2015 yil
son
“Umid” umidlarning porloq oshyoni,
Nurli kelajakning ayni o`zidir!
“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,
“Umid” ijodkorning ko`ngil so`zidir!
Bosh muharrir
Qobiljon Qosimov
Tahrir hay`ati
G.Qo`shmonova,
M.Tursunov, H.Yunusov,
D.Buvaboyeva
Jamoatchilik kengashi
V.Rajapov, S.Isoqov
Q.Hakimov, A.Asraqulova,
Q.To`laboyev
G. QO`SHMONOVA
Chortoq tumanidagi 5 -sonli Davlat ixtisoslashtirilgan
umumiy o’rta ta’lim maktab-internati direktori,
Xalq ta’limi a’lochisi
Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy
barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol
inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu
tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini,
ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bо‘lgan
munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha
qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi
darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom
avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning
mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday
tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka,
ezgulikka va qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini
tashkil etadi. Hozirgi kunda bu
masalalarga birinchi darajali
ahamiyat berishimizning boisi –
iymoni, e’tiqodi va ahloqiy
fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati
kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi
qalbida chuqur ildiz otgan,
ma’naviy barkamol fuqarolarga ega
bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va
barqaror rivojlana oladi. Buyuk
kelajak ma’naviy barkamol
insonlarga tayangandagina
yaratiladi, qad kо‘taradi. Boshqacha
aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun
ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada
yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga
yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona
ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” .
Bu fikrlardan kо‘rinib turibdiki, sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalarni
ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson
hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor
normalari, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol
kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘ylaydilar. Ular
mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar.
Sog‘lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy
boy avlodni, aqliy rivojlangan, ahloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog‘imiz
kerak. Bunday kishilar о‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – iymon va insof, mehr-
oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, о‘zaro hurmat, yuksak
vatanparvarlik, insonparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g‘oyalarni
mujassamlashtirgan bо‘lishlari lozim.
Bu gulshan ichra yo‘qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.
Turg‘unaliyeva Mardona
6 a sinf o’quvchsi
“Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning
mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. I. Karimov
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda temuriylar hukmronligida bo'lgan Xuroson davlatining
poytaxti Hirot shahrida saroy amirlaridan bo'lmish G'iyosiddin Kichkina xonadonida tavallud topdi.
Kichik yoshidan ta'lim olib, maktabda o'qib yurgan kezlari forsiy
tildagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri hisoblanmish
Fariduddin Attorning mashhur «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi»)
dostonini sevib, berilib o'qidi. Ota-onasi mazkur asarga bu qadar
mashg'ul bo'lib ketganidan qo'rqib, kitobni undan olib, yashirdi.
«Biroq, — deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob
tariqasida yozgan «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida shoir, -
men «Mantiq ut-tayr» matnini to'liq yodlab olgan edim...»
Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad
shahriga ko'chib, bir necha yil o'sha yerda yashagan. 1466—
1469-yillari yosh shoir Samarqand shahridagi madrasalarda
ta'lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo'ldi, faol ijod ham
qildi. 1469-yilning bahorida do'sti temuriyzoda Husayn Boyqaro
Hirot taxtini egallaganidan so'ng shoirni yoniga chaqirdi. Ulug'
qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida oliy
martabali lavozimlarda xizmatda bo'ldi. U buyuk amallardan
iste'foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg'ul bo'lgan
kezlarida ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas.
Unga Husayn Boyqaro «Muqarrabi shohiy», ya'ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan edi.
Bu sharafli martabaning hukmdor oldidagi imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan
ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi.
1483-1485-yillari shoirning eng buyuk asari - besh dostondan iborat «Xamsa» yaratildi.
Sharqda xamsachilikning o’lziga xos tarixi va an’anasi mavjud. “Xamsa” yozishni
ozarbayjonlik ulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib,
ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Nizomiy 1173-1179-yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin
Bahromshohga bag’ishlab “Marzon ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) nomli hamdnoma yozadi. 1180-1184-
yillarda Iroq hukmdori To’rg’ul “2” ning iltimosiga ko’ra “Xursav va Shirin” dostonini yaratadi.
1188-yilda Shirvon – shohlardan Axsaton 1 Nizomiyga “Layli va Majnun” dostonini yozishni
buyuradi. 1196-yilda hukumdor Alovuddin Ko’rpa Arslonning topshirig’i bilan Bahrom haqida “Haft
paykar” (“Yetti go’zal”) maydonga keldi.. 1196-1201-yillarda “Iskandarnoma” yaratiladi. Shu tariqa
1173-1201-yillar oralig’ida 28 yillar davomida muallifning besh dostoni dunyo yuzini ko’radi.
Shundan so’ng adibda turli yillarda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilanfiklri
tug’ilgan va “Panj ganj” (“Besh xazina”) “Xamsa” vujudga kelgan Nizomiydan yuz yildan song asli
shahrisabzlik turkiy qabilalari avlodidan bo’lgan Xusrav Dehlaviy (1253-1325) o’zini “Xamsa” sini
1299-1301-yillarda yozib tug’iladi. “Matla ul-anvar” (“ Nurlarning boshlanmasi”) “Shirin va Xursav”,
“Majnun va Layli”, “Hasht behisht” (“Sakkiz Jannat”), “Oyinayi Iskandariy” (“Iskandar oynasi”)
dostonlarini yaratib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda xamsachilik an’anasi paydo
bo’ldi.Umrining so'nggi o'n yili mobaynida ham Navoiy juda ko'p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod
etdi. Bu ulug’ zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi. O'sha kuni butun mamlakat motam
tutdi. Alisher Navoiyning qabri Hirotda.
Abdurahmonova Shohsanam
7 a sinf o`quvchisi
Zahiriddin Muhammad Bobur
adabiyotimiz tarixidagi
takrorlanmas siymolardan biridir.
U faqat yirik adib, buyuk tarixchi,
ulkan olimgina emas, balki mohir
sarkarda va buyuk davlat arbobi
ham edi. Uning ijodi mana shu
sohalarning barchasi bilan
chambarchas bog`liq holda yuzaga
keldi. Uning mustaqil siyosiy
faoliyati juda erta bir tarzda – otasi
Umarshayx Mirzoning
kutilmaganda vafot etishi
munosabati bilan boshlangan.
Shunda u bor-yo`g`i 12 yoshda edi.
Boburdan bizga ulkan meros qoldi. Bu meros shoirning devonlari, “Boburnoma”si, bir qator
ilmiy, tarixiy, diniy, falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlardan iborat. U Xoja Ubaydulloning
“Risoli volidiya”sini o`zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid “Mubayyin” asarini yaratdi, “Xatti
Boburiy”ni ixtiro qildi.
