Без названия · oilaning orni, ³badan tarbiyasi sog`lom insonni tarbiyalash, ³fikr...
TRANSCRIPT
2014 yil
son
Alisher Navoiy
(1441-1501)
M. Tursunov
Ma`naviy-marifiy ishlar
bo`yicha direktor o`rinbosari,
bir nechta uslubiy
qo`llanmalar muallifi
Sog`lom bola tarbiyasi azaliy qadriyat
Bugun tezlik va o`ta shiddat bilan o`zgarib borayotgan dunyoda globallashuv
jarayonlarining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, uning salbiy oqibatlari ham hayotimizga
kirib kelmoqda.
Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo’shliqqa yo`l qo`ymaslik uchun,
avvalambor, ezgu insoniy g`oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali, bugun
jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga
qodir bo’lishimiz lozim.
Davlatimiz Siz yoshlarning ta’lim-tarbiya olib barkamol shaxs bo’lib voyaga
yetishingizda barcha imkoniyatlarni ochib bermoqda. Mamlakatimizda ta’lim olishning
huquqiy asoslari yaratildi. Har bir fan bo’yicha darsliklarning yangi avlodi yaratildi hamda
amaliyotga joriy etildi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning dastlabki yillarida “Bizga
bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”, deb ta’lim
xodimlari oldiga vazifa qo’ydilar. Tarbiya haqida gapirar ekanmiz, u – inson ma’naviyatining
ko’zgusidir.
Qomusiy olimlarimizdan Al-Xorazmiyning ilmiy bilimlar sohasidagi kashfiyotlari, Abu
Nasr Farobiyning fozil inson kontsepsiyasi, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilish yo’llari,
usullari, ilm-hunarni egallash metodlari, axloqlilikning belgilari va uni tarkib toptirish
usullariga oid qarashlari, Abu Ali ibn Sinoning aqliy, axloqiy, jismoniy kamolotga oid
ta’limoti, ta’limiy-axloqiy asarlar barkamol inson tarbiyasida muhim o’rin tutadi.
Shu sababdan milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqni belgilab beruvchi tarbiya sohasidagi
boy merosni targ`ib va tashviq etish mustaqil davlatimiz ziyolilarining asosiy vazifasidir.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida tarbiya turlari haqida fikr
yuritar ekan, “Tarbiyaning zamoni, ya’ni bolaning yetuk tarbiya topishida ijtimoiy muhit,
oilaning o’rni, “Badan tarbiyasi” sog`lom insonni tarbiyalash, “Fikr tarbiyasi” tafakkurini
rivojlantirish, fikrlashga o’rgatish, “Axloq tarbiyasi” – yaxshi xulq va odatlarni tarkib
toptirish kabi masalalarga e’tiborni qaratadi.
Qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy mezoni sifatida
aqliy yetuklik, sog`lom fikr, yuqori iste’dod, ijodkorlik, yaxshi xulq, nafosat tarbiyasini
shakllantirish tushunilgan.
Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, aziz o’quvchilar mustaqil va keng
fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishishi
lozim.
Har bir ota-ona farzandining sog`lom bo’lishini va barkamol, aql-zakovatli, baxtli
bo’lishini istaydi. SHunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o’rin
egallashini ko’rish, shu borada ularga ko’maklashish — ota-onaning eng ulug`, eng
muqaddas orzusidir.
ЯЗЫК - ЭТО ОКНО В НОВЫЙ МИР
Yu.Sarimsaqova
Rus tili uslubiy
birlashmasi rahbari
Ничто на свете не связано с человеком так прочно, как язык. Нет на свете лучшего
средства общения. Чем лучше ты владеешь языком, тем больше у тебя права
называться человеком. Благодаря языку ты встречаешься с великим множеством новых
людей. Благодаря языку у тебя появляются друзья в других странах и даже в
отдалённых временах. Но главное - новый язык стоит учить потому, что он проложит
тебе дорогу к другим людям.
Язык - это орудие дружбы, и с тех пор, как стоит мир, лучшего орудия ещё никто
не придумал.
Мировыми языками называются некоторые наиболее распространённые языки,
употребляемые между собой представителями разных народов за пределами
территорий, населённых людьми, для которых они изначально родные.
Функции этих языков охватывают международные сферы - дипломатию, мировую
торговлю, туризм. На них общаются учёные разных стран. Они принимаются как
“рабочие языки” ООН и других международных организаций, а также их изучают как
“иностранные языки”, т.е. обязательный предмет обучения в вузах и школах во многих
государствах мира.
Состав мировых языков изменчив. В настоящее время в него входят английский,
испанский, китайский, немецкий, русский, французский.
