bitiruv malakaviy ishi - ziyonet.uzziyonet.uz/uploads/books/47828/544a22986d9c3.pdf · -...
TRANSCRIPT
1
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI
«TABIYOT FANLARI» FAKULTЕTI
«GЕOGRAFIYA VA UNI O’QITISH MЕTODIKASI» KAFЕDRASI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultеt dеkani
____________P.Mirxamidova
«____» ____________2013 yil
5140500-«Gеografiya va iqtisodiy bilim asoslari» ta'lim yo’nalishi
402-guruh talabasi
Rеjеpova Dilfuza Absattarovnaning
«O’zbekiston ichki suvlari va ularning ekologik xolatini o’qitish metodikasi»
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: «Gеografiya
va uni o’qitish mеtodikasi»
kafеdrasi katta o’qtuvchisi,
______ A.Tokliyev
Ilmiy maslaxatchi: «Gеografiya
va uni o’qitish mеtodikasi»
kafеdrasi kat.o’qt, g-m.f.n
___________A.Nizomov
«Himoyaga tavsiya etilsin»
«Gеografiya va uni o’qitish
mеtodikasi» kafеdrasi mudiri
_______g.f.n. N.R.Alimkulov
«____»____________2013 yil
TOSHKЕNT – 2013 yil
2
Mundarija
Kirish.________________________________________________3-4
I – bob. O’zbekiston ichki suvlari umumiy
tavsif__________________________________________________5-8
1.1. O’zbekiston
daryolari._____________________________________________8-12
1.2.O’zbekiston ko’llari va suv
omborlari.___________________________________________12-17
1.3. Yer osti suvlari._______________________________________________17-
18
1.4. O’zbekiston suv boyliklari va ularni muhofaza
qilish.________________________________________________18-20
II – bob. O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’qitish
metodikasi.___________________________________________21-23
2.1. O’zbekiston ichki suvlarini o’qitishda an’anaviy metodlardan foydalanish
xususiyatlari.______________________________23-24
2.2. O’zbekiston ichki suvlarining ekologik holatini o’rganishda pedagogik
texnologiyalarni qo’llash._____________________24-27
III – bob. O’zbekiston ichki suvlarini o’qitishda ta’lim texnologiyalarini
qo’llash.______________________________27-29
3.1. O’zbekiston ichki suvlari mavzusini o’qitishda modulli ta’lim
texnologiyasidan foydalanish.___________________________29-38
3.2. O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni vuxofaza qilishning
mavzusini interfaol usullarda o’qitish texnologiyasi……………… 39-48
Xulosa_______________________________________________________49-50
Foydalanilgan adabiyotlar
ro’yhati______________________________________________________51
3
Kirish
Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston XXI – asr bo’sag’asida:
havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida
O’zbekistonning ichki suvlari haqida ham fikrini bildirib “O’zbekistonning
ekologik havfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda, suv zaxiralarining shu jumladan
yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta
tashvish tug’dirmoqda. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va xatto
yer osti suvlari ham xar taraflama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda deb
ta’kidlaganlar. Haqiqatdan ham suv resurslari xalq xo’jaligining turli sohalarda
samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish hozirgi kunning eng dolzarb
masalalaridan biridir.
Hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotining juda tez rivojlanib kelmoqda va
o’qituvchilar oldiga yangi talablarni qo’ymoqda. O’qituvchilar zamon talabiga
javob berishlari uchun darslarni an’anaviy metodlardan foydalanib emas, balki
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishi zarur. “O’zbekiston ichki
suvlari va ularning ekologik holatini o’qitish metodikasi”ni o’qitishda
o’quvchilarda nafaqat bilim va ko’nikmalarni shakillantirishi, balki yurtimizga
bo’lgan iftihor, g’urur tuyg’ularini, vatanparvarlik hissini, atrof muhitga e’tibor
kabi tuyg’ularni shakllantirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekistonda kadrlar tayyorlasshning milliy dasturiga binoan barkamol
avlodni tarbiyalashda o’quvchilarga beriladigan bilimni sifati ularning qobiliyatlari
va kelajakdagi hayot tajribalariga xos dunyoqarashni o’stirish, mustaqil fikrlashga
o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirishda “O’zbekiston ichki suvlari va
ularning ekologik holatini o’qitish metodikasi” mavzusini mukammal
o’rganishning ahamiyati katta. Unda o’quvchilarni O’zbekiston ichki suvlari,
ularning iqtisodiy ahamiyati, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvlarni
muhofaza qilish kabi bilim, ko’nikma, malakalirini egallashlari va tabiatga
ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, ayniqsa suv resurslarini muhofaza qilishga
o’rganishlari zarur.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o’qitish jarayonida o’quvchilarga
ta’lim tarbiya berish, bilim, ko’nikma, malakalarini xosil qilish usul va shakllarini,
o’qitish texnologiyalarini tahlil qilish mobaynidaO’zbekiston ichki suvlari va
ularning ekologik holatini o’qitish metodikalarini ishlab chiqish lozim.
“O’zbekiston ichki suvlari va ularning ekologik holatini o’qitish
metodikasi”mavzusidagi
4
BMI mavzusining maqsadi:
O’zbekiston ichki suvlari va ularning ekologik xolatini o’qitish
metodikasini ishlab chiqish.
BMIning vazifalari:
- O’zbekiston ichki suvlariga umumiy tavsif berish.
- O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’qitish metodlari asosida
O’zbekiston ichki suvlari mavzusini o’qitish metodlarini tahlil qilish.
- O’zbekiston ichki suvlari va ularning ekologik xolatini o’qitishda
ta’lim texnologiyalarini qo’llash mohiyatini va samaradorligini
o’rganish
- O’zbekiston ichki suvlari va ularni muhofaza qilish mavzusini
modulli va interfaol usullarda o’qitish texnologiyalarini ishlab
chiqish.
I – bob. O’zbekiston ichi suvlari umumiy tavsifi.
O’zbekiston O’rta Osiyo xududining markaziy qismini ishg’ol etganidan
uning gidrologik xususiyatlari butun O’rta Osiyo xududlarining gidrologik
xususiyatlaridan katta farq qilmaydi. Ma’lumki daryo va ko’llarning ko’p yoki oz
bo’lishi, ularning suv rejimi avvalo o’sha joyning iqlim sharoitiga bog’liq boladi.
O’zbekiston xududining o’ziga xos gidrologik xususiyatlari bor. Bu
xususiyatlar, dastlab, xududning geografik o’rni va tabiiy sharoitiga bog’liq.
O’zbekiston Yevrosiyo materigining uzoq ichki qismida joylashishi,
iqlimining quruqligi, yog’in kam yog’ishi, bulutsiz va yozgi jazirama kunlarning
ko’p bo’lishi tufayli, bu yerda yirik cho’llar xosil bolgan. Cho’llar esa o’z
navbatida xududning gidrologik sharoitiga kata ta’sir ko’rsatadi.
Iqlimning quruq bo’lishiga qaramay O’zbekistonda daryolar, ko’llar, yer osti
suvlari kabi suv boyliklari ko’p. Shuni ta’kidlash joizki, ichki suvlar O’zbekiston
xududiga bir tekis joylashmagan. Bizga ma’lumki, O’zbekiston xududining 78.7%
maydoni tekisliklardan iborat. Tekisliklarda esa daryo tarmoqlari juda kam. Qolgan
5
21.3% tog’lik qismida ko’plab suv xavzalarini, ayniqsa daryolar ko’pligini
kuzatish mumkin. Bunday xolat O’zbekistonning ikki xil tabiiy geografik
kenglikdan, ya’ni tekislik va tog’li o’lkalardan iborat bo’lishidandir. Tog’larda
yog’in ko’p yog’adi, nam esa kam bug’lanadi. Balanad tog’larda xavo uzoq
muddat sovuq bolib turganidan katta qorli dalalar va yirik muzliklar vujudga
kelgan.
Rel’ef ichki suvlarga, shu jumladan oqim hosil bo’lish jarayoniga bevosita hamda
tabiiy geografik omillar, ayniqsa iqlimiy omillar orqali bilvosita ta’sir etadi.
Chunki tog’ yon bag’irlarining ko’pincha tik bo’lganligi tufayli yog’gan yomg’ir,
erigan qor va muz suvlari tezda pastga oqib tushib, soy va daryolarni hosil qiladi.
Bundan tashqari tog’larda mutlaq balandlikni ortib borishi tufayli yog’in ko’proq
tushadi, xaroratning pastligi oqibatida qalin qor qoplami hosil bo’ladi va
muzliklarni to’yintirib turadi. Qor va muz suvlarning erishi natijasida yer osti
suvlarining hosil bo’lishiga, daryolarni to’yintirib turishiga qulay sharoit yaratadi.
Respublikamiz ichki suvlari landshaft unsuri sifatida o’z navbatida
tabiatning boshqa unsurlariga ta’sir etadi va ular bilan uzviy aloqada rivojlanadi.
Ichki suvlar Respublika yer yuzasi rel’efini o’zgartiradi, tuproq hosil bo’lishida,
o’simliklarning rivojlanishiga ta’sir etadi. Ichki suvlar Respublika halq xo’jaligi va
maisshiy turmushida muhim ahamiyatga ega.
Respublika ichki suvlari, hususan daryo oqimining o’zgarishida kishilarning
xo’jalik faoliyati ham muhim omillardan biriga aylanib qoldi. Shunki
O’zbekistonning tekislik qismida unumdor, lekin qurg’oqchil yerlarning
mavjudligi ularni sug’orishni taqozo etadi.Buning uchun esa daryolardan ko’plab
sug’orishga suvlar olinadi, oqibatda ularning oqimiga ta’sir etib, ba’zilari ma’lum
xavzaga yetib bormasdan tog’dan tekislikka chiqqach suvi juda kamayib, qurib
qoladi. Shuningdek kishilar yerlarni sug’orish uchun sersuvli daryo havzasidan
kanallar qurib kamsuvli daryo havzasiga uning bir qismi suvini burib yuborib,
daryolarning suv oqimini qayta o’zgartiradi. Bunga Zarafshon suvining bir qismi
Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor daryosiga, Amu-Buxoro magistral kanali
orqali Amudaryo suvining bir qismini Quyi Zarafshonga burib yuborilganligi
yaqqol misoldir.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shuni ko’rish mumkinki,
O’zbekistonnig tog’li qismi bilan tekislik qismining gidrologik xususiyati bir –
biriga butunlay qarama qarshidir. Chunki uning tog’li qismida namlik to’planib,
uning bir qismi bug’lansa, bir qismi oqar suvlarni, yana bir qismi shimilib, yer osti
suvlarini xosil qiladi, tog’larda ularning ko’p qismi tabiiy drenajga ega
bo’lganligidan daryo tarmoqlariga qayta kelib qo’shilsa, qolgan qismi tekislikdagi
yer osti suvini to’yintirib turadi. Tog’dan boshlanadigan daryolar, tekislik qismiga
chiqqach ularning suvlari ko’plab bug’lanadi, shimiladi, sug’orishga sarflanib,
6
ko’pchilik daryolar suvi ozayib, ma’lum xavzaga yetmasdan cho’llar ichida yo’q
bo’lib ketadi.
Keyingi yillarda kishilarning xo’jalik faoliyati Respublikamiz daryo oqimiga
emas, balki ko’llarning joylashishiga, yer osti suv sathining o’zgarib turishiga ham
ta’sir etmoqda. Sug’oriladigan mintaqada va unga yaqin bo’lgan joylarda ekin
dalalarini sug’orish davrida yoki tuproq sho’rini yuvish vaqtida yer osti suvining
tabiiy drenaji sekin bo’ladigan joylarda uning sathi ko’tarilib, tuproqning qayta
sho’rlanishiga olib kelmoqda. Jumladan , Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon,
Mirzacho’l, Qarshi cho’lini misol keltirish mumkin.
Yer osti suvining tabiiy siljishi sekin bo’lgan, qayta sho’rlangan joylarda
zovur – drenajlar qurib, yer osti suvini sug’oriladigan mintaqadan tashqariga
chiqarib tashlash oqibatida esa bir qancha sho’r ko’llar vujudga kelmoqda. Bundau
ko’llarga Respublikamizdagi Aydor, Tuzkan, Arnasoy, Sudoche, Sariqamish,
Sho’ko’l, Somonko’l, Ulug’sho’rko’l, Oqko’l kabilarni yaqqol misol keltirish
mumkin.
