29-mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqеa - O’zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеntligiga saylov bo’lib o’tdi. Har tomonlama yuqori saviyada,
muqobillik asosida o’tgan bu saylov mamlakatimizni dеmokratik rivojlantirish
yo’lida yana bir muhim, hal qiluvchi bosqich bo’ldi2. Bu yutuqlar “Kеcha kim edigu
bugun kim bo’ldik?” savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini chuqur tasavvur
etishimizni taqazo etadi.
2016 yil O’zbekiston xalqi uchun yana bir sinov yili bu'ladi. Halqimiz og’ir
judolikka uchrab – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Abdug’anievich Karimov bevaqt hayotdan ko'z yumdi. Shu munosabat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi
boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining qarori qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 96 va 117-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi, “O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
1 Qarang: О’zbekistоn Respublikasi mustaqil davlat. T.: “Adоlat” 1995-yil. 16 bet. Bundaй saylоvlar barcha
vilоyatlarda bittadan tumanda о‘tkaзilgan. 2 Qarang: Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий
саодатдир. – Тошкент: “O’zbekiston” НМИУ, 2015. – 304 б.
41
komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining 2016-yil 8-sentyabrdagi 568-III/SQ-105-III-sonli qo‘shma qarorini
e’tiborga olib, 2016-yil 4-dekabrni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni
deb belgiladi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov
kampaniyasi 2016-yilning 9-sentyabridan boshlanishi e’lon qildi.
Mazkur navbatdan tashqari Prezident saylovi, mustaqillik davrida shakllangan
demokratik saylov tizimi asosida, to'liq qonunchilikka muvofiq tashkil e’tiladi.
Avvalgi bandda ta’kidlanganidek 80-yillarda sovet demokratiyasini uning
saylov tuzumining asl qiyofasi aniq namoyon bo’la boshladi. Siyqasi chiqib ketgan,
faqat qog’ozda mavjud “dunyoda eng demokratik saylov” degan da’vatlarga nafaqat
xalq hatto sovet ittifoqining rahbarlari ham ishonmay qoldi.
80-yillarning ikkinchi yarmidan sovet siyosiy tizimini isloh qilish bilan
tuzumni saqlab qolishga urinish yo’li tutildi. Shu bilan birga shu davrda
mustaqillikka erishish yo’lidagi ittifoqchi respublikalardagi harakatlar kuchaya
boshladi.
Yuqorida qayd qilinganidek ittifoq va respublika konstitusiyalariga, saylov
qonunchiligiga sezilarli o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi.
Shu qatorda O’zbekiston ham konstitusiyasiga saylov qonunchiligiga
o’zgartirishlar kiritib, vakillik organlarini takomillashtirishga kirishdi. Shu davrdagi
eng e’tiborli narsa birinchi martta respublikamizda saylov tartibi SSSR dagi saylov
tartibini aynan takrorlamadi. O’zini oliy vakillik organi (Oliy Sovetni) faqat umumiy,
teng, to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan tashkil etish
tartibini belgiladi1.
1990-yil 18-fevralda bo’lib o’tgan saylovlar demokratik asoslarda o’tkazildi. U
saylov birinchi marta butun respublika miqyosida muqobillik asosida o’tkazilib,
nomzodlar ko’rsatishda nomzodlarning sinfiyligi, partiyaviyligi, jinsi, millatiga emas,
ishchanlik qobiliyati, el-yurt oldidagi xizmatiga e’tibor berildi. Saylovda O’zbekiston
Oliy Sovetiga saylanadigan 500 deputatning o’rniga 1490 nafar nomzod ko’rsatildi.
Saylov natijalariga ko’ra saylangan 463 nafar deputatning vakolati to’g’ri deb topildi.
Bir okrugda saylov haqiqiy emas deb topildi2.
Deputatlarning tarkibi haqiqatdan ham xalq vakilligini aks ettirdi.
Saylov tizimi saylovni haqiqiy emas deb topish, takroriy ovoz berish, takroriy
saylov o’tkazish degan institutlar bilan to’ldi. O’zbekiston Oliy Soveti 1990-yil
fevralda xali ittifoq tarkibiga turgan vaqtda shakllantirilgan bo’lsa-da butun ittifoqda
bo’layotgan voqеalar deputatlar sifatiga ta’sir qilmasdan qolmadi. Deputatlar orasida
mamlakatning haqiqiy ahvolini baholay oladigan, mamlakat kelajagini mustaqilliksiz
tassavur qila olmaydiganlar ko’payib bordi. Demokratik, muqobillik asosida SSSR
xalq deputatlari s’ezdiga O’zbekistondan saylangan ko’pchilik deputatlar ittifoq
vakillik organ tarkibida turib, O’zbekiston manfaatini himoya qilishdi. O’zbekistonga
uning xalqiga nisbatan qilingan xurujlardan himoya qilishdi, o’zbek xalqini or-
nomusini paymol qilinishiga qarshi turishdi.
1 Ayrim ittifоq respublikalar, jumladan Qоzоg‘istоn о‘zini оliй vakillik оrganini shakillantirishda SSSRda
belgilangan yangi jamоat tartiblaridan faqat saylash jarayonlarini qо‘lladi. 2 Bu haqida batafsil ma’lumotlar: Xusanоv. О “О’zbekistоn Respublikasi davlat оrganlari” T.: “Sharq” 1996-yil 16-
17-betlar.
42
O’zbekiston Oliy Soveti deputatlarining tarkibida mustaqillik g’oyasini tobora
qo’llab-quvvatlaydiganlar soni ko’payib bordi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yo’lida qo’yilgan bu harakatini
rasmiylashtirgan muhim hujjat O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik
Deklarasiyasi”dir. “Mustaqillik Deklarasiyasi”ni qabul qilishda deputatlarning asosiy
ko’pchiligi ishtirok etdi. 200dan ortiq depuatat bu masalani XII chaqiriq Respublika
Oliy Sovetini ikkinchi sessiyasiga kiritishni talab qilib chiqdi va 20 iyunda Oliy
Sovet sessiyasida mamlakat hayotidagi muhim hujjat “Mustaqillik Deklarasiyasi”
yakdillik bilan qabul qilindi.
Xalq orzu istaklarining hisobga olib O’zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Oliy Sovetning 31-avgust 1991-yilgi sessiyasi kun tartibiga
“O’zbekistonning mustaqilligi haqidagi qarori”ni muhokama qilish masalasini kiritdi.
Bu xalqning ham, u saylagan deputatlarning ham azaliy orzusi edi. Deputatlar qonun
loyihasini moddama-modda muhokama qilgandan so’ng “O’zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi qonunini qabul qildi. Bu
mamlakat, xalq hayotidagi eng muhim voqеa bo’ldi. Buni saylovga nima aloqasi bor?
degan savol ham tug’ilishi mumkin. Aloqasi shundaki, demokratik saylovlar
bo’lmaganda, oliy vakillik organiga saylanadigan deputatlar orasida, vatanparvar,
xalqparvar, davlat boshlig’ini qo’llab quvvatlaydigan deputatlar bo’lmas edi. Faqat
xalq tanlagan xalq ishongan, vakolat olgan deputatlar bunday ishlar qilishi mumkin.
Faqat demokratik saylovlar xalq bilan deputatlarning o’zaro xolis munosabatini
o’rnata oladi. Saylovlarning demokratik o’tishi hokimiyat va xalqning bog’lovchi
asosiy ko’prikdir.
1990-yil fevralda saylangan deputatlarning 1991-yil 1-sentyabrgacha qilgan
ishlarini (mustaqillikka erishish) va 1991-yil 1-sentyabrdan keyingi ishlarni
(mustaqillikni saqlash) ko’rar ekanmiz, (bunda 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan
Konstitusiya ham katta ahamiyatga ega) haqiqatda ham, demokratik saylov
natijasidagina shunday kishilarning deputat bo’lib saylanishi mumkin ekanligiga
ishonamiz.
Agar demokratik saylovlar bo’lmaganda mustaqillikni xohlovchi, uni himoya
qiluvchi kishilarning deputat bo’lish imkoniyati bo’lmas edi.
3-§. Saylov qonunchiligini takomillashib borishi.
Tom ma’nodagi saylov qonunchiligini takomillashtirish jarayoniga
vatanimizning mustaqillikka intilish uchun kurashga kirishilgan yillaridan boshlab
kirishildi, ular asosida demokratik saylovlar o’tkazilib, ishchan, xalq, umum
manfaatlarni shaxsiy manfaatlardan ustun qo’yuvchi shaxslarni saylanishi uchun
huquqiy zamin yaratildi.
O’zbekiston saylov qonunchiligi tizimini shakllanishida mamlakatda Prezident
lavozimini ta’sis etilishi ham muhim rol o’ynadi. 1990-yil 24-martda XII chaqiriq
Oliy Sovetining birinchi sessiyasida I.Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi.
43
1991-yil 18-noyabrda “O’zbekiston Respublikasi Prezdenti saylovi to’g’risida”gi
qonun qabul qilindi1.
Qonun O’zbekiston Prezidentining umumxalq tomonidan, umumiy teng,
to’g’ridan to’g’ri, prinsip asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanishini
o’rnatdi. Shuningdek qonunda prezident nomzodiga qo’yiladigan talablar, saylov
tayinlash, nomzod ko’rsatish va boshqa barcha saylov jarayoniga taalluqli tadbirlar
qonuniy mustahkamlanib qo’yildi. Keyinchalik 1997, 1999, 2000, 2004, 2008, 2011
va 2015-yillarda qonunga etti marotaba o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Natijada saylov huquqini umumiy prinsiplarini qo’llash kengaytirildi.
1993-yil 28-dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”gi 2 , 1994-yil 5-mayida “Xalq deputatlari viloyat tuman va shahar
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi 3 . Har ikkala qonunga
keyinchalik qo’shimcha va o’zgartirish kiritilib, takomillashtirildi.
O’zbekistonda demokratiyani rivojlanishi saylov qonunchiligini
takomillashuviga zarur sharoitlar yaratdi. Bu o’zgartirishlar O’zbekiston
Konstitusiyasida ham, saylov to’g’risidagi qonunlarda ham o’z ifodasini topdi.
2002-yil 27-yanvardagi o’tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko’ra
hamda uning asosida O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-yanvarida qabul
qilingan qonunga muvofiq konstitusiyamizning 117-moddasida o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritildi. Natijada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, davlat hokimiyati
organlariga tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda
dekabr oyining uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkazilishi belgilab
qo’yildi. Bu saylov kunini avvaldan aniq belgilab qo’yilishi, turli sabablar bilan
saylov muddati hokimiyat, mansabdorlar manfaatlaridan kelib chiqib o’zgartirish
hollariga barham berib, saylovlarni qat’iy bir vaqtda o’tkazilishini ta’minladi.
Konstitusiyamizning saylov to’g’risidagi moddalarida yana Senatni tashkil
qilish tartibi ham belgilandi. Senatorlar fuqarolar tomonidan umumiy teng, to’g’ri
saylov bilan emas, fuqarolar tomonidan mahalliy vakillik organlariga saylangan
deputatlar tomonidan saylanadigan bo’ldi. Shunga asosan Senat a’zolari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar shaharlar, tumanlar
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida shu
1 Bu haqida batafsil qarang: «Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови тўғрисида»ги Ўзбекистон
Республикасининг 1991 йил 18 ноябрда қабул қилинган 414-XII сонли Қонуни (26.12.1997 й., 19.08.1999 й.,
26.05.2000 й., 03.12.2004 й., 25.12.2008 й., 12.12.2011 й., 29.12.2015 й. даги ўзгартиш ва қўшимчалар билан).
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 йил, 1-сон, 34-модда. 2 Bu haqida batafsil qarang: «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги (2003 йил 29
августдаги 518-II-сонли Қонун билан янги таҳрири тасдиқланган) Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 28
декабрда қабул қилинган 990-XII сонли Қонуни (27.08.2004 й., 03.12.2004 й., 25.12.2008 й., 19.12.2012 й.,
29.12.2015 й. даги ўзгартиш ва қўшимчалар билан). Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг
Ахборотномаси, 2003 йил, 9-10-сон, 132-модда. 3 Bu haqida batafsil qarang: «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар кенгашларига сайлов тўғрисида»ги
Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 5 майда қабул қилинган 1050-XII сонли Қонуни (26.12.1997 й.,
25.12.1998 й., 19.08.1999 й., 26.05.2000 й., 29.08.2003 й., 27.08.2004 й., 03.12.2004 й., 25.12.2008 й., 19.12.2012 й.,
20.01.2014 й., 29.12.2015 й.даги ўзгартиш ва қўшимчалар билан). Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг
Ахборотномаси, 1994 йил, 5-сон, 125-модда.
44
deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li orqali saylanishi belgilandi. Natijada
saylov tizimimizga pog’onali saylov instituti kiritildi.
2014-yil 16-aprelda Konstitusiyamizning mazkur 117-moddasiga yana
qo’shimcha kiritilib, uning asosida Markaziy saylov komissiyasining vazifasi,
faolyatining prinsiplari, tashkil etish tartibi konstusiyaviy darajada belgilandi.
Mamlakatda olib borilgan demokratik islohotlar natijasida saylov
qonunchiligiga ham sezilarli darajada o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Natijada O’zbekiston Respublikasi Prezdentligiga, Oliy Majlis Qonunchilik
palatasiga nomzodlar ko’rsatuvchi sub’ektlar o’zgartirildi. Dastlab mahalliy vakillik
organlarining prezdentlikka, shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlar ko’rsatish huquqi bekor qilindi. Keyinchalik fuqarolar tomonidan ham
nomzodlar ko’rsatish tartibi bekor qilindi va amaldagi qonunchilikka asosan
Prezidentlikka, Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga faqat siyosiy
partiyalar ega bo’ldi. Bu saylovlardagi tenglik prinsipini yanada kengaytirdi;
– saylov jarayonida kuzatuvchilar faoliyati kuchaytirildi. Saylovda oshkoralik
prinsipi chuqurlashdi, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning vakillarini
(kuzatuvchilarni) saylovlarda ishtirok etishi, mamlakatimizda o’tkaziladigan
saylovlarga xolisona baho berishga imkoniyat yaratdi;
– saylovni o’tgan deb hisoblash (haqiqiy deb topish) uchun avvalgidek
ro’yxatga olinganlardan yarmidan ko’pini ishtiroki emas, 33 foizdan ko’pi ishtirok
etishi belgilandi;
– siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan nomzodlarning kamida o’ttiz foizi
ayollardan bo’lishi belgilandi;
– Qonunchilik palatasiga saylanadigan 150 deputatning 135 tasi umumiy
saylov asosida bir mandatli saylov okruglaridan, 15 ta deputat Ekoharakatdan
ularning konferensiyasida saylanishi belgilandi;
– Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari nomzodlarining ishonchli
vakillari soni ko’paytirildi;
– siyosiy partiyalarning vakolatli vakili instituti vujudga keltirildi. Ovoz berish
natijasini aniqlashda saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ishonchli
vakili ishtiroki belgilanishi saylovlarning adolatli o’tishini ta’minlashga qaratilgan
tadbirlardan bo’ldi;
– saylovlarda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar to’plashi zarur bo’lgan
imzolar miqdori kamaytirildi.
Saylov qonunchiligini takomillashtirishda prezident tomonidan ilgari surilgan
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etdi. Uning bir bo’limi
“O’zbekistonda saylov huquqi erkinliklarini ta’minlash va saylov qonunchiligini
rivojlantirish” deb nomlanadi.
Konsepsiya asosida saylov to’g’risidagi qonunlarni tegishli moddalariga
o’zgartirishlar kiritilib saylovoldi tashviqoti tushunchasi, tashviqot olib borish turlari,
shakllari, usullari aniq belgilab qo’yildi va ovoz berishga bir kun qolganda tashviqot
olib borish to’xtatilishi belgilandi.
Yana qonunga kiritilgan o’zgartirishlar asosida muddatidan avval ovoz berish
tartibi aniqlashtirildi va tergov jarayonida qamoqda saqlanayotgan shaxslarni ham
45
ovoz berishda ishtirok etishi ta’minlanishi belgilanadi. Mustaqillika erishgandan to
hozirgi davrgacha amalga oshirilgan ishlar natijasida saylov qonunchilik bazasi
shakllanib mustahkamlandi1.
Konstitusiyaviy normalarga va saylov qonunchiligiga kiritilgan qo’shimcha
hamda o’zgartirishlar saylovlarning asosiy prinsiplarini amalga oshirishning yanada
kengroq ta’minlashni saylovlarni erkin o’tishiga imkoniyat yaratishga ko’maklashib,
oqibatda vakillik organlarini tashkil qilishning yanada demokratlashtirish, fuqarolarni
davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish huquqlarini kengroq ta’minlanishini maqsad
qilib qo’ydi.
4-§. Saylovlarning ijtimoiy hayotdagi vazifalari va ahamiyati
Yuridik adabiyotlarda saylovlarning vazifalari va ahamiyati (o’rni) deyarli
aniqlashtirib ko’rsatilmaydi va ko’proq ularning demokratik davlatda ahamiyati
haqida so’z yuritiladi2.
Lekin bu ikki tushuncha bir biridan farq qilib “Saylov huquqi”ni maxsus
o’rganuvchilar ular haqida aniqroq ma’lumotga ega bo’lishsa, maqsadga muvofiq
bo’lar edi.
Saylovning asosiy vazifasi u albatta qiladigan, usiz bo’lmaydigan hodisa
voqеalardan, masalan, vakillik organini saylovsiz tashkil qilib bo’lmaydi, yoki
saylovsiz davlat organlarini tashkil etishda fuqarolar o’z xohish-irodasini bildira
olmaydi. Shuning uchun bularni saylovning vazifasi deyish to’g’riroq bo’ladi.
Saylovlarning ahamiyati esa undagi voqеa hodisalar ta’sirida ko’rinadi.
Bunday ta’sir yo ijobiy, yo salbiy bo’lishi mumkin. Saylov voqеa hodisalarga
umuman ta’sir qilmasligi, umuman o’zgartirmasligi ham mumkin. Xususan
O’zbekistonning mustaqillikka erishishida saylov ahamiyatini avvalgi mavzuda
ko’rib o’tdik. Mustaqillika erishishda saylovdan boshqa faktlar voqеa, hodisalar ham
bo’lishi mumkin. Mustaqillikka erishishda u qo’shimcha omil bo’ldi. Shuning uchun
bu еrda saylovlarning ahamiyati ko’rinadi, vazifada esa u masalani uzil kesil hal
qildi. Shu masalani hal qilishda boshqa vosita yo’q.
Saylovlar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Birinchidan, mamlakat
fuqarolarining xohish irodasini bildirish saylovning muhim vazifasi bo’lib, u
fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtiroki, hokimiyatni amalga oshirishdagi
eng muhim vosita 3 . Bu O’zbekiston Konstitusiyasining 34-moddasida qonuniy
mustahkamlangan. Faqat saylov orqaligina mamlakat fuqarolarining ko’pchiligi
davlat va jamiyat ishlarida ham bevosita, ham vakillari orqali ishtirok etadi.
Ikkinchidan, saylov davlat hokimiyati organlarini (tuzilmalarining) tashkil
etilishining asosiy usuli hisoblanadi. Umumiy saylovlar asosida davlat boshlig’i –
Prezident lavozimga kеladi, Oliy Qonunchilik va mahalliy vakillik organlarining
barchasi shakllantiriladi. Ijro hokimiyati organlari asosan tayinlanish usuli orqali
1 Bu haqida batafsil: Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik
jamiyatini rivоjlantirsh kоnsepsiyasi T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 35-36-betlar. 2 Qarang: Баглай М.В. Конституционное право РФ. М., “Норма”, 1998., стр-331; Xusanоv О.T.
Kоnstitutsiyaviy huquq. T., “Adоlat”, 2013, 294-bet. 3 Saylоvning vazifasi haqida yana qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. Tоshkent “Adоlat” 2013-yil 296-
297-bet.
46
shakllantirilsa ham, bu borada ham saylovdan foydalaniladi, jumladan, Bosh
vazirning nomzodi Oliy Majlisda tasdiqlanganda, bu tasdiqlash deputat va
senatorlarning ovoz berishi – saylov orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston
Respublikasining Oliy sud organlari tarkibi ham Prezident taqdimiga binoan Senatda
saylov yo’li bilan shakllantiriladi. Xuddi shuningdek hokimlar lavozimi ham tegishli
Kengashlarda ovoz berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, jamoat birlashmalari faoliyatida, fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari faoliyatida ham saylovlardan foydalaniladi.
Umumiy saylovlar xalq xohish-irodasini to’g’ridan-to’g’ri bildirishning shakli
bo’lsa, alohida hollarda (jamoat birlashmalari, vakillik organlarida o’tkaziladigan
ichki saylovlar, masalan, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikeri hamda ularning
o’rinbosarlarini saylash) shu organ a’zolarining xohish-irodasini bildirish usulidir.
Demokratik saylovlar fuqarolar o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lishiga,
masalalarni zo’rlik bilan hal qilinishiga to’sqinlik qiluvchi shartlardan hisoblanadi.
Bu saylovlarning muhim rolidir.
Agar saylovlar demokratik o’tmasa, u jamiyatdagi kuchlarni bo’lininb
ketishiga, qarama-qarshiliklarga sabab bo’ladi.
Erkin saylovlar zo’ravon tuzumidagi davlatlarga mos emas, “fashizm”
“sosializm” sharoitlarida o’tkazilgan saylovlar faqat qog’ozda, so’zda demokratik
saylov bo’lib, shu tuzumlar manfaati yo’lida har qanday erkinlik yo’q qilinadi.
Saylovlar har bir mamlakatning siyosiy tizimini aks ettira oladi va o’z
navbatida siyosiy tizimiga ta’sir qiladi. Bunday ta’sir yo ijobiy yoki salbiy bo’lishi
mumkin.
Saylov – hokimiyat uchun kurashning eng ma’qul yo’li. Saylovlarda hokimiyat
uchun kurash qonuniy va vijdonan olib borilgandagina jamiyatlarda barqarorlikka,
tartibga erishish mumkin. Demak qonuniy va vijdonli kurash asosida o’tgan
saylovlargina mamlakatdagi barqarorlikka ijobiy ta’sir qiladi va uning natijasida
taraqqiyotga erishiladi.
Saylovlar davrida fuqarolarning hokimiyatga nisbatan ishonchi, uni qo’llab-
quvvatlashi namoyon bo’lishi bilan birga aholini ayrim qatlamlari vakillarining
hokimiyatga nisbatan noroziliklari ham namoyon bo’ladi.
Eng muhimi demokratik saylov, jamiyatda adolat o’rnatilishini muhim
vositasidir. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti shunday
ta’kidlaydi: “hayotda adolat o’rnatish, albatta ijtimoiy taraqqiyotning ko’pdan ko’p
omillariga bog’liq. Ammo eng muhim, hal qiluvchi omillardan biri – bu erkin, odil
saylov tizimidir. Ya’ni har qaysi pog’onada, jamoami, mahallami, korxonami,
tumanmi, shaharmi, viloyatmi, davlatmi uning rivoji va taqdiri ko’p jihatdan munosib
yoki nomunosib shaxslarni, shu jumladan, hayotimiz kelajagini ishonib topshirgan
noyib-deputatlarni saylab olishimizga bog’liqdir”1.
Bu so’zlar, qachon aytilganidan qat’iy nazar, qiymatini hеch qachon
yo’qotmaydi va saylovlarning jamiyat hayotida muhim ahamiyatlaridan biri, u
jamiyatda adolat saqlashning muhim vositasi hisoblanaveradi.
1 Karimоv I.A. Xalq ishоnchi-yuksak ma'suliyat. “Bizdan оzоd va оbоd vatan qоlsin”. Tоm-2. T.: О’zbekistоn
1996-yil. 349-350-bet.
47
Agar fuqarolar demokratiyaga, adolatga ishonadigan bo’lsa, saylovlar har doim
fuqarolar uchun bayram hisoblanadi va ularni ezgu ishlarga undaydi. Bu ham
saylovlarni fuqarolar taqdirida, mamlakat hayotida muhim ahamiyatga egaligini
ko’rsatadi.
O’zbekistonda bo’lib o’tayotgan saylovlar doimiy ravishda fuqarolarning keng
faolligi asosida o’tmoqda.
2015-yil 29-martda bo’lib o’tgan Prezident saylovida ro’yxatga kiritilgan 20
million 798 ming 52 nafar fuqarodan, 18 million 942 ming 349 tasi ovoz berishda
ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 91, 08 foizini, ya’ni juda yuqori ko’rsatkichni
tashkil etadi1.
5-§ Saylov turlari
Saylovlar — turli tadbirlarning yig’indisi bo’lib, ular orasida davlat organlarini
saylashga, mansabdor shaxslarga vakolat berishga qaratilgan ovoz berish bosh
(asosiy) tadbir hisoblanadi.
Saylovlarda ovoz berish asosiy tadbir, saylovni ro’yobga chiqaruvchi usuli
hamda xalq xohish-irodasini to’g’ridan to’g’ri namoyon qilish vositasidir.
Saylovlar tajribada turli ko’rinishda, mazmunda, qamrovda namoyon bo’ladi,
ya’ni ularning turlari har xildir.
Saylovlar turlicha bo’lishiga eng avvalo saylov prinsiplari ta’sir qiladi. Shunga
yarasha umumiy yoki umumiy bo’lmagan saylovlar teng va noteng (teng bo’lmagan)
saylovlar, to’g’ri va pog’onali (egri) saylovlar, yashirin ovoz beriladigan yoki ochiq
ovoz beriladigan saylovlarga bo’linadi.
Saylovlar Oliy vakillik organlariga yoki davlat boshlig’i – prezidentlikka,
hamda mahalliy vakillik organlariga bo’ladigan saylovlarga bo’linadi.
Mamlakat bo’yicha o’tkaziladigan umumxalq saylovi yoki mamlakatning
ayrim hududlarida shu hududlar organlari uchun o’tkaziladigan saylovlarga bo’linadi.
Saylovlar konstitusiya va qonunlarga belgilangan muddatda tegishli organlarni
(Prezidentni) vakolat muddati tugashi bilan o’tkaziladigan muddatli saylovlarga yoki
turli sabablar tufayli o’tkaziladigan muddatsiz saylovlarga bo’linadi.
Jumladan, parlament palatalari, mahalliy vakillik organlaridan qaysi biri muddatidan oldin
tarqatib yuborilganida yoki deputatlar o’rni bo’shab qolganida o’tkaziladigan saylovlarga bo’linadi.
Saylovlar tizimida takroriy ovoz berish saylovlari ham mavjud. Saylovlar davlat hokimiyati
organlariga yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazilishi bilan ham bir biridan
farq qiladi.
Yana saylovlar fuqarolar tomonidan ovoz berish orqali o’tkaziladigan umumiy
saylovlar va tegishli vakillik organlari faoliyatida turli rahbar, yordamchi organlarni
tuzish, yuqori mansabdorlarni lavozimiga tasdiqlashda o’tkaziladigan saylovlar
ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarda ko’p mandatli saylovlar o’tkazish tajribasi uchraydi.
Bunda bir okrugdan bir nega deputat saylanadi. Shuningdek ayrim mamlakatlarda
deputatlar bilan birga ularning o’rinbosarlari ham saylanadi.
1 Xalq sо‘zi. 2015-yil 7-aprel.
48
Saylov deganda odatda biror bir organni shakllantirish, mansabdor shaxsni
lavozimiga kirishi uchun vakolat berishdagi ovoz berish tushuniladi.
Lekin saylovlarni ro’yobga chiqishini ta’minlovchi ovoz berish, turli
organlarni, mansabdor shaxslarni vakolatini tugashida ham qo’llaniladi.
Masalan, Bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirilganda, Senat Raisini va uning
o’rinbosarlarini, Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini vakolat muddatidan oldin
lavozimidan ozod qilish ovoz berish orqali amalga oshirladi. Xuddi shuningdek, Oliy sud
organlarining raislari, ularning o’rinbosarlari, sudyalar Senatda ovozga qo’yilib muddatidan oldin
lavozimidan ozod qilinadi.
Bulardan tashqari, saylovlar mamlakatdagi partiyalarning saylovda ishtirokiga
qarab, ko’p partiyaviylik, ikki partiyaviylik yoki bir partiyaviylik asosida
o’tkaziladigan saylovlar ko’rinishida bo’ladi.
Umumiy, to’g’ri, teng, pog’onali saylovlar va yashirin ovoz berish haqida
saylov prinsiplari mavzusida batafsil to’xtalingan.
O’zbekiston Prezidenti ilgari surgan Konsepsiyada saylovga to’la mazmunga
ega quyidagicha tushuncha beriladi. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan
huquqiy normalarning nechog’lik demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan
demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o’z xohish-irodasini erkin
ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy
shakli bo’lib, o’ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”1.
Konsepsiyada qayd qilinishicha, shu o’tgan davr mobaynida yurtimizda
samarali, demokratik prinsiplarni shakllantirish va rivojlantirish sohasida g’oyat
chuqur o’zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu sohaga oid ko’plab qonun hujjatlari
qabul qilindi. Bularning barchasi milliy saylov tizimining bosqichma-bosqich
liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umum
e’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga to’la mos holda o’tkazilishini
ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasini shakllanishiga olib keldi.
6-§. Saylov – demokratiya ifodasi, saylovlarni e’tirof etish
Saylovni demokratiyasiz, demokratiyani saylovsiz tassavur etish qiyin. Bu ikki
tushunchalar doimo birga yuradi. “Demokratiya va saylov tushunchalari doimo
yonma yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov demokratiya degani
demokratiya bu saylov degani” 2 . Saylov demokratiyaning amaliy ifodasidir.
Saylovlarning qanday tashkil qilinganligi, o’tkazilganligiga qarab, mamlakatdagi
demokratiya darajasiga xalqaro miqyosda baho beriladi.
Demokratiyaning e’tirof etilgan ikki shakli – bevosita demokratiya va bilvosita
demokratiya (vakillik) shakllari mavjud bo’lib, ular turli usullar tadbirlar orqali
namoyon bo’ladi. Faqat saylovdagina demokratiyaning har ikkala shakli namoyon
bo’lishi, ifodalanishi mumkin.
1 Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi . -T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 35-bet. 2 Karimоv I.A. Parlament-mamlakat hayotining kо‘zgusi. “О’zbekistоn taraqqiyotining yangi bоsqichlari”. T.:
“О’zbekistоn” 2005-yil 13-bet.
49
Masalan, fuqarolarning saylovda ovoz berishi, saylov komissiyalari faoliyatida (a’zo bo’lib)
ishtirok etishi, nomzodlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishi, o’zlarini turli vakillik organlariga
saylanishi bevosita demokratiyaning amaliy ifodasidir. Bu tadbirlar orqali fuqarolar davlat ishlarida
boshqaruvda bevosita, ya’ni to’g’ridan to’g’ri ishtirok etadi. Bevosita demokratiyada tegishli
tadbirlarda fuqarolar o’z nomidan, yoki o’zining vakil qilganlar nomidan ishtirok etadi.
Vakillik demokratiyasida, tegishli vakillik organlarida o’z vakillari faoliyati
orqali ishtirok etadi. Har bir vakillik organiga saylangan deputat saylovchi vakili
bo’lib ulardan vakolat oladi va ularning manfaatini vakillik organlarida namoyon
etadi. Vakillik demokratiyasini kuzatuvchilar, nomzodlarning ishonchli vakillari,
siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari yanada to’laroq namoyon etadi. Saylovlarda
ko’zda tutilgan tartiblar fuqarolarga bevosita va bilvosita davlat ishlarida ishtirok
etish imkoniyatini yaratadi.
Saylovlarni demokratik tashkil qilish, o’tkazish ko’pgina muhim masalalarni
hal qiladi. Demokratik saylovlar hokimiyat to’g’risidagi masalani kuch bilan hal
etishining aksidir 1 . Buni O’zbekiston Respublikasi Prezdentining quyidagi
so’zlaridan ham ko’rsa bo’ladi “Demokratiya sharoitlarida esa, ijtimoiy qarama-
qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv xalq ta’biri
bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”2.
Mamlakatimizda huquqiy davlat qurish kabi oliy maqsad demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish, saylovlarni yanada demokratlashtirish, erkinligini
ta’minlash orqali amalga oshirilmoqda.
“Demokratiya hamma joyda bir xil. Uning umumiy tamoyillari hamma uchun
tushunarli bu – demokratiyaning ajralmas qismi bo’lgan xalq hokimiyati, xalqning
xohish-irodasi va ochiq, erkin saylovlardir. Bu oxir – oqibatda har qanday
demokratiyaning eng yuqori pog’onasi bo’lgan fuqarolik jamiyatidir”3.
Bu bilan saylovlar demokratiyaning ajralmas bir qismi sifatida e’tirof
etilmoqda. Haqiqatdan ham shunday, demokratik, erkin saylovlarsiz demokratiyani
tassavur qilib bo’lmaganidek, fuqarolik jamiyatini ham tassavur qilib bo’lmaydi.
Buni Prezident tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi” ham tasdiqlaydi. Konsepsiyadagi alohida bob “O’zbekistonda saylov
huquqi erkinliklarini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish” deb
nomlanadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirishda, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda
saylovlarning roli nazariy jihatdan isbotlab berilgan.
Saylov xalqaro ahamiyatga ega voqеa. Uni tashkil etish va o’tkazishni umum
e’tirof etilgan qoidalari mavjud bo’lib, ularning asosiylari xalqaro hujjatlarda
mustahkamlab qo’yilgan. Shuning uchun qaysi mamlakatda saylov o’tkazilmasin u
umumjahon diqqat e’tiborida bo’ladi. Bunda xalqaro kuzatuvchilar ishtiroki muhim
rol o’ynaydi.
1 Qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. Tоshkent “Adоlat” 2013yil 295-bet. 2 Karimоv I.A. Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir. Tоm-3. Tоshkent.: “О’zbekistоn” 1993-yil, 12-bet. 3 Karimоv I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz о‘z kuch qudratimizga, hamjihatligimizga va qat'i irоdamizga bоg‘liq. -
12-tоm. T .: “О’zbekistоn”, 2004-yil, 163-bet.
50
Kuzatuvlar natijasida tegishli mamlakatda o’tkazilgan saylovlar xorijiy
mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etiladi yoki e’tirof
etilmaydi. E’tirof etilishi yoki e’tirof etilmasligi mamlakatda o’tkazilgan saylovlar
natijasiga ta’sir qilmasa-da, shu asosda shu mamlakatda demokratiyaga, saylovga
nisbatan jahon hamjamiyatining fikri shakllanadi. Bu shu mamlakat bilan boshqa
mamlakatlarning, xalqaro tashkilotlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalariga
jiddiy ta’sir qiladi.
Saylovlarni e’tirof etish har bir saylovdan so’ng, saylov natijalariga ko’ra
amalga oshirilishi yoki turli xalqaro anjumanlarda mamlakatda o’tkazilgan saylov
natijalari, shuningdek mavjud saylov qonunchiligini ilmiy muhokama qilinishi
asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o’tkazilgan barcha Prezident saylovlari,
Oliy vakillik va mahalliy vakillik organlariga saylovlar vakolatli xalqaro
kuzatuvchilarni faol ishtirokida o’tkazildi va ular saylovlarni tashkil etilishi hamda
o’tkazilishini yuqori baholadi.
Natijada xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’tkazilgan saylovlarning
qonuniyligini, adolatliligini e’tirof etishdi.
2014-yil 21-dekabrda parlamеntga bo’lib o’tgan saylovlar, saylov qonunchiligi
va xalqaro talablar asosida o’tganligini AQSh, Yaponiya, Misr va boshqa
davlatlardan kelgan kuzatuvchilar e’tirof etishdi.
O’zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligining ahvoli uni takomillashtirish
masalalari muntazam ravishda mamlakatimizda o’tkazilib turiladigan xalqaro
anjumanlarda muhokama qilib boriladi.
Ana shunday anjumanlardan biri – “O’zbekistonda saylov tizimini va saylov
qonunchiligini yanada demokratlashtirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida
xalqaro konferensiya 2011-yil 27–28-oktabrda Buxoro shahrida o’tkazilib, unda
Isroil, Italiya, Koreya, Ukraina, AQSh, Yaponiya vakillari ishtirok etishgan. Anjuman
ishtirokchilari O’zbekistonda saylovni demokratik tarzda o’tkazish bo’yicha katta
tajriba to’planganligini, saylov qonunchiligi demokratik tamoyillarga javob berishini
e’tirof etdilar1.
Shunday хalqaro anjumanlar keyinchalik Samarqand, Xiva, va Toshkent
shaharlarida ham o’tkazildi. Bu anjumanlarning tavsiyalari saylov qonunchiligini
yanada takomillashtirishga hissa qo’shmoqda.
Xulosa.
Sobiq tuzum davrida ham vakillik organlarini tashkil qilishda saylovlardan
foydalanilib, ularning prinsipi sifatida, umumiy teng, to’g’ri, yashirin ovoz berish
prinsiplari qonunlarida belgilab qo’yilgan edi. Aslida ular faqat qog’ozda bo’lib,
saylovlar yakka partiya hukumronligida faqat ularning manfaati uchun o’tkazilar va
muqobilsiz saylov o’tkazilishi, saylovning eng muhim xususiyati tanlash huquqini
yo’qqa chiqarar edi.
1 “О’zbekistоnda saylоv prinsipi va saylоv qоnunchiligini yanada demоratlahtirish tartib yo‘nalishlari” mavzusida
xalqarо kоnferensiya. Tоshkent. 2011-yil.
51
Sobiq tuzumning oxirgi yillaridagi demokratik chiqishlar, talablar asosida
saylov qonunchiligiga, jumladan, O’zbekiston saylov qonunchiligiga ham
o’zgartirishlar kiritilishiga olib keldi va natijada muqobillik asosida o’tkazilgan
saylovlar tufayli vakillik organlariga haqiqiy ahvolni anglagan, sobiq tuzumni
illatlarini ruyirost aytadigan, mustaqillikning mamalakat hayotida ijobiy rol
o’ynashini anglagan kishilar deputat etib saylanib, ular mustaqillikka erishish uchun
vakillik organlarida turib, katta ishlarni amalga oshirdilar.
O’zbekiston mustaqil bo’lishi natijasida qonunchilikni, jumladan, saylov
qonunchiligini takomillashtirish, unda jahondagi ilg’or demokratik mamlakatlar
tajribasidan foydalanish imkoniyati tug’ildi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida
xalqaro talablarga javob beradigan qonunchilik vujudga keldi. Islohotlarni davom
etishi natijasida O’zbekiston Konstitusiyasiga va saylov qonunchiligiga saylovlarni
tashkil etish va o’tkazish erkinliklarini ta’minlovchi normalar kiritildi. Saylov jamiyat
rivojlanishini ta’minlovchi yoki aksincha, jamiyatda qarama-qarshiliklar paydo
bo’lishini, jamiyatni bo’linib ketishiga sabab bo’luvchi omillardan hisoblanishi
hozirgi kunda isbotini topgandir. Uning asosiy vazifalari fuqarolarning davlat va
jamiyat ishlarida ishtirokini, davlat boshqaruvida qatnashishini ta’minlash va keng
fuqarolar ommasi ishtirokida demokratik vakillik organi shakllanishini ta’minlash
hisoblanadi.
Har bir saylovlarda hokimiyat organlarining xalq oldida hisob berishi
ta’minlanadi. Jahon saylovlar o’tkazish tajribasida saylovlarning turli xil ko’rinishlari
uchrab, ularning doirasi, vazifasi har xil. O’zbekiston o’z taraqqiyotiga ijobiy ta’sir
qiluvchi, qulay va ko’pchilik manfaatiga mos keluvchi saylov turlaridan foydalanadi.
Har qanday saylov emas, qonuniy, adolatli, haqiqiy saylovlargina demokratiya
ifodasidir. Shundagina demokrtiya haqiqiy bo’ladi va saylovni demokratiya
bo’lishiga ta’sir qiladi. O’zbekistondagi demokratik islohotlar saylovlarni ham
demokratlashuviga, takomillashuviga olib kelmoqda. Har bir o’tkazilgan saylovlarda
xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etib mamalakatimizda saylovlarni saylov qonunchiligi
talablariga mos o’tayotganligini (bu xalqaro talablarga ham mos degani) e’tirof
etmoqdalar. Bu esa O’zbekistondagi ahvolga to’g’ri baho berishga, O’zbekiston bilan
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar aloqalarini kengaytirishiga olib kelmoqda.
Nazorat uchun savollar
1. Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va fuqarolarning siyosiy
huquqlari tizimida muhim Konstitusiyaviy-huquqiy institut sifatida markaziy o’rinni
egallab kelgan. Aynan, mazkur institut orqali fuqarolar bevosita yoki o’zlari saylagan
vakillari timsolida davlat va jamiyatni boshqarish imkoniga ega bo’ladilar. Sobiq
ittifoq tuzumi davrida ham turli xil saylovlar o’tkazilgan.
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng o’tgan davr
mobaynida saylovga doir qonun hujjatlarining sobiq ittifoq tuzumida mavjud bo’lgan
saylovga doir qonun hujjatlaridan farqli jixatlari nimalarda ko’rinadi? Ularni o’zaro
qiyosiy tahlil qiling.
2. Odatda davlat hokimiyati organlari ikki usulda: saylash va tayinlash yo’li
bilan shakllantiriladi. Umum e’tirof etilgan tamoyillarga muvofiq, ijro etuvchi
hokimiyat va sudlov hokimiyati organlarining shakllantirilishi saylanadigan organlar
52
tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda, saylovlar davlat hokimiyati organlarining
butun tuzilmasiga oliy boshlang’ich legitimlilikni ta’minlaydi. Shu bilan birga
saylovlar demokratiya ifodasi deyiladi?
O’zbekistonda qabul qilingan milliy saylov qonunchiligimiz xalqaro huquqning
umum e’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiqlik darajasi qanday?
Saylovga doir umumiy demokratik prinsiplarning milliy qonunchiligimizdagi o’rni va
ahamiyatini yoritib bering.
3. Polshaning Krakov universitetida “Xalqaro saylov standartlarining jahon
mamlakatlari saylov qonunchiligiga implementasiya qilinishi” mavzusida butunjahon
huquqshunos talabalarining konferensiyasi ish boshladi. O’zbekistondan delegat
sifatida sizning qatnashishingiz ma’lum qilindi va sizga “Dunyo mamlakatlarida
mavjud saylov tizimlari va ularning o’ziga xos jihatlari” mavzusida ma’ruza
tayyorlash vazifasi topshirildi. Shu bilan bir qatorda sizga ma’ruzada xalqaro saylov
andozalari va O’zbekistonda qo’llanilayotgan saylov tizimining o’ziga xos jihatlarini
qiyosiy tahlil asosida yoritib berishingiz lozimligi ko’rsatildi. Xalqaro konferensiyada
ko’plab delegatlar ishtirok etishini hisobga olgan holda, sizga o’z ma’ruzangizni
qisqa, lo’nda va aniq qilib tayyorlash vazifasi topshirildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, o’z dasturingizni ishlab chiqing.
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovlari o’tkazilayotgan kunda
Markaziy saylov komissiyasi kunning belgilangan vaqtlarida saylov natijalari
yuzasidan brifinglar tashkil etib bordi. Dastlabki ovoz berish natijalari yuzasidan
Markaziy saylov komissiyasi raisi bayonoti yakunlangandan so’ng “Еvronьyus”
telekanali muhbiri E. Markaziy saylov komissiyasi raisiga quyidagicha savol berdi.
“Hurmatli rais mamlakatda olib borilayotgan saylovlarda xalqaro saylov
standartlarining amaldagi saylov qonunchiligi bilan o’zaro nisbati qanday
belgilanadi?”
Savol
1. Vaziyatga komissiya raisi sifatida javob bering.
2. Xalqaro saylov standartlarining O’zbekiston milliy saylov tizimiga
implementasiya qilinishi zaruratini izohlang.
3. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro-huquqiy hujjatlarda saylovga oid talablar
haqida to’xtaling.
4-mavzu. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari
Saylov tizimi tushunchasi. Saylov tizimining prinsiplari. O’zbekiston
saylov tizimini shakllanishi va takomillashib borishi. Saylov tizimi turlari.
Saylovlarda xalqaro standartlarning (andozalar) qo’llanishi. Xalqaro hujjat
qoidalarining O’zbekiston saylov qonunchiligiga implementasiya qilinishi.
Mavzuda o’quv kursining eng muhim, umumlashtiruvchi, boshqa mavzularga
ta’sir qiluvchi masala – saylov tizimi tushunchasi, saylov tizimining prinsiplari,
ularning ahamiyati va bir-biri bilan bog’liqligi; O’zbekiston saylov tizimining
shakllanishi va takomillashib borishi, saylov qonunchiligidagi va amaliyotidagi eng
53
muhim o’zgarishlar; saylov tizimining turlari ularning ijobiy va salbiy xususiyatlari
haqida asosiy bilimlar mujassamlashgan bo’lib, shuningdek saylovlarda xalqaro
andozalarning o’rni, ulardan O’zbekiston saylovlarida foydalanish hamda xalqaro
huquq (xalqaro hujjatlar) qoidalarini mamlakatimiz qonunchiligiga implementasiya
qilinishi haqida ma’lumotlar berilgan.
1-§. Saylov tizimi tushunchasi
Saylov huquqi bilan birga saylov tizimi atamasi ham ko’p ishlatiladigan
atamadir. Saylov tizimi haqida yuridik adabiyotlarda, darsliklarda bir-biriga o’xshash
hamda bir-biridan farq qiluvchi ta’riflar mavjud.
“Saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo’li bilan
yuzaga keluvchi davlat-siyosiy munosabatlari tizimidir”1 – degan tushuncha saylov
tizimining ba’zi tomonlarini chetda qoldirgan. Bu tushuncha faqat davlat vakillik
organlariga saylov bilan bog’liq munosabatlarnigina e’tiborga olib, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga saylov munosabatlarini yoki umuman saylov
tizimining muhim elementi (qismi) saylov munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy
normalarini chetda qoldirgan.
Ko’pchilik adabiyotlarda saylov tizimi ikki-keng va tor ma’noda ishlatilishi
ta’kidlanadi.2
Rossiyalik olimlar I.V.Graf hamda D.G.Sharomskixlar tomonidan
tayyorlangan “Хorijiy mamlakatlar konstitusiyaviy huquqi” darsligida saylov tizimi
keng ma’noda saylov bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni bildiradi,
deb ko’rsatilgan bo’lib unda ham saylov tizimi faqat davlat organlariga saylov bilan
chegaralanadi.
Alеbastrova I.A. tomonidan tayyorlangan darslikda, saylov tizimi keng
ma’noda saylov bilan bog’liq barcha narsalarni yig’indisi hisoblanib u o’z ichiga
saylov huquqini va saylov o’tkazish amaliyotini ham oladi degan ta’rif mavjud.
Bu tushuncha ancha keng bo’lib, saylov tizimini to’laroq ifodalaydi. Chunki
saylov bilan bog’liq barcha harakatlar yig’indisi saylov tizimini tashkil etishi
haqiqatdir.
Darsliklardagi yana bir fikrga asosan saylov tizimi barcha saylov o’tkazilishi
bilan bog’liq tartiblar, tadbirlarni mustahkamlovchi, o’rnatuvchi huquqiy normalar
yig’indisidir. Saylov tizimi – bu saylov o’tkazilishi tartibi va shu tartiblarni
mustahkamlovchi huquqiy normalar yig’indisidir. Saylov o’tkazish tartiblari huquqiy
normalar bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.3
1 Tajixanоv U. va bоshqalar. О’zbekistоn Respublikasining Kоnstitutsiyaviy huquqi. T.: “ Sharq”, 2001, 479-bet. 2 Qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. М.: “Норма”, 1999, стр.93; Алебастрова И.А.
Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.271; Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq.
T.: “Adоlat”, 2013, 298-bet. 3 Qarang: Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013, 298-bet.
54
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XXIII bobi (117-modda) “Saylov
tizimi” deb nomlangan. Unga ko’ra: “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat
hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir
saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish irodasini bildirish tengligi
va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesiga, viloyatlar tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga
saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolati tugaydigan yilda – dekabr
oyining uchinchi o’n kunligi birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. Saylovlar umumiy,
teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan
o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining o’n sakkiz yoshga to’lgan fuqarolari
saylash huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Senati a’zolari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar tumanlar va shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo’shma majlislarida mazkur
deputatlar saylanganidan so’ng bir yil ichida saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud
hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi
mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda
fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo’l
qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o’zida ikkidan ortiq davlat
hokimiyati vakillik organlarining deputati bo’lishi mumkin emas.
Saylov o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”1.
Saylov tizimi haqida normalar hamma mamlakatlarning (Rossiya
Konstitusiyasida ham) konstitusiyalarida alohida bobda mustahkamlanmagan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasidagi “Saylov tizimi” haqidagi
normalar, saylov tizimi xususidagi ilmiy ta’riflarni asosli ekanligini ko’rsatadi.
Konstitusiyaviy normalar saylov munosabatlarining vujudga kelishiga ta’sir qiladi va
ularni tartibga soladi, saylov tartiblarini o’rnatadi va tartibga soladi, saylov
huquqining muhim prinsiplarini mustahkamlaydi va saylov tizimining muhim
elementlaridan hisoblanuvchi – qonunchilikni vujudga kelishiga asos bo’ladi.
116-aprel 2014-yilgi Kоnstitusiyaga kiritilgan о‘zgartish va qо‘shimchaga asоsan Kоnstitusiyaning 117-mоddasi 6-
9-qismlar bilan tо‘ldirildi. Ular Markaziy saylоv kоmissiyasi faоliyatiga taall’uqli nоrmalardan ibоrat.
Bu saylоv tizimi haqidagi ta'riflarni umumlashtirib aytadigan bо‘lsak,
saylоv tizimi – saylab qо‘yiladigan оrganlarni, mansabdоrlarni (fuqarоlarni
о‘zini о‘zi bоshqarish оrganlarini saylash ham buni ichiga kiradi) saylash
jarayonida vujudga keladigan munоsabatlar, tartiblar va ularni о‘rnatuvchi,
tartibga sоluvchi huquqiy nоrmalar yig‘indisidir.
55
Avval qayd qilganimizdek saylov tizimining tor ma’nodagi tushunchasi ham
bo’lib, uni ta’riflashda turli mualliflar o’rtasida yakdillik mavjud. Ya’ni saylov
tizimining tor ma’nodagi tushunchasi saylov o’tkazish tartibi va ovozlarni hisoblash,
taqsimlash tartiblariga qaratiladi va natijada turli saylov tizimi: majoritar,
proporsional, aralash va hokazolarga bo’linadi. Bu haqida mavzuning 4-bandida
batafsil to’xtalamiz.
2-§. Saylov tizimining prinsiplari
Saylov tizimi demokratik bo’lishi va rivojlanishi uchun u ma’lum prinsiplar
asosida tashkil bo’lishi kerak. Saylov tizimining prinsiplari ham saylov huquqining
prinsiplariga o’xshab Konstitusiyaga asoslanadi.
Saylov tizimi prinsiplari quyidagilar hisoblanadi.
Birinchi – saylov tizimining Konstitusiyaga to’la mos kelishi.
Ikkinchi – davlatchilik va hokimiyatning legitimligi (qonuniyligi).
Uchinchi – saylov tizimi tartibotlari va vazifalarining qonuniylik va huquqiy
jihatdan ta’minlanganligi.
To’rtinchi – saylov tizimining demokratiyaviyligi, fuqarolarning, siyosiy
partiyalarning teng huquqliligi.
Beshinchi – saylov tizimining barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquqiy
tartibot, inson huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi.
Oltinchi – saylov tizimining xalqchilligi, barcha fuqarolar uchun tushunarli,
qulay bo’lishi.
Еttinchi – saylov tizimining uyushganligi Konstitusiyaviy, huquqiy, sud
nazorati ostida bo’lishi va qonuniy boshqarilishi.
Sakkizinchi –saylov tizimining tejamli bo’lishi.
To’qqizinchi – ovoz berish va saylanishni ziddiyatsiz bo’lishi, uning uchun
еtarli bo’lgan natijalarni olishga kafolat yaratilishi1.
Bu prinsiplarning maqsadi va qo’llanilishini ko’rib chiqamiz.
1. Saylov tizimini Konstitusiyaga to’la mos kelishi prinsipi.
Avvalo Konstitusiyada saylov tizimi haqida maxsus bobni borligi, saylov
munosabatlarining konstitusiyaviy-huquqiy normalari bilan tartibga solinishi, saylov
qonunlarining asosini konstitusiyaviy normalar tashkil etishi – bu prinsipni namoyon
qiluvchi belgilardir. Saylov tizimining elementlari – tarkibiy qismi hisoblanuvchi
fuqarolarning saylov huquqlari, saylov huquqining prinsiplari, saylov o’tkazish
tartiblari Konstitusiyada belgilangan.
2. Davlatchilik va hokimiyatni legitimligi (qonuniyligi) prinsipi – bu davlat
hokimiyati tuzilmalari konstitusiya asosida tashkil qilishda va konstitusiya hamda
qonunlarda belgilangan vakolatlarni, qonunlarda belgilangan shakl va usullarda
amalga oshirilishida ifodalanadi. Hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligi saylov
tizimi orqali xalqni hokimiyatni tuzishda faol va bevosita ishtiroki ta’minlanishini
ko’rsatadi. Davlat hokimiyatini xalq manfaatlarini ko’zlab Konstitusiya va uning
asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga
1 Saylоv tizimining prinsiplari Shu hоlatda, Tajixanоv U. va bоshqalar. О’zbekistоn Respublikasining
kоnstitutsiyaviy huquqi. T.:“ Sharq”, 2001, 479-480-betlarda berilgan.
56
oshirilishi davlat hokimiyatining lеgitimligini bildiradi va u saylov tizimini
belgilashga ta’sir qiladi.
3. Saylov tizimining tartibotlari va vazifalarning qonuniyligi va huquqiy
jihatdan ta’minlanganligi.
Saylov o’tkazish tartiblari Konstitusiya va saylov to’g’isidagi maxsus
qonunlarda va boshqa qonunlarda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan. Qonunlarda saylov
kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilishdan tortib, saylov yakunlari e’lon
qilinguncha bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlarning aniq muddatlari,
tartibi aniq belgilab qo’yilgan. Saylovning (saylov tizimining) vazifasi fuqarolarni
davlat jamiyat ishlariga jalb qilish hamda demokratik hokimiyat tuzilmalarini tashkil
etish vazifasi qonunlarda u yoki bu ko’rinishda belgilangan.
4. Saylov tizimining demokratligi, fuqarolarning, siyosiy partiyalarning teng
huquqliligi.
Bu saylovlar umumiy ekanligida, qonunda belgilangan hollardan tashqari hеch
kim saylov huquqidan mahrum qilinmaslikda, saylovlar umum e’tirof etilgan
prinsiplarda o’tkazilishida namoyon bo’ladi. Saylov tizimining demokratligi yana
saylovlarda fuqarolar o’z xohish-irodasini erkin, ixtiyoriy bildirishida aks etadi.
Saylov tizimining muhim shartlaridan biri unda barcha fuqarolarning, siyosiy
partiyalarning teng huquqligidir. Bular qonun bilan ta’minlangan. Bu prinsip faqat
fuqarolar va siyosiy partiyalar teng huquqligi bilangina xarakterlanmay, umuman
saylovlardagi barcha saylov ishtirokchilarini teng huquqligi bilan xarakterlanadi.
5. Saylov tizimining barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquq-tartibot, inson
huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi.
Saylov huquqi orqali davlat hokimiyati tuzilmalari tashkil qilinadi. Ularning
natijasi, qabul qilgan qarorlari mamlakat taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Saylovlarning
adolatli o’tishi fuqarolar, jamiyatning turli a’zolari o’rtasida totuvlik bo’lishini, bu
esa barqarorlik bo’lishini ta’minlaydi. Saylov tizimi natijasida vujudga kelgan
hokimiyat organlari legitim bo’lib, mamlakatda qonuniylikni ta’minlash, huquqiy-
tartibotni o’rnatilishida muhim rol o’ynaydi. Saylov tizimi fuqarolar tengligini
ta’minlash bilan birga, uning natijasida vujudga kelgan hokimiyat tuzilmalari
fuqarolarning birinchi navbatda saylov huquqlarini, qolaversa, boshqa barcha
huquqlarini himoya qilinishini ta’minlaydi.
6. Saylov tizimini xalqchilligi, uni barcha uchun tushunarli bo’lishi.
Saylov-huquqiy normalari oddiy fuqarolar tushunadigan tilda vujudga keladi.
Bu sohadagi munosabatlarda barcha bir xil ishtirok etadi. Huquqiy normalar orasida
saylov huquqlari eng ko’p tashviqot ob’ekti bo’ladi. Uning mazmun-mohiyati har bir
fuqaroga еtkazilishi uchun katta ishlar olib boriladi. Uning normalarida hamma bir xil
naf ko’rishi choralari belgilangan.
7. Saylov tizimi konstitusiyaviy, huquqiy va sud nazoratida bo’lishi, u qonuniy
boshqarilishi prinsipi, avvalo, saylov tizimini himoyalashni, uning buzilishlari oldini
olishning, ma’lum sabablar bilan unga zarar еtkaziladigan bo’lsa, unga qarshi еtarli
choralar ko’rish mexanizmi mavjudligini bildiradi. Eng muhim yuridik faktlar,
munosabatlar singari saylov tizimi ham Konstitusiya bilan, turli maxsus va boshqa
qonunlar bilan, shuningdek, maxsus normativ hujjatlar bilan belgilanib nazorat
57
qilinadi. Saylov tizimi sud tomonidan alohida himoya qilinadi. Konstitusiyaviy sud
saylov qonunlarini, boshqa qonuniy hujjatlarni Konstitusiyaga mosligini nazorat
qiladi, zarur deb topsa qonun va boshqa qonuniy hujjatlarni bekor qilishi mumkin.
Odil sudlov organlari fuqarolarning, nomzodlarning, siyosiy partiyalarning
shikoyatlarini ko’rib chiqib adolatni tiklaydi. Saylov tizimi doirasidagi barcha
tadbirlar qonun asosida boshqariladi.
8. Saylov tizimini tejamli bo’lishi prinsipi ortiqcha harajatlarni oldini oladi,
hammaga (saylov ishtirokchilari – siyosiy partiyalarga) bir xil moliyaviy mablag’
ajratadi. Saylov komissiyalarining faoliyat yuritishi uchun ham bir xil, dabdabalarsiz
mablag’ ajratiladi. O’zbekiston saylov tizimining tejamkorligi O’zbekistonda
o’tadigan saylovlarni boshqa mamlakatlarda o’tadigan saylovlar bilan solishtirganda
aniq bilinadi.
9. Saylovlarni ziddiyatsiz o’tishi, kerakli natijalarga erishish maqsadi saylov
tizimining muhim prinsipidir. Saylovlarning ziddiyatsiz o’tishida saylov tizimini
qonuniy asoslarini mustahkamligi, saylovlarga tayyorgarlik ko’rish adolat asosida
o’tishi asosiy sabab bo’ladi. Bundan tashqari saylovlarning oshkora o’tishi, siyosiy
partiyalar sog’lom raqobat doirasida bellashishi, bir-birini hurmat qilishi, ularga teng
imkoniyatlar yaratishi sabab bo’ladi. Mo’ljallangan natijalarga ziddiyatsiz erishishda
olib borilayotgan tashviqotlarning sifati, aholining siyosiy va huquqiy madaniyat
darajasi muhim rol o’ynaydi.
Bu prinsiplar bir-biri bilan bog’liq, biri ikkinchisini to’ldiradi. Ular maqsadi va
vazifasiga qarab bir-biridan farq qiladi va birgalikda saylov tizimiga baho berishda
muhim ko’rsatgich hisoblanadi.
3-§. O’zbekiston saylov tizimining shakllanishi va takomillashib borishi
Saylov tizimini murakkab mexanizmlardan, tarkibiy qismlardan tarkib topgan
qurilmaga o’xshatish mumkin. Uning mexanizmlarining yangilanishi, takomillashuvi,
ishlamay qolganlarini almashtirilishi, oxir oqibatda tizimni mazmuniga, sifatiga ta’sir
qiladi.
Biror-bir mamlakatning saylov tizimi birdaniga hozirgi holatida vujudga
kelmagan. Ularning shu vaqtdagi saylov tizimining vujudga kelishi uchun ko’p
vaqtlar o’tgan, mablag’lar sarflangan, ba’zi paytlarda jamiyatda to’qnashuvlar,
kurashlar bo’lgan. Saylov tizimidagi umumiylik, tenglik, ixtiyoriylik, xohish-irodani
erkin bildirish o’z-o’zidan yoki birdaniga vujudga kelmagan. Saylovlarda yosh
chegarasini kamaytirish, ayollarni saylovlarda ishtirok etishiga erishish, saylovlardagi
ortiqcha cheklashlarni olib tashlash uchun uzoq vaqt kurashilgan.
Mamlakatdagi saylov tizimi bo’lishi davlat xarakteriga, u еrdagi rejimga
bog’liq, ya’ni davlatning suverenligi, demokratik yoki avtoritar rejim, diktatura
ko’rinishida bo’lishligi saylov tizimiga ta’sir qiladi. Lekin har qanday rejim ham o’z
saylov huquqini demokratik qilib ko’rsatish uchun turli choralarni ko’radi. Sobiq
ittifoq davrida ham saylov eng demokratik deb ko’rsatilar, hatto fashistlarni
hokimiyat tepasiga keltirgan Germaniya saylov tizimi ham demokratik hisoblangan.
O’zbekiston ittifoq tarkibida turgan vaqtda uning mustaqil saylov tizimi
bo’lmagan. O’zbekiston saylov tizimi SSSR saylov tizimining tarkibiy qismi bo’lib, u
qanday bo’lsa bu ham shunday bo’lgan. XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan
58
SSSR, shuningdek, O’zbekiston saylov tizimiga o’zgartirishlar kiritishga o’rinishlar
bo’lgan. Shu davrda SSSR saylov tizimi va tajribasiga kirib kelgan, muqobil saylov,
ko’p mandatli okrug, dеputat o’rinbosarlari degan institutlar O’zbekiston saylov
tizimiga ham kirib kelgan. O’zbekiston saylov tizimining shu vaqtda mustaqil
emasligini har qanday saylov qonunlari va qonuniy hujjatlar asosan markazda qabul
qilinishi, respublikada qabul qilingan qonunlar, hujjatlar aslo ulardan chetga chiqishi
mumkin emasligida ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston saylov tizimining mustaqillik yo’lidan borishi 1989-yil 20-
oktabrdagi saylov to’g’risida qonun qabul qilinishi va 1990-yil 18-fevralda
o’tkazilgan saylovlardan boshlandi. Natijada nomzodlar soni cheklanmay saylovlar
muqobillik asosida o’tkazish sharoiti vujudga keldi, takroriy ovoz berish, takroriy
saylov degan yangi saylov institutlari vujudga keldi va bu esa saylov
munosabatlarining kengayishi, ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning saylov
tizimida bo’lishini nazarda tutdi. O’zbekiston saylov tajribasida saylovlarni haqiqiy
emas deb topish faktlari paydo bo’ldi.
O’zbekiston saylov tizimining shakllanishi O’zbekistonning mustaqilligi bilan
bog’liq bo’lsa, uni rivojlanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil, demokratik saylov tizimini
shakllanishi, O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrdagi Konstitusiyasini
qabul qilinishi 1991-yil 18-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to’g’risida”, 1993-yil 28-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga
saylov to’g’isida”, 1994-yil 5-maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlar qabul qilinishi bilan bog’liq va bular
saylov tizimini yanada takomillashtirish, demokratlashtirishga olib keldi.
Yuqoridagi qonunlar saylov munosabatlarini keng ravishda tartibga solish bilan
yangi munosabatlarni vujudga keltirdi, masalan saylovlarni ko’p partiyaviylik asosida
o’tishi, nomzodlarni fuqarolar va vakillik hokimiyati organlari tomonidan
ko’rsatilishi va boshqalar.
Mamlakatimizda olib borilgan demokratik islohotlarga monand ravishda
saylov tizimi ham isloh qilib borildi. Yuqorida tilga olingan qonunlarga ko’plab
o’zgartirishlar kiritilib, saylov tartiblari o’zgartirildi. Saylov tizimidagi (tartibidagi)
eng muhim va sezilarli o’zgarishlar:
- vakillik hokimiyati va fuqarolar nomzod ko’rsatish huquqiga ega sub’ektlar
qatoridan chiqarib tashlandi va nomzod ko’rsatishga faqat siyosiy partiyalar (quyi
vakillik organlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari ham) ega bo’ldi;
- saylovlarni bo’lib o’tgan deb hisoblash uchun ro’yxatga olinganlarning
yarmidan ko’pi emas, 33 foizi qatnashishi еtarli miqdor deb belgilandi;
- siyosiy partiyalar nomzod ko’rsatishda nomzodlarning kamida 30 foizi
ayollardan iborat bo’lishi belgilandi;
- Oliy Majlis Senati tashkil etilishi munosabati bilan saylov tizimiga pog’onali
saylov kirib keldi;
- Qonunchilik palatasida deputatlar soni 150 ta qilib belgilanib, ularning 15 tasi
Ekoharakatdan ularning anjumanlarida saylanadigan bo’ldi;
59
- siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi uchun to’planadigan imzolar
miqdori oltmish mingdan qirq mingga tushirildi;
- saylov uchastkalarida ovoz natijalarini aniqlashda nomzod ko’rsatgan siyosiy
partiyalardan bittadan vakolatli vakil ishtirok etishi belgilandi;
- Qonunchilik palatasi deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni
10 ta qilib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi saylov tizimining rivojlanishida “Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish”
Konsepsiyasi muhim rol o’ynaydi. Uning ko’rsatmalari asosida saylov
qonunchiligiga ancha o’zgartirishlar kiritildi va bu o’z-o’zidan saylov tizimida
namoyon bo’ldi. Konsepsiya asosida:
- Bosh vazir nomzodi saylovlarda eng ko’p o’rin olgan siyosiy partiyalar
tomonidan ko’rsatiladigan bo’ldi;
- Markaziy saylov komissiyasining tashkil bo’lish tartibi, vazifasi, faoliyat
shakli va prinsiplari Konstitusiyada belgilab qo’yildi;
- saylovoldi tashviqotlarining tushunchasi, usullari, shakllari, qachon
to’xtatilishi qonunlarda belgilab qo’yildi;
- muddatdan oldin ovoz berish tartibi yangicha o’rnatildi;
- sudgacha qamoq joylarida saqlanayotganlar ovoz berishda ishtirok etishi
belgilandi.
Saylov tizimini takomillashuvida mamlakatimizda olib borilayotgan ilmiy
izlanishlar, o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar, ayniqsa, markaziy saylov
komissiyasi tomonidan o’yushtirilayotgan xalqaro anjumanlar muhim rol
o’ynamoqda.
4-§. Saylov tizimi turlari
Saylov tizimi tor ma’noda ovoz berish natijasini aniqlashga qarab turlarga
bo’linadi.
Jahon tajribasida bir necha xil tizim mavjudligi yuridik adabiyotlarda uchraydi.
Bular asosan majoritar va proporsional tizimlardir1. Ayrim adabiyotlarda ularning
boshqa turlari, jumladan, aralash tizimi mavjudligi ko’rsatilgan2. Bu ham haqiqat.
Eng ko’p qo’llaniladigan saylov tizimi – majoritar, proporsional va aralash
shakldagi tizimlardir.
Bu tizimlar asosan ovoz berish tartibi, ovozlarni aniqlash, ovozlarni deputat
saylashda taqsimlanishi, saylovni necha mandatli saylov ekanligi bilan aniqlanadi va
bir-biridan farq qiladi. Ularning birontasini demokratik boshqasini nodemokratik
deyishga asos yo’q. Ularning ijobiy shu bilan salbiy tomonlari mavjud.
Majoritar tizim siyosiy partiyalar hali uncha kuchli bo’lmagan, aholini o’z
taraflariga og’dirish uchun tegishli ishlar amalga oshirmagan davlatlarda foydalidir.
Bunday saylovda vakillik organlariga deputat bo’lib partiya a’zolari emas, partiya
tomonidan ko’rsatilgan, so’zga chechan, saylovchilarni o’z dasturiga ishontira
oladigan kishilar saylanadi. Bu saylovda saylovchilar nomzodlarning qilgan ishlari,
1 Tajixanоv U. va bоshqalar. О’zbekistоn Respublikasining Kоnstitutsiyaviy huquqi. T.:“ Sharq”, 2001, 480-481-
betlar; Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013, 298-bet 2 Qarang: Алебастрова И.А. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.271-279
60
xizmatlari, dasturlarini taqqoslaydi va o’ziga ma’qulini tanlaydi. Bu tizimda ham
okruglarda nomzodlar, asosan, partiya nomidan qatnashadi, lekin yakka asosda ovoz
oladi, ovoz partiya uchun emas shaxsan nomzodga beriladi.
Majoritar tizimning ham ko’rinishlari har xil. Uning bir ko’rinishida boshqa
nomzodlarga nisbatan ko’proq ovoz olgan nomzod saylangan bo’ladi. Bunda
saylanish uchun qancha ovoz olish kerakligi ko’rsatilmagan. Bu ko’rinish AQSh,
Xindiston va Rossiya da qo’llaniladi. Bu mamlakatlarning qonunlarida aksariyat ovoz
berishda qancha saylovchi ishtirok etishi shartligi ham ko’rsatilmaydi. Angliya
qonuniga asosan okrugdan bir nomzod ko’rsatilgan bo’lsa, saylovsiz saylanish
mumkin, uning saylanishi uchun nomzodning o’z ovozi kifoya bo’ladi1.
Ayrim mamlakatlarda majoritar tizimda saylanish uchun ko’pchilik ovoz talab
etiladi. O’zbekiston saylov tizimi ham majoritar tizim bo’lib, unda shu tizimning
ko’pchilik ovoz olish tartibi qo’llaniladi. Ovoz berishda kamida 33 foiz saylovchi
ishtirok etib, (ro’yхatga olinganlar) ularning yarmidan ko’pini (50 foiz + 1ta ovozni)
olgan nomzod deputat, Prezident bo’lib saylanadi. Majoritar tizimning yana boshqa
ko’rinishlari ham mavjud2. Majoritar tizimning eng muhim ijobiy tomoni (yutug’i)
saylovchi aniq bir shaxsga ovoz beradi. Bu keyinchalik saylangan shaxs bilan
saylovchi o’rtasida bevosita aloqadorlikni o’rnatadi. Deputatlar o’z faoliyati
yuzasidan saylovchilarga axborot berib boradi, vakillik organlarida shu okrug
saylovchilarining manfaatini ifodalaydi, ularning nomidan faoliyat ko’rsatadi.
Majoritar tizimning salbiy tomoni, unda ko’plab saylovchilar ovozi kuyib ketadi,
saylanmagan nomzodlarga berilgan ovozlar bu 49% gacha bo’lishi mumkin.
Saylov tizimining ikkinchi ko’p tarqalgan turi proporsional saylov tizimidir.
Proporsional saylov tizimi siyosiy partiyalar kuchli mamlakatlarda bo’lishi maqsadga
muvofiqdir.
1 Qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. М.: “Норма”, 1999, 93-94 betlar. 2 Bu haqda qarang: Shu darslik. 94-96-betlar.
Majоritar saylоv tizimi deputatlarning bir оkrugdan bitta saylanshi
bilan (nоmzоdlar qancha bо‘lishidan qat'iy nazar) saylоvchi aniq nоmzоdga
yoqlab yoki qarshi оvоz berishi bilan xarakterlanadi. Bu kо‘pchilik
оvоzlarninng saylanadigan nоmzоdlarda bо‘lishini nazarda tutadi. Majоritar
sо‘zining о‘zi ham fransuzcha “kо‘pchilik” sо‘zidan оlingan. Majоritar tizim
jahоnda eng kо‘p tarqalgan tizim deb hisоblanadi.
Bunda saylоvchi aniq nоmzоd uчun emas, partiяlar taqdim etgan
rо‘yxatga оvоz berish bilan mamlakatdagi siyosiy partiyalarni оlib
bоrayotgan yo‘lini, saylоv dasturini ma'qullaydi.
61
Saylovda saylovchilarning qancha ovozini to’plaganligiga qarab,
parlamentdagi, (vakillik organidagi) deputatlik o’rinlari taqsimlanadi. Bu prinsipda
ko’pchilik ovozlar kuymaydi, ular qanchadir o’rinlarga ega bo’ladi. Bu prinsipda
ovoz uchun aniq nomzodlar ko’rashmay partiya ro’yxatlari orqali partiyalar
ko’rashadi. Shuning uchun partiya ro’yxatlarida taniqli kishilar bo’lishiga harakat
qilishadi. Ko’p hollarda partiyalar ovozga qo’yiladigan saylov ro’yxatini tuzishda
unga kiritilayotganlarning parlament ishi uchun mutaxassis bo’lishi, qonunlar qabul
qilishdagi bilimi, o’quvi emas, qanday bo’lmasin, turli faoliyat orqali aholiga taniqli
shaxslarning bo’lishiga harakat qilinadi.
Agar ayrim mamlakatlarning parlamentlari tarkibini ko’rsak, jumladan,
Rossiyani parlamentida mutlaqo siyosatdan uzoq, yurisprudensiyaga aloqasi yo’q
sportchilar, artistlar saylanganligini ko’ramiz. Ular aholi o’rtasida o’z yutuqlari
natijasida (boshqaruv yoki siyosatda emas) tanilgan va hurmatga sazovor bo’lgan.
Proporsional tizim natijasida tashkil qilingan parlamentlarda ko’pincha kam
sonli deputat bilan, kichik partiyalar o’rniga ega bo’lishi va bu parlamentda kichik-
mayda fraksiyalarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi va bu hol parlamentda
masalalarni hal qilinishini qiyinlashtiradi.
Proporsional saylov tizimida qonunlarda siyosiy partiyalar albatta to’plashi
kerak bo’lgan ovozlarning zarur miqdori belgilab qo’yiladi. Bu jamiyatda uncha
ahamiyatga ega bo’lmagan partiyalarning, parlament va quyi vakillik organlarida
o’rin olishga qo’yilgan to’siq hisoblanib, u turli mamlakatlarda turlicha (7%, 5%,
3%) bo’lishi mumkin. Kam sonli deputat o’rinlari bilan parlamentni band qilish
parlament ko’pchiligini tashkil qilishda muammolarni vujudga keltiradi. Ayniqsa, bu
parlamentar respublikalarda jiddiy muammo bo’ladi. Bir necha partiya fraksiyalari
birlashib ko’pchilikni tashkil etsa-da, bu birlikning (bloklarni) buzilib ketishi oson
bo’ladi. Ayrim mamlakatlarda to’siqlardan o’ta olmagan partiyalarning olgan
ovozlari ko’p o’rin olib to’siqdan o’tgan partiyalar o’rtasida taqsimlanadi. Ayrim
mamlakatlarda esa ovozlar kuyib ketadi.
Proporsional saylov tizimida ovozlarni taqsimlashning turlicha usullari
mavjud1.
Nomzodlar bo’yicha partiya ro’yxatlari ayrim mamlakatlarda qattiq, ayrim
mamlakatlarda yumshoq bo’lishi mumkin. Qattiq ro’yxat bo’yicha o’tkazilganda,
ro’yxatdagilarning yuqori o’rinda turganlari ajratilgan o’ringa qarab deputatlik
mandatini oladi. Saylovchilar ro’yxatdagilardan qaysi birlarining deputat bo’lishiga
ta’sir qila olmaydi. Partiya organlari ro’yxatni qanday tuzgan bo’lsa uning yuqori
o’rindagilariga deputatlik mandati tegadi.
“Yumshoq ro’yxatda esa “ro’yxatning yuqori o’rnida turgan nomzodlar emas,
saylovchilar o’rtasida obro’-e’tiborga ko’proq ega nomzodlar deputatlik mandatiga
ega bo’ladi. Bunda saylovchilar partiya ro’yxatiga umumiy ovoz berish bilan,
qo’shimcha raishda kimni deputat bo’lishini xohlab, nomzod ro’parasiga belgi
qo’yadi. Bu belgi nomzodlarning o’rnini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
1 Bu haqda qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. M.: “Норма”, 1999, стр.97-101;
Алебастрова И.А. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.272-277.
62
Masalan, birinchidan boshlab, yuqori raqamgacha ko’rsatilishi (1, 2, 3, 4, 5 va h.k.)
nomzodlarni birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi mavqеini ko’rsatadi. Bu usul saylovlarda
deputatlik o’rnini taqsimlashda partiya organlari emas, hal qiluvchi rolni saylovchi o’ynashini
ko’rsatadi.
Xorijiy mamlakatlarda proporsional saylov tizimi deputat saylashda (parlament
va mahalliy hokimiyat organlarini) qo’llaniladi. Prezident saylovida esa faqat
mojaritar tizim amal qiladi. Chunki unda nomzod qaysi partiyadan ko’rsatilmasin (bir
partiya faqat bitta nomzod ko’rsata oladi) saylovchi partiyaga emas aniq nomzodga
ovoz beradi.
Xorijiy mamlakatlarning saylov tajribasida bir tartibdan ikkinchisiga o’tish
holati uchrab turadi.
Xorijiy mamlakatlarda saylov tizimini yana bir ko’p tarqalgan turi aralash
saylov tizimidir.
Dastlabki davrlarda Rossiya Davlat Dumasining (quyi palata) 450 deputatini
225 tasi majoritar tizim bo’yicha, 225 tasi proporsional tizimda saylanar edi.
Keyinchalik deputatlarning barcha 450 tasi proporsional tizim asosida saylanadigan
bo’ldi. Hozir yana Davlat Dumasini aralash usulda tashkil etishga o’tilyapdi.
Ukraina parlamenti Oliy Radaga bo’lib o’tgan 2014-yil oktyabr saylovlarida
saylovning aralash tizimidan foydalanildi. Mamlakatda qaysi saylov tizimidan
foydalanishni konstitusiya va qonunlarda belgilab qo’yiladi. Bu tizimning ijobiy
tomoni proporsional tizimda partiya ro’yxati bo’yicha deputat bo’la olmagan, lekin
ko’zga ko’ringan, ko’pchilikka yoquvchi partiya boshchilari (liderlar) mojaritar tizim
orqali parlamentga deputat bo’lib saylanishi imkoniyatiga ega bo’ladi.
Xorijiy mamlakatlarning saylov o’tkazish tajribalarida yana boshqa saylov
tizimlari, ovoz berish, natijalarni aniqlashning boshqacha usullari ham mavjud.
5-§. Saylovlarda xalqaro standartlarni (andozalarni) qo’llanilishi
Saylovlar eng qadimgi ijtimoiy munosabatlar bo’lib, insoniyat rivojlanishi,
ijtimoiy rivojlanish, demokratiya rivojlanishi bilan birga rivojlanib bormoqda va o’zi
ham shu rivojlanishlarga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Inson huquqlari xalqaro ahamiyatga ega bo’lib, xalqaro miqyosda ular himoya
qilinar ekan, bu saylov huquqlariga ham tegishlidir. Xalqaro munosabatlar
rivojlanishi, saylov huquqining rivojlanishiga ta’sir qilib bordi va barcha davlatlar,
suveren davlat bo’lishidan qat’iy nazar, ko’pchilik uchun ma’qul qoidalarga,
Aralash saylоv tizimida mamlakatlarda о‘tkaziladigan saylоvlarda
majоritar tizim ham prоpоrsiоnal tizim ham qо‘llaniladi. Bu оliy va mahalliy
vakillik оrganlarining bittasi mоjaritar tizim оrqali, bittasi prоporsiоnal
tizim оrqali tashkil etiladi yoki bita vakillik оrganini tashkil etishda ikkala
tizimdan ham fоydalanish mumkin.