Русский язык издавна служит средством межнационального сотрудничества
многих народов разных стран и является общепризнанным мировым языком с
середины XX века. Богатейшая русская классическая художественная литература и
непревзойдённые по качеству и количеству переводы на русский язык литературы всех
языков мира способствуют признанию русского языка как мирового.
Принятие человечеством данного языка как мирового связано с авторитетом,
ролью страны этого языка в истории и современности.
Наряду с социально-историческими причинами существенны и лингвистические.
Речь идет о том, насколько данный язык подготовлен к преподаванию носителям иных
языков и культур. Он должен быть сформировавшимся национальным литературным
языком, обладающим длительной письменной традицией, установившимися нормами,
хорошо исследованным и описанным в грамматиках, словарях, учебниках.
Siz nechanchi sinfda o`qiysiz? Q.Qosimov
Jurnal muharriri Bu savol Sizga qiziq, balki erish tuyulishi mumkin. Lekin...
Biz aynan ana shu lekinga to`xtalib, biroz bosib o`tgan yo`limizga nazar tashlasak.
Biz hozir aytadigan fikrlarni har bir kishi do`ppini bir chekkaga olib qo`yib,
mulohazalarimizni aql tarozisiga qo`yib, o`z xulosasini chiqaradi degan umiddamiz.
Bu yog`i oddiy arifmetika: Agar bir o`quvchi bitta dars jarayonida arzimagan 10
daqiqani hayol surib-mi, boshqa keraksiz ishlar bilan chalg`ib-mi, uyqusirab-mi va hokazolar
bilan bekor o`tkazsa – bu bir kunda o`tilgan 6 soat darsda 60 daqiqa yoki 1 soat yo`qotildi
degani. Bu sonni bir o`quv yiliga ko`paytirsak – o`rtacha 204 soat bo`ladi. Agar 9 sinf
o`quvchisi 9 yilni ana shunday bekorchi 10 daqiqalar bilan o`tkazgan bo`lsachi – bu 1836
soatni tashkil etadi. Agar bu ulkan sonni dars soatlariga aylantirsak nima bo`lishini
bilasizmi?!!! 2754 soat dars havoga uchdi degani. Agar bu sonni yillik o`quv soatlariga
aylantirsak salkam 2,5 yillik dars soatlari bajarilmay qolganiga guvoh bo`lamiz...
Biz arzimagan 10 daqiqani aytayapmiz. Bitta darsda 15 daqiqa yoki 20 daqiqa diqqat
– e’tiborsiz qatnashgan o`quvchi haqida, turli sabablar bilan – masalan, qarindoshnikidagi
to`y bahona 3 kun, dada va onaning tug`ilgan kuni bahonasida 2 kun, turli marosimlaru
dangasalik bilan maktabga bormagan o`quvchi haqida, uning bilim darajasi, odamiyligi
haqida fikr yuritishga yuragimiz bellamadi.
Aziz o`quvchi, haqiqatni o`zingiz-o`zingizdan so`rab ko`ringchi - Siz nechanchi sinfda
o`qiysiz?...
Mutalov Muhammad Ali
9 a sinf o`quvchisi CHUMOLI FALSAFASI.
(Internet materiallari asosida)
Men bolalarga doim chumoli falsafasi deb nomlangan to`g`ri hayot yo`lini uqtirib kelaman.
Chumolilar hayratda qoldiradigan 4 ta konsepsiyadan iborat ajoyib falsafaga ega:
1. Chumolilar hech qachon maqsadlaridan ortga qaytmaydilar.
Agar biror yoqqa ketayotgan bo`lsa, xalaqit bersangiz yoki to`xtatsangiz, ular darrov boshqa yo`l
topadilar. Qanday ajoyib falsafa!
2. Chumolilar yoz bo`yi qish g`amini yeydilar.
Hamma vaqt yoz bo`lib turmaydi. Yozda ortiqchasini qishga g`amlaydi. Siz ham kelajak haqida
o`ylang va realist bo`ling.
3. Chumolilar qish bo`yi yoz to`g`risida o`ylaydilar. Bu juda muhim. Ular qish ham mangu
cho`zilmasligini, tez orada issiq kunlar kelishini o`ylaydilar. Ular doim yaxshi o`zgarishlarni
kutib yashaydilar.
4. Chumolilar qishga tayyorgarlik ko`rish uchun yoz bo`yi mehnat qiladilar. Qo`ldan kelgancha
hamma ishni o`z vaqtida qilish lozim. Qanday ajoyib
Haqiqatan ham amerikalik faylasuf Jim Ron fikrlarida jon bor. Albatta biz ham shu fikrlar asnosida
o`z shahsiy falsafamizni yaratishimiz va bu orqali kelajak orzularimizni amalga oshirish rejasini
tuzmog`imiz lozim. Zero, kelajakka nurli ko`zlar ila boqmoq lozim. Hech qachon tushkunlikka,
umidsizlikka tushmang. O`z maqsadingiz, orzuyingiz yo`lida tinmay mehnat qiling. Ana shunda siz
ko`zlagan maqsadingizga yetishasiz!