Shunday qilib, so’ngi yillarda Respublikamiz ichki suvlarining gidrologik
xususiyatlaridagi o’zgarishlar kishilarning xo’jalik faoliyatiga ham sezilarli
darajada ta’sir etmoqda.
Qor vamuzliklar yozgi issiqda tezda va ko’plab eriydi. Suv tog’lardan oqib
tushib Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon kabi yirik daryolarni xosil qiladi. Demak,
tog’lar tufayli bu yerda suv zaxiralari ko’p bo’ladi. Shu boisdan tog’larda daryolar
nihoyatda ko’p va ularning suv yig’adigan xavzasi ham g’oyat kata. Tekisliklarda
esa aksincha, bir necha yuz kilometr masofada birorta daryo uchramasligi mumik.
Tekisliklardagi oqar suvlar faqat tog’daryolardan yoki kata daryolarning sizib
o’tgan suvidan va tog’oldi zonalaridagi buloq suvlardan yuzaga keladi. Tog’lardan
oqib keladigan ko’plab yer suv daryolar tekislikda, lyossli qiya tekisliklarda kanal
va ariqlarga tarqalib, sug’orishga sarf bo’ladi, suvning bir qismi bug’lanib ketadi,
qolgan yana bir qismi yerga singadi. Natijada ko’pgina daryolar uzoq joylarga
yetib borolmay, cho’lda tugaydi.Cho’llarning o’zida birorta daryo xosil bo’lmaydi.
Bu yerlarda yer osti suvlarigina bo’lishi mumkin.
O’zbekistonda ko’llar ham notekis joylashgan. Ko’llarning ham joylashishi
iqlim, relef va boshqa tabiiy sharoitlarga bog’liq. O’zbekiston ko’llarining
ko’pchiligini tekisliklarda, katta daryolarning vodiy va deltalarida, vohalarda
joylashgan. Cho’l qismida deyarli ko’llar hosil bo’lmagan. Tog’li o’lkalarda
ko’llar bo’lsa ham, ko’pchiligi juda balandda, 2000m – 3000m va undan ham
balandda joylashgan.
Yirik daryolarning vodiylari va deltalarida, yoyilma konuslar etagida,
sug’orish kanallaridan suv sizib keladigan yerlarda, past joylarida botqotlar
uchraydi.
7
1.1 O’zbekiston daryolari.
O’zbekiston daryolari okean va dengizga quyilmaydi, materikning uzoq ichki
qismidagi berk xavzasidagi daryolar bo’lgani uchun ham o’ziga xos rejim va
xususiyatga egadir.
Respublikamiz xududining tekislik va tog’li o’lkalaridan ekanligi uning
gidrologik xususiyatiga katta ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston daryolari asosan tog’lardan boshlanib, tekislikka chiqqach
sug’orishga sarflanib, yerga shimilib, bug’lanib suvi kamayib qoladi. Shu sababli
ayrim daryolar cho’llarga borib qumlarga singib ketadi. Masalan Zarafshon,
Qashqadaryo kabi daryolar cho’llarda bir necha ko’llarga aylanib ketadi yoki
quruq deltalarda tugaydi. Faqatgina Amudaryo va Sirdaryo orol dengiziga
quyiladi.
O’zbekiston hududida daryo tarmoqlarining zichligi bir xil emas. Respublika
yer maydonining 71 foizini ishg’ol qilgan tekislik qismida daryo tarmoqlari juda
siyrak joylashib, har kv.km maydonga 2m. uzunlikdagi daryo to’g’ri keladi.
Vaholanki, hamdo’stlik hududi bo’yicha daryo tarmoqlarining o’rtacha zichligi har
k v.km maydonga 140metrdir.
Respublikamiz hududining 17 foizini ishg’ol qilgan adirlar qismida esa
daryo tarmoqlari nisbatan zichlashib boradi. Lekin bu yerlardan juda ko’p
sug’orish shaxobchalari (ariq, kanal) boshlanib, ularning suvini har tomonga
tarqatib, sug’orishga sarflab yuboradi.
O’zbekiston yer maydonining 12 foizini ishg’ol qilgan tog’li qismda har
kv.km maydonga o’rtacha 140 – 150m. uzunlikdagi daryo tarmoqlari to’g’ri
keladi.
Respublikamiz hududida daryo tarmoqlarining zichligi bir xil emasligi eng
avvalo uning rel’efiga, iqlimiy hususiyatlariga bog’liq. Shu sababli rel’efi baland,
sernam, yog’inga nisbatan xaroratning pastligi tufayli bug’lanish kam bo’lgan
potensial bug’lanish tog’li qismida yoqqan yog’inning ko’p qismi oqimga aylanib,
soy va daryolarni hosil qiladi. Ma’lumotlarga ko’ra Respublika tog’larining g’arbiy
qismida yiliga 1000 – 1500 mm gacha yog’in tushadi. Bu esa tog’larning g’arbiy
yonbag’ridan boshlanuvchi Norin, Zarafshon, Chirchiq, Qoradaryo kabi
daryolarning sersuv bo’lishiga sababchi bo’lgan. Respublikamiz tekislik qismida
esa, aksincha, yoz issiq, quruq, seroftob bo’lib, yillik yog’in miqdori 80 – 200 mm
atrofida, lekin mumkin bo’lgan bug’lanish esa 1500 – 2000 mm ga yetadi. Bunday
iqlimiy sharoitda oqimning vujudga kelishi juda qiyin. Shu tufayli Respublikamiz
tekislik qismida daryo tarmoqlari juda siyrak.
Shunday qilib, Respublikamiz tog’li qismi bu qor – muz, yomg’ir suvi
yig’iladigan, yer usti va yer osti suvlari vujudga keladigan mintaqa bo’lsa,
8
aksincha, uning tekislik qismi esa o’sha tog’lardan oqib kelayotgan suvlarni
sarflaydigan mintaqadir.
Tog’ tizmalarining nam havo oqimiga ochiq va ularning yo’nalishiga ro’para
bo’lgan tog’larning janubi – g’arbiy va g’arbiy yog’in ko’proq tushadigan
yonbag’irlarida suv yig’adigan maydonlari suvga eng serob hisoblanadi. Shu
sababli Hisor tog’ining janubi – g’arbiy yonbag’ridan, g’arbiy Tyanshanning
janubi – g’arbidan suv oluvchi daryolar Pskom, Ugom, Ko’ksuv, Surxondaryo va
Qashqadaryoning ayrim irmoqlarining oqim moduli suv yig’ilish maydonlarining
nisbiy sersuvligi katta. Bu joylarda tog’larning 3000m balandliklarida bir kv.km
maydondan sekundiga 30 – 50 litr oqim vujudga keladi. Aksincha, Respublikamiz
tog’larining shimoliy, sharqiy yonbag’irlarida, hususan, Oloy, Turkiston,
Zarafshon, Hisor tog’larining shimoliy, sharqiy yonbag’irlarining 3000m baland
qismlarida bir kv.km maydonga sekundiga 7 – 12 litr oqim to’planadi.
O’zbekiston tog’li qismida oqim moduli yana uning mutloq balandligiga
ham bog’liq. Tog’larning quyi qismida 1000 – 1500mm balandliklarda oqim
modulining miqdori bir km2 yuzadan sekundiga 0.5 – 1.0 oqim vujudga keladi,
1500 – 2000m balandlikda 7 – 10 litr, 2000 – 2500m balandliklarda 10 – 17 litr,
2500 – 3500m balandliklarda esa 20 litrdan ortiq oqim vujudga keladi. G’arbiy
Tyanshan va Hisor tizmalarining janubi – g’arbiy yonbag’irlarida 2500 – 3500m
balandliklarda bu ko’rsatkich 30 – 50 litrga to’g’ri keladi. Shu sababli Respublika
tog’larining 3000m balanddan boshlanuvchi daryolari Pskom, Ugom, Ko’ksuv,
To’palong, Tanxoz, So’x sersuv, aksincha, past tog’lardan boshlanuvchi daryolari
Oxangaron, Sangzor, Zaminsuv, Sherobod, G’uzordaryo, Tusunning suvi nisbatan
kam bo’lib, ayni yozda ozayib qoladi.
O’zbekiston daryolari asosan tog’ daryolari bo’lib, tez oqishi jarayonida
g’oyat katta yemirsh ishlarini bajarar va yiliga millionlab tonna xar hil tog’
jismlarini tekislikka oqizib keladi. V.L.Gulin bergan ma’lumotlarga ko’ra xar bir
kub m daryo suvida o’rtacha 1kg dan 5kg gacha loyqa bo’ladi. Amudaryo va
SHeroboddaryoning suvlari esa loyqa bolib, 3740 g/m3 Amudaryo suviga, 3140
g/m3, SHeroboddaryo suviga to’g’ri keladi. Zarafshon daryosida 1390 g/m
3,
Qashqadaryoda 1970 g/m3, Sirdaryoda 2170 g/m
3 suvi u qadar loyqa emas.
Daryolar o’rtacha yiliga xar bir kv km maydondan 100 – 200 tonnadan, ayrim
daryolar 2000 tonnadan ortiq tog’ jinslarini yuvib ketadi.
Havzasini eng kam yuvadigan daryo Chirchiq bo’lib, undagi tog’ jinslarni
yuvish 50 tonna km2 dan oshmaydi.
O’zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo’yicha bir hil emas.
Respublika maydonining 71% dan iborat tekislik qismida daryolar juda siyrak
bo’lib hark v km maydonga daryoning 2m uzunlikdagi qismi to’g’ri keladi.
Aksincha, 29% maydonni egallagan tog’ va adirlarda daryolar tarmog’i zich.
9
Bunga asosiy sabab, Tog’larda tekislikdagiga nisbatan yog’inlar ko’p tushadi,
harorat past bo’lganidan mumkin bolgan bug’lanish va shimilish kam bo’ladi.
Natijada yog’inning ko’p qixmi daryo oqimiga aylanadi. Shu sababli, Amudaryo,
Sirdaryo, Zarafshon,Chirchiq kabi daryolar tog’lardan boshlanganligi uchun
sersuvdir.
O’zbekistonning tog’ daryolari tor o’zanda, tez shiddat bilan oqadi. Ular
asosan, tagini yuvib sharshara va ostonalar hosil qilib kema qatnoviga yaroqsiz,
lekin gidroenergiyaga boy. Tekislikka chiqqach, daryolar keng vodiyda
tarmoqlanib, ilonizi o’zan hosil qilib, sekin oqadi, ko’proq qirg’oqlarini yemiradi.
Bu daryolar kema qatnovi uchun qulaydir.
O’zbekistondagi ko’p daryolarning bosh qismi Tojikiston va
Qirg’izistondagi doimiy qor va muzliklari ko’p bo’lgan baland tog’larda
joylashgan. Bunday daryolarning suvi yozda tog’dagi muzliklar va doimiy qorlar
eriganda ko’payadi.
O’zbekiston hududidagi tog’larning qaysi qismidan va past tog’lardan
boshlanuvchi daryolar qor, yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinadi.
Respublikadagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, So’sh, Isfara kabi
daryolarning bosh qismi 4500m dan baland tog’lardagi muzliklar va doimiy
qorlarning erishidan to’yinadi. Natijada ularning suvi iyun – avgust oylarida
ko’payib, yillik oqim miqdorining 30 – 38% tashkil etadi. Chunki bu oylarda havo
haroratining ko’tarilishi tufayli tog’larning baland qismidagi muz va qorlar tez
eriydi. Daryo suvining eng kamaygan davri qish oylariga to’g’ri keladi.
O’zbekistonning Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surhandaryo kabi
daryolar qor va muz suvlardan to’yinadi. Bu daryolar suvuning asosiy qismini
qoralarning, qisman muzlarning erishidan to’playdi. Bu daryolarda suv may –
iyun oylarida juda ko’payib ketadi va yillik oqimning 30 – 40%ni o’tkazadi.
Suvning kamayishi dekabr – fevral oylariga to’g’ri keladi.
Respublikamizda Qashqadaryo, G’uzardaryo, Sangzor, Ohangaron,
G’ovasoy kabi daryolar balandligi 3400m dan ortmaydigan tog’lardan boshlanadi.
