o’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi ... · -o’simliklar himoyasi va karantini ....

19
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI BOTANIKA FANIDAN O’QUV DALA AMALIYOTINI O’TKAZISH UCHUN USLUBIY KO’RSATMA 400000 -Qishloq va suv xo’jaligi bilim sohasi 5410200 5411000 -Agronomiya (Dexqonchlik mahsulotlari bo’yicha) -Meva sabzavotchilik va uzumchilik 5111000 -Kasb ta’limi (agronomiya) 5410900 -Ipakchilik 5410800 5420100 -O’rmonchilik - Fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish 5410000 -Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 5410300 -O’simliklar himoyasi va karantini 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi 5410500 -Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash mutaxassisligida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Toshkent-2014 yil

Upload: others

Post on 09-Mar-2020

58 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI

VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

B O T A N I K A

FANIDAN O’QUV DALA AMALIYOTINI O’TKAZISH UCHUN

USLUBIY KO’RSATMA

400000 -Qishloq va suv xo’jaligi bilim sohasi 5410200 5411000

-Agronomiya (Dexqonchlik mahsulotlari bo’yicha) -Meva sabzavotchilik va uzumchilik

5111000 -Kasb ta’limi (agronomiya) 5410900 -Ipakchilik 5410800 5420100

-O’rmonchilik - Fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish

5410000 -Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 5410300 -O’simliklar himoyasi va karantini 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi 5410500 -Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki

qayta ishlash mutaxassisligida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan.

Toshkent-2014 yil

Page 2: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

2

TUZUVCHILAR: I.V.Belolipov - professor, b.f.d. X.A.Axmedov - dotsent, b.f.n. K.X.Buxorov - dotsent, b.f.n. N.Z.Arabova - assistent b.f.n. I.A.Islomov - assistent Sh.E.Abdurasulov- assistent

TAQRIZCHILAR: T. Raximova - O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti professori, biologiya fanlar doktori. A. Sheraliev - Q/x biotexnologiyasi va fitopatologiya kafedrasi- ning professori, biologiya fanlari doktori.

Qo’llanma Toshkent Davlat agrar universiteti Q/x biotexnologiyasi va fitopatologiyasi kafedrasining 2014 yil 20 martdagi 8 sonli majlisida muhokama qilingan, hamda Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish fakulteti o’quv-uslubiy kengashining 2014 y. 28 martdagi 7-sonli majlisida tasdiqlangan.

Page 3: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

3

SO’Z BOSHI O’quv dala amaliyoti barcha qishloq xo’jaligi mutaxassislari uchun za-

rur bo’lgan o’quv jarayonining bir qismidir. O’quv dala amaliyoti davomida talabalar ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarida olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydilar. Fanning maqsadi va vazifasi.

Fanning maqsadi: Talabalarga o’simliklarning tuzilishi, hayotiy shakli, tarqalishi, har xil landshaftdagi o’simliklar qoplami bilan tanishtirish, yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar turlarini aniqlashni, gerbariy tayyorlashni, o’simliklar qoplamini geobotanik nazardan, har xil sharoit, muhitga (tuproq, iqlim, ek-spozitsiya va hokazo) nisbatan aniqlashni o’rgatish.

Fanning vazifasi: -talabalarga o’simliklar dunyosining xilma-xiligini ko’rsatish va ularni

tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi, o’simliklarni yashash sharoitiga moslashish-larini o’rgatish;

-talabalarga tabiatdan gerbariylar yig`ish, ularga yorliqlar (etiketkalar) yozish hamda terilgan gerbariylarni maxsus iskanja (press) lar yordamida qurit-ishni o’rgatish;

-talabalarga har xil joylardan terilgan o’simliklarni morfologik belgilariga qarab aniqlagich yordamida oila, turkum va turlarni aniqlashni o’rgatish;

-talabalarga har - xil fitotsenoz va argofitotsenozlarni botanik tahlil qil-ishni o’rgatish:

-talabalarga o’simliklar dunyosi boyligini qadrlash, ulardan oqilona foy-dalanish va muhofaza qilish yo’llarini o’rgatish:

TALABALARGA TALAB

Har bir talaba o’quv dala amaliyoti davomida qilingan ishlari yuzasidan hisobot yozib topshiradi. Har bir talaba rejada belgilangan dastur bo’yicha tabi-atdan yetarli darajada o’sib rivojlangan o’simliklardan 50 dona gerbariy terib, ularni oila, turkum va turlarga ajratib, aniqlab bo’lgandan keyin amaliyot ra-hbariga topshiradi. Amaliyot rahbari terilgan o’simliklarni o’sish joyini, ayrim-larini morfologik va biologik xususiyatlarini so’raganda talaba yaxshi javob ber-sa, ball qo’yish bilan hisobotni qabul qiladi.

O’QUV DALA AMALIYOTINI O’TKAZISHNI TASHKIL QILISH

O’quv dala amaliyoti belgilangan reja asosida har kuni har joyda o’tkaziladi. O’quv dala amaliyoti boshlanishidan oldin amaliyot rahbari talabalarni o’tkaziladigan amaliyotning maqsadi va vazifalari bilan to’liq tanishtiradi. O’quv dala amaliyoti boshlanishidan oldin talabalarga texnika xavfsizligi to`g’risida tushuncha beriladi, hamda belgilangan qoidani o’qib berib tala-balarga tushunganligi haqida maxsus daftarga imzo qo’ydiriladi.

