mavzu: ikkita kompyuter yordamida oddiy tarmoqni qurish wi-fi...
TRANSCRIPT
-
3-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ikkita kompyuter yordamida oddiy tarmoqni qurish
Wi-Fi-tarmoqni qurish
Ishning maqsadi: Ikkita kompyuter yordamida oddiy tarmoqni qurishni
o’rganish.
Topshiriq:
1. 2 ta PK.
2. RJ-45 razyomi bilan patch-kord kabeli.
3. Ikki kompyuterni bog’lash.
4. Tarmoqda ma’lumotlarni uzatishni tekshirish.
1 – rasm. Ikkita kompyuterdan iborat tarmoq
Tarmoq ulanishining sozlamasi
Kerakli qurilmalar:
1. Windows7 operasion tizimli Ethernet tarmoq potiga ega 1 ta PK.
2. WindowsXP operasion tizimli Ethernet tarmoq potiga ega 1 ta PK.
3. UTP 5 kategoriyali kabel, RJ-45 konnektorlari, siquvchi ombur va Lan-tester
yoki tayyor patch-kord.
4. Har bir PKda tarmoq interfeysining o’rnatilgan drayverlari.
Bajarish tartibi:
-
1. Kompyuterlarni yoqing: A kompyuter (Win7) va B kompyuter (WinXP).
Ethernet tarmoq portini va tarmoq interfeysi drayverlarini ham alohida tekshiring.
2. Keyin pacht-kord kabelini (T568A tuzilma bo’yicha) tayyorlang yoki tayyor
patch-kordni oling va LAN-testerda uni tekshiring. Tekshirishni albatta bajarish
zarur, chunki noto'g'ri ulangan kabel qurilmalarning o’zaro bog’lanishiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi yoki ishlamaydi.
3. Ikkala kompyuter tarmoq portlarini patch-kord bilan bog’lang. (2-rasm)
2 – rasm. Ikki kompyuterning fizik bog’lanishi
4. Keyin A kompyuterdan: Пуск->Панель управления- (Boshqaruv
paneli)>Центр управления сетями и общим доступом (Umumiy ruhsatlar va
tarmoqlarni boshqarish markazi). Ekranning chap qismidan “Изменение
параметров адаптера” (Adapter parametrlarini o’zgartirish) murojaatini bosing.
(3-rasm)
-
3 – rasm. Adapter parametrlarini o’zgartirish
“Сетевое подключение” (Tarmoqli ulanish) bandidan sichqoncha o’ng
tugmasini bosing (WinXP). Konteks menyusidan “свойства” ni tanlang, undan
«протокол версии 4(TCP/IPV4)»ga sichqonchani bosing. «Использовать
следующий IP-адрес» bandiga belgi qo’ying. IP-Adres bering:192.168.1.1 va
Tarmoq osti niqob (Маску подсети):255.255.255.252. Qolgan maydonlarni bo’sh
qoldiring va OK tugmasini bosing. (4-rasm)
.
4 –rasm. A kompyuterida IP-manzilni sozlash
-
B kompyuteri IP-manzilini kiriting. Buning uchun uning Пуск-> Сетевые
подключения(Tarmoqli ulanish) -> Отобразить все подключения (Barcha
ulanishlarni tasvirlash). (5-rasm)
5 – rasm. B kompyuteri tarmoq sozlamasi
“Сетевое подключение” (Tarmoqli ulanish) bandidan sichqoncha o’ng
tugmasini bosing (Win7). Konteks menyusidan “свойства” ni tanlang, undan
«протокол версии 4(TCP/IPV4)»ga sichqonchani bosing. «Использовать
следующий IP-адрес» bandiga belgi qo’ying. IP-Adres bering:192.168.1.2 va
Tarmoq osti niqob (Маску подсети):255.255.255.252. Qolgan maydonlarni bo’sh
qoldiring va OK tugmasini bosing. (6-rasm)
-
6 – rasm. B kompyuteri IP-manzilini sozlash
5. Bog’lanishlarni tekshirib chiqing.
Bog’lanishlarni ping buyrug’i yordamida ham tekshirish mumkin. Buning
uchun «Windows + R» kombinasiyali tugmalarni bosing va paydo bo’lgan oynaga
cmd deb yozib Enter tugmasini bosing. So’ngra ping 192.168.1.1 yozuvlarini
kiriting. Paketlar almashinuvi boshlanadi, agar tarmoq to’g’ri sozlangan bo’lsa u
holda jo’natilgan va qabul qilingan paketlar 4 ta bo’ladi. (7-rasm)
7 – rasm. Ping buyrug’i bilan tekshirish
A kompyuterda bu jarayonni anologik tekshiring.
Tarmoq orqali B kompyuterdan A kompyuterga fayl jo’natishga urinib
ko’ring va uning ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Buning uchun A
kompyuterning C diskiga kiring va unda “Tekshirish” deb nomlangan papka
yarating. Bu papkani belgilab uning kontekst menyusidan «Общий доступ»
(Umumiy ruhsat) -> «Конкретные пользователи» (Aniq foydalanuvchilar).
Kiritish maydonida «Все» (Barcha) ni tanlang va «Добавить» tugmasini bosing.