Bu daryolarning suvi ertaroq, ya'n’ aprel – may oylarida qorlarning erishi
natijasida ko’payadi va yillik oqimning 60% shu oylarga to’g’ri keladi. Yozda
daryolar suvi kamaya boshlaydi.
O’zbekistonning 2000m dan past tog’laridan boshlanuvchi Zominsuv,
Sheroboddaryo, Tursundaryo kabi daryolar ko’plab soylar qor, yomg’ir va yer osti
suvlaridan to’yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi erta bahorda mart – aprel
oylarida juda ko’payadi va yillik oqimning 80%ni tashkil etadi. Chunki bu davrda
tez – tez yomg’ir yog’adi, qorlarning erishi tezlashadi. Aksincha, yozning
ikkinchi yarmida daryolar suvi juda kamayib, bazi soylarning suvi qurib qoladi.
10
Qirg’oqlar eroziyasi kuchli bo’lganligidan daryolarning suvi ancha loyqa.
Masalan, Amudaryoning 13m suvida - 3740, Sheroboddaryoda - 3140,
Zarafshonda – 1390, Qashqadaryoda – 1970, Sirdaryoda – 2170gr loyqa bor.
O’zbekiston daryolari tog’li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning
ko’p qismi muzlamaydi. Faqat nishabi kam bo’lgan keng vodiylardagina qisman
yoppasiga muzlashi mumkin. Tekislik qismidagi daryolar esa bir – ikki oy
muzlaydi lekin Respublikaning januby qismidagi daryolar muzlaydi.
1.2. O’zbekiston ko’llari va suv omborlari.
O’zbekiston hududida ko’llar nisbatan kam bo’lib, ular notekis joylashgan.
Respulikamizda joylashgan ko’llarning aksariyati kichik bo’lib, mahalliy
ahamiyatga ega. O’zbekiston hududidagi ko’llar qozonining paydo bo’lishi
jihatidan bir xil emas. Lekin ularning ko’pchiligi tekislik qismida daryo
vodiylargajoylashgan qayir ko’llaridir. Aksincha, Respulikamiz tog’li qismidagi
ko’llar va to’siq(to’g’on), morena va tektonik ko’llardir.
O’zbekiston hududidagi ko’llar soni (5360ta ko’l) 100% desak, shuning
56.5% uning tekislik qismida, 43.5% esa tog’li qismida joylashgan. Lekin suv
yuzasi maydonning kattaligi jihatdan tekislikdagi ko’llar oldinda bo’lib, 67% ni
tashkil etadi.
O’zbekiston hududining tekislik va tog’li qismida ko’llar notekis
joylashgan. Respulikamiz tog’li qismining 1000 – 2000m balandliklarida (87ta
ko’l mavjud) kamroq, aksincha, 2000 – 3000m balandliklarida (165ta ko’l
mavjud) ko’proq, 3000m dan baland qismida esa ko’p (2083ta ko’l)joylashgan.
Lekin bu ko’llar maydoni kichik bo’lib, ularning eng muhimlari Isfayram daryo
havzasidagi Shovurko’l, Nihnach, Qorataka, Chotqol – 1, Chotqol – 2,
Shohimardon yaqinidagi Qubbonko’l, Ohangaron havzasidagi Arashan, Sherobod
havzasida joylashgan Kanbeshbuloq ko’li va boshqalar.
O’zbekiston hududidagi ko’llarning ko’pchiligi uning tekislik qismida,
hususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan,
ulaning quyi qismlarida joylashgan.
Bu ko’llarning ko’pchiligi sayoz va sho’r bolib, bahorda hamda daryo suvi
ko’paygan vaqtda suvlarga to’lib, yozning ohiriga borib suvi juda ozayib,
sayozlashib ba’zilari qurib, botqoqlik shoshakka aylanib qoladi. O’zbekiston
tekislik qismida ko’llar kelib chiqishi jihatidan turlichadir. Ba’zilari daryo
vodiylarining pastqam joylarida hosil bo’lib, yomg’ir, qor, irigatsiya
shahobchalarining tashlama suvlari yoki yer osti suvlaridan, ba’zan esa daryolar
toshganda sizib brogan suvidan to’yinib turadi. Bunday ko’llar berk ko’llar
hisoblanib, suvi sho’r ba’zilarining suvi yozda qurib qolib, tagida tuz cho’kib
11
qoladi, ba’zilari botqoqli joyga aylanadi. Bu turdagi ko’llar Sirdaryo, Amudaryo
va Zarafshon daryolarining vodiyalri bo’ylab joylashgan.
Tekislikda yana “Efemer” yoki davriy tuzli ko’llar ham mavjud. Bunday
ko’llar kichik, sayoz bo’lib, yomg’ir jala tariqasida yog’ganda yoki bahorgi qorlar
tez eriganda hosil bo’ladi, so’ngra yana qurib qoladi, ba’zan esa bir necha yillar
suvga to’lmay qurib yotadi.
O’zbekistonning tekislik qismida eski daryo o’zanlarida ko’llar ham
mavjud. Bunday ko’llar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo kabi
daryolarning qaysi qismidagi qadimiy o’zanlaridada joylashgan. Bu turdagi
ko’llarining suvi agar daryodan tamomila, ajralmagan bo’lsa, chuchuk bo’ladi,
agar daryodan ajralib qolsa, sho’r bo’ladi. Bunday turdagi ko’llarning rejimi
daryo rejimiga bog’liqdir.
O’zbekiston hududining tekislik qismida so’ngi yillarda insonlar tomondan
vujudga keltirilgan ko’llar soni ortib bormoqda. Bu turdagi ko’llar ekin
dalalaridan oqib chiqayotgan zovur suvlarini erkin ekiladigan maydondan
tashqaridan tabiiy chuqurliklarga tashlash oqibatida vujudga kelmoqda.
Sug’oriladigan maydonlardan chiqarilib tashlanadigan zovur suvlarning
to’planishidan vujudga kelgan ko’llar (Sariqamish, Aydar, Arnosoy, Dengizko’l,
Qoraqir va boshqalar) esa o’ta sho’r bo’lib, tarkibida xar hil kimyoviy zaharli
moddalar uchraydi. Bu ko’llarning suv sathi ekin dalalarni sug’orish davrida
ko’tarilib qishda ancha pasayib qoladi.
O’zbekiston hududidagi asosiy ko’llar Orol, Mirzacholdagi Arnasoy,
Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko’l, Kuntako’l,
Damko’l, quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko’l, Abilko’l, Oqko’l,
Sudoche, Bo’zatovko’l, Zokirko’l, Tubanko’l, va boshqalar. Bu ko’llar kichik
bo’lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10.0km2 gacha yetadi.
O’zbekiston hududidagi eng katta tektonik yo’l bilan vujudga kelgan ko’l
Orol dengizidir.
O’zbekistonda so’ngi yillarda sun’iy suv havzalari, suv omborlar ko’plab
qurilgan. Bu suv omborlar asosan daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi,
qishki, kuzgi suvlarni to’plab, yozda ekin dalalariga berish uchun qurilgan
mavsumiy bo’lib, asosan sug’orish maqsadi uchun barpo etilgan.
O’zbekiston suv omborlari sathining o’zgarishi daryo rejimiga va suv
xo’jaligi talabiga bog’liq. Qishloq xo’jalik ekinlari uchun suv kerak bo’lmaganda
va ayniqsa bahorgi daryolarning to’lin suv davrida omborlarga suv to’planib
uning sathi ko’tarilsa, aksincha yozda to’plangan suv sug’orishga sarflanib, suv
sathi pasayib qoladi.
O’zbekistonda suv omborlari ko’p bo’lib, ularning eng muhimlari
Qayroqqum, Tuyamo’yin, Chorbog’, Andijon, Kattaqo’rg’on, Janubiy Surhon,
12
Chimqo’rg’on, Quyimozor, Pachkamar, Tuyabo’g’iz, Karkidon, Uchqizil va
boshqalardan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Kattaqo’rg’on suv ombori.O’zbekistonda dastlabki suv ombori Zarafshon
vodiysida qurilgan bo’lib, Zarafshon vodiysida unumdor yer ko’p, ammo daryo
suvi oz, kerak yerlarni suv bilan ta’min eta olmaydi. Toshqin vas el suvlarini,
qishda bekorga oqadigan suvni jamg’arish maqsadida Kattaqo’rg’on shahridan
5.5km janubda tabiiy chuqurdan foydalanib 1941 – 1945 yillarda suv ombori
qurildi. 1941 – yilda uzunligi 4 km, balandligi 28 m tuproq to’g’on ko’tarildi.
Keyinchalik balandligi 31.5 m ga yetkazildi. Keyinchalik suv omborining hajmi
yildan – yilga ko’paytirib borildi va 1954 – yilda loyihada ko’rsatilgan miqdor
662mln/m3 ga yetkazildi va umumiy suv sig’imi 1mlrd/m
3, suv yuzasining
maydoni 90km2, uzunligi 22km, kengligi 12km, chuqurligi 20m ga yetdi. Bundan
tashqari, uzunligi 40km atrofida bo’lgan suv keladigan va suv chiqariladigan 2 ta
kanal qazildi.
Kattaqo’rg’on suv ombori Samarqand va Buxoro viloyatlarida paxtachilik
va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olish va ularni yanada
rivojlantirishga katta yordam berdi. Natijada 65ming ga yerni sug’orib, 384 ming
ga yerning suv ta’minotini yaxshiladi. Suv omborida xo’jalikning yangi tarmog’i
– baliqchilik barpo etildi. Hozir har yili o’rtacha 240 – 250s baliq ovlanmoqda.
Zarafshon daryosining quyi qismidagi tumanlarni toshqin suvi bosishi
xavfidan saqlash hamda Qorako’l va Olot tumanlarida sug’orish ishlarini yanada
yaxshilash maqsadida Quyimozor suv ombori qurildi. Quyimozor suv
omborining dastlabki suv xajmi 280mln m3, maydoni 16.2 km
2, eng keng joyi 5
km, o’rtacha chuqurligi 17 m, eng chuqur joyi 40 m dan ortiq bo’lsa, 1968 – yili
uning suv xajmi 350 mln m3, suv yuzasi esa 17.3 kv.km ga yetdi. Bu suv
omborining qurilishi natijasida Buxoro viloyatida 25 ming ga yerning suv
ta’minoti yaxshilandi.
Tuyabo’g’iz suv ombori. 1960 – yilda Ohangaron daryosining o’rta
qismida Tuyabo’g’iz suv ombori – “Toshkent dengizi” qurildi. Bu suv
omborining suv sig’imi 250 mln kub m dan oshadi va Chirchiq, Ohangaron
vodiylaridagi yerlarni sug’orish ishlarini yaxshilashbilan birga yerni o’zlashtirish
imkonini berdi. Suv ombori Chirchiq, Ohangaron daryolaridagi mavsumiy
suvlarini tartibga solidi.
Surxondaryo vodiysida unumdor yerlar ko’p. O’zbekistonning eng issiq
o’lkasida subtropik ekinlardan mo’l hosil olsa bo’ladi. Biroq suv tanqisligi
bundan to’liq foydalanishga keng imkon bermaydi. Qishloq xo’jaligini. Birinchi
navbatda ingichka tolali ipak paxta ekishni yanada rivojlantirish va ekinlardan
mo’l hosil olish maqsadida 1957 – 1958 yillarda Surxondaryo quyi qismida
Termizdan biroz shimolroqda Uchqizil suv ombori qurildi. Bu suv ombori
13
Surxondaryo o’ng sohilida qator tizilib ketgan va uchlamchi davr qizg’ish
qumtoshlaridan iborat pastgina Uchqizil tepaliklari orasidagi chuqurliklarda hosil
bo’ldi.
Andijon suv ombori. Qoradaryoning Kampirrovot darasida qurilgan. Unda
1 mln 750 ming kub m suv to’planadi.
Andijon suv ombori O’zbekiston va Qirg’izistonda 265 ming ga obikor
yerning suv ta’minotini yaxshilaydi va 24 ming ga yangi yerni sug’oradi.
