pedagogika - tdpu · 2018. 2. 8. · pedagogika 2015, 4-son 2 professor-О‘qituvchilar salohiyati...

134
Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Pedagogikajurnali “Pedagogik ta’lim” jurnalining vorisidir. Jurnalda pedagogika, psixologiya, o‘qitishning metod va texnologiya- lariga oid ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik maqolalar o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. Jurnalga Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasi- ning 2014-yil 26-maydagi 02-004- sonli “Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma”si olingan va unga O‘zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasining 2008-yil 30-iyun- dagi 511/S shartnomasi asosida Davriy nashrlarning Xalqaro stan- dartlar (ISSN) 2010-5320 raqami taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2013-yil 30-dekabrdagi 201/3-sonli qarori bilan ro‘yxatga olingan. Jurnal oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim- lar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari, malaka oshi- rish va qayta tayyorlash tizimi tinglovchilari, magistrantlar, talaba- larga mo‘ljallangan. Tahrir hay’ati: SHARIPOV Shavkat (bosh muharrir) Abdullayeva Barno Adilov Po‘lat Adilova Saodat Ashirboyev Samixon (bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari) Begimqulov Uzoqboy Beshimov Ro‘zinazar Boymetov Botir Egamberdiyeva Nodira Ergashev Dilshod Ergashov Maxamatirasul Fayzullayev Saidnosir Fuzailova Gavhar Gulyamov Komiljon Ismoilov Omilxon Isyanov Ravil Jalolov Jamol Komilova Nodira Mamadazimov Mamadmusa Matenova Yuliya Maxkamdjanov Karimjon Mirqosimova Marg‘uba Muslimov Narzulla Nurmuhammedova Laylo Qahhorova Matluba Qodirova Fotima Safayev Nuriddin Taxirov Jozil (bosh muharrir o‘rinbosari) Tolipova Jamila Valiyeva Sirojiya Xalilov Faxriddin Xodjayev Begzod Yuzlikayev Farid Zufarov Sherzod 2015/4

Upload: others

Post on 28-Jan-2021

13 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    1

    Muassis:

    Nizomiy nomidagi Toshkent

    davlat pedagogika universiteti.

    “Pedagogika” jurnali “Pedagogik

    ta’lim” jurnalining vorisidir.

    Jurnalda pedagogika, psixologiya,

    o‘qitishning metod va texnologiya-

    lariga oid ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik

    maqolalar o‘zbek va rus tillarida chop

    etiladi.

    Jurnalga Toshkent shahar

    Matbuot va axborot boshqarmasi-

    ning 2014-yil 26-maydagi 02-004-

    sonli “Ommaviy axborot vositasi

    davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi

    to‘g‘risida guvohnoma”si olingan va

    unga O‘zbekiston Respublikasi Milliy

    kitob palatasining 2008-yil 30-iyun-

    dagi 511/S shartnomasi asosida

    Davriy nashrlarning Xalqaro stan-

    dartlar (ISSN) – 2010-5320 raqami

    taqdim etilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy

    attestatsiya komissiyasi rayosatining

    2013-yil 30-dekabrdagi 201/3-sonli

    qarori bilan ro‘yxatga olingan.

    Jurnal oliy ta’lim muassasalarining

    professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim-

    lar, akademik litsey, kasb-hunar

    kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim

    maktabi o‘qituvchilari, malaka oshi-

    rish va qayta tayyorlash tizimi

    tinglovchilari, magistrantlar, talaba-

    larga mo‘ljallangan.

    Tahrir hay’ati:

    SHARIPOV Shavkat (bosh muharrir)

    Abdullayeva Barno

    Adilov Po‘lat

    Adilova Saodat

    Ashirboyev Samixon (bosh

    muharrirning birinchi o‘rinbosari)

    Begimqulov Uzoqboy

    Beshimov Ro‘zinazar

    Boymetov Botir

    Egamberdiyeva Nodira

    Ergashev Dilshod

    Ergashov Maxamatirasul

    Fayzullayev Saidnosir

    Fuzailova Gavhar

    Gulyamov Komiljon

    Ismoilov Omilxon

    Isyanov Ravil

    Jalolov Jamol

    Komilova Nodira

    Mamadazimov Mamadmusa

    Matenova Yuliya

    Maxkamdjanov Karimjon

    Mirqosimova Marg‘uba

    Muslimov Narzulla

    Nurmuhammedova Laylo

    Qahhorova Matluba

    Qodirova Fotima

    Safayev Nuriddin

    Taxirov Jozil (bosh muharrir

    o‘rinbosari)

    Tolipova Jamila

    Valiyeva Sirojiya

    Xalilov Faxriddin

    Xodjayev Begzod

    Yuzlikayev Farid

    Zufarov Sherzod

    2015/4

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    2

    PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR SALOHIYATI – DAVR TALABI

    Ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning bugungi yuksak

    taraqqiyoti о‘z-о‘zidan yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qо‘ymoqda.

    Mazkur ijtimoiy talablar sirasida jamiyat, qolaversa, uning negizida sohalar

    rivojini harakatga keltiruvchi kuch – malakali kadrlarni tayyorlash, ana shu

    maqsadga yо‘naltirilgan tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.

    Malakali kadrlarni tayyorlashga bо‘lgan ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari

    paydo bо‘lgan, sanoat sohasi rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan bо‘lsa-

    da, hanuzgacha о‘z dolzarbligini yо‘qotmay kelmoqda. Buning asosiy sabablari

    jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bog‘liq ravishda

    yangidan-yangi yо‘nalishlar, ixtisosliklarning paydo bо‘lishi, ular bо‘yicha

    kadrlar tayyorlash zaruriyatining vujudga kelishi, о‘zgaruvchan, tezkor davrda

    mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratlarini izchil ravishda oshirib

    borishga bо‘lgan ehtiyojning shakllanishi, shuningdek, mutaxassis sifatida

    mehnat bozoridagi kuchli raqobatga bardosh bera olishga bo‘lgan talabning

    ortishi sanaladi.

    Mavjud sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarni malakali kadrlar

    bilan ta’minlashda puxta asoslangan mexanizmga ega bo‘lgan uzluksiz ta’lim

    tizimi, xususan, oliy va oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar

    malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bosqichlari о‘ziga xos о‘rin tutadi.

    Yuqorida aytib о‘tilganidek, tezkorlik bilan rivojlanayotgan davr mutaxassislar

    oldiga shiddatli о‘zgarishlarga tayyor turish, davr bilan hamnafas bо‘lgan holda

    ijtimoiy va kasbiy nuqtayi nazardan о‘z-о‘zini takomillashtirib borish vazifasini

    qо‘ymoqda. Mutaxassislarning mazkur talabga tо‘laqonli javob bera olishlarida

    izchil tashkil etiladigan malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining hissasi

    katta. Zero, muayyan vaqt oralig‘ida о‘zaro integratsiyalangan о‘quv dasturlari

    mutaxassislarni tegishli sohaga oid о‘zgarish, yangilanish, muammo va ularning

    yechimlari xususidagi bilim, kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirish

    imkoniyatiga ega.

    Uzluksiz ta’lim tizimining kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta

    tayyorlash bosqichida oliy ta’lim muassasalari (OTM)da faoliyat olib borayotgan

    pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim va

    ishlab chiqarish о‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash, marketingni samarali

    tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Binobarin, OTM pedagoglarining

    BOSH MAQOLA

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    3

    bо‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tо‘laqonli tayyorlash borasidagi

    malakasi, tarbiyalash mahorati, о‘quv-tarbiya jarayonida insonparvarlik g‘oyalari

    ustuvorligini ta’minlovchi shaxsiy sifatlari, talabalarning bilimlarini xolisona

    nazorat qilish va baholash layoqati mavjud ijtimoiy talablarga mos bо‘lishi zarur.

    Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi,

    shuningdek, ular tomonidan ilg‘or pedagogik tajribalarni о‘rganish, zamonaviy

    ta’lim texnologiyalaridan foydalanish kо‘nikma, malakalarini takomil lashtirish

    va ularning kasbiy kompetentligini to‘xtovsiz rivojlantirib borishni ham taqazo

    etadi.

    Mazkur talablardan kelib chiqib, О‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim

    muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini

    takomillashtirish, ularni zamonaviy pedagogik hamda tegishli sohalarga oid

    bilim, kо‘nikma va malakalarini oshirish yо‘lida samarali ishlar amalga

    oshirilmoqda. Shu о‘rinda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim

    muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini

    oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni

    muhim ahamiyat kasb etadi1.

    Ushbu Farmonda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog

    kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada

    takomillashtirishning muhim yо‘nalishlari belgilab berilgan. Ular:

    oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilarining pedagogik va kasb

    darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya,

    ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va о‘qitilayotgan fanlar

    bо‘yicha innovatsiyalar, shuningdek, о‘quv jarayonini tashkil etishning

    zamonaviy uslublari sohasidagi sо‘nggi yutuqlarni chuqur о‘rganish;

    yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or

    xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy о‘quv yurtlarining pedagog

    kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bо‘yicha malaka talablari,

    о‘quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash;

    oliy о‘quv yurtlari о‘qituvchilarining global internet tarmog‘i,

    multimedia tizimlari va masofadan о‘qitish usullaridan foydalangan holda,

    1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2015 йил 12 июндаги “Олий таълим

    муассасаларининг раҳбар ва педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш

    тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-4732-сонли

    Фармони. www.lex.uz

    http://www.lex.uz/

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    4

    zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

    egallashi va ularni о‘quv jarayoniga faol tatbiq etishi;

    oliy о‘quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy о‘zlashtirish

    darajasini oshirish va undan о‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini

    muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.

    Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida о‘qish oliy о‘quv

    yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash о‘quv rejasining

    yangilangan tuzulmasi (oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, ilg‘or ta’lim

    texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-

    kommunikatsiya texnologiyalarini qо‘llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va

    qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar, pedagogik amaliyot, malakaviy

    attestatsiya) asosida ishlab chiqilgan maxsus dasturlar bо‘yicha ikki oy davomida

    ishdan ajralgan holda amalga oshiriladi. Tahsil yakunida tinglovchilar tomonidan

    bajarilgan bitiruv-malakaviy ishlari tayanch oliy о‘quv yurtida tashkil etiladigan

    oliy ta’lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy darajasini berish bо‘yicha

    ilmiy kengash raisi, ilmiy kengash a’zolari hamda kamida yetti nafar tegishli

    sohalarning yetuk mutaxassislaridan iborat Attestatsiya komissiyalari tomonidan

    baholanadi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli о‘tgan tinglovchilarga davlat

    namunasidagi malakaviy attestat beriladi va ular tegishli yо‘nalish bо‘yicha

    bо‘sh lavozimlarni egallash bо‘yicha tashkil etiladigan tanlovdan о‘tishda

    imtiyozga ega bо‘ladi. Kо‘rilayotgan tadbirlarning barchasi oliy ta’lim

    muassasalari professor-о‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tashkil etish,

    kasbiy о‘z-о‘zini rivojlantirishga nisbatan mas’uliyatini yanada oshirishga

    xizmat qiladi.