S. Musaboyev (hikoya)
Mohir pedagog,
iste’dodli yozuvchi
o`nlab asarlar muallifi
Birodar! Xech qachon mana bunday axvolga tushganmisiz?
Faraz qilaylik, kunlardan bir kuni nechundir yuragingiz siqildi, allanechuk ruxan
bo`shashib borayotganingizni his qilasiz. Ochig`ini aytganda, bunaqa xolat sababini
dabdurustdan tushuntirish ham, anglab yetish ham anchayin mushkul ish. Qisqasi, hayot
kemasi noma’lum sayozlikka kirib qolgan, botib qolish, halokat xavfi taxdid solayotir... Bu
o`xshatishning turmushdagi salbiy surati shuki, odamning yillar davomida o`rganib qolgan,
qadr topgan o`z ishidan qaysidir fursatda bir karra ko`ngli soviydi. Nimadir bo`lgan!
Xamkasblarni, qadrdonlarni xatto, ko`rgisi kelmaydi. Buning ustiga boshqa bir xunuk
kayfiyat sirtmoq soladi: qaergadir bosh olib ketish, noma’lum va mavxum ishlarning boshini
tutish istagi tinchlik bermaydi.
Shunda sizning qarshingizda ikki muammo kundalang bo`ladi, Birinchisi,ruxiy
tushkunlik sababini topib, ish o`rnida qaytadan ildiz otish, Ikkinchisi, eng xavflisi sizning
yuragingizga g`ulg`ula solib, tani joningizga tinchlik bermayotgani, ishdan bo`shash.
Bunday nohush fursatda sizga hech kim yordam berolmaydi. Birov to`g`ri yo`l
ko`rsatolmaydi. Inchunun, siz birovga yorilmagansiz, o`y hayollaringiz balki o`tkinchi,
ko`zlagan maqsadingiz pinxon va mavxum.
Sayozlikka botayotgan kemani o`z darg`asining aql idroki va maxorati ro`shnolikka
olib chiqadi. Binobarin sizni ham qutqaradigan samoviy darg`a bor. Bu o`z ichki quvvatingiz
va teran muloxazangizdir.Faqat siz ularni topa olasizmi, zarur maqsad yo`lida safarbar eta
olasizmi?
Shu o`rinda sizdan jiddiy bir mas’uliyat, hayotga cheksiz muhabbat talab etiladi. Zero,
tushkunlik bulutlari iskanjaga olgan taqdirda ham mehnatga mahkam yopishsangiz va
qadrdon ish joyini tashlab ketmasangiz, bilib qo`ying, xayrixoxlar, do`stlar istiqbolingizga
shoshiladi, qo`llab quvvatlaydi. Shoyad, shu fursat sizning ham baxri-dilingiz ochiladi, aql-
shuuringiz ravshan tortadi.
Chunki, siz o`tkinchi kayfiyatlarning xalokatli sirtmog`iga bo`yin bermadingiz, eng
muximi, hayot kemasini sayozlikdan olib chiqa oldingiz!
Zero, bu sizning g`alabangiz edi. Xuddi mana shu g`alabani ta’min etgan botiniy
intilishning nomi esa IRODA, deb ataladi.
Bu ayni haqiqat, aziz birodar!
Bahodirjon Fayzullayev
Ona tili va adabiyot
fani o`qituvchisi
Iste’dodli shoir, bir
nechta she’riy
to`plamlari nashr etilgan.
- Qaldirg`och kelibdi dedingmi?
Buncha yoqimli bo`lmasa so`zlaring…
Sog`inchlaring tikilar, ona,
Chehrangga nur yugurar, ona,
Rayhon ekib yayraysan hali,
Ona, yana bahor keladi.
O`sma hidin xush ko`rgan singlim,
Tol bargakni tush ko`rgan singlim,
Tut shoxiga arg`imchoq ildim,
Singkim, yana bahor keladi.
Xasta yurak, xastalangan jon,
Shifo so`rab zorlandim har on,
Ko`klamga yetdik otajon…
Ota , yana bahor keladi.
Satimova Zulayxo
8 a sinf o`quvchisi
Bilimlar bellashuvi sovrindori
Ko`klamoyim
Bahoroyim ko`klaringni ko`z-ko`z etib,
Tog`da lola, bog`da gullar ochibsanmi?!
Iforingdan bu dillarni bahra etib,
Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?!
Daraxtdagi novdalarda gul ochirib,
Adirlarni yashil tusga bo`yabsanmi?!
Men keldim deb ko`ngillarni shodon aylab.
Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?!