Chorbog’ suv ombori. Chirchiq daryosida Xo’jakent qishlog’i yaqinida
1960 – 1973 yillar davomida qurilgan. Chorbog’ suv ombori, energetika va
irrigatsiya masalalarini xal etadi. Suv omborining hajmi 2 mlrd. kub m ga teng.
To’g’on yonida quvvati 600kvt bo’lgan GES ishga tushirilgan.
Chorbog’ suv ombori Chirchiq, Ohangaron, Kalas vodiylaridagi 355 ming
ga obikor yerning suv ta’minotini yaxshilaydi va 150 ming ga yangi yerni
sug’orishga imkon beradi.
Chimqo’rg’on suv ombori. 1964 – yilda Qashqadaryo viloyatining o’rta
qismida qurilgan. Xajmi 500 mln. kub m. bu suv ombori va qayta qurilgan
Eskianhor kanali tufayli Qashqadaryo vodiysida 125 ming ga obikor yerning suv
ta’minoti yaxshilandi va 76 ming ga yangi yer sug’orildi.
Pachkamar suv ombori. 1968 – yilda g’uzordaryoda qurilgan. Suv sig’imi
280 mln kub m. suv ombori 15 ming ga yangi yerni sug’orishga va 5 ming ga
obikor yerning suv ta’minotini yaxshilashga imkon beradi.
Tuyamo’yin suv ombori. Quyi Amudaryoda Tuyamo’yin tangisida
qurilgan, suv sig’imi 7.3 mlrd kub m.
Ohangaron suv ombori.Toshkent viloyatining Ohangaron daryosi
o’zanida qurilgan gidrotexnik inshoot. 1989 yilda ishga tushirilgan. Umumiy
xajmi 260 mln m3, to’g’onning maksimal balandligi 100 m, suv o’tkazish
imkoniyati 480 m3/sek. Ohangaron daryosi suvini mavsumi tartibga soladi.
Toshkent viloyatining Ohangaron, O’rta Chirchiq, Piskent va Bo’ka tumanlaridagi
yerlar sug’oriladi.
1.3. Yer osti suvlari
Yer osti suvlari O’zbekistonnign muhim tabiiy boyligidir, Respublikamiz
hududida ularning katta zahirasi mavjud. Agar ulardan to’la foydalanilsa,
sekundiga 450 – 500 kub/metr suv olish mumkin.
Respublikamizda yer osti suvlarning tarqalish joyini geologik tuzilishi,
relefi, iqlimi hususiyatlari va daryolariga bog’liq. Yer osti suvlari zahiralari
14
ko’proq O’zbekistonning tekislik qismida va tog’ vodiylarida joylashgan. Yer osti
suvlari gurunt (sizot suvlari), artesian (qatlamlar orasidagi), suvlaridan va mineral
suvlardaniborat. Artezian suvlari ko’pincha toza va chuchuk bo’ladi.
Gurunt suvlar yer betiga yaqin joylashgan paytda ular buloq bo’lib oqib
chiqadi yoki quduq qazib olinadi. Gurunt suvlari yog’inlar, daryo, ariq, ko’l, suv
omborlarining suvi yerga sizilishidan hosil bo’ladi.
Qatlamlar orasidagi suv ancha chuqurda joylashgan bo’lib bosimli va
bosimsiz bo’ladi. Qatlamlar orasidagi suv ko’proq botiqlarda to’planadi va bosim
ostida ekanligidan otilib chiqadi. Bunday suvlar artizan suvlari deyiladi.
Qatlamlar orasidagi suv gurunt suviga qaraganda toza, chuchuk va tiniq bo’ladi.
O’zbekistonda bir qancha artizan havzalari bo’lib, ularning eng muhimlari
Farg’ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surhandaryo vodiylarida, Mirzacho’l,
Toshkent botig’ida, Qizilqum va Qarshi chollarida joylashgan.
Peleazoy va Mezazoy davr yotqiziqlari asosida 1500 – 3000m
chuqurliklarda issiq mineral suvlar joylashgan. Bu suvlarning harorati 40o – 70
oc
ga yetadi. Bu suvlar tarkibida turli xil minerallar (karbonat kislota, vodorod sulfit,
yod, brom, litiy, baziy va h.klar bor. So’ngi yillarda O’zbekistonda 60dan ortiq
shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi. Bularning eng muhimlari Toshkent,
Chortoq, Farg’ona, Chimyon, Oltiariq va boshqa mineral suvlaridir.
O’zbekistonda hozir yiliga 1.53km atrofida yer osti suvlaridan
foydalanilmoqda. Yer osti suvlaridan asosan sug’orishda, qishloq va shahar
aholisni hamda chorvachilikni suv bilan ta’minlashda, shuningdek, uy ro’zg’or,
maishiy xo’jalikda, davolanish maqsadlarida foydalanilmoqda.
1.4. O’zbekiston suv boyliklari va ularni muxofaza qilish.
Suv boyliklari qishloq xo’jaligini, aholini, uy – ro’zg’or va ma’ishiy
xo’jalikni, sanoatni suv bilan ta’minashda, elektr energiyasi olishda, baliq
ovlashda, rekratsiya maqsadlarida foydalanilgan yer usti va osti suvlaridan iborat.
Suv boyliklari asosida daryolarning ahamiyati ayniqsa kata. Hozirgi vaqtda
O’zbekistonda daryo suvlari bilan 4.2mln ga yer sug’orilmoqda. Buning uchun
umumiy uzunligi 150ming km da ortadigan ariqlar orqali Orol havzasidagi yalpi
suv boyligining yarmidan ortiqrog’idan foydalanilmoqda. O’zbekistonda ariqlar
avvalo sug’orish uchun, qisman elektr quvvati olish va aholini suv bilan
ta’minlash uchun qurilgan.
O’zbekiston daryolari sanoat va maishiy xo’jalikning suvga bo’lgan
talabini qondirishdaham muhum ahamiyatga ega. Chunki biror sanoat tarmog’I
yoqk, unda suv ishlatilmasin.
Respublikamiz hududidagi daryolarning patensial energiyasi 8.8mln kvt
bo’lib O’rta Osiyo daryolari energiya resurslarining 13%ga teng. O’zbekiston
15
daryolari energiya resurslari jihatidan O’rta Osiyoda Tojikiston va
Qirg’izistondan so’ng uchinchi o’rindadir.
Respublikamizda gidroenergiya resurslaridan foydalanish maqsadida
Chirchiq daryosida Chorvoq, Xo’jakent, G’azalkent, Sirdaryoda – Uchqo’rg’on,
Farhod, Qoradaryoda – Andijon GES lari qurilgan.
O’zbekiston daryolaridan, shuningdek baliq ovlashda qisman transportda
ham foydalaniladi.
So’ngi yillarda sug’oriladigan yerlar meliorativ holatining yahshilanishi
sababli zovur suvlarning ko’payishi, sanoatdan, maishiy xo’jalikdan, transport
korxonalaridan, chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos suvning bir qismi
daryolarga tashlanmoqda.
O’zbekistonda sanoat tarmoqlari, maishiy – kommunal xo’jaligi va
sog’lomlashtirish tashkilotlari yiliga 7.5 – 8.0 kub.km atrofida suv oladi. Bu
suvning 15% sarflansa qolgan 85% ifloslangan qisman tozalangan, yoki umuman
tozalanmasdan, tabiiy havzalarga oqizib yuborilmoqda. Natijada daryo suvlari
ifloslanib, undagi organik hayotga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli
O’zbekiston suv boyliklarini toza saqlash ularga tashlanadigan suvlarni iloji
boricha tozalash lozim. Sug’oriladigan zonadan chiqadigan va tarkibida zaharli
kimyoviy moddalar, ya’ni xar hil turlar bolgan zovur suvlarini daryolarga
oqizishga yo’l qo’maslik kerak.
16
Suvni ifloslanishi
Tabiiy ifloslanish Radioaktiv
ifloslanish
Sun’iy ifloslanish
Neft maxsulotlari
Kosmik changlar
Shamol,dovul,q
uyun
Yog’in va sel
O’simlik va
hayvonlarning
chirishi
Metallurgiya
snoati
Mashinasozli
k sanoati
Yoqilg’i
sanoati
Energetika
sanoati
Tog’ kon
sanoati
Mashinalarga texnik
yordam ko’rsatish
korxonalari
Avtobazalar
Kimyo sanoati
Kimyoviy og’itlar va
pestisidlar
Zovur suvlari
Parrandachilik
fermalari
Maishiy komunal
xo’jalik
Yengil sanoat
Qurilish materiallar
sanoati
Boshqa sanoat
korxonalari
Qog’oz – sellulaza
sanoati
Chorvachilik
komplekslari
O’rmon va
yog’ochsozlik sanoati
Individual xo’jalik
chiqindilari
Boshqa oziq – ovqat
korxonalari
M
in
er
al
ifl
os
la
ni
sh
Or
ga
nik
ifl
osl
ani
sh
Yog’ zavodlari
Sutni qayta
ishlash
korxonalari
Sog’liqni saqlash
tashkilotlari
Qushxonalar
Pivo – vino
zavodlari
Lagerlar va dam
olish uyi
chiqindilari
Teri – ko’n
zavodlari
17
II – bob. O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’qitish metodikasi
Geografiya ta’limining vazifasi va mazmuni o’quvchilar faoliyatini
faollashtirishni taqazo etadi.
An’anaviy geografiya ta’limi metodida og’zaki bayon (suxbat, tushuntirish,
hikoya, ma’ruza), bilim manbalari (darslik, xarita va jixozlar, jadvallar) bilan
ishlash asosiy o’rin egallaydi.
Bilim manbalari asos qilib olingan ta’lim metodlari o’quvchi uchun zarur
bo’lgan bilim faoliyatini ta’minlashi birmuncha qiyin.
Mazkur ta’lim metodlarida turli yoshdagi o’quvchilarning aqliy va
tafakkurlari xususiyatlarini bilish faoliyatining faollashtirish usullari nazariy va
amaliy bilimlarni o’zlashtirishdagi tafovutlari, ta’lim dalillarini hisobga
olinmagan. Demak o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish g’oyalarini
asos ettiruvchi ta’lim metodlarini izlash va amalda joriy etish uchun extiyoj
tug’iladi. Ta’lim metodi qo’yilgan didaktik maqsadlarga erishishga qaratilgan,
o’quvchining pedagogik faoliyati bilan o’quvchilarning ta’lim olish faoliyatini bir
– biriga bog’langan, tartibga solinmagan usullari tizimidir.
O’quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli
metod bilan o’zlashtiriladi. Shu sababli xar doim o’qituvchi oldida
muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o’qitish kamida o’qishga yordam beradigan
tanlash muammosi turadi.
Metod so’zi grekcha “Metodos” so’zidan olingan bo’lib aynan “Tadqiqot”
degan ma’noni anglatadi.
Metod o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini ta’minlash qoidasi olib borishini,
o’qituvchi o’quv materialini qanday va qay darajadatushuntirishi, o’quvchi uni
qanday o’zlashtirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning aloxida detallarini
usul deydiladi.
Ta’lim metodlari o’quv ta’lim jarayonining negizi bo’lib, ta’limda
rejalashtirilgan maqsadni oxirgi maqsadga bog’lovchi tarkibiy qism. U ta’limning
maqsadi, mazmuni, shakllarini, vositalarini aniqlashga yordam beradi.
“Metod” so’zi falsafiy lug’atda maqsadga erishish usuli, aniq tartibga
solingan faoliyat deb ta’riflangan.
18
Ta’lim metodlari samaradorlikni oshirish xozirgi vaqtda dolzarb
vazifalardan biridir. Ta’lim jarayonida qo’llanayotgan bir yoki birnecha metodni
afzal ko’rish mumkin emas. Unga xar tomonlama yondashish zarur,
muvaffaqiyatni ta’lim metodlari tizimi orqali ta’minlanadi. Xar bir metod o’ziga
xos afzalliklarga ega bo’lishi, kamchiliklardan xoli bo’lishligi xam mumkin.
Geografiya ta’limining eng muhim hususiyati o’qituvchi aksariyat
mavzularni o’qitishga og’zaki bayon metodlarini karta bilan uyg’unlashtirgan
xolda qo’llab samarali natijalarga erishishi mumkin. Xar bir ko’nikma, malaka
xilma – xil metodlarni qo’llashni talab qiladi. Chunki u yoki bu metodni tanlash
dars mavzusi, mazmuni, maqsadi, o’quvchilarning tayyorgarligini, o’quv jixozlari
bilan ta’minlanganligi kabi qator omillarga bog’liq hisoblanadi. Albatta dars
jarayonida kartani, jixozlarni to’g’ri tanlay bilish ham dars samaradorligini
kafolatlaydi.