“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o`z davridagi ko`plab
kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko`plab tog`lari, daryolari, o`rmon va
cho`llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar jamlangan.
“Boburnoma” – o`zbek nasrining go`zal namunasi. Bu paytgacha Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u
bilig” asarining muqaddimasida, Rabg`uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni
yuqori pog`onaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” o`zbek nasrining o`ziga xos kashfiyoti sifatida yuz
ko`rsatdi.
Bobur o'zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she'rlarini
to'plab, 1519- yilda Kobulda, 1528 - 1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki to'plam o'sha
joylar nomi bilan "Kobul devoni", "Hind devoni" deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas.
Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she'rlarining soni to'rt yuzdan ortiq. Shundan 119 tasi
g'azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit'a, muammo kabi janrlar
ham joy olgan.
G`azallar
Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o'zga jonni dilafgor ko'rmadim,
Ko'nglim kibi ko'ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko'ziga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo'y etmisham, netay,
Chun vaslig'a o'zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.
Bobur, 'zingni o'rgatako'r, yorsizki, men
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.
Charxning men ko'rmagan jabr-u jafosi qoldimu?!
Xasta ko'nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?!
Meni xor etti-yu qildi muddaiyni parvarish,
Dahri dunparvaining o'zga muddaosi qoldimu?!
Meni o'lturdi jafo-u davr birla ul quyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehr-u vafosi qoldimu?!
Oshiq o'lg'och ko'rdum o'lumni o'zumga, ey rafiq,
O'zga ko'nglumning bu olamda harosiqoldimu?!
Ey ko'ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!
D.Buvaboyeva
Ixtisoslashgan fanlar
bo`yicha direktor
o`rinbosari
NAVOIYXONLIK VA BOBURXONLIK TADBIRLARI
Maktab internatimizda “Adabiyot kunlari” tadbiri yuqori saviyada tashkil
etildi. O`quvchilar o`rtasida kitobxonlik, ijodkorlik va she’rxonlikni yanada
keng targ`ib qilish, ularga fevral oyida tavallud topgan buyuk bobokolonlarimiz
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijod namunalarini batafsil
tushuntirish maqsadida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” tadbirlari o`tkazildi.
“Adabiyot kunlari” tadbirlari doirasida o`quvchilar o`rtasida “Mushoira
kechasi”, “G`azalxonlik bellashuvi”, “She’rxonlik”, “Donolar bisotidan”,
“Bahru-bayt” kabi turkum tadbirlar va adabiy kechalar tashkil etildi. Tadbirlar
davomida yozuvchi S.Musaboyev, shoirlar B.Fayzullayev, A.Hakimovlar taklif etildilar va ular bilan
davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.
Sinflar o`rtasida “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Eng yaxshi insho”, Navoiy asarlari bilimdoni”,
“Bobur g`azallari bilimdoni” kabi tanlovlarni, shuningdek, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad
Boburlarning rasmlarini chizish bo`yicha rasmlar tanlovlari o`tkazildi.
Tadbirlarda faol ishtirok etgan o`quvchi va o`qituvchilarni “Faxriy yorliq” va esdalik sovg`alari
bilan taqdirlandilar.
Mamlakatxon
G`ofurova
Matematika fani
o`qituvchisi
FEVRAL - MATEMATIKA VA INFORMATIKA FANLARI OYLIGI
Har yili bo`lganidek bu yil ham maktab – internatimizda matematika
va informaika fanlari oyligi juda ko`tarinki ruhda kutib olindi. Oylik
boshlangan kuniyoq tasdiqlangan rejaga muvofiq ko`rgazmalar vistavkasini
tashkil etildi. Bu vistavkadan turli uslubiy qo`llanmalar, elektron ko`rgazmali
qurollar, modellar, refarat va dars ishlanmalari, testlar, tarqatmali materiallar
joy oldi. “Yosh rassom”, “Eng yaxshi ilmiy maqolalar va refaratlar”, “Yosh
ihtirochilarni izlaymiz” kabi tanlovlar e’lon qilindi va bu tanlovlarda
o`quvchilar o`z kuch va bilimlarini namoyon etishdi. Sinflarda sinf
kutubxonasini boyitish ishlari amalgam oshirildi. “Internet“, “Qiziqarli
masalalar olamida”, Dasturlash – ikkinchi savodxonlik, Optimallashtirilgan
o`quv dasturlarining tadbiqi kabi mavzularda dokladlar, suhbatlar uyushtirildi.
Barcha sinflarda ochiq darslar o`tkazildi. 7 a sinf o`quvchilari o`rtasida
Matematik kecha, 9 s va 9 d sinflar o`rtasida musobaqa, Zakovat intellektual o`yini, Bilimdonlar
tanlovi kabi tadbirlar o`tkazildi. Maktab internatimizga tashrif buyurgan mehmonlar, mutaxassislar
ham amalga oshirilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.Oylik davomida barcha
o`quvchilar faol ishtirok etishdi. Ayniqsa Sh. Usmonova rahbarligidagi 5-b sinfning “Shum bolalar”
guruhining chiqishlari barchaning e’tirofiga va olqishig sazovor bo`ldi.
Nargizaxon
Qayumova
Maktab internat
ruhshunosi
O`QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO`NALTIRISHDA SINF
RAHBARINING TUTGAN O`RNI.
Maktab o`quvchilari bir-birlaridan o`z qobiliyatlari va iqtidori bilan
farqlanadilar. Qobiliyat notekis rivojlanadi, rivojlanishning vaqtincha
to`xtab qolishi ko`pincha jadal rivojlanish bilan almashinadi. Bu hol maxsus
pedagogik nazoratini talab qiladi. O`qituvchi yoki sinf rahbari sinfdagi
barcha o`quvchilarning layoqati va iqtidorini anglab yettishi, shunga qarata
ish olib borishi zarur. Ba’zi o`quvchilarga ortiqcha talablar qo`yib,
qo`shimcha topshiriqlar berish lozim, boshqalarga esa yordam berish kerak.
Shuni esda tutish kerakki, tani sog` psixik jihatdan sog`lom bolalar orasida
qobiliyatsizlari bo`lmaydi, balki ular orasida faqat shundaylari bo`ladiki,
ularning nimaga qobiliyatli ekanini o`qituvchi bilmasligi mumkin, shu
sababli o`quvchilarni sabot bilan o`rganish va ularni qaysi kasbga layoqatli
ekanligini to`g`ri baholash, ularga to`g`ri yo`l-yo`riq ko`rsatish pedagoglarning asosiy vazifasidir.
Biz bolalarimizni kasb tanlashiga befarq bo`lmasdan maktab ruhshunosi, rahbariyati, qolaversa
sinf rahbarlari, fan o`qituvchilari bilan tez-tez uchrashib, boladagi moyillikni, qobiliyatni, iqtidorni
rivojlantirishimiz lozim.
