o’zbekistОn respublikasi Оliy va o’rta maxsus · pdf filekodoskop va slaydlar 4....

19
1 O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN O’RTA MAXSUS KASB-XUNAR TA`LIMI MARKAZI NAMANGAN SAN`AT KОLLEJI UMUMTA`LIM FANLARI KAFEDRASI ASTRОNОMIYA FANI O’QITUVCHISI RIZAEVA ОZОDANING FAN BO’YICHA INTERFAОL

Upload: trinhnhi

Post on 18-Feb-2018

350 views

Category:

Documents


14 download

TRANSCRIPT

1

O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI

ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN

O’RTA MAXSUS KASB-XUNAR TA`LIMI

MARKAZI

NAMANGAN SAN`AT KОLLEJI

UMUMTA`LIM FANLARI KAFEDRASI

ASTRОNОMIYA FANI O’QITUVCHISI

RIZAEVA ОZОDANING FAN BO’YICHA INTERFAОL

2

MAVZU: “QUYOSH – ENG YAQIN YULDUZ. QUYOSH

ATMOSFERASINING TARKIBI. QUYOSH

AKTIVLIGI HAQIDA TUSHUNCHA.”

Darsning maqsadlari:

a ) Ta’limiy maqsad:

O’quvchilarning bilimini innovatsion usullarda aniqlash;

Hozirgi kundagi quyosh energiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, yangiliklar, kashfiyotlar haqida

ma`lumot berish. Sharq allomalari qoldirgan ilmiy meroslarini hozirgi davr fanlari taraqqiyotida tutgan

o’rnini tushuntirish;

Elektron darslikdan foydalanib ko’rgazmali tushuncha berish.

b ) Tarbiyaviy maqsad:

Insonning asosiy yordamchisi bo’lgan elektrdan oqilona foydalanishi usullarini tushuntirish, kelajakda

zarur bo`lgan quyosh energiyasidan foydalainsh usullarini ishlab chiqish, zamon talabida bo`lishligini

o`quvchilarga tushuntirish

O'quvchilarning kelajakda egailashi mumkin bo’lgan kasb va hunarlari uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar

haqida malumot berish.

Axborot - kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda pedagog va o’quvchilar hamkorligining

samaradorligini oshirish.

Eng arzon va ekologik toza bo’lgan quyosh energiyasidan foydalanish usullarini keng targ’ib qilish.

Tabiatga zarar yetkazmaslik muammolariga etibor qaratish.

Respublikamizni iqtisodiy —ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga hissa qo’sish , ozod va obod vatanni

qurishga o’quvchilar amalga oshirishi lozim bo’lgan vazifalar haqida tushuncha berish.

3

c) Rivojlantiruvchi maqsad :

O’quvchilarning avvalgi mavzularda olgan bilimlarini muammoli vaziyatlar orqali

mustahkamlash.

Kelajak energiyalari bo’lgan quyosh va shamol energiyalaridan oqilona foydalanish

muammolarini o’rgatish.

Dunyo miqyosida xavf solayotgan global harorat ko’tarilishi , ozon tuynugining kengayishi,

yashil o’rmonlaming kesilib ketishi va ichimlik suvining kamayishi kabi masalalarni ijobiy hal

qilish yo’llarini o’rgatish.

Baholash metodlari: og’zaki so’rov, yozma so’rov

Dars turi: Nazariy

4

4. Darsda qo’llaniladigan interfaol usullar:

1.Kichik guruhlarda ishlash

2.Aqliy hujum.

3.Videousul.

4.Insert.

5.Muammoli vaziyat.

6.5.Mashg’ulot uchun zarur bo’lgan ko’rgazma va jihozlar

:1. Kompyuter

2. Videoproyektor

3. Kodoskop va slaydlar

4. Tarqatma savollar

5. Quyosh sistemasiga oid

ko`rgazmali qurollar

5

6. Tashkiliy qism:

O’quv xonasini darsga tayyorlash.

Salomlashish va davomatni aniqlash.

O`quvchilarni bugungi noan’anaviy dars mavzusi, o’tkazish shartlari va

baholash tartibi bilan tanishtirish.