    Ayni vaqtda tayanch oliy о‘quv yurti sifatida universitet huzuridagi

    pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq

    markazi Farmon g‘oyalariga tayangan holda о‘z oldiga qо‘yilgan quyidagi

    vazifalarni hal qilishga erishishlari zarur:

    oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari va pedagog kadrlariga

    qо‘yiladigan davlat malaka talablari mazmunini yangilash, qayta tayyorlash,

    shuningdek, kurslar tinglovchilarining kontingentini aniqlash;

    ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv rejalarini ishlab chiqish,

    modullarning mazmunini shakllantirish, unga mos ravishda axborot ta’lim

    resurslarini yaratish;

    tinglovchilar uchun pedagogik amaliyot tashkil etish va о‘tkazish

    bо‘yicha yо‘riqnomalarni tayyorlash, amaliyot jarayonida tinglovchilar

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    5

    tomonidan tashkil etiladigan ochiq darslarni kuzatish, ularning mahorat va

    malaka darajasini baholash bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

    о‘quv (ma’ruza, amaliy va kо‘chma) mashg‘ulotlarini о‘tkazish

    joylarini aniqlash, bu borada shartnomalar tuzish;

    ushbu ta’lim ishiga jalb qilinadigan yuqori malakali professor-

    о‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislarni aniqlash;

    tarmoq markazining moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash

    bо‘yicha takliflar tayyorlash.

    Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash

    hamda ularning malakasini oshirish kurslarida ta’lim sifati va samaradorligiga

    erishish imkoniyatini ta’minlaydi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

    pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va

    ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 20ta ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha

    tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tinglovchilar

    tomonidan yangi bilimlarni egallash, mavjud bilimlarini yanada boyitish, malaka

    va pedagogik mahoratlarini rivojlantirishga to‘liq sharoit yaratiladi. Shu bilan

    birgalikda, tarmoq markazida ayrim tashabbuslarni amalga oshirishni tajriba

    qilish ham mo‘ljallanmoqda, jumladan, tinglovchilar bilan oldindan aloqa

    o‘rnatish va o‘quv materialini universitet portaliga joylashtirish asosida ularning

    masofaviy ta’limini tashkil etish va ijodiy ishlarini malaka ishi sifatida

    shakllantirish hamda uni kelgusidagi ilmiy tadqiqot (doktorlik dissertatsiyasi

    yoki monografiya) ishlarining asosi bo‘lishi uchun tayyorlash va boshqalar.

    Xulosa qilib aytganda, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning

    malakasini oshirish tizimi malakali, mehnat bozoridagi kuchli raqobatga

    bardoshli kadrlarni tayyorlashda muhim о‘rin tutadi. Shu sababli О‘zbekiston

    Respublikasida mazkur tizimni takomillashtirishga doimiy e’tibor qaratib

    kelinmoqda. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini

    oshirish tizimi muntazam ravishda takomillashtirib borilayotganligi OTM

    pedagoglarining kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa, о‘z

    navbatida, OTMda ta’lim va tarbiya jarayonining sifatli tashkil etilishini,

    malakali kadrlar tayyorlashda yuksak samaradorlikka erishishni kafolatlaydi.

    Sharipov Sh. S.,

    Muslimov N. A. (TDPU)

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    6

    RESPUBLIKA PEDAGOGLARINING ILMIY MAKTABI

    Pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan sifatida o‘zining ilmiy asoslariga

    ega bo‘lib, dialektik qonuniyat va yangidan-yangi g‘oyalarning rivojlanishi

    asosida taraqqiy etib boradi. Biroq uning jadallik bilan rivojlanib borishi ko‘p

    jihatdan mazkur sohada salmoqli ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishi bilan

    bog‘liqdir. Pedagogika sohasi rivoji ikki asosiy yo‘nalishning o‘zaro uzviyligi va

    uzluksizligini, ya’ni pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni talab

    etadi. Ushbu ikki yo‘nalishning bir xil sur’atda rivojlanishida nafaqat

    respublikamiz, balki Markaziy Osiyo miqyosida katta nufuzga ega bo‘lgan

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining umumiy

    pedagogika kafedrasi alohida o‘rin tutadi.

    1935-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan

    birga professor K. E. Bendrikov boshchiligida pedagogika kafedrasi ham tashkil

    qilingan. Keyinchalik kafedra tarkibidan boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi,

    maktabgacha tarbiya pedagogikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi, pedagogik

    mahorat kabi kafedralar ajralib chiqib, mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi.

    Umumiy pedagogika kafedrasi o‘z vaqtida mazkur kafedralarning o‘quv, ilmiy-

    metodik jihatdan rivojlanishiga, ularni ilmiy pedagogik kadrlar bilan

    ta’minlashda yaqindan yordam berdi.

    Ilk tashkil qilingan yillari kafedrada S. R. Rajabov, kafedra mudirining

    o‘rinbosari M. Usmonov, o‘qituvchilar T. Xalilov, I. Husanxo‘jayevlar faoliyat

    ko‘rsatdi. 1938-yildan 1942-yilgacha kafedrani dotsent V. N. Moroz boshqardi.

    1942-yildan 1944-yilgacha kafedra mudiri lavozimida pedagogika fanlari

    doktori, professor N. A. Konstantinov, 1944-yilning oxiridan dotsent

    N. M. Takanayev, 1947-yilning noyabr oyidan 1990-yilgacha Pedagogika Fanlar

    akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,

    professor S. R. Rajabov faoliyat ko‘rsatdi. Kafedraga 1990-1992-yillarda

    pedagogika fanlari doktori, professor B. Mirzaahmedov, 1992-yildan 1995-

    yilning may oyigacha professor K. H. Hoshimov, 1995-yilning may oyidan

    1996-yilning sentabr oyigacha dotsent Y. G. Shain, 1996-yilning sentabridan

    1998-yilning oktabrigacha professor J. Hasanboyev, 1998-yilning oktabridan

    2001-yilning fevraligacha professor N. N. Azizxo‘jayeva, 2001-yilning

    fevralidan 2002-yilning martigacha dotsent S. A. Madiyarova, 2002-yilning mart

    oyidan 2010-yilning dekabr oyigacha kafedraga O‘zbekistonda xizmat

    ko‘rsatgan madaniyat xodimi, professor M. X. To‘xtaxo‘jayeva, 2010-yilning

    dekabr oyidan 2013-yilning noyabr oyigacha pedagogika fanlari doktori

    UNIVERSITETNING 80 YILLIGI

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    7

    E. R. Yuzlikayeva rahbarlik qildi. Hozirgi kunda bu kafedra umumiy pedagogika

    kafedrasi deb yuritiladi va unga dotsent B. X. Xo‘jayev mudirlik qilmoqda.

    Umumiy pedagogika kafedrasi universitetimizning eng yirik va yetakchi

    kafedralaridan biridir. Uning tarkibida 34 nafar yuqori malakali mutaxassislar

    faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular: pedagogika fanlari doktorlari, professorlar

    N. N. Azizxo‘jayeva, M. X. To‘xtaxo‘jayeva, F. Xalilov, D. I. Ro‘ziyeva,

    pedagogika fanlari doktori K. Qilicheva, pedagogika fanlari nomzodi, professor

    A. S. Qoldibekova, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar S. A. Madyarova,

    X. Ruzmetova, G. Qurbanova, I. Uzoqov, S. B. Umarov, dotsent

    Sh. Tashmetova, katta o‘qituvchilar S. Koneva, I. Morxova, B. Jo‘rayeva,

    M. Ergashova, S. Jumayeva, N. Mirsoatova, G. Ibrohimova, F. Mirzayeva,

    o‘qituvchilar O‘. Abdullayeva, G. Lafasova, A. Xo‘jamqulov, N. G‘afurova,

    Z. Abralova, M. Nishonova, I. Choriyev, B. Muhammadiyev va boshqalardir.

    Turli yillarda kafedrada pedagogika fanlari doktori, professorlar

    J. Y. Hasanboyev, O. Musurmonova, S. U. Nishonova, M. Inamova,

    U. Mahkamov, F. R. Yuzlikayev, pedagogika fanlari nomzodi, professorlar

    Z. F. Mirtursunov, K. H. Hoshimov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsentlar

    N. V. Pavlova, S. X. Temurova, S. N. Nurmatov, N. V. Valiyeva,

    Y. B. Chevrinidi, M. A. Ahmedova, J. Haydarova, R. X. Salkayeva,

    A. D. Yunusxo‘jayev, Y. G. Shain, A. G. Akopyan, M. M. Mirqosimov,

    J. Palmanov, M. N. Nishanov, F. A. Umarov. T. Yunusov, I. Tojiyev,

    A. Tojiyev, M. Sagdiyeva, D. D. Jo‘raboyeva, Sh. Avezov, S. Mahkamova,

    Sh. Minavvarov, J. A. Sulaymanova, N. Azimova, I. Bochar, A. A. Agaronyan,

    G. Sultonova, D. Boboyeva, M. Usmanboyeva, katta o‘qituvchilar

    K. F. Timoshenko, N. Bimuhamedov, A. A. Sadikova, F. Rustamova,

    R. Hasanov, B. Hasanova, M. Gafurova, M. Turdiyeva, N. Azamatova va

    boshqalar faoliyat ko‘rsatgan.

    Umumiy pedagogika kafedrasining respublikamiz va MDH

    respublikalarida katta nufuzga ega bo‘lishi akademik Siddiq Rajabov nomi bilan

    bevosita bog‘liqdir. 43 yil davomi (1947-1990-yillar)da kafedraga rahbarlik

    qilgan akademik S. R. Rajabov Respublikada pedagogika fanining rivojlanishiga,

    ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo‘shdi, tom ma’noda, u

    pedagogika ilmiy maktabini yaratgan edi. O‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati

    davomida akademik S. Rajabov yosh olimlarga hamisha yordam berib keldi.

    S. Rajabov uzoq yillar davomida pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja

    beradigan ixtisoslashgan kengashni boshqarib, nafaqat O‘zbekiston, balki

    Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham olimlar tayyorlab berishda katta xizmat

    qildi. Akademik S. Rajabov 7 nafar fan doktorini, 130 nafar fan nomzodini

    tayyorladi.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    8

    Siddiq Rajabov rahbarligida kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogika

    fanining rivoji yo‘lida fidokorona xizmat qilishdi. Buning yorqin namunasi

    pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun 1962-yilda o‘zbek tilida

    “Pedagogika” darsligining chop ettirishi bo‘ldi. Darslik 1962-1981-yillarda

    qayta-qayta to‘ldirib, nashr etildi. Shuningdek, kafedrada tashkil etilgan ijodiy

    guruh a’zolari tomonidan 1986-yilda Moskvaning “Pedagogika” nashriyotida

    “O‘zbek pedagogik fikrlar antologiyasi” kitobining nashr etilishi milliy

    pedagogikamiz rivojida katta voqea bo‘ldi va uni kafedra professor-

    o‘qituvchilarining mustabid tuzum davrida milliy pedagogika rivoji yo‘lida

    ko‘rsatgan ulkan ma’naviy jasorati deb aytish o‘rinlidir.

    Kafedra faoliyatiga katta kuch bergan voqelik, albatta, O‘zbekiston

    Respublikasining mustaqillikni qo‘lga kiritganligidir. Kafedra faoliyatining har

    jabhasi chuqur o‘zgarishlarga yuz tutdi. Bu o‘zgarishlar ilmiy-tadqiqot, o‘quv va

    o‘quv-metodik ishlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etdi. Natijada kafedra

    professor-o‘qituvchilari tomonidan pedagogika fanini rivojlantirishning quyidagi

    istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi:

    - O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini hayotga

    joriy etish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish;

    - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan chora-tadbirlarni

    bosqichma-bosqich amalga oshirish;

    ` - pedagog kadrlar tayyorlash sohasida fan-ta’lim-ishlab chiqarish

    integratsiyasini yo‘lga qo‘yish;

    - pedagogika fani mazmunini isloh etish, yangi o‘quv dasturlari va

    darsliklar yaratish;

    - pedagogik fikrlar tarixini tadqiq etish va yosh avlodni milliy ruhda

    tarbiyalash;

    - pedagogikaning dolzarb mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

    - yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy mafkurani

    shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish va boshqalar.