Sinf rahbarlari ham har bir o`quvchisini darslarda, tashkiliy ishlarda kuzatib, o`quvchini
o`rganib, maktab psixologi va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek tarbiyaviy soatlarda «Kasbim – faxrim», «Men kim bo`laman», «Ota kasbimni
ulug`layman», «Onamdek ulug` kasb egasi bo`laman» degan mavzularda davra suhbatlari yoki
tarbiyaviy mashg`ulotlar o`tkazishlari zarur. Ayniqsa 9-sinf rahbarlaridan mas’uliyat talab qilinadi.
VAQTNI REJALASHTIRISH MUMKINMI?
Haydarova Gulsora
8 a sinf o‘quvchisi
Ko‘pincha asosiy ishlarimiz qolib mayda ishlarga ko‘p vaqtimizni ajratamiz. Asosiy ishlar
bajarilmagan yoki chala bo‘ladi. Inson o‘z ishlarini rejalashtirsa, vaqt yo‘qligidan nolimaydi.
Deylik, har kuni 6-7 soat dars o‘tiladi. Hisoblab ko‘ringchi, har bir dars tugaganidan so‘ng 5
daqiqalik tanaffus bo‘ladi. Katta tanaffuslarda esa 25-35 daqiqa. 7-soatga qadar ja’mi o`rtacha 60
daqiqa vaqtni bekorchilikda yoki o‘ynab o‘tkazadigan o‘quvchilar afsuski oramizda ko‘plab topiladi.
Agar siz vaqt yo‘qligidan qiynalayotgan bo‘lsangiz quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘ring.
Birinchi 5 daqiqalik tanaffusda kundaligingizni to‘ldiring. Shunda sinf rahbaringiz yoki
tanbehini eshitavermaysiz.
Ikkinchi 5 daqiqalik tanaffusda inglizcha lug‘atingizga ko‘z yugurtiring. Albatta hammasini 5
daqiqada yodlab bo‘lmaydi. Ammo hech bo‘lmasa 2 ta so‘zni yodlab olasiz yoki bilgan so‘zlarni
takrorlaysiz.
Uchinchi tanaffusni fan sohasida qiziqtirgan savollarga javob topish bilan o‘tkazing. Yoki
darsda bergan savollarga tayyorlaning va shu tarzda o‘zingizni mayda ishlaringizni hal qiling.
Agar siz tanaffuslardan umuman vaqtdan to‘g‘ri foydalansangiz: bu sizning yutug‘ingiz bo‘ladi.
Bobo-buvilarimizning: “Bekor o‘tirma foydali ish qil!” deganlari bejiz emas.
Ko‘pchilik insonlarga bu gaplar juda tanish. Sababi har kuni ota-onasidan bu gaplarni bir
necha marotaba eshitadi. Ammo real hayot ham rejali bo‘lishni talab qiladi.
Nega endi biz tengi o‘quvchilar har xil kashfiyotlar, biznes rejalar tuzishadi-yu, biz oddiy
vaqtimizni bekor o‘tkazishimiz kerak. Axir hayot hammaga har kuni bir hil vaqt – 24 soat in’om
etadi…
Rashidova
Dilafruz Kimyo fani o’qituvchisi
DORIVOR O’SIMLIK GULXAYRI BARGLARINING
KIMYOVIY TAXLILI
Dorivor o’simliklardan foydalanishning juda ko’p yo’llari bor. Masalan,
dorivor o’simliklardan maxsus zavod va fabrikalarda, laboratoriyalarda,
dorixonalarda xilma–xil dori vositalari ishlab chiqariladi va shifokorlar
retsepi bilan sotiladi. Dorivor o’simliklarni qayta ishlamasdan, ularni
qadoqlab shifokor retsepisiz ham aholiga sotiladi. Bular mavkor (shadey)
bargi, moychechak (romashka) guli, malina, na’matak (shipovnik) mevalari
va hokazolar. Shifobaxsh o’simliklar foydadan holi emas, ularning inson
organizmi uchun zarari yo’q, zaharlamaydi. Malva oilasiga mansub bo’lgan
o’simliklar butun yer yuziga tarqalgan. Bu oilaga gulxayri, go’ra, kanop,
baxmalgul, tugmachagul va hokazolar kiradi.
Men tekshirgan gulxayri o’simligi turini Chotoq tumani hududidan 2011-yil may oylarida
gullagan davrida terib oldim. Barglarini uy sharoitda salqin, qorong’u joyda quritdim. Birinchi
navbatda osimlik bargini namligini aniqladim, so’ngra gul miqdorini aniqladim. Endigi ishim quritib
maydalangan barg qismini ekstraktsiya qilindi. O’simlik bargidagi moddalar etil spirtiga (C2 H5 OH)
to’la ajratib o’tishi uchun 1 kun qoldirildi. Bir kundan so’ng ekstraktni filtrlab ajratib olindi.
Tajribalar natijasida o’simlik bargida aniqlandi. Aniqlik kiritish uchun olingan fraksiyalar bilan
tegishli sifat reaksiyalar o’tkazildi.
Tibbiyotda o’smlikning asosan quruq tozalangan ildiz, barg va gullari turli dorilar tayyorlashda
ishlatiladi. Ildizlardan tabiiy dorivor preporatlar balg’am ko’chiruvchi hamda yallig’lanishga qarshi,
ayniqsa, bolalarga nafas yo’llari shamollashida davolash uchun qo’llaniladi. Gulxayrining shifobaxsh
ta’siri undagi shilimshiq va piktin moddalarga bog’liqdir. Ildizining kimyoviy tarkibi analiz
qilinganda uning tarkibida 35% shilliq moddalar, 37% kraxmal, 10.2% saxaroza, 2% gacha 1-
osparagin, 4% bibaim, 1.7% moy, 11% pektin va boshqa birikmalar borligini aniqlangan.
O’simlikning bargi va gulida efir moyi, karatin va vitamin S mavjuddir
CHOY HAQIDA BILGANLARIMIZ
Qo’chqarov Asadbek
7 b sinf o’quvchisi
Xitoy choyi tabiy sharoitda o’sib bo’yi 10 metr ga yetadi. U choylar –Zheaheae oilasiga
mansub doimiy yashil o’simlikdir. Plantamsuyalarda o’stiriladigan choylarning bo’yi 0,5-1,5 metr dan
oshmaydi. O’simlikning barglari vaqti-vaqti bilan maxsus mexanizmlar shuningdek qo’l vositasida
terib turiladi.