63
talablarga rioya etilishi maqsadga muvofiq ekanligi e’tirof etdilar. Bunday talablar
saylovlarga qo’yiladigan standartlar deb yurilatiladigan bo’ldi. Bular saylovlarga
qo’yiladigan umumiy talablardir. “Umumiy talablar uzoq vaqt sinovdan o’tgan,
ko’pchilik e’tirof etgan qoidalardir. Ular demokratiyaning asosiy ko’rsatkichlari
bo’lib, ayniqsa, saylov o’tkazishda muhim ahamiyatga ega”1.
Hozir biror bir davlat faqat o’zida mavjud tartib, qoidalar bilan saylov
o’tkazmaydi. Hozirgi kunda bir nechta xalqaro hujjatlarda saylovga taalluqli umumiy
qoidalar, talablar belgilangan bo’lib, ularni chetlab o’tish mumkin emas, aks holda,
saylovlar demokratik hisoblanmaydi va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof
etilmaydi.
Xalqaro standartlarning huquqiy asoslari xalqaro hujjatlarda, mintaqaviy
hujjatlarda o’z ifodasini topgan.
Saylovlarda qo’llaniladigan xalqaro standartlar saylovlarga qo’yiladigan bir xil
talablar bo’lib, ular saylov huquqi prinsiplarini yanada to’liq namoyon bo’lishini,
qo’llanilishini ta’minlaydi.
Saylovlarining xalqaro standartlari quyidagi xalqaro va mintaqaviy hujjatlarda
belgilangan:
1. Inson huquqlari bo’yicha umumjahon deklarasiyasi (1948-yil 10- dekabr)
2. Fuqarolarning siyosiy va fuqarolik huquqlari to’g’risidagi pakt (1966-yil 16-
dekabr).
3. Irqiy kamsitishlarning barcha shakllarni tugatish to’g’risidagi xalqaro
deklarasiya (1966-yil 7-mart).
4. Ayollarga nisbatan kamsitilishlarga barham berish to’g’risidagi deklarasiya
(1967-yil 7-noyabr)
5. Ayollarni siyosiy huquqlari to’g’risidagi konvensiya (1952-yil 20-dekabr).
6. Muntazam va haqiqiy saylov prinsiplarini samaradorligini oshirish haqidagi
BMT rezolyusiyasi (1991-yil 17-dekabr).
Bundan tashqari yana BMT tomonidan tashkil qilingan bir necha hujjatlarda
saylovlarga taalluqli umumiy talablar, standartlar ko’rsatib o’tilgan.
Xalqaro hujjatlardan tashqari, bir necha mintaqaviy hujjatlarda ham saylov
standartlari qayd etilgan. Jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarning
himoyasi bo’yicha еvropa konvensiyasi (1952-yil), “Kopengagen anjumani
hujjatlari”, Parlamentlararo Ittifoqi Kengashining “Erkin va adolatli saylov mezonlari
to’g’risidagi Deklarasiya” (1994-yil).
Lekin birorta bir xalqaro hujjat yoki mintaqaviy hujjat xalqaro saylov
standartlarini bir tizimga solib bermagan, shuningdek, standartlar faqat shular degan
qat’iy tushuncha ham yo’q. Bu tabiiy hol, albatta. Saylovlarning rivojlanishi, ya’ni
saylov texnologiyalari rivojlanishi, standartlar tizimining ham kengayib borishini
ko’rsatadi.
1 Xusanоv О. Saylоvlarga qо‘yiladigan xalqarо talablar va ularning О’zbekistоn qоnunchiligida mustahkamlanishi.
Demоkratik saylоvlar о‘tkazishning xalqarо stantdartlari va О’zbekistоn qоnunchiligi. (Xalqarо kоnferensiya
materillari). T. 2009, 39-bet.
64
Yuridik adabiyotlarda, manbalarda standartlar haqida bir xil fikr yo’q. Ayrim
adabiyotlarda standartlar sifatida erkinlik, adolatlilik, haqiqiylik ko’rsatilsa, ba’zi
mualliflar saylovlardagi ochiqlikni xalqaro standartlar qatoriga kiritadi.
Saylovlarning erkin o’tishi. Saylovlarning erkin o’tishi O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyada va saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilangan. Erkin
saylov deb saylovchilarga biror bir tarzda bosim o’tkazilmaydigan sharoitlarda
o’tkazilgan saylovlarni hisoblash mumkin. Saylovlarga biror-bir bir tazyiq o’tkazish,
qo’rqitish yo’l qo’yilmaydigan saylovlarni erkin saylov deyiladi. Erkin saylov –
saylovning prinsipi – teng saylovni to’la ro’yobga chiqaruvchi sharthamdir. Erkin
saylov natijasidagina saylovchilar o’z xohish-irodasini iхtiyoriy amalga oshira oladi.
Uning natijasida barcha saylovchilarga teng imkoniyat yaratiladi. Erkin saylov
saylovchining saylovda qatnashganligi yoki qatnashmaganligi uchun biron bir tarzda
manfaatiga zarar еtishiga yo’l qo’ymaydi. Erkin saylov natijasida fuqaro saylovlarda
boshqa qonuniy erkinliklardan ham (so’z erkinligi, fikr erkinligi, axborot olish,
tarqatish erkinligidan) foydalanadi. Saylovlarda erkinlik faqat ovoz berishda emas
saylovning barcha tadbirlarida (tashviqot ishlari olib borishda, o’z nomzodini
ko’rsatishga rozilik berishda, kuzatuvchilar, vakillar, saylov komissiyalari tarkibida
ishtirok etishga roziligida) amal qilgandagina haqiqiy erkinlik hisoblanadi.
O’zbekistonda saylov tadbirlarida, ovoz berishda ishtirok etmaslik uchun ta’qib
qilinmaydi, aksincha fuqarolarning saylov erkinligi boshqa erkinliklari kabi sud
tomonidan himoya qilinadi. Saylov erkinligining buzilishlari uchun tegishli jazolar
belgilangan.
Saylovlarning xalqaro standarlaridan yana biri – saylovlarni adolatlilik
xarakteriga ega bo’lishidir. Saylovlarda adolatning namoyon bo’lishi, avvalo
O’zbekiston saylov huquqinig demokratiyaviyligidan kelib chiqadi. Adolatlilikni
saylovlarning umumiy, teng, yashirin ovoz berish orqali o’tishi ta’minlasa, o’z
navbatida, adolatlilik shu prinsiplarning to’la namoyon bo’lishiga, ro’yobga
chiqishiga, foydali bo’lishiga ijobiy ta’sir qiluvchi holatdir. Aktiv saylov huquqi
voyaga еtgan fuqarolarning (qonundagi istesnodan tashqari) ortiqcha cheklashlarsiz
saylov huquqiga ega bo’lishi adolat natijasidir. Saylovchilarni, shuningdek, saylov
ishtirokchilarini barcha masalalarda tengligi, hеch kim imtiyozga ega emasligi,
saylov huquqlarining samarali himoya qilish mexanizmini mavjudligi adolatlilikning
amaliy ifodasidir. Saylov tadbirlari turli kuzatuvchilar ishtirokida oshkora o’tishi ham
adolatni ro’yobga chiqaruvchi omillardandir.
Saylovlarni chinakamligi xalqaro standartlardan bo’lib, uning natijasida
saylovlardagi barcha tadbirlar, saylovchilarning huquqlari qonunlarda belgilangan
asosda bo’lishi nazarda tutiladi. Chinakam saylovlardagina fuqarolar saylovchining
boshqa huquqlarini amalga oshirish imkomniyatiga ega bo’ladi. Saylovlar chinakam
bo’lgandagina unda mag’lubiyatga uchragan kuchlar mag’lubiyatni tan olishga
majbur bo’ladi, aks holda, jamiyatda qarshiliklar kuchayib ketib, turli inqirozlar
vujudga keladi. Haqiqiy saylovlar jamiyatni bir siyosiy kuchdan ikkinchisiga
talofatsiz, buzg’unchiliksiz, qonuniy topshirishga asos bo’ladi. Chinakam saylovlar
saylovchilarga haqiqiy saylovni ta’minlaydi va jamiyatda plyuralizmni keltirib
chiqaradi va o’zi ham unga tayanadi. Saylovlarni oshkora o’tishi saylovlarni haqiqiy
bo’lishida muhim rol o’ynaydi.
65
Adabiyotlar bilan tanishib, saylov tajribalarini o’rganib ilmiy izlanishlar orqali
saylovlardagi xalqaro standartlar qatoriga saylovlarning davriyligi (aniq muddatlarda
o’tishi)ni ham qo’shsa bo’ladi degan fikr tug’ildi. Chunki, saylovlarning aniq
muddatlarda o’tishi uning muddatlarini hukmron kuchlar, hokimiyat tuzilmalari
xohlagancha o’zgartira olmasligi, saylovlarga qo’yiladigan xalqaro talablardan
biridir.
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt”ning 25-moddasida
umumiy saylov prinsiplari qatorida saylovlar davriy o’tkazilishi belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi ana shu xalqaro hujjat normalari ko’rsatmasiga mos
ravishda saylovlar o’tkazishning aniq muddatini konstitusiyaning 117-moddasida
mustahkamlab qo’ygan.
6-§. Xalqaro hujjat qoidalarini O’zbekiston saylov qonunchiligiga
implementasiya qilish
O’zbekiston Konstitusiyasining muqaddimasida konstitusiya qabul qilinishidan
ko’zlangan maqsadlar qatorida umum e’tirof etilgan xalqaro qoidalarning ustunligini
tan olish ta’kidlangan.
Umuman konstitusiya loyihasi ishlab chiqishda komissiya raisi komissiya
oldiga: boshqa vazifalar bilan birga, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari
borasida, demokratiya va qonunchilik borasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni, xalqaro
hujjat qoidalarini hisobga olish vazifasini qo’ygan.
Bu ko’rsatma xalqaro huquq normalarining O’zbekiston Konstitusiyasi va
qonunchiligiga implementasiya qilish uchun turtki bo’ldi.
Xalqaro huquq qoidalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish, xalqaro
huquq normalarini aynan shundayligicha qonunlarimizga ko’chirish, kiritish emas,
ularning mazmun-moxiyatini qonunchiligimizga singdirish, to’g’ri talqin qilish orqali
xalqaro huquq normalarini qonunchilikka, milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda,
milliy manfaatlarga zarar еtkazmagan holda tadbiq etishdir.
Saylov huquqi inson huquqining, fuqarolar huquqining ajralmas qismidir.
Shuning uchun milliy qonunchilikka xalqaro huquq normlarini implementasiya qilish
saylov huquqiga ham to’la taalluqlidir.
Xalqaro huquq normalarining saylov huquqiga ta’sirini biz konstitusiyadan
tortib barcha saylov qonunlarida ko’ramiz. Implementasiya natijalarida konstitusiya
va saylov qonunchiligida saylov huquqini umum e’tirof etilgan prinsiplari umumiy,
teng, to’g’ridan to’g’ri, yashirin ovoz berish va ularga amal qilish natijasida vujudga
kelgan umumiy prinsiplarni ro’yobga chiqishini ta’minlaydigan saylovning xalqaro
standartlariga muvofiq keladigan erkin, ixtiyoriy, oshkora, adolatli, chinakam, davriy
saylovlar mamlakatimizda amal qilmoqda.
Saylov huquqining prinsiplari, saylov o’tkazishning xalqaro standartlari
shunchaki qonunlarda yozib qo’yilmasdan, ularning real amal qilishini ta’minlovchi
shart-sharoitlar mamlakatimizda shakllangan.
Saylov huquqi prinsiplarining va saylov standartlarini amal qilishini
ta’minlovchi sharoitlar sifatida quyidagilar ko’rsatiladi:
1. Saylovlarning ochiq, oshkora, erkin, chinakam va adolatli o’tishi;
2. Saylovlarning mustaqil saylov komissiyalari tomonidan o’tkazilishi;
66
3. Saylovlarning, saylov komissiyasining, nomzodlar va siyosiy partiyalar
faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirilishi;
4. Axborotlashtirish va tashviqot ishlarining davlat tomonidan ta’minlanishi;
5. Saylovlarda milliy va xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki;
6. Saylov natijalari ustidan shikoyat qilish huquqining mavjudligi, saylov
huquqini buzilishi uchun javobgarlikning mavjudligi;
7. Qabul qilinadigan qarorlar hеch kimni kamsitmasligi.
O’zbekistonda saylov qonunchiligiga xalqaro saylov standartlarini
implementasiya qilishda, mamlakatimizda muntazam o’tkazilayotgan ilmiy va amaliy
anjumanlardagi ilmiy tahlil va takliflar muhim rol o’ynamoqda.
Ana shunday anjumanlarda xorij ekspertlari qonunchiligimizda xalqaro saylov
standartlarini aks etganligi va ularning amaliy ifodasi darajasi haqida xolis fikrlarni
bildirishgan.
Xulosa.
Saylov tizimi saylov huquqi o’quv kursidagi eng muhim mavzu hisoblanib u
saylov mazmuniga xarakteriga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Saylov tizimi keng
ma’noda saylov-huquqiy munosabatlarni uning sub’ektlari saylov o’tkazish tartibi
hamda ularning belgilovchi huquqiy normalarni o’z ichiga oladi. Tor ma’noda saylov
tizimi ovoz berish va uning natijalarini aniqlash tartibi bilan bir biridan farq qiladi va
turli saylov tizimi ko’rinishida (majoritar, proporsional, aralash) namoyon bo’ladi.
Biror bir saylov tizimini u еki bu sababga ko’ra demokratik, ijobiy deb, ikkinchisini
salbiy deb hisoblash mumkin emas. Ularni har birini ijobiy va salbiy jihatlari mavjud.
Qaysi bir tizimni o’rnatishni har bir davlat o’z taraqqiyoti, siyosiy kuchlarining
to’tgan o’rni, saylovchilarning saylov madaniyati va darajasiga qarab tanlaydi.
Saylov tizimning xarakterini, mazmunini uning prinsiplari ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasida asta-sekin mamlakat taraqqiyotiga mos ravishda
saylov tizimi vujudga keldi, shakllandi va rivojlanmoqda. Saylov tizimimiz
demokratik talablarga javob beradi va unda xalqaro standartlar to’la o’z o’rnini
topgan. Bunda saylov qonunchiligimizga xalqaro huquq normalarining
implementasiya qilinishi muhim rol o’ynaydi.
Nazorat uchun savollar
1. Dunyoda turli xil saylov tizimlari mavjud. Ularning o’ziga yarasha
qo’llanish tartib taomillari bor.
Xalqaro saylov tizimlari (majoritar, proporsional, aralash) o’ziga xos
xususiyatlari, farqlari va har birining afzal jixatlari xususida mustaqil fikringizni
bildiring, har bir saylov tizimi amalda bo’lgan ayrim xorijiy mamlakatlarning saylov
tizimlarini ularning saylovga doir qonun hujjatlari bilan tanishgan holda qiyosiy
tahlil qiling.
2. O’zini demokratik davlat deb e’lon qilgan har bir mamlakatda umum e’tirof
etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi tan olinadi. Jumladan, saylov
to’g’risidagi qonunlarda ham.
Saylovga doir milliy qonunchiligimizga xalqaro huquq normalarining
implementasiya qilinishi darajasi xususida, O’zbekiston Respublikasining milliy
67
saylov qonunchiligini va xalqaro saylovga doir hujjatlarni o’rgangan holda qiyosiy
tahlil qiling.
3. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasida nazarda
tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilib, sud tomonidan 12 yilga ozodlikdan
mahrum etilgan fuqaro S. 2014-yil 8-dekabr kuni belgilangan jazo muddatini o’tab
bo’ldi. Parlament saylovlaridan xabar topgan fuqaro S. 47-Obihayot saylov
uchastkasida tuzilgan saylovchilar ro’yxatidan o’zining nomini topa olmaganligi
sababli uchastka saylov komissiyasiga bu kamchilikni to’g’rilashni so’rab ariza
taqdim etdi. Saylov komissiyasi arizani uch kundan keyin ko’rib chiqib, ariza
yuzasidan fuqaroga javoban quyidagilarni ma’lum qildi. Fuqaro S. bugungi kunda
qo’shimcha jazo sifatida tayinlangan muayyan huquqdan mahrum etish jazosini
o’tayotganligini, uning O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyat – josuslik jinoyati
sodir etganligini va sudlanganlik muddati hali tugamaganligini asos qilib amaldagi
qonunchilikka binoan, uni saylovchilar ro’yxatiga kiritish mumkin emasligini ma’lum
qildi.
Savol
1. Saylovchilar ro’yxatini shakllantirish tartibini yoritib bering.
2. Uchastka saylov komissiyasi harakatlari saylov qonun hujjatlarigi
muvofiqligini baholang.
3. Mazkur holat yuzasidan shartnoma bo’yicha (ixtiyoriy) vakil-advokat
sifatida fuqaro S.ga uning amaldagi qonunchilik yuzasidan fikrlarini tushuntiring.
4. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylovda nomzodlardan biriga
nisbatan adovati bo’lganligi sababli K. mazkur saylovda xotiniga ishtirok etmasligini
aytdi. Biroq K.ning xotini bunga javoban saylovda ishtirok etishini bildirdi. K.
xotinidan xonadon kalitini tortib olib, uni uyda qoldirib, ustidan qulflab ketdi.
Natijada K.ning xotini saylovda ishtirok eta olmaydi. Saylov kuni ertasiga K.ning
xotini erining xatti-harakatlari ustidan profilaktika noziriga arz qildi. Nozir K.ni
chaqirib, qilgan ishi bo’yicha tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi to’g’risida
ogohlantirdi. Lekin K. hеch qanday aybli ish qilmaganligini, u o’z xotini huquqini
cheklashga haqqi borligini aytdi.
Savol
1. Sizningcha, K.ning hatti-harakatlar qonuniymi?
2. Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari bilan bog’liq normalarni tahlil
qiling.
3. Ushbu vaziyatda taraflaring harakatlariga qonuniy baho bering?
5-mavzu. Saylov ishtirokchilari (subеktlari)
Saylov-huquqiy munosabatlar. Saylov-huquqiy munosabatlar
ishtirokchilari. Fuqaro saylov-huquqiy munosabatining ishtirokchisi. Saylov
komissiyalari huquqiy munosabat ishtirokchisi. Siyosiy partiyalar va
Ekoharakat saylov ishtirokchisi. Saylovlarda ommaviy harakatlarning ishtiroki.
Nomzodlar, vakillar ishtiroki. Saylovlarda kuzatuvchiar ishtiroki.
68
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va davlat organlarining
saylovlarda ishtiroki.
Mavzuda saylov-huquqiy munosabatlari tushunchasi, munosabatlar
ishtirokchilarining huquqiy maqomi, saylov-huquqiy munosabatlarining
ishtirokchilari tizimining konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tizimi
bilan bog’liqligi, saylov-huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining turlari, ular
orasida fuqarolarning tutgan o’rni, saylov-huquqiy munosabatlari ishtirokchisi
hisoblanishi uchun qo’yiladigan talablar haqida tegishli bilimlar
mujassamlashtirilgan.
1-§. Saylov-huquqiy munosabatlari.
“Saylov huquqi”ni huquq institut hisoblab o’qitilar ekan, saylov-huquqiy
munosabatlarni, ularni ishtirokchilarini aniqlash lozim bo’ladi.
Saylov-huquqiy munosabatlari konstitusiyaviy huquq munsabatlarining
ajralmas qismidir. Avvalo, aytish kerakki, saylov-huquqiy munosabatlar ham
konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar kabi ijtimoiy munosabatlarning bir qismi
bo’lib, ular ham ijtimoiy munosabatlar singari insonlar va jamiyatning boshqa
tuzilmalari o’rtasida vujudga keladi. Saylov-huquqiy munosabatlar saylov tufayli
vujudga kelib, konstitusiyaviy normalardan tashqari saylov to’g’risidagi qonunlar
bilan ham tartibga solinadi. Saylov-huquqiy munosabatlar ham konstitusiyaviy-
huquqiy munosabatlar singari hokimiyatchilikni amalga oshirish jarayonida vujudga
keladi.
Saylov-huquqiy munosabatlari hokimiyatni tashkil qilish, aniqrog’i vakillik
hokimiyati organlarini shakllantirish, davlat boshlig’ini saylash jarayonida,
fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish vaqtida vujudga keladi.
Bu munosabatlar saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilingandan to
saylov natijasi rasman e’lon qilingan vaqtgacha bo’lgan, shu jarayonga tegishli
bo’lgan barcha tadbirlarni o’tkazish, rasmiylashtirish oqibatida vujudga keladi.
Saylov-huquqiy munosabatlari konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlarning
tarkibiy qismi bo’lsa-da, uning ishtirokchilari konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar
ishtirokchilaridan farqlanadi. Ya’ni o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Saylov-huquqiy munosabatlarida ham konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar
singari ishtirokchilarning huquqiy layoqati, maqomi belgilab qo’yiladi. Saylov-
huquqiy munosabatlar ishtirokchilari huquqiy layoqatiga ma’lum talablar qo’yiladi.
Masalan passiv saylov yoshi, nomzodlarga qo’yiladigan talablar va boshqalar.
Saylov-huquqiy munosabatlar obekti, ularning konstitusiyaviy-huquqiy
munosabatlarga, ob’ektiga nisbatan torroqdir. Agar konstitusiyaviy-huquqiy
munosabatlar obektiga mulkiy munosabatlar ham kirsa, saylov-huquqiy
munosabatlarga mulkiy munosabatlar kirmaydi.
Konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar davlat hokimiyatini shakllantirish va
faoliyatini tashkil qilish natijasida kelib chiqadigan munosabatlardan iborat bo’lsa,
saylov-huquqiy munosabatlar faqat hokimiyat tuzilmalarini shakllantirish natijasidagi
munosabatlardan iborat bo’ladi.
69
Yuridik adabiyotlarda konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar asosli ravishda
“doimiy huquqiy munosabatlar”ga va “muvaqqat huquqiy munosabatlar”ga bo’linib,
saylov-huquqiy munosabatlari ikkinchi turdagi munosabatga kirishi ko’rsatilgan 1 .
Lekin saylov-huquqiy munosabatlarini faqat saylov kampaniyalari davrida vujudga
keladigan munosabatlar bilan cheklash to’g’ri emas. Chunki saylov kampaniyasi
instituti umumiy saylovlar davriga xos bo’lib, saylov kampaniyasi boshlanganligi
e’lon qilinmasdan, alohida o’rni bo’shab qolgan joylarda saylov o’tkazilishi ham
mumkin. Bunda huquqiy munosabatlar muvaqqat huquqiy munosabat bo’lsa-da, u
saylov kampaniya davrida emas, boshqa vaqtlarda (alohida saylovlarda) vujudga
keladi. Shu saylov tugagach munosabatlar ham tugaydi.
Demokratik islohotlar natijasida fuqarolik jamiyatini shaklanib rivojlanib
borishi yangi munosabatlarni vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi va ijtimoiy
munosabatlar, shuningdek, huquqiy munosabatlar doirasi kengayib boradi, bu saylov
munosabatlarini ham kengayib borishiga olib keladi.
Birinchi Prezident tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish”
Konsepsiyasi Saylovlarni yanada erkin o’tkazish, siyosiy partiyalar o’rtasida sog’lom
raqobatni kuchayib borishi, shu borada ularga teng imkoniyatlar yaratish zaruriyati
saylov-huquqiy munosabatlar doirasini yanada kengaytirishga olib keladi.
Konsepsiya asosida saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgartirishlar,
muddatidan avval ovoz berish munosabati bilan vujudga keladigan saylov
munosabatlarini, shuningdek, birinchi marta saylov huquqida uchraydigan qamoq
joylarida saqlanayotganlarni saylovda (ovoz berishda) ishtiroki natijasida vujudga
keladigan munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutdi.
“Huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi, tugatishda yuridik fakt muhim rol
o’ynaydi. Yuridik fakt huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o’zgartiradigan,
tugatadigan voqеa yoki harakatdir”.2
Saylov natijasidagi ijtimoiy munosabatlar faktlarning vujudga kelishi,
o’zgarishi, bekor bo’lishi natijasida paydo bo’ladi. Qanday faktlar yuridik faktlar
bo’lishini qonunchilik belgilaydi.
2-§. Saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tizimi
Huquqiy munosabat (saylov-huquqiy munosabati) mavjud ekan ularning
ishtirokchilari (sub’ektlari) ham bo’lishi tabiiydir. Huquq sohasiga qarab huquqiy
munosabatlar ishtirokchilari har xil bo’ladi. Masalan, konstitusiyaviy-huquqiy
munosabatlar ishtirokchilari doirasi jinoyat huquqiy munosabatlar ishtirokchilaridan
kengroq.
Saylov huquqi konstitusiyaviy huquqning alohida instituti hisoblanganligi
tufayli uning ishtirokchilari konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari
doirasidan kelib chiqadi.
1 Qarang: Tadjixanоv U va bоshqalar. О’zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyaviy huquqi. T.: “Sharq”, 2001, 24-25
betlar 2 Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013, 13-bet.
70
Masalan, fuqaro – konstitusiyaviy-huquqiy munosabat ishtirokchisi ham, saylov-huquqiy
munisabat ishtirokchisi ham hisoblanadi. Shu bilan birga saylov-huquqiy muniosabatlarni o’z
ishtirokchilari ham mavjud, masalan kuzatuvchilar, ishonchli vakillar va boshqalar.
Agar konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo’lish uchun
aniqlangan ishtirokchilarga hеch qanday talab qo’yilmasa, хuddi shu konstitusiyaviy-
huquqiy institutlar sub’ektlarini saylov-huquqiy sub’ekti bo’lishi uchun ularga
qo’shimcha talablar qo’yiladi. Masalan, fuqaro saylov-huquqiy munosabatlar
ishtirokchisi bo’lishi uchun ma’lum yoshga to’lgan (aktiv saylov uchun alohida yosh,
passiv saylov uchun alohida yosh o’rnatiladi) bo’lishi, siyosiy partiyalar saylov
huquqini sub’ekti bo’lishi uchun tegishli tartibda, muddatda ro’yхatdan o’tgan
bo’lishi kerak.
Shulardan kelib chiqib saylov-huquqiy munosabatlari ishtirokchilari tizimiga
kiruvchi sub’ektlarni shartli ravishda guruhlarga bo’lish mumkin. Bir guruh
ishtirokchilar konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari ham hisoblanib,
ular ayrim talablar asosida saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari ham
hisoblanishadi, bunga: fuqarolar, siyosiy partiyalar, ekoharakat kiradi. Boshqa bir
guruhga hеch qanday shart, talablarsiz, saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi
hisoblanuvchi konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari kiradi: davlat
organlari, ommaviy axborot vositalari. Uchinchi guruhga saylov kampaniyasi
boshlanishi bilan maydonga chiqadigan saylov-huquqiy munosabatlar sub’ektlari
kiradi: saylov komissiyalari, kuzatuvchilar, nomzodlar, vakillar.
Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim saylov komissiyalari, jumladan, Markaziy
saylov komissiyasi va viloyatlarga, shaharlarga, tumanlarga saylov o’tkazuvchi
saylov komissiyalari, saylov kampaniya davridan boshqa vaqtlarda ham saylov-
huquqiy munosabat sub’ekti hisoblanadi. Sababi, Markaziy saylov komissiyasi
doimiy ishlovchi tuzilma bo’lsa, viloyatlarga, tumanlarga va shaharlarga saylov
o’tkazuvchi komissiyalar o’tkazilgan saylovdan keyingi saylovgacha faoliyat
ko’rsatadi.
O’zbekiston saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tizimiga quyidagi
turdagi saylov ishtirokchilari kiradi: fuqarolar, saylov komissiyalari, siyosiy
partiyalar, Ekoharakat, ommaviy axborot vositalari, nomzodlar, nomzodlarning
ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, kuzatuvchilar, davlat
organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari kiradi. Saylov-huquqiy
munosabatlari ishtirokchilarining saylovda ishtirok etish darajasi, har birining
vazifasi har xil bo’lib ular konstitusiya hamda saylov qonunchiligida belgilab
qo’yiladi.
Shunga e’tibor berish kerakki, saylov qonunchiligining takomillashib borishi
saylovlarning yanada demokratlashib borishi, saylov-huquqiy munosabatlar
sub’ektlari doirasini kengayib borishiga ta’sir qiladi. O’zbekiston saylov
qonunchiligini rivojlanishi natijasida saylov-huquqiy sub’ektlari qatoriga siyosiy
partiyalarning vakolatli vakili degan sub’ekt qo’shildi hamda fuqarolarning sub’ekt
sifatidagi tarkibi, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan fuqarolarni ovoz
berishda ishtirok etish huquqiga ega bo’lishi munosabati bilan kengaydi.
71
Ekoharakatning saylovda ishtirok etish tartibi o’rnatilgach, ular ham saylov-
huquqiy munosabatlar sub’ektlari doirasini kengaytirdi.
Saylov qonunchiligini takomillashtiruvchi tartiblarni o’zgarishi, faqat
ishtirokchilar miqdorini kengaytirib qolmay, ayrim hollarda jahon xalqaro
demokratik tajribalaridan kelib chiqib, ba’zi saylov ishtirokchilarining bekor
qilinishi, ishtirokchilar tizimidan chiqarilishiga ham olib keladi. Jumladan, dastlabki
saylovlarda deputatlikka, prezidentlikka nomzod ko’rsatuvchilar orasida
fuqarolarning tashabbuskor guruhlari degan tuzilma saylov ishtirokchilari sifatida
e’tirof etilgan edi. Hozir bu institut bekor qilingan. Demak, o’z-o’zidan tashabbuskor
guruh saylov ishtirokchilari tarkibidan chiqib ketgan.
Saylov ishtirokchilari turlari haqida, “Konstitusiyaviy huquq” darsligida
ma’lumot berilgan, lekin unda “nomzodlar” nima uchundir saylov ishtirokchlari
qatoriga kiritilmagan1.
Saylov huquqi ishtirokchilari (sub’ektlari)
3-§. Fuqaro – saylov-huquqiy munosabati ishtirokchisi.
Fuqarolar saylov-huquqiy munosabatlari ishtirokchilari tizimida alohida
o’ringa ega. Fuqarolarning saylov-huquqiy munosabatlari subekti sifatidagi maqomi
eng avvalo konstitusiyaviy asosga ega. Chunki konstitusiyamizda fuqarolarining
siyosiy huquqlari sifatida saylov huquqi belgilanib qo’yilgan. Lekin har qanday
furqaro ham saylov huquqining subekti bo’la olmasligi ham konstitusiyada
belgilangan. Konstitusiyaning 117-moddasida, “Sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum
1 Qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013, 310-314-betlar.
SAYLОV HUQUQI
ISHTIRОKCHILARI
(SUB’ЕKTLARI)
SIYOSIY PARTIYALAR,
EKОLОGIK HARAKAT
FUQARОLAR SAYLОV
KОMISSAYALARI
VAKILLAR
KUZATUVCHILAR
ОMMAVIY AXBОRОT
VОSITALARI
NОMZОDLAR
FUQARОLARNI О’ZINI О’ZI
BОSHQARISH ОRGANLARI DAVLAT ОRGANLARI
72
qilish joylarda saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda
qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini
to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo’l qo’yilmaydi” – deb belgilanishi
fuqarolarning konstitusiyaviy maqomga ega saylov-huquqiy munosabatlar
ishtirokchisi darajasiga ko’taradi.
Shu bilan birga fuqarolarning saylov-huquqiy munosabati ishtirokchisi bo’lishi
uchun yana qo’shimcha talablar qo’yiladi. Saylov qonunlariga asosan fuqaro saylov
huquqi munosabatlarini ishtirokchisi bo’lish uchun ma’lum yoshga to’lgan bo’lishi,
O’zbekiston fuqarosi saylash huquqiga ega bo’lishi uchun 18 yoshga to’lgan bo’lishi
zarur. Bundan tashqari yana ayrim saylov-huquqiy munosabatlarining ishtirokchisi
bo’lishi uchun yana boshqa talablar ham mavjud.
Masalan, mahalliy kengash deputati bo’lib saylanishi uchun fuqaro 21 yoshga, Qonunchilik
palatasi deputati bo’lib saylanishi uchun 25 yoshga to’lishi, oxirgi besh yil muqim O’zbekistonda
yashagan bo’lishi, Prezident bo’lib saylanishi uchun – 35 yoshga to’lgan, oxirgi o’n yil
O’zbеkistonda muqim yashagan va davlat tilini yaxshi biladigan bo’lishi kerak. Shu tartib bo’lmasa
fuqaro deputat yoki prezident saylovida ayrim munosabatlar (saylanishi bilan bog’liq
munosabatlarda) ishtirokchisi bo’la olmaydi.
Fuqaroning saylov-huquqiy munosabatlari ishtirokchisi sifatidagi maqomi
faqat ulkarning ovoz berishdagi ishtiroki bilan tugamaydi.
Fuqarolar ovoz berishdan tashqari yana boshqa saylov tadbirlarida ham ishtirok
etadi. Faqat ularning saylov tadbirlarida ishtiroklari bir biridan farq qiladi. Ayrim
tadbirlarda ular bevosida va faqat o’z nomidan ishtirok etadilar.
Masalan, ovoz berishda, nomzodlar bilan uchrashuvlarda. Ayrim tadbirlarda ularning
ishtiroki vakillik xarakterida bo’ladi. Masalan: saylov komissiyalari tarkibida, ishonchli vakil,
vakolatli vakil, siyosiy partiya a’zosi sifatidagi ishtiroki bunga misol bo’ladi.
Endi fuqarolarning saylov-huquqiy munosabatidagi ishtirokini tartib bilan
ko’rib chiqamiz.
1. Eng muhim va hal qiluvchi ishtirok – bu ovoz berishda ishtiroki. Chunki
saylovning asosiy maqsadi vakillik organlarini yoki prezidentni saylashdir. Barcha
tadbirlar hamda ular yuzasidan vujudga keladigan munosabatlar shu masalani hal
qilishga qaratilgan. Ovoz berishda fuqarolar shaxsan ishtirok etadi u hеch kimni
manfaatini ifoda etmaydi va hеch kim oldida mas’uliyati yo’q.
2. O’bekiston fuqarolarining ma’lum qismi turli siyosiy partiyalarga a’zo
bo’lib, ularni tarkibida saylov munosabatlarida ishtirok etadi. Bunda partiya manfaati
ustuvor hisoblanadi, fuqaro partiya a’zosi sifatida ko’pchilikka itoat etadi. Uning
partiyaviylik majburiyati mavjud bo’ladi. Bundan tashqari fuqarolar Ekoharakat
tarkibida ham saylov munosabatlarida ishtirok etadi.
3. Fuqarolar turli saylov komissiyalarni tarkibida turib saylov munosabatlarida
ishtirok etadi. Agar turli saylov komissiyalar tarkibini tuzish tartibini ko’radigan
bo’lsak, saylov qomissiyalari tarkibiga nomzodlar turli tuzulmalar tomonidan
ko’rsatilib, komissiya a’zolari kimlarningdir vakili hisoblanadi. Ular komissiya
tarkibida alohida fuqaro emas, komissiya a’zosi sifatida ishtirok etadi.
73
4. Fuqarolarning ommaviy axborot vositalari faoliyatida ishtiroki, ommaviy
axborot vositalarini ishini yurgizish, tegishli joylarga еtkazish va saylov o’tkazish va
tashkil qilish borasida o’z fikrlarini bildirishda ko’rinadi.
5. Fuqarolar deputatlikka va prezidentlikka nomzod sifatida ishtirok etadi.
6. Fuqarolar kuzatuvchilar, ishonchli vakillar va vakolatli vakillar sifatida
tashviqot – targ’ibot ishlarida ishtirok etadi.
7. Fuqarolar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok
etish bilan saylov-huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi.
8. Va nihoyat davlat organlarining saylov munosabatlarida ishtiroki fuqarolar
orqali ta’minlanadi. Chunki davlat organlarining saylovga bog’liq vazifalari fuqaro
hisoblanuvchi davlat xizmatchilari tomonidan ta’minlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan 8 ta holatning faqat bittasida, ya’ni- birinchisida fuqaro
saylov munosabatida bevosita o’z nomidan ishtirok etsa, qolgan еttitasida kimningdir
vakili sifatida, ularning nomidan ishtirok etadi.
4-§. Saylov komissiyalari saylov-huquqiy munosabatlari ishtirokchilari
sifatida.
Saylov kampaniyasining boshlanishidan tugashigacha bo’lgan davrda saylov-
huquqiy munosabatlarining ishtirokchilari bo’lib turli saylov komissiyalari
hisoblanadi. Saylov komissiyalarining alohida tizimi bo’lib, bu tizimga kiruvchi
saylov komissiyalari o’zini tashkil bo’lishi, vazifasi, vakolatlari, vakolat davriga
qarab bir – biridan farq qiladi. Saylov komissiyalari biror bir davlat organlari tizimiga
kirmaydi. Ularning shakllantirishdagina hokimiyat (vakillik organlari) ishtirok etadi.
Hokimiyat organlari saylov komissiyalarini shakllantirgandagina ishtirok etib, boshqa
ularning faoliyatiga hеch qanday yo’l, vosita bilan aralashmaydi.
Saylov komissiyalari faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi, ya’ni
Markaziy saylov komissiyasidan tashqari boshqa barcha komissiya a’zolari
jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatadi, ya’ni ular saylov komissiyasida a’zolik
uchun haq olmaydi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qism a’zolari ham
jamoatchilik asosida ish olib boradi, ya’ni asosiy ishidan ajralmagan holda a’zolik
vazifalarini ham bajaradi. Markaziy saylov komissiyasidan boshqa saylov
komissiyalarida qoidaga ko’ra saylov komissiyasining kotibi saylov davomida asosiy
ish haqqi saqlangan holda saylov komissiyasi kotibligi vazifasini boshqaradi.
Saylov komissiyalarining tizimi qaysi hokimiyat organiga saylovni tashkil
qilishiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda, Markaziy saylov komissiyasi,
okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi faoliyat ko’rsatadi. Markaziy
saylov komissiyasi doimiy ishlovchi organ va uning vakolat muddati ko’rsatilmagan.
Okrug saylov komissiyasi va uchastka saylov komissiyasi har bir saylovda tashkil
qilinib, saylov yakunlari e’lon qilingach, Qonunchilik palatasi to’liq shakllantirilgach
hamda prezident saylanib bo’lingach o’z vakolatini tugatadi.
Xalq depuptatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovda:
- viloyat xalq deputatlari Kengashiga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyasi,
okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi;
74
- tuman xalq deputatlari Kengashiga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyasi,
okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi;
- shahar xalq deputatlariga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyasi, okrug
saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuziladi. Bulardan okrug va uchastka
saylov komissiyasi saylov tugashi bilan o’z faoliyatini tugatadi. Tegishli
Kengashlarga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari navbatdagi saylov e’lon
qilinguncha o’z faoliyatini ( ya’ni besh yil ) davom ettiradi.
5-§. Siyosiy partiyalar va Ekologik harakat – saylov ishtirokchilari
Konstitusiyamizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning
xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilangan. Bu qoidani amalga oshishi esa siyosiy
institut hisoblanuvchi siyosiy partiyalarga bog’liq. Saylovlarning tortishuv, raqobat
asosida o’tishi demokratik talablardan bo’lsa, bu talab ham siyosiy partiyalar orqali
amalga oshiriladi. O’zbekistonning mustaqilligi natijasidagina demokratik davlatlar
saylov tizimida azaldan qo’llanilib kelyotgan ko’ppartiyaviylik asosida saylov
o’tkazilishi imkoniyati vujudga keldi.
Siyosiy partiyalarning saylov ishtirokchilari sifatida e’tirof etish bilan
cheklanmay, tobora ularning saylovdagi ishtiroki kengaytirilib borilmoqda, ularga
ishonch ortib bormoqda.
Masalan: Prezidentlikka, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatish huquqi
dastlabki davrlarda siyosiy partiyalar bilan birga hokimiyat vakillik organlariga, fuqarolarga,
fuqarolarning tashabbuskor guruhlariga ham tegishli bo’lgan bo’lsa, amaldagi qonunchilikka asosan
nomzod ko’rsatish huquqi faqat siyosiy partiyalarda qoldirildi. Bu ularning jamiyat siyosiy
hayotidagi o’rni kuchayganligidan, ularga ishonch ortganligidan dalolatdir.
Siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etishi qonunlarda belgilangan
bo’lsada, ular haqiqiy saylov ishtirokchilari bo’lishi uchun qo’shimcha talablar,
shartlar belgilangan. Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi uchun belgilangan
tartibda ro’yxatdan o’tgan hamda belgilangan miqdorda saylovchilar imzosini
to’plagan bo’lishi kerak.
O’zbekiston saylov tizimida muhim, o’ziga xos bir xususiyat borki, unda
ommaviy harakat hisoblanuvchi Ekoharakat saylov ishtirokchisi hisoblanadi. Bu
harakatning saylovda ishtiroki shundan iboratki, uning o’zi qonunda belgilangan
miqdordagi deputatlarni to’g’ridan-to’g’ri saylaydi. Deputatlikka nomzodlarni ham
o’zi tanlaydi, o’zi muhokama qiladi.
6-§. Saylovda ommaviy axborot vositalari
O’zbekiston Respublikasida saylovlarning demokratiyaviyligi ularni oshkoro
o’tishi bilan bog’liq. Saylovlarga oshkoralik baxsh etishning turli vositalari mavjud
bo’lib, shular orasida saylovlarda ommaviy axborot vositalarini ishtiroki alohida
ahamiyatga ega.
Saylov qonunchiligida jumladan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to’g’risida”gi qonunning 5-moddasida, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to’g’risida”gi qonunning 6-moddasida, “Xalq deputatlari, tuman va shahar
75
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunning 6-moddasida, “O’zbekiston
Respublikasi Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikni borishi va saylov
o’tkazilganligini yoritib boradilar” – degan qoida mavjud bo’lib, shu qoida ommaviy
axborot vositalarini saylov ishtirokchisiga aylantiradi.
Saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinishi bilan ommaviy axborot
vositalarining saylovlarda ishtiroki boshlanadi.
Ommaviy axborot vositalarining saylov ishtirokchisi sifatidagi vazifasi faqat
saylovga tayyorgarlik ko’rish, saylov o’tkazish haqidagi xabarlarni berish bilan
cheklanmaydi. Ommaviy axborot vositalari saylov kampaniyasi davrida eng kuchli
tashviqot targ’ibot ishlarini olib boruvchi vositaga, qurolga aylanadi. Ular saylov
davrida saylov ishtirokchilarining matbuotda va efirda teng asosda chiqishini
ta’minlaydi. Hammaga bir xil imkoniyatlar yaratiladi.
“Mamlakatlarimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” asosida saylov qonunchiligiga
kiritilgan o’zgarishlar asosida, saylov oldi tashviqotlarini olib borish shartlarining
turlari, shakl hamda usullari qonunlarda aniq belgilab qo’yilar ekan, bu ommaviy
axborot vositalrining saylovdagi ishtirokiga yangicha mazmun baxsh etdi.
Demokratik saylovlarning erkin o’tishi, fuqarolar o’z xohish irodalarini erkin
bildirishini nazarda tutar ekan, buni ro’yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalari
alohida rol o’ynaydi. Sababi, saylov to’g’risida, saylov qonunchiligi to’g’risida,
siyosiy partiyalar va ularning maqsadlari haqida, nomzodlar va ularning dasturlari
haqida keng va holisona ma’lumotga ega bo’lgan fuqarogina o’z xohish-irodasini
erkin va to’g’ri bildira oladi. Bunda eng asosiy manba ommaviy axborot vositalaridir.
Shuning uchun ommaviy axborot vositalarining saylovlarda shunchaki ishtiroki emas,
erkin ishtiroki alohida ahmiyatga ega.
“Ommaviy axborot vositalari erkinligi, o’z navbatida, hokimiyat vakillarini,
nomzodlarini va boshqa baxslashayotgan kuchlarni hеch qanday mone’liksiz savolga
tutish, har qanday sеnzura, qo’rqitish yoki siyosiy tazyiq o’tkazishlardan holi
ravishda tanqid qila olish huquqining ro’yobga chiqishini anglatadi”1.
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti 2014-yil 23-yanvarda, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida partiya
fraksiyalari o’rtasidagi bahs-munozalarni jamoatchilikka еtkazishda ommoviy
axborot vositalarining faolligi еtarli darajada emasligini ta’kidlab o’tdi2.
2015-yil 29-martda bo’lib o’tgan Prezident saylovini 600 dan ortiq ommaviy
axborot vositalari, 180 ga yaqin xorijiy va milliy internetlar yoritib bordi. Saylovga
tayyorgarlik ko’rish va saylov jarayoni xaqida 12,7 mingdan ortiq maqola va axborot
materiallari chop etildi, tele-radio eshittirishlar efirga uzatildi3.
7-§. Nomzodlar, vakillar, kuzatuvchilar
a) Nomzodlar.
1 G‘ulоm M., Xidirоv S. О’zbekistоn Respublikasi Prezidenti saylоvi va оmmaviy axbоrоt vоsitalari. T.:
О’zbekistоn, 2007, 16-bet. 2 Xalq sо‘zi, 2015-yil 23 yanvar. 3 Xalq sо‘zi, 2015-yil 7 aprel.
76
Prezidentlikka nomzodlar, deputatlikka nomzodlar, Senatorlikka nomzodlar va
boshqa saylanadigan o’rinlarga nomzodlar bo’lishi mumkin. Bu еrda biz
Prezidentlikka deputatlikka nomzodlar xususida ko’proq to’xtalamiz.
Bu masalalarning barchasi tegishli saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilab
qo’yilgan.
Bir saylanadigan o’ringa bir necha nomzod ko’rsatilib, saylovda ishtirok etishi
mumkin. Avvalo ro’yхatga olingan hamma nomzodlarni teng huquqliligi belgilangan.
Prezidentlikka va deputatlikka nomzodlarning huquqlari qonunda belgilanib
kafolatlangan.
Prezidentlikka nomzod saylovchilar bilan uchrashuv o’tkazishi, uchrashuvlarda
so’zga chiqishi, ommaviy axborot vositalarida qatnashish huquqiga ega. Bunday
paytda ularning o’rtacha ish haqi saqlangan holda xizmat vazifasidan ozod qilinadi.
Хuddi shunday huquqqa deputatlikka nomzodlar ham ega. Prezidentlikka
nomzod, deputatlikka nomzodlar tegishli hududda transportdan bepul foydalanish
huquqiga ega.
Prezidentlikka nomzodlar O’zbekiston Respublikasi bosh prokurorining
roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tmonidan
beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Agar prokuror bularga rozilik
beradigan bo’lsa, bu holda darhol Markaziy saylov komissiyasi ogohlantiriladi.
Prezidentlikka nomzodlar majburiy keltirilishi, ularning buyumlari, yuki, transporti,
turar joy va xizmat binolarini ko’zdan kechirish mumkin emas.
Nomzodlar nomzodlik maqomidan istalgan vaqtida voz kechishi mumkin.
Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzod ko’rsatish qarorini saylovga kechi bilan besh
kun qolganda bekor qilishi mumkin. Shunday bo’lsa, Markaziy saylov komissiyasi
shaxsni nomzodlik maqomini bekor qilishi mumkin. Siyosiy partiya faoliyati
tugatilsa u ko’rsatgan deputatlikka nomzod nomzodlik huquqidan mahrum bo’ladi.
b) Vakillar.
Vakilarning ikki turi mavjud. Birinchisi, nomzodlarning ishonchli vakillari,
ikkinchisi, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari.
Nоmzоdlar alоhida tartibda kо‘rsatilib, rasmiylashtiriladigan, ma'lum
talablarga javоb beradigan hamda tegishli huquq va burchlarga ega saylоv
ishtirоkchilaridir.
77
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 29-
moddasiga binoan, prezidentlikka nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakilga ega
bo’lishi mumkin. Ularning vazifasi, saylovda ishtiroki qonuniy shu moddada
belgilangan bo’lib, unga asosan ishonchli vakillar nomzodlarga saylov kampaniyasi
o’tkazishda yordam beradi. Uni saylanishi uchun targ’ibot olib boradi, ishonchli
vakillar davlat, jamoat tashkilotlari, saylov komissiyalari bilan bo’ladigan
munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladi. Prezidentlikka
nomzodlarning ishonchli vakillari tegishli nomzod taqdimiga ko’ra Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan ro’yхatga olinadi va Markaziy saylov komissiyasi ularga
guvohnoma beradi.
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar 10 nafargacha mahalliy Kengash
deputatligiga nomzodlar 3 nafargacha ishonchli vakilga ega bo’lishi mumkin.
Ularning vazifasi huquqlari prezident nomzodlari vakillari huquqlariga o’xshaydi.
Deputatlikka nomzodlar ro’yxatga olingach o’z ishonchli vakilarini o’zi
belgilab bu haqda okrug saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Okrug saylov
komissiyalari ishonchli vakillarni ro’yxatga olib ularga guvohnomalar beradi.
Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda
saylovga qadar o’z ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi
mumkin va boshqa ishonchli vakil belgilashi mumkin.
Ishonchli vakil istagan vaqtida o’z vakolatini zimmasidan soqit qilishi mumkin.
Saylovlarda nomzodlarning ishonchli vakillari instituti ahamiyati kattaligi,
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 147-moddasida deputatlikka va
Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakilini vakoklatini amalga oshirishga
to’sqinlik qilganlik uchun jinoiy jazo belgilanganligi ham ko’rsatadi.
Vakillarning ikkinchi turi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillaridir.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida”gi va “Xalq deputatlari,
tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning 171-moddasiga
asosan deputatlikka nomzod ko’rsatgan siyosiy partiyalar saylov uchastkalarida
ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan belgilangan tartibda o’z a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashi
mumkin.
“Siyosiy partiya vakolatli vakilining saylov uchastkasida ovozlarni sanab
chiqishda ishtirok etish tartibi” O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining 2009-yil 17-sentyabrdagi 417-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Unga
asosan siyosiy partiyaning vakolatli vakili siyosiy partiyaning hududiy organi
tomonidan saylov uchastkalri tuzilgandan so’ng tayinlanadi. Siyosiy partiyaning
tegishli hududiy organi rahbari saylov kunidan kamida o’n besh kun oldin tegishli
okrug saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatli vakillari ro’yxatini taklif
Saylоv jarayonining ma'lum vaqtida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan
va tegishli saylоv ishtirоkchilarining faоliyatiga yordam beruvchi shaxslar
vakil hisоblanadi.
78
etadi. Okrug saylov komissiyasi ro’yxat kelib tushgan paytdan boshlab besh kun
ichida vakolatli vakillarni ro’yxatga oladi va ularga guvohnoma beradi.
Vakolatli vakil:
- uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etadi;
- foydalanmagan byulletenlarni va va saylov varaqalarini sanab chiqish va
bekor qilish, ularni huquqiy emas deb topish natijalari bilan tanishadi;
- ovozlarni sanab chiqish natijalarini ko’rib chiqish va bayonnoma tuzishda
komissiya majlisida ishtirok etadi;
- ovozlarni sanab chiqish bayonnomasi bilan tanishadi.
Vakolatli vakil takroriy ovoz berish o’tkazilganda ham ovozlarni sanab
chiqishda ishtirok etadi. Ular uchastka saylov komissiyasining xatti – harakatlari
ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Vakolatli vakil ovoz berish vaqtida saylov kabinasida bo’lishi, saylochilarga
ta’sir ko’rsatishi, tashviqot materiallari, adabiyotlar tarqatishi, kimga ovoz
berilganligini surishtirishi, byullettenga belgi qo’yishda saylovchilarga yordam
berishi mumkin emas.
8-§. Saylovda kuzatuvchilar ishtiroki
Saylovlarning demokratik talablarga javob berishi, qonuniyligini ta’minlashda
kuzatuvchi instituti muhim rol o’ynaydi. Kuzatuvchilarning saylov ishtirokchisi
maqomi qonuniy asosga ega.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 5-
moddasida, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq
deputatlari, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarining 6-
moddalarida kuzatuvchilarning maqomi, majburiyati, vazifasi, turlari,
rasmiylashtirilish tartiblari belgilangan.
Saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga doir barcha tadbirlarda,
shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda
Prezidentlikka va Qonunchilik palatasiga, viloyat kengashiga deputatlikka nomzod
ko’rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaaviy axborot
vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan
kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega1.
Kuzatuvchilar qonun normalariga asosan milliy (ichki) kuzatuvchi va xalqaro
kuzatuvchilar bo’lishi mumkin. Kuzatuvchilar nomzod ko’rsatganlarning, OAV,
xorjiy davlatlar, xalqaro tashkilotlarning vakillaridan iborat bo’ladi. Kuzatuvchilar bir
butun tuzilma sifatida emas har biri alohida-alohida faoliyat yuritadi. O’z vazifasini
bajaradi. Kuzatuvchilarning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Yuqorida qonunda belgilangan manfaatdor tashkilotlar o’z kuzatuvchilari
to’g’risida tegishli vakillik organlariga saylovga kamida o’n besh kun qolganda
ma’lum qiladilar. Okrug saylov komissiyalari ariza kelib tushgandan so’ng besh kun
ichida kuzatuvchilarga belgilangan mandatni beradi2.
1 Tuman, shahar kengashlari deputatligiga nоmzоd kо‘rtsatish huquqiga fuqarоlarning о‘zini о‘zi bоshqarish
оrganlari egaligi sababli, ulardan ham bittadan kuzatuvchi ishtirоk etadi 2 “Markaziy saylоv kоmissiyasi tо‘g‘risida”gi qоnunning 5-mоddasida chet davlatlarning, xalqarо tashkilоtlarning
kuzatuvchilariga mandatni Markaziy saylоv kоmissiyasi berishi kо‘rsatilgan.
79
Prezidentlikka va Qonunchilik palatasiga saylovda kuzatuvchilar mandatini
namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, viloyat mahalliy kengashlariga
saylovda mandat namunasi tegishli Kengashga saylov o’tkazuvchi komissiya
tomonidan tasdqilanadi.
¶ Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
- nomzod ko’rsatishga bag’ishlangan yig’ilishlarda, okrug va uchastka saylov
komissiyalarining majlislarida ishtirok etish;
- saylov uchastkalarida bo’lib, tayyorgarlik ishlari bilan tanishish, saylov
qutilarini rasmiylashtirilishi, muhrlanishi, ovoz berish kunlari saylovchilarga
byulettenlarni tarqatilishini kuzatish;
- ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyalarining bayonnoma
tuzishda ishtirok etish;
- saylov natijalari to’g’risidagi tasdiqlangan hujjatlardan nusxalar olish;
- agar saylov uchastkasida saylov to’g’risidagi qonunlarni buzilgan deb
topishga asoslar bo’lsa, bu holatlar haqida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum
qilish.
Qonun kuzatuvchilar ba’zi harakatlarni qilishni taqiqlaydi. Jumladan
kuzatuvchilar saylovchi byulletenga belgi qo’yayotganida yashirin ovoz berish
xonasida bo’lmasligi, byulettenlarga belgi qo’yishda yordamlashmasligi,
saylovchilarga ta’sir o’tkazmasligi, tashviqot materiallari, adabiyotlarni tarqatmasligi,
saylovchilardan kimni yoqlab ovoz berganligini surishtirmasligi, uchastka saylov
komissiyasi faoliyatiga aralashmasligi kerak, saylov kutilarini muhrlashga, ularni
ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashishi mumkin emas.
Xorijiy mamlakatlarda kuzatuvchi institutiga ijobiy baho berish bilan birga,
amalda ularni saylov qonunchiligi buzilishining ko’payishiga olib keluvchi saylovda
ishtirok etayotganlarning agentlari ham deb hisoblanadi1. O’zbekiston qonunchiligi
bunday holatga yo’l qo’ymaydi.
Bizning saylov tajribamizda xalqaro kuzatuvchilar, saylovlarni xalqaro
miqyosda e’tirof etishda muhim rol o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligining takomillashtirilishi,
demokratlashtirilishi natijasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Ekoharakatdan
deputatlar saylash vaqtida ham kuzatuvchilar ishtirok etishi belgilab qo’yildi.
9-§. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va davlat
organlarining saylovlarda ishtiroki
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari siyosiy partiyalar bilan birga
tuman, shahar xalq deputatlari Kengashiga saylovda nomzod ko’rsatish huquqiga ega
sub’ekt. Bu ularning rasman saylov ishtirokchisi ekanligini ko’rsatuvchi asosdir.
Bundan tashqari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari saylov
kampaniyasi davrida norasmiy tarzda saylovlarga tayyorgarlik ko’rish, o’tkazish
ishlarida faol ishtirok etadi.
Saylovchilar ro’yxatini tuzishda, saylovchilar bilan uchrashuv tashkil qilishda,
saylov kuni, vaqti haqida saylovchilarni ogohlantirishda fuqarolarning o’zini o’zi
1 Qarang: Конституцинное право зарубежных стран. M.: «Норма Инфра-M», 2010, стр. 243.
80
boshqarish organlari uchastka saylov komissiyasiga amaliy yordam beradi. Bundan
tashqari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari saylovlarda targ’ibot ishlarini
olib borishda ishtirok etadi.
Saylovlarda turli davlat orgalari ham ishtirok etadi. Ularning ishtiroki
saylovlarni o’tkazishga ko’maklashish, qonun buzilishlarini oldini olish, saylovchilar
huquqlari buzilganda ularni tiklash hisoblanadi. Ularda biror – bir tazyiq o’tkazish
vakolati yo’q. Turli davlat organlarining saylovda ishtirok etish vazifasi turlicha.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (kengashlar, hokimlar) saylov
okruglarini, saylov uchastkalarini tuzishda tegishli saylov komissiyalarini
shakllantirish, saylov o’tkazish joylarini ajratish, ularni rasmiylashtirish, saylov
uchastkalarini moddiy ta’minlashga yordam berish orqali saylovda ishtirok etadi.
Sud, prokuratura organlari saylovlarni qonuniy o’tishini ta’minlaydi. Sudlar
saylov jarayoni davrida fuqarolar shikoyatlarini darhol ko’rib chiqib, baxslarni hal
qiladi.
Davlatning turli ijro organlari ham saylov ishtirokchisi sifatida ishtirok etadi.
Ichki ishlar organlari havfsizlikni ta’minlaydi, saylov hujjatlarini еtkazib berish,
saqlanishini ta’minlaydi.
Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlarda saylov uchastklarini tuzishda,
xorijiy mamlakatlardagi diplomatik muassasalarda, saylovchilar ro’yxatini tuzishda,
saylovni tinch o’tishini ta’minlashda ishtirok etadi.
Saylovlarda harbiy tashkilotlar ham ishtirokchi bo’lishi mumkin. Harbiy
qismlarda tuziladigan saylov uchastkalarida saylovchilar ro’yxati harbiy qism
qo’mondonligi taklifiga binoan tuziladi.
Sanatoriyalar, dam olish uylari, kasalxonalar ham saylovlarda ishtirok etadi.
Shu joylarda tuziladigan saylovchilar ro’yxati mazkur muassasaning rahbarlari
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.
Xulosa
Saylov-huquqiy munosabatlari, huquqiy munosabatlarning bir turi bo’lib,
alohida huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Saylov-huquqiy munosabatlari
mavjud ekan, tabiiy ravishda ularning ishtirokchilari (sub’ektlari) ham mavjud.
Konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlarning sub’ektlarining ba’zilari saylov-huquqiy
munosabatlar ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Faqat ular oldiga ba’zi talablar qo’yiladi.
Masalan, fuqaro saylov-huquqiy munosabat ishtirokchisi bo’lishi uchun ma’lum
yoshga (yoshlarga) to’lgan bo’lishi kerak.
O’zbekistonda saylov ishtirokchilari turlicha bo’lib, ular bir butun tuzilmani
tashkil etadi. Sub’ektlar orasida fuqaro alohida o’ringa ega. U boshqa sub’ektlar
tarkibida yoki vakillar bo’lib saylovda qatnashadi.
Nazorat uchun savollar
1. Saylov-huquqiy munosabatlari Konstitusiyaviy huquqning ajralmas qismi
hisoblanadi. Ularni vujudga kelishiga turli xil omillar ta’sir ko’rsatib, bir nechta
sub’ektlar o’rtasida paydo bo’ladi.
81
Saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari kimlar? Ularga qo’yiladigan
talablar nimalardan iborat? Ularning vazifalari kanday? O’zbekiston
Respublikasining saylovga doir qonun hujjatlari asosida yuqoridagi savollarga javob
bering va mustaqil tahlil qiling?
2. Kuzatuvchilar instituti saylovlarda ochiklik va oshkoralikni ta’minlashda
muhim rol o’ynaydi. Lekin ushbu holatga xorijda salbiy baho berish hollari uchrab
turadi.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi saylovga doir qonun hujjatlarida
saylovlar jarayonida kuzatuvchilar institutining o’rni va ahamiyati qanday, saylovlar
jarayonida kuzatuvchilarning ishtiroki qanday tartibda amalga oshiriladi?
Kuzatuvchilar inistitutining demokratik institut sifatida ahamiyatini mustaqil tahlil
qiling hamda huquqiy baho bering.
3. Faraz qiling “Qalqon” partiyasi O’zbekiston Respublikasi “Oliy Majlis
Qonunchilik palatasiga saylov to’g’risida”gi qonunining 21-moddasi talablaridan
kelib chiqib saylovda ishtirok etish uchun imzo varaqalarini Markaziy saylov
komissiyasiga taqdim etdi. Taqdim etilgan imzo varaqalarining to’g’ri
to’ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun 18-oktyabr kuni Markaziy saylov
komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakillarini taklif qildi. Komissiya a’zolari,
jalb etilgan mutaxassislar imzo qo’ygan saylovchilar to’g’risidagi tegishli
ma’lumotlarning o’n olti foizini tekshirib chiqqanidan keyin to’plangan imzolar
orasida saylash huquqiga ega bo’lmagan shaxslar va boshqa shaxsning nomidan
boshqa shaxs tomonidan qo’yilgan imzolar mavjud varaqalar borligini aniqladi.
Markaziy saylov komissiyasi noaniq va haqiqiy bo’lmagan imzolar soni tekshirilishi
lozim bo’lgan saylovchilar imzolar umumiy sonining o’n bir foizini tashkil etganligi
tufayli imzo varaqalarini tekshirishni to’xtatdi va partiyani saylovlarda ishtirok etish
bilan bog’liq iltimosini rad etish masalasini kun tartibiga kiritdi. Partiyaning vakolatli
vakili mazkur holatdan norozi bo’lib imzo varaqalarini oxirigacha tekshirish
zarurligini talab qildi.
Savol
1. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalardan qanday harakatlarni
amalga oshirish talab qilinadi.
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan imzo
varaqalarini to’g’ri to’ldirilganligini tekshirish tartibini yoritib bering.
3. Masalada keltirilgan holat yuzasidan taraflar harakatlariga baho bergan
holda imzolarning haqiqiy emas deb topish tartibini va uning natijalarini qonunchilik
asosida tahlil qiling.
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2014-
yilgi saylovlarda ko’pchilik o’rin olgan O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi o’z
fraksiyasini tuzdi. Natijada Qonunchilik palatasida ko’pchilik o’rinni egallagan
O’zbekiston Liberal demokratik partiyasining fraksiyasi parlamentdagi ko’pchilikni
tashkil etdi va o’z dasturini amalga oshirishga keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq
82
parlamentda O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyasi va Adolat
sosial-demokratik partiyasi fraksiyasining a’zolari kamchilikni tashkil etib, o’z
dasturlarini amalga belgilangan maqsadga erishishda qiyinchilikka duch kela
boshladi. Shuning uchun partiyalar yagona bir blokka birlashishga kelishib oldilar.
Savol
1. Sizningcha “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi va “Adolat”
sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi yagona blokka birlashishlari mumkinmi?
2. Agar ular birlashishsa, qanday asoslarni inobatga olgan holda
birlashadilar? Fikringizni huquqiy jihatdan isbotlab bering?
6-mavzu. Siyosiy partiyalar va Ekoharakatning saylovda ishtiroki
Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlarning jamiyat hayotidagi o’rni.
Siyosiy partiyalar va Ekoharakatning saylovlarda ishtirok etish asoslari va
usullari. Saylovlarda siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratilishi. Siyosiy
partiyalarning saylovlarda faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlar.
Saylovlarda siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish.
Mavzuda jamiyat hayotida fuqarolar siyosiy huquqlarini amalga oshirishda
siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlarning roli ko’rsatiladi. Siyosiy partiyalar va
ommaviy harakatlar (ekoharakat) fuqarolarning qarashlari, qiziqishlariga qarab
birlashtiradigan va o’zlarini aniq vazifa maqsadlari mavjudligi, siyosiy partiyalar
orqali mamlakat siyosiy hayotida fuqarolar ongli ravishda hokimiyat ishlarida
qatnashishi ko’rsatiladi.
Siyosiy partiyalar va Ekoharakatni saylovlarda ishtirok etishining huquqiy
asoslari, shartlari ko’rsatilib, ularning saylovda ishtirok etish usullari xaqidagi
bilimlar, saylovlarda teng sharoit yaratilishi, ularning mexanizmlari xaqida
ma’lumotlar beriladi.
Shuningdek, mamlakatimizda siyosiy partiyalar tizimini shakllanishi, doimiy
ravishda siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etishini kengaytirishga, faolligini
oshirishga qaratilgan tadbirlar va nihoyat siyosiy partiyalarning faoliyatini
saylovlarda moliyalashtirish, uning manbalarini o’quvchilarga еtkazish vazifasi
ko’zlangan.
1-§. Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlarning jamiyat hayotidagi
o’rni
Hozirgi kunda demokratik mamlakatlar hayotini siyosiy partiyalarsiz tasavvur
qilish qiyin. Siyosiy partiyalar demokratiyaning ifodasi, uning ajralmas qismidir.
Mamlakatlarning rivojlanishida, fuqarolarning osuda hayot kechirishida,
fuqarolar huquq erkinliklarining ta’minlanishida, siyosiy huquqlarini ro’yobga
chiqarishda siyosiy partiyalar muhim rol o’ynaydi. Har qanday mamlakatning
rivojlanishida ko’pfikrlilik, bahs-munozara asosiy shartlardan bo’lsa, ularni ro’yobga
chiqarishda siyosiy partiyalar еtakchi o’rinda turadi.
83
O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitusiya mamlakatimizda
siyosiy partiyalarni mavjud bo’lishining huquqiy asoslarini mustahkamlagan. Uning
12-moddasida “O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar,
mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi” deb belgilangan. Siyosiy
partiyalar esa eng kuchli, yorqin siyosiy institutlardandir.
Siyosiy partiyalar nafaqat siyosiy institut, ular ijtimoiy harakatlar singari xalq
bilan hokimiyat o’rtasidagi asosiy bog’lovchi demokratik institutdir.
Siyosiy partiyalarning rolisiz, ishtirokisiz hozirgi zamonda vakillik
demokratiyasini tasavvur qilish mumkin emas1.
Shu gaplar va Konstitusiyadagi normalar fuqarolarning ommaviy harakatlariga
ham taalluqlidir.
Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar (ekoharakat) fuqarolarning siyosiy
huquqlarini ro’yobga chiqarishi natijasidir. Shu huquq orqali, ya’ni siyosiy partiyalar
va ommaviy harakatlarga a’zo bo’lish huquqi bilan ham fuqarolar jamiyat va davlat
ishlarida ularni boshqarishda ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar
jamoat birlashmalari sifatida Konstitusiyaning 56-moddasida belgilab qo’yilgan.
Siyosiy partiyalar davlat paydo bo’lishidan ancha keyin, fuqarolarning
demokratiya uchun kurashlari kuchaygan davrlarda, shu kurashlar mahsuli-
birlashtiruvchi kuch sifatida vujudga kelgan. Dastlabki siyosiy partiyalar jamiyatdagi
ayrim guruhlarning dunyoqarashini ifoda etuvchi tashkilot sifatida vujudga kelib,
davlatni boshqarishda ishtirok etmagan. Davlat huquqi nazariyasida ular dastlab
davlat instituti (siyosiy institut) emas faqat jamoat instituti hisoblangan.
Asta sekin kurashlar natijasida ular siyosiy institut mavqеini egalladi va davlat
boshqaruvida ishtirok eta boshladi. Bu ayniqsa monarxiya tuzumini o’zgarishi,
respublika boshqaruvining vujudga kelishida yaqqol namoyon bo’ldi.
Siyosiy partiyalarning mavjud bo’lishi va yashashi uchun bir necha shartlar
bo’lishi zarur. Bular, jamiyatda plyuralizmga keng yo’l ochilgan bo’lishi; uni
ifodalashning lеgitimligi; jamiyatning davlat qarorlarini qabul qilishida ishtirok etish
imkoniyatining mavjudligi2.
Jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni kengayishi, takomillashuvi natijasida
siyosiy tizim kuchayib takomillashib borar ekan bunda siyosiy partiyalarning roli
katta va bu o’z navbatida (siyosiy partiyalarning mustahkamlanishi, kuchayishi)
mamlakat siyosiy tizimini barqaror bo’lishiga, kuchli bo’lishiga, xalqchil bo’lishiga
jiddiy ta’sir qiladi.
Bu esa jamiyatning kuchli bo’lishining, unda farovon hayot bo’lishining
garovidir. Siyosiy partiyalar – siyosiy institut tizimini ajralmas qismi sifatida
fuqarolik jamiyatini ham muhim shartlaridan bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasi fuqarolik jamiyati qurishga kirishgan ekan, avvalgi tuzumda mavjud
bo’lgan yakka partiyalilik, yagona partiyaning hukumronligidan voz kechib,
ko’ppartiyaviylikni rivojlantirish choralarini ko’rdi. Mamlakatimiz mustaqilligining
dastlabki davrlarida mamlakatda qancha partiya bo’lish kerak, qancha partiya bo’lsa
demokratiya bo’ladi, degan savollar ham tug’ilgan. Qancha partiya ko’p bo’lsa
1 Qarang: Karimоv I. A. О’zbekistоn XXІ asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarоrlik shartlari va taraqqiyot
kafоlatlari. T.: О’zbekistоn, 1997, 174-175 betlar. 2 Qarang: Политические партии в условиях демократии. Фонд «Конрад Аденауэр». 1995, стр. 28.
84
shuncha demokratiya ko’p bo’ladi, degan fikrlar ham bo’lgan va hozir ham yo’q
emas. Demokratiya sifati partiyalar soni bilan bog’liq emasligi O’zbekiston
Prezidenti tomonidan ko’rsatib berilgan. Uning ta’kidlashicha “... demokratiyaning
sifati partiyalarning ko’p bo’lishi bilan belgilanmasligini ham yodda tutish darkor.
Haqiqatan ham keng ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifodalash va himoya
qilishga qodir bo’lgan siyosiy partiyalar uchun normal siyosiy makon yaratib berish
muhimdir. Partiyalarning paydo bo’lishi, ularning soni, dasturiy yo’l yo’riqlarining
o’ziga хosligi va hokazolar esa ijtimoiy manfaatlar yig’indisi va jamlanishi orqali
tabiiy yo’l bilan belgilanmog’i kerak. Siyosiy partiyalar mavjud bo’lishining asosiy
va birdan bir prinsipi davlatning konstitusiyaviy mе’yorlarini hurmat qilish va ularga
rioya etishdan iborat bo’lmog’i lozim”1.
Bu takidda qancha partiya bo’lishi kerak va partiyalarni mavjudligiga nima
sabab va partiyalarning vazifasi aniq ko’rsatib berilgan.
O’bekiston Respublikasi hozir barqaror partiya tizimiga ega bo’lib, bu tizim
mamlakat mustaqilligi davrida shakllanib, takomillashib bordi. Mamlakat siyosiy
ijtimoiy hayotida ba’zi partiyalar yo’q bo’lib ketdi, ba’zi partiyalar vujudga keldi,
ba’zi partiyalar qo’shilib ketdi.
Xozirgi kunda mamlakat hayotida quyidagi partiyalar faoliyat ko’rsatmoqda:
1. O’zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi.
2. O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi.
3. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi.
4. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal demokratik
partiyasi.
Bu partiyalar davlatni idora etish, hokimiyatida qatnashish kabi asosiy
vazifalardan tashqari boshqa yana o’ziga xos vazifalariga ham ega.
“Xalq demokratik partiyasi”ning asosiy maqsadi – mehnat qiluvchi
insonlarning, barcha oilalarning moddiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada
ta’minlanganligiga, barchani, siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar bir xil
imkoniyatlariga ega bo’lishi, konstitusiyaviy huquq va erkinliklarining bir xilda
ta’minlanishi uchun harakat qilishdir.
“Adolat” sosial-demokratik partiyasi o’z oldiga mamlakat mustaqilligini
mustahkamlash, siyosiy-iqtisodiy islohotlarni tezlashtirish, O’zbekiston hududida
yashovchi barcha xalq va millatlarning manfaatiga mos keluvchi adolatli, demokratik
huquqiy jamiyat qurishni ko’yadi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining faoliyati milliy ma’naviyatni
kuchaytirish, vatan yagona oila, kuchli demokratik davlat, milliy qadriyatlar, ilmiy-
texnik o’sish va xalqaro integrasiya, zamonaviy inson-millat kelajagi g’oyasiga
tayanadi.
“Liberal-demokratik partiya” – mulkdorlar sinifini, kichik biznes va vakillarini,
tadbirkor va ishbilarmonlarni, ishlab chiqarish mutaxassislarini, shuningdek
tadbirkorlikga intiluvchi olim, ixtirochi va boshqa fuqorolarni manfaatlarini va
siyosiy erkini ifodalovchi umummilliy partiyadir.
1 Karimоv I.A. О’zbekistоn XXІ asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarоrlik shartlari va taraqqiyot kafоlatlari.
T.: О’zbekistоn, 1997, 175-bet.
85
Siyosiy partiyalarning maqsadi qanchalik turli tuman bo’lmasin, ular bu
maqsadga hokimiyat tuzulmalarida munosib o’ringa ega bo’lsagina erishadi. Bunga
erishishning asosiy vositasi esa, saylovlardir.
2-§. Siyosiy partiyalar va Ekoharakatning saylovlarda ishtirok etish
asoslari va usullari.
Siyosiy partiyalar ham Ekoharakat ham saylov ishtirokchilari “sub’ektlari”
hisoblanadi.
Ularning saylovlarda ishtirok etish asoslari, usullari turlicha.
Siyosiy partiyalarning saylovlarida ishtirok etishi uchun asosan ikki asos
mavjud.
Birinchisi – huquqiy asos; ikkinchisi – saylovchilarning roziligi, qullab
quvatlashi. Huquqiy asos siyosiy partiyalarning saylov ishtirokchisi sifatida tegishli
hujjatlarda belgilab qo’yilishi, ya’ni bu ishtirokni qonuniy jihatdan mustahkamlab
qo’yilganidir. Bunday normalarni O’zbekiston Konstitusiyasida va boshqa
qonunlarda, qonuniy hujjatlarda ko’rish mumkin.
O’zbekiston Konstitusiyasining 60-moddasida, ”Siyosiy partiyalar turli tabaqa
va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan
saylab quyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar” deb
mustahkamlangan. Bu norma siyosiy partiyalarning maqsad va vazifasini
konstitusiyaviy asosda mustahkamlaydi va shu bilan bir qatorda siyosiy
partiyalarning saylovlarda ishtirok etishi hamda davlat hokimiyatida qatnashishiga
asos soladi.
Siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirokining boshqa huquqiy asoslari
boshqa qonun va hujjatlarda aniqroq va kengroq belgilangan. O’zbekiston
Respublikasining saylov to’g’risidagi qonunlarining umumiy qoyidalarida
saylovlarning ko’ppartiyaviylik asosida o’tishi belgilab quyilgan.
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishining huquqiy asoslaridan yana
biri ularning tegishli muddatda, tegishli tartibda ro’yxatdan o’tgan bo’lishidir. Siyosiy
partiyalar nomzod ko’rsatish huquqiga, agar ular saylovdan kamida to’rt oy oldin
(deputatlar saylovida) Adliya vazirligidan ro’yхatdan o’tgan bo’lsa, ega bo’ladi1. Bu
talab siyosiy partiyalarga faqat bir marta, u ham bo’lsa, yangi tashkil etilgan
partiyalarga qo’llaniladi.
Bu qoidalar siyosiy partiyalrning saylovlarda ishtirokini ta’minlovchi huquqiy
asos hisoblansa, siyosiy partiyalarning saylov ishtirokchisi bo’lishi uchun yana
boshqa asos, saylovchilar roziligi (oldindan qo’llab-quvvatlash) ham asos bo’ladi.
Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishlari – ya’ni nomzod ko’rsatish
huquqiga ega bo’lishlari uchun saylovchilarning tegishli miqdordagi ovozini
to’plagan bo’lishlari kerak. Amaldagi qonunchilikda Oliy Majlis Qonunchilik
palatasiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga ega bo’lish uchun siyosiy partiyalar kamida
qirq ming saylovchining imzosini to’plashi, Prezident saylovida nomzod ko’rsatish
huquqiga ega bo’lish uchun respublika saylovchilarining kamida bir foizining
to’plagan bo’lishi kerak.
1 Taqqoslash uchun: Prezident saylоvida kamida оlti оy rо‘yhatdan о‘tgan bо‘lishi kerak.
86
Yuqoridagi asoslar mavjud bo’lgandagina siyosiy partiyalar saylov
ishtirokchisiga aylanadi.
Siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etish usullari ham qonunchilikda
belgilab qo’yilgan, bular:
- siyosiy partiyalar nomzodlar ko’rsatadi;
- siyosiy partiyalr saylov jarayonida qonun doirasida tashviqot targ’ibot ishlarini
olib boradi;
- saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qiladi;
- nomzodlarning ishonchli vakillarni tanlashida ishtirok etadi;
- saylov jarayoni tadbirlarida ishtirok etuvchi kuzatuvchilarni tanlab, taqdim etadi;
- saylov uchastkasida ovozlarni sanash chogida ishtirok etish uchun markaziy -
saylov komissiyasi belgilagan tartibda vakolatli vakillarni tayinlaydi;
- saylov komissiyalarining majlislarida ishtirok etadi;
- saylovlarda ishtiroki haqida matbuot konferensiyalari, briffinglar o’tkazadi;
- zarur hollarda saylov komissiyalariga, kerak bo’lsa, sud organlariga ariza
shikoyat bilan murojat qiladi.
Siyosiy partiyalarning saylov jarayonida ishtiroki Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarda ham belgilanadi. “O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palasiga saylov bo’yicha saylov kampaniyasi davrida
deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini o’tkazishda
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom shulardan
hisoblanadi1.
Saylovlarda ishtirok etuvchi yana bir sub’ekt – ekoharakat bo’lib, uning
ishtirokining ham huquqiy asosi belgilangan. Bu harakat faqat Oliy Majlis
Qonunchilik palatasiga saylovda saylov ishtirokchisi, alohida mavqеga ega bo’lib,
boshqa saylovlarda boshqa harakatlar va jamoat birlashmalari maqomida ishtirok
etadi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida“gi qonunning 1-
moddasi 3-qismida “Qonunchililik palatasining 15 deputati O’zbekiston Ekologik
harakatidan saylanadi” – deb belgilab quyilgan. Shuni o’zi bu harakatni saylovda
ishtirok etishi uchun еtarli, boshqa hеch qanday asos talab etilmaydi. Shu qonunning
71-bobi “O’zbekiston Ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputat saylash
tartibi” ni belgilaydi.
Bu harakatni saylovdagi alohida maqomi (deputat saylash) O’zbekiston saylov
tizimining o’ziga xos xususiyatidir. Bunday tartib boshqa mamlakatlarda ko’zda
tutilmagan. Ekoharakatga Qonunchilik palatasiga deputat saylash huquqining
berilishi, hozirgi kunning eng muhim muamolari — Ekologik muhitni saqlash, u
orqali kishilar salomatligini saqlash, tabiatni saqlash, hayotni davom ettirish sifatida
belgilanadi. Ana shu sohadagi muammolarni hal qilishda Ekoharakatga, uning
qonunchilik organidagi ishtirokiga katta umid qilinmoqda.