7. Dars mashg’ulotining borishi:

Dars mashg’uloti kirish, I va II qismlardan iborat bo’lib, kirish qismida

niustaqil O’zbekistonimizda fizika va astronomiya fanining taraqqiyoti

haqida, shamol energiyasidan foydalanishda dunyo olimlari tomonidan

yaratilayotgan shamol generatorlarining turlari, Quyosh energiyasidan

foydalanishda Muxtaram Prezidentizmiz I. A. Karimovning 2013 yil 1 martda

qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari to`g`risida” gi farmoni hamda “Xalqaro Quyosh energiyasi institutini

tashkil etish to`g`risida” gi qarori muhim ahamiyat kasb etishi haqida

tushuncha beriladi.

O`qituvchi: Mashgu`lotning I qismida o`quvhcialr 3 ta guruhga bo`linadi

va har bir guruh o`ziga nom tanlaydi. Berilgan javoblar “Rag`bat” va

“Jarima” bilan taqdirlab boriladi. Dars mashg`ulotimiz so`ngida qaysi guruh

“Rag`bat” ni ko`p qo`lga kiritgan bo`lsa, g`olib hisoblanadi.

6

Mashg’ulotning II qismida mavzuni turli usullar bialn mustahkamlaymiz.

Guruhlarimizni nomlab olsak,

Masalan: I guruh “Quyosh”

II guruh “Yer”

III guruh“Oy”

Guruglar o`zlariga sardor saylab oladilar, guruh sardorlaridan o`z guruhlarini

nomini ta`riflab berish so`raladi. (1-rasm)

7

DOSKAGA MAVZU REJASI YOZILADI.

1. Quyosh haqida umumiy ma`lumotlar.

2. Quyosh fotosferasi: donadorlik va mash`allar.

3. Quyosh dog`lari.

4. Quyosh energiyasining manbayi.

5. Quyosh aktivligi va uning yerga ta`siri.

So`ngra har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, tanlash orqali o`z

guruhi mavzusini tanlaydi va kompyuter orqali shu mavzuni topadi va

izohlab beradi.

“Quyosh” guruhidan 1 o`quvchi: Quyosh sokin bir osmon jismidek

ko`rinsada aslida u yirik quvvatli fizik jarayonlarni “boshidan

kechirayotgan” yulduzlardan biri hisoblanadi. Quyosh milliardlar

yulduzlarning bir vakili bo`lib, kattaligi va temperaturasiga ko`ra o`rtacha

yulduzdir. Astranomiyada Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofa aniq

o`lchanib 149,6 million km. Quyoshning markazida bosim 200 milliard

atmosferaga yetadi.

8

2 o`quvchi: Quyoshning massasi Yernikidan 330 ming marta ortiq. Quyosh ham barcha

osmon jismalari kabi o`z o`qi atrofida aylanadi. Uning aylanish davri o`rtacha 25 sutkani

tashkil etadi. Yerdagi ko`pgina fizik va biologik hodisalar Quyosh ta`siri orqali sodir

bo`lar ekan. (2-rasm)

“Yer” guruhidan 1 o`quvchi: Yer Quyoshdan uzoqligi bo`yicha 3-o`rinda

turuvchi planeta hisoblanadi. Yerning ekvatorial radiusi 6378 km. Yer

quyosh atrofida sekundiga taxminan 30 km tezlik bilan xarakatlanib,

365,2422 kunda uning atrofida bir marta to`la aylanib chiqadi.

Planetamizda bir yilda 4 faslning kuzatilishi sababi Yer o`qining orbita

tekisligiga 66, 5̊ og`maligi bilan tushuntiriladi.

9

2-o`quvchi: Yerning o`rtacha zichligi har kub santimetriga 5,5 gramm gat eng bo`1ib massasi

6*1024kg. Planetamizning atmosferasi minglab kilometr balandlikka cho`zilib, og`irligi qariyib 5 ming 160

trillion tonna keladi. Bunday qalin atmosfera Yerda hayotning paydo bo`lishi va rivojlanishida muhim rol

o`ynagan. Yer osmonda juda chiroyli ko`rinish olishini, uning Oy sirtidan olingan rasmi to`la tasdiqlaydi. (3-

rasm)

3-rasm. Yerning Oy sirtida turib

olingan rasmi.

Yerning ichki tuzilishi.

10

“Oy” guruhidan 1 o`quvchi: Yerga eng yaqin osmon jismi Oy bo`lib, u planetamizning tabiiy yo`ldoshidir.