Page 4: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

4

Talabalarga har kuni qilinadigan ishlar reja bo’yicha tushuntiriladi, ish das-turi bilan tanishtiriladi. Shundan keyin talabalar amaliyot o’tkazadigan o’qituvchilar rahbarligida mustaqil ravishda tabiatdan gerbariy yig`adilar. O’quv dala amaliyotini o’tayotgan talabalar albatta kundalik daftar tutadi-lar. Kundalik daftarga har kuni qilinadigan ishlarni yozib boradilar. Kundalik daftarda keltirilgan ma’lumotlar o’quv dala amaliyotini oxirida hisobot yozishda foydalaniladi, o’quv dala amaliyotning oxirida hisobot bilan birga topshiriladi. Botanika fanidan o’quv dala amaliyoti Toshkent Davlat agrar universitetining kichik o’quv tajriba xo’jaligida, katta o’quv tajriba xo’jaligi xududida madaniy ekinzorlarda, togli hududlarda, botanika bog’larida hamda foydalanilmay yotgan yerlarda, shuningdek sug`orish shaxobchalari bo’ylarida o’tkaziladi. O’quv dala amaliyotining birinchi kunida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining botanika bog`iga olib boriladi. Imkoniyat bo’lsa, Bo’stonliq tumanidagi to`li joylaridagi o’simliklar qoplamlari bilan tanishtiriladi va ger-bariylar yig`iladi. O’quv dala amaliyotini o’tkazish uchun ekskursiya kunining birinchi yarmi-dan boshlanadi. Kunning ikkinchi yarmida esa talabalar o’zlari yig`gan gerbariy-larini tartibga soladilar. O’simliklarni gerbariy qog`oziga taxlaydilar, quritish uchun maxsus iskanja (press) ga joylaydilar, shundan so’ng kundalik daftarga qilgan isharini qayd qiladilar, shu kunga xulosa yozadilar. O’quv dala amaliyotini o’tkazuvchi har bir talabada qalin muqovali kundalik daftar, oddiy qora qalam, bir nechta yorliq, cho’ntak lupasi, pintset (qisqich) o’simliklarni ayrimlarini kovlab olish uchun pichoq, tesha, gerbariy solinadigan qog`oz, gerbariy papka hamda o’simliklarni aniqlash uchun aniqlagich kitob bo’lishi lozim. Papka bilan olinadigan qog`oz 42x28 sm hajimli bo’lib, ikkiga buklangan bo’lishi kerak yoki ikkiga bo’lib qirqilgan ro’znoma (gazeta) bo’lishi lozim.

Tabiatdan gerbariy tayyorlash uchun havo ochiq bo’lgan kunlari quruq joylardan o’simliklar yig`iladi, chunki nam tortgan o’simliklardan tayyorlansa u tezda qorayib qoladi.

O’simliklarning botanik nomlarini aniqlash uchun gerbariy yetilgan, sog`lom, vegetativ va generativ a’zolari bor o’simlik, iloji boricha ildizi bilan birga olinadi. Chunki ba’zi oilalarni aniqlashda asosiy ko’rsatkich belgilari muhim hisoblanadi. Masalan. Karamdoshlar, Ziradoshlar. Agar olinadigan o’simliklarning o’rtacha kattaligi 20-25 sm bo’lsa, bitta gerbariy varag`i uchun ikki, uch tupi, mayda o’simliklardan esa gerbariy varag`i to’ladigan qilib bir nechta tupi olinadi. Agar o’simlik gerbariy varag`iga sig`maydigan darajada katta bo’lsa, bir tupining ayrim qismlari: yuqorisidan (generativ a’zoli qismlari) yer osti qismidan (ildiz va ildizpoyasi) va har - xil balandlikda joylashgan bargli poyaning bir qismi olinadi. O’t o’simliklarining ildizlari tuproqdan tozalanadi. Agarda o’simlikning ildizpoyasi yoki piyozboshi bo’lsa, ularni kesib qisman uzunasiga yupqa plastinka ko’rinishda qirqib olinadi. Har bir o’simlikdan 2-3 nusxa yig`ilishi lozim, chunki, yaxshisi ajratib olinadi.

Gerbariyni juda ehtiyotlik bilan to’g`rilab, gerbariy qo`ozga joylashtiriladi va qo`ozning ikkinchi yarmi bilan yopib qo’yiladi, uning ustiga boshqa turdagi

Page 5: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

5

o’simlik bor qo`oz varaq qo’yiladi va shunday qilib o’simlikning biror qismi gerbariy qo`ozdan chiqib qolmagan holda bir nechtasi taxlanadi va iskaja ora-siga qo’yib siqib bog`lanadi.

O’quv dala amaliyoti davrida gerbariy yig`ishda albatta tabiatni muhofaza qilishni esdan chiqarmaslk lozim. O’simliklarni yig`ishda, barcha ishlarni bajar-ishda maqsadsiz harakatlar qilmaslik kerak, yig`iladigan o’simliklar kerakli miqdorda olinishi lozim. Biror joyda kam uchraydigan o’simliklarni ayrim hol-larda ilmiy maqsad uchungina teriladi.