1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасига сайлов бўйича сайлов
кампанияси даврида сайловолди ташвиқотини амалга оширишда депутатликка номзодлар, сиёсий
партияларнинг оммавий ахборот воситаларидан фойдаланиши тартиби тўғрисидаги Низом / Ўзбекистон
Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-сонли қарори билан
тасдиқланган.
87
Ekoharakat va siyosiy partiyalarning saylovdagi ishtiroklarini farq qiluvchi
holatlar ham mavjud:
- agar siyosiy partiyalar barcha saylovlarda asosiy ishtirokchi bo’lib qatnashsa,
ekoharakat faqat Qonunchilik palatasiga saylovda asosiy ishtirokchi bo’lib
qatnashadi;
- siyosiy partiyalar saylovlarda nomzod ko’rsatish, tashviqot ishlarni olib
borish, saylovlarning qonuniy asosida o’tishini, adolatli bo’lishini kuzatishda ishtirok
etsa, Ekoharakat qonunchilik palatasiga 15 deputatni o’z a’zolari orasidan, o’zining
oliy anjumani (konferensiya)da saylaydi 1 . Bunday huquqqa O’zbekistonda ham,
boshqa davlatlarda ham hеch bir siyosiy partiya, ommaviy harakatlar, jamoat
birlashmalari ega emas. Qonunchilik palatasiga saylanadigan 15 deputat nomzodlari
ham ekoharakat tomonidan tanlanadi. Bu deputatlar ekoharakat oldida ma’sul va
parlamentda ularning manfaatini ifoda etadi.
3-§. Saylovlarda siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratilishi.
O’zbekiston saylov huquqining eng muhim prinsiplaridan biri – teng saylov
prinsipidir. Bu faqat fuqorolarning saylovda tengligini o’zi bilan cheklanmaydi.
Tenglik saylov jarayonining barcha tadbirlarida, saylov ishtirokchilari faoliyatida
ham tenglik bo’lishini bildiradi.
Saylovlarda teng ishtirok etishning asoslari, chora-vositalari qonunlarda
belgilangan. Tenglik, teng imkoniyatlar quyidagilarda ko’rinadi:
1) Saylovda ishtirok etmoqchi bo’lgan barcha siyosiy partiyalarga
saylovchilarning imzosini to’plashda bir xil ko’rsatgich belgilanadi va ularga saylov
komissiyaga bir xil vaqtda, bir xildagi hujjatlar topshirish belgilangan;
2) Siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatiladigan nomzodlarga bir xil talablar
quyiladi va har bir saylovlarda ishtirok etuvchi partiyalarga bitta saylov okruglaridan
bittadan nomzod ko’rsatishga ruxsat berilgan.
3) Saylovga tayyorgalik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq barcha
tadbirlarda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalarning har biridan bir xil miqdorda
kuzatuvchi ko’rsatish belgilangan;
4) Siyosiy partiyalarning har biridan ko’rsatilgan nomzodlar bir xil miqdordagi
ishonchli vakillariga ega bo’lish huquqiga ega;
5) Siyosiy partiyalarning saylovdagi tengligi, ularning saylov davrida ommaviy
axborot vositalaridan teng foydalanishi imkoniyatlarini belgilashda yanada yaqqol
ko’rinadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2014-
yil 11-sеntyabrdagi 618-sonli qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha saylov kampaniyasi davrida deputatlikka
nomzodlar, siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini o’tkazishda ommaviy
axborot vositalaridan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilingan. Ushbu
Nizomning 1-moddasida “Deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarga Qonunchilik
palatasiga saylov kampaniyasi davrida saylov oldi tadbirlarini o’tkazish uchun
1 Ўзбекистон экологик ҳаракатидан Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси
депутатлигига номзодлар кўрсатиш ва уларни сайлаш тартиби тўғрисида Низом / Ўзбекистон Республикаси
Марказий сайлов комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-сонли қарори билан тасдиқланган.
88
ommaviy axborot vositalardan foydalanishda teng huquq beriladi” degan qoida
mavjud.
Bu tenglik saylov oldi tashviqoti bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda
to’xtatilishida, tashviqotni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishda suiste’molchiliklarga yo’l qo’ymaslikning belgilanishida; saylovoldi
tashviqoti olib borishda barcha siyosiy partiyalar uchun teng sharitlar yaratilishida
ham ko’riladi. Davriy matbuot nashrlarida siyosiy partiyalarga teng miqdorda bosma
maydoni, bir xil shrift va boshqa sharoitlar yaratiladi.
Davlat radioeshittirish va televidiniesi tashkilotlari hamma siyosiy partiyalarga
bir haftada bepul qirq daqiqadan vaqt ajratadi. Bu eshittirishlar eng ko’p tinglovchi va
tomoshabin qamrab olinadigan bir vaqtga to’g’ri kelishi kerak. Bu vaqtdan siyosiy
partiya vakillari yoki siyosiy partiyadan ko’rsatilgan nomzodlar debatlar o’tkazishda
foydalanadi. Siyosiy partiyalarning televidinie va radioda chiqishi qur’a tashlash yo’li
bilan yoki alifbo tartibida belgilanadi. Davriy nashrlarda bepul ajratilgan bosma
maydonlari siyosiy partiyalar o’rtasida teng taqsimlanadi.
Saylov davrida ommaviy axborot vositalar orqali tarqatiladigan har qanday
xabarlar xaqiqatga to’g’ri kelishi, ular biror bir tarzda hеch bir siyosiy partiyaning
huquqiy manfatlariga zarar еtkazmasligi kerak. Televidinie va radioning axborot
dasturida siyosiy partiyalarga tegishli ma’lumotlar uchun ajratilgan vaqt miqdori ham
bir xil bo’lishi belgilangan. Tashviqot materiallari siyosiy partiyalarni roziligisiz
tahrir qilinishi mumkin emas.
Saylovoldi tashviqot materiallarini e’lon qiladigan davriy matbuot
nashrlarining tahririyatlari biror bir siyosiy partiyaga nashr tiraji yoki davriyligini
o’zgartirish yo’li bilan ustunlik berishga haqqi yo’q.
Qonunchilik palatasiga saylovlarda, ommaviy axborot vositalarining xodimlari
birorta siyosiy partiya tomonidan deputatlikka nomzod etib ko’rsatilsa, saylovchilar
bilan uchrashuvlar, saylov oldi yig’ilishlarida, televidiniye va radioda chiqishlar
davrida saylov o’tkazishga ajratilgan mablag’lar hisobiga o’rtacha ish haqqi
saqlangan holda xizmat vazifasini bajarishdan ozod etiladilar.
Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha saylov
kampaniyasi paytida saylov oldi tashviqoti o’tkazishda ommaviy axborot
vositalardan foydalanish tartibini buzish – saylovlarda tenglikni buzish deb qaralib,
aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
6) “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da saylovlarda partiyalararo
raqobatning kuchayishi ijobiy hol ekanligi ta’kidlanib, saylovoldi tashviqoti davrida
siyosiy partiyalarga teng sharoit yaratish mexanizimlarini samaradorligini oshirishga
qaratilgan normalarni kiritish haqida taklif kiritildi 1 . Uning natijasida saylov
qonunlariga bir nechta yangi normalar kiritildi. Misol uchun O’zbеkiston
Rеspublikasining 2012-yil 19-dеkabrda qabul qilingan “Saylov erkinligi yanada
ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan
«O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi hamda «Хalq
1 Qarang: Karimоv I.A. О’zbekistоn XXІ asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarоrlik shartlari va taraqqiyot
kafоlatlari. T.: О’zbekistоn, 1997, 39-bet.
89
dеputatlari viloyat, tuman va shahar kеngashlariga saylov to’g’risida»gi O’zbеkiston
Rеspublikasi qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ—
340-sonli Qonuni shular jumlasidandir.
4-§. Siyosiy partiyalarning saylovlarda faolligini oshirishga qaratilgan
tadbirlar.
“O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunining 1-
moddasida “Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar,
manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini
shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro’yobga chiqarishga
intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda
qatnashuvchi ko’ngilli birlashmasidir” – deb siyosiy partiyalar tashkil bo’lishidan
ko’zlangan maqsad qonuniy tarzda mustahkamlab quyilgan.
Shu qonunga asosan davlat, siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy
manfaatlarini muhofaza etilishini kafolatlaydi va ularni o’z maqsad va vazifalarini
bajarishlari uchun teng imkoniyatlar yaratib beradi.
E’tiborga loyiq masala shundaki, davlat siyosiy partiyalari rolini, faolligini
oshirishga qaratilgan tadbirlarni, choralarni muntazam amalga oshirib kelmoqda.
Ayniqsa, buni siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirokini faollashtirishga
qaratilgan tadbirlarda yaqqol ko’ramiz.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan to xozirgi kunga qadar amalga
oshirilgan quyidagi tadbirlar, siyosiy partiyalarning faolligini kuchayishiga, saylovlar
natijasiga qiziqishni kuchayishiga, ularning saylovlarda teng ishtirokini kengroq
ta’minlashga qaratildi:
1) 2004-yil 30-apreldagi “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi
qonuniga asosan siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga va davlat
hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishi davlat tomonidan
moliyalashtiriladigan bo’ldi. Shu qonundagi eng muhim, saylovlarda siyosiy
partiyalarning ko’proq deputat saylanishiga erishish uchun kurashini faollashtiruvchi,
qiziqtiruvchi bir qoida belgilandi. Bu ham bo’lsa saylovlarda siyosiy partiyalar
Qonunchilik palatasiga saylovda, palata partiya fraksiyasi tuzishi uchun еtarli
miqdordagi deputatlarni saylanishiga erishmasa, saylov uchun ajratilgan pul
mablag’ini, siyosiy partiyalar davlat byudjetiga qaytarish tartibi o’rnatildi. Shunday
bo’lmasligi uchun siyosiy partiyalar albatta harakatlarini kuchaytirishga majbur. Bu
siyosiy partiyalar ko’proq nomzodlarini deputat bo’lib saylanishidan manfaatdorligini
keltirib chiqaradi va shunday bo’lishi uchun siyosiy partiyalarni barcha qonuniy
usullardan foydalanib, saylovlarda kurash olib borishga undaydi.
2) Qonunchilik palatasiga, viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga
deputatlikka nomzod ko’rsatish huquqi faqat siyosiy partiyalarda qoldirilib, nomzod
ko’rsatish huquqi sub’ektlar qatoridan, Mahalliy vakillik organlari, fuqarolar
(ularning tashabbuskor guruhlari) chiqarib tashlandi. Bu siyosiy partiyalarning
saylovlardagi ishtirokini kuchayishiga, faolligiga ta’sir qiladi.
3) 2007-yil 11-apreldagi “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish, hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish to’g’risida”gi qonun siyosiy partiyalarning saylovlardagi rolini
90
yanada oshirishda muhim asos bo’ldi. Uning 4-moddasiga asosan, Bosh vazir
Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiya fraksiyalari bilan maslahatlashuv
o’tkazilgandan so’ng Oliy Majlisga, 5-moddasiga asosan viloyat va Toshkent shahar
hokimlari tegishli Kengashdagi partiya guruhlari bilan maslahatlashuvlar
o’tkazilgandan so’ng tegishli Kengashga O’zbekiston Prezidenti tomonidan ko’rib
chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qilinishi belgilandi.
2011-yil 18-aprelda Konstitusiyaga kiritilgan o’zgartirish Bosh vazir
nomzodini taqdim qilishni yanada takomillashtirdi va natijada u siyosiy
partiyalarning rolini yanada ko’chaytirdi. Unga asosan Bosh vazir nomzodi –
Qonunchilik palatasi saylovida eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan siyosiy partiya
yoki teng miqdorda eng ko’p deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy
partiya tomonidan kiritiladi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalariga shunday huquq va imkoniyat berilar ekan,
siyosiy partiyalar bu imkoniyatdan foydalanishi, o’z nomzodini Bosh vazir
nomzodiga ko’rsatish uchun albatta ko’rashadi, faoliyatini kuchaytiradi.
4) Saylovoldi tashviqotlarini belgilovchi yangi normalarni saylov qonunlariga
kiritilishi saylovlarda sog’lom raqobatni kuchaytirishga ta’sir qiladi. Bu esa
partiyalarni o’z faoliyatini faol tashkil qilishga undaydi.
5) Siyosiy partiyalarning faoliyatini kuchaytirish, ularning Qonunchilik
palatasidagi fraksiyalarini rolini oshirish, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va
Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qo’shma majlisida Birinchi Prezidentimizning
ma’ruzasida kelajakdagi muhim vazifalar qatorida alohida qayd qilindi 1 .
Prеzidеntimiz unda, хususan, saylovlarga baho bеrib, quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Mazkur saylovlar avvalambor jamoatchiligimiz, хalqimizning ijtimoiy-siyosiy
faolligi, siyosiy partiyalar, fuqarolik institutlarining obro’-e’tibori va nufuzi, еtuklik
darajasi sеzilarli ravishda oshganini ko’rsatdi. Shu bilan birga, o’tkazilgan saylovlar
mamlakatimizda dеmokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan,
inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida
hayotimizga joriy etilayotgan dеmokratik o’zgarish va islohotlarning amaliy
natijalarini namoyish etdi”. Shuningdеk, unda fraksiyalar o’rtasida fikrlar qarama-
qarshiligi, munozaralar bo’lishligi, bahs-munozalarning mazmun-mohiyatini
jamoatchilik va saylovchilarga еtkazish zarurligi ta’kidlandi.
5-§. Saylovlarda siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish.
Saylov huquqida “saylov jarayoni”ni moliyalashtirish va “siyosiy
partiyalarning saylov davridagi faoliyatini moliyalashtirish” degan tushunchalar
mavjud bo’lib, shu ikki xil fakt alohida alohida huquqiy munosabatlardan iborat.
“Saylov jarayoni”ni moliyalashtirish, “siyosiy partiyalarning saylovdagi
faoliyatini moliyalashtirishdan keng tushuncha, chunki “saylov jarayoni”ni
moliyalashtirish, boshqa narsalarni ham moliyalashtirishni nazarda tutadi.
1 Qarang: Xalq sо‘zi, 2015-yil 24 yanvar
91
Masalan, saylov komissiyalarining faoliyatini moliyalashtirish. O’z navbatida siyosiy
partiyalar faoliyatini moliyalashtirish, ularning saylov faoliyatidan boshqa faoliyatlarini ham
moliyalashtirishni ham nazarda tutadi.
O’quv kursi bu mavzusining mazkur bandida faqat siyosiy partiyalarning
saylovdagi faoliyati masalasi xaqida bilim berish nazarda tutilgan. “Saylov
jarayoni”ni moliyalashtirish masalasi darslikni “Saylov jarayoni” mavzusida alohida
o’ganiladi.
Saylovlarda siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish jiddiy masala
hisoblanadi. Shuning uchun u huquqiy jihatdan tartibga solinadi. Buning uchun
O’zbekistonda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi1 maxsus qonun
qabul qilingan bo’lib uning 6-moddasi “Siyosiy partiyalarning Qonunchilik
palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok
etishni davlat tomonidan moliyalashtirish” - deb nomlangan.
Unga asosan siyosiy partiyalarning vakillik organlariga saylovda ishtirok
etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda shu maqsadga ajratilgan davlat
mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalarni saylovda boshqa mablag’lar hisobidan moliyalashtirish va
moddiy jihatdan boshqacha qo’llab-quvvatlash taqiqlanadi. Siyosiy partiyalarga
ajratilgan mablag’ning bir deputatlikka qanchadan to’g’ri kelishini Markaziy saylov
komissiyasi belgilaydi.
Siyosiy partiyalarga mablag’lar shu partiyadan Qonunchilik palatasiga
ko’rsatgan nomzodlar ro’yхatga olingandan so’ng, ro’yхatga olingan nomzodlar
soniga muvofiq holda ajratiladi. Mablag’ siyosiy partiyalarning hisob kitob varag’iga
o’tkaziladi.
Saylovni moliyalashtirtish uchun ajratilgan davlat mablag’lari siyosiy
partiyalar tomonidan:
- saylovoldi ko’rgazmasi tashviqot vositalarini nashr qilishga;
- Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning ommaviy axborot
vositalarida chiqishlarini tashkil qilishga;
- shu nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarni tashkil qilishga;
- nomzodlarning ishonchli vakillarining va bevosita saylov okrugiga saylovoldi
tashviqotini o’tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil qilishga;
- saylov kampaniyasini o’tkazish uchun zarur umumpartiyaviy tadbirlarga
sarflanadi2.
Siyosiy partiya Qonunchilik palatasiga saylovda, palatada fraksiya tuzish
uchun belgilangan miqdordagi deputatlik o’rnini egallay olmasa, siyosiy partiyaga
shu saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag’lari, partiyaning boshqa
manbalardan olgan mablag’ hisobiga davlat byudjetiga qaytariladi. Bunday chora,
tartib siyosiy partiyalarni siyosiy kurashga jiddiy yondashishini ta’minlash nuqtai
nazaridan o’rnatilgan. Partiyalar saylovlarga shunchaki oddiy hol deb emas,
faoliyatni asosiy yo’nalishi deb qarashlari, saylovda ko’proq o’rin egallash uchun
barcha qonuniy choralarni ko’rishi zarur.
1 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi, 2004 yil, №5, 86-mоdda. 2 Nоmzоdlar degani faqat Qоnunchilik palatasi deputatligiga nоmzоdlarga taalluqlidir.
92
Yuqorida qayd qilinganlar saylov jarayonida saylovlarni moliyalashtirishga
taalluqli bo’lib, ular umumiy saylovlardan tashqari vaqtda, bo’shab qolgan o’rinlarga
saylov o’tkazish, deputatlarni chaqirib olish uchun ovoz berishni tashkil qilishga ham
tegishlidir.
Bundan tashqari saylov bilan bog’liq yana bir moliyalashtirish borki, u saylov
jarayonidan kengroq, yani doimiy xarakterga ega moliyalashtirishdir. Bu Markaziy
saylov komissiyasining faoliyatini moliyalashtirishdir.
“Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunning 15-moddasi “Markaziy
saylov komissiyasini moliyaviy ta’minlash” – deb nomlangan. Unga asosan:
“Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy ta’minlash, davlat mablag’i hisobidan
amalga oshiriladi va O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini tasdiqlash
paytida nazarda tutiladi”.
Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlaydigan davlatning maxsus organi,
uning ko’pchilik a’zolari shu komissiyaga a’zo bo’lganligi va uni vazifalarini
bajarganligi uchun maosh oladi. Undan tashqari har qanday davlat organi kabi
Markaziy saylov komissiyasining apparati mavjud. Unda mehnat qonunchiligi
bo’yicha, mehnat shartnomalari asosida davlat xizmatida xizmat ko’rsatuvchi
personal-texnik xodimlar mehnat qiladi. Ularni mehnati esa xaq to’lanadigan mehnat.
Ular Markaziy saylov komissiyasiga ajratilgan mablag’lar hisobidan maosh oladi.
Xulosa
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar jamoat birlashmalari hisoblanib,
ularning faoliyatisiz demokratiya, xalq hokimiyatchiligi xaqida to’la tasavvurga ega
bo’lish mumkin emas. Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar fuqarolarni
qarashlari, qiziqishlariga qarab birlashtirib davlat va jamoat ishlarida ishtirokini
ta’minlash vositalaridandir. Mamlakatning rivojlanishi bahs-munozara, tortishuv,
turli fikrlilikka asoslanar ekan bularni ro’yobga chiqaruvchi asosiy omil ham siyosiy
partiyalardir.
Siyosiy partiyalarning eng muhim vazifasi – qonun doirasida hokimiyat uchun
kurash ekan, bu eng avvalo saylovlar asosida amalga oshadi. Shuning uchun siyosiy
partiyalar va ommaviy harakatlar saylov jarayonining eng asosiy ishtirokchisidir.
Vakillik organlariga kimlar deputat bo’lishi, mamlakatga kim prezident bo’lishi
siyosiy partiyalarga bog’liq. Chunki ular shu lavozimga nomzod tanlaydigan asosiy
va yagona sub’ektdir. Ekoharakat esa o’z a’zolari orasidan Qonunchilik palatasiga
deputat saylash bilan vakillik demokratiyasini amalga oshishini ta’minlaydi. Shuning
uchun xozirgi fuqarolik jamiyati qurish jarayonida siyosiy partiyalar va ommaviy
harakatlar faoliyatsiz vakillik demokratiyasini tasavvur qilib bo’lmaydi.
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida siyosiy partiyalar va Ekoharakatning
saylovlarda ishtirok etish asoslari, ularning saylovlarda ishtiroki shakllari aniq
belgilab quyilgan.
Saylovlarda siyosiy partiyalarga teng imkoniyat, sharoit yaratib berishning
huquqiy asoslari va mexanizmi aniq belgilangan bo’lib, mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan siyosiy (saylov sohasidagi) islohotlar natijasida siyosiy partiyalarni
saylovda ishtirok etishdan manfaatdorligi turli tadbirlar orqali kuchaytirilmoqda.
93
Saylov jarayonida siyosiy partiyalar faoliyatining moliyalashtirishni o’rnatilgan
tartibi siyosiy partiyalarga tenglik yaratish bilan ularni keyinchalik hеch kimga qaram
bo’lib qolmasligini nazarda tutadi va bu davlat mustaqilligini ta’minlashga ham
qaratilgan muhim chora hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar
1. Har bir demokratik davlatda siyosiy partiyalarning o’rni beqiyos, ularsiz
demokratik davlatni tassavur qilib bo’lmaydi. Ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi
hamda ularning faoliyat olib borishining tartibi mavjud.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq siyosiy
partiyalarni tashkil etilishi, faoliyat yuritish tartibi qanday? Siyosiy partiyalarning
hokimiyatni amalga oshirishda ishtirokining ahamiyati nimalarda ko’rinishiga
huquqiy baho bering.
2. Siyosiy partiyalar saylovlarda eng asosiy sub’ekt hisoblanadi. Ularning
saylovlardagi ishtiroki saylovlarni dekmokratik tarzda o’tishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida siyosiy
pariyalarning saylovlardagi ishtiroki, ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi qay
tartibda belgilangan? Bu borada rivojlangan mamlakatlarda qanday tartib
o’rnatilgan? Milliy va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini o’zaro qiyosiy huquqiy
tahlil qiling.
3. Faraz qiling “Mеhnat” partiyasining vakolatli vakili “V” Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi saylovlari jarayonida uchastka saylov komissiyasi tomonidan
ovozlarni sanab chiqishda nomzodlar to’plagan ovozlarning soxtalashtirilganligi, bu
jarayonda siyosiy partiya vakolatli vakili ishtiroki ta’minlanmaganligi, saylov
natijalari bayonnomada noto’g’ri aks ettirilganligini vaj qilib okrug saylov
komissiyasiga murojaat qildi. Okrug saylov komissiyasi hеch qanday qonunbuzarlik
sodir etilmaganligini sabab qilib arizani ko’rib chiqishni rad etdi.
Savol
1. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish tartibini qonun hujjatlari va
nizomlarda belgilangan tartib asosida yoriting.
2. Ovoz berish natijalarini aniqlashda saylov komissiyalarining vakolatlarini
tahlil qiling.
3. Mazkur holatda okrug va uchastka saylov komissiyasi harakatlarigi baho
bering. O’zining huquqlarini buzilgan deb hisoblagan vakolatli vakilga qonuniy
manfaatlarining ta’minlanish yo’llarini tushintiring.
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2009-
yilgi saylovlarda ko’pchilik o’rin olgan O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi o’z
fraksiyasini tuzdi. Natijada Qonunchilik palatasida ko’pchilik o’rinni egallagan
O’zbekiston Liberal demokratik partiyasining fraksiyasi parlamentdagi ko’pchilikni
tashkil etdi va o’z dasturini amalga oshirishga keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq
parlamentda O’zbekiston Milliy tiklanish partiyasi fraksiyasi va Adolat sosial-
demokratik partiyasi partiyasi fraksiyasining a’zolari kamchilikni tashkil etib, o’z
dasturlarining amalda belgilangan maqsadiga erishishda qiyinchilikka duch kela
boshladi. Shuning uchun partiyalar yagona bir blokka birlashishga kelishib oldilar.
94
Savol
1. Sizningcha, O’zbekiston Milliy tiklanish partiyasi fraksiyasi va Adolat
sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi yagona blokka birlashishlari mumkinmi?
2. Agar ular birlashishsa, qanday asoslarni inobatga olgan holda
birlashadilar?
3. Fikringizni huquqiy jihatdan isbotlab bering?
7-mavzu. Saylov komissiyalari
Saylov komissiyalarining vazifasi. Saylov komissiyalarining tizimi, tashkil
qilish tartibi va tarkibi. Saylov komissiyalarining faoliyati prinsipi va faoliyat
shakli. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining vakolatlari. Viloyat, tuman,
shahar saylov komissiyalarining vakolatlari. Saylov komissiyalarining davlat
organlari va jamoat birlashmalari bilan hamkorligi.
Mavzuda barcha turdagi saylovlarni tayyorlash va o’tkazishda muhim tuzilma-
saylov komissiyalarining huquqiy holati ko’rsatiladi. Saylov komissiyalarining
vazifasi va shu vazifani bajarish uchun belgilangan vakolatlar, turli saylov
komissiyalarini taqqoslash asosida ochib beriladi.
Saylov komissiyalarining tizimi, tashkil etish tartibi, tashkil etish va
faoliyatining demokratik prinsiplarini ko’rsatilishi bilan, shu prinsiplarga amal
qilinishi, saylovlarning demokratik o’tishi ta’minlashi haqida mulohazalar bildiriladi.
Mahaliy Kengashlar saylovida, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining
vakolatlari alohida bobda ko’rsatilib, bu komissiyalarning rahbariy mavqеi xaqida
ma’lumot beriladi. Saylov komissiyalarining davlat organlari, jamoat birlashmalari
bilan hamkorligi va uni ahamiyati ko’rsatib berildi.
1-§. Saylov komissiyalarining vazifalari.
Saylovlarning demokratik o’tishi uchun ko’pchilik davlatlarda maxsus, davlat
hokimiyati tizimiga kirmaydigan organlar tashkil qilishi saylov tajribasida keng
qo’llaniladi. Bunday organlarni tuzish va ularga saylov o’tkazishni yuklash, saylovlar
tashkil etishda adolatlilikni ta’minlash uchun saylovlarga davlat organlarini iloji
boricha aralashuvini kamaytirish, chegaralashni nazarda tutadi.
O’zbekistonning amaldagi saylov qonunlarida davlat hokimiyati tuzulmalarini,
jamoat birlashmalarini saylov jarayoniga aralashuvga har qanday urinishlar
taqiqlanadi1.
Ba’zi mamlakatlarda esa saylovlarni o’tkazish davlat organlariga, tegishli
vazirliklarga yuklanib, saylovni tashkil qilish va uni o’tkazish hokimiyatning to’la
nazoratida bo’ladi 2 . Saylovlar o’tkazishga quyiladigan xalqaro talablar ham,
saylovlarning davlat hokimiyatidan mustaqil, holi tuzilmalar tomonidan o’tkazilishini
nazarda tutadi. Saylovlarning alohida tuzilmalar tomonidan o’tkazilishi demokratik
bo’lib, u saylov o’tkazishning alohida bir vositasi hamdir.
1 Qarang: Karimоv I.A. Mamlakatda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirish Kоnsepsiyasi. T.: “О’zbekistоn”, 2010. 36-bet. 2 Qarang: Конституционное право зарубежных стран. “Норма”, 2010, стр-241.
95
Saylovlarni tashkil qiluvchi va o’tkazuvchi tuzilmalarga nisbatan saylov
tajribasida “saylov komissiyalari” degan atama ishlatiladi.
Saylov komissiyalarining turlari har xil bo’lib, ularni umumiy vazifalari va
alohida-alohida vazifalari mavjud. Saylov komissiyalarining vazifalari ularning
tashkil etishning maqsadidan kelib chiqadi. Bu maqsad saylovlarni demokratik tarzda
va adolatli o’tkazishdir.
Saylov komissiyalarning vazifasi Konstitusiyada “O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga saylov
to’g’risida”gi qonunlarda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining vazifasi esa yana maxsus “O’zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunda belgilangan.
Saylov komissiyalari:
- saylovlarni qonuniy o’tishini ta’minlaydi, qonunlarni ijro qiladi, ularni bir
xilda bajarilishini ta’minlaydi, qonun buzilishlarini oldini oladi, buzilgan huquqlarni
tiklaydi;
- fuqarolarning saylov huquqlarini, saylov huquqining umumiy prinsiplari -
umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri, yashirin ovoz berishni ta’minlab, saylovlarni erkin,
ixtiyoriy, oshkora o’tishi uchun tegishli choralarni ko’radi;
- saylovoldi tashviqot ishlarini tashkil qiladi, ularga sharoit yaratib beradi va
bu ishga jamoatchilikni, fuqarolarni jalb etadi.
Saylov komissiyalari saylov ishtirokchilarining tizimida alohida rol uynaydi.
Boshqa saylov ishtirokchilarning saylovda ishtiroki, ko’p jixatdan saylov
komissiyalariga bog’liq.
Saylov komissiyalari saylovdagi barcha ishtirokchilarning saylovlarda ishtirok
etishiga teng imkoniyatlar yaratib beradi.
Bundan tashqari turli saylov komissiyalarining o’zlarining alohida vazifalari
mavjud. Markaziy saylov komissiyasi – barcha saylov jarayoniga rahbarlik qiladi.
Boshqa barcha saylov komissiyalari faoliyatini yo’naltirib, ularni uslubiy jixatdan
ta’minlaydi.1
Okrug saylov komissiyasi o’z okrugida qonun ijrosini ta’minlaydi, nazorat
qiladi; uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; deputatlikka
nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil qilishga kumaklashadi;
okrug buyicha saylov natijalarini aniqlab Markaziy saylov komissiyasiga taqdim
etadi.
Uchastka saylov komissiyalarining asosiy vazifasi ovoz berishni tashkil etish,
o’kazish va uchastka bo’yicha ovoz berish natijalarini aniqlab, ma’lumotlarni okrug
saylov komissiyalariga еtkazish hisoblanadi.
O’zbekiston saylov tajribasida, mahaliy Kengashlarga saylov o’tkazish
jarayonida, har bir bo’g’indagi Kengashlarga: viloyatlarga, tumanlarga, shaharlarga
saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari tuzilib, ularning asosiy vazifasi, viloyat,
1 Markaziy saylоv kоmissiyasining saylоvlardagi alоhida о‘rni xisоbga оlinib unga alоhida mavzu (8-mavzu)
ajratilgan. Shuning uchun bu mavzuda MSK faоliyatiga tо‘xtalmaydi.
96
tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish hisoblanadi. Keyingi bandlarda
bu komissiyalarni ham ko’rib chiqamiz.
Saylov komissiyalarining ular qaysi bo’g’indagi komissiya bo’lishidan qat’iy
nazar, oldiga quyilgan o’z vazifalarni to’la bajarishlari saylovlarning demokratik
o’tishini, fuqarolarni saylov huquq va erkinliklarini ta’minlashning muhim garovidir.
Saylov komissiyalari – mustaqil organ va o’zlarini alohida vazifalari,
vakolatlari bo’lishidan qat’iy nazar bir tizimni tashkil etadi va o’zaro hamkorlikda
faoliyat yuritadi. Ularning to’g’ri hamkorlik o’rnatishi saylovlarning muvaffaqiyatli
o’tishi garovlaridan biridir.
Saylov komissiyalari qaysi pog’onadaligidan qat’iy nazar, ular faoliyatining
asosiy prinsipi ularning davlat, jamoat birlashmalaridan mustaqilligidir. Bu prinsip
ularni faoliyatiga har qanday aralashuvlarni yo’qqa chiqaradi, bu esa saylov
natijalariga ta’sirni ham istisno qiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovda har bir
darajadagi Kengashlarni saylash uchun tuziladigan saylov komissiyalari alohida-
alohida tizimni tashkil etadi.
Saylov komissiyalarining vakillik organlariga va prezidentlikka saylovlarda
alohida rol o’ynashi yuridik adabiyotlarda hech qanday e’tirozsiz e’tirof etiladi1.
2-§. Saylov komissiyalarining tizimi, tashkil qilish tartibi va tarkibi
Jahon saylov o’tkazish tajribasida turli mamlakatlarda saylovlarga tayyorgarlik
ko’rish va o’tkazish uchun alohida tuzilmalar, organlar tuziladi va ular turli nomlar
bilan (komissiya, byuro, prezidium) ataladi2. Ular har xil tizimga ega bo’lib, ayrim
mamlakatlarda ularni amaldorlar boshqaradi yoki tarkibiga kiradi. Ayrim
mamlakatlarda bu maxsus organ tarkibiga siyosiy partiyalar vakillari ham kiradi3.
O’zbekistonda saylovni tashkil etish va o’tkazish vazifasini bir necha
pog’onalarda tashkil etiladigan, vakolat muddati, tashkil etish tartibi, vakolatlari,
tarkibi har xil komissiyalar amalga oshirib, ular umumlashgan holda saylov
komissiyalari deb yuritiladi va qat’iy tizimga ega. Saylov komissiyasi tizimiga
kiruvchi saylov komissiyalari demokratik prinsiplarda tashkil qilinadi. Ularning
tizimi qanday belgilanishiga qaysi organlar (oliy yoki mahalliy) saylov
o’tkazayotganligi ta’sir qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi deputatlari saylovidagi saylov komissiyalarining tizimi Markaziy saylov
komissiyasi, okrug saylov komissiyasi va uchastka saylov komissiyasidan iborat.
1 Qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013. 311 bet. 2 Ayrim mamlakatlarda saylоv о‘tkazish ijrо оrganlariga ham yuklatiladi. 3 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.: «Проспект», 2009. стр-267
97
Markaziy saylov komissiyasining doimiy ishlovchi organ u Oliy Majlis
tomonidan tashkil qilinadi1.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari faqat shu saylovni o’tkazish uchun
tuzilib, saylov natijalari e’lon qilinib deputat ro’yxatga olingandan so’ng faoliyatini
to’xtatadi. Bu ikki saylov komissiyalari jamoatchilik asosida ishlaydi, uning a’zolari
(rais, o’rinbosar, kotib) asosiy ish joyidan ajralmagan holda komissiyada ishlagani
uchun maosh olmagan holda vazifasini bajaradi. Komissiya qaroriga asosan rais, rais
o’rinbosari, kotib yoki boshqa a’zosi saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish
davrida o’rtacha oylik ish haqi saylov o’tkazish uchun ajratilgan mablag’lar
hisobidan saqlangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod etiladi.
Tajribada bu asosan saylov komissiyasi kotiblariga tadbiq qilinadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda okrug saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganda
komissiyaning raisi, rais o’rinbosari, kotibi va kamida 6 nafar boshqa a’zosidan iborat
tarkibda tuziladi.
Mahalliy Kengashlarga saylovda ham okrug saylov komissiyasi shu muddatda
rais, o’rinbosar, kotib va komissiyaning 6–8 a’zosidan iborat tarkibda tegishli
hududga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Prezident saylovida ham shunday tartibda okrug saylov komissiyasi tuzilishi,
a’zolari kamida 6–8 kishi bo’lishi ko’rsatilgan.
Okrug saylov komissiyasiga nomzodlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qori
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida
muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Komissiya a’zoligiga ishda, hayotda o’zini ko’rsatgan bilimli, tajribali, jamoatchilik
obro’sini qozongan kishilar tanlanadi. Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga
nomzodlar xalq deputatlari, tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama
qilinib okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Komissiya tarkibiga kiruvchilarning barchasi siyosiy partiyalarning a’zolari,
deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari bo’lishi mumkin emas. Bu komissiya
a’zolarining biron bir partiya, nomzodning manfaatiga xizmat qilishini oldini oladi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda saylov komissiyasi a’zolari siyosiy partiyalarning
vakillaridan bo’lishiga ruhsat etiladi.
1 MSK ni tashkil qilish tarkibi, faоliyat shakli vakоlatlari. Darslikning keying mavzusida alоhida berilgan.
98
Komissiya a’zolarining vakolatini muddatidan oldin bekor qilish tartibi ham
qonunlarda belgilangan. Unga asosan komissiya a’zosi o’z ixtiyoriga ko’ra
Komissiya a’zoligidan ozod qilinishini so’rab ariza bersa; komissiya tuzgan organ
komissiya a’zolari qonun talablarini buzsa, o’z vazifasini еtarli darajada bajarmasa,
a’zolikdan mahrum qilishi mumkin. Komissiya a’zolari deputatlikka nomzod etib
ko’rsatilsa ham, komissiya tarkibidan chiqariladi.
Komissiya tarkibida bo’sh o’rin vujudga kelsa, yangi a’zo qonunda belgilangan
umumiy tartib asosida tarkibga kiritilishi mumkin. O’zbekiston fuqarolari faqat bir
saylov komissiyasining a’zosi bo’lishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyasini tashkil qilish tartibini yuqorida aytib o’tdik.
Uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida 40 kun qolganda, 5–19 a’zodan shu
jumladan rais, rais o’rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7
nafardan iborat tarkibda tuzilsa rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov
komissiyasining tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyasining tarkibi zarurat bo’lsa, qonunda belgilangan
miqdordan kamaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin.
Prezident saylovida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda, mahalliy
Kengashlarda saylovlarda tuziladigan uchastka saylov komissiyalarining yuqorida
belgilangan tarkibi bir xil. Komissiya tarkibining 5–19 nafargacha qilib belgilanishi
(eng kam miqdor va eng ko’p miqdor sonini belgilanishi) saylov uchastkalarida
saylovchilar sonini 20 dan 3 minggacha qilib belgilanishi natijasidadir. Kam sonli
saylovchilar uchun tuzilgan uchastkalarda saylov komissiyalarining soni kamroq,
ko’proq sonli saylov uchastkalarida tuziladigan saylov komissiyalari a’zolarining
soni ko’proq bo’ladi. Buni ish xajmi taqazo etadi.
Uchastka saylov komissiyalarida ham a’zolikka ko’yiladigan talablar
mudatidan oldin a’zolikni to’xtatish, yangi a’zo saylash tartibi okrug saylov
komissiyalarinikiga aynan o’xshash.
Mahalliy Kengashlarga saylov deganda uch pog’onadagi Kengashlarga:
viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov nazarda tutiladi. Ularga saylovlarda ham
saylov komissiyalari tuzilib, ular ma’lum tizimni tashkil etadi.
Bu sxemalarda kuydagicha ko’rinadi:
99
Bu еrda tegishli Kengashlarga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari alohida
maqomga ega, ularning vakolat muddati ham okrug va uchastka saylov
komissiyalaridan farq qiladi.
Turli Kengashlarga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari – bular: viloyat,
tuman, shahar saylov komissiyalari deb ataladi. Viloyat, tuman, shahar saylov
komissiyalari xalq deputatlari Kengashlari tomonidan saylovga kamida 80 kun
qolganda komissiyaning raisi va boshqa 6–14 a’zodan iborat tarkibda tuziladi hamda
mahaliy Kengashlarga keyingi saylov natijasi e’lon qilingunga qadar bo’lgan davrda
o’z vakolatlarini bajaradi. Demak, ular rais va 6–14 gacha a’zodan iborat tarkibda
tuziladi. Hеch qaerda vakolat muddati necha yilligi ko’rsatilmasa-da, saylov har 5
yilda o’tkazilishini nazarda tutsak bu komissiyalar ham 5 yil o’z vazifalarini bajaradi.
Turli Kengashlarga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari Markaziy saylov
komissiyasining vazifalariga o’xshash vazifalarini faqat shu ma’muriy birlikda:
viloyatda, tumanda, shaharda amalga oshiradi.
Tegishli Kengashga saylov o’tkazuvchi komissiya raisining o’rinbosari va
kotibi komissiyaning birinchi majlisida komissiya a’zolari orasidan saylanadi. Bu
tartibni Markaziy saylov komissiyasini tashkil qilishdan farqi shundaki, Markaziy
saylov komissiya raisi ham komissiya majlisida Prezident tomonidan taqdim qilinib
saylanadi. Okrug va uchastka saylov komissiyalaridan farqi esa raisni tegishli
Kengash tomonidan tasdiqlanishi, rais o’rinbosari va kotibini majlisda saylanishidir.
Okrug va uchastka saylov komissiyasining raisi, rais o’rinbosari, kotibi birdaniga
yuqori saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovda okrug saylov komissiyalari
tegishli hududlarga saylov o’tkazuvchi komissiyalar tomonidan, uchastka saylov
komissiyalar esa okrug saylov komissiyalari tomonidan tashkil qilinadi. Ularni
tashkil qilish muddati, tartibi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Prezident
saylovida tashkil qilinadigan okrug va uchastka saylov komissiyalariga o’xshaydi.
100
3-§. Saylov komissiyalarning faoliyati prinsiplari va faoliyat shakli
Barcha turdagi saylov komissiyalarini tashkil etish, ularning faoliyati
demokratik prinsiplariga asoslanadi. Bu komissiyalarning shakllantirishdagi
demokratizm, ularning tarkibini vakillik xarakteri, mustaqillik, qonuniylik,
kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik prinsiplaridir.
Barcha turdagi saylov komissiyalari demokratik asoslarda, ko’pchilik
ishtirokida (vakillik organlari timsolida) tashkil qilinadi va o’zlarini faoliyatida ham
shu prinsipga tayanadi. Saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesida, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar
Kengashlarida (okrug va xududiy saylov komissiyalari a’zolari) shuningdek tuman va
shahar Kengashlarining majlislarida muxokama qilinadi (uchastka saylov komissiyasi
a’zolari). Nomzodlar muqobil bo’lishi mumkin.
Komissiya a’zolari qatorida erkaklar va ayollarning, turli millat vakillarining,
turli yoshdagi fuqorolar vakillarining, turli ma’lumotli, turli mutaxassislarni bo’lishi
saylov komissiyalarining chinakam vakillik xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi.
Saylov komissiyalari faoliyatining asosiy garovi ularning davlat va jamoat
organlaridan mustaqilligi, biror bir hokimiyat organi tizimiga kirmasligidir. Saylov
komissiyalarining ishiga aralashish, vakolatlarini egallashga urinish taqiqlanadi.
Komissiyalar qonun asosida tuziladi va qonun asosida ish yuritadi. Ular bir-
birini o’rnini egallashi, biri ikkinchisining vazifasini bajarish mumkin emas. Ularning
tashkil bo’lishi, faoliyati qonun bilan belgilanishi va shunga to’liq amal qilish
zarurligi qonuniylik prinsipidan kelib chiqadi. Saylov komissiyalari qonunlarga amal
qilar ekanlar, ularga boshqalarni amal qilinishini ham ta’minlaydi, qonun
buzilishlarini oldini oladi, buzilgan huquqlarni tiklaydi.
Saylov komissiyalari tub mohiyati bilan kollegial organdir. Kollegiallik
prinsipi barcha komissiyalarga xosdir. Ularning ko’pchilik a’zolardan iboratligi,
masalalarni ko’pchilik ovoz bilan hal qilish tartibini o’rnatilganligi, komissiyalar
qarorlari vakolatli bo’lishi uchun majlis kvorumini belgilab ko’yilganligi kollegiallik
prinsipini namoyon bo’lishidir. Komissiya majlislari muhokamalarida a’zolar teng
ravishda ishtirok etish, ovoz berishda teng qatnashish (ixtiyori), o’z fikrini alohida
bayon qilish huquqiga ega. Barcha turdagi saylov komissiyalari o’z ishini oshkora
olib boradi. Saylov komissiyalarining tuzilganligi, ularni qaerda joylashganligi turli
vositalar bilan, ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanib, saylovchilarga
еtkaziladi. Komissiya majlislarida jamoatchilik vakillari, davlat organlari vakillari,
ommaviy axborot vositalari xodimlari, kuzatuvchilar, ishonchli vakillar ishtirok etadi.
Komissiya majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi.
Komissiyalar saylovlarda adolatni ruyobga chiqarishni maqsad qilib qo’yar
ekan, o’zlarini faoliyatida ham adolat bo’lishga harakat qilishadi. Ular barcha siyosiy
partiyalar nomzodlari uchun bir xil imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydilar.
Fuqarolarning birortasi saylovda ishtirok etmay qolishiga yo’l qo’ymaslik choralarini
qo’radi. Saylovchilarni qabul qiladi, ularni taklif, mulohazalarni eshitadi. Saylovlar
davrida siyosiy partiyalar ular tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar bilan saylovchilar
o’rtasida bog’lovchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Bu prinsiplar saylov komissiyalarini
chinakam xalqchil organ sifatida namoyon qiladi. Ular bir biri bilan bog’liq va saylov
101
huquqining asosiy prinsiplarini, fuqarolarning siyosiy huquqlarini to’la amal
qilinishini ta’minlaydi.
Saylov komissiyalarining ish faoliyati shakli ham shu prinsiplar bilan bog’liq
va ularni amalga oshishini ta’minlanishini ko’zlaydi. Saylov komissiyalari o’zlarining
vakolatlarini asosiy ish faoliyati shakli hisoblanuvchi majlislarda amalga oshiradi.
Barcha turdagi saylov komissiyalarining majlislari majlis o’tkazilayotgan
kundagi komissiya tarkibining kamida 3/2 qismi ishtirok etayotgan bo’lsa vakolatli
hisoblanadi. Bunday mutloq ko’pchilikning ishtirok etishini majburiy kvorum qilib
belgilanishi komissiya faoliyatida kollegialikning kuchli ekanligini ko’rsatish bilan
birga, komissiyalar ma’suliyatini kuchaytiradi. Qabul qilinadigan qarorlarga jiddiy
yondashish zarurligini ko’rsatadi. Komissiya majlisida har qanday masala keng
muxokama qilingandan so’ng ovozga qo’yilib hal qilinadi. Qaror ochiq ovoz berish
yo’li bilan komissiya a’zolarining umumiy sonidan ko’pchilik ovozi bilan qabul
qilinadi. Qarorga rozi bo’lmagan komissiya a’zolari o’zlarining alohida fikrlarini
bayon etishga xaqlidir. Alohida fikrlar yozma ravishda majlis bayonnomasiga ilova
qilinadi. Majlisda ovozlar teng bo’lib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi rol
o’ynaydi.
Komissiya majlislarida mutaxassislar, jamoatchilik vakillari ommaviy axborot
vositalari, siyosiy partiyalar vakillari, nomzodlarning ishonchli vakillari,
kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin. Saylov komissiyasi ish faoliyati shakli –
majlisida yuqorida qayd qilingan prinsiplar o’z o’rnini topgan.
4-§. Okrug va uchastka saylov komisiyalarning vakolatlari
Saylov komissiyalarining vakolatlari qonunlarda belgilab quyilgan. Prezident
saylovi to’g’risidagi va vakillik organlariga saylov to’g’risidagi qonunlarda Markaziy
saylov komissiyasi, okrug, uchastka saylov komissiyalari va turli pog’onadagi
Kengashlarga saylov o’tkazuvchi komissiyalar vakolatlari aniq belgilab quyilgan.
Mazkur bandda okrug, uchastka va turli pog’onadagi Kengashlarda saylov
o’tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini tahlil qilamiz1.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari hamma saylovlarda tashkil qilinadi.
Viloyatlar tumanlar va shaharlarga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari mahalliy
Kengashlarga saylovlarda tashkil qilinadi.
Okrug saylov komissiyasi saylovlarda muhim o’rin tutuvchi o’rta bo’g’indagi
saylov tuzilmasidir. Qaysi saylovlarda tuzulmasin ularning vazifalari o’xshash,
shuning uchun ularni vakolatlari deyarli bir xil, shu bilan birga turli saylovlarda
tuziladigan okrug saylov komissiyalari vakolatlarida, qiladigan ishlarida ayrim farqlar
mavjud. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 16-
moddasida, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” va “Xalq
deputatlari mahaliy Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning 13-
moddalarida shu saylovlarda tuziladigan okrug saylov komissiyalarining vakolatlari
belgilanib quyilgan.
1 Bundan tashqari MSKning vakоlatlari “Markaziy saylоv kоmissiyasi tо‘g‘risida”gi qоnunda ham
mustahkamlangan bо‘lib, uning vakоlatlarini keйingi mavzuda kо‘rib chiqamiz.
102
Bu vakolatlar okrug saylov komissiyasining tashkilotchilik, nazorat qilish,
rasmiylashtirish va muvofiqlashtiruvchi vazifalarini to’la amalga oshirish
imkoniyatini beradi.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 16-
moddasida okrug saylov komissiyasining quyidagi vakolatlari belgilangan. Okrug
saylov komissiyasi:
1) butun okrug hududida ushbu qonunning ijrosini nazorat qiladi va uni bir xil
tarzda qo’llanishini ta’minlaydi;
2) saylov uchastkalarini tuzadi, ularni okrug bo’yicha tartib raqamini
belgilaydi, manzilini ko’rsatgan holda ularning ro’yxatini e’lon qiladi, uchastka
saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
3) O’zbekiston Respublikasi Prezdentligiga nomzodlarni saylov kampaniyasida
ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
4) siyosiy partiyalar, okrug hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar rahbarlarining saylovlarga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish bilan
bog’liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
5) saylovchilar ro’yxatlarining tuzilishini va hammaning ular bilan tanishib
chiqishini kuzatib boradi;
6) pul mablag’larini uchastka saylov komissiyalari o’rtasida taqsimlaydi,
saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini
nazorat qiladi hamda saylovni moddiy texnika jihatdan ta’minlanishini, boshqa
masalalarini ko’rib chiqadi;
7) okrug bo’yicha saylov yakunlarini chiqaradi va ma’lumotlarni Markaziy
saylov komissiyasiga taqdim etadi;
8) uchastka saylov komissiyalari faoliyati ustidan tushgan ariza va
shikoyatlarni ko’rib chiqib, o’z qarorini qabul qiladi;
9) ushbu qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 13-
moddasida Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha tuziladigan okrug saylov
komissiyalarini vakolati belgilangan. Unga asosan okrug saylov komissiyasi:
- okrug hududida ushbu qonun ijrosini nazorat qiladi;
- saylov uchastkalarini tuzadi, saylov okrugi bo’yicha ularning tartib raqamini
belgilaydi, manzilini ko’rsatadi hamda ularni ro’yxatini e’lon qiladi;
- uchastka saylov komissiyalarining faoliyati muvofiqlashtirib boradi;
- mablag’larni uchastka saylov komissiyalari o’rtasida taqsimlaydi, uchastka
saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini
nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy texnika jihatdan ta’minlanishini
boshqa masalalarini ko’rib chiqadi;
- deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng
imkoniyatlar yaratadi;
- Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olingan nomzodlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalarni
beradi;
- deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvini tashkil etishga
ko’maklashadi;
103
- deputatalikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro’yxatga oladi va ularga
tegishli guvohnomalar beradi;
- siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatni boshqa
organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish bilan
bog’liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
- saylovchilar ro’yxatining tuzilishini va ular bilan hamma tanishib chiqishi
uchun taqdim qilinishini kuzatib boradi;
- saylov okrugi bo’yicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga
muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlarni tayyorlanishini,
ularning uchastka saylov komissiyalariga еtkazilishini ta’minlaydi;
- saylov okruglari bo’yicha ovoz berish natijalarini aniqlab, natijalarini
Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
- takroriy ovoz berish, takroriy saylov, shuningdek, bo’shab qolgan o’ringa
deputat saylovini tashkil etadi;
- uchastka saylov komissiyalari faoliyati ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni
ko’rib chiqib, o’z qarorini qabul qiladi;
- ushbu va boshqa qonunlarda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident saylovida tuziladigan okrug saylov komisiyalari bilan Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi saylovida tuziladigan okrug saylov komissiyalarining
vakolatlarida ko’plab o’xshashliklar, bir xillik bo’lsada, bir-biridan farqlari ham
mavjud. Bu farqlar, birinchidan, bir masalani turlicha tahlil qilishda ko’rinadi.
Masalan, “Prezident saylovi to’g’risida”gi qonuning birinchi bandida “okrug saylov
komissiyasi butun okrug hududida ushbu qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda
qo’llanilishini ta’minlaydi” deb yozilgan bo’lsa, “Oliy Majlisga saylov to’g’risidagi qonunning
tegishli moddasi birinchi bandida “okrug saylov komissiyasi saylov okrugi hududida ushbu
qonunning ijrosini nazorat qiladi” deb yozilgan. Bu ikki ta’kidni mazmuni bir xil. Xuddi shunday
holatni qonunlarning okrug saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik haqidagi axborotni eshitish
vakolati belgilangan modda bandlarida va har ikki qonunning oxirgi bandlarida ko’rishimiz
mumkin.
Ikkinchi farq bir qonunda bir necha masala bir bandda yoritilgan bo’lsa,
ikkinchi qonunda ajratilib boshqa boshqa bandlarda belgilangan, masalan “Prezident
saylovi to’g’risida”gi qonunda saylov komissiyasining saylov uchastkalarini tuzish,
ularni faliyatini muvofiqlashtirib turish vakolati bitta (16-modda ikkinchi bandi)da
berilgan bo’lsa, “Oliy Majlisga saylov to’g’risida”gi qonunning 13-moddasi saylov
uchastkasi tuzish uchun alohida, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini
muvofiqlashtirish uchun alohida bandni nazarda tutgan (2, 3 - bandlar).
Uchinchi farq bu jiddiy farq bo’lib, bir okrug saylov komissiyasi vakolatida
uchramaydigan, ikkinchisida mavjud vakolatlarni borligidan kelib chiqadi. Bu farqlar
asosan okrug saylov komissiyalariga yuklangan vazifalardan kelib chiqadi. Masalan,
Oliy Majlisga saylov davrida tuziladigan okrug saylov komissiyalariga qonun:
- Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olingan nomzodlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish va nomzodlarga tegishli guvohnomalar
berish;
104
- deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro’yxatga olish va ularga
tegishli guvohnomalar berish;
- saylov byulletenini tasdiqlash, tayyorlash;
- takroriy ovoz berish, takroriy saylov va o’rni bo’shab qolgan okruglarda
saylov tashkil qilish vakolatini yuklagan.
“Prezident saylovi to’g’risida”gi qonunda okrug saylov komissiyasiga bunday
vakolatlar berilmagani sababi, bu vakolatlar Prezident saylovida Markaziy saylov
komissiyasiga tegishli. Prezident alohida okrugdan emas butun mamlakat bo’yicha
saylanadi. Deputat saylovida deputat okrugdan saylangani uchun, shu saylovni
o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyasiga kengroq vakolatlar berilgan.
Turli saylovlarda tuziladigan okrug saylov komissiyalarining vazifalaridan
kelib chiqib, ularning vakolatlarida ayrim farqlar bo’lsa, uchastka saylov
komissiyalari, ular qaysi saylovda tuzilmasin vakolatlari bir xil, hеch qanday farq
yo’q. Chunki uchastka saylov komissiyasining vazifasi bir xil. “O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 18-moddasi, “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat tuman
va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning 15-moddalari “Uchastka
saylov komissiyalarining vakolatlari” deb nomalangan. Ularga asosan, uchastka
saylov komissiyasi:
- uchastka bo’yicha saylovchilar ro’yxatini tuzadi;
- saylovchilarni ro’yxat bilan tanishtiradi, ro’yxatda yo’l qo’yilgan xatolar va
noaniqliklar to’g’risidagi arizalarni qabul qiladi va ko’rib chiqadi hamda ro’yxatga
tegishli o’zgartirish kiritadi;
- saylov kuni turli joyda bo’ladigan va ovoz berishda ishtirok etish
imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchilarning ovoz berishini muddatdan oldin tashkil
etadi;
- saylovchilarni ovoz berish kuni, joyi haqida ogohlantiradi;
- ovoz berish binolari va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolarini
tayyorlab qo’yadi;
- saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
- saylov uchastkasida berilgan ovozlarni sanab chiqadi;
- saylovga tayyorgarlik ko’rish va ovoz berishni tashkil etish masalari
yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqadi hamda ular yuzasidan adolatli
qarorlar qabul qiladi;
- Qonunlarda belgilangan boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.
Ko’rinib turibdiki, uchastka saylov komissiyalarining vakolatlari asosan ovoz
berishni qonuniy, adolatli tashkil etish va uchastka bo’yicha dastlabki natijani
aniqlashdir. Natija bo’yicha bayonnoma tuzilib, u okrug saylov komissiyasiga taqdim
qilinadi.
Markaziy saylov komissiyasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari ishini tashkil qilish tartibi to’g’risida”gi
105
Nizomni qabul qilgan (2014-yil 11-sentabr). Shu hujjatda uchastka saylov
komissiyalarining vakolatlari bilan birga majburiyati ham belgilangan1.
5-§. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining vakolatlari
O’zbekistonda mahalliy miqyosda ham davlat hokimiyati vakilik organlari
tashkil qilinishi nazarda tutilib, ular mamlakatning ma’muriy hududiy tuzilishlari –
viloyat, tuman va shaharda tashkil qilinadi hamda fuqarolar tomonidan umumiy, teng,
to’g’ridan-to’g’ri saylov prinsipida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Bular
mahalliy Kengashlar deb yuritiladi. Qonunchilikka asosan shahar tarkibidagi
tumanlar va tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tashkil qilinmaydi.
Mahalliy Kengashalar saylovida ham saylov komissiyalari faoliyat ko’rsatib ular
alohida tizimga ega. Mahalliy Kengashlarga saylov o’tkazishda tuziladigan
komissiyalar tizimida turli hududlar Kengashlariga saylov o’ttkazuvchi saylov
komissiyalari alohida mavqеga ega. Ular viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov
o’tkazuvchi saylov komissiyalari hisoblanadi va ma’lum ma’noda Markaziy saylov
komissiyasi qiladigan ishlarni bajaradi. Bu komissiyalar mahalliy Kengashlarga
saylov o’tkazish uchun tuziladigan komissiyalar tizimida rahbariy mavqеga ega.
Viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov o’tkazuvchi komissiyalarning okrug,
uchastka saylov komissiyalariga nisbatan rahbarlik qilish vazifasi, tashkiliy vazifasi
nazorat qilish vazifasi, saylovda turli tadbirlarga ruxsat berish, rasmiylashtirish, e’lon
qilish kabi keng vazifalari mavjud bo’lib, shu vazifalarni bajarish uchun еtarli
vakolatlari belgilangan. Ularning vakolatlari “Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunning 11-moddasida berilgan. Ushbu
modda “Viloyat, tuman shahar komissiyalarining vakolatlari” deb nomlangan. Unga
asosan viloyat, tuman, shahar komissiyasi:
1) tegishli hududda ushbu qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda
qo’llanilishini ta’minlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izoh
berib boradi;
2) tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov
o’tkazuvchi saylov okruglarini tuzadi ularga nom va tartib raqam beradi;
3) tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov o’tkazuvchi okrug saylov
komissiyalarini tuzadi;
4) tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yo’naltirib boradi, ularning
tarkibiga o’zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug va uchastka saylov
komissiyalarining qarorlarini, basharti, bu qarorlar ushbu qonunga zid bo’lsa,
mustaqil tarzda yoki viloyat, shahar, tuman prokurorining taqdimiga binoan bekor
qiladi;
5) deputatlikka nomzodlar ko’rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning
o’zini – o’zi boshqarish organlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro’yxatga oladi
va ular to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
1 Bu haqda batafsil qarang: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатасига сайлов
ўтказувчи участка сайлов комиссияларини тузиш ва уларнинг ишини ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги
Низом / Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-сонли
қарори билан тасдиқланган.
106
7) deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng
sharoitlar ta’minlaydi;
8) pul mablag’larini tegishli saylov komissiyalari o’rtasida taqsimlaydi, saylov
komissiyalari binolar, transport va aloqalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi,
saylovning moddiy jihatdan ta’minlanishiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqadi;
9) tegishli xalq deputatlari Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlari,
saylovchilar ro’yxatlari, saylov komissiyasi bayonlari, saylov varaqalari, o’z muhri,
saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini
ta’minlaydi;
10) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari va jamoat birlashmalari vakillarining hamda korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni
o’tkazish bilan bog’liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
11) tegishli xalq deputatlari Kengashiga o’tkazilgan saylov yakunlarini
chiqaradi, saylangan deputatlarni ro’yxatga oladi, saylov yakunlariga doir
ma’lumotlarni va saylangan deputatlarni ro’yxatini matbuotda e’lon qiladi;
12) deputatlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati guvohnomasini va
ko’krak nishonini beradi;
13) takroriy saylov o’tkazish bilan bog’liq masalalarni hal qiladi;
14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari hamda xatti – harakatlari ustidan
tushgan arizalarni ko’rib chiqadi va tegishli qarorlarni qabul qiladi;
15) ushbu qonun jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo’ladigan tarzda
buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga topshiradi;
16) saylovni o’tkazish va uni tashkil etish bilan bog’liq hujjatlar arxivlarga
topshirilishini ta’minlaydi;
17) ushbu qonun va boshqa qonunlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
Agar bu vakolatlarni mazmuni maqsadiga qarab turlarga bo’ladigan bo’lsak,
хuddi Markaziy saylov komissiyasinig vakolatlarini turlariga aynan o’xshashdir.
2012-yilda Toshkent shahar deputatlaridan 5 tasi turli sabablar bilan deputatlikdan
mahrum bo’lgan. 2009-yilda tuzilgan shahar saylov komissiyasi esa, shu o’rinlarga
tegish okruglarda saylov tashkil qilgan.
6-§. Saylov komissiyalarining davlat organlari va jamoat birlashmalari
bilan hamkorligi
Saylov komissiyalarining davlat organlari, jamoat birlashmalari bilan yaqindan
hamkorlik qilishi saylovlarni muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlaydi. Saylov
komissiyalarining davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi huquqiy
asosga ega. Hamkorlikning asosiy holatlari qonunlarda ko’rsatilgan.
Masalan: Markaziy saylov komissiyasi to’g’risidagi va saylov to’g’risidagi qonunlarda
Markaziy saylov komissiyasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, davlatning boshqa organlarining saylovga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish bilan
bog’liq masalalar yuzasidan axborotini eshitishi ko’rsatilgan.
107
Хuddi shunday vakolat okrug saylov komissiyalari va viloyat, tuman, shahar
saylov komissiyalarida ham mavjud.
Masalan, okrug saylov komissiyalari va tegishli hududiy saylov komissiyalari o’z hududi
doirasida yuqoridagi organlarning axborotini eshitishi mumkin.
Qonunlarda birorta vazirlik va qo’mita yoki idoraning nomi ko’rsatilgan
bo’lmasada, saylovga tayyorgarlik ishlarida ishtirok etuvchilar doirasi juda keng
bo’lishi mumkin. Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ishlarida aloqa
idoralari, transport xizmati idoralari ishtirok etmasligining iloji yo’q. Saylovlarni
tashkil qilish va o’tkazish xavfsizlik bilan bog’liq, buni ta’minlash ichki ishlar
organlari zimmasiga yuklanadi. Saylov komissiyalari ular bilan yaqindan hamkorlik
qiladi. Saylov komissiyalarining tashqi ishlar idoralari bilan aloqasi, hamkorligi
mavjud. Chunki xorijiy mamlakatlarda fuqarolar ham saylovlarda ishtirok etadi.
Saylovchilarning ro’yxatini tuzish, ovoz qabul qilish, natijalarni aniqlashda
diplomatik muassasalarning roli muhimdir. Chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar
kuzatuvchilarining mamlakat hududiga kelishi tashqi ishlar organlari ishiga bog’liq.
Saylov komissiyalari davolash muassasalari, dam olish maskanlari ma’muriyati bilan,
harbiy qism qo’mondonligi bilan yaqindan hamkorlik o’rnatadi. Saylov
uchastkalarini binolar bilan ta’minlash va boshqa ashyolar bilan ta’minlashda
mahalliy ijro organlari alohida ishlarni olib boradi.
Saylov to’g’risidagi qonunlarda saylov komissiyalarining qonuniy talablarini
davlat organlari, idora, tashkilot, muassasa, korxonalar ko’rib chiqishi, tegishli
muddatlarda javob berishi, bajarishi zarurligi belilangan. Yuqoridagi ta’kidlar jamoat
birlashmalariga ham tegishlidir. Saylov komissiyalari prokuratura organlari bilan
yaqindan hamkorlik qiladi. Saylov qonunlarini ijrosini nazorat qilish davomida jiddiy
qonun buzilishi holatlari aniqlangudek bo’lsa, materiallarni prokuratura organlariga
oshiradi. Saylov komissiyalarida qonuniylik prinsipi amal qilinishini fuqarolar
huquqlari buzilmasligini ta’minlashda sud organlari muhim rol o’ynaydi. Sudlar
saylov komissiyalari ustidan tushgan shikoyatlarni alohida tartibda ko’rib chiqadi.
Saylov komissiyalarining jamoat birlashmalari bilan aloqasida siyosiy partiyalar bilan
aloqasi, hamkorligi alohida ahamiyatga ega. Saylovchilarning belgilangan
mikdordagi imzosini to’plagach Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarga
saylovlarda ishtirok etishlariga ruxsat beradi. Tegishli komissiya majlislarida siyosiy
partiyalar saylovga tayyorgarligi haqida axborot beradi. Markaziy saylov komissiyasi
siyosiy partiyalardan ko’rsatilgan nomzodlarni ro’yxatga oladi. Siyosiy partiyaning
kuzatuvlariga, vakolatli vakillarga saylov jarayonlarida ishtirok etish uchun ruxsat
beradi. Siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlar yaratib
beradi. Saylov komissiyalari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan
yaqindan hamkorlik qiladi. Bu hamkorlik tuman va shahar Kengashlariga
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan nomzod ko’rsatishda, o’zini
o’zi boshqarish organlari uchastka saylov komissiyalariga saylovchilar ro’yxatini
tuzishda yordam berishda ko’rinadi.
108
Saylov komissiyalari oqibat natijada fuqarolarning saylov huquqlarini himoya
qiladi, ta’minlaydi hamda saylovlarni tayyorlaydi va o’tkazadi1 . Bu ularning eng
muhim va e’tirof etilgan vazifalaridir.
Xulosa.
Saylovlarning demokratik o’tishini muhim shartlaridan biri, saylovlarning
davlat hokimiyati tizimiga kirmaydigan mustaqil tuzilmalar tomonidan
o’tkazilishidir. Bu tuzilma turli darajadagi saylov komissiyalaridir. Saylov
komissiyalari tizimi, tashkil qilish tartibi, ish faoliyati prinsiplari va shakllari huquqiy
asosga ega. Bu huquqiy normalar saylov komissiyalarining eng demokratik usulda
tashkil qilinishini hamda demokratik asosda ish yuritishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda Prezident saylovi va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
deputatlarining saylovi aniq tizimdagi saylov komissiyalari tomonidan tashkil
qilinadi va o’tkaziladi. Saylov komissiyalarining vakolatlari qonunlarda aniq
belgilangan.
Mahalliy Kengashlarga saylovlarda tuziladigan viloyat, tuman, shahar saylov
komissiyasi bir saylovdan keyingi saylovlargacha bo’lgan davrda besh yil faoliyat
ko’rastadi va shu davrda saylov bilan bog’liq masalarni hal qiladi. Markaziy saylov
komissiyasidan boshqa barcha saylov komissiyalari jamoatchilik asosida ish olib
boradi. Barcha bo’g’indagi saylov komissiyalari davlat organlari, jamoat
birlashmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, davlat organlari jamoat birlashmalari,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari saylov komissiyalarining ishiga
aralashmagan holda ularga har tomonlama ko’maklashadi. Xorijiy kuzatuvchilar
saylov komissiyalarinig ishiga qarab ham saylovga baho beradi.
Nazorat uchun savollar
1. Saylov komissiyalari saylovlarni tashkil etish hamda uni o’tkazishga
mas’ul bo’lgan organ hisoblanib, ularning turli xil ko’rinishlari mavjud.
O’zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, davlat
hokimiyati vakillik organlariga bo’lib o’tadigan saylovlar yuzasidan qanday saylov
komissiyalari tashkil etiladi va har bir saylov komissiyalari faoliyatining o’ziga xos
xususyatlarini tahlil qiling hamda huquqiy baho bering.
2. Barcha turdagi saylov komissiyalarining faoliyat shakli, ularning vazifa
va vakolatlari turlicha bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining konstitusiyaviy-
huquqiy maqomi, vakolati nimalardan iborat ekanligini atroflicha yoritib bering?
Xorijiy mamlakatlarda saylovlarni tashkil etish, o’tkazish va natijalarini e’lon qilish
vakolatiga ega bo’lgan organlar, ularning vakolatlari nimalardan iborat ekanligini
konun hujjatlari asosida o’rganib, milliy qonunchiligimiz bilan qiyosiy huquqiy tahlil
qiling.
3. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan tegishli tarzda
akkreditasiyadan o’tgan Ozarbayjonning “Trend.az” internet nashri Xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy
1 Qarang: Баглай М.В. Конституционное право Российской Федерации. M.: “Норма” 1998., стр-358.
109
Majlisiga saylovlar o’tkazilayotgan jarayonda saylov o’tkazish uchun tuzilgan
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini yoritishni rejalashtirdi. Ushbu vaziyatda siz
Markaziy saylov komissiyasi a’zosi sifatida jurnalistning quyidagi savollariga javob
bering.
Savol
1. Bugungi kunga kelib O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasiga konstitusiyaviy organ maqomi berilishining sababi va zarurati
nimada?
2. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari haqida umumlashtirilgan holda
to’liq ma’mumot bering.
3. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va
ularning ijrosi haqida to’xtalib o’ting.
4. 19 yoshli O’zbekiston Respublikasi fuqarosi L. Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga saylovlar jarayonida saylov komissiyasi a’zoligiga qabul qilinishi uchun
tegishli tartibda ariza bilan murojaat qildi. Ammo mas’ul organ saylov komissiyasiga
a’zolik uchun xalq orasida hurmat qozongan, yoshi 25 dan katta bo’lishi lozim
bo’lgan nomzod kerakligini vaj qilib, uning murojaatini rad etdi.
Savol:
1. Fuqaro L.ning murojaati o’rinlimi?
2. Ushbu holat qaysi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi?
3. Saylov komissiyasi a’zoligiga qabul qilinishi uchun qanday talablar
qo’yilgan?
8-mavzu. Markaziy saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasining hokimiyat tizimidagi o’rni va vazifasi.
Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish tartibi va tarkibi. Markaziy saylov
komissiyasining vakolatlari. Markaziy saylov komissiyasining ish faoliyati
prinsiplari va tashkiliy shakllari. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul
qilinadigan hujjatlar.
Mavzuda Markaziy saylov komissiyasining davlat hokimiyati tizimidagi o’rni
va mustaqilligi, saylovlar o’tkazilishini ta’minlash, fuqarolarning saylov huquqlarini
himoya qilish vazifasi, saylov komissiyasini tashkil etishning demokratik tartibi,
uning tarkibini vakillik xarakterga egaligi ochib beriladi. Shuningdek, Markaziy
saylov komissiyasining mustaqilligi, daxlsizligi uning faoliyatida konstitusiyaviy
prinsiplar orqali ko’rsatiladi, komissiya vakolatlari maqsadiga qarab, turlanib
xarakterlanadi va ish faoliyati shakli xususida hamda Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning, turlari ahamiyati haqida alohida bandda
tegishli ma’lumotlar beriladi.
1-§. Markaziy saylov komissiyasining hokimiyat tizimidagi o’rni va
vazifasi
110
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 11-moddasi “O’zbekiston
Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi” deb belgilangan va
Konstitusiyaning tegishli moddalarida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyati qanday organlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Mamlakatimiz davlat organlari tizimida yana shunday davlat organlari,
muassasalari borki, ular biror bir hokimiyat tizimiga kirmaydi va alohida maxsus
vazifalarni bajaradi, masalan prokuratura, Milliy xavfsizlik organlari, Markaziy bank
va hokazo. Xuddi shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi ham biror bir hokimiyat
tizimiga kirmaydi. Biron bir hokimiyat tizimiga kirmaydigan tuzilmalar tomonidan
saylovlarni tashkil etish, o’tkazish, saylovlarni demokratik, adolatli o’tishini
ta’minlovchi vositalardandir.
Saylovlarni tashkil etish va o’tkazishga davlat hokimiyati organlarining
aralashuvini cheklash, ularni xolis organlar tomonidan o’tkazilishini ta’minlash
buning uchun bu ishga mas’ul kilingan Markaziy saylov komissiyasining vazifa va
vakolatlarini kengaytirib borish demokratik islohotlarning ajralmas qismlaridan
bo’lib kolgan.
Buni “Shu borada saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko’rish va
uni o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida
ham kamdan-kam uchraydigan mutloq vakolatlarni Markaziy saylov komissiyasiga
berilishini ko’zda tutadigan o’zgartirishlarning kiritilishi o’ta muhim ahamiyatga ega
ulkan voqеa bo’ldi”1- deb ta’kidladi mamlakatning Birinchi Prezidenti.
Agar ba’zi rivojlangan mamlakatlarda jumladan Italiya, Angliyada saylovga tayyorgarlik
ko’rish va o’tkazish vazifasi Ichki ishlar vazirligiga yuklatilganligini, Italiya va AQShning ayrim
shtatlarida saylov o’tkazuvchi komissiya tarkibiga albatta davlat xizmatchilarining (chinovniklar),
sudyalarni kiritilishi shartligini ko’rsak1, bizning saylovlarimiz, saylov o’tkazuvchi organlarimiz
demokratik, xolislik prinsipida tuzilishini ko’ramiz.
Mamlakatimizda saylov qonunchiligini rivojlanib borishi bilan Markaziy
saylov komissiyasining roli, vazifasi, vakolatlari kengayib bormoqda. Ko’pchilik
davlatlarda oliy davlat organlariga tegishli bo’lgan mamlakat Prezidenti yoki Oliy
Qonunchilik organiga saylovlarni tayinlash huquqi, saylov kampaniyasi
boshlanganligini e’lon qilish vakolati, O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasiga
berilgan2.
Markaziy saylov komissiyasining konstitusiyaviy maqomi kengayib bormoqda.
Agar avval Markaziy saylov komissiyasining konstitusiyaviy maqomi faqat,
Konstitusiyaning 78-moddasi 14-bandidagi Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi
vakolati asosida Markaziy saylov komissiyasi tuzilishini belgilagan qoida bilan
cheklangan bo’lsa, 16 aprel 2014 yilgi Konstitusiyaga kiritilgan o’zgartirish va
qo’shimchaga asosan, uning konstitusiyaviy-huquqiy maqomini belgilovchi qoidalar
ancha kengaydi.
1 Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T.О’zbekistоn. 2010. 36-bet. 2 Qarang: Конституционное право зарубежных стран. M. «Норма», 2010, стр-241.
111
Konstitusiyaning “Saylov tizimi” bobining 117-moddasiga kiritilgan
qo’shimchaga asosan Markaziy saylov komissiyasi ish faoliyatining asosiy prinsiplari
(mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik) faoliyatida amal
qiladigan qonunlar (Konstitusiya, O’zbekiston Respublikasining saylov to’g’risidagi,
referendum va boshqa qonunlari), tarkibini shakllantirish va raisini saylash tartibi
Konstitusiyaviy qoidalar asosida belgilab qo’yildi. Natijada Markaziy saylov
komissiyasining Konstitusiyaviy asoslari kengayda va kuchaydi.
Markaziy saylov komissiyasining ish faoliyati mustaqillik prinsipi asosida ish
olib borilishini Konstitusiyada mustahkamlanishi, ularning o’z vazifasini bajarishda
har qanday hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalaridan holi bajarishini, ularning
faoliyatiga hеch kim aralasha olmasligini ko’rsatadi.
Markaziy saylov komissiyasi tashkil bo’lgandan to hozirga qadar mamlakatda
o’tkazilgan saylovlarni demokratik, adolat asosida o’tishini ta’minlash bilan bir
qatorda, o’zi ham boy tajriba to’plamoqda, saylovlarni o’tishiga ijobiy ta’sir
qilmoqda.
2009 yilgi saylovni o’tkazishda, saylov arafasida Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, tuman
va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha
Konsepsiya” ishlab chiqilganligi, u Konsepsiya xorijiy ekspertlar tomonidan
tomonidan fuqarolarning o’z xohish-irodasini erkin bildirish borasidagi
Konstitusiyaviy huquqlariga rioya etilishi bo’yicha muhim ahamiyatli, noyob hujjat
sifatida baholanganligi, hamda Konsepsiyani amalga oshirilishi natijasida
saylovlarning qonun talablariga to’la muvofiq holda, siyosiy partiyalarning o’ta faol
ishtirokida, saylov jarayoniga markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining
aralashuviga yo’l qo’ymasdan o’tkazilishini ta’minlashda muhim rol o’ynaganligi
Birinchi Prezidentimiz tomonidan alohida qayd qilindi1.
Markaziy saylov komissiyasining vazifasi, nima maqsadda tuzilishi, “Markaziy
saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasida belgilab quyilgan. Unga
asosan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o’tkazish uchun
tuziladi hamda u o’z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi2.
Demak, Markaziy saylov komissiyasining asosiy vazifasi yuqorida tilga
olingan saylov va referendum tashkil etish hamda o’tkazish orqali fuqarolarning
xohish-irodalarini erkin, hech qanday moneliksiz amalga oshirishlarini ta’minlash va
uning natijasida, saylov orqali mamlakatda ishchan, qobiliyatli, vakolatli davlat
organlarini vujudga kelishini ta’minlash, referendum orqali esa jamiyat hayotidagi
muhim voqеalarni adolatli hal qilinishini ta’minlashdir.
Shuning uchun Markaziy saylov komissiyasini u davlat muassasasi bo’lsa ham,
davlat demokratik instituti deb hisoblash mumkin.
1 Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh Kоnsepsiyasi. T. О’zbekistоn. 2010. 36-37-betlar. 2 Referendum ham saylоv kabi fuqarоlarning xоhish-irоdasini bildirish vоsitalaridan biri bо‘lib, оvоz berish оrqali
amalga оshiriladi. Bu haqda darslikda maxsus mavzu mavjud.
112
2014-yil 21-dekabrda o’tkazilgan saylovlarni muvaffaqiyatli, erkin, qonun
talablari darajada o’tishi uchun Markaziy saylov komissiyasi maxsus Dastur ishlab
chiqqan 1 . Markaziy saylov komissiyasining mavjudligi saylovga quyiladigan
demokratik talablarga, hamda Parlamentlararo Ittifoq Kengashi qabul qilgan “Erkin
va adolatli saylov mezonlari to’g’risida”gi Deklarasiya ko’rsatmalariga to’la mos
keladi.
2-§. Markaziy saylov komissiyasining tashkil etish tartibi va tarkibi
Markaziy saylov komissiyasini tashkil qilish (shakllantirishning) asosiy qoidasi
O’zbekiston Konstitusiyasida belgilangan. Konstitusiyaning 117-moddasida,
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
Bu birinchidan, Markaziy saylov komissiyasi tarkibi vakillik xarakteriga ega
ekanligini, unda mamlakatimizning barcha xududiy tuzilmalaridan vakillar
bo’lishligini ko’rsatadi. Ikkinchidan, Markaziy saylov komissiyasini saylash
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har ikkala – quyi va yuqori palata,
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari doirasiga kiradi.