    Shu yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan eng qadimgi

    davrlardan mustaqillik yillarigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olgan “Pedagogika

    tarixi”, ikki qismli “Pedagogik fikrlar antologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari

    yaratilib, respublika oliy ta’lim muassasalarini yangi o‘quv adabiyotlari bilan

    ta’minlashga munosib hissa qo‘shildi.

    2000-yildan boshlab kafedrada pedagogika fanini rivojlantirishning

    quyidagi yangi istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilib, tizimli ishlar amalga

    oshirildi:

    - umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari

    uchun DTS asosida yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish;

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    9

    - mustaqillik mafkurasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish;

    - pedagogika fanlari mazmunini modernizatsiyalash;

    - uzluksiz ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

    - pedagogika fanlarining metodik ta’minotini takomillashtirish;

    - ta’lim xizmatlari sohasini rivojlantirish;

    - iqtidorli talabalar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish va ustoz-

    shogird tizimini rivojlantirish;

    - innovatsion-korporativ hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar.

    2000-2012-yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan umumiy

    o‘rta ta’lim maktablari uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”,

    “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlar bo‘yicha 10dan ortiq, pedagogika kollejlari uchun

    “Pedagogika” va “Pedagogika tarixi” fanlaridan 6ta, oliy ta’lim muassasalari

    uchun pedagogikaning turli sohalariga doir 40dan ortiq darslik va o‘quv

    qo‘llanmalari yaratildi.

    2007-yili nashrdan chiqqan A. S. Qoldibekovaning “Pedagogika

    nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi respublika tanlovida (2008) 3-o‘rin,

    M. X. To‘xtaxojayevaning umumiy tahriri ostida nashr etilgan “Pedagogika

    nazariyasi” nomli darslik respublika tanlovida (2009) 3-o‘rin, A. Xoliqovning

    “Pedagogik mahorat” darsligi respublika tanlovida (2012) 1-o‘rinni egalladi.

    Kafedra tadqiqotchilaridan 40 nafari doktorlik va nomzodlik

    dissertatsiyalarini himoya qilishdi va hozirda uzluksiz ta’limning turli

    bosqichlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishmoqda.

    Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ustoz-shogird tizimida salmoqli ishlar

    amalga oshirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tayyorlagan 6 nafar talaba

    “Pedagogika” fanidan Respublika olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi.

    Mustaqillik yillarida kafedraning ikki nafar professor-o‘qituvchisi

    davlatimizning yuksak unvon va medallariga munosib deb topildi. 2005-yilda

    pedagogika fanlari doktori, professor N. N. Azizxo‘jayeva “O‘zbekistonda

    xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni va 2007-yilda professor

    A. S. Qoldibekova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

    So‘nggi yillarda respublikamizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini isloh

    qilishga doir amalga oshirilayotgan ishlarga uyg‘un tarzda kafedra o‘quv-

    uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda akademik litsey va kasb-hunar

    kollejlari bilan hamkorlik sohalarini modernizatsiyalashga faol harakatlar

    boshlangan. Ayniqsa, kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibini yoshartirishga

    e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, pedagogika fanlarni o‘qitishning elektron-

    modulli tizimi ishlab chiqildi, virtual laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar

    platformasi, virtual muzey yaratildi.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    10

    2012-2015-yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek, rus,

    qozoq va ingliz tillarida “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”,

    “Ijtimoiy pedagogika”, “Qiyosiy pedagogika”, “Pedagogik texnologiya” fanlari

    bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 10ta monografiya, 40dan ortiq uslubiy

    qo‘llanmalar yaratildi.

    2013-2015-yillarda kafedraning ilmiy sohada hamkorlik aloqalari

    kengayib, O‘zbekiston Milliy universiteti, Rossiya Federatsiyasining Belgorod

    pedagogika instituti, “Sotsiosfera”, “Resurs” kabi markazlar bilan hamkorlikda

    xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, o‘quv seminarlari, seminar-treninglar tashkil

    etildi.

    Hozirda kafedraning 15 nafar mustaqil izlanuvchilari quyidagi yettita ilmiy

    maktab doirasida ilmiy muammolar ustida izlanishlar olib borishmoqda:

    1. O‘zbekistonda maktablarning rivojlanish tarixi (Akademik Siddiq

    Rajabov ilmiy maktabi);

    2. Pedagogik fikrlar tarixi (K. Hoshimov ilmiy maktabi);

    3. Oliy maktab pedagogikasi va innovatsion pedagogik texnologiyalar

    (N. Azizxo‘jayeva ilmiy maktabi);

    4. Androgogik ta’lim (J. Hasanboyev ilmiy maktabi);

    5. Lingvopedagogika (M. To‘xtaxojayeva ilmiy maktabi);

    6. Barkamol shaxsni tarbiyalash (S. Nishonova ilmiy maktabi);

    7. Milliy an’analar va axloqiy tarbiyaning uyg‘unligi (S. Temurova ilmiy

    maktabi).

    Yuqorida sanab o‘tilgan ulkan yutuqlar bilan birgalikda kafedra professor-

    o‘qituvchilari oldiga quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish muhim

    vazifa sifatida belgilangan:

    - pedagogika fanining zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqish;

    - kafedraning “Pedagogik evristika” nomli elektron jurnalini yaratish;

    - respublikamiz olimlarini jalb etgan holda eng qadimgi davrlardan hozirgi

    kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan milliy pedagogik fikrlar

    ensiklopediyasini bosqichma-bosqich yaratish va boshqalar.

    Kafedra jamoasi Respublikada pedagoglarning yangi avlodini tayyorlash,

    oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga ilmiy-pedagogik kadrlar yetkazib berish,

    o‘qitishning rivojlanuvchi ta’limga mos yangi texnologiyalari va metodlarini

    yaratish yo‘lida o‘z ijod va tashabbuslarini davom ettirishga qodirdir.

    Xo‘jayev B. (TDPU)

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    11

    ILM-FAN TARAQQIYOTI VA ILMIY MAKTABLAR

    Sharipov Sh. S. (TDPU)

    Abstract

    This article examines the place of scientific schools in the development of

    science, their characteristics, the conditions of their existence, types and forms.

    Резюме

    В статье рассматриваются место научных школ в развитии науки, их

    характеристика, условия существования, типы и формы.

    Tayanch tushunchalar: ilmiy maktab, fan-texnika taraqqiyoti, ilmiy

    faoliyat, liderlik.

    Jamiyat taraqqiyotini ilm-fan rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, shuning

    uchun ham dunyoning barcha mamlakatlarida ilm-fanga e’tibor qaratiladi.

    Shunisi e’tiborliki, ilm-fan ijtimoiy asoslarda yoki davlat tarkibiy tuzilmalarida

    amalga oshirilmasin, u davlat ahamiyatiga ega bo‘ladi. O‘tmishda ham olimlar,

    ijod ahli faoliyati davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bizning

    zamonimizga kelib, u aksariyat davlatlarda xalq xo‘jaligining ajralmas sohasiga

    aylangan va u davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi hamda uning ijrosi

    nazorat qilinadi. Ushbu maqolada ilm-fanning jamiyatimiz ravnaqida tutgan

    o‘rni va uning rivojlanish omillariga batafsil to‘xtalish fikridan uzoqmiz, balki

    ilm-fan rivojida ilmiy maktablarning ne chog‘liq o‘rni borligi, to‘g‘rirog‘i, ilmiy

    maktab tushunchasi bilan bog‘liq ayrim mulohazalarni bayon qilish bilan

    chegaralanamiz va bu sohadagi mavjud fikrlarga tayangan holda uning ilmiy va

    ijtimoiy tavsifini berishga harakat qilamiz.

    Ilmiy maktablar masalasi xorijiy mamlakatlarda maxsus o‘rganilgan1, lekin

    Vatanimizda bu masalaga doir izlanishlar olib borilganligi to‘g‘risida

    ma’lumotlarni uchratmadik.

    1Ярошевский М. Г. Логика развития науки и научная школа // Школы в науке. – Москва,

    1977. – С. 86; Грезнева О. Научные школы: принципы классификации // Высшее

    образование в России. – Москва, 2004. – № 5. – С. 42-43; Логинова Н. А. Феномен

    ученичества: приобщение к научной школе // Психологический журнал. – Москва, 2000.

    – № 5. – Т. 21. – С. 106-111; Аронов Д. К проблеме определения понятий «научная

    (научно-педагогическая) школа» // Alma mater (Вестник высшей школы). – Москва, 2003.

    – № 6. – С. 8-13; Грезнева О. Ю. научные школы (педагогический аспект). Научное

    издание Московского гуманитарного университета. – Москва, 2003. – С. 69; Гузевич Д.

    Научная школа как форма деятельности // Вопросы истории естествознания и техники.

    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA, PEDAGOGIK INNOVATIKA

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    12

    Ma’lumki, ilm-fan chuqur tadqiqotlar va unga erishish metodlarini qamrab

    oluvchi faoliyat turi bo‘lib, turli g‘oyalar, konsepsiyalar, nazariyalarni ochishga

    qaratilgan bilimlar majmuasi, alohida olimlar va olimlar uyushma va tashkilotlari

    tomonidan olib boriladigan mashaqqatli mehnat faoliyatidir. Ilm-fan inson va

    uning tafakkuri, tabiat, texnika, hayvonot olamining qonuniyatlarini qamrab

    oladi. Eng muhimi, u insonga xizmat qiladi.

    Mamlakatning ilmiy salohiyati tizimidagi asosiy tushunchalardan biri ilmiy

    hamjamiyat tushunchasi bo‘lib, u o‘zida ilm-fanning tarkibiy tuzilmalaridan

    birini aks ettiradi. Ilmiy hamjamiyatlarning uch guruhini farqlash mumkin:

    Ilm-fan istiqbollari hamma vaqt yetakchi ilmiy maktablar taraqqiy

    ettirilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Shu ma’noda yurtboshimiz I. A. Karimov

    “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutaffakirlarining tarixiy merosi, uning

    zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro

    konferensiyasining ochilish marosimidagi: “Ma’lumki, o‘sha davrlarning

    an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir va faylasuflar, olimlar va shoirlar

    odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida panoh topganlar. Ular orasida IX-XI

    asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va “Bayt ul-hikma”, ya’ni

    “Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod

    akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo

    Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun

    – Москва, 2003. – № 1. – С. 64-93; Зербино Д. Д. Научная школа как феномен. – Киев:

    Наукова думка, 1994. – С. 134; Мирская Е. З. Научные школы как формы организации

    науки. Социологический анализ проблемы // Науковедение (интернет-журнал). 2002.

    – № 3. – С. 8-24; О научных исследованиях и научных школах. Евразийское пространство.

    Сборник научных статей. – Москва: МГУ им. М. В. Ломоносова, 2010. – С. 56;

    Поляков С. Д. Научные школы в педагогике: особенности и этапы развития // Вестник

    Российского гуманитарного научного фонда. – Москва, 2002. – № 4. – С.151-157; Amabile

    Т. М. The social psychology of creativity. New York: Springer Verlag Incorporated, 1983.

    – P. 245; Cattell R. B. The personality and other motivation of the researcher from

    measurements of contemporaries and from biography // Scientific creativity. – London, 1963.

    – P. 119-131; Galton F. English men of science: their nature and nurture. – London, 1874.