O’simliklarning bargi oddiy, qalin, yaltiroq, oval shaklida, uchi o’tkir, notekis tishsimon
qirraliridir. Murg’ak barglari tukli bo’ladi. Ular qisqa bandi ketma-ket joylashadi. Gullari 1-5 tadan
barg qo’ltig’ida o’rnashgan. Kosacha bargi 5-7 ta bo’lib, meva bilan birga qoladi. Tojbargi 5-9 ta oq
yoki pushtirangli, omaligi ko’p sonli, amaligi bitta. O’simlik mevasi-chanoqli, uchta urug’li, pishganda
ochiladigan kosacha.
Choy yovvoyi xolda Xindistonning shimoliy-sharqida joylashgan tog’li rayonlarda (Assam
shtatida). Shuningdek Xindi-Xitoyda uchraydi. Xozir u jaxonning turli mamlakatlarda keng ko’lamda
ekiladigan tabiat ne’mati bo’lib, yiliga 1 milliard 230 million kg miqdorda choy tayorlanadi. Jahon
bo’yicha honadonlarda kuniga 3 million kg choy damlanadi. Choy ko’p miqdorda Xitoy, Xindiston,
Yaponiya, Indoneziya, Shri lanka, Afrikaning ayrim mamlakatlarida ko’plab ichiladi.
BIOLOGIYA VA MATEMATIKANI
BIRGALIKDA O’RGANAMIZ
Tursunova Zebuniso
9 sinf o’quvchisi
Matematika va biologiya fanlaridan bir necha
marta bilimlar bellashuvining g`olibasi,
iqtidorli musiqachi, xalqaro tanlovlar ishtirokchisi.
Sarlavhani o’qigan o’quvchida albatda, “Qanday qilib” degan savol tug’uladi. Quyida ushbu savolga
javob topish uchun qiziqarli masalalarni keltiramiz. Eng qizig’i, masaladagi qiymatlar aniq holda
emas, balki biologiyadagi tushunchalarga bog’liq holda jumboq sifatida beriladi. Qani biologiya va
matematika fanlaridan olgan bilimlarimizni umumlashtirib ko’raylikchi…
MASALALAR
1. Karim Anvardan “Sho’radoshlar oilasiga nechta turkum kirsa” shuncha kunlik katta. Agar Karim 1-iyun
kuni tug’ilgan bo’lsa Anvarning tug’ilgan kuni qachon?
2. Fermada qo’ylar soni “Dunyoda namataklarning qancha turi bo’lsa”, shunchaga teng. Agar fermadagi
tovuqlar oyoqlarining soni qo’ylar oyoqlari sonidan 2 marta kam bo’lsa, fermada nechta tovuq bor?
3. Bodring unib chiqadigan haroratdagi sonni 2 ga ko’paytirib, natijaga 150 sonini qo’shilganda hosil
bo’ladigan natijani aniqlang?
4. Gulli o’simliklarni umumiy turlari sonidan 1000 marta kichik bo’lgan sonning kvadratini toping?
DIQQAT! Yuqoridagi masalalarni kamida 3 tasini ishlagan o’quvchi fan oyligi oxirida munosib
taqdirlanadi. Shoshiling faqat 1-bo’lgan o’quvchi g’olib deb topiladi.
MIRZO ULUG‘BEK
Mahmudov Doniyorbek
6 b sinf o`quvchisi
Muhammad Tarag'ay Ulug'bek Samarqand shahrida tug'ilgan. Ulug'bekning
bolaligi bobosi sarkarda Amir Temurning harbiy yurishlari davrida o'tdi. Temur
uni ko'pincha bu yurishlarga o'zi bilan olib ketardi. Ulug'bekning o'sha davrning
zukko va bilimdon murabbiylari tarbiyalab, xat-savodini chiqardilar. U o'zining
ko'p vaqtini saroy kutubxonasida o'tkazardi. Kutubxonada u ko'proq riyoziyot va
falakkiyot ilmlariga oid kitoblarni o'qir edi. U 15 yoshida Samarqand hokimi
bo'lgan. Ulug'bek o'z atrofiga mashhur olimlarni jalb qildi. Ular ko'magida
Samarqandda rasadxona qurdirdi. Ulug'bek rasadxonadagi asboblar yordamida
koinot sirlarini o'rgandi. U koinot ilmi sohasidagi ijodiy ishlarini "Ziji'" jadidi
Ko'rogoniy" ("Yangi astranomiya jadvallari") kitobida bayon qilgan. Bu kitobda
astronomiya va falakkiyot faniga asos solingan va 1019 ta yulduzning
vaziyatlari jadvali ham berilgan. Bu asari bilan butun dunyoga astranom olim
sifatida tanilgan. "Ziji jadidi Ko'ragoniy" kitobi dunyo xalqlari tillariga tarjima qilinib, boshqa olimlar
tomonidan o'rganib kelingan. Kitob Londonda uch marta (1650, 1652 va 1665-yillarda), Parijda (1853-yilda),
Amerikada (1917-yilda) nashr etilib, Ulug'bekning dunyo fani oldidagi xizmatlarini bayon etgan. O'nli
kasriarning ta'rifi, ular ustidagi to'rt amal (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) va bu amallarning xossalari,
o'nli kasrlardan oddiy kasrga o'tish va aksincha oddiy kasrlarni o'nli kasrlarga aylantirish, o’nli kasrlarning
masalalar yechishda tadbiqlari G'iyosiddin Jamshid Al-Koshiyning “Hisob ilm kaliti» - “Arifmetika kaliti” -
“Miffah ul-hisob” asarida keltirilgan va batafsil bayon qilingan. G'lyosiddin Jamshid Al-Koshiy o'nli
kasrlarning butun va kasr qismlarini turli rangdagi siyohda yozgan va ularni ajratib turuvchi vergul (,) o'rniga
vertikal chiziqcha (I) qo'ygan.
NAMANGAN IN THE WAY OF CREATION
Sobirjonov Nuriddin
8 b sinf o`quvchisi
Namangan is one of the most beutifull viloyats (provinces) of our republic. Since the ancient times in the
socioeconomic and cultural devolopment of Fargona valley Namangon has had its special plase peculiar only to it.
Namangon preserved mits face even when due to historical circumstances the centre of the Fargona volley had to
move from one town to another. Here is the description of one of the constituent parts of Namangon, ancient
Ahsikent, given by Zahiruiddin Muhammad Bobur in his in his book ''Boburnoma,,:There are towns on the Northen
bank of the Sayhoon river: Ahsi is one of tjem. In books it bears the name Ahsikat... There is no more majestic town
in Fargona than this town, after Andijon.'' The complicated , rich, historical path of Namangon connected with rise
and fall is a peculiar page in the history of Uzbekiston.
On the 6 the of march, 1941 Namangon became organized as a province. It is situated in the north-western
part of the Fargona valley near the Chotqol Qurama mountain ranges. In the north-east it borders on the Jalolobod
province of Qighiziston Republic, in the west and north-west it borders on the Khojand province of the Republic
Tojikiston, and in the south and south- east it borders lie on the Fargona and Andijon provinces of our republic.
