o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim...

40
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH, RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH Samarqand-2011

Upload: others

Post on 19-Feb-2020

90 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH, RASMIYLASHTIRISH

VA HIMOYA QILISH

Samarqand-2011

Page 2: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

2

Bakalavrlik bitiruv malakaviy ishni bajarish, rasmiylashtirish va himoya qilish: Uslubiy qo’llanma / Tuzuvchilar: A.A.Yakubov, A.Jumaboyev, F.X.Tuxvatullin. – Qayta ishlangan 2-nashri. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2011. – 40 bet.

Qo’llanmada oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichi bo’lgan bitiruv malakaviy ishni bajarish, yozish va himoya qilish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berilgan. Qo’llanma asosan fizika yo’nalishida bitiruv malakaviy ishni bajarayotgan talabalar hamda ularga rahbarlik qilayotgan professor-o’qituvchi va mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan boshqa yo’nalishdagi bitiruvchilar, hamda magistrantlar ham foydalanishlari mumkin. Tuzuvchilar: A.A.YAKUBOV,

A.JUMABOYEV, F.X.TUXVATULLIN. Mas’ul muharrir: fizika-matematika fanlari doktori, professor Sh.F.Fayzullayev Taqrizchilar: fizika-matematika fanlari doktori,

professor O.Q.Quvondiqov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G’.Xodjayev

© A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2004 © A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2011, o’zgartirishlar bilan

Page 3: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

3

KIRISH

Hozirgi davrda, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, fan, texnika va madaniyatning jadal rivojlanishi, ilmiy va ilmiy-texnik informasiya hajmining tez oshishi, bilimlarning yuqori sur’atda yangilanish sharoitida oliy o’quv yurtlarida yuqori umumilmiy va kasbiy tayyorgarlikka ega, mustaqil ijodiy ishga va eng yangi ilg’or natijalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishga qobiliyatli yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham oliy ta’limning bakalavriat bosqichida o’quv rejalariga bitiruv malakaviy ish (BMI) ni bajarish, o’quv jarayonlariga esa ilmiy ijod (tadqiqot) elementlari kiritilgan. Talabalar darsdan bo’sh vaqtlarida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy to’garaklarda qatnashadilar. Talaba olgan ilmiy ijod ko’nikmalari, u bakalavriatni tugatgandan keyin oliy ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirmasa ham, o’zi ishlayotgan sohada tezda ijodiy xodim bo’lib yetishishiga yordam beradi. BMI talabalar hayotidagi birinchi jiddiy akademik ishdir. Shuning uchun ham talabalar BMI ni bajarish va rasmiylashtirishda uslubiy yordamga muhtojlik sezadilar. Bu borada uslubiy adabiyotlar yetarli emasligini nazarda tutib ushbu qo’llanma tayyorlandi. Qo’llanmada BMI larni bajarish, yozish va himoya qilish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berilgan. Bu uslubiy ko’rsatmalar SamDU fizika fakulteti «Optika va spektroskopiya» kafedrasida bajariladigan BMI lar misolida ochib berilgan. Qo’llanmani yozishda har qanday ilmiy ijod mantiqiy, uslubiy va texnikaviy jihatlardan umumiy ilmiy asoslarga ega ekanligi va ilmiy asarlar (ilmiy maqolalar, ilmiy-tadqiqot hisobotlari, BMI lar, magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari) ni rasmiylashtirish talablari umumiyligi nazarda tutilgan. Qo’llanma asosan fizika yo’nalishida BMI ni bajarayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan boshqa yo’nalishdagi bitiruvchilar, hamda magistrantlar ham foydalanishlari mumkin.

Page 4: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

4

1. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Bitiruv malakaviy ish (BMI) ni bajarish oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichi bo’lib, uning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: -ta’lim yo’nalishi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy masalalarni hal etishda qo’llash; -ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda mas’uliyatni his etishga o’rgatish;

-zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorligini ta’minlash.

2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNING MAVZUSI

BMI lar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.

BMI lar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda har o’quv yili boshida qayta ko’rib chiqiladi.

BMI lar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.

Talabalarga (reytinglari bo’yicha kamayish tartibida) BMI larning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-kontrakt mablag’ini to’layotgan buyurmachi zaruriy asoslar bilan BMI lar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin. BMI mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo’yicha oliy ta’lim muassasasi rektori bo’yrug’i bilan rasmiylashtiriladi. BMI rahbari talabaga mavzuga tegishli materiallarni to’plash bo’yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o’tkazish davrida ham)

Page 5: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

5

topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy ta’lim muassasasining o’quv bo’limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq namunasi 1-ilovada keltirilgan. Topshiriq BMI ni bajarish bo’yicha talabaga ko’rsatma vazifasini bajarib, u BMI bilan birgalikda Yakuniy Davlat attestasiya komissiyasi (YaDAK) ga taqdim etiladi.

3. BITIRUV MALAKAVIY ISHGA RAHBARLIK QILISH

BMI larga rahbarlar ushbu oliy ta’lim muassasasining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari, boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari safidan tayinlanadi. BMI rahbari: -topshiriq beradi; -BMI ning bajarilish jadvalini rejalashtiradi; -asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;

-talabalar bilan muntazam ravishda konsultasiyalar o’tkazadi; -BMI ning bajarilish jarayonini nazorat qiladi;

-BMI ning sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishiga yoki boshqa manbalardan aynan ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi. BMI rahbarining taklifiga binoan, kafedra BMI ga rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt byudjeti hisobidan ishning ayrim bo’limlari bo’yicha maslahatchi (konsultant) larni taklif etishi mumkin. BMI ning bo’limlari bo’yicha maslahatchilar sifatida oliy ta’lim muassasasining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tayinlanishi mumkin. Maslahatchilar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradi, tegishli ko’rsatmalar beradi. Mutaxassis chiqaruvchi kafedra BMI ga qo’yiladigan talablar hajmini belgilagan holda BMI ni bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqadi va ular bilan talabalarni ta’minlaydi.

Page 6: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

6

4. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH

4.1. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH BOSQICHLARI

BMI berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan

bajariladi. BMI, odatda, oliy ta’lim muassasasining ushbu maqsadda maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda BMI korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyihalash va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin.

BMI ning bajarilishi bo’yicha talabaning hisobot berish muddatlarini dekan nazorat qiladi. Dekanat belgilagan muddatlarda talaba BMI ning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri BMI ning tayyorlik darajasini belgilaydi. Shu maqsadda kafedrada har bir bitiruvchi kesimida BMI larning bajarilish monitoringi tashkil etilib, uning bajarilish holati rahbarning haftalik hisobotlari asosida foizlarda aniqlab boriladi.

Talaba BMI ning muallifi sifatida tanlangan qarorning to’g’riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, BMI da ko’chirmachilik holatining yo’qligiga javob beradi.

BMI larni bajarish bosqichlarida belgilangan muddatlardan kechikish hollari aniqlanganda, ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli choralar kafedra mudiri tomonidan belgilanadi. BMI – bu ilmiy ishdir va uni bajarishda talabalar tadqiq qilishning, ya’ni ilmiy ijodning muhim ko’nikmalarini egallaydilar. Odatda, nazariy (fundamental) va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish jarayoni oltita asosiy bosqichdan iborat bo’lib, ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi.

1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish: -bo’lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy adabiy manbalar bo’yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; -muammolar bo’yicha tadqiqotlarning muhim yo’nalishlarini belgilash va tasniflash (klassifikasiyalash); -mavzuni ifodalash va tadqiqot annotasiyasini tuzish; -texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ishlarining umumiy kalendar rejasini tuzish;

Page 7: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

7

-kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa foydali samarani oldindan belgilash.

2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini aniqlash: -mavzu bo’yicha mamlakat va xorijiy nashrlar (monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va boshq.) ni tanlash va ularning bibliografik ro’yxatini tuzish, mavzu bo’yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish; -mavzu buyicha manbalar va referatlar annotasiyasini tuzish; -mavzu bo’yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish; -tadqiqot maqsad va vazifalarini bayon qilish.

3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar o’tkazish: -tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlash, fizik mohiyatini

o’rganish va tadqiqot topshirig’i asosida ishchi ilmiy faraz (gipoteza) ni shakllantirish; -ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq qilish; -tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, natijalarni tahlil qilish.

4-bosqich. Tajribaviy tadqiqotlar o’tkazish (nazariy tadqiqotlarni tasdiqlash, tuzatish yoki inkor etish uchun): -tajribaviy tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniqlash; -ilmiy tajribani rejalashtirish va uni o’tkazish uslubiyati (metodikasi) ni ishlab chiqish; -tajribaviy qurilmalar o’rnatish va tajribaning boshqa vositalarini yaratish; -o’lchov usullarini asoslash va tanlash; -tajribaviy tadqiqotlar o’tkazish va natijalarni ishlab chiqish.

5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish: -nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ular farqlarini tahlil qilish; -tadqiqot ob’ekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosa qilish; -ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish; -ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash; -ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni taqriz qildirish.

6-bosqich. Natijalarni joriy etish va iqtisodiy samarani aniqlash: -tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish; -iqtisodiy samarani aniqlash.