Baland tog`ni bezab turar qizg`aldoqlar,
O`z sepingni har tomonga yoyibsanmi?!
Doshqozonda pishar qaynoq sumalaklar,
Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?!
Teshaboyeva
Mohiraxon
9 b sinf o`quvchisi
Istedodli o`quvchi.
She’rlari viloyat va
respublika gazetalarida
chop etilgan.
Kelgusida taniqli
shoira bo`lish orzusida
Oqibat
Dunyo xech to`ymadi ko`z yoshga,
Alam jang boshladi bardoshga.
Tanaga sig`magan bir boshga,
Nelarni solgan bu oqibat.
Shoh Mashrabni qilgan devona,
O`z o`g`liga begona ona.
Haqiqatni izlaydi yana,
Yolg`ondan to`lgan oqibat.
Yaxshilikni bilmagan qancha,
Ota nasixatin uqqancha.
Ulug`bekka nayzasin sancha,
Jonini olgan oqibat
Qaldirg`och farzandin xor qilmas,
Bir ona mehriga zor qilmas.
Dunyoni ko`ziga tor qilmas
Qushlardan qolgan bu oqibat.
G`amda kim ham yelka tutadi,
Yillar uzr so`rab o`tadi.
Qoshin kerib ajal kutadi,
Tushlarda qolgan bu oqibat
… Qushlardan qolgan bu o q i b a t.
Xamidova O`g`iloy
9 b sinf o`quvchisi
She’rlar mashq qilib
turadi.She’rlarsiz
hayotini tasavvur ham
etolmaydi.
Kelajakdagi orzusi-
advokat bo`lish
Qish
Qishning go`zal ziynati,
Kirib kelar yangi yil.
Uylar mexmonga to`lib,
Boshlanadi yangi yil.
Uyimizda ko`z olib,
Yaltiraydi archalar.
Aytaman yangi yilda
She’rlarimdan parchalar.
Ajoyib xayol
Chuqur xayollar surib,
Ba’zida o`ylab ko`rib,
Yer shundayin kattami,
Oy undan ham kattami?
Quyosh charaqlab tursa,
Men bilan birga yursa.
Quyosh ham yuradimi,
O`zi xam biladimi.
Axmadjanova
Muxtasarxon
8 d sinf o`quvchisi
Bo`sh vaqtlarida
she’rlar mashq qilib
turadi.
Kelgusida yaxshi inson
bo`lish orzusida
Onajonimga
Agar Sizni bag`rimga bossam,
Keng dunyolar esdan chiqadi.
Oy yuzizga bir bora boqsam,
Murg`ak qalbdan dardlar ketadi.
Xusn olgan farishta sizdan,
Mening uchun farishtam o`ziz.
O`rnak olsin onajon sizdan,
Mendayin bir erkatoy qiziz.
Dunyolarga almashmam sizni,
Jon onajon, yig`lamang, faqat.
Ne istaydi ko`nglingiz ayting,
Xizmatizga shayman toabad!
Abdullayev Dilshodbek
5 b sinf o`quvchisi
Daqiqa
Vaqt aytadi har damda,
Kimlar buni bilmaydi.
Bir kun necha soatlik,
Nazarga ham ilmaydi.
Aslidachi bir kunda,
Ellik sahifa kitob,
O`qish kerak albatta
Bo`lsa hamki u betob.
O`tkirova Maftunaxon
8 s sinf o`quvchisi
Bo`sh vaqtlarida she’rlar
mashq qilib turadi.
Orzusi- yetuk
huquqshunos bo`lish
Farishtam
Mening dunyodagi eng go`zal baxtim,
Moviy ko`zli oxu, ko`kdagi taxtim.
Sizni baxtli qilish meningdir ahdim,
Onajonim, farishtam, farishtaginam.
Sizning so`zlaringiz xayot tayanchi,
Toza yuragingiz dunyo quvonchi.
Kuchli irodangiz Vatan ishonchi,
Onajonim, farishtam, farishtaginam.
Tolibjanova Ruxsora
5 b sinf o`quvchisi
Mening go`zal Chortog`imsan!
Xizir nazar etgan joy,
Gullagan gul shahrimsan.
Ramzi ko`k, ramzi chiroy,
Mening go`zal Chortog`imsan!
Jaxon ichra jaxonim
Maskani jonajonim,
Olamda yo`q bo`stonim-
Mening go`zal Chortog`im!
Mahmudov Doniyor
5 a sinf o`quvchisi
Onajonim allasi
Kechalari uxlamay,
Alla aytib chiqadi.
Bolam baxtli bo`lsin deb,
Duo qilib chiqadi.
Onajonim allasi,
Mehribonim duosi.
Oq yuvib, oq tarab,
Bizni ulg`aytiradi.
Sog`lom bola bo`lsin deb,
Bor kuchini beradi.