Tabiatdan garbariy terishda to’g`ri yorliq qilish katta ahmiyatga ega. Yor-liqqa oddiy qalam bilan o’simlikning oilasi, turkumi, tur nomi, yashash va topil-gan joyi (viloyat, tuman va boshqalar) aniq ko’rsatiladi. Shuningdek o’simlik yig`ilgan kun va oy hamda gerbariy yig`gan shaxsning ismi va familiyasi yozib qo’yiladi.

GERBARIY YORLIQLARINING NUSXASI

Gerbariy yorlig`ini tayyorlash uchun, daftar varag`i to’rt bo’lakka bo’linadi va quyidagilar yoziladi:

I. Toshkent Davlat agrar universiteti q/x biotexnologiyasi va fitopаtologiyasi kafedrasi

II. Oilasining nomi: Rosaceae III. Turkumining nomi: Rosa IV. O’simlik turining nomi: Rosa canina L. V. Yashash joyi: Тоsh DAU o’quv tajriba xo’jaligi VI. Terdi: Sh. Abdurasulov VII. Aniqladi: A.Islamov VIII. Terilgan vaqti: "__" _____ 2014 yil.

O’SIMLIKLARNI QURITISH

Quritiladigan o’simlik gerbariylari iskanjaga (pressga) solib qo’yiladi. Press

30x45 sm kattalikdagi ikkita ramkadan iborat bo’lib, har bir ramkaga bir nechta sim tortiladi. Bu ramkalarning biriga bir necha bo’sh qog`oz solinadi, buning ustiga o’simlik joylashgan qog’ozlar taxlanadi, bularning har birining orasiga 2-3 tadan bo’sh qog`oz solinadi ramkalarning ikkinchisi ustiga qo’yiladi.

O’simlikning iskanjalash oldidan u yana bir marta ko’zdan kechirilib, bukilib qolgan joylari to’g`rilanadi. Agar qog`oz orasidagi o’simlik juda serbarg bo’lsa, barglar ustma-ust joylashgan bo’lsa, bular orasiga ham qog`oz parchasi qo’yiladi. Ba’zan o’simik barglarining bir qismini olib tashlashga to’g`ri keladi, bunda uning olib tashlanganligi bilinib turishi kerak.

O’simliklarni quritishda filtr qog`ozni ishlatish ma’qul, maqsadga muvofiq keladi. Ammo betiga yelim surtilmagan o’rov qog`ozidan yoki ro’znomalardan

Page 6: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

6

foydalansa ham bo’ladi. Bu ishni bajarishda har bir o’simlik yonidagi yorliqni tushib qolmasligiga alohida e’tibor berish kerak.

O’simliklarni tez qurishi uchun har bir iskanjadagi o’simliklarni soni 30-35 tadan ortiq bo’lmasligi kerak. Iskanjaga yuqorida ko’rsatilgan tartibda tegishli miqdorda o’simliklar qog`ozlarga taxlangandan keyin yana bir necha bo’sh qog`oz solinadi va tasma ya’ni ipchalar bilan mahkam siqib bog`lanadi. Agar iskanja tasmalarni qattiq tortib bog`lanmasa, o’simliklarning bargi, guli va boshqa qismlari burishib quriydi. Shuning uchun siqib bog`lanadi. Iskanja ochiq havoga oftob tushadigan yoki yelvizak joyga qo’yiladi. Quritish muddatini juda cho’zib yubormaslik kerak, aks holda o’simlik sarg`ayib qoladi. Iskanja kuniga bir marta yechilib, o’simlik joylashgan qog`oz ko’zdan kechirladi. Agar bular orasiga solingan qog`oz namiqib qolgan bo’lsa, uni qurig`iga almashtiriladi. Is-kanjadagi o’simliklar joylashgan qog`ozlarni ko’ylak deb ataladi. Iskanjani yechib tekshirishda o’simliklarni o’z joyidan qo’zg`atmaslik kerak, aks holda yaxshi qurishiga ulgurmasdan o’simlik qismlari ezilib g`ijimlanishi mumkin.

O’simliklarning yetarli darajada quriganligini quyidagi belgilarga qarab aniqlanadi. Qurigan o’simlik egilmaydi, mo’rt bo’lib qoladi. Bargi qurigan o’simlikni ko’ylagi va yorlig`i bilan birga iskanjadan asta-sekin olib saqlanadi-gan joyga qo’yiladi.

O’simlik gullaridagi ko’k, binafsha, pushti ranglar asli holida saqlanishi uchun tez quritish kerak. Oq rangli gullar sekin quritilganda ham saqlanadi. Yo’g`on poyali o’simliklar, masalan ba’zi soyabongulli o’simliklarning poyasini, ildizini tikkasiga yorib, ikki pallaga ajratiladi va ildiz bo’g`zida bargi bo’lgan bir pallasi quritiladi. Piyozli o’simlik ham shu xilda quritiladi. Sersuv poyali barcha o’simliklarni quritishda poya va barg bandlari 2-6 sm oralatib, 1-2 sm uzunlikda tikkasiga tilib chiqiladi. Har bir o’simlikka qo’yilgan qog`oz al-mashtirilib turiladi.