Foydalanuvchilarga beriladigan ruhsat darajasidan «Все» ni tanlang va «Чтение и
запись» bandiga belgi qo’ying. (8-rasm)
-
8 – rasm. Fayllarga umumiy ruhsat
B kompyuteri Пуск->Сетевое окружение (Tarmoq doirasi) siga kiring
va A kompyuterini tanlang. Uning C diskidagi “Tekshirish” papkasiga kirib
“Sinov” matn faylini yarating. (9-rasm)
9 – rasm. “Sinov” fayli
A kompyuteridagi “Tekshirish” papkasiga qayta kiring va “Sinov” matnli
fayli mavjudligini tekshirib ko’ring. Bu ikki kompyuter o’rtasida tarmoqli aloqaning
o’rnatilganligi va ularda ma’lumot almashinuvi mumkinligini kuzatamiz.
-
Mavzu: Wi-Fi-tarmoqni qurish
Ishning maqsadi: Simsiz lokal tarmoqni qurishni o’rganish
Topshiriq:
1. Yo’naltirgichni (router) sozlash.
2. Wi-Fi-adapterlarni sozlash va ulash.
3. Simsiz LHTni qurish.
4. Tarmoqni tekshirish.
Kerakli qurilmalar:
1) 1 ta simsiz yo’naltirgich (router).
2) 3 ta Wi-Fi-adapter.
3) 3 ta PK.
Bajarish tartibi:
1) Yo’naltirgich (router) sozlamalarini bajaring, buning uchun T562B tuzilmasi
bo’yicha yasalgan patch-kord kabeli yordamida B kompyuter portini
yo’naltirgichning birinchi porti bilan ulang. (1-rasm.)
1-rasm. Yo’naltirgich bilan kompyuterni ulash
Tarmoqli ulanishni sozlang. Bunig uchun:
-
1. Boshqaruv panelidan (Панель управления) – “Сеть и Интернет”– “Центр
управления сетями и общим доступом” paneliga;(2-rasm.)
2-rasm. Tarmoqlar va umumiy ruhsatlarni boshqarish markazi paneli (Центр управления
сетями и общим доступом)
2. “Изменение параметров адаптера” - “Подключение по локальной сети”
papkadan faolini tanlab, sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali uning “Свойства”
qism menyusiga kiramiz (3-rasm).
3-rasm.
3. Bayonnomalarning mavjudligini tekshiramiz va zarur bo‘lganda ularni
sozlaymiz. TCP/IP bayonnomasi: (Протокол Интернета версия 4 (TCP/IPv4)) –
Свойства. «Получить IP-адрес автоматически» (IP-manzilni avtomatik olish). (4-
rasm.)
-
4-rasm. «Получить IP-адрес автоматически» (IP-manzilni avtomatil olish).
“Internet Explorer” brouzeriga ishchi stolidagi yorliq yordamida kiring.
Brouzerning manzil qatoriga 192.168.0.1 ni kiriting va Enter tugmasini bosing.
«Беспроводной режим» (Simsiz rejim) bo’limini tanlang. Hosil bo’lgan oynada
tarmoq nomini kiriting, masalan «colledgessk41wifi». Rejim maydoniga 11bgn
aralash protokolini qo’ying va saqlash tugmasini bosing. (5-rasm)
5-rasm. Yo’naltirgichni sozlash
Keyingi «Настройки беспроводного режима» (Simsiz rejimini sozlash)
bo’limiga o’ting. Paydo bo’lgan oynadagi “WPA-PSK/WPA2-PSK (taklif
-
etilgan)ga belgichani qo’ying. Versiyani o’rnating: WPA2 PSK, Shifrlash: AES,
Parol PSK: 12345678. (6-rasm)
6-rasm. Rejimni sozlash
Saqlash tugmasini bosing. Router sozlandi.
2) Bog’lanishni bajaring va Wi-Fi adapterni sozlang. Buning uchun A
kompyuterga USB Wi-Fi адаптерni qo’ying; B kompyuteri PCI portiga - PCI Wi-
Fi adapter; V kompyuter USB-portiga - USB Wi-Fi adapter. (7-rasm)
7-rasm. Wi-Fi adapterni o’rnatish
Har bir kompyuterga drayverni o’rnating. (Agar talab etilsa)
3) Simsiz tarmoqni o’rnating. Barcha kompyuterlarni wi-fi yo’naltirgichga
ulang. Buning uchun A kompyuteridan: Пуск->Панель управления->Центр
управления сетями и общим доступом.
-
Ekranning chap qismidagi “Изменение параметров адаптера” bo’limiga
kiring. (8-rasm).
8- rasm. А kompyuterini ulash
«Беспроводное сетевое соединение» Simsiz tarmoq bog’lanishga bosing.
Hosil bo’lgan oynadan bizning tarmoqni tanlang va “Подключение” (Ulanish)
tugmasini bosing. Havfsizlik kalitini kiriting va “Ok” tugmasini bosing. Tarmoq
ulandi. (9- rasm)
9 – rasm. Bog’lanishni sozlash
-
V kompyuterini sozlang. Buning uchun yuqoridagi o’ng burchakda ulanish
tugmasini bosing, «Enable WI-FI» ga belgi qo’ying. Keyin «colledgessk41wi-fi» ga
ulanishni bosing. Tarmoq parolini kiriting va “connect” tugmasini bosing. (10-rasm)
10-rasm. V kompyuterini sozlash
Barcha uchala kompyuterlar ham tarmoqqa ulandi.
4) Tarmoqning ishlashini tekshirib ko’rish uchun wi-fi file transfer dasturini
o’z smartfoninginga o’rnating. Dasturni ishga tushiring va startni bosing. Keyingi
etapda ixtiyoriy kompyuterning brauzeri manzil qatoriga dastur manzilini kiriting
(smartfon ekranida aks etadi). Undan so’ng «обзор» - (ko’zdan kechirish)ni bosing
va o’tkazish (jo’natish) uchun ixtiyoriy faylni tanlang.