Onajonim allasi,
Mehribonim duosi.
Birovdan kam qilmaydi,
Yugurib yelib o`zi.
Faqat bizni o`ylaydi,
Tinim bilmay kunduzi.
Onajonim allasi,
Mehribonim duosi.
Abdug’ofurova Shodiyaxon
8 a sinf o`quvchisi
Abdullayeva Sarvinoz
8 a sinf o`quvchisi
Abdurahmanova Mohichehra
7 a sinf o`quvchisi
Dadajonim
Quvonchimiz o`zingiz,
Mehr to`la ko`zingiz.
Bizga boqqan oningiz,
Yorishadi yuzingiz.
Ketsangiz siz yiroqlab,
Xuvillaydi uyimiz.
Go`yoki uchib ketgan
Farishtasi xovlimiz.
Bergan tarbiyangizdan,
To`gri saboq olamiz.
Xuddi siz aytganingizdek,
Zo`r shifokor bo`lamiz.
Mamadjanova Asalxon
8 s sinf o`quvchisi
Murakkab foizlar va ular bilan bog’liq masalalar.
Agar biror miqdordagi pul, aytatlik p so’m omonat kassaga qo’yilsa va unga boshqa tegilmasa,
ya’ni boshqa pul qo’shilmasa yoki biror qismi olinmasa, u holda bu p omonatga uning ma’lum foizi
qo’shilib turadi. Navbatdagi foizlar avvalgi miqdor p ga va qo’shilgan foydaga nisbatan ham
qo’shilib boriladi.
Aytaylik, bir yilda qo’shiladigan foyda omonatga qo’yilgan pulning a % ini tashkil etsin. U
holda birinchi yil oxiridagi foyda p miqdor pul uchun 100
ap so’mni tashkil etadi. Buni yanada
ixchamroq ifodalash uchun 100
ak belgilash kiritaylik. U holda, birinchi yil oxiridagi foydani
qisqacha kp so’mga teng deya olamiz.
Shunday qilib, birinchi yil oxirida omonatdagi pul dastlabki qo’yilgan pul bilan foydaning
yig’indisi )1( kppkp ga teng bo’ladi.
Endi omonatdagi pulga ikkinchi yili ham tegilmagan desak, u holda ikkinchi yil uchun
qo’shiladigan foyda yangi )1( kp miqdorga nisbatan hisoblanishi kerak. Shuning uchun
ikkinchi yil qo’shiladigan foyda kkp )1( bo’ladi. Demak, kassadagi omonatning umumiy
miqdori
)1()1()1( kpkkpkp 2
bo’ladi.
Uchinchi yil davomida keladigan foyda oxirgi miqdordan hisoblanib, u kkp 2)1( ga
tengdir. Demak, uch yil ichida omonatdagi pul 322 )1()1()1( kpkkpkp .ga teng
bo’ladi.
Shunday qilib, biror n yildan keyin omonatdagi pul nkp )1( bo’lishi kelib chiqadi.
1-masala: Aytaylik omonat kassaga 15 000 so’m qo’yildi va bir yilda keladigan foyda
omonatning 4% ini tashkil etsin. Agar omonatdagi pulga tegilmasa, u holda 5
yildan keyin u qancha bo’ladi?
Yechish: Belgilashga ko’ra 04,0100
4k bo’lgani uchun omonatdagi pul miqdori
18240)04,1(15000)04,01(15000
so’m bo’ladi.
2-masala: 1983 yil o’rtalarida yer yuzi aholisi 4,72 mlrd.dan iborat bo’lib, yillik o’sish
1,8% ni tashkil etgan. 1990 yil o’rtalariga kelib yer yuzi aholisi qancha
bo’lgan?
Yechish: Bu masala huddi 4,72 mlrd omonat qo’yilib, yiliga 1,8% foyda olinishi
masalasiga o’xshashdir. Shuning uchun yuqoridagi mulohaza va hulosalarga asoslanib, 7 yildan
keyingi aholi soni
35,5133,172,4)018,1(72,4)018,01(72,4
mlrd.ga teng bo’lganini topamiz.
Sobirova M.
9 a sinf o`quvchisi
Men 9 – “A” sinf o’quvchilari haqida ikki og`iz gapirib o`tmoqchiman.
Avvalo, bu sinfning ilg`orlari, ya’ni bilimda tengi yo`q o`quvchilari haqida gapishdan
oldin, bu sinfning jonkuyar va oqila sinf rahbari haqida aytib o`tishni joiz deb bilaman.
Bizning sinf rahbarimiz Usmanova Shoxistaxon - bu bilim maskaniga qadam qo`yganimizdan
buyon bizga ikkinchi ona vazifasini o`tadilar. Yaxshi-yomon kunlarimizda yonimizda
bo`ldilar. Ular bamisoli bir daraxt, biz esa ularning mevalarimiz. Biz bunday ustozga chin
dildan rahmat aytamiz.