The total area of Namangon province is 7.44.000 square kilometers. In has population of 2.079.500 citizens,
out of wich 633.500 people live in the town center and 1.476.000 people live in th rural area. The center of the
province is the town Namangan where 414.900 people live as permanent inhabitants. The province contains 89
representatives of nationalities. According to population density there are 279 people per square kilometer.
CHORTOQ TUMANI
Mirzayev Muhammadmirzo
9 s sinf o`quvchisi
Chortoq – Namangan viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda tashkil etilgan. G’arbdan Yangiqo’rg’on,
janubi sharqdan Uychi tumanlari, shimol va shimoli sharqdan Qirg’iziston respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni
0.3600 km kv. Aholisi 143.9 ming kishi tumanda bitta shahar - Chortoq, 9 ta qishloq fuqarolar yig’ini (Oyqiron,
Alihon, Bog’iston, Gulshan, Koroskon, Muchum, Peshqo’rg’on, Saroy, Hazratishoh) bor. Markazi Chortoq shahri.
Tabiati: Chortoq tumani Chotqol tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan
iborat. Balandligi janubdan shimolga 300 m dan 1500 m gacha. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega
bo’lgan qurilish materiallari bor. Iqlimi kontinental, yozi issiq va quruq, qishi sovuq, o’rtacha harorat yanvarda -4
darajagacha iyulda +25 +30 daraja. Eng past temperaturaga qishda -29 C, yozda eng baland +40 C. Yiliga 300-400
mm yog’in tushadi (ko’proq qishda va bahorda yog’adi) vegetatsiya davri 175 kun. Tog’, adirlardan katta-kichik
soylar oqib tushadi. Eng yirik soylar Chortoqsoy, Namangansoy va boshqalar. Soy suvlaridan sug’orishda keng
foydalaniladi.Tumanning janubiy chegarasidan shimoliy Farg’ona kanali o’tadi.
Aholisi asosan o’zbeklar, shuningdek tojik, qirg’iz, rus va boshqa millatlar yashaydi. Axolining o’rtacha zichligi
1km2 400 kishi, qishloq axolisi 96,2 ming kishi shahar axolisi 47,7ming kishi.
AVSTRALIYA
Abduqahhorov Shahbozbek
8 a sinf o’quvchisi
Avstraliyaning lug’aviy ma’nosi “Janubiy yer” ni bildiradi. Avstraliyaning janubiy qirg’oqlarini Tinch
okeani suvlari, shimol, g’arb, janubidan esa Hind okeani suvi yuvib turadi, Avstraliya yaqinida Yangi Giviniya va
Tasmaniya yirik orollari joylashgan. Bu dunyoning eng qurg’oqchil qismidir. Avstraliya ajoyib hayvonot olamiga
ega.
Koala – Avstraliya timsollaridan biri . Koala Evkalipt daraxti barglari bilan oziqlanadi. Avstraliyaning yana
bir timsoli – Kengurudir. Kenguruning bolalari onasidan alohida yashay olmaydilar. Shuning uchin ham, onasi uni
o’zi qorniga yopishgan xaltasida parvarishlaydi.
HAYVONOT DUNYOSI AJOYIBOTLARI
Mirzaakbarxo'jayev Tohirxo'ja
9 b sinf o'quvchisi
Suv burguti suv ustida pastlab uchib baliq tutadi.
Tukan qushi tumshug'ining uzunligi tanasiga teng.
Nektarxo'r -eng kichik qush, uning og'irligi atiga 1.5 gr teng ekan. Bo'yi 2 m ga yetadigan kenguru bo'yi 3 sm
keladigan bolasini haltasida olib yuradi.
Eng katta sut emizuvchi hayvon Gigant kiti, og'irligi 150 tonnani tashkil etadi. Yuragini o'zi 500 kg.
Odamning barcha nerv tomirlarini bir biriga ulansa 75 km ga teng bo'lar ekan.
Tog' qo'ylarini og'irligi 50 kg shoxini o'zi 15 kg dan ekan.
Sahro kemasi tuya o'n kun suvsizlikka chidashi mumkin.
Bundanam qizig'i kalamushdir tuyadan ham chidamli 1 oygacha chidaydi.
Qizig'i shundaki telefonni ixtiro qilgan Alekssandr Bell kar va soqov bo'lgan.
Ukki tunda qimirlagan jonli narsani ham ko'ra oladi.
BU AJIB DUNYO
Mahamadjonov Maqsadjon
8-a sinf o`qivchisi
Fil qo`pol bo`lgani bilan ancha chaqqon va harakatchang desa bo`ladi, u soatiga 20 km tezlik bilan
yugura oladi. Fil chanqaganida xartumiga 10 litrgacha suvni tortib olib, so`ngra og`ziga quyadi.Fil
umri tugayotganligini sezishi bilan daryo yoki botqoqlikka boradi va cho`kib o`ladi,shu sababli
uning skeletini topish qiyin.
Kolumbiyaning tropik o`rmonlarida tanasining usti qora va sariq yo`lli zaharli baqa yashaydi.Uning terisidan ajralib
chiqadigan zahar eng zaharli ilonlar zahridan ham kuchliroqdir. Bir necha asrlardan beri aborigenlar ov nayzalarining
uchiga shu zahardan suradilar va u tekkan jonivor albatta nobud bo`ladi.
Lochin o`z o`ljasiga yuqoridan sho`ng`iganda soatiga 360 km tezlik bilan tushadi.Alyaskada yashaydigan risanka degan
qush Gavayi orollariga uchib o`tayotganda Tinch okean ustidan 3200 km yo`lni to`xtamay bosib o`tadi.
Qo`tonlar (qarqalar)ning ko`krak,bel va chovida maxsus parlari bo`lib,ular mayda kukunga aylanib turadi.Bu kukun
qo`tonning hamma patlariga yopishib,qush tanasi va patlarni namiqishga saqlaydi.
7 RAQAMINING SIRLARI
Olimjanova Mohinur
5 a sinf o’quvchisi
Siz va bizni o’rab turgan olam raqamlar hamda ma’lumotlar bilan boy. Ayniqsa, inson tashqi muhitning sir-asrorlarini,
ajoyibotlariniham raqamlarda ko’rishga qiziqadi. Dunyo xalqlari “to’rt”, “yetti”, “on uch” kabi raqamlarni ba’zi voqea-
hodisalar, narsalar va manzillar bilan bog’laydilar, hatto ayrim millatlar ularni ilohiylashtiradilar…
Misol tariqasida “yetti” raqami bilan bog’liq qator ma’lumotlar unda ham ko’p. Misol tariqasida “Dunyoning yetti
mo’jizasi”, “Yetti avlod” hamda bizning kunimiz ya’ni “hafta” ham “yetti” kundan iborat. Bundan boshqa yana “yetti”
raqamining sirlari juda ham ko’p. “Yetti” raqami juda ham omadli sondir.
