b.b.akbaraliyev m.yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot...

11

Upload: others

Post on 09-Jan-2020

77 views

Category:

Documents


1 download

TRANSCRIPT

Page 1: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan
Page 2: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Z.S.ABDULLAYEV, G.SHODMONOVA,S.S.MIRZAYEV, N.B.SHAMSIDDINOV

INFORMATIKA VA AХBOROT TEХNOLOGIYALARI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Qishloq va suv xo‘jaligi» ta’lim

yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan

«NOSHIR»Toshkent – 2012

Page 3: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

UVK: 004 (75)KBK 32.81ya7I-61

Informatika va axborot texnologiyalari: o‘quv qo‘llanma / Z.S. Abdullayev va boshq.; O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. – Toshkent: Noshir, 2012. – 400 b.

KBK 32.81ya7

Taqrizchilar: O.T.Kenjaboyev – Toshkent moliya instituti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri, professor,

B.B.Akbaraliyev – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti» kafedrasi dotsenti,

M.Yusupov – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti

O‘quv qo‘llanmada «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining nazariy asoslari, axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti keltirilgan. O‘quv qo‘llanma «Qishloq va suv xo‘jaligi» bilim sohasining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.

ISBN 978-9943-353-89-3© «NOSHIR» nashrioti, 2012

Page 4: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

– 3 –

KIRISH

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshi-rishda yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika hamda texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Ta’lim tizimidagi isloh chuqur va keng ko‘lamli islohotlar-ning mazmuni hamda amalga oshirish muddatlari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi»da o‘z ifodasini topgan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, «Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqi-yoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rish» zarur.

Bugungi kunda barcha yo‘nalishlarning zamonaviyligi ular-ning kompyuterlashtirilganlik darajasi bilan o‘lchanmoqda. Shu bois informatika va yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lsa, informatika fanini o‘zlashtirish — davr talabidir.

Ushbu adabiyot bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan yozilgan o‘quv qo‘llanmadir. Qo‘llanma namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, 14 bobdan iborat. Har bir bobning nihoyasida takrorlash uchun savol va top-shiriqlar keltirilgan.

O‘quv qo‘llanma talabalarning informatika asoslarini o‘zlash-tirishlari va kompyuterlardan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish malaka va ko‘nikmasini hosil qilishlariga qaratilgan. Unda vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti va istiqbollari, za-

Page 5: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

– 4 –

monaviy kompyuterlarning tuzilishi hamda imkoniyatlari, tex-nik va dasturiy ta’minotiga oid materiallar berilgan. Jumladan, MS Windows operatsion tizimi(OT) muloqot vositasining asosiy grafik obyektlari (darcha, panellar, bayroqcha, papka, hujjat va boshqalar); OT ning fayl tizimi; standart, xizmatchi va multime-dia dasturlar; jihozlar va dasturiy ta’minotni o‘rnatish, disklarga xizmat ko‘rsatish; lokal tarmoqda papkalarni birgalikda ishlatish; kompyuterni sozlash va maqsadga moslashtirish; hujjatlarni yara-tish, tahrirlash va formatlash; hujjatdagi asosiy obyektlar (belgi, so‘z, abzats) va amallar bajarish; hujjatlar shablonlari va format-lash uslublari; jadval ko‘rinishli ma’lumotlarni joylash, tahrirlash; mukammal hujjatlarni yaratish; grafik ma’lumotlarni yaratish va tahrirlash; ma’lumot kiritish uchun shakl (forma) yaratish; av-tomatik tarzda hujjatlarni tarjima qilish dasturidan foydalanish; usta yordamida sohalar bo‘yicha prezentatsiya tayyorlash; multi-media va interaktiv prezentatsiyalarni yaratish; multimedia va in-teraktiv prezentatsiyalarni namoyish etish va sozlash; prezentatsi-yada animatsiya va gipermurojaat; jadval protsessori (MS Excel) ishchi muhitini sozlash; hujjat maketini yaratish; jadvalni doimiy ma’lumot, qiymat va formulalar bilan to‘ldirish, tahrirlash; dia-gramma tuzish, tahrirlash va formatlash; ro‘yxat, ma’lumotlarni saralash; jadvallarni tartibga solish, birlashtirish va birgalikda ish-latish; ma’lumotlar bazasi; ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimlari; Internet resurslaridan foydalanish, sohalar bo‘yicha qidiruv ishlarini tashkil qilish; elektron pochta xizmati, ma’lumot uzatish va qabul qilish, uzviy muloqot; elektron pochta dasturlarini sozlash haqidagi mavzular o‘z aksini topgan.

Page 6: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

– 5 –

I BOBAÕBOROT TIZIMLARI VA TEÕNOLOGIYALARI

1.1. Informatika fanining predmeti

Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushunti-rish, xabar berish, bayon etish yoki biror narsa yoki hodisa haqida ma’lumot berish ma’nosini anglatadi.

Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy obyekt-lar, shuningdek, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sirlardan, ya’ni jarayonlardan tashkil topgan.

Sezish a’zolari, turli asboblar va o‘lchagichlar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa, bunday ma’lumotlar axborot deb ataladi. Demak, ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror voqea yoki hodisa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga ayla-nadi. Demak, amaliyotda foydali deb topilgan, ya’ni foydalanuvchi-ning bilimlarini oshirgan ma’lumotlarnigina axborot deb atasa bo‘ladi.

Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami qarshi-siga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.

Ma’lum vazifalarni hal etish natijasida yangi ma’lumotlar – bilimlar, ya’ni tizimlashtirilgan haqqoniy yoki sinovdan o‘tgan xabarlar paydo bo‘ladi.

Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning rep-re zentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniq ligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy xossalari bilan bog‘liqdir:

Page 7: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

– 6 –

a) axborotning reprezentativligi – obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish;

b) axborotning mazmundorligi – semantik hajmi (mazmuni) ni ifoda etadi;

c) axborotning yetarliligi (to‘laligi) – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkib (ko‘rsatkichlar jamlamasi)ga ega ekanligi-ni bildiradi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun to‘liq bo‘lmagan, ya’ni yetarli bo‘lmagan, shuningdek, ortiqcha bo‘lgan axborot ham foyda-lanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi;

d) axborotning dolzarbligi – axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgi-lanadi va uning xususiyatlari o‘zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi;

e) axborotning o‘z vaqtidaligi – uning avvaldan belgilab qo‘yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechik-masdan olinganligini bildiradi;

f) axborotning aniqligi – olinayotgan axborotning obyekt, ja-rayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bi-lan belgilanadi;

g) axborotning ishonchliligi – axborotning real mavjud obyekt-larni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi;

h) axborotning barqarorligi – axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.

Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo‘lganligi uchun axborotlarning tasnifi ham o‘ziga xosdir. Jumladan, in-formatikada analogli va raqamli axborotlar qo‘llaniladi. Inson sezgi a’zolari analogli(uzluksiz) axborot bilan ish ko‘rishga mos-lashgan bo‘lsa, hisoblash texnikasi asosan raqamli (diskret) ax-borot bilan ishlaydi.

Informatika atamasi fransuzcha information automatigue so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «informatsion avtomatika» yoki «ax-borotni avtomatik qayta ishlash» ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.

Page 8: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

– 7 –

Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yu-zaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo‘la olmaydi va o‘z nav-batida uning rivojiga, yangilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Õullas, informatika hisoblash texnikasini yaratish va qo‘llash, axborot va unga ishlov berish texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Informatikaning asosiy resursi – axborotdir.

Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodi-salari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot – insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.

Informatika fani axborotga hodisalar yoki obyekt lar to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, o‘zaro bog‘liq ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Shuning uchun informatikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin.

Informatika – axborot texnologiyalari vositalari yordamida ax-borotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uza-tish usullarini, ya’ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o‘rganuvchi fandir.

Ushbu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, informatika quyi dagi savol-larga javob beradi:

Axborotni qanday qabul qilish va saqlash kerak? ●Axborotga qanday ishlov berish va qanday qilib inson ●uchun qulay ko‘rinishga keltirish kerak?Axborot texnologiyalarini yuqori samara bilan qanday ish- ●latish mumkin?Yangi axborot texnologiyalari vositalarini yaratish uchun ●boshqa fan yutuqlaridan qanday foydalanish kerak?Dasturlar yordamida texnik vositalarni qanday boshqa rish ●kerak?

Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texni-ka, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabi sohalarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Demak, axboriy jarayonlarning ko‘p qir-rali jarayon ekanligi ayon bo‘lmoqda.

Page 9: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

– 8 –

1.2. Aõborotlashgan jamiyat haqida tushuncha

Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati um-umlashgan ishlab chiqarish (UICH) doirasida kechmoqda. UICH bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan fizik (moddiy) hamda axboriy-mantiqiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantiqiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yuqori ish unumdorligi va za-monaviy, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma’lum. Axboriy-mantiqiy ishlab chiqarish (AMICH) ning resurs-lari asosini axborot, mehnat vositalarini esa hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta’minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mehnat vositalari hamda aqliy mehnatni sarf qiluv-chi, tajriba va bilimga ega insonlar AMICHning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMICHning mahsuloti abstrakt obyekt (axborot, model) iste’mol predmeti sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ishlab chiqarish doirasidagi XX asrda yuz bergan o‘zgarishlar AMICHning paydo bo‘lishi va uning ahamiyatining oshib borishi bilan bog‘liqdir. Binobarin, UICHning umuman unumdorligining oshishi avtomatlashtirish, shu jumladan, AMICHni avtomatlashti-rish bilan bog‘liq deb qaralishi zarur. Shu bois mehnat unumdorligi ko‘p jihatdan informatikaga bog‘liqdir.

Hisoblash texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologi-yalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari hayolga ham keltirib bo‘lmaydigan hajm hamda tezkorlikda yig‘ish, saqlash, qayta ish-lash va uzatish, ya’ni avtomatlashtirilgan holda ishlov berish im-koniyatini yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi dunyo sivilizatsiyasi ish-lab chiqqan tajriba, bilimlar va ma’naviy qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham behad kengaymoqda. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning yuqori darajada axborotlashgan bo‘lishini talab etadi.

Axborotlashgan jamiyat haqida yapon olimlarining hisoblashi-cha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odam-larga ishonchli axborot manbayidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlanti-rishda, harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim.

Page 10: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

– 9 –

Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yo‘naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ish-lab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.

Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi.

Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari ax-borot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqa-rish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.

Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter va telekommu-nikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo‘lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat ÕÕI asrda munosib o‘rin egallashi va boshqa mamlakat-lar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o‘z iqti-sodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qu rishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.

1.3. Aõborot tizimlari va ularning turlari

Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim degan-da nimani tushunishni aniqlab olish kerak. Tizim deganda yago-na maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, bizga ma’lum bo‘lgan sha-har telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shart-larga javob beradi, ya’ni, har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.

Page 11: B.B.Akbaraliyev M.Yusupov · kompyuter texnikasi hamda kompyuter tarmoqlari, axborot tex-nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil ti-zimlar tashkil etadi. Axborotlashgan

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/179 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/179 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/179