Sinfimizda ilg`or, a’lochi o`quvchilar juda ko’p. Otamirzayeva Shoxsanam, Xolmatov
Bekzod, Adasheva Matluba, O`tbosarov Muzaffar, Mutalov Muhammadlarning o`rni alohida.
Bu bilan boshqalarning nufuzi yo`q demoqchi emasman, har ishda, har narsada har bir
o`quvchining o`rni bor.
Sinfimiz bilimda ham, badiiy tadbirlarni o`tkazishda ham lmaktab-internatda o`z
o`rniga ega. Bilimlar belleshuvida bir qator o`quvchilarimiz qatnashdilar va nufuzli o`rinlarni
egalladilar. O`tbosarov Muzaffar, Otaxanov Ikromjon, Yoqubjanov O`rozalilar faxrli
o`rinlarni egalladilar. Xolmatov Bekzod esa tarix fanidan birinchi o`rinni egallab viloyat
bosqichiga yo`llanma oldi.
Bizda yana sho`x va quvnoq yigitlardan tuzilgan “Shum yigitlar” jamoasi mavjud. Bu
jamoani biz ertalabki saflanishlarda, tadbirlarda ko`rar va ularning chiqishlaridan zavqlanar
edik. Lekin keyingi paytlarda biz bu jamoani deyarli ko`rmayapmiz. Ular albatta yana
sahnaga qaytishlarini aytishdi. Bu jamoa yigitlariga omad tilaymiz.
Biz yana barcha o`qituvchilarimizga va guruh tarbiyachilarimizga minnatdorchilik
bildirmoqchimiz. Ular bizga bilim sirlarini chuqurroq egallashimiz uchun o`z kuchlarini
ayashmayapti. Bundan tashqari mustaqil shig`ullanishimizga imkon va sharoit yaratib
berishmoqda. Men shu sinfda o`qiyotganimdan xursandman. Shu o`rinda Umid jurnali va
uning muharriri Qobiljon Qosimovga minnatdorchilik bildiraman.
Abdullayev Mansurbek
9 a sinf o`quvchisi
MUHAMMAD YUSUF
O‘zbek milliy adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad
Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi
qishlog`ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili
va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar
jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «O’zbekiston ovozi»
ro‘znomasida faoliyat yuritdi. 1997-yiidan e'tiboran O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
raisining o'rinbosari etib tayinlandi.
Garchi, uning she'rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo'lsa-da, birinchi she'riy
to'plami nisbatan kech - 1985-yildagina e'lon qilingandi. Shundan keyin shoirning «Bulbulga
bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari»
(1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko'nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko'p ekan» (1991),
«Yolg'onchi yor», «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman» singari o'nlab she'riy
majmualari °'quvchi qo'liga yetib bordi. U yirik poetik janrlarga ham murojaat etib,
«Osmonning oxiri», «Qora quyosh» singari dostonlar yaratdi.
1989 yilda «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti
berilgan.
U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shuning uchun ham uning she’riyati
butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi
yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib
turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi.
Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:
O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar — ko'zyoshi samoni.
O'tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Istiqlol yillarida erishgan yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998-yilda
«O`zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.
Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.
Otamirzayeva Shohsanam
9 a sinf o`quvchisi
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda,
donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u adabiyotimizning
Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi.
Bobur 1483- yili Farg'ona viloyatining poytaxti Andijonda tug'ilgan. Otasi ushbu
viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to'rtinchi avlod — evara edi. Onasi Qutlug'
Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o'n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ko'rinadiki,
Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng
mashhur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti o'spirinlikdan to umrining
oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va mag'lubiyat, ijod-u bunyodkorlik
og'ushida kechdi.
Bobur 1497- yili 15 yoshida sohibqiron Amir Temur poytaxti Samarqand shahrini
egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis siyosiy at tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga
majbur boiadi. Andijonda lat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir mirzoni
zmoqchi bo'ladilar. Ikki yil sargardonlikdan so'ng katta mashaqqatlar Andijon qaytarib olinadi.
1500- yilda Bobur Samarqandni jangsiz qo'lga kiritadi. Lekin Shayboniyxon yaqinlashib
kelayotganligi uchun kuch to'plash maqsadida Shahrisabzga jo'naydi. Bobur Samarqandni
tashlaab ketishga, nafaqat Samarqandni, jondan aziz Vatanini ham butunlay tark etishga
majbur bo'ldi. Ikki yilga yaqin sarson-sargardonlikdan so'ng Kobulga yo'l oladi. Kobul va
G'aznani jangsiz egallaydi va o'zini podshoh deb e'lon qiladi. 1507- yildan Hindistonni zabt
etish harakatiga tushgan Bobur 1526- yili o'z maqsadiga yetadi. Bobur va boburiylarning
hukmdorligi Hindiston tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. Bobur Hindistondagi din-
mazhab janjallarini oldini olishga, mamlakatda tinchlikni qaror toptirishga urindi. Begona bir
yurtni zabt etish hech qachon oson kechmagan. 1526- yilning 21- dekabrida Bobur
dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayli omon qoladi. Bu ahvol yigirma besh-
yigirma olti kun davom etadi. Bobur 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin
uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko'chiriladi.
Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g'oyat iste'dodli farzandi edi. U o'ta notinch,
sargardonlikda kechgan umrini zo'r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat
janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to'la edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv -
"Xatti Boburiy"ni kashf qildi. Umr bo'yi ajoyib she'rlar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan
shug'ullanib, "Chorgoh" maqomiga "savt"lar bitdi. 1521-yilda she'riy yo'lda soliq ishlarini
tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" ("Zakot bayoni") asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz
vazni haqida "Muxtasar" nomli risola bitdi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli
asarlari hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan shug'ullandi. Xo'ja Ahrorning "Volidiya"
asarini she'riy yo'l bilan o'zbekchaga o'giradi.
Muallifning "Boburnoma" asari nafaqat o'zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining nodir
namunasi sanaladi. Bu memuar (esdalik) asarida Bobur o'n ikki yoshida taxtga chiqishidan
boshlab umrining oxirigacha boshidan o'tkazganlarini, ko'rgan-kechirganlari, guvohi bo'lgan
voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi. Shuning
uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar
uchun birday manba bo'la oladi. "Boburnoma"ning o'zbek nasri taraqqiyotidagi o'rni
beqiyosdir.
Bobur o'zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she'rlarini
to'plab, 1519- yilda Kobulda, 1528 - 1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki
to'plam o'sha joylar nomi bilan "Kobul devoni", "Hind devoni" deb ataladi. Kobul devoni
topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she'rlarining soni to'rt yuzdan ortiq.
Shundan 119 tasi g'azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy,
qit'a, muammo kabi janrlar ham joy olgan.
Rahimov Mirzaabdulla
7 a sinf o`quvchisi
Baliqlarning ahamiyati.
Baliqlarning amaliy ahamiyati juda katta. Jahonda yiliga 50 mln
tonnadan ortiqroq baliq ovlanadi. Bu miqdor oziq birligi bo`yicha 650
mln bosh qoramolga to`g`ri keladi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq
– ovqat mahsulotlari sifatida ishlatiladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan
chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo`jaligi ekinlari uchun o`g`it
tayyorlanadi. Bundan tashqari baliq yog`i tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi.
Baliq maxsulotlari vitaminlarga boy bo`ladi.
Baliq go`shti oqsilga boy mazali bo`lishi bilan birga organizmda tez hazm
bo`ladi. Balqning ikrasi ham hushta’m taom xisoblanadi. Ayniqsa seld va
lasossimon baliqlarning go`shti yuqori kaloriyali bo`lib ularning ikrasi juda
qadrlanadi. Baliq go`shtini qaynatib, qovurib, dudlab, tuzlab yoki
konservalangan xolda iste’mol qilinadi.
Adasheva Matluba
9 a sinf o`quvchisi
Biologiyadan qiziqarli savollar
1.Kolorado qo`ng`izining qurtlari va g`umbagi qayerda rivojlanadi?
2.Ko`zlari teri ostida joylashgan, tuproqda 30-60 sm chuqurlikda yashaydi, dum va oyoqlari
yo`q, bu ta’riflar suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qaysi turkumiga mansub?
3.Ba’zi hasharotlar orasida mozaik ko`rish mavjud. Lekin o`rgimchakning 8 ta ko`zi bo`lsa
ham unda mozaik ko`rish mavjud emas . Nima uchun?
4. “Dengiz arisi” nomini olgan hayvon qaysi va nima uchun?
5.Qizilquyruq qaysi sinf va tipga mansub?
6.Suvda yashaydigan qaysi sutemizuvchilar hidni yaxshi sezmaydi, biroq o`ljasini hidini tez
payqaydi?
7.Kitlardagi rudiment organ qaysi?
8. “Men butun umrim bo`yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini, hatto
ortiqroq ko`raman” – deb yozgan inson kim?
9.Bunday qaddi-qomat umurtqa pog’onasini bo’yin va bel qismidagi oldinga egilishlarini
normaga nisbatan kam, ko’krak qismidagi orqaga egilishning esa ko`p bo`lishi tufayli vujudga
keladi. Bu qanday qaddi-qomat?
10.Qaysi nafas olish organida havo mavjud emas?
11.Adashgan ma’nosini beruvchi nerv markazi qaysi?