O’simliklardan gerbariy yig’ish va tayyorlash uchun kerakli ji-

hozlar quyidagi rasmlarda ko’rsatilgan:

Gerbariy papkasi va quritish uchun mo’ljallangan 42x28 smli qogozlar

Page 7: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

7

Botanikadan ekskursiya uchun zarur jihozlar:1-gerbariy yig’ish uchun papka, 2- gerbariy uchun iskanja (press), 3-bog’ pichog’i, 4-sekator (tok qaychi).

O’simliklardan gerbariy tayyorlash qoidalari (ko’rgazmali tarzda):

Juda uzun

ekzemplyarlarni joylashtirish uchun o’simlik poyasini barglari o’lchamiga mos holda pastga yoki yuqoriga buki-ladi.

Page 8: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

8

Agar gerbariy namunasida faqat bitta yirik gul bo’lsa, uni yopishtirish mumkin emas. Lekin gulni himoya qilish uchun yupqa qog’ozchadan foydalaniladi. Yupqa qog’ozchaning yuqori qismi gulga halaqit qilmaydigan qilib yupishtirib qo’yiladi. Agar gul shikastlanadigan bo’lsa bu gerbariy namunasi yaroqsiz hisoblanadi.

Baland bo’yli osimlikni gerbariy qog’ozga joy-

lashtirilgan namunasi.

Bittadan ortiq osimlik na-

munalarini gerbariy qog’ozga joylashtirish:

O’simlik namunalarini bir

qatorga uchki qismini yu-qoriga qaratgan holda to’g’ri joylashtiring (1);

O’simlik gerbariylarini joylashtirish vaqtida yirik va og’ir namunalarni qog’ozning pastki qismiga qo’ying (2).

Page 9: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

9

Mayda va kam sonli o’simlik namunalarini gerbariy qog’ozga joylashtirish: Gerbariy qog’ozga mayda o’simliklarning

bir nechta namunasini joylashtirish kerak; Agar mayda o’simliklar soni ko’p bo’lsa,

tanlangan namunalarining ortiqchasi gerbariy qog’ozga yopishtirilgan qog’oz qopchada saqlanadi;

Kam sonli mayda o’simliklarning hammasi gerbariy qog’ozdagi qopchada saqlanadi.

O’simlik namunasidagi gullarni gerbariy qog’oziga oldi va orqa to-mondan ko’rinarli qilib joylashtiri-ladi (iloji bo’lsa).

Zich o’sgan tuplardagi

o’simliklar mumkin qadar ehtiyot-lik bilan bir-biridan va ildizlarini tuproqdan shikaslamagan holda ajratiladi.

Page 10: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

10

Tog’ri va noto’gri tasmalar qo’yilgan o’simlik namunalari. Tas-malar kalta bolishi va gul oqiga yopishtirilishi lozim. Yopishtirilgan tasmalar gul qismlariga halaqit bermasligi kerak.

Gerbariy setka namunalari va ularni bo’glash usuli.

O’SIMLIKLAR DUNYOSINIHG MUHOFAZASI O’zbekiston florasi xilma-xil bo’lib, undagi turlarning ma’lum bir qismi ma-

halliy kishilar tomonidan dorivor va manzarali o’simlik sifatida doimiy ravishda foydalanib kelinmoqda. Natijada ayniqsa noyob endemik va relikt (ma’lum maydonlardagina qadimdan saqlanib kelayotgan o’simliklar) turlarning may-donlari (areali) qisqarib, ularning soni esa tobora kamayib bormoqda.

Page 11: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

11

Floramizning to’la saqlanib qolishi kelajakda xom ashyo ba’zasini ta’minlaydi, hamda texnikaviy va dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan prepa-ratlar xilma-xiligini kengaytiradi.

Har yili aholi tomonidan o’simliklarning noyob turlari (lola, shirach, chin-nigul va boshqalar) xazon qilinmoqda.

O’zbekistonda noyob va muhofazaga muhtoj bo’lgan turlarini saqlab qolish maqsadida "O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobi" tashkil qilingan. Bu ki-tobga kamayib borayotgan va Davlat muhofazasidagi o’simliklarning nomlari kiritiladi.

O’zbekiston Respublikasi O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g`risidagi Qonun 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan. Bu qonun asosida Respublikamiz florasi himoya qilinadi va oqilona foydaliniladi.

O’quv dala amaliyoti vaqtida talabalar ushbu qonunga amal qilishlari, noyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan o’simlik turlaridan gerbariy yig`masliklari kerak va ularni asrash yo’llari bilan tanishishlari lozim.