    – P. 234; Hanson N. R. Patterns of Discovery: An Inquiry into the Conceptual Foundations of

    Science. – Cambridge: Cambridge University Press, 1958. – P. 252; Kitcher Ph. S. The

    Advancement of Science. Science without Legend. Objectivity without Illusions. – Oxford:

    Oxford University Press, 1993. – P. 242; Laudan L. A Problem Solving Approach to Scientific

    Progress // Scientific Revolutions. Hacking I. (ed.) – Oxford: Oxford University Press, 1993.

    – P. 144-155; Laudan L. Science and values: The aims of science and their role in scientific

    debate. – Berkeley: University of California Press, 1984. – P. 145; Long J. S. Productivity and

    academic position in the scientific career // American Sociological Review. – New York, 1978.

    – Vol. 43. – № 6. – P. 889-908.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    13

    dunyoga dong taratdilar1”, – degan nutqini keltirish joiz. Bu hol, ayniqsa, jahon

    fanining barcha sohalari o‘zining yuksak natijalariga erishayotgan XXI asrga

    ham xosdir. Har qanday ilmiy muammolar olimlarning o‘zaro hamkorligini,

    tadqiqotchilar jamoasining shakllantirilishini talab etadi.

    Bunday sharoitlarda ilmiy maktablarning ahamiyati favqulodda muhim

    bo‘ladi. Ilmiy maktablarning tarkib topishi respublikamiz ilm-fanidagi o‘ziga xos

    an’analarni o‘zida mujassamlashtiradi.

    Shuni ta’kidlashni lozimki, aksariyat davlatlarda ilmiy maktablar

    davlatning tashkiliy tuzilmalari bilan bog‘langan bo‘lsa-da, u davlatning bevosita

    tuzilmasi sifatida shakllanmaydi, balki u ilmiy jamoatchilikning e’tirofi,

    boshqacha aytganda, muayyan yo‘nalishdagi olimlarning norasmiy jamiyatidir.

    Aynan olimlar ishlarini bir oqimga yo‘naltirish va mujassamlashtirish

    ma’nosida ilmiy maktablar alohida qiziqish uyg‘otadi. Ilmiy maktablar muayyan

    yo‘nalishdagi ilmiy faoliyat majmuasi, ularning o‘zaro birligi va o‘zaro boyitish

    tamoyili asosida ish ko‘ruvchi ijtimoiy uyushma sanaladi.

    Ilmiy maktab tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, o‘zining turlicha talqin va

    ta’riflariga ega. Ilmiy maktabga ilmiy hamjamiyatning turlaridan biri, ilmiy

    faoliyat mujassamlashuvining alohida shakli sifatida qaraladi.

    M. G. Yaroshevskiyning ta’kidlashicha, “Maktab atamasi qanchalik

    umumlashgan bo‘lishiga qaramasdan, tarixchilar o‘rtasida umum qabul qilingan

    e’tirofga ko‘ra, birinchidan, ijodkorlikka o‘rgatish va tadqiqotchilik

    jarayonlarining o‘zaro birligini, ikkinchidan, bir guruh olimlar ilmiy

    pozitsiyasining boshqalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini anglatadi.

    O‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy maktab katta avloddan o‘zidan keyingi

    avlodlarga ilm bilan birga madaniy-axloqiy qadriyatlarni samarali uzatib turadi

    va u ilm-fan, ta’lim, ustoz-shogird tizimining o‘zaro uzviyligini ifodalovchi

    modelni namoyon etadi.

    Ilmiy maktab olimlarning o‘zaro ijodiy, doimiy, norasmiy muloqoti,

    g‘oyalar bilan o‘rtoqlashishi va natijalar muhokamasining tashkiliy shaklidir.

    Har qanday ilmiy maktab fan sohasida yangicha qarashlarni yuzaga keltirishga

    xizmat qiladi. Ilmiy maktablarga tashabbuskorlik, mustaqillik, rivojlanish uchun

    ichki rag‘batning mavjudligi, maqsadga intiluvchanlik, barqaror g‘oyaviy

    qarashlar, erishgan natijalardan qanoatlanmaslik kabi sifatlar xosdir.

    1Karimov I. A. “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutaffakirlarinung tarixiy merosi, uning

    zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining

    ochilish marosimidagi nutqi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2014. – B. 8.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    14

    Ilmiy maktablarda o‘z ilmiy tadqiqot ishini anglashi, jamoa a’zolarining

    undagi o‘rni va ishtiroki, har bir tadqiqotchining umumiy ilmiy faoliyatga

    hamohang ish olib borishi muhim ahamiyatga ega.

    Ilmiy maktablarning yuzaga kelishi jarayonlari tahlili ilmiy maktablar

    shakllarini quyidagicha tasniflash imkonini beradi:

    1) bo‘lajak tadqiqotchilarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-ta’limiy

    maktablar;

    2) ilmiy maktab yetakchisi rahbarligida tanlangan yoki yaratilgan

    tadqiqotchilik dasturini birgalikda amalga oshiruvchi olimlar guruhi –

    tadqiqotchilar jamoasi;

    3) olimlar guruhi va tadqiqotchilar jamoasi tomonidan tarkib toptirilgan

    muayyan qarashlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq fandagi yangi yo‘nalish;

    4) taniqli olim rahbarligida dissertatsiya himoya qilib, fan nomzodi va fan

    doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan tadqiqotchilar.

    M. G. Yaroshevskiy ilmiy maktablarning tipologik shakllari sifatida: ilmiy-

    ta’limiy maktab, maktab tadqiqotchilar jamoasi, muayyan ijtimoiy-tarixiy

    sharoitlarda milliy va xalqaro ahamiyat kasb etuvchi ilmiy yo‘nalishlarni alohida

    qayd etadi1.

    “Ilmiy maktab” tushunchasi ko‘pqirrali bo‘lib, tahlillar ushbu

    kategoriyaning asosan 3ta talqini keng e’tirof etilganligini ko‘rsatmoqda:

    – rasmiy birlashma, turli darajadagi ilmiy-ta’limiy tuzilma (universitet,

    fakultet, kafedra, ilmiy-tadqiqot muassasasi, ilmiy laboratoriya);

    – universitet yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tarkibiy tuzilmasiga

    kirmagan tadqiqotchilik jamoasi;

    – tadqiqotchilar guruhining qiziqishlarini mujassamlashtiruvchi fandagi

    yo‘nalish.

    O. Grezneva ilmiy maktabning quyidagi tasnifini taklif qilgan:

    1. Ilmiy maktab vakillari o‘rtasidagi aloqalarning turiga ko‘ra: ilmiy oqim,

    ilmiy guruh, ko‘z ilg‘amas muassasa;

    2. Ilmiy g‘oya statusiga ko‘ra: eksperimental, nazariy;

    3. Tadqiq qilinayotgan fan sohasi qamroviga ko‘ra: tor sohada, keng

    qamrovli;

    4. Yaratilayotgan bilimlarning funksional yo‘nalishiga ko‘ra: fundamental,

    amaliy;

    1Ярошевский М. Г. Логика развития науки и научная школа // Школы в науке. – Москва,

    1977. – С. 29.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    15

    5. O‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish shakliga ko‘ra: ilmiy-tadqiqot

    ishlarini tashkil qilishning individual yoki jamoaviy shakliga asoslangan;

    6. Avlodlar o‘rtasidagi aloqa tavsifiga ko‘ra: bir sathli, ko‘p sathli;

    7. Institualizatsiya shakliga ko‘ra: norasmiy, to‘garaklar, institual;

    8. Lokatsiya darajasiga ko‘ra: milliy, lokal, shaxsiy1.

    Ko‘pchilik OTMlarning internetdagi saytlarida “ilmiy maktab” atamasida

    ko‘proq ilmiy yo‘nalish nazarda tutilsa, muayyan holatlardagina o‘z tarkib

    topish, rivojlanish tarixiga va bugungi davrdagi mavqeyiga ega ilmiy jamoa

    nazarda tutiladi. Odatda bu jamoalar muayyan ilmiy yo‘nalish ichida “yetakchi

    ilmiy jamoa” mavqeyiga da’vogarlikka intiladi. Boshqacha aytganda, amalda

    “ilmiy yo‘nalish – ilmiy maktab” tizimi mavjud.

    Shu bilan birga, olimlar ilmiy maktabni alohida tadqiqotchilik va, muhimi,

    insoniy sifatlarga ega, yangi g‘oyalar yaratuvchi yetakchi olim atrofida

    birlashgan tadqiqotchilar hamjamiyati sifatida talqin qiladilar. Bunday olim

    atrofida uning ilmiy g‘oya va umumiy nazariy qarashlarida, metodologik

    qarashlarida hamfikr bo‘lgan safdoshlar va shogirdlar birlashadi. Bunda

    tadqiqotchilarning barchasi ushbu olim tomonidan ishlab chiqilgan va taklif

    etilgan tadqiqot dasturini birgalikda bajaradi. Ilmiy jamoa tomonidan ilmiy

    dasturni bajarish davomida olingan natijalar va yuzaga keladigan mulohazalar

    borasida muttasil muloqot qilib boriladi. Aksincha, o‘zaro raqobatlashuvchi

    ilmiy jamoalarda bu holat kuzatilmaydi. Ilmiy jamoada o‘zaro muloqotning

    yo‘lga qo‘yilganligi, uning muntazamligi ilmiy maktab mavjud bo‘lishining

    zaruriy sharti sanaladi. Demak, muayyan ilmiy masalani hal qilishda olimlar

    o‘zaro ilmiy axborotlar almashinuvi jarayonida o‘z salohiyat va ilmiy

    malakalarini oshirishga ham erishadi.

    Bunday maktablarning muhim funksiyasi ilm sohasidagi o‘rinbosarlar –

    yosh tadqiqotchilar avlodini tayyorlash, ularning ilmiy darajada va ilmiy

    unvonlarga ega bo‘lish jarayonida ilmiy maktablar taraqqiy ettiriladi va

    uyg‘unlashtiriladi. Yetakchi olimlar endigina fanga kirib kelayotgan yoshlardan

    ham ilmiy, ham dunyoqarash borasidagi hamfikrlarni yetishtirishga intiladi.

    Yirik ilmiy maktablarning shakllanishi uzoq kechadigan mashaqqatli

    jarayondir. Oliy ta’lim muassasasi sharoitida bu masalaning yechimi jamoaning

    ham ta’limiy, ham ilmiy vazifalarni o‘zaro mujassam holatda yechishga

    yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Ijodiy muhitning yaratilishi, talaba va ilmiy

    izlanuvchilar orasidan tanlanadigan iqtidorli shogirdlar bilan ishlash, o‘quv-

    1Грезнева О. Научные школы (педагогический аспект). – Москва: РАО, 2003. – С. 42-43.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    16

    yordamchi va ilmiy bazaning mavjudligi yetakchi olimlarga universitet muhitida

    yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy natijalarga erishish uchun zarur asoslar

    beradi. Shu ma’noda ilmiy maktabni yetakchi olim rahbarligida belgilangan

    ilmiy dasturni amalga oshiruvchi turli toifadagi olimlarning intellektual, ruhiy-

    qadriyatli, norasmiy, ochiq jamoasi deb yuritish mumkin bo‘ladi. Bunday ilmiy

    maktablarning eng ahamiyatli jihati ularda quyidagi vaziflarni hal qilishga

    qaratilganligi bilan izohlanadi: ilmiy g‘oyalarni yaratish va himoya qilish,

    alohida olimlar tomonidan hal etilishi murakkab bo‘lgan yirik ilmiy

    masalalarning jamoa tomonidan majmuaviy yechimining ishlab chiqilishiga

    erishish, yosh olimlarni tayyorlash.