Oyning Yer atrofidagi orbitasi barcha planetalarning Quyosh atrofida aylanish orbitasi kabi elippisdir. Shu tufayli

Oyning Yerdan uzoqligi biroz o`zgarib turadi. Oy massasi Yer massasidan 81 marta kamdir. Oy sirtida tortish kuchi

Yernikidan olti marta kam. Oyga tushgan kosmonavt, birinchi navbatda, o`zini juda yengil his etadi. Bu Oy tortish

kuchining kamligidandir. Kosmonavt o`z skafandri bilan Yerda 90 kg bo`lsa, Oyda atigi 15 kg bo`lib qoladi. 2-

o`quvchi: Oyning ekvatori atrofida temperatura +120 C0 , yarim kechda esa -150 C0 ni tashkil qiladi. Oy sirtida

Yerdagi kabi vulqon otilish hodisalari bo`lib turadi. Oy atrofi tog`lar bilan o`ralgan. Oydagi tog`lardan eng yiriklari

Alp, Apennin, Kavkaz tog`lari deb nomlangan. Tog`larning balandligi ba`zan 9 km gacha yetadi. (4-rasm)

11

O`qituvchi:

Quyoshning kundalik ko'rinma harakatiga biz shu qadad ko'nikib qolganmizki, go'yo u abatiydek

tuyuladi. Haqiqatan shundaymi? Quyosh so'nmaydigan osmon jismimi? Quyoshi qisqa vaqtda

g'oyib bo'lsa, planetamizda qanday o'zgarishlar ro’y bergan bo'lar edi?

Agar Quyosh so'nsa, zum o'tmay Yerni qorong'ilik qoplardi chunki Quyoshning yorug'ligini

qaytarish hisobiga ko'rinadigan Oy va planetalar ham osmonda ko'rinmay qolib, faqat

yulduzlargina xira shu'lalari bilan Yerni yoritardi, xolos. Shuningdek butun Yer yuzini izg'irin sovuq

o'z «iskanjasiga» olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar, daryolar oqishdan to'xtab,

dengiz va okeanlar sekin-asta tubigacha muzlar, shamol ham «uvullash»ini bas qilardi. Xullas,

hamma yoqni vahimali qorong'ilik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod

yoqilg'ilari zaxirasi hisobiga umrini bir oz cho'zsa-da, biroq u halokatdan qochib qutula olmas edi.

Shuning uchun ham hayotimizning manbayi bo'lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor

osmon jismi hisoblanadi. Qadimda atrof-muhit hodisalarini ilmiy tushuntirishga ojiz bo'lgan odamlar

tabiat kuchlari oldida tiz cho'kishgan, unga sig'inishgan. Bundan Quyosh istisno emas edi.

Misrliklar Quyoshga issiqlik va hayot in'om qiluvchi Ra xudosi nomini berib sig'inishganda,

yunonliklar va rimliklar Quyoshga nur musiqa va poeziya xudolari — Feba, Gelios va Apollon

timsollari sifatida sig'inishgan. Keyingi yillarda Quyoshning massasi, temperaturasi va fizik tabiatini

o'rganish borasida yig'ilgan ma'lumotlar Quyosh to'g'risida bizga yetarli darajada aniq tasavvur

hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko'pgina fizik va biologik hodisalar Quyosh ta'siri tufayli sodir

bo'lar ekan.

12

Garchi oddiy ko'z bilan qaraganda, Quyosh sokin bir osmon jismidek

ko'rinsa-da, aslida u yirik va quvvatli fizik jarayonlarni: «boshidan

kechirayotgan» yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o'rganish

har jihatdan barcha tabiiyot fanlari uchun, ayniqsa, fizika fani uchun juda katta

ahamiyat kasb etadi.

Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili bo'lib, kattaligi va

temperaturasiga ko'ra o'rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz -Yer, uning

yo'ldoshi sifatida boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta

yaqin bo'lganidan, yulduzlardan farq qilib, Quyosh bizga kattagina burchak

(32') ostida ko'rinadi. Yer ham boshqa planetalar (Merkuriy, Venera, Mars,

Yupiter va saturnlar) qatorida Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi.

Astronomiyada Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofa aniq o'lchanib (149,6

million kilometr), u uzunlik o'lchovining birligi sifatida qabul qilingan va

yuqorida eslatganimizdek, bir astronomik birlik (1 a.b.) deb yuritiladi.