O’zbekisnon ichki suvlari mavzusini o’rganishda ham ta’lim metodlari va
vositalarini to’g’ri tanlash muhim xisoblanadi. Umuman O’zbekiston tabiiy
geografiyasi kursi biliblar xajmining ko’pligi va xilma hilligi bilan ahamiyatli
hisoblanadi.
O’zbekiston ichki suvlari mavzusini o’qitishda kartografik qo’llanmalar
bilan ishlash dars jarayonini qiziqarli, muhim metodlaridan biri sanaladi. Chunki
o’quvchilar istagi geografik obekt yoki xududga ta’rif berish uchun kartaga
murojat qiladilar.
O’zbekiston ichki suvlarini o’rganishda xilma hil ko’rgazmali vositalar
qollanib, dars jarayoniga rasmlar, kinofilmlar, diofilmlar, slaydlardan unumli
foydalanish yaxshi natija beradi. Suxbat usullaridan foydalanishda ham karta
bilan ham ishlanadi, materiklarni, ularning aloxida qismlarini tushuntirish,
qiyoslash, yakka va umumiy tushunchalarini oydinlashtirishda keng qo’llanadi.
O’zbekiston ichki suvlari mavzusini o’qitishda reproduktiv uslub, ya’ni
bilimlarni tayyor rejalar asosida o’quvchilarning mustaqil egallashi ham keng
qo’llananishi mumkin. O’quvchilarning geografik obektlarni o’rganishlarida
tayyor rejalarni bilishi va ularni amalda qo’llashi bilimlarni mustaqil egallashda
keng imkoniyatlar yaratadi. Eng muhimi egallangan bilimlarning sistemali
bo’lishini ta’minlaydi.
O’zbekiston ichki suvlari mavzusi yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etish
ham muhim hisoblanadi.
Geografik ko’nikmalarni tashkillashtirishda bilim manbalari bilan ishlash
usullari ko’rsatiladi va unda ishlarning maqsadi tushuntiriladi. O’quvchilarda
ko’nikma hosil qilish bilan bog’liq bo’lgan xarakatlar tizimi tushuntiriladi.
19
2.1. O’zbekiston ichki suvlarini o’qitishda an’anaviy metodlardan
foydalanish xususiyatlari.
O’zbekiston ichki suvlari mavzusida o’quvchi Respublikamizning
daryolari,ko’llari, suv omborlari, kanallari va yer osti suvlari bilan tanishadilar.
Darslarning ko’p, ozligi, ularning oqimi va rejimining rel’efga va iqlimiga
bog’liqligi haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va konkretlashtiriladi.
Daryolarning O’zbekiston xududi bo’yicha joylashishi, ayrim daryo havzalarining
suv ayirg’ichlari Respublikaning tabiiy va iqlim kartalarini taxlil qilish, birbiriga
solishtirish yo’li bilan o’rganiladi. O’quvchilar O’zbekistondagi asosiy daryolarni
bilib oladilar, ularning o’rnini kartalarda aniqlaydilar. Ular darslarning o’ratacha
qiyaligini o’zlari hisoblab chiqib, oqish hususiyatlarining rel’eflarga bog’liqligini
aniqlaydilar.
O’zbekiston daryolarining to’yinishi va rejimi o’rganiladi.
Daryolarning kanal va ariqlarga suv chiqarishdagi, energiya manbayi
sifatidagi roliga aloxida to’xtalib o’tiladi.
Daryolardan keyin ko’llar, ularning vujudga kelishi, suv omborlari va
ukarning xo’jalikdagi ahamiyati, yer osti suvlari o’rganiladi. Umumta’lim
maktablari 7 – sinfida O’zbekistonning tabiiy gegorafik rayonlashtirishiga ko’ra
9ta tabiiy geografik o’lkaga bo’linadi. Dastur va taqvim mavzuviy rejaga ko’ra
O’zbekiston ichki suvlari va ularni muxofaza qilish mavzulariga umumiy 11 soat
ajratiladi. Ya’ni O’zbekiston ichki suvlari mavzusiga soat, regional qismidagi har
bir o’lkaning ichki suvlarini o’rganishga 1 soatdan 9 soat davomida o’rganiladi.
Mavzuga doir yangi materiallarni o’rgatishda an’anaviy metodikada
o’qitilishning og’zaki bayon metodining to’liq tushuntirish, suhbatlar, ma’ruza
kabi usullardan ko’rgazmali metodning kartografik usullaridan foydalanish,
mustaqil ishlarni tashkil etishga aloxida ahamiyat berilishi lozim.
Bundan tashqari daryo va ko’llarni o’rganishda o’qituvchining qiyoslash
metodidan foydalanishi yaxshi natija beradi.
II.2. O’zbekiston ichki suvlari va ularning ekologik xolatini
o’rganishda pedagogik texnologiyalarni qo’llash.
Zamonaviy geografiya darslariga qo’yiladigan asosiy talablardan biri
o’quvchilarning o’quv faoliyatlini tubdan o’zgartirish, faollashtirishdan iborat.
Faollik eng avvalo ta’limda, bilim olishda namoyon bo’lishi kerak. O’quvchilarni
faollashtirish orqali bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni DTS
talablariga moslashtiriladi, yaxshilanadi.
20
Geografiya darslarida o’quvchilar faoliyatini faollashtirish ular oldiga aniq
ta’limiy vazifalarini qo’yishdan boshlanadi. Ta’lim vazifalari darsda muammoli
vaziyatni vujudga keltiruvchi savol va topshiriqlardan iborat bo’lishi xam
mumkin. Muammoli vaziyatni yuzaga keltirilganda albatta hayot bilan
bog’lanishga e’tibor berish kerak.
Geografiya ta’limida har bir gegrafiya kursini, jumladan O’zbekiston tabiiy
geografiyasi kursini o’rganishda darslik, uning metodik jixozlari, ya’ni mavzular
matni, ilova qilinadigan kartalar, illiustriatsiyalari, sxema jadvallari, rasmlar,
savol va topshiriqlar bilan tanishtirib ulardan foydalanish yo’llarini ko’rsatib
berish maqsadga muvofiq.
O’quvchilar faolligini oshirish ular bilan pedagogik texnologiyalar asosida
umumlashtirish, xamkorlikda ishlashlari orqali amalga oshirilishiga samarador
bo’lishi hozirgi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi.
1998 – yil UNESKO tashkilotida “XXI – asrda oliy ta’limni yondashuv va
amaliy tadbirlar” mavzusida o’tkazilgan jaxon anjumani Dekloratsiyasi yani asrda
lafaqatomiy ta’limga bo’lgan talabning misli ko’rilmagan darajada o’sib borishi,
balki xalq ta’limida ham yosh avlodni bilim, g’oya va ko’nikmalarni egallashi,
ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy taraqqiyotda uning xal qiluvchi axamiyatga ega
ekanligini kechroq anglashga intilish kuchayishini ta’kidladi.
Pedagogik texnologiyalar mohiyati boshqa texnologiyalar bilan bir qatorda
tursada, xar bir texnologiyaning o’ziga xos metod va vositalari mavjud.
Pedagogik texnologiya o’qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida
o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson saloxiyati va texnik
resusrlarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli
metodlar majmuasidir.
Shunday ekan pedagogik texnologiya ta’limi jarayonining samaradorligini
oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchining
pedagogik va o’quvchining bilim faoliyatini uyg’un ravishda tashkil etish, mazkur
faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish metodlari, vositalari va
maqsadini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar
majmuasi deyish mukin.
Geografiya ta’limini samaradoligini oshirish uchun o’quvchilarning
geografik bilim olishlarini faollashtirish o’qituvchining eng qulay va samarali
usullarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish lozim.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun ularda
yuqori darajadagi motiv, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga bo’lgan ongli
extiyoj, natijalarning yuqoriligi va ijtimoiy normalarga mos xulqning tarkib
topishi kerak. Bunday faollikni vujudga keltirish o’qituvchining maqsadga
21
muvofiq pedagogik ta’sir ko’rsatishi va pedagogik, psixologik muxitni tashkil
etish maxoratiga bog’liq.
Geografiya ta’limida ham maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish qulay
ijtimoiy – psixologik muxitni vujudga keltirish o’qituvchi tomonidan
qo’llanadigan pedagogik texnologiyalarga ham bog’liq.
Didaktikada ular xar qanday texnologiya o’quvchilarning bilimfaoliyatini
faollashtirish, ta’limiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ana shunday psixologiyalardan quyidagilarini O’zbekiston tabiiy
geografiyasi kursini o’qitishda ham qo’llash va dars samaradorligini oshirish
mumkin.
1. Didaktik yo’li texnologiyasi.
2. Muammoli ta’lim texnologiyasi.
3. Modulli ta’lim texnologiyasi.
4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
5. Loyixalash texnologiyasi.
Bunday texnologiyalarni hususiy metodik darajadagi texnologiyalar
hisoblanadi. O’quvchilarning faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini
oshirishga berilgan texnologiyalarning o’ziga hos hususiyatga ega bo’lishi bilan
birdamlikda, ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi,
ijodiy faoliyatga yo’llovchi, kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat
usullarini shakllantirish, o’z faoliyatini tahlil qilish, kasbga yo’llash, mo’ljalni
to’g’ri olishga o’rgatish, xamkorlikni vujudga keltirish ishlari vazifalarini
bajaradi. Geografiya o’qituvchisi darsda o’rgatiladigan mavzuning ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini amalga oshirish, pedagogik
texnologiyalarning didaktik funksiyalarini hisobga olgan xolda qaysi
texnologiyadan foydalanishni ilmiy – metodik asisda tanlangandagina ko’zlangan
maqsadga va samaradorlikka erishiladi.
O’quvchilar pedagogic texnologiyalarning talablariga moslashish uchun,
muayyan ko’nikmalarni egallashlari uchun ta’lim – tarbiya jarayonidadastlab
pedagogik texnologiyalardan lokal darajada foydalanish lozim. Shundan so’ng
xususiy metodik darajada foydalanish maqsadga muvofiq.
An’anaviy ta’limda subekt – obekt munosabatlari yetakchi bo’lgan bo’lsa,
pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali obekt – subekt, munosabatlariga
o’tiladi. Buning uchun o’quvchilarda yetarlicha ko’nikmalarga ega bo’lish
imkoniyati yaratiladi.
Ta’lim – tarbiya berish jarayonida qo’llanadigan pedagogik texnologiyalar
jumlasiga “Insret”, “Klaster”, “Bumerang”, “Aqliy xujum”, “Kichik guruhlarda
ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Arra”, “Ven” diagrammasi kabi bir qator metodlar
kiradi.
22
O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o’qitishda yuqorida qayd etilgan
texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud.
O’zbekiston ichki suvlari va ularning ekologik xolatini o’qitishda ham
mazmuniga mos texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiq.
III – bob. O’zbekiston ichki suvlari va ularning ekologik xolatini
o’qitishda ta’lim texnologiyalarini qo’llash.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim mazmuni va sifatini islox qilish
xamda takomillashtirishga aloxida e’tibor qaratiladi.
Ta’lim sifati va usullariga qarab bilish faoliyati hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining
maxorati bilangina emas, balki o’quvchilarning istak – hohishi, qobiliyati, va
bilim darajasini ham belgilaydi.
Ta’lim uzoq davom etuvchi jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi
vositada beriladigan mavxum tushunchaga ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka ega, u
barchaga birdek davom etuvchi jarayon. Xar qanday mutaxasis ijodkor bo’lishi
o’z soxasi bo’yicha yangiliklarni hayotga tezda tadbiq eta olishi lozim. Ijodkor
tarbiyachi va o’qituvchi ham o’z sohasi, yo’nalishi bo’yicha pedagogik
texnologiyani amaliy, ilmiy va uslubiy o’rganishi xamda ta’lim jarayoniga tadbiq
eta olishi kerak.