Xorijiy mamlakatlarda ham saylov o’tkazish, uni nazorat kilish uchun Markaziy saylov
komissiyalari tuziladi. Markaziy saylov komissiyasini shakllantirish tartibi turlicha. Rossiya
Federasiyasida ham Markaziy saylov komissiyasi tuziladi va ularda ham u doimiy ishlovchi organ
hisoblanadi, farqi shuki O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasining vakolat muddati
ko’rsatilmagan Rossiyada esa Markaziy saylov komissiyasining vakolat muddati to’rt yil deb
belgilangan. Rossiya Federasiyasi Markaziy saylov komissiyasi 15 nafar a’zodan iborat bo’lib,
uning 5 a’zosi Davlat Dumasi deputatlari tomonidan, 5 a’zosi Federasiya Kengashi tomonidan, 5
a’zosi Prezident tomonidan tayinladi. Bu tartib ham vakillik xarakteriga ega. Shu bilan birga Oliy
davlat hokimiyati subektlarining tengligini ta’minlanishini nazarda tutadi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisini lavozimga tayinlash tartibi ham
Konstitusiyaviy qoida asosida belgilangan. Unga asosan, komissiya Raisi, Oliy
Majlis tomonidan saylangan a’zolar orasidan O’zbekiston Prezidenti taqdimiga
asosan saylanadi. Agar Rossiyada Prezident Rossiya Markaziy saylov
komissiyasining besh a’zosini tayinlash orqali Markaziy saylov komissiyasining
shakllantirishda ishtirok etsa, O’zbekistonda Prezident Markaziy saylov
komissiyasini shakllantirishda uning Raisi nomzodini taqdim etish bilan ishtirok
etadi. Rais komissiya majlisida saylanadi.
Boshqa barcha Markaziy saylov komissiyasiga tegishli masalalar “Markaziy
saylov komissiyasi” hamda saylovlar to’g’risidagi O’zbekiston qonunlarida
belgilangan. Unga asosan Markaziy saylov komissiyasi Raisining o’rinbosarlari,
kotibi, komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. Ularning nomzodi
komissiya raisi tomonidan ko’rsatiladi.
1 Xuddi shunday dastur 2015-yil 29-martda bо‘lgan О’zbekistоn Respublikasi Prezidenti saylоvi uchun ham ishlab
chiqilgan.
113
Qoidaga ko’ra, komissiya a’zolari siyosiy partiyalarning a’zosi, boshqa saylov
komissiyalarining a’zosi bo’lishi mumkin emas. Komissiya a’zolari nomzodlarning
ishonchli vakili ham bo’lishi mumkin emas.
Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari Oliy Majlis tomonidan
to’xtatilishi, har qanday vaqtda ayrim a’zolar komissiya tarkibidan chiqarilishi, yangi
a’zolar saylanishi mumkin. Amaldagi qonunga asosan, O’zbekiston Prezidentligiga
nomzod, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Senat a’zoligiga nomzod etib
ruyhatga olingan Markaziy saylov komissiyasi a’zosi komissiya tarkibidan chiqib
ketgan hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasini a’zolarining vakolati quyidagi hollarda
to’xtatiladi, ya’ni ular komissiya a’zoligidan chiqariladi:
1) agar bu haqda komissiya a’zolarini a’zolikka tavsiya etgan organ
taqdimnoma kiritsa;
2) a’zo o’z vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza bersa;
3) u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilsa (sud qarori bilan);
4) unga nisbatan sudning ayblov xukmi kuchga kirgan bo’lsa;
5) komissiya a’zosi o’z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelsa.
Komissiya a’zoligidan chiqarish ixtiyoriy va majburiy xarakterda bo’lishi
bulardan ko’rinib turibdi. A’zolikdan chiqarish Oliy Majlis palatalari majlislarida
ovozga qo’yilib rasmiylashtiriladi. Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zosini
saylash ham palatalar majlisida amalga oshiriladi.
Qaysi organ tavsiyasi bilan saylangan a’zoning vakolati tugatilsa, ya’ni shu
organning tavsiyasi bilan yangi a’zo saylanadi. Markaziy saylov komissiyasining
ba’zi a’zolari, komissiya qaroriga asosan, komissiyada doimiy asosda ishlashi (ya’ni
shu ishga xaq olishi) mumkin. Ayrim a’zolari asosiy ishlaridan ajralmagan holda,
jamoatchilik asosida komissiya a’zoligini amalga oshiradi.
3-§. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasining vazifasidan kelib chiqib, unga еtarli
vakolatlar berilgan. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari, “Markaziy saylov
komissiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 5-moddasida,
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 14-
moddasida, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi
qonunning 11-moddasida berilgan. “Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi
qonunda Markaziy saylov komissiyasiga tegishli barcha vakolatlar berilgan bo’lsa,
keyingi ikki qonunda shu organlarning sayloviga tegishli vakolatlar aniqlashtirilib
berilgan.
Qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan vakolatlarni maqsadi, vazifasiga qarab
alohida guruhlarga bo’lib o’rganilsa, ularning mazmunini tushinish, anglash oson
bo’lardi.
Markaziy saylov komissiyasining vakolatlarini quyidagicha guruhlarga bo’lish
maqsadga muvofiqdir:
1. Umumiy vakolatlar. Bu vakolatlar Markaziy saylov komissiyasining
rahbarligidan kelib chiquvchi, rahbariy qoidalarda belgilangan. Unga asosan
Markaziy saylov komissiyasi:
114
- O’zbekistonda o’tkaziladigan Prezident saylovlari va Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi saylovini o’tkazish uchun, referendum o’tkazish uchun tuziladigan saylov
komissiyalarining tizimiga rahbarlik qiladi;
- saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlaydi, ularga uslubiy
yordam ko’rsatadi, saylov va referendumni tashkil etish bo’yicha o’z vakolatlari
doirasida qarorlar qabul qiladi, yo’riqnomalar chiqaradi hamda nizomlarni tasdiqlaydi
va tushuntirishlar berib boradi;
- siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, ommaviy axborot
vositalari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlarning kuzutuvchilariga
mo’ljallangan mandat namunalarini belgilaydi;
- O’zbekiston Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat
a’zolari sayloviga doir saylov byulletenlarining, referendumda ovoz berish
byulletenlarining, saylov va referendumda ishtirok etuvchi fuqarolar ro’yхatlarining,
imzo varaqalarining, saylov komissiyalari, referendum o’tkazuvchi komissiyalar
bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini;
- ovoz berish qutilarining hamda saylov komissiyalari, referendum o’tkazuvchi
komissiyalar muhrlarining namunalarini, hujjatlarni saqlash tartiblarini belgilaydi;
- nomzodlarning saylovlarda teng ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni
yaratadi, saylovga va referendumga tayyorgarlik ko’rish hamda o’tkazishning
harajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablag’larini komissiyalar
o’rtasida taqsimlaydi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, saylov va
referendumning moddiy texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko’rib
chiqadi.
2. Markaziy saylov komissiyasining ikkinchi guruh vakolatlariga
tashkiliy sohadagi vakolatlar kiradi. Bular:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar uchun saylov
kampaniyasini e’lon qiladi;
- saylov, referendum okruglarini tuzish, ularga nom va tartib raqami berish,
chegaralarini aniqlash, saylov komissiyalarini tuzish;
- O’zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuziladigan
saylov va referendum uchastkalarini qaysi okruglarga biriktirish masalalarini hal
qilish;
- okrug saylov komissiyalari tarkibiga o’zgartirish kiritish tartibni belgilash;
- zarur hollarda takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish, bo’shab qolgan
o’rinlarga saylov o’tkazishni tashkil etish;
- saylovdan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasining, Senatning birinchi
majlisini chaqirish;
- saylov va referendumni tashkil etish hamda uni o’tkazish bilan bog’liq
hujjatlarning arxivga joylashtirilishini ta’minlash.
3. Markaziy saylov komissiyasining bir guruh vakolatlarini, ularning
nazorat qilish faoliyati bilan bog’liq vakolatlar tashkil etib, unga quyidagilar
kiradi:
- Oliy Majlisga, Prezidentlikka saylov va referendum to’g’risidagi
qonunlarning ijrosini nazorat qiladi, ularni bir xilda qo’llanishini ta’minlaydi;
115
- saylov va referendum o’tkazuvchi komissiyalar qarorlarini bu qarorlar
qonunlarga zid bo’lsa o’z tashabbusi bilan yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
- saylov va referendum o’tkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va
aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;
- saylov va referendum o’tkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar,
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
davlatning boshqa organlari hamda nodavlat tashkilotlari vakillarining saylov,
referendumga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish bilan bog’liq masalalar
yuzasidan axborotlarini eshitadi;
- quyi komissiyalarning qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan
shikoyatlarni ko’rib chiqadi, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
- saylov va referendum to’g’risidagi qonunlar jinoiy javobgarlikka
tortishga sabab bo’ladigan darajada buzilgan bo’lsa, materiallarni prokuratura
organlariga topshiradi.
4. Markaziy saylov komissiyasining alohida guruh vakolatlariga saylov
jarayonida saylov ishtirokchilariga ayrim harakatlarni sodir etish uchun ruxsat
berish bilan bog’liq vakolatlarini ko’rsatish mumkin. Bular:
- Prezidentlikka va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlar ko’rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib, shu
hujjatlar asosida ularga saylovlarda ishtirok etishga ruxsat beradi;
- chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari saylov va
referendumda ishtirok etishi uchun mandatlar beradi.
5. Markaziy saylov komissiyasining ayrim vakolatlari, ma’lum faktlarni
rasmiylashtirish va e’lon qilish bilan bog’liq vazifalardan kelib chiqadi, bularga
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- saylov kampaniyasi boshlanganligini ommaviy axborot vositalarida
e’lon qilish;
- saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan
fuqarolar sonini ko’rsatgan holda okruglar ro’yхatini e’lon qilish;
- okrug saylov komissiyalarini joylashgan еri to’g’risidagi ma’lumotlarni
e’lon qilish;
- Prezidentlikka va deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olib, ro’yxatlar va
nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish;
- saylangan deputatlarni va Senat a’zolarini ro’yxatga olib, ularni
matbuotda e’lon qilish;
- saylangan shaxsga Prezident etib saylanganligi haqida guvohnoma
berish;
- Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosiga guvohnoma va ko’krak
nishonini berish.
Markaziy saylov komissiyasining ayrim vakolatlari boshqa qonun va
hujjatlarda ham belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to’g’risida”gi qonunning 36-moddasi va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to’g’risida”gi qonunning 44-moddasiga asosan Markaziy saylov komissiyasi
saylovni haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, ayrim saylov uchastkalarida,
116
Prezident saylovida esa ayrim okrug va uchastkalarda saylovni haqiqiy emas deb
topib, umumiy natijadan chiqarib tashlashi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasining yuqoridagi qonunlardan tashqari boshqa
hujjatlarda ham ayrim vakolatlari belgilangan, masalan, “O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida”gi Nizomda. Senat a’zolarini
saylashga bag’ishlangan viloyatlar, Toshkent shahar xalq deputatlari
Kengashlarining, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasining Jo’qorg’i
Kengesining qo’shma majlislarining vaqti va joyi haqidagi qaror Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Deputatlarning qo’shma majlisini Markaziy saylov komissiyasi vakili ochadi
va majlisda albatta ishtirok etadi.
“Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatini, O’zbekiston Respublikasi
Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida”gi
qonunda ham Markaziy saylov komissiyasiga ta’luqli vakolatlar berilgan1.
Deputatni chaqirib olish to’g’risidagi masala tegishli vakillik organlarining,
Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida ko’rib chiqilib, chaqirib olish
to’g’risida qaror qabul qilinsa, u qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi,
tegishli okruglarda chaqirib olish bo’yicha ovoz berishni Markaziy saylov
komissiyasi tashkil etadi. Senatorlarni deputat bo’lib saylangan okrugida, chaqirib
olishga bag’ishlangan ovoz berishni ham Markaziy saylov komissiyasi tashkil etadi.
Ovoz berish natijalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olinadi va
matbuotda e’lon qilinadi. Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishni haqiqiy emas
deb topishi ham mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi hamda Qonunchilik palatasiga
saylovni o’tkazuvchi tuzilma sifatida faoliyat ko’rsatadi, ayrim holatlarda ularni
mahalliy Kengash deputatini sayloviga ham ta’sir qiladi, masalan;
- mahalliy Kengash deputatlari saylovi ham Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan e’lon qilinadi;
- mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiya vakolatli
vakilini tayinlash tartibini belgilaydi;
- deputatlarni chaqirib olish uchun ovoz berishni tayinlaydi.
Markaziy saylov komissiyasi, o’z vakolatlari doirasida davlat organlari, jamoat
birlashmalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi. Ular bilan
munosabatda Markaziy saylov komissiyasi nomidan uning Raisi ish olib boradi.
Saylov qonunchiligining yanada takomillashtirishda, uning xalqaro talablarga
javob berishini ta’minlashda, xalqaro tajribalarni o’rganishda, o’z tajribamizni
umumlashtirib, jahonga yoyishda Markaziy saylov komissiyasi katta ko’lamdagi
ishlarni olib boradi.
Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan o’tkazilgan xalqaro
anjumanlarda O’zbekiston saylov tizimi haqida ma’lumotlar bilan xorij
mutaxassislari tanishadi va saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish bo’yicha
ularning fikr-mulohazalari tinglanadi.
1 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2005 yil, №1., 12-mоdda.
117
4-§. Markaziy saylov komissiyasining ish faoliyati prinsiplari va tashkiliy
shakllari
“Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunning 2-moddasi “Markaziy
saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari” – deb nomlanib, unda Markaziy
saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik,
kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat – deb belgilangan.
2014-yil 16-aprelda Konstitusiyaga kiritilgan o’zgartirish, qo’shimchaga
binoan bu prinsiplar Konstitusiyada qayd qilindi va shu asosda Konstitusiyaviy
maqom darajasiga ko’tarildi. Konstitusiyada yuqoridagi mustaqillik, qonuniylik,
kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari qayd etib o’tildi.
Ushbu prinsiplarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz .
Mustaqillik prinsipi. Markaziy saylov komissiyasining mutaqilligi,
saylovlarni o’tkazishda imkoni boricha hokimiyat organlarini saylovlarga
aralashmasligi, unga biror-bir yo’l bilan tazyiq o’tkazmasligi, saylovlarni adolatli
o’tishini muhim garovi ekanligida bu prinsip namoyon bo’ladi. Komissiya
faoliyatining daxlsizligi, mustaqilligi qonun bilan ta’minlanadi, bu degani Markaziy
saylov komissiyasi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashish, unga tazyiq o’tkazish
mumkin emas.
Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligi uni biror-bir hokimiyat tizimiga
kirmasligi bilan kafolatlanadi. Markaziy saylov komissiyasi o’z faoliyatini, o’z
vakolati doirasiga kiruvchi barcha masalalarni hech kim bilan maslahatlashmay, hech
kimning roziligini olmay hal qilish tartiblarini belgilashi ham mustaqillik prinsipining
namoyon bo’lgani natijasidir.
Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzod tavsiya etishning alohida
tartibini o’rnatilishi, ularning vakolatlarini to’xtatish tartibini qonunda aniq belgilab
qo’yilishi, Markaziy saylov komissiyasi Raisi lavozimiga nomzod Prezident
tomonidan taqdim qilish tartibini o’rnatilishi ham mustaqillik prinsipining natijasidir.
Qonuniylik prinsipi. Umuman qonuniylik prinsipi davlat faoliyatidagi asosiy
prinsipdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 14-moddasida “Davlat o’z
faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik
prinsiplari asosida amalga oshiradi”- deb belgilangan. Markaziy saylov komissiyasi
avvalo alohida vazifani bajaruvchi davlat organi. Shunday ekan Konstitusiyaning bu
qoidasi unga ham to’la taalluqlidir. Konstitusiyaning 15-moddasida esa “O’zbekiston
Respublikasida Konstitusiya va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat,
uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va
qonunlarga muvofiq ish ko’radilar” degan qoida mustahkamlangan. Shu qoidaga
asosan Markaziy saylov komissiyasi Konstitusiya va qonunlarni so’zsiz tan oladi va
ularga muvofiq ish ko’radi.
Konstitusiyaga rioya etilishidan tashqari, Markaziy saylov komissiyasining
faoliyati tegishli Konstitusiyaviy normalar asosidagina tashkil qilinishi va faoliyat
ko’rsatishi qonuniylik prinsipining namoyon bo’lishidir.
Konstitusiyadan tashqari yana bir necha qonunlarda va normativ hujjatlarda,
jumladan: “Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
118
to’g’risida”, “Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatini, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini
chaqirib olish to’g’risida”gi qonunlarda va bir necha reglament, nizomlarda Markaziy
saylov komissiyasining faoliyati tartibga solingan bo’lib, u shu hujjatlarga to’la amal
qilishi shart, bu qonuniylik prinsipini ifodalaydi.
Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish, uning ish yuritishi Raisining
vakolatlari, majlislarining kvorumi, qaror qabul qilish tartibi, qarorlarining saylov
komissiyalari, davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlari, korxona, tashkilot va muassasalar uchun majburiyligi Markaziy saylov
komissiyasi faoliyatidagi qonuniylik prinsipini ruyobga chiqishi, hayotda, tajribada
o’z o’rnini topishidir.
Markaziy saylov komissiyasi nafaqat o’zi qonuniylik prinsipi asosida faoliyat
yuritadi, shuningdek, butun mamlakat hududida saylovlarni qonuniy o’tishini nazorat
qilib, qonuniylik prinsipini ta’minlashda ishtirok etadi.
Kollegiallik prinsipi – bu davlat organlari faoliyatidagi demokratik prinsipdir.
Markaziy saylov komissiyasining tarkibi ko’pchilik a’zolardan iboratligi, masalalar
ko’pchilik ovozi bilan hal qilinishi, xizmat vazifalarini a’zolar o’rtasida taqsimlanishi
kollegiallik prinsipini xarakterlaydi. Markaziy saylov komissiyasi Raisining
vakolatlari faqat komissiyaning ishini tashkil etish bilan bog’liq bo’lib, boshqa
tuzilmalar bilan munosabatda Markaziy saylov komissiyasining nomidan ish ko’rishi
tartibini belgilanganligi ham kollegiallik prinsipidan kelib chiqadi. Kollegiallik
prinsipi barcha masalalarni ko’pchilik va turli fikrlilik asosida muhokama etilishida
va shu asosda birdan-bir to’g’ri qaror qabul qilinishida o’z ifodasini topadi. Markaziy
saylov komissiyasida barcha, doimiy ishlovchi a’zolar ham, jamoatchilik asosida
ishlovchi a’zolar ham bir xil huquqqa va ovozga ega. Har qanday masalalarni ovozga
qo’yib, ko’pchilik ovozi bilan hal qilish tartibini o’rnatilishi, kollegiallik prinsipining
asosidir.
Oshkoralik prinsipi. Bu prinsip avvalo saylovlarning umumiy prinsiplaridan
bo’lib, u Markaziy saylov komissiyasiga ham taalluqlidir. Saylovlarga tayyorgarlik
ko’rish va o’tkazish oshkora o’tar ekan uni o’tkazuvchi komissiya faoliyatida bu
prinsipning bo’lmasligi umuman mumkin emas. Markaziy saylov komissiyasining
saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish qaroridan tortib, saylov davrida
qilgan barcha ishlari: saylov okruglari, komissiyalarini tuzish, nomzodlarni ro’yxatga
olish, e’lon qilish tadbirlari, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ommaviy axborot vositalarining
vakillari, jamoatchilik vakillari, mutaxassis, ekspertlar ishtirok etadi. Majlisda
ko’rilgan masalalar haqida ommaviy axborot vositalari keng ma’lumotlar berib
boradi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi, rais o’rinbosari, kotibi, a’zolari ishtirokida
muntazam matbuot konferensiyalari, briffinglar o’tkazilib, tegishli ma’lumotlar
ommaviy axborot vositalarida berib boriladi. Markaziy saylov komissiyasi
televideniya va radioda maxsus eshittirishlar tashkil etadi.
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida oshkoralik prinsiping amalga oshishi,
ro’yobga chiqarishda Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati muhim rol
119
o’ynaydi. U Markaziy saylov komissiyasi ishlari haqida fuqarolarni, xorij
davlatlarini, xalqaro tashkilot vakilarini xabardor qilib boradi.
Adolatlilik prinsipi. Bu prinsip ham davlat faoliyatining asosiy prinsiplari
sifatida Konstitusiyaning 14-moddasida mustahkamlangan. Shunday ekan uni
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida qo’llanilishi tabiiydir. Markaziy saylov
komissiyasini tashkil etishdan ko’zlangan maqsad ham, saylovlarni tashkil qilishni va
o’tkazishni, davlat organlari aralashuvini istisno qilgan holda, mustaqil, holis organ
tomonidan o’tkazishdir. Shu normani o’zi Markaziy saylov komissiyasining asosiy
vazifasi saylovlarni adolat nizomi asosida tashkil etish ekanini ko’rsatadi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati adolatni ta’minlovchi, saylovlarda
ularni tayyorgarligida ham, o’tkazilishida ham tenglik va erkinlikni ta’minlashga
qaratilgan. Uning vazifalari sifatida, saylov ishtirokchilariga teng imkoniyatlar
yaratish alohida o’rinni egallaydi. Markaziy saylov komissiyasi fuqarolarning saylov
huquqlarini to’la amalga oshishini ta’minlaydi, huquqlarini himoya qiladi, buzilgan
huquqlarni tiklash choralarini ko’radi. Siyosiy partiyalar tomonidan to’plangan
fuqarolar imzolarini haqiqiy ekanligini tekshirishga bir xil yondashish, saylov
okruglarini teng saylovchilar soni asosida tashkil qilish, nomzodlar faoliyatini
ommaviy axborot vositalarida bir xilda yoritilishini ta’minlash, saylov mablag’larini
teng taqsimlash, Markaziy saylov komissiyasi faoliyatidagi adolatlilik prinsipini
amaliy ifodasidir.
Markaziy saylov komissiyasi faoliyati alohida tartibda va shaklda tashkil
qilinadi. Bu qonunda belgilab qo’yilgan. Uni faoliyatini tashkil qilishda Markaziy
saylov komissiyasining Raisi alohida rol o’ynaydi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi, komissiya faoliyatiga rahbarlikni amalga
oshiradi; uning majlislarini chaqiradi, ularga raislik qiladi hamda a’zolari o’rtasida
vazifalarni taqsimlaydi; komissiya majlisida ishtirok etuvchilarni taklif etadi; davlat
organlari, jamoat birlashmalari, xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi; saylov
yakunlari to’g’risida Oliy Majlis palatalariga axborot beradi; Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarni imzolaydi va qonunlarda
belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.
Markaziy saylov komissiyasining tashkiliy shakli uning majlislari hisoblanadi.
Majlislar Rais tomonidan zaruratga qarab o’tkaziladi. Majlislarda komissiya a’zolari
umumiy sonining uchdan ikki qismi (ya’ni 15 a’zosidan 10 tasi) ishtirok etsa
komissiya vakolatli hisoblanadi. Komissiyada qarorlar ochiq ovoz berish orqali,
oddiy ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolganda
Raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Majlisda bayonnoma yuritilib, Rais tomonidan imzolanadi. Ayrim komissiya
a’zolarining alohida fikrlari bo’lsa, yozma shakda bayonnomaga ilova qilinadi.
Majlisda qaror qabul qilinib, Rais tomonidan imzolanib, matbuotda e’lon qilinadi.
Markaziy saylov komissiyasining vakolat doirasida qabul qilingan qarorlar
okrug va uchastka saylov komissiyalari, davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa
nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa, tashkilotlarlar uchun majburiydir.
Markaziy saylov komissiyasining vaklolat doirasidagi saylov bilan bog’liq
murojaatlari davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, korxona, muassasa, tashkilolarlar
rahbarlari tomonidan ko’rib chiqilishi va uch kun ichida ularga javob berilishi shart.
120
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati uning kotibiyati tomonidan
ta’minlanadi. Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasi kotibi rahbarlik qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyat ko’rsatish tartibi reglamentda
belgilanadi. Reglament komissiya tomonidan qabul qilinadi. Markaziy saylov
komissiyasining faoliyati davlat byudjetidan ta’minlanadi.
Markaziy saylov komissiyasining mustaqil faqat qonungagina bo’ysunib
faoliyat yuritar ekan, uning faoliyati qonuniy bo’lishini nazorat qilish mexanizmi
o’rnatilgan. Bu Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan O’zbekiston
Respublikasi Oliy Sudiga shikoyat qilish mumkinligidir. Masalan, saylov
to’g’risidagi qonunlarga asosan, Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni
haqiqiy emas deb topishi haqidagi qarorlari ustidan O’zbekiston Respublikasi Oliy
Sudiga saylov natijalari e’lon qilinganidan o’n kun ichida shikoyat qilish mumkin.
Shikoyatlar Oliy Sudda uch kun ichida, saylovga olti kun qolganda esa darhol
ko’rib chiqiladi. Bundan kelib chiqadiki, shikoyat faqat saylov yakunlari bo’yicha
emas, balki boshqa masalalar yuzasidan ham bo’lishi mumki.
5-§. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mustaqil yuridik shaxs
hisoblanuvchi doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organ. U o’ziga tegishli masalalar
yuzasidan qarorlar qabul qilishi qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.
Bundan tashqari Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalarini uslubiy
jihatdan ta’minlashi (bu ham ma’lum hujjat shaklida bo’ladi), saylovga doir masalalar
yuzasidan qarorlar bilan birga yo’riqnomalar chiqarishi, nizomlarni tasdiqlashi,
tushuntirishlar berib borishi ko’rsatib o’tilgan.
Bulardan ko’rinib turibdiki, Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladigan
hujjatlar nomi turlicha, shu tufayli ularning amal qilish vaqti, doirasi, yuridik kuchi
ham turlichadir. Bularni keyinroq izohlaymiz.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari asosan saylov kampaniyasi davrida
qabul qilinadigan va alohida-alohida masalalarni, faktlarni tartibga solishni
ko’zlaydigan hujjat bo’lib, shu fakt yuzaga kelgach yoki tugagach, qaror ham bekor
bo’ladi, ya’ni boshqa faktlarga ta’sir qilmaydi.
Masalan, Markaziy saylov komissiyasining, “Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon
qilish haqidagi qarori muddatli hujjatdir. Barcha saylov o’tkazish tadbirlarini, jarayonlarini
boshlanishiga ta’sir qiladi. Bunday qaror qabul qilinmasdan hеch qanday tadbir o’tkazilmaydi. Shu
qaror qabul qilingach, qonunlarda belgilangan tartib va muddat ichida tadbirlar o’tkaziladi.
Bu qarorning muddatli xarakterda ekanligi qachon qabul qilinishi (tegishli
organlarning vakolat muddati tugashiga uch oy qolganda) qonunda belgilab qo’yilgan
va saylov kampaniyasi tugashi bilan qaror o’z kuchini yo’qotadi.
Markaziy saylov komissiyasining saylov okruglari va saylov komissiyalarini
tashkil etish to’g’risidagi, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishga ruxsat berish
haqidagi, nomzodlarni ro’yxatga olish va boshqa saylov kampaniyasi davrida qabul
qilinadigan qarorlari faqat shu aniq faktga qaratiladi va ular muddatli hujjatlar
hisoblanadi. Demak, saylov davrida qabul qilingan hujjatlar (qarorlar) shu saylovga
121
va uning tadbirlariga taalluqli bo’lgani uchun ularni muddatli hujjatlar deyish
mumkin.
Markaziy saylov komissiyasining ayrim hujjatlari (nizom, yo’riqnoma)
muddatsiz, doimiy ishlaydigan (barcha saylovlarda) hujjatlardir. Ular saylov
qonunchiligida nazarda tutilmagan ammo huquqiy jihatdan tartibga solish zarur
bo’lgan masalalar yuzasidan chiqariladi. Bunday vakolatga Markaziy saylov
komissiyasi ega. Ana shunday hujjatlarni qabul qilish kerakligi (Markaziy saylov
komissiyasining vakolati) ba’zan saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilab qo’yiladi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga saylov to’g’risidagi qonunning
55-moddasi “davlat hokimiyati vakillik organlarining qo’shma majlisini chaqirish,
Senat a’zoligiga nomzodlar ko’rsatish, ovoz berish, o’tkazish”, - deb nomlanadi va
unda davlat hokimiyati vakillik organlarining qo’shma majlisini chaqirish,
shuninngdek, ovoz berishni o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma
majlislarida Senat a’zolarini saylash tartibi to’g’risidagi nizom Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi deb ko’rsatilgan.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan turli masalalar yuzasidan ko’plab
qonun hujjatlar qabul qilingan.
Bu hujjatlar qatoriga: “O’zbekiston Respublikasi Senat a’zolarini saylash
to’g’risida”gi Nizom, “O’zbеkiston ekologik harakatidan O’zbеkiston Rеspublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi dеputatligiga nomzodlar ko’rsatish va ularni
saylash tartibi to’g’risida”gi Nizom, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasiga saylovda boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va
harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to’g’risida”gi Nizom, “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha saylov
kampaniyasi davrida deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning saylovoldi
tashviqotini o’tkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish to’g’risida”gi
Nizom, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishni moliyalashtirish
hamda mablag’lardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma, “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi uchastka saylov
komissiyasini ishini tashkil qilish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma, “Siyosiy
partiyalar tomonidan imzo to’plash va imzo varaqlari to’g’ri to’ldirilganligini
tekshirish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma, “Siyosiy partiyalar vakolatli
vakillarining saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish tartibi”
kiradi.
Bu hujjatlardagi qoidalar saylov to’g’risidagi qonunlardagi ba’zi qoidalarni
tajribada qo’llash tartiblarini belgilaydi. Masalan, “O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 55-moddasida: Davlat hokimiyati
organlarining qo’shma majlislarini chaqirish, Senat a’zoligiga nomzod ko’rsatish,
shuningdek, ovoz berishni o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi, -deyiladi.
Qo’shma majlislarda Senat a’zolarini saylash tartibi to’g’risida nizom
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi deb
122
belgilangan. Qonunning shu ko’rsatmasiga asosan Markaziy saylov komissiyasi
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida”gi
Nizomni qabul qilgan1. Unda saylov yakunlari e’lon qilinganidan so’ng uch kunlik
muddatda qo’shma majlis o’tkazilishi haqida e’lon qilinishi, hamda majlisni
tayinlash, o’tkazish, uni rahbar organlarni saylash, nomzodlar ko’rsatish va ularni
muhokama qilish, ovoz berish byulletenlariga kiritish, sanoq komissiyasini tuzish,
ovoz berishni o’tkazish, uning natijalarni aniqlash, rasmiylashtirish, takroriy ovoz
berish, takroriy saylov o’tkazish kabi masalalar mukammal tartibga solingan.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonuning 171-
moddasida va prezident saylovi hamda mahalliy Kengashlarga saylov to’grisidagi
qonunlarning tegishli moddalarida saylovlarda, saylov uchastkalarida ovozlarni sanab
chiqishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakili ishtirok etishi belgilangan. Ularning
qanday tayinlanishi, ro’yxatga olinishi tartibi, ularga guvohnoma berish hamda
vakolatli vakilning huquqlari hamda majburiyatlarga egaligi Markaziy saylov
komissyasi tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiya vakolatli vakilining saylov
uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish tartibi”da batafsil belgilangan.
Хuddi shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan va
yuqorida tilga olingan boshqa nizom, yo’riqnomalar ham saylov to’g’risidagi
qonularda belgilangan qoidalarni aniqlashtirib, keng ravishda qo’llashni nazarda
tutadi, ya’ni qonunlarda belgilash imkoniyati bo’lmagan, lekin huquqiy tartibga
solish zarur bo’lgan masalalar Markaziy saylov komissiyasining hujjatlari bilan
tartibga solgan.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan hujjatlardan yana biri
Reglament deb atalib, “Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi Qonunning 14-
moddasiga asosan “Markaziy saylov komissiyasining faoliyat ko’rsatish tartibi uning
Reglamentida belgilanadi”. Reglamentda Markaziy saylov komissiyasining faoliyat
shakli, uni ish yuritishi, ichki organlar faoliyati, boshqa tuzilmalar bilan aloqasi
batafsil tartibga solingan Reglament – qonundan keyingi Markaziy saylov
komissiyasi faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjatdir.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar tizimida, u
tomonidan qabul qilinadgan “Konsepsiya”, “Dastur”lar alohida ahamiyatga ega.
2009-yilgi saylov arafasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha Konsepsiya ishlab
chiqilganligi va uning xorij ekspertlari tomonidan fuqarolarning saylov va o’z
xohish-irodasini erkin bildirish borasidagi konstitusiyaviy huquqlariga rioya etilishi
bo’yicha noyob hujjat sifatida baholanganligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan alohida ta’kidlandi2.
1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоларини сайлаш тартиби тўғрисидаги Низом
/ Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2004-йил 18-сентябрдаги 198-сонли қарори билан
тасдиқланган (Ушбу Низомга Марказий сайлов комиссиясининг 2005-йил 4-январдаги 240-сонли ва 2006-йил
14-апрелдаги 270-сонли қарорлари билан ўзгартишлар киритилган). 2 Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T. О’zbekistоn. 2010. 36-bet.
123
2014-yil dekabrda bo’ladigan saylovlar arafasida 2014-yil 12-mayda Markaziy
saylov komissiyasi “2014-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni
o’tkazish bo’yicha tadbirlar dasturi”ni qabul qildi. Dastur ikki qismdan iborat bo’lib,
birinchi qismi “Tayyorgarlik bosqichi” deb ataladi va 2014-yil maydan to
sentyabrgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan tadbirlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Dasturning ikkinchi qismi “Saylov kampaniyasining asosiy bosqichi (saylov
kampaniyasining boshlanganligini e’lon qilish, saylov okruglarini, uchastklarini,
saylov komissiyalarini tuzish va h.k.) deb ataladi.
Birinchi bosqichda saylov komissiyasini e’lon qilinishigacha qilanadigan
tadbirlar, ularnig ijrosi uchun ma’sullar belgilangan bo’lsa, ikkinchi bosqich bevosita
saylov jarayonini o’tkazish, saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishda qonunda
belgilangan talablarni yuqori darajada bajarilishini ta’minlashni nazarda tutadi.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi 2014-yil 26-dekabrda “O’zbekiston
Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha asosiy tadbirlar
dasturi”ni qabul qilgan. Bu hujjatda saylov kampaniyasining boshlanishidan tortib, to
saylangan Prezident Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisida qasamyod qabul
qilib, lavozimiga kirgungacha bo’lgan davrda o’tkaziladigan tadbirlar, ularning
muddatlari, tadbir o’tkazishga mas’ullar aniq belgilab qo’yilgan.
Xulosa
Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi, Senat a’zolari saylovini va mamlakatda referendum o’tkazish uchun tashkil
qilinadigan, biror bir hokimiyat tarmoqlariga kirmaydigan, ulardan va boshqa siyosiy
tashkilotlardan holi mustaqil ish olib boruvchi organ, Markaziy saylov komissiyasi
mavjudligi saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishga davlat organlarini aralashuviga
yo’l qo’ymaydi.
Markaziy saylov komissiyasi alohida tartibda, demokratik usulda, vakillik
xarakterda tashkil qilinadi. Uni tashkil qilishda Oliy Majlisning har ikki palatasi va
O’zbekiston Prezidenti ishtirok etadi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyat yuritish prinsiplari, tashkil etish
tartibi Konstitusiyada belgilangan bo’lib, uning konstitusiyaviy institut ekanligini
bildiradi.
Markaziy saylov komissiyasi vakolatlari saylov to’g’risidagi qonunlarda va
maxsus “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi
qonunda belgilangan. Qonunlar Markaziy saylov komissiyasiga qonun hujjatlari
qabul qilib, saylovlarni keng mukammal tartibga solinishini nazarda tutgan. Uning
qabul qiladigan hujjatlari saylov kampaniyasini, demokratik talablarga mos ravishda
o’tishini ta’minlaydi. Ishlab chiqqan dasturlari boshqa tuzilmalarni, saylov
ishtirokchilarini metodik jihatdan ta’minlaydi.
Nazorat uchun savollar
1. O’zbekiston Respublikasida barcha saylovlarni o’tkazishga bevosita
rahbarlik qiladigan organ mustaqil Markaziy saylov komissiyasi mavjud.
124
Markaziy saylov komissiyasining tashkiliy faoliyat shakli nimalardan iborat
ekanligini amaldagi qonun hujjatlari normalari asosida o’rganib, xorijiy
mamlakatlardagi saylov jarayoniga rahbarlik qiluvchi organlarning tashkiliy faoliyat
shaklllari bilan o’zaro qiyosiy- huquqiy tahlil qiling.
2. Markaziy saylov komissiyasining boshqa davlat tuzilmalari bilan ham
hamkorlik qilishi milliy saylov qonunchiligimizda belgilab qo’yilgan. Hamda ushbu
organ o’zining qonuniy faoliyatini olib borishda turli xil normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining boshqa davlat organlari, jamoat
birlashmalari bilan munosabati qanday shaklda amalga oshiriladi? Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar turlari ularning mazmun mohiyati,
qabul qilinish tartibi va ahamiyatini atroflicha, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
tahlil qiling.
3. Avvalgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputatlarining vakolat muddati
tugashidan uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi ommaviy axborot vositalarida
saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qildi. Saylov kampaniyasi boshlanganligi
e’lon qilingan kundan еtti oy oldin O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan ro’yxatga olingan F. nomli partiya saylovda ishtirok etishini qo’llab-
quvvatlovchi o’ttiz besh ming saylovchining imzosini to’play olganini va qolgan
miqdordagi imzo to’plashda yordam berishni so’rab Markaziy saylov komissiyasigi
ariza bilan murojaat etdi.
Savol
1. Saylov jarayoni tushunchasi va bosqichlari haqida ma’lumot bering.
2. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilishning huquqiy asoslari va
uning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
3. Yuqorida keltirilgan holat yuzasidan partiyaning haraktlariga baho bering.
4. Yangi tashkil etilgan parlamentning birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga
saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay o’tkazilishi qonunchilikda belgilab
qo’yilgan. Mazkur majlisni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining Raisi ochadi, muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.
Savol
1. Sizningcha mazkur muvaqqat kotibiyat va sanoq komissiyasi nima maqsadda
tuziladi?
2. Mazkur muvaqqat kotibiyat va sanoq komissiyasi tuzishning tartibini huquq
jihatdan asoslab bering?
3. Markaziy saylov komissiyasining Oliy Majlis tarkibini shakllantirilishidagi
vakolatlariga to’xtaling?
125
ІІ MAXSUS QISM
9-mavzu. Saylov jarayoni
Saylov jarayoni tushunchasi. Saylov jarayoni bosqichlari. Saylov
kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish. Saylov jarayonini moliyalashtirish.
Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish.
Mavzu “saylov jarayoni”, uning bosqichlari, “saylov jarayoni”ni
moliyalashtirish va dastlabki ikki bosqich haqida bilim berishni maqsad qilib
qo’ygan. “Saylov jarayoni” tushunchasi, uning saylov kampaniyasi bilan qiyosiy
tahlili, saylov bosqichlari va ularda o’tkaziladigan tadbirlar, ularning qonun
tomonidan mustahkamlanganligi, ayrim tadbirlarni o’tkazish muddatlarini
belgilashda Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarining o’rni kursatiladi.
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish huquqi va asoslari, undan
kelib chiqadigan oqibatlar, saylov okruglari va saylov uchastkalarini tuzish tartibi,
ularning vazifalari, saylov okruglarining farqlari xususida ma’lumotlar berilgan.
Mavzuda “Saylov jarayoni”ni moliyalashtirish masalasining ham berilishi,
busiz saylov o’tkazish mumkin emasligi, moliyalashtirish saylovlarni adolatli
o’tishiga ta’sir qilishi, agar u o’z holiga tashlab qo’yilsa, mamlakat xavfsizligiga
raxna solinishi mumkinliging anglatadi.
1-§. Saylov jarayoni tushunchasi
Saylov jarayoni saylovlardagi muhim institut bo’lib, saylov huquqi bilan
chambarchas bog’liq. Ayrim adabiyotlarda saylov jarayoni saylov ishitirokchilarining
saylovlarni tayyorlash va o’tkazishdagi faoliyatini saylov huquqi bilan tartibga solish
deb ta’riflanadi 1 . Bu ta’rifda haqiqatda saylov huquqi bilan saylov jarayonini
bog’liqligini ko’rish mumkin. Agar saylov huquqi davlat hokimiyatining qonuniy
almashishini tartibga solsa, saylov jarayoni fuqarolarning saylov (siyosiy) huquqlarini
amalga oshirishni, hokimiyatda ishtirokining texnologiyasini aks ettiradi. Saylov
jarayoni vakillik va saylov demokratiyasining asosiy institutlarini siyosiy-huquqiy
mexanizmini tashkil etadi2.
Demokratik saylov jarayoni saylovlarning asosiy ishtirokchilari bo’lgan
saylovchilar bilan saylovlarni tashkil etuvchi va o’tkazuvchi davlat-jamoat institutlari
hisoblanuvchi saylov komissiyalari o’rtasidagi o’zaro ishonchga asoslangan aloqani
namoyon bo’lishidir. Fuqarolik ishonchi fuqarolar huquqiy madaniyatining muhim
elementi sifatida hozirgi zamon saylov jarayonini mohiyatini belgilaydi. Bundan
ko’rinib turibdiki, saylov jarayoni, uning muvaffaqiyatli o’tishi, saylovchilarning
huquqiy madaniyatiga bog’liq. Chunki eng demokratik prinsiplar, qoidalar, tartiblar
qonunlarda qanchalik belgilanmasin, yozib qo’yilmasin, agar ular so’zsiz bajarilmasa,
ulardan naf yo’q yoki еtarli darajada foyda bermaydi. Shuning uchun aytish
1 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.: «Проспект», 2009, стр.266. 2 Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 213.
126
mumkinki, huquqiy madaniyat, qolaversa, saylov madaniyati kuchli jamiyatdagina
saylov huquqi to’la ro’yobga chiqadi, fuqarolar saylov huquqlaridan to’la foydalana
oladi.
Prezident tomonidan ilgari surilgan, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da
jamiyatda inson huquqlari bo’yicha madaniyatni shakllantirishga alohida ahamiyat
berish zarurligi ko’rsatilar ekan, bu bevosita saylov huquqi madaniyatiga ham
taalluqlidir. Chunki saylov huquqi inson huquqining ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyat rivojlanishiga siyosiy-huquqiy voqеalarni rivojlanishi,
huquqiy ta’limni yo’lga qo’yilganlik darajasi va nihoyat huquqiy targ’ibotni yaxshi
yo’lga qo’yilganligi ta’sir qiladi. Shuning uchun bu borada mamlakatimizda keng
ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda va rejalashtirilmoqda1.
Huquqiy madaniyat muhim ahamiyat kasb etishi barcha demokratik
mamlakatlarda e’tirof etilib, shu borada maxsus tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Rossiyada 1994-yil 1-yanvarda “Saylovchilarni, saylov tashkil qiluvchilarni,
jamoatchilik vakillarini huquqiy madaniyatini oshirishning federal Dasturi” Prezident farmoyishi
bilan tasdiqlangan 2 . Unda belgilanishicha, saylov jarayoni saylov huquqi va saylov o’tkazish
prinsiplarini amalga oshirish shakli va texnologik infrastrukturasidir.
Ayrim vaqtlarda “saylov jarayoni” kengmi, “saylov kampaniyasi” qеngmi
degan savol tug’iladi va “saylov jarayoni” “saylov kampaniyasi” boshlanganligi e’lon
qilingandan so’ng boshlanadi degan fikrlar ham yo’q emas.
Aslida esa “saylov jarayoni”, “saylov kampaniyasi”ga qaraganda keng, yoki
boshqacha aytganda “saylov kampaniyasi” “saylov jarayoni” ichiga kiradi. Saylov
to’g’risidagi qonunlarning tegishli moddalarida, saylov kampaniyasining
boshlanganligi tegishlicha Prezidentni, vakillik organlarining vakolat muddati
tugashidan kamida uch oy oldin e’lon qilinadi deb belgilab qo’yilgan. “Saylov
jarayoni” esa faqat shu davrda emas, ijtimoiy-siyosiy hayotning boshqa vaqtlarida
ham amalda bo’lishi mumkin.
Masalan, o’rni bo’shab qolgan o’rinlarga deputat saylash har qanday vaqtda,
saylov kampaniyasi davridan boshqa vaqtlarda ham bo’lishi mumkin, bu “saylov
jarayoni”ning “saylov kampaniyasi”dan kengligini ko’rsatuvchi birinchi asos.
1 Qarang: Karimоv I.A. “Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi”. T.: О’zbekistоn, 2010, 27-28 betlar. 2 Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 213.
“Saylоv jarayoni” tashkiliy hоdisa bо‘lib, о‘zida qоnun bilan belgilangan,
saylоvlarni legitimligini ta'minlaydigan bоsqichlarni birlashtiradi. Bоsqichlar
esa, о‘z navbatida, о‘zida saylоvlarning aniq tadbirlari va saylоv harakatlarini
mujassamlashtiradi (birlashtiradi). Buni yanada aniqrоq va sоdda qilib
ifоdalasak, “saylоv jarayoni” saylоvlarni tayyorlash va о‘tkaзishdan turli
tadbir va saylоv harakatlaridan ibоrat aniq bоsqichlar yig‘indisidir.
127
Ikkinchidan, hali “saylov kampaniyasi” boshlanmasdan saylovga taalluqli
ayrim tadbirlar o’tkazilishi mumkin. 2014-yil 12-mayda hali saylov kampaniyasi
boshlanmasdan, (saylov kampaniyasi boshlanganligi 2014-yil 21-sentyabrda e’lon
qilingan), O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “2014-yilda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha tadbirlar
Dasturi”ni tasdiqlagan.
Dastur ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qism “Tayyorgarlik bosqichi” deb
atalib, 2014-yil maydan 2014-yil sentyabrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va
shu davrda saylov kampaniyasiga tayyorgarlik bo’yicha tadbirlar rejasi belgilangan.
Demak, shu tadbirlarni “saylov jarayoni”dan ajratib tashlash mumkin emas, ular
saylovlarda aholi ongli qatnashishini, ularni huquqiy madaniyatlarini oshirishga
qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat.
Uchinchidan, O’zbekistonda Prezident saylovi hamda vakillik davlat
hokimiyati organlaridan tashqari, fuqarolar yig’ini raislari va ularning
maslahatchilarini saylovi ham mavjud bo’lib, bu saylov ham mamlakat saylov
tizimiga kiradi, “saylov jarayoni” esa saylov tizimining bir elementidir. Bularning
bari “saylov jarayonini” “saylov kampaniyasi”dan kengligini, “saylov jarayoni”
“saylov kampaniyasi”dan tashqarida (vaqtda) ham mavjud bo’lishini ko’rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yuridik adabiyotlarda “saylov jarayoni”ga
berilgan quyidagi ta’rifni qo’llash mumkin.
Bu bosqichlar va ularga kiruvchi tadbir hamda saylov harakatlarining muhim
xususiyati shundaki, ularning maqsadi, o’tkazishning vaqti va uning uchun vakolatli
shaxslar va organlar hamda ularning mas’uliyati qonun va boshqa huquqiy hujjatlarda
aniq, qat’iy belgilab qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasida siyosiy sohada olib borilayotgan islohotlar faqat
saylov qonunchiligini takomillashtirishga, saylov prinsiplarini kengaytirishga
qaratilmay, “saylov jarayoni”dagi ayrim tadbirlarni ham yanada rivojlantirishga katta
etibor berilmokda.
Saylov qonunchiligiga kiritilgan oxirgi o’zgartirish va qo’shimchalarga asosan
“saylov jarayoni”ning muhim bosqichi “saylovoldi tashviqoti” yangicha tartibga
solindi. Bu haqda keyingi bobda kengroq to’xtalamiz.
2-§. Saylov jarayoni bosqichlari
Saylov jarayoni bosqichlari aniq vaqti, maqsadi, ishtirokchilari, ularning huquq
va burchlari ko’rsatilib, qonunda mustahkamlangan, turli tadbir va saylov harakatlari
yig’indisidir.
Ayrim manbalarda saylov jarayonini beshta bosqichi1, ayrim manbalarda еttita
bosqichi ko’rsatiladi2.
Birinchi manbada saylov jarayoni quyidagi bosqichlarga bo’lingan: 1) Saylov
tayinlash (ayrim mamlakatlarda saylov tegishli oliy organlar yoki davlat boshlig’i
1 Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 217. 2 Axmedоv D., Xashimxоnоv A.: О’zbekistоn Respublikasida saylоv huquqi va saylоv jarayoni. T.: О’zbekistоn,
2007, 20-21 bet.
128
tomonidan tayinlanadi. M: Rossiyada); 2) Saylov okruglari, saylov uchastkalarini
tashkil etish, saylovchilar ro’yxatini tuzish; 3) Nomzodlar ko’rsatish (nomzodlar
ro’yxatini taqdim etish) va ularni ro’yxatga olish; 4) Saylovoldi tashviqoti olib
borish; 5) ovoz berish, ovoz berish natijalarini aniqlash va ularni e’lon qilish. Bu
bosqichlarda saylov komissiyalarini tuzishdek saylov harakati saylov bosqichlarini
birortasiga ham qiritilmagan.
Ikkinchi manbada saylov bosqichlari еttiga bo’lib ko’rsatilgan, bular:
1) Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish;
2) Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish; saylov komissiyalarini tuzish;
3) Fuqarolarni saylovchilar ro’yхatiga kiritish;
4) Nomzodlar ko’rsatish va ularni ro’yхatga olish;
5) Saylov oldi tashviqoti;
6) Ovoz berish va va saylov natijalarini aniqlash;
7) Saylov yakunlarini e’lon qilish.
Bu “saylov jarayoni” bosqichlari jarayonni to’laroq ifodalaydi. Bu еrda ovoz
berish va saylov natijalarini aniqlash; saylov yakunlarini e’lon qilish; fuqarolarni
saylovchilar ro’yхatiga kiritish alohida-alohida bosqich sifatida berilgan. Birinchi
manbada saylov jarayoni bosqichlari bo’linishida saylovchilarni ro’yхatini tuzish
nimagadir nomzod ko’rsatish bosqichi qo’shib yuborilgan va ovoz berish va saylov
natijalarini aniqlash bilan, saylov yakunlarini e’lon qilishni ham bir bosqichga
birlashtirgan. Lekin shu mualliflar fikrining ijobiy tomoni ular saylovlarda vujudga
kelishi mumkin bo’lgan boshqa tadbir (bosqichlar) bo’lishini ham ta’kidlashadi.
Masalan: takroriy saylov, takroriy ovoz berish va bo’shab qolgan deputatlik o’rniga
saylov o’tkazish masalalari.
Ikkinchi ta’rif ancha keng bo’lsa-da, uning ham ayrim kamchiliklari bor,
jumladan, unda ro’yxat tuzish nimagadir nomzodlar ko’rsatishdan oldin berilgan
hamda u “fuqarolarni saylovchilar ro’yxatiga kiritish” deb nomlangan, qonunda esa
bu “saylovchilar ro’yxatini tuzish” deb atalgan.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, “saylov jarayoni” quyidagi bosqichlarga
bo’linadi deb ko’rsatish mumkin:
1) Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish;
2) Saylov okruglari va uchastkalarini va okrug, uchastka saylov komissiyalarini
tuzish;
3) Nomzodlar ko’rsatish va ularni ro’yхatga olish;
4) Saylovoldi tashviqotini tashkil qilish;
5) Saylovchilar ro’yхatini tuzish. Saylov byulletenlarini tayyorlash;
6) Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash hamda e’lon qilish;
7) Tegishli hol sodir bo’lsa, takroriy ovoz berish va takroriy saylov tashkil
etish.
Bular bir saylov kampaniyasi davrida vujudga keladigan “saylov jarayoni”
bosqichlaridir.
Bu “saylov jarayoni” bosqichlarining maqsadi, saylovlar legitimligini
ta’minlovchi turli saylov tadbirlari va harakatlarini vaqt bo’yicha qat’iyligini,
mazmun bo’yicha ketma-ketligini ta’minlashdir.
129
“Saylov jarayoni”ning ba’zi elementlari yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi
(texnologik) xarakterda bo’ladi. Masalan, o’z vaqtida va еtarli miqdorda moliyaviy
tomondan ta’minlamasdan turib saylovlarni o’tkazib bo’lmaydi.
“Saylov jarayoni”da turli harakat va tadbirlarning aniq belgilangan vaqtda
o’tishi muhimdir. Shuning uchun vaqt, muddat “saylov jarayoni”da saylovlarni
tashkil qilishda ajralmas elementlardan hisoblanadi. Vaqt, muddat saylov jarayoni
bosqichlarida yuridik ahamiyatga ega bo’ladi. Tegishli saylov munosabatlarini
vujudga kelishi, o’zgarishi yoki bekor bo’lishi vaqt bilan bog’liq. Masalan, nomzod
ko’rsatish va nomzodni ro’yxatga olishni aniq vaqti belgilab qo’yilgan. Yoki saylov
oldi tashviqoti ham aniq belgilangan muddatda olib boriladi va aniq muddatda
to’xtatiladi. Vaqt yuridik fakt sifatida qaraladi. Undan unumsiz foydalanish,
belgilangan vazifalarni o’rnatilgan vaqtda bajara olmaslik saylov ishtirokchilarini
imkoniyatlarini cheklaydi (masalan, vaqtida saylovchilarni imzosini to’play olmagan
siyosiy partiya saylovda ishtirok etmaydi).
Saylov komissiyalari saylovning darajasi va turiga qarab saylovga tayyorgarlik
ko’rish va o’tkazish tadbirlarining kalendar rejasini ishlab chiqadi. Bunday kalendar
rejalar u yoki bu saylov jarayoni bosqichlarida alohida saylov harakatlari va
protseduralarni amalga oshirish muddatlarini yuridik jihatdan tartibga soladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2014-yil 12-mayda
tasdiqlagan “2014-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish
bo’yicha tadbirlar Dasturi”ning ikkinchi qismi – “Saylov kampaniyasining asosiy
bosqichi” deb nomlangan va unda shu bosqichda qilinadigan ishlar, ularning muddati,
mas’ul shaxs va organlarning soni ko’rsatilgan. Unda ba’zi qonunlarda muddati
ko’rsatilmagan tadbirlarni amalga oshirish muddatlari (vaqti) ham ko’rsatilgan.
Masalan, saylov byulletenlari va saylov varaqalarini o’z vaqtida tayyorlashni tashkil etish,
6-dekabrdan kechiktirmay, saylov varaqalarini saylov uchastkalariga еtkazish – 8-dekabrdan
kechiktirilmay amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
Dasturning 3-qismi “Saylov kampaniyasining yakuniy bosqichi” deb nomlanib,
unda “fuqarolarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilish” – 11-dekabrdan
kechiktirilmay, “muddatidan oldin ovoz berishni o’tkazish” 11–19-dekabrda amalga
oshirilishi va boshqa tadbirlar muddati, uning uchun mas’ullar belgilab qo’yilgan.
Dasturda takroriy ovoz berishning ham aniq muddatlari belgilab qo’yilgan.
Saylov jarayoni bosqichlari saylov kampaniyasi e’lon qilingandan boshlab,
saylov natijalari e’lon qilingungacha bir-birini almashtirib turadi. Bir bosqich tugab,
ikkinchisi boshlanadi. Saylov jarayoni murakkab huquqiy munosabatlar tizimidan
iborat bo’lib, unda saylov ishtirokchilarning barchasi ishtirok etadi.
Jahon saylov tajribasida, saylovlarni tinch, talafotsiz o’tishi uchun, “saylov
jarayoni” boshlangandan keyin saylov o’tkazish tartib qoidalarini o’zgartirmaslik
qoidasi amal qiladi.
Saylov qoidalari, tartiblari “saylov jarayoni” o’tmayotgan vaqtda
o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin. Lekin “saylov jarayoni” ketayotgan
paytda hеch qanday o’zgarishlarga yo’l qo’yilmaydi. Bu saylovlarga qo’yiladigan
130
xalqaro talablardan biri. Chunki saylov ishtirokchilari shu qoidalarga tayyorlangan.
Qoidalarni “saylov jarayoni”da o’zgartirish qaysidir ishtirokchiga qulaylik berish,
qaysidir ishtirokchilarni manfaatiga zarar еtkazishi mumkin. Bu saylov huquqining
umumiy prinsiplariga zid bo’ladi.
3-§. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish
Saylov jarayonlarini boshlanishini jahon tajribasida asosan ikki usuli mavjud.
Birinchisi, saylovni tayinlash, ikkinchisi saylov kampaniyasini boshlanganligini e’lon
qilish. Har ikkala holda ham saylov kuni belgilanadi. Bu esa fuqarolarning saylov
huquqlarini ro’yobga chiqishiga sharoit tug’diradi.
Saylovlar tayinlash bilan belgilanadigan mamlakatlarda, Konstitusiya yoki
saylov to’g’risidagi qonunlarda qaysi saylovni qaysi organ tayinlashi belgilab
qo’yilgan.
Hokimiyat bo’linishi prinsipi, hokimiyat tarmoqlarining bir-birini tiyib turish
mexanizmlarini ishlashi natijasida bir organ (hokimiyat tuzilmasini) saylovini boshqa
organ tayinlashi tajribaga kiritilgan.
Masalan, Rossiya Konstitusiyasiga binoan, Rossiya Prezidenti saylovini Federasiya
Kengashi (Совет Федерации) tayinlaydi, ya’ni Federal Majlisning yuqori palatasi Prezident
saylovini tayinlaydi. Federal Majlisning quyi palatasi Davlat Dumasiga saylovni (Государственная
Дума) Rossiya Prezidenti tayinlaydi.
O’zbekiston Respublikasida ham dastlab saylovlarni oliy davlat organlari
tayinlaganlar.
Saylov belgilashning yana bir turi saylov kampaniyasining boshlanganligini
e’lon qilish hisoblanadi. 2003-yil 24-aprelda Konstitusiyaga kiritilgan o’zgarishga
binoan, ya`ni, saylov tegishincha saylanadigan davlat organlarining konstitusiyaviy
vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o’n kunligining birinchi
yakshanbasida o’tkazilishiga oid normalarning kiritilishi asosida O’zbekistonda
Prezident saylovi, Qonunchilik palatasiga, mahalliy Kengashlarga saylov saylov
kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish orqali belgilanadigan bo’ldi.
Saylov kuni qaysi usul bilan belgilanmasin, davlatlar tajribasida saylov kunini
belgilashni (muddatni aniqlashni) ham ikki xil usulidan foydalaniladi.
Birinchisi tegishli organlarning vakolat muddati tugaydigan yilda, vakolat
tugashidan oldin vakolatli organ o’z xohishiga ko’ra saylov kunini belgilaydi.
Ikkinchi usulda esa saylov o’tkazishning vaqtini oldindan konstitusiya va
qonunlarda belgilab qo’yiladi. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarining Prezidentlik
saylovi har to’rt yilda noyabr oyining birinchi dushanbasidan keyingi birinchi
seshanbasida o’tkaziladi. Senator va Kongressmenlar saylovi esa toq yilda xuddi shu
kuni o’tkaziladi1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ham saylov o’tkazish muddati
oldindan belgilab qo’yildi. Konstitusiyaning 117-moddasiga binoan “O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga,
1 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.: «Проспект», 2009, стр. 266
131
viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov
tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi
uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi”. Saylov o’tkazishning
bunday muddatlarining belgilab o’tkazilishi, saylovlarni har safar deyarli bir vaqtda
barqaror o’tishini ta’minlaydi. Shuningdek, avvaldan muddati belgilab qo’yilgan
saylovlarni hеch qanday kuch o’z manfaati yo’lida, o’ziga qulay vaqtda o’tkazishi,
saylov muddatlarini cho’zish, qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
2014-yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesi, mahalliy vakillik organlariga saylovlar 21-dekabrga to’g’ri keldi.
O’zbekiston saylov kunini belgilashni demokratik asosda amalga oshirish
maqsadida, saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish vakolatini, barcha
hokimiyat tuzilmalaridan holi, mustaqil, maxsus organ – Markaziy saylov
komissiyasiga berilgan.
O’zbekiston Respublikasi “Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi
Qonunning 5-moddasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan
saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qiladi. Prezident saylovi bo’yicha saylov
kampaniyasining boshlanganligini e’lon qilish “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi to’g’risida”gi Qonunning 8-moddasida berilgan bo’lib, unga ko’ra:
“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy
oldin saylov kampaniyasi boshlanganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 19-
moddasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to’g’risida”gi Qonunning 19-moddasi Qonunchilik palatasi deputatlarining vakolat
muddati va mahalliy Kengash deputatlarining vakolat muddati tugashidan kamida
uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi shu vakillik organlariga saylov
kampaniyasi boshlanganligini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo’yicha saylov
kampaniyasi 2014-yil 15-sentyabrdan, O’zbekiston Prezidenti saylovi bo’yicha
saylov kampaniyasi 2014-yil 26-dekabrdan boshlanishini e’lon qilish haqida qarorlar
qabul qilgan hamda Prezident saylovi bo’yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini
e’lon qilgan qarorida 2015-yil 29-martni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
kuni deb belgilagan.
Demak, saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish shartlari, birinchidan,
tegishli organlar vakolat muddatining tugashi, ikkinchidan, saylov kampaniyasi
boshlanganligi haqidagi e’lonni albatta saylovdan kamida uch oy oldin berilishi
hisoblanadi. Bunday muddatning belgilanishi (uch oylik) barcha saylov jarayoni
bosqichidagi tadbirlarni bemalol, shoshma-shosharliksiz belgilangan muddatda
o’tkazilishini ko’zlaydi. Bu muddat barcha tadbirlarni sifatli o’tkazish uchun еtarli
hisoblanadi. Saylov kampaniyasi boshlanganidan so’ng, belgilangan muddatlarda
saylov jarayonining boshqa bosqichlari, ularning tadbirlari boshlanadi.
132
4-§. Saylov jarayonini moliyalashtirish
Saylov jarayonini moliyalashtirish saylovlarni moliyalashtirish tushunchasidan
kelib chiqadi. Saylovlar ma’lum harajat talab etadigan faoliyatlar qatoriga kiradi.
Saylov jarayonini to’g’ri moliyalashtirish – saylovlarning adolatli o’tishini
ta’minlovchi eng muhim vositalardan biri. O’zbekistonda saylovlarni
moliyalashtirishning demokratik talabi – bu ovoz berishga ta’sir qilmaslik, teng
saylov huquqi prinsipini buzmaslikdir. Bunday deyishni sababi turli mamlakatlarda
ovoz berish natijasiga qaysi partiya, qaysi nomzod g’alaba qilishiga moliyalashtirish
katta ta’sir qiladi. Chunki u mamlakatlarda moliyalashtirish siyosiy partiyalar,
nomzodlar manfaatiga qaratilishi mumkin.
Turli partiyalar, nomzodlar xorij mamlakatlarida turli tuzilmalar tomonidan
moliyalashtirilganda, o’z-o’zidan ma’lum, shu asosda saylangan Prezident, deputat,
kongressmen, Senator ularning manfaatiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ayrim mamlakatlarning saylov qonunchiligiga asosan
nomzodlar saylovni moliyalashtirish uchun zarur saylov fondlarini tashkil etish
majburiyatiga ega. Xuddi shuningdek, vakillik organlariga, mahalliy organlarga
saylovda saylov birlashmalari ham saylov fondi tashkil etishga majbur1.
O’zbekiston Respublikasi saylovlarni moliyalashtirishning o’ziga xos va eng
adolatli tartibini belgiladi.
Saylovning barcha harajatlari davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish
o’rnatildi. Shu bilan birga saylovda turli tashkilotlar, fuqarolar o’z mablag’larini
ixtiyoriy ravishda saylov o’tkazishga berishi mumkinligi belgilandi.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunning 6-
moddasi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining moliyaviy ta’minoti” deb
nomlanib, unga asosan: Prezident sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish
bilan bog’liq harajatlar Respublikaning davlat mablag’lari hisobidan amalga
oshiriladi. Prezidentlikka nomzodlarni boshqa mablag’lar hisobidan moliyaviy
ta’minlash va o’zga tarzda moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Respublikaning siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari,
muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o’z mablag’larini saylov o’tkazish uchun
ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablag’larni Markaziy saylov komissiyasi
saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
Xuddi shunday normalar “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”gi Qonunning 64-moddasida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 48-moddasida mavjud.
Bu normalar, birinchidan, barcha saylovlar davlat mablag’i hisobiga tashkil
qilinishi va o’tkazilishini belgilaydi. Ikkinchidan, saylovlarni boshqa mablag’lar
(manbalar) hisobidan moliyaviy ta’minlashni ta’qiqlaydi. Uchinchidan esa,
mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga, korxonalar,
tashkilotlar, muassasalarga o’z mablag’larini ixtiyoriy ravishda saylov o’tkazishga
berishlari mumkinligini ko’rsatadi. Bu еrda taqiqlash bilan ruhsat berish qanday
kelishadi. Ruhsat berish doirasi, birinchidan, faqat mamlakatimizning siyosiy
partiyalariga, jamoat birlashmalariga, shuningdek, turli O’zbekiston tasaruffidagi
1 Qarang: Баглай М.В. Конституционное право РФ. M.: «Норма», 1998, стр. 367-368.
133
yuridik shaxslarga va O’zbekiston fuqarolariga tegishlidir. Ikkinchidan, hеch qanday
chet eldagi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, xorijiy korxona, muassasa,
tashkilotlar, chet el fuqarolariga bu ruxsat taalluqli emas. Uchinchidan, mamlakatimiz
siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, yuridik shaxslari, fuqarolari faqat ixtiyoriy
ravishda o’z mablag’larini berishi mumkin. To’rtinchidan, eng muhimi, ixtiyoriy
berilayotgan mablag’lar aslo biror partiya yoki nomzod uchun emas, umuman saylov
uchun bo’lib, uni Markaziy saylov komissiyasi teng taqsimlaydi. Xorijiy
mamlakatlar, ularning tuzilmalari, xorij fuqarolarining saylovni moliyaviy
ta’minlashga ishtirok etishiga yo’l qo’ymaslik, saylanadiganlarni ular oldida
majburiyatga ega bo’lib qolmasligi, qaram bo’lib qolmasligi nuqtai nazaridan
o’rnatilgan va buningcha to’g’ri qoidadir.
O’zbekistonda o’tkaziladigan har qanday saylov davlat tomonidan
moliyalashtirilar ekan, bundan to’g’ri foydalanish muhim rol o’ynaydi. “Markaziy
saylov komissiyasi to’g’risida”gi Qonunning 5-moddasida va Prezident (14-modda)
hamda Oliy Majlisga saylov to’g’risidagi (11-modda) qonunlarning tegishli
moddalarida, shu saylovlarga tayyorgarlik ko’rish ularning o’tkazishning harajatlar
smetasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi,
shuningdek MSK pul mablag’larini saylov komissiyalariga taqsimlashi
mustahkamlab qo’yilgan.
Mahalliy Kengashga saylovlarda shu Kengashlarga saylov to’g’risidagi
qonunning 11-moddasining tegishli bandiga asosan viloyat, tuman, shahar saylov
komissiyasi pul mablag’larini tegishli saylov komissiyalari o’rtasida taqsimlaydi.
Saylovlarni moliyalashtirish bilan siyosiy partiyalarni saylov faoliyatini
moliyalashtirish bir-biridan farq qiladi. Saylovni moliyalashtirish siyosiy partiyalarni
saylov faoliyatini moliyalashtirishdan keng.Saylovlarni moliyalash mablag’laridan
siyosiy partiyalar saylov jarayonida foydalanadi. Siyosiy partiyalar faoliyatini
moliyalashtirish 6-mavzuda alohida ko’rib chiqiladi.
5-§. Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish
Saylov jarayonida saylov kampaniyasini boshlanganligini e’lon qilish birinchi
va dastlabki bosqich bo’lsa, ikkinchi ya’ni undan keyingi bosqich – saylov okruglari
va saylov uchastkalarini tuzish bosqichidir.
Saylovlar vaqtida mamlakat hududi saylov birligi hisoblanuvchi saylov
okruglariga bo’linadi. Saylov tizimiga qarab saylov okruglari bir mandatli (majoritar
tizimda) yoki ko’p mandatli (proporsional tizimda) bo’lishi mumkin.
Majoritar tizimli saylovda, jumladan, O’zbekistonda bir mandatli saylov
okruglari tashkil qilinadi. Okruglarning soni, qamrab oladigan hududlar doirasi
qanday saylov o’tkazishga bog’liq.
Majoritar tizimda (O’zbekistonda) vakillik organlariga saylovda okruglar soni
vakillik organlariga saylanadigan deputatlar soniga bog’liq. Bu narsa Konstitusiyada
yoki saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining 77-moddasida O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi qonunga muvofiq
saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat, deb belgilangan.
134
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 1-
moddasida “Qonunchilik palatasining bir yuz o’ttiz besh deputati hududiy bir
mandatli saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va
to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi”
deb ko’rsatilib, bu O’zbekistonda Qonunchilik palatasiga saylovda 135 ta okrug
tuzilishiga asos bo’ladi.
Shu qonunning 7-moddasida Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazish uchun bir
yuz o’ttiz beshta hududiy okrug tuzilishi, har bir okrugdan bittadan deputat saylanishi
belgilab qo’yilgan.
Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o’tkazuvchi saylov okruglari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
tuziladi. Saylov okruglarining chegaralarini belgilashda Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga
olinadi.
Saylov okruglarini tuzishda qoida tariqasida har bir okrugda saylovchilar soni
teng bo’lishiga erishiladi. Har bir okrug uchun saylovchilar normasi Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan belgilanadi. 2014-yil 21-dekabrdagi Qonunchilik palatasiga
saylovda har bir saylov okrugiga to’g’ri keladigan saylovchilar normasi o’rtacha 154
ming saylovchi hisobidan belgilanadi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari ro’yxatini ularning chegaralari
va saylovchilar sonini ko’rsatgan holda saylovga kamida еtmish besh kun qolganida
e’lon qiladi.
Mahalliy Kengashlarga saylovda okruglar har bir Kengashga saylanadigan
deputatlarning soniga qarab tuziladi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan, xalq deputatlari
viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga deputatlar saylashda oltmishtadan ko’p
bo’lmagan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylovda o’ttiztadan ko’p
bo’lmagan hududiy saylov okruglari tuziladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o’tkazuvchi
saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy
sharoitlarni inobatga olgan holda ushbu qonun belgilagan normalar doirasida xalq
deputatlari Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari
tomonidan qoida tariqasida saylovchilar soni teng holda tuziladi. Okrug chegaralari
viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan
holda belgilanadi.
Tegishli saylov komissiyalari saylov okruglarining ro’yxatini, ularning
chegaralari va saylovchilar sonini ko’rsatib, saylovdan kamida еtmish besh kun oldin
e’lon qiladi.
Konstitusiyaning 99-moddasiga binoan shahar tarkibidagi tumanlarda va
tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda xalq deputatlari Kengashlari bo’lishi ko’zda
tutilmagani uchun u еrlarda saylov o’tkazilmaydi.
135
Demak vakillik organlariga saylov jarayoni vaqtida ikki xil – Qonunchilik
palatasi deputatlarini saylovi uchun okrug va mahalliy Kengash deputatlari saylovi
uchun okrug tuziladi.
Birinchisi Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
tuziladi. Ikkinchisi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari ishtirokida
tegishli hudud saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylov okruglarini tuzish
vakillik organlari saylovida okruglar tuzishdan farq qiladi. Prezident saylash butun
mamlakat saylovchilarini soni asosida aniqlangani uchun unda okruglarda aholining
sonini teng bo’lishni ahamiyati yo’q. Shuning uchun bu saylovda okrugga asos qilib,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri olinadi. “O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunning 9-moddasi “Saylov
okruglarini tuzish” deb atalib, unga ko’ra, Prezident saylovini o’tkazuvchi saylov
okruglarini Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzib, saylovga kamida еtmish besh kun
qolganida okruglar ro’yxatini, saylovchilar sonini hamda saylov komissiyalari qaerda
joylashganligini e’lon qiladi. Shunday qilib, Prezident saylovida mamlakatimizda 14
ta saylov okruglari tashkil qilinadi va ularda saylovchilar soni har xil bo’ladi.
Saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishda muhim rol o’ynovchi yana bir saylov
tuzilmasi – saylov uchastkalaridir.
Agar turli saylovlar o’tkazuvchi okruglar tuzishda va ularni vazifasida ayrim
farqlar mavjud bo’lsa, saylov uchastkalari barcha saylovlarda bir xil vazifaga ega
bo’ladi va ularni tuzishda deyarli farq yo’q.
Saylov to’g’risidagi qonunlarga asosan, saylov uchastkalari tumanlar,
shaharlar, shahardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda,
saylovchilarga mumkin qadar ko’proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov
uchastkalari harbiy qismlarda ham tuzilib, shu qism joylashgan еrdagi saylov okrugi
tarkibiga kiradi.
O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarida,
sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash
muassasalarida, olis va borish qiyin bo’lgan еrlardagi fuqarolar turgan joylarda
saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o’zlari joylashgan
еrdagi saylov okrugi tarkibiga kiradi. O’zbekistondan tashqarida tuziladigan saylov
uchastkalarini qaysi okrugga biriktirish masalasi Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan hal qilinadi.
Mahalliy Kengashga saylovlar bo’yicha saylov uchastkalari xorijiy
mamlakatlarda tuzilmaydi.
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimiga binoan okrug
saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda tuziladigan saylov
uchastkalari harbiy qism yoki qo’shilma komandirlarining taqdimiga binoan shu
еrdagi okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Xorijiy mamlakatlarda saylov
uchastkalari tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan tuziladi. Mahalliy Kengashlarga saylov o’tkazish uchun
136
saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimiga binoan tegishli
Kengashga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Mahalliy Kengashlarga saylov o’tkazish uchun saylov uchustkalari, tuman,
shahar hokimliklari taqdimiga binoan tegishli Kengashga saylov o’tkazuvchi saylov
komissiyalari tomonidan tuziladi. Saylov uchastkalari saylovga kamida 60 kun
qolganda, xorijiy davlatlarda va olis, borish qiyin bo’lgan joylarda ham shu muddatda
alohida hollarda istisno tariqasida saylovga kamida 5 kun qolganda tuziladi.
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar, ko’pi bilan 3000 nafar
saylovchidan iborat etib tuziladi.
Saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimliklari bino ajratadi. O’zbekiston
Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi uchun okrug komissiyalari
saylov, har bir saylov uchastkasining chegaralari to’g’risida saylovchilarni
komissiyalari uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylarini
ko’rsatgan holda xabardor etishni tashkil etadi. Mahalliy Kengashlar deputatligiga
saylovlar uchun esa tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib
raqamini belgilaydi hamda uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish
binosining manzilini ko’satgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari
to’g’risida saylovchilarni habardor e’tishni tashkil qiladi.
Demak, O’zbekiston Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi
uchun saylov uchastkalari tuzishda hokimliklar, harbiy qism komandirlari, okrug
saylov komissiyalari, xorijda tuziladigan uchastka saylov komissiyalarini tuzishda
Markaziy saylov komissiya va Tashqi ishlar vazirligi ishtirok etadi.
Mahalliy kengashlarga saylovlarda saylov uchastkalarini tuzishda hokimliklar,
harbiy qism komandirlari va tegishli hududiy saylov komissiyalari ishtirok etadi.
Xulosa
“Saylov jarayoni” saylov huquqini amalga oshirishni ta’minlovchi tadbirlar,
harakatlar yig’indisi bo’lib, uni qanday tashkil qilish saylovlarni muvaffaqiyatli
o’tkazishga, adolatli o’tishiga hal keluvchi ta’sir etadi.
“Saylov jarayoni” ma’lum bosqichlardan iborat bo’lib, bu bosqichlarda turli
tadbirlar o’tkaziladi.
Bu tadbirlarning yuridik ahamiyati ularni o’tkazishning aniq vaqtlari, amalga
oshiruvchilarning qonunlarda aniq belgilab qo’yilganidir. “Saylov jarayoni”
bosqichlari bir birini almashtirib turadi.
“Saylov jarayoni” saylov komissiyasini ham o’z ichiga oladi va ayrim paytda
umumiy saylov davridan chiqib boshqa vaqtlarda ham ko’rinadi. Masalan:
- o’rni bo’shab qolgan deputatlarning saylovida,
- deputatlarni chaqirib olishda.
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish bilan saylovga tayyorgarlik
ko’rish va o’tkazishning asosiy tadbirlari boshlanadi. Saylov kampaniyasi
boshlanganligini e’lon qilish saylov kunini belgilash bilan boshlanadi. Bunda saylov
tayinlanmay, avvaldan aniqlab qo’yilgan muddatlarda uni o’tkazish belgilanadi.
Lekin O’zbekistonda saylovni tayinlash tartibidan ham foydalaniladi.
137
Masalan, Qonunchilik palatasi deputati o’rni bo’shab qolganda, Markaziy saylov
komissiyasi, mahalliy kengash deputatlari o’rni bo’shab qolganda, tegishli Kengashlar saylov
tayinlaydi. Saylov jarayonini moliyalashtirish, saylovlarni teng bo’lishini, saylanadiganlar
keyinchalik hеch kimga qaram bo’lib qolmasligi nuqtai nazaridan faqat davlat byudjeti hisobidan
amalga oshiriladi.
Saylovlarni o’tkazishda turli vazifalarni bajaruvchi saylov tuzilmalari – saylov
okruglari va uchastkalari tashkil etiladi. Turli saylovlar o’tkazish uchun tuziladigan
saylov okrugalrini tuzish tartibi ularning hududi, saylovchilar soni har xil. Bu tartib
va normalar qonunlarda aniq belgilab qo’yilgan. Saylovlarda saylovchilarga qulaylik
yaratish va ovozlarni dastlabki natijalarni aniqlash uchun, barcha saylovlarda saylov
uchastkalari tuziladi. Saylovlar qanday organlar uchun bo’lishidan qat’iy nazar
saylov uchastkalarini tuzishda, ularning vazifasida farq yo’q, faqat mahalliy
saylovlarda xorij mamlakatlarda saylov uchastkalari tuzish ko’zda tutilmagan.
Nazorat uchun savollar
1. Saylov jarayoni saylov kampaniyasi e’lon qilingan kundan boshlab to uning
yakunlari e’lon qilingan kunga qadar bir necha asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi.
“Saylov jarayoni” bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususyatlarini amaldagi
O’zbekiston Respublikasining saylovga doir qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.
Saylov kampaniyasi e’lon qilish tartibi va “Saylov jarayonini” moliyalashtirish
yuzasidan xorijiy mamlakatlarda mavjud tartibni qonun hujjatlari asosida o’rganib,
milliy qonunchilik hujjatlarimiz bilan qiyosiy- huquqiy tahlil qiling.
2. Saylovlarni tashkil etish hamda o’tkazishda saylov okruglari tuziladi hamda
ularning tarkibi shakllantiriladi. Shuningdek, ularni tashkil etishda bir qator talablar
qo’yiladi.
Saylov okuruglari va saylov uchastkalarini tuzish tartibi, ularni tuzishda
ishtirok etuvchi sub’ektlar, ularning huquq va majburiyatlarini O’zbekiston
Respublikasining saylovga doir qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.
3. Faraz qiling “Ma’rifat” SDP rahbari L. 19-dekabr kuni sudga murojaat qilib
saylov kampaniyasi davrida saylovoldi tashviqoti qoidalari buzilayotganligini
ma’lum qildi. U o’zining da’vo arizasida Farovon partiyasi va JahonTV kelishilgan
tarzda Farovon partiyasiga ortiqcha efir vaqti ajratilganligi, partiya tashviqot
materiallari AQSHning “Oxygen bubbles” reklama agentligi tomonidan
tayyorlangani va sifat jihatdan yuqoriligini, shu bilan bir qatorda JahonTV har kuni
jamoat fikri so’rovlari va saylov natijalari prognozlarini Farovon partiyasi foydasiga
uzatib borayotganligi, bundan tashqari telekanal o’zining nashrlarida
saylovchilarning Ma’rifat SDP nomzodlariga qarshi tashviqotlarni uzluksiz chop etib
borayotganligi ko’rsatib o’tgan.
