samgasi.uz soati/Ахб... · web viewo'zbekiston respublikasi oliy va о'rta maxsus...

15
O'zbekiston Respublikasi Oliy va 'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand о davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari Samarqand- 2018 y

Upload: others

Post on 02-Jan-2020

27 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

O'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

2018 yil 2 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari

Samarqand- 2018 y

Page 2: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

“Buyuk yurtning baxtiyor fazandlari” haftaligi “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarining 1-bosqichi materiallari.*

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIO‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarigajamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish 

va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidahttp://www.uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-onuni-23-10-2018

ELEKTR ENERGETIKASI TARMOG‘INI JADAL RIVOJLANTIRISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

http://www.uza.uz/oz/documents/elektr-energetikasi-tarmo-ini-zhadal-rivozhlantirish-va-moli-24-10-2018

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BIR GURUH XODIMLARNI

MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

http://www.uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-ichki-adshlar-idoralari-khodimlari-kun-24-10-2018

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KIMYO SANOATINI JADAL RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorihttp://www.uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasida-kimye-sanoatini-zhadal-rivozhlantir-25-10-2018

*Eslatma: Mazkur haftada o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarining 2-bosqichi – Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, iqtidorli va iste’dodli yoshlarning ilm va sport sohalarda qo‘lga kiritayotgan yoshlar haqida suhbatlashiladi.

Haftalikning 3-bosqichida talaba-yoshlarga mardlik fazilati haqida tushuncha beriladi, 4-bosqichda – talabalarning qaysi bosqichdaligiga qarab oyning boshida berilgan kitoblarning biri haqida fikr-mulohaza yuritiladi.

Page 3: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

XORIJDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN VATANDOSHLAR BILAN HAMKORLIK SOHASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

SIYOSATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

http://www.uza.uz/oz/documents/khorizhda-isti-omat-ilayetgan-vatandoshlar-bilan-amkorlik-so-25-10-2018

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH SAVDO VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 oktabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo vaziri Uilbur Rossni qabul qildi.

Davlat rahbarlarining muntazam uchrashuv va muloqotlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarni yanada yuqori darajaga ko‘tarib, strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi. 

AQSH savdo vazirining O‘zbekistonga ilk tashrifi tomonlar erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar doirasida munosabatlarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor va ularning bu boradagi intilishi mushtarak ekanidan dalolat beradi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, o‘zaro savdo hajmini oshirish, AQSH yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari, ilg‘or texnologiyalari va tajribasini jalb etgan holda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bank-moliya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidladi. 

AQSHning jahonga mashhur sanoat xoldinglari, moliya-investitsiya korporatsiyalari va banklari rahbarlari va vakillari ishtirokida o‘tgan O‘zbekistonda AQSH biznesi haftaligi tadbirlarining samarali natijalari chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Uchrashuvda savdo, sanoat va yuksak texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, logistika va transport sohalarida aniq loyiha va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda amaliy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. 

O‘zbekiston bozorida Amerika kompaniyalarining faoliyatini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishga, jumladan, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashildi. 

AQSH savdo vaziri davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi. 

Shu bilan birga, Uilbur Ross AQSH Prezidenti Donald Trampning geosiyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikka doir barcha masalalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yuksak ishonch izhor etilgan

Page 4: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

so‘zlarini yetkazdi. Bundan tashqari, Donald Tramp Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. 

Uilbur Ross mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hamda AQSH biznesida katta qiziqish uyg‘otayotgan, uning O‘zbekistonda faoliyat yuritishi uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan islohotlar sur’ati va miqyosini yuqori baholadi. 

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyorlik bildirildi. 

2021 YILGACHA 100 FOIZ ABONENT ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISHNING

AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMIGA ULANADIO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktabrdagi “Elektr

energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2018-2020 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi hisobi va iste’molini nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasiga asosan:• qiymati 2,6 milliard AQSH dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1 984 MVt.ga

teng 7 ta investitsiyaviy loyiha amalga oshiriladi; • yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr bo‘lgan yangi elektr tarmoqlari

quriladi va mavjudlari rekonstruksiya qilinadi, 2 500 ta transformator punktlari o‘rnatiladi va modernizatsiya qilinadi; 

• Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga 7 million iste’molchi ulanadi, 2021 yil yakuniga qadar ushbu tizimga ulanish qamrovi abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha etkaziladi.

“Obod qishloq” Davlat dasturini amalga oshirish uchun jalb qilingan xalqaro moliya institutlari qarz mablag‘larining 100 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan qismi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

JADAL RIVOJLANAYOTGAN IQTISODIYOT UCHUN ZAMONAVIY KADRLAR KERAK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktabr kuni oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Keyingi yillarda oliy ta’limni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy ta’lim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi. 2018 yilda umumiy qabul kvotalari o‘tgan yilga nisbatan 30 foiz oshdi. 