SEHRLI KVADRAT
Turg‘unov Axadbek
7 b sinf o‘quvchisi
9x9=81 katakka 1 dan 81 gacha bo‘lgan sonlarni shunday joylashtirinki, eniga,
bo‘yiga diaganallariga raqamlar yig‘imdisi 369 ga teng bo‘lsin. Bunda biror raqam
takrorlanmasin yoki tushib qolmasin.
QIZIQARLI MASALALAR
Abdullayeva Sojida
7 b sinf o`quvchisi
1. Nima og`ir: bir kilogramm toshmi yoki ikkita yarim kilogrammli qog`oz?
2.Skameykada ikki kishi o`tiribdi, birining bo`yi uzun, ikkinchisiki past. Bo`yi kichik bo`yi uzunga o`g`il bo`ladi, lekin bo`yi uzun uning
otasi emas. Buni qanday tushuntirish mumkin?
3. G`ildirakda 20 ta spitsa bor. Bu g`ildirakdagi spitsalar orasida nechta oraliq bor?
4. 100 sonini yozish uchun nechta turli raqamni qo`llash mumkin?
5. Bir kishidan so`rashdi «Siz necha yoshdasiz?» U javob berdi: «10 yil oldin men o`g`limdan 4 marta katta edim, 10 yildan so`ng esa
undan ikki marta katta bo`laman». Bu odam necha yoshda?
6.To`rt kishidan iborat oilaning yoshi 73 da. To`rt yil oldin ularga 58 yosh edi. Ularning eng kichigi hozir necha yoshda?
7. Otaning yoshi uchta o`g`li yoshidan 5 ga ortiq. 10 yildan keyin ota katta o`g`lidan ikki marta katta, 20 yildan so`ng ikkinchi o`g`lidan
ikki marta, 30 yildan so`ng esa kichik o`g`lidan ikki marta katta bo`ladi. Otaning va uchta o`g`lining hozirgi paytdagi yoshlarini toping.
MASALANI NECHA USULDA ISHLASH MUMKIN
Mahmudova Malika
8 b sinf o’quvchisi
Masalan: Aylanada olingan 5 ta nuqta A.B.C.D.E harflari bilan belgilangan. Har bir nuqtani har harflari bilan tutashtirilsa, nechya kesma
hosil bo’ladi?
A
E B
D C
Yechish:
1-usul: Nuqtalar soni kam bo’lgani uchun, masalaga mos shaklni chizib, kesmalar sonini bevosita sanab chiqish mumkin ular 10ta.
Ammo aylanada olingan nuqtalar soni ko’p bo’lsa (masalan 100ta, ….) mos shakl chizish va undagi kesmalarni bevosita sanash
qiyinlashadi. Bu holda boshqa yo’l tutish kerak.
2-usul: A. nuqtani qolgan 4 ta nuqta bilan tutashtirsak 4 ta kesma hosil qilamiz. AB. AC. AD. AE. B nuqtadan ham 4 ta kesma
o’takazish mumkin ammo B dan o’tkazilgan bitta kesma (BA=AB) ni biz sanadik. Demak B nuqtadan 3 ta yangi (avval hisoblanmagan,
sanalmagan) kesma o’tkaziladi. Shunga o’xshash, C dan 2 ta, D dan esa 1 ta yangi kesma o’tkazish mumkin. E nuqtadan o’tkaziladigan 4
ta kesmaning hammasi avval hisoblangan (EA=AE, EB=BE, EC=CE, ED=DE). Demak aylanada belgilangan 5 ta nuqtani tutashtiruvchi
jami kesmalar soni 4+3+2+1+0=10
3-usul: Aylanada olingan 5 ta nuqtaning har birida 4 tadan kesma o’tkaziladi. Bunday kesmalar soni kesmalar soni 5*4=20 ta, ammo
kesmalar sonini hisoblashda har bir kesma ikki marta sanalgan. Demak, bir sonni 2 ga bo’lishimiz kerak: 20:2=10
Javob: Kesmalar soni 10 ta
Abdullaxo‘jayev Davronbek
7 b sinf o‘quvchisi
KROSSVORD
5
1 1. Kompyuter ilmi nima?
2. O‘zbek tilida informatsiya nima deb tushiniladi?
3. Informatika termi fransuzcha nima deb yuritiladi?
4. Kompyuter texnikasi qo‘llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida
2 axborotlarda qanday qilib shug‘ullaniladi?
5.Axborot asosan quyidagi 3 ta xususiyatga ega bo‘lish kerak. Bulardan
3 birinchisi nima deb ataladi?
6.Insonga uzluksiz ta’sir etuvchi axborotlarni nima deb ataladi?
6 7.Axborotlar ustida amallar bajarsh qulay bo‘lishi uchun aniq bir qoida asosida
boshqa kompyuterga o‘tkazish jarayoni nima seb ataladi?
4
7
Biz jurnal sahifalarida o`zbekning asl farzandi, samimiy she`rlari ohangrabo qo`shiqlarga aylanib, har
bir o`zbek xonadoniga kirib borgan, XXI asr o`zbek adabiyotida so`nmas yulduz bo`lib kirgan, o`quvchi qalbida
o`chmas iz qoldirgan, otashin shoir Muhammad Yusuf ijodidan she’rlarni berib borishga oldimizga maqsad
qilib qo`yganmiz.
She’r yozishni niyat qilgan, she’riyat bo`stoniga ilk qadamlarini qo`yayotgan o`quvchilarga she’rning
qanday kuchga ega ekanligini eslatib o`tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz. Muhammad Yusuf
TILAK
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso — bir tayoq tushsin.
Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...
Tashakkur
Abdug’afurova Shodiya
9 a sinf o’quvchisi
Insonlar ichida yakka, yagona,
Balki kimgadir do’st, kimgadir ota.
Men sizga aytaman yana va yana.
Yaxshi ustozlarning boriga shukur,
Yaxshi odamlarga ming bor tashakkur.
Hayot yo’llarini ko’rsatib yurgan,
Oq, qorani doim ajratib turgan.
Keragida talabchan, bazida kulgan
Yaxshi ustozlarning boriga shukur,
Yaxshi odamlarga ming bor tashakkur.
Hali katta bo’lib yurganlarimiz,
Andijon, Toshkent-u, Farg’onalarda.
Sizga rahmat deya turganlarimiz,
Uchrashib tadbirlar, to’yonalarda.
Yaxshi ustozlarning boriga shukur,
Yaxshi odamlarga ming bor tashakkur!
