kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. hammadan...

10

Upload: others

Post on 21-Feb-2020

34 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz
Page 2: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

Kitobxon.Com

Page 3: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

UO‘K: 821.512.133-1KBK: 84(4Dan)A – 65Andersen, Hans KristianSuv parisi. Ole-Luk-oye: ertaklar. Hans Kristian Andersen

/ Rus tilidan Usmon Qo‘chqor va Alisher Usmon tarjimalari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 64 b.

ISBN 978-9943-27-834-9

Ertaklar kim yoki qaysi tilda yozilishidan qat’i nazar, barcha millat bolalarining qalbini birdek zabt eta olish qudratiga ega. Ertakchilar qiroli Hans Kristian Andersenning ilk bora o‘zbek ti-lida so‘zlovchi ertak qahramonlari bu gal bolajonlarimizni yangi sarguzashtlar, ya’ni hayratlar sari boshlamoqda. Kitobni o‘qish-ga bo‘lgan muhabbat e’tiboringizga havola etilayotgan ertaklar bilan boshlansa yoxud bu ertaklardan qayta va qayta hayrat tu-yishga ehtiyoj sezsangiz, biz bundan faqat xursand bo‘lamiz.

Maroqli mutolaa tilaymiz, sizga!

UO‘K: 821.512.133-1KBK: 84(4Dan)

Rus tilidanUsmon Qo‘chqor va

Alisher Usmon tarjimalari

ISBN 978-9943-27-834-9© Hans Kristian Andersen, “Suv parisi. Ole-Luk-oye”. “Yangi

asr avlodi”, 2016-yil.

Kitobxon.Com

Page 4: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

3

SUV PARISI

O lis-olislarda suvlari bo‘tako‘z gulbargi dek zangori, shaffof shisha singari tip-tiniq,

hech bir kema langari yetolmay digan chuqur bir dengiz bo‘lgan ekan. Juda ko‘p qo‘n g‘iroqlarni ustma-ust qo‘ygandagina bu dengiz yuzasiga chiqish mumkin ekan. Dengiz tubida suv osti xalqi yashar ekan.

Tag‘in bu suvning tubi oppoq qumdan ibo-rat tap-taqirlik ekan-da, deb o‘ylamang. Yo‘q, u yerda shox-u barglari o‘ta egiluvchan g‘aroyib daraxt va gullar o‘sib yotar, ular suvning jinday harakatidan ham xuddi jonlidek tebranib turar ekan.

Bu shoxlar orasida esa bizning dunyomizdagi ochiq havodagi qushlar kabi katta-kichik baliqlar orom olishar ekan. Dengizning eng chuqur jo yida dengiz shohining saroyi joylashgan bo‘lib, uning devorlari marjondan, baland qirrador oynalari eng sof kahrabodan, tomi esa chig‘anoq lardan iborat ekan, bu chig‘anoqlar suvning ko‘tarilib-pa-sayishiga mos ravishda goh ochilib, goh bekilib turar, bu juda go‘zal manzara ekan, chunki har

Kitobxon.Com

Page 5: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

4

qaysi chig‘anoq ichida jilolanib turgan marvarid bo‘lib, uning har biri naq qirolicha oliyalarining tojiga ajoyib bezak bo‘la olishi mumkin ekan-da.

Dengiz shohi allaqachon tul qolgan bo‘lib, uning ro‘zg‘orini kampir onasi eplashtirib turar ekan; u aqlli ayol bo‘lsa-da, o‘z nasl-nasabi bilan haddan ziyod g‘ururlanar, dumiga naq o‘n ikkita ustritsa taqib yurar, holbuki, boshqa amaldorlar-ga faqat oltita ustritsa taqib yurish uchun ruxsat berilgan ekan, xolos. Shunisini aytmaganda, kampir har qanday maqtovga loyiq ekan, xusu-san, jajji nevaralari malikalarni jon-dilidan yaxshi ko‘rishini aytmaysizmi? Malikachalar olti nafar bo‘lib, biri-biridan go‘zal, lekin eng kenjasi ham-masidan ma’suma, badani atirgul kabi toza va nafis, ko‘zlari dengiz kabi tubsiz va moviy ekan. Faqat uning ham opalari kabi oyoqlari yo‘q, oyoq o‘rniga xuddi baliqnikidek dumi bor ekan.