    Shuningdek, ilmiy maktabga aynan olingan ilmiy yo‘nalishda yuqori

    darajadagi tadqiqotlar bilan tanilgan, barqaror obro‘ va an’analarga, tayyorlangan

    yuqori malakali tadqiqotchilar avlodi almashinuvidagi uzviylikka ega ilmiy

    jamoa deb qarash ham o‘z asosiga ega.

    M. G. Yaroshevskiy ilmiy maktabning rivojlanib borishidagi asosiy

    yo‘nalishlarni belgilab beruvchi yetakchining mavjudligi, jamoani yagona g‘oya

    atrofida birlashtiradigan tadqiqotchilik dasturining mavjudligi, birgalikda

    faoliyat yuritishga zamin yaratuvchi yagona yondashuv yoki paradigmaga ega

    bo‘lishi xususiyatini ham ko‘rsatgan edi1. N. A. Loginova ilmiy maktabning

    belgilari sifatida yetakchi tomonidan ishlab chiqilgan dasturning mavjud bo‘lishi,

    maktab jamoasining bevosita o‘zaro muloqotda bo‘lishi, tadqiqotni amalga

    oshirishda o‘ziga xos metodik tuzilmaning mavjudligi, faoliyat natijalarini

    baholashda ichki standartlarning mavjudligini ta’kidlagan.

    Ilmiy maktablarning mavjud bo‘lishidagi rasmiy shartlar qatorida

    quyidagilar qayd etilishi mumkin:

    - ilmiy maktab yetakchisi ilmiy jamoatchilik tomonidan keng e’tirof

    etilgan, yorqin yetakchiga ega bo‘lishi;

    - sohada qabul qilingan va amalda bo‘lgan mavjud yondashuvlardan farq

    qiluvchi, o‘ziga xos yondashuvga egalik qilishi;

    - soha faniga bo‘lgan qiziqishning maqolalar, seminarlar va

    konferensiyalar asosida doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab turilishi.

    Ilmiy maktabning vujudga kelishida yetakchida nafaqat ilmiy faoliyat

    uchun zarur bo‘lgan sifatlar, balki ijodiy jamoani o‘z atrofida jipslashtira olish

    qobiliyati ham o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi. Yetakchi bir qancha funksional

    1Ярошевский М. Г. Логика развития науки и научная школа // Школы в науке. – Москва,

    1977. – С. 29.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    17

    pozitsiyalarni egallaydi. Birinchidan, u maktabning “loyihachi-tashkilotchisi”

    hisoblanadi. Bu esa jamoa a’zolarining o‘z faoliyatiga tashqaridan baho bera

    olishiga hizmat qiladi. Ikkinchidan, yetakchi bir vaqtning o‘zida ikki jihatdan,

    ya’ni ham ustoz, ham hamkor sifatida namoyon bo‘ladi.

    Ilmiy maktabning ahamiyatligi unda bir vaqtning o‘zida ilmiy g‘oyalar

    tashabbuskori, ularning targ‘ibotchi va ommalashtiruvchisi, ilmiy darajadagi

    himoyasi asosida yosh olimlarni tayyorlash funksiyalarini bajarishi bilan

    izohlanadi. Boshqacha aytganda, ilmiy maktabning asosiy tavsifi uning ilmiy

    jamoatchilik o‘rtasida tanilganligi, yuqori saviyadagi, o‘ziga xos tadqiqot

    yo‘nalishiga ega bo‘lishi, ilmiy obro‘ga, o‘z ilmiy an’analariga ega bo‘lishi va

    avlodlar uzviyligining ta’minlanganligidir. Ilmiy maktab bilimlarni yaratish

    (tadqiqotchilik), ularni ommalashtirish (muloqot), ilmiy hamjamiyat saflariga

    munosib olimlarni yetishtirib berish funksiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi.

    Ilmiy maktablarning tan olinishi nuqtayi nazaridan Markaziy Osiyo

    misolida quyidagi tiplarga ajratish imkoni ham bor:

    - dunyo sivilizatsiyasida tan olingan ilmiy maktablar. Bunga Muhammad

    ibn Muso al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,

    Abu Nasr Forobiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalar asos solgan maktablar

    taalluqlidir;

    - mamlakatimizda tan olingan ilmiy maktablar. Bunga Qori Niyoziy,

    Yolqin To‘raqulov, Ibrohim Mo‘minov, Yahyo G‘ulomov, Po‘lat Habibullayev,

    Siddiq Rajabov, Shavkat Olimov, Natan Mallayev, Yunus Rajabiy kabi olimlar

    maktablari kiradi;

    - muayyan oliy ta’lim muassasasida e’tirof etiladigan ilmiy maktablar.

    Toshkent davlat pedagogika universitetida 2014-yilda o‘z ilmiy maktabi

    mavjudligi haqida ma’lum qilgan 33ta ilmiy jamoa mavjud edi. Ulardan 11tasi

    kafedralar, kafedralararo uyushma – 1ta, fakultetlararo uyushma – 1ta, OTM

    ta’limiy uyushmasi – 6ta, boshqa uyushmalar – 15tadir. Boshqa uyushmalar

    deganda kafedralar va ilmiy loyihalar bo‘yicha ijodiy jamoalar, ilmiy

    laboratoriyalar, mutaxassislar va olimlarning jamoatchilik birlashmalari nazarda

    tutiladi. Ularni yana “Tan olingan ilmiy maktablar”, “Taniqli ilmiy maktablar”,

    “Rivojlanib kelayotgan ilmiy maktablar”, “Shakllanayotgan ilmiy maktablar”dan

    iborat darajalarga ajratish mumkin.

    Ilmiy maktablar qanday tashkiliy shaklni tanlamasin, ularning taraqqiy

    etish va tarkib topish bosqichidan qat’i nazar, ular faqatgina ma’muriyatning

    doimiy e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi, kerak bo‘lsa, zarur hollarda moddiy jihatdan

    qo‘llab-quvvatlashi asosidagina mavjud bo‘lishi, faoliyat yuritishi mumkin.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    18

    Ilmiy maktablar mohiyatga ko‘ra, jamoani ishida aks ettiradi, biroq fanda

    ular maktabning asoschisi bo‘lgan olim nomi bilan yuritiladi. Ilmiy maktab

    deganda bir olim tomonidan tayyorlangan olimlarni nazarda tutish ham to‘g‘ri

    bo‘ladi. Bunda haqqoniy ravishda “u falonchi olimning maktabini o‘tagan”,

    – deb yuritiladi.

    Ilm-fan nazariyasida “ilmiy maktab”, “ilmiy yo‘nalish” va “ilmiy

    muammo” atamalari farqlanadi. Qayd etish joizki, ilmiy maktab to‘g‘risida so‘z

    yuritilganda, uning doirasida bir qancha fan doktorlari tayyorlanganligi nazarda

    tutiladi. Ilmiy maktabning muhim tavsifi aniq ilmiy muammo yechimi ustida ish

    olib borilayotganligi, dissertatsion tadqiqotlar borasida ilmiy izlanuvchilar bilan

    ishlanayotganligi, aniq mavzudagi ilmiy konferensiyalar tashkil qilib

    borilayotganligi e’tiborga olinadi. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi to‘g‘risida so‘z

    yuritilganda, bu bo‘linmaning rahbari fan doktori ekanligi, kafedra ilmiy

    yo‘nalishi doirasidagi tadqiqotlar dissertatsiya ishlarini himoya qilish, loyihalar

    bajarish va yirik ilmiy ishlarni nashr qilish bilan yakunlanayotganligini

    anglatadi. Ilmiy maktab faoliyatiga baho berishda himoya qilingan dissertatsiya

    ishlari, maktab a’zolarining ilmiy ishlariga iqtiboslar berilishi, maktab a’zolari

    amal qiladigan umumiy g‘oya va qadriyatlarning mavjud bo‘lishi e’tiborga

    olinadi. Ilmiy maktab faoliyatining uzviyligi, tadqiqotlarning davomiyligi odatda

    u maktab yetakchisi tomonidan asos solingan ilmiy mavzuning shogirdlar ilmiy

    ishlarida davom ettirilishi, rivojlantirilishi, yangi qirralar bilan boyib borishi

    orqali tavsiflanadi.

    Ilmiy maktabning muhim ko‘rsatkichlaridan biri uning a’zolari tomonidan

    amalga oshiriladigan tadqiqotlarning ko‘pqirraliligi hisoblanadi. Ilmiy

    maktabning boshqalardan ajralib turadigan o‘ziga xos jihatlarini belgilashda

    miqdor ko‘rsatkichlardan foydalanish faqatgina umumiy xulosa chiqarishga

    imkon beradi. Shu sababli ilmiy maktab bilan bog‘liq jihatlarni, uning o‘ziga

    xosligini baholashga keng qamrovli yondashuv talab etiladi.

    Ilmiy maktablar fanning, olimlarning to‘laqonli faoliyat yuritishidagi

    ehtiyoji bo‘lib, ilmiy hamjamiyat bu kabi muhit negizidagi doimiy muloqotga,

    axborotlar almashinuviga, o‘zaro munosabat va natijalarining baholanishiga

    intiladi. Ilm-fanning rivojlanib borishidagi tarixiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki,

    ilmiy hamjamiyatning barqarorligi uning muayyan darajadagi mustaqilligi, o‘z

    faoliyatini mustaqil yo‘lga qo‘ya olishi, fanning kelajagini belgilab berishda

    muhim kuch bo‘lgan yosh olimlarning tashkilotchiligi va intiluvchanligi, tajriba

    va an’analarni o‘zida mujassam qilgan katta avlod olimlari bilan muntazam

    muloqotning yo‘lga qo‘yilganligi bilan belgilanadi.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    19

    Fanda mavjud bo‘lgan “ilmiy hamjamiyat” atamasi ilmiy maktablar

    shakllanishidagi o‘zak tushuncha bo‘lib, u odatda bir sohaga tegishli, bitta

    yo‘nalishda ish olib boruvchi, umumiy qarashlarga ega olimlar uyushmasini

    anglatadi. Shu bilan birgalikda, ilmiy maktab ilmiy hamjamiyat sifatida turli

    soha vakillari bo‘lgan, lekin bir umumiy ilmiy muammo yechimi ustida

    ishlayotgan olimlarni ham o‘zida jamlashi mumkin. Bunday yondashuv

    umumuniversitet va kafedralararo ilmiy maktablarning yaralishiga olib keladi.

    Ilmiy maktablarning tarbiyaviy ahamiyatini alohida qayd etish lozim.

    Muassasada tarkib topgan muhit, uning jamoasi tarbiyaviy va axloqiy jihatdan

    ta’sir ko‘rsatishda keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi va bu ilmiy maktab o‘sha

    jamoaning yuksak namunasi sifatida namoyon bo‘ladi.

    O‘zbekiston Respublikasida ilmiy maktablar ravnaqiga katta e’tibor

    qaratilmoqda. Har yili Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish

    markazi tomonidan grantlar e’lon qilib boriladi. Amalda barcha ilmiy tadqiqot va

    oliy ta’lim muassasalarida ilmiy maktablar mavjud. Internet tarmog‘i orqali

    tanishib chiqilgan ko‘plab ta’lim va ilmiy muassasalar faoliyatiga doir

    materiallar turli shakldagi ilmiy maktablarning fandagi umumiy bir evolutsion

    taraqqiyotning uzviy bo‘g‘inlari sifatida jamoatchilik uchun o‘ziga xos ahamiyat

    kasb etishini ko‘rsatmoqda. Shu o‘rinda masalaning mohiyati muayyan

    muassasa, jumladan, bizning universitetimizning maqsad va vazifalarini amalga

    oshirishda ularning qaysi biri ko‘proq samara berishini ravshanlashtirib olish

    lozim bo‘ladi. Ilmiy izlanuvchi o‘z ilmiy yo‘lining avvalida ilmiy maktabga

    birlashishi, undagi o‘z tadqiqot mavzusini aniqlashi va tasdiqlatishi, maktab

    olimlari bilan o‘zaro muvofiq ravishda ish olib borishi kerak. Tadqiqotchi o‘z

    izlanishlari bilan ilmiy maktab faoliyatiga hissa qo‘shadi va bir vaqtning o‘zida u

    ilmiy maktab salohiyatini tanlangan ilmiy sohada e’tirof etiladigan mutaxassis va

    ekspert sifatida tan olinishi uchun xizmat qiladi.

    Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ilmiy maktablar masalasi hali

    tadqiqot obyekti bo‘lishi kerak, shu ma’noda ushbu maqola ilmiy maktablar

    to‘g‘risidagi ilk kuzatuvlarni aks ettirgan bo‘lib, uning boshqa qirralari – ilmiy

    maktabning tan olinishi qonuniyatlari, uning hozirgi sharoitdagi tasnifiy

    belgilari, ilmiy maktab lideri, vorisiyligi, respublikadagi ilmiy maktablarning

    ilmiy fikrlar rivojidagi va xalqaro ahamiyati kabi masalalar o‘z tadqiqotchisini

    kutib qoladi.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    20

    UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARIDA

    REFLEKSIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

    Shodmonova Sh. S. (TDPU)

    Hakimova D. M. (O‘zPFITI)

    Sulaymonova M. E. (TDPU)

    Abstract

    The article deals with modern aspects of the formation of reflective

    abilities of students in secondary education.

    Резюме

    В статье рассмотрены современные аспекты формирования

    рефлексивных умений у учащихся в системе среднего образования.

    Tayanch tushunchalar: pedagogik refleksiya, pedagogik faoliyat,

    dunyoqarash, mustaqil fikrlash, baholash.

    2015-yil 12-yanvardagi Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston

    Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy

    yig‘ilishidagi nutqida yoshlar tafakkurini rivojlantirishning zaruriyati haqida:

    “Unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni tarix saboqlari bilan, tarix haqiqati bilan

    qurollantirish lozim. Maktablarimizda, litsey va kollejlarda, oliy o‘quv

    yurtlarimizda ayni shu mavzularni xolis va haqqoniy yoritib berishga yanada

    ko‘proq e’tibor qaratishimiz kerak”1, – deb aytgan fikrlari umumiy o‘rta ta’lim

    muassasalari o‘quvchilarini tarix saboqlari va tarixiy haqiqatlar bilan izchil va

    muntazam tanishtirib borish asosida ularda o‘tmishimiz haqida obyektiv

    xulosalar shakllantirish zaruriyatini belgilaydi.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini tarix saboqlari va tarixiy

    haqiqatlar bilan izchil tanishtirish ularda o‘tmishimiz haqidagi obyektiv

    tafakkurni shakllantirishga, ya’ni yoshlarda mustaqillikkacha bo‘lgan davrlarda

    xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va nomusi poymol qilingani, milliy urf-

    odatlar va qadriyatlar toptalgani, shuningdek, dini, tili va tarixining kamsitilgani

    va ularni unutishga majbur etilganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga,

    shuningdek, yaqin o‘tmishimizni o‘rganish, tahlil qilish va obyektiv baholash

    asosida mamlakatimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati hamda uning

    ahamiyati va zaruriyati bo‘yicha dunyoqarashlarini rivojlantirish asosida ularda

    refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

    1Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик

    палатасининг биринчи ташкилий йиғилишидаги нутқи // Халқ сўзи. 2015, 13 январь.

    – № 7 (6190).

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    21

    Sh. Qurbonov, E. Seytxalilov, M. Quronov, R. Ahlidinov va

    I. Majidovlarning fikricha, refleksiya samarali fikrlashning muhim tarzi, yuz

    berayotgan hodisani keng tizim kontekstida tushunish jarayonlarini alohida

    tashkil etish (u vaziyat va harakatlarni baholashni, vazifalarni hal qilish usullari

    va operatsiyalarini topishni o‘z ichiga oladi), vazifalarni hal qilishga jalb etilgan

    individ hamda boshqa odamlarning o‘zini-o‘zi tahlil qilishi, o‘z holati hamda

    harakatlarini faol o‘ylab ko‘rishdan iborat jarayondir. Shu sababli refleksiya

    (orqaga qaytish) ichidan (bir individning kechinmalari va o‘ziga o‘zi hisob

    berishi) ham, tashqaridan (jamoa bo‘lib fikrlash faoliyati va birgalikda yechim

    izlash sifatida) ham bo‘lishi mumkin.

    Refleksiya xulq-atvorning ma’nolarini aniqlashga yordam beradi va

    fikrlashning shaxs uchun ahamiyatli bo‘lgan komponentlari bilan qo‘shilib,

    samarali vaziyatlarni hal qilish chog‘ida yetakchi faoliyat sifatida namoyon

    bo‘ladi. Refleksiyaning fikrlash jarayonida hamda xulq-atvorda bajaradigan

    funksiyalarining xilma-xilligi hamda xulq-atvorni va harakatlarni tartibga

    solishda o‘ynaydigan roli refleksiyani ta’lim jarayonlarining juda kerakli unsuri

    deb hisoblashga asos bo‘ladi1.

    Ayrim tadqiqotlarda refleksiya tushunchasi fikrlash, o‘z-o‘zini anglash,

    o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘zining shaxsiy xatti-harakatlari va ularning

    oqibatlarini anglash uchun yo‘naltirilgan faoliyat, insonning nazariy

    faoliyatlarining shakli, ya’ni o‘tmishga (orqaga) murojaat qilish sifatida talqin

    etiladi2.

    Pedagogik ilmiy adabiyotlarda pedagogik refleksiya o‘qituvchining o‘zini

    va o‘z xatti-harakatlarini obyektiv baholash, o‘quvchilar va boshqa insonlar

    tomonidan o‘zining qanday qabul qilinayotganligini, avvalo, u muloqot

    jarayonida kimlar bilan o‘zaro ta’sirda ekanligini tushunish qobiliyati sifatida

    keltiriladi3.

    Ilmiy-tadqiqot ishlarida refleksiyaning rivojlanish zaruriyatiga e’tibor

    qaratiladi, u orqali ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘z faoliyatiga

    bo‘lgan munosabati muvofiqlashtiriladi va hamkorlikdagi faoliyatning shakl va

    1Қурбонов Ш. Э., Сейтхалилов Э., Қуронов М., Аҳлидинов Р., Мажидов И. Миллий

    истиқлол ғоясини шакллантиришда ташкилий-услубий ёндашувлар. – Тошкент: Академия,

    2002. – Б. 237. 2Коджаспирова Г. М., Коджаспиров А. Ю. Педагогический словарь. – Москва:

    Академия, 2000. – С. 130. 3Слободчиков В. И. О возможных уровнях анализа проблемы рефлексии // Проблемы

    логической организации рефлексивных процессов. – Новосибирск, 1986. – С. 130.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    22

    mazmuniga mos ravishda mazkur faoliyatning qayta tashkil etilishi ta’minlanadi,

    deb ko‘rsatiladi1.

    Ba’zi tadqiqotchilar refleksiya o‘zini-o‘zi anglashning tasvirlanishi,

    muloqot jarayonida subyektning suhbatdosh sifatida qanday qabul

    qilinayotganligini anglashi, subyektning muammoni va uning vujudga kelish

    sabablarini ko‘ra olishi, aniqlashi, o‘rganishi va tahlil qila olish qobiliyati

    sifatida keltiriladi2.

    Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, refleksiya samarali

    fikrlashning muhim mexanizmi, yuz berayotgan hodisani keng tizim kontekstida

    tushunish jarayonlarini alohida tashkil etish (u vaziyat va harakatlarni

    baholashni, vazifalarni hal qilish usullari va operatsiyalarini topishni o‘z ichiga

    oladi), xatti-harakatlar va ularning oqibatlarini anglash uchun yo‘naltirilgan

    faoliyat, insonning nazariy faoliyatlarining shakli, ya’ni o‘tmishga (orqaga)

    murojaat qilish hamda subyektning ma’lum bir muammoni va uning vujudga

    kelish sabablarini ko‘ra olishi, aniqlashi, o‘rganishi va tahlil qila olish qobiliyati,

    degan fikrlarga qo‘shilish mumkin.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni

    shakllantirishda ularning ma’naviy dunyoqarashlarini rivojlantirishga qaratilgan

    ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni zamonaviy yondashuvlar asosida

    rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, mazkur jarayonlarda qo‘llaniladigan

    metodlar va yondashuvlarning ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra

    to‘g‘ri tanlash, ularga o‘rgatiladigan tushunchalar ko‘lami va mazmun-

    mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilarning boshlang‘ich tushunchalari va imkoniyatlariga

    mos kelishi hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat

    qilishi zarur.

    Mazkur pedagogik shartlar, o‘z navbatida, umumiy o‘rta ta’lim

    muassasalari o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonlarida

    ularga mustaqillik, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qudrati va salohiyatini,

    shuningdek, uning zaruriyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar,

    yaratilayotgan yangiliklar, fan-texnika yutuqlari, iqtisodiy rivojlanishlar asosida

    tushuntirish o‘ziga xos ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishini ifodalaydi. Chunki

    1Слободчиков В. И. О возможных уровнях анализа проблемы рефлексии // Проблемы

    логической организации рефлексивных процессов. – Новосибирск, 1986. – С. 33. 2Сухобская Г. С., Горбунова Л. Л. Взаимосвязь теории и практики в процессе подготовки

    и повышения квалификации педагогических кадров. – Москва: НИИ ИОО АПН, 1990.

    – С. 15.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    23

    ular bugungi kunda Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan yoshlarga

    qaratilayotgan e’tiborning qadriga yetishi va uni obyektiv baholashi,

    mustaqillikning zaruriyatini to‘g‘ri va haqqoniy anglab yetishi hamda kelajakka

    ishonch hosil qilishi zarur hisoblanadi.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni

    shakllantirish uchun ularni tahliliy fikrlashga o‘rgatish va shu asosda refleksiv

    faoliyatini tashkil etish zarur, chunki ko‘proq tahliliy fikrlash o‘quvchining o‘zi

    tomonidan yangi tushunchalarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish jarayonlarida,

    ya’ni o‘quvchiga o‘qituvchi tomonidan an’anaviy ravishda o‘rgatilmaganda,

    mustaqil fikrlash jarayonlarida vujudga keladi. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan

    yangi tushunchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini mustaqil ravishda

    tahlil qilishi jarayonlari ularning refleksiv faoliyati jarayonlari hisoblanadi.

    O‘quvchilarning refleksiv faoliyati jarayonlarini tashkil etish va

    muvofiqlashtirishda refleksiv yondashuv muhim ahamiyatga ega. Refleksiv

    yondashuv o‘quvchilarni o‘tmishga murojaat qilishga undaydi va tariximizni

    o‘rganib, yaqin o‘tmishda xalqimiz, millatimiz boshiga qanday mash’um kulfat,

    tahlika solinganini his etishga va mamlakatimiz mustaqiligini yanada chuqurroq

    va teranroq anglashga olib keladi.