Savol
1. Saylov oldi tashviqotini olib borishda partiyalarning ommaviy axborot
vositalaridan foydalanish tartibini qonun hujjatlari va tegishli nizomlar asosida
yoritib bering.
138
2. Deputatning ishonchli vakili, vakolatli vakili, siyosiy partiya
kuzatuvchilarining tayinlanish tartibi hamda vakolatlarini tegishli qonunlar va
nizomlar asosida ochib bering.
3. Mazkur holat yuzasidan sud arizani ko’rib chiqishda nimalarga etibor
qaratishi kerak va uning hal qiluv qarori mazmunini izohlang.
4. O’zbekiston teleradiokanali muhbiri A.Azizov Qonunchilik palatasi
deputatligiga saylovlar bo’layotgan kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani 42-saylov
uchastkasi yonida tegishli deputat nomzodlariga ovoz berib chiqayotgan
saylovchilardan ularning saylov haqidagi fikrlari borasida intervyu olib qaysi
nomzodga ovoz berganligini yozib oldi. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik
partiyasining ishonchli vakili Sh.Qosimov bu holatni ko’rib muxbirdan mazkur
harakatlarni to’xtatishni va tushirib olgan tasvirlarni o’chirib tashlashni talab qildi.
Bunga javoban, muhbir A.Azizov o’zini jurnalist ekanligi va OAV bu “to’rtinchi
hokimiyat”ligini unga ta’kidlab, uning javobini rad qildi.
Savol
1. Saylov jarayonlarida OAVning huquqiy maqomini yoritib bering.
2. Ommaviy axborot vositalarida nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib
borish tartibini yoriting.
3. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering?
10-mavzu. Nomzodlar ko’rsatish
Saylovlarda nomzodlar va ularning turlari. Nomzod ko’rsatish huquqi.
Nomzod ko’rsatish tartibi. Nomzodlarni ro’yxatga olish, nomzodlikdan voz
kechish. Nomzodlarga qo’yiladigan talablar. Nomzodlarning maqomi va
ularning faoliyatining huquqiy kafolatlari.
Mavzuda prezidentlikka va turli vakillik organlariga saylanadigan o’rinlarga
ko’rsatiladigan talabgorlar – nomzodlar haqida: ularning turlari, nomzod huquqiga
ega bo’lish, nomzod ko’rsatish tartibi, ularga qo’yiladigan talablar, nomzodlarni
ro’yxatga olishni rad etish, nomzod faoliyatini muddatidan oldin to’xtatish, ularning
vazifa va huquqlari hamda nomzodlarning huquqlarini kafolatlari haqida bilimlar
beriladi.
1-§. Saylovlarda nomzodlar va ularning turlari
Nomzod – saylov huquqida tegishli huquqiy munosabatlar ishtirokchisi
hisoblanuvchi tegishli mamlakatning fuqarosidir. Nomzodning huquqiy holati
qonuniy asoslarga ega. Nomzod – saylovlarda, tegishli lavozimga yoki vakillik
organlari deputatligiga (a’zoligiga) da’vogar shaxs1. U faqat jismoniy shaxs bo’lishi
mumkin.
Lavozimlar har xilligi va vakillik organlarining turli pog’onada (darajada)
tashkil etilishi nomzodlarni ham turlicha bo’lishini keltirib chiqaradi.
1 Bu haqda qarang: Пастников A.С. Избрательное право России. M. Инфра. M.:“Норма”, 1996, стр-64.
139
Lavozimga nomzodlar tizimiga: Prezidentlikka nomzod, Bosh vazir
lavozimiga nomzod, hokim lavozimiga nomzod, Oliy Majlis Senati Raisi
(o’rinbosarlari), Qonunchilik palatasi Spikeri (o’rinbosarlari), Fuqarolar yig’ini raisi
va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar kiradi.
Vakillik organlari a’zoligiga nomzodlar tizimiga: Qonunchilik palatasi
deputatligiga, viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga, Oliy Majlis Senati
a’zoligiga (cenatorlikka) nomzodlar kiradi.
Bundan tashqari saylov huquqida yana Markaziy saylov komissiyasiga
saylanuvchi nomzodlar, saylov komissiyalari tarkibiga saylanuvchi a’zolarning
nomzodlari tushunchalari ham mavjud.
Mazkur mavzuda faqat prezidentlikka nomzod, Qonunchilik palatasi
deputatligiga, viloyat, tuman, shahar Kegashlari deputatligiga nomzod va
Senatorlikka nomzodlar haqida bilim beriladi. Chunki bular saylov-huquqiy
munosabatining bevosita ishtirokchilaridir.
Prezidentlikka nomzod, Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman, shahar
Kengashlari deputatligiga nomzodlar bir-biridan ko’rsatilish tartibi, ularga
qo’yiladigan talablar, ro’yxatga olinishi, saylov munosabatlarida ishtirok etish
vakolatlari, huquqlarining kafolatlari darajasi bilan farq qiladi.
Ularning barchasini bir narsa, saylovchilarning ishonchini qozonib, еtarli
darajada ovoz olib, mo’ljallangan lavozimga yoki vakillik organlariga saylanish
maqsadini mavjudligi xarakterlaydi.
Mamlakatda tegishli lavozimga, vakillik organlari deputatligiga (a’zoligiga)
kim saylanishi, keyinchalik mamlakatga, xalqqa saylanadiganlardan qanday naf
bo’lishi, nomzodlarga, ularni to’g’ri tanlashga bog’liq.
Saylovlarning xalqaro tajribasida nomzodlar tegishli siyosiy kuchlar, ommaviy
harakatlar tomonidan ko’rsatilishi ham nomzodlarni tanlash katta va ma’suliyatli
masala ekanligini ko’rsatadi.
Saylovchilar turli siyosiy kuchlar tomonidan taklif etiladigan bir necha
nomzodlar orasidan munosibini tanlab olishadi. Bu esa saylovlarda hal qiluvchi kuch
saylovchi ekanligini bildiradi.
Saylovlarning demokratik o’tishining va xalqaro miqyosda e’tirof etilishining
asosiy shartlaridan biri har qanday saylanadigan lavozim va deputatlik, Senatorlik
o’rinlariga nomzodlarning muqobillik asosida bo’lishi, ya’ni saylanadiganga ko’ra
ovozga qo’yilayotganlar soni ko’proq bo’lishligidir. Bu saylov huquqining eng
muhim sharti – tanlash imkoniyatini beradi. Tanlash imkoniyati bo’lmasa, u haqiqiy
saylov bo’lmaydi. Shuning uchun har qanday saylovlarda tanlash huquqini ro’yobga
chiqaruvchi shart – bu nomzodlarni muqobillik asosida saylashdir.
Sobiq tuzum davrida o’tgan biror-bir saylov muqobillik asosida o’tmagan.
Biron-bir lavozim muqobillik asosida shakllantirilmagan. Hamma vaqt bir o’ringa bir
nomzod qo’yilib saylangan. Bunday saylovni tayinlashdan hеch qanday farqi yo’q.
Muqobilsiz saylovlar saylovchilarni saylovlarga qatnashishga bo’lgan huquqini,
undan manfaatdorligini yo’qqa chiqaruvchi asosiy omildir.
Yana saylovlarda bir lavozimga, deputatlik, Senatorlik o’rinlariga tavsiya
etilayotgan nomzodlarning mavqеlarini teng bo’lishi, ular haqiqatdan ham o’z
140
mehnati, faoliyati bilan xalqqa tanilgan, ular tomonidan e’tirof etilgan bo’lgandagina,
tanlash imkoniyati kuchayadi.
Saylov huquqida nomzodlar, huquqiy holatiga ko’ra ham bir-biridan farq
qiladi. Bunda tegishli tartibda ro’yxatga olinguncha bo’lgan nomzodlar va tegishli
tartibda ro’yxatga olingan nomzodlar ko’zda tutiladi. Ro’yxatga olinguncha har bir
nomzod ko’rsatish huquqiga ega sub’ektlar (ayrim mamlakatlarda o’zini o’zi ham
ko’rsatish mumkin) nomzodlarni o’z ixtiyoriga ko’ra, qonunda belgilangan miqdorda
ko’rsataveradi. Bu nomzodlar faqat nomzod ko’rsatgan sub’ektning hujjatidagina
nomzod hisoblanadi. Lekin hamma ko’rsatilgan nomzodlar ham tegishli tartibda
ro’yxatga olinmasligi mumkin. Chunki nomzodlarga qo’yiladigan ma’lum talablar
bo’lib, hamma nomzodlar ham shu talablarga javob bera olmasligi mumkin. Bu
birinchi guruh nomzodlardir. Ikkinchi guruh nomzodlar esa, tegishli komissiyalar
tomonidan, belgilangan tartibda ro’yxatga olingan nomzodlar hisoblanadi.
Tegishli tartibda ro’yxatga olingan nomzodlargina, to’la huquqiy maqomga ega
nomzod hisoblanadi va saylov munosabatlarining ishtirokchisiga aylanadi. Ro’yxatga
olingan paytdan boshlab ularga nomzodlik faoliyatini kafolatlari qo’llaniladi.
2014-yil 21-dekabrda Oliy Majlis Qonunchiligiga bo’lgan saylovda jami 135 ta
saylov okrugidan 127 tasida 4 tadan, 8 tasida esa 3 tadan nomzod ishtirok etdi1,
(2015-yil 29-martda O’zbekiston Prezidentligiga saylovda to’rt nomzod ishtirok
etadi), bu esa saylovning eng muhim shartlaridan biri – muqobillikni ta’minladi, bu
esa saylovchilarning tanlash huquqini ro’yobga chiqardi.
2-§. Nomzod ko’rsatish huquqi
Saylovlarda prezidentlikka, vakillik organlari, deputatligiga, Senatorlikka
nomzod ko’rsatish huquqi va tartibi qonunlarda belgilangan. Saylov tajribalari va
qonunlarida bu huquq va tartib turli mamlakatlarda turlicha belgilangan.
Ayrim mamlakatlarda masalan, Fransiyada fuqaro o’z-o’zini nomzod qilib ko’rsatish
huquqiga ega2. Ayrim mamlakatlarda saylovchilar nomzod ko’rsatish huquqiga ega.3 Ko’pchilik
mamlakatlarda nomzod ko’rsatish huquqiga siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, ularning
birlashmalari (bloklar) ega.
Qaysi mamlakatda nomzod ko’rsatish huquqini kimga berishligini, shu
mamlakatni o’zi, o’z sharoitidan kelib chiqib belgilaydi. Mamlakatda nomzod
ko’rsatish huquqini kimga berilganligi, saylovni demokratik yoki nodemokratik deb
hisoblashga ta’sir qilmaydi. Muhimi shu narsa qonuniy asosga egaligi hisoblanadi.
O’zbekistonda mustaqil saylov qonunchiligi vujudga kelib, takomillashib
borgan sari, nomzod ko’rsatish huquqiga ega sub’ektlar doirasi ham o’zgarib,
takomillashtirilib borildi.
Dastlabki saylovlarda prezidentlikka, vakillik organlariga- deputatlikka
nomzod ko’rsatuvchilar doirasi ancha keng bo’lib, davlat hokimiyatining vakillik
organlari, fuqarolar (saylovchilarning tashabbuskor guruhlari) ham nomzod
1 Xalq sо‘zi. 2014-yil 26 dekabr. 2 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.: «Проспект», 2009, стр.268. 3 Qarang: Баглай M.В. Конституционное право Российской Федерации. M.: “Норма”, 1998, стр-364.
141
ko’rsatish huquqiga ega edi. Keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati vakillik
organlari va fuqarolar nomzod ko’rsatish huquqiga ega sub’ektlar qatoridan
chiqarildi.
Amaldagi qonunchilikka asosan O’zbekiston Prezidentligiga nomzod va Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqi siyosiy
partiyalarga, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqi –
siyosiy partiyalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga berildi.
Bundan tashqari Qonunchilik palatasiga Ekoharakatdan saylanadigan o’n besh
deputatning nomzodi shu harakatdan ko’rsatilishi qonunchilikda belgilangan.
Prezidentlikka, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko’rsatish
huquqiga ega bo’lish uchun siyosiy partiyalarga qo’shimcha shartlar o’rnatilgan.
Birinchi shart – siyosiy partiya Qonunchilik palatasiga nomzod ko’rsatish
huquqiga ega bo’lishi uchun, saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan
kundan kamida to’rt oy oldin Prezidentlikka nomzod ko’rsatish uchun olti oy oldin
Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan bo’lishi, ikkinchi sharti – siyosiy
partiyalar saylovchilar ma’lum qismining (bu prezident saylovida alohida,
Qonunchilik palatasi saylovida alohida) imzosini to’play olishi kerakligi.
Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi uchun Markaziy saylov
komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
- partiya rahbari tomonidan imzolangan saylovda qatnashish to’g’risidagi ariza;
- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov
kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to’rt oy oldin ro’yxatga
olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
- imzo varaqalari.
Siyosiy partiyalar ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida, ya’ni
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahrida uni qo’llab-quvvatlovchi
qirq ming saylovchining ko’pi bilan sakkiz foizining imzosini to’plashi mumkin. Bu
siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini qo’llab-quvvatlovchilarning barchasi
respublikaning bir hududida emas, balki barcha mintaqalarda mavjud bo’lishligini
ta’minlaydi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko’rsatish
huquqiga faqat siyosiy partiyalar egadirlar. Xalq deputatlari tuman, shahar
Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga siyosiy partiyalar,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ham egadirlar.
Deputatlikka nomzodlar ko’rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida
boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugaydi.
Qonunda ko’rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi
siyosiy partiya vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan
ma’lumotnomani beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar
asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat
berish to’g’risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi siyosiy
partiyalarning ro’yxati arizalar kelib tushish tartibiga qarab markaziy matbuotda e’lon
qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko’rsatish huquqiga ham
siyosiy partiyalar egadirlar.
142
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko’rsatish huquqi orqali
siyosiy partiyalar siyosiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi.
Rasmiy e’tirof etilgan siyosiy partiyalarga prezidentlikka nomzod ko’rsatish
huquqining berilishi demokratiyaning eng muhim xususiyati bo’lmish saylovni
ko’ppartiyaviylik negizida, muqobillik asosida o’tishini ta’minlaydi va saylovchilarga
ovoz berishda tanlash imkoniyatini beradi. Ma’lumki, har bir partiya o’z dasturiga
ega. O’z dasturlari orqali siyosiy partiyalar, fuqarolarnini o’zlari ilgari surayotgan
nomzodlarga ovoz berishlariga erishishi uchun harakat qiladilar. Mana shu
jarayonning o’zi esa tortishuvchanlik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
3-§. Nomzod ko’rsatish tartibi
Prezidentlikka, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar siyosiy
partiyalarning yuqori organlari tomonidan ko’rsatiladi. Siyosiy partiyalar
deputatlikka bir yuz o’ttiz besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan
deputatlikka nomzod ko’rsatish huquqiga egadir. Bir shaxs faqat bitta saylov
okrugidan deputatlikka nomzod etib ko’rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzod
tanlash tartibini siyosiy partiyalarning o’zlari hal etadilar. Xotin-qizlar soni
partiyalardan ko’rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o’ttiz
foizini tashkil etishi lozim.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar
siyosiy partiyalarning tegishli viloyat, tuman, shahar organlari tomonidan (tuman va
shahar Kengashlariga nomzodlar) hamda fuqarolarning yig’inlarida yoki vakillari
yig’ilishlarida ko’rsatiladi. Bunda siyosiy partiyalar, fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan faqat
bittadan deputatlikka nomzod ko’rsatishga vakolatlidir. Agar tegishli xalq deputatlari
tuman, shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi saylov okrugi hududida fuqarolarning
ikki va undan ortiq o’zini o’zi boshqarish organi joylashgan bo’lsa, deputatlikka
nomzod fuqarolar vakillarining yig’ilishlarida ko’rsatiladi. Yig’ilishda ishtirok
etadigan vakillar normasini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi.
Qonunga muvofiq siyosiy partiyalar faqat o’z partiyasi a’zolarini yoki
partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib ko’rsatish vakolatiga egadirlar. Deputatlikka
nomzodlar ko’rsatish to’g’risida bayonnoma tuziladi.
Shundan keyin siyosiy partiyaning rahbari deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga
olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib
olingan sana va vaqt ko’rsatilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov
komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni еtti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va
ularning qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi.
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni
ro’yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro’yxatga olish muddati tugashiga еtti
kun qolganida to’xtatadi. Deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olish saylovga o’ttiz
besh kun qolganida tugallanadi. Deputatlikka nomzod etib ko’rsatilgan shaxslarga
ro’yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Qonunchilik palatasi deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan ro’yxatga olingandan keyin hamda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov
143
komissiyasi deputatlikka nomzodlar ro’yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat
ichida tegishli okrug saylov komissiyasi ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi xabarni
deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug’ilgan yilini,
partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek,
uni deputatlikka nomzod etib ko’rsatgan siyosiy partiyani ko’rsatgan holda mahalliy
matbuotda e’lon qiladi.
Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi
deputatligiga siyosiy partiya, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi deputatlikka
nomzod etib ko’rsatish to’g’risidagi o’z qarorlarini saylovga kechi bilan besh kun
qolganda bekor qilish huquqiga ega, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
deputatlikka nomzodlar ko’rsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov
komissiyasiga yangi nomzodni ro’yxatga olish to’g’risida taklif kiritishi mumkin.
Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu partiyadan
saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.
Deputatlika nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda nomzodlikdan voz
kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga yoki tegishli
viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish tartibi belgilangan.
Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish
saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish siyosiy
partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyaning
yuqori organi O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod ko’rsatishi
mumkin.
Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat o’z partiyasi
a’zolari orasidan yoki partiyasiz shaxsni nomzod etib ko’rsatishga vakolatlidir.
Siyosiy partiyaning rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzodni ro’yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan
murojaat etadi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- siyosiy partiya yuqori organining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzod ko’rsatish to’g’risidagi qarori;
- siyosiy partiya yuqori organi majlisining O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzod ko’rsatish to’g’risidagi bayonnomasi, unda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug’ilgan
sanasi, kasbi, lavozimi (mashg’ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga
mansubligi ko’rsatiladi.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o’z nomzodi ovozga
qo’yilishiga rozi ekanligi to’g’risidagi arizasi;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko’rsatilgan nomzodni qo’llab-
quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo
varaqalari O’zbekiston Respublikasi jami saylovchilarning umumiy soni kamida besh
foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo’lgan
saylovchilarning imzosini qamrab olgan bo’lishi kerak. Ma’muriy-hududiy
144
tuzilmalardan birida (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri)
siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko’pi bilan sakkiz foizini to’plashi
mumkin.
Siyosiy partiya o’zining vakolatli vakiliga ro’yxatga olinganlik guvohnomasi
berilganidan keyingina O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo’llab-
quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini to’plashga haqli. Bu sanaga qadar
to’plangan imzolar hisobga olinmaydi.
Saylovchilar faqat bitta nomzodni qo’llab-quvvatlab, bir martagina imzo
qo’yishga haqli. Bunda saylovchi o’z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug’ilgan
yilini (yoshi o’n sakkizda bo’lsa, qo’shimcha ravishda tug’ilgan kuni va oyini),
yashash joyi manzilini, pasporti seriyasi va tartib raqamini, shuningdek, imzo
qo’ygan sanani ko’rsatadi.
Saylovchilar imzosini to’plash ish, xizmat, o’qish, yashash joyida, saylovoldi
tadbirlarida, shuningdek, tashviqot yuritish va imzo to’plash qonun hujjatlari bilan
taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo to’playotgan shaxs tomonidan
saylovchilarni majbur qilish va ularni pora evaziga o’ziga og’dirib olishning har
qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi.
Imzo to’plash tamomlanganidan so’ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili
Qoraqalpog’iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo’yicha alohida-
alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul
qilib olingan sana va vaqt ko’rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni еtti kunlik muddat
ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida
xulosa beradi.
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov
komissiyasi siyosiy partiyadan u ko’rsatgan nomzodni ro’yxatga olish uchun hujjatlar
qabul qilishni rad etadi.
Markaziy saylov komissiyasi ro’yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda
aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari
to’g’risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum
qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzodlarni ro’yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro’yxatga olish muddati
tugashiga еtti kun qolganida to’xtatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish tartibi saylov
jarayonining eng muhim asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish siyosiy
partiyalarning yuqori organlari tomonidan uyushtiriladi va siyosiy partiyalarning
asosiy yig’ilishi Qurultoyda ko’rsatiladi.
Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni tanlash
uchun dastlab, boshlang’ich tashkilotlarining yig’ilishlarini o’tkazadi hamda
aholining mehnat va istiqomat joylarida, ilmiy-o’quv muassasalarida, jamoat
tashkilotlari va birlashmalarida turli-xil tadbirlar uyushtiradilar. Albatta nomzodni
tanlashda uning shaxsiga alohida e’tibor beriladi. Bu esa siyosiy partiyaning
145
jamiyatdagi mavqеini oshishiga xizmat qiladi. Shuning uchun siyosiy partiya nafaqat
o’z partiyasi a’zolarini balki umuman biron-bir partiyaga a’zo bo’lmagan
shaxslarning nomzodini ham ko’rsatishi mumkin.
Siyosiy partiyadan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod
ko’rsatish uchun qurultoy chaqiriladi va bu jarayon yig’ilish bayonnomasida o’z
ifodasini topadi.
Siyosiy partiyaning rahbari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzodni ro’yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan
murojaat etadi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- siyosiy partiya oliy rahbar organining nomzod ko’rsatish bo’yicha o’tkazgan
yig’ilish qarori;
- siyosiy partiya yuqori organi majlisining O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzod ko’rsatish to’g’risidagi bayonnomasi, unda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan
sanasi, kasbi, lavozimi (mashg’ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga
mansubligi ko’rsatiladi.
Ikkita partiyadan bir shaxsning nomzodi ko’rsatilishi mumkin emas.
Barcha demokratik davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekiston Respublikasida ham
har bir siyosiy partiyaning o’z tarafdorlari va a’zolari bor. Shuning uchun har bir
saylovchi faqatgina o’z manfaatini himoya qiluvchi siyosiy partiyaning dasturini
ma’qullaydi. Siyosiy partiya faqatgina o’z tarafdorlariga ega bo’lgan taqdirdagina
siyosiy maydonga chiqishi mumkin.
Har qanday tuzumdagi mamlakatlarda turli xil ommaviy tadbirlarni o’tkazilish
tartibini belgilaydigan davlat organining alohida hujjati qabul qilinadi. O’zbekiston
Respublikasida ham davlat siri hisoblangan ob’ektlarni boshqaruviga oid hujjatlar
mavjud. Bundan tashqari viloyat, tuman va shahar hokimliklarining ommaviy
tadbirlarni o’tkazishga oid hujjatlari qabul qilingan. Shuning uchun ham siyosiy
partiya o’z nomzodlarini qo’llab-quvvatlash uchun saylovchilar imzosini to’plash
ta’qiqlangan hududlarda amalga oshirilmasligi qonunda nazarda tutilgan.
Imzo to’playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va ularni pora
evaziga o’ziga og’dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan tartib
bo’yicha javobgarlikka sabab bo’ladi.
Imzo to’plash tamomlanganidan so’ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili
Qoraqalpog’iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo’yicha alohida-
alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan
tartibda saylovga o’ttiz besh kun qolganicha topshirishi lozim.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul
qilib olingan sana va vaqt ko’rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni еtti kunlik muddat
ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida
xulosa beradi.
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov
komissiyasi siyosiy partiyadan, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ular ko’rsatgan
nomzodni ro’yxatga olish uchun hujjatlar qabul qilishni rad etadi. Markaziy saylov
146
komissiyasi ro’yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan
nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to’g’risida
tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzodlarni ro’yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro’yxatga olish muddati
tugashiga еtti kun qolganida to’xtatadi.
Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzodlarning siyosiy partiyaga mansubligi bo’yicha ro’yxatga olinganligini
matbuotda e’lon qiladi va so’ngra saylovoldi tashviqoti boshlanadi.
4-§. Nomzodlarni ro’yxatga olish, nomzodlikdan voz kechish
Deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olish uchun Markaziy saylov
komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to’g’risidagi qonunining 24-moddasida belgilangan.
Unga ko’ra siyosiy partiyaning rahbari deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga
olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar ko’rsatish
to’g’risidagi qarori;
- siyosiy partiya yuqori organi majlisining deputatlika nomzodlar ko’rsatish
to’g’risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining
ismi, to’g’ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg’ulotining turi), ish va yashash joyi,
partiyaga mansubligi, shuningdek, saylov okrugining nomi va tartib raqami
ko’rsatiladi;
- deputatlikka nomzodning o’z nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga
qo’yilishiga rozi ekanligi to’g’risidagi arizasi;
- deputatlikka nomzodning, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib
saylangudek bo’lsa, bajarib turgan ishidan (xizmatidan) bo’shash to’g’risidagi arizasi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul
qilib olingan sana va vaqt ko’rsatilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov
komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni еtti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va
ularning Qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi. Markaziy saylov
komissiyasi ro’yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan
nomuvofiqliklar va Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to’g’risida tegishli
siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
Ushbu Qonunga muvofiq deputatlikka nomzod etib ko’rsatilgan shaxsga
ro’yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olish saylovga o’ttiz besh kun qolganida
tugallanadi.
Deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga
olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida tegishli okrug saylov komissiyasi
ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi xabarni deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi
va otasining ismi, tug’ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini,
ish va yashash joyini, shuningdek, uni deputatlikka nomzod etib ko’rsatgan siyosiy
partiyani ko’rsatgan holda mahalliy matbuotda e’lon qiladi.
147
Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzodlarni ro’yxati Qonunning 242-moddasida belgilangan hujjatlar asosida
ro’yxatga oladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro’yxatga olingan
shaxsga ushbu Qonunga muvofiq ro’yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro’yxatga olish
saylovga o’ttiz besh kun qolganida tugallanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro’yxatga olinganidan
keyin besh kunlik muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi ro’yxatga olinganlik
to’g’risidagi xabarni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning
familiyasini, ismi va otasining ismini, tug’ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab
turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek, uni nomzod etib ko’rsatgan
siyosiy partiyani ko’rsatgan holda e’lon qiladi.
Ushbu qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni
ro’yxatga olish tartibi berilgan. Ushbu moddada o’rnatilgan qoidaga ko’ra,
Prezidentlikka nomzodlarni ro’yxatga olish huquqiga faqat Markaziy saylov
komissiyasi vakolatlidir. Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarni tegishli hujjatlar,
ya’ni, siyosiy partiya yuqori organining, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzod ko’rsatish to’g’risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining,
nomzod ko’rsatish to’g’risidagi bayonnomasi, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzodning o’z nomzodi ovozga qo’yilishiga rozi ekanligi
to’g’risidagi arizasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko’rsatilgan nomzodni
qo’llab-quvvatlovchi imzo varaqalar asosida ro’yxatga olinadi.
Barcha talablar asosida ro’yxatga olingan nomzodlarni Prezidentlikka nomzod
sifatida ro’yxatga olinganlik haqida Markaziy saylov komissiyasi belgilangan shaklda
guvohnoma beradi. Prezidentlikka nomzodlari ro’yxatga olish ovoz berish kuniga
o’ttiz besh kun qolganda to’xtatiladi. Markaziy saylov komissiyasi Prezidentlikka
nomzodlarni ro’yxatga olgach, besh kun ichida ular haqida ma’lumotni ommaviy
axborot vositalari orqali ma’lum qiladi. Xabarda Prezidentlikka nomzodning
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan
lavozimi, ish va yashash joyi, shuningdek, uni nomzod qilib ko’rsatgan organning
nomi to’liq beriladi.
Nomzodlikdan voz kechish, nomzodlikdan mahrum bo’lish. “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunining 31-moddasida
deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish tartibi belgilangan. Xususan,
siyosiy partiya u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib ko’rsatish to’g’risidagi
o’z qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu
shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan
mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya deputatlikka nomzodlar ko’rsatish muddati
tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro’yxatga olish
to’g’risida taklif kiritishi mumkin.
Siyosiy partiya foaliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu
partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.
148
Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtda nomzodlikdan voz
kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan
murojaat qilsa bas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodliik maqomidan mahrum
etish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlikdan voz kechish
tartiblari saylov qonunchiligida batafsil tartibga solingan. Jumladan, siyosiy partiya u
yoki bu shaxsni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko’rsatish
to’g’risidagi o’z qarorini saylovga kechi bilan еtti kun qolganida bekor qilish
huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish
muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro’yxatga
olish to’g’risida taklif kiritishi mumkin.
Ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko’rsatgan siyosiy partiya
faoliyatini tugatgan taqdirda ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o’z maqomidan mahrum etilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovga kechi bilan еtti kun
qolganida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov
komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish
va O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlikdan voz kechish bir qator
demokratik mamlakatlarda qo’llaniladigan amaliyot hisoblanadi.
Prezidentlikka nomzod ko’rsatgan sub’ektlar, ya’ni siyosiy partiyalar
tomonidan o’z nomzodlarining siyosiy mavqеiga putur еtganida yoki nomzod o’z
siyosiy pozisiyasini o’zgartirganida yohud nomzod ixtiyoriy ravishda o’z
nomzodligini bekor qilishni so’raganda va hokazo sabablarga ko’ra nomzod etib
ko’rsatish to’g’risidagi o’z qarorlarini bekor qilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko’rsatgan siyosiy partiyalar
tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga o’z nomzodini bekor qilishni so’rab
murojaat qilishi asosida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nomzodlik
maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Agar shunday hol yuz berib, nomzod ko’rsatish muddati tugamagan bo’lsa,
siyosiy partiyalar prezidentlikka yangi nomzod ko’rsatishi mumkin. Nomzod
ko’rsatish muddati tugagandan so’ng yuqoridagi holat takror sodir bo’lsa, yangi
nomzod ko’rsatilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish
va O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlikdan voz kechish saylovga
kechi bilan еtti kun qolganiga qadar amalga oshiriladi.
Siyosiy partiya saylov davrida konstitusiyaviy tuzumga zid faoliyat
yuritayotganligi aniqlangan taqdirda uning ko’rsatgan va ro’yxatga olingan nomzodi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi
mumkin.
Siyosiy partiya saylov davrida o’z faoliyatini qonuniy asosda to’xtatsa, ham
uning ko’rsatgan va ro’yxatga olingan nomzodi Markaziy saylov komissiyasi
149
tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkinligi ushbu normada o’z
aksini topgan.
Prezidentlikka nomzodi ko’rsatilgan shaxslar o’z nomzodining sog’lig’i,
oilaviy sharoiti, saylov kampaniyasida siyosiy mavqеini anglagan holda ixtiyoriy
ravishda qaytarib olishi, saylovga kechi bilan еtti kun qolguniga qadar amalga
oshiriladi. Bu haqda ariza bilan Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qiladi va
shu ariza asosida Markaziy saylov komissiyasi uni nomzodlik huquqidan mahrum
qiladi.
5-§. Nomzodlarga qo’yiladigan talablar
Kimlar prezident, deputat, Senator bo’lib saylanishi xalq, mamlakat taqdiri
bilan chambarchas bog’liq. Shu lavozimga, vakillik organlariga munosib, xalq
manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yuvchi, bilimli, tajribali, kamtar, insofli,
vijdonli kishilarni saylanishi mamlakatni taraqqiy etishiga, faravon turmush
bo’lishiga, adolat o’rnatilishiga, inson huquqlarini ta’minlanishiga, tinchlik-totuvlik
bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun ham saylanadiganlar oldiga jiddiy talablar
qo’yiladi. Bunday talablar prezident, deputatlar (ularning turli bo’g’inlari) uchun
turlicha bo’lib, ularning barchasi uchun bir xil talab ham mavjud, ya’ni barcha
nomzodlar albatta O’zbekiston fuqarosi bo’lishi shart.
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar qonunlarda belgilab qo’yilgan bo’lib, ular
konstitusiyaviy hamda boshqa qonuniy talablar bo’ladi. Konstitusiyaviy talablar
konstitusiyada, boshqa talablar saylov qonunlarida belgilangan.
Bundan tashqari prezidentlikka nomzod va deputatlikka nomzodlarga
qo’yiladigan talablar, hatto turli pog’onadagi deputat nomzodlari uchun qo’yiladigan
talablar har xil.
Bularni alohida-alohida o’rganish maqsadga muvofiqdir. Shuni ta’kidlash
lozimki, nomzodlarga qo’yiladigan talablar passiv saylov huquqi (saylanish huquqi)
bilan bog’liq.
Barcha nomzodlar uchun yosh sеnzi, o’troqlik sеnzi (turli muddatlarda)
o’rnatilgan. Bundan tashqari biron-bir qonunda nomzodlarga qo’yiladigan talablar
qatorida muomala layoqatiga ega bo’lish ko’rasatilmagan bo’lsada, bu saylov
huquqiga ega bo’lishining asosiy sharti bo’lganligi uchun muomala layoqatiga ega
bo’lish albatta talab etiladi.
Nomzodlarga qo’yiladigan talablarni quyidagi turlarga bo’lish yoki tizimlash
mumkin.
Prezidentlikka nomzodga qo’yiladigan konstitusiyaviy talablar –
konstitusiyaning 90-moddasida belgilangan, unga asosan prezident bo’lish uchun
shaxs (nomzod) o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan,
bevosita saylovgacha o’n yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston
fuqarosi bo’lishi kerak. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston
Prezidenti bo’lishi mumkin emasligi haqidagi qoidani ham saylanuvchiga
qo’yiladigan talab deb hisoblash mumkin. Bular prezidentlikka nomzodga
qo’yiladigan konstitusiyaviy talablardir.
150
“O’zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 25-
moddasida prezidentlikka nomzodga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yilgan. Unga
asosan:
- qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
- o’zlariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilgani munosabati bilan qonun
tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O’zbekiston
Prezidentligiga nomzod etib ro’yxatga olinmaydi.
Demak, prezidentlikka nomzod bo’lish uchun qasddan jinoyat sodir etganlik
uchun sudlanmagan bo’lish, shaxsga nisbatan shu davrda jinoyat ishi qo’zg’atilmagan
bo’lishi va diniy tashkilot va birlashmalarning professional xizmatchisi bo’lmasligi
kerak.
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar ham
konstitusiyada va saylov qonunlarida belgilangan. Konstitusiya normalariga binoan
(77-m, 4-qism) Qonunchilik palatasiga 25 yoshga to’lgan va kamida 5 yil
O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar nomzod bo’lishi
mumkin. “Oliy Majlisga saylov to’g’risida”gi qonunning 25-moddasida, deputatlikka
nomzodlarga qo’yiladigan talablar belgilangan. Unga asosan quyidagilar:
- sodir etgan o’ta og’ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yohud
sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so’nggi besh yil mobaynida O’zbekiston hududida
muqim yashamagan fuqarolar (bu konstitusiya normasi bilan ham belgilangan);
- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy
xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilot va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka
nomzod etib ro’yxatga olinmaydi.
Bu еrdagi yosh chegarasi, shaxsni shu lavozim yoki daraja uchun
mo’ljallangan, ular hal qilishi lozim vazifalarni bajara olish qobiliyatiga, bilimga,
hayot tajribasiga ega bo’lishni, muqim yashash muddati shu еrdagi sharoitlar bilan
yaqindan tanish bo’lishni nazarda tutadi.
Sudlanganlik, jinoyat sodir etganlik, jinoiy ish yuzasidan qonun ta’qibida
bo’lganlik uchun, nomzod bo’la olmaslik ma’naviy-ahloqiy tomonidan pok bo’lishini
ko’zlaydi.
Diniy tashkilotlarning professional xizmatchilariga nisbatan chegara qo’yishlik
davlatni dindan ajratilganidan, O’zbekiston, dunyoviy davlatligidan, harbiy tuzilma
xizmatchilari cheklovini qo’yilishi esa, siyosat bilan harbiy faoliyat qo’shilishi salbiy
oqibatlarga olib kelishini oldini olish maqsadidan kelib chiqadi.
Qonunlarda mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar uchun ham talablar
belgilangan. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kegashlariga saylov
to’g’risida”gi qonunning 23-moddasi “Deputatlikka nomzodlarga qo’yiladigan
talablar” deb nomlanib, unga ko’ra, quyidagilar:
- sodir etilgan og’ir va o’ta og’ir jinoyati uchun sudlangan yoki sudlanganlik
holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so’nggi besh yil mobaynida O’zbekiston hududida
muqim yashamagan fuqarolar;
151
- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy
xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo’mitasining,
boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka
nomzod etib ro’yxatga olinmaydilar.
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor
shaxslari (hokimlar bundan mustasno) deputat etib saylanadigan bo’lsalar, egallab
turgan lavozimlaridan bo’shash to’g’risida ariza berganlari taqdirdagina tegishli
Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro’yxatga olinadilar.
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatlari nomzodlariga
qo’yiladigan talablarda o’xshashlik bilan birga farqlar ham bor. Har ikki Qonunning
tegishli moddalarini taqqoslansa 4ta avvalgi talab deyarli bir xil, faqat, mahalliy
Kengashlarga saylov qonunida 4-band ancha kengroq bo’lib, unda Ichki ishlar
vazirligi va Bojxona qo’mitasi xodimlari ham nomzod bo’lishi mumkin emasligi
ko’rsatilgan. Yana mahalliy Kengash deputatlarini sayloviga taalluqli qonunda, qaysi
idoralarning xodimlari vazifasidan bo’shash to’g’risida ariza bergandagina nomzod
bo’la olishligi belgilangan bo’lib, bunday talab Qonunchilik palatasi deputati
nomzodlariga qo’yilmaydi. Chunki Qonunchilik palatasi professional asosda, ishdan
ajralgan holda ishlaydigan organ.
Xorijiy mamlakatlarda ham saylovlarda nomzodlar oldiga turli talablar,
shuningdek, bizni qonunchiligimizda yo’q talablar ham qo’yiladi.
Masalan, Daniyada nomzodning o’zi saylovchilarning imzosini to’plasa, nomzod sifatida
ro’yxatga olinadi. Angliyada parlametning quyi palatasiga deputat bo’lib saylanishi uchun 500 funt
sterling garov to’lashi kerak. AQShda ham saylov badali to’lanadi.1
Ayrim mamlakatlarda mamlakat prezidentligiga nomzodlarga ancha yuqori yosh (40-50)
talabi qo’yiladi. AQShda esa prezident bo’lish uchun AQSh fuqaroligini tug’ilish bilan olgan shaxs
bo’lishi kerak. Keyinchalik fuqarolikni olganlar prezident bo’la olmaydi. O’z-o’zidan bunday
shaxslar nomzod sifatida ro’yxatga olinmaydi.
6-§. Nomzodlarning maqomi va ularning faoliyatining huquqiy kafolatlari
Prezidentlikka nomzodlar, deputatlikka (turli pog’ona vakillik organlari
deputatligiga nomzodlar) ro’yxatga olingach, to deputat etib saylanib ro’yxatga
olingunicha ma’lum huquqiy maqomga ega shaxslar hisoblanadi. Ularning huquqiy
maqomi, hamma nomzodlarning saylov jarayonining barcha tadbirlarida bir xil, teng
asosda ishtirok etishlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy choralardir.
Nomzodlarning huquq va burchlari, faoliyatining huquqiy kafolatlari saylov
to’g’risidagi qonunlarda belgilab qo’yilgan.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 281-
moddasi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar huquqlarining
kafolatlari” – deb nomlangan. Unga asosan:
- prezidentlikka nomzod etib ro’yxatga olinganlarning hammasi teng
huquqlarga ega (bu qoida amaldagi prezident nomzod etib ro’yxatga olinganda ham
amalda bo’ladi, ya’ni uning nomzod sifatida huquqi boshqa nomzodlar bilan teng
bo’lishi nazarda tutiladi);
152
- prezidentlikka nomzod saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish, saylovoldi
yig’ilishlarida so’zga chiqish, televidenie ko’rsatuvlari va radioeshittirishlarida
qatnashish vaqtida saylovni o’tkazish uchun ajratilgan mablag’lar hisobidan o’rtacha
oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan
ozod bo’lish huquqiga ega;
- nomzod ro’yxatga olingandan keyin Respublika hududi doirasida davlat
yo’lovchi transportining barcha turlarida (shahar yo’lovchilar transporti, taksi va
transportning boshqa turlarining buyurtma yo’nalishlaridan tashqari) tekin yurish
huquqiga ega;
- nomzod O’zbekiston Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka
tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi
mumkin emas. Bosh prokuror bunga rozilik bergan taqdirda bu haqda Markaziy
saylov komissiyasini darhol xabardor qiladi;
- nomzodni majburiy keltirish, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yukini,
transportini, turar-joy va xizmat binolarini ko’zdan kechirish mumkin emas.
Prezidentlikka nomzodlarga qonunning 36-moddasiga asosan, ovoz berish
yakunlari e’lon qilingach, o’n kun ichida Oliy sudga shikoyat qilish huquqi berilgan.
Bulardan tashqari prezidentlikka nomzodlarning barchasi uchun televidenie,
radioda bir xil vaqt ajratish, matbuotda bir xil xajmda bosma nashrlari ajratish tartibi
belgilangan bo’lib, bular ham nomzod faoliyatini kafolatlaridan hisoblanadi.
Tegishli vakillik organlari deputatligiga nomzodlarning huquqlari kafolatlari
ham tegishli saylov qonunlarida ko’zda tutilgan.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 29-
moddasida deputatlikka nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishlari uchun
ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilish kafolatlangan. Xususan,
deputatlikka nomzod qilib ro’yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar
o’tkazish, saylovoldi yig’ilishlarida so’zga chiqish, televidenie ko’rsatuvlari va radio
eshittirishlarda qatnashish vaqtida, o’rtacha oylik ish haqi saylov o’tkazish uchun
ajratiladigan mablag’lar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat
vazifalarini bajarishdan ozod bo’lish huquqiga ega.
Shuningdek, ushbu qonunning 30-moddasida deputatlikka nomzodning
transportda tekinga yurish huquqi belgilanib, unga muvofiq deputatlikka nomzod
ro’yxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat yo’lovchilar
transportining barcha turlarida (shahar yo’lovchi transporti, taksi va transport boshqa
turlarining buyurtma yo’nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega. Saylov
okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod saylov okrugiga kelishda undan
yashash joyiga qaytishda ham shu huquqdan foydalanadi.
Хuddi shunday huquqlar mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlarga ham
taalluqli bo’lib, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to’g’risida”gi Qonunning 261-moddasida mustahkamlangan.
Deputatlikka nomzodlarni saylov davrida, tashviqot ishlari olib borishda
tengligini ta’minlash o’ta muhim bo’lib, shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasi
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha
saylov kampaniyasi davrida deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning
saylovoldi tashviqotini o’tkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi
153
to’g’risida” Nizomni tasdiqlagan 1 . Shu hujjatda nomzodlarga tashviqot ishlarida
ommaviy axborot vositalaridan, davriy nashrlardan bir xilda, teng foydalanish
choralari belgilangan.
Kеyinchalik, O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy saylov komissiyasining
2014-yil 11-sеntyabrdagi 618-sonli qarori bilan “O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha saylov kampaniyasi davrida
saylovoldi tashviqotini amalga oshirishda dеputatlikka nomzodlar, siyosiy
partiyalarning ommaviy aхborot vositalaridan foydalanishi tartibi to’g’risida”gi
Nizom yangi normalar bilan boyitilib, yanada takomillashtirildi.
Xulosa. Saylovlar natijasida, kim prezident bo’lishi, kimlar deputat etib saylanishida
nomzod tanlash muhim masaladir. Shuning uchun nomzodlarni kim ko’rsatishi,
qanday tartibda ko’rsatilishi, ularga qo’yiladigan talablar, nomzodlarni ro’yxatga
olish, ro’yxatga olishni rad etish masalalari keng va mukammal tartibga solingan.
O’zbekiston saylov qonunchiligini takomillashib borishi, nomzod ko’rsatish
tartiblarini ham takomillashib borishiga ta’sir qiladi. Qonunchiligimiz nomzodlar
ko’rsatish huquqiga ega sub’ektlar doirasini demokratiyaga, xalqaro saylov
talablariga moslashtirish maqsadida bir necha o’zgartirishlarga uchradi. Nomzod
ko’rsatish uchun qo’yilgan talablar osonlashtirildi (saylovchilar imzosi 60 mingdan
40 mingga tushirildi Qonunchilik palatasi deputati saylovida).
Saylovlarni demokratik, adolatli o’tishi nuqtai nazaridan qonunchiligimizda
nomzodlar faoliyatini huquqiy asoslari mustahkamlab qo’yilgana bo’lib, u asoslar
saylovlarda nomzodlarning teng ishtirok etishi, ularga bir xil sharoit yaratilishini
ta’minlanishini ko’zda tutadi.
Nazorat uchun savollar
1. O’zbekistonda Respublikasida barcha turdagi saylovlar muqobillik asosida
o’tkazilib, siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar ko’rsatiladi. Ushbu nomzodlar
saylov jarayonida sog’lom raqobat olib borish orqali saylovlarda ishtirok etishadi.
Amaldagi saylovga doir qonun hujjatlariga muvofiq nomzod ko’rsatish
huquqiga ega sub’ektlar ularning huquqiy maqomi, nomzod ko’rsatish uchun taqdim
etiladigan hujjatlar va ularning taqdim etish tartibi qandayligi yuzasidan milliy va
xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlarini qiyosi-huquqiy tahlil qiling.
2. Saylov jarayonida nomzodlarni ro’yxatga olish tartibi milliy saylov
qonunchiligimizda belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Republikasining amaldagi saylovga doir qonun hujjatlariga ko’ra
nomzodlikka ro’yхatga olish, undan mahrum etish, nomzodlikdan ixtiyoriy voz
kechish tartibi, nomzodlarga qo’yiladigan talablar ularning huquqlari va
majburiyatlari nimalardan iborat? Bu borada milliy va xorijiy mamlakatlarning
qonun hujjatlarini qiyosiy-huquqiy tahlil qiling.
1 Qarang: О’zbekistоn Respudlikasining qоnuni. – О’zbekistоn Markaziy saylоv kоmissiyasi tо‘g‘risida.
О’zbekistоn Respublikasi MSK Nizоm va yo‘riqnоmalar. T.: О’zbekistоn. 2009, 55-59 betlar.
154
3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan
nomzodlarni ro’yxatga olayotgan vaqtda S. nomli partiya tomonidan ko’rsatilgan
deputatlikka nomzodlarning 5 nafarini diniy tashkilotlarda huquqshunos bo’lib
ishlashini, 3 nafarini 7 yil oldin amaldagi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan tuhmat
jinoyati bilan javobgarlikka tortilib ahloq tuzatish ishlari jazosini o’tab chiqqanligini
sabab qilib ro’yxatga olishni rad etadi. Partiya Markaziy saylov komissiyasi ustidan
sudga murojaat qilib ularning buzilgan siyosiy huquqlarini tiklab berishni so’radi. Bu
paytda nomzodlarni ro’yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilish muddatining
tugashiga 2 kun qolgan edi.
Savol
1. Nomzod ko’rsatish huquqi va muddatlari haqida ma’lumot bering.
2. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
haqida to’xtaling.
3. Keltirib o’tilgan holat yuzasidan sudya sifatida o’z fikringizni asoslang.
4. Faraz qiling O’zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari mahalliy Kengashi
deputatligiga “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ko’rsatilgan
“Dilbar A” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zosi N. ishlab chiqarish va
xizmat vazifalaridan ozod qilinib, saylovchilar bilan uchrashuvlar, saylovoldi
yig’ilishlari, televideniye ko’rsatuvlari va radioeshittirishlarda o’zining saylovoldi
tashviqotini olib bordi. Biroq saylov natijalariga ko’ra, еtarli ovoz to’play olmadi va
deputatlikka saylanmadi. Bundan xabar topgan “Dilbar A” raisi N. bilan mehnat
shartnomasini bekor qilmoqchi ekanligini aytdi.
Savol
1. Nomzodlar faoliyatining huquqiy kafolatlari haqida ma’lumot bering?
2. Ko’rsatilgan nomzodni chaqirib olish tartibini huquqiy jihatdan asoslang?
3. Mazkur vaziyatni tahlil qilgan holda nomzod N.ga yuridik maslahat bering?
11-mavzu. Saylov jarayonida vakillar va kuzatuvchilar ishtiroki
Vakillar instituti va ularning turlari. Vakillarning vazifasi, vakolatlari,
faoliyatining kafolatlari. Saylovlarda kuzatuvchilar, ularning turlari va vazifasi.
Kuzatuvchilarning huquq va burchlari, faoliyatining kafolatlari.
Kuzatuvchilarning davlat organlari va saylov komissiyalari bilan munosabati.
Bu mavzuda saylovning ikki mustaqil institutlari – vakillar va kuzatuvchilar
haqida ma’lumot beriladi. Vakillar va kuzatuvchilarning saylovlardagi o’rni, vujudga
kelishi, vazifasi, huquq va burchlari, faoliyatining kafolatlari (huquqiy asoslari)
haqida fikr yuritiladi. Vakillar va kuzatuvchilar turlari ko’rsatilar ekan ulardagi
umumiylik bilan birga, ularning tashkil bo’lishi va vazifasidagi farqlar
aniqlashtiriladi. Kuzatuvchilarning davlat organlari va komissiyalari bilan
munosabati, hamkorligi haqida qisqacha to’xtaniladi.
1-§. Vakillar instituti va ularning turlari
Jahon saylov tajribasida vakillar ishtiroki yuridik adabiyotlarda uchralmaydi.
Saylov qonunlarida ham vakillar to’g’risida normalar yo’q. Shuning uchun vakil
155
institutini, vakillarni saylov jarayonida ishtirokini, ularning saylov ishtirokchisi
sifatidagi maqomini, O’zbekiston saylov tizimining o’ziga xos xususiyati deb
hisoblash mumkin.
Vakillar nomzodlarning vakili va siyosiy partiyalarning vakili bo’ladi. Ular
tegishlicha nomzodlarning ishonchli vakili va siyosiy partiyalarning vakolatli vakili
deb yuritiladi. Nomzodlarning ishonchli vakili o’z navbatida Prezidentlikka
nomzodlarning ishonchli vakili va deputatlarning ishonchli vakili sifatida namoyon
bo’ladi. Deputatlikka nomzodlarning vakillari Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlarning va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar, Kengashlari deputatligiga
nomzodlarning ishonchli vakiliga bo’linadi.
Prezidentlikka nomzodlar, Qonunchilik palatasiga nomzodlar, mahalliy
Kengash deputatligiga nomzodlar, vujudga kelishi (rasmiylashtirilishi), soni,
vazifalarining qamroviga qarab bir biridan farq qiladi.
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakili saylov tizimimizga keyingi paytda kirib
kelgan va qonunchiligimizda mustahkamlangan institut hisoblanadi.
Vakillarning barcha turlari qonuniy asosga ega. “O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 23-moddasi “O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari” – deb nomlangan, unga asosan,
Prezidentlikka nomzod o’n beshtagacha ishonchli vakilga ega bo’lishi mumkin.
Ishonchli vakillar, Prezidentlikka nomzodlar taqdimiga ko’ra Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan ro’yxatga olinadi va Markaziy svylov komissiyasi ularga
tegishli guvohnoma beradi. Demak, Prezidentlikka saylovda har bir nomzodning o’n
beshtagacha ishonchli vakili bo’lishi mumkin. Vakillarning vujudga kelishida
Prezidentlikka nomzod va Markaziy saylov komissiyasi ishtirok etadi.
Ishonchli vakil Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olinib,
tegishli guvohnomaga ega bo’lgach, rasman saylov ishtirokchisiga aylanadi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 28-
moddasi “Ishonchli vakillar” – deb atalgan. Unga ko’ra, Qonunchilik palatasi
deputatligiga nomzod o’ntagacha ishonchli vakilga ega bo’lishi mumkin.
Deputatlikka nomzod ro’yxatga olingach, o’z ishonchli vakillarini o’zi belgilaydi va
bu haqda okrug saylov komissiyasiga xabar qiladi. Okrug saylov komissiyasi
ishonchli vakillarni ro’yxatga olib, ularga tegishli guvohnoma beradi. Qonunchilik
palatasiga deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini vujudga keltirishda
deputatlikka nomzod va okrug saylov komissiyasi ishtirok etadi.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risidagi
qonunning 26-moddasi “Ishonchli vakillar” – deb nomlangan. Unga asosan, viloyat,
tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga
ega bo’lishi mumkin. Deputatlikka nomzod ro’yxatga olingach o’z ishonchli vakilini
o’zi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga xabar qiladi. Okrug saylov
komissiyasi ishonchli vakilni ro’yxatga olib, ularga tegishli guvohnoma beradi.
Oliy Majlisga saylov, mahalliy Kengash deputatlari saylovi to’g’risidagi
qonunlarda deputatlikka nomzodlar saylov komissiyalariga ma’lum qilgan holda
saylovga qadar o’z ishonchli vakilini har qanday vaqtda vakolatidan mahrum qilishi
va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin.
156
Vakillar tizimida yana bir turdagi vakil – bu siyosiy partiyalarning vakolatli
vakilidir.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning
171-moddasi “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili” – deb nomlanadi. Ularga asosan
deputatlikka nomzodlik ko’rsatgan siyosiy partiyalar, saylov uchastkasida ovozlarni
sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaiy saylov komissiyasi tomonidan
belgalangan tartibda o’z a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashi mumkin.
2009-yil 17-sentyabrda Markaziy saylov komissiyasi “Siyosiy partiya vakolatli
vakilining saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish tartibi”ni
tasdiqlagan.
Unga asosan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari partiyaning tegishli
hududiy organi tomonidan saylov uchastkalari tuzilganidan so’ng tayinlanadi. Partiya
hududiy organining rahbari saylov kunidan kamida o’n besh kun oldin tegishli okrug
saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatoli vakillari ro’yхatini taqdim etadi.
Unda vakolatli vakil haqida to’liq ma’lumot va u qaysi saylov uchastkasida ishtirok
etishi ko’rsatiladi. Okrug saylov komissiyasi ro’yхat kelib tushgan kundan boshlab
uni ro’yхatga oladi va ularga guvohnomalar beradi.
2-§. Vakillarning vazifasi, vakolatlari, faoliyatining kafolatlari
Nomzodlarning ishonchli vakillari va siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari-
ning vazifalari tegishli saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilab qo’yilgan.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 29-moddasiga
binoan:
- ishonchli vakillar nomzodlarga saylov kampaniyalarini o’kazishda
yordam beradilar;
- nomzodlarni Prezident etib saylanishi uchun targ’ibotlar olib boradilar;
- davlat va jamoat tashkilotlari, saylov komissiyalari bilan bo’ladigan
munosabatlarda nomzodlarning manfaatini himoya qiladilar.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 28-
moddasida va “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov
to’g’risida”gi qonunning 26-moddasida nomzodlarning ishonchli vakili, nomzod
deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritishi, davlat organlari va jamoat
birlashmalari organlari, saylovchilar bilan munosabatlarda, shuningdek, saylov
komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
Prezident saylovi va mahalliy Kengash deputatligiga saylov to’g’risidagi
qonunlarda, nomzodlarning ishonchli vakillari vazifalarini belgilashda ba’zi farqlar
mavjud.
Masalan, Prezident saylovi to’g’risidagi qonunda nomzodlarning ishonchli vakillari vazifasi
sifatida, ishonchli vakillar nomzodlarga saylov kampaniyasini o’tkazishda yordam berishi vazifa
sifatida ko’rsatilgan bo’lib, bu alohida vazifa sifatida deputatlar sayloviga tegishli qonunlarda
ko’rsatilmagan. Yoki deputatlikka saylov to’g’risidagi qonunlarda ishonchli vakillarning vazifasi
sifatida ko’rsatilgan – saylovchilar bilan o’zaro munosabatda ishtirok etish vazifasi Prezidentlikka
saylov to’g’risidagi qonunda alohida vazifa sifatida ko’rsatilmagan. Lekin saylov kampaniyasini
o’tkazishda yordam beradi degan qoida, saylovchilar bilan munosabatga ham taalluqlidir.
157
Nomzodlarning ishonchli vakillari vakolatlariga (huquqlariga):
- saylovchilar bilan bo’ladigan uchrashuvlarda ishtirok etish;
- uchrashuvlarda so’zga chiqish, nomzodlarning faoliyati bilan saylovchilarni
tanishtirish;
- OAVda nomzod haqida, uning dasturi haqida ma’lumotlar berish;
- radio va televidenieda debatlarda ishtirok etish;
- tashviqot ishlari olib borilishida qonun normalari buzilsa, tegishli
komissiyalarga shikoyat bilan murojaat etish;
- saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ishlarini borishi bilan tanishish;
- ovoz berishning boshlanishi, ovoz berish natijalarini aniqlashda ishtirok etish,
shu holatlar bo’yicha qonun buzilishlari sodir etilsa, tegishli organlarga (saylov
komissiyalariga, sudga) murojaat qilish kiradi.
Saylovlarda barcha nomzodlarga bir hil imkoniyat yaratiladi.
Nomzodlarning ishonchli vakillari istalgan paytda vakolatlarini zimmasidan
soqit qilishi mumkin. Ishonchli vakil sylov komissiyalari a’zosi bo’lishi mumkin
emas.
Nomzodlarning ishonchli vakili, atigi, bir nomzod nomidan harakat qiladi.
Saylov to’g’risidagi qonunchilikka kiritilgan o’zgarishlar natijasida
vakillarning yana bir turi – siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari degan institut
vujudga keldi.
Ularning vazifasi deputatlikka saylov to’g’risidagi qonunlarning 171-
moddasida belgilab qo’yilgan. Unga asosan “Deputatlikka nomzodlar ko’rsatgan
siyosiy partiya ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda o’z a’zolari orasidan vakolatli vakil
tayinlashga haqli”.
Nomzodlarning ishonchli vakili bilan, siyosiy partiyalarning vakolatli
vakilining asosiy farqi: nomzodlarning ishonchli vakili nomzod tomonidan tanlanadi
va aniq nomzodning manfaatini ifoda etadi, saylovning barcha tadbirlarida ishtirok
etadi, partiya a’zosi yoki partiyasiz bo’lishi mumkin. Siyosiy partiyalarning vakolatli
vakilini siyosiy partiya tayinlaydi, u partiya manfaatini himoya qiladi, faqat ovozlarni
sanab chiqishda ishtirok etadi, albatta partiya a’zosi bo’lishi kerak.
Siyosiy partiyaning ishonchli vakilining vakolatlari Markaziy saylov
komissiyasi tasdiqlagan “Siyosiy partiya vakolatli vakilining saylov uchastkalarida
ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish tartibi”da aniq belgilab qo’yilgan.
Unga asosan siyosiy partiya vakolatli vakili:
- uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqishida ishtirok etish;
- foydalanilmagan saylov byulletenlari va saylov varaqlarini sanab chiqish va
bekor qilish, ularni haqiqiy emas deb topish kabi jarayonlar bilan tanishish;
- ovozlarni sanab chiqish natijalarini ko’rib chiqish va bayonnoma tuzishda
uchastka saylov komissiyasi majlislarida qatnashish;
- ovozlarni sanab chiqish bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega.
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili, takroriy ovoz berish va takroriy
saylovlarda ham shu huquq bilan ishtirok etadi, vakolatli vakil qonunchilikka
158
muvofiq uchastka saylov komissiyasi xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish
huquqiga ega.
Tegishli hujjatda vakolatli vakilning majburiyatlari ham belgilab qo’yilgan.
Unga asosan vakolatli vakil:
- saylovchi saylov byulleteniga o’z belgisini qo’yayotgan paytda yashirin ovoz
berish kabinasida yoki xonada hozir bo’lishga;
- saylovchilarga ta’sir ko’rsatish, biron-bir tashviqot materiallari yoki adabiyot
tarqatishga;
- saylovlarda kimni yoqlab ovoz berganini surishtirish yoki saylovchilarga
saylov byulleteniga belgi qo’yishda biron-bir tarzda yordam ko’rsatishga;
- uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini
muhrlashga, ochishga, ovozlarni sanab chiqishda aralashishga haqli emas.
Siyosiy partiyaning vakolatli vakilining vakolat muddati saylov natijalari e’lon
qilinganidan so’ng tugaydi.
3-§. Saylovlarda kuzatuvchilar, ularning turlari va vazifasi.
Saylovlarni demokratik oshkora o’tishida kuzatuvchilar muhim rol o’ynaydi.
Kuzatuvchilar faoliyati xalqaro ahamiyatga ega bo’lib, saylovlarni xalqaro miqyosda
e’tirof etilishini ta’minlovchi institutdir.
Saylovlarni kuzatish bo’yicha еvropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
(еXHT) maxsus qo’llanma qabul qilgan.1
Unda kuzatuvchilarga yordam berish maqsadida:
- saylovlarni baholash mezonlari;
- kuzatuv dasturini tuzish;
- qonunchilikni tahlil qilish;
- saylov bilan bog’liq munosabatlarni monitoring qilish;
- saylovchilarni ro’yхatga olish va saylov uchastkalari chegaralarin baholash;
- saylov jarayonini boshqarishni monitoring qilish;
- nomzodlarni va siyosiy partiyalarni ro’yхatga olishni nazorat qilish;
- OAVlarini monitoring qilish bo’yicha tavsiyalar berilgan bo’lib, shu tavsiyalar
asosida kuzatuvchilar o’z faoliyatini tashkil qilsalar maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kuzatuvchilar vazifasi, ularni rasmiylashtirish, vakolatlari, burchlari
O’zbekiston qonunchiligida еtarli darajada belgilangan bo’lib, undan tashqari, bu
masalalar yana Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (2014-yil 11-
sеntyabrdagi 618-son qarori) “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasiga saylovda boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan
qatnashadigan kuzatuvchilar to’g’risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 5-
moddasida “Saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir barcha tadbirlarda,
shuningdek, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va
ovozlarni sanab chiqishda, Prezidentlikka nomzod ko’rsatgan siyosiy partiyalardan
bittadan kuzatuvchi, matbuot, televidenie va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro
1 Qarang: “Saylоvlarni kuzatish bо‘yicha EXHTning demоkratik institutlar va insоn huquqlari bо‘yicha byurоsi
qо‘llanmasi”. – Saylоvlarni о‘tkazishda xalqarо tajriba va standartlar. –T.: 1998 й.
159
tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar” – deb
ko’rsatilgan.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning 6-
moddalarida saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishning barcha tadbirlarida,
shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda nomzod
ko’rsatgan partiyalardan bittadan kuzatuvchi, OAV vakillari, boshqa davlatlar,
xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi
ko’rsatilgan.
Qoidaga ko’ra kuzatuvchilar nomzod ko’rsatgan subektlarning manfaatini
ifodalashi kerakligi uchun, mahalliy Kengashlarga (tuman va shahar Kengashi)
saylovlarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchi
bo’lishi qonunda nazarda tutilgan. Chunki ular shu saylovda nomzod ko’rsatish
huquqiga ega.
Manfaatdor tashkilotlar o’z kuzatuvchilari to’g’risida okrug saylov
komissiyalariga saylovga kechi bilan o’n besh kun qolganda ma’lum qiladilar. Okrug
saylov komissiyasi besh kun ichida Prezident va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga
saylovda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan namunadagi, mahalliy
Kengashlarga saylovda viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi belgilagan
namunadagi mandatni kuzatuvchilarga beradi.
Qonun normalaridan ko’rinib turibdiki kuzatuvchilar milliy va xalqaro
kuzatuvchilarga bo’linadi. Ularni har ikkalasini rasmiylashtirishning asosiy tartiblari
saylov qonunchiligida belgilangan bo’lib, ularni yuqorida ko’rib o’tdik.
Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarning
(xalqaro kuzatuvchilar) rasmiylashtirish tartiblarida o’ziga xos xususiyatlar mavjud
bo’lib, bular Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanagn Nizomda
belgilangan.
Nizom qoidalariga asosan xalqaro kuzatuvchilar O’zbekistonga qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda keladi. Ularning vakolat muddati ularga Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan mandat berilgandan boshlanib, saylov yakunlari
rasman e’lon qilingan kunda tugaydi.
Xalqaro kuzatuvchilarni ro’yхatdan o’tkazish taklifini Markaziy saylov
komissiyasiga Respublika Tashqi ishlar vazirligi kiritadi va taklifda ular haqida to’liq
ma’lumot beriladi.
Markaziy saylov komissiyasi taklifni ko’rib chiqib, kuzatuvchilarga
belgilangan namunadagi mandat beradi.
Milliy kuzatuvchilarning ham, xalqaro kuzatuvchilarning ham vazifasi deyarli
bir xil, ya’ni ular saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir barcha
tadbirlarda, jumladan ovoz berish jarayonida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish
bilan, saylovlarning oshkora, qonunga, xalqaro talablarga mos va adolatli
o’tkazilishni nazorat kiladilar.
4-§. Kuzatuvchilarning huquq va burchlari, faoliyatining kafolatlari
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi, “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman,
160
shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning tegishli moddalarida
kuzatuvchilarning huquq va burchlari belgilangan.“O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 5-moddasiga asosan kuzatuvchilar asosan
quyidagi huquqlarga ega:
- prezidentlikka nomzod ko’rsatishga bag’ishlangan yig’ilishlarda, okrug va
uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo’lish;
- saylov uchastkalarida hozir bo’lish hamda tayyorgarlik ishlarini borishini
ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga
saylov byulletenlarini berilishini kuzatish;
- ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining
bayonnomasini tuzishda hozir bo’lish;
- saylov natijalari to’g’risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi
tomonidan tasdiqlangan nusхalarini so’rash va ularni olish;
- saylov uchastkasida ushbu qonunning buzilishiga yo’l qo’yilgan deb
hisoblashga asos bo’lsa, o’z kuzatuvlari to’g’risida yuqori komissiyalarga ma’lum
qilish.
Kuzatuvchilarning хuddi shunday huquqlarga egaligi deputatlar saylovi
to’g’risidagi qonunlarning 6-moddasida ham ko’rsatib qo’yilgan.
Tegishli qonun moddalarida kuzatuvchilar qilishi mumkin bo’lmagan
xarakatlar ham belgilangan. Ularga asosan kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
- saylovchi saylov byulleteniga o’z belgisini qo’yayotgan paytda yashirin ovoz
berish kabinasida yoki xonada hozir bo’lishga;
- saylovchilarga ta’sir ko’rsatish, biron-bir tashviqot materiallari yoki adabiyot
tarqatishga;
- saylovlarda kimni yoqlab ovoz berganini surishtirish yoki saylovchilarga
saylov byulleteniga belgi qo’yishda biron-bir tarzda yordam ko’rsatishga;
- uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini
muhrlashga, ochishga, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
Хuddi shunday kuzatuvchilar qilishi mumkin bo’lmagan holatlar ro’yхati
deputatlar saylovi to’g’risidagi qonunlarda ham ko’zda tutilgan. Agar bu taqiqlarni
mazmunini ko’radigan bo’lsak, ular saylovlarni tenglik, saylovchilarni xohish-
irodasini erkin bildirishni ta’minlashni nazarda tutadi.
Xorijiy kuzatuvchilarning huquqlari, ular uchun taqiqlangan ishlar ro’yхati,
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar
va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to’g’risida nizom”da ham ko’rsatib
qo’yilgan. Nizomda xalqaro ko’rsatilgan kuzatuvchilarning huquqlari qonunlarda
ko’rsatilgan huquqlarga o’xshash bo’lib, faqat Nizomda xorijiy kuzatuvchilarning
Ekoharakatning Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko’rsatish va ularni saylash
bo’yicha Konfrensiyasida ishtirok etish huquqi ham belgilangan.
Nizomda xalqaro kuzatuvchilar uchun taqiqlangan ishlar ro’yхati ko’rsatilgan
bo’lib, saylov qonunlarida ko’rsatilgan taqiqlangan ishlardan farq qilmaydi.
Shuningdek, Nizomda xorijiy kuzatuvchilarning burchlari ham aniq
belgilangan, unga asosan, xorijiy kuzatuvchilar:
161
- o’z faoliyatida O’zbekiston Konstitusiyasiga, qonunlariga, Markaziy
saylov komissiyasining qarorlariga, saylovni tashkil etish va o’tkazish borasidagi
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalariga amal qilishlari;
- Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan mandatni olib
yurishlari hamda saylov tashkilotlari talabiga muvofiq uni ko’rsatishlari;
- saylov ustidan xalqaro kuzatuvni amalga oshirish borasidagi o’z
vazifalarini xolislik, siyosiy betaraflik prinsiplariga amal qilgan holda bajarishlari,
saylov komissiyalari, davlat organlari, mansabdor shaxslar, saylov jarayoni
ishtirokchilariga nisbatan qanday bo’lmasin biron-bir tarzda afzallik berishdan voz
kechishlari;
- saylov jarayoniga aralashmasliklari;
- O’z xulosalarini o’tkazilgan kuzatuv va haqqoniy materiallarga
asoslantirishi lozim.
Xorijiy kuzatuvchi qonun hujjat talablarini, xalqora huquqni umum e’tirof
etilgan qoidalari va normalarini buzsa, Markaziy saylov komissiyasi kuzatuvchilar
vakolatlarini muddatidan oldin tugatishi mumkin.
Kuzatuvchilar o’z vazifalarini erkin, hech qanday moneliksiz bajarishlari
uchun, ularning faoliyati huquqiy jihatdan kafolatlanadi.
Kuzatuvchilar o’z faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Bunday
imkoniyat xorijiy kuzatuvchilar uchun ham ta’minlanadi. Xorijiy kuzatuvchilarning
moddiy-maishiy ta’minoti ularni vakil sifatida yuborgan davlatlar, xalqaro
tashkilotlar va harakatlar mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan bo’lib,
bu ularning mustaqilligini, xolisligini, hech kimga qaram bo’lmasligini ta’minlovchi
asosiy garovdir.
Xorijiy kuzatuvchilar, O’zbekiston hududida bo’lib turgan vaqtida,
O’zbekiston himoyasi ostida bo’ladi. Bu ularga hech qanday kuch ta’sir o’tkaza
olmasligini muhim kafolatidir.
Xorijiy kuzatuvchilarni faoliyatiga to’sqinlik qilgan, ularning huquqlarini har
qanday yo’l bilan buzgan shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka
tortiladilar.
5-§. Kuzatuvchilarning davlat organlari va saylov komissiyalari bilan
munosabati
Kuzatuvchilarning davlat organlari va saylov komissiyalari bilan munosabati
eng avvalo ularni rasmiylashtirishda vujudga keladi.
Avvalgi bandlarda qayd etilganidek, xalqaro kuzatuvchilarni ro’yxatdan
o’tkazish tartibini, Markaziy saylov komissiyasiga O’zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi kiritadi. Taklifda kuzatuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi,
yashash joyi, ish joyi, qaysi davlat, xalqaro tashkilot va harakat vakili ekanligi,
shuningdek O’zbekistonda bo’ladigan taxminiy joyi ko’rsatiladi. Shu taklifga asosan,
Markaziy saylov komissiyasi kuzatuvchilar ro’yхatini ko’rib chiqib, ularni ro’yхatdan
o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiladi va kuzatuvchilarga belgilangan na’munadagi
mandat beradi. Shu mandat xalqaro kuzatuvchilarga saylov davrida o’z faoliyatini
olib borish uchun asos bo’ladi.
162
Tashqi ishlar vazirligi xorijiy kuzatuvchilarga o’z faoliyatini amalga oshirishda
ko’maklashadilar. Masalan, kuzatuvchilarni yuqori malakali tarjimon bilan
ta’minlash ishlarini amalga oshiradilar.
Xorijiy kuzatuvchilar to’g’risidagi Nizomga asosan kuzatuvchilar hokimiyat
organlariga hamda mansabdor shaxslarga saylov o’tkazishni kuzatish natijalari
bo’yicha o’z xulosalarini taqdim etadi. Bu munosabat asosida saylov qonunchiligi
takomillashadi, saylov o’tkazishdagi ba’zi muammolar hal qilinadi.
Kuzatuvchilar turli bo’g’indagi saylov komissiyalari bilan aloqada,
hamkorlikda ish olib boradi. Kuzatuvchilarning faoliyatini samarali bo’lishiga ko’p
jihatdan kuzatuvchilar bilan saylov komissiyalari o’rtasida to’g’ri munosabat
o’rnatilishi ta’sir qiladi.
Saylov komissiyalari kuzatuvchilarni vakolatini belgilovchi hujjat – mandatni
beradi.
Kuzatuvchilar: saylov komissiyalari majlislarida ishtirok etadi; saylov
komissiyalari kuzatuvchilarni tegishli materiallar bilan ta’minlaydi; ularni kuzatuv
olib borishlariga sharoit yaratadi.
Kuzatuvchilar saylov komissiyasi vakillariga, ularning ish faoliyatlariga
aralashmagan holda o’z kuzatuvlari, tavsiyalari haqida axborot beradi, ovoz berish
vaqti tugagach, saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari haqida hamda saylovga
tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha o’z fikrlarini beradi; saylov ztkazish
natijalari bo’yicha xulosalarini taqdim etadi.
Kuzatuvchilar ommaviy axborot vositalari bilan yaqin munosabatda ish
yuritadi. Saylovni borishi natijasi haqidagi fikrlarini OAVlar orqali bayon qiladi.
Ularning fikrlari, xulosalari natijasida xorijiy davlatlar, xalqaro harakatlar va
tashkilotlar saylovlarga baho berishadi, uni e’tirof еtishi yoki еtmasligi mumkin.
Saylovlarni e’tirof etilishi, mamlakatning demokratik xususiyatiga baho berishga,
undagi demokratiya darajasi xalqaro talablarga qanchalik javob berishiga baho
berishda mezon bo’lishiga sabab bo’ladi.
Xulosa
Saylovlarda vakillar va kuzatuvchilarmustaqil va alohida vazifalarga,
vakolotlarga ega saylov ishtirokchilaridir. Vakillar saylov ishtirokchisi sifatida
O’zbekiston saylov tizimiga xos institut bo’lsa, kuzatuvchilar xalqaro miqyosda
faoliyat ko’rsatadigan saylov ishtirokchilaridir.
Vakillar nomzodlarning vakili – vakillarning ishonchli vakili, partiyalarning
vakili – siyosiy partiyalarning vakolatli vakili ko’rinishida bo’ladi. Nomzodlarning
ishonchli vakillari saylovlarning barcha tadbirlarida ishtirok etsa, siyosiy
partiyalarning ishonchli vakili faqat bir paytda – ya’ni saylovchilarning ovozini sanab
chiqishda ishtirok etadi.
Kuzatuvchilar nomzod ko’rsatgan siyosiy partiyalardan (mahalliy
Kengashlarga saylovda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan), OAV dan,
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro harakatlardan tomonidan tanlanib,
mahalliy (ichki) va xalqaro kuzatuvchilar maqomida faoliyat ko’rsatadi. Ularning
barchasini vazifasi saylovlarni oshkora, qonun va xalqaro normalar asosida o’tishini,
saylovlarda tenglik, ixtiyoriylik bo’lishini nazorat qilishdir. Ularning xulosa va
163
takliflari saylov qonunchiligini, saylov o’tkazish tartiblarini yanada takomillashuviga
yordam beradi.
Vakillarning ham, kuzatuvchilarning ham faoliyati huquqiy asosga ega va
tegishli tartibda kafolatlangan.
Vakillar va kuzatuvchilar faoliyatini samarali bo’lishi ularni davlat organlari,
saylov komissiyalari bilan munosabatiga bog’liq. Bu munosabat bo’ysunish,
majburiyat prinsipida emas, hamkorlik prinsiplari asosida bo’lishi huquqiy hujjatlarda
belgilangan.
“Bo’lib o’tgan saylovlarni 1 kuzatishda ishtirok etgan 70 mingdan ortiq
mahalliy va 340 dan ziyod chet ellik kuzatuvchilar, nufuzli xalqaro tashkilotlar
vakillarining aksariyat ko’pchiligining fikricha, bu saylovlar ochiqlik va oshkoralik
sharoitida, xalqaro huquq normalari va standartlariga to’la muvofiq tarzda o’tdi”– deb
ko’rsatib o’tdi O’zbekiston Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining
qo’shma majlisidagi ma’ruzasida.
2015-yil 29-martda bo’lib o’tgan Prezident saylovida 43 ta davlat va beshta
xalqaro tashkilotdan, 299 ta kuzatuvchi ishtirok etdi. Saylovning siyosiy
partiyalarning 35 mingdan ortiq vakili kuzatib bordi2.
Nazorat uchun savollar
1. Saylov jarayonida deputatlikka, Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli
vakillari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi. Saylovlarda
nomzodlarga saylov tashviqotini olib borishda ishonchli vakillari normasi
belgilangan. Ushbu vakillar saylovlarda nomzodlarga tashviqot olib borishda
ko’maklashadilar.
O’zbekiston Republikasining amaldagi saylovga doir qonun hujjatlariga
muvofiq vakillarni rasmiylashtirish tartibi, ularning vazifalari, huquqlari va ularning
faoliyati kafolatlari nimalardan iborat, ularni mazmun - mohiyati va ahamiyatini
tahlil qiling. Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasini qonun hujjatlari asosida
o’rganib, milliy qonunchilik normalari bilan o’zaro qiyosiy huquqiy tahlil qiling.
2. Kuzatuvchilar instituti joriy etilishi saylovlarni qonuniy o’tishini
ta’minlashning bir vositasi hisoblanadi. Shu bilan brga ularning huquq va
majburiyatlari ham mavjud.
O’zbekiston Republikasining amaldagi saylovga doir qonun hujjatlariga
muvofiq saylovlarda kuzatuvchilarni rasmiylashtirish tartibi, kuzatuvchilarning
huquqlari va majburiyatlari, kuzatuvchilarning saylov komissiyalari bilan
munosabati nimalarda namoyon bo’ladi, ularga huquqiy baho bering.
3. Navbatdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarida tegishli tartibda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mandat berilgan,
Daniyadan tashrif buyurgan kuzatuvchilar Karl Bromme va Xelle Torning Shmitlar
Toshkent shahrining bir qator tumanlarida o’zlarining faoliyatini olib bordilar. Ular
ovoz berish yakunlari bo’yicha okrug saylov komissiyasiga O’zbekiston
Respublikasining saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari va saylovga tayyorgarlik
1 2014-yil 21-dekabrdagi Оliy Majlis Qоnunchilik palatasi va xalq deputatlari vilоyat, tuman, shahar Kengashlariga
saylоvlar nazarda tutilmоqda. 2 Xalq sо‘zi. 2015-yil 7 aprel.
164
ko’rish, uni o’tkazilishi bo’yicha o’z fikrlarini bayon qildilar. O’sha kuni Toshkent
shahrining bir qator uchastka saylov komissiyalaridan okrug saylov komissiyasiga
daniyalik kuzatuvchilar harakatlari yuzasidan shikoyatlar kelib tushdi. Komissiyalar
o’zlarining shikoyatlarida kuzatuvchilarning xolislik, siyosiy betaraflik prinsiplariga
amal qilmasdan, saylovchilar fikrlari haqida to’plangan xulosalarni kuzatuv va
haqiqiy materiallarga asoslantirilmagan holda ommaviy axborot vositalaridi e’lon
qilganliklarini qayd etdilar. Okrug saylov komissiyasi kuzatuvchilardan o’z
harakatlari yuzasida tushuntirish berishni so’raganida kuzatuvchilar hеch qanday
huquqbuzarlikka yo’l qo’ymaganliklarini o’z harakatlarini demokratik saylov
prinsplariga asosan amalga oshirganliklarini aytib o’tdi va tushuntirish berishdan
bosh tortdi.
Savol
1. Saylov jarayonida kuzatuvchilar va ular faoliyatining huquqiy asoslarini
yoritib bering.
2. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolatlari va faoliyat ko’rsatish
tartibini yoriting.
3. Masala yuzasidan kuzatuvchilar va komissiyalar harakatlarini tahlil qiling.
4. Toshkent shahriga ta’lim olish uchun kelgan fuqaro S. Ichki ishlar vaziri
buyrug’i bilan tasdiqlangan yo’riqnoma asosida Toshkent shahri Olmazor tumanida
vaqtinchalik ro’yxatdan o’tib yashab kelmoqda. Saylov kuni ovoz berish taklifnomasi
bir paytning o’zida doimiy ro’yxatdan o’tgan yashash joyi va vaqtinchalik ro’yxatdan
o’tgan joyiga kelganligi ma’lum bo’ldi.
Savol
1. Fuqaro S. bu vaziyatda kimga murojaat qilishi kerak ?
2. U o’z saylov huquqini qaysi hududda amalga oshirishi kerak?
3. Saylovchilar ro’yxatlarini tuzish tartibini ko’rsatib bering?
12-mavzu. Saylovoldi tashviqoti. Saylovchilarning ro’yxati, saylov
byulletenlari
Saylovoldi tashviqotining ahamiyati va huquqiy asoslari. Saylovoldi
tashviqotining turlari, shakllari va usullari. Saylovoldi tashviqotini olib
borishdagi cheklashlar. Ovoz berishda saylovchilar ro’yxatining ahamiyati.
Saylovchilar ro’yxatini tuzish va ro’yxat bilan tanishtirish. Saylov byulletenlari.
Mavzuda saylov jarayonidagi muhim faoliyat – saylovoldi tashviqotining
tushunchasi (ta’rifi), tashviqot turlari, shakllari, usullari va ularning saylov
qonunchiligida mustahkamlanishi, tashviqotni qonun asosida olib borish, tashviqot
borasidagi cheklashlar va ularning ahamiyati ko’rsatiladi. Shu bilan birga shu
mavzuda, saylovchilarning ro’yxati, uning ovoz berishda muhim hujjat hisoblanishi,
saylovchilar ro’yxatini umumiy, teng saylov prinsipini ta’minlashdagi roli, ro’yxatni
tuzish tartibi, uni tuzishda ishtirok etuvchilar va ularning har birini o’rni, ro’yxat
bilan tanishtirish, ro’yxat xususidagi baxslarni hal qilish tartibi, shuningdek saylov
byulletenlari, ularni tayyorlash, еtkazib berish, raymiylashtirish xaqida ma’lumot
beriladi.
165
1-§. Saylovoldi tashviqotining ahamiyati va huquqiy asoslari
Saylovoldi tashviqoti saylov jarayonidagi muhim tadbirlardan bo’lib, kimlar
prezident yoki deputat bo’lishi ko’p jihatdan unga bog’liqliqdir.
Ya’ni birinchidan saylovoldi tashviqoti saylovchilarni saylovlarda ishtirok
etishga undovchi, ikkinchidan u yoki bu nomzodni agar saylov proporsional saylov
bo’lsa, partiya ro’yxatiga ovoz berishga undovchi faoliyat hisoblanadi1.
Jahon saylov tajribasida saylovoldi tashviqoti olib borishning boy tajribasi
to’plangan va uning xilma-xil usullari, vositalaridan, jumladan: saylovoldi mitinglari,
yig’ilishlardan: nomzodlar va saylovchilar uchrashuvidan: lozung (chaqiriq), afisha,
e’lonlar yopishtirish: maqolalar chop etish: bukletlar, portretlar, turli ramzlar,
znachoklar tayyorlab tarqatish: radio, televidiniyada chiqishlar qilish orqali
saylovoldi tashviqoti olib boriladi.2
Saylovoldi tashviqoti, saylovlardagi muhim shart – raqobatni ro’yobga
chiqaruvchi vositalardandir. Saylovoldi tashviqoti to’g’ri, adolatli tashkil qilinishi
demokratik saylovning ajralmas qismidir.
Shuning uchun saylovoldi tashviqoti O’zbekiston saylov qonunchiligida keng
va aniq huquqiy jihatdan mustahkamlangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi to’g’risida”gi Qonunining 28-moddasi “Saylovoldi tashviqoti” – deb
nomlanib, unga asosan, saylovoldi tashviqoti Prezidentlikka nomzod ro’yxatga
olingan kundan boshlanadi.
Nomzodlarga, siyosiy partiyalarga ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishda teng huquq beriladi. Nomzodlarga saylovchilar bilan yig’ilishlarda
hamda saylovchilar uchun qulay bo’lgan boshqa shaklda uchrashuvlar o’tkazishda
teng huquq beriladi. Yig’ilishlar va uchrashuvlar o’tkazish vaqti va joyi haqida
saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.
1 Qarang: Алебастрова И.А. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.269. 2 Qarang: Конституционное право зарубежных стран. M.: «Норма» – 2010, стр.239-240.
Ana shundan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasining saylov
to’g’risidagi qonunlarida saylovoldi tashviqotiga huquqiy ta’rif berilgan Oliy
Majlisga saylov to’g’risidagi Qonunning 27-moddasida, mahalliy
Kengashlarga saylov to’g’risidagi 25-moddasida “Saylоvоldi tashviqоti –
saylоv kampaniyasi davrida amalga оshiriladigan va saylоvchilarni
deputatlikka nоmzоdni yoki siyosiy partiyani yoqlab оvоz berishga undashga
qaratilgan faоliyat”, hisоblanadi.
Ilmiy nuqtai-nazardan saylovoldi tashviqoti – bu saylovchilarning
saylovlarda ishtirok etishga va u yoki bu nomzod yoki partiya ro‘yxatga
ovoz berishga undovchi faoliyatdir.
166
Barcha davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilot rahbarlari, jamoat
birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari nomzodlarga
uchrashuvlar, yig’ilishlar tashkil qilishda, zarur material va ma’lumotlar olishda
yordam ko’rsatishlari shart.
Nomzodlarga o’zining kelgusi faoliyat dasturlari bilan chiqish huquqi beriladi.
Keyingi vaqtda saylov qonunchiligini rivojlantirish, saylov huquqi erkinligini
ta’minlash maqsadida saylovoldi tashviqotining qonuniy asoslarini mustahkamlashga
alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Prezidentining Birinchi tomonidan 2010-yil
12-noyabrda bayon qilingan Konsepsiyada, saylov jarayonlarini yanada
demokratlashtirish kun tartibiga qo’yilib, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to’g’risida”gi Qonunning 27-moddasiga, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 25-moddasiga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritish taklif etiladi1.
Buni zarurligi partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotning
shakl va usullari taboro turli-tuman va keng miqyosga ega bo’lib borayotganligidan
kelib chiqishi ko’rsatilib, saylovoldi tashviqotiga qonunda aniq ta’rif berish,
tashviqotni shartlari, turlari, ruxsat etilgan shakl va usullarini qonunchilik yo’li bilan
belgilab qo’yish zarurligi o’qtirildi.
Konsepsiya ko’rsatmalari asosida saylov qonunchiligiga sezilarli o’zgartirishlar
kiritildi. Natijada saylovoldi tashviqoti tushunchasi; saylovoldi tashviqotini olib
borish turlari, shakllari va usullari; saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot
vositalari orqali olib borish; saylovoldi tashviqotini bosma, ko’rgazmali, audiovizual
va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish
qonunlarda aniq belgilab qo’yildi. Shu asosda saylov qonunlari to’rta yangi modda
bilan boyidi.
Saylovoldi tashviqoti moliyaviy ta’minot bilan bog’liq 2 O’zbekistonda
saylovlar faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi, yuridik va jismoniy shaxslar,
jamoat birlashmalari mablag’larini ixtiyoriy ravishda saylovlarga berishi, ularni teng
taqsimlanishi qoidalarini belgilanishi saylovoldi tashviqoti adolatli o’tishida, barcha
nomzod va siyosiy partiyalar bir xil imkoniyatga ega bo’lishda muhim omildir.
O’zbekistonda 2014-yil 21-dekabrdagi vakillik organlari deputatlarini saylash
bo’yicha bo’lib o’tgan saylovlar, qonunchilikka kiritilgan o’zgartirish,
qo’shimchalarni to’g’ri bo’lganligini amalda isbotladi.
2-§. Saylovoldi tashviqotining turlari, shakllari va usullari
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning
271-moddasi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to’g’risida”gi Qonunning 251-moddasi “Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari,
shakllari va usullari” – deb nomlangan.
Qonun normalariga ko’ra saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:
1 Qarang: Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T.: О’zbekistоn, 2010, 39-bet. 2 Saylоvlarni mоliyalashtirish masalalari avvalgi mavzularda yoritilgan.
167
- siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to’g’risidagi
axborotni o’zini deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda
tarqatish;
- deputatlikka nomzod to’g’risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga
da’vat etgan holda tarqatish – bularni saylovoldi tashviqoti turlari deb hisoblasak,
qonunda belgilangan: omma oldidagi munozaralar, baxslar, matbuot konferensiyalari,
intervyular, so’zga chiqishlar, saylovchilarning yig’ilishlari, deputatlikka nomzod,
siyosiy partiyalar to’g’risidagi roliklarni joylashtirishlarni saylovoldi tashviqoti olib
borish shakllari deb qonunni o’zida ko’rsatib qo’yilgan.
Qonunga asosan saylovoldi tashviqoti olib borish usullari aniq belgilangan.
Saylovoldi tashviqoti olib borilishida eng asosiy vosita ommaviy axborot
vositasi hisoblanadi. Shuning uchun bu haqda saylov qonunlariga tegishli alohida
modda kiritildi (272- va 252-moddalar). Ularning normasiga asosan:
- saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda OAVdan foydalanishda
deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko’ra bir xil bo’lgan efir
vaqti va nashr maydoni bepul berish yo’li bilan teng sharoit ta’minlanadi;
- nomzodlarga, siyosiy partiyalarga OAVda haq evaziga ham efir vaqti yoki
nashr maydoni ajratilishi mumkin;
- nomzodlarga, siyosiy partiyalarga nodavlat OAVda qonun hujjatlariga
muvofiq efir vaqti ajratilishi mumkin;
- OAV tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to’lash
shartlari hamda boshqa talablar barcha nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng va
bir xil bo’lishi kerak;
- OAVda tarqatiladigan axborot haqiqatga to’g’ri kelishi, nomzodlarning,
siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
Haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek nomzodlarning sha’ni va
qadr-qimmatiga putur еtkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi;
- saylovoldi tashviqoti maqsadida OAVdan foydalanish tartibi, xajmi va vaqti
siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
belgilanadi.
Shu masalada Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan,
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha
saylov kampaniyasi davrida deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning
saylovoldi tashviqotini o’tkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi
to’g’risida”gi Nizom muhim rol o’ynab barcha masalalarni atroflicha tartibga solgan.
Saylovoldi tashviqoti olib borishning yana bir usuli “Saylovoldi tashviqotini
bosma, ko’rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda
tarqatish orqali olib borish” (271-251-moddalar) – hisoblanadi.
Unga asosan:
Siyosiy partiyalarga bosma, ko’rgazmali, audiovizual materiallarni,
fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot
materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib
beriladi. Tashviqot materiallari albatta O’zbekiston hududida tayyorlangan bo’lishi
kerak.
168
Bosma, ko’rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida
quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
- tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxs
bo’lsa familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan manzili va u haqda boshqa
ma’lumotlar;
- tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning (jismoniy shaxs
bo’lsa familiyasi, ismi, otasining ismi);
- tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to’g’risidagi axborot.
Saylovoldi tashviqoti olib borishning muhim usullaridan biri saylovchilar bilan
uchrashuvlar hisoblanadi (271-251moddalar). Bu shaklning muhimligi shundaki, bu
usulda saylovchi nomzodlar bilan, ularning vakillari siyosiy partiya vakillari bilan
yuzma-yuz uchrashadi.
Yuzma-yuz uchrashuvda nomzod haqida to’laroq, ishonchliroq ma’lumotga
ega bo’lishi mumkin. Nomzodni kimligi haqida uchrashuvlarda to’laroq tasavvur
xosil bo’ladi.
Saylov to’g’risidagi qonunlarning tegishli moddalarining normalari, saylovoldi
tashviqoti bo’yicha saylovchilar uchrashuvi haqida quyidagi qoidalardan iborat:
- deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan
uchrashuvlar o’tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib
beriladi;
- saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan
mustaqil ravishda o’tkaziladi. Ularni o’tkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida,
uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda
saylovchilarni xabardor qiladi;
- davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari nomzodlarga,
siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish uchun jihozlangan
xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam
ko’rsatishlari shart;
- nomzod yoki ularning vakillari boshqa deputatlikka nomzodlar yoki ularning
ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazishga yohud
boshqa deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilgan
saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqlidirlar.
Qonunlarning shu moddalarida va keyingi (28, 26-moddalarida)
nomzodlarning ishonchli vakillarini tashviqot ishlarida ishtirok etishi belgilab
qo’yilgan1.
Saylovoldi tashviqoti turlari, vositalari, usullarini qonunchiligimizda aniq
belgilab qo’yilganligi, tashviqot ishlarini moliyaviy ta’minlash davlat hisobidan
bo’lishi va nazoratda amalga oshishi, ayrim xorijiy mamlakatlarda uchraydigan,
saylovchilarni og’dirish uchun turli noma’qul vositalardan foydalanish kabi usullarga
yo’l qo’ymaydi.
3-§. Saylovoldi tashviqotini olib borishdagi cheklovlar
1 Bu haqda batafsil ma'lumоt darslikning 10-mavzusida berilgan.
169
Saylovoldi tashviqoti saylovlarni demokratik o’tishini ta’minlovchi shartlardan
bo’lib, u aslo saylovlarni erkin o’tishiga, saylovchilar o’z xohish-irodasini ixtiyoriy
amalga oshirishiga to’sqinlik, ta’sir qilmasligi kerak. Shuning uchun u qonun
doirasida tartibga solinib, unda albatta bajarilishi kerak shartlar va qilish mumkin
bo’lmagan harakatlar ko’rsatib qo’yilgan.
Avvalo shunga e’tibor berish kerakki saylovoldi tashviqoti aniq muddatda
boshlanib, belgilangan muddatda tugatiladi.
Prezident saylovi to’g’risidagi qonunda saylovoldi tashviqoti nomzod
ro’yxatga olingandan boshlanib, saylov kunida to’xtatiladi.
Deputatlikka saylov qonunlarida esa deputatlikka nomzodlar ro’yxatga
olingandan boshlanib, ovoz berishga bir kun qolganda to’xtatiladi. Ovoz berish kuni
va ovoz berishga bir kun qolganda tashviqot yuritishga yo’l quyilmaydi.
Binolarga, inshoatlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylov oldi
tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganda olib qo’yiladi.
Saylovoldi tashviqotini saylovga bir kun qolganda to’xtalish haqida qoidani
qonunchiligimizga kiritilishi saylovchilarga o’z qarashlarini, siyosiy xayrixohligini
aniqlab olish, boshqacha aytganda, ularning kim uchun va qanday siyosiy dastur
uchun ovoz berish masalasida ongli ravishda aniq bir qarorga kelishi uchun
qo’shimcha vaqt berilishiga imkon yaratishni maqsad qilib qo’yadi. Qonunchilikni
bunday takomillashtirish ovoz berish arafasida turli suiiste’molchilik holatlarini
oldini olish imkoniyatlarini beradi1.
Saylovoldi tashviqoti olib borilganda foydalaniladigan ma’lumotlar boshqa
nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini
buzmasligi sharti bo’lib, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan, shuningdek, deputatlikka
nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur еtkazadigan ma’lumotlarni tarqatish
taqiqlanadi.
Qonunchilikda saylovoldi tashviqoti faqat qonunda belgilash usullar orqali
amalga oshirilishi ko’rsatilib, tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli
shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko’rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari)
shuningdek pul mablag’lari to’lash yo’li bilan olib borish taqiqlanadi.
Tashviqot ishlari mablag’ sarflanadigan faoliyat, shuning uchun uni
moliyalashtirish qat’iy tartibga solinadi. Saylovoldi tashviqoti saylovga ajratilgan
mablag’ (davlat hisobidan) hisobidan moliyalashtirilab, boshqacha yo’l bilan
moliyalashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Saylovoldi tashviqoti uchun xorijiy davlatlar,
tuzilmalar mablag’laridan foydalanish taqiqlanadi. Saylov uchun qonunda
belgilangan tartibda ixtiyoriy ajratilgan mablag’lar Markaziy saylov komissiyasi
(mahalliy Kenashlarga saylov o’tkazuvchi komissiyalar) tomonidan teng taqsimlanib,
biror-bir nomzod yoki siyosiy partiyaga imtiyoz berilmaydi.
Saylov kampaniyasi davrida saylovda ishtirok etmaslikka, ovoz bermaslikka
qaratilgan tashviqotlar taqiqlanadi. Bunday hollar yuz bersa tegishli tartibda
javobgarlikka tortishga asos bo’ladi.
1 Qarang: Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T.: О’zbekistоn, 2010, 40-bet.
170
4-§. Ovoz berishda saylovchilar ro’yxatining ahamiyati
Saylovchilar ro’yxatini saylovlardagi muhim yuridik hujjat bo’lib, u
fuqarolarning saylov huquqini amalga oshishini ta’minlaydi. Fuqarolarning saylov
huquqlari Konstitusiyada belgilangan bo’lsada, uni amalga oshishi uchun albatta
saylovchilar ro’yxatiga kiritilgan bo’lishi kerak.
Saylovchilar ro’yxati saylovni muhim prinsiplari – umumiy, teng prinsiplarni
amalga oshishini ta’minlovchi hujjatdir. Birinchidan, ro’yxat asosida barcha fuqarolar
saylash huquqini amalga oshira oladi. Ikkinchidan, ro’yxat asosida saylovchilarning
teng huquqliligi, bitta ovozga egaligi ta’minlanadi. Bir fuqaro faqat bir saylov
uchastkasida tuziladigan ro’yxatga kiritilishi bilan bitta ovozga ega bo’ladi.
Saylovchilarning ro’yxati barcha mamlakatlarda saylov davrida saylovchilarni
hisobga oladigan hujjat hisoblanadi. Saylovchilarni saylovchilar ro’yxatiga kiritish
usuli turlicha (ikki xil). Ayrim mamlakatlarda fuqarolar saylovchilar ro’yxatiga
kiritishni so’rab, tegishli davlat organlariga ixtiyoriy murojaat qilishganda
saylovchilar ro’yxatiga kiritiladi.
Masalan, AQShda, Fransiyada.1 Bu bir tomondan saylovda ishtirok etishning ixtiyoriylik
prinsipiga mosga o’xshaydi. Ikkinchi tomondan esa bu tartib ko’plab fuqarolarni saylovda ishtirok
etmasligini keltirib chiqaradi. Chunki har xil sabablar bilan murojaat qilganlar ro’yxatga kiritilmay
qoladi.
Ko’pchilik davlatlarda, jumladan O’zbekistonda saylovchilar ro’yxatini
tuzishda fuqarolarning murojaat qilishi shart bo’lmasdan, saylov kuni 18 yoshga
to’lgan barcha fuqarolar yashash joyidan, saylov komissiyalari tomonidan ro’yxatga
kiritiladi.
Saylovchilar ro’yxati:
-ovoz berishga asos bo’ladi, u asosida saylovchilarga saylov byulleteni
tarqatiladi;
-saylov uchastkasida qancha saylovchi borligi aniqlanadi;
-ro’yxat asosida qancha saylovchi ovoz berishda ishtirok etganligi, qanchasi
ishtirok etmaganligi aniqlanadi;
-ovoz berish natijasini aniqlashda muhim hujjat hisoblanadi.
5-§. Saylovchilar ro’yxatini tuzish va ro’yxat bilan tanishtirish
Saylovchilar ro’yxati muhim hujjat bo’lganligi sababli uni tuzish, ro’yxat bilan
saylovchilarni tanishtirish tartiblari qonun bilan tartibga solinadi. Bu masala
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunning 21-23-
moddalari, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi
Qonunning 32-34-moddalari, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 29-31-moddalari bilan tartibga
solinadi.
Saylovchilar ro’yxati har bir saylov uchastkasida, uchastka saylov komissiyasi
tomonidan tuziladi. Ro’yxatni komissiya raisi va kotibi imzolaydi. Saylovchilar
ro’yxatini tuzish ishlariga jamoatchilik vakillari, faollar jalb qilinadi.
1 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.268.
171
Deputatlarni saylovida ro’yxatga saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o’n
sakkiz yoshga to’ladigan, ro’yxat tuzilayotgan vaqtda saylov uchastkasi hududida
doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar kiritiladi1. Demak, ro’yxatga
kiritish uchun:
- o’n sakkiz yoshga to’lgan bo’lish;
- shu hududda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan bo’lish;
- O’zbekiston fuqarosi bo’lish kerak.
Har bir saylovchi faqat bitta ro’yxatga kiritiladi.
Saylovchilar ro’yxatini tuzishda davlat organlari, muassasa, tashkilotlar ham
ishtirok etadi.
Tuman va shahar hokimliklari saylovchilar hisobiga olinishini ta’minlaydilar
hamda uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchilar
to’g’risida saylovchilar ro’yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning, shuningdek ularning oila a’zolari
va boshqa saylovchilarning, agar ular harbiy qismlar joylashgan еrda istiqomat
qilsalar, ro’yxatlari harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar
asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar
o’zlari yashab turgan hududdagi saylov uchastkasida tuzuladigan ro’yxatga, umumiy
asosda kiritiladi.
O’zbekistonnning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarida, sanatoriylar va
dam olish o’ylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida,
qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilar ro’yxatlari
mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar
asosida tuziladi.
Qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishga asosan, qamoq joylarida saqlanayotgan
fuqarolar ham saylash huquqiga ega bo’ladi, bu aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga
to’la mos bo’lib, umumiy saylov huquqini kengaytiradi va xalqaro talablarga to’la
mos tushdi.
Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro’yxatida ovoz berishni tashkil
etish uchun qo’lay bo’lgan tartibda ko’rsatiladi.
Ro’yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan
sanasi va yashash joyi manzili aniq ko’rsatiladi.
Saylovchilarning ro’yxatlari umumiy asosda saylovga o’n besh kun qolganda,
alohida tartibda tuziladigan saylov uchastkalarida: O’zbekistonning xorijiy
davlatlardagi vakolatxonalarida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalar va
boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo’lgan joylarda,
qamoqda saqlash joylarida saylovga еtti kun qolganda hamma tanishib chiqishi uchun
taqdim qilinadi (ko’rinarli joylarga osib qo’yiladi). Uchastka saylov komissiyasi
ro’yxat bilan tanishish joyi va vaqti to’g’risida saylovchilarni xabardor qiladi.
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi joylashgan binoda saylovchilar ro’yxati
bilan tanishish uchun barcha imkoniyatlar, qulayliklar yaratiladi.
Saylovchilar ro’yxati bilan tanishish natijasida, saylovchi noaniqliklarni
aniqlaydigan bo’lsa, bu haqda uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin.
1 Prezident saylоvida ham shu tartibda kirtiladi (qоnnuning 21- mоddasi).
172
Shunday holat bo’lsa, uchastka saylov komissiyasi 24soat ichida arizani ko’rib
chiqishi va xatoni, noaniqliklarni tuzatishi yoki arizachiga ariza rad etilganligi
to’g’risida asoslantirilgan javob berishi kerak.
Fuqaro ro’yxatga kiritilmay qolganda ham masala yuqoridagidek hal qilinadi.
Asos bo’lsa qo’shimcha ro’yxatga kiritiladi.
Saylov komissiyasining harakati yuzasidan, saylovchi unga qoniqmasa
qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Prezident saylovi to’g’risidagi Qonunning 23-moddasida saylovchilar
ro’yxatidagi noaniqliklar haqida arizalarni ko’rish tartibini boshqacharoq kengroq hal
qilgan. Unga asosan ro’yxat xususidagi shikoyatlar, saylov komissiyasi tomonidan
ikki kunlik muddat ichida, saylov arafasida yoki saylov kuni shikoyat bo’lsa darhol
ko’rib chiqiladi. Komissiya qarori ustidan tuman, shahar sudiga saylovdan kechi
bilan uch kun oldin shikoyat qilishi mumkin. Sud shikoyatni ikki kun ichida ko’rib
chiqishga majbur. Sud qabul qilgan qaror qat’iy hisoblanadi.
6-§. Saylov byulletenlari
Saylov byulleteni matni Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga
muvofiq okrug saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan, yashirin ovoz berishda
saylovchi o’z xohish-irodasini bildiradigan hujjat.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunning 27-
moddasi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning
35-36-moddalari va mahalliy Kengashga saylovlar to’g’risidagi qonunning tegishli
moddalari saylov byulletenlari haqida normalardan iborat.
Prezident saylovi to’g’risidagi qonunning 27-moddasida Prezident sayloviga
doir saylov byulletenlarining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
tasdiqlanadi. Nomzodlar byulletenga alifbo tartibida kiritilib, unda nomzodning
familiyasi, ismi, otasining ismi, to’g’ilgan yili, egallab turgan lavozimi
(ma’lumotining turi) va ish joyi ko’rsatiladi. Byulletenda uni to’ldirish qoidalari
beriladi. Byulletenlar Markaziy saylov komissiyasining farmoyishiga ko’ra saylovga
yigirma kun qolganda davlat tilida nashr qilinadi. Okrug saylov komissiyasining
qaroriga binoan byulletenlar okrugning ko’pchilik aholisi so’zlashadigan tilda ham
nashr etilishi mumkin.
Deputatlar saylovi to’g’risidagi qonunlarning saylov byulletenlari haqidagi
moddalarida saylov byulletenlarini kim tasdiqlashi ko’rsatilmagan, lekin Oliy
Majlisga saylov to’g’risidagi qonunning okrug saylov komissiyasining vakolatlari
deb nomlangan 13-moddasi 13-bandiga asosan saylov byulletenlarini Markaziy
saylov komissiyasi tasdiqlangan namunaga muvofiq okrug saylov komissiyasi
tasdiqlashi, mahalliy Kengashlarga saylov to’g’risidagi qonunning 13-moddasi 9-
bandiga asosan saylov byulletenlari matnini okrug saylov komissiyasi tasdiqlaydi.
Deputatlikka saylovlardagi saylov byulletenlariga ham nomzodlar alifbo
tartibida keltirilib ularda ham nomzodlarning familiyasi, ismi, tug’ilgan yili, egallab
turgan lavozimi (mashg’ulot turi), uni deputatlikka nomzod qilib ko’rsatgan siyosiy
partiya ko’rsatiladi va byulletenni to’ldirish qoidasi yozib qo’yiladi. Saylov
byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan
okrugning ko’pchilik aholisi so’zlashadigan tillarda nashr qilinadi.
173
Barcha saylovlarda saylov byulletenlari okrug saylov komissiyalari tomonidan
uchastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolganda еtkazib beriladi.
Saylov byulletenlarini berilganligi va olinganligini okrug va uchastka saylov
komissiyasining raisi yoki o’rinbosari yoki kotibi o’z imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Saylov uchastkasi oladigan saylov byulletenlarining soni, tegishli saylov
uchastkasi bo’yicha saylovchilarning ro’yxatiga kiritilgan saylovchilar sonining
yarim foizidan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Saylov byulletenlarining o’ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov
komissiyasining ikki a’zosi imzo qo’yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining
muhri bilan tasdiqlanadi. Shunday byulletenlar ishlatishga yaroqli, haqiqiy sanaladi.
Imzosiz byulletenlar ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Xulosa.
Saylovlarda qaysi nomzod еtarli miqdorda ovoz olib saylanishida, saylovchilar
qaysi siyosiy partiyalar nomzodlarini qo’llab-quvvatlashda saylovoldi tashviqoti
muhim rol o’ynaydi. To’g’ri va qonunniy saylovoldi tashviqoti partiyalar, nomzodlar
o’rtasida sog’lom raqobat bo’lishini ta’minlaydi.
Saylovoldi tashviqotining saylovlardagi muhim ahamiyatga egaligi sababli
tashviqot tushunchasi, turlari, shakl va usullari saylov to’g’risidagi qonunlarda aniq
mustahkamlab qo’yildi. Uning yanada foydali bo’lishi uchun, ovoz berishdan bir kun
oldin har qanday saylovoldi tashviqotlarini to’xtatishi ham qonunda belgilab qo’yildi.
Qonunlarda saylovoldi tashviqoti olib borishda o’rnatilgan ayrim cheklovlar,
taqiqlar aslo saylov o’tkazishning demokratik prinsiplariga, хalqaro talablarga zid
bo’lmasdan, aksincha ularga to’la mosdir.
Masalan, “Haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek deputatlikka
nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur еtkazadigan ma’lumotlarni tarqatishni taqiqlanishi”.
Ovoz berishni to’g’ri tashkil qilishda, teng saylov prinsipini ro’yobga
chiqarishda saylovchilar ro’yxati muhim rol o’ynaydi. Saylovchilar ro’yxatini
tuzishda O’zbekistonda qo’llaniladigan – barcha 18 yoshga еtmaganlarni ularni
roziligini so’ramay ro’yxatga kiritish tartibi ham umumiy saylov prinsipini amaliy
ifodasidir. Saylovchilar ro’yxati saylovchilarni ro’yxatga olish bilan cheklanmay, u
asosida byulleten tarqatiladi, ovoz berishda ishtirok etganlar, etmaganlar soni
aniqlanadi, mamlakatimizda saylovchilar ro’yxati yuzasidan kelib chiqadigan
kelishmovchiliklar, baxs-munozaralarining hal qilishining eng oddiy va demokratik
yo’li belgilangan va u qonuniy asosga ega. Ovoz berishda saylovchilar ro’yxati bilan
birga yana bir hujjat – saylov byulletenlaridan foydalaniladi. Ularni tasdiqlash,
еtkazib berish, rasmiylashtirishning aniq qoidalar belgilangan bo’lib, bu qoidalar
saylov natijalarini buzish, soxtalashtirishga yo’l qo’ymaydi.
Nazorat uchun savollar.
1. Barcha turdagi saylovlarda saylovoldi tashviqoti saylov jarayonining eng
muhim bosqichi hisoblanadi.
174
Ushbu bosqichning boshqa bosqichlardan farqini muxokama qiling. Uning
qonun hujjatlari asosida tahlil eting hamda huquqiy baho bering.
2. O’zbekistonda saylovoldi tashviqot olib borishning o’ziga xos usullari,
shakllari, turlari mavjud.
Mazkur ko’rinishlarning bir-biridan farqini ajrating hamda xorijiy
mamlakatlardagi saylovoldi tashviqot olib borishdagi asosiy farqlarini aniqlang va
muxokama qiling.
3. Navbatdagi O’zbekiston Respublikasi oliy vakillik organiga bo’lib o’tadigan
saylovlar munosabati bilan N.nomli partiya si'ezdida qaror qabul qilindi. Mazkur
qarorga asosan, deputatlikka nomzodlar ko’rsatildi va ularning saylov oldi tashviqoti
boshlab yuborildi. Partiya vakillari bu jarayonda ommaviy axborot vositalari, bosma,
ko’rgazmali va audiovizual tashviqotlardan hamda saylovchilar bilan uchrashuvlar
olib bora boshladi. Bu jarayondan xabar topgan L. nomli partiya vakili N. nomli
partiyani saylov qonunchiligi normalarini buzayotganligida ayblab sudga murojaat
qildi.
Savol
1. Saylovoldi tashviqotini huquqiy tartibga solish asoslarini ko’rsatib bering.
2. Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari haqida to’liq
axborot bering.
3. Saylovoldi tashviqotiga qo’yilgan talablar asosida mazkur vaziyatga
huquqiy baho bering.
4. Faraz qiling fuqaro A. O’zbekiston XDP nomidan saylovlarda nomzodini
qo’yishini so’rab murojaat qilishdi. Fuqaro A. saylovda XDP nomidan ro’yxatdan
o’tkazildi. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fuqaro A. MTDP a’zosi
ekanligini bildirdi.
Savol
1. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, saylovlarda nomzodlar
ko’rsatish tartibini yoritib bering.
2. Saylovoldi tashviqotini huquqiy tartibga solish faoliyatiga to’xtaling.
3. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering?
13-mavzu. Saylovlarda ovoz berishni tashkil etish, natijalarini aniqlash.
Saylovlarda ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish. Ovoz berishni tashkil
etish va o’tkazish. Ovoz berish natijasini aniqlash va e’lon qilish.
Ekoharakatdan qonunchilik padatasiga deputat saylovini tashkil etish va
o’tkazish. Senatorlar saylovini tashkil etish va o’tkazish.
Mavzuda saylov jarayonining muhim tadbirlaridan hisoblanadigan ovoz
berishga tayyorgarlik ko’rish, bunda bino va ashyolarni tayyorlash, hujjatlarni
tayyorlash; ovoz berishni tashkil etish va o’tkazish, ovoz berish natijasini aniqlash va
e’lon qilish; bu ishlarni keng jamoatchilik ishtirokida olib borish, O’zbekiston saylov
tizimining muhim xususiyati ekanligini ko’rsatish maqsad qilib qo’yilgan.
175
O’zbekiston saylov tizimining tarkibiy qismi va amaliy ifodasi bo’lgan
Ekoharakatdan deputat saylashni tashkil qilish va natijalarni aniqlash, shuningdek
Senatorlar saylovini o’tkazish va natijalarini aniqlash, natijalarini e’lon qilish
masalalari o’quvchilarga еtkaziladi.
1-§. Saylovlarda ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish.
Ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish bir necha tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ovoz
berish xonalarini jixozlash, saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi haqida
ogohlantirish ovoz berishga tayyorgarlik ko’rishdagi asosiy tadbirlardir.
Barcha saylovlarda ovoz berish maxsus jixozlangan xonalarda o’tkazilishi
qonunlarda belgilab qo’yilgan. Xonalar mahalliy hokimiyat organlari tomonidan
ajratiladi va uchastka saylov komissiyasi tomonidan jixozlanadi. Bunda
saylovchilarga qulaylik, ovoz berishni yashirin o’tkazishni ta’minlovchi holatlar
bo’lishi muhim hisoblanadi.
Ovoz berish xonalarida еtarli miqdorda kabinalar jihozlangan va ovoz berish
qutilari o’rnatilgan bo’lishi kerak. Qutilar va kabinalar shunday o’rnatilishi kerakki,
albatta ovoz beruvchi qutiga ovoz berish xonasidan o’tib borishi ta’minlanishi kerak.
Ovoz berish kuni shu binoda boshqa hech qanday tadbirlar o’tkazilmasligi kerak.
Ovoz berish binosini, xonasini jixozlash, unda zarur tartibni saqlash uchun
uchastka saylov komissiyasi javobgar bo’ladi.
Ovoz berish o’tkazilayotgan binolarda ovoz beruvchilarga favqulotda
holatlarda tibbiy xizmat ko’rsatish zarurati tug’ilish holatlari nazarda tutilishi, buning
uchun tibbiy uskunalar, tibbiy vositalar tayyorlab qo’yilishi, tibbiy xodimlarni
navbatchiligi tashkil etilishi lozim. Bolali onalarga ovoz berishda qulaylik yaratish
uchun, bolalar uchun burchaklar tashkil etish, ularni jixozlash ham saylovga
tayyorgarlik ko’rish tadbirlari qatoriga kiradi.
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o’tkaziladi. Ovoz berish vaqti
va joyi haqida uchastka saylov komissiyasi barcha saylovchilarni kechi bilan
saylovga o’n kun qolganda ogoxlantiradi. Saylovchilarni ogoxlantirishda, har bir
saylovchining ro’yxat raqami ko’rsatilgan taklifnomani saylovchilar yashash joyiga
еtkazilishi alohida ahamiyat ega. Shunday taklifnomani olgan saylovchi, ovoz berish
kunio’ziga qulay vaqtda saylov uchastkasi borib, hech qanday qiyinchiliksiz o’z
familiyasini topadi (ko’rsatilgan raqaam asosida) va saylov byulletenini oladi.
Ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish, saylov komissiyalari a’zolariga ovoz
berish kuni saylov byulettenlarini tarqatish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berishni
ham o’z ichiga oladi.
Ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish ishlariga uchastka saylov komissiyasi,
jamoatchilk vakillarini, faollarni keng jalb qiladi.
Ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish yuqorida aytilganlardan tashqari, saylov
byulletenlarini tayyorlash, muddatdan oldin ovoz berish uchun saylov varaqalarini
tayyorlash ishlarini ham o’z ichiga oladi.1
2-§. Ovoz berilni tashkil etish va o’tkazish.
1 Saylоv buylletenlarini tayyorlash 12-mavzuda yoritilgan.
176
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining
uchdan ikki qismi xozir bo’lganda ochiladi. Uchastka saylov komissiyasining raisi
komissiya a’zolari xozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlarini va
saylovlarining ro’yxatlarini komissiya a’zolari o’rtasida taqsimlaydi hamda saylov
boshlanganligini e’lon qiladi. Saylov byullettenlarining umumiy soni alohida hujjat
bilan rasmiylashtiriladi. Saylov qutilarini muhrlashda, kuzatuvchilar, deputatlarning
ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, ommaviy axborot
vositalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ovoz berishga kelgan har bir saylovchi o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjat
ko’rsatishi kerak. Shu hujjat va saylovchilar ro’yxati asosida saylovchiga byulleten
beriladi va u byulleten olganligi haqida ro’yxatga imzo qo’yadi.
Agar saylovchi biron bir sababga ko’ra ro’yxatga kiritilmagan bo’lsa, uning
shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan (bu asosan pasport
hisoblanadi) saylovchilar ro’yxati ilovasiga qo’shiladi va unga asosan byulleten
beriladi.
Saylovchi byulleten olgach yashirin ovoz berish kabinasiga kirib, byulletenni
to’ldiradi. Shu vaqtda kabinada ovoz beruvchidan boshqa hech kim bo’lmasligi
kerak. Agar saylovchi mustaqil byulletenini to’ldirish imkoniga ega bo’lmasa, o’z
xohishiga ko’ra biron kishini kabinaga taklif qilib, byulletenni to’ldirishda uning
yordamidan foydalanishi mumkin. Faqat byulleten to’ldirishga yordam beruvchi
shaxs kuzatuvchilardan, nomzodlarning ishonchli vakillaridan bo’lmasligi kerak.
Ovoz beruvchi byulletendagio’zi xohlagan nomzodning familiyasi ro’parisi
o’ng tomonida joylashgan bo’sh kvadratga belgi-krestik kiritib qo’yadi. Bu
saylovchini shu nomzodni yoqlab ovoz berganini bildiradi.
Ovoz berilgan byulleten saylov qutisiga tashlanadi. Mobodo saylovchi
byulleteni buzib qo’ysa, uning iltimosiga ko’ra boshqa byulleten beriladi. Buzilgan
byulletenlar hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Saylov to’g’risidagi qonunlar saylov kuni o’z yashash joyida bo’lmagan
saylovchilarni ovoz berish tartibini ham alohida mustahkamlagan.
Saylov kuni o’z yashash joyida bo’lish imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchi
muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Deputatlar saylovi to’g’risidagi qonunlarga ko’ra, muddatidan oldin ovoz
berish saylovga o’n kun qolganda boshlanadi va saylovga bir kun qolganda
tugatilgan. Muddatidan oldin ovoz berishni o’tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi
tomonidan belgilinadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, OAV vakillari
e’tiboriga еtkaziladi.
Saylovchi muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov kuni yashash joyida
bo’lmasligi sabablarini ko’rsatib, (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va boshqalar)
ariza bilan uchastka saylov komissiyasiga murojaat qilib, saylov varaqasini oladi.
Saylovchi saylov varaqasini olgani haqida saylov komissiyasining kamida ikki nafar
a’zosi xozirligida saylovchilar ro’yxatiga imzo qo’yadi va maxsus xonada varaqani
to’ldirib, varaqani yopiq konvertda saylov komissiyasiga topshiradi. Konvertning
еlimlangan joyiga komissiyaning ikki nafar a’zosi imzo qo’yadi va u komissiya
muhri, saylovchi imzosi bilan tasdiqlanadi.
177
Prezident saylovi to’g’risidagi qonunda muddatidan oldin ovoz berish
qachondan boshlanib, qachon tugashi ko’rsatilmagan.
Barcha saylovlarda ayrim saylovchilar salomatligi tufayli ovoz berish binosiga
kela olmaydigan bo’lsa, ularning iltimosiga binoan, uchastka saylov komissiyasi,
komissiyaning kamida ikki a’zosiga ovoz berishni shu saylovchilar turgan (istiqomat
joyida) joyida tashkil qilishni topshiradi. Uchastka binosidan tashqarida ovoz berish
faqat saylov kuni fuqarolarning yozma yoki og’zaki murojaati assosida tashkil etiladi.
Uchastka saylov komissiyasi binosidan tashqarida o’tkazilgan ovoz berishda ham
kuzatuvchilar ishtirok etish mumkin. Bunday ovoz berish maxsus, belgilangan
tartibda muhrlangan qutilarga byulleten tashlash orqali o’tkaziladi. Saylov binosidan
tashqarida ovoz berishni o’tkazish uchun borayotgan saylov komissiyasi a’zolari
ixtiyorida muhrlangan ko’chma saylov qutisi va faqat zarur miqdordagi
rasmiylashtirilgan byulletenlar bo’lishi lozim.
Saylov o’tkazishning xalqaro tajribasida ovoz berishda byulleten to’ldirishdan
tashqari boshqacha usullardan ham foydalaniladi.
Masalan AQShda ovoz berishda maxsus mashinalardan ham foydalaniladi. Bundan tashqari
saylov kuni yashash joyida bo’lmaganlarni ovoz berishni tashkil qilishda ham xorijiy
mamlakatlarda turli yo’llardan foydalanadi. Bunday saylovlar germaniyada pochta orqali ovoz
berish, Fransiyada ovoz berishni (ishonch qog’ozi orqali) boshqa kishiga topshirishi mumkin.1
3-§. Ovoz berish natijasini aniqlash va e’lon qilish.
Soat 20.00da ovoz berish tugagani e’lon qilinadi.
Xorijiy davlatlardagi vakolatxonalar huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylar
va dam olish joylarida, kasalxonalar va boshqa stansionar davolash joylarida,
shuningdek olis va borish qiyin joylarda tashkil qilingan saylov uchastkalarida,
ro’yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo’lgan bo’lsa, uchastka saylov
komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.
Saylov uchastkalarida ovoz berish tugagach, komissiya a’zolari xozirligida,
muddatidan oldin ovoz berilgan saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga
tashlanadi. Foydalanilmay qolgan saylov byulletenlari sanab chiqilib, bekor qilinadi.
Saylov qutilari komissiya raisi ovoz berish tugaganligini e’lon qilgach
komissiya tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguncha qutilarni ochish mutlaqo
mumkin emas.
Saylov komissiyasi dastlab saylovchilarning umumiy sonini va byulleten olgan
saylovchilar sonini aniqlaydi. So’ngra komissiya har bir nomzodga berilgan ovozlarni
alohida-alohida sanab chiqiladi.
Saylov qutilaridagi byulletenlarga asosan komissiya, ovoz berishda ishtirok
etgan saylovchilarning umumiy sonini har bir nomzodga berilgan ovozlar sonini,
haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va saylov varaqalarining sonini aniqlaydi.
1 Bular haqida qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009,
стр.271.
178
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek
bittadan ortiq kvadratga belgi qo’yilgan yoki umumiy belgi qo’yilmagan byulleten va
varaqalar haqaqiy emas deb topiladi. Byulleten va varaqalar shubha tug’dirsa masala
komissiyada ovozga qo’yilib hal qilinadi.
Ovozlarni sanab chiqishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakili ishtirok etishi
mumkin. Ovozlarni aniqlashda xonada kuzatuvchilar, OAV vakillari xozir bo’lishlari
mumkin.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida
ko’rib chiqilib, bayonnomada qayd qilinadi. Bayonnoma rais, rais o’rinbosar, kotib
va a’zolar tomonidan imzolanadi. Bayonnoma rais yoki o’rinbosar tomonidan o’qib
eshittiriladi va nusxasi uchastka binosiga 48 soatdan kam bo’lmagan muddatga olib
qo’yiladi. Bayonnoma tegishli tartibda okrug saylov komissiyasiga taqdim qilinadi.
Saylov natijalarini aniqlashning keyingi bosqichi natijalarni okrug bo’yicha
aniqlashdir. Okrug bo’yicha saylov natijalari uchastka saylov komissiyasi taqdim
etgan bayonnomalar asosida aniqlanadi. Uchastka saylov komissiyalari bayonnomasi
asosida okrug saylov komissiyasi:
- okrug bo’yicha saylovchilarning umumiy sonini;
- saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini;
- ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
- har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- haqiqiy emas deb topilgan byulleten va varaqalar sonini aniqlaydi.
Okrug bo’yicha natija okrug saylov komissiyasi majlisida aniqlanib
bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma komissiya raisi, o’rinbosari, kotibi va
a’zolari tomonidan imzolanib Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Xalq deputatlari mahalliykengash saylovida okrug saylov komissiyasining
bayonnomasi tegishli viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga taqdim etiladi.
Saylov natijalarini aniqlashning keyingi bosqichi Prezident va Qonunchilik
palatasiga deputat saylovida natijani Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
aniqlash, mahalliy Kengash depututlari saylovida natijani tegishli viloyat, tuman va
shahar saylov komissiyalarida aniqlashdir.
Prezident saylovida, Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov
komissiyalaridan va xorijiy davlatlardagi vakolatxonalar huzuridagi tuzilgan uchastka
saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida respublika bo’yicha
saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; saylov
byulletenlari va araqalaini olgan saylovchilarning sonini; har bir nomzodni yoqlab
berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
Prezident saylovida ikki nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok
etgan saylovchilarning nisbiy ko’pchilik ovozini olgan nomzod saylangan
hisoblanadi. Saylovda ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda ovoz berishda
ishtirok etgan saylovchilar ovoziining yarmidan ko’pining ovozini olgan nomzod
saylangan hisoblanadi. 2015-yil 29-martda bo’lib o’tgan saylovda Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar harakati O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod etib
ko’rsatilgan I.A.Karimov saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90,
179
39 foizi ovozini olib, Prezidentlikka saylandi1. Saylovda turli sabablar bilan bitta
nomzod ishtirok etgan bo’lsa, u nomzod ovoz berishda ishtirok etganlarni yarmidan
ko’pini ovozini olsa saylangan hisoblanadi. Saylovlarda ro’yxatga kiritilgan
saylovchilarning o’ttiz uch foizidan kam saylovchi ishtirok etsa, saylov o’tmagan
hisoblanadi.
Saylov vaqtida yoxud ovozlarni sanab chiqishda yo’l qo’yilgan hamda ovoz
berish yakunlariga ta’sir etgan qoida buzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim
okruglar yoki ayrim saylov uchastkalari bo’yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bunday qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror
ustidan ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida Oliy
Sudga shikoyat qilish mumkin. Shikoyat qilish huquqi Prezidentlikka nomzodlarga
tegishli.
Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda
ana shu okruglar, uchastkalar bo’yicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham
saylov umuman bo’lib o’tgan deb topilishi mumkin bo’lsa, Markaziy saylov
komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib
tashlanadi.
Qonunchilik palatasiga deputat saylovida Markaziy saylov komissiyasi okrug
saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida saylov natijalarini aniqlaydi.
Markaziy saylov komissiyasi bayonnomalar asosida:
- O’zbekiston bo’yicha saylovchilarning umumiy sonini;
- Saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini;
- Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
- Har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- Haqiqiy emas deb topilgan byulleten va varaqalar sonini aniqlaydi.
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko’pining ovozini
olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Bu saylovda ham ro’yxatga kiritilgan
saylovchilarning kamida o’ttiz uch foizi ishtirok etgan bo’lishi kerak. Aks holda
saylov o’tmagan hisoblanadi.
Saylov chog’ida yo’l qo’yilib, oqibat natijada ovoz berish yaunlariga ta’sir
qilgan qoida buzarlik tufayli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoki ayrim saylov
uchastkalari bo’yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.bunday qaror Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan ovoz berish
yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida Oliy Sudga shikoyat qilishi
mumkin.
Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda
ana shu okruglar, uchastkalar bo’yicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham
saylov umuman bo’lib o’tgan deb topilishi mumkin bo’lsa, Markaziy saylov
komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib
tashlanadi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo’yicha bayonnoma
tuzadi va qaror qabul qiladi.
Mahalliy kengashga saylov bo’yicha saylovni yakuniy natijasi viloyat, tuman
va shahar komissiyalarida yuqoridagi tartibda aniqlanadi.
1 Xalq sо‘zi. 2015-yil 7 aprel.
180
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to’g’risidagi axborot
saylovdan keyin o’n kundan kechiiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
matbuotda e’lon qilinadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida Markaziy saylov komissiyasi okrug
saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, Ekoharakatning oliy organi tegishli
qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro’yxatga oladi va bu
xaqda deputatlarni xabardor qiladi. Ular ro’yxatga olingan paytdan e’tiboran
Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega bo’ladilar.
Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari to’g’risidagi axborotni va
deputatlar ro’yxatini ularning familisi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, partiyaga
mansubligi, egallab turgan lavozimi, ish va yashash joyi, saylov okruglarini tartib
raqami va joyi ko’rsatilgan holda o’n kundan kechiktirmay e’lon qilinadi.
Mahalliy Kengash deputatlari saylovida tegishli viloyat, tumanva shahar saylov
komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida
saylanganlarni ro’yxatga oladi va bu haqda ularni xabardor qiladi. Saylov yakunlarini
e’lon qilish Qonunchilik padatasi deputatlari saylovlari notijalarini e’lon qilishga
aynan o’xshaydi.
Saylanganlarni ro’yxatga olish, saylov yakunlarini e’lon qilishdan oldin,
shunday holatlar yuz bersa takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish, (bo’shab
qolgan o’rinlarga deputatlar saylash) qabi saylov tadbirlari o’tkazilishi mumkin. Bu
masala kyingi mavzuda maxsus o’rganiladi.
4-§. Ekoharakatdan Qonunchilik palatasiga deputat saylovini tashkil etish
va o’tkazish.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 15 ta
deputat O’zbekiston ekologik harakatidan saylanadi. Parlamentni quyi palatasini
shakllantirishda bu usulni qo’llanishi O’zbekiston saylov tizimini o’ziga xos
xususiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonuning 7
bobi “O’zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylash
tartibi” deb nomlanadi. Uning normalariga asosan Qonunchilik palatasining 15
deputati mazkur harakatning oliy organi (konfrensiyalar) tomonidan Makaziy saylov
komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi. Shuningdek qonunda saylovga
tayyorgarlik ko’rishni va o’tkazish ochiq amalga oshirilishi; deputat etib
saylanadiganlarga qo’yiladigan talablar, Markaziy saylov komissiyasiga taqdim
etiladigan hujjatlar; takroriy saylov o’tkazish, bo’shab qolgan o’rinlarga saylov
o’tkazish tartiblari belgilanib, Ekoharakatdan nomzodlar ko’rsatish va saylash tartibi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilinadi deb ko’rsatilgan. Shunga asosan
2014-yil 11-sеntyabrdagi 618-sonli qarori bilan Markaziy saylov komissiyasi
ekoharakatdan deputat saylash tartibini belgilovchi “O’zbekiston ekologik
harakatidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga
nomzod ko’rsatish va ularni saylash to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlagan.
Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash uchun mazkur harakat sylovga
kamida еtmish besh kun qolganda Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok
etish haqidagi qarorini va ro’yхatdan o’tganligini tasdiqlovchi hujjatni topshiradi.
181
Saylov uchun o’tkaziladigan eko harakat konfrensiyasi Qonunchilik palatasi
deputatlari vakolatlari muddati tugaydigan yil dekabr oyi uchunchi o’n kunligining
birinchi yakshanbasida chaqiriladi. Saylovga bag’ishlangan konfrensiyaga har bir
viloyat, Toshkent shahri va Qoraqolpog’iston Respublikasidan yigirma besh nafardan
deputat saylanadi.
Hududiy birliklarning deputat saylashga bag’ishlangan konferensiyalarda MSK
vakillari ishtirok etadi. Ekoharakat nomzod ko’rsatish va saylash bo’yicha
konferensiyasi kuni, vaqti va joyini belgilab, uni o’tkazilishidan o’n kun oldin bu
haqda MSKni xabardor qiladi.
Konferensiyada OAV vakillari va kuzatuvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyalarda nomzodlar ko’rsatish bo’yicha 15 kishidan iborat kengash
saylanadi.
Kengash har bir ma’muriy birlikdan va Markaziy ijroiya qo’mitalari nomida
ikkitadan nomzod ko’rsatadi. Nomzodlar ro’yxati har bir viloyat, Toshkent shahri va
Qoraqolpog’iston Respublikasi bo’yicha alohida tuziladi.
Har bir nomzod konferensiyada alohida muhokama qilinadi. Saylov yashirin
ovoz berish orqali o’tkaziladi. Ovoz berish byulleteni MSK tasdiqlagan byulleten
bo’yicha o’tkaziladi. Byulletenning o’ng tomoni yuqori burchagida sanoq
komissiyasining muhri va ikki a’zosining imzosi bo’lishi kerak.
Har bir nomzod alohida muxokama qilinib, ularni familiyasi yashirin ovoz
berish byulleteniga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Konferensiyada ishtirok
etayotgan deputatlarni ko’pchiligini ovozini olgan nomzod byulletenga kiritiladi.
Konferensiyada deputat saylash uchun ovoz berish ma’muriy hududiy birliklar
va ekoharakat ijroiya qo’mitasi uchun alohida-alohida o’tkaziladi. Buning uchun
ovoz beruvchilarga alohida-alohida byulleten beriladi.
Ovoz berishni o’tkazish va natijasini aniqlash uchun deputatlar orasidan еtti
nafar a’zo, shu jumladan rais va kotibdan iborat sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasi: ovoz berishni tashkil qiladi va o’tkazadi; yashirin ovoz
berish vaqti, joyi va tartibi haqida deputatlarga ma’lumot beradi; ovoz berish
byulletenlarini tayyorlaydi; ovoz beruvchilarni ro’yxatini aniqlab ularga byulltenlar
tarqatadi; ovozlarni sanab chiqadi, natija haqida bayonnamo tuzadi, bayonnomani
tasdiqlashni konferensiyaga kiritadi.
Yashirin ovoz berishdan oldin, sanoq komissiyasining raisi, ovoz berish
tartibini e’lon qilib, komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va
muhrlaydi.
Delegatlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilib byulleten oladi va bu haqda
ro’yxatga imzo qo’yadi.
Ovoz berish byulletenlari yashirin ovoz berish kabinalarida nomzod
familiyasining ro’parasiga krestik belgi qo’yish bilan to’ldirilib, saylov qutisiga
tashlanadi. Byulleten buzib qo’yilsa yangisi bilan almashtirilishi mumkin.
Ovoz berish tugagach, foydalanilmagan va buzib qo’yilgan byulletenlar
maxsus shtamp qo’yish orqali bekor qilinib, muhrlanib, alohida saqlanadi.
Sanoq komisiyasi ovoz berish tugagach, saylov qutisini ochadi va undagi
byulletenlarga asosan: ovoz berish bo’yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov
byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda ishtirok etgan
182
saylovchilar sonini; har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas
deb topilgan byulleten va varaqalar sonini aniqlaydi.
Boshqa nomzodlarga nisbatan ko’proq ovoz olgan nomzod, agar
konferensiyada ishtirok etayotgan delegatlarning ellik foizidan ortig’i ularni yoqlab
ovoz bergan bo’lsa, saylangan hisoblanadi.
Ovoz berish natijalarini aniqlash bo’yicha sanoq komissiyasi bayonnoma
tuzadi. U rais, kotib va barcha a’zolar tomonidan imzolanadi. Bayonnoma komissiya
majlisida rais tomonidan o’qib eshittirilib ovozga qo’yiladi va ko’pchilik ovoz bilan
tasdiqlanadi. Bayonnoma sanoq komissiyada tasdiqlansa, Ekoharakat konferensiyasi
deputatlar saylanganligi haqida qaror qabul qiladi. Konferensiyada bayonnoma
tuzilib, u raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi imzolanadi. Konferensiyada
Markaziy saylov komissiyasiga saylov hujjatlarini taqdim etuvchi vakil saylanadi.
Vakil uch kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasiga saylangan deputatlar
ro’yxatini taqdim etadi.
Ro’yxatga quyidagilar ilova qilinadi: konferensiyaning deputatlar saylanganligi
to’g’risidagi qarori; konferensiya bayonnomasidan ko’chirma (unda deputatlar
to’g’risida to’liq ma’lumot bo’ladi); saylangan deputatlarni bajarayotgan ishlaridan
ozod qilish haqidagi arizasi.
Ushbu ro’yxatlar asosida MSK deputatlarni ro’yxatga oladi va ularni
ogoxlantiradi.
5-§. Senatorlar saylovini tashkil etish va o’tkazish.
O’zbekistonda ikki palatali parlamentning vujudga kelishi uning yuqori
palatasi Senatning shakllanishining alohida tartibini o’rnatilishi saylov tizimini yangi
prinsiplar bilan boyitdi. Senat a’zolari alohida tartibda sayllanishi qonunlarda
belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning II-
bo’limi ”O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi”
deb nomlangan va uning normali senotorlar saylanishining asosiy masalalarini
tartibga soladi. Unga asosan Senat a’zolari viloyatlar, Toshkent shahri va
Qoraqolpog’iston Respublikasidan 6 kishidan shu hududlarning vakillik
organlarining qo’shma majlisida yaxshirin ovoz berish orqali saylanadi.
Senatning 16 a’zosi Prezident tomonidan tayinlanadi.
Qonun Senatga saylov o’tkazish muddatini, nomzodlarga qo’yiladigan
talablarni, ovoz berish natijalarini aniqlash va boshqa masalalarni tartibga solib,
qo’shma majlislarda Senatorlarni saylash taribi to’g’risidagi nizom Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilab qo’yilgan. Shunga asosan Markaziy
saylov komissiyasi, 2004-yil 18-sentabrda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlagan. Ushbu Nizomga
Markaziy saylov komissiyasining 2005-yil 4-yanvardagi 240-sonli va 2006-yil 14-
aprеldagi 270-sonli qarorlari bilan o’zgartishlar kiritilgan.
Senatga saylov Qoraqolpog’iston Juqorg’i Kengisi, mahalliy davlat hokimiyati
vakillik organlari saylanganidan keyin 1 oydan kechiktirmay o’tkaziladi. Qo’shma
majlis, agar unda deputatlar umumiy sonining 2/3 qismi hozir bo’lsa vakolatli
hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasi Mahalliy vakillik organlariga saylov
183
yakunlari e’lon qilingandan keyin uch kunlik muddatda qo’shma majlislar
o’tkazilishini e’lon qiladi. Qo’shma majlis o’tkazilishidan oldin deputatlar ro’yхatdan
o’tadi. Qo’shma majlisda MSK vakili ishtirok etadi va majlisni ochadi hamda
majlisga raislik qiluvchi nomzodi haqida taklif kiritadi. Rais saylangach, majlis kun
taribi va reglament tasdiqlanadi. Kun tartibiga Senat a’zolarini saylash masalasi
kiritiladi. Majlis ishini ta’minlash, yuritish uchun 3 kishidan 5 kishigacha miqdorda
ishchi hay’ati tuziladi, unga nomzodlar rais tomonidan taklif qiladi. Hujjatlar yuritish
uchun 3 kishidan iborat kotibiyat tuziladi. Majlisda qarorlar oddiy yashirin ovoz
berish yo’li bilan qabul qilinadi.
Qo’shma majlisga raislik qiluvchining taklifiga ko’ra Senat a’zoligiga nmzod
ko’rsatish bo’yicha eng obro’li deputatlardan oqsoqollar kengashi tuziladi.
Bu kengashga viloyatlar, Toshkent shahar hokimi, Juqorg’i Kenges Raisi
mansabiga muvofiq kiradi. Oqsoqollar kengashi yashirin ovoz byulleteniga kiritish
uchun nomzodlarni tanlaydi va ularni Oqsoqollar kengashi raisi o’qib eshittiradi. Har
bir nomzod alohida muhokama qilinadi va muhokamadan so’ng byulletenga kiritish
to’g’risida qaror qabul qilinadi. Nomzodni byulletenga kiritash rad etilsa, oqsoqollar
kengashi yangi nomzod ko’rsatadi.
Yashirin ovoz byulleteni namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Byulletenning yuz tomonining yuqori burchagiga muhr qo’yilib, sanoq
komissiyasi ikki nafar a’zosining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yashirin ovoz berish natijasini aniqlash uchun qo’shma majlis ishtirokchilari
orasidan 9 a’zogacha shu jumladan komissiya raisi va kotibidan iborat sanoq
komissiyasi saylanadi. Toshkent shahar kengashining Senat a’zosini saylash uchun
o’tkaziladigan majlisda uch a’zodan iborat sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasi: ovoz berishni tashkil etadi va o’tkazadi; qo’shma majlis
ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o’tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon qiladi;
byulletenlarni tayyorlaydi; ovozlarni sanab chiqib, natijasi haqida bayonnoma tuzadi;
ovoz berish natijalarini tasdiqlash uchun qo’shma majlisga taqdim etadi.
Sanoq komissiyasini raisi, ovoz berishdan oldin, ovoz berish tartibini e’lon
qilib, komissiya a’zolari ishtirokida saylov qutilarini tekshirib, muhrlaydi. Ovoz
berish kabinalari ovoz berish qutisiga boradigan joyda joylashtiriladi.
Majlis ishtirokchilari o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida byulleten olib, bu
haqda ro’yxatga imzo qo’yadi. Byulleten yashirin ovoz berish kabinasida to’ldirilib,
qutiga tashlanadi. Ovoz beruvchi byulletendagi familiya ro’parasidagi kvadratga
krestik belgi qo’yish bilan ovoz beradi. Buzib qo’yilgan byulletenlar yangisiga
almashtirilishi mumkin. Ovoz berish tugagach, foydalanilmagan va buzib qo’yilgan
byulletenlar maxsus shtamp qo’yish orqali bekor qilinib, muhrlanib, alohida
saqlanadi.
Ovoz berish byulletenlari asosida sanoq komissiyasi: ovoz berish bo’yicha
saylovchilarning umumiy sonini;Saylov byulletenlari va varaqalarini olgan
saylovchilar sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; har bir
nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulleten va
varaqalar sonini aniqlaydi.
184
Ovoz berishda qatnashganlarning ellik foizidan ortig’ini ovozini olgan nomzod
saylangan hisoblanadi. Ovozlarni sanab chiqish natijasi bo’yicha bayonnoma tuziladi,
u barcha sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnoma qo’shma
majlisda tasdiqlanib qaror qabul qilinadi va bu majlis bayonnomasida aks ettiriladi.
Bayonnoma ikki nusxada tuzilib, majlisga raislik qiluvchi tomonidan
imzolanadi. Bu bayonnoma saylangan Senat a’zolarini ro’yxatdan o’tkazish uchun
ikki kundan kechiktirilmay Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
Xulosa. Saylov jarayonida ovoz berish, uning natijalarini aniqlash muhim
tadbirlardandir. Saylovni qanday o’tishi: fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlashi,
xohish irodasini erkin ifoda etishga sharoit yaratishi, oshkora o’tishi, fuqarolarni ovoz
berishda qatnashishida har qanday noqonuniyliklarga yo’l qo’ymaslik ovoz berishga
tayyorgarlik ko’rish va uni to’la qonun talablari asosida o’tishiga bog’liq.
Avoz berishga tayyorgarlik ko’oish ko’pgina muammolarni hal qilishi, ovoz
berishni o’tkazishda ashyo va hujjatlarni tayyorlashi, fuqarolarni o’z vaqtida
ogohlantirishni nazarda tutadi. O’zbekistonda ovoz berish va natijalarni aniqlash
xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida o’tadi, bu ham shu ishga jiddiy yondashish
zaruratini tug’diradi. Ovoz berishga tayyorgarlik faqat saylovchilar uchun qulaylik
yaratishdan iborat bo’lmay, komissiya a’zolari uchun ham, kuzatuvchi va boshqa
jamoatchilik vakillari uchun ham qulaylik yaratishni nazarda tutadi.
O’zbekiston saylov qonunchiligi ovoz berishda va uning natijalarini aniqlashda
barcha xalqaro talablarga javob beradigan qoidalarni nazarda tutgan.
Ovoz berish natijasi bir necha bosqichda aniqlanishi: saylov uchastkasida,
okrugda, Markaziy saylov komissiyasida (viloyat, tuman shahar komissiyalarida)
natijalarni aniqlash kuchli nazoratda bo’lishini ta’minlaydi.
Ekoharakatdan Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazishda ovoz berishni tashkil
etish natijasini aniqlashning demokratik tartiblari o’rnatilgan. Хuddi shuningdek
Senat a’zolarini saylashda ovoz berish va natijani aniqlashdagi foydalaniladigan
tartiblar xalqaro talablarga zid emas.
Nazorat uchun savollar
1. Saylovlarda ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazishning bir
qatorlar talablari mavjud bo’lib, ushbu jarayon saylov jarayonining eng muhim
bosqichi hisoblanadi.
O’zbekiston Republikasining milliy saylov qonunchiligiga binoan
mamlakatimizda saylovlarda ovoz berishni tashkil etish, o’tkazish, ovoz berish
natijasini aniqlash, e’lon qilish tartibi qanday va bu borada saylov qomissiyalarining
vakolatlari tahlil qiling.
2. Hozirgi kunda mamlakatimiz parlamentida O’zbekiston ekoharakatiga 15
nafar deputatlik o’rni ajratilgan. Ushbu harakatning saylanish tartibi va qoidalari bir
qator qonun hujjatlarida o’z aksini topgan.
Amaldagi saylovga doir qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston
ekoharakatiga saylovini tashkil etish va o’tkazish tartibi qanday? Xuddi shunday
185
amaliyot boshqa xorijiy davlatlarda mavjudmi? Bo’lsa ularni qiyosiy huquqiy tahlil
qiling.
3. Ittifoq partiyasining vakolatli vakili V Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
saylovlari jarayonida uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozlarni sanab
chiqishda nomzodlar to’plagan ovozlarning soxtalashtirilganligi, bu jarayonda siyosiy
partiya vakolatli vakili ishtiroki ta’minlanmaganligi, saylov natijalari bayonnomada
noto’g’ri aks ettirilganligini vaj qilib okrug saylov komissiyasiga murojaat qildi.
Okrug saylov komissiyasi hеch qanday qonunbuzarlik sodir etilmaganligini sabab
qilib arizani ko’rib chiqishni rad etdi.
Savol
1. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish tartibini qonun hujjatlari va
nizomlar belgilangan tartib asosida yoriting.
2. Ovoz berish natijalarini aniqlashda saylov komissiyalari vakolatlarini tahlil
qiling.
3. Mazkur holatda okrug va uchastka saylov komissiyasi harakatlarigi baho
bering. O’zining huquqlarini buzilgan deb hisoblagan vakolatli vakilga qonuniy
manfaatlari ta’minlanish yo’llarini tushintiring.
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati
vakillik organlari deputatlarining orasidan saylovlar o’tkazildi. Saylov natijasiga
ko’ra, ovoz berish chog’ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmadi.
Natijada, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur
miqdorini to’plamagan nomzodlar bo’yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining
ana shu qo’shma majlisining o’zida takroriy ovoz berish o’tkaziladi. Lekin takroriy
ovoz berish yakuniga muvofiq yana Senat a’zoligiga еtarli ovoz to’plamagan
nomzodlar mavjudligi va Senat tarkibi to’liq shakllanmaganligi aniqlandi.
Savol
1. Mazkur holatda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan qanday ishlar amalga oshiriladi?
2. Sizningcha mazkur muammoning еchimi qanday bo’ladi?
3. Fikringiznihuquqiy jihatdan asoslab bering?
14. mavzu: Takroriy ovoz berish, takroriy saylov, bo’shab qolgan
o’rinlarga saylov o’tkazish.
Prezident saylovida takroriy ovoz berish va takroriy saylov o’tkazish:
asoslari va tartibi. Deputat saylovida takroriy ovoz berish; takroriy saylov
o’tkazish va bo’shab qolgan o’rinlarga saylov o’tkazish. Ekoharakatdan deputat
saylashda takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish, bo’shab qolgan
o’ringa deputat saylash. Senat a’zolarini saylovida takroriy ovoz berish,
takroriy saylov o’tkazish va bo’shab qolgan o’rinlarga saylov o’tkazish. Saylov
qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik.
186
Mavzuda saylov tadbirlarining davomiy qismi va mustaqil tadbirlari
hisoblanuvchi takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish, bo’shab qolgan
o’rinlarga deputat va Senatorlarni saylash asoslari va tartiblari ko’rsatilar ekan, bunda
Prezident saylovi, deputatlar saylovi, Ekoharakatdan deputat saylash, Senat
a’zolaorini saylash bo’yicha bu tadbirlar alohida alohida ko’rsatildi. Shu asosda turli
saylovlardagi umumiylik va o’ziga xoslik aniqlashtirildi.
1-§. Prezident saylovida takroriy ovoz berish va takroriy saylov o’tkazish:
asoslari va tartibi.
Saylov murakkab jarayon, unda mamlakat ag’olisining ko’pchiligi ishtirok
etadi. Ularning fikrlari, qarashlari har xil. Shuning uchun, har vaqt ham bir
marotabada saylovda belgilangan natijaga erishib bo’lmaydi. Yana ovoz berish,
qo’shimcha saylov o’tkazish zarurati tug’ilib turadi. Bu demokratik saylovlarning
ajralmas xususiyati. Shuning uchun O’zbekistonning saylov to’g’risidagi qonunlari
takroriy ovoz berish, takroriy saylov degan tadbirlarni nazarda tutadi. Bu tadbirlar
ham saylov institutlaridan hisoblanib, saylov tizimining takroriy qismidir.
O’zbekistonda bo’lib o’tadigan saylovlar Prezidentlar a deputatlar saylovi
sifatida o’tadi. Shuning uchun mavzuda ular alohida alohida ko’rib chiqilmoqda.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi 35 moddasida,
saylovda ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hеch
biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko’pini ovozini ololmagan
bo’lsa, saylovchilarning ovozini eng ko’p olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy
ovoz berish o’tkaziladi.
Demak takroriy ovoz berish o’tkazishning asosi, birinchi tur saylovda
nomzodlarning birortasi ham еtarli ovozni ololmaganligi va albatta saylovda
ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan bo’lishi hisoblanadi.
Takroriy ovoz berish kunini Markaziy saylov komissiyasi saylov o’tkazilgan
kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov o’tkazilgan kundan kamida o’n besh kun
keyin o’tkaziladigan qilib tayinlaydi. Bu haqdagi xabar ommaviy axborot vositalarida
e’lon qilinadi.
Takroriy ovoz berishda unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa
nomzodga nisbatan ko’proq olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Takroriy ovoz
berishda saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi (qonunning 37-
moddasi).
Qonunning 38-moddasi, takroriy saylov o’tkazishni asoslari va tartibini
belgilaydi. Unga asosan, saylov o’tmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda,
saylovda bitta nomzod ishtirok etib, u belgilangan ovozni ololmagan bo’lsa,
Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Takroriy saylov
o’tkazishning asoslari, birinchidan saylov o’tmagan bo’lishi-belgilangan miqdordagi
(o’ttiz uch foiz) saylovchi saylovda ishtirok etmasligi; ikkinchidan haqiqiy emas deb
topilishi, jiddiy qonun buzilishlari asosida saylovni o’tishi; uchinchidan saylovda
bitta nomzod ishtirok etib, u еtarli ovoz to’play olmaganligi hisoblanadi.
Takroriy ovoz Prezident saylovi to’g’risidagi qonunda belgilangan tartib
hamda shartlar asosida o’tkaziladi. Zarur hollarda Markaziy saylov komissiyasi
saylovni yangi tarkibdagi okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o’tkazilishi
187
haqida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish avvalgi saylov uchastkalarida va
avvalgi tuzilgan ro’yхat bo’yicha o’tkazilishi mumkin. Takroriy saylov asosiy saylov
o’tgandan keyin qirq kun ichida o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 96-moddasida muddatidan
tashqari Prezident saylovi o’tkazish holati belgilangan. Unga asosan, Respublikaning
amaldagi Prezidenti o’z vazifasini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifasi va
vakolatlari vaqtincha Oliy Majlis Senati raisining zimmasiga yuklanadi, bunda uch oy
muddatda “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunga to’liq
muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o’tkaziladi.
2-§. Deputat saylovida takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish va
bo’shab kolgan o’rinlarga saylov o’tkazish.
Deputat deganda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarning
barcha bo’g’ini deputatlari nazarda tutiladi Oliy Majlisga saylov to’g’risidagi
qonunning 45-moddasi takroriy ovoz berish, 46-moddasi takroriy saylovni, 47-
moddasi bo’shab qolgan o’rinlarga deputat saylashi (Xalq deputatlari viloyat, tuman
va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunning 42, 43, 44 moddalari)
tartibga soladi.
Qonun normalariga asosan, agar saylov okrugi bo’yicha ikki nafardan ortiq
nomzod qo’yilgan bo’lib, ulardan birortasi ham еtarli ovoz olib saylanmasa, okrug
saylov komissiyasi eng ko’p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo’yicha okrugda takroriy
ovoz berishni o’tkazish haqida qaror qabul qilib, bu haqda Markaziy saylov
komissiyasi hamda okrug saylovchilariga habar beradi. Takroriy ovoz berish qonun
talablariga rioya qilingan holda ikki xafta ichida o’tkaziladi.
Takroriy ovoz berishni o’tkazish uchun asos: asosiy saylovda ikki nafardan
ko’p nomzod ishtirok etgan bo’lishi va birorta ham nomzod еtarli ovoz olaolmasligi
hisoblanadi. Takroriy ovoz berishni okrug saylov komissiyasi tayinlaydi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa
nomzodga nisbatan ko’proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. Ovoz berishda
saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi. 2014-yil 21 dekabrda bo’dib
o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda 14 ta okrugdan birorta ham
nomzod еtarli ovoz ololmadi. Natijada 2015-yil 4-yanvarda shu 14 ta okrugda
takroriy ovoz berish tayinlandi.1
Deputatlar saylovida takroriy saylov quyidagi hollarda o’tkaziladi.
- agar saylov okrugida saylov o’tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo’lsa;
- takroriy ovoz berishda deputat saylanganligini aniqlash imkoni bo’lmasa;
- agar saylov okrugi bo’yicha deputatlikka ko’pi bilan ikki nomzod qo’yilgan
bo’lib, ularning birontasi еtarli ovozni olomagan bo’lsa.
Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovi Markaziy saylov
komissiyasining topshirig’iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy
Kengash deputatlarining takroriy saylovi tegishlicha viloyat, tuman, shahar saylov
komissiyalarining topshirig’iga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan
o’tkaziladi.
1Xalq sо‘zi. 2014-yil 26 dekabr.
188
Markaziy saylov komissiyasi viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari
takroriy saylovni yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan
o’tkazilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ovoz berish barcha takroriy saylovlarda asosiy saylovda tashkil qilingan
saylov uchastkalarida avvalgi saylovchilar ro’yxati asosida o’tkazilishi.
Deputatlarning takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin bir oy ichida o’tkaziladi.
Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlarga nomzod ko’rsatish, ro’yxatga olish va
boshqa tadbirlar qonun talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda nomzod ko’rsatish
uchun asosiy tartibda yana saylovchilarning imzosini to’plash shart emas.
Qonun deputat o’rni muddatidan oldin bo’shab qolganda ham shu okrugda
saylov o’tkazilishini nazarda tutadi.
Deputatlik o’rni vakolat muddatidan oldin turli sabablar bilan tugatiladi.
Bunday sabablar: deputat vakolatini haqiqiy emas deb topish (Qonunchilik palatasi
deputati vakolati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengash
deputatlarining vakolati tegishli kengashlar tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin); deputatni saylovchilar tomonidan chaqirib olish; deputatni arizasiga
binoan; deputatni o’limi sababli; deputatni deputatlik maqomi bilan to’g’ri
kelmaydigan ishga o’tishi va boshqalar1. Shunday hollar natijasida deputatlik vakolati
muddatidan oldin tugatilganda tegishli okrugda saylov o’tkaziladi. Qonunchilik
palatasi deputatlariga bunday saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan,
mahalliy Kengash deputatlari saylovida, mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga bir
oy qolganda tayinlanadi va bunday saylov ham saylov to’g’risidagi qonun talablariga
to’la rioya qilingan holda o’tkaziladi. Bunday saylovlarda okrug saylov komissiyasi
saylovlarga 25 kun qolganda uchastka saylov komissiyasi 15 kun qolganda tuziladi.
Deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olish saylovga 15 kun qolganda tugallanadi.
Vakillik organlari vakolat muddati tugashiga 6 oydan kam vaqt qolganda
deputatlarning o’rinlari bo’shab qolsa, bo’shab qolgan o’ringa yangi deputat saylovi
o’tkazilmasligi mumkin.
3-§. Ekoharakatdan deputat saylovida takroriy ovoz berish, takroriy
saylov o’tkazish, bo’shab qolgan o’ringa deputat saylash.
Takroriy ovoz berish va takroriy saylov, o’rni bo’shab qolgan o’rinlarga saylov
o’tkazish, Ekoharakatdan ham deputatlar saylashda o’tkazilishi mumkin. Bunday
ovoz berish va saylovlar o’ziga xos xususiyatga ega. Shunga e’tibor berish kerakki,
bu tadbirlar faqat Ekoharakat doirasida o’tkaziladi. Bu umumiy saylovdan o’ziga xos
jihati bilan ajralib turadi.
Ekoharakatni Qonunchilik palatasiga deputat saylash uchun o’tkazilgan
konfrensiyasida, nomzodlarning birontasi ovoz berishda ishtirok etgan ekoharakat
delegatlarining ovozlarini 50 %idan ko’prog’ini ololmagan bo’lsa shu konfrensiyada
eng ko’p ovoz olgan ikki nafar deputatlikka nomzod bo’yicha takroriy ovoz berish
o’tkaziladi. Takroriy ovoz berishda boshqa deputatlikka nomzodga nisbatan ko’proq
ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan hisoblanadi.
1 Bu haqda qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T. Adоlat, 2013, 329 bet.
189
Agar agar O’zbekiston Respublikasining ayrim ma’muriy hududiy birligi yoki
Ekoharakatining markaziy kengashi ijroiya komitasi bo’yicha haqiqiy emas deb
topilgan byulletenlar soni 30% dan ortig’ini tashkil etsa, ushbu Konfrensiyada
O’zbekiston Respulikasining ma’muriy hududiy birligi va ekoharakatning markaziy
ijroiya komitasi bo’yicha takroriy ovoz berish o’tkaziladi.
Saylov to’g’risidagi qonun va tegishli nizomda Ekoharakatdan Qonunchilik
palatasiga saylovda, takroriy saylov o’tkazish ham ko’zda tutilgan.
Ekoharakatdan deputatlar saylov o’tmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda,
takroriy ovoz berish ham deputat saylanganligini aniqlash imkonini bermasa; agar
ikki nafar nomzod ko’rsatilib ularning birontasi ham еtarli ovozni olomagan bo’lsa
takroriy saylov o’tkaziladi. Saylov o’tmagan deb hisoblanishi mumkin, ovoz berishda
kvorim bo’lmasa. Haqiqiy emas deb topilishi mumkin, yashirin ovoz berish prinsipi
buzilsa, natija sohtalashtirilsa. Takroriy ovoz berishda ham ikki nomzod bir hil ovoz
olsa, saylanganlik aniqlanmaydi va nihoyat saylov byulleteniga ikki nomzod
kiritilgan bo’lsa ulardan birortasi belgilangan miqdordagi ovozni olomasa, ular
saylanmagan hisoblanadi. Yuqoridagilar takroriy saylov o’tkazishga asos bo’ladi.