Page 8: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

8

Bakalavriat o’quv rejasi bo’yicha BMI ni bajarishga o’quv davri umumiy hajmining 2-3 % i ajratilgan. Bunga agar bitiruv malakaviy amaliyot davri qo’shilsa ham, bu vaqt to’laqonli ilmiy-tadqiqot o’tkazish uchun kamdir. Shuning uchun BMI ilmiy-tadqiqot o’tkazishning yuqorida sanab o’tilgan hamma bosqichlarini qamrab ololmaydi. Odatda talabaga tadqiqot mavzusi beriladi, uning maqsadi va vazifalari aniqlanadi. Shu o’rinda ko’pincha mavzuni tanlash tadqiqotni bajarishdan ko’ra murakkabroq ekanini ta’kidlab o’tish joiz. Bundan tashqari, talabalar mavzu bo’yicha yoki nazariy hisob-kitob, yoki tajribaviy tadqiqot o’tkazadilar. Kamdan-kam hollarda talaba birdaniga ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi mumkin bo’lgan natijalar olishi mumkin va shuning uchun talaba amalda ilmiy-tadqiqotning oltinchi bosqichini ham bajarmaydi. Lekin bu talaba olingan natijalarning qo’llanilishini ko’rmasligi kerakligini bildirmaydi. Bu BMI da o’z ifodasini topmog’i lozim. Shunday qilib, talaba ko’p hollarda ilmiy-tadqiqotning 2, 4 (yoki 3) va 5-bosqichlarini bajaradi. Bu bosqichlarni batafsil qarab chiqamiz.

4.2. TADQIQOTNING MAQSADI VA VAZIFASINI ANIQLASH

Garchi talaba BMI rahbaridan mavzuning nomini, ishni bajarish rejasini va ishning natijasi qanday bo’lishi haqida tasavvur olsa-da, talabaning o’zi tadqiqot maqsadi va vazifasini ta’riflashi, ishni bajarishning o’ziga xos jihatlarini tushunishi, kutilayotgan natijani oldindan aniqlashi va ularni tahlil qilishi kerak. Shuning uchun adabiyot sharhini tayyorlash BMI ning muhim tarkibiy qismidir. Uning maqsadi oldingi tadqiqotlar natijalari bilan tanishish, ularni tahlil qilish va talaba hal qilishi kerak bo’lgan vazifani aniqlashdan iborat. Har qanday ilmiy tadqiqot mavzu bo’yicha ilmiy-texnikaviy informasiyani izlashdan boshlanadi. Asosiy manbalarni BMI rahbari tavsiya qilishi mumkin. Keyinchalik talaba mustaqil ravishda adabiyot ro’yxatini to’ldiradi. Ilmiy-texnikaviy informasiya manbai bo’lib quyidagi hujjatlar xizmat qiladi: -kitoblar (darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiyalar, ensiklopediyalar, broshyuralar va boshq.);

Page 9: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

9

-davriy matbuot (jurnallar, ilmiy to’plamlar va boshq.); -me’yoriy hujjatlar (standartlar, texnikaviy shartlar, yo’riqnomalar, ko’rsatmalar va boshq.); -katalog va preyskurantlar; -patent hujjatlari; -ilmiy-tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqida hisobotlar;

-informasion nashrlar (analitik sharhlar, informasion varaqalar, to’plamlar, ekspress informasiya, ko’rgazmalarning prospektlari va boshq.); -xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar (asl va tarjima nusxalari); -dissertasiyalar, avtoreferatlar; -ilmiy-texnikaviy konferensiyalar va ishlab chiqarish yig’ilishlarining materiallari; -ikkilamchi hujjatlar (referativ sharhlar, bibliografik kataloglar, referativ jurnallar va boshq.). Sanab o’tilgan hujjatlar ulkan informasiya oqimini hosil qiladi, uning sur’ati yildan-yilga oshib bormoqda. Bunday ulkan informasiya oqimida zarur informasiyani izlab topish ancha murakkab jarayondir. Zarur informasiyani izlash qo’lda yoki avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Qo’lda izlash odatdagi bibliografik varaqchalar, kartotekalar va nashr ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshirilsa, avtomatlashtirilgan izlash kompyuterlarni qo’llashga asoslangan. Hozirgi davrda tez su’atlar bilan rivojlanayotgan «Internet» tizimi zarur informasiyani izlashni osonlashtirmoqda. Talabaga tavsiya etilgan va o’zi izlab topib tanlagan adabiyotlar qo’yilgan masalalar nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi, ya’ni o’rganilishi, eslab qolinishi va tahlil qilinishi kerak. Adabiyotdan ish rejasidagi savollarga javob axtarilishi kerak. Adabiy ish muallif fikrini va muammoning fizikaviy mohiyatini to’liq va aniq tushunish bilan tugallanishi kerak. Bu ish natijasida talaba qaralayotgan masala bo’yicha o’z fikrini aytishi kerak. Informasiyani ishlab chiqish samaradorligini maqsadning aniqligi, ilhomlanish, diqqatni bir joyga to’plash, qat’iyat, muntazamlik, to’g’ri ish tartibi kabi omillar oshiradi. Informasiyani ishlab chiqishda ko’chirma, annotasiya, konspektlar qo’llaniladi.

Page 10: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

10

Informasiyani tahlil qilish jarayonida informasiya manbalarini ham, ulardagi informasiyani ham tasniflash va sistemalashtirish (tartibga solish) zarur. Manbalarni ikki xil usulda: xronologik tartibda va mavzu bo’yicha sistemalashtirish mumkin. Birinchi holda barcha informasiya mavzu bo’yicha ilmiy bosqichlarga ajratiladi, keyin esa har bir bosqichga tegishli manbalar tanqidiy tahlil qilinadi. Ikkinchi holda esa barcha informasiya mavzu masalalari bo’yicha sistemalashtiriladi. Informasiyani ishlab chiqish natijasi asosida mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uning maqsad va vazifalari belgilanadi.

4.3. TAJRIBAVIY TADQIQOTLAR O’TKAZISH

Tajribaviy tadqiqot yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usulidir. Tajribalar tabiiy va sun’iy, laboratoriyadagi va ishlab chiqarishdagiga bo’linadi. Tajribaviy tadqiqotlarni samarali o’tkazish uchun tajriba metodologiyasi ishlab chiqiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: -tajriba reja-dasturini ishlab chiqish; -o’lchamlarni baholash va tajriba o’tkazish vositalarini tanlash; -tajribani o’tkazish; -tajriba natijasida olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish. Reja-dastur tajribaviy tadqiqotlarning uslubiy (metodologik) asosi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: -tadqiqot mavzulari ro’yxati va ishchi ilmiy faraz mazmuni; -tajriba uslubi va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar ro’yxati; -tajribani bajarish uchun xarajatlar ro’yxati. Tajriba uslubi (metodikasi) - tajriba usullari (metodlari) majmui bo’lib, u umumiy tarzda quyidagilarni o’z ichiga oladi: -tajriba maqsadi va vazifasi; -omil (faktor) larni tanlash va ularning o’zgarish darajasi; -o’lchash vositalari va o’lchashlarining zarur miqdori; -tajriba mohiyati va bajarish tartibi; -tajriba natijalarini ishlab chiqish va tahlil qilish usullari. Tajribaviy tadqiqotlar o’tkazishga talabalar mavzuga tegishli adabiyotni o’rganib, adabiyot sharhini yozganlaridan keyin kirishadilar.

Page 11: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

11

Buning uchun eng avvalo adabiyot sharhida bayon qilingan tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiq tajriba reja-dasturi ishlab chiqiladi. Bu reja BMI rahbari bilan muhokama qilinadi, topshiriqda qayd qilinadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Tajriba tasdiqlangan reja-dasturga muvofiq o’tkaziladi. Bunda talaba birinchi navbatda tajriba o’tkaziladigan joy (laboratoriya) da texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, yong’in oldini olish qoidalariga amal qilish bo’yicha yo’l-yo’riq va ishga ijozat olishi kerak. Ishning keyingi bosqichida, agar tajribada standart, yalpi ishlab chiqariladigan qurilma (asbob) dan foydalanilmasa, qo’yilgan vazifani bajarish uchun tajribaviy qurilma yaratiladi yoki mavjud qurilma takomillashtiriladi. Qurilma ishga tayyorlangandan keyin talaba tajribaviy tadqiqotga kirishadi. Bunda u tajriba rejasiga tayanadi. Bu rejada, yuqorida aytilgandek, tadqiqotlar ketma-ketligi, kerakli moddalar, ularning miqdori va xarakteristikalari, tajriba sikli (davri) ning tamom bo’lish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi. Albatta ish daftari (kundaligi) tutiladi va unga hamma tajribaviy ma’lumotlar tajriba vaqti, sharoiti va aniq natijalari ko’rsatilgan holda yoziladi. Tajriba natijalari ularning to’planishiga qarab qayta ishlana boriladi. O’lchashlar o’tkazilishi bilan bir vaqtda natijalarni qayta ishlash va ularni tahlil qila borish tekshiriluvchi jarayonlarni nazorat qilishga, tajribani to’g’rilab turishga, tajriba uslubini yaxshilashga va tajriba samaradorligini oshirishga imkon beradi. Tajribaning har bir davrini tugatgandan keyin olingan natijalar statistik tahlil qilinadi, ularning xatoliklari hisoblanadi, jadvallar tuziladi, grafiklar chiziladi. Olingan natijalar va ularning ma’lum bo’lgan yoki ilgari surilgan ilmiy faraz va modellarga munosabati ilmiy rahbar bilan muntazam ravishda muhokama qilib boriladi. Talabaning ish rejasiga kerakli tuzatishlar kiritiladi. Ishning tajribaviy qismini bajarishda asbob ko’rsatishlarinng barqarorligiga (takrorlanishiga) e’tibor berish kerak. O’lchov vositalarini tekshirishdan o’tkazib, xatoliklar yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan qiymatlar chegarasidan chiqmasligiga erishish lozim. Bunday tekshirishlar tajriba o’tkazuvchi tomonidan o’lchashlar oldidan o’tkaziladi; bunda o’lchashlarning diapazoni va juz’iy o’zgarishlari tekshiriladi. Kerak bo’lganda o’lchov vositalarining noli va sezgirligi rostlanadi va ular darajalanadi. Bunday ishchi tekshiruvlardan tashqari,

Page 12: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

12

o’lchov vositalari davlat tekshiruvidan o’tganligi haqida guvohnomaga ega bo’lishi kerak.

