prof. rizamuxamedova m.z

Post on 06-Jan-2016

153 Views

Category:

Documents

4 Downloads

Preview:

Click to see full reader

DESCRIPTION

Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, shar q tabobati va tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. SURUNKALI ENTERIT. SURUNKALI KOLIT. Prof. Rizamuxamedova M.Z. Osh q ozon-ichak y o’ li tuzilishi. Ingichka ichak tuzilishi. SURUNKALI ENTERIT. - PowerPoint PPT Presentation

TRANSCRIPT

Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, sharq tabobati va

tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar

kafedrasi.SURUNKALI ENTERIT. SURUNKALI KOLIT.

Prof. Rizamuxamedova M.Z.

Oshqozon-ichak yo’li tuzilishi

Ingichka ichak tuzilishi

SURUNKALI ENTERIT

Ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanishi

va distrofik o’zgarishlari bilan kuzatiladigan,

xamda atrofiya bilan yakunlanadigan kasallik.

TASNIFI I. Etiologiyasi bo’yicha: 1.Infeksiya: a) ichak infeksiyasi – ichburuq,

ichterlama,salmonellez b) umumiy infeksiya – sil, brutsellez, bezgak. c) o’choqli infeksiya – xoletsistit, tonzillit, otit. d) parazitlar – gijja, amebiaz, trixomonoz,

lyamblioz.

2. Zaxarlanish: (intoksikatsiya)- ichakning fizikaviy va kimyoviy shikastlanishi

A) sanoat zaxarlari: kislota, ishqor, bug’lar, alkogol;

B) dori moddalari: antibiotik, sul'fanilamidlar;

3. Alimentar illat (buzilgan ovqatlarni iste'mol qilish);

4. Me'da, jigar, o’t chiqarish yo’llari va me'da osti bezi kasalliklari-shira yetishmasligi;

5. Iqlim omili-issiq sharoit ta'siri.

II. Anatomik-morfologik xususiyatlari bo’yicha:

A) enterotsitlar distrofiyasi bilan ifodalanadigan yuzaki enterit;

B) atrofiyasiz surunkali enterit;

V) vorsinkalar atrofiyasi bilan kuzatiladigan surunkali enterit;

III. Funksional tavsifi bo’yicha:

A) membranada xazm qilinishning buzilishi (disaxaridaz yetishmasligi);

B) so’rilishning buzilishi (elektrolitlar, temir, suv, vitaminlar, oqsillar, yog’lar, uglevodlar);

V) motor faoliyatining buzilishi (giper- va gipo kinetik turlari).

IV. Klinik ko’rinishi bo’yicha:

A) enterit belgilarining og’irlik darajasi;

B) kechishi (onda-sonda va tez-tez qaytalanuvchi);

V) kasallik davrlari (zo’rayish, tinchlanish);

G) asoratlari (solyarit, nospetsifik mezadenit);

PATOGENEZ

1. ETIOLOGIK OMILNING SHILLIQ QAVATGA TA'SIRI

2. Immunologik mexanizmlar 3. SO’RILISHNING KAMAYISHI

4. SHILLIQ QAVAT HIMOYA MEXANIZMINING BUZILISHI

5. DISBAKTERIOZ

6. PERISTALTIKA KUCHAYISHI

Klinik ko’rinishi Ichak dispepsiyasi sindromi - kindik atrofi soxasida

noxush xolat, qorin kengayishi, kuldirashi bilan namoyon bo’ladi

Enterit koprologik sindromi - ich ketishining tezlashishi (1 sutkada 10-20 martagacha), najasning ko’p mikdorda ajralishi (polifekaliya) - 1 sutkada 1,5-2 kg gacha (normada 100-200 g) xastalikka xos belgidir.

So’rilish yetishmasligi sindromi - bemorning tana vazni kamayishi (og’ir xolatlarda kaxeksiyagacha), umumiy quvvatsizlanish, loxaslik, ish qobiliyatining kamayishi bilan namoyon bo’ladi

Ko’rish. Bemorlar terisi rangi bo’zargan, ozib ketgani, qorni dimlangani aniqlanadi.

Palpatsiyada kindik atrofida kuchsiz og’rik seziladi

Rentgen tekshirishlarida diskineziya belgilari bilan kuzatiladigan gipotoniya, ingichka ichakda gaz mavjudligi aniqlanadi.

Surunkali enteritda koprogramma Fizik xususiyatlari: och jigar rangda, konsistensiyasi

bo’tqasimon yoki qattiq (shakllangan najas). Kimyoviy xususiyatlari: rN 6,5-7 (bir oz nordon –

neytral), bilirubinga reaksiya manfiy yoki musbat, sterkobilinga reaksiya – musbat, yallig’lanish oqsili va leykotsitlarga reaksiya – musbat.

Mikroskopiya: katta miqdorda sovunlar va yog’ kislotalari

Qiyosiy tashxisi. Dizenteriya va lyamblioz.Surunkali kolitIchak sili.Surunkali pankreatit

SURUNKALI ENTERITNI DAVOLASH

1. KO’ZISH DAVRIDA STATSIONAR DAVO

2. PARXEZ STOL №4 – YOG’LI, UTKIR OVQATLAR, SAVZOVOTLAR VA KO’P XO’L MEVALAR MUMKIN EMAS

3. SPAZMOLITIKLAR

4. DIAREYAGA QARSHI DORILAR

5. BAKTERIYALARGA QARSHI DORILAR

6. DISBAKTERIOZGA QARSHI BIOLOGIK PREPARATLAR

7. FERMENTATIV DORILAR

8. VITAMINLAR

9. OQSIL MODDALAR-PLAZMA, AL'BUMIN

10.FIZIOTERAPIYA MUOLAJALARI

11.Xalk tabobati.