Ma’lumki “pedagogik texnika” va “pedagogik texnologiya” ilgaridan
ishlatib kelingan. Shunga qaramay “texnologiya” tushunchasi asosan ishlab
chiqarishda qo’llangan. Texnologiya deyilganda, maxsulot ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshirilgan kishilarning xarakati va shu xarakatning xom ashyo,
material yoki yarim fabrikatlarini qayta ishlash, shaklini o’zgartirish uchun
amalga oshirilgan turli usullari majmuasi tushuniladi. Texnologiya ishlab
chiqarish darajasining ifodasidir. Pedagogik texnologiya tushunchasi ham
o’zgacha hususiyatlarni xisobga olgan holda o’z ta’rifiga va mazmuniga ega.
Pedagogik texnologiya doimo izlanishda bo’lib, mazmunan muayyan fanni
o’qitish jarayonida o’quvchilarga uning xar bir mavzusi bo’yicha yetkazilishi
lozim bo’lgan ma’lumotlarni eng qulay va samarali usullar bilan yetkazilishi
nazarda tutilgan. Xar bir fan yoki yo’nalish bo’yicha pedagogik
texnologiyalarning turli usullarining qo’llanishi tabiiy. Shu o’rinda
o’qituvchilarning turli darajadagi tajribala, bilim va ko’nikmalari, fanning
hususiyatlari, pedagogik qobiliyat va qator boshqa jixatlari pirovar natijada bilim
berishda samarali pedagogik texnologiyalarni yaratish, unga jaxon tajribasining
eng ulg’or, ustivor usullarni joriy etish, yuqori darajadagi o’qituvchilar
tayyorlashga erishish kabi maqsadlarni amalga oshirishda asosiy omillar sifatida
o’rganilishini taqozo etadi.
23
Pedagogik texnologiyaning samarasi o’zlashtirilgan mavzularning o’quvchi
tomonidan to’ldirish xarakati bilan baholanishi kerak. Eng asosiysi ta’lim
jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, o’qishga, izlanishga, u yoki bu
masalalarni hal etishini bosh maqsad qilib olish, uni eng oson, oddiy uslublarda
hal qilishga o’rgatishdir. Buning uchun ishni sinf o’qituvchilarining ruxiyatini,
mijozini o’rganish lozim. Darsga kirishdanoq o’quvchilar orasida pedagogik –
psixologik vaziatni tashkil etib, yuzaga keltirib, so’ng mavzuning maqsadini reja
asosida boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xar bir darsda ma’lum axborot, xabar, tushuncha, yangi fikr, his – tuyg’u,
bilim beriladi. Mustaqil fikr, tushuncha, tafakkur bilimlar to’plamiga ega bo’ladi.
Bu o’qituvchining pedagogik maxoratiga, san’ati, o’z kasbiga layoqati va
moyilligiga bog’liq bo’ladi.
Dars mavzusini bayon etish jarayonida o’quvchilarga notanish yangi
tushunchalar va atamalar, formulalar, sanalar, fikr, axborot, geografik nomlar va
xokazolarni ularning xotirasida mustaxkamlash bosh maqsad qilib qo’yiladi.
Geografiya ta’limida juda qo’l keladigan ushbu texnologiya o’qituvchidan
chidam, qunt, maxorat va izlanuvchanlikni talab qiladi.
Yangi mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchidan ham o’ta faollik, diqqat,
e’tiborini mavzuni o’rganishga qaratishi muhim hisoblanadi.
Bu jarayon ma’lum vaqt davom etib, mavzuni xamkorlikda o’qib
o’rganiladi. O’rganilgan bilimlar asosida mustaqil fikrlashi, xulosalashi, yangi
fikrlarning yuzaga kelishi, munozara, muxokamalar orqali olingan bilimlar
namoyon bo’lishiga erishiladi.
Ta’lim jarayoning navbatdagi etapida o’qituvchi o’z imkoniyatlari,
zaruriyatiga ko’ra og’zaki, yozma, test, suhbat va baxs – munozara o’tkazadi.
Dars jarayoni yakunida o’qituvchi mavzuning bosh maqsadini nazarda
tutib, asosiy fikrlarni bayon etib hulosalaydi va darsga yakun yasaydi.
Biz ushbu BMI mavzusini amalga oshirish jarayonida pedagogik
texnologiyalarni qo’llash bo’yicha tajriba sinov o’tkazishni rejalashtirdik. Shunga
ko’ra “Ozbekiston ichki suvlari va ularning ekologik xolati” mavzusida modulli
ta’lim texnologiyasi va interfaol usullarda o’qitish texnologiyasini ishlab
chiqishga xarakat qildik va ularni pedagogik amaliyotda tajriba sinovdan
o’tkazishni maqsad qilib oldik.
3.1. “O’zbekiston ichki suvlari” mavzusini o’qitishda modulli ta’lim
texnologiyasidan foydalanish.
Modulli ta’lim texnologiyalari ham boshqa texnologiyalar kabi
o’quvchilarning mustaqil ishlab ijodiy izlanish orqali o’quv – tarbiyaviy
jarayondan ko’zlangan maqsadlarga erishishga asoslanadi. Boshqa
24
texnologiyalardan farqli jixati modulli ta’lim texnologiyasi o’quv jarayonida
modul dasturi orqali qo’llaniladi.
Modulli dasturlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra:
1. O’quvchilarning yakka tartibda mustaqil ishlashga mo’ljallangan modul
dasturlari;
2 .Ikki o’quvchi hamkorligida ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari;
Modul dasturlarini yakunlashda o’quvchilarga moulning didaktik
maqsadini o’qib chiqish, o’z o’quv faoliyatini besh balli tizim bilan baholash
tavsiya etiladi.
Umumta’lim maktablarida geografiya predmetlari oddiydan
murakkablikka tomon bir – birini to’ldiradigan holda joylashtirilgan.
O’quv
faoliyati
elementi
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim
bo’lgan o’quv materaliga oid
topshiriqlar
Topshiriqlarni
bajarish
bo’yicha
ko’rsatmalar
Baxo
1.O’.F.E.
1.
2.
3.
4.
Maqsad: O’zbekiston ichki
suvlarining umumiy tavsifi.
Matnni diqqat bilan o’qib chiqib,
atlasdan O’zbekiston daryolarini
o’rganib quyidagi savol va
topshiriqlarni bajaring.
Daryo nima?
Ichki suvlar tarkibiga qanday suv
xavzalari kiradi?
Atlas ma’lumotlaridan foydalanib
daryo tarmoqlari, zichligi iqlimiga
bog’liqligini aniqlang.
Avvalgi bilimlaringizdan
foydalanib, daryo tizimi, xavzasi,
o’zani, qayiri, deltasi, manbayi va
mansabi tushunchalarini ta’riflang
O’quvchilar
guruhi bilan
hamkorlikda
ishlang.
Guruh bilan
o’tkaziladigan
savol – javobda
faol ishtirok
etibg.
25
2.O’.F.E.
1.
2.
3.
4.
5.
Maqsad: O’zbekiston daryolarining
to’yinish tiplari, qaysi havzaga
mansubligi, oqimi va rejimini
o’rganish.
O’zbekiston daryolari qaysi
havzaga quyiladi?
O’zbekistonda eng sersuv daryo
qaysi? Bu daryoning irmoqlarini
aniqlang.
O’zbekistonnig eng uzun daryosi
qaysi? Bu daryoning irmoqlarini
aniqlang.
Amudaryo va Sirdaryoga tavsif
bering.
Zarafshon, Qashqadaryo
daryolarining bir – biriga o’xshash
va farq qiluvchi xususiyatlarini
aniqlang.
O’quvchilar
guruhi bilan
hamkorlikda
ishlang.
Guruh bilan
o’tkaziladigan
savol – javobda
faol ishtirok
eting.
3.O’.F.E.
1.
2.
3.
4.
5.
Maqsad: O’zbekiston ko’llari va
ularni o’rganish.
Ilgari olgan bilimlaringiz asosida
ko’l tushunchasiga ta’rif bering.
Iqlim tabiiy kartalarini taqqoslab
nima uchun ko’llar Respublikamiz
hududida notekis joylashganini
aniqlang.
Ko’llar xosil bo’lishiga ko’ra
qanday turlarga mansub ekanligini
aniqlang.
Orol ko’lining satxi nima sababdan
pasayib borayotganligini qanday
muammolarni yuzaga
keltirayotganini aniqlang.
O’zingiz yashaydigan viloyatda
qanday ko’llar bor?
O’quvchilar
guruhi bilan
hamkorlikda
ishlang.
Guruh bilan
o’tkaziladigan
savol – javobda
faol ishtirok
eting.
4.O’.F.E.
1.
Maqsad: Suv omborlari, kanallar,
ularning xo’jalikdagi ahamiyatini
o’rganish.
Suv omborlari va kanallarni bunyod
O’quvchilar
guruhi bilan
hamkorlikda
26
3 O’quvchilarni kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan
modul dasturlariga ajratiladi.
O’qituvchi modul dasturini tuzish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
- O’rgatiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarini aniqlash. Shu maqsadlar asosida modulning didaktik
maqsadini belgilash, ya’ni o’quvchilar shu modul dasturi yordamida
mustaqil ishlab, qaysi bilimlarni o’zlashtirishi, ko’nikmalarni egallashi,
shaxsiy sifatlarni orttirishni lozimligi qayd etilgan;
2.
3.
4.
etilishidan maqsad nima?
Ilovadagi jadvaldan foydalanib, eng
muhim suv omborlarini aniqlang.
Karta va atlasdan foydalanib, eng
muhim kanallarni aniqlang.
Siz yashaydigan hududdagi suv
omborlari va kanallarni aniqlang va
daftaringizga belgilang.
ishlang.
Guruh bilan
o’tkaziladigan
savol – javobda
faol ishtirok
eting.
5.O’.F.E.
1.
2.
3.
4.
Maqsad: Muzliklar va yer osti
suvlari haqidagi bilimlarni
rivojlantirish.
O’zbekistonda yer osti suvlarining
qanday turlari mavjud?
Ular qanday manbalardan
to’yinadi?
Artezian suvi nima uchun otilib
chiqadi?
Muzliklarning ahamiyati haqidagi
fikrlaringizni bayon qiling.
O’quvchilar
guruhi bilan
hamkorlikda
ishlang.
Guruh bilan
o’tkaziladigan
savol – javobda
faol ishtirok
eting.
6.O’.F.E.
1.
2.
3.
4.
5.
Modul dasturini yakunlash.
Modul dasturini o’qib chiqing.
Siz qanday yutuqlarga erishdingiz?
O’zingizning o’quv faoliyatingizni
5 balli tizimda baholang.
O’quv faoliyatingizdan qoniqqan
bo’lsangiz “O’zbekiston ichki
suvlari” mavzusiga mansub
krossvord tuzing.
Agar o’z o’quv faoliyatingizdan
erishgan natijangiz o’zingizni
qanoatlantirmasa modul dasturi
asosida mavzuni qayta o’rganing.
O’quvchilar
guruhi bilan
hamkorlikda
ishlang.
Guruh bilan
o’tkaziladigan
savol – javobda
faol ishtirok
eting.
27
- Yangi mavzuning mazmunini mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga
ajratiladi;
- Har bir modulning didaktik maqsadidan kelib chiqib xususiy didaktik
maqsadi aniqlanadi;
- Har bir modul (qism)ni o’quvchilar mustaqil o’zlashtirishi uchun
topshiriqlar, topshiriqlarni bajarish uchun ko’rsatmalar tuziladi;
- Modulni yakunlash usullarini ishlab chiqishi.
O’quvchilarga modulning xususiy maqsadi, bajariladigan topshiriqlar
aytilgandan so’ng, har bir modulga o’quvchilar o’zlashtirishi uchun tegishli
vaqt ajratiladi. Keyin shu modul yuzasidan savol javob, o’quv bahsi va
munozara o’tkaziladi. Shu tariqa har bir modul ustida o’quvchilarning
mustaqil ishi tashkil etiladi;
Har bir geografiya predmeti bir – biri bilan bog’langan voqea va hodisalar
xususiyatlari va qonuniyatlarini ochib bergan.
