o zbekiston respublikasi · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta...

11

Upload: others

Post on 16-Sep-2020

44 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev
Page 2: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

Sh.R. Nizomov, S.A.Yusufxo‘jayev

QURILISHKONSTRUKSIYASI HISOBI ASOSLARI

Kasb-hunar kollejlari uchun darslik

TOSHKENT«NOSHIR»

2013

Page 3: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

2

UO‘K:69 (075).KBK: 24.4M-31

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashma lar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan.

Nizomov, Sh.R. Qurilish konstruksiyasi hisobi asoslari. Sh.R. Nizomov,

S.A.Yusufxo‘jayev: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi. – Toshkent : Noshir, 2013. – 288 b.

Taqrizchilar:

A.A.Xodjayev– texnika fanlari doktori, proffesor, (TAQI)I.U.Ibragimov– pedogogika fanlari nomzodi, dotset(Toshkent

qurilish kammunal kasb-hunar kolleji)

Mazkur darslikda qurlish amaliyotida metall, temirbeton, tosh-g‘isht va yog‘och konstruksiyalaring qo‘llanishi, ularni hisoblash va konstruksiyalarini lohalashni o‘rganish, turli xildagi konstruksiyalar, bino va inshootlarining texnik holatini tekshirish va baholay olish, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar haqida ma'lumotlari keltirilgan.

Ushbu darslik kasb-hunar kollejlari 3580303-„Turar joy va jamoat binolarida foydalanish va ro‘yxatdan o‘tkazish“ mutaxassisligi haqida qurilishga oid ixtisoslik bo‘yicha ta'lim olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

ISBN: 978 -9943-4198-4-1

UO‘K: КBK:

Page 4: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

3

© «NOSHIR» nashriyoti, 2013

SO‘ZBOSHI

Qurilish konstruksiyalari fani muhandislarni shakllantiradigan fanlardan biri bo‘lib, uning asoslarini chuqur o‘zlashtirmoq har qanday binokor uchun zarurdir.

Qurilish konstruksiyalarini loyihalash nazariyasi texnika fanlari sohalaridan biri bo‘lib, tejamkor va mustahkam elementlar yaratish ustida ish olib boradi.

Mustahkamlik, bikrlik hamda ko‘pga chidamlilik qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Binokor kons-truksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda konstruk -siya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli bo‘lsin. Bu esa masalani samarali loyihalash muammosiga olib keladi. Qurilish konstruksiyalarini loyihalash nazariyasi tatbiqiy fan bo‘lganligi sababli mexanika, matematika, materiallar qarshiligi singari asosiy tabiiy fanlarning qonun-qoidalariga asoslanadi.

Qurilish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, hozirgi zamon kapital qu-rilishining asosini qurilish konstruksiyalari tashkil etadi. Demak, binokorlar oldida qurilish konstruksiyalarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, buyumlarning tannarxini arzonlashti- rishdek muhim vazifa turibdi. Bu vazifani ijobiy hal etish uchun quri - lish konstruksiyalariga daxldor bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘rganish talab etiladi.

Darslik olti qismdan iborat:Birinchi qism «Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loy-

ihalashning qonun-qoidalari».Ikkinchi qism«Metall konstruksiyalar»Uchinchi qism«Temirbeton konstruksiyalar»To‘rtinchi qism « Tosh va armotosh konstruksiyalar»Beshinchi qism « Yog‘och konstruksiyalar»

Page 5: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

4

Oltinchi qism «Zamin va poydevorlar» konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda konstruksiyalarini loyihalash asoslari, yuklar va ta’sirlar, konstruksiyalarini chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash usullari yoritilgan.