Page 5: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

Prezident qarorlari bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha dasturlar professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. 

Joriy yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Samarqandda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi "Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti"ning Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti faoliyat boshladi. 

Davlatimiz rahbarining shu yil 25 sentyabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma chet ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek, iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta’lim olishi, etakchi xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga ko‘maklashadi. 

Joriy yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mazkur tahlil sohada qator muammo va kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. 

Xususan, oliy ta’lim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7-9 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 74, Koreya Respublikasida 96 foizdir. 

Yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarining nufuzi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib o‘ringa ega emasligi qayd etildi. Ta’lim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilindi. 

Rektor va prorektorlarni tayinlashda professor-o‘qituvchilarning fikri o‘rganilmayotgani oqibatida yangi tayinlangan rahbarning jamoa bilan ishlash samaradorligi yetarlicha bo‘lmayapti. 

Ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan. 

Ta’lim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqarish bilan hamohangligini ta’minlash va eng asosiysi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish ishlari umuman qoniqarsiz ahvolda. 

Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, ularni attestatsiyadan o‘tkazib, akkreditatsiyalash, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi. 

– Iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy ta’lim tizimi taraqqiyotning lokomotivi bo‘lish o‘rniga, zamon bilan hamqadam bo‘lmayotgani achinarlidir. Mehnat bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar o‘rgatadigan, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradigan tizim yo‘q desak, bu ham achchiq haqiqat, – dedi davlatimiz rahbari. 

Shu bois sohadagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Page 6: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

Talabalar qabulining soddalashgan tizimini joriy etish orqali qabul jarayonini kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalashgan to‘lov-kontrakt tizimiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro nufuzini oshirish, pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatini munosib rag‘batlantirish maqsadida markazlashgan moliyalashtirishdan o‘z-o‘zini moliyalashtirish va iqtisodiy mustaqil tizimga o‘tish vazifasi qo‘yildi. 

Rektorlar va prorektorlarni tayinlashni soddalashtirish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini doimiy baholash, manzilli rag‘batlantirish, mas’uliyat va javobgarligini oshirish tizimini yaratish lozimligi qayd etildi. 

O‘zbekiston rektorlar kengashi faoliyatini ham tubdan takomillashtirish vaqti kelgani ta’kidlandi. Rektorlar malakasini baholash, bunda ularning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy salohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. 

Davlatimiz rahbari ta’limdagi eng asosiy vazifa talabalar bilimini baholash, o‘quv dasturlari hamda mavjud ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishdan iborat ekanini ta’kidladi. 

Xorijda tahsil olayotgan yoshlarning Vatanimizga qaytib kelishiga sharoit yaratish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari diplomlarini tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibini yanada soddalashtirish, oliy ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatildi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi natijalariga ham e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, ushbu forum yakunida rossiyalik hamkorlar bilan ta’lim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan. Jumladan, O‘zbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturi joriy etilishi nazarda tutilgan. Har bir kelishuv bo‘yicha “yo‘l xarita”lari ishlab chiqilgan. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur “yo‘l xarita”larida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Har bir filial, fakultet va qo‘shma dasturlar bo‘yicha tegishli huquqiy hujjatlarni sifatli ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliy ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. 

Tashkil etilayotgan ushbu fakultetlarni filialga aylantirish choralarini ko‘rish istiqboldagi vazifalardir. 

Yig‘ilishda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar asosida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, malakasini oshirish, oliy ta’lim tizimiga ilmiy-texnologik ishlanmalar va axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Prezidentimiz kelasi yil Rossiyada o‘tadigan navbatdagi forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hozirdan aniq rejalar belgilab olish zarurligini ta’kidladi. 

TOSHKENT BARCHA SOHALARDA NAMUNA BO‘LISHI KERAKO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni

Toshkent shahri Yunusobod tumaniga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar, istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. 

Page 7: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

Toshkent shahrining 2018-2019 yillardagi investitsiya salohiyatiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yilda poytaxtimizda 417 ta loyihani amalga oshirish va buning natijasida 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Ularning 264 tasi sanoat, 153 tasi xizmat ko‘rsatish sohasiga tegishlidir. Joriy yilning 9 oyida jami loyihalar uchun 257,5 million dollar hajmdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. 

2019 yilda 1 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga 181 ta loyihani hayotga tatbiq etish mo‘ljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 38 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. 

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxtimiz barcha sohada namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Loyihalarning kafolati, samaralari bilan qiziqdi. Mutasaddilarga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. 

Prezidentimiz Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishini ko‘zdan kechirdi. 

Toshkent shahrida aholi uchun qulay sharoit yaratish, sifatli transport xizmatlari ko‘rsatish qamrovini kengaytirish va metropoliten xizmatini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayni paytda Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi qizg‘in davom etmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 9 fevral kuni Yunusobod tumanida bo‘lib, metropoliten qurilishi bilan tanishgan edi. 