12.Qaysi vitamin yetishmaganda ko`zning shox pardasi xiralashadi hamda ko`rish o`tkirligi,
ranglarni ajratish qobiliyati pasayadi, soch to`kiladi?
Satimboyev Ne’matjon
8 s sinf o`quvchisi.
Matematik topishmoqlar
1. - Buvijon nabirangiz necha yoshda?
- Mening yoshim nechada bo`lsa nabiram shuncha oylik.
- Sizning yoshingiz nechada?
- Nabiram yoshi bilan mening yoshimni qo`shsang 65 chiqadi. Nabiram nesha yoshda?
2. Salimning akalari qancha bo`lsa opalari ham shuncha. Katta opasining ukalari soni singillari
sonidan 2 marta ko`p. Shu oilada nechta o`gil va nechta qiz bor?
Haydarova Gulsora
7 a sinf o`quvchisi
Qiziqarli savollar
1. Sham nimadan tayyorlanadi?
2. “Volfram” so`zining ma’nosi ?
3. Yashil brilliant eritmasi nima deb ataladi?
4. Xindular buni “daraxt yoshlari“ deb atashgan. Bu nima?
5. Alkimyogarlar suvni nima deyishgan?
6. Ruteniy elementi qaysi davlat sharafiga qo`yilgan?
7. Litiy qachon va kim tomonidan kashf etilgan?
To`raxanova Shodiyona 7 a sinf
1 O’ 1.Suv tashiydigan qadimiy idish
2 Z 2.Kavkazdagi davlat
3 B 3.Yevropadagi davlat
4 E 4. O`zbek avtomobili
5 K 5.Qarz olish
6 I 6. Yapon elektronika firmasi
7 S 7. Kulgi, iljayish
8 T 8. Issiq va sovuq o`lchov birligi
9 O 9.Bahor mevasi
10 N 10. Uzoqni yaqin qiladigan…
Abduvahobov Sherzodbek. 7 a sinf
1 2 3 4
1 1. Gul turi
2 2. Koinot, dunyo
3 3. Chuqur, o`ra
4 4.Otaning singlisi
Dadaboyev Bahtiyor 7 a sinf
B
1 O 1.Gul nomi bilan ataladigan sayl
2 Y 2.Boychechakka sinonim gul
3 CH 3.Yarmi idish yarmi gul
4 E 4.Uyda parvarish qilinadigan gul
CH 5. …gul
5 A 6.Tikonli gul
6 K
Xudayberdiyev Asrorbek 8 d sinf
1 O’ 1.Meva turi
2 Z 2.Italiyadagi mashhur minora
3 B 3.Poytahti DAKKA
4 E 4. Afrikada paydo bo`lgan qabila
5 K 5.Yuz qismi
I 6. Tottenxem futbol jamoasi hujumchisi
6 S 7.Radius so`zining ma’nosi
T
O
7 N
Mirjalilova Mohlaroyim. 8 s sinf
1 O’ 1.Keng va …
2 Z 2.Ayollar taqinchog`i
3 B 3.Momo va …
4 E 4. O`zi bitta ko`zi mingta
5 K 5. Qush turi
6 I 6. Ko`k kuylakli bir ayol, sariq bola ko`targan
7 S 7. Ayiq … yaladi, asalari taladi.
8 T 8. … va Zuhra
9 O 9.Lolaning makoni
10 N 10. Aziz ne’mat.
Mamatvaliyeva Shirinbonu Mamatvaliyev Jasurbek
8 d sinf 5 b sinf
Jamoliddinova O Sobirov Sohibjon
7 a sinf 5 b sinf
Isoqova Nilufarxon Ortig`aliyev Ulug`bek
8 d sinf 5 b sinf
Hurmatli jurnal mushtariylari: Siz yuborgan rasmlar, maqolalar, krosvordlar, topishmoqlarning hammasini jurnalimizda bosib
chiqarishning imkoni yo`qligi sababli, keyingi sonlarda berib borishni rejalashtrirdik.
Fevral – matematika va informatika fanlari oyligi
Maktab internatda mazkur oylikni samarali o`tkazish bo`yicha tadbirlar rejasi tuzilgan.
Mazker rejaga muvofiq quyidagi nominatsiyalar bo`yicha tanlov e’lon qilqinadi:
1. Eng faol sinf.
2. Eng faol sinf kutubxonasi
3. Rasmlar tanlovi.
4. Refaratlar va ilmiy maqolalar tanlovi.
5. Yosh modelchilar tanlovi.
6. Eng yaxshi dars ishlanmalari tanlovi.
7. Matematik topshiriq va topishmoqlar tanlovi.
Natijalar oylik yakunida hakamlar tomonidan e’lon qilqinadi.
Aniq fanlar uslubbirlashmasi