Shuning uchun bir – biri bilan bog’liq bo’lgan tizimlarni, voqea va xodisalar
haqidagi bilimlar tizimiga geografik modular deb ataladi. Har bir modul yanada
mayda modullarga bo’linib ketadi. Agar umumta’lim maktablarida geografiya
predmetlarini bitta katta modul deb qaraydigan bo’lsak, har bir sinf
geografiyasiga alihida modul deb qaralishi mumkin.
Yirik modullarni yanada kichikroq moddullarga bo’lish mumkin. Bunda har
bir sinf geografiya dasturi mazmunidan kelib chiqib modullarga bo’linadi.
Modulli texnologiya bilan dars o’tilganda bilimlar bosqichma – bosqich
beriladi va o’zlashtiriladi. Mazkur texnologiya o’qituvchi uchun ham qulay.
Darsning mavzusi: O’zbekiston ichki suvlari.
Darsning ta’lim maqsadi: O’quvchilarning O’zbekiston ichki suvlari, daryo,
ko’l, suv omborlari, kanallar, muzliklar va yer osti suvlar bilan, ularningn
xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda vatanparvarlik, iftixor hilarini
uyg’otish, ekologik, iqtisodiy, estetik va axloqiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni suv xavzalari, ularning
turlari, daryo tizimi, tabiiy va sun’iy suv xavzalari, suvni muxofaza qilish
xaqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Darsning jixozlari: Yevrosiyo tabiiy kartasi, O’zbekiston tabiiy kartasi, atlas,
daryolar, suv omborlari, ko’llarning rasmlari.
28
Darsda foydalanilgan texnologiya: modulli ta’lim texnologiyasi, kichik
guruxlarda ishlashga mo’ljallangan modul dasturi.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tarqatma materiallar, savol –
topishmoqlar yordamida aniqlash va baxolash.
III. O’quvchilarning darsning mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish;
o’quvchilar faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash;
IV. Yangi mavzuni o’rganish.
1. Yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish, o’quvchilarning
modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;
2. O’quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi topshiriqlarni mustaqil
bajarishga yo’llash;
3. Har bir o’quv faoliyati elementi topshiriqlarning to’liq bajarilishini nazorat
qilish, tegishli ko’rsatmalar berish;
4. Har bir o’quv faoliyati elementi yakunida savol – javob, munozara
o’tkazish.
Darsda o’rganiladigan o’quv materiali quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli
qismga, ya’ni modulga ajratiladi
1. O’zbekiston ichki suvlarining umumiy tavsifi.
2. O’zbekiston daryolari.
3. O’zbekistondagi ko’llar.
4. Suv omborlari va kanallar.
5. Muzliklar va yer osti suvlari.
Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi:
“O’zbekiston ichki suvlari” mavzusi bo’yicha o’quvchilarning kichik
guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi.
Modul dasturining didaktik maqsadi: Modul dasturi yordamida o’quvchilar
bilan kichik guruhlarda xamkorlikda ishlab, O’zbekiston ichki suvlarining o’ziga
xos xususiyatlari, manbayi, mansabi, xavzasi, to’yinish tipi, xosil bo’lishiga
ko’ra ko’llarning turlari, muzliklar, sun’iy suv xavzalari, yer osti suvlari xaqida
bilib olasiz, suv resurslarining inson hayoti, O’zbekistonnig iqtisodiy
taraqqiyotida tutgan o’rni haqidagi ko’nikmalaringizni rivojlantirishingiz zarur.
30
Daryo
nomi
Uzunligi
(km)
Havzas
ining
maydo
ni
O’rtacha suv
sarfi
Boshlani
sh joyi
Quyilish
joyi
To’yini
sh
manbay
i
Sirdaryo 2982 150100 Bekobod
sh.yonida
568
Markazi
y
Tyansha
n
tizmalar
i
Orol
dengizi
Muzlik
va
qorlar
Norin 578 59990 Uchqo’rg’o
n sh.yonida
427
Markazi
y
Tyansha
n
tizmalar
i
Sirdary
o
Muzlik
va
qorlar
Qoradaryo 180 30100 122 Farg’on
a, Oloy
tizmalar
i
Sirdary
o
Qor va
muzlikl
ar
Chirchiq 174 27500 Xo’jakent
yonida 224
G’arbiy
Tyansha
n
tizmalar
i
Sirdary
o
Qor va
muzlikl
ar
Ohangaro
n
236 5262 23 Chotqol,
Qurama
tizmalar
i
Sirdary
o
Qorlar
Sangzor 198 3220 Gulqishloq
yonida 1.7,
Eski
Tuyatortar
arig’I
qo’dhilgand
an so’ng 4
Turkisto
n
tizmasi
va
Zarafsh
on
daryosi
Arnasoy
ko’li
Qor va
muzlikl
ar
Amudaryo 2540 30900 Karki
yonida 2000
Pomir
tog’li
o’lkasi
Orol
dengizi
Muzlik
va
qorlar
31
2 – jadval
Surxondar
yo
196 13500 Qorovultep
a yonida
70.2
Hisor
tog’
tizmasi
Amudar
yo
Qor va
muzlikl
ar
Sherobodd
aryo
186 2950 7.5 Hisor
tizmasi
Amudar
yo
Qorlar
Qashqadar
yo
332 12000 Varganza
qishlog’I
yonida 5.4
Hisor
tizmasi
Qarshi
cho’li
Qorlar
Zarafshon 781 12300 Panjakent
sh/yonida
165
Turkisto
n,
Zarafsh
on
tizmalar
i
Qizilqu
m cho’li
Qor va
muzlikl
ar
Suv
ombori
nomi
Qaysi
daryoda
qurilgan
Ishga
tushir
ilgan
vaqti
Nima
maqsadd
a
qurilgan
Maydo
ni
kv.km
Su
v
sig
’ i
mi,
ml
n.k
ub.
m
Chuqurlig
i, m.
O’rtach
a
Eng
chuqur
joyi
Tuyam
o’yin
Amudary
o
1976 Sug’orish 650 78
00
20 40
Chorda
ra
Sirdaryo 1968 - 900 57
00
7.9 22
Chorvo
q
Sirdaryo 1969 Energiya 40 20
00
50 162
Qayroq
qum
Sirdaryo 1956 Sug’orish
energiya
513 42
00
8.2 23
Kattaqo
’ rg’on
Zarafsho
n
1941 Sug’orish 83.5 10
80
10.1 28
Janubiy
Surxon
Surxonda
ryo
1962 - 65.0 80
0
12.3 27
Andijo Qoradary 1978 - 60.0 17 - 115
32
V. O’quvchilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish.
Har bir modul yakunida o’quvchilar jamoasi bilan savol – javob, o’quv
munozarasi o’tkazish.
VI. Modul dasturini yakunlash.
VII. Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini test
topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash. Yangi mavzuni qayta
ishlash va yakunlash.
VIII. Uyga vazifa berish. Yozuvsiz karta O’zbekiston daryo, ko’l, suv
omborlari va yirik kanallarini tushiring, O’zbekiston ichki suvlari
bo’yicha atama, tushunchalar ishtirokida krossvord tuzing. Qiziqarli
ma’lumotlar to’plang.
n o 50
Chimqo
’ rg’on
Qashqad
aryo
1963 - 49.2 50
0
10.2 30
Quyim
ozor
Zarafsho
n
1959 - 16.2 28
0
17.3 40.3
Pachka
mar
G’uzorda
ryo
1970 - 13.8 28
0
- 62
Karkid
on
Isfayram
soy
1963 - 9.5 21
8
- 23
Uchqizi
l
Surxonda
ryo
1962 - 10.0 16
0
16 40.3
Tolimar
jon
Qarshi
magistral
kanali
- - 22.3 94
1
- 40
Kosons
oy
Kosonso
y
1955 - 5.6 16
5
17.7 57
Tuyabo
’g’ iz
Ohangar
on
1960 - 185 25
0
11.2 31.5
Ohanga
rin
Ohangar
on
- - 10
0
- 66
33
3.2. O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni vuxofaza
qilishning mavzusini interfaol usullarda o’qitish texnologiyasi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik
texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Pedagogik
texnologiyalar o’zi nima?
“Texnologiya” yunoncha “texnos” – maxorat, san’at va “logos” fan, ta’limot
so’zlaridan tashkil topgan. Izoxli lug’atda yozilishicha texnologiya – biror ishda,
maxoratda san’atda qo’llanadigan usullar, yo’llar yig’indisi demakdir.
Rus pedagogi B.T.Lixachev ta’kidicha, pedagogik texnologiya – o’qitishning,
ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari tarbiyaviy vositalarning maxsus
yig’indisi va kompanovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar
majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy – uslubiy vositalaridan iborat.
Hozirgi kunda amaliyotda pedagogik texnologiyan qo’llash dars jarayonini
demokratlashtirish, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi, ijodkorligini
rivojlantirmoqda. O’quvchi va o’qituvchini doimiy izlanishga, uzluksiz o’z ustida
ishlashga, do’stona munosabatda bo’lishga undash bilan dars samaradorligini
oshirish va o’quvchi bilim doirasini o’sishiga asosiy omil bo’lmoqda.
34
Interfaol degani bu – o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida
do’stona muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarda mustaqil
fikrlash, fikr – mulohaza yuritish, munosabat bildirish, ko’nikmasini
shakllantirish demakdir. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtirok etgan holda, yakka,
juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi,
fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan
masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning xotirasida uzoq
saqlanadi. Yangi mavzu (axborot)ni o’zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha
oladi. O’quvchi faqat fasilitator (yo’l – yo’riq ko’rsatuvchi, tashkil qiluvchi,
kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.
Ilg’or pedagogik texnologiyalarning juda ko’p usullari mavjud. Bu usullardan
o’quvchining Yoshi, psixologik hususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish
mumkin. “Aqliy xujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkveyn”, “B,B,B usuli”
(Bilar edim, bilishni xohlayman, bilib oldim) “Menga oxirgi so’zni bering”,
“Test” usullari bilan birga “Tanqidiy tafakkur”, “Debatlar” (yozma va og’zaki)
“Nuqtai nazaring bo’lsin”, “Har kimga har kim o’rgatadi”, “Kubiklar”, “Insert”
usullaridan o’rinli foydalanish dars sifatining yuqori bo’lishi bilan birga,
o’quvchilarning shaxs sifatida shakllanishda, har qanday sharoitda ham o’z nuqtai
nazariga ega bo’lgan, erkin fikrlovchi inson bo'lishda katta yordam beradi.
Fan:O’zbekiston tabiiy geografiyasi.
Sinf: VII.
Mavzu: O’zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza
qilish.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarda suv boyliklari, ularning turlari haqida tushuncha va tasavvur
hosil qilish, ularning muozanati, uning buzilishi hamda Respublikamiz
hududlari ekologiyasi, suv muammolari haqida tushuncha berish.
O’quvchilarga ilgaridan tanish bo’lgan atama va tushunchalarni eslatish.
b) Tarbiyaviy maqsad:
Ona – Vatanimizga mehr muhabbat hislarini tarbiyalash, ekologik tarbiya
berish, suvni asrash, uni ifloslamaslikka o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish, o’z
– o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik hususiyatlarini
rivojlantirish.
Dars jihozi: 7 – sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, chizmalar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia, slaydlar.
35
Dars o’tish metodi: Guruhlarda ishlash, “aqliy hujum”, amaliy ishlar bajarish.
Darsning borishi:
1. Tashkil etish.
2. Guruhlash
3. Uy vazifasi bo’yicha ishlash.
4. Yangi mavzu bayoni.
5. Guruhlarga topshiriqlar berish.
6. Individual o’quvchilarga vazifa berish.
7. Guruhlardan vakillar chiqarish, fikrini himoya qilish.
8. Yangi mavzuni mustahkamlash.
9. Yakunlash, umumlashtirish.
10. Baholash, uyga vazifa.
Tashkiliy qismdan so’ng o’quvchilar emblemalar orqali guruhlarga bo’linadilar:
I – guruh. Daryo guruhi.
II – guruh. Ko’l guruhi.
III – guruh. Suv omborlari guruhi.
O’qituvchi:
Bugungi darsimizning mavzusi O’zbekistonning suv boyliklaridan
foydalanish va ularni muhofaza qilish ekan, bugungi darsimizni Prezidentimiz
I.A.Karimovning quyidagi so’zlari bilan boshlamoqchiman:
Suv hayotning bebaho in’omidir,
hayot suv bilan bog’liq.