Takroriy saylov Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan Ekoharakat
tomonidan asosiy saylovdan keyin bir oydan kechiktirmay o’tkaziladi.
Ya’ni takroriy ovoz berish asosy saylov o’tkazilgan konfrensiyada, takroriy
saylov undan keyin bir ichida o’tkaziladi. Takroriy salov ham Nizomga to’la rioya
qilgan holda o’tkaziladi.
Oliy Majlisga saylov to’g’risidagi qonunda (425-modda) bo’shab qolgan
o’rinlarga Ekoharakatdan Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o’tkazish ham
ko’zda tutilgan.
Qonunda qayd qilinishicha Markaziy saylov komissiyasi Ekoharakatdan
saylangan ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda,
shuningdek deputat chaqirib olingan yoki boshqa sabablarga ko’ra deputatlik
vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda saylov o’tkaziladi. Saylov saylov
qonuni va tegishli nizom talablariga to’la rioya qilgan holda o’tkaziladi.
Ekoharakatdan saylangan deputatlar ham o’z xohishiga ko’ra deputatlikni
zimmasidan soqit qilishi, deputatlik maqomiga mos tushmaydigan lovozimga ishga
o’tishi mumkin. Shunday hollarda ham deputatlik vakolati muddatidan oldin
tugatiladi va ularning o’rniga yangi deputat saylash zarurati tug’ildai.
4-§. Senat a’zolarini saylovida takroriy ovoz berish, takroriy saylov
o’tkazish va bo’shab qolgan o’rinlarga saylov o’tkazish.
Senat a’zolarini saylash tartibi saylov tizimiga hos tartiblardan iborat.
Senatorlar saylovida ham yashirin ovoz berish, muqobillik, tanlov, ovoz berishda
byulletendan foydalanish, ovoz berish natijalarini aniqlash kabi tadbirlar mavjud.
Shuningdek umumiy saylovlarda deputat saylovlarida qo’llaniladigan takroriy ovoz
berish takroriy saylov o’tkazish, bo’shab qolgan o’rinlarga Senatorlar saylash
maslalari ham qonunlarda ko’zda tutilgan.
Davlat hokimiyati vakillik organlari qo’shma majlislarida ovoz berish chog’ida
belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo’lsa (har biri hududiy birlikdan
oltitadan), saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur
190
miqdorini to’plamagan nomzodlar bo’yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining
ana shu qo’shma majlisining o’zida takroriy ovoz berish o’tkaziladi (57-modda).
Demak takroriy ovoz berish o’tkazish uchun belgilangan (oltita) miqdordagi
Senat a’zosi asosiy saylovda saylanmagan bo’lishi kerak va takroriy ovoz berish
asosiy saylov o’tkazilgan qo’shma majlisda o’tkaziladi.
Qonunning 60-moddasida Senat a’zolarining takroriy saylovi ham nazarda
tutilgan. Senat a’zolarining takroiy saylovi quyidagi hollarda o’tkaziladi:
1. Agar saylov haqiqiy emas deb topilsa. Saylovni haqiqiy emas deb topishda
qo’shma majlisuchun belgilangan kvorumni bo’lmaganligi sabab bo’lishi mumkin.
2. Agar takroriy ovoz berishda ham belgilangan miqdorda Senat a’zolari
saylanmagan bo’lsa. Bu holda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat
a’zolari uchun o’tkaziladi.
Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o’tkazilgan asosiy saylovdan keyin
ko’pi bilan 15 kunlik muddat ichida o’tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzod ko’rsatish va takroriy
saylov o’tkazish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Senat a’zolarining vakolat muddati qonunda ko’rsatilgan tartiblarda
muddatidan oldin tugatilsa bo’shab qolgan o’rinlarga Senat a’zolarini saylash uchun
saylov o’tkaziladi. Bo’shab qolgan Senat a’zolarining saylovi Qoraqolpog’iston
Respublikasi Juqorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati
vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida qonun talablariga
rioya etilgan holda o’tkaziladi.
Senat vakolat muddatining tugashiga 6 oydan kam vaqt qolganida Senat
a’zosining o’rni bo’shab qolsa, bo’shab qolgan o’ringa Senatning yangi a’zosi saylovi
o’tkazilmasligi mumkin.
5-§. Saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik.
Saylov to’g’risidagi qonunlarning alohida moddasida saylov qonunchilgini
buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.Unga asosan Oliy Majlisga, mahalliy
vakillik organlariga saylash va saylaninish, saylov oldi tashviqoti olib borish
huquqlarni amalga oshirishlariga zo’ravonlik, aldash, taxdid qilish yoki boshq yo’l
bilan qarshilik ko’rsatuvchi shaxslar shuningdek soxta saylov hujjatlari tuzgan,
byulletenlarni atayin noto’g’ri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki
qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo’l qo’ygan saylov komissiyalarining a’zolari,
boshqa mansbdor shaxslar, siyosiy partiyalarning vakillari qonunga muvofiq javobgar
bo’ladilar. Deputatlikka, Senat a’zoligiga nomzodlar to’g’risida soxta ma’lumotlarni
e’lon qilgan yoki boshqacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikkka tortiladi.
Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni
jamoatchilik fikri so’rovlari natijalarini, saylov natijalari, taxminlarini,
o’tkazilayotgan saylov bilan bog’liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon
qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot telekomunikatsiya
tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmoqlariga) joylashtirishga yo’l
qo’yilmaydi. Aks holda bu ham javobgarlikni keltirib chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining VII bobi “Fuqarolarning
Konstitusiyaviy huquq va erkinlariga qarshi jinoyatlar” deb nomlanib, shu bobga
kiruvchi 146-, 147-moddalar saylov huquqini buzganlik uchun javobgarlik belgilaydi.
191
Kodeksning 146-moddasi “Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni
o’tkazish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish” deb nomlangan.unga asosan, saylov
yoki referendum tashkil qilish, ularni o’tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy
partiyalar yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining vakillari yoki
saylov yoхud referendum komissiyalari a’zolari tomonidan ovoz berishning
yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov
yoki imzo varaqalariga soхta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto’g’ri
hisoblash eng kam ish haqqining 25 barobarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 6 oyga qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kodeksning 147-moddasi “Saylov huquqini yoki ishonchli vakillar
vakolatlarining amalga oshirilishiga to’sqinlik qilish” deb nomlangan va unga asosan
fuqarolarning deputat yoki prezidentlikka saylash yoki saylanish, saylovoldi
targ’iboti olib borish huquqlarini deputatlarning yoki prezident nomzodlarining
ishonchli vakillari o’z vakolatlarining erkin amalga oshirishlariga shuningdek,
fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo’rlik ishlatish, qo’rqitish,
aldash yoki og’dirib olish yo’li bilan to’sqinlik qilish uch yilgacha ahloq tuzatish
ishlari yoki 6 oyga qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Xulosa.
Saylov jarayonida takroriy ovoz, takroriy saylov o’tkazishni qonunlarda
belgilab qo’yilishi saylovlarning haqiqiy o’tishini, uni natijasini oldindan belgilash
mumkin emasligini ko’rsatadi. Takroriy ovoz berish takroriy saylov asosiy
saylovlardan keyin oxirgi uzil kesil natijaga erishish uchun o’tkaeiladigan saylov
kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan tadbirlardandir. Ular O’zbekiston saylov
tizimiga faqat mustaqillikdan so’ng kirib kelgan va qo’llanilib kelayotgan saylov
institutidir. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov prezident saylovida, deputatlar
saylovida Qonunchilik palatasiga Ekoharakatdan deputat saylashda, Senat a’zolarini
saylashda qo’llaniladigan tadbir bo’lib, har bir saylovda ularning o’xshash va bir
biridan farq qiladigan jihatlari mavjud. Takroriy ovoz berish va takroriy saylov
o’tkazish asoslari qonuniy asosga ega.
Shuningdek O’zbekiston saylov tizimida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar,
Senatorlarning saylash tartibi ham o’rnatilgan bo’lib bu turli sabablar bilan bo’shab
qolgan deputatlik va Senatorlik o’rinlarini muntazam ravishda to’ldirib borish
imkoniyatini beradi.
Saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligi esa
fuqarolarning teng huquqliligini, saylovlarni ochiq, erkin o’tishini ta’minlovchi
muhim vositadir.
Nazorat uchun savollar
1. Agar saylovlarda siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar
saylov kuni еtarli ovoz to’play olmasa takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov
o’tkazish koidalari belgilangan.
192
O’zbekiston Republikasida Prezidenlikka hamda Vakillik organlariga
o’tkazilayotgan saylovlarda takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish va
bo’shab qolgan o’rinlarga saylov o’tkazish tartibi qanday belgilangan, har birini
qonun hujjatlari normalari asosida umumiy va o’ziga xos jixatlarini tahlil qiling.
2. Mamlakatimizda qonun ustivorligi, qonuniylik prinsipi o’rnatilgan va unga
amal qilish qat’iy belgilangan. Jumladan, milliy saylov qonunchiligimizni buzganlik
uchun ham bir qator ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik masalalari bor.
O’zbekiston Respubliksining amaldagi Jinoyat kodeksi va Ma’muriy
javobgarlik to’g’risidagi kodeksida saylovga doir qonun hujjatlarini buzganlik uchun
belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlikning o’ziga xos xususyatlari nimalardan
iborat ekanligini tahlil qiling hamda huquqiy baho bering.
3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining navbatdagi
sayloalariga ikki oy muddat qolgan davrda “Milliy tiklanish partiyasi” fraksiyasi
a’zolari orasidan ikki nafari sog’lig’i yomonlashganligi tufayli tibbiy komissiya
xulosasi asosida o’z vazifasidan ozod etildi. Shundan so’ng partiya Qurultoyi
parlamentdagi o’z pozisiyasini saqlab qolish uchun Markaziy saylov komissiyasiga
ikki nafar a’zosini bo’shab qolgan o’rinlarga tayinlash to’g’risida qaror chiqarish
kerakligini so’rab ariza bilan murojaat qildi.
Savol
1. Parlamentda bo’shab qolgan o’rinlarning to’ldirilish tartibini yoriting?
2. Taraflarning harakatlariga baho bering?
3. Mazkur vaziyatda Markaziy saylov komissiyasi chiqarishi kerak bo’lgan
qaror namunasini tayyorlang?
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati
vakillik organlari deputatlarining orasidan saylovlar o’tkazildi. Saylov natijasiga
ko’ra, ovoz berish chog’ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmadi.
Natijada, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur
miqdorini to’plamagan nomzodlar bo’yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining
ana shu qo’shma majlisining o’zida takroriy ovoz berish o’tkaziladi. Lekin takroriy
ovoz berish yakuniga muvofiq yana Senat a’zoligiga еtarli ovoz to’plamagan
nomzodlar mavjudligi va Senat tarkibi to’liq shakllanmaganligi aniqlandi.
Savol
1. Mazkur holatda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan qanday ishlar amalga oshiriladi?
2. Sizningcha mazkur muammoning еchimi qanday bo’ladi?
3. Fikringizni huquqiy jihatdan asoslab bering?
15-mavzu: Deputat va Senatorni chaqirib olish.
Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari. Deputat va Senatorni
chaqirib olish masalasini qo’zg’atish. Deputatni chaqirib olish bo’yicha ovoz
berishni tashkil etish. Ovoz berishni o’tkazish, natijalarini aniqlash.
193
Mavzuda saylov tizimi institutlaridan hisoblanuvchi – deputat va Senatorni
chaqirib olish, ya’ni ularning vakolatini muddatidan avval tugatishning muhim bir
usuli haqida ma’lumot beriladi. Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari
(sabablari), shunday hol vujudga kelsa, chaqirib olish masalasini qo’zg’atish,
qo’zg’atish huquqiga ega sub’ektlar; chaqirib olinayotgan deputat va Senatorga o’zini
himoya qilish uchun imkoniyat yaratilishi; deputat va Senatorni chaqirib olish
bo’yicha ovoz berishni tashkil etish (ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish, ovoz berish
kunini tayinlash, komissiya va uchastkalar tuzish, binolarni tayyorlash, ovoz berish
byulletenlari rasmiylashtirish, ovoz beruvchilar ro’yxatini tuzish, ovoz berish kuni,
vaqti haqida xabar berish); ovoz berishni o’tkazish, natijani aniqlash, uni
rasmiylashtirish, Ekoharakatdan saylangan deputatlarni chaqirib olish masalalari
yoritilgan.
1-§. Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari.
Deputatlar1 , Senatorlarning konstitusiyaviy vakolat muddati mavjud bo’lib,
ular shu muddatda faoliyat ko’rsatadi va muddati tugagach yangitdan saylovda
nomzod ishtirok etishi mumkin. Deputat va Senatorlarning vakolat muddati besh yil.
Lekin qonunlar deputatlar va Senatorlarning vakolat muddati tugamasdan ham
vakolatni tugatish holatini belgilaydi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zosini
maqomi to’g’risida”gi 2 va “Xalq deputalari viloyat, tuman va shahar Kengashi
deputatining maqomi to’g’risida”gi3 Qonunlarda deputat va Senatorlarning vakolat
muddati quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi deb belgilangan:
- ular o’z vakolatini zimmasidan soqit qilish to’g’risida ariza bersa;
- deputatlik, Senatorlik vakolatlarini amalga oshirishga nomuvofiq bo’lgan
lavozimga saylangan yoki tayinlansa;
- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirsa;
- u chaqirib olinsa;
- sud uni muomalaga layoqatsiz deb topsa;
- u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo’qolgan deb
topilsa yoki vafot etgan deb e’lon qilinsa;
- u O’zbekiston fuqaroligini yo’qotsa;
- u vafot etsa;
- vakillik orgnalari tarqatib yuborilsa.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, mahalliy Kengashning
Senator etib saylangan deputati vakolatini muddatidan oldin vakolatini tugatilishi,
uning Senatorlik vakolatining tugatilashiga olib keladi.
Yuqoridagilardan deputat va Senatorni chaqirib olish – bizning o’quv
kursimiz dasturida alohida mavzu qilib belgilangan.
1 Deputatlar deganda Оliy Majlis Qоnunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlarning barcha bо‘g‘inidagi
deputatlar nazarda tutiladi. 2 О’zbekistоn Respublikasining Axbоrоtnоmasi. 2005 yil, №1, 8-mоdda. 3 Shu hujjat. 2005 yil, №1, 10-mоdda.
194
Buning sababi mazkur chaqirib olish ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Unda saylovdagi ko’plab tadbirlar qo’llaniladi va bu saylov tizimini tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Deputat va Senatorni chaqirib olishda hal qiluvchi rolni saylovchilar o’ynaydi.
Ularning xohishiga ko’ra deputat va Senatorning vakolat muddati, muddatidan oldin
tugatiladi.
Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari, tartibi, “Xalq deputatlari mahalliy
Kengash deputatini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida”gi Qonuni bilan belgilangan1.
Deputat va Senatorlarni chaqirib olish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
- deputatning, Senatorning O’zbeiston respublikasi Qonun hujjatlarini jinoiy,
fuqarolik, ma’muriy hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka
olib kelishi tarzda buzilishi;
- deputatning, Senatorning ahloq, deputatlik odobini umue’tirof etilgan
normalarini qo’pol ravishda buzuvchi va deputat, Senator nomiga dog’ tushiruvchi
hamda davlat hokimiyati vakillik organlari obro’siga putur еtkazuvchi harakatlar,
nojo’ya ishlar sodir etishi;
- deputatning, Senatorning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’z vazifalarini
muntazam ravishda, uzrli sabablarsiz, bajarmaganligi, shu jumladan tegishli xalq
duputatlari Kengashlarining, Qonunchilik palatasining, Senatning majlislarida,
ularning organlari ishlarida ishtirok etmasligi, ularning topshiriqlarini bajarmasligi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senat
a’zosining maqomi to’g’risida”gi qonunning 8-moddasida deputat va Senatorning
majburiyatlari, 11-moddasida ( “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi
deputatining huquqiy maqomi to’g’risida”gi qonunning 6-, 9-moddalarida) deputatlik
va Senatorlik odobi belgilab qo’yilgan bo’lib, ularni bajarmaslik, buzish, chaqirib
olishga asos bo’ladi.
2-§. Deputat va Senatorni chaqirib olish masalasini qo’zg’atish.
Qonun hujjatlarini, ahloq va deputatlik odobi normalarini buzgan o’z
vazifalarini muntazam bajarmayotgan deputatni, Senatorni vakolat muddatidan oldin
chaqirib olish zarurligi to’g’risidagi qaror xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan qabul
qilinadi.
Deputatni, Senatorni chaqirib olish masalasini ko’rish uchun huquqni
muhofaza qiluvchi organlar va prokuratura tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda berilgan so’rov ham asos bo’ladi. Ya’ni, chaqirib olish masalasini huquqni
muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura qo’zg’atishi mumkin. Chaqirib olish uchun
har qanday hollarda ham tegishlii Kengashlar, Qonunchilik palatasi, Senat qarorlari
huquqiy asos bo’ladi.
Deputatni, Senatorni chaqirib olish zarurligi to’g’risida qaror qabul qilish
uchun bir necha jarayonlar, tadbirlar o’tkazilishi qonunda nazarda tutilgan.
1 О’zbekistоn Respublikasi Qоnun hujjatlari tо‘plami. 2005 yil, 8-9 sоn, 64-mоdda; 2008-yil 52-sоn, 510-mоdda.
195
Deputat, Senator qonun hujjatlarini buzgan deb hisoblansa, unga doir
materiallar xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi
yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan tegishlicha viloyat, tuman, shahar
prukuroriga yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga dastlabki tarzda ko’rib
chiqish va shu masala yuzasidan xalq deputatlari Kengashini, Qonunchilik
palatasining yoki Senatning deputatlik odobi qo’mitasiga (komissiyasiga) xulosa
berish uchun yuboriladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki
Senat (Senat Kengashi) deputatlik odobi qo’mitasining (komissiyasining) va tegishli
prokurorning xulosalari eshitilib uning yakunlari bo’yicha deputatni, Senatorni
chaqirib olish asosli yoki asossiz ekanligi haqida qaror qabul qilinadi. Viloyat, tuman,
shahar Kengashlariga, chaqirib olish masalasi qo’yilgan deputat yoki Senatorning
hamda mazkur masalaga doir materiallarni o’rgangan prokurorni ng fikri eshitilish
mumkin.
Agar materiallarni o’rganish, fikrlarni eshitish natijasida chaqirib olish
to’g’risidagi taklif asosli deb topilsa, deputat yoki Senatorni chaqirib olish haqidagi
tegishli Kengash, Qonunchilik palatasi, Senat (Senat Kengashi) qaror qabul qiladi va
chaqirib olish uchun deputat saylangan okrugda ovoz berishni tashkil qilish uchun
qarorni Markaziy saylov komissiyasiga yuboradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qo’shma majlisida saylangan
Senator, shu organlarning deputati bo’lganligi uchun u shu organlarining deputati
sifatida chaqirib olinadi.
Markaziy saylov komissiyasi Senatorni chaqirib olish uchun shu Senator
deputat sifatida saylangan saylov okrugida chaqirib olish bo’yicha ovoz berishni
tashkil etadi.
Hokimiyat vakillik organining qo’shma majlisida saylangan Senator deputatni
chaqirib olish natijasida deputatlik maqomini yo’qotsa, chaqirib olish bo’yicha ovoz
berish natijalari ro’yxatga olingan paytdan boshlab Senatorlik maqomini ham
yo’qotadi.
3-§. Deputatni chaqirib olish bo’yicha ovoz berishni tashkil etish.
Deputatni chaqirib olish, u saylangan okrugdagi saylovchilar tomonidan ovoz
berish orqali chaqirib olinadi.
CHaqirib olish bo’yicha ovoz berishni Markaziy saylov komissiyasi
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o’tkazish to’g’risida”, “Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunlar
asosida belgilangan tartibda tashkil etadi.
Ovoz berishni tashkil etish va o’tkazish saylov prinsiplari asosida o’tkaziladi.
Saylov okrugda umumiy saylov bo’lib, bu okrugdagi barcha saylov huquqiga ega
fuqarolarning ovoz berishda ishtirok etishini ta’minlanishini nazarda tutadi. Barcha
fuqarolar ovoz beruvchilar ro’yxatiga kiritiladi. Ovoz berishda faqat qonun bilan
saylovda ishtirok etish huquqi cheklanganlargina ishtirok etmaydi. Ovoz berish teng
saylov prinsipida o’tkaziladi ya’ni har bir saylovchi bitta ovozga ega u faqt bir
uchastkada ro’yxatga kiritiladi. Ovoz berish to’g’ridan-to’g’ri prinsip asosida o’tadi.
Fuqarolar ovoz berishda shaxsan ishtirok etadi.
196
Ovoz berishda ishtirok etish fuqarolarning xohish-irodasini erkin bildirish
asosida o’tadi. Hеch kim ovoz berishda ishtirok etishga yoki yoqlab, qarshi ovoz
berishga majbur qilinmaydi, shuningdek ovoz berishda ishtirok etishga to’sqinlik
qilinmaydi.
Deputatni chaqirib olish yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Markaziy saylov komissiyasi deputatni chaqirib olish haqidagi davlat
hokimiyati vakillik organlarining qarorini olgan kundan e’tiboran o’n kunlik muddat
ichida qonunga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining
deputatini, shuningdek Qonunchilik palatasining deputatini chaqirib olish bo’yicha
okrug saylov komissiyasini tuzishni ta’minlaydi hamda ovoz berish vaqti va joyini
tayinlab bu haqda tegishli xalq deputatlari Kengashlari, Qonunchilik palatasi yoki
Senatga xabar qilinadi.
Chaqirib olish bo’yicha ovoz berishni o’tkazishda okruglar tuzilmaydi, chunki
okrug saylov vaqtida tuzilgan va shu okrugdan deputat saylangan. Ovoz berish shu
okrugning o’zida o’tkaziladi.
Deputat yoki Senatorni chaqirib olish vaqtida chaqirib olinayotgan deputat va
Senatorning huquqlari alohida kafolatlanadi, ularga o’zlarini himoya qilishga
imkoniyat yaratiladi.
Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki
Senat (Senat Kengashi) deputatni, Senatorni chaqirib olish uchun asoslar vujudga
kelsa, aniqlansa, shunday materiallar tushgan paytdan boshlab uch kunlik muddatdan
kechiktirmay deputatga, Senatorga tushgan hujjatlarning nusxasi ilova qilingan holda
yozma xabarnoma yuboriladi. Chaqirib olish masalasi qo’yilgan deputat, saylovchilar
bilan uchrashishga, saylovchilarning yig’ilishlarida, davlat hokimiyati vakillik
organlari sessiyalarida va majlislarida, chaqirib olish haqida masala ko’rilayotganda
ishtirok etishga hamda o’zini himoya qilib so’zga chiqishga, hujjatlar taqdim etish
huquqiga ega.
Deputatni, Senatorni chaqirib olish haqidagi masala qo’yilishiga sabab bo’lgan
yolg’on axborot va asossiz materiallarni tarqatgan, taqdim etgan shaxslar qonunga
muvofiq javobgarlikka tortiladi.
4-§. Ovoz berishni o’tkazish, natijalarini aniqlash.
Deputatni chaqirib olish ishlarini tashkil etish, tegishli okrug komissisi
tomonidan amalga oshiriladi. Ovoz berishni o’tkazish uchun ovoz berishga kechi
bilan yigirma besh kun qolganda ovoz berish uchastkalari va kechi bilan yigirma kun
qolganda uchastka komissiyalari tuziladi.
Uchastka saylov komissiyalari saylovchilar ro’yxatini ovoz berish kuniga kechi
bilan o’n kun qolganda hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi.
Ovoz berish uchastkalari va komissiyalarini tuzish, komissiyalarining
vakolatlari, saylovchilarning ro’yxatlarini tuzish, u bo’yicha bahslashuvlar, ovoz
berishni o’tkazish “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o’tkazish
to’g’risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to’g’risida”gi Qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
197
Deputatni chaqirib olish bo’yicha yashirin ovoz berish byulletenida uning
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, lavozimi (mashg’ulot turi)
ko’rsatiladi. Byulletenga alohida-alohida qilib quyidagi matn joylashtiriladi:
Deputatni chaqirib olishni yoqlayman
Deputatni chaqirib olishga qarshiman
Saylovchi deputatni chaqirib olish bo’yicha ovoz berish paytida deputatni
chaqirib olinishini yoqlashidan yoki uni chaqirib olishiga qarshi ekanligidan kelib
chiqib tegishli matn ro’parasidagi kvadratga belgi-krestik qo’yadi.
Deputatni chaqirib olish bo’yicha tuzilgan okrug va uchastka komissiyalarining
vakolat muddati, deputatni chaqirib olish bo’yicha ovoz berish yakunlari
chiqarilgandan so’ng tugaydi.
Ovoz berish natijalari deputatni chaqirib olish bo’yicha uchastka, okrug
komissiyalari majlisida, saylov natijalarini aniqlash tartibiga o’xshab aniqlanadi.
Natija okrug komissiyasining majlisida ovoz berish o’tkazilgan kunning ertasiga
aniqlanib, bayonnoma tuziladi, bayonnoma tegishlicha Markaziy saylov
komissiyasiga, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboriladi.
Ovoz berishda ro’yxatga kiritilgan fuqarolarning kamida o’ttiz uch foizi
ishtirok etib, ishtirok etganlarning yarmidan ko’pi deputatni chaqirib olishni yoqlab
ovoz bersa, deputat chaqirib olingan hisoblanadi.
Ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning yarmidan kami deputatni chaqirib
olishni yoqlab ovoz bersa, yoki o’ttiz uch foizdan kam fuqaro ovoz berishda ishtirok
etsa, deputatni chaqirib olish rad etilgan hisoblanadi.
Deputatni chaqirib olishni yoqlab yoki chaqirib olishga qarshi berilgan ovozlar
teng bo’lib qolganda deputat o’z vakolatini saqlab qoladi, ya’ni u chaqirib olinmagan
hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasi yoki viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi
ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlikka yo’l qo’yilganligi tufayli ovoz
berish natijalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunday holda takroriy ovoz
berish tayinlanib, takroriy ovoz berish ham qonunchilik talablariga to’la rioya qilgan
holda ikki haftalik muddat ichida o’tkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi yoki viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi
okrug saylov komissiyasidan olgan bayonnoma asosida deputatni chaqirib olish
bo’yicha ovoz berish natijalarini besh kunlik muddat ichida ro’yxatga olib, bu haqda
ommaviy axborot vositalari orqali xabar qiladi.
Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish bo’yicha ovoz berish yakunlari
to’g’risida Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasini xabardor qiladi.
Хuddi shunday xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini
chaqirib orlish bo’yicha ovoz berish yakunlari bo’yicha tegishli viloyat, tuman,
shahar saylov komissiyasi tegishli vakillik organini va Markaziy saylov komissiyasini
xabardor qiladi.
Deputat vakolati, agar u ovoz berish natijasida chaqirib olingan bo’lsa, uni
chaqirib olish bo’yicha ovoz berish natijalari ro’yxatga olingan paytdan boshlab
muddatidan ilgari tugatilgan hisoblanadi.
198
Qonunda Qonunchilik palatasiga Ekoharakatdan saylangan deputatni chaqirib
olish holati ham belgilangan. Qonun normalariga asosan Ekoharakatdan saylangan
Qonunchilak palatasi deputati ham qonun hujjatlarini jinoiy, fuqaroviy, ma’muriy
hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka olib kelishi mumkin
bo’lgan tarzda buzsa; deputatni ahloq, odobining umum e’tirof etilgan normalarini
buzuvchi, deputat nomiga dog’ tushiruvchi, hamda davlat hokimiyati vakillik
organlarining obro’siga putur еtkazuvchi nojo’ya harakatlar sodir etsa; deputat o’z
vazifalarini muntazam ravishda bajarmasa, tegishli organlar ishida ishtirok etmasa,
topshiriqlarni bajarmasa chaqirib olish masalasi qonunda nazarda tutilgan tartibda
qo’zg’atilib, chaqirib olish zarurligi haqida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi va
qarorni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Qonunchilik palatasining
Ekoharakatidan saylangan deputati, Ekoharakatning Oliy organi tomonidan chaqirib
olinadi. Uning se’zdi (quriltoyi) deputat saylash uning kvorumi, chaqirib olish uchun
ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish natijalarini aniqlash, deputatga quyilayotgan
e’tirozlarning asossiz ekanligini isbotlash uchun imkoniyat berish, vakillik
organlarining boshqa deputatlarni chaqirib olishda qo’llaniladigan tartib asosida
bo’ladi.
Deputat va senatorni chaqirib olish bilan barcha harajatlar (ovoz berishni
o’tkazish) davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Deputat, Senatorni chaqirib
olish qonunchiligini buzilganligi ustidan Markaziy saylov komissiyasiga hamda
tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi
mumkin.
Xulosa
Deputat va Senatorni chaqirib olish saylov tizimining ajralmas qismi bo’lib, u
orqali fuqarolar vakillik organlarini tuzishdagina emas, ularning faoliyatini nazorat
qilishda ham faol ishtirok etadi. Chaqirib olish institutini mavjudligi deputat va
Senatorlar o’z vazifasiga, ma’suliyatiga vijdonan yondashuvini, ahloq, odob
normalarini xurmat qilishni ta’minlovchi muhim shartlardandir.
Deputat va Senatorni chaqirib olish uchun ovoz berish saylov doirasida
o’tkazilib, saylovning asosiy prinsiplari bunda ham qo’llaniladi. Deputat va
Senatorlarni chaqirib olish maxsus qonun asosida tashkil qilinsada, shu qonunning
o’zida, saylov qonunlaridan foydalanishni e’tirof etilishi ham chaqirib olishni, saylov
bilan bog’liqligini ko’rsatadi.
Deputat va Senatorni chaqirib olishda bir necha sub’ektlar: huquqni muhofaza
qiluvchi organlar, vakillik organlari (ularning organlari), saylov komissiyalari;
fuqarolar ishtirok etadi. Lekin bular orasida fuqarolar alohida ro’l o’ynaydi, chunki
chaqirib olishda ular hal qiluvchi ovozga ega, oxirgi so’zni ular aytadi. Chunki
qancha chaqirib olish qo’zg’atilib ovoz berish o’tkazilmasin, fuqarolar chaqirib
olishini xohlab ovoz bermasa deputat va Senator chaqirib olinmaydi. Chaqirib
olinayotgan deputat va senatorga o’zini himoya qilishiga keng imkoniyatlar
yaratilishi, ovoz berish natijasi aniqlanayotganda teng ovozlar ularni foydasiga hal
qilinishi demokratiyaning amaliy ifodasi hisoblanadi.
Nazorat qilish uchun savollar:
199
1. Milliy saylov qonunchiligimizda deputat va senatorlarga vakolat berilishi
bilan bir qatorda ularni vakolat muddati tugamasdan avval chaqirib olish normalari
ham belgilangan.
Deputat va Senatorlarni nima uchun chaqirilib olinadi hamda ularning
faoliyati muddatidan avval to’xtaltiladi. Ushbu holatni qonunchilik doirasida
muxokama qiling va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputati va Senati a’zolari hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining chaqirilib
olish tartib taomillarini qiyosiy tahlil etib huquqiy baho bering.
2. Deputat va Senatorlar chaqirib olinishini turli xil yo’llari, sabablari mavjud
bo’lib, turli xil sub’ektlar tashabbusi bilan chaqirilib olinadi.
Chaqirib olishga nimalar asos bo’lishi, chaqirib olish tashabbusi bilan kimlar
chiqishi, chaqirib olinayotgan deputat va Senatorlarga o’zini himoya qilish uchun
qanday imkoniyatlar yaratilganmi? Shular haqida qonunchilik doirasida tahlil etib
huquqiy baho bering.
3. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatligiga saylangan deputat F
belgilangan vazifalarni muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmayotganligini
inobatga olib O’zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi
deputatini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida”gi qonun talablariga binoan,
mahalliy Kengashi deputatni chaqirib olish to’g’risida majlis o’tkazish uchun majlis
chaqirishga qaror qildi.
Savol
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish
asoslarini tahlil qiling.
2. Chaqirib olishni amalga oshirishning prosessual tartibini batafsil yoritib
bering.
3. Mazkur holatda taraflarning harakatlariga baho bering.
4. O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga 2009-yil 27-dekabrda
saylovlar bo’lib o’tdi, besh yillik faoliyatdan so’ng Qonunchilik palatasi vakolat
muddati tugadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
Qonunchilik palatasiga yangi saylovlar 2014-yil 21-dekabr kuniga belgilandi. Shu
vaqtdan boshlab, Qonunchilik palatasining vakolatlari tugadi. Yangi saylangan
Qonunchilik palatasi faoliyat boshlagunga qadar oraliq muddatda palata ishi to’xtab
qolishi holati yuzaga keladi.
Savol
1. Yangi saylangan deputatlar faoliyatining boshlanish tartibini yoritib bering?
2. Ushbu masala Senatda qanday tartibda hal etiladi?
3. Masalaga huquqiy baho bering?
16-mavzu Fuqarolar yig’ini raisi (oqsaqoli) va uning maslahatchilari
saylovi
200
Saylov tayinlash va saylov o’tkazish pritsiplari. Saylov o’tkazuvchi
tuzilmalar va ularning vakolatlari. Fuqarolar yig’ini raisi va uning
maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ko’rsatish. Saylovni (ovoz berishni)
tashkil etish va ovoz berishni o’tkazish. Ovoz berish natijalarini chiqarish.
Mavzuda O’zbekiston saylov tizimining tarkibiy qismi bo’lmish Fuqarolar
yig’ini raisi (oqsaqoli) va uning maslahatchilarini saylash masalasi yoritildi. Bu
saylovlarni tayinlash, saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishdagi demokratik
pritsiplar, ularning ahamiyati; saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishda ishtirok
etuvchi tuzilmalar va ularning vakolatlari; fuqarolar yig’ini raisi va o’rinbosarlari
lavozimiga nomzodlar ko’rsatish, nomzodlarga qo’yiladigan talablar; saylovda ovoz
berishni tashkil qilish, uni o’tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash va rais va uning
maslaxatchilarini saylovida takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish asoslari va
tartibi va rais hamda uning maslahatchilarining vakolat muddatini muddatdan oldin
tugatishda saylov o’tkazish tartibi xaqida ma’lumotlar berilgan.
1-§. Saylov tayinlash va saylov o’tkazish pritsiplari
O’zbekiston Respublikasining eng quyi ma’muriy xududiy birliklarida,
qishloq, shahar, ovullarda davlat hokimiyati organlari tuzilmaydi. Konstititsiyaning
105-moddasida bu hududlarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tuzilishi,
bu organ – fuqarolar yig’ini bo’lishligi belgilanib qo’yilgan. Shuningdek
Konstitusiyada fuqarolar yig’inlari shaharlardagi, mahallalardagi, qishloqlardagi,
ovullardagi mahallalarda ham tuzilishi va ular ikki yarim yil muddatga raisini
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylashi mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek
konstitusiya normalarida, o’zini o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini
tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanishi ko’rsatib qo’yilgan.
Shunga asosan, O’zbekistonda “Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari
to’g’risida”1 va “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli)va uning maslahatchilari saylovi
to’g’risida”2 qonun qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2010-yil 12 noyabrda
ilgari surilgan Konsepsiyasida “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi qonunga o’zini o’zi boshqarish organlari
raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha oqsoqollar va ularning
maslahatchilari eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini nazarda tutuvchi
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklif qilingan edi.
Shu asosda qonun 2013-yil 22 aprelda yangi tahrirda tasdiqlandi. Uning
natijasida saylovlarni demokratik o’tkazish pritsiplari kengaytirildi, rais va uning
maslahatchilari lavozimiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar kuchaytirildi.
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi, O’zbekiston
Respublikasi saylov tizimining tarkibiy qismi bo’lib, unda saylovga xos asosiy
xususiyatlar va umumiylik shu bilan birga o’ziga xoslilik mavjud.
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilariga saylov o’tkazish
muddati saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi. Shuningdek Senat Kengashi
tomonidan saylovga tayyorgarlaik ko’rish tadbirlari muddati va tartiblari belgilanadi.
201
Saylovda ishtirok etish ixtiyoriy va erkin bo’lib, saylov huquqiga o’n sakkiz
yoshga to’lgan, shu hududda doimiy yashovchi fuqarolar ega. Fuqarolarni saylov
xuquqini cheklash ta’qiqlanadi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan
fuqarolar saylovda ishtirok etmaydi.
Rais va uning maslahatchilarining saylovi oshkoralik, muqobillik, teng saylov
prinsipi asosida o’tkaziladi.
Rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarining saylovi oshkora va ochiq
o’tkaziladi. Oshkoralik prinsipi-saylov tayinlanganligi, o’tkaziladigan sana, vaqt va
joy to’g’risida, rais va maslahatchi nomzodlari to’g’risida, ovoz berish natijalari
haqida fuqarolarga muntazam xabar berish orqali amalga oshiriladi. Saylovga
tayyorgarlik ko’rish, o’tkazish natijalari ommaviy axborot vositalari orqali keng va
batafsil yoritib boriladi.
Rais va uning o’rinbosarlari saylovida nomzodlar sonini ikki va undan ko’p
bo’lishi kerakligini belgilanishi, saylovni muqobillik asosida o’tishini ko’rsatadi. Bu
fuqarolarga tanlash huquqini beradi.
Rais va uning o’rinbosarlarini saylashdafuqarolar teng huquqga ega, bu tenglik
prinsipi bo’lib, uning natijasida fuqarolar jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi va ijtimoiy mavqеidan qat’iy nazar bitta ovozga ega. Saylovda
fuqaro (fuqarolar vakillar) bir ovozga ega va shaxsan ovoz beradi.
Saylovda hech kim ovoz berishga, ma’lum shaxsni yoqlab yoki unga qarshi
ovoz berishga majbur kilinmaydi. Saylovda ishtirok etishdan turli yo’llar bilan
cheklashga yo’l qo’yilmaydi.
Rais (oqsoqol) yoki uning maslahatchilari vakolatlari muddatidan ilgari
tugatilgan taqdirda, shu fuqarolar yig’inida qonun talablariga mos ravishda yangi
saylov o’tkaziladi.
2-§. Saylov o’tkazuvchi tuzilmalar va ularning vakolatlari
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsaqoli) va uning o’rinbosarlari saylovi davlat
organlari ta’siridan holi, mustaqil o’tishi demokratik tallablardandir. Shuning uchun
bu saylovlarni adolatli o’tishini ta’minlash maqsadida maxsus tuzilmalar: Oliy Majlis
Senati Kengashining, Fuqarolar yig’ini raisi (oqsaqoli) va ularning maslaxatchilari
saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi Komissiyasi, Fuqarolar
yig’inlari raislari (oqsaqolari) va ularning maslaxatchilarini saylovini tashkil etish
hamda o’tkazishga ko’maklashuvchi Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar,
Toshkent shaxri, tuman va shahar komissiyalari; fuqarolar yig’ini raisi (oqsaqoli) va
uning maslaxatchilari saylovini tashkil etish va o’tkazish buyicha ishchi guruhlari
tuziladi.
Senat Kengashi komissiyasi, Senat Kengashi tomonidan saylovni tashkil etish
va o’tkazish davriga tuziladi. U quydagi ishlarni amolga oshiradi:
- Rais (oqsaqoli)va uning maslaxatchilari saylovi qonun hujjatlarga mos o’tishini
ta’minlaydi;
- saylovni tashkil eish va o’tkazishga ko’maklashuvchi xududiy
komissiyalarning faoliyatini muvoliqlashtirib yunaltirib boradi;
- komssiyalarni zarur normativ huquqiy hujjatlar bilan ta’minlaydi;
202
- saylovni o’tkazish yuzasidan aholi o’rtasida tushintirish tashviqot ishlarini
tashkil qiladi;
- saylovni tashkil etish va o’tkazish qanday borayotganligini ommaviy axborot
vositalartda yoritilib borishini tashkil etadi;
- saylovni tashkil etish hamda o’tkazish yuzasidan fuqarolarning murojatlarni
ko’rib chiqadi;
- saylov yakunlari to’g’risidagi hududiy komissiyalar taqdim etgan axborotlarni
ko’rib chiqadi, umumlashtiradi va jamoatchilik etiboriga еtazadi;
- Senat Kengashining komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vazifalarni, vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar,
tuman va shahar ko’maklashuvchi komissiyalari tegishlicha davlat hokimyati vakillik
organlarining qarori bilan saylov o’tkazish davriga tuziladi. Tumanlar va shaharlar
komissiyasi navbatdagi saylov e’lon qilingandan keyin o’z faoliyatini
tugatadi.Demak ulvar 2.5 yil faoliyat yuritadi.
Bu komissiyalar tarkibiga qoidaga ko’ra fuqarolar yig’inlarinig, davlat
organlarining nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi.
Rais (oqsaqol) va uning maslaxatchildari lavozimiga nomzodlar komissiya
tarkibida bo’liasligi kerak.
Komissiya o’ziga berilgan vakolat doirasida quydagi vakolaitlarni amalga
oshiradi:
- saylov to’g’risidagi qonun xujatlarining ijrosini ta’minlaydi;
- ishchi guruhlarning faoliyatini yo’naltirib, muvofiqlashtirib boradi;
- saylovni tashkil etish hamda o’tkazish maslalari bo’yicha aholi o’rtasida
tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
- xovlilar, uylar, ko’chalarda , hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va
ovullardagi mahallalarda fuqarolarning vakillik normasini belgilaydi;
- keyinchalik tegishli tuman, shahar xokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar
yig’nlari (oqsaqollari) lovozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qiladi;
- saylovga doir hujjatlarni namunalarini tasdiqlaydi (Senat Kengashi tomonidan
belgilanadigan byulleten tashqari);
- saylovni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq axborotlarni eshitadi;
- saylov yakunlarini chiqaradi va uni Senat Kengashiga taqdim etadi;
- saylovlar bilan bog’liq fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqadi;
- saylov hujjatlarini arxivga topshirishnii ta’minlaydi va qonun hujjatlarda
belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Rais (Oqsoqol) vaularning maslaxatchilari saylovida ishtirok etadigan eng quyi
tuzilmasi saylovlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ishchi guruhdir.
Ishchi guruh fuqarolar yig’ini (fuqarolar yig’ini vakillari) qarori bilan saylovni
tashkil etish va o’tkazish uchun tuziladi. Saylov yakunlari e’lon qlingach o’z
faoliyatini yakunlaydi.
Ishchi guruh tarkibiga qoida tariqasida fuqarolar yig’ini tegishli xududda
joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari,
shuning, tegishli tuman shahar kengashi deputatlari kiritiladi. Uning tarkibiga
fuqarolari yig’ini Raisi, maslahatchisi, yig’inning boshqa xodimlari, Rais
203
maslahatchilar lavozimiga nomzodlarning yaqin qarindoshlari kiritilishi mumkin
emas.
Ishchi guruh saylovlarini bevosita tashkil qiluvchi, o’tkazuvchi, natijalarni
aniqlovchi tuzilmadir. Ularning vakolatlari qonunda aniq belgilab qo’yilgan bo’lib,
unga asosan Ishchi guruh:
- fuqarolar yig’ini (vakillarning yig’ini) o’tkaziladigan sana, vaqt, va joyni
belgilaydi hamda uni o’tkazishdan kamida besh kun avval bu haqda fuqarolarni
xabardor qiladi;
- xovlilar, uylar, ko’chalar, hamda shaharlardagi, qishloqlardagi va ovullardagi
mahalla aholisi umumiy yig’ilishi ishtirokchilarini ro’yxatga oladi hamda
fuqarolarning saylangan vakillari to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rsatib, aholining
umumiy yig’ilishi bayonnomasini tuzadi;
- tegishli xududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlarini hisobga olgan
holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yig’ini raisi va uning
maslaxatchilari lovozimiga nomzodlar bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
- saylovni tashkil etish va o’tkazish yuzasidan aholi o’rtasida tushuntirishlar olib
boradi;
- saylovga doir fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqadi;
- rais vauning maslaxatchilarining takroriy saylovi, shuningdek, bo’shab qolgan
o’rinlarga s aylovni tashkil etadi va o’tkazadi.
Ishchi guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
3-§. Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga
nomzodlar ko’rsatish.
Fuqarolar yig’ini raisi (Oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar shu xududda doimiy
yoshaydigan fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda ishchi guruh tomonidan
ko’rsatiladi. Ya’ni ishchi guruh nomzod tanlashda fuqarolar bilan maslaxatlashadi,
kelishadi. Natijada nomzod ko’rsatishda fuqarolar va ishchi guruh ishtirok etadi.
Ishchi guruh Rais lavozimiga nomzodlarga oid hujjatlarni tayyorlab tuman
yoki shahar xokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida o’n
kun avval taqdim etadi. Shunday qilib nomzod ko’rsatishning bu bosqichida
xududdiy komissiya va xokimlar ishtirok etadi. Taqdim etiladigan hujjatlarga rais
lavozimiga taqdim etilayotgan nomzodlarni yozma roziligini ilova qiladi.
Tuman yoki shahar xokimi nomzodlarni ko’rib chiqib, nomzodlar bo’yicha
asoslantirilgan xulosasini xududiy komissiyaga, ular esa ishchi guruhga topshiradi.
Ishchi guruh tuman yoki shahar xokimimining xulosasini olgach, kelishilgan
nomzodlar xaqidagi ma’lumotni (axborotni) saylovdan kamida besh kun oldin
fuqarolar yig’ini binosiga va mahalla guzariga osib qo’yadi.
Qonunda fuqarolar yig’ini raisi nomzodiga ma’lum talablar belgilangan. Bular
quyidagilar:
- nomzod O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;
- qoida tariqasida oliy ma’lumotli bo’lishi;
- bevosita saylovga qadar tegishli hududda kamida besh yil doimiy yashagan
bo’lishi;
204
- tashkilotchilik qobilyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat
tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xo’jalik faoliyati sohasida ish
tajribasiga, shuningdek, hayot tajribasiga, axoli o’rtasida obro’-etiborga ega bo’lishi
kerak.
Qonun kimlar nomzod bo’lolmasligini ham alohida ko’rsatib qo’ygan, unga
ko’ra:
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar
- og’ir yoxud o’ta og’ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki sudlanganlik olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning
xukmi bilan ozodlikdan maxrum etish joyida saqlanayotgan shaxslar;
- muddatsiz harbiy xizmatdagi shaxslar;
- diniy tashkilotlarning professonal xizmatchilari raisi lavozimiga nomzod
bo’lolmaydi va saylanishi mumkmn emas.
Rais maslaxatchilari lavozimiga nomzodlar ishchi guruh tomonidan shu
hududdagi yashovchi axolining fikrini inobatga olgan holda ko’rsatadi.
Fuqarolar yig’ini raisining maslaxatchilari miqdor tarkibi xovlilar, uylar,
ko’chalardan hamda shaharlardagi, qiloqlardagi va ovullardagi mahallalardan
fuqarolarning vakilligi inobatga olingan holda fuqarolar yig’ini (fuqarolar
vakillarining yig’ini) tomonidan belgilanadi.
Rais maslaxatchisi ham O’zbekiston fuqarosi bo’lishi, shu joyda doimiy
yashayotgan bo’lishi, mahalla aholisi oldida obro’-etiborga ega bo’lishi,
tashkilotchilik, hayot tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari nomzodlari xaqida tashviqot
ishlari olib borilishi mumkin.
4-§. Saylovni (ovoz berishni) tashkil etish va ovoz berishni o’tkazish.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari fuqarolar yig’ini yoki fuqarolar
vakillarining yig’ilishida saylanadi. Fuqarolar yig’ini yoki vakillari yig’ini saylov
o’tkazish uchun “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi
belgilangan tartibda chaqiriladi.
Fuqarolar vakillari yig’iniga xovlilar, uylar, ko’chalardan fuqarolarning
vakillari yuboriladi. Tarkibida mahallalar mavjud bo’lgan shaharlar qishloqla va
ovullar fuqarolar vakillarining yig’iniga mahallalardan vakillar yuboriladi.
Yig’inlar uchun vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi.
Rais va uning maslaxatchilarini saylash uchun chaqirilgan fuqarolar yig’ini
yoki vakillar yig’ilishi ishchi guruh rahbarligida o’tadi. Majlisga ishchi guruhi rahbari
raislik qiladi. Fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ini) kun tartibiga:
1. Sanoq komissiyasini saylash;
2. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsaqolini) saylash;
3. Fuqarolar yig’ini raisi maslaxatchilarini saylash masalasi kiritiladi.
Fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ini) yig’ilishining (majlisining) reglamenti, shu
jumladan rais, uning o’rinbosari lavozimiga nomzodlarning ma’ruzalari, ularning
muxokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.ular olvozga qo’yib
tasdiqlab olinadi.
205
Fuqarolar yig’ini raisi va uning o’rinbosarini saylovida ovoz berish natijalarini
aniqlash uchun fuqarolar yig’ini tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda
sanoq komissiyasi tuziladi (saylanadi).
Fuqarolar yig’inida (vakillar yig’inida) raislik qiluvchi yig’in raisi va uning
maslaxatchilari ga nomzodlarni e’lon qiladi va rais lavozimiga nomzodlarning har
biriga so’z beradi. Ma’ruzada nomzod o’z faoliyat dasturini e’lon qiladi.
Nomzodlarga so’z alifbo tartibida beriladi.
Fuqarolar yig’ini raisi yoki uning maslahatchilari saylash tartibi ochiq ovoz
berish orqali amalga oshiriladi (yashirin ovoz berish ha o’tkazilishi mumkin). Ovoz
berishning qaysi shaklidan foydalanish fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ini) ochiq ovoz
berish orqali hal qilib olinadi.
Rais va uning maslaxatchilarini saylash uchun odatda ochiq ovoz berish
qo’llaniladi. Bu ishtirokchilarning qo’l ko’tarishi bilan amalga oshiriladi. Ovoz berish
har bir ishtirokchi uchun alohida alohida qo’l ko’tarish orqali amalga oshiriladi,
nomzodlar ovozga alibo tartibtda qo’yiladi.
Fuqarolar yig’ini raisi lavozimiga nomzodlar bo’yicha ovoz berish o’tkazilib
natijalar aniqlangach, raisning maslaxatchilari lavozimiga nomzodlar alifbo tartibida
ovozga qo’yiladi.
Yashirin ovoz beriga kelishilgan bo’lsa, ovoz berish byulleten to’ldirish va
yopiq qo’tiga tashlash orqali o’tkaziladi. Fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ini) ga
byulletenni saylov komissiyasi beradi.
Byulletenga fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari lavozimiga
nomzodlar alibo tartibida kiritilib, ularning ismi, familiyasi, otasining
ismiko’rsatiladi.Byulletenlar bevosita ovoz berishdan oldin beriladi. Byulleten ovoz
beruvchi tomonidan yashirin kabinada yoki xonada to’ldiriladi. Ovoz beruvchi
byulletenning o’ng tomonida o’zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi
qarshisida joylashgan kvodratga belgi-krestik qo’yadi va byulletenni saylov
quttichasiga joylaydi.
Saylov qutilari ovoz berish tugagandan so’ng sanoq komissiyasi tomonidan
ochiladi. Fuqarolar yig’ini raisi, maslaxatchilarini saylash uchun ishlatiladigan
byulleten namunalari Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidpn belgilanadi.
Saylov qutisi ochilgach, sanoq komissiyasi tomonidan rais, uning
maslaxatchilariga har bir nomzodlar bo’yicha ovozlar sanab chiqiladi.
Ovoz natijalarini sanash bo’yichi sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi va u
sanoq komissiyasi raisi hamda a’zolari tomonidan imzolanadi.
Bayonnoma ovoz natijalarini aniqlovchi va rasmiylashtiruvchi asosiy hujjat
bo’lib, unda quydagilar ko’rsatiladi:
- fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ini) ishtirokchilarning umumiy soni;
- yashirin ovoz berish uchun byulleten olgan fuqarolar soni;
- fuqarolar yig’ini, maslaxatchilari lavozimiga har bir nomzod bo’yicha yoqlab
berilgan ovozlar soni;
- haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.
Sanoq komissiyasi ovoz berish natijalari bo’yicha bayonnomasi sanoq
komissiyasi raisi tomonidan o’qib eshittiriladi va fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ini)
tomonidan ovozga qo’yib tasdiqlanadi.
206
5-§. Ovoz berish natijalarini chiqarish.
Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko’prog’i ovozini olgan
nomzod fuqarolar yig’ini raisi yoki uning maslaxatchisi lavozimiga saylangan
hisoblanadi.
Ovozlar sanab chiqib, natija aniqlangach , fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ini)
fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari saylovi yakunlari bo’yicha qaror qabul
qilinadi. Bu qaror fuqarolar yig’inida raislik qiluvchi tomonidan o’qib eshittiriladi va
imzolanadi. Majlisda ikki nusxada bayonnoma tuzilib, uning bir nusxasi tuman va
shahar komissiyalariga taqdim etiladi. Tegishli tuman va shahar komissiyalari,
fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari bo’yicha ma’lumotlarni
umumlashtirib yuqori komissiyaga topshiradi.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari saylovida ro’yxatga olingan
saylovchilarning yarmidan kami ishtirok etgan saylov xaqiyqiy emas deb hisoblanadi
va bu saylovni o’tmagan deb hisoblashga asos bo’ladi.
Agar saylov fuqarolar vakillaring yig’inida o’tkazilgan bo’lsa, barcha vakillarning uchdan
ikki qismidan kami ishtirok etsa, saylov o’tmagan hisoblanadi. Ya’ni fuqarolar yig’ini uchun
alohida, fuqarolar vakillari uchun alohida kvorum belgilangan.
Saylov davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda qonunbuzarliklar sodir etilsa
va ular ovoz berish natijalariga ta’sir qilsa, sud fuqarolar yig’ini raisi va uning
maslaxatchilari saylovuni xaqiyqiy emas deb topishi mumkin.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari saylovi to’g’risidagi
qonunchilik takroriy ovoz berish, takroriy saylov va o’rni bo’shab qolgan joylarga
saylov o’tkazish holatlarini ham nazarda tutgan.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari lavozimiga ikki nafardan ortiq
nomzod ko’rsatilib saylov o’tkazilsa va ulardan birortasi ham belgilangan ovozni
to’play olmasa (saylanmasa), fuqarolar yig’ini eng ko’p ovoz olgan ikki nomzod
bo’yicha takroriy ovoz berishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiladi. Takroriy
ovoz berish ham qonun talablariga to’la rioya qilingan holda o’tqaziladi.
Takroriy ovoz berish o’tkazilganda ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar
yig’ini ovozini boshqa nomozdga nisbatdan ko’proq olgan nomzod rais yoki uning
o’rinbosari lavozimiga saylangan hisoblanadi.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilatchilarining takroriy saylovni
o’tkazish uchun quydagilar asos bo’ladi:
- asosiy saylov o’tmagan yoki xaqiyqiy emas deb topilsa;
- takroriy ovoz berish ham rais va uning o’rinbosarini saylash imkonini bermasa;
- asosiy saylovda rais va uning maslaxatchilari lavozimiga ko’pi bilan ikki
nomzod ko’rsatilib, ularning birontasi ham еtarli ovoz olib saylanmagan bo’lsa.
Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin bir oylik muddat ichida qonun
talablariga to’la amal qilgan holda o’tqaziladi.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari vakolati vakolat muddatidan
oldin tugatilsa, (masalan: o’lim, sog’lik yomonlashganligi, o’z ixtiyoriga ko’ra
lavozimini soqit qilish, boshqa joyga ko’chib ketish va boshqalar) tegishli fuqarolar
207
yig’inida qonunda belgilangan tartibda va uning talablariga to’la amal qilgan holda
o’tkaziladi. Saylov natijalari bo’yicha shu xususidagi qaror ustidan sudga shikoyat
qilish mumkin.
Xulosa:
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari alohida o’rin
tutib, uni tashkil qilishda va faoliyat yuritishida fuqarolar yig’ini raisi va uning
maslaxatchilari muhim ro’l o’ynaydi.
Fuqarolar yig’ini raislar va uning o’rinbosarlari konstitusiyaviy maqomi ega.
Chunki ularning bo’lishi va 2.5 yilga saylanishi Konstitusiyada belgilangan. Ularning
saylovini o’tqazish va tartibga solish uchun esa, maxsus qonun qabul qilingan.
Qonunda fuqarolar yig’ini raisi va uning maslaxatchilari demokratik saylov yo’li
bilan, demokratik prinsiplar asosida o’takaziladigan saylov orqali saylanishi
belgilangan. Saylov o’tkazishda fuqarolar yig’ini ishtiroki ta’minlashishi bilan
saylovlar mustaqil, davlat organlaridan holi tuzilmalar ishtirokida o’tishi belgilangan.
Bu saylovlarni demokratik, adolatli o’tishini ta’minlovchi asosiy shartidir.
Fuqarolar yig’ini raislar va uning maslaxatchilarini saylashdagina emas,
fuqarolar nomzod ko’rsatishda ham faol ishtirok etishi belgilangan, bu saylovlarni
demokratik xususiyatini yana bir bor ko’rsatadi.
Nazorat uchun savollar
1. Fuqarolarning o’zini o’zi organlari eng qadimiy institutlardandir. Ular
sobiq Ittifoq davrida ham mavjud bo’lgan va shu davrda o’zbek milliy an’analari,
qadryatlarini yo’qolib ketmaganligiga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
roli katta bo’ldi.
Mustaqillik qo’lga kiritilganidan keyin esa, O’zbekiston o’zining oldiga
demokratik huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda uni
rivojlantirish maqsadini qo’ygan va bu boradagi islohotlar bosqichma-bosqich, izchil
amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, bu jarayonda Fuqarolar yig’ini raislar va
uning o’rinbosarlarining vakolat doirasi bir muncha kengayib bormoqda.
Hozirgi kunda O’zbekistonda fuqarolar yig’ini raislar va uning o’rinbosarlari
saylovini o’tkazish prinsiplari, saylov o’tkazuvchi organlar tizimi, ularning
vakolatlarini atroflicha yoritib, qonun hujjatlariga binoan mustaqil tahlil qiling.
2. Fuqarolar yig’ini raisi vazifasiga nomzodlar ko’rsatish tegishli hududda
yashovchi aholining fikrini hisobga olgan holda ishchi guruhi tomonidan amalga
oshiriladi. Fuqarolar yig’ini raisi vazifasiga nomzodlar, qoida tariqasida, oliy
ma’lumotli bo’lishi va saylov kuni tegishli hududda doimiy yashab turgan bo’lishi,
shuningdek tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o’rtasida obro’-
e’tiborga ega bo’lishi kerak.
Milliy saylov qonunchiligimizga asosan, fuqarolar yig’ini raislar va uning
o’rinbosarlari nomzodlariga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat eknligini, ovoz
berish tartibi, natijalari aniqlash, takroriy ovoz berish, takroriy saylov o’tkazish va
bo’shab qolgan o’rinlarga saylov o’tkazish asoslarini tushintirib, ularning hhar
biriga huquqiy baho bering.
208
3. Navbatdagi O’zbekiston Respublikasining Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli)
va uning maslahatchilari saylovi munosabati bilan tumanda yashovchi “Ozoda”
fermer xo’jaligi boshlig’i Kamola Alimova o’zining nomzodini fuqarolar yig’ini raisi
saylovida ishtirok etish uchun ilgari surdi. Biroq saylovni o’tkazishda nomzodlarni
ro’yxatga oluvchi organ nomzodni o’rta maxsus ma’lumotga ega ekanligini va jamoat
ishlarida еtarli tajribasi mavjud emasligini inoatga olib uning nomzodini ro’yxatga
olishni rad etdi. Bunga binoan, Kamola Alimova prezidentlik va vakillik organlariga
saylovlarda oliy ma’lumotlilik sеnzi mavjud emasligini vaj qilib sudga murojaat qildi.
Savol
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar
yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish
hamda o’tkazish tartibini yoritib bering.
2. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga
nomzodlar ko’rsatish vakolatiga ega bo’lgan shaxslarga qo’yiladigan talablarni
izohlang.
3. Mazkur holatda sudya sifatida taraflarning harakatlariga baho bering.
4. L. Ismli shaxs Farovon nomli mahallada yashaydi . Fuqarolar yig’ini raisi
(oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi munosabati bilan Yuraktepa mahallasi
raisi maslahatchiligi lavozimiga o’z nomzodini qo’ydi. Bundan xabar topgan mahalla
faollari uning еtarli obro’-e’tiborga ega emasligi va mazkur mahallada yashamasligini
vaj qilib uning nomzodini saylovlardan olib tashlashni talab qildi. Bunga javoban L.
o’zining saylov huquqlari buzilayotganligini ko’rsatib tuma hokimiga murojaat qildi.
Savol
1. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil
etish hamda o’tkazish tartibini tushuntiring?
2. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga
nomzodlar ko’rsatishga kimlar ega?
3. Saylov qonunchiligidan kelib chiqib mazkur vaziyatga huquqiy baho bering?
17-mavzu. Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishda referendum instituti
Referendum – umumxalq ovozi. Referendum o’tkazish prinsiplari.
Referendum tayinlash. Referendum o’tkazuvchi tuzilmalar. Okrug va uchastka
komissiyalarining vakolatlari. Referendum o’tkazishga tayorgarlik kurish.
Referendumda ovoz berishni tashkil etish. Ovoz berish natijalarini aniqlash.
Referendum yakunlarini (qarorlarini) e’lon qilish va qarorlarni yuritish kuchi
(oqibati).
Mavzuda xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish vositalaridan referendum
xaqida bilim beriladi. Referendum ham saylov kabi ovoz berish orqali amalga
oshirilishi, uning tashkil qilish va o’tkazishdagi prinsiplar, u fuqarolarning xohish –
irodasini erkin amalga oshirish natijasi ekanligi, referendumni saylovlar bilan
uxshash tomonlari shuningdek farqlari ko’rsatib beriladi.
209
Shuningdek Referendum tayinlash, bunda fuqarolar tashabbusi, uni amalga
oshirish; Referendum o’tkazuvchi tuzilmalarni shakllantirish va faoliyatidagi
prinsiplar ularning vakolatlari; referendumga tayorgarlik kurish, uni o’tkazish va
natijani aniqlash, yakunlarni e’lon qilish; referendum qarorlarini yuridik kuchi va
oqibati; referendum o’tkazishni moliyalashtirish, referendum qonunchiligini
buzganlik uchun javobgarlik masalalari xususida ma’lumotlar beriladi.
1-§. Referendum – umumxalq ovozi. Referendum o’tkazish prinsiplari
Referendum insoniyat uylab topgan saylov singari demokratiyani yaqqol
ifodasi, uni amalga oshirishning vositasidir. U baynalminal atama bulib, umumxalq
ovozi manosida ishlatiladi. Referendumning jamiyat hayotidagi muhim urni, uni
Konstitusiyamizda alohida moddada belgilanganida ham ko’rish mumkin.
Konstitusiyaning 9-moddasida “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari
xalq muxakamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi.
Referendum o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”- deb mustahkamlab qo’yilgan.
“O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi qonun 1991-yil 18-
noyabrda qabul qilingan bo’lib, u keyinchalik o’zgartirish va qo’shimchalar bilan
yangi tahrirda tasdiqlangan.1
Saylov huquqi darsligida nima uchun referendumga mavzu ajratilgan ? - degan
savol tug’ilishi mumkin. Bu darslikda referendum to’g’risida mavzu berilganligining
sababi, referendum va saylov o’rtasida judda katta umumiylik va o’xshashlik mavjud.
Avvalo ularning har ikkalasi demokratiya ifodasi, fuqarolarning davlat va jamiyat
hayotida ishtirokini ta’minlovchi usul; ularni har ikkalasida maqsadga ovoz berish
orqali erishiladi; tashkil qilish va o’tkazishda amal qiladigan prinsiplar o’xshash va
xokazo.
Referendumning saylovdan farqi ham mavjud. Saylovlarda mansabdor
shaxslar, deputatlar saylansa, saylovchi nomzodlarga ovoz bersa, referendumda
masalaga ovoz beriladi, biron bir masala hal qilinadi, yana saylov aniq belgilangan
muddatlarda o’tkazilsa referendum zaruriyatga qarab o’tkaziladi.
Qonunda qayd qilinishicha referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq
irodasini bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik
kuchga ega bulib u faqat referendum yo’li bilan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi
mumkin.
Referendum saylovlar singari umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri prinsipda
yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi, fuqarolar unda o’z xohish irodasini erkin-
ixtiyoriy bildiradilar. Referendumda ishtirok etishga, shuningdek, ishtirok etmaslikka
biron bir tarzda ta’sir qilinishi mumkin emas.
Har bir fuqaro referendumda teng asosda ishtirok etadi va bitta ovozga ega.
Referendumda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, ularni xohish irodasini bildirishi hеch
qanday yo’l bilan nazorat qilinmaydi. Referendumga tayorgarlik ko’rish va o’tkazish
ochiq va oshkora amalga oshiriladi .
1 Qarang: О’zbekistоn respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2001 yil, №9-10. 176-mоdda; 2005 yil, №1,
18-mоdda.
210
Referendum o’tkaziladigan kunda 18 yoshga to’lgan O’zbekiston
Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish xuquqiga ega.
Respublika xududidan tashqarida yashayotgan O’zbekiston Respublikasining
fuqarolari ham referendumda ishtirok etadilar.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqеi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi,
ma’lumoti, tili dinga munosabati, mashg’ulotining turi va xususiyatiga qarab
fuqarolarning referendumda qatnashish xuquqlarini bevosita yoki bilvosita
cheklashga yo’l quyilmaydi.
Хuddi saylovdagi singari, referendumda ham, sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud xukmi bilan ozodlikdan maxrum
etish joylarida saqlanayotgan fuqarolar referendumda ishtirok etmaydilar.
Referendumga tayorgarlik ko’rish, o’tkazishning ba’zi tadbirlari oshkora va
ochiq o’tkaziladi. Referendumni oshkora, adolatli o’tkazishni ta’minlashda
kuzatuvchilar alohida rol o’ynaydi.
Referendumning demokratik xususiyati yana shunda ko’rinadiki, fuqarolar
jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari referendum
o’tkazilishini yoqlab yoki unga qarshi, referendumga qo’yilayotgan qonun loyixasi,
amaldagi qonun yoki boshqa masalani yoqlab yoki unga qarshi hech qanday
moneliksiz tashviqot olib borish xuquqiga ega.
Referendum qarorlari jiddiy oqibatlar vujudga keltiradi. Shuning uchun undan
faqat ezgulik yo’lida foydalanish maqsadlaridan kelib chiqib ayrim masalalarni
referendumga qo’yish mumkin emasligi ham qonunda belgilab qo’yilgan. Unga
ko’ra, referendum predmeti bo’lmaydigan masalalar quyidagilar hisoblanadi:
- O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o’zgartirish;
- O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va soliqlar;
- amnistiya va avf etish;
- jamoat tartibini, aholi sog’lig’i va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha
favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o’tkazish;
- respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni
bajarish;
- mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan harbiy
vaqt yoki favqulodda holat sharoitlarida, shuningdek harbiy vaqt tugagan yoki
favqulodda holat bekor qilingandan keyin uch oy davomida referendum
o’tkazilmaydi.
Referendum natijalari rasman e’lon qilingandan keyin bir yil davomida
mazmun yoki ma’nosiga ko’ra xuddi shunday savol qo’yilgan referendum
o’tkazilmaydi.
Referendum O’zbekiston hayotiga kirib kelgan va bir necha bor eng muhim
masalalarni hal qilishda qo’llanilgan voqеa bulib qoldi. Oxirgi referendum 2002-yil
27-yanvarda o’tkazilib uning natijasida ikki palatali parlament joriy etildi va
prezidentning vakolat muddati o’zgartirildi. Shu referendumda ovoz beruvchilar
ro’yxatiga 13 266 602 fuqaro kiritilgan bo’lsa, ularning 12 113 070 nafari ovoz
berishda ishtirok etdi. Ovoz berishda ishtirok etganlarning 92 % ikki palatali
211
parlament va prezidentning vakolat muddati uzaytirilishini yoqlab ovoz berdi. 1
“Referendumni o’tkazilishi va uning yakunlari davlatchiligimiz rivojida, jamiyatni
demokratik yangilash jarayonida muhim bosqich bo’ldi. Eng asosiysi, referendum
natijalari mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning jamoatchiligimiz, axolimiz
tomonidan qanchalik qo’llab- quvvatlanayotganini amalda yaqqol tasdiqladi”.2
2-§. Referendum tayinlash
Yuqorida qayd qilinganidek saylov o’tkazish muddati konstitusiyada
belgilangan, shu muddatda Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasini
boshlanganligini e’lon qiladi.
Referendumni oldindan tayinlash mumkin emas. Hal qilinishi lozim bo’lgan
masalalar har qanday paytda paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun qonun shunday
masalalar vujudga keldi deb hisoblovchi ayrim sub’ektlarga, referendum o’tkazish
tashabbusi bilan chiqish huquqini beradi.
Qonunga asosan referendum o’tkazish tashabbusi bilan:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin.
Bular refendum to’g’risidagi tashabbus ko’rsatishda teng huquqga ega.
Fuqarolar referendum tashabbusi bilan chiqishi uchun ba’zi talablarni bajarishi
kerak, jumladan ular respublika bo’yicha referendumda ishtirok etish huquqiga ega
fuqarolarning besh foizini imzosini to’plashi kerak. Imzolar Qoraqalpog’iston
Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar orasida teng miqdorda to’planishi
kerak.
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega har bir fuqaro yoki fuqarolar guruhi
referendum o’tkazish to’g’risidagi tashabbusni qo’llab-quvvatlovchi imzolarni
to’plash uchun kamida yuz kishidan iborat tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin.
Tashabbuskor guruh tuzilgach uning vakolatli vakili guruhni ro’yxatdan
o’tkazishni so’rab Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
fuqarolar tashabbuskor guruhi a’zolarining familiyasi, ismi, otasining
ismi, tug’ilgan sanasi, turar joy manzili, pasportining seriyasi va tartib raqami
ko’rsatilgan ro’yxati;
tashabbuskor guruhning vakolatli vakilini tayinlash haqidagi rasmiy
ishonchnoma;
guruh yig’ilishining bayonnomasi;
referendumga qo’yilayotgan masalalarning asosi (ta’rifi).
Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib besh kun ichida
u guruhni ro’yxatga olish yoki olishni rad etish to’g’risida asosli qaror qabul qiladi.
Guruh ro’yxatga olinsa, vakolatli vakilga bu haqda guvohnoma beradi. Guvohnoma
olingach referendumni qo’llab-quvvatlovchi imzolar to’plash boshlanadi.
1 Qarang: Azizxо‘jaev A. va bоshqalar. О’zbekistоn Respublikasining Kоnstitutsiyasiga sharh. T.: О’zbekistоn
2013, 54-b. 2 Karimоv I.A. О’zbekistоnda demоkratik о‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyati asоslarini
shakllantirishning asоsiy yo‘nalishlari. T.: О’zbekistоn, 2009, 15-bet.
212
Guvohnoma uch oy mobaynida haqiqiy sanaladi. Imzo to’plash harajatlari
tashabbuskor guruh hisobidan bo’ladi.
Imzo varaqalarining shaklini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi.
Varaqada imzo qo’yuvchilar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, turar
joy manzili, pasportining seriyasi va tartib raqamini ko’rsatadi.
Imzo varaqasi imzo to’plagan shaxs, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruh
vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanadi. Unda ularning familiyasi, ismi, otasining
ismi, turar joy manzili, pasportining seriyasi va tartib raqami ko’rsatiladi.
Imzo to’plash qonun bilan tashviqot o’tkazish taqiqlanmagan joylarda
o’tkaziladi. Imzo to’plashda fuqarolarni majburlash yoki turli yo’llar bilan og’dirib
olishiga yo’l qo’yilmaydi.
Imzolar ma’muriy xududiy birliklar bo’yicha jamlanib Markaziy saylov
komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga guvohnoma beriladi.
Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarni qonuniy to’ldirilganligini tekshirib,
o’n kun ichida Qonunchilik palatasiga o’z xulosasini yuboradi va bu haqda
O’zbekiston Prezidentini xabardor qiladi.
Imzo to’plashda qonun buzilishlari aniqlansa, referendum o’tkazish haqidagi
tashabbusni haqiqiy emasligi haqida Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qiladi.
Qonunga asosan referendum Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi. Referendum
tayinlash Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolati hisoblanadi.
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o’tkazish tashabbusi
bilan chiqqanda Oliy Majlisga murojaat etishi yoki referendum o’tkazish to’g’risida
o’z qarorini qabul qilishi ko’rsatilgan. Demak, Prezident ham referendum tayinlash
xuquqiga ega. Referendum tayinlanganda, unga quyilayotgan masala matni ham
tasdiqlanadi.
Oliy Majlis palatalarida referendum haqidagi tashabbusni ko’rib chiqish hamda
referendum tayinlash tartibi qonunda belgilab quyilgan. Xuddi qonun qabul qilinishi
singari bu masala avval Qonunchilik palatasida ko’rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi referendum o’tkazish tashabbusi haqidagi materiallarni va
mas’ul qo’mitaning xulosasini ikki hafta ichida ko’rib chiqadi va quyidagi
qarorlardan birini qabul qiladi:
referendumni tayinlash va o’tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida;
referendum o’tkazish haqidagi tashabbusni rad etish to’g’risida;
referendum o’tkazish to’g’risidagi tashabbusda taklif etilgan qonun yoki
boshqa qarorni referendum o’tkazmasdan turib qabul qilish haqida.
Qonunchilik palatasining referendum oid qarori uch kun ichida Senatga va
tashabbuskorlarga yuboriladi.
Senat referendum o’tkazish haqida tashabbus materiallarini, Qonunchilik
palatasi qarorlarini, mas’ul qo’mitaning xulosasini ikki hafta ichida ko’rib chiqib:
referendum tayinlash va uni o’tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida yoki
referendum o’tkazshni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Bu qaror uch kun
ichida Qonunchilik palatasiga va tashabbuskorlarga yuboriladi.
Senat referendumni o’tkazish haqida qaror qabul qilgan taqdirda uch kun
ichida Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari matbuotda e’lon qiladi.
213
Palatalar qarorlarida referendum o’tkazish sanasi ham belgilanadi. Referendum
sanasi qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha bo’lgan
davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.
3-§. Referendum o’tkazuvchi tuzilmalar
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasida saylovni va
referendumni tashkil etish va o’tkazish uchun Oliy Majlis tomonidan Markaziy
saylov komissiyasi tuziladi - deb ko’rsatilgan. 1 U butun mamlakat xududida
referendumni tashkil qiladi.
Referendum o’tkazishda saylov okruglar va uchastkalar tuziladi. Referendum
okruglari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi kabi Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
chegarasida tuziladi, ya’ni har bir ma’muriy xududiy birliklar bitta okrug hisoblanadi
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar soni, referendum
o’tkazuvchi okrug komissiyasi joylashgan joy ko’rsatilgan ro’yxatlar, referendum
tayinlangan qaror e’lon qilingan kundan keyin kechi bilan besh kun ichida Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlarning chegaralari asosida
fuqarolarga mumkin qadar qulaylik yaratishni ko’zlab, tuman va shahar
hokimliklarini taqdimnomasiga asosan okrug komissiyasi tomonidan referendum
tayinlash e’lon qilinganidan keyin o’n besh kundan kechiktirmay tuziladi.
Referendum uchastkalari xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida, harbiy
qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash
muassasalarida, olis va borish qiyin bo’lgan еrlardagi fuqarolar turgan joylarda ham
besh kun qolganda tuzilishi mumkin.
Harbiy qismdagi uchastkalar harbiy qismlar yoki qo’shilmalar
komandirlarining taqdimnomasiga binoan, okrug komissiyasi tomonidan, xorijiy
mamlakatlardagi vakolatxonalarida tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga
binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Uchastkalar qoida tariqasida, kamida yigirma va ko’pi bilan uch ming
fuqarodan iborat tuziladi.
Referendumni o’tkazish uchun okrug saylov komissiyalari va uchastka
komissiyalari tuziladi. Ular referendum o’tkazish paytidagina faoliyat ko’rsatadi.
Agar referendum saylov o’tayotgan vaqtda o’tsa, referendumni o’tkazishni ham
okrug, uchastka saylov komissiyalari zimmasiga yuklash mumkin.
Okrug saylov komissiyasi, referendum tayinlash to’g’risidagi qaror e’lon
qilinganidan keyin o’n kundan kechiktirilmay Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan to’qqiz nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuzilib, u o’z majlisida
rais, o’rinbosari va kotibini saylaydi.
Uchastka saylov komissiyasi referendum tayinlash to’g’risidagi qaror e’lon
qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay o’n
to’qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Uning raisi, rais o’rinbosari va kotibi
1 Markaziy saylоv kоmissiyasini tuzish tartibi, tarkibi, ish faоliyati shakli va prinsiplari, vakоlatlari darslikni 8-
mavzusida berilgan.
214
komissiya majlisida saylanadi. Komissiya еtti nafargacha a’zodan iborat ham tuzilishi
mumkin. Unda faqat rais va o’rinbosari saylanadi. Uchastka komissiyasi tarkibining
soni zarur hollarda ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyasi
raisi vazifasini vakolatxona rahbari bajaradi.
Okrug komissiyalarining a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga
ko’ra, uchastka komissiyasining a’zolari mahalliy davlat hokimiyati organlari va
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari taqdimnomasiga ko’ra tasdiqlanadi.
Komissiyaning a’zosi o’z arizasiga ko’ra yoki vakolatidan mahrum qilinganida
vazifasini bajarishdan ozod qilinadi.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar,
mansabdor shaxslar referendum komissiyasiga yordam berishlari, ularning ishi uchun
zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Kerakli binolar va jihozlar komissiya ixtiyoriga bepul beriladi.
Komissiyalar referendumga tayyorgarlik ko’rish masalalari bilan har qanday
organ, tashkilot va mansabdor shaxslarga murojaat qilishi mumkin, ular masalani
ko’rib chiqib ko’pi bilan uch kun ichida javob qaytarishlari shart.
4-§. Okrug va uchastka komissiyalarining vakolatlari.
Referendum o’tkazuvchi okrug komissiyasi quyidagi vakolatlarga ega:
okrug hududida qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishi;
referendum uchastkalarini tuzish, ularni tartib raqamini belgilash; manzilini
ko’rsatib ro’yxatini e’lon qilish;
uchastka komissiyalarini tuzish, ularning tarkibi va joylashgan manzili e’lon
qilish hamda uchastka komissiyalari faoliyatini yo’naltirib, muvofiqlashtirib turish;
referendum uchun ajratilgan mablag’larni uchastka komissiyalari o’rtasida
taqsimlash, uchastka komissiyalarini binolar, transport va aloqa vositalari bilan
ta’minlanishini nazorat qilish va okrugda referendumni moddiy ta’minlashning
boshqa masalalarini ko’rib chiqish;
referendumga qo’yilgan masaladarni mazmunini tushuntirishga qaratilgan
tadbirlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalariga ko’maklashish;
tegishli organ, tashkilot rahbarlarini referendumga tayyorgarlik haqida
axborotlarini eshitish;
ovoz beruvchi fuqarolarning ro’yxatlari tuzish va tanishib chiqish uchun
taqdim qilishni kuzatish;
uchastka komissiyalarini byulleten bilan ta’minlash;
okrug bo’yicha ovoz berish natijalarini aniqlab, ma’lumotlarni Markaziy
saylov komissiyasiga taqdim etadi;
uchastka komissiyalari qarorlari va harakatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni
ko’rib chiqish, tegishli qarorlar qabul qilish va qonun hujjatlariga asosan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish.