Mazkur darslik, “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash asoslari” fanini o‘rganishdan maqsad–bo‘lajak mutaxassis qurilish amaliyoti - da metall, temirbeton, tosh-g‘isht, yog‘och konstruksiyalarining qo‘llanilishiga doir bilimlarni egallashi, ularni hisoblash va konstruksiyalashni o‘rganishi, turli xildagi konstruksiyalar, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish va baholay olishi, yuk ko‘taruvchi elementlarni zamonaviy va kelajakda uchraydigan konstruktiv xillari bilan tanishtiradi va ulardagi hosil bo‘ladigan kuchlanganlik holatini aniqlaydi. Elementlarda yuklar eng noqulay birgalikda ta’sir etishligidan hosil bo‘ladigan hisobiy kuchni aniqlashni va shunga mos samarali kesim yuzani tanlashni o‘rgatadi.

Nazariy mavzular yanada tushunarli bo‘lishi uchun darslikda misol va masalalar yechishga keng o‘rin berilgan va shularga tegishli bo‘lgan rasm, jadval va sxemalar keltirilgan.

Mazkur darslikning 2, 3, 4, 5, 6, 7 - boblari Q.A.Saydullayev, 11, 12, 13, 14 boblari Sh.R. Nizomov, so‘z boshi, kirish 1, 8, 9, 10-boblar S.A. Yusufxo‘jayevlar, 15,16,17,18,19,20,21-boblar esa Sh.R. Nizomov va S.A. Yusufxo‘jayevlar tomonidan birgalikda yozildi.

Darslikning sifatini yaxshilash yuzasidan bildiriladigan barcha fikr -mulohazalar mualliflar tomonidag minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.

Page 6: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

5

KIRISH

Qurilish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish hozirgi kunda ta’lim mazmunini tashkil qiladi. Chunki, ta’lim muassasasida olingan ilm kelajakda mutaxassisning salohiyatini va jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi.

Mamlakatimizning ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiya-larning kirib kelishi va ularning talablariga javob beradigan bino va inshootlarni loyihalash talab etiladi. Buning uchun binokor quruvchi kadrlar yetarli bilim saviyasiga ega bo‘lishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009- yil 20-martdagi 80 - sonli “O‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasida shu soha bo‘yicha ko‘p yillik tajribalariga tayangan holda “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash asoslari” fanidan darslik yaratildi.

Mazkur darslikning maqsadi o‘quvchiga qurilish konstruksiya-larini hisoblash usullari va loyihalash asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Bunda konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash, yangi kon- struktiv yechimlarni ishlab chiqishda, seysmik hududlarda binolar-ning umrboqiyligini ta’minlash hamda konstruksiyalarning tashqi omillarga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi.

Mustahkamlik, bikrlik hamda ko‘pga chidamlilik qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Binokor - quruvchi konstruksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda konstruksiya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli bo‘lsin. Bu esa masalani optimal loyihalash muammosiga olib keladi.

Page 7: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

6

Darslikning metall konstruksiyalari qismida dotsent Q.A Saydullayev. Yog‘och konstruksiyalari'' qismida dotsent S Tursunov vaY. M. Mahkamov hamdazamin va poydevorlar'' qismida esa dotsent S.S Sayfutdinov tomonidan qilingan ilmiy ishlar matinlaridan foydalanildi.

Mualliflar darslikni tayyorlashda va matnni kompyuterga kiritishda yordamlashgan assistent R.Q. Jumaniyozovga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar.

Kitobda birliklarning Xalqaro tizimi (SI) dan hamda ST SEV 1565-79 ning va ISO 3898 raqamli “Belgilar va asosiy ramzlar” Xalqaro standartlarning yangi tizimidan foydalanildi.

Darslik 3580303 – “Turar joy va jamoat binolaridan foydalanish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspektori” akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari hamda undan qurilish sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan kollej o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Page 8: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

7

1-QISM. QURILISH KONSTRUKSIYALARI HISOBI

1-BOB. QURILISH KONSTRUKSIYALARINI HISOBLASH VA LOYIHALASH TARTIBI

1.1. Konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifalari

Qurilish konstruksiyalari loyihalash deganda, ularning statik (yoki dinamik) kuchlarga, elementning kesim yuzasini hisoblash va loyihalash tushuniladi.

Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat:

1.Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish;

2.Konstruksiyaning egilishini me’yoridan oshmasligini tekshi-rish Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning tex-nik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari darajasiga qarab baholanadi.

Beton qurilish materiallari ichida eng ko‘p qo‘llaniladi. Beton narxi boshqa materiallarga nisbatan ancha arzon. Zero uning mexanik xususiyati po‘latnikiga qaraganda ancha farq qiladi. Bunday holatda betonga teng keladigan material yo‘q. Uning tarkibiga hamma yerda mavjud bo‘lgan mahalliy materiallar kiradi. Yana bir ma’qul bo‘lgan tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi. Bu xususiyat temirbeton konstruksiyalarining uzoq davrga chidamli ekanligini ko‘rsatadi. Betonning arxitektura va konstruktiv imkoniyatlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Hisoblashda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, temirbeton kon-struksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o‘lcham-larini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va

Page 9: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

8

uzoqqachidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir.Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya

elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash talab etilgan kesim yuzalar,armaturalar miqdorini hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur ma’lumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - QMQ qurilish konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisoblanib, u kon-struksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yutuqlarni o‘zida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasining samarali shakli va o‘lchamlarini, betonning optimal sinfini, ishchi armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementni yorilishga bardoshiga va bikrligini hisobga oladigan kesim yuzasi, hisobiy kesim yuza deyiladi. Konstruksiya deganda, element qismlarini birlashtirish tushuniladi. Konstruksiyalash esa binolarni konstruktiv xal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashning samarali sxemasini belgilash, opalobka va armatura konstruksiya uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Konsruksiyalarning loyihalash, kesim yuzasi haqidagi ma’lumotlar asosida, me’yor talablarni hisobga olgan holda bino va inshootni qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikrligini ta’minlaydigan hisobiy kuchni aniqlashdan iborat bo‘lishi kerak.

1.2 Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar

Qurilish konstruksiyalari ularga qo‘yiladigan funksional, tex-nik, iqtisodiy, estetik va boshqa talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi.

Funksional talablarga ko‘ra har bir konstruksiya qanday maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunga mos bo‘lishi hamda bino yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi lozim.

Texnik talablar konstruksiyaning zarur mustahkamligi, bikrligi

Page 10: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

9

va uzoqqa chidashini ta’minlashga qaratiladi.Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan muhim talablarga

tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologi-yabopligi kiradi.

Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig‘ma konstruksiyalar bu talablarni to‘liq qanoatlantiradi.

Iqtisodiy talablar konstruksiya materiali, uning tipi (masalan, fermalar yoki to‘sinlar) va asosiy o‘lchamlari (masalan, to‘sin balandligi va eni) ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Konstruktiv yechimlar konstruksiyalarni muayyan shart-sharoit-larda ishlatishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muv-ofiqligiga asoslangan holda, material va energiya sarfini, shuningdek, sermehnatligini hamda qurilish obyekti narxini maksimal darajada kamaytirishni hisobga olgan holda tanlangan bo‘lishi kerak. Bunga quyidagilarni amalga oshirish orqali erishish mumkin:samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanish;

- konstruksiyalarning massasini kamaytirish;- materiallarning fizik-mexanik xususiyatlaridan to‘liq foyda-

lanish;- mahalliy qurilish materiallarini ishlatish;- asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid

tegishli talablarga rioya qilish.Loyihalashda yechimlarning bir necha variantlari tuzilib, ularda

konstruksiyalarni tayyorlash va qurishdagi materiallar, energiya, mehnat sarfi, qurilish narxi va muddatlariga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi; konstruksiyaning me’moriy ko‘rkamligi ham e’tiborga olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng maqbul yechim tanlab olinadi.

Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Tejamlilik – materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi.

Page 11: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI · o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi o rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi sh.r. nizomov, s.a.yusufxo jayev

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/270 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/270 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/270