Malikalar uzzukkun hovlida, devorlarida ha-qiqiy gullar o‘sib yotgan keng-mo‘l chodirlarda o‘ynashar ekan. Kattakon kahrabo oynalar ochil-ganda, xuddi bizning uyimizga qal dirg‘ochlar uchib kirgani kabi, baliqlar ichkariga suzib kirar, derazalar lang ochib qo‘yilganida baliqlar to‘g‘ri-dan-to‘g‘ri jajji malikalar yoniga suzib kelar, ular-ning qo‘lidan yemak yer, malikalar ularning ustini silamoqchi bo‘lishsa jimgina turib berishar ekan.

Saroy oldida kattakon bog‘ bo‘lib, unda al-vondek qizil va to‘q zangori daraxtlar o‘sib yotar, ularning mevalari tilladek tovlanib, gullari olov-

Page 6: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

5

dek yashnab turar, novda-yu barglari tinimsiz tebrangani-tebrangan ekan. Yer sidirg‘a mayin qumdan iborat bo‘lib, oltingugurt alangasi kabi zangori tovlanar ekan. Bu yerda hamma narsa g‘aroyib bir moviylikka belanib yotar, daf’atan bu yerga tushib qolsang, o‘zingni dengiz tubida emas, balki yuksak fazoga chiqib qolgandek, boshing us-tini ham, oyog‘ing ostini ham osmon qurshab ol-gandek his etar ekansan kishi. Sokin paytlarda bu tubanlikdan quyosh xuddi gulkosa sidan yog‘du tara-lib yotgan arg‘uvongulga o‘xshab ko‘ri nar ekan.

Bog‘da har bir malikaning o‘z burchagi bo‘lib, bu yerga ular istagan narsalarini kovlab o‘tqa-zishlari mumkin ekan. Malikalardan biri jo‘yak tortib, kitga o‘xshash gulzor yaratibdi, ikkinchi-si suv parisiga o‘xshab ketadigan gulzor qilishni o‘ylab topibdi, eng kichkina malika esa quyosh-dek dum-dumaloq jo‘yak olib, unga xuddi qu-yoshdek alvon gullar o‘tqazibdi. Kichkina ma-

Page 7: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

6

lika judayam g‘alati, kamgap, o‘ychangina qiz-cha ekan. Opalari cho‘kkan kemalardan topib olishgan turli-tuman ashyolar bilan o‘zlarini bezatishar, kenjasi esa faqat dengiz tepasidagi quyoshga o‘xshash alvon gullarni, shuningdek, marmar haykalni juda yaxshi ko‘rar ekan. Bu sof oppoq toshdan yasalgan go‘zal yigitcha ning haykali bo‘lib, u kema halokati tufayli dengiz tubiga cho‘kib tushgan ekan. Kichkina suv pa-risi haykal yoniga pushti majnuntol o‘tqazibdi, uning tolim-tolim novdalari zangori qumchil tubanlikda yotgan haykal uzra eshilib, o‘z teb-ranishiga mos ravishda nofarmon soya solib turar, bu esa manjuntolning novda va ildiz lari bir-biriga chirmashib, bir-birini erkalayotgan-dek ajoyib manzarani hosil qilar ekan.

Suv parisi hammadan ko‘proq yuqoridagi, dengiz ustidagi odamlar dunyosi haqida hiko yalar tinglashni yoqtirar ekan. Keksa buvisi unga ke-malar va shaharlar, odamlar va jonivorlar haqida nimayiki bilsa, hammasini aytib berar ekan. Suv parisiga, ayniqsa, yer yuzasidagi gullarning bu yerdagidan, dengiz tubidagidan boshqacha hid taratishi, o‘rmonlarning yam-yashilligi, shoxlar-ga qo‘nib olgan baliqlarning kishini maftun et-gudek jarangdor va yoqimli sayrashlari g‘aro yib mo‘jiza bo‘lib tuyular ekan. Buvisi qushlarni baliq deb atar, yo‘qsa nevaralari uning nima ekanligini tushunmas, chunki ular tug‘ilganlaridan beri qush zotini ko‘rmagan ekanlar.