Respublikamizda muhofazaga muhtoj o’simliklarni saqlab qolish har bir insonning burchidir. Noyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi o’simlik turlarini ijozatsiz yi`uvchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

O’SIMLIKLARNI MORFOLOGIK TAVSIFI O’quv dala amaliyoti davomida talabalar tomonidan yig`ilgan o’simliklar

tekshirishdan o’tkaziladi, o’simliklarni ilmiy (oilasi, turkumi va turlarning lotin-cha, ruscha, o’zbekcha) nomlari aniqlanadi. Bunda birinchi navbatda o’simliklarning belgilariga asoslanadi. Buning uchun o’simlikning umumiy ko’rinishi hamda rasmi chiziladi. Turli xil hayotiy shakllariga asoslaniladi 5-6 ta o’simlik bo’lishi lozim. Daraxt (olma, olcha), buta (atirgul, siren, anor), lianalar (uzum, ximel), bir yillik o’simliklar (kungaboqar, makkajo’xori, bug`doy, g`umay, qamish, beda) ni morfologik tavsifi hisobot yozgan daftarga kiritiladi.

O’SIMLIKLARNI MORFOLOGIK TA’RIFI

1.O’simliklarning hayotiy shakllari:

A1) Daraxt, A2).buta, A3).o’tsimon o’simliklar (ko’p, ikki va bir yillik). B).Bir pallalik, B2).ikki pallalik.

V1).Bir uyli, V2.)Ikki uyli.

2.Ildiz sistemasi. A) asosiy ildiz, qo’shimcha ildiz.

Page 12: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

12

B.shaklan o’q ildiz, popuk ildiz, shoxlangan ildiz. V)shaklan o’zgargan ildiz, tuganak, ildiz meva.

3.Poya. A) tik o’suvchi, ilashuvchi, chirmashuvchi, o’rmalovchi. B) shoxlangan, shoxlanmagan. V) tukli, silliq. G) ko’ndalang kesigi bo’yicha, yumaloq, to’rtburchakli, uchburchakli, ko’pburchakli. D) poyaning shakli o’zgarishi, ildizpoya, gorizontal, vertikal, uzun-qisqa (yer osti, yer usti) tikan, gajak.

4.Barglari. a). Oddiy, 1). bandli, 2). bandsiz, 3). qinli 4). yon bargchasiz, 5).yon bargchali, 6).bo’g`impardali 7).barg shakli b). Murakkab; 4). yon bargchasiz, 5).yon bargchali, 6).bo’g`impardali 7).barg shakli

8). Barg chetining tuzilishi. Silliq, arrasimon, tishsimon

9). Barglarining soni v) barglarning o’rnashishi.

ketma-ket, qarama-qarshi, muto’vkasimon (xalqasimon), rozetkasimon.

g)shaklan o’zgarishi. tikan, mo’ylov, fillodiy.

5.To’pgullilar. a).monopodial, a1).oddiy

boshoq, so’ta, shingil, qalqon,

Page 13: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

13

soyabon, savatcha, boshoqcha.

A2).Murakkab. boshoq, soyabon, supurgi

B)simpodial. Monoxaziy (gajak, ilonsimon)

dixaziy, pleyoxaziy

V) to’pgullari yo’q(gullari oddiy). 6)Gul.

A1).aktinomorf (to’g`ri) A2).zigomorf (noto’g`ri).

b).gulqo’r`oni, qo’shgulqo’rg`onli, oddiy, (kosachasimon, tojibargsimon) yalan`och gullar,

v).kosacha, ayrimbargli va tutash bargli kosachalar. g).tojibarg, tutashtojibarg, ayrimtojibargli. d). Changchisi bir, ikki uyali, ko’p uyali, e).Changchilar soni. Uru`chi (apokarp, senokarp) meva bargchalar soni. j).tuguncha, ustki, ostki, o’rta (ustunchaning soni). z). gulining formulasi. 7.Meva.

a)oddiy Quruq ko’p urug`li (bargak, dukkak, qo’zoqcha, ko’sak) quruq bir uru`li (yong`oq, yong`oqcha, don). Bir uru`li ho’l mevalar: ko’p urug`li ho’l meva (rezavorlar) (olma, qovo-qlar, bodiring).

b).murakkab: murakkab barg, murakkab don, murakkab yong`oq. Murakkab danakli.

v).to’pmeva.

MORFOLOGIK GERBARIY MAZMUNI: 1.varaq.Ildiz tiplari, o’q ildiz, popuk ildiz: 2.varaq.Novdaning shoxlanish tiplari, monopodial, simpodial,

g`alladoshlarning tuplanish tiplari ildizpoya, siyrak tuplangan, qalin tuplangan. 3.varaq. O’simliklarning yashash davriga ko’ra; bir yillik, ikki yillik, ko’p

yillik.

Page 14: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

14

4-5 varaq. Oddiy barglar silliq plastinkali, barg plastinkasimon shakliga ko’ra; yumaloq, ovalsimon, lansentsimon, ignasimon, buyraksimon, yuraksi-mon, yoysimon, bargning qirqilishiga ko’ra silliq, tishsimon, o’yiqli.