Suv tamom bo’lgan joyda hayot ham tugaydi.
-Qani aytnigchi, suv deganda nimani tushunasiz?
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi javob beradi.
O’quvchilar:
- Suv bu suyuqlik, suv – hayot manbayi.
- Suv – obi hayot.
- Olamda eng oddiy toza suvdan ko’ra qimmatliroq, azizroq narsa bo’lmasa kerak.
- Bu murakkab mineral tabiatda turli – gazli, qattiq – muz, suyuq – suv
ko’rinishida uchraydi.
- Suv shunday ajoyib mo’jizaki, o’zining shaklini o’zgartirsa ham hususiyati
o’zgarmaydi.
- Tabiatda biz uchun suvdan ham qimmatli, totli, muqaddas bo’lgan biror narsa
yo’q.
O’qituvchi:
- Barakalla, juda to’g’ri. Suvlarni toza saqlab qolish butun insoniyatni
jiddiy tashvishga solibturgan muammolardan biridir.
36
O’qituvchi multimedia orqali slaydlar ko’rsatadi.
- Organik dunyo va jamiyatini suvsiz tasavvur qilish qiyin. Qani
aytingchi, suvni nimalarda ishlatamiz.
Guruhlar javoblari:
-Ozuqamiz va kiyim – kechagiz suvdan.
-Hozirgi kunimiz kelajagimizning farovonligi va sog’lom hayot tarzimiz, atrof –
muhit go’zalligi va tozaligi suvga bog’liq.
-Sanoat korxonalari ishni yuritish, baliqchilik xo’jaligini yuksaltirish va boshqa
ko’plab hayotiy chora – tadbirlarni suvsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
O’qituvchi:
- Keling bugungi dars boshqa darslardan farq qilib, biz kemada sayohat
uyushtiramiz.
Insoniyat jamiyati taraqqiyotida toza suvga bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda,
chunki insoniyat hayotini suvsiz tasavvur qila olmaydi.
Har bir guruh taqdimoti tinglanadi.
I – guruh. Daryo guruhi.
Biz chuchuk suvni tanladik. O’zbekistonda chuchuk suvlarni isroflanishi
qora va rangli metalurgiya, kimyo va neft – ximiya sanoatlaridan chiqqan og’ir
metallar, ftor, fenol ifloslanadi.
O’quvchi: - Men qo’shimcha qilmoqchiman O’zbekiston daryolaridan Chirchiq,
Ohangaron, Zarafshon, Norin daryolari ifloslangan.
II – guruh. Ko’l guruhi.
Sho’r suv
Muz shaklida
Chuchuk suv
37
Kichik daryo, soylar muammosini tanladik. Sababi inson ta’siri kundan –
kunga ortib bormoqda. Daryo o’zan, qayir va terrasalarda qum, qumtosh,
shag’allarning quyilish uchun ommaviy olib ketishi sabab bo’lmoqda.
O’qituvchi: Misol keltira olasizmi:
O’quvchi:
- O’zbekistonda nisbatan iflos suvlar Toshkent viloyati va Toshkent
shahriga to’g’ri keladi.
III – guruh. Suv omborlari guruhi.
Daryo – hayotbaxsh tomir, biz buni quyidagicha ta’riflamoqchimiz. Butun
jonzod daryo suviga intiladi. Shuning uchun ham daryo qirg’oqlarida insoniyat,
madaniyat o’chog’I vujudga kelgan.
O’qituvchi: Yer osti suvlaridan foydalanish, uni ham muhofaza qilish kerakmi?
O’quvchi: Yer osti suvlarida yodli, radonli, vodorot sulfat bor. O’zbekistonda
Chimyon, Chortoq, Toshkent mineral suvlaridan kishilarni sog’lomlashtirishda
foydalaniladi.
I – guruh. Daryo guruhi.
Inson yaratgan suv havzalarini tanladik. Suv omborlari ham to’g’ri
qurilmasa, ko’plab vohalardagi yerlari zaxlab, inshootlar shikastlanadi.
O’zbekiston daryolari
Daryo nomlari suv sarfi
Amudaryo 2500m3/sek
Sirdaryo 1200m3/sek
Zarafshon 164m3/sek
Qashqadaryo 50m3/sek
Surxondaryo 52m3/sek
Chirchiq 22m3/sek
Ohangaron 23m3/sek
38
O’qituvchi:
1 tonna mahsulot ishlab
shiqarish uchun
sarflanadigan suv miqdori
Mis 500m3
Sellyuloza
1500m3
Po’lat 250m3 Azot o’g’iti 350 –
400m3
Plastmassa
500 – 1000m3
Sintetik kauchuk va
gazlama 2000m3
39
-Tabiatdagi suvlarni tabiat ham ifloslaydimi?
O’quvchilar javoblari:
-Iflos chiqindilar atmosfera yog’inlariga qo’shilib, suvlarimizni tabiiy
holda ifloslaydi.
-O’zbekiston suv havzalariga sanoat tarmoqlaridan chiqadigan iflos
chiqindilar ifloslaydi.
-Suvda har xil zaxaeli moddalar to’plami, suvning fizik xossalari,
tiniqligi, change, hidi, mazasi va kimyoviy tarkibi o’zgaradi. Zaxarli
birikmalar paydo bo’ladi.
O’qituvchi:
-Suvni muhofaza qilish to’g’risida qonunlar qabul qilinganmi?
I – guruh javobi:
O’zbekiston suv havzalarida sanoat tarmoqlaridan chiqarilgan iflos
chiqindilar
chiqindi
40
-Yer, yer boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy zahiralar umumiy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va
ular davlat muhofazasidadir. Bu konstitusiyaning 55 – moddasida
ta’kidlangan.
O’qituvchi:
-Demak, O’zbekiston yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishda ro’y
berayotgan murakkab holatning oldini olish va suv bilan ta’minlash
asosida bir qator loyihalar tuzildi. Siz qaysilarini bilasiz?
II – guruh javobi.
-Amudaryo, Arabiston dengiziga quyiladigan daryo suvi bilan to’ldirish.
Orol dengizini saqlab qolish.
O’qituvchi:
-Suvni muhofaza qilish borasida qanday ishlar amalga oshiriladi?
III – guruh javobi.
-Yo’l va yo’laklarda suv sepmaslik.
-Suv tarmog’idagi nosozliklar tufayli suvlarni bekorga oqizib
yubormaslik.
-O’zbekiston suv boyliklarini toza saqlash, ularga tashlanadigan suvlarni
iloji boricha tozalash.
-Daryo yoqalarida sanitariya zonalar tashkil etish lozim.
O’qituvchi:
-Ekologik ta’lim – tarbiya berishda milliy va umuminsoniy
qadriyatlardan foydalanish deganda nimani tushunasiz? Hikmatli
so’zlarni bilasizmi?
O’quvchilar:
-Suvga qarab tuflama, suvga qarab supurma.
-Suv – hayot manbai.
-Quyosh hosilning otasi bo’lsa, suv onasidir.
-Yer xazina – suv oltin.
-Nimani xor qilsan, shunga zor bo’lasan.
Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar olgan bilimlarini tekshirish:
O’qituvchi O’zbekiston xaritasini tarqatadi. O’quvchilar suv omborlari, daryolari
jadvali chiziladi va to’ldiriladi.
O’yin:
Suv omborlarini terish.
Tog’da qalin qor tushgani
Yerning qonib suv ichgani.
El hayoti yer bilan Hosilning otasi suv
Yer hayoti suv bilan Onasi yer.
41
O’zbekiston suv omborlari.
Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash.
O’qituvchi umumlashtirib darsga yakun yasaydi, guruhlar to’plagan ballar
hisoblanib g’olib guruh va faol o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa:
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish.
Xulosa
42
Bugungi kunda ta’lim texnologiyalarining qo’llanishidagi bosh vazifalar
mamlakatimizda mavjud pedagogik texnologiyalarni, ularning o’quv uslubiy
bazalari, algoritmlarini izlash, o’rganish va tanlash.
DTS talablarining barcha ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga
erishish, ta’lim samaradorligini oshirish, pedagogik texnologiyalarni o’quv
jarayoniga tadbiq etishga oid adabiyotlar yaratish, taxlil qilish va xokazolarni
yuklaydi.
Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini esa o’quvchi imkoniyatlarini
berilgan maqsad va vazifalarga mutanosibligiga, o’quvchilar orasida o’zaro
munosabatlarni hal etishdagi o’qituvchining professional tajribasiga ko’p jixatdan
bog’liq.
O’quv jarayonining yanada qiziqarli va ijobiy bo’lishi o’quvchilarning
faolligini majburiy tus olgandagina, ya’ni qo’llanayotgan texnologiyalardagi faol
munosabatlar o’quvchilarda faol qatnashni talab etishi natijasida yuzaga keladi.
Geografiya fanlarini o’qitishda mavjud bilimdan, hayotdagi kuzatishlari,
tajribalaridan kelib chiqqan holda yondashilsa ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Pedagogik texnologiyalarni ilmiy pedagogik jixatdan to’g’ri loyihalashtirish,
aniq tartibga solingan didaktik maqsadlar tizimini ishlab chiqish, har bir bosqich
maqsadlarining umumiy maqsad – oila va jamiyat oldidagi burch; o’z ma’suliyatini
chuqur anglovchi, mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsni tarkib toptirishga qaratish;
o’quv jarayonini inson parvarlik munosabatlari asosida tashkil etish jamiyatimiz
ijtimoiy buyurtmasining asosiy omili hisoblanadi.
BMI mavzusini yozish jarayonida ko’plab adabiyotlar taxlil qilindi, o’rganildi,
tajribali ilg’or o’qituvchilarning darslari kuzatildi, pedagogik amaliyot davrida
“O’zbekiston ichki suvlari” va “O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va
ularni muhofaza qilish” mavzularida tajriba – sinov darslari o’tkazildi. Pedagogik
texnologiyalarning modulli ta’lim texnologiyasi va interfaol usullarda o’qitish
texnologiyalari bo’yicha darslar o’tildi. O’tilgan darslardan olingan natijalar
yuzasidan xulosa qilindi. Tanlab olingan 7a va 7
b sinflarining birinchisida
an’anaviy metod, ikkinchisida pedagogik texnologiyalardan foydalanildi.
Darslarning yakuniy natijasiga ko’ra shunday xulosa qilish mumkinki, pedagogik
texnologiyaning turli usullardan foydalanib o’tilgan darsning eng katta ahamiyati
dars sifatining yuqori bo’lishi bilan birga, o’quvchilarning shaxs sifatida
shakllanishida, har qanday sharoitda ham o’z nuqtai nazariga ega bo’lgan, erkin
fikrlovchi, barkamol avlodning voyaga yeishiga ta’sir etuvchi samarador ta’lim
metodi ekanligiga amin bo’ldim.
43
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.A.Karimov O’zbekiston XXI – asr bo’sag’asida.O’zbekiston
1997-yil . 119-123 bet
2. I.A.Karimov Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti
poydevori. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisda so’zlagan nutqi .1997-
yil .T.Sharq 1998 . 19 bet
3. I.A.Karimov Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.T- 2008
O’qituvchi. 80-82 bet
4. P.Baratov O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. T-2003 O’qituvchi.
5. P.Baratov O’zbekiston tabiiy geografiyasi . T-1996 O’qituvchi.
6. X.Tursunov Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. T-
2008 O’qituvchi.
7. P.Baratov Tabiatni muxofaza qilish. T-1980 O’qituvchi
8. A.To’xtaev. A.Xamidov Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza
qilish. T -1995 O’zbekiston
44
9. O’zbekiston tabiiy geografiyasi 7 – sinf darsligi. O. Mo’minov .M
.Mamatqulov T. o’qituvchi
10. E.Turdiqulov Tabiatni seving va ardoqlang. T-1996 O’qituvchi.
11. O’.Tolipov, M.Usmonboyeva Pedagogik texnologiyalarning
tadbiqiy asoslari. Toshkent “Fan” 2006-yil 267-bet
12. Tojiboyeva Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi.Toshkent Fan va
texnalogiya 2007 –yil.
13. W.w.w tdpu.uz
14. W.w.w Ziyonet.uz
15. W.w.w gov.uz