Onajon
Ismonjonov Iskandar
5 b sinf o’quvchisi
Onajonim mehribonim,
O’zi kiymay bizga kiydirgan.
O’zi ichmay bizga ichirgan,
Mehribon onajonim.
Doim mingga kiring,
Davru davronlar suring.
Otajonim kelmadingiz
Rahimjonov Hokimjon
7 b sinf o`quvchisi
(Buvam Rahimjon Maqsudovni hotirlab)
Dardlarim dilim to’ldirar,
Do’stlarim dilim to’ldirar.
G’animim dilim to’ldirar,
Otajonim kelmadingiz.
O’qishga kirdim suyganim keldi,
Yo bo’lsa dushmanim keldi,
Mehribon do`stlarim keldi,
Otajonim kelmadingiz.
Topolmadim sizdek sirdosh,
Dunyo ekan ko’p bag’ritosh.
Diydor tarab ko’zimga yosh.
Otajonim kelmadingiz.
Gulzorlari poyim otam,
Armonlarga boyim otam.
Sog’indimku bugun otam,
Otajonim kelmadingiz.
Qabringizga boshin qo’yib,
Hokim yig’lar bugun yomon.
Sog’indimku bugun juda,
Otajonim kelmadingiz…
Vatan
Abdurahmanov Sardorbek
5 a sinf o’quvchisi
Kindik qonim to’kilgan,
Bog’-u rog’larga to’lga.
Man uchun aziz bo’lgan,
O’zbekiston vatanim.
Temurbek o’g’loni bor,
To’marisdek qizi bor.
Mard mehmondo’st xalqi bor,
O’zbekiston vatanim.
Bilim koshonasi
Maktabimmiz bilimlarning bulog’i,
Tugamaydi savol-javob so’rog’i.
Qancha bo’lsa olavergin bilimni,
Ilm izla yo’qdir uning adog’i.
Yoshlikdagi bilim o’chmas hech qachon,
Bilib qo`yki bilim bepayon.
Donishmandlar o’g’itiga quloq sol,
Kelajakning poydevorin qurib ol.
Yeryong’oq
Hasanov Abdulhay
5 a sinf o’quvchisi
Bir kuni maqtanchoq yong’oq ,
Be odob yalqov yong’oq ahmoq.
Hafa qildi bodomni,
Yalqovsan deb xom yong’oq.
Ko’z yosh to’kar bodomjon,
Ovutar olmajon.
Yong’oq jazosin oldi,
Behosdan yerga tushdi.
Qoldi yong’oq yer tagida,
Chidolmas u yiglar rosa.
Xatosini tushunardi,
Achinardi o’z holiga.
Yashar endi yer tagida,
Ko’zlarida yosh to’la.
Ona yerning rahmi keldi,
O’z bag’ridan joy bergan.
Endi odobli yong’oq,
Shundan chiqqan yeryong’oq.
Matematika ishi
Tolibjanova Ruxsora
6 a sinf o’quvchisi
Bu yurt ahlin fikru-zikrida,
Ertangi porloq kun tashvishi.
Shu boisdan deyman baxt ila :
Mana matemika ishi!
Iqboliva deyadir mehnat,
Mehnat bilan kechar yoz-qishi.
Maqol bor "Mehnat-tagi rohat",
Mana sizga matematika ishi.
Darslar
Hamidullayev Sanjarbek
5 b sinf o’quvchisi
Soat oltida turaman,
Yuz qo’limni yuvaman.
Nonushtamni qilaman,
Maktabimga chopaman.
Yaxshi baholar olib,
O’qishimni oshiraman.
Tushlikgacha bo’lar dars,
Darsdan keyin gruppa.
To’rtgacha davom etar,
Guruhimmiz har kunda.
Bobom derlar!
Ahmadjanov Donyorbek
5 a sinf o’quvchisi
Bobom meni erkalab,
"General" bo'l deydilar.
Vataninga sodiq bo'l,
Qo'riqlagin o'z yurtingni.
Hech birovga bermagin,
Bir qarich ham yeringni.
Yurtingni ozod qilgin,
Joningni fido etib.
Asragin o'z nomingni!
Matematika
Erkinov Rahmatillo
5 b sinf o’quvchisi
Matematika deydi shunday:
-Bolalar, hamma ishda
-Kerakdir hisob-kitob
-Meni o’rganmasangiz
-Bo’lar holingiz xarob
Ona tilim
Ona tilim-jon tilim,
Ona tilim-shon tilim.
Ulug’larga yor bo’lgan,
Chirog’im-pilik tilim.
Ona tilim-jon tilim,
Jonday aziz non tilim.
Navoiy, Bobur bo’lib,
Zuxro-yu Tohir bo’lib.
Qonimdan ungan tilim,
Ona tilim-jon tilim.
Bizga hali bor ekan,
Boy kiyovga boy kelin.
Bir biriga zor ekan,
Orzu qildimu lekin.
Bizga hali bor ekan,
Havas baribir yaxshi.
Xasad o’ldirar ekan,
Og’ir mashhurlik toshi.
Menga hali bor ekan.
Ota
Tursunova Husnida
9 a sinf o’quvchisi
Sochingizga oppoq qorlar yog’ibdi,
Bellaringiz mehnatdan ham tolibdi.
Navqiron yoshingiz qayda qolibdi,
Pirimsiz, panohim jonimsiz otam.
Borimsiz dunyoda johonim otam,
Onamni yonida yo’ldoshi bo’ling.
Yiqilgan chog’imda sir tirab turing,
Iliho yuzlarga, minglarga kiring.
Pirimsiz, panohim jonimsiz otam.
Borimsiz dunyoda johonim otam,
O’g’lim yo’q deb hech ham nolimang
Xato qilsam faqat koyimang
Ham o’g’lingiz ham qizingiz mana o’zim
Pirimsiz, panohim jonimsiz otam
Borimsiz dunyoda johonim otam
Bugungi she’rlarim faqat siz uchun
Umid bilan boqqan qora ko’z uchun
Uzoq umr bilan ko’ring shoir qiz uchun
Pirimsiz, panohim jonimsiz otam
Borimsiz dunyoda johonim otam
Matematika o’qituvchimga
Ergashev Diyorbek
5 b sinf o’quvchisi
Matematika darsin o’tarlar,
Bilimlarni berarlar.
Darsni qoyillatib o’tarlar,
Uning ismi Hasanboy.
O’rgatar kasrni,
Boshlab darsni boshini.
“Estafeta” deb atarlar,
Doim berib savol.
Bahorlarni qo’yarlar,
Yozamiz diktant.
Besh baho olamiz,
Sizga rahmat domlajon!
Sizga shuhrat domlajon!
Bizga ibrat domlajon!
Jona-jonajonim domlajon!
Qish to’zg’itar momiq par
Rafiqov Rafiq
6 a sinf o’quvchisi
Savab bulut to’shagin,
Qish to’zg’itar momiq par.