Davlatimiz rahbari bu yerda bunyodkorlik ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi, quruvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. 

Toshkent metropoliteni 40 yildan ko‘proq tarixga ega. Metropoliten yo‘lovchi tashishda qulaylik va xavfsizlik nuqtai nazaridan eng samarali transport vositasi hisoblanadi. 

Yunusobod yo‘nalishida qurilayotgan metro uchastkasining uzunligi 2,9 kilometr bo‘lib, 2019 yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. “Turkiston” va “Yunusobod” yangi metro bekatlaridan iborat. 

Eng asosiy masala poytaxtimiz ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish. Bunda metro eng qulay vositadir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bunyodkorlik ishlari bundan keyin ham tizimli davom ettiriladi. 

Ayni paytda ushbu bekatlar hamda ular oralig‘ida tunnel qazish ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu tunnelni yopiq usulda qazish uchun Germaniyadan “Herrenknecht“ kompaniyasining mexanizatsiyalashgan majmuasi keltirildi. Bu ulkan texnika may-sentyabr oylari davomida yig‘ildi. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib qaytdi. “Ko‘prik qurilish tresti" unitar korxonasi tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovchi tyubinglar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. 

Majmua bir sutkada 12 metr qazish va 8 ta xalqa o‘rnatish imkoniyatiga ega. Bugungi kungacha 350 ta xalqaga etarli konstruksiyalar zaxirasi yaratilgan. 

Prezidentimiz ushbu majmuani ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga metro bekatlarining ko‘rinishi va infratuzilmasi bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Transport kommunikatsiyalarini qurishda shaharning kelgusi rivojini hisobga olish, hamma uchun qulay bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi. 

Page 8: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

Davlatimiz rahbari joylarga tashrifi chog‘ida yosh avlod tarbiyasining birlamchi va muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yuksaltirish, bog‘chalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni mohir pedagoglar bilan ta’minlash, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida YUnusobod tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bog‘ishamol mahallasida joylashgan “Sevinch” nomli 74-maktabgacha ta’lim muassasasi bolalar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylandi. Muassasa joriy yilda tubdan ta’mirlanib, Prezidentimiz tashrifi arafasida foydalanishga topshirildi. 

275 o‘rinli muassasa innovatsion texnologiyalar asosida jihozlangan va mamlakatimizdagi ilk “aqlli bog‘cha” hisoblanadi. Bu yerda bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazorat uskunasi, har bir xonaga domofon o‘rnatilgan. Ota-onalar farzandi qaysi guruhda bo‘lsa, shu xonani bog‘lovchi tugmani bosgandan so‘ng tarbiyachi bolani olib chiqib beradi. Binoga kiraverishda qo‘yilgan tablodan bolaning o‘z guruhiga kirganini ko‘rish, guruhlardagi mashg‘ulotlarni onlayn kuzatish mumkin. 

Zina va xonalarga ishlangan rangli belgilar, tafakkurga undovchi rasmlar bolalarni rang bilish, sanashga o‘rgatadi. Yo‘l ko‘rsatuvchi rangli chiziqlar orqali kichkintoylar o‘z guruhini qiynalmasdan topib boradi. 

Mashg‘ulot xonalarida “Ilk qadam” dasturi asosida ishlab chiqilgan multimedia tajriba-sinov dasturiga ega monitorlar o‘rnatilgan. Bu dasturdagi turli sohalarga oid suratlar, interfaol o‘yinlar yordamida bolalarning bilim va ko‘nikmasi shakllantiriladi. 

Adliya vazirligi buyurtmasi asosida “Sotol systems” kompaniyasida ishlab chiqilgan ushbu dastur onlayn tarzda ishlaydi. Uni ota-onalar ham uyali telefoniga yuklab olib, uyda televizor orqali farzandlarini shug‘ullantirishi mumkin. 

Davlatimiz rahbari bog‘chada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, tarbiyachilar bilan muloqot qildi. 

Bolalarimizning ma’naviyati, bilimi, sog‘lig‘i biz uchun eng muhim masala. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko‘zidagi nurni ilg‘ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Davlatimiz rahbariga Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar haqida ma’lumot berildi. Prezidentimiz bu boradagi takliflarni ma’qullab, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi bog‘chalar qurish, bolalarni qamrab olishni kengaytirish va kelgusida yuz foizga etkazish zarurligini ta’kidladi. 

Shu yerda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rahbarlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilindi. 

Prezidentimiz bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi. Shavkat Mirziyoyev “Business city – “Yunusobod” zamonaviy

ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishdi. Poytaxtimiz ulkan bunyodkorlik loyihalari evaziga kun sayin go‘zal qiyofa

kasb etib bormoqda. Yangi-yangi aholi massivlari, muhtasham ko‘priklar, ijtimoiy soha ob’ektlari va boshqa inshootlar shaharni nafaqat arxitekturaviy jihatdan, balki

Page 9: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

yashash va dam olish, biznes yuritish sharoitlariga ko‘ra qulay megapolisga aylantirmoqda. 