Page 8: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

7

– Qachonki o‘n besh yoshga to‘lsangiz, – der ekan buvi, – sizlarga suv yuzasiga suzib chi qish, oy yog‘dusida qoya ustida o‘tirish, yonginangizdan suzib o‘tayotgan ulkan kemalarni, o‘rmon va sha-harlarni tomosha qilish uchun ruxsat beriladi!

Bu yil katta malika naq o‘n besh yoshga to‘lar, biroq opa-singillar sutma-sut tug‘ilganliklari uchun kichkina malikaning dengiz tubidan yuqo-riga suzib chiqib, biz – yer yuzidagilar ning qan-day yashayotganligimizni tomosha qilishi uchun hali besh yil bor ekan. Lekin har bir malika bi-rinchi kuni nimalarni ko‘rgani, o‘ziga hammadan ko‘proq nima yoqib qolgani haqida boshqalarga so‘zlab berishni va’da qilibdi, chunki buvilarining hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko‘proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko‘proq kutishga to‘g‘ri keladigan eng kichik, kamgap, o‘ychan suv parisi dengiz yuzasiga suzib chiqishni opalaridan ko‘ra ko‘proq istar ekan. U o‘z kechalarini ochiq deraza oldida, baliqlar dum va qanotlari bilan to‘lqinlatib yotgan to‘q zan-gori suvdan yuqoriga tikilganicha o‘tkazar ekan. U oy va yulduzlarni tomosha qilar, garchi ular-ning tusi oqaribroq qolsa ham, ammo suv ostida bizdagidan ancha kattarib ko‘rinar ekan. Agar ularning ostidan qora bulut singari biror narsa suzib o‘tsa, suv parisi bilar ekanki, hozir yo kit suzib o‘tayotir yoki kattakon kema, bu kemaning ichi odamlarga liq to‘la, lekin tubanlikda oppoq qo‘llarini cho‘zganicha kema tomon talpinayot-

Page 9: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

8

gan ma’sumgina suv parisi bu odamlardan hech birining xayoliga ham kelmas ekan.

Mana nihoyat, to‘ng‘ich malika o‘n besh yosh-ga to‘libdi va unga suv yuzasiga suzib chi qish uchun ruxsat berishibdi.

Uning qaytib kelganidan keyingi hikoyalari ni bir eshitsangiz! Hammasidan ajoyibi, deya hikoya qilibdi u, dengizning sokin paytida oy yog‘dulari ostida qirg‘oq sayozligida yotgancha kattakon shaharni tomosha qilishdir. U yerda yuzlab yul-duzlar kabi olovlar miltillab yotadi, musiqa yang-rab, ulovlar shovqini, odamlarning gangir-gungu-ri eshitilib turadi, qo‘ng‘iroqxonalar va ularning minoralari ko‘rinib, qo‘ng‘i roqlar jaranglab tura-di. Shuning uchun ham u yerga borish mumkin emas, lekin shunaqangi borging keladiki!

Uning hikoyasini kichkina singlisi nihoyatda berilib tinglabdi. So‘ngra esa kechqurun ochiq deraza oldida turganicha to‘q zangori suv ostidan yuqoriga tikilib, kattakon sershovqin va gavjum shahar haqida o‘y sura ketibdi, hatto qo‘ng‘iroq sadolarini eshitganday bo‘libdi.

Bir yildan so‘ng ikkinchi opasiga ham suv yu-zasiga ko‘tarilish va istagan joyiga suzib borish uchun ruxsat tegibdi. U quyosh botishi bilanoq, dunyoda bundan go‘zalroq manzara yo‘q degan to‘xtamga kelib, suv yuzasiga qalqib chiqibdi. Os-mon butunlay tilla rang tusda deb hikoya qilibdi u, bulutlar esa oh, shu qadar chiroyliki, ta’rifiga so‘z ojiz. Alvon va binafsharang bu bulutlar os-

Page 10: Kitobxon...hikoyalari ularni qoniqtirmas, yanada ko proq narsalarni bilishni istar ekanlar. Hammadan ko proq kutishga to g ri keladigan eng kichik, kamgap, o ychan suv parisi dengiz

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/2008 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/2008 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версиюможно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/2008