Tajriba o’tkazishda talaba sabr-toqatli va qat’iyatli bo’lishi kerak. Bu unga tajribani oxirigacha olib borishga imkon beradi. Ilgari surilgan ilmiy farazni tasdiqlamaydigan natijalarni ham tashlab yubormaslik kerak. Noto’g’ri natija va katta xatolarga olib keladigan pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik kerak. Har bir shunday holda tajribani qaytadan o’tkazish kerak.

4.4. TADQIQOTNI TAHLIL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH

Tajribaviy materialni qayta ishlash (ishlab chiqish) va tahlil qilish

usullarini tanlash tadqiqotning muhim bosqichlaridan biridir. Tajriba natijalarini sistemalashtirish, tasniflash va natijalarni tezda taqqoslashga imkon beradigan yozuvning qo’lay shakllariga - jadvallar, grafiklar, formulalarga keltirish kerak. Asosiy diqqat-e’tiborni tajriba natijalarini qayta ishlash va tahlil qilishning matematik usullariga - empirik bog’lanishlarni va o’zgaruvchan xarakteristikalar o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rnatishga, ishonchli intervallarni aniqlashga va boshqa shu kabilarga qaratish kerak.

Tajribaviy tadqiqotlarni tugatgandan keyin talaba olingan natijalarni nazariy tushuntirishga kirishadi. Bunda yoki jarayonning fizikaviy modeli ishlab chiqiladi (agar bunday model adabiyotlarda mavjud bo’lmasa), yoki ma’lum nazariya o’tkazilgan tajriba natijalariga qo’llaniladi ( BMI lar uchun ko’proq xarakterli). Bu bosqichdagi ish talabaning nazariy bilimlarini chuqurlashtiradi, unga matematik apparatdan foydalanish ko’nikmalarini singdiradi.

Ishning nazariy qismini bajarishda birinchi navbatda fizikaviy jarayon mexanizmini to’g’ri aks ettirishga intilish kerak. Buning uchun, imkoni boricha, jarayonga har xil omillar ta’sirini baholash va ulardan eng asosiylarini ajratish kerak. Bundan tashqari, masalani yechishning optimal usulini tanlash kerak. Agar analitik yechim topilmasa, kompyuterda hisoblash o’tkazish lozim. Hisoblash natijalari tajriba natijalari bilan taqqoslanadi, bunda tajriba xatoliklariga e’tibor berish kerak. Agar tajriba va nazariya natijalari orasida ancha farq bo’lsa, bu farqni tahlil qilib, sabablarini ko’rsatish kerak. Agar fan rivojining shu bosqichida nazariy model yaratish iloji bo’lmasa, bu holni isbotlash

Page 13: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

13

lozim. Bu holda tadqiq qilinayotgan jarayon sifatiy tahlil qilinishi va imkoni boricha jarayonning ishchi ilmiy farazi ilgari surilishi kerak.

Nazariy xarakterga ega bo’lgan BMI lari uchun ishning yuqorida ko’rsatilgan bosqichi asosiy bo’lib, unda olingan natijalar adabiyotda mavjud tajriba bilan taqqoslanishi, agar bunday tajriba bo’lmasa, uni o’tkazish bo’yicha mulohazalar aytilishi kerak.

Tadqiqotning keyingi bosqichida tadqiqotni rasmiylashtirish kerak. Bu bosqichda talaba BMI ni yozishi va uni himoya qilishi kerak.

5. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH

5.1. BITIRUV MALAKAVIY ISHGA QO’YILADIGAN UMUMIY TALABLAR

BMI ning maqsadlari 1-bobda bayon qilingan edi. Tadqiqotning

asosiy vazifasi va BMI ga qo’yiladigan asosiy talablar ana shu maqsadlardan kelib chiqadi.

Bitiruv ishlariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: -ishda mavzuning nazariy masalalari fizikaviy jihatdan to’g’ri

yoritilishi, talabaning zamonaviy fan asoslarini tushunishi va matematik apparatni egallagani ayon bo’lishi kerak;

-ish talabaning tadqiqotlarning zamonaviy usullari bilan tanish ekanligini va qurilmalarda ishlash ko’nikmalarini egallaganligini ko’rsatishi kerak;

-ish ijodiy xarakterga ega bo’lishi, talabaning tadqiqotni mustaqil bajarishga o’quvi borligini ko’rsatishi kerak;

-ishning mazmuni muallif mavzu bo’yicha hamma manbalardan foydalanganidan dalolat berishi kerak;

-BMI nomlari tadqiqot reja-dasturidagi vazifalarga mos keluvchi boblar va boblardagi paragraflarni o’z ichiga olishi kerak.

BMI lotin alfavitida yoziladi. BMI talaba o’qigan tilda yoziladi. Kafedra tavsiyasiga muvofiq

BMI chet tillarning birida ham yozilishi mumkin. Chet tilda yozilgan ishga davlat tilidagi annotasiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima bilan o’tkaziladi.

BMI kamida 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi. Bu hajmga ilovalar kirmaydi.

Page 14: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

14

BMI (ilovalar bilan birgalikda) qattiq muqova bilan muqovalanishi kerak.

BMI ni talabaning shaxsan o’zi yozadi, u ishning to’g’ri yozilishiga javob beradi va buni BMI matnida adabiyot ro’yxati tagida «ISHNI BAJARUVCHI» yozuvidan keyin o’z imzosi bilan tasdiqlaydi.

BMI talaba tomonidan o’tkazilgan tadqiqot haqida to’liq ma’lumot beruvchi asosiy hujjatdir. U boshqa har qanday ilmiy asar (ilmiy maqola, ilmiy tadqiqot hisoboti, magistrlik, fan nomzodligi va doktorligi dissertasiyalari) kabi tadqiqot o’tkazish maqsadi, tadqiqot texnikasi va metodikasi, olingan natijalar, chiqarilgan xulosalar va tavsiyalarni o’z ichiga olishi hamda aniq tuzilish, mantiqiy bayon, ishonchli dalillar, qisqa va aniq ta’riflar, ko’rgazmali tasvirlar, aniq natijalar, isbotli xulosalar, asosli tavsiyalar bilan xarakterlanishi kerak.

5.2. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING TUZILISHI VA

TARKIBI

BMI ishni bajarishning 4-bobda ko’rsatilgan bosqichlariga mos tushgan quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi va ular ko’rsatilgan tartibda joylashtiritiladi:

-titul varag’i; -BMI bo’yicha topshiriq varaqasi; -annotasiya (xorijiy tillarda yozilgan bitiruv ishlarida); -mundarija; -kirish; -asosiy qism (topshiriqqa mos 2-3 bobdan iborat):

-adabiyot sharhi (tahlili) va tanlangan yo’nalish (yoki metod) ni asoslash; -tajriba qismi; -tajriba natijalari va ularning muhokamasi;

-xulosa; -foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; -ilovalar. BMI ning har bir bobi yakunida qisqa xulosa va takliflar beriladi. Titul varag’i, topshiriq varaqasi, annotasiya, mundarija va

ilovalarni rasmiylashtirish keyingi 6-bobda bayon qilingan. 5.2.1. Kirish. Kirishda tadqiqot ob’ekti va predmeti (muammo)

ko’rsatiladi, muammoning hozirgi holati baholanib, tadqiqotni o’tkazish

Page 15: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

15

zarurligi (dolzarbligi) asoslanadi. Ishning maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalar ko’rsatiladi. Muammo yechilganda erishiladigan ilmiy yangilik va amaliy ahamiyat ko’rsatiladi. Ular alohida bandlar sifatida ko’rsatiladi va nomlanadi.

Kirishda ishning tuzilishi (boblar, hajmi, rasmlar, jadvallar, foydalanilgan adabiyotlar soni) ham yoritiladi.

5.2.2. Adabiyot sharhi va tanlangan yo’nalishni asoslash. Bu qismda mavzu bo’yicha oldin qilingan ishlar tahliliy bayon qilinadi, bunda hali yechilmagan masalalar aniqlanadi-ki, BMI ularni (yoki ulardan birini) yechishga bag’ishlangan bo’ladi. Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar ifoda etiladi. Ko’p hollarda, ayniqsa fundamental tadqiqotlarda, adabiyot tahlili va tanlangan yo’nalishni asoslash ilmiy asarning mustaqil tarkibiy qismlari sifatida ajratilib yoziladi.

5.2.3. Tajriba qismi. Bu qismda tajriba texnikasi va uslubi (metodikasi) yoritiladi. Tajribada qo’llanilgan standart apparatura va asboblar xarakteristikalari qisqacha ko’rsatiladi yoki ular tavsif qilingan adabiyotga havola beriladi. Agar tajriba o’tkazish uchun maxsus apparatura yoki asbob yaratilgan bo’lsa, u batafsil tavsiflanadi. Tajriba o’tkazish uslubi bayon qilinadi, o’lchashlar ishonchliligi va aniqligi baholanadi. Moddalar tozaligi va fiziko-ximiyaviy xossalari ko’rsatiladi.

5.2.4. Natijalar va ularning muhokamasi. Bu qismda bajarilgan asosiy nazariy va tajribaviy tadqiqotlar sistemali ravishda, kerakli tahlil va umumlashtirishlar bilan, hisoblashlar, tasvirlar, jadvallar bilan tavsiflanadi; olingan natijalarning boshqa nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijalari va xalq xo’jaligining masalalari va talablari bilan taqqoslanishi keltiriladi.

5.2.5. Xulosa. Bu qismda tadqiqotga yakun yasaladi. Natijalar qo’yilgan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan baholanib, xulosalar chiqariladi, ishning asosiy yutuqlari qisqa, aniq va umumlashtirilgan holda ifodalanadi. Amaliy tadqiqotlarda natijalar qo’llanilganda olinadigan texnikaviy-iqtisodiy samara baholanadi. Fundamental tadqiqotlarda natijalarning ilmiy, ijtimoiy ahamiyati ko’rsatiladi va natijalarni qo’llash bo’yicha takliflar beriladi. Har bir alohida fikr raqamlanadi.