6.varaq. Murakkab barglarning barg plastinkasi; uch plastinkali, panjarasi-mon, toq patsimon, juft patsimon:

7.varaq. Barglarning o’rnashishi; ketma-ket, qarama-qarshi, halqasimon, Baglarning tomirlanishi; to’rsimon, panjasimon, patsimon, yoysimon, paralel,

8.varaq. Gul tiplari. a).simmetriya bo’yicha to’g`ri (aktinomorf), noto’g`ri (zigomorf): b).gul qo’rg`oniga ko’ra bir qavatli, qo’sh qavatli gulqo’r`onlar. v).gultojlarining qo’shilib o’sishiga ko’ra tojibarglari ayrim tojbargli,

qo’shilib o’sgan; g).Tugunchaning o’rnashishi; ustki tuguncha, o’rta tuguncha, ostki tuguncha. 9).varaq. a). To’pgullar, oddiy va murakkab monopodial; boshoq, so’ta, shingil, mu-

rakkab soyabon, supurgi. Simpodial; gajakgul, ilon izi, burma to’pgul. 10. varaq. Meva tiplari: a).quruq mevalar, ochilib sochiluvchilar, bargak, dukkak, qo’zoq va

qo’zoqcha ko’sak: b).ho’l mevalar - bir uru`li va rezavor mevalar.

O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.Morfologik gerbariy nima? 2.O’q ildiz qanday o’simliklar uchun xos? 3.Qaysi o’simliklar uchun popuk ildiz sistemasi xosdir? 4.Monopodial tipdagi shoxlanishga misol keltiring? 5.Simpodial tipdagi shoxlanishga misol keltiring? 6.10 ta bir yillik o’simliklarga misol keltiring? 7.Ikki yillik o’simiklarga misollar keltiring? 8. Ko’p yillik o’tsimon o’simliklarga va daraxtsimon o’simliklarga misollar

keltiring? 9.Oddiy va murakkab bargli o’simliklarga misollar keltiring? 10.Barglarning joylanish tiplariga ko’ra misollar keltiring? 11.Barglari yoysimon, parallel, patsimon tomirlangan o’simliklarga misollar

keltiring? 12.To’g`ri va noto’g`ri gulli o’simliklarga misollar keltiring? 13.To’pgulli o’simliklarga misollar keltiring? 14. Meva tiplari turli xil bo’lgan o’simliklarga misollar keltiring?

O’SIMLIKLARNI ANIQLASH O’simliklarni aniqlash uchun vegetativ va generativ organlar haqida bilim-

larga ega bo’lishi lozim.

Page 15: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

15

Gulli o’simliklarni aniqlash sxemasi quyidagi adabiyotlarda ko’rsatilgan ("O’zbekiston florasi" I -YI tom, O’zbekiston o’simliklarini aniqlagichi).

O’simliklarni turli aniqlagich yordamida aniqlanadi. O’simliklarni aniqlash uchun qaysi oila, turkum va turga mansubligini bilish lozimdir. Oila, turkum va turlar uchun tuzilgan aniqlagich raqamlar bilan ifodalangan teza (+) va antiteza (-) deb yuritiladigan shartli beligilardan iborat.

Teza o’simlikning asosiy belgilarini ifodalaydi. Antiteza esa o’simlikning tezadagiga qarama-qarshi xususiyatlarini ifodalaydi. Dastlab teza o’qiladi va unda bayon etilgan belgilar o’simliklarga taqqoslab ko’riladi. Agar ularga mos kelsa, u holda shu jumla oxiriga, ya’ni o’ng tomoniga yozilgan raqam topilib, o’qish davom ettiriladi. Tezada yozilgan belgilar aniqlanayotgan o’simliklarga mos kelmasa antiteza o’qiladi. Osimlik belgilari to’g`ri kelgan yoki, antiteza oxirida ya’ni o’ng tamonida yoki oilaning nomi yozilgan (oldin o’zbekcha, so’ngra lotincha) bo’ladi. Agar teza yoki antiteza oilaning nomi bilan tamom-lansa, o’simlikning shu oilaga mansubligi aniqlangan bo’ladi. Aks holda keltirilgan raqamlardan teza yoki antiteza o’qib aniqlash davom ettiriladi. O’simlikning turkumi turlari shu yo’l bilan aniqlanadi. Oilalar uchun tuzilgan aniqlagichlari har bir oila uchun qo’yilgan raqam uning tartib nomerini bildiradi. Oilalar aniqlagichda ana shu tartib nomeri bilan joylashtirilgan.

O’Z- O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR.

1. O’simliklarni aniqlash uchun botanika fanining qaysi qismini yaxshi bilish lozim?

2. O’simlik belgisi nima? 3. Teza va antiteza nima? Tanishtruv amaliyoti davrida o’simliklar bilan tanishish uchun quyidagi o’simlik oilalaridan gerbariy yig`ish lozim.

1.G’alladoshlar -Roaseae 2.Qiyoqdoshlar - Sureraseae 3.Lolaguldoshlar - Liliaceae 4.Gultojixo’rozdoshlar- Amaranthaceae 5.Tutdoshlar - Moraceae 6.Toldoshlar - Salicaceae 7.Sho’radoshlar - Chenopodiaceae 8.Ayiqtovondoshlar -Ranunculaceae 9.Chinniguldoshlar -Caryophyllaceae 10.Karamdoshlar - Brassicaceae 11.Ko’knoridoshlar -Papaveraceae 12.Atirguldoshlar-Rosaceae 13.Dukkakguldoshlar-Fabaceae 14.Gulxayridoshlar-Malvaceae 15.Uzumdoshlar-Vitaceae 16.Soyabondoshlar-Apiaceae