Uzoqqa bormaylik, shaharning qoq markazida qad rostlayotgan “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilish bobidagi tasavvurlarimizni butunlay o‘zgartirib yubordi. Bu yerda zamonaviy texnologiyalar va me’morlik andozalari asosida tiklanayotgan osmono‘par imoratlar Toshkentga dunyoning shaharsozlik sohasidagi diqqatga sazovor markazlaridan biri maqomini olish imkonini beradi. 

Taraqqiyotning bugungi sur’atlari, aholining yaxshi yashashga bo‘lgan ehtiyoji, jahondagi o‘zgarishlar ko‘lamini hisobga olgan holda poytaxtimizda bir nechta zamonaviy ishbilarmonlik markazlari qad rostlamoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 avgustdagi Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, Yunusobod tumanining Otchopar – 2 mahallasi hududida quriladigan “Business city” – “Yunusobod” zamonaviy ishbilarmonlik markazi ularning navbatdagisi bo‘ladi. 

Ushbu zamonaviy ishbilarmonlik markazidan ko‘p qavatli turar joy majmualari, biznes-ofislar, savdo-ko‘ngilochar maskanlar, mehmonxonalardan iborat ko‘p tarmoqli majmualar, saylgohlar, ijtimoiy obyektlar, tibbiy-sog‘lomlashtirish markazlari o‘rin oladi. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning qiymati 500 million dollar bo‘lib, 2019-2023 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan. 

Davlatimiz rahbari yangi ishbilarmonlik markazi qurilishida relefdan oqilona foydalanish, dunyo shaharlari tajribasini o‘rganish zarurligini qayd etdi. Uni barpo etishga xorijiy investorlar, tajribali loyihachi va quruvchilarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

Shu yerda Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarni boshqarish bo‘yicha takliflar taqdimoti o‘tkazildi. U professional servis kompaniyalari tashkil etish orqali ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. 

Prezidentimiz tumanda ushbu tizimni joriy mavsumdayoq tatbiq etish, har bir ko‘p qavatli uyning egasini topib, ularga imtiyozlar berish zarurligini ta’kidladi. 

Innovatsion, ilmiy va tashkiliy ishlarni birlashtirib, baravar olib bormasak, bu soha eskicha holda qolaveradi. Kommunal xizmatlar xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilmasa, sifat bo‘lmaydi. Sifat bo‘lmagandan keyin to‘lov ham barqaror bo‘lmaydi. Bu sohada xizmatni, hisob-kitobni joyiga qo‘ysak, vaziyat o‘zgaradi, odamlar rozi bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Davlatimiz rahbari “Amilov” qandolat mahsulotlari fabrikasi faoliyati bilan tanishdi. 

Sobiq “Lok-bo‘yoq” zavodi o‘rnida tashkil etilgan “Amilov” fabrikasi joriy yil 5 oktabrda ishga tushirildi. Korxona maydoni 32 gektar bo‘lib, qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarish uskunalari uchun qariyb 80 million dollar sarflandi. Germaniya, Shvetsariya, Daniya, Italiya, Avstriya va Gollandiyadan texnologiyalar keltirib o‘rnatildi. Natijada 850 ga yaqin ish o‘rni yaratildi. 

Korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda bu yerda shokolad, konfet, pechene, vafli kabi 60 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda. 

Page 10: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 2 noyabr juma kuni dars

Bunday shirinliklar shu paytgacha asosan import qilinardi. “Amilov” fabrikasida tayyorlanayotgan qandolat mahsulotlari chet elnikiga nisbatan arzon va sifatli bo‘lgani bois ichki bozorda tez xaridorini topdi. Natijada bunday mahsulotlar importini 40 foiz qisqartirishga erishildi. Qolaversa, korxona yiliga 10 million dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan. 

Davlatimiz rahbari fabrikaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, bunday korxonalarni ko‘paytirib, raqobatni rivojlantirish, import bo‘layotgan boshqa mahsulotlarni ham mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zekspomarkaz”da Toshkent shahri va Yunusobod tumani hokimlari, mutasaddilar va sektorlar rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. 

Unda Yunusobod tumanini iqtisodiy rivojlantirish, mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi. 

2019 yilda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilishi mo‘ljallangan 38 ta loyihaning har biri bo‘yicha tashabbuskorlar va manbalarini aniq ko‘rsatgan holda “yo‘l xarita”lari ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. 

Xatlovda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan obyekt va yer maydonlarida yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish, byudjetga tushumlarni ko‘paytirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Ijtimoiy dolzarb masalalarni hal qilish, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, obyektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.