SURUNKALI KOLIT

Yo’g’on ichak shilliq qavatining distrofik yallig’lanishi bo’lib, unda ichakning shira ajratish, so’rilish va marom bilan xarakat qilish faoliyatlari buziladi.

TASNIFI (A.I. PARFYONOV, 1981)

Etiologiya:

1) infeksiya (dizenteriya, salmonellyoz).

2) alimentar omil (tartibsiz ovqatlanish)

3) fizikaviy va kimyoviy omillar

a) qo’rg’oshin, fosfor, mo`shyak va simob birikmalari

b) nazoratsiz antibiotik, surgi preparatlarni qo’llash

4) xazm a'zolari kasalliklari

5) neyrogen omillar

II. Anatomo-morfologik tavsifi:

A) yuzaki kolit

B) atrofik kolit

C) tiflit

D) proktosigmoidit

E) yalpi kolit

III. Funksional tavsifi:

A) motorika buzilishi (giper- va gipomotorli diskineziya)

B) modda almashinuvining buzilishi (ionlarning va suvning gipersekretsiyasi, yo’g’on ichakda ionlar va suvning kuchaygan va susaygan absorbsiyasi)

C) shilliq sekretsiyasining buzilishi (ko’paygan va kamaygan shilliq sekretsiyasi)

IV. Klinik tavsifi:

A) Kasallik davrlari: zo’rayish va tinchlanish

B) Asoratlari:

-solyarit;

-nospetsifik mezadenit;

-koprostaz;

-ichak tutilishi;

PATOGENEZ

1. ETIOLOGIK OMILLARNING YO’G’ON ICHAK SILLIQ QAVATIGA BEVOSITA TA'SIRI

2. PERISTALTIKA VA OVQAT MASSASINING YO’G’ON ICHAK BO’LIMLARIDAN O’TISHINING SEKINLASHISHI

3. MIKROB VA PARAZITLARNING YO’G’ON ICHAK DEVORIGA TOKSIK VA TOKSIKO-ALLERGIK TA'SIRI

Klinik ko’rinishi Surunkali kolit aksariyat yoshi katta shaxslarda

uchraydi. Zirkiragan og’rik - qorinning pastki va yon

bo’limlarida joylashadi, ovqat iste'molidan keyin kuchayadi, najas va yel ajralgandan so’ng, isitkich qo’yganda kamayadi.

Ich kelishining buzilishi: ich ketishi yoki qabziyat, ko’pincha ich ketishi bilan qotishi almashinib turadi.

Ichakning yetarli bo’lmagan bo’shanishi sezgisi

Qo’lansa xidli yel chiqishi va shilliqli yoki qon aralash najas, ich kelishiga soxta istak (tenezm).

Patologik jarayon yo’g’on ichakning distal qismida joylashsa, najas ko’y kumalog’i shaklida ajraladi

Ko’rishda bemorlarning umumiy xolati kam o’zgaradi

Palpatsiyada yo’g’on ichak yo’li bo’ylab og’rik, kuldirash aniqlanadi.

Rentgen tekshirishlarida yo’g’on ichakning spazmi va ba'zi bir bo’laklarining atonik bo’shashganligi, shilliq, burmalarining soni kamayganligi kuzatiladi.

Endoskopik tekshirishda (rektoramonskopiya, kolonskopiya) morfologik o’zgarishlar (eroziya, poliplar, yallig’langan joyda shilliq parda qizarishi va shishishi, shilimshiq yiring, qon xamda yaralanish mavjudligi belgilanadi.

Laboratoriya tekshirishlarida qonda - giporproteinemiya, temir tanqisligi kamqonligi, gipovitaminoz.

Bijg’ituvchi disbakteriozda (kolit) koprogramma

Fizik xususiyatlari: konsistensiya bo’tqasimon, ko’pikli, shilimshiq aralash

Kimyoviy xususiyatlari: rN 5-5,5 (reaksiya keskin nordon), yallig’lanish oqsili va leykotsitlarga musbat reaksiya, bilirubinga musbat yoki manfiy reaksiya, sterkobilinga musbat reaksiya na.

Mikroskopiya: hazm bo’lgan kletchatka, hujayra ichidagi va hujayradan tashqari kraxmal, patologik yodofil flora.

Qiyosiy tashxisi.

Bakterial ichburug’ning cho’ziluvchan va surunkali turi

Yo’g’on ichak diskineziyasi Nospetsifik yarali kolit

SURUNKALI KOLITNI DAVOLASH

1. KO’ZISH DAVRIDA AMBULATOR VA STATSIONAR DAVOLASH

2. PARXEZ STOL №4

3. SPAZMOLITIKLAR

4. ANTIBAKTERIAL TERAPIYA

5. OQSIL PREPARATLARI

6. VITAMINLAR

7. FERMENTATIV DORILAR

8. QABZIYATGA QARSHI DORILAR

9. DAVOLASH KLIZMASI

10.FIZIOTERAPEVTIK DAVO

11.TINCHLANISH DAVRIDA SANATOR-KURORTLARDA DAVOLANISH

12. Xalk tabobati

top related