Page 16: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

16

17.Pechakdoshlar-Convolvulaceae 18.Kampirchopondoshlar-Boraginaceae 19.Labguldoshlar -Lamiaceae 20.Ituzumdoshlar-Solanaceae 21.Murakkabguldoshlar -Asteraceae 22.Qovoqdoshlar-Cucurbitaceae 23.Chinordoshlar-Platanaceae 24.Yong`oqdoshlar-Juglandaceae 25.Qayrag`ochdoshlar-Ulmaceae 26.Torondoshlar-Polygonaceae 27.Chirmovuqdoshlar-Suscutaceae 29.Shumg`iyadoshlar- Orobanchaceae

AGROFITOTSENOZNI O’RGANISH

Yer sharida uchraydigan barcha o’simlik turlari hech vaqt yakka holda hayot

kechira olmaydi. Muayyan bir yerning o’zida bir necha o’simlik turlari o’sayotganini ko’rish mumkin.

Geobotanikaning ob’ekti yakka uchraydigan bir tur bo’lmasdan, balki muayyan bir yerda uchraydigan o’simliklar guruhidir. Bu guruh o’simliklar ja-moasi yoki fitotsenoz ham deb ataladi. Bir fitotsenozni ikkinchisidan farqlash uchun har bir jamoaning turlari tarkibi, turlar o’rtasidagi sonlar va sifat mu-nosabatlari baland, pastligi (yarusligi), fizianomiyasi, davriyligi, yashash joyi o’xshash, bir necha xususiyatlari e’tiborga olinadi. Turlarning floristik tarkibi o’rganilganda har bir turning va hukmron (dominat) turning yer yuzasini qoplash darajasiga alohida e’tibor beriladi.

O’simliklar jamoasiga quyidagi beligilar harakterlidir. a). Aniq turlar tarkibi: b). Xarakterli tarkib va tashqi ko’rinishi yoki fizianomiyasi (qiyofasi) tur

qrtasidagi son va sifat munosabatlarida jamoada shu turlarning tarqalishi. v). o’simliklar jamoasi o’rganilganda turlar o’zaro bir-biriga nisbatan past-

baland bo’lib joylanishi ham o’rganiladi. Bunga yarusli yoki qavatlik deyiladi. O’simliklar jamoasi uni tashkil etuvchi turlarning mo’lligi qoplam hayotiyligi yoki aspekt (mavsumiylik) va sinuziyasi bilan harakterlanadi.

Mo’llik- bu ma’lum maydondagi har bir turning miqdoridir. U shu turning xususiyatiga ekologik sharoitiga, turlar o’rtasidagi munosabatlar va boshqa sa-bablarga bog`liqdir. Mo’llik o’rganilayotgan har bir tur individlari hisoblab chiqiladi, ammo ko’pincha ko’z chama usuli bilan hisoblanadi.

Bunda: 1. O’simlik fon hosil qilganda juda ko’p uchraydigan deyarli ko’p uchraganda :

2.- bir oz ko’p uchraganda: 3.-kamroq uchraganda: 4.- juda kam uchraganda: 5.-Yakka bir tup uchraganda qo’yiladi.

Page 17: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

17

Mo’llik ya’ni tur soni jamoasi shu turning ahamiyati to’g`risida to’liq tu-shuncha bermaydi, shuning uchun ham qoplami hisobga olinadi. Qoplam bu o’simliklarning yer usti qismini maydon proeksiyasi. Bu ko’z chama yo’li bilan hisoblanadi. To’liq qoplangan maydon yuz foiz deb olinadi.

Jamoada yoki ayrim yarusda hukumronlik qilgan tur jamoa dominanti yoki yarus dominanti deyiladi. Dominant tur o’simliklari jamoasida, odatda katta maydonda va uni tur tarkibini hamda tuzilishini aniqlashda asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun ham bunday tur edifikator deb ataladi.

Davriylik bu o’simliklar jamoasidagi biror tur o’simlikning holatidir. Davri-ylikni aniqlash vaqtida har bir turni qanday fazada ekanligi e’tiborga olindi va fazalar quyidagicha belgilanishi mumkin.

Vegetatsiyadan gullash davrigacha, G’unchalash davri, gullashning boshlanishi, to’liq gullash gullash tugashi, ammo urug`lari pishmagan. Urug` mevalar pishib to’kilayotgan davr Urug`lashdan keyin vegetatsiya yana davom etadi degan ma’nolarni bildir-

uvchi belgilar qo’llaniladi. Fizioanomiyasi deganda tekshirilayotgan o’simliklar jamoasining yoki, uni

tashkil qilayotgan har bir turning ko’zga tashlanish holati va darajasi tu-shuniladi.

Aspekt yoki davriylik-bu yil davomida o’simlik jamoasining qiyofasi o’zgarib turishidir. Aspektlarning yil davomida o’zgarib turishiga jamoaning strukturasi ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan: sernam pichanzor o’ta yashil aspek-tga ega bo’ladi. So’ngra ertaki ayiqtovonlar gullaganda aspekt yashil sariq rang-ga kiradi.