Qonunda uchastka komissiyasi vakolatlari ham belgilangan, unga asosan
uchastka komissiyasi:
uchastka bo’yicha fuqarolar ro’yxatini tuzadi;
215
fuqarolar ro’yxat bilan tanishtiradi, unda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatadi;
ovoz berish kuni yashash joyida bo’lmagan fuqarolarga Markaziy saylov
komissiyasi tasdiqlagan namunadagi hisobdan chiqish guvohnomasini beradi;
ovoz beruvchilarni ovoz berish kuni, vaqti, joyi haqida ogohlantiradi;
ovoz berish xonalarini tayyorlaydi;
ovoz berishni tashkil etadi, o’tkazadi;
berilgan ovozlarni sanab chiqadi;
ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha tushgan ariza va
shikoyatlarni ko’rib chiqib, ular bo’yicha qarorlar qabul qiladi hamda qonun
hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Okrug va uchastka saylov komissiyalarining vakolatlarini ko’rsak, ular saylov
o’tkazuvchi komissiyalarga o’xshashligini ko’ramiz. Shu bilan birga saylovda ovoz
berish bilan, referendumda ovoz berishning o’ziga xos tartiblar mavjudligini
ko’ramiz.
Masalan, saylovda saylovchi ovoz berish kuni yashash joyida bo’lmasa, u muddatidan oldin
shu ro’yxatga olingan uchastkada ovoz beradi. Referendumda esa ro’yxatga kiritilgan joyda ovoz
berish kuni bo’lmasa, shu kuni qaerda bo’lsa shu еrda, hisobdan chiqarish xaqidagi uchastka saylov
komissiyasining guvohnomasi asosida ovoz beradi, chunki O’zbekistonning barcha xududida ovoz
berish byulletiniga bir xildagi masala kiritiladi.
Referendum o’tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasi referendum natijasi
e’lon qilingach faoliyatini tugatadi. Referendumda takroriy ovoz berish kabi holatlar
ko’zda tutilmagan.
5-§. Referendum o’tkazishga tayorgarlik ko’rish.
Referendum o’tkazishga tayorgarlik ko’rish bir necha tadbirlarni amalga
oshirish orqali olib boriladi. Bular:
ovoz beruvchi fuqarolarni ro’yxatini tuzish – ro’yxat bilan ularni tanishtirish;
ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatidagi noaniqliklarni tuzatish (baxslashuv);
ovoz berish byuletenlari tayorlash, еtkazib berish, qabul qilish rasmiylashtirish;
ovoz berish binolarini, xona va kabinalarni, qutilarni tayorlash;
aholini ovoz berish kuni, vaqti, joyi xaqida xabardor qilish kabi ishlardan
iborat.
Ovoz beruvchilar ro’yxatiga, referendumda ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan
ovoz berish vaqtida mazkur uchastka xududida doimiy yoki vaqtincha yashovchi
fuqarolar kiritiladi.
Ro’yxatda fuqarolarni familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi va turar
joy manzili kiritiladi.
Har bir fuqaro faqat bir uchastkada tuzilgan ro’yxatga kiritiladi.
Ro’yxat uchastka komissiya tomonidan tuzilib, rais va kotib tomonidan
imzolanadi. Ro’yxat tuzishga jamoatchilik vakillarini jalb qilinadi.
Fuqarolarni hisobga olishni tuman va shahar hokimliklari ta’minlab, fuqarolar
to’g’risida barcha zarur materiallarni komissiyaga beradi.
216
Harbiy qismlarda istiqomat qiladigan harbiy xizmatchilar va ularning oila
a’zolari qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida ro’yxatga
kiritiladi. Harbiy qismdan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar umumiy
tarzda ro’yxatga, shu еrda tuzilgan komissiya tomonidan kiritiladi.
Xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va
boshqa statsionar davolash muassasalarida tuzilgan uchastkalarda fuqarolarning
ro’yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlarining taqdim etgan ma’lumotlari
asosida tuziladi.
Fuqaro ro’yxatga ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo’lgan tartibda
kiritiladi.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro’yxatlari ovoz berish kuniga o’n kun qolganida,
xorijiy davlatlarda, kasalxonalar davolash muassasalari, borish qiyin bo’lgan еrlarda
tuzilgan uchastkalarda esa ovoz berish kuniga еtti kun qolganida hamma tanishishi
uchun taqdim qilinadi. Uchastka komissiyasi ro’yxat bilan tanishish joyi va vaqti
to’g’risida fuqarolarni xabardor etadi va ro’yxat bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.
Ro’yxatdagi xatolar aniqlansa, fuqaro uni tuzatish haqida uchastka
komissiyasiga murojaat qilishi mumkin. Yigirma to’rt soat ichida bunday arizani
tekshirib xatolar tuzatiladi yoki ariza rad etganligi xaqida fuqaroga asosli javob
beriladi.
Komissiya faoliyati ustidan yuqori komissiyaga yoki sudga murojaat qilish
mumkin.
Ovoz berishga tayorgarlik ko’rishda, ovoz berish byulletenlarini tayorlashni
ham o’z ichiga oladi. Ovoz berish byulleteni fuqaroning xohish irodasini bildirish
vositasi, rasmiy hujjatdir. Unda referendumga qo’yilayotgan masalaning matni aniq
ko’rsatiladi (aks ettiriladi) va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari (ha, yo’q,
ma’qullayman, ma’qullamayman) ko’rsatiladi. Referendumda qancha masala kiritilsa
ham ularning barchasi bitta byulletenda qayd qilinadi. Masalalar ketma-ket raqamlab
chiqiladi va biri ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratilib qo’yiladi. Qonun
loyihasi yoki qonuning referendum byuletenlarida kiritilganda ham ketma-ket
raqamlab chiqiladi va biri ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratiladi. Ovoz
berish byulletenida uni to’ldirish tartibi ko’rsatib qo’yiladi.
Byulletenlar davlat tilida, okrug komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug
aholisining ko’pchiligi muomala qiladigan tillarda chop etiladi.
Ovoz berish byulletenlarni uchastka komissiyasi, okrug komissiyasidan ovoz
berish kuniga kamida uch kun qolganida oladi va buni okrug va uchastka
komissiyalarining raisi yoki o’rinbosari, kotibi o’z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Uchastkada olingan byulletenlar soni, ovoz berish ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar
sonining yarim foizidan ko’p bo’lishi mumkin emas. Byulletenning o’ng tomoni
yuqori burchagiga uchastka komissiyasining ikki a’zosi imzo qo’yadi va imzolar
komissiya muhri bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlanmagan byulletenlar sanab chiqishda
hisobga olinmaydi.
Ovoz berishga tayorgarlik ko’rish- ovoz berish o’tkaziladigan bino va
xonalarni ham tayyorlashni o’z ichiga oladi. Ovoz berish hamma vaqt maxsus
ajratilgan binolarda o’tkaziladi. Unda yashirin ovoz berish uchun еtarli miqdorda
kabinalar (xonalar) jihozlangan bo’lishi, ovoz berish byulletenlari tarqatiladigan joy
217
aniqlangan va ovoz berish qutilari ko’rinarli joylarda o’rnatilgan bo’lishi kerak. Ovoz
berish qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish
kabinalari yoki xonalaridan o’tib boradigan qilib o’rnatilishi kerak.
Ovoz berish xonasida maxsus stend jihozlangan bo’lishi, unda ovoz berish
qanday amalga oshirilishi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Referendumga qo’yilgan qonun
loyihasi amaldagi qonunning bekor qilishni yoki unga o’zgartishlar, qo’shimchalar
kiritilishini nazarda tutsa, stendga bekor qilinishi, o’zgartirilishi yoxud qo’shimchalar
kiritilishi taklif qilinayotgan amaldagi qonun matni ham joylashtiriladi.
Har bir ovoz berish uchastkasini bino bilan tuman, shahar hokimi ta’minlaydi.
Uni jihozlash hamda binoda zarur tartibni saqlash uchastka komissiyasi zimmasiga
yuklanadi.
6-§. Referendumda ovoz berishni tashkil etish.
Ovoz berish referendum o’tkaziladigan kuni soat oltidan soat yigirmaga
o’tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi haqida fuqarolar uchastka komissiyasi
tomonidan ovoz berishga kamida o’n kun qolganida fuqarolarni xabardor qilinadi.
Ovoz berish binosi referendum kuni barcha komissiya a’zolarining uchdan ikki
qismi hozir bo’lganda ochiladi. Komissiya raisi, komissiya a’zolari hozirligida ovoz
berish qutilarini muhrlaydi, ovoz berish byulletenlari va ovoz beruvchilarning
ro’yxatlarini komissiya a’zolari o’rtasida taqsimlaydi va ovoz berish boshlanganligini
e’lon qiladi. Ovoz berish byulletenlarining umumiy soni alohida hujjat bilan
rasmiylashtiriladi.
Fuqaro ovoz berish binosiga kelgach, o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni
ko’rsatadi ovoz berish byuletenini oladi va ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga imzo
qo’yadi. Biror-bir sababga ko’ra ro’yxatga kirmay qolgan bo’lsa, fuqarolarning
familiyalari shaxsni, turar joyni tasdiqlovchi hujjatga asosan ovoz beruvchi fuqarolar
ro’yxati ilovasiga kiritiladi.
Referendum byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish
kabinasida to’ldiriladi. Ovoz berish byulleteni to’ldirilayotgan vaqtida ovoz
beruvchidan boshqa shaxslarning bo’lishi mumkin emas.
Agar fuqaro o’zi mustaqil ovoz berish byulletenini to’ldirish imkoniga ega bo’lmasa o’z
xohishiga ko’ra, komissiya azolari va kuzatuvchilardan tashqari boshqa biron kishini kabina yoki
xonaga taklif qilishi va byulleten to’ldirishda uning yordamidan foydalanishi mumkin.
Fuqarolar referendumga qo’yilgan masalaga qarshi ovoz bersa, masala ta’rifini
o’chiradilar yoki masalani yoqlab ovoz beradigan bo’lsalar, uni o’chirmaydi.
Byulleteni to’ldirib fuqaro uni saylov qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari
komissiya a’zolariga va kuzatuvchilarga ko’rinib turishi kerak.
Byulleteni buzib qo’yilsa, fuqaroning iltimosiga ko’ra u yangisi bilan
almashtirilishi mumkin. Buzilgan byulletenlar hisobga olinadi, bekor qilinadi va
alohida saqlanadi.
Ovoz berish kuni o’z turar joyida bo’lmagan fuqaro uchastka komissiyasidan
hisobdan chiqish guvohnomasini talab qilib olishi mumkin, va shu guvohnoma
218
asosida boshqa har qanday uchastkada ro’yxatga kiritilishi va shu еrda ovoz berishi
mumkin.
Sog’lig’i yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko’ra fuqaro uchastkaga kela
olmasa uning iltimosiga ko’ra referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari
ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joyda o’tkazishlari mumkin, bunday ovoz
berishda ko’chma ovoz berish qutilaridan foydalaniladi.
Yashash joyida ovoz berishni tashkil qilgani uchun boradigan uchastka
komissiyasining a’zolari arizalar soniga teng miqdordagi byulletenlarni imzo chekib
oladilar. arizalarining soni, shuningdek ishlatilgan va qaytarilgan ovoz berish
byulletenlarining soni alohida dalolatnomada qayd etiladi. Xuddi shuningdek
umumiy ovoz berish ro’yxatida ham fuqarolar alohida yashash joida ovoz berganligi
qayd etib qo’yiladi. Ko’chma ovoz berish qutisi ovozlarni sanab chiqish
boshlanguncha ochilmaydi. Ovoz berishni referendum uchastkasi binosidan
tashqarida tashkil etilishi, ovoz berishni yashirinligini aslo buzmasligi kerak.
Uchastka komissiyasining a’zosi yoki kuzatuvchi ovoz berish sirini oshkor
qilsa yoki fuqarolarning xohish-irodasiga ta’sir ko’rsatishga harakat qilsa, uchastka
komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, kuzatuvchi
esa ovoz berish binosidan chiqarib yuboriladi. Bu harakatlar to’g’risida uchastka
komissiyasi qaror qabul qiladi.
Ovoz berish tugaganligi soat yigirmada e’lon qilinadi. Xorijiy davlatlardagi
vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa
statsionar davolash muassasalarida, shuningdek, olis va borish qiyin bo’lgan еrlarda
fuqarolar turgan joylarda tuzilgan uchaskalarda, ro’yxatga kiritilgan barcha fuqarolar
ovoz berib bo’lgan bo’lsa, uchastka komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berishni
tugaganligini e’lon qiladi.
7-§. Ovoz berish natijalarini aniqlash
Uchastkada ovoz berish tugagach, ovoz berish qutilarini ochishdan oldin
barcha foydalanilmagan ovoz berish byulletenlari komissiya a’zolarining ishtirokida
sanab chiqilib, bekor qilinadi.
Ovoz berish qutilari uchastka komissiyasi raisi ovoz berish tugadi deb e’lon
qilgach, referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz
berish tugaguniga qadar qutilarini ochish qat’iy taqiqlanadi. Ovoz berish qutilarini
ochish navbatma-navbat amalga oshiriladi avval ko’chma, so’ngra statsionar ovoz
berish qutilari ochiladi.
Ovozlar faqat uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan sanab chiqiladi.
Ovoz berish byulletanlarni sanash chog’ida byulletenining haqiqiyligiga
shubha tug’ilsa, uchastka komissiyasi tomonidan ovozga qo’yish orqali hal etiladi.
Agar ovoz berish byulletenini haqiqiy emas deb topilsa, qaror qilsa byulletenni orqa
tomonida uning sabablari ko’rsatiladi. Byulletendagi bu yozuv referendum
o’tkazuvchi uchastka komissiyasi kamida uch a’zosining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Komissiya referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning
umumiy sonini, byulletenlarni olgan fuqarolarning sonini aniqlaydi.
Byulletenlar qutilardan olingach unga asosan:
- ovoz berishda ishtirok etganlarning sonini;
219
- masalani yoqlab ovoz bergan ovozlar sonini;
- masalaga qarshi ovoz bergan ovozlar sonini;
- haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari soni aniqlanadi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari komissiyasining majlisida ko’rib chiqilib,
bayonnomada qayd qilinadi. Bayonnoma rais, rais o’rinbosari, komissiya kotibi,
komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. So’ng belgilangan tartibda
okrug komissiyasiga taqdim etiladi.
Ovoz berish natijalarini uchastka komissiyasi tomonidan aniqlanishi bu
birinchi bosqich ovoz natijasini aniqlashdir. Ovoz natijalari ikkinchi bosqichda okrug
komissiyasida aniqlanadi.
Okrug komissiyasi uchastka komissiyalarining bayonnomasi asosida:
- okrug bo’yicha ovoz beruvchi fuqarolarning umumiy sonini (ro’yxatga
kiritilganlarni);
- byulleten olgan fuqarolarning umumiy sonini;
- ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning umumiy sonini;
- masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- xaqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
Natija okrug saylov komissiyasi majlisida aniqlanib, bayonda aks ettiriladi.
Bayonnoma rais, rais o’rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari
tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Uchinchi bosqich ya’ni yakuniy natija O’zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan maniqlanadi.
Markaziy saylov komissiyasi barcha okrug komissiyalarining bannomasi
asosida:
- Respublikadagi ovoz beruvchi fuqarolari umumiy sonini;
- byulletenlarini olgan fuqarolarning sonini;
- ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
- masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
- haqiqiy emas deb topilgan byulletenlarining sonini aniqlaydi.
Ovoz berishda ro’yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmi ishtirok etib ularning
yarmining ko’pi masalani yoqlab ovoz bersa qaror referendumda masala qabul
qilingan hisoblanadi.
Agar ro’yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kami referendumda ishtirok
etgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni
o’tmagan deb topadi.
Ovoz berish chog’ida yo’l qo’yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga
ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari umuman yoki ayrim okruglar
yoxud ayrim uchastkalar bo’yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Ovoz berish
yakunlarini haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi qaror O’zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan
referendum yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
220
Ayrim okruglar yoki ayrim uchastkalarda ovoz berish yakunlari haqiqiy emas
deb topilgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qaroriga binoan ana shu okruglar yoki uchastkalar bo’yicha ovoz berish natijalari
(agar bu natijalarsiz ham referendum umuman haqiqiy deb topilishi mumkin bo’lsa)
umumiy natijalardan chiqarib tashlanadi.
Ovoz berish yakunlari chiqariladi va bu haqda bayon tuziladi. Bayon rais, rais
o’rinbosari, komissiyaning kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi.
Referendum yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi qaror qabul qiladi.
8-§. Referendum yakunlarini (qarorlarini) e’lon qilish, referendum
qarorlarining yuridik kuchi (oqibati).
Referendum yakunlari xaqidagi qarorni Markaziy saylov komissiyasi
referendum o’tkazilgandan keyin ko’pi bilan o’n kun ichida ommaviy axborot
vositalari orqali, rasmiy nashrlar orqali e’lon qiladi.
Referendumda qabul qilingan qaror mazmunidan boshqacha qoida kelib
chiqmasa, referendumda qabul qilingan qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran
kuchga kiradi.
Referendumda qabul qilingan qarorlar mamlakatni butun hududida majburiy
kuchga ega yuridik hujjat hisoblanadi. Bunday qarorlar davlat hokimiyati
organlarining hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiq talab etilmaydi.
O’zbekiston qonunlari va boshqa normativ hujjatlari referendum qaroriga
muvofiqlashtirilmog’i lozim.
Referendumda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim normalariga
o’zgartirish kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilingan taqdirda, bu normalar
referendum qaroriga muvofiqlashtirish shart.
2002-yil 27 yanvarda o’tkazilgan referendum byulleteniga:
1. Keyingi chaqiriqda O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali etib
saylashga rozimisiz?
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitusiyaviy vakolatini besh yildan
еtti yilga o’zgartirilishiga rozimisiz? – degan ikki savol qo’yilgan. Referendumda
ishtirok etganlarning mutloq ko’pchiligi bu savollarni ma’qullab ovoz berdi, natijasi
shu referendum qarori asosida “Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil
e’tilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va Konstitusiyaning
18, 19 boblari moddalariga ko’pgina o’zgartirish vaqo’shimchalar kiritildi.
O’zbekistonda referendumlar faqat muhim ijtimoiy masalalarni hal qilish
uchun o’tkazilgan, xozircha qonun qabul qilish, qonunlarga o’zgartirish kiritish
bo’yicha referendumlar o’tkazilmagan.
“Referendum to’g’risida”gi qonunda referendumni moliyalashtirish masalalarii
ham belgilanib, unga asosan referendum o’tkazish davlat mablag’lari hisobidan
moliyalashtiriladi.
Jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o’z
mablag’larini ixtiyoriy ravishda referendum o’tkazish uchun berishlari mumkin. Bu
mablag’larni Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko’rish va uni
221
o’tkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib, referendum o’tkazishga teng
taqsimlaydi.
Fuqarolarning referendumda ishtirok etish, referendum masalalari yuzasidan
tashviqot yuritish huquqlarini amalga oshirishlariga zo’ravonlik, aldash, tahdid qilish
yoki boshqa yo’l bilan qarshilik ko’rsatayotgan shaxslar, shuningdek soxta hujjatlar
tuzgan, ovozlarni atayin noto’g’ri sanab chiqqan, yashirin ovoz berishni buzgan
shaxslar, referendum o’tkazuvchi komissiyalarning a’zolari, fuqarolar tashabbuskor
guruhlarining a’zolari belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida bunday jinoiy harakatlar uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan.
Xulosa. Referendum demokratiyaning yorqin ifodalanishlaridan bo’lib, umumxalq
ovozi hisoblanadi. Referendum ham saylovlar kabi demokratik prinsiplarda tashkil
etiladi. Referendum tashkil etish, o’tkazishda unda ishtirok etuvchi tuzilmalarni
tuzish va faoliyatida ko’plab o’xshash tartiblar, jixatlar bilan birga o’ziga xos tartib
va jixatlar mavjud. Bu har ikki demokratik institutni (saylov va referendum) ijtimoiy
hayotda fuqarolarning huquqlarini ro’yobga chiqarishda o’rnini rolini ko’rsatadi.
O’zbekiston hayotida bir necha bor Referendumlar o’tkazilib, unda muxum
masalalar: Mamlakatning mustaqilligi; ikki palatali parlament tashkil qilish xalq
xohish irodasi orqali qonunlashtirilgan.
Referendum o’tkazish muhim masala bo’lganligi, u fuqarolar huquqlarini
ro’yobga chiqarish bilan bog’liqligi, referendum qonunchiligini buzganlik uchun
javobgarlik belgilanishini keltirib chiqaradi va bu masala qonunchiligimizda ijobiy
hal etilgan.
Nazorat uchun savollar
1. Erkinlashtirish davlat qurilishi va boshqaruvdagi islohotlarni asosini tashkil
etib, u boshqa hokimiyat tarmoqlariga taalluqli bo’ldi. Bu borada mamlakatida
amalga oshirilgan voqеalardan biri 2002-yil 27-yanvarda bo’lib o’tgan referendum va
uni asosida 2003-yil 24-aprelda qonun qabul qilingan.
O’zbekiston Republikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
referendumni tashkil etish, o’tkazish prinsiplari, referendum o’tkazish tashabbusiga
ega sub’ektlar ularning huquqlari va referendumga ko’yiladiga masalalar,
referendumda qo’yilmaydigan masalalar qanday belgilangan va uziga xos
xususyatlari nimalardan iborat.
2. Barcha mamlakatlarda referendumni tashkil etuvchi hamda o’tkazuvchi
organlar mavjud. Jumladan O’zbekistonda ham. Shu bilan birga mamlakat hayotida
eng muhim masalalarini еchish maqsadida referendum o’tkazish tashabbusi bilan
chiqadigan sub’ektlar bor.
O’zbekiston Republikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqreferendum
o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish, uni o’tkazish va ovoz berish natijasi aniqlash tartibi
qanday, mazkur jarayonlarning har birini mustaqil tahlil kiling
222
3. O’zbekiston Respublikasida tegishli tarzda ro’yxatdan o’tib, o’z faoliyatini
olib borayotgan xalqaro tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish tashkiloti (IOPRB)
mamlakatdagi tadbirkor va ishbilarmonlarning soliq to’lash bilan bog’liq huquqlarini
himoya qilish maqsadida mavjud soliq stavkalari miqdorini tushirish va bir qator
soliqlarni bekor qilish to’g’risidagi masala yuzasidan imzo to’plashga kirishdi.
Bundan xabar topgan tegishli prokuror mazkur nodavlat notijorat tashkilotga o’z
harakatlarini to’xtatishni so’rab taqdimnoma kiritdi.
Savol
1. Referendum predmeti, referendum o’tkazilishini istisno etadigan holatlar
yoritib bering.
2. Referendum o’tkazishning asosiy prinsiplarini tahlil qiling.
3. Mazkur holat yuzasidan taraflar harakatiga huquqiy baho bering.
4. Markaziy saylov komissiyasi navbatdagi Prezident saylovlari bilan bir
qatorda referendumga qo’yilgan masalani hal etish uchun saylov va referendum
o’tkazish kunini bir kunga belgilash to’g’risida qaror qabul qildi. Mazkur qarordan
norozi bo’lgan S. va N. partiyalari referendum o’tkazish kunini ikki oydan keyingi
muddatga ko’chirish kerakligi to’g’risida ariza kiritdi.
Savol
1. Referendum institutining vujudga kelishi va rivojlanish asoslarini yoriting.
2. Referendumni tayinlash va referendum okruglari va uchastkalarini tuzish
tartibini ko’rsatib bering.
3. Mazkur holat yuzasidan taraflar harakatiga huquqiy baho bering.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati
Rahbariy adabiyotlar
1. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – Toshkent:
O’zbekiston, 1996. – 380 b.
2. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – Toshkent:
O’zbekiston, 1996. – 366 b.
3. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T., «O’zbekiston», 1997.
4. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizlik o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz
va qat’iy irodamizga bog’liq. T.12. - Toshkent: “O’zbekiston”, 2004. – 400 b.
5. Karimov I.A. Parlament-mamlakat hayotining ko’zgusi. “O’zbekiston
taraqqiyotining yangi bosqichlari”. T.: “O’zbekiston” 2005 y. 13 b.
6. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqirlashtirish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T. 19. –
Toshkent: O’zbekiston, 2011. -348 b.
7. Karimov I.A. Bizning yo’limiz demokratik islohotlarni chuqirlashtirish va
maderinizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir. T. 20. – Toshkent:
“O’zbekiston”, 2012. -320 b.
8. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2015-yil 24 .
9. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида
хизмат қилиш – энг олий саодатдир. – Тошкент: “O’zbekiston” НМИУ, 2015. –
304 б.
Normativ-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2014. –
76 b.
2. «Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови тўғрисида»ги
Ўзбекистон Республикасининг 1991 йил 18 ноябрда қабул қилинган 414-XII
сонли Қонуни (26.12.1997 й., 19.08.1999 й., 26.05.2000 й., 03.12.2004 й.,
25.12.2008 й., 12.12.2011 й., 29.12.2015 й. даги ўзгартиш ва қўшимчалар билан).
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 йил, 1-сон,
34-модда.
3. «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги (2003
йил 29 августдаги 518-II-сонли Қонун билан янги таҳрири тасдиқланган)
Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 28 декабрда қабул қилинган 990-XII
сонли Қонуни (27.08.2004 й., 03.12.2004 й., 25.12.2008 й., 19.12.2012 й.,
29.12.2015 й. даги ўзгартиш ва қўшимчалар билан). Ўзбекистон Республикаси
Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2003 йил, 9-10-сон, 132-модда.
4. «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар кенгашларига сайлов
тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 5 майда қабул қилинган
224
1050-XII сонли Қонуни (26.12.1997 й., 25.12.1998 й., 19.08.1999 й., 26.05.2000
й., 29.08.2003 й., 27.08.2004 й., 03.12.2004 й., 25.12.2008 й., 19.12.2012 й.,
20.01.2014 й., 29.12.2015 й.даги ўзгартиш ва қўшимчалар билан). Ўзбекистон
Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1994 йил, 5-сон, 125-модда.
5. “Фуқаролар сайлов ҳуқуқларининг кафолатлари тўғрисида”ги
Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 5 майда қабул қилинган 1051-XII
сонли Қонуни (3.12.2004 йилдаги ўзгартиришлар билан). Ўзбекистон
Республикаси Олий Кенгаши Ахборотномаси, 1994 й., 5-сон, 127-модда.
6. “Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси тўғрисида”ги
Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил 30 апрелда қабул қилинган 613-I сонли
Қонуни (25.12.1998 й., 19.08.1999 й., 26.05.2000 й ., 27.08.2004 й., 25.12.2008 й.,
04.09.2014 й., 29.12.2015 йилдаги ўзгартиришлар билан). Ўзбекистон
Республикаси Олий Кенгаши Ахборотномаси, 1998 й., 5–6-сон, 95-модда.
7. O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi (Yangi tahriri)
O’zbekiston Respublikasi 30.08.2001 y. 265-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. //
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2001 y. 9-10-son, 176-modda
// O’zbekiston Respublikasi 03.12.2004 y. 714-II-son Qonun bilan o’zgartirishlar
kiritilgan.
8. “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy
prinsiplari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 04.04.2002 y. 350-II-son Qonuni
bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2002 y.
4-5-son, 60-modda.
9. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi 12.12.2002 y. 432-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan.
//O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2002 y. 12-son, 213-modda //
O’zbekiston Respublikasi 25.04.2003 y. 482-II-sonli Qonun bilan o’zgartirishlar
kiritilgan // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2002- y. 5-son, 67-
modda
10. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
reglamenti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 29.08.2003 y. 522-II-son Qonuni
bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2003 y.
9-10-son, 136-modda.
11. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining
va Senati azosining maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 02.12.2004 y.
704-II Qonuni bilan tasdiqlangan // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Axborotnomasi 2004 y.
12. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlis Axborotnomasi 2002 y. 12-son, 215-modda.
13. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi 29.08.2003 y. 523-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. //
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2003 y. 9-10-son, 137-modda.
14. “Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatini, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati azosini chaqirib olish
225
to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
axborotnomasi. –2005. – №1. – 12- modda.
15. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo’yicha
vakili (ombudsman) to’g’risida”gi (Yangi tahriri) O’zbekiston Respublikasi
27.08.2004 y. 669-II Qonuni bilan tasdiqlangan.
16. O’zbekiston Respublikasi “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish, hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitusiyaviy qonuni// O’zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to’plami, 2007.- №15.- 151-modda.
17. “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 26.11.1996 y.
337-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Axborotnomasi 1997 y. 2-son, 36-modda // O’zbekiston Respublikasi 20.08.1999 y.
832-I-son, 12.12.2003 y. 568-II-son, 30.04.2004 y. 621-II-sonli Qonunlar bilan
o’zgartirishlar kiritilgan // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi
1999 y. 9-son, 229-modda, 2004 y. 1-2-son, 18-modda, 5-son, 90-modda.
18. Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi
02.09.1993 y. 913-XII-son Qonuni).
19. Saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan
O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritish haqidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Xalq so’zi. 2008-yil 27 dekabr.
20. Saylov erkinligi yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada
rivojlantirilishi munosabati bilan “ O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”gi hamda “ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni. 2012 yil, 19
dekabr. № O’RQ – 340.
21. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
reglamenti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni.2013-yil 18
aprel.O’RQ -349.
22. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish haqida” gi Qonuni. // O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to’plami, 2013 y., 17-son, 219-modda.
23. O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartish
va qo’shimchalar kiritish haqida” gi qonuni. // (O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to’plami, 2013 y., 17-son, 220-modda.
24. “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-
moddalariga)”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni // O’zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 16-son, 176-modda.
25. Ўзбекистон Республикасининг сайлов тўғрисидаги қонунлари /
Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси. – Тошкент: «Адолат»,
2014. – 320 б.
226
26. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоларини сайлаш
тартиби тўғрисидаги Низом / Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов
комиссиясининг 2004-йил 18-сентябрдаги 198-сонли қарори билан
тасдиқланган (Ушбу Низомга Марказий сайлов комиссиясининг 2005 йил 4
январдаги 240-сонли ва 2006 йил 14 апрелдаги 270-сонли қарорлари билан
ўзгартишлар киритилган).
27. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасига
сайлов бўйича сайлов кампанияси даврида сайловолди ташвиқотини амалга
оширишда депутатликка номзодлар, сиёсий партияларнинг оммавий ахборот
воситаларидан фойдаланиши тартиби тўғрисидаги Низом / Ўзбекистон
Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-
сонли қарори билан тасдиқланган.
28. Ўзбекистон экологик ҳаракатидан Ўзбекистон Республикаси Олий
Мажлисининг Қонунчилик палатаси депутатлигига номзодлар кўрсатиш ва
уларни сайлаш тартиби тўғрисида Низом / Ўзбекистон Республикаси Марказий
сайлов комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-сонли қарори билан
тасдиқланган.
29. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик
палатасига сайлов ўтказувчи участка сайлов комиссияларини тузиш ва
уларнинг ишини ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги Низом / Ўзбекистон
Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-
сонли қарори билан тасдиқланган.
30. “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасига
сайловда бошқа давлатлар, халқаро ташкилотлар ва ҳаракатлардан
қатнашадиган кузатувчилар тўғрисида”ги Низом / Марказий сайлов
комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-сон қарори билан тасдиқланган.
31. Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2007 йил
18 сентябрдаги 319-сонли Қарори билан “Ўзбекистон Республикаси Президенти
сайловини ўтказувчи округ сайлов комиссиялари ишини ташкил этиш
тўғрисида Йўриқнома”си тасдиқланган (Ўзбекистон Республикаси Марказий
сайлов комиссиясининг 2014 йил 26 декабрдаги 661-сонли Қарори билан
ўзгартиш киритилган).
32. Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2015 йил
3 февралдаги 681-сонли Қарори билан “Ўзбекистон Республикаси Президенти
сайловига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш бўйича участка сайлов
комиссиялари фаолиятини ташкил этиш тартиби тўғрисидаги Низом”
тасдиқланган.
33. Фуқаролар йиғинлари раислари (оқсоқоллари) ва уларнинг
маслаҳатчилари сайловини тайёрлаш ва ўтказишга оид ҳужжатлар тўплами /
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати. – Тошкент:
«O’zbekiston», 2016. – 128 б.
34. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати Кенгашининг
2016 5 мартда қабул қилинган «Фуқаролар йиғинлари раислари (оқсоқоллари)
ва уларнинг маслаҳатчилари сайловига тайёргарлик кўриш ҳамда уни ўтказиш
тўғрисида»ги Қарори // Фуқаролар йиғинлари раислари (оқсоқоллари) ва
227
уларнинг маслаҳатчилари сайловини тайёрлаш ва ўтказишга оид ҳужжатлар
тўплами / Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати. – Тошкент:
«O’zbekiston», 2016. – 128 б.
Asosiy adabiyotlar
1.Azizxo’jaev A. va boshqalar. – O’zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasiga sharh. T: “Sharq”, 2013.
2. Azizxo’jaev A. va boshqalar. Konstitusiyaviy huquq (izohli lo’g’at). T.:
“Sharq”, 2001.
3. М.Абдусаломов. Халқаро сайлов стандартлари ва Ўзбекистон
Республикаси Президенти сайлови қончилиги. – Тошкент: «O’zbekiston», 2015.
– 64 бет.
4. M.Abdusalomov, O.Xusanov va boshqalar “O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonuniga sharhlar. T.: “O’zbekiston”., 2007.
5. Алексеев И.А., Белявский Д.С., Свистунов А.А. и др. Избирательное
право и процесс в РФ. Учебное пособие. - М.: Проспект (ТК Велби), 2015. – 216
с.
6. Graeme Orr, David Schultz. Election Law, Politics, and Theory: Ritual and
Rhythm in Electoral Systems. A Comparative Legal Account. Publisher: Taylor &
Francis Ltd, 06 Apr 2015. 238 pages.
7. Anika Gauja. Political Parties and Elections: Legislating for Representative
Democracy. United Kingdom. Publisher: Taylor & Francis Ltd, 30 Nov 2010. – 246
pages.
8. Richard L. Hasen. Election Law: Cases And Materials. Language: English.
Publisher: Carolina Academic Press; Fifth Edition edition (July 27, 2012). 1012
pages.
9. Caroline Morris. Parliamentary Elections, Representation and the Law.
Publisher: Bloomsbury Publishing PLC. Oxford, United Kingdom. 2012. – 196
pages.
10. Захаров И., Кокотова А. Избирательное право Российской Федерации.
Учебник для магистров. 3-е издание, переработанное и дополненное.
Издательство: Юрайт. 2014. – 444 с.
11. Постников А.Е. Избирательное право России. Научное и учебное
пособие. ... М.: Издательская группа ИНФРА-М–НОРМА, 1996. – 224 с.
12. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar. (To’plam) T: “Adolat”.,
2004.
13. U.Tadjixanov va boshqalar. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy
huquqi. T.: “Sharq”, 2001.
14. O.T.Xusanov. Konstitusiyaviy huquq. T.: “Adolat”, 2013.
15. М.В. Баглай. Конституционное право Российской Федерации:
Учебник / М.В. Баглай. - 10- e изд., изм. и доп. - М.: Норма: НИЦ ИНФРА-М,
2013. - 784 с.
228
16. Избирательное право и избирательный процесс в Российской
Федерации. Учебник для вузов. Отв. редактор - доктор юридических наук А.В.
Иванченко. М.: Издательство НОРМА, 1999. - 856 с.
17. Комментарии к Конституции Российской Федерации. M.: Фонд
“Правовая культура”, 1996. – 639 с.
18. Комментарии к Конституции Российской Федерации / под общ. ред.
В.Д.Карповича. 2-е издание. доп и перераб. M.: Юрайт – М; Новая правовая
культура, 2002. – 959 с.
19. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat. T.: “Adolat” 1995-yil.
20. Xusanov O.T. O’zbekiston Respublikasi davlat organlari. T.: “Sharq”
1996-yil
21. Mustaqil O’zbekiston tarixi kitobi. T.: “Sharq” 2000-yil
22. Tadjixonov U. va boshqalar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy
huquqi. T. “Sharq” 2001-yil
23. Алебастрова И.А. Конституционное право зарубежных стран. – М.:
Проспект, 2009. – 624с.
24. Избирательное законодательство: Опыт России и Узбекистана.
Сборник материалов международного семинара. T., 2004.
25. Mustafoev B. O’zbekistonda saylov qonunchiligi va ahamiyati.
26. O’zbekistonda saylov prinsipi va saylov qonunchiligini yanada
demokratlashtirish yo’nalishlari” mavzusida Xalqaro konferensiya 2011-yil 27-28
oktabrda Buxoro shaxri. Davr suhbati.
27. Ron Guld. Erkin va haqiqiy saylovlar uchun xalqaro standartlar.-Saylov
jarayonida xalqaro tajriba va standartlar. (to’plam). T.: 1998.
29. Saidov A.X. O’zbekiston Respublikasi saylov qonunlariga xalqarosaylov
standartlarini implimentatsiya qilish. (xalqaro konferensiya materillari). T.: 2009. 29-
38 betlar.
30. Слобода Е.А. Международные стандарты проведения
демократических выборов иизбирательное законодательство Узбекистана.
(Халқаро коференция материаллари). T:. 2009, стр. 18-29.
31. G’ulom M., Xidirov S. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va
ommoviy axborot vositalari. T.: O’zbekiston, 2007
32. Bekov I.R, Abbosxojaev Sh, A “Siyosiy partiyalar va O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi” T.: “O’zbdekiston”, 2007.
33. Axmedov.D, Asadov.Sh “Saylov huquqiga oid izohli lug’at” T.:
“O’zbdekiston”, 2007.
34. Mahalliy saylov kuzatuvchilari uchun qo’llanma. S’HHT Demokratik
islohotlar va inson huquqlari iddorasi (DIIHI) tomonidan chop etilgan. 2003
35. Konstitutsionnaya pravo zarubejnix stran M.: “Norma”. 2010.;
36. Do’schanov O., Hamroev O. “O’zbekiston Respublikasi markaziy saylov
to’g’risida”gi Qonunga sharhlar. T. “Ma’naviyat”, 1999.
37. O.K.Turg’unov “O’zbekistonda saylov huquq va jarayoni”. O’quv
qo’llanma. T.: 2009 y.
38. Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловлари: саволлар ва
жавоблар /Г.Р.Маликова/ – Тошкент: «O’zbekiston», 2015. – 32 бет.
229
39. Президент сайлови: миллий ва хорижий тажриба /М.А.Рахимова/ –
Тошкент: «O’zbekiston», 2015. – 40 бет.
40. Наблюдатели от международных организаций и иностранных
государств о парламентских выборах Республики Узбекистан 21 декабря 2014
года / Отв. ред. Н.Нурматов. – Ташкент: «Узбекистан», 2015. – 232 с.
Elektron ta’lim va qonunchilik resurslari
1. http://www.lex.uz
2. http://press-service.uz
3. http://www.senat.uz
4. http://www.gov.uz
5. http://parliament.gov.uz
6. http://www.xdp.uz
7. http://www.mt.uz
8. http://www.lidep.uz
9. http://www.adolat.uz
10. http://www.elections.uz
11. http://www.ziyonet.uz
12. http://www.norma.uz/
Ilovalar
E’TIROF
Xalqaro kuzatuvchilar missiyalari: O’zbekistonda saylov erkin va oshkora
o’tdi
Masaru Nakamura, “Fukuoka-O’zbekiston” do’stlik uyushmasi
prezidenti, Fukuoka shahri saylov qo’mitasi a’zosi (Yaponiya):
– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni Toshkent shahridagi saylov
uchastkalarida bo’ldim. Saylov ochiq, oshkora, halol va haqqoniy, uyushqoqlik bilan
o’tdi.
Saylovlarning muqobillik asosida o’tishi demokratiyaning muhim
talablaridandir. O’zbekistonda o’tgan Prezident saylovida to’rt nafar nomzod ishtirok
etganining o’ziyoq bu tamoyilga qat’iy amal qilinganini ko’rsatib turibdi. Saylov
O’zbekiston xalqining siyosiy va huquqiy saviyasi qanchalik yuqori ekanini jahon
jamoatchiligi oldida yaqqol namoyon etdi.
O’zbekiston saylov tizimida o’rnak olsa arzigulik ko’plab jihatlarni ko’rdim.
Saylov uchastkalarida saylovchilar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar,
zarur uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot, ona va bola xonalari hamda boshqa shart-
sharoit bunga yorqin misoldir.
Saylovni kuzatish asnosida yana bir jihat e’tiborimni tortdi. Saylovga kelish
imkoni bo’lmagan keksa va bemor kishilarning turgan joyiga maxsus qutilar olib
borilgani mamlakatingizda inson manfaatlari, saylov huquqlarini ta’minlashga katta
e’tibor qaratilishining yana bir yorqin ifodasidir.
* * *
Zenonas Vaygauskas, Litva Markaziy saylov komissiyasi raisi:
– O’zbekistonda Prezident saylovi yuksak saviyada o’tdi. Saylov uchastkalari
komissiyalari a’zolari ovoz berayotgan fuqarolarning barcha savollariga batafsil
javob qaytardi. Saylovchilar faollik bilan, emin-erkin ovoz berdi.
Fuqarolarning saylovda faol ishtirok etgani, kunning birinchi yarmigacha
saylovchilarning 70 foizdan ortig’i ovoz berib bo’lgani e’tiborga sazovor. Bunday
faollik xalqingizning o’z Vataniga fidoyiligini ko’rsatadi.
Prezidentlikka nomzodlarga saylov kampaniyasi davomida teng imkoniyatlar
yaratilganiga guvoh bo’ldik. O’zbekistonda saylovlarni tashkil etish tajribasidan
o’rnak olsa arziydi. Biz ham bu borada mamlakatingiz soha mutaxassislari bilan
o’zaro tajriba almashishdan, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan
manfaatdormiz.
* * *
Vijay Jolli, “Bharatiya Janata” partiyasining tashqi aloqalar bo’limi
muvofiqlashtiruvchisi (Hindiston):
– O’zbekiston mustaqillik yillarida sanoatlashgan, jadal taraqqiy etayotgan
mamlakatga aylandi. Mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanmoqda. O’zbekiston va
231
Hindiston hamkorligi barcha sohada izchil taraqqiy etib, mustahkamlanib
borayotganini alohida ta’kidlashni istardim.
O’zbekistonda Prezident saylovi demokratik tamoyillar, ko’ppartiyaviylik va
muqobillik asosida, ochiq va oshkora ruhda o’tdi. Ayniqsa, fuqarolaringizning
siyosiy faolligi, saylovda o’zi istagan nomzodga ovoz berishga katta qiziqish bilan
jiddiy yondashgani havasimni keltirdi. Bu O’zbekiston aholisining ma’naviyati,
siyosiy, huquqiy bilim va madaniyati yuksak ekanidan dalolatdir.
* * *
Alihaydar Rzaev, xalqaro kuzatuvchi (Birlashgan Arab Amirliklari):
– Mamlakatingiz haqida ko’p eshitganman va o’qiganman. O’zbekiston
yoshlarining faolligi, yurt ravnaqiga kamarbasta ekani, odamlarning hayotdan roziligi
va ertangi kunga ishonchi menda katta taassurot qoldirdi. Bu jihatlar Prezident
saylovida ham namoyon bo’ldi.
Xalqingizning tarixga ehtiromi, milliy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash,
madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga e’tibori hurmatga loyiq. Bunga men
Samarqand shahrini ziyorat qilish asnosida yana bir karra amin bo’ldim. Mazkur
qadimiy va fusunkor shahar jozibasidan ruhlandim.
O’zbekistonda avtomobilsozlik, transport va transport kommunikatsiyalari
sohalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatingiz iqtisodiy salohiyatini yanada
oshirmoqda. O’zbekiston xalqaro savdo aloqalarida muhim rol o’ynamoqda,
yurtingiz biznes va logistika markazlaridan biriga aylanmoqda.
O’zbekiston buyuk istiqbolga erishishiga, taraqqiyotingiz yanada yuksalishiga
ishonamiz.
* * *
Dmitriy Mezensev, Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi:
– Missiyamiz a’zolari saylov kuni erta tongdan Toshkent shahridagi saylov
uchastkalarida bo’ldi. Yoshlar va kattalar, tabarruk yoshdagi otaxon va onaxonlar o’z
xohish-irodasini bildirib, saylovda faol ishtirok etganini ko’rib, xalqingizning
birdamligi, Vatani taqdiriga daxldorligini chuqur his etishini kuzatdik.
Aholining siyosiy faolligi – mamlakatning mustaqil taraqqiyoti
muvaffaqiyatini ko’rsatuvchi muhim belgi. Saylov kuni fuqarolar bildirgan ishonch
va istaklar yangi muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlarga poydevor bo’ladi. Bu
O’zbekistonning dunyo va mintaqadagi nufuzini yanada yuksaltirish, xalqaro
tashkilotlar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi pozisiyasini
mustahkamlashga xizmat qiladi. O’zbekistonning keng ko’lamli va ishonchli
taraqqiyoti izchil davom etishini tilayman.
* * *
Ali Abolhassaniy, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) kuzatuvchilari
missiyasi rahbari, IHTning siyosiy departamenti direktori:
– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi kuzatishimni Toshkent
shahridagi 471-saylov uchastkasidan boshladim. Saylovchilar erta tongdanoq
saylovga ko’tarinki ruhda, faol kelganini ko’rib, ularning mamlakat taqdiriga,
kelajagiga daxldorlik tuyg’ularini astoydil his etishlarini angladim. Bu
mamlakatingizda demokratik tamoyillar mustahkam qaror topganidan darak beradi.
232
Saylov jarayoniga puxta tayyorgarlik ko’rilganiga, fuqarolarning erkin va faol
ovoz berishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo’ldim.
Buning samarasida O’zbekistonda Prezident saylovi yuksak saviyada, ochiqlik va
oshkoralik ruhida o’tdi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarni kuzatib
boraman. O’zbekiston iqtisodiyoti izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlashni
istardim. Mamlakatingiz yuksak iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishib, dunyo
hamjamiyatining e’tiborini qozonmoqda. Demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida keng ko’lamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston bilan tashkilotimiz o’rtasidagi
hamkorlik izchil rivojlanayotgani bizni g’oyat quvontiradi. O’zaro aloqalarimizni
yanada mustahkamlash, iqtisodiy sohadagi istiqbolli qo’shma loyihalarni
faollashtirish tarafdorimiz.
* * *
Sergey Lebedev, MDH ijroiya qo’mitasi raisi – ijrochi kotibi:
– Missiyamiz tarkibiga Mustaqil davlatlar hamdo’stligidan 72 vakil kiritilgan.
Ushbu guruh rahbari sifatida Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi saylov uchastkalarini
kuzatib, saylovga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’rilganiga guvoh bo’ldim.
Kim bilan suhbatda bo’lmaylik, barcha fuqarolar mamlakatda hukm surayotgan
tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot bardavom bo’lishi uchun ovoz berganini bildirdi.
Darhaqiqat, O’zbekiston barqaror taraqqiyot va rivojlanish yo’lidan bormoqda.
Barcha shaharu qishloqlar obod va go’zal. Xususan, Jizzaxda amalga oshirilgan
o’zgarish va yangilanishlarni ko’rib quvondim. Missiyamiz vakillari bunday
o’zgarishlardan g’oyat mamnun.
O’zbekiston saylov tizimi umum e’tirof etilgan xalqaro standartlarga to’la mos.
Bu saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ovoz berishning yuksak
saviyada o’tganida ham namoyon bo’ldi.
* * *
Gao Yuyshen, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining elchisi:
– Dunyoning ko’plab davlatlarida saylov jarayonlarini kuzatganman.
O’zbekistonda ovoz berish tartibi, ulardan farqli ravishda, muayyan afzalliklarga ega.
Saylov yuksak saviyada tashkil etilgani, ushbu jarayonda milliy va xalqaro huquq
normalariga rioya etilganidan tashqari, har bir saylov uchastkasida tibbiyot xonasi
tashkil etilganini ham ta’kidlamoqchiman. Ota-onalar ovoz berayotganda ularning
farzandlari ona va bola xonalarida mutaxassislar qarovida bo’ldi.
Salomatligi tufayli saylov uchastkasiga kela olmagan va yoshi ulug’ fuqarolar
o’z uylarida ovoz berish imkoniga ega bo’lgani ham e’tiborga loyiqdir. Bu har bir
fuqaroga o’z huquqlarini to’liq amalga oshirishga yordam berdi.
* * *
Kerol Robertson Lopes, Nyu-Meksika shtati bolalar jamg’armasi ijrochi
direktori (AQSh):
– Erta tongda Farg’ona shahridagi 696-saylov uchastkasiga bordim. Prezident
saylovi demokratik me’yorlarga mos tarzda tashkil etilganiga guvoh bo’ldim.
Saylovchilarning faolligi, ayniqsa, yoshlarning ko’tarinki kayfiyati menda katta
taassurot uyg’otdi.
233
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni doimo kuzatib boraman.
Mamlakatingizda saylov tizimi yildan-yilga takomillashib bormoqda. Saylov
kampaniyasining ilg’or jihatlaridan biri Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi
tashviqotini olib borishda teng imkoniyatlar yaratilganidir. Buni ommaviy axborot
vositalaridagi tashviqot materiallari, ko’chalarga o’rnatilgan ulkan bannerlar misolida
ham yaqqol ko’rish mumkin edi. Birinchi marta ovoz beradigan fuqarolarga alohida
e’tibor qaratilishi ham diqqatga sazovor. Yoshlarni mamlakat siyosiy hayotiga jalb
qilish barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biridir. Ovozlarni sanab
chiqish jarayonida nomzod ko’rsatgan siyosiy partiyalardan kuzatuvchilar
qatnashgani saylov ochiq-oshkora o’tkazilganidan dalolat beradi.
* * *
Per-Emmanuel Tomann, Xalqaro aloqalar bo’yicha еvropa instituti
doktori (Belgiya):
– O’zbekistonga har kelganimda bir yangilik guvohi bo’laman. Bu safar ham
qadimiy Xorazm, ayniqsa, go’zal va tarixiy Xivani ko’rishga muyassar bo’lganimdan
baxtiyorman. Xiva kitoblarda o’qiganimdek go’zal, ochiq osmon ostidagi muzey
shahar ekan.
Saylov uchastkalaridagi sharoit juda yuksak ekanini aytish joiz. Tibbiyot,
onalar va bolalar xonalari, qariyalar burchagini hеch qaysi davlatda uchratmaganman.
Bu men kabi siyosatshunos uchun ajoyib yangilik bo’ldi.
* * *
Limb Jong Myong, «Diplomacy» jurnali muharriri (Koreya
Respublikasi):
– O’zbekistonda Prezident saylovi tenglik, ochiqlik va transparentlik asosida
o’tdi. Mamlakatingiz saylov qonunchiligi bilan tanishish asnosida uning barcha
demokratik talablarga mos ekaniga guvoh bo’ldim. Bu dunyo hamjamiyati tomonidan
ham e’tirof etilmoqda. Islohotlar izchillik bilan, uzoqni ko’zlab amalga oshirilmoqda.
Shu bois yurtingizda barcha sohalar yil sayin taraqqiy etib bormoqda.
* * *
Kenichi Matsumoto, Yaponiya tibbiyot uskunalari sohasida tashqi texnik
ko’mak tashkiloti prezidenti, “Matsumoto” jamg’armasi raisi:
– Toshkent shahridagi 158-saylov uchastkasidagi ovoz berish jarayonini
kuzatdim. Uchastka demokratik tamoyillarga mos jihozlangani, saylovchilar ushbu
muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etgani quvonarli.
Aytish joizki, demokratiyaning barcha davlatlarda bir xil joriy etilishi lozim
bo’lgan universal modeli yo’q. Har bir tizim muayyan xalqning manfaati, madaniyati,
an’ana va urf-odatlari, mamlakatning jo’g’rofiy-tarixiy sharoitini hisobga olgan holda
joriy etilsa yuksak samara beradi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlar, jumladan, saylov tizimi xalqaro andozalar va demokratik davlatlarning
ilg’or tajribasi, xalqning an’anaviy qadriyat va qarashlarini mujassamlashtirgani bilan
ham diqqatga sazovordir. Menimcha, saylovlar хuddi O’zbekistondagidek erkin,
adolatli, ochiq va oshkora, tartibli va osoyishta o’tishi lozim. Zero, tinchlik va
osoyishtalik taraqqiyot va farovonlikning asosi hisoblanadi.
234
O’zbekistonda jismonan chiniqqan va ma’nan еtuk avlodni kamol toptirishga
qaratilayotgan e’tibor, bu yo’lda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni yuksak
baholayman.
* * *
Gerhard Birkl, “Silk Road” madaniy-jamoat kompaniyasi direktori
(Germaniya):
– Navoiy viloyatidagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatdim.
Mamlakat kelajagi uchun muhim ushbu siyosiy tadbirda aholining faol ishtirok etgani
e’tiborimizni tortdi. Saylovchilar emin-erkin, mamlakat ertasini o’ylab, o’zlari
xohlagan nomzodga ovoz berdi.
Uchastkalarda tibbiyot, ona va bola xonalarini tashkil etish tajribasini boshqa
davlatlarda, xususan, Germaniyada ham tatbiq etsa arziydi.
* * *
Maykl Tomas, “Pathfinder Trade and Invest” kompaniyasi ijrochi
direktori (Buyuk Britaniya):
– O’zbekistonda Prezident saylovi ko’tarinki ruhda, tenglik, oshkoralik,
transparentlik va demokratik tamoyillar asosida o’tdi.
Saylov yuksak saviyada tashkil etilgani, uchastka komissiyalari a’zolari o’z
ishini puxta bilishi va to’g’ri bajargani samarasida e’tirozga sabab bo’ladigan hеch
bir holat kuzatilmadi.
Mamlakatingizning mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash
borasida olib borayotgan sa’y-harakatlari diqqatga sazovor. O’zbekistonda qaror
topgan barqaror muhit, hukm surayotgan osoyishta hayot mamlakatingiz
taraqqiyotida, uning xalqaro hamkorligining izchil mustahkamlanishida va xorijiy
investitsiyani jalb etishida muhim rol o’ynamoqda. Zero, tinchlik va barqarorlik qaror
topgan yurtgagina sarmoya kiritilib, muvaffaqiyatli biznes qilinadi.
* * *
Iv Pozzo di Borgo, Fransiya Respublikasi Senatidagi “Fransiya –
Markaziy Osiyo” parlamentlararo do’stlik guruhi a’zosi:
– Samarqanddagi bir nechta saylov uchastkasida bo’ldim. Fuqarolar saylovda
faol qatnashdi, o’z xohish-irodasini emin-erkin bildirdi. Uchastkalarda tibbiyot, ona
va bola xonalari tashkil etilgani, partiyalar kuzatuvchilari, ommaviy axborot
vositalari vakillari va xalqaro kuzatuvchilarning samarali faoliyat olib borishi uchun
yaratilgan sharoitlar ham e’tiborga molik. O’zbekistonning milliy qonunchiligida
mustahkamlab qo’yilgan saylovlarni adolat va tenglik asosida o’tkazish tamoyili
saylov jarayonida yaqqol o’z ifodasini topdi.
Samarqandda amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlarini alohida
e’tirof etishni istardim. Bunday bunyodkor xalqning istiqboli ham porloq bo’lishi
shubhasiz.
* * *
Yoxann Xersog, Vena parlamenti prezidenti (Avstriya):
– Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida bo’lib, saylov jarayonlarini diqqat
bilan kuzatdik. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etgani meni
quvontirdi.
235
Nomzodlarning saylovoldi tashviqot ishlarini ham kuzatdik. Prezidentlikka
nomzodlar o’rtasida sog’lom raqobat yaqqol sezilib turdi.
Shunga amin bo’ldimki, fuqarolar saylov qonunchiligidan, Prezidentlikka
nomzodlar haqidagi ma’lumotlardan yaxshi xabardor. Bu O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovining demokratik, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga muvofiq
o’tishi va saylovchilarning o’zlariga munosib nomzodni tanlashlariga keng imkoniyat
yaratdi.
O’zbekiston demokratik taraqqiyot yo’lidan dadil borayotir. Bu xalqingizning
tobora yuksalib borayotgan farovonligida, fuqarolarning saylovda o’z xohish-
irodasini emin-erkin va mamnuniyat bilan ado etganida ham yaqqol ko’rinib turibdi.
* * *
Aleksandr Sinker, MDH va Sharqiy еvropa mamlakatlari instituti
direktori, Saylov tizimlarini o’rganish bo’yicha xalqaro markaz prezidenti
(Isroil):
– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga har tomonlama puxta
tayyorgarlik ko’rilganiga guvoh bo’ldik. Saylov tizimining zamon talablari asosida
shakllangani, bu borada xalqaro normalarga javob beradigan qonunlar ishlab chiqilib,
hayotga joriy etilayotgani mamlakatingizning ulkan yutug’idir. Saylovchilarning
erkin, yashirin ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratildi. Buni men Toshkent
shahridagi bir qancha saylov uchastkalari misolida ko’rdim.
Yana bir jihat e’tiborimni tortdi: saylov uchastkasiga kelish imkoniga ega
bo’lmagan kishilarning uyiga maxsus ko’chma qutilar olib borilar ekan. Bu
xalqingizga xos insonparvarlik va bag’rikenglik, saylov tizimidagi tenglikning yana
bir ifodasidir.
O’zbekistonda yosh avlod tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor tahsinga loyiq.
Mamlakatingizning yoshlarga oid davlat siyosati boshqalar uchun namuna bo’lib
xizmat qilishi mumkin. Yoshlarning keksalarga ko’rsatayotgan hurmat va
ehtiromidan hayratlandim. Odamlarning bir-biriga go’zal muomalasini ko’rib,
xalqingizning madaniyatiga havas qildim.
Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi qadimiy shaharlardagi me’moriy obidalarni
ziyorat qilish baxtiga muyassar bo’lganman. Mamlakatingizda ajdodlaringizning boy
merosini asrab-avaylash va o’rganish, shahar va qishloqlar infratuzilmasini
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar o’z
samaralarini bermoqda.
* * *
Doris Sofiya Ak Brodi, Malayziya Senati prezidenti o’rinbosari:
– O’zbekistonda Prezident saylovi milliy qonunchilik doirasida va jahon
andozalariga mos ravishda ochiq-oshkora o’tdi. Saylovchilar erta tongdan ovoz bera
boshladi. Bunga men Toshkentdagi 160-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini
kuzatish asnosida amin bo’ldim.
Uchastkalarda saylovchilarni ro’yxatga olish tartibli tashkillashtirilgani
e’tiborimni tortdi. Nogironlar, saylovga kelolmaydigan kishilar uchun ularning
xonadonlarida ovoz berish tashkil etilgani ham diqqatga sazovor. Bu
insonparvarlikning amaldagi ifodasi bo’lishi bilan birga, har bir fuqaroning saylash
huquqini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor namunasidir.
236
Saylov uchastkalarida siyosiy partiyalarning vakillari va kuzatuvchilar,
jurnalistlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgani, tibbiy xizmat, onalar va bolalar
xonalarining tashkil etilgani e’tiborga molik. Saylovga bunday puxta tayyorgarlik
ko’rilgani, har qanday holat hisobga olingani fuqarolar uchun keng qulaylik yaratdi.
* * *
Eko Shri Margiante, Gunadarma universiteti rektori (Indoneziya):
– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini qator uchastkalarda bevosita
kuzatib shunga amin bo’ldimki, mamlakatingizda har jihatdan puxta shakllangan,
demokratik tamoyillarga asoslangan, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan saylov
tizimi joriy etilgan. Saylovchilarning faolligi yuqori ekani yaqqol ko’zga tashlandi.
O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot o’sishi har yili 8 foizdan oshayotgani havas
qilgulikdir. Bu mamlakatingizda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xalq
farovonligini oshirish yo’lidagi izchil islohotlar samaralaridan. O’zbekiston barcha
sohada jadal taraqqiy etmoqda. Shaharu qishloqlar chiroy ochmoqda, yangi uy-joylar,
mahobatli zamonaviy inshootlar barpo etilmoqda.
O’zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar uzviyligi va
bosqichma-bosqichligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon umumiy o’rta
ta’lim maktabidan so’ng o’quvchilar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim
bilan to’la qamrab olinishida namoyon bo’layotir. Dunyodagi nufuzli xorijiy
universitetlarning O’zbekistonda filiallari faoliyat yuritayotgani mamlakatingizda
ta’lim tizimi g’oyat taraqqiy etganining yorqin ifodasidir.
* * *
Andrey Xrienko, «Vektor» strategik tadqiqotlar xalqaro institutining bosh
direktori (Rossiya):
– Saylov kuni erta tongda Toshkent shahridagi 160-saylov uchastkasiga
borganimda, u еr allaqachon saylovchilar bilan gavjum ekan. Fuqarolarning bunday
faolligi ularning Vatan ravnaqi va xalq farovonligiga o’zini daxldor sezishini
ko’rsatib turibdi.
O’zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik borasida o’rnak olsa arzigulik
jihatlar ko’p. Saylov uchastkalarida saylovchilar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan
qulayliklar, yuksak darajadagi shart-sharoit bunga yorqin misoldir. Buning
samarasida saylovchilarning ovoz berish huquqlari to’la ta’minlandi.
O’zbekiston izchil rivojlanayotgan mamlakat. Mustaqillikning ilk yillarida
tanlangan O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li – “o’zbek modeli” bugungi
kunda yuksak samaralar bermoqda.
O’zbekistonda ijtimoiy sohalarda, xususan, ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar e’tiborga molik. Mamlakatingizda joriy etilgan uzluksiz
ta’lim tizimi natijasida yuksak bilim va malakaga ega mutaxassislar tayyorlashning
samarali mexanizmi yaratilgan. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga
havasim keladi. Ularda yoshlarning kamida ikkita kasbni egallashi, bitiruvchilarning
ish joyi oldindan tayin bo’lishi O’zbekistonda yoshlar masalasiga katta e’tibor
qaratilayotganidan dalolatdir.
* * *
Raafat Muhammad Sakr, “Misr-O’zbekiston” do’stlik jamiyati kotibi
(Misr):
237
– O’zbekistonning saylov tizimi va bu boradagi tajribasi o’rganishga arziydi.
Ba’zi mamlakatlarda davlat rahbari parlament tomonidan saylanadi.
O’zbekistonda Prezident umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov asosida fuqarolar
tomonidan saylanishi demokratiyaning katta yutug’idir. Prezident saylovi ochiq,
oshkora va ko’ppartiyaviylik asosida o’tgani e’tiborga molik.
“Misr-O’zbekiston” do’stlik jamiyati mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlikni,
jumladan, fan, ta’lim, sayyohlik va madaniyat yo’nalishlaridagi o’zaro aloqalarni
rivojlantirishga, xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlashga hissa
qo’shib kelmoqda. Shu maqsadda O’zbekistonning turli vazirlik va idoralarida
bo’ldik. “O’zbekturizm” milliy kompaniyasida mamlakatlarimiz o’rtasida sayyohlar
almashinuvini rivojlantirish bo’yicha muzokaralar o’tkazdik. Misr bilan O’zbekiston
o’rtasida o’zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan ham manfaatdormiz.
* * *
Ali Abdulla Muborak Al Mazrui, «Buruj» kompaniyasining tashqi
iqtisodiy aloqalar departamenti boshlig’i (Birlashgan Arab Amirliklari):
– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonunchilik mukammal
va xalqaro andozalar talablariga to’liq javob beradi. Huquqiy zamin mustahkam
bo’lgani uchun ham Prezident saylovi yuqori saviyada o’tdi. Toshkentning ko’plab
saylov uchastkalarida bo’lib, bunga shaxsan ishonch hosil qildim. Xalqaro
kuzatuvchilarning saylov jarayonini bevosita kuzatib borishi uchun ham keng
imkoniyat yaratildi.
Saylovda ishtirok eta olmaydigan bemorlar, qariyalarning uylariga saylov
qutilari olib borilgani, O’zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida saylov
uchastkalari tuzilgani har bir fuqaroga o’z huquqidan to’la foydalanish imkonini
berdi.
Mazkur saylovni kuzatish uchun uch yuzga yaqin xalqaro kuzatuvchi kelgani
bejiz emas. Bu O’zbekistonning nufuzi oshib borayotganidan, yurtingizda amalga
oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, iqtisodiy yuksalish borasidagi ulkan yutuqlar
xalqaro miqyosda katta qiziqish uyg’otayotganidan dalolatdir.
* * *
Mazaxir Panaxov, Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
raisi:
– Prezident saylovi mamlakat hayotidagi muhim tarixiy voqеadir. Bu jarayonda
butun xalqning, mamlakatning kelajagi belgilanadi. O’zbekistonda saylovlar
adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik prinsiplar asosida
o’tganiga guvoh bo’ldik.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi fuqarolarning konstitusiyaviy
huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan demokratik tamoyillarning
amaldagi yana bir ifodasi bo’ldi.
* * *
Gous Bax Xon Mahr, Pokiston Milliy assambleyasi deputati:
– O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi mamlakatingiz saylov qonunchiligini yanada
takomillashtirdi. O’zbekiston Prezidenti saylovi ushbu takomillashgan tizim asosida,
demokratiya yanada rivojlangan sharoitda o’tdi.
238
Saylovoldi jarayonini kuzatishim shuni ko’rsatdiki, bu siyosiy tadbirga katta
tayyorgarlik ko’rilgan. Uchastkalarda saylov yuksak darajada o’tishi uchun barcha
zarur shart-sharoit yaratilgan. Prezident sayloviga oid qonunlarning xalqaro
me’yorlarga to’la mos kelishi, xalqingizning huquqiy madaniyati va siyosiy faolligi
saylovning yuqori saviyada o’tishida muhim omil bo’ldi.
* * *
Kim Yon Gu, “Shindong Resources” kompaniyasi prezidenti (Koreya
Respublikasi):
– O’zbekiston saylov qonunchiligi xalqaro standartlarga to’liq javob beradi.
Prezident saylovi ochiq, oshkora, umum e’tirof etilgan demokratik tamoyillarga mos
o’tmoqda.
Bir qator saylov uchastkalarida bo’lganimda fuqarolarning faolligi meni
hayratga soldi. Ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etilib, zarur jihozlar bilan
ta’minlangani O’zbekistonning aholi salomatligi, ayniqsa, ona va bola, boshqacha
aytganda, kelajak avlod kamolotiga naqadar katta ahamiyat qaratayotganini ko’rsatib
turibdi.
O’zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlik va hamjihatlik muhitiga
havas qilsa arziydi.
* * *
Tigran Mkrtichev, Sharq muzeyi bosh direktorining ilmiy ishlar bo’yicha
o’rinbosari (Rossiya):
–Erta tongda Termiz shahridagi saylov uchastkalaridan birida bo’lib,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining boshlanishini diqqat bilan kuzatdim.
Zamonaviy usulda jihozlangan mazkur uchastkada saylovchilar vaqtli kelib, emin-
erkin ovoz berishi menda katta taassurot qoldirdi. Ushbu siyosiy jarayonda
fuqarolarning faol ishtirok etib, o’z munosabatini ochiq-oshkora bildirayotgani
O’zbekiston kuchli huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish
yo’lida salmoqli yutuqlarni qo’lga kiritganiga yaqqol misoldir.
Termiz shahrida ko’p yillar avval ham bo’lgan edim. Bir paytlar ko’hna va
ko’rimsizgina bo’lgan shahar butunlay o’zgarib, zamonaviy qiyofa kasb etibdi. Qisqa
muddatlarda bunday yuksak natijalarga erishayotgan xalqning istiqboli yanada porloq
bo’lishiga shubha yo’q. Ayniqsa, odamlar o’zining va yurtining kelajagiga befarq
emasligi katta taassurot qoldirdi.
* * *
Nobuko Furman, “еvropa-Berlin” do’stlik jamiyati raisi yordamchisi
(Germaniya):
– Saylov uchastkalarining ovoz beruvchilar bilan gavjumligini ko’rib,
mamlakatingizda fuqarolarning bu muhim siyosiy tadbirga, o’z konstitusiyaviy
huquqlariga befarq emasligiga guvoh bo’ldim.
O’zbekistonning saylovga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlaridan yaxshi
xabardorman. Bugungi saylov to’la qonuniylik asosida o’tmoqda. Saylovgacha
bo’lgan jarayonlar ham qonun talablari bo’yicha tashkil etilgan. Fursatdan foydalanib
aytmoqchimanki, mamlakatingiz tabiati, obodligi havasimni keltirdi. Qadim Buxoro
va Samarqandning tarixiy obidalari meni lol qoldirdi.
* * *
239
Akifumi Shioya, Sukuba universiteti professori (Yaponiya):
– O’zbekiston saylov qonunchiligi demokratiya tamoyillariga muvofiq.
Saylovda adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik prinsiplariga to’liq rioya etilishiga,
saylovchilarning erkin ishtirokini ta’minlashga, Prezidentlikka nomzod ko’rsatgan
siyosiy partiyalarga teng sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu saylov barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlarni yanada
yuksaltirish, xalqingizning farovonligini oshirish, islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida
muhim o’rin tutadi.
Hamdiy Abo Al-Aneyn, Savdo-sanoat palatasi raisining o’rinbosari
(Misr):
– O’zbekistonda xalqaro andozalarga mos zamonaviy saylov tizimi
yaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman.
Saylov uchastkalarida tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rilgan. Saylovchilar
ro’yxatlari shakllantirilib, ularga ovoz berishda ishtirok etish uchun taklifnomalar
tarqatilgan. Bu saylovda aholining faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
* * *
Iv Pozzo di Borgo, Fransiya Respublikasi Senatidagi “Fransiya –
Markaziy Osiyo” parlamentlararo do’stlik guruhi a’zosi:
– Samarqanddagi bir necha uchastkada bo’lib, saylovchilar ovoz berishda faol
ishtirok etayotganining guvohi bo’ldim. Ular o’z xohish-irodasini emin-erkin
bildirmoqda. Uchastkalarda tibbiyot, ona va bola xonalari tashkil etilgani, partiyalar
kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari va xalqaro kuzatuvchilarning
samarali faoliyat olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar ham e’tiborga molik.
Muhimi, O’zbekistonning milliy qonunchiligida saylovlarni adolat va tenglik
tamoyili asosida o’tkazish normalari mustahkamlab qo’yilgani bugungi saylov
jarayonlarida yaqqol o’z ifodasini topmoqda.
* * *
Isao Iidjima, Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi:
–Prezidentlikka nomzodlarning dasturida ijtimoiy-iqtisodiy dolzarb masalalar
o’z aksini topib, ularning mamlakat ravnaqi va aholi farovonligi uchun yo’naltirilgani
ahamiyatlidir. Men saylov uchastkalarida siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari bilan
suhbatlashdim. Ularning har biri dastur va maqsadlari haqida to’lqinlanib gapirib
berdi.
Saylovga katta hozirlik ko’rilgan va aholining faolligi yanada oshgan. Bu
muhim siyosiy jarayonning tub mohiyatini odamlarga tushuntirish uchun ko’p ishlar
qilinganini ko’rsatadi.
Samarqandga to’rt yil oldin kelgan edim. Shu qisqa vaqt ichida ro’y bergan
ulkan bunyodkorlik ishlari, yangilanish va o’zgarishlarni ko’rib hayratim oshdi. Bular
O’zbekistonni demokratik yuksaltirish yo’lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar
samarasidir.
* * *
Li SIN, Shanxay xalqaro tadqiqotlar instituti Rossiya va O’rta Osiyoni
o’rganish bo’yicha markazi professori, Xalqaro iqtisodiyotni o’rganish instituti
direktori (Xitoy):
240
–Urganch va Xiva shaharlarida fuqarolarning ko’tarinki kayfiyati menda katta
taassurot qoldirdi. Ko’p yillardan buyon O’zbekiston bo’yicha ilmiy tadqiqot olib
boraman. Xalqingiz bugungi ozod va obod, tinch va farovon hayotga qanday
mashaqqatlar bilan erishgani haqida tasavvurga egaman. Bugungi saylov yuqori
saviyada o’tib, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonaman.
* * *
Ali Abdulla Muborak Al Mazrui, «Buruj» kompaniyasining tashqi
iqtisodiy aloqalar departamenti boshlig’i (Birlashgan Arab Amirliklari):
– Saylov jarayonida fuqarolarga ovoz berish uchun еtarli sharoitlar yaratib
berilgani diqqatimni jalb etdi. Bunda bemorlar, keksalar, yosh bolali, sefarzand
oilalarning ehtiyojlari ham to’liq inobatga olingan. Saylov uchastkalarining ko’pligi
saylov jarayonini tashkil etishda, ovoz beruvchilar uchun qulaylik va еngillik
yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
* * *
Je Kin Choy, Ipak yo’li jamg’armasi raisi (Koreya Respublikasi):
– Saylov jarayonida aholi, ayniqsa, yoshlarning faol qatnashayotganini ko’rib
havasim keldi. Ularning ko’pchiligi bir emas, bir necha xorijiy tillarda o’z fikrini
erkin bayon eta olishi, mamlakatingiz kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat
tuyg’usini his qilishi tahsinga sazovor. Ota-onalar, yoshi ulug’ insonlar saylovga
farzandlari va nevaralari bilan kelayotgani ularda hali bolaligidanoq saylov haqida
tushunchalar, vatanparvarlik tuyg’usi shakllanishiga xizmat qilishi shubhasiz.
* * *
Oleg Gallyamov, kuzatuvchi (Rossiya Federasiyasi):
– O’zbekistondagi tinchlik-xotirjamlik, ijtimoiy barqaror muhitni g’oyat
qadrlayman. Xalqingiz kayfiyati, ruhiyatidagi ko’tarinkilik, baxtiyorlik, vazminlik,
o’z hayotidan mamnunlik tuyg’usi o’zbekistonliklarning kelajakka bo’lgan qat’iy
ishonchidan dalolatdir. Saylov jarayonini mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar, barcha
siyosiy partiyalarning vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari bevosita
kuzatib borishi uchun еtarli imkoniyatlarning yaratilgani saylovlarning ochiq-
oshkora, xolis va haqqoniy ruhda o’tishini ta’minlashda asosiy omil bo’lmoqda.
* * *
Verner Furman, “Еvropa-Berlin” do’stlik jamiyati raisi (Germaniya):
– O’zbekiston iqtisodiyoti, xalqingiz hayoti bilan muntazam tanishib boraman.
Jahonda hamon davom etayotgan global moliyaviy inqirozga qaramay,
mamlakatingiz yalpi ichki mahsuloti muttasil o’sib borayotgani diqqatga sazovor.
Islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, biznes yuritish va investitsiya
kiritish uchun qulay muhit yaratilgani bunda muhim omil bo’lmoqda.
Mamlakatingizning go’zal tabiati, xalqingizning mehmondo’stligiga havas
qilsa arziydi. Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’da o’tkazilgan Navro’z ayyomi
jozibasi va nafosati bilan meni maftun etdi.
* * *
Kerolin Lemm, Amerika-O’zbekiston savdo palatasi raisi:
– Bugungi saylovda xalqingiz o’z kelajagi, mamlakatingizning keyingi
taraqqiyoti uchun ovoz bermoqda. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat, erkin
fuqarolik jamiyati barpo etilayotganiga dunyo hamjamiyati guvoh bo’lib turibdi.
241
Saylovning demokratik talablar va umum e’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos
o’tayotgani buning isbotidir.
O’zbekiston faol sarmoyaviy siyosat yuritish, raqobatbardosh va eksportga
yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish tufayli qisqa vaqt ichida xomashyoga tayangan iqtisodiyotdan sanoat va
qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga
asoslangan, diversifikatsiyalangan iqtisodiyotga o’tishni ta’minladi.
* * *
Ivan Kotlobay, MDH ijroiya qo’mitasi bo’lim boshlig’i:
– Jizzax viloyatidagi saylov uchastkalarida bo’lib, saylovlar demokratik
talablar darajasida har tomonlama puxta tayyorgarlik bilan o’tayotganiga guvoh
bo’ldim. Uchastkada saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Ayniqsa,
saylovchilarning faolligi menda katta taassurot koldirdi. Har bir saylovchi o’z ovozi
mamlakatning ertangi kuniga daxldor ekanini biladi. Men suhbatda bo’lgan
saylovchilar o’zi tanlagan, ma’qul kelgan nomzodlarga ovoz berayotganini aytdi.
Demak, ular Vatani taqdiri, o’zining kelajagini kimga ishonishni o’zlari hal etmoqda.
* * *
Vladimir Mesamed, Quddus universitetining Osiyo va Afrika
mamlakatlari instituti professori, siyosatshunos (Isroil):
– O’zbekistonni yaxshi bilaman. Shu yurtda o’qiganman. O’zbekiston
demokratik yo’ldan borayotganiga ishonch hosil qilganman. Bugungi saylov milliy
qonunchilik va xalqaro demokratik me’yorlar asosida o’tayotganiga guvoh bo’ldim.
O’zbekistonda fuqarolarning saylovda erkin qatnashishi uchun barcha sharoit
yaratilgan. Bu fuqarolik jamiyati qurish yo’lini tanlagan mamlakat uchun juda katta
yutuqdir. O’zbekiston – jadal taraqqiy etayotgan mamlakat.
* * *
Igor Borkovskiy, MDH kuzatuvchilari missiyasi a’zosi:
– Qoraqalpog’iston Respublikasiga birinchi marta kelishim. Bu еrda ham
saylovga qizg’in tayyorgarlik ko’rilgan. Qaysi uchastkada bo’lmayin,
saylovchilarning faolligini ko’rmoqdaman. Ayniqsa, ovoz berayotganlar orasida
yoshlar ko’pchilik ekani ularning mamlakatda kechayotgan siyosiy jarayonlarga
befarq emasligidan dalolat beradi.
* * *
Dide Shode, “Sogdian” assotsiatsiyasining loyihalar bo’yicha direktori
(Fransiya):
– Andijon shahrida saylov jarayonlari bilan tanishdim. Hamma joyda saylovga
tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada tashkil etilgan.
O’zbekistonga Prezident saylovi kuzatuvchisi sifatida birinchi bor kelishim.
Mamlakatingizda saylovni o’tkazish bo’yicha o’rgansa arziydigan boy tajriba
to’plangan. Andijon shahridagi 35-saylov uchastkasida ovoz berish belgilangan
me’yorlar asosida o’tmoqda. Uchastka yashirin ovoz berishga mo’ljallangan
kabinalar, saylov qutilari bilan ta’minlangan.
Xalqingizning samimiyligi, mehmondo’stligi menda katta taassurot qoldirdi.
Andijonda amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlarini alohida e’tirof
242
etishni istardim. Bunday bunyodkor xalqning istiqboli ham porloq bo’lishi
shubhasizdir.
* * *
Еvgeniya Maxmutova, xalqaro kuzatuvchi (Rossiya):
– Navoiy viloyatida erta tongdan boshlangan siyosiy jarayonlarni kuzatib,
uchastka saylov komissiyalarining tayyorgarligi, saylovchilarning kayfiyati
ko’tarinkiligi, ayniqsa, birinchi marta ovoz berayotgan yoshlardagi o’zgacha qiziqish
va hayajonni ko’rdim. Eng muhimi, saylov ochiq-oshkora, yashirin ovoz berish yo’li
bilan o’tmoqda. Har kim o’zi munosib deb bilgan nomzodni saylamoqda. Bu xalqaro
talablarga to’la mos keladi va hеch qanday shubhali holatlarni uchratmadim.
Ilk marta saylovda ishtirok etayotgan yoshlarning ushbu siyosiy tadbir
mamlakat taqdiri uchun naqadar muhim ekani xususidagi fikrlarini eshitib, ularning
bilimi, mas’uliyatni his etishi, eng muhimi, yuz-ko’zida ufurib turgan ishonch va
qat’iyatdan juda hayratlandim.
243
OYBEK KARIMOVICH TURG‘UNOV
SAYLOV HUQUQI
DARSLIK