    Demak, refleksiv yondashuv, o‘z navbatida, o‘quvchilarni tarixni

    o‘rganishga, mamlakatimiz mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davrlardagi

    shart-sharoitlar hamda ota-bobolarimizning tarixiy hayot tarzini o‘rganishga,

    tahlil qilish va obyektiv baholashga undovchi vaziyatlarni vujudga keltirish bilan

    bir qatorda, ularni tariximizni mustaqil o‘rganishga va mustaqil ta’lim olishga

    undovchi motivlarni aniqlash va amaliyotga tatbiq etish asosida motivlashtirish

    jarayonlarini tashkil etishning zarurligi kabi qator talablarni belgilaydi.

    Refleksiv yondashuv jarayonida o‘quvchilarni tahliliy faoliyatga undashga

    xizmat qiluvchi qulay ta’limiy muhit vujudga keladi. Refleksiv ta’limiy muhitni

    vujudga keltirish o‘quvchilarning shaxsiy tushunchalari darajasini aniqlash va

    rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga, uning ahamiyati, mazmun-mohiyatiga

    qiziqishni shakllantirish asosida ularning refleksiv faoliyatini amalga oshirishga,

    faolligini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Refleksiv faoliyat jarayonida o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashi

    rivojlana boradi, ularda g‘urur, or-nomus, mehr kabi qator tuyg‘ular, ya’ni milliy

    mentalitetimizga xos va mos tuyg‘u va fazilatlar shakllanadi. Shuningdek, ularda

    Vatanga, tabiat va jamiyatga, ota-ona, yor-u do‘stlarga mehr-muhabbat va

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    24

    sadoqat, umummilliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarimizga hurmat, ularga

    egalik qilish hamda o‘z vaqtida himoya qila olish mas’uliyati shakllanadi.

    Demak, refleksiv faoliyat jarayonlarida o‘quvchilarning refleksiv

    qobiliyatlari rivojlanib borib, ularda refleksiv ko‘nikmalar shakllanadi. Refleksiv

    ko‘nikmalar shakllangan o‘quvchi tarixni o‘rganish, tahlil qilish va obyektiv

    baholash qobiliyatlariga ega bo‘lgan shaxs sifatida unda Vatanni sevish, unga

    e’tiqodli va sadoqatli bo‘lish, mustaqil respublikamiz konstitutsiyasi va

    qonunlarini, davlatimiz ramzlarini, umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-

    odatlarni hurmat qilish, mustaqillikning qadriga yetish va undan faxrlanish,

    kelajakka ishonch bilan qarash va ijod qilish, Vataniga, ota-onasiga va yor-u

    do‘stlariga sadoqatli bo‘lish, o‘zligini anglash, o‘zini va boshqalarni hurmat

    qilish, umummilliy manfaatlarni o‘z manfaatlaridan ustun qo‘ya olish kabi

    insoniy fazilatlari yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.

    UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA LOYIHALASH MADANIYATINI

    RIVOJLANTIRISH TALQINI

    Rasulov I. (Qo‘qon DPI)

    Abstract

    The article expounds the questions of studying of theoretical bases of the

    development of projecting culture in continuous education system.

    Резюме

    В статье изложены вопросы изучения теоретических основ развития

    культуры проектирования в системе непрерывного образования.

    Tayanch tushunchalar: loyihalash, loyiha, loyihalash madaniyati,

    loyihalash madaniyatini shakllantirish.

    Kompyuter texnologiyasidan ijodiy foydalanish asosida o‘quvchi

    (talaba)da loyihalash madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik

    faoliyatni tashkil etishda zamonaviy texnik taraqqiyotning nodir namunalaridan

    samarali foydalanish orqali o‘rganilayotgan yoki o‘rganilishi nazarda

    tutilayotgan hodisa, jarayonning umumiy mohiyatidan xabardor bo‘lishi,

    shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarining muayyan maqsadga ko‘ra samarali

    tashkil etilishi ta’minlanishi mumkin. Shu sababli keyingi yillarda pedagogika

    yo‘nalishida ham turli subyektlar obyekt sifatida qabul qilingan tadqiqot ishlari

    bajarildi. Quyida ularning ayrimlari xususida alohida to‘xtalib, bu yo‘nalishdagi

    ilmiy izlanishlarning umumiy tavsifi to‘g‘risida fikr yuritamiz.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    25

    M. N. Axmetova bo‘lajak o‘qituvchining loyihalash madaniyatini

    shakllantirish mavzusida fikr yuritadi. Muallif alohida e’tiborni A. P. Tryapitsina

    tomonidan asoslangan o‘qituvchining umumiy kasbiy bilimdonligi mohiyatini

    yorituvchi individual loyiha negizida uning avvaldan faraz qilish va bashoratlay

    olish tavsifini tahlil qilishga qaratadi. M. N. Axmetova “o‘qituvchining

    loyihalash madaniyati” tushunchasini quyidagicha sharhlaydi: o‘qituvchining

    loyihalash madaniyati – kasbiy-pedagogik madaniyatning muhim tarkibiy qismi

    bo‘lib, “loyihalash” mohiyati pedagogik faoliyatni ta’limiy-tarbiyaviy hodisa,

    jarayon va tizimlarni bashoratlash, rejalashtirish, yaratish va modellashtirish

    negizida innovatsion qayta qurish usuli hisoblanadi1. Darhaqiqat,

    M. N. Axmetova qayd etganidek, loyihalash madaniyati nafaqat o‘qituvchi, balki

    zamonaviy sharoitda barcha sohalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislarning

    kasbiy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Zero, loyihalash negizida

    mutaxassis, shu jumladan, o‘qituvchi ham sohaga oid dolzarb muammolarni

    ko‘ra olish, ularning yechimini topish borasida asosli nazariy g‘oyalarni ilgari

    surish, bashoratlash, puxta rejalashtirish, izlanish, modellashtirish, yaratilgan

    loyihani tegishli davralarda ekspert, mutaxassislar e’tiboriga havola qilish va

    loyihada ilgari surilgan nazariy g‘oyalarning amaliyotga tatbiqini ta’minlash

    ko‘nikma, malakalariga egaligini namoyon eta olishi zarur.

    Biroq M. N. Axmetova loyihalash madaniyatining o‘qituvchiga xos

    kasbiy-pedagogik madaniyatning muhim tarkibiy qismi deya e’tirof etgan bo‘lsa-

    da, boshqa bir o‘rinda unda namoyon bo‘ladigan loyihalash malakasining

    darajasi kasbiy mahoratni belgilab berishini aytadi. Bizning fikrimizcha, birgina

    loyihalash malakasiga egalik va uning darajasi o‘qituvchining kasbiy mahoratini

    belgilab bermaydi. Binobarin, o‘qituvchiga xos kasbiy mahorat (yoki pedagogik

    madaniyat) asosini loyihalash madaniyati bilan birga O‘. Tolipov,

    M. Usmonboyevalar e’tirof etganidek, kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish

    madaniyati, pedagogik dunyoqarash, fikrlash madaniyati, his etish madaniyati,

    baholash madaniyati, muloqot madaniyati hamda tashkilotchilik qobiliyati ham

    tashkil etadi2.

    1Ахметова М. Н. Проектная культура будущего учителя.

    http://www.abitu.ru/ researcher/practice/practice org/practice_all/a_1xivl3.html) 2Толипов Ў., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг татбиқий асослари.

    – Тошкент: Фан, 2006. – Б. 189.

    http://www.abitu.ru/%20researcher/practice/practice%20org/practice_all/a_1xivl3.html

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    26

    Loyihalash faoliyatida model muayyan tizimni yaratishdagi asosiy birlik

    sanaladi. Bu o‘rinda M. N. Axmetova A. V. Kirichuk tomonidan bildirilgan

    “model loyihalashning barcha qoidalariga muvofiq tizimli ravishda yaratilishi

    zarur” fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Darhaqiqat, eng oddiy model ham umumiy

    ta’lim muhiti asosida yaratilishi kerak, biroq ayni o‘rinda mualliflar masalaning

    quyidagi jihatiga ham ahamiyat qaratadi: model hayotning o‘zi emas, shu sababli

    uni yaratishda ma’lum xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bu fikr o‘qituvchi,

    talabalar tomonidan yaratiladigan modellarga ham taalluqlidir, chunki har

    qanday model muayyan omillarga nisbatan nisbiy xarakterga ega. Buni quyidagi

    holatlarda ko‘rish mumkin: birinchidan, pedagogik texnologiyaning tarkibiy

    tuzilmasi bo‘yicha yetakchi nazariy g‘oyalarning darajasi, tizim negiziga

    qurilayotgan tamoyillar darajasi, texnologik elementlar va qarorlar darajasi

    bo‘yicha farqlanadi; ikkinchidan, modellashtirish bosqichlari o‘quv yilida

    o‘qitiladigan predmetlarning mazmuni va vazifalariga ko‘ra yo‘naltirilishi zarur.

    Loyihalash dastlab ko‘rgazmali-obrazli tasvir sifatida yaratiladi, ijodiy ishning

    ikkinchi bosqichida esa anglangan axborot sxemaga, mazmunga, belgilarga

    ko‘chadi.

    V. D. Vasilyeva loyihalash madaniyatining tayanch negizini loyihalash

    madaniyatining ijtimoiy qonun talablari, qonunchilik hujjatlari, texnik me’yorlar,

    zamonaviy loyihalash qoidalari, loyihalash faoliyatini tashkil etish

    ko‘nikmalariga doir bilimlar tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Muallifning

    yondashuviga ko‘ra, loyihalash madaniyatining yuqori darajasi loyihalash uchun

    yetarlicha ma’lumotlar bo‘lmagan, xavf va tavakkal qilish omillari mavjud

    bo‘lgan sharoitda tadqiqotchilik va innovatsion yondashuvlar, muhandislik-

    loyihalash vazifalarini yechishda nostandart va yaratuvchanlik qarorlaridan

    foydalanish, loyihalash qarorlarini qabul qilish oqibatlarini bashoratlash, o‘z

    kasbiy harakatlarining oqibatlariga javobgarlik uchun tayyorlikning namoyon

    bo‘lishi bilan tavsiflanadi1. Bu o‘rinda ham yuqorida bayon qilingan fikrga

    tayangan holda muhandisga xos loyihalash madaniyatining yuqori darajasi

    sifatida qisqacha qilib, “loyihani yaratishga bo‘lgan tadqiqotchilik va innovatsion

    yondashuvlar, muhandislik-loyihalash vazifalarini yechishda nostandart va

    yaratuvchanlik qarorlaridan foydalanish, loyihalash qarorlarini qabul qilish

    oqibatlarini bashoratlash”nigina ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

    1Васильева В. Д. Проектная культура как цель профессиональной инженерной

    подготовки. www.zpu-journal.ru/zpu/contents/Vasilieva_Project-Culture/42_2012_2.pdf.

    http://www.zpu-journal.ru/zpu/contents/Vasilieva_Project-Culture/42_2012_2.pdf

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    27

    Muhandis loyihalash madaniyatining ko‘p bosqichli darajaga egaligi o‘z

    navbatida bo‘lajak mutaxassisda loyihalash madaniyatini shakllantirishning

    darajali xarakter kasb etishini anglatadi. Muallifning e’tirof etishicha, bo‘lajak

    muhandislarda loyihalash madaniyatini shakllantirishning samarali yo‘llaridan

    biri kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonida talabalar

    tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy, gumanitar bilimlarni amaliyotda qo‘llashga

    erishishdir. Bundan kelib chiqqan holda, texnika oliy ta’lim muassasalarida

    kasbiy tayyorgarlik asosi talabalarning o‘quv-muhandislik loyihalari (fanlararo

    kurs va diplom loyihalari)ni bajarishi hisoblanadi. Shu bilan birga, talabalar

    kafedraning ilmiy-tadqiqotchilik ishlarida, aniqrog‘i, muhandislik ishlanmalarini

    tayyorlashda faol ishtirok etishlari, amaliyotchi muhandis, konstruktor,

    tadqiqotchilar bilan ijodiy hamkorlik va individual aloqalarni yo‘lga qo‘yishlari

    ularda loyihalash madaniyatini samarali shakllantirishga yordam beradi.

    Hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishning ko‘plab shakllari mavjud, ular talabalar

    konstruktorlik byurolari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kafedra tomonidan turli

    korxonalar, ishlab chiqarish muassasalari o‘rtasida imzolangan xo‘jalik

    shartnomalarida ishtirok etish va hokazolar. Yosh ixtirochilar tomonidan

    yaratilgan texnik loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishiga erishish talabalarning

    loyihalash qobiliyatini yanada rivojlantirish va motivatsiyasini oshirish uchun

    xizmat qiladi.

    V. M. Dyukov, G. S. Pyankovalar muammo mohiyatini yoritishda yechim

    asosi sifatida loyiha ta’limining mazmunini tahlil qilishga alohida e’tibor

    qaratadi va loyiha ta’limning “yadrosi”1, – deb ta’riflaydi. S. I. Ojegov,

    N. Y. Shvedovalar tomonidan ta’kidlanganidek, loyiha qurilma, mexanizm,

    moslamaning avvaldan rejalashtirilib, so‘ngra ishlab chiqilgan rejasi sanaladi.

    Loyiha metodi esa o‘z-o‘zidan loyiha ta’limining asosiy elementi tarzida

    namoyon bo‘ladi. Loyiha metodi ta’limning faol metodlaridan biri bo‘lib, uning

    yordamida intellektual faollik yuzaga keladi, guruh yoki jamoada ishlash

    malakasi shakllanadi, ta’lim oluvchini qiziqtiradigan muammo bo‘yicha faoliyat

    natijasi tarzida mustaqil ravishda vazifalarni belgilash va yechimni topish

    ko‘nikmalarini rivojlantiriladi.

    Zamonaviy sharoitda loyihalash metodidan ko‘p hollarda texnik bilimlarni

    yorituvchi fanlarni o‘qitishda faol foydalanib, gumanitar fanlar, shu jumladan,

    1Дюков В. М., Пьянкова Г. С. Формирование проектной культуры: введение в проблему

    // Современные наукоемкие технологии. – Красноярск, 2010. – № 9. – С. 80-83.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    28

    pedagogika va psixologiyani o‘rgatishda esa undan foydalanishga u qadar jiddiy

    e’tibor qaratilmayapti. Biz ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan holda, buning

    asosiy sababi o‘qituvchilarning o‘zlari loyihalash malakalari hamda

    madaniyatiga ega emasliklarini aytib o‘tishimiz kerak. Shu sababli bugungi

    kunda pedagogika kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik loyihalash

    malakasi hamda loyihalash madaniyatini puxta o‘zlashtirgan o‘qituvchilar

    “armiyasi”ni shakllantirish talab qilinadi. Bu talabning yetarlicha hal qilinishi

    ta’lim mazmunini innovatsion qayta qurishga imkon beradigan pedagogik

    loyihalash ko‘nikma, malakalarini o‘zida yetarlicha shakllantira olgan

    o‘qituvchilarning yordami bilan o‘sib kelayotgan avlodning loyihalash

    madaniyatiga ega bo‘lishiga erishiladi. O‘z navbatida, bo‘lajak o‘qituvchilarning

    pedagogik loyihalash madaniyatiga ega bo‘lishi ta’lim tizimini rivojlantirish

    uchun zamin yaratadigan innovatsion dasturlar, yangicha mazmundagi o‘quv

    dasturlari, texnologiyalari, metodikalari, o‘qitishning ilg‘or shakllarini yaratishga

    yangi tipdagi ta’lim muassasalarining turkumini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Loyihalash madaniyati zamonaviy o‘qituvchiga xos kasbiy madaniyatning

    o‘ta muhim asosiy qismi bo‘lib, u pedagogik faoliyatni bashoratlash,

    rejalashtirish, yaratish, tatbiq etish va rejalashtirilgan ish natijalarini baholash

    asosida innovatsion qayta qurishni nazarda tutadi1.

    Bo‘lajak o‘qituvchilarda loyihalash madaniyatini shakllantirishga ularni

    kasbiy tayyorgarlik jarayonida loyihalash faoliyati asoslaridan ogoh qilmay,

    o‘quv loyihalarining turli shakllari bilan tanishtirmay, pedagogik loyihalash

    tafakkurini rivojlantirmay, shuningdek, loyihalash faoliyatini tashkil etmay va

    kasbiy-pedagogik jihatdan o‘z-o‘zini takomillashtirmay turib erishib bo‘lmaydi.

    V. M. Dyukov, G. S. Pyankovalar fikriga ko‘ra, shaxsda loyihalash

    madaniyatini shakllantirishning dolzarbligi zamonaviy mutaxassisda ilg‘or,

    madaniy rivojlanish, hayotiy ehtiyoj hamda amaliyotga mos keladigan sifatlarni

    yaratish imkonini berishi bilan izohlanadi2. Quyidagi jihatlar shaxsda loyihalash

    madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liq imkoniyatlarning yuzaga kelishini

    ta’minlaydi: birinchidan, loyihalash muammoli-rivojlantiruvchi ta’limning rang-

    barang bo‘lishiga imkon beradi, ikkinchidan, loyihalash istalgan ta’lim

    1Дюков В. М., Пьянкова Г. С. Формирование проектной культуры: введение в проблему

    // Современные наукоемкие технологии. – Красноярск, 2010. – № 9. – С. 80. 2Дюков В. М., Пьянкова Г. С. Формирование проектной культуры: введение в проблему

    // Современные наукоемкие технологии. – Красноярск, 2010. – № 9. – С. 83.

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    29

    muassasasining yangi, zamonaviy, innovatsion qiyofasini belgilab beradi,

    uchinchidan, loyihalash XXI asr ehtiyojlariga yaqinlashtirgan holda loyiha

    ishtirokchilarining tafakkur turini o‘zgartiradi, to‘rtinchidan, loyihalash shaxsga

    yo‘naltirilgan pedagogika g‘oyalarini amaliyotga joriy qilishga yordam beradi,

    beshinchidan, loyihalash mehnat bozorida o‘qituvchining raqobatga

    bardoshliligini oshiradi.

    T. L. Stenina o‘z e’tiborini talabalarda loyihalash madaniyatining muhim

    ko‘rinishlaridan biri – ijtimoiy loyihalashtirish madaniyatini shakllantirishga

    qaratgan. Muallif tomonidan ko‘rsatilishicha, shaxsga xos loyihalash madaniyati

    negizida izlanish, axborot (ma’lumot)larni tahlil qilish, o‘zlashtirish va

    yangilash, bashoratlash hamda loyihalash qobiliyatlariga egalik ko‘zga

    tashlanadi. Bu o‘rinda muallif fikrini birgina taklif bilan yanada mustahkamlash

    mumkin. Ya’ni shaxsga xos loyihalash madaniyati negizida izlanish, axborot

    (ma’lumot)larni tahlil qilish, o‘zlashtirish, yangilash, bashoratlash hamda

    loyihaning amaliyotga tatbiqi, uning ijtimoiy-amaliy ahamiyatini baholash kabi

    sifatlar namoyon bo‘lishiga erishish zarur. Shu bois ta’lim jarayonini maqsadli,

    majmuaviy tashkil etish asosida talabalarda innovatsion xarakterga ega

    loyihalash qarorlarini amaliyotga joriy qilish ko‘nikma, malakalarini

    shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Muallifning e’tirofiga ko‘ra, ta’lim

    jarayonida talabalarni qadriyatli yo‘naltirish ularda ijtimoiy loyihalash

    madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Binobarin, qadriyatli yo‘naltirish o‘z

    navbatida bashoratlash va loyihalash vazifasini bajaradi va bu jarayonda

    talabalar kelajakda o‘zlari tomonidan o‘z-o‘zini rivojlantirish va

    takomillashtirish uchun sharoitni hosil qiluvchi faoliyatning ideal (har jihatdan

    puxta asoslangan, yetarlicha o‘ylab, rejalashtirilgan) modelini yaratadi1.

    G. A. Luks esa o‘zining ilmiy izlanishida subyektlarning innovatsion

    loyihalash faoliyatida qadriyatli yo‘naltirishning rolini yoritishga urinadi. Uning

    nuqtayi nazaricha, “mintaqalarning yoshlarga oid siyosatida innovatsion

    loyihalash muammosi ijtimoiy loyihalarda ishtirokchilarning g‘oyaviy tamoyillar

    va qadriyatlar tizimini tadqiq etish bilan chambarchas bog‘liq”. Darhaqiqat,

    muallif haqli ravishda e’tirof etganidek, yoshlar tomonidan ma’qullanadigan

    g‘oyaviy tamoyillar va qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda muayyan

    jarayon, hodisa va voqeliklar mohiyatini aks ettiruvchi ijtimoiy holatlarni

    1Стенина Т. Л. Проектная культура студентов: аксиологический аспект.

    www.conference.osu.ru/assets/files/conf_reports/conf8/119

    http://www.conference.osu.ru/assets/files/conf_reports/conf8/119

  • PEDAGOGIKA 2015, 4-son

    30

    innovatsion loyihalash va tayyor loyihani amaliyotga izchil tatbiq etish mavjud

    muammolarni to‘laqonli hal qilish imkonini beradi.

    Muallif, shuningdek, turli mintaqalarning yoshlarga oid siyosatini

    loyihalash liberal qadriyatlarga egalikdan farqli ravishda inson erki, uning

    qarorlari va harakatlarida, o‘zidan qoniqishida namoyon bo‘lishini ifodalovchi

    gumanitar yo‘nalishga ega, deb baholaydi.

    G. A. Luks loyihalash faoliyatini ijodkorlikning o‘ziga xos shakli sifatida

    pedagogik maqsadlar asosida turli: kichik (loyihalash mohiyatiga ko‘ra, o‘yin

    faoliyatida nima muhimligiga e’tiborni qaratish), o‘smir (yangi o‘quv fanlarini

    o‘rganish va o‘z kuchini sinab ko‘rish muhitidagi ehtiyojni inobatga olish),

    o‘spirin (mustaqil hayot ostonasidagi shaxsning istiqboldagi o‘z imkoniyatlarini

    ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini nazarda tutish) yoshidagi o‘quvchilar

    bilan ishlashda shaxs rivojlanishining universal vositasi bo‘la oladi, deb

    hisoblaydi. Muallifning fikriga ko‘ra, aniq maqsad hamda o‘quv, ilmiy-tadqiqot,

    tarbiyaviy, amaliy va mustaqil ravishda ijtimoiy loyihalash metod, usul va

    vositalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat birligini ifodalovchi yaxlit

    pedagogik jarayonni samarali tashkil etish orqali talabalarda loyihalash

    madaniyatining shakllanishiga erishish mumkin. Ma’lumki, talabalarda

    loyihalash madaniyati ular tomonidan ijtimoiy ahamiyatli faoliyat ko‘nikma,

    malakalarining puxta o‘zlashtirilishini ta’minlovchi bir necha bosqichda

    shakllanadi1. Bu bosqichlar talabalarning ichki sezgiga tayangan holda mavjud

    loyihalar namunasida loyihalash (taqlid qilish darajasi)dan mustaqil ravishda

    ijodiy loyihalarni yaratish (yaratuvchanlik darajasi)gacha bo‘lgan jarayonda aks

    etadi.

    E. Yuzlikayeva, J