Fitotsenoz o’rganilganda uning sinuziyasi ham o’rganiladi. Sinuziya deganda jamoaning tashkil etishda qatnashayotgan turlarning hayot

shakllari bo’yicha xilma-xilligi tushuniladi. Masalan: pastki yaruslarni tashkil etishda gulli o’simliklarning o’tsimon vakillaridan tashqari sporali o’simliklar ham ishtirok etishlari mumkin.

Tirik tabiatning davriy o’zgarishi va ularning tabiiy omillari bilan aloqasini o’rganish fenologiya deb ataladi?

O’simliklarni rivojlanishini kuzatib borish, fenologiya masalan: daraxtlarda kurtaklarning yozila boshlashi va yozilib tamom bo’lishi, barglarning hosil bo’lishi, gulkurtaklarning (g`uncha) ochilishi, urug` va mevalarning pishishi, urug`larning tuzilishi va hakozolari o’rganiladi.

G’alladoshlarda esa maysaning paydo bo’lishi, nay tortishi, boshoq tortishi, gullashi, sut va mum davrida urug`larning pishishi fazalariga ajratiladi.

Agrofitotsenozlardagi o’simliklar turining zichligi (qalinligi) urug` sepish normasiga agrotexnikaga, o’simlikning biologik va ekologik xususiyatiga, shun-ingdek begona o’tlar bilan zararlanishiga bog`liq. Bunda o’simliklarning ko’payishiga ham e’tibor beriladi.

Page 18: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

18

Agrofitotsenozdagi o’simliklarning zichligiga qarab yorug`lik, issiqlik, suv va havo rejimi, oziqlanishi har xil bo’lishi mumkin. Bu esa maydondagi ma-daniy o’simliklarning hosildorligiga ta’sir ko’rsatadi.

Har bir tur uchun xos optimallik bo’lib, bunda o’simlik yaxshi o’sib rivojla-nadi, noqulay sharoitlarga chidamli bo’ladi. Agrofitotsenozdagi o’simliklarning zichligini bilish uchun ma’lum maydondagi barcha o’simliklar hisoblanadi. Buning uchun 50x50 sm yoki 1 m2 dagi o’simliklar hisobiga olinadi va daftarga yozib boriladi.

O’simlik nomi va

guruhi Maydonchadagi o’simliklar soni

O’simliklarning o’rtacha soni

"№11 №2 №3 №4 №5

Agrofitotsenozlardagi o’simlik turlarini hisobga olish 1,10 yoki 100 m2

(10x10) maydonchalarda olib boriladi. Maydonchalarning 4 burgachiga qoziqcha qoqilib ip tortiladi

Tur

Riv

ojla

nis

hi

Yar

us-l

igi

hayo

t sh

akli

qopl

ami

argo

fito

tse

noz

1m2

dagi

so

ni

Zic

hlig

i

Boi

mas

sa

Izoh berishdan avval xo’jalikdan shu maydondagi olib borilgan ishlar, ya’ni

maydoni qachon o’zlashtirilgani, qanday o’simliklar ekilgani, agrotexnikasi, qanday mineral, organik o’g`itlar berilgani. Tuproqni ishlash sxemasi va shuga o’xshash ma’lumotlar olinishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. V.Suvorov. N.Voronova, S.Kiseleva. Posobie k uchebnoy praktike po

botanike. Kolos. 1961. 2. G.Xrjanovskiy, F.Ponomarenko "Praktikum po kursu obshey botaniki.

Moskva. Kolos, 1979. 3. A. Lapin. Opredelitel rasteniy Tashkentskogo oazisa. 1940. 4. O’zbekiston florasi.Tom I - VI. 5.M.Nabiev. Botanika atlas lug`ati. T., 1969. 6. M.Nabiev, T.A.Odilov. O’zbekiston o’simliklari aniqla-gichi. T.,O’qituvchi, 1968. 7. I.Xamidov. O’simliklar geografiyasi. T., O’qituvchi,1975. 8.F.N.Komilova. F.X.Jongurazov. Botanikadan amaliy mashg`ulotlar.

T.,1986 9.I.V.Belolipov, A.Sheraliev, A.Abdullaev, M. Ahadova. O’rta Osiyo

o’simliklari morfologiyasi. T.,1991. 10.S.Holiqov, O’.Pratov, A.Fayziev. O’simliklar aniqlagichi. T.,O’qituvchi,

1995. 191 b.

Page 19: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI ... · -O’simliklar himoyasi va karantini . 5410400 -Qishloq xo’jalik ekinlari urug`chiligi va seleksiyasi . 5410500 -Qishloq

19

11.Chasovennaya A.A. Osnovi Agrofitotsenologii. Uchebnoe poso-biy.Izdatelstvo Leningradskogo Gosudarstvennogo universiteta, 1975 g. 100. s.

12.Juraqulov A. Uchyot zasoryonnosti s/x kultur. Sostovlenie kart i meri borbi s nimi v Uzbekistane. Tashkent 1986 g.

13.Fisyunov A.V. Sornie rasteniya – M: Kolos, 1984 – 320 s. 14.Gomolitskiy P.A. Sornie rasteniya polivnix zemel Uzbekistana “Illyustri-

rovanniy spravochnik” Tashkent izdatelstvo “Fan” Uz SSR 1982, 110 s.