13

Nur bu masofani salkam 8,5 minutda bosib o'tadi. Quyoshning diametri 1 million 400 ming kilometr bo'lib,

Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan

ortiq Yer hajmidagi jism sig'adi. Massasi Yernikidan 330 ming marta ortiq. Quyoshning o'lchami, uning

yo'ldoshlari — planetalar o'lchamlari bilan solishtirilgan. Quyosh sirtining temperaturasi Selsiy shkalasida

5800 gradus atrofida bo'lib, bu temperatura markazga tomon ortib boradi va uning yadrosida taxminan 16

million gradusga yetadi. (5-rasm)

Quyosh tojining uning aktivligining darajasiga bog`liqligi:

a)Aktivligining pasayganligi

b)Aktivligining maksimumida

14

O`qituvchi: Mana o`quvchilar bugungi mavzuni taqdimot qildik endimustaxkamlab olamiz. Buning uchun Eng oldin tarqatma savollartarqataman, har bir guruhga ikkitadan mana marxamat!

Tarqatma savollarI guruhgaYulduzlarni necha xila rangga ajratiladi?Yana qanday quyoshga o`xshash yulduzlarni bilasiz?

II guruhgaQuyosh sistemasidagi planetalarni Quyoshdan uzoqligi tartibi bo`yichasanang.Quyosh atrofida yirik planetalardan tashqari yana qanday jismlar aylanadi?

III guruhgaQuyoshning yoshi aniqlanganmi?Yer nima uchun yer planetasi ko`p va sariq ranglarda berilgan. Izohlabbering.

O`qituvchi: Guruhlarimiz javobini tingladik, mavzuni juda yaxshitushunubsiz. Keling endi bugungi mavzuimizdagi yayanch so`z vaiboralardan birgalikda klaster tayyorlaymiz.

15

MarsSaturn

Neptun

Pluton

Merkuriy

Venera

YerUran

Yupiter

Atmosfera

Ozon

tuynugi

Mayda

planetalar

O`qituvchi: Mana bugungi mavzuimizga oid tayanch so`z va iboralardan birgalikda klaster

tayyorladik.

O`qituvchi: Dars mashg`ulotimiz yakunida eng ko`p “Rag`bat” ni qo`lga kiritgan guruhlar va

o`quvchialr g`olib sanladi. Buni darsimiz so`ngida e`lon qilaman.

16

O`qituvchi: Endi darsimizni yakunida mavzuni qay darajada

tushunganligingizni aniqlash uchun Insert jadvalini to`ldiramiz:

№ Savollar “V”

Men

bilgan

ma`lu

motlar

ga mos

“-”

Men

bilgan

ma`lu

motlar

ga zid

“+”

Men

uchun

yangi

ma`lumo

t

“?”

Men

uchun

tushuna

rsiz

1 Quyosh yerdan 109 marta katta.

2 1959 yil 9 may kuni Quyoshda kuchil xromosfera

chqnashi kuzatildi. 11 mayda AQSH da radio telegraf,

telefon aloqalari ancha muddatga ishdan chiqdi.

3 Quyoshning diametric 1 mln 400 ming km.

4 Quyoshning markazida bosim 2 mlrd atmosferaga yetadi.

5 Quyosh dog`alrining kattaligi 40 ming km dan ortiq.

6 Olimlar Quyosh chaqnashini yurak-tomir kasalliga

ta`sirini o`rganib, maokard – infarkd kasalligi bilan

Quyosh chaqnashi orasida kuchli bog`lanish mavjudligini

aniqlashdi.

7 Yulduzlarni 4 xil rangga ajratiladi.

8 Quyoshdan kelayotgan nur Yergacha 8 daqiqada yetib

keladi.

17

18

Uyga vazifa: Mavzuni o`zlashtirish va “Quyosh energiyasidan oqilona

foydalanish” mavzusi bo`yicha mustaqil ish tayyorlash.

TAVSIYA ETILADIGA ADABIYOTLAR:

1. Mursаlimоvа G., Rаhimоv А. Umumiy аstrоnоmiya kursi. -T.: O’qituvchi,

1976.

2. Dаgаеv M.M. i dr. Аstrоnоmiya. -M.: Prоsvеshеniе, 1983.

3. Bаkulin А.I. i dr. Kurs оbhеy аstrоnоmii. -M.: Nаukа,1982.

4. Mаmаdаzimоv M.M. Аstrоnоmiya. Аkаdеmik litsеy vа kаsb-hunаr

kоllеjlаri uchun dаrslik. -T.: “O’qituvchi”, 2003.

5. Zаsоv А.V., Kоnоnоvich E.V. Аstrоnоmiya. -M.: Prоsvеhеniе, 2000.

6. Lеvitаn Е.V. Аstrоnоmiya. -M.: Prоsvеshеniе, 2000.

19

E’TIBORINGIZ

UCHUN RAXMAT