Xulosa so’nggida ish nima bilan (ilmiy asarlar nashr qilish; yangi ob’ektlar, jarayonlar, hodisalar, qonuniyatlar haqida ilmiy ma’lumotlar olish; tadqiqot uslublarini ishlab chiqish; loyihaviy, konstruktorlik va

Page 16: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

16

normativ hujjatlar tuzish; mahsulotlarning sinov va laboratoriya natijalarini tayyorlash va sinash; yangi mahsulot va moddalar yaratish; yangi texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini, rejimlarini, reglamentlarini yaratish va mukammallashtirish; salbiy natijalar va boshqalar bilan) tugagani ko’rsatiladi.

5.2.6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. BMI larda bu qism ko’pincha «Adabiyot» (ishda qo’llanilgan yoki qo’llanilmaganligidan qat’iy nazar, hamma o’rganilgan adabiyotlar kiritilsa), «Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati» (agar faqat tahlil qilingan yoki matnda ishlatilgan adabiyotlar kiritilsa) yoki «Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati» (agar adabiyotdan tashqari manbalar (hujjatlar, arxiv materiallar va h.k.) ham kiritilsa) deb nomlanadi.

Adabiyotlar ro’yxatida hamma foydalanilgan adabiyotlar (manbalar) ko’rsatiladi. Materialdan uning muallifi va manbasini ko’rsatmasdan foydalanish umuman mumkin emasligini ta’kidlab o’tamiz. Agar BMI da bu hol mavjudligi aniqlansa, ish himoyaga qo’yilmaydi.

Ro’yxatda adabiyotlarni alfavit, sistematik va matnda ko’rsatish tartibida joylashtirish usullari keng tarqalgan. BMI larda adabiyotlarni matnda ko’rsatish tartibida joylashtirish tavsiya etiladi, bunda adabiyotlarning ro’yxatda joylashish tartibi ularga matndagi havola tartibiga mos tushadi.

Adabiyotlarning bibliografik tavsifi Davlat standartiga mos bo’lishi kerak. Bibliografik tavsif – bu hujjat yoki uning tarkibiy qismi haqida bibliografik ma’lumotlar to’plamidir. Bibliografik tavsiflash qoidalari Davlat standarti orqali o’rnatiladi. Quyida misol sifatida kitobning bibliografik tavsifi sxemasi keltirilgan (majburiy elementlar tagiga chizilgan va elementlar o’rtasidagi shartli ajratuvchi belgilar ko’rsatilgan):

Muallif familiyasi va inisiallari. Nomi (Sarlavhasi) / Individual yoki kollektiv mualliflar to’g’risida ma’lumotlar; boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar. – Nashrning takrorlanganligi haqida ma’lumot. – Nashr qilingan joy: Nashriyot, nashr qilingan yil. – Betlar (sahifalar) soni, tasvirlar haqida ma’lumotlar. – Izohlar.

Adabiyot nashr qilingan joy, ya’ni shahar nomi ko’pincha faqat birinchi harfi ko’rsatilgan holda qisqartirib beriladi, masalan, “T.” (Toshkent), “M.” (Moskva). Lekin bosh harfi bir xil bo’lgan joylar (shaharlar) ko’pligi tufayli, bu holda ba’zan chalkashliklar vujudga

Page 17: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

17

kelishi mumkin, masalan, “S.” qisqartma Samarqandga ham, Saratovga ham tegishli bo’lishi mumkin. Shuning uchun shahar nomini to’liq yozish maqsadga muvofiqdir.

Tarkibiy bibliografik tavsifda hujjatning tarkibiy qismi haqidagi ma’lumotlar hujjatning o’zi haqidagi ma’lumotlardan ikkita qiya chiziq (//) bilan ajratiladi. Quyida misol sifatida jurnaldagi maqolaning bibliografik tavsifi sxemasi keltirilgan (majburiy elementlar tagiga chizilgan va elementlar o’rtasidagi shartli ajratuvchi belgilar ko’rsatilgan):

Muallif familiyasi va inisiallari. Maqola nomi (sarlavhasi): Sarlavhaga tegishli ma’lumotlar / Mualliflarga tegishli ma’lumotlar // Jurnal nomi. – Nashr qilingan yil. – Tom (jild), nomer. – Maqola joylashgan sahifalar.

Davlat standarti bo’yicha, mualliflar familiyasi va inisiallari, agar ular bittadan uchtagacha bo’lsa - sarlavha oldida, uchtadan ko’p bo’lsa - sarlavhadan keyin keltiriladi. Agar manba mualliflari uchtadan beshtagacha bo’lsa, faqat birinchi muallif familiyasi va inisiallari «va boshq.» so’zlari bilan keltirilishi, agar mualliflar soni beshtadan ko’p bo’lsa, ularning birinchi uchtasi familiyalari va inisiallari «va boshq.» so’zlari bilan keltirilishi mumkin. Malakaviy ishlarda (dissertasiyalar va BMI larda) bunday qisqartmalar tavsiya etilmaydi - bibliografik tavsif to’liq yozilishi kerak.

Adabiyot «Internet» tizimidan olingan bo’lsa, bibliografik tavsif oxirida Web sayti ham ko’rsatiladi.

Bibliografik tavsiflar namunalari 2-ilovada keltirilgan. 5.2.7. Ilovalar. Ilovada BMI matnini to’ldiruvchi va tasvirlovchi

har xil yordamchi hamda asosiy qismda joylashtirish qiyin bo’lgan materiallar keltiriladi. Jumladan, oraliq matematik isbotlar, formulalar, hisoblashlar; statistik ma’lumotlar va ularni qayta ishlash uslublari; muayyan tajriba natijalari; birlamchi materiallar; yordamchi nomogrammalar va jadvallar; ishda foydalanilgan apparatura va asboblarning tavsiflari; ikkinchi darajali algoritm va dasturlar tavsiflari; yordamchi xarakterdagi tasvirlar; keng izohlar ilovada keltirilishi mumkin.

Ilovalarning joylashish tartibi ularga matnda berilgan havola tartibiga mos kelishi kerak.

Page 18: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

18

Agar talaba BMI mavzusida ilmiy maqolalar nashr qilgan, avtorlik guvohnomasi va patentlar olgan bo’lsa, ularning ro’yxati ilovada keltiriladi.

5.3. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI YOZISH

BMI ni yozishga kirishishdan oldin batafsil reja tuzib olish kerak.

Rejaning asosiy bo’limlari ishning tarkibi haqida yuqorida aytib o’tilganlarga mos tushishi lozim.

Ish tushunarli va aniq yozilishi kerak. Materialni aniq bayon qilishga erishish uchun bir-biriga yaqin masalalarni guruhlarga birlashtirish va bu guruhlarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish lozim.

Yaxshi til bilan yozish - bu nafaqat grammatika qoidalariga amal qilish, balki so’zlarni shunday tanlash va gaplarni shunday tuzish kerakki, fikr iloji boricha qisqa, lo’nda va o’qish uchun yoqimli ifodalansin. Tavtologiya (bir fikrni boshqa so’zlar bilan takrorlash) lar, isbotsiz da’volar, til shtamplari (ma’lum gaplarni takrorlashlar) bo’lmasligi lozim. Monotonlikdan qochish uchun qisqa gaplar bilan bir qatorda uzun gaplardan ham foydalanish kerak.

Mutaxassislarning tor doirasi uchun tushunarli bo’lgan juda ham maxsus ifodalarni ishlatmaslik va mayda tafsilotlarni keltirmaslik kerak.

Matn agar abzaslarga to’g’ri ajratilgan bo’lsa, uni o’qish yengillashadi. Yangi fikrga o’tilganda yoki bitta fikr boshqa nuqtai nazardan qaralganda yangi satrdan boshlash kerak.

Tajriba natijalarini qanday taqdim qilishni puxta o’ylab ko’rish kerak. Bevosita va bilvosita o’lchashlarning natijalari jadvallar va grafiklar ko’rinishida keltiriladi. O’lchash natijalari grafik ko’rinishda berilgan taqdirda ham ular jadvalda keltiriladi. Jadvalda natijalar tajriba shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda u yoki bu belgi bo’yicha sistemalashtirilgan bo’lishi kerak. Jadvalda har bir miqdor qaysi kattalikka tegishli ekani va u qanday sharoitda olingani ko’rinib turishi kerak.

Tanlangan jadval shakli materialni sistemalashtirish bilan birga, natijalarni qayta ishlash, kerak bo’lganda oraliq natijalarni saqlash va hisoblashlarning oxirgi natijalarini tezda tekshirish uchun qo’laylik yaratishi lozim. Bu talablarni qondiradigan jadval shakli hisoblash formulasining ko’rinishiga bog’liq ravishda tanlanadi.

Page 19: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

19

Jadvaldagi har bir son (miqdor) birinchi ishonchsiz raqami qo’yilgan holda o’zining hamma ahamiyatli raqamlari bilan yozilishi kerak. Masalan, agar birinchi ishonchsiz raqam yuzlarda bo’lsa, 0,20 mm o’rniga 0,2 mm deb yozish mumkin emas, chunki bu o’lchash natijasini aniqlash xatoligini oshiradi. Agar natijalarda bittadan ko’p ishonchsiz raqam qoldirilsa, bu ularning haqiqiy qiymatiga nisbatan noto’g’ri aniqlikni oshiradi.

Natijalarni grafik usulda tasvirlashda odatda tadqiq qilinayotgan kattalik (funksiya) ordinata o’qiga, ma’lum kattalik (argument) esa abssissa o’qiga qo’yiladi.

Grafikda tasvirlanuvchi bog’liqlik iloji boricha ko’rgazmali, yetarlicha aniq va o’qimishli bo’lishi kerak. Bunga o’qlardagi shkala qadami va uning shtrixi tagiga yoziladigan sonlarni to’g’ri tanlash orqali erishiladi. Qo’shni shtrixlar sonlari o’rtasidagi farq juda oson va tez, hech bir hisoblashlarsiz o’qilishi kerak. Ba’zan shkalani o’qishni osonlashtirish uchun shkala shtrixlari tagiga yoziladigan sonlarning umumiy ko’paytuvchisi o’qning oxiriga chiqariladi. Bu shkalani ortiqcha raqamlardan xalos qiladi.

Koordinata o’qlarida tajriba natijalarining sonli qatoriga mos keluvchi nuqtalarsiz shkala - toza shkala chiziladi. Bundan tashqari, o’q shkalasi faqat shkalaning foydali bo’lagidan iborat bo’lishi, ya’ni faqat tajriba qiymatlarinigina o’z ichiga olishi kerak. Shkalaning foydali bo’lagida intervallar soni 10-15 tadan ko’p, 4-5 tadan kam bo’lmasligi kerak. Shu chegaradagi intervallar soni, shkala qadami va shtrixlar tagiga yoziladigan sonlar shkalada joylashtiriladigan kattalikning tajriba natijalari qatoriga bog’liq ravishda tanlanadi.

Grafik tuzilishi va o’qilishi aniqligi shkalaning foydali bo’lagi uzunligiga bog’liq. Shkala uzunligini shunday tanlash kerakki, grafik tuzilishi yoki o’qilishi noaniqligi tajriba natijalari noaniqligidan (absolyut xatolaridan) oshmasligi kerak.

BMI ni yozishda orfografiya (imlo) va punktuasiya qoidalariga amal qilish kerak. Bundan tashqari quyidagilarga e’tibor berish kerak:

-so’zlarni ko’chirishda inisiallar familiyadan, atamali sonlarda - nomi raqamdan ajratilmaydi. Ko’chirishda «va h.k.», «sh.k.», «FIK»(«foydali ish koeffisiyenti») kabi qisqartmalarni ajratish, tireni keyingi satrga ko’chirish tavsiya etilmaydi;

Page 20: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

20

-ko’chirishda bitta sonni tashkil qiluvchi raqamlar, qavsli (yoki nuqtali) raqamlar va harflar ulardan keyin keladigan so’zlardan, hamda ishora va belgilar ulardan keyin keluvchi raqamlardan ajratilmaydi.

6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI RASMIYLASHTIRISH

6.1. UMUMIY TALABLAR

BMI matni A4 formatli (210x297 mm o’lchamli) oq bir turdagi

yozuv qog’ozi standart varag’ining bir tomoniga (topshiriq varaqasidan tashqari) kompyuterda WORD tizimida satrlar orasini 1,5 intervaldan qilib, 14 shrift bilan chop qilinishi kerak.

Sahifada matnning to’rt tomonida bo’sh joy qoldiriladi. Uning o’lchamlari: chapdan - 30 mm, o’ngdan - 15 mm, yuqoridan va pastdan - 25 mm bo’lishi kerak.

BMIga qo’yiladigan umumiy talablarga ko’ra (5.1 ga qarang), BMInig hajmi kamida 10-15 ming so’z bo’lishi kerak. Bir betda 28 satr, bir satrda o’rtacha 8 ta so’z va bir betda 224 so’z joylashsa, u holda BMI kamida 45-70 bet bo’lishi kerak.

Ishning hamma sahifalari, titul varag’idan tortib oxirgi sahifagacha, matn ichida yoki undan keyin joylashgan hamma tasvirlar, jadvallar va sh.k.lar, hamda ilovalar, ketma-ket sahifaning yuqorisidagi bo’sh joy o’rtasiga qo’yiladigan arab raqamlari bilan raqamlanadi. Titul varag’i va topshiriq varaqasi umumiy raqamlanishga qo’shiladi, lekin ularga tartib raqami qo’yilmaydi.

Matnda aniqlangan xatolar, umuman olganda, shu sahifani qayta yozish bilan to’g’rilanishi kerak. Ba’zi hollarda matnda aniqlangan xatolar ustiga to’g’ri matn yozilgan xuddi shunday turdagi va tusdagi oq qog’oz yopishtirish bilan to’g’rilanishi mumkin. Maxsus tuzatuvchi vositalar («Shtrix», «Redaktor» va h.k.) dan ham foydalanish mumkin. Agar bitta sahifada to’g’rilashlar soni 4-5 tadan ko’p bo’lsa, sahifa qaytadan yozilishi kerak.

6.2. TITUL VARAG’I

Titul varag’ini rasmiylashtirish namunasi 3-ilovada keltirilgan.

Titul varag’ida so’zlar ko’chirilmasligi, elementlari oxiriga nuqta qo’yilmasligi kerak. Titul varag’ida ishni bajaruvchi, ilmiy rahbar,

Page 21: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

21

maslahatchilar (agar ular topshiriqda ko’rsatilgan bo’lsa, ularga tegishli BMI bo’limlari ko’rsatilgan holda), kafedra mudiri va YaDAK raisi va a’zolarining inisiallari va familiyasi, hamda imzolari bo’lishi kerak. Tegishli joylarda imzo qo’yilgan sanalar ko’rsatiladi.

6.3. TOPSHIRIQ VARAQASI

BMI bo’yicha topshiriq varaqasi birinchi ilovada ko’rsatilgan

shaklda rasmiylashtiriladi. 6.4. ANNOTASIYA

Annotasiya ishning qisqacha xarakteristikasi bo’lib, uning yozilish

shakli 4-ilovada keltirilgan. Chet tilda yozilgan ishda o’zbek tilidagi annotasiya ham bo’lishi kerak.

6.5. MUNDARIJA

Mundarijada matndagi hamma bob, paragraf va bandlar (agar ular

sarlavhaga ega bo’lsa) ning sarlavhalari va ularning boshlanishi joylashgan sahifalar raqamlari ko’rsatiladi.

6.6. RUBRIKASIYA

BMI matni tadqiqot mantiqini o’zida aks ettirgan tarkibiy

qismlarga (bob, paragraf (fasl) va bandlarga) ajratiladi (rubrikasiyalanadi). Ular tegishlicha raqamlanadi va nomlanadi. Keyingi paytlarda ilmiy va texnikaviy adabiyotda ilmiy asar qismlarini raqamlashning sof raqamli tizimi qo’llanilmoqda. BMI da ham shu tizimni qo’llash tavsiya etiladi.

Boblar butun ish ichida oxiriga nuqta qo’yilgan arab raqamlari bilan raqamlanadi. Har bir bobni yangi sahifadan boshlash kerak.

Paragraflar har bir bob ichida arab raqamlari bilan raqamlanadi va uning raqami nuqta bilan ajratilgan bob raqamidan va paragrafning o’zining raqamidan iborat bo’lishi kerak. Paragraf raqami oxiriga ham nuqta qo’yiladi, masalan, « 2.3. » (ikkinchi bobning uchinchi paragrafi).

Boblar va paragraflar nomga ega bo’lish kerak. Boblar nomlari sarlavha ko’rinishida bosh harflar bilan markazda (matnga simmetrik),

Page 22: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

22

paragraflar nomi sarlavha ko’rinishida kichik harflar bilan (birinchi bosh harfdan tashqari) abzasdan yoziladi.

Sarlavhada so’zlar ko’chirilmaydi. Sarlavha tagiga chizilmaydi va oxirida nuqta qo’yilmaydi. Agar sarlavha ikki yoki undan ko’p gapdan iborat bo’lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Sarlavha bilan matn orasidagi masofa uch-to’rt interval bo’lishi kerak.

Bandlar tartib raqami bir-biridan nuqta bilan ajratilgan bob, paragraf va band (arabcha) raqamlaridan iborat bo’ladi, masalan, «1.1.2.» (birinchi bob birinchi paragrafining ikkinchi bandi). Har bir band tartib raqami bilan abzasdan, matndan ajratilmasdan yoziladi. Bandlarga odatda sarlavha qo’yilmaydi. Sarlavha qo’yilgan taqdirda sarlavhani tagiga chizish yoki boshqa shriftda yozish bilan ajratib ko’rsatish mumkin.

«Mundarija», «Kirish», «Xulosa», «Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati» raqamlanmaydi. Ular matnga simmetrik ravishda bosh harflarda yoziladi va yangi sahifadan boshlanadi.

Matnda abzaslar 10 mm (kompyuter klavishining beshta zarbi) ga teng chekinishdan boshlanadi.

6.7. GRAFIK TASVIRLAR

Grafik tasvirlar A2 format (420x594 mm) dan katta bo’lmagan

varaqlarda taqdim etilishi mumkin. Katta varaqlar A4 format o’lchamigacha buklanadi va bitta sahifa sifatida raqamlanadi.

Grafik tasvirlar ularga matnda birinchi havola berilgan joydan keyin joylashtiriladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ularni BMI ni burmasdan yoki soat strelkasi bo’yicha burib qarash mumkin bo’lsin.

Hamma grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, fotosuratlar, diagrammalar, grafiklar) nashrlarda «rasm» so’zi bilan belgilanadi. Lekin matnda tasvirga havola berilganda tasvir turini aniq ko’rsatish kerak, masalan, «2.1-rasmda asbobning optik sxemasi keltirilgan».

Rasmlar (ilovalarda keltirilganlaridan tashqari) har bir bob ichida ketma-ket arab raqamlari bilan bob raqamini ham ko’rsatib raqamlanishi kerak, masalan, «1.2-rasm» (birinchi bobning ikkinchi rasmi). Agar ishda faqat bitta rasm bo’lsa, u raqamlanmaydi.

Rasmlar oq noshaffof qog’ozda qora tush yoki qora siyoh bilan chizilishi yoki kompyuterda tayyorlanishi kerak. Faqat shtrixli rasmlar va asl fotosuratlar ishlatilishi mumkin. Rangli rasmlar va nusxalar

Page 23: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

23

ishlatilmaydi. A4 formatdan kichik o’lchamli rasmlar A4 formatli oq qog’ozning standart varaqlariga yelimlab yopishtiriladi va rasmlarga ular joylashtirilgan varaq (sahifa) ning raqami yoziladi.

Rasmdagi yozuvlar tegishli qismga yaqin joyda gorizontal joylashtirilishi kerak. Bu yozuvlarning o’lchami va shrifti butun ish bo’yicha bir xil bo’lishi kerak. Rasmdagi shriftlar asosiy matn shrifti o’lchamining yarmidan kichik bo’lmasligi kerak.

Har bir rasm ostyozuvga ega bo’lishi kerak. Ostyozuv rasm nomidan (kerak bo’lsa batafsil tavsifiy yozuvdan) iborat bo’lib, u rasm tagida uning tartib raqamidan keyin joylashtiriladi.

6.8. JADVALLAR Raqamli materiallar odatda jadval ko’rinishida beriladi. Jadvalning

tuzilishi quyidagi misolda ko’rsatilgan. 3.2-jadval. Uglevodorod zanjirlarida CH2 guruhlar tebranishlarining hisoblangan va tajribada kuzatiladigan chastota intervallari (sm-1)

Buralma tebranishlar Mayatnik tebranishlar Chastota Hisoblash Tajriba Hisoblash Tajriba

Maksimum 1243 1322 1109 1047 Minimum 1176 1180 717 720

Jadval kataklari sarlavhalari bosh harflardan boshlanadi;

ostsarlavhalari, agar ular sarlavha bilan bitta gap tashkil qilsa - kichik harflardan, mustaqil bo’lsa - bosh harflardan boshlanadi. Jadval boshini diagonal bo’yicha bo’lish mumkin emas. Jadvalga «Tartib raqami» katagi kiritilmaydi.

Matndagi jadvallar (ilovalarda keltirilganlaridan tashqari) har bir bob ichida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi. Jadval raqami nuqta bilan ajratilgan bob raqami va jadvalning tartib raqamidan iborat bo’ladi.

Jadval ustiga tartib raqami, keyin tire bilan «jadval» so’zi, so’ngra nuqta qo’yilib jadval nomi (birinchi harfi bosh harfda, qolganlari kichik

Page 24: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

24

harflarda) yoziladi. Sarlavha tagiga chizilmaydi. Agar ishda bitta jadval bo’lsa, unga tartib raqami berilmaydi va «jadval» so’zi yozilmaydi.

Jadval unga matndagi birinchi havoladan keyin joylashtiriladi. Uni shunday joylashtirish kerakki, uni BMI ni burmasdan yoki soat strelkasi bo’yicha burib o’qish mumkin bo’lsin.

Jadval bir sahifaga sig’may davomi boshqa sahifaga ko’chirilsa, uning raqami, «jadval» so’zi va nomi bir marta - jadval boshlanishida ko’rsatiladi, boshqa qismlari tepasiga «...-jadval davomi» deb yoziladi.

6.9. FORMULALAR

Matematik, fizikaviy va ximiyaviy formulalar puxta va aniq yozilishi kerak. Formulalar ularga havola berilgan satrdan keyingi satrning markazida keltiriladi. Agar formulalar bitta satrga joylashmasa, ularni tenglik (=), qo’shish (+), ayirish (-) va ko’paytirish (x) belgilaridan keyin boshqa satrga ko’chirish mumkin; bunda bu belgilar satrlar oxirida va boshida takrorlanadi. Formulalar bob ichida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi. Formulaning tartib raqami nuqta bilan ajratilgan bob raqami va formulaning bobdagi tartib raqamidan iborat bo’ladi. Formulaning tartib raqami sahifaning o’ng tomonida, formula joylashgan satrda dumaloq qavs ichida ko’rsatiladi. Har bir formulaning yuqorisi va pastidan kamida bittadan bo’sh satr qoldirilishi kerak. Formuladagi belgilar ular birinchi marta matnda keltirilgandayoq tushuntiriladi. Har bir belgi ma’nosi ular formulada keltirilgan ketma-ketlikda berilishi kerak. Tushuntirish «bu yerda» so’zidan boshlanadi (undan keyin ikki nuqta qo’yilmaydi), masalan:

,)xb()xa(

xb)xb()xa(

xb)xb()xa(

xa)xb()xa(

xa)x(y

(1.1)

bu yerda x - y funksiyaning argumenti, a va b - o’zgarmas koeffisiyentlar.

Page 25: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

25

Bu talablar ximiyaviy formulalar uchun ham o’rinli. Moddalar nomlanishida IUPAC nomeklaturasini ishlatish kerak.

6.10. O’LCHOV BIRLIKLARI

Fizikaviy kattaliklarning belgilanishi va qisqartmalari, o’lchov birliklari Xalqaro birliklar sistemasi (SI) ga mos kelishi kerak. Hozirgi vaqtda bu sistema bo’yicha yetarlicha qo’llanmalar bo’lganligi uchun bu masalaga batafsil to’xtalmaymiz. SI bilan bir qatorda bir qancha vaqt davomida qo’llanishga ruxsat berilgan boshqa birliklar sistemasi (jumladan SGS sistemasi) va sistemalardan tashqari birliklardan foydalanish mumkin. Lekin ularni kattaliklarning SI dagi qiymatlaridan keyin qavs ichida keltirish kerak, masalan, kattaliklarning «kaloriya» va «kilokaloriya»dagi qiymatlarini «joul» va «kilojoul» larda ifodalangan tegishli qiymatlaridan keyin qavs ichida keltirish mumkin.

6.11. ILOVALAR

Ilovalar BMI ning davomi sifatida uning keyingi varaqlarida joylashtiriladi. Har bir ilova yangi varaq (sahifa) dan boshlanishi, o’nggi yuqori burchagida «ILOVA» so’zi yozilishi va sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Ishda bittadan ortiq ilova bo’lsa, ilova arab raqamlari bilan raqamlanadi, masalan, «1-ILOVA», «2-ILOVA». Har bir ilova matni zarur hollarda paragraf va bandlarga bo’linishi mumkin. Ular har bir ilova ichida oldiga nuqtali «I.» harfi (“Ilova” so’zining qisqartmasi) qo’yilgan arab raqamlari bilan raqamlanadi, masalan, «I.2.3». Ilovalardagi grafik tasvirlar, jadvallar va formulalar har bir ilova ichida oldiga nuqtali «I.» harfi qo’yilib raqamlanadi, masalan, «I.1.1-rasm». Bir sahifaga sig’may, davomi boshqa sahifaga o’tkazilgan ilovaning davomi tepasiga faqat «...-ILOVANING DAVOMI» deb yoziladi. Hamma ilovalar BMI mundarijasida ko’rsatiladi.

Page 26: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

26

6.12. HAVOLALAR

Matnda adabiy manbaga havola berilganda manbaning adabiyot ro’yxati bo’yicha tartib raqami kvadrat qavslar ichida keltiriladi, masalan, [6]. Tasvirlarga va jadvallarga havolalar tasvir yoki jadvalning tartib raqami bilan (masalan, “3.2-rasmda ...”, “2.1- jadvalda ...”), formulalarga havolalar ularning dumaloq qavslar ichidagi tartib raqami bilan ko’rsatiladi (masalan, “(1.1) formulada... ” ). Qayta havola berilganda, u “qarang” so’zining qisqartmasi bilan beriladi, masalan, “2.1- rasmga q.”.

6.13. IZOHLAR

Matnga va jadvallarga izohlar bir nechta bo’lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi va oxiriga ikki nuqta qo’yilgan “Izohlar:” so’zidan keyin keltiriladi, masalan, “Izohlar: 1. ………. 2. ……….. .”

Agar izoh bitta bo’lsa, u raqamlanmaydi va oxiriga nuqta qo’yilgan “Izoh.” so’zidan keyin keltiriladi.

7. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI HIMOYA QILISH

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va muqovalangan ikki nusxadagi BMI uning electron varianti bilan birga talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, BMI talab darajasida bajarilganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Ilmiy rahbar taqrizida mavzu dolzarbligi, BMI maqsad va vazifalari muallif tomonidan qay darajada yoritilganligi va ularga qay darajada erishilganligi, ishning ilmiy jihatdan yangiligi, natijalarning asoslanganligi, xulosa va takliflar sifati, talabaning ilmiy tahlil qila olish qobiliyati va faolligi, ishning bitiruv ishlariga qo’yiladigan talablarga mosligi ko’rsatiladi va ish himoya qilishga tavsiya qilinadi. Kafedra mudiri taqdim etilgan materillar asosida BMI ni talaba tomonidan YaDAK da himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar kafedra mudiri talabaning BMI ini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida BMI rahbari

Page 27: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

27

ishtirokida muhokama etiladi va kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi. Himoyaga kiritilgan BMI taqrizga yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarga ish beruvchi soha mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchilar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasasining professor va o’qituvchilari ham jalb etilishi mumkin. Taqrizda BMI mavzusi dolzarbligi, ishning tuzilishi, tarkibi va qisqacha mazmuni, ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, xulosa va tavsiyalarning nechog’lik asoslanganligi, to’g’riligi va yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tugallanganlik darajasi, ishning kamchiliklari ko’rsatiladi va ishning bitiruv ishlariga qo’yiladigan talablarga qanchalik muvofiqligi e’tiborga olinib, umumiy xulosa chiqariladi. Arxiv, axborot-resurs markazi va kafedralarda saqlanayotgan yoki internet resurslardan foydalanib, aynan kochirib olinganligi rasmiy himoyagacha aniqlanib, tasdig’ini topgan bitiruv ishlari kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan, rektor buyrug’i bilan bekor qilinadi va bitiruvchiga qoniqasiz baho qo’yiladi, BMI rahbari esa keyingi uch yil davomida bitiruv ishlariga rahbar etib tayinlanmaydi. Fakultet dekani BMI ni taqrizlar bilan birga himoya qilish uchun YaDAK ga taqdim etadi. BMI ni himoya qilish tartibi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to’g’risida Nizomda” belgilangan. Bitiruv ishlari mavzusi, mazmun-mohiyati va xususiyatlariga muvofiq ularning himoyasini tashkil etish va o’tkazishning boshqa shakllari oily ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tomonidan o’rnatilishi mumkin. Bitiruv ishlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentasiya) shaklida tashkil etiladi va o’tkaziladi. Buning uchun yetarli darajada maxsus jihozlangan auditoriyalar belgilanadi. BMI himoyasi YaDAK ning ochiq majlisida o’tkaziladi.

BMI himoyasida YaDAK kotibi himoyachining familiyasi, ismi va sharifini, BMI mavzusini, ilmiy rahbar familiyasini e’lon qilib, ishni himoya qilish uchun kerakli hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga nechog’lik muvofiqligi haqida ma’lumot beradi. Shundan keyin ishning asosiy mohiyatini bayon qilish uchun talabaga so’z beriladi.

Page 28: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

28

BMI ni himoya qilishga 10-15 minut vaqt ajratiladi. Ishni himoya qilishni shunday rejalashtirish kerak-ki, shu 10-15 minut vaqt ichida YaDAK a’zolariga BMI maqsadi, unga yetishish usullari, natijalar va xulosalarni to’liq yetkazish lozim.

Yaxshi ishdangina yaxshi ma’ruza qilish osonligi ma’lum. Xuddi shunday, yaxshi ishni yomon ma’ruza bilan osongina buzib qo’yish mumkin. Bu ma’ruzachini mutaxassis sifatida baholashda muhim ahamiyatga ega. Ma’ruza vaqtida o’zini tutishi, dalillar zanjirini ochishda mantiqiylik, savollar va e’tirozlarga javoblari - bularning hammasi ma’ruzachining ichki dunyosini, shaxsiy sifatlarini namoyon qiladi. Shuning uchun ham har qanday ma’ruza malakaviy deb qaralishi kerak.

Ma’ruzani quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi: muammoni ta’riflash, tadqiqot maqsadini belgilash, shu maqsadga qanday erishilganligini ko’rsatish, so’ngra hamma aytilganlarni qisqacha xulosalash kerak.

Ma’ruza matnini ko’rsatilgan tarkibda oldindan tayyorlash kerak. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, odatda matnning har bir beti 2-2,5 minut og’zaki nutqni talab qiladi. 10-15 minutlik ma’ruza uchun 4-5 betlik matn yetarli bo’ladi.

Ma’ruza mazmunini YaDAK a’zolariga samarali tarzda yetkazish uchun uni zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentasiya) shakli tayyorlash lozim.

Ma’ruzani BMI mavzusini aytishdan boshlamaslik kerak. Uni, yuqorida aytilgandek, talabaga so’z berishdan oldin YaDAK kotibi e’lon qiladi. Chiqishni «Hurmatli komissiya!» deb boshlab, yuqorida ko’rsatilgan reja bo’yicha davom ettirib ketish kerak.

Ortiqcha so’zlarni va informasiya bermaydigan gaplarni ishlatmasdan, aniq gapirish kerak. Masalan, «O’tkazilgan tadqiqotlar - juda muhim» deyish noto’g’ri. Ishning muhimligi haqida gapirish kerak, lekin bunda u nima uchun muhimligini aytish kerak. O’z ma’ruzasini va auditoriya oldida o’zini tutishni har doim nazorat qilib turish kerak. Hech qachon doskaga qarab, ya’ni auditoriyaga teskari turib gapirmaslik kerak. Ma’ruzani qog’ozga qarab o’qimaslik kerak.

Grafiklar, rasmlar, jadvallar aniq va tushunarli bo’lishi, ular hamma tinglovchilarga yaxshi ko’rinishi kerak. Buning uchun harflar va raqamlar o’lchamlari yetarlicha katta, grafiklardagi chiziqlar yetarlicha qalin, shriftlar aniq bo’lishi, so’zlar va satrlar orasida yetarlicha joy

Page 29: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

29

qoldirilishi kerak. Jadvalni faqatgina ma’lumotni grafik tarzda keltirish mumkin bo’lmagan holda ko’rsatish mumkin. Har bir grafikda ma’lumot miqdorini kamaytirish kerak, qo’shimcha ma’lumotlarni og’azaki aytish mumkin.

Ma’ruza so’ngida qisqa va aniq qilib, xulosa qilish kerak. Chiqishni «E’tiboringiz uchun rahmat!» deb tugatish maqsadga muvofiq.

Bitiruvchi o’z ma’ruzasini himoyadan oldin tanqidiy fikrlovchi kishilar oldida soatga qarab mashq qilsa yaxshi bo’ladi. Agar talaba 1-2 kurslardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullangan, ilmiy to’garaklarda faol qatnashib kelgan, talabalar ilmiy konferensiyalarida ma’ruzalar qilib kelgan bo’lsa, BMI himoyasi yengil o’tadi.

Ma’ruzadan keyin bitiruvchiga savollar berilishi mumkin. Savollarga aniq va to’liq javob berishga harakat qilish lozim. Shundan keyin so’z ilmiy rahbarga beriladi. U o’z taqrizini o’qib berishi yoki fikrini og’zaki bildirishi mumkin. So’ngra so’z taqrizchiga beriladi. Taqrizchi BMI bo’yicha o’z mulohazalarini aytadi. Agar taqrizchining tanqidiy mulohazalari bo’lsa, ularga javob berish uchun so’z yana bitiruvchiga beriladi. Aniq javob berish uchun bitiruvchi himoyadan oldin taqriz bilan tanishib, javob matnini tayyorlab qo’yishi kerak.

Shundan so’ng BMI bo’yicha ilmiy munozara boshlanadi. Unda himoyada hozir bo’lgan barcha professor-o’qituvchilar, soha mutaxassislari, talabalar qatnashib, BMI bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Munozara tugagach, bitiruvchiga yakunlovchi so’z beriladi. Unda bitiruvchi o’zining ishi bo’yicha yakunlovchi fikr-mulohazalarini aytishi va ishni bajarishda unga yaqindan yordam bergan kishilarga o’z minnatdorchiligini bildirishi mumkin.

BMI bo’yicha YaDAK ning qarori yopiq majlisda qabul qilinadi va bu qaror himoya o’tgan kuni e’lon qilinadi.

Himoyadan keyin BMI da aniqlangan xatolar va noaniqliklarning tuzatilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Yuqorida aytib o’tilgandek, BMI ikki nusxada tayyorlanishi kerak. Himoya vaqtida BMI ning bir nusxasi YaDAK da, ikkinchi nusxasi taqrizchida bo’ladi. Himoyadan keyin BMI ning asl nusxasi taqrizlar bilan birgalikda YaDAK kotibiga, ikkinchi nusxasi ish bajarilgan kafedraga topshiriladi.

Page 30: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

30

YaDAK ga topshirilgan BMI himoyadan so’ng dekan tomonidan o’quv bo’limiga topshiriladi va u kamida 10 yil oliy ta’lim muassasasida saqlanadi. Har xil sabablar bo’yicha (tadbiq etish, tanlovlar va h.k.) BMI ni boshqa tashkilot yoki xodimlarga topshirish zaruriyati tug’ilsa, ularga ishning nusxasi beriladi, ishning asl nusxasi oliy ta’lim muassasasida qoldiriladi.

Page 31: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

31

FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR

1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni // Oliy ta’lim: Me’yoriy hujjatlar to’plami / Tuzuvchilar: B.X.Rahimov, Sh.D.Jonboyev, V.U.Yodgorov va boshq.; Akad. S.S.G’ulomov tahriri ostida. - Toshkent: Sharq, 2001. - 3-15 b.

2. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi // O’sha yerda. - 18-52 b.

3. Oliy ta’lim haqida Nizom // O’sha yerda. – 235-251 b. 4. Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini

bajarishga qo’yiladigan talablar (O’R Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 9 iyundagi 225-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan).

5. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to’g’risida Nizom (O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan).

6. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va rasmiylashtirishning namunaviy tartibi (O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 30 maydagi 159-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan).

7. Muxitdinov M., Potapov A.I. Podgotovka i zashita dissertasii: Nauchno-metodicheskoe posobie. - Tashkent: VAK RUz, 2005. – 176 s.

8. Pravila oformleniya dissertasii i avtoreferata / Pod red. prof. M.M.Muxitdinova. – Tashkent: VAK RUz, 2004. – 22 s.

9. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.Ye. Ilmiy ijod metodologiyasi. – Toshkent: Moliya, 2002. – 124 b.

Page 32: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

32

1-ILOVA BITIRUV MALAKAVIY ISH BO’YICHA

TOPSHIRIQ SHAKLI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv bo’limi boshlig’i __________ (imzo, muhr) _____________________________

«____» _____________ 20 __ _yil

Bitiruv malakaviy ish bo’yicha TOPSHIRIQ VARAQASI

1. Fakultet ____________________________________________________ 2. Yo’nalish ___________________________________________________ (kodi, to’liq nomi ) 3. Kafedra_____________________________________________________

4.Ijrochi:________________________________________________________ (F.I.Sh.) 5.Mavzu:________________________________________________________

_____________________________________________________________ Mavzu universitet Ilmiy kengashining «____»_____________20 ___yildagi

_______ sonli qarori bilan tasdiqlangan. 6. Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik,

ilmiy-texnik, mehnat muhafazasi, hayot xavfsizligi va h.k.) ahamiyati ______ _______________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

7. Bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy, o’quv-uslubiy va boshqa axborot manbalari (darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruzalar matni, monografiya, ilmiy maqolalar va h.k.)

1. _________________________________________________________ 2. _________________________________________________________ 3. _________________________________________________________

8. Bitiruv malakaviy ish bo’yicha ma’lumotlar to’plash hamda tadqiqot ishlari olib borish manbalari va joylari (o’quv zali va xonalari, ilmiy kutubxona, laboratoriya, tashkilot, korxona, ilmiy yoki ta’lim muassasasi) _______________________________________________________________

Page 33: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

33

9. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi:

Ishning mazmuni Taxminiy

hajm (bet) Ijro

muddati Izoh

1 Masalaning qo’yilishi. Mavzuning

dolzarbligi, yechilishi yoki o’rganilishi lozim bo’lgan masalaning mohiyatini va maqsadini yoritib berish (kirish qismi)

2 Mavzu bo’yicha ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish (yordamchi mulohaza va faktlar)

3 Olib borilgan tajribalar, tadqiqot ishlari, natijalarni tahlil qilish va tartibga solish (paragraf, bob, bo’lim yoki qismlar bo’yicha)

4 Olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati bo’yicha xulosa berish hamda tadbiq sohalari va usullariga oid takliflar tayyorlash

5 Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirish va uning himoyasi uchun zaruriy ko’rgazmali vositalarni (jadvallar, rasmlar, grafiklar, diagrammalar, maket, stend va h.k.) tayyorlash

6 Dastlabki himoyaga tayyorgarlik ko’rish va himoyaga chiqish matnini tayyorlash

10. Ilmiy maslahatchilar:

Maslahatchi Bo’limlar Topshiriq Izoh

Kafedra mudiri_______________________________________

Ilmiy rahbar__________________________________________ Topshiriqni bajarishga oldim ____________________________ «____»________________ 20___ y.

Page 34: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

34

2-ILOVA BIBLIOGRAFIK TAVSIF NAMUNALARI

KITOBLAR

Mualliflar soni bittadan uchtagacha

Jen P.De. Fizika jidkix kristallov: Per. s angl. - Moskva: Mir, 1977.

– 400 s. Ataxodjayev A.K., Tuxvatullin F.X. Spektralnoye raspredeleniye intensivnosti v krile linii rasseyaniya jidkostey i rastvorov. – Tashkent: Fan, 1981. – 124 s. Tuxvatullin F.X., Fayzullayev Sh.F., Yakubov A.A. Molekulyar fizikaning tanlangan boblari: Uslubiy qo’llanma. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2003. – 114 b.

Mualliflari soni uchtadan ko’p

IK spektroskopiya molekulyarnix kristallov s vodorodnimi svyazyami / L.M. Babkov, G.A. Puchkovskaya, S.P. Makarenko, T.A. Gavrilko; Otv.red. M.T. Shpak; AN Ukraini, In-t fiziki. - Kiev: Naukova dumka, 1989. – 160 s.

Individual muallifga ega bo’lmagan

Zamonaviy ilm-fan va texnologiyaning eng muhim muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislar to’plami (Jizzax, 2004 yil 14-15 may). - Jizzax, 2004. – 230 b.

AVTORLIK GUVOHNOMASI

A.s. 1007080 (SSSR). Ustroystvo dlya izmereniya vremeni ustanovleniya perexodnogo prosessa / V.A.Teles, V.P.Degtyarenko, A.N.Shavelin //Otkritiya. Izobreteniya. 1983. №1.

Page 35: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

35

PATENT Pat. 4025192 (USA) Optical measuring method / K.P.Schöldström,

H.Marks. - Publ. 24.05.77. DISSERTASIYA

Mamatov Z.U. Agregasiya molekul v jidkostyax i struktura polos

spektrov kombinasionnogo rasseyaniya sveta: Dis .... kand. fiz.-mat. nauk. - Samarkand, 2002. – 131 s.

DISSERTASIYA AVTOREFERATI

Tashkenbayev U.N. Issledovaniya mejmolekulyarnogo

vzaimodeystviya i molekulyarnix relaksasionnix prosessov v kondensirovannoy faze veshestv metodom spektroskopii kombinasionnogo rasseyaniya sveta. Avtoref. dis. ... d-ra fiz.-mat. nauk. - Tashkent, 1999. – 35 s.

HUJJATNING TARKIBIY QISMI

Jurnaldagi maqola

Yakubov A.A. Study of molecular structure and interactions in

partially fluorinated liquid crystal by infrared spectroscopy // J. Mol. Struct. - 2000. - V. 519. - P.205-209. Spektri kombinasionnogo rasseyaniya i mejmolekulyarnoe vzaimodeystviye v muravinoy kislote i yeye rastvorax / F.X.Tuxvatullin, U.N.Tashkenbayev, A.J. Jumaboyev, G. Murodov, X.X. Xushvaktov, A.A. Absanov // Xim. fiz. –2003. - T.22, №6. - S. 26-29.

Konferensiya, simpozium va sh.k.lardagi maqola

Yakubov A., Boboyeva F., Nurimov U. Mexanizm termoindusirovannoy poteri «pamyati» sistemi jidkiy kristall-aerosil // Hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari: II Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Termiz, 2004 yil 15-17 aprel). - Termiz: TerDU nashriyoti, 2004. - 178-179 b.

Page 36: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

36

3-ILOVA BITIRUV MALAKAVIY ISHNING TITUL VARAG’I

NAMUNASI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Fizika fakulteti

“Optika va spektroskopiya” kafedrasi

Davidova Gavhar Akmalovna

PIRONIN BO’YOQLARI ERITMALARIDA MOLEKULALARARO

O’ZARO TA’SIRNI SPEKTROSKOPIK O’RGANISH

«5140200 – Fizika» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISH Ilmiy rahbar_____(I.Sh.F.) «____»__________20__ y.

Bitiruv malakaviy ish “Optika va spektroskopiya kafedrasida bajarildi. Kafedraning 20__ yil “__” _________dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (____ -bayonnoma).

Kafedra mudiri _______(I.Sh.F.) Bitiruv malakaviy ish YaDAKning 20__ yil “__”__________dagi majlisida himoya qilindi va ____ ball bilan baholandi (____-bayonnoma). YaDAK raisi: ________________ A’zolari: ________________ ________________ ________________ ________________

Samarqand-20__

Page 37: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

37

4-ILOVA BITIRUV MALAKAVIY ISH ANNOTASIYASI SHAKLI

Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti bitiruvchisi

.........................…………ning «5140200 – Fizika» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun «...……...........................»

mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining ANNOTASIYASI

Mavzuning dolzarbligi: Tadqiqot obyekti va predmeti: Ishning maqsadi va vazifalari: Tadqiqot usuli va uslubiyati: Olingan asosiy natijalar: Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Qo’llanish sohasi. Xulosa va takliflar: Ishning hajmi va tuzilishi:

Rahbar_________________________ (imzo) (F.I.Sh.)

Talaba_________ ________________ (imzo) (F.I.Sh.)

Page 38: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

38

MUNDARIJA

Kirish..........................................................................................3 1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari...4 2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi....................................4 3. Bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilish.................................5 4. Bitiruv malakaviy ishni bajarish.............................................6

4.1. Bitiruv malakaviy ishni bajarish bosqichlari.................6 4.2. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini aniqlash................8 4.3. Tajribaviy tadqiqotlar o’tkazish...................................10 4.4. Tadqiqotni tahlil qilish va rasmiylashtirish..................12

5. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash........................................13 5.1. Bitiruv malakaviy ishga qo’yiladigan umumiy talablar……………………………………………….13 5.2. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va tarkibi..............14

5.2.1. Kirish................................................................14 5.2.2.Adabiyot sharhi va tanlangan yo’nalishni asoslash...........................................15 5.2.3.Tajriba qismi......................................................15 5.2.4.Natijalar va ularning muhokamasi.....................15 5.2.5.Xulosa................................................................15 5.2.6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati....................16 5.2.7.Ilovalar...............................................................17

5.3. Bitiruv malakaviy ishni yozish...................................18 6. Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirish..............................20

6.1. Umumiy talablar...........................................................20 6.2. Titul varag’i..................................................................20 6.3. Topshiriq varaqasi........................................................21 6.4. Annotasiya...................................................................21 6.5. Mundarija.....................................................................21 6.6. Rubrikasiya..................................................................21 6.7. Grafik tasvirlar.............................................................22 6.8. Jadvallar.......................................................................23 6.9. Formulalar....................................................................24 6.10. O’lchov birliklari........................................................25 6.11. Ilovalar.......................................................................25 6.12. Havolalar....................................................................26 6.13. Izohlar........................................................................26

Page 39: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

39

7. Bitiruv ishini himoya qilish.................................................26 Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar....................................31 1-ilova. Bitiruv malakaviy ish bo’yicha topshiriq shakli........32 2-ilova. Bibliografik tavsif namunalari...................................34 3-ilova. Bitiruv malakaviy ishning titul varag’i namunasi.....36 4-ilova. Bitiruv malakaviy ishi annotasiyasi shakli................37

Page 40: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM ...ziyonet.uz/uploads/books/3602/53f6f1620421b.pdfSAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH,

40

BAKALAVRLIK BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH, RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH

Muharrir – S.Tohirov Musahhih – E.Qulahmedov Texnik muharrir – G.Asrorova

_________ da bosishga ruxsat etildi. ______buyurtma, _______bosma taboq, hajmi 60x84 1/16. Adadi_____ nusxa.

SamDU Nashr-matbaa markazi bosmaxonasida chop etildi.

140104, Samarqand sh., Universitet xiyoboni, 15.