Yerga separ oq nemat,
Yozilganday yaltirar.
Mahalla-ko’y ko’chada,
Chuvurlashib qor kurar.
Esib sovuq izg’irin,
-Tezroq yur!- deb buyurar.
Pirpiratib ko’zini,
Avtobuslar o’tadi.
Qahraton qish hovurni,
Mo’rkon kabi yutadi.
Qorga deyman: Namuncha,
Zeriktirding uchqunlab?
Yog’masdin-ku ilgari,
Surunkasi uch kunlab.
Tomlar kiydi oq qalpoq,
Hovliilarda sen tepa.
Osmon elak, nazdimda,
Shahrimizga un separ.
Yetar shuncha yoqqaning,
Uzoq dala, qirlarga bor.
Ular seni kutmoqda,
Har zarranga bo’lib zor.
Vodiylarga fayz berib,
Gullat bog’-u tog’ini.
O’ra kumush choyshabga,
O’lkamning har yog’ini.
Navro’zoy
Ahmadbekova Shirin
7 b sinf o’quvchisi
Olamga baxsh etib chiroy,
Kirib keldi go’zal Navro’zoy.
Dillarga ham qo’shib chiroy,
Kirib keldi go’zal Navro’zoy.
Sumalaklar qaynar qozonda,
O’ynaydillar yosh-u qarilar.
Qushchalar ham qo’shiqlar kuylar,
Kirib keldi go’zal Navro’zoy.
Ariqlarda suvlar ham oqar,
Ozodalik kishiga yoqar.
Bobo quyosh ham kulib boqar,
Kirib keldi go’zal Navro’zoy.
Ko’nglimga hech quvonch sig’maydi,
Kelganingda go’zal Navro’zoy.
Kelganingda tabiat yashnab,
Kirib keldi go’zal Navro’zoy.
Vatan
Mirzayeva Shaxnoza
6 a sinf o‘quvchisi
Ilk vatanning tuprog‘i,
Aziz ona quchog‘i.
Baxtli qushning timsoli,
Bu vatandir, bu vatan,
Aziz ona makonim,
Bahtiyor bu dunyoyim.
Aziz ona vatanim,
Mehri daryo chamanim.
Singlimga
Xolboyeva Mashhura
6 b sinf o‘quvchisi
Tug‘ulgan kuning muborak bo‘lsin,
Jajji ko‘zlaringga quvonchlarga to‘lsin.
Yana bir yoshing muborak bo ‘lsin,
Tabriklayman seni singiljonim.
Olti yoshingni qarshi olyapsan,
Jajji, shiringina qiz bo‘lyapsan.
Baxtlisan olti yoshga to‘lyapsan,
Tabriklayman seni singiljonim.
Mazkur sahifada nafaqat maktab – internatimiz ustozlari va o`quvchilari, balki “Umid” jurnaliga
bevosita qiziqish bildirgan insonlar, yoshlar va bolajonlarning ijod namunalaridan berib boramiz.
Abdulhamidova E’zoza Kamoliddin qizi. 2002-yilda Chortoq
tumanida ziyolilar oilasida tig`ilgan. 2009 – yilda 53 –
ixtisoslashtirilgan maktabning 1-sinfiga qabul qilingan. Tarix, ingliz
tili fanlariga qiziqadi. Oilada 3-farzand. Kelajakda harbiy
akademiyaga o`qishga kirib, yuqori salohiyatli harbiy bo`lmoqchi. Bu
istak unda 2011 yilda tug`ilgan. Shu yildan boshlab u sportning
“Shotokan karate” turi bilan shug`ullana boshladi. 2014 yildan shu
yo`nalish bo`yicha jahon chempioni Sarvar Jabborov rahbarligida
shug`ullana boshladi. 2014 yil dekabr oyida respublika miqyosida
o`tkazilgan chempionatda II-o`rinni, 2015 yil fevral oyida o`tkazilgan
Namangan viloyat miqyosida o`tkazilgan chempionatda III-o`rinni
egalladi. E’zozaxon juda bilimli, dunyoqarashi keng, jasur qiz. Har
qanday qiyin vaziyatga ham oqilona yechim topa oladi. So`zga
chechan, turli maqollarni o`z o`rnida keltiradi. Kattalar bilan ham,
tengdoshlari bilan ham birdek samimiy, tez muloqotga kirishib keta
oladi. Uning orzusi bir olam. Asosiysi yaxshi inson bo`lib, vataniga va halqiga haqiqiy farzand
bo`lish. Biz ham E’zozaxonga omadlar tilab qolamiz.
Chortoq tumanidagi 52-sonli umumiy
o`rta ta’lim maktabining 4-sinf o'quvchilari.
Sinf rahbari Yo.Yunusova
SALOM
Va aleykum assalom,
Aziz ustoz muallim.
Bizlar shaymiz saboqqa,
Hamda ilm olmoqqa.
Navbatchi
Menman bugun navbatchi,
Ustozimga yordamchi.
Pok tutaman xonani,
Hamda yozuv taxtani.
Jami yigirma oltitamiz,
Dilda orzular bisyor.
Shunda yigirma oltitamiz,
Turimmiz darsga tayyor.
Darsimiz matematika,
Hisob kitob qilamiz.
Ayrib qo'shib ko'paytirib,
Bo'lib - bo'lib olamiz.
Adashmaymiz hech qachon,
Biz bilimdon bo'lamiz.
Darsni yaxshi o'zlashtirib,
Chuqur ilm olamiz.
Zokirjanov Shamsiddin
Chortoq tumanidagi 3-sonli umumiy o`rta
ta’lim maktabining 1 a sinf o’quvchisi
Juda iqtidorli o`quvchi, bo`sh vaqtlarida
she’rlar mashq qilib turadi, rasmlar chizadi.
BOBUR BOBOM
Ham shoh, ham shoir bobom,
Har dillarda mangu mudom.
Hindistonda shohlik qilib,
O‘zbegimning fahri bobom.
Farzandlarin sevgan bobom,
Andijonda yashab xushdam.
O‘z vatanin orzu qilib,
Tarixlarda qolgan bobom.
6-b sinf Abdurahmonov H 5-b sinf Jo`rayeva Sh 6-b sinf Ismoilov D
6 – b sinf Xolmirzayev U 6-b sinf Temirov O 6-b sinf Mahmudov A
6-b sinf G`oyibboyev M 6-a sinf To`ychiyev U
5 a sinf Sobitxonov A 8-a sinf Sadiyeva M
5-a sinf Abbosboyev F 6-b sinf Abdurahmonov H
5- a sinf Hasanboyev A 5 b sinf Rahmonberdiyev Sh
Normatova Mohlaroy
